Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ATROF TABIIY MUHITNING DAVLAT MONITORINGI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “1999—2005-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish ishlari dasturi toʻgʻrisida” 1999-yil 20-oktabrdagi 469-son qarorini bajarish yuzasidan hamda atrof tabiiy muhit holatini, tabiiy resurslardan foydalanilishini kuzatish, atrof tabiiy muhitni baholash, uning ifloslanish darajasini prognoz qilish va salbiy jarayonlar oqibatlarini bartaraf etish, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida davlat nazorati yuritilishini axborot bilan taʼminlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi:
(2-bandning birinchi xatboshsi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq idoraviy nizomlarni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar va kelishsinlar hamda belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
2002-yil oxirigacha Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning monitoringi dasturini ishlab chiqsinlar va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
koʻrsatib oʻtilgan Dasturni amalga oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni kalendar yilga ajratiladigan umumiy budjet mablagʻlari doirasida mablagʻ bilan taʼminlasinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. CULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 3-aprel,
111-son
Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi atrof tabiiy muhitning ifloslanish darajasini aniqlash, uning holatini baholash, salbiy jarayonlarni prognoz qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish maqsadida boshqa antropogen faoliyat taʼsiri va tabiiy resurslardan foydalanish tufayli atrof tabiiy muhitning ifloslanishi va boshqa zararli taʼsirlarga (jarayonlarga) uchrashi muntazam kuzatiladigan va tasdiqlangan dastur boʻyicha bajariladigan tizim hisoblanadi.
2. Atrof tabiiy muhitning biotik va abiotik qismlari hamda tabiiy resurslardan foydalanish, shuningdek tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishning tabiiy, texnogen va tabiiy-texnogen omillari va manbalari monitoring obyektlari hisoblanadi.
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringining asosiy vazifalari hisoblanadi:
atrof tabiiy muhitning ifloslanishi darajasini, shuningdek antropogen taʼsirlar ostida unda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatishni tashkil etish va yuritish;
atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash va prognoz qilish;
unda yuz berayotgan salbiy jarayonlarning oldini olish va bartaraf etishga doir tavsiyalarni ishlab chiqish;
atrof muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiiy resurslarning davlat kadastrlari sohasida davlat nazoratini axborot bilan taʼminlash.
4. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha oʻtkaziladi va u quyidagilardan iborat boʻladi:
ifloslanish manbalari monitoringi (emissiya);
atmosfera ifloslanishi monitoringi;
er usti va yer osti suvlari ifloslanishi monitoringi;
xavfli tabiiy-texnogen jarayonlar monitoringi;
erning va yer ustidagi ekotizimning ifloslanishi monitoringi;
fon monitoringi.
5. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi quyidagi darajalar boʻyicha amalga oshiriladi:
respublika monitoringi (Oʻzbekiston Respublikasining butun hududini qamrab oladi);
mintaqaviy monitoring (fizik-geografik, maʼmuriy va boshqa chegaralar bilan cheklangan hududni qamrab oladi);
mahalliy (impakt) monitoring (muayyan tabiiy-texnogen va landshaft-ekologik komplekslar hududini qamrab oladi).
6. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tabiiy muhitning holati ustidan maxsus tashkil etilgan tizimli kuzatishlarni (punktlarda kuzatish, suratga olish, tekshirish, qidirish va masofadan turib kuzatish), oʻzgarishlarni aniqlash, baholash va prognoz qilishni oʻz ichiga oladi. Ular quyidagilardan iboratdir:
atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatish manbalarining holati;
atrof tabiiy muhitga taʼsir koʻrsatishning fizik, kimyoviy va biologik jarayonlari va omillari;
atmosfera havosining, yer usti va yer osti suvlarining, tuproqning, yer ustidagi ekologik tizimlar va geologik muhitning ifloslanish darajasi holati;
oʻsimlik va hayvonot dunyosining holati hamda texnogenez taʼsir ostida ularning ifloslanishi jarayonlari.
7. Atrof tabiiy muhitning holatini baholash izchil kuzatishlarni (davriy va joriy), oʻzgarishlarning yoʻnalishi va intensivligini umumlashtirish va tahlil etish, olingan koʻrsatkichlarni atrof tabiiy muhitning sifat holati normativlari bilan taqqoslash yoʻli bilan hamda ehtimol tutilgan ekologik zararni hisobga olgan holda bajariladi.
8. Atrof tabiiy muhitning holatini baholash natijalari boʻyicha tezkor maʼlumotlar, axborotlar, prognozlar va tavsiyalar tuziladi hamda ularga oʻzgarishlarning, ayniqsa salbiy oʻzgarishlarning dinamikasini, yoʻnalishi va intensivligini tavsiflovchi mavzuli xaritalar, jadvallar va diagrammalar ilova qilinadi.
9. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruv organlarining monitoring tizimlarini birlashtirish asosida shakllantiriladi.
10. Davlat monitoringi boʻyicha ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning monitoringi dasturi boʻyicha oʻtkaziladi.
