18.03.2015 yildagi KQ-8-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGAShINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2015-yil 22-yanvarda Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida soʻzlagan nutqida hamda 2015-yil 23-yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzalarida belgilab berilgan vazifalar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov 2015-yil 22-yanvarda Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida soʻzlagan nutqida hamda 2015-yil 23-yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzalarida mamlakatda hamda xalqaro maydonda kechayotgan murakkab jarayonlar toʻgʻrisida atroflicha toʻxtalib oʻtdi. Parlament faoliyati chuqur tahlil qilib berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakat rahbari oʻz nutqida taʼkidlab oʻtganidek, roppa-rosa oʻn yil oldin parlament — bir palatali Oliy Majlis ikki palatali parlamentga oʻzgartirildi. Bundan koʻzlangan maqsad — parlament oʻz vakolatlarini samarali amalga oshirishi, har tomonlama asosli va puxta qarorlar qabul qilishi uchun zarur boʻlgan, zamonaviy parlamentarizm faoliyatining asosiy maqsadini tashkil etadigan muvozanat va tiyib turish tizimini yaratish, shuningdek qonunlar qabul qilinayotganda umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish nazarda tutilgan edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Palatalar qoʻshma majlisidagi maʼruzada oʻtgan oʻn yil ichida parlament amalga oshirgan ishlarga xolisona baho berildi. Shu davr mobaynida hammasi boʻlib 140 dan ortiq qonun hujjatlari ishlab chiqildi va amalga kiritildi. Qabul qilinayotgan qonunlar sifati sezilarli darajada oshdi, mintaqalar, tarmoqlar va davlat manfaatlarining mutanosibligi samaraliroq taʼminlana boshlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni paytning oʻzida Davlat rahbari tomonidan parlament faoliyatida yoʻl qoʻyilgan kamchilik va jiddiy nuqsonlar koʻrsatilib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi. Xususan, parlament huquqni qoʻllash amaliyotiga alohida eʼtibor berishi lozim. Qabul qilinayotgan qonunlarning sifatini yaxshilash talab qilinadi. Ularda koʻpincha ushbu qonun hujjatlarining amalga oshirilishini taʼminlaydigan mexanizmlar yetishmayapti. Bu esa, qonunlarning qoʻllanishini ancha qiyinlashtirib, ijro etilmasligiga, huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda. Qonun loyihalarini davlat boshqaruvining va fuqarolik jamiyati institutlarining turli boʻgʻinlarida amaliy jihatdan keng muhokama qilish ham muhimdir. Qonunlarni xorijning huquqiy tajribasi bilan har tomonlama qiyosiy tahlil qilish asosida mukammal qonunlar qabul qilinishiga erishish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilgan xulosalarga asoslangan holda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2015-yil 23-yanvardagi Qoʻshma qarorini ijro etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2015-yil 22-yanvarda Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida soʻzlagan nutqida hamda 2015-yil 23-yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzalarida belgilab berilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yilga va kelgusi yillarga moʻljallangan Harakat dasturi maʼqullansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisi tasdigʻiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi, qoʻmitalari va komissiyalari Harakat dasturi oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S. Artikova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-8-III-sonli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 18-martdagi KQ-8-III-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2015-yil 22-yanvarda Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida soʻzlagan nutqida hamda 2015-yil 23-yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzalarida belgilab berilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yilga va kelgusi yillarga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARAKAT DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ustuvor vazifalar

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Masʼul ijrochilar

1.

Senatning huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirishdagi, shuningdek qonunlarning ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirishga taʼsirini kuchaytirish borasidagi faoliyatini tubdan yaxshilash

1.1. Qabul qilingan qonunlarning mintaqalardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarga taʼsir koʻrsatishi haqidagi axborotni joylardan, shu jumladan Senat faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda olishni taʼminlaydigan oʻzaro aloqaning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan yaqin hamkorlikda yaratish.

2015-yilning II choragi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

1.2. Qabul qilinayotgan qonunlarning ijro etuvchilarga yetkazilish jarayonlari, huquqni qoʻllash samaradorligi Senat aʼzolari tomonidan albatta oʻrganilishini nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalarni Senat Reglamentiga, boshqa qonun hujjatlariga kiritish yuzasidan takliflarni tayyorlash va shuning asosida Senatning nazorat-tahlil ishlari dasturlariga tezkor tuzatishlar kiritilishini taʼminlash.

