Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
O‘zbekiston Respublikasi JKning 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) birinchi marta sodir etgan, jinoyat aniqlangandan keyin 30 kun ichida davlatga yetkazilgan zararni to‘liq qoplagan, penya va boshqa turdagi moliyaviy sanksiyalarni to‘lagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmaydi va u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17 iyuldagi PF-6263-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son)
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvardagi PF-5930-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 06/20/5930/0105-son)
 LexUZ sharhi

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA NOQONUNIY ARALAShISh VA TO‘SQINLIK QILISh, XUSUSIY MULKDORLAR HUQUQLARINI BUZGANLIK UChUN DAVLAT, HUQUQNI MUHOFAZA QILISh VA NAZORAT QILUVChI ORGANLARNING MANSABDOR ShAXSLARI JAVOBGARLIGINI JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTISh DARAJASIGAChA OShIRISh

1.

Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish va noqonuniy aralashish, xususiy mulkdorlar hamda tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazuvchi boshqa huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish, shu jumladan quyidagilarga alohida ma’muriy jarimalarni nazarda tutish:

huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish tartibini buzish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini buzish;

tadbirkorlik faoliyati subyektlaridan qonunchilikda nazarda tutilmagan hujjatlarni talab qilish;

xo‘jalik subyektlari faoliyatini va (yoki) ularning bank hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalarni noqonuniy to‘xtatib qo‘yish;

xo‘jalik subyektlarining hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari to‘g‘risidagi ma’lumotni asossiz talab qilish;

xo‘jalik subyektlarini pul ajratish bilan bog‘liq xayriya yoki boshqa tadbirlarga majburiy jalb qilish;

ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga “Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish,

qonunga xilof ravishda aralashish,

hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy

manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa qonunbuzarliklar uchun m�’muriy javobgarlik” mazmunidagi XVI-1 alohida bob kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil avgust

Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,

Oliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Savdo-sanoat palatasi

2.

Nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlarining mansabdor shaxslari mas’uliyatini quyidagilar orqali oshirish:

qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilganligi va tadbirkorlik faoliyati erkinligini himoya qilish sohasidagi qonunchilikni bir necha marta buzgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan jazo choralarini qo‘llash;

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil avgust

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,

IIV,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Savdo-sanoat palatasi,

xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish, shu jumladan xususiy mulkka tajovuz qilish, mulkdorga nomaqbulligi oldindan ayon bo‘lgan shartlarni majburan qabul qildirish, shu bilan birga mulk va mulk huquqlarini topshirishni asossiz talab qilish, shuningdek, mulkni bosqinchilik yo‘li bilan egallash yoki xususiy mulkdan voz kechishga majbur qilish.

Bunda ushbu huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs yetkazilgan moddiy zararni to‘lab bergan taqdirda jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish

Vazir�ar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil avgust

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi, IIV,
Davlat raqobat qo‘mitasi,
Oliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

3.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish munosabati bilan tadbirkordan haq tamagirlik qilishni jazoni kuchaytiruvchi holat sifatida kvalifikatsiyalash orqali davlat organi xizmatchisining jinoiy javobgarligini kuchaytirish.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil avgust

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

IIV

4.

Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha protsessual normalarni quyidagilar orqali yanada takomillashtirish:

davlat organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari yoki mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka tegishli bo‘lmagan hujjatni qabul qilish natijasida tadbirkorlik subyektiga boy berilgan foyda bilan birga yetkazilgan zararni to‘liq hajmda qoplab berish mexanizmini joriy etish;

tadbirkorlik subyektiga tegishli binolar, boshqa imoratlar, inshootlar yoki olib qo‘yilayotgan yer maydonlaridagi daraxtzorlar uchun yetkazilgan zararlarni ushbu mulkka bozor qiymatida oldindan va to‘liq qoplab berilmaganligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilash.

Fuqarolik kodeksi, Xo‘jalik protsessual kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil avgust

Adliya vazirligi,

Davlat raqobat qo‘mitasi,
Bosh prokuratura,

Oliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

5.

Tadbirkorlik subyektlariga qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar ularning yozma murojaatlarisiz qo‘llaniladi.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirishlar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,

Davlat raqobat qo‘mitasi,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
DSQ, DBQ,
Davlat statistika qo‘mitasi,
Savdo-sa�oat palatasi

6.

