1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2015-yil 24-iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2015-yil 6-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2026-yil 24-martdagi OʻRQ-1123-sonli “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi 513-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan 76-II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 147-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 309-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2015-yil 5-sentabrdagi 174 (6357)-sonida eʼlon qilingan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 4-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-394-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.01.00 Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy reabilitatsiya — odam organizmining buzilgan yoki vaqtincha yoʻqotilgan funksiyalarini hamda nogironlarning va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning ijtimoiy hamda kasbiy faoliyatga boʻlgan qobiliyatlarini jismoniy tarbiya va sport vositalari hamda usullaridan foydalangan holda tiklash (tuzatish va kompensatsiya qilish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya — madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida jamiyat tomonidan yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va bilimlar yigʻindisidan iborat boʻlgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega boʻlgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sogʻlom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi — oʻz tashabbusi bilan jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri oʻtkazayotgan va (yoki) bunday tadbirni tayyorlash hamda oʻtkazishni tashkiliy, moliyaviy va moddiy jihatdan taʼminlashni amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish inshooti — ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan, oʻziga qoʻyiladigan norma va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasportga ega boʻlgan yopiq yoki ochiq tipdagi inshoot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari — aholini jismoniy tarbiya mashgʻulotlariga jalb etishga va aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy sport — sportning tashkil etilgan va (yoki) mustaqil mashgʻulotlar, shuningdek ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazish orqali aholini jismoniy tarbiyalash, sogʻlomlashtirish, kamol toptirish hamda jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlariga jalb etishga doir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professional sport — sportning sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazishga doir qismi boʻlib, sportchilar ularda oʻzining asosiy faoliyati sifatida ishtirok etganligi va ularga tayyorgarlik koʻrganligi uchun mukofot va (yoki) ish haqi oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport — odamlarning muayyan qoidalar boʻyicha tashkil etilgan, ularning jismoniy va intellektual qobiliyatini taqqoslashdan iborat boʻlgan havaskorlik asosidagi va professional asosdagi faoliyati, shuningdek ushbu faoliyatga tayyorgarlik koʻrish hamda bu faoliyat jarayonida odamlar oʻrtasida yuzaga keladigan munosabatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchi — tanlagan sport turi yoki sport turlari bilan muntazam shugʻullanadigan, doimo oʻzining sport mahoratini oshirib boradigan va sport tadbirlarida qatnashadigan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport boʻyicha agent — sportchi nomidan va uning manfaatlari uchun shartnoma asosida faoliyat koʻrsatadigan, tuzilgan shartnomalar shartlariga va sportchining huquqlariga rioya etilishini kuzatib boradigan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport musobaqasi — sportchilar oʻrtasida yoki sportchilar jamoalari oʻrtasida har xil sport turlari (sport dissiplinalari) boʻyicha musobaqaning eng yaxshi ishtirokchisini aniqlash maqsadida jismoniy tarbiya yoki sport tadbirining tashkilotchisi tomonidan tasdiqlangan nizom (reglament) boʻyicha oʻtkaziladigan bellashuv;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport inshooti — sport tadbirlari va ommaviy sport tadbirlarini, sport turlari boʻyicha oʻquv-mashq mashgʻulotlari va oʻquv-mashq yigʻinlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan, oʻziga qoʻyiladigan norma va talablarga javob beradigan hamda tegishli pasportga ega boʻlgan yopiq yoki ochiq tipdagi ixtisoslashtirilgan inshoot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchining sport diskvalifikatsiyasi — sport turi qoidalarini yoki sport musobaqalari toʻgʻrisidagi nizomlarni (reglamentlarni) yoxud xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan dopingga qarshi qoidalarni yoki respublika sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan tasdiqlangan normalarni buzganlik uchun sportchini sport musobaqalarida ishtirok etishdan sportning tegishli turi boʻyicha xalqaro sport federatsiyasi (uyushmasi) yoki sportning tegishli turi boʻyicha respublika sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan amalga oshiriladigan chetlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turining tarmogʻi (dissiplinasi) — farqlovchi belgilarga ega boʻlgan hamda bitta yoki bir nechta sport musobaqalari dasturlari turlarini oʻz ichiga oladigan sport turining qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport tadbirlari — sport musobaqalarini, oʻquv-mashq jarayonini va sportchilar ishtirokida sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha boshqa tadbirlarni oʻz ichiga oladigan tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turi — jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyat turi boʻlib, u insonning sport musobaqalariga oʻziga xos tarzda tayyorgarlik koʻrishi bilan ajralib turadi, sport musobaqalarini oʻtkazish va ularda ishtirok etishga doir talablar, tartib va shartlar belgilanadigan qoidalarga, nizomga (reglamentga) ega boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyasi (uyushmasi) — bir yoki bir nechta sport turini rivojlantirish, ommalashtirish, shuningdek sport tadbirlarini oʻtkazishni tashkil etish hamda sportchilarni — Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari aʼzolarini sportning tegishli turi boʻyicha tayyorlash uchun aʼzolik asosida tashkil etilgan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan nodavlat notijorat tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakami — sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi toʻgʻrisidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini taʼminlash uchun jismoniy tarbiya yoki sport tadbiri tashkilotchisi tomonidan vakolat berilgan, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportning texnik va amaliy turlari — sport natijalariga erishish uchun sportchi tomonidan umumiy jismoniy mashqlar majmuasidan tashqari, sport texnikasidan, moslamalaridan yoki texnikaviy vositalardan foydalana bilish va ularni boshqarish sohasidagi koʻnikmalar va mahorat qoʻllaniladigan, shuningdek har xil sport turlaridan olingan, amaliy ahamiyatga ega boʻlgan mashqlar birikmasidan foydalaniladigan sport turlari. Sportning texnik va amaliy turlari yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida xizmat qilishga tayyorlashning tarkibiy qismidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trener — trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan hamda oʻquv-mashq, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishni, shuningdek sport natijalariga erishish uchun bellashuv faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiruvchi jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston milliy sport turlari va xalq oʻyinlari — milliy ijtimoiy-madaniy yoʻnalishga ega boʻlgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida rivojlanayotgan sport va oʻyin turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari — xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etish uchun turli yosh guruhlariga tegishli sportchilar, trenerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi olimlar va boshqa mutaxassislar, tibbiyot mutaxassislari hamda boshqa mutaxassislar jamoalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havaskorlik sporti — sportning aholini ixtiyoriylik asosida ommaviy sportga jalb qilish orqali odamlar sogʻligʻini mustahkamlashga qaratilgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportning harbiy-amaliy turlari — asosi harbiy xizmatchilar hamda maxsus xizmatni oʻtayotgan shaxslar tomonidan oʻz xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq maxsus harakatlardan (shu jumladan usullardan) iborat boʻlgan sport turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har kimning jismoniy tarbiya va sport bilan erkin shugʻullanishga boʻlgan huquqini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat hamda jamoat boshqaruvini uygʻunlashtirish;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 2-bobi (“Jismoniy tarbiya va sport sohasini davlat tomonidan tartibga solish”).