2015-yilning IV choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

1.3. Qonunlar ijro etuvchilarga oʻz vaqtida yetkazilishini tizimli oʻrganish, qonunlarning mazmun va mohiyati keng aholi qatlamlariga yetkazilishini, bu ishlarni oʻtkazishda senatorlarning mahalliy Kengash deputatlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin oʻzaro hamkorligini taʼminlashga doir Senat qoʻmitalarining, aʼzolarining ishlarini tashkil etish yuzasidan Uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish va qabul qilish.

2015-yilning III choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

1.4. Qabul qilingan qonunlarni ijro etuvchilarga yetkazish, huquqni qoʻllash amaliyoti samaradorligini oshirish ishlarida mahalliy hokimiyat vakillik organlarining ishtirok etishi masalalari yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari uchun turkum seminarlar uyushtirish va oʻtkazish.

2015-yilning II choragi

(alohida reja boʻyicha)

Senat Komissiyasi Senat qoʻmitalari bilan hamkorlikda

1.5. Senat Kengashining 2006-yil 29-iyundagi Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririni ishlab chiqish va qabul qilish. Mazkur Nizomda, xususan, ularning ishlarida olimlar, ekspertlar, tadqiqot markazlari, vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining keng ishtiroki mexanizmlarini nazarda tutish.

2015-yilning III choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmi�asi, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

1.6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitutsiya kuniga bagʻishlangan, yangi saylangan Oliy Majlis palatalarining majlislarida, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2014-yil yakunlariga bagʻishlangan majlisidagi nutqlari toʻplami nashr etilishini taʼminlash hamda nutqlardagi deputatlar va senatorlar faoliyati toʻgʻrisidagi qoidalarga alohida ahamiyat bergan holda ularning mazmun va mohiyatini har bir deputat va Senat aʼzosi eʼtiboriga yetkazish.

2015-yilning II-III choraklari

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari bilan hamkorlikda (kelishuvga koʻra)

2.

Qonunlar ularni amalga oshirishning aniq mexanizmlarini qamrab olgan yuqori sifatli boʻlishini, shuningdek qonun hujjatlari bir-biriga zid kelmasligini, tizimli boʻlishini, huquqiy tartibga solish toʻliqligini taʼminlash borasidagi parlament faoliyatining samaradorligini oshirish. Yangi qabul qilingan qonunlarni toʻliq amalga oshirish uchun zarur boʻladigan qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish

2.1. Senat faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga Qonunchilik palatasi tomonidan kiritil�an qonunlar umumdavlat va mintaqalar manfaatlarining mutanosibligini, qonun hujjatlarining bir-biriga zid kelmasligini, tizimliligini taʼminlash, qonunlarda ularni amalga oshirish mexanizmlari mavjudligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqilishi majburiyligini belgilovchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. Mazkur vazifani bajarishga mustaqil ekspertlar, olimlar, mutaxassislar, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini jalb etish mexanizmlarini nazarda tutish.

2015-yilning II choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

2.2. Senatning navbatdagi yalpi majlislari yakunlariga koʻra qabul qilingan qonunlarning mazmun va mohiyatini tushuntirib berishga hamda yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining roʻyobga chiqarilishini taʼminlovchi qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi masalalarini koʻrib chiqishga bagʻishlangan qoʻmitalarning uchrashuvlarini, majlislarini mamlakat mintaqalarida oʻtkazish amaliyotini Senat faoliyatiga joriy etish.

Senat yalpi majlislari yakunlari boʻyicha

Senat qoʻmitalari

2.3. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga yoʻnaltirilgan qonunlar toʻliq roʻyobga chiqarilishini taʼminlovchi samarali huquqiy (maʼmuriy-huquqiy, jinoyat-hu�uqiy, xoʻjalik-huquqiy, sud-huquqiy) mexanizmlarni yaratish bilan bogʻliq dolzarb muammolar muhokamasiga bagʻishlangan turkum konferensiyalar va davra suhbatlari oʻtkazish.

2015-yil davomida

(alohida reja boʻyicha)

Senat qoʻmitalari

2.4. Nazorat tadbirlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tizimida qonunlarni joylarga yetkazilishining, qonunlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunosti hujjatlari qabul qilinishining holatini oʻrganish, mazkur ishning samaradorligini oshirishga doir takliflar ishlab chiqish.

2016-yilning II choragi

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

3.