Tadbirkorlik faoliyati sohasida huquqiy tartibga solish tizimini quyidagilar orqali yanada takomillashtirish:

tadbirkorlik faoliyati sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq hatlovdan o‘tkazish hamda huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish va keyinchalik ularni takomillashtirish va unifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish (takrorlanishni, havolaki va eskirgan normalarni, qonun hujjatlaridagi qarama-qarshiliklar va boshqalarni chiqarib tashlash);

Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiya qilish

Amalga oshirish muddati — 2015-yil may — avgust

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIAISV,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Oliy xo‘jalik sudi, IIV, Davlat raqobat qo‘mitasi, DSQ, DBQ

tadbirkorlik faoliyati sohasida qonunchilikni kodifikatsiya qilish, to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarni qabul qilish amaliyotini kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyati sohasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishni izchillik bilan qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar tayyorlash va amalga oshirish.

Kompleks

chora-tadbirlar

Amalga oshirish muddati — 2015-2016-yillar

Markaziy bank,

Savdo-sanoat palatasi, vazirlik va idoralar

7.

Amaldagi “O‘zbektelekom” AK Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi va Bosh prokuratura “ishonch telefoni” negizida davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashishi, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish va mulkdorlar huquqlarining buzilishiga doir masalalar bo‘yicha murojaatlarni tunu kun qabul qilish hamda tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish tizimini tashkil etish.

Idoraviy hujjat

2015-yil

1-iyungacha

Bosh prokuratura,

Axborot texnologiyalari vazirligi

II. XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISh KAFOLATINI KUChAYTIRISh, TADBIRKORLIK FAOLIYATINI TARTIBGA SOLADIGAN MA’MURIY VA JINOIY QONUNChILIKNI LIBERALLAShTIRISh JARAYoNINI DAVOM ETTIRISh

8.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar munosabati bilan tekshirishni xo‘jalik yurituvchi subyekt jalb etgan advokatlar ishtirokida (xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan ushbu huquqning yozma ravishda rad etilish holatlari bundan mustasno) amalga oshirish tartibini o‘rnatish orqalixo‘jalik subyektlarining huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish va ularning sudga murojaat qilish tartib-taomillarini yengillashtirish

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil avgust

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy xo‘jalik sudi, DSQ,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

9.

Agar shaxs O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni birinchi marta sodir etgan va jinoyat aniqlangandan keyin 30 kun ichida soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash ko‘rinishidagi davlatga yetkazilgan zararni to‘liq qoplagan, penya va boshqa turdagi moliyaviy sanksiyalarni to‘laganbo‘lsa unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atmaslik va uni javobgarlikdan ozod etilishi tartibini o‘rnatish.

Bunda mazkur huquqbuzarlik fakti va uni sodir etgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi IIV Axborot markaziga majburiy hisobga qo‘yiladi.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil avgust

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy xo‘jalik sudi, DSQ,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

10.

Savdo-sotiq, savdo va vositachilik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklarni, bunda juda katta miqdorda sodir etilgan huquqbuzarliklarni istisno qilgan holda jinoiy yurisdiksiyadan ma’muriy yurisdiksiyaga o‘tkazish orqali jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini dekriminalizatsiya qilish

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

11.

Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq xo‘jalik

subyektlarining mansabdor shaxslari tomonidan soxta bankrotlik va bankrotlikni yashirganligi nazarda tutilib yetkazilgan zarar to‘liq qoplab berilganda ozodlikdan mahrum etish jazosi qo‘llanilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

Adliya vazirligi,

Davlat raqobat qo‘mitasi,
Bosh prokuratura,

Oliy xo‘jalik sudi, Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

12.