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquqlarining davlat kafolatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasida kamsitishga hamda zoʻravonlikka yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchi shaxslarning, shuningdek jismoniy tarbiya va sport tadbirlari ishtirokchilari hamda tomoshabinlarining hayoti va sogʻligʻi xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportning barcha turlari va tarkibiy qismlarini rivojlantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslar, shuningdek yuqori darajada ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni jismoniy tarbiyalashning uzluksizligi va davomiyligini taʼminlash;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 4-bobi (“Taʼlim tizimida, fuqarolarning ish joyi, yashash joyi hamda dam olish joyida jismoniy tarbiya va sport”), Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-sonli “Oʻquvchi va talaba yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Jismoniy tarbiya va sport subyektlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport subyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, shu jumladan sport-texnika tashkilotlari, jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari, sport klublari, sport tayyorgarligi markazlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanuvchi fuqarolar, sportchilar, sport hakamlari, trenerlar, sport boʻyicha agentlar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislar, shuningdek jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining ishtirokchilari hamda tomoshabinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunga muvofiq boshqa organlar va tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jismoniy tarbiya va sport sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning sport tadbirlarida ishtirok etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari tomonidan moddiy-texnika va axborot resurslaridan, shuningdek ilmiy-tadqiqotga oid va texnik ishlanmalar hamda texnologiyalardan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkida boʻlgan jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport tayyorgarligi boʻyicha yangi bazalar va markazlarni, sport-taʼlim muassasalarini, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalarini, shuningdek jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarini qurish hamda ishlab turganlarini rekonstruksiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport klublari va maktablari, sport-taʼlim muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasalari, sport-sogʻlomlashtirish oromgohlari, tibbiy-jismoniy tarbiya dispanserlari faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport vositalaridan aholining, shu jumladan ayollar va yoshlarning, shuningdek nogironlarning sogʻligʻini mustahkamlash maqsadida foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlarning va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning paralimpiya hamda surdlimpiya oʻyinlarida, nogironlar oʻrtasidagi maxsus olimpiadalar va boshqa sport tadbirlarida ishtirok etishini rivojlantirish hamda taʼminlashga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport tadbirlarini, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining xalqaro hamkorligiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dasturlarni, ilmiy-uslubiy tizimlarni va kompleks ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.02.00 Vazirlar Mahkamasi vakolatlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat dasturlarini hamda maqsadli dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini, shuningdek sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 24-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-sonli “Sport terma jamoalari toʻgʻrisidagi nizomni hamda sport va Ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro hamda respublika miqyosidagi Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini, shuningdek Sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining, boshqa davlat boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda yoʻnaltiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli “Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar;
4.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.08.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)ni tuzish. Ishga qabul qilish vaqtida dastlabki sinov;
5.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari;
6.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.06.00 Moliyalashtirishning boshqa manbalari;
7.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar boʻyicha hamkorlik / 19.03.07.00 Turizm va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli davlat organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat dasturlarini hamda maqsadli dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosi ustidan monitoring va nazoratni, shuningdek jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi tahlilini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek sport normativlarini ishlab chiqishni amalga oshiradi hamda ularni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport markazlarini va dopingga qarshi markazlarni, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim muassasalarini hamda ilmiy tashkilotlarni tashkil etish boʻyicha takliflar kiritadi va ularning faoliyati tashkil etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifini, shuningdek u toʻgʻrisidagi nizomni, sport turlarini va sport turlarining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularning reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 4-iyuldagi 3-mh-son qarori bilan tasdiqlangan “Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritadi, uni yuritish tartibini belgilaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 19-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 9-oktabrdagi 11-mh-son qarori bilan tasdiqlangan “Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va respublika miqyosidagi Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantiradi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularning moliyalashtirilishi va oʻtkazilishini taʼminlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 24-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport unvonlari, sport razryadlari va malaka toifalarini berish tartibini tasdiqlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 23-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan “Sport-taʼlim muassasalarining trener-oʻqituvchilari va yoʻriqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”, “Sport hakamlari va ularning malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (roʻyxat raqami 2942, 27.10.2017-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning yaqin zaxirasini tasdiqlaydi, Oʻzbekiston sport delegatsiyalarini jamlaydi, ularning tayyorgarlik koʻrishini hamda xalqaro sport musobaqalarida va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida ishtirok etishini taʼminlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 6-bobi (“Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari va ularni shakllantirish”), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi 121-sonli “Terma jamoalar hamda ularning zaxirasini sport musobaqalariga tayyorlashni, shuningdek ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish hamda oʻtkazishga, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport uchun moʻljallangan tovarlar ishlab chiqarilishini tashkil etishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari qurilishini hamda ishlab turganlari rekonstruksiya qilinishini tashkil etishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport boʻyicha ilmiy, oʻquv, ilmiy-ommabop va ommaviy adabiyotlar tayyorlanishi va nashr etilishini, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida foto- va videomateriallar chiqarilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari ommalashtirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli davlat organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi toʻgʻrisida nizom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.07 Davolash-profilaktika yordamining boshqa turlari;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiyadan sogʻliqni mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va davolash vositasi sifatida foydalanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda sport tibbiyotini oʻrganish va rivojlantirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi, dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining jismoniy jihatdan kamol topishi holati tahlilini oʻtkazadi va tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanayotgan shaxslarning tibbiy monitoringini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishini tibbiy jihatdan taʼminlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport tibbiyoti sohasidagi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilar va boshqa mutaxassislar sport jarohatlarini olganda ularga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etadi, shuningdek ularni jismoniy reabilitatsiya qilish boʻyicha tadbirlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining jinsi va yoshi toifasiga qarab, jismoniy mashqlar dasturini shakllantirishga doir uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlomlashtirish markazlarini, davolash-jismoniy tarbiya dispanserlarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-son qaroribilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi toʻgʻrisida nizom”