11. Atrof tabiiy muhit obyektlari monitoringi atrof tabiiy muhit monitoringini yurituvchi vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan yagona metodika boʻyicha amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
12. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi:
ifloslanish manbalari monitoringi va yer usti ekotizimlari monitoringi — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
atmosfera ifloslanishi, yer usti suvlarining (tabiiy suv oqimlarining), tuproqning ifloslanishi va fon monitoringi — Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan;
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
asosiy suv oqimlaridagi kollektor-drenaj suvlari sifati (minerallashishi) monitoringi — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yerlarning ifloslanishi monitoringi — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan;
(12-bandning beshinchi xatboshsi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
yer osti suvlari va xavfli geologik jarayonlar monitoringi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan;
atrof tabiiy muhit sanitariya-gigiyenik monitoringi — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Atrof tabiiy muhitning idoraviy monitoringi faoliyati atrof tabiiy muhit holatining yomonlashishiga olib kelayotgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik boshqaruvchi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlarining atrof tabiiy muhit davlat monitoringi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(12-bandning toʻqqizinchi xatboshsi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
13. Davlat monitoringi tizimida atrof tabiiy muhitning holati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining tegishli xizmatiga atrof tabiiy muhitning holati toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan axborotlarni (hisobotlar, axborotlar, davriy byulletenlarni) bepul berishadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va tegishli idoraviy xizmatlar manfaatdor korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi maxsus maqsadli axborotni ularning soʻrovlari boʻyicha shartnomaviy asosda taqdim etishadi, davlat dasturlari doirasida oʻtkaziladigan tadqiqotlarni, shuningdek Hukumat soʻrovlari asosida taʼminlash hollari bundan mustasno.
14. Monitoring boʻyicha axborotlarni umumlashtirish 2-ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat axborot-tahlil markazi, shuningdek vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlarining idoraviy axborot-tahlil boʻlinmalari (xizmatlari) tomonidan amalga oshiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
15. Quyidagilar Davlat axborot-tahlil markazi tomonidan amalga oshiriladi:
barcha idoraviy axborot tizimlari bilan axborot boʻyicha oʻzaro hamkorlikni tashkil etish;
atrof tabiiy muhitning ifloslanishi darajasi va tabiiy resurslardan foydalanish toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlarni integratsiyalash va tahlil qilish;
atrof tabiiy muhitning monitoringi davlat dasturlari bajarilishini nazorat qilish, unga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va umumlashtirish;
respublika va maʼmuriy-hududiy tuzilmalar doirasida ekologik vaziyat oʻzgarishlarini prognoz qilish, antropogen faoliyat tufayli tabiiy muhitga yetkaziladigan zararni baholash;
tabiatdan foydalanishni boshqarishni, tabiiy resurslarni muhofaza qilish va ekologik nazoratni axborotlar bilan taʼminlash;
aholi va jamoatchilikni ekologik vaziyat toʻgʻrisida xabardor qilish.
16. Mazkur Nizomning 12-bandida koʻrsatilgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlarining idoraviy axborot-tahlil boʻlinmalari (xizmatlari) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan metodika boʻyicha quyidagilarni amalga oshiradilar:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
tabiiy ekologik tizimlar yoki maʼmuriy-hududiy tuzilmalar doirasida barcha kuzatish va nazorat qilish xizmatlari bilan axborot boʻyicha oʻzaro hamkorlikni tashkil etish;
maʼmuriy-hududiy tuzilmalar va tabiiy ekologik tizimlar doirasida tabiiy muhit, tabiiy resurslarning ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, ishlash, tahlil qilish va axborot tayyorlash;
atrof tabiiy muhitning monitoringi mintaqaviy (hududiy) dasturi bajarilishini nazorat qilish, unga tuzatishlar kiritish va uni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
tabiiy muhit komponentlarining oʻzgarishini prognoz qilish va hududiy tuzilmalar doirasida ekologik halokatlar, favqulodda ekologik vaziyatlar zonalarining, shuningdek tabiiy muhitdagi salbiy oʻzgarishlar vujudga kelishining oldini olish tadbirlarini axborot bilan taʼminlash.
17. Kuzatishlarning muddatlari va davriyligiga koʻra atrof tabiiy muhitning ahvoli toʻgʻrisidagi axborotlar:
yil davomida muntazam ravishda olinadigan va atrof tabiiy muhit obyektlarida roʻy beradigan oʻzgarishlarni qayd qiluvchi joriy axborotga;
yillar va davrlar boʻyicha muntazam ravishda olinadigan tabiiy tusdagi davriy axborotga boʻlinadi.
18. Tabiiy muhit, texnogen ekologik tizimlarning ahvoli va tabiiy resurslardan foydalanish ustidan kuzatishlar vaqtida olingan joriy axborotlar maʼmuriy-hududiy tuzilmalar boʻyicha hamda alohida tabiiy komplekslar boʻyicha umumlashtiriladi.
19. Davriy axborot Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining tegishli axborot-tahlil boʻlinmalari (xizmatlari) tomonidan monitoring boʻyicha joriy axborot asosida umumlashtiriladi.
20. Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborot-tahlil boʻlinmalari (xizmatlari) har yili 1-martdan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga va joylardagi davlat hokimiyati organlariga mintaqalar boʻyicha tabiiy muhitning ahvoli toʻgʻrisida axborotlar (hisobotlar) taqdim etadilar, alohida xavfli va yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan chegaradan tashqari jarayonlar aniqlangan taqdirda tezkor (shoshilinch) maʼlumotlar joʻnatadilar.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
21. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Davlat axborot-tahlil markazi vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari hisobotlari asosida har yili 15-aprelgacha Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning va tabiiy resurslardan foydalanishning ahvoli toʻgʻrisidagi milliy axborotni tuzadi va nashr etadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
22. Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimini yuritish ishlari budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan vazirliklar va idoralar tomonidan ularga kalendar yil uchun ajratilgan umumiy budjet mablagʻlari doirasida amalga oshiriladi.
Atrof tabiiy muhit monitoringi boʻyicha davlatlararo va xalqaro dasturlarni mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuziladigan bitimlar va shartnomalarda belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimining amal qilish
SXEMASI
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi maʼlumotlarini uzatish va umumlashtirish
SXEMASI
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 7-son, 49-modda; 2004-y., 15-son, 179-modda; 42-son, 446-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)