Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani hokimining
Qarori
Tumanning 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani hokimining 2014-yil 24-dekabrdagi X-1138/12-sonli “Tumanning 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 690-modda) hamda Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 30-yanvardagi “Qashqadaryo viloyatining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-23/01-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-sonli, Qashqadaryo viloyat hokimining 2014-yil 30-yanvardagi “Qashqadaryo viloyatining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi X-23/01-sonli qarorlari hamda xalq deputatlari tuman Kengashining 2014-yil 7-fevraldagi “2013-yil tuman mahalliy budjetining ijrosi hamda 2014-yilgi mahalliy budjet parametrlari toʻgʻrisida”gi 105/4-29-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
3. Tuman mahalliy budjetining 2014-yilgi naqd pul aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 3-ilovaga asosan tasdiqlansin.
Tuman mahalliy budjetining aylanma kassa mablagʻi meʼyorini amaldagi qonunlar bilan koʻzda tutilgan muddatlarda saqlash topshirilsin.
4. 2014-yilda umumdavlat soliqlari tushumlaridan tuman mahalliy budjetiga ajratmalar meʼyorlari 4-ilovaga asosan tashkil topishi inobatga olinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan tuman hududida joriy etilgan mahalliy soliqlar va yigʻimlarga belgilangan stavkalar miqdori 2014-yilga 5-ilovaga asosan belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
6. Tuman hokimligi moliya boʻlimi (X. Turdiyev), tuman Gʻaznachilik boʻlinmasi (Sh. Sattorov), tuman Davlat soliq inspeksiyasi (A. Mansurov) hamda tuman tashkilotlari rahbarlari budjetga toʻlovlar toʻliq tushishini hamda tuman mahalliy budjeti ijrosi jarayonida uning muvozanatini taʼminlash hamda qoʻshimcha daromad manbaalarini qidirib topish, mahalliy budjetning xarajatlar qismi ijrosini taʼminlashga javobgar ekanliklari, shuningdek budjet tashkilotlarida budjet mablagʻlarining sarflanishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatishlari belgilab qoʻyilsin.
7. Belgilab qoʻyilsinki, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan barcha tashkilot va muassasalar rahbarlari budjet parametrlariga kiritilmagan tadbirlarni mablagʻ bilan taʼminlanganliklari hamda kreditor qarzlarni vujudga keltirganliklari uchun amaldagi qonunchilikka asosan shaxsan javobgardirlar.
8. Tuman hokimligi moliya boʻlimi, tuman Gʻaznachilik boʻlinmasi hamda tuman Davlat soliq inspeksiyasi tumanning 2014-yilgi mahalliy budjeti parametrlarining bajarilishi yuzasidan tahlillarni har chorak yakuni bilan tuman hokimi muhokamasiga kiritib borsinlar.
9. Tuman hokimining 2014-yil 13-yanvardagi X-28/1-sonli qarori bekor qilingan hisoblansin.
10. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari N. Temirov zimmasiga yuklansin.
11. Mazkur qaror “Naxshab” gazetasida rasman eʼlon qilinsin.
Hokim v. v. b. J. BOBOYEV
Beshkent sh.,
2014-yil 8-fevral,
X-90/2-son
Tuman hokimining 2014-yil 8-fevraldagi X-90/2-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tumanning 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi
| T/r |
Koʻrsatgichlar nomi |
Yillik (foiz) |
| 1. | Yalpi hududiy mahsulot | 106,3 |
| 2. | Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish | 110,1 |
| 2.1 | Hududiy sanoat mahsulotlari | 117,7 |
| 3. | Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti | 107,0 |
| 4. | Pudrat ishlari | 108,4 |
| 5. | Chakana savdo aylanmasi | 114,5 |
|
6. |
Pullik xizmat |
116,2 |
Tuman hokimining 2014-yil 8-fevraldagi X-90/2-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2014-yilgi daromad va xarajatlarining
ASOSIY KOʻRSATKIChLARI
| Daromad turlari |
mln soʻmda | |
| 1. | Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi | 424 302 |
| 2. | Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar | 2 500 386 |
| 3. | Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha | 4 245 253 |
| 4. | Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi | 10 525 666 |
| 5. | Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi | 1 811 084 |
| 6. | Qoʻshilgan qiymat soligʻi | 4 597 057 |
| 7. | Aksiz soligʻi, jami | |
| | shu jumladan: | |
| | aroq | |
| | boshqa vinolar | |
| | pivo | |
| | oʻsimlik (paxta) yogʻi | |
| 8. | Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq | 986 400 |
| 9. | Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq | 1 306 605 |
| 10. | Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) | 2 685 196 |
| 11. | Yagona yer soligʻi | 1 244 101 |
| 12. | Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq | |
| 13. | Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq | 12 262 |
| 14. | Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi | 384 007 |
