O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport Davlat qo‘mitasining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Sport hakamlari va ularni sport hakamligidan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 13-martdagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2942-2, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2942-2/0307-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 27-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2942]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 7-iyundagi 6-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2942-1, 28.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 10/22/2942-1/0568-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sport hakamlari va ularni sport hakamligidan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 13-martdagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2942-2, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2942-2/0307-son)
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais R. KURBANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-oktabr,
10-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017-yil 2-oktabrdagi 10-mh-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Sport hakamlari va ularni sport hakamligidan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 13-martdagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2942-2, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2942-2/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom sport hakamlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda ularni sport hakamligidan chetlashtirish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 13-martdagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2942-2, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2942-2/0307-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi;
sport hakami — sport turi qoidalariga va sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini ta’minlash uchun vakolat berilgan jismoniy shaxs sport hakamidir.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 13-martdagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2942-2, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2942-2/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 13-martdagi 15-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2942-2, 03.04.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2942-2/0307-son)
2-bob. Sport hakamining vazifalari hamda huquq va majburiyatlari
3. Quyidagilar sport hakamining vazifalari hisoblanadi:
sport musobaqalarini xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarga, sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi to‘g‘risidagi nizomga (reglamentga) muvofiq lozim darajada hakamlik qilish hamda ularga rioya etilishini ta’minlash;
sport turi bo‘yicha sport hakami kasbiga yosh mutaxassislarni jalb qilish va ularning bu boradagi malakasini oshirishda qatnashish.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Sport hakami quyidagi huquqlarga ega:
sport musobaqalarida hakamlik qilish;
sport musobaqalarida hakamlik qilganlik uchun haq (daromad) olish;
jamoat birlashmalariga birlashish;
sport musobaqasida hakamlik qilishda sport musobaqasi tashkilotchisidan tegishli shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish.
Sport hakami qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 13-martdagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2942-2, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2942-2/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Sport hakami:
xalqaro sport tashkilotlari tomonidan tasdiqlangan qoidalarni (reglamentlarni, nizomlarni), sport turi qoidalarini hamda sport musobaqalari qoidalarini (nizomlarini, reglamentlarini) bilishi va ularning talablariga qat’iy rioya etishi;
yuksak madaniyatni va hamjihatlikni namuna qilib ko‘rsatishi, shuningdek qo‘pollik, tartibsizlikning, ishtirokchilar (sportchilar, trenerlar, vakillar, tomoshabinlar) tomonidan sport turlari qoidalari buzilishining oldini olish choralarini ko‘rishi shart.
Sport hakamiga qonunchilik hujjatlarida boshqa majburiyatlar ham belgilanishi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 13-martdagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2942-2, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2942-2/0307-son)
6. Sport musobaqalarida faol ishtirok etganligi va xolisona hakamlik qilganligi uchun sport hakamlari:
sport musobaqalari tashkilotchisi tomonidan sertifikatlar, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli organ tomonidan yilning eng yaxshi sport hakami sifatida tan olinishi mumkin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 13-martdagi 15-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2942-2, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2942-2/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 13-martdagi 15-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2942-2, 03.04.2026-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2942-2/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bob O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 13-martdagi 15-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2942-2, 03.04.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2942-2/0307-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bob O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 13-martdagi 15-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2942-2, 03.04.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2942-2/0307-son)
5-bob. Sport hakamligidan chetlashtirish
38. Sport hakami o‘z vazifalarini va majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganda yoki umuman bajarmaganda uning harakatlari tegishli sport federatsiyalarining (uyushmalarining) sport hakamlari hay’atlarida ko‘rib chiqiladi.
39. Sport hakamining harakatlari sport federatsiyalarining (uyushmalarining) sport hakamlari hay’atlarida tegishli sport musobaqasi yakuniga yetgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqilishiga yo‘l qo‘yiladi.
40. Sport hakamlari hay’atining majlisi to‘g‘risida sport hakamiga besh kun oldin tegishli sport federatsiyasi (uyushmasi) tomonidan yozma ravishda xabar qilinadi.
41. Sport hakami uning faoliyati ko‘rib chiqiladigan sport hakamlari hay’atining majlisida shaxsan ishtirok etishga, o‘z mulohazalari va e’tirozlarini bildirishga haqli.
42. Tegishli sport federatsiyasi (uyushmasi) hakamlar hay’ati sport turi xususiyatidan kelib chiqqan holda sport hakamini ma’lum bir muddatga sport hakamligidan chetlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Sport hakamiga hakamlar hay’atining qaroridan ko‘chirma taqdim qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bob O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 13-martdagi 15-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2942-2, 03.04.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2942-2/0307-son)
7-bob. Yakuniy qoidalar
45. Komissiya qaroridan norozi bo‘lgan shaxslar bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi vakolatli organga yoxud bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
47. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Mudofaa vaziri A. AZIZOV
2017-yil 2-oktabr
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2017-yil 2-oktabr
O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2017-yil 2-oktabr
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining 2026-yil 13-martdagi 15-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2942-2, 03.04.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/2942-2/0307-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2017-y., 10/17/2942/0182-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 28.06.2022-y., 10/22/2942-1/0568-son; 26.02.2024-y., 10/24/3499/0149-son; 04.04.2026-y., 10/26/2942-2/0307-son)