Nazorat qiluvchi organlarning vazifa va vakolatlarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish va uning natijalari asosida nazorat qiluvchi organlarning asoslanmagan va biznesni rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan amaliyotni yanada qisqartirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

xo‘jalik subyektlari faoliyatini tekshirishning yagona tartibini belgilash;

nazorat qilish vakolatlarini ko‘rsatgan holda tekshiruvchi organlarning to‘liq ro‘yxatini belgilash;

mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermerlik xo‘jaliklari uchun 4 yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun 3 yilda bir martadan ko‘p bo‘lmagan yagona muddatli rejali tekshiruvlar belgilash;

moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan rejali tekshiruvlar o‘tkazish muddatini 30 dan 10 kalendar kungacha qisqartirish;

tadbirkorlik subyektlari bilan ularning faoliyatini kompleks tekshirishlar tayinlangunga qadar huquqbuzarliklarni oldini oli� bo‘yicha profilaktika ishlarini sifatli olib borish — nazorat qiluvchi organlar ishlarini baholashda asosiy mezon sifatida belgilash;

tadbirkorlik subyektlarini tekshirish davomida yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilash imkonini berish;

tekshiruvlar natijasi bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarini tugatish holatlarini bartaraf etish;

tadbirkorlik subyekti faoliyatiga noqonuniy aralashish, qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek, rejadan tashqari tekshiruvlar sonini oshirishga yo‘l qo‘yishda soliqchilar, bojxona va boshqa nazorat qiluvchi organlar mas’uliyatini kuchaytirish;

tadbirkorlik subyektlarining huquqiy savodxonligini oshirish va ularning faoliyatida qonun buzilishlarni bartaraf etishga yo‘naltirilgan profilaktika ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha preventiv chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

“Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (yangi tahrirda)

Qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish

Kompleks chora-tadbirlar

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil

II chorak

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi, DSQ,
Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
nazorat qiluvchi organlar

13.

Kichik tadbirkorlik subyektlari moliya-xo‘jalik faoliyatini soliq tekshiruvlari o‘tkazishga moratoriy qo‘llashga mezonlarni uchtadan ikkitagacha qisqartirish:

ular tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash;

ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar) hajmlari o‘sishini ta’minlash.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish

2015-yil

II chorak

DSQ,
Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

14.

Tadbirkorlik subyektlari huquqlarini himoya qilinishi kafolatlanishini quyidagilar orqali kuchaytirish:

xo‘jalik sudlariga nazorat qiluvchi organining shikoyat qilinayotgan harakati (qarorni) ijrosini to‘xtatib turish huquqini taqdim etish;

xo‘jalik sudlari tomonidan da’vo arizasini ish yuritishga qabul qi�ish va ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqarish muddatini 10 kundan 5 kunga qisqartirish;

shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq soliq va bojxona qonunchiligini buzgan tadbirkorlik subyektlari mulkini tortib olish faqat sud qarorlari asosida amalga oshiriladi;

sud tartibida huquqiy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash (faoliyatni to‘xtatish; atrofdagi tabiiy muhitga zararli ta’sir keltiruvchi obyektlarni tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun penya hisoblashdan tashqari moliyaviy sanksiyalar qo‘llash) to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha da’vo qilish toifasiga kirmagan tomonlarni (nazorat qiluvchi organlar va tadbirkorlik faoliyati subyektlari) davlat boji to‘lashdan ozod qilish.

Xo‘jalik protsessual kodeksiga,

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

Oliy xo‘jalik sudi,

Adliya vazirligi,
Bosh prokuratura, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

15.

Quyidagi tartibni o‘rnatish orqali eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda tadbirkorlik subyektlarini kafolat va huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, unga muvofiq:

to‘lovchi tomonidan e’tiroz qilinadigan qo‘shimcha hisoblangan bojxona to‘lovlari sud qarori bo‘yicha undiriladi;

ortiqcha to‘langan summa yoki undirilgan bojxona to‘lovlari qaytarilishi yoki to‘lovchining talabiga ko‘ra bunday to‘lovlar to‘langanidan yoki undirilganidan boshlab uch yil davomida qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda kelgusidagi to‘lovlar hisobiga hisoblanishi lozim.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

DBQ, Moliya vazirligi,
Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi,
Oliy xo‘jalik sudi,

Savdo-sanoat palatasi

16.

Jinoyat kodeksiga noqonuniy ravishda moddiy haq olingani (tijoratda pora) va vakolatlari suiiste’mol qilingani uchun jazolashning yengilroq chorasini nazarda tutuvchi alohida moddalar kiritish orqali

tadbirkorlik tuzilmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarda ma’muriy taqsimlash va ma’muriy xo‘jalik vakolatlarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga nisbatan javobgarlikni yengillashtirish yo‘li bilan jinoyat qonunchiligini yanada liberallashtirish.