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-tarbiya jarayonining sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan boʻlishini roʻyobga chiqarish, sogʻlom turmush tarzi normalarini joriy etish uchun shart-sharoitlarni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari va oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi oʻquv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari (“Barkamol avlod”) hamda oliy taʼlim muassasalari talabalari (“Universiada”) oʻrtasida sport musobaqalarini tashkil etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari hamda tashkilotlari sport obyektlarining moddiy-texnika va resurs bazasi saqlanishi hamda rivojlantirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar va talabalarga sogʻlom turmush tarzini, sport bilan shugʻullanishning muhimligi, jismoniy va maʼnaviy komillikka intilish tushunchasini singdirishga, ularni salbiy taʼsirlardan himoya qilishga hamda zararli odatlardan xalos etishga doir chora-tadbirlar majmuini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquvchilar va talabalarni jismoniy tarbiyalashning zamonaviy shakllari hamda usullarini, jinsi va yoshiga qarab ularga sport koʻnikmalarini singdirishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni hamda joriy etishga koʻmaklashishni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim muassasalarida bolalar sportini rivojlantirishni va ularning sport bazasini mustahkamlashni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar va oʻquvchi yoshlar oʻrtasida jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport tadbirlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi oʻquv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq taʼlimi tizimining taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida sport musobaqalarini (“Umid nihollari”) tashkil etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar sportining moddiy-texnika va resurs bazasini rivojlantirish choralarini koʻradi;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-maydagi PQ-1332-sonli “Bolalar sporti obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarga sportga muhabbatni singdirish, oʻsib kelayotgan avlodda sport bilan shugʻullanish, sogʻlom turmush tarzini olib borish, jismoniy va maʼnaviy komillikka intilish muhimligi tushunchasini shakllantirish, bolalarni salbiy taʼsirlardan himoya qilishga va zararli odatlardan xalos etishga doir chora-tadbirlar majmuini amalga oshiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 355-sonli “Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni jismoniy tarbiyalashning zamonaviy shakllari hamda usullarini, bolalarning jinsi va yoshiga qarab ularga sport koʻnikmalarini singdirishning, sportga qobiliyatli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport taʼlim muassasalarida oʻqitish uchun tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni hamda joriy etishga koʻmaklashishni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisida nizom”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat dasturlarini hamda maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tadbirlarning mahalliy budjetdan moliyalashtirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarini tashkil etishga koʻmaklashadi hamda ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi oʻrtasida sport normativlarini topshirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish hamda oʻtkazishga, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududda jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havaskorlik jismoniy tarbiya-sport harakatini rivojlantirish uchun fuqarolarning ish joyi, yashash joyi hamda dam olish joyida shart-sharoitlar yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport uchun moʻljallangan tovarlar ishlab chiqarilishini tashkil etishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda ishtirok etishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.16.00.00 Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shuningdek, 02.05.00.00ga qarang);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari, yoshlar tashkilotlari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat dasturlarini hamda boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportchilar, trenerlar, sport hakamlari va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda kasblari va lavozimlarining tasniflangan roʻyxati belgilanadigan boshqa mutaxassislar jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislardir.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport turlari boʻyicha sportchi, trener va sport hakami kasblari va lavozimlariga doir malaka talablari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarning kasblari va lavozimlariga doir malaka talablari esa qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Havaskorlik sporti va professional sport
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar havaskorlik sporti, shuningdek professional sport bilan sportchi, trener yoki sport hakami sifatida shugʻullanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Havaskorlik sporti va professional sport sohasidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tashkil etilishi hamda faoliyat koʻrsatishi tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yakka tartibdagi tadbirkorlik
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faoliyatning asosiy turi sifatida jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki boshqa yuridik shaxsning tarkibiy boʻlinmasi jismoniy tarbiya-sport tashkilotidir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxati”ning 58-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar aholining turli guruhlari oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish boʻyicha ishlarni tashkil qilishda ishtirok etadi, sportchilarni va sport musobaqalarida hamda oʻquv-mashq tadbirlarida ishtirok etuvchi boshqa mutaxassislarni tayyorlash, ularning sogʻligʻini muhofaza qilish va mustahkamlash uchun shart-sharoitlar yaratadi, sportchilar va trenerlarga mashgʻulotlar uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlaydi, shuningdek ushbu mutaxassislarga sport natijalariga erishishi uchun boshqacha tarzda koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar xalqaro sport tashkilotlarining aʼzosi boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari chet davlatlarning sport tashkilotlari bilan munosabatlarda xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan nizomlar (reglamentlar), qoidalar va talablarga hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga rioya etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Oʻzbekiston olimpiya harakati. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.04.00 Olimpiya va paralimpiya harakati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston olimpiya harakati Xalqaro olimpiya harakatining tarkibiy qismi boʻlib, uning maqsadi olimpiya harakati prinsiplarini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga koʻmaklashish, sport sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, Olimpiya oʻyinlarida hamda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi boshchiligida oʻtkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston olimpiya harakati Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi — respublika nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan boshqariladi, ushbu qoʻmita oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Xalqaro olimpiya qoʻmitasining Olimpiya xartiyasiga hamda oʻz ustaviga muvofiq amalga oshiradi. Davlat Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga oʻz ustavida belgilangan maqsadlarini amalga oshirishiga har tomonlama koʻmaklashgan holda, Oʻzbekiston olimpiya harakatini tan oladi va qoʻllab-quvvatlaydi.