Senatda koʻrib chiqilayotgan qonunlarning davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyati institutlarining turli darajalarida samarali muhokama etilishini tashkil etish. Parlamentning ochiqligini taʼminlash, Senatning qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyatidan jamoatchilikni xabardor qilish

3.1. Qonunlarning, ayniqsa, aholining hayotiy muhim manfaatlariga, sotsial huquqlariga bevosita taalluqli boʻlgan qonunlarning muhokamasiga mahalliy Kengashlar deputatlarini, jamoatchilikni, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini keng jalb etish yuzasidan senatorlarning faol ishtirokini tashkil etishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni roʻyobga chiqarish.

Doimiy

Senat Kengashi, Senat qoʻmitalari

3.2. Fuqarolarning mamlakatni boshqarishdagi rolini har tomonlama oshirish, qonun ijodkorligi faoliyatida, Senatning, mahalliy hokimiyat vakillik organlarining nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etishi masalalari yuzasidan mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida mintaqaviy seminarlar oʻtkazish. Oʻtkazilgan tadbirlar yakunlariga koʻra tegishli tavsiyalarni qabul qilish.

2015-yilning II-IV choraklari (alohida reja boʻyicha)

Senat Komissiyasi Senat qoʻmitalari bilan hamkorlikda

3.3. Tegishli sohalarning yetakchi mutaxassislari, olimlari, amaliyotchilari, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirokida koʻrib chiqilayotgan qonunlarning tizimli, doimiy asosda muhokama etilishini tashkil etish, ularni roʻyobga chiqarish yuzasidan nazorat-tahlil ishlarini tayyorlash va oʻtkazish maqsadida Senat qoʻmitalari huzurida yetakchi mutaxassislar, olimlar, amaliyotchilar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari jumlasidan iborat ekspert guruhlarini tuzish.

2015-yilning II choragi

Senat Kengashi, Senat qoʻmitalari

3.4. Koʻrib chiqilayotgan qonunlar, Senatning nazorat-tahlil faoliyati yuzasidan jamoatchilikning fikrini tizimli, doimiy asosda oʻrganish boʻyicha ommaviy axborot vositalari vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi va boshqa tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qilinishini Senat ish amaliyotiga joriy etish.

2015-yilning II choragi

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi,

Senat Devoni Matbuot xizmati

3.5. Keng jamoatchilikni Senat, uning qoʻmita va komissiyalari, senatorlarning qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil va boshqa faoliyatidan xabardor qilish masalalarida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish boʻyicha qator chora-tadbirlar qabul qilish.

Doimiy (alohida reja boʻyicha)

Senat Devoni Matbuot xizmati, Senat qoʻmitalari va komissiyalari

3.6. “Davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlash borasida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

2015-yilning II choragi

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

4.

Koʻrib chiqilayotgan qonunlarni chet el huquqiy amaliyoti bilan har tomonlama, chuqur qiyosiy tahlil qilish asosida ularni muhokama etish, qayta ishlash borasidagi Senat ishlarining sifati va samaradorligini oshirish

4.1. Qonunlarni koʻrib chiqish davomida ularni chet el huquqiy amaliyoti bilan har tomonlama, chuqur qiyosiy tahlil qilish maqsadida rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasini oʻrganish mexanizmining joriy etilishini nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalarni Senatning normativ hujjatlariga kiritish.

2015-yilning III choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi

4.2. Qonun ijodkorligida qiyosiy tahlil uslublaridan foydalanish borasidagi demokratik davlatlar parlamentlarining qonun ijodkorligi faoliyati tajribasini oʻrganishga bagʻishlangan xalqaro seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarning 2015–2016-yillarga moʻljallangan dasturlarini Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda ishlab chiqish.

2015-2016-yillarning I choraklari

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari bilan hamkorlikda (kelishuvga koʻra)

4.3. Senat aʼzolarining tajribasini, xabardorligini, shuningdek Senatda olib borilayotgan axborot-tahlil ishlari samaradorligini oshirishning doimiy amal qiluvchi tizimini yaratish va rivojlantirish, mazkur ishlarni amalga oshirishga mamlakatimiz yetakchi mutaxassislarini, tadqiqot, tahlil markazlarining ekspertlarini jalb qilishga doir chora-tadbirlar dasturini tayyorlash.

2015-yilning III choragi

Fan, taʼlim, �adaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi, Senat Devoni

5.

