26.05.2000 yildagi 76-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

“JISMONIY TARBIYA VA SPORT TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2026-yil 24-martdagi O‘RQ-1123-sonli “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 3, 160-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 26-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JISMONIY TARBIYA VA SPORT TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatidan qat’i nazar, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalarini tuzish, jismoniy tarbiya-sport harakatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jismoniy tarbiya va sport sohasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonparvarlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demokratizm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sportni boshqarish davlat organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlash, malakasini oshirish va attestatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport rivojining moliyaviy ta’minlanishini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

5-modda. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish vakolatli davlat organining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi jismoniy tarbiya va sportni boshqarish vakolatli davlat organi hisoblanadi.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 15-sentabrdagi O‘RQ-5-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 277-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi:
(5-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2005-yil 15-sentabrdagi O‘RQ-5-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 277-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va ro‘yobga chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari bilan birgalikda O‘zbekiston sportchilarini Olimpiya o‘yinlari va boshqa xalqaro sport musobaqalariga tayyorlashning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari bo‘yicha mamlakat terma komandalari tarkiblarini tasdiqlaydi va ular xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rishlarini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi turli toifalarining jismoniy kamolot darajasini aniqlash uchun sport normativlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya-sport kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport tayyorgarligi markazlarini, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlarni tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport muammolari bo‘yicha ilmiy, uslubiy va ommabop adabiyotlar yaratilishi va nashr etilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlari doirasida jismoniy tarbiya va sportga oid normativ hujjatlarni, shu jumladan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanish normalari hamda qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sportning ilmiy-axborot ta’minoti tizimini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlariga qarashli hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga rahbarlik qiladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni mahalliy budjetdan mablag‘ bilan ta’minlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalarining tuzilishiga ko‘maklashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy korxonalarda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport va turistik ahamiyatdagi tovarlar ishlab chiqarilishiga ko‘maklashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sportning moddiy bazasini kengaytirish hamda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida kiritilgan mablag‘larni jamlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi o‘rtasida sport normativlarini topshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havaskorlik jismoniy tarbiya-sport harakatini rivojlantirish uchun fuqarolarning turar joylari va dam olish joylarida shart-sharoitlar yaratadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur o‘quv-moddiy bazasini ta’minlagan holda bolalar va o‘smirlar sport maktablarini hamda jismoniy tarbiya-sport muassasalarini tashkil etadilar va ularni mablag‘ bilan ta’minlaydilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi, jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar, uyushmalar, jamg‘armalar, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport klublari va asosiy maqsadi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdan iborat bo‘lgan boshqa jamoat birlashmalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti xamda sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi sport-texnika klublari jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari jumlasiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari o‘z ustavlariga muvofiq fuqarolar o‘rtasida jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport ishlarini tashkil etadilar hamda sport rezervini tayyorlashni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. O‘zbekiston Respublikasidagi olimpiya harakati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasidagi olimpiya harakati Xalqaro olimpiya harakatining bir qismi bo‘lib, olimpiya g‘oyalari va prinsiplarini ommalashtirish, O‘zbekiston Respublikasi sportchilarining Olimpiya o‘yinlarida qatnashishlari maqsadlarini ko‘zlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarlik qiladigan O‘zbekiston Respublikasi olimpiya harakatiga ixtiyoriylik asosida sportchilar, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va uyushmalar, Olimpiya akademiyasi, olimpiya klublari hamda boshqa jismoniy tarbiya-sport birlashmalari va tashkilotlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lib, o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, xalqaro olimpiya qo‘mitasining Olimpiya xartiyasiga va o‘z ustaviga muvofiq amalga oshiradi, shuningdek Xalqaro olimpiya qo‘mitasining olimpiya ramzi, shiori, bayrog‘i, madhiyasi, “olimpiya”, “Olimpiada” nomlaridan foydalanishga bo‘lgan mulk huquqini O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9 modda. Jismoniy tarbiya va sportni, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish davlat organlari, sog‘liqni saqlash organlari, ta’lim muassasalari va jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari hamda sog‘lom turmush tarzi keng targ‘ib qilinishini uyushtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportda shafqatsizlik va zulmni, inson qadr-qimmatini kamsitishni, inson sog‘lig‘iga zarar yetkazadigan stimulyatorlarni qo‘llashni targ‘ib qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya uzluksiz ta’lim tiziminiig eng muhim majburiy qismi bo‘lib, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya bo‘yicha majburiy darslar, darsdan tashqari mashg‘ulotlar va test sinovlari barcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning fiziologik imkoniyatlariga mos ravishda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim muassasalari harbiy xizmatga chaqirish yoshiga yetmagan yoshlarni jismoniy jihatdan tayyorlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar fuqarolarning jismoniy tarbiyasiga davlatning muhim ijtimoiy siyosati sifatida qaraydilar hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari, yoshlar tashkilotlari va boshqa tashkilotlar ishtirokida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish davlat dasturlarini amalga oshiradilar hamda ular asosida jismoniy tarbiya va sportni boshqarish mahalliy davlat organlari bilan birgalikda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir o‘z dasturlarini ishlab chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning turar joylarida va ommaviy dam olish joylarida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari uchun shart-sharoit yaratish va ularni tashkil etish mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Sanatoriy-kurort muassasalarida, dam olish uylari va turistik bazalarda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish ishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha sanatoriy-kurort muassasalarida, dam olish uylari va turistik bazalarda jismoniy tarbiya moddiy bazasi hamda yakka tartibda va guruh bo‘lib o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari uchun boshqa zarur shart-sharoit yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanatoriy-kurort muassasalari, dam olish uylari va turistik bazalarning ma’muriyati dam oluvchilarning sihat-salomatligini mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va davolash uchun jismoniy mashqlardan, jismoniy tarbiyaning boshka shakllaridan foydalanishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Nogironlar uchun jismoniy tarbiya va sport
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar uchun jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ularning ijtimoiy kamol topishiga hamda jismoniy jihatdan qayta quvvatga kirishiga qaratilgan bo‘lib, qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari nogironlar jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun maxsus jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport inshootlari yaratilishini hamda umumiy foydalanishdagi inshootlarda boshqa shart-sharoitlar yaratib berilishini ta’minlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Sog‘liqni saqlash organlari va muassasalarining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdagi ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sog‘liqni saqlash organlari va muassasalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiyadan salomatlikni mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va ularni davolash vositasi sifatida foydalanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi turli ijtimoiy guruhlarining jismoniy kamol topishi holatini va uning yuksalish sur’atlarini tahlil qiladilar hamda tegishli davlat boshqaruvi organlariga takliflar kiritadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning tibbiy nazoratini olib boradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport bo‘yicha terma komandalar xalqaro sport musobaqalariga tayyorlanishini tibbiy jihatdan ta’minlashda qatnashadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi sog‘liqni saqlash mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularni attestatsiyadan o‘tkazishni amalga oshiradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy mashqlarning maxsus dasturlarini ishlab chiqadilar, sog‘lomlashtirish markazlarini, tibbiyot-jismoniy tarbiya dispanserlarini tashkil etadilar, ularni maxsus apparatlar va asbob-uskunalar bilan jihozlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini, sport musobaqalari va sport-tomosha tadbirlarini o‘tkazishda xavfsizlik normalari va qoidalariga rioya etish, fuqarolarning salomatligini, sha’ni va qadr-qimmatini muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarining ma’muriyati mashg‘ulotlar va musobaqalar o‘tkaziladigan joylarning jismoniy tarbiya va sportni boshqarish davlat organlari tomonidan tasdiqlangan texnika xavfsizligi qoidalariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq zarur darajada texnik jihatdan jihozlanishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari va sport musobaqalari ularning qatnashchilari hamda tomoshabinlarning salomatligi, sha’ni va qadr-qimmatiga ziyon yetkazmaydigan qilib o‘tkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilgan shaxslar sport musobaqalarida hakamlik qilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Sportda ko‘llanish man etilgan vositalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport bilan shug‘ullanishda jismoniy tarbiya va sportni boshqarish davlat organlari, xalqaro sport tashkilotlari tomonidan man etilgan vositalarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori sport ko‘rsatkichlariga erishish maqsadida stimulyatorlardan, doping moddalaridan, Xalqaro olimpiya ko‘mitasi tomonidan man etilgan boshqa vositalardan foydalangan sportchi musobaqalardan chetlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stimulyatorlar, doping moddalari va boshqa man etilgan vositalarni tarqatishga yoki ishlatishga qasddan ko‘maklashayotgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Havaskorlik sporti va professional sport