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olimpiya harakati prinsiplarini ommalashtiradi, yuksak yutuqlarga erishiladigan sportni va ommaviy sportni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro olimpiya qoʻmitasining Olimpiya xartiyasiga muvofiq Olimpiya oʻyinlarida hamda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi boshchiligida oʻtkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarni Olimpiya oʻyinlarida hamda Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi boshchiligida oʻtkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishga tayyorlashning zarur darajasini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportda dopingning oldini olish hamda unga qarshi kurashishga, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida kamsitish va zoʻravonlikning har qanday shakllari yuzaga kelishiga yoʻl qoʻymaslikka koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro olimpiya qoʻmitasining hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining olimpiya ramzlari, shiori, bayrogʻi, madhiyasidan, “olimpiya”, “olimpiada” nomlaridan foydalanishga boʻlgan huquqlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududida himoya qilish choralarini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi oʻz vakolatlarini maxsus vakolatli davlat organi, sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Sport federatsiyalari (uyushmalari)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport federatsiyasi (uyushmasi) mamlakatda sport turini yoki sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirishni amalga oshiradi hamda respublika va xalqaro miqyosdagi barcha tadbirlar va musobaqalarda sportchilar va boshqa mutaxassislar nomidan ish yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport federatsiyasining (uyushmasining) rasmiy nomi nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi hamda unda sport federatsiyasi (uyushmasi) faoliyatining hududiy sohasi, shuningdek sport federatsiyasi (uyushmasi) qaysi sport turini yoki sport turlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan boʻlsa, oʻsha sport turi yoki sport turlari koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport federatsiyalarining (uyushmalarining) tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda, nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 4-bobi (“Yuridik shaxslar”), Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestri
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport federatsiyalari (uyushmalari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestriga kiritilishi kerak. Maxsus vakolatli davlat organi sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sport federatsiyalarining (uyushmalarining) nomlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) qaysi sport turini yoki sport turlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan va oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha sport turi yoki sport turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbar organlarining shaxsiy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport federatsiyalarining (uyushmalarining) xalqaro sport tashkilotlariga aʼzoligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrida koʻrsatilgan maʼlumotlar ochiq boʻladi va ulardan hamma foydalanishi mumkin, bundan tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbar organlarining shaxsiy tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar bu maʼlumotlar qonun hujjatlariga muvofiq ochiq boʻlmasa va undan hamma foydalanishi mumkin boʻlmasa, mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Sport federatsiyalari (uyushmalari) reyestrini yuritish va undan maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizom” (roʻyxat raqami 2939)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Oʻzbekiston milliy sport turlari va xalq oʻyinlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston milliy sport turlari va xalq oʻyinlari Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi madaniy merosining ajralmas qismi, aholida vatanparvarlik va Vatanga muhabbat, xalqaro maydonda mamlakatning obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga intilish tuygʻularini tarbiyalash poydevoridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, shuningdek boshqa tashkilotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston milliy sport turlari va xalq oʻyinlarini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashadi hamda ularni aholi oʻrtasida yoyish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston milliy sport turlari va xalq oʻyinlarining xalqaro maydondagi obroʻ-eʼtiborini mustahkamlashga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston milliy sport turlari va xalq oʻyinlarini Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish hamda oʻtkazish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya yoki sport tadbirlari tashkilotchilari bu tadbirlarni oʻtkazish shartlarini, shu jumladan jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etish hamda oʻtkazishni moliyalashtirish shartlarini belgilaydi, bunday tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun masʼul boʻladi, ushbu tadbirlarni toʻxtatish va bekor qilish, ularni oʻtkazish vaqtini oʻzgartirish va ularning yakunlarini tasdiqlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya yoki sport tadbirlari tashkilotchilari quyidagi mutlaq huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya yoki sport tadbirining nomi va ramzlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazish joyida tovarlar, ishlar va xizmatlar reklamasini joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarida foydalaniladigan sport ekipirovkasi, sport uskunalari va anjomlarini ishlab chiqaruvchilarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini ularning tasviri va (yoki) ovozini har qanday usullar bilan va (yoki) turli texnologiyalar yordamida translyatsiya qilish orqali, shuningdek mazkur translyatsiyani yozib olishni va (yoki) tadbirni fotosuratga hamda videotasvirga tushirishni amalga oshirish orqali yoritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining nomlaridan, ular asosida tuzilgan soʻz birikmalaridan hamda mazkur tadbirlar ramzlaridan uchinchi shaxslarning foydalanishi jismoniy tarbiya yoki sport tadbirlari tashkilotchilari bilan yozma shaklda tuziladigan kelishuvlar asosida amalga oshiriladi, bunday nomlardan, ular asosida tuzilgan soʻz birikmalaridan va mazkur tadbirlar ramzlaridan axborot maqsadida yoxud ommaviy axborot vositalarida jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini yoritish huquqini olgan uchinchi shaxslar tomonidan ushbu huquqlarning foydalanish hollari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalarida jismoniy tarbiya yoki sport tadbirlari tashkilotchilari tomonidan tasdiqlangan, jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining toʻgʻri koʻrsatilgan nomlaridan foydalanilishi kerak. Bunda mazkur nomlar reklama hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini yoritish huquqidan uchinchi shaxslar faqat jismoniy tarbiya yoki sport tadbirlari tashkilotchilarining yozma ruxsatlari bilan yoxud uchinchi shaxslar tomonidan ushbu huquqlarning bunday tadbirlar tashkilotchilaridan sotib olinganligi toʻgʻrisidagi yozma shakldagi kelishuvlar asosida foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport tadbirlari toʻgʻrisidagi qoidalarning, nizomlarning (reglamentlarning) mazmuniga doir alohida sport turlarining xususiyatlarini nazarda tutadigan umumiy talablar maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faqat rasmiy sport musobaqalarigina Oʻzbekiston Respublikasi chempionati, kubogi yoki birinchiligi maqomiga va nomiga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rasmiy sport musobaqalarini oʻtkazishga ushbu Qonun 26-moddasiga muvofiq tasdiqlangan sport turlarining qoidalari asosidagina yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sport tadbirlari Oʻzbekiston Respublikasi hududida faqat bunday tadbirlarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorning tegishli sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishib olinishi sharti bilan oʻtkazilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi 121-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy taʼminoti normalarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning III bobi (“Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazish”) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish. Sport turlarining reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan tartibda eʼtirof etilgan sport turlari va sport turining tarmoqlari sport turlari reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish hamda ularni sport turlari reyestriga kiritish tartibi, shuningdek ushbu reyestrni yuritish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Sport turlarini va sport turining tarmoqlarini eʼtirof etish, ularni sport turlari reyestriga kiritish hamda ushbu reyestrni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (roʻyxat raqami 2923).