Davlat boshqaruvi organlarining faoliyati, ular tomonidan qonunlarning soʻzsiz ijro etilishi, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga doir eng muhim davlat dasturlarining roʻyobga chiqarilishi ustidan samarali parlament nazoratini taʼminlash

5.1. Mamlakatimizni va uning mintaqalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda Senat qoʻmitalarining nazorat-tahlil faoliyati dasturini tayyorlash. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

joylarda ish olib borayotgan senatorlarning Senat qoʻmitalarining nazorat-tahlil hamda boshqa tadbirlaridagi ishtirokini faollashtirish;

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining vakillarini, olimlar va mutaxassislarni joylardagi ishlarning holatini oʻrganish uchun Senat qoʻmitalari tomonidan tuziladigan ishchi guruhlar faoliyatiga jalb etish;

qonunlarning joylarda ijro etilishini oʻrganish chogʻida qonun hujjatlarini takomillashtirishga, qonunlarni ijro etishda yoʻl qoʻyiladigan kamchiliklarni bartaraf etishga doir aniq, har tomonlama ishlab chiqilgan takliflar tayyorlanishini taʼminlash.

2015-yil va keyingi yillarning I choraklari

Senat K�ngashi, Senat qoʻmitalari

5.2. Parlament eshituvlari oʻtkazish, sotsial-iqtisodiy rivojlantirish, ayniqsa xususiy mulkni himoya qilish masalalari yuzasidan parlament soʻrovlarini yuborish orqali mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy vaziyatning tizimli asosda, nazorat faoliyati doirasida har tomonlama oʻrganilishini tashkil etish. Xususan, parlament soʻrovlarini yuborish, vazirlik va idoralar rahbarlarining quyidagi masalalar boʻyicha axborotlarini tinglash:

Doimiy

Senat qoʻmitalari

qonun ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosatini taʼminlash borasidagi ishlarning holati, shuningdek qonunosti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilish masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik xizmatining rolini oshirish (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi);

2015-yilning IV choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

pensiya toʻlovlarini hisoblab chiqarishning yagona tartibi joriy etilishining borishi (Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi);

2016-yilning I choragi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

erkin iqtisodiy zona faoliyat koʻrsatayotganligini hisobga olgan holda Jizzax viloyati sanoatining salohiyatini rivojlantirishga investitsiyalar, shu jumladan chet el investitsiyalari jalb qilish davlat dasturlarining bajarilishi (Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi);

2016-yilning III choragi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

Ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining bajarilishi (Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi).

2015-yil va keyingi yillarning IV choraklari

Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

5.3. Hukumat aʼzolari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan ular mutasaddi boʻlgan sohalarda qonun hujjatlarining talablari ijro etilishi borasidagi ishlarning holati toʻgʻrisida muntazam ravishda axborot, hisobot taqdim etilishining tashkiliy mexanizmlarini ishlab chiqish.

2015-yilning IV choragi — 2016-yilning I choragi

Senat Kengashi, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

5.4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining shakllantirilishi va ijro etilishi ustidan parlament nazoratining zamonaviy usullarini Senat faoliyatining amaliyotiga joriy etish. Namangan viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlaridan maqsadli hamda samarali foydalanish holatini oʻrganish.

2015-yilning IV choragi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi

5.5. “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mahalliy boshqaruv organlari tomonidan qonunlarga hamda boshqa qonun hujjatlariga rioya etilayotganligi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish boʻyicha fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining ishlarini tashkil etishga oid qismining Sirdaryo viloyatida ijro etilishini oʻrganish. Ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorligi tizimini takomillashtirish, davlat boshqaruvi organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tizimida mahallaning rolini kuchaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2016-yilning II choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

5.6. Samarqand va Toshkent viloyatlarida “Yangi ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda parlament, deputatlik nazorati samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari: qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyoti” mavzusida mintaqaviy seminarlar oʻtkazish.

2015-yilning II choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

6.

