Qashqadaryo viloyati hokimining
Qarori
Qashqadaryo viloyatining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Qashqadaryo viloyati hokimining 2014-yil 19-dekabrdagi X-376/12-sonli “Qashqadaryo viloyatining 2015-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va mahalliy budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2013-yil 14-noyabrdagi 770-II-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi 2013-yil 12-dekabrdagi SQ-399-II-sonli qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 690-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2099-son va Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 2013-yil 28-dekabrdagi “Viloyat mahalliy budjetining 2013-yildagi ijrosi hamda 2014-yilgi budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi IV/38-124-son qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozi 1-ilovaga;
mahalliy budjetning asosiy parametrlari 2-ilovaga;
Qarshi shahar hamda tumanlar mahalliy budjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, viloyat budjetidan beriladigan maqsadli subvensiyalarning va oʻtkazib beriladigan daromadlarning cheklangan miqdorlari 3-ilovaga;
Qarshi shahar va tumanlar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlar tushumlaridan ajratmalar normativlari 4-ilovaga;
Qarshi shahar va tumanlar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablagʻining yoʻl qoʻyiladigan eng kam miqdorlari 5-ilovaga;
mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalari 6-ilovaga;
savdo va umumiy ovqatlanish korxonalariga, shuningdek shu sohaga tegishli mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi stavkalari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. 2014-yil uchun viloyat mahalliy budjetining zaxira jamgʻarmasi 1731,7 mln soʻm miqdorida belgilansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qaroriga asosan:
qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi 20 foiz;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromad soligʻi stavkalari 10 foiz;
belgilangan soliqqa tortish obyektlaridan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,6 foiz, Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 1,4 foiz va Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz;
mablagʻlarni budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorining tegishli ilovasida keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlangan holda yagona ijtimoiy toʻlov stavkasi 25 foiz;
fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy sugʻurta badallari stavkasi 6,5 foiz miqdorida belgilanganligi;
yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) soligʻi stavkalari;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari;
yagona soliq toʻlovi stavkalari;
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq stavkalari;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan keltiriladigan aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalari;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari;
imzolanadigan bonus va tijorat topilmasi bonusi stavkalari;
ayrim turdagi mahsulotlar boʻyicha qoʻshimcha foyda soligʻi stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari;
yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi stavkalari;
yagona yer soligʻi stavkalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasiga ajratmalar va yigʻimlar stavkalari;
mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun ijara haqi stavkalari tasdiqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarning barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va masʼuliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi ulushini koʻpaytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq;
yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qatʼiy belgilangan soliq;
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan oʻsimlik moyi va pivo mahsulotining aksiz soligʻi boʻyicha tushumlar;
davlat boji, yigʻimlar va jarimalar toʻliq miqdorda shahar va tumanning mahalliy budjetlar daromadlariga oʻtkazilishi belgilab qoʻyilganligi maʼlumot uchun qabul qilinib, ijroga yoʻnaltirilsin.
6. Viloyat hokimligi moliya boshqarmasiga mahalliy budjetlarga budjetdan maqsadli subvensiyalar va budjet ssudalari (daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar boʻyicha barcha soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning toʻliq tushushidan, shuningdek mahalliy budjetning birinchi navbatdagi xarajatlarini (ish haqi, ish haqidan ajratmalar, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan toʻlovlarni) soʻzsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
7. Viloyat Iqtisodiyot Bosh boshqarmasi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 1-ilovaga muvofiq tasdiqlangan viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar prognozining bajarilishini taʼminlash yuzasidan zarur choralar koʻrib borsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 2014-yilning 1-yanvaridan eʼtiboran kuchga kiritilganligi munosabati bilan viloyat hokimining 2004-yil 20-fevraldagi X-85/2 sonli “Viloyat mahalliy budjetidan mablagʻ bilan taʼminlanadigan ayrim tibbiyot muassasalarini shahar va hokimliklari mahalliy budjetlariga oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan hisoblansin hamda viloyat hokimining 2013-yil 16-yanvardagi X-32/01 sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatgichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1887 sonli qarori haqida”gi qarorining 8-ilovasidagi Shahrisabz tumanidagi viloyat ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati, Shahrisabz Davlat 6-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Shahrisabz Davlat 7-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Yakkabogʻ Davlat 13-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati, Yakkabogʻ Davlat 14-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tasarrufidagi Qarshi shahridagi tez tibbiy yordam avtoxoʻjaliklarini tegishli tuman (shahar) mahalliy budjetining xarajatlaridan amalga oshirish viloyat budjeti xarajatlariga oʻtkazilishi munosabati bilan mazkur ilovadan chiqarilsin.
9. Qashqadaryo viloyat hokimligi