| 15. | Davlat boji | 1 276 716 |
| 16. | Jarimalar | 1 151 927 |
| 17. | OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar | 50 458 |
| 18. | Bozorlar daromadidan tushum | 38 605 |
| 19. | Mahalliy yigʻimlar | 127 866 |
| 20. | Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq | 8 626 171 |
| 21. | Boshqa tushumlar | 39 414 |
| | Jami | 42 033 476 |
| 22. | Viloyat budjetidan tuman mahalliy budjetiga beriladigan daromadlar | 4 635 100 |
| 23. | Viloyat budjetidan tuman mahalliy budjetiga beriladigan maqsadli subvensiyalar jami | 25 953 317 |
| | shundan: | |
| | xalq taʼlimi muassasalari ish haqisiga | 25 953 317 |
| | xalq taʼlimi muassasalari ish haqi ajratmasiga | |
| | 14 yoshgacha nafaqaga | |
| | 2 yoshgacha nafaqaga | |
| | kam taʼminlanganlik nafaqasiga | |
| |
JAMI |
72 621 893 |
| | | |
| |
Xarajatlar — jami: |
72 621 893 |
|
1 |
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga xarajatlar — jami | 67 476 494 |
| | shu jumladan: | |
| 1.1 | Maorif | 43 495 501 |
| | umumiy taʼlim | 43 495 501 |
| | kadrlar tayyorlash | |
| 1.2 | Sogʻliqni saqlash | 15 689 886 |
| 1.3 | Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari | 171 989 |
| | madaniyat va ommaviy axborot vositalari | 168 554 |
| | sport | 3 435 |
| 1.4 | Fan | |
| 1.5 | Ijtimoiy taʼminot | 104 494 |
| 1.6 | Bolali oilalarga va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar | 7 983 563 |
| | Bolali oilalarga nafaqa pullari | 2 593 864 |
| | bola 2 yoshga yetgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa pullari | 5 087 712 |
| | kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam pullari | 355 987 |
| 1.7 | Davlat mukofotlarini toʻlash boʻyicha xarajatlar | |
| 1.8 | Ijtimoiy koʻnikma markazlari | 31 061 |
| 1.9 | Isitish qozonxonalari va kommunal xoʻjalikning isitish tizimlarini kapital taʼmirlash | |
| 2 | Iqtisodiyotga xarajatlar | 2 727 772 |
| | shu jumladan: | |
| | Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari | 149 430 |
| | Obodonlashtirish | 2 462 236 |
| | Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar | 116 106 |
| 3. | Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatlar | |
| 4. | Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash | 642 378 |
| 5. | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash | 1 775 249 |
| 6. | Zaxira jamgʻarmasi | 0 |
| 7. | Boshqa xarajatlar | |
| | shu jumladan: | |
| | Qabullar uyini saqlash xarajatlari | |
| | Boshqa tadbirlarga | |
Tuman hokimining 2014-yil 8-fevraldagi X-90/2-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Tuman mahalliy budjetining 2014-yilgi naqd pul aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdori
| |
(ming soʻm hisobida) |
| Koʻrsatkich nomi | Aylanma kassa mablagʻi rejasi |
| Qarshi tumani |
453,0 |
Tuman hokimining 2014-yil 8-fevraldagi X-90/2-sonli qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
2014-yilda umumdavlat soliqlari tushumlaridan tuman budjetiga ajratiladigan meʼyorlari
| |
(foizda) |
|
Umumdavlat soliqlari |
foizda |
| Qoʻshilgan qiymat soligʻi | 52 |
| Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi | 52 |
| Savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar | 100 |
| Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha | 100 |
| Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi | 100 |
| Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq | 100 |
| Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi | 100 |
| Alkogol mahsulotlarga yaʼni aroq va boshqa vinolardan olinadigan aksiz soligʻi (etil spirti va pivodan tashqari) | 50 |
Tuman hokimining 2014-yil 8-fevraldagi X-90/2-sonli qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning
STAVKALARI
| T/r |
Soliqlar va yigʻimlarning turlari |
Chegaralangan stavkalar |
| 1. | Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi | sof foydaning 8%i |
| 2. | Quyidagilarning isteʼmoli uchun undiriladigan soliq: | |
| | transport vositalari uchun benzin yoqilgʻisi | 1 litr uchun 265 soʻm/ 1 tonnasi uchun 352 000 soʻm |
| | transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi | 1 litr uchun 265 soʻm/ 1 tonnasi uchun 352 000 soʻm |
| | transport vositalari uchun suyultirilgan gaz | 1 litr uchun 180 soʻm |
| | transport vositalari uchun siqilgan gaz | 1 kub. metr uchun 220 soʻm |
| 3. | Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim: | |
| | alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi | 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 5 baravari |
| | qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar | 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 3,5 baravari |
| 4. | Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim | har bir oy uchun eng kam ish haqining 8 baravari |