Bunda ko‘rsatilgan huquqbuzarliklar natijasida yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishidagi jazo qo‘llanilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,
Oliy xo‘jalik sudi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

III. BARChA TURDAGI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh, RUXSAT BERISh VA LITSENZIYALASh, TAShQI IQTISODIY FAOLIYATNI AMALGA OShIRISh TARTIB-TAOMILLARINI YaNADA SODDALAShTIRISh

17.

Tuman (shahar) hokimiyatlari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasi negizida turli idoralar huzuridagi davlat xizmatlarining alohida turlari bo‘yicha mavjud bo‘lgan “yagona darcha” o‘rniga tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarini tashkil etish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan foydalanish tartib-tamoyillarini soddalashtirish, davlat xizmatlarini taqdim etish jarayonlarini unifikatsiyalash va avtomatlashtirish hisobiga hujjatlar sonini va ularning muddatlarini kamaytirish;

davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat organlari faoliyatining axborot ta’minoti darajasini oshirish hisobiga davlat xizmatini taqdim etish haqida qaror qabul qiluvchi mansabdor shaxslar bilan buyurtmachilarni to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalariga yo‘l qo‘ymaslik;

mansabdor shaxslarning davlat xizmatlari ko‘rsatishida shaffoflikni oshirish va faoliyatini nazorat qilishni kuchaytirish.

“Yagona darcha” markazlarini mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan zamonaviy kompyuter texnikasi va orgtexnika bilan jihozlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Kompleks

chora-tadbirlar

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun



Mexanizmni joriy etish —

2016-yil yanvar oyidan

2015-yil III chorak

Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,
Iqtisodiyot vazirligi, Davarxitektqurilish, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Moliya vazirligi, DSQ,
Adliya vazirligi, “O‘zbekenergo” DAK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Axborot texnologiyalari vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

18.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ortiqcha hujjat va tartib-taomillarni qisqartirish, bunda quyidagi majburiy talablarni ishlab chiqish:

kichik tadbirkorlik subyektlari uchun dumaloq muhrning mavjud bo‘lishi;

xo‘jalik shartnomalari tuzilganda tadbirkorlik subyektlari uchun yuridik xizmatning xulosasi yoki jalb etilgan advokatlar bo‘lishi;

vakolatli organlar orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali boj to‘lovlari to‘langanligi haqidagi ma’lumotlarni majburiy kiritish mexanizmini saqlab qolgan holda davlat bojxona xizmati organlariga bojxona to‘lovlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish;

tadbirkorlik subyektlari ruxsatnoma olish jarayonida, litsenziyalash va boshqa davlat xizmatlari olishlarida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnoma nusxasini taqdim etish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi, TIAISV, DSQ, Markaziy bank, DBQ, Axborot texnologiyalari vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
Oliy xo‘jalik sudi

19.

Yuridik shaxslar tomonidan xodimlarining jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ajratiladigan to‘lovlar tizimini soddalashtirish, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yagona elektron ma’lumotlar bazasini yanada takomillashtirish, bunda:

O‘zbekiston Respublikasi Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda Xalq bankining jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlarining elektron reyestrlarini qabul qilish va qayta ishlash tartibini joriy etish;

tadbirkorlik subyektlariga el�ktron shaklda rasmiylashtirilib beriladigan arizani interaktiv tarzda rasmiylashtirib fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish, shuningdek, Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida shaxsiy “tadbirkorlik subyekti kabineti” orqali shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘ini ochish;

jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida ishtirok etuvchi xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar reyestriga

Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali yuridik shaxslarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish imkonini berish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil

II chorak

Joriy etish mexanizmi — 2015-yil 1-iyuldan

Xalq banki,

Moliya vazirligi,

Markaziy bank, DSQ, Axborot texnologiyalari vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

20.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga doir tartib-tamoyillarni soddalashtirish, bunda:

eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda talab qilinadigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxatini tasdiqlash;

ushbu hujjatlar ro‘yxatida nazarda tutilmagan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishni taqiqlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

TIAISV, DBQ,

Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Savdo-sanoat palatasi

21.