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Sport unvonlari, sport razryadlari, malaka toifalari. Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.32.00 Malaka toifalari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida quyidagi sport unvonlari, sport razryadlari, malaka toifalari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sport unvonlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston sport ustasi yoki Oʻzbekiston grossmeysteri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sport razryadlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston sport ustaligiga yoki Oʻzbekiston grossmeysterligiga nomzod;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi sport razryadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi sport razryadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi sport razryadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsmirlar uchun birinchi sport razryadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsmirlar uchun ikkinchi sport razryadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsmirlar uchun uchinchi sport razryadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sport hakamlarining malaka toifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro toifali sport hakami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy toifali sport hakami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifali sport hakami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi toifali sport hakami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi toifali sport hakami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport boʻyicha hakam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) trenerlarning malaka toifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro toifali trener;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy toifali trener;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifali trener;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi toifali trener;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yoʻriqchi-uslubchilarning malaka toifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy toifali yoʻriqchi-uslubchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi toifali yoʻriqchi-uslubchi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport unvonlari, sport razryadlari hamda malaka toifalarini berish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyati toʻgʻrisida”gi nizomning III bobi (roʻyxat raqami 2247, 22.07.2011-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari boʻyicha tegishli sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun bajarilishi zarur boʻlgan normalar hamda talablarni, shuningdek ularni bajarish shartlarini belgilaydi. Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomda mazkur normalar, talablar va shartlarning mazmuni, shuningdek sport turlari boʻyicha sport unvonlari va sport razryadlarini berish tartibi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi va u toʻgʻrisidagi nizom maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizom”gi nizom (roʻyxat raqami 2921).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro va respublika miqyosidagi sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻtkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari roʻyxatini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi sport terma jamoalarini xalqaro sport tadbirlariga tayyorlash va ularning ishtirok etishini taʼminlash boʻyicha tadbirlar roʻyxatini belgilovchi hujjatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari xalqaro va respublika miqyosidagi Sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga sport turlarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro va respublika miqyosidagi Sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi tegishli kalendar yil boshlanguniga qadar tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro va respublika miqyosidagi Sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritilgan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari rasmiy sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlaridir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Sportchining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turi yoki sport turlarini tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlangan sport turi yoki sport turlari boʻyicha sport musobaqalarida ushbu sport turlari qoidalari hamda sport musobaqalari haqidagi nizomlarda (reglamentlarda) belgilangan tartibda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi normalari va talablarini bajarganda sport unvonlari va sport razryadlarini olish;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Qonunning 23-moddasi, “Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizom”gi nizom (roʻyxat raqami 2921).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlangan sport turi yoki sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organlar yoki mansabdor shaxslarga yoxud sudga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida” (yangi tahriri)gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportchilarning ayrim toifalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega.
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruvi organlari, jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari, sport markazlari, boshqa jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari sportchilarga zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishi va ularning sogʻligʻi muhofaza qilinishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport tadbirlarida ishtirok etish hamda oʻquv-mashq mashgʻulotlari paytida, shuningdek sport obyektlarida boʻlganda xavfsizlik talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonunning 27-moddasida nazarda tutilgan dopingga qarshi qoidalarga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doping nazoratini oʻtkazish maqsadida dopingga qarshi qoidalarga muvofiq oʻzining turgan joyi haqida axborot taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi odob normalariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi ishtirok etayotgan jismoniy tarbiya yoki sport tadbirlari toʻgʻrisidagi qoidalarga, nizomlarga (reglamentlarga) hamda jismoniy tarbiya yoki sport tadbirlari tashkilotchilarining talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya-gigiyena, tibbiy talablarga rioya etishi, muntazam ravishda tibbiy tekshiruvlardan oʻtishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Sport turlari qoidalari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlarining qoidalari xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarga muvofiq qoʻllaniladi, bundan harbiy-amaliy, Oʻzbekiston milliy sport turlari va xalq oʻyinlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy-amaliy, Oʻzbekiston milliy sport turlari va xalq oʻyinlari qoidalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurashish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dopingga qarshi qoidaning buzilishi, shu jumladan sportda foydalanish taqiqlangan substansiyalar va (yoki) usullar (bundan buyon matnda taqiqlangan substansiya va (yoki) taqiqlangan usul deb yuritiladi) roʻyxatiga kiritilgan substansiyadan va (yoki) usuldan foydalanish yoki foydalanishga urinish sportda doping deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurashish dopingga qarshi xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan dopingga qarshi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi bir yoki bir nechta qoidabuzarlik dopingga qarshi xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan dopingga qarshi qoidalarning buzilishi deb eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchining taqiqlangan substansiyadan va (yoki) taqiqlangan usuldan foydalanganligi yoki foydalanishga uringanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musobaqa paytida yoki musobaqadan tashqari paytda sportchi organizmidan, shuningdek sport