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari havaskorlik sporti bilan, shuningdek professional sport bilan sportchi, trener yoki hakam sifatida shug‘ullanish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Professional sport sohasidagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni tuzish tartibi hamda ularning faoliyat ko‘rsatish shartlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport turi bo‘yicha sportchi, trener va hakam kasblariga ko‘yiladigan malaka talablari jismoniy tarbiya va sportni boshqarish vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Yuqori darajali sportchilarni tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqori darajali sportchilarni tayyorlash ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (olimpiya rezervi kollejlari, oliy sport mahorati maktablari, olimpiya tayyorgarligi markazlari vz boshqalar) tomonidan amalga oshirilib, ularning faoliyat ko‘rsatish tartibi jismoniy tarbiya va sportni boshqarish vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish davlat organlari sport bo‘yicha terma komandalarning a’zolariga sport mashg‘ulotlarini ta’lim olish, mehnat faoliyati va harbiy xizmat bilan samarali uyg‘unlashtirish uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida sportchilar ishlayotgan, ta’lim olayotgan yoki harbiy xizmatni o‘tayotgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va harbiy qismlar bilan tegishli shartnomalar tuzishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Jismoniy tarbiya va sportni moliyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sportni moliyalash respublika budjeti va mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sportni moliyalash manbalari jumlasiga quyidagilar ham kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga pullik jismoniy tarbiya-sport va sog‘lomlashtirish xizmatlari ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda sport lotereyalari o‘tkazishdan tushadigan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ixtiyoriy badallari, jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari qatnashchilarining a’zolik badallari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari bo‘yicha maxsus jamg‘armalarning mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport-tomosha tadbirlarini o‘tkazishdan tushadigan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik yordami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport ramzlari, timsollaridan foydalanganlik uchun korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el investitsiyalari va xalqaro jamg‘armalarning mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlardan keladigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari ommaviy yoki xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni ro‘yobga chiqarishda jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari yangi egalarga o‘tishini, inshootdan o‘z maqsadida foydalanishni saqlab qolinishini ta’minlaydigan tartib va shartlari belgilab qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z hududlarida jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport yo‘nalishidagi obyektlarning rejalashtirilishi, loyihalashtirilishi, qurilishi va foydalanishga topshirilishi ustidan nazorat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim muassasalarini, turar joy dahalarini zarur jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari majmuini barpo etmagan holda qurish va qayta qurishga, shuningdek jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarini, shu hudud doirasida ularga teng inshootlarni barpo etmasdan turib, tugatishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’lim muassasalari, korxonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam ta’minlanish normativlari jismoniy tarbiya va sportni boshqarish vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi pedagogik faoliyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi pedagogik faoliyat bilan tegishli ma’lumot va kasb-hunar tayyorgarligiga ega bo‘lgan shaxslar shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davolash jismoniy tarbiya sohasida pedagogik faoliyat bilan tegishli ma’lumot va kasb-xunar tayyorgarligiga ega bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Aholiga pullik xizmatlar ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga jismoniy tarbiya-sport va sog‘lomlashtirish pullik xizmatlari jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya-sport va sog‘lomlashtirish pullik xizmatlari turlarining ro‘yxati jismoniy tarbiya va sportni boshqarish vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Imtiyozli jismoniy tarbiya-sport xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘n olti yoshga to‘lmagan bolalarga, nogironlarga, yetim bolalarga, pensionerlarga, 1941—1945-yillardagi urush qatnashchilari va nogironlariga hamda ularga tenglashtirilgan shaxslarga jismoniy tarbiya-sport va sog‘lomlashtirish xizmatlari bepul ko‘rsatiladi. Jismoniy tarbiya-sport va sog‘lomlashtirish xizmatlaridan bepul yoki imtiyozli shartlarda foydalanuvchi fuqarolar boshqa toifalarining ro‘yxati, shuningdek imtiyozlar ko‘lami, ularni berish tartibi va tegishli xarajatlarni qoplash manbalari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Sportchilarning ijtimoiy himoyalanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruv organlari, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar, jamoat birlashmalari, shuningdek jismoniy shaxslar sportchilarga moliyaviy yordam ko‘rsatishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat boshqaruv organlari, jismoniy tarbiya va sport jamoat birlashmalari, sport klublari va markazlari, boshqa ixtisoslashtirilgan sport tashkilotlari va muassasalari sportchilarga zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratishlari hamda ularning sihat-salomatligi muhofaza qilinishini ta’minlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sportchilarning ayrim toifalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozli pensiya olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport musobaqalarida qatnashuvchi shaxslar sug‘urta polislariga ega bo‘lishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish vakolatli davlat organi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalari jismoniy tarbiya va sport muammolari bo‘yicha xalqaro hamkorlikda ishtirok etadilar, chet davlatlarning tegishli tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish, ular bilan jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha qo‘shma birlashmalar tuzish, birgalikdagi sport-sog‘lomlashtirish musobaqalarini, uchrashuvlarni, matchlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkazish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 147-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 277-modda)