Tijorat faoliyati uchun tovarlarni olib keluvchi yakka t�rtibdagi tadbirkorlarning faoliyat ko‘rsatishi tartibini quyidagilar orqali soddalashtirish:

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va davlat bojxona xizmati organlarida tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini bekor qilish;

import qilinadigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlar sonini ortiqcha va zamonaviy talabga javob bermaydigan hujjatlarni chiqarib tashlagan holda qisqartirish.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

DBQ, DSQ, TIAISV, Iqtisodiyot vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi

22.

Yer uchastkalarini taqdim etish va qurilishga tegishli ruxsatnomalar olish bilan bog‘liq jarayonlarni yanada takomillashtirishni quyidagilar hisobiga amalga oshirish:

qurilish obyektlari bo‘yicha davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari tomonidan xabardor qilish tartibini joriy etish va tadbirkorlik subyektlari orqali zarur hujjatlarni taqdim etgan holda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga (qurilish obyektini majburiy davlat tekshiruvidan o‘tkazishdan oldin qurilish-montaj ishlari davrida inspeksiya tomonidan nazorat funksiyalarini amalga oshirishga shartnoma tuzgan holda) ruxsatnoma berish;

qurilishga tegishli ruxsatnoma olish bilan bog‘liq tayyorgarlik jarayonlari va muddatlarini optimallashtirish, yer uchastkasini tanlash va ajratish bo‘yicha materiallarni kelishish va tayyorlash, shuningdek, tartib-tamoyillarni soddalashtirish;

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlarini olish, ART (I va II-qismlari) loyiha tashkilotiga ishlab chiqish va topshirish, bino va inshootning tashqi ko‘rinishini (fasad) va obyektning bosh rejasini o‘zgartirishga kelishish vazifasini arxitektura va qurilish hududiy boshqarmalar zimmasiga yuklash.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,
Davlat raqobat qo‘mitasi,
Iqtisodiyot vazirligi,

Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

23.

Tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish mexanizmini soddalashtirish, bunda hududiy ekspluatatsiya korxonalariga texnik shartlarni olishdan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni amalga oshirish orqali “tayyor holda topshirish” shartlarida ularni ulash mexanizmini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi,

“O‘zkommunxizmat” agentligi,
“O‘zbekenergo” DAK,
“O‘zdavenergonazorat” DI,
Moliya vazirligi, DSQ,
Savdo-sanoat palatasi

24.

Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining yagona markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

DSQ,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Markaziy bank,

Savdo-sanoat palatasi

25.

O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdolar vositasida tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlarning (ishlar, xizmatlar) davlat xaridini amalga oshirish tartibini soddalashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

Moliya vazirligi,

Davlat raqobat qo‘mitasi,
Iqtisodiyot vazirligi,
O‘zRTXB,
Savdo-sanoat palatasi

26.

“Elektron hukumat” tizimi doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq jarayonlarni 2015-yil oxirigacha tugatgan holda elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish:

barcha ro‘yxatga olish va nazorat qiluvchi davlat organlari hamda kredit tashkilotlarining ma’lumotlar bazasini integratsiya qilishni hisobga olgan holda jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish;

yer uchastkalari hamda qurilishga tegishli ruxsatnoma berish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga oid tartib-taomillarni interaktiv shaklga o‘tkazish;

davlat xizmatlarini taqdim etishning barcha tartib-taomillaridan o‘tish hamda xizmatlar uchun to‘lovlarni “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha elektron shaklda amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash uchun “Soliq”, “Bojxona”, “Litsenziya”, “Kommunal” axborot tizimlar kompleksini yaratish va yagona platformaga integratsiyalash;

O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida axborotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalangan holda

tadbirkorlik subyektlari uchun statistika, soliq, moliya va boshqa hisobotlarni shakllantirish imkonini beruvchi yagona elektron hisobot tizimini joriy etish.

2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi qarori

Tasdiqlash — 2015-yil iyun

Amalga oshirishni yakunlash — 2015-yil oxiriga qadar

Axborot texnologiyalari vazirligi,
Moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Davlat statistika qo‘mitasi,
DSQ, DBQ, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi

27.