Senatning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorligi samaradorligini yanada oshirish

6.1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati sohalaridagi oʻzaro harakatlarini tartibga solib turuvchi normativ-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish, uni yanada tak�millashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2015-yilning II choragi

Senat qoʻmitalari Qonunchilik palatasining qoʻmitalari bilan hamkorlikda (kelishuvga koʻra)

6.2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibini shakllantirish hamda uning birinchi majlisini oʻtkazish. Yangi ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik samaradorligining yanada oshirilishini taʼminlovchi huquqiy mexanizmlar oʻrnatilishiga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahririni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2015-yilning II choragi

Senat Kengashi Qonunchilik palatasining Kengashi bilan hamkorlikda (kelishuvga koʻra)

6.3. Palatalar tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlar va boshqa ishlar bir-birini takrorlashiga yoʻl qoʻymaslik hamda bu sohadagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati qoʻmitalarining ish rejalarini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha Oliy Majlis palatalari kengashlarining qoʻshma qarorini tayyorlash va qabul qilish.

2015-yilning II choragi

Oliy Majlis palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etuvchi Muvofiqlashtiruvchi kengash

6.4. Parlamentning mavjud axborot salohiyatidan hamkorlikda foydalanish maqsadida 2015–2016-yillarda Oliy Majlis palatalarining mavjud axborot tizimlari va axborot resurslarini birlashtiruvchi yagona axborot tizimini yaratishga doir kompleks dastur loyihasini tayyorlash.

2015-yilning III choragi — 2016-yilning I choragi

Senat qoʻmitalari, Senat Devoni Qonunchilik palatasining qoʻmitalari va Devoni bilan ham- korlikda (kelishuvga koʻra)

6.5. Qabul qilinayotgan qonunlarning mazmuni va mohiyati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, qonunlarida Oliy Majlis palatalarining zimmasiga yuklatilgan boshqa vakolatlarni bajarish yuzasidan Oliy Majlis palatalarining nazorat-tahlil ishlari, faoliyati natijalaridan jamoatchilikni keng xabardor qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari axborot xizmatlarining 2015-yilga moʻljallangan Hamkorlikdagi ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2015-yilning II choragi

Senat Kengashi Qonunchilik palatasining Kengashi bilan hamkorlikda (kelishuvga koʻra)

6.6. Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoʻshma chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2015-yilning II choragi

Senat Kengashi Qonunchilik palatasining Kengashi bilan hamkorlikda (kelishuvga koʻra)

6.7. Demokratik sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash masalalarini hal qilishda parlament palatalarining faoliyatiga oʻzaro hamkorlikning yangi, zamonaviy shakllarini joriy etish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishni nazarda tutuvchi “Qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati jarayonida parlament palatalarining oʻzaro hamkorligi amaliyotini, tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida davra suhbati oʻtkazish.

2015-yilning II choragi

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari bilan hamkorlikda (kelishuvga koʻra)

7.

Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan oʻzaro hamkorligi borasidagi faoliyatini takomillashtirish

7.1. Mintaqalarni sotsial-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarini hal qilishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish uchun Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashish boʻyicha Senat Komissiyasining yangi tarkibini shakllantirish. Komissiyaning ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2015-yilning I choragi

Senat Kengashi

7.2. Senat Kengashining 2010-yil 30-dekabrda qabul qilingan Qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining doimiy komisssiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, jumladan Senat qoʻmitalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari bilan oʻzaro hamkorligining aniq mexanizmlarini, yangi ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

2015-yilning II choragi

Senat Kengashi Senat Komissiyasi taklifiga koʻra

7.3. Nazorat faoliyatining turlarini, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan nazorat faoliyati amalga oshirilishining tartib-taomillari batafsil bayon etilishini, Senat qoʻmitalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan ushbu sohadagi oʻzaro hamkorligi shakllarini nazarda tutuvchi Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan nazorat faoliyatini amalga oshirishning namunaviy tartibini ishlab chiqish.

2015-yilning IV choragi — 2016-yilning I choragi

Senat Komissiyasi

7.4. Xususiy mulk huquqini himoya qilishga, tadbirkorlik subyektlarining xoʻjalik va moliyaviy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik uchun davlat organlari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari mansabdor shaxslarining javobgarligini kuchaytirishga doir qonun hujjatlari talablarining ijro etilishini nazorat qilish boʻyicha Senat qoʻmitalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan oʻzaro hamkorlik dasturini ishlab chiqish hamda uning roʻyobga chiqarilishini taʼminlash.

2015-yilning II-III choraklari

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

7.5. “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidagi qoidalarni roʻyobga chiqarishning aniq masalalarini koʻrib chiqishga bagʻishlangan, joylarda sotsial-iqtisodiy rivojlantirishga doir eng muhim vazifalarni hal qilishda mahalliy hokimiyat organlarining nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini tashkil etishga qaratilgan qator mintaqaviy davra suhbatlari hamda seminarlar oʻtkazish.

2015 — 2017-yillar (alohida reja boʻyicha)

Senat qoʻmitalari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlikda

7.6. Joylarda (Fargʻona viloyati misolida) “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishini, xususan aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha vazifalarning fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi amaliyoti xususidagi qismining ijro etilishini oʻrganish. Davlat ijtimoiy dasturlarini, bandlikni taʼminlash, kasanachilikni, hunarmandchilikni rivojlantirish, yoshlarni ishga joylashtirish, ularni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash dasturlarini roʻyobga chiqarishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari rolini mustahkamlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.

2016-yilning II choragi

Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

7.7. Davlat ixtiyoridagi obyektlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish masalalariga doir qonun hujjatlari va eng muhim davlat dasturlari talablarining bajarilishini oʻrganish maqsadida Senat qoʻmitalarining Toshkent viloyatida sayyor majlisini oʻtkazish (Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi).

2016-yilning I choragi

Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmita-si, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

7.8. Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashi bilan hamkorlikda qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga doir maqsadli davlat dasturi roʻyobga chiqarilishining holatini oʻrganish. Qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini yaxshilash sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.

2016-yilning II choragi

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

7.9. Surxondaryo viloyatida rivojlangan infratuzilmani, axborot-kommunikatsiya tizimlarini yaratish, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya qurilishi masalalarini oʻrganish. Senat qoʻmitalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikdagi harakatlarining tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish.

2016-yilning III choragi

Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi

7.10. Sotsial-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha eng muhim vazifalarni roʻyobga chiqarish yuzasidan davlat boshqaruvi organlarining faoliyati ustidan deputatlik, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish shakllari va usullarini takomillashtirish masalalari yuzasidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari uchun mintaqaviy seminarlar oʻtkazish.

2015 — 2017-yillar (alohida reja boʻyicha)

Senat qoʻmitalari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan hamkorlikda

7.11. “Qonun ijodkorligi faoliyati jarayonida mintaqaviy va umumdavlat manfaatlari mutanosibligini taʼminlash vazifalarining amalga oshirilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan oʻzaro hamkorligi” mavzusida davra suhbati uyushtirish.

2015-yilning III choragi

Senat Komissiyasi

8.

Mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini taʼminlashda, xalqaro va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishda Senatning rolini kuchaytirish

8.1. Xavfsizlikni taʼminlash, tashqi siyosatni shakllantirish va roʻyobga chiqarish sohasida Senatning konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirishga doir Senat faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2015-yilning II choragi

Senat Kengashi, Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi

8.2. Senatning xalqaro parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, davlatlarning xavfsizligini, tinch hamjihatligini taʼminlashda mamlakatimizning “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida mustahkamlangan prins�plari va nuqtai-nazarini xalqaro jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish boʻyicha ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan, 2016-2017-yillarga moʻljallangan qator chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2016-yilning II choragi

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

8.3. Palataning qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyatida rivojlangan demokratik davlatlarning parlament faoliyati sohasidagi ilgʻor tajribasidan foydalanishni davom ettirish maqsadida Senat aʼzolarining chet mamlakatlarga tashriflari natijalarini umumlashtirish mexanizmini ishlab chiqish.

2015-yilning III choragi

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi

8.4. “Davlatning ichki va tashqi siyosatini, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlari xalqaro miqyosda himoya qilinishi va ilgari surilishini huquqiy jihatdan taʼminlashning dolzarb masalalari” mavzusida konferensiya oʻtkazish.

2015-yilning IV choragi

Tashqi siyosat masalalari qoʻmitas�

8.5. Amaldagi hujjatlarni tahlil qilish hamda ularni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish maqsadida milliy qonun hujjatlarining va xalqaro huquqiy hujjatlarning (BMT, YI hujjatlari, xalqaro shartnomalar, bitimlar va boshqa hujjatlar) tizimlashtirilgan elektron maʼlumotlar bazasini yaratish va shakllantirish, uni doimiy ravishda yangilab turishni nazarda tutish.

2015-yilning IV choragi –2016-yilning I choragi

Senat qoʻmitalari, Senat Devoni Qonunchilik palatasining qoʻmitalari va Devoni bilan hamkorlikda (kelishuvga koʻra)

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 3-son, 133-modda)