musobaqasida ishtirok etayotgan jonivor organizmidan olingan namunada taqiqlangan substansiyalarning yoxud ular metabolitlarining yoki markerlarining mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchining namuna olinishi uchun kelishdan bosh tortganligi, sportchining dopingga qarshi qoidalarga muvofiq xabardor qilingandan keyin namuna olinishiga uzrli sabablarsiz kelmaganligi yoki sportchining namuna olinishidan boshqacha tarzda boʻyin tovlaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchidan musobaqadan tashqari paytda namuna olinishi imkoniyatiga taalluqli dopingga qarshi talablarning buzilganligi, shu jumladan oʻzining turgan joyi haqidagi axborotni taqdim etmaganligi hamda uning testlashda ishtirok etish uchun kelmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doping nazorati elementini soxtalashtirish yoki soxtalashtirishga urinish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jahon dopingga qarshi agentligining Taqiqlangan substansiyalardan terapevtik foydalanish uchun xalqaro standartga muvofiq beriladigan ruxsatnomasiz terapevtik foydalanish uchun taqiqlangan substansiyalarga va (yoki) taqiqlangan usullarga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqiqlangan substansiya va (yoki) taqiqlangan usulni tarqatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportchilar, shuningdek trenerlar, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislar tomonidan sportchilarga nisbatan dopingga qarshi qoidalarning buzilishiga, sport musobaqasida qatnashayotgan jonivorlarga nisbatan taqiqlangan substansiya va (yoki) taqiqlangan usulning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Sportchi tomonidan, shuningdek sport musobaqasida qatnashayotgan jonivorga nisbatan taqiqlangan substansiya va (yoki) taqiqlangan usuldan foydalanilganligi fakti faqat Jahon dopingga qarshi agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarda oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doping nazorati testlarni oʻtkazishni rejalashtirish, namunalarni olish, saqlash, tashish, laboratoriyada tahlil qilish, testdan keyingi muolajalar, shuningdek tegishli eshituvlarni oʻtkazish va apellyatsiyalarni koʻrib chiqishni oʻz ichiga oladigan jarayondir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dopingga qarshi taʼminot sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Testlash doping nazoratining elementlari boʻlib, testlarni oʻtkazishni rejalashtirish, namunalarni olish, saqlash va Jahon dopingga qarshi agentligi tomonidan akkreditatsiya qilingan laboratoriyaga tashishni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Testlash musobaqa paytida yoki musobaqadan tashqari paytda amalga oshiriladi. Musobaqa payti deganda, agar tegishli sport turi boʻyicha xalqaro sport federatsiyasi (uyushmasi) qoidalarida yoki dopingga qarshi xalqaro tashkilot tomonidan boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, sportchining va (yoki) jonivorning muayyan musobaqada ishtirok etishi bilan bogʻliq payt tushuniladi. Musobaqa paytiga kiritilmagan vaqt musobaqadan tashqari paytdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurashish chora-tadbirlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doping nazoratini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning, trenerlarning, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarning dopingga qarshi qoidalarni buzganlik uchun javobgarligini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullar qoʻllanilishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi taʼlim muassasalarining qoʻshimcha taʼlim dasturlariga dopingga qarshi qoidalar, sportda dopingning sportchilar sogʻligʻi uchun oqibatlari, dopingga qarshi qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi boʻlimlarni kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida dopingga qarshi targʻibot olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurashishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchilarning ish qobiliyatini tiklash vositalari va usullarini ishlab chiqish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doping nazoratini oʻtkazish tartibida nazarda tutilgan doping nazoratini oʻtkazish shartlarini buzganlik uchun jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining javobgarligini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportda dopingning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: “Sportda dopingga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Xalqaro kovensiya (Parij, 2005-yil 19-oktabr).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Sport pasporti
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.06.00 Pasport va viza rejimlari (shuningdek, 16.05.03.00ga qarang)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport pasporti yagona namunadagi hujjat boʻlib, sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligini va uning sport malakasini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport pasportida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchining familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻilgan sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlangan sport turi yoki sport turlari va sport turining tarmoqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport unvonlari va sport razryadlari berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun zarur normalar hamda talablar bajarilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchi tibbiy tekshiruvdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi belgi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport musobaqalarida erishilgan natijalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sportchining sport diskvalifikatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mukofotlari va boshqa shakldagi ragʻbatlantirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
trenerning familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlangan sport turi yoki sport turlarining oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.07.00 Mehnat shartnomasi (kontrakt)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga mansubligi sportchi va jismoniy tarbiya-sport tashkiloti oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi asosida va (yoki) sportchining jismoniy tarbiya-sport tashkilotiga aʼzoligi asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport pasportlarini yuritish, berish va almashtirish, ularni hisobga olish yagona tizimining amal qilish tartibi Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi. Sport pasporti toʻgʻrisidagi nizom va sport pasportining namunasi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Taʼlim tizimida, fuqarolarning ish joyi, yashash joyi hamda dam olish joyida jismoniy tarbiya va sport
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Taʼlim tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy taʼlim dasturlari doirasida davlat taʼlim standartlari bilan belgilangan hajmlarda jismoniy tarbiya va sport boʻyicha majburiy mashgʻulotlarni, shuningdek qoʻshimcha taʼlim dasturlari doirasida qoʻshimcha (fakultativ) jismoniy mashqlar va sport mashgʻulotlarini oʻtkazish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlimning davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilarni jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlariga jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan yoshlarning jismoniy tarbiya-sport tayyorgarligi boʻyicha tadbirlar majmuini oʻtkazish uchun sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilarda individual qobiliyatlari va sogʻligʻi holatini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya va sport koʻnikmalarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv mashgʻulotlari paytida jismoniy tarbiya tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilarning jismoniy tarbiyasi tashkil etilishi ustidan tibbiy nazorat olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onalarda yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarda bolalarining sogʻligʻi va ularning jismoniy tarbiyasiga nisbatan masʼuliyatli munosabatni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar va yoshlarning jismoniy tayyorgarligini hamda jismoniy rivojlanishini har yili monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchilar ishtirokida sport tadbirlarini, shu jumladan xalq taʼlimi tizimining taʼlim muassasalari oʻquvchilari (“Umid nihollari”), oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari (“Barkamol avlod”) hamda oliy taʼlim muassasalari talabalari (“Universiada”) ishtirokida uch bosqichli sport musobaqalari tashkil etilishi va oʻtkazilishiga koʻmaklashish.