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning integratsiyalashgan avtomatlashtirilgan tizimi orqali Internet tarmog‘ida tunu-kun amalga oshirish tartibini o‘rnatish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori

2015-yil II chorak

Mexanizmni joriy etish — 2016-yil

1-apreldan

Adliya vazirligi,

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Axborot texnologiyalari vazirligi,
Savdo-sanoat palatasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar

28.

Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini taqdim etish tartib-taomillarini takomillashtirish, shu jumladan ruxsat berish tartib-tamoyillaridan o‘tish bo‘yicha qabul qilingan normalarni amaliyotga joriy etish haqidagi materiallarni har oyda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish orqali jamoat nazoratini kuchaytirish.

Materiallarni nashr qilish

Har oyda

Savdo-sanoat palatasi,
vazirlik va idoralar,
MTRK, O‘zMAA

IV. XUSUSIY MULK VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI JADAL RIVOJLANTIRISh UChUN ZARUR ShART-ShAROIT VA IMKONIYATLAR YaRATISh, ULARNI KREDITLASh HAJMLARINI OShIRISh VA BIZNES MUHITNI YaXShILASh

29.

Quyidagilar orqali tovar bozorlarida tadbirkorlik subyektlarining ishtirok etish darajasini oshirish:

tadbirkorlar tomonidan ochiq birja savdolari orqali yuqori likvidlik mahsulotlarni realizatsiya qilish hajmlarini oshirish;

ochiq elektron savdolar orqali korporativ va davlat xaridlarini amalga oshirish tizimini kengaytirish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2015-2016-yillar

O‘zRTXB,
Davlat raqobat qo‘mitasi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi

30.

2015 — 2019-yillarda tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan investitsiya maqsadlarida (ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash, zamonaviy yuqori texnologiyali innovatsion ishlab chiqarishlarni tashkil etishga) ajratiladigan kreditlar hajmini 2,5 barobarga kengaytirish.

Banklar kengashlari va kredit qo‘mitalari qarorlari

2015 — 2019-yillar

Tijorat banklari,

Markaziy bank

31.

Xususiy tadbirkorlarga faoliyat turiga qarab yuridik shaxs tashkil etmasdan bittadan uchtagacha ishchilarni yollashi mumkin bo‘lgan huquqni taqdim etish.

Xususiy tadbirkorlar tomonidan xodimlarni yollagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartibini tasdiqlash, bunda yollanadigan xodimlarning cheklangan sonini faoliyat turiga qarab belgilash hamda xususiy tadbirkorlar uchun ular tomonidan yollangan xodimlarga qonunchilikda qat’iy belgilangan soliq to‘lovidan ozod qilish bo‘yicha imtiyozlar joriy etishni nazarda tutish.

Soliq kodeksi va “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish

Vazirlar Mahkamasi qarori

Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati

— 2015-yil iyun

DSQ,
Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,
Mehnat vazirligi,

Adliya vazirligi,

Savdo-san�at palatasi

32.

Shunday tartib o‘rnatilsin, unga muvofiq:

ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat korxonalarining homiylikka va boshqa beg‘araz yordamga sarflanadigan har yilgi xarajatlari o‘tgan yilda olingan sof foydaning 10 foizidan oshmasligi kerak hamda bu xarajatlar tashkilotlar biznes-rejasining o‘tgan hisobot davridagi sof foydaga taalluqli qismi ko‘rsatkichlari bajarilganda amalga oshiriladi;

homiylik xayriyalari va boshqa yordam olgan shaxslar mazkur axborotni OAV va tashkilotning rasmiy veb-saytlarida (mavjud bo‘lsa) oshkor etishi va ularning alohida hisobini yuritishi shart.

Qonun hujjatlari va ustavlarga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish

2015-yil III chorak

Davlat raqobat qo‘mitasi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Moliya vazirligi

33.

O‘zbekiston Respublikasida, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holatini baholash uchun har bir mintaqada tadbirkorlik subyektlarini reprezentativ tanlash asosida so‘rov o‘tkazish va so‘rov natijalarini Iqtisodiyot vazirligiga kiritish.

So‘rovnomalar o‘tkazish

Har chorakda

Davlat raqobat qo‘mitasi, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti,
Savdo-sanoat palatasi,

Iqtisodiyot vazirligi

 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi