ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar |
Muddat |
Masʼullar |
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 15-maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4725-sonli Farmonining, 2015-yil 20-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini aholi, jumladan tadbirkorlik subyektlari vakillari ongiga yetkazish maqsadida markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida Senat aʼzolari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining tahliliy maqolalar bilan chiqishlarini tashkil etish |
2015 yilning IV choragi va 2016-yil davomida |
Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Senat komissiyasi deb yuritiladi), Senatning Axborot xizmati, Senat qoʻmitalari, Senat Devoni, hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan senatorlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, ular huzuridagi Senat komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlar |
|
2. |
Xususiy mulk huquqini himoya qilishga, tadbirkorlik subyektlarining xoʻjalik va moliyaviy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun davlat organlari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishga doir qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini nazorat qilish boʻyicha Senat qoʻmitalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan oʻzaro hamkorligining dolzarb masalalariga bagʻishlangan mintaqaviy seminarlar oʻtkazish |
2015-yilning IV choragi |
Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Senat komissiyasi, Senat Devoni, Senatning Axborot xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari |
|
3. |
Senatning yalpi majlislari muhokamasiga kiritiladigan, xususiy mulk huquqini himoya qilishga, tadbirkorlik subyektlarining xoʻjalik va moliyaviy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun davlat organlari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishga doir qonunlarning dastlabki tarzda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tegishli doimiy komissiyalarida oʻrganib chiqilishini (ularda hududiy va umumdavlat manfaatlari mutanosibligi taʼminlanganligi nuqtai nazaridan) taʼminlash |
2015-yilning IV choragi va |
Senat qoʻmitalari, Senat Devoni, Senatning Axborot xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari, ular huzuridagi Senat komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlar |
|
4. |
Senat qoʻmitalarining ish rejalariga muvofiq xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlarining, shuningdek tegishli davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlariga xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlarini faol jalb etish (jumladan, deputatlarni tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibiga kiritish yoʻli bilan) |
2015-yilning IV choragi va |
Senat qoʻmitalari, Senat Devoni, Senatning Axborot xizmati |
|
5. |
Senat qoʻmitalarining ish rejalariga muvofiq xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlarining, shuningdek tegishli davlat dasturlarining ijrosini oʻrganish yakunlarini Senat qoʻmitalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qoʻshma majlislarida muhokama etish |
2015-yilning IV choragi va |
Senat qoʻmitalari, Senat Devoni, Senatning Axborot xizmati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari |
|
6. |
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 251-moddasiga muvofiq viloyat, tuman, shahar hokimining viloyat, tuman, �ahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini muhokama qilishga bagʻishlangan xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida tegishli hududdan saylangan �enatorlarning ishtirokini taʼminlash, hisobotlar yuzasidan qabul qilinadigan qarorlarda xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash boʻyicha hududlarda olib borilayotgan ishlarga alohida baho berilishini taʼminlash |
2016 — 2019-yillar davomida |
Hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan senatorlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari |
|
7. |
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga tegishli hududlarda qonuniylikning hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisida har yili taqdim etadigan axborotlarini muhokama qilish yuzasidan qabul qilinadigan qarorlarda tadbirkorlik subyektlarining xoʻjalik va moliyaviy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun davlat organlari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish boʻyicha faoliyatga alohida baho berilishini taʼminlash |
2016 — 2019-yillar davomida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari (ular huzuridagi Senat komissiyasiga yordam beruvchi ishchi guruhlar), xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari |
|
8. |
Xususiy mulk huquqini himoya qilishga, tadbirkorlik subyektlarining xoʻjalik va moliyaviy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun davlat organlari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishga doir qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini nazorat qilish natijalari yuzasidan markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida hamkorlikda chiqishlar tashkil etib borish |
2016 — 2019-yillar davomida (muntazam) |
Senat qoʻmitalarining hududlarda faoliyat koʻrsatayotgan aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tuman va shaharlar Kengashlari deputatlari, Senat Devoni, Senatning Axborot xizmati |