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktabrdagi 864-sonli “Oʻquvchi va talaba yoshlar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Fuqarolarning ish joyi, yashash joyi hamda dam olish joyida jismoniy tarbiya va sportni tashkil etish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchilar, ularning birlashmalari va xodimlar yoki ularning vakillik organlari oʻrtasidagi jamoa shartnomalari, kelishuvlari va mehnat shartnomalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish, jismoniy tarbiya, sport, reabilitatsiya qiluvchi hamda xodimlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishiga bogʻliq boʻlgan boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun sharoitlar yaratish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga va ularning oila aʼzolariga ushbu qismning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun sport obyektlari, sport jihozlari va anjomlaridan foydalanish imkoniyatini berish haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport obyektlariga, sport jihozlari va anjomlariga lozim darajada xizmat koʻrsatilishi hamda ularning taʼmirlanishini taʼminlash, bunday obyektlar, jihozlar va anjomlarni saqlashni, ularga xizmat koʻrsatishni hamda ularni taʼmirlashni amalga oshiruvchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash haqidagi qoidalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari fuqarolarning yashash joyi va dam olish joyi boʻyicha jismoniy tarbiya hamda sportni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratadi, shu jumladan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarni jalb etish yoʻli bilan sharoitlar yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatoriy-kurort muassasalari, dam olish uylari va turistik bazalar rahbarlari fuqarolarning sogʻligʻini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va davolash maqsadida fuqarolarning davolanishi hamda dam olishi jarayonida jismoniy tarbiya komponentlaridan foydalanish uchun sharoitlar yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mehnat jamoalari kasaba uyushmalari qoʻmitalari bilan birgalikda xodimlarni hamda ularning oila aʼzolarini jismoniy tarbiya va sport bilan faol shugʻullanishga, shu jumladan ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasini tashkil etish hamda oʻtkazishga jalb etish maqsadida ixtiyoriy ravishdagi muntazam jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish tadbirlari va sport tadbirlari oʻtkazish boʻyicha sharoitlar yaratishi hamda ishlarni tashkil etishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Moslashtiruvchi jismoniy tarbiya va moslashtiruvchi sport. Nogironlarni va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarni jismoniy reabilitatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moslashtiruvchi jismoniy tarbiya jismoniy tarbiyaning nogironlarni va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarni jismoniy reabilitatsiya qilishning kompleks vositalaridan foydalanuvchi qismidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moslashtiruvchi sport nogironlarni va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarni jismoniy reabilitatsiya qilishga hamda ijtimoiy moslashtirishga qaratilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarning va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning moslashtiruvchi sportini rivojlantirish sport bilan shugʻullanishning ustuvorligi, ommalashuvi va ochiqligi prinsiplariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlarni va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarni moslashtiruvchi jismoniy tarbiya va moslashtiruvchi sport usullaridan foydalangan holda jismoniy reabilitatsiya qilish hamda ijtimoiy moslashtirish jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarida, shu jumladan reabilitatsiya markazlarida, nogironlarning jismoniy tarbiya-sport klublarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslar uchun mashgʻulotlar bunday taʼlim oluvchilarning shaxsiy qobiliyatlari va sogʻligʻi holati hisobga olingan, moslashtiruvchi jismoniy tarbiya va moslashtiruvchi sport vositalaridan foydalanilgan holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli davlat organi mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nogironlarning jamoat birlashmalari bilan birgalikda nogironlarning hamda jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari vositasida jismoniy tarbiya, jismoniy kamol toptirish va jismoniy tayyorgarlik tizimiga uygʻunlashuviga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli davlat organi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, shuningdek nogironlarning jismoniy tarbiya-sport birlashmalari nogironlar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslar ishtirokida jismoniy tarbiya va sport tadbirlari oʻtkazilishini tashkil etadi, bolalar-oʻsmirlar sport-moslashtiruvchi maktablarini, moslashtiruvchi bolalar-oʻsmirlar jismoniy tayyorgarlik klublarini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori malakali sportchilarni va sport zaxirasini tayyorlash ixtisoslashtirilgan sport taʼlimi muassasalari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, shuningdek jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari, sport-texnika tashkilotlari, sport klublari, sport tayyorgarligi markazlari, maktablar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislar tomonidan amalga oshirilib, ularni tayyorlash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
(32-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori malakali sportchilarni va sport zaxirasini tegishli sport kiyim-boshi, sport ekipirovkasi, sport jihozi va anjomi, biologik va tibbiy-tiklovchi preparatlar bilan taʼminlash, shuningdek ularning kuch-quvvat sarfini hamda jismoniy resurslarini kompensatsiya qilish, tibbiy xizmat koʻrsatishni (profilaktika, davolash) taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrni qoplanishini moliyalashtirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori malakali sportchilarni va sport zaxirasini sport turlarining oʻziga xos xususiyatlariga muvofiq holda tayyorlash mazkur sport turi boʻyicha trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Sport zaxirasini tayyorlash bosqichlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport zaxirasini tayyorlashda sportchilarni tayyorlashning quyidagi bosqichlari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport-sogʻlomlashtirish bosqichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshlangʻich tayyorgarlik bosqichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv-mashq bosqichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport mahoratini takomillashtirish bosqichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy sport mahorati bosqichi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan bosqichlar tarkibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Sportchilar tayyorlashni amalga oshiruvchi jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari va taʼlim muassasalari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportchilar tayyorlash maqsadida oʻquv-mashq jarayoni boʻyicha, shu jumladan yuqori malakali sportchilarni va sport zaxirasini tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari va taʼlim muassasalari faoliyat koʻrsatadi. Oʻquv-mashq jarayonini tashkil etish oʻquv-mashq va boshqa sport tadbirlarini oʻtkazishni, shuningdek sport tadbirlarida sport ekipirovkasi, sport jihozi va anjomi, tibbiy xizmat, yoʻlkira hamda ovqat bilan taʼminlashni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻquv-mashq jarayonini, yuqori malakali sportchilarni va sport zaxirasini tayyorlashni amalga oshiruvchi jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari jumlasiga sport tayyorgarligi markazlari, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan taʼlim muassasalari jumlasiga jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi oliy taʼlim muassasalari kiradi.
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan taʼlim muassasalari jumlasiga kirmaydigan taʼlim muassasalarida sportchilarni tayyorlash maqsadida sport turlari boʻyicha shunday tayyorgarlikni chuqurlashtirilgan oʻquv-mashq jarayoni asosida amalga oshiradigan tarkibiy boʻlinmalar, ixtisoslashtirilgan sinflar va guruhlar tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Har xil sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashga doir oʻquv dasturlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi taʼlim muassasalarida har xil sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlash oʻquv dasturlariga muvofiq (tanlangan sport turi yoki sport turlari yoʻnalishida) olib boriladi.
(35-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har xil sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashning namunaviy oʻquv dasturlari oʻquv-mashq jarayonini amalga oshiruvchi jismoniy tarbiya-sport muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqiladi hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi tegishli ilmiy tadqiqotlar natijalariga hamda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazish amaliyotiga asoslanadi. Har xil sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashning namunaviy oʻquv dasturlari maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi (tanlangan sport turi yoki sport turlari yoʻnalishida) taʼlim muassasalarida oʻquv-mashq faoliyatini har xil sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashga doir oʻquv dasturlaridan foydalanmasdan tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(35-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi pedagogik faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli maʼlumotga va kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlgan shaxslarning jismoniy tarbiya va sport sohasida, shu jumladan davolash jismoniy tarbiyasi sohasida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari va ularni shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy va zaxira tarkiblaridan tashkil topishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sport terma jamoalari toʻgʻrisida”gi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi 121-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Terma jamoalar hamda ularning zaxirasi sportchilari va trenerlarining energiya sarflarini qoplashga va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul (moliyaviy) mablagʻlarini sarflash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari tarkibiga kiruvchi jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarning roʻyxati tegishli sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) bilan kelishilgan holda maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moddiy-texnikaviy taʼminlash, shu jumladan sport ekipirovkasi bilan taʼminlash, ilmiy-uslubiy, tibbiy-biologik, tibbiy, dopingga qarshi taʼminlash maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini shakllantirish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlari har yili sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan shakllantiriladi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlar roʻyxatlarini shakllantirishning umumiy prinsiplari va mezonlari, ushbu roʻyxatlarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” (07.12.2017-y., roʻyxat raqami 2954).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishga tayyorgarlik koʻrish va ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalari sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalariga nomzodlarning tegishli roʻyxatiga kiritilgan shaxslar orasidan sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan shakllantiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-iyundagi 173-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sport terma jamoalari toʻgʻrisida”gi nizomning 7 — 21-bandlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Jismoniy tarbiya va sportning moddiy, tibbiy, moliyaviy hamda boshqa taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari xususiy yoki ommaviy mulk boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarini xususiylashtirish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari oʻz hududida jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarining rejalashtirilishi, loyihalashtirilishi, qurilishi, foydalanishga topshirilishi hamda ulardan berilgan toifalariga muvofiq maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanish shartlari, normalari, talablari hamda qoidalari, shuningdek ularga tegishli toifalarni berish tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarida fuqarolarning ayrim toifalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozli asosda xizmatlar koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalarini, turar joy dahalarini zarur jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari majmuini barpo etmasdan qurishga va rekonstruksiya qilishga, shuningdek jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarini shu hudud doirasida ularga teng inshootlarni barpo etmasdan tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarining namunaviy shtat birliklarini belgilash normalari hamda talablari, ijara haqini hisoblash uslubi va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek taʼlim muassasalari, korxonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam taʼminlanish normativlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport obyektlari boʻlmagan ayrim yer va suv hududi uchastkalarida, shuningdek havo hududi uchastkalarida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini oʻtkazishga bu uchastkalarni vaqtinchalik sport obyektlari (trassalari) sifatida rasmiylashtirgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Jismoniy tarbiya yoki sport tadbirlarining tibbiy taʼminoti
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.07.00 Sport inshootlari va jihozlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya yoki sport tadbirlarining tashkilotchilari bu tadbirlar ishtirokchilarini tibbiy yordam bilan taʼminlashni amalga oshirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Jismoniy tarbiya va sportni moliyalashtirish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.04.00 Chet el investitsiyalari (shuningdek qaralsin 10.01.05.00);
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sportni moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati va boshqa xoʻjalik faoliyatidan tushadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga pullik jismoniy tarbiya-sport va sogʻlomlashtirish xizmatlari koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning begʻaraz yordami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari ishtirokchilarining aʼzolik badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari boʻyicha maxsus jamgʻarmalarning mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasida xavfsizlik normalari va qoidalariga rioya etilishini, fuqarolarning sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmati muhofaza qilinishini taʼminlash
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.03 Fuqaroning shaʼni va obroʻsiga tajovuzlardan, uning shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, turar joy daxlsizligi huquqi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.09 Boshqa shaxsiy huquq va erkinliklar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.05.00 Aholining jismoniy madaniyati]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish, ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini oʻtkazadigan tashkilotlar jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari hamda sport musobaqalari oʻtkaziladigan joylarning xavfsizlik texnikasi qoidalariga va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq lozim darajada texnik jihozlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari hamda sport musobaqalari ular ishtirokchilarining va tomoshabinlarning sogʻligʻiga, shaʼni va qadr-qimmatiga ziyon yetkazilmaydigan tarzda oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportchilarning shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishiga olib keladigan, shuningdek ularning sport jarohatlari olishiga sabab boʻladigan tayyorgarlik uslublaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya yoki sport tadbirlarida ishtirok etishi vaqtida sogʻligʻiga ziyon yetkazilgan sportchilar, trenerlar va sport hakamlariga qonun hujjatlariga muvofiq tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasalar va tashkilotlarning voyaga yetmagan sportchilar bilan oʻzaro munosabatlari belgilangan tartibda faqat ularning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslar yoxud ular tarbiyalanayotgan ixtisoslashtirilgan muassasalarning roziligi va ishtirokida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 73 — 76-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport musobaqalarida ishtirok etuvchi shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sugʻurta polisiga ega boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Jismoniy tarbiya va sportning ilmiy-uslubiy hamda texnik taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda oʻtkazishni taʼlim muassasalari va tarkibida ilmiy markazlar tashkil etiladigan boshqa tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, belgilangan tartibda tashkil etilgan hamda oʻz faoliyatini davlat buyurtmalari va boshqa buyurtmalar asosida olib boradigan laboratoriyalar amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 3-iyuldagi PQ-1994-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlar jismoniy tarbiya vositalari bilan aholi sogʻligʻini mustahkamlashga koʻmaklashadigan aniq dasturlarni ishlab chiqadi hamda amaliyotga joriy etadi, sport zaxiralarini va Oʻzbekiston Respublikasining sport terma jamoalarini xalqaro sport tadbirlariga tayyorlashni ilmiy jihatdan taʼminlashni takomillashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli davlat organi, boshqa davlat organlari hamda tashkilotlari taʼlim muassasalari va tashkilotlariga jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, shuningdek dolzarb ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmalari hamda boshqa buyurtmalarni shakllantirishda koʻmaklashadi, ilmiy-tadqiqot ishlarining yakunlarini tahlil qiladi va ularning faoliyatiga yordam koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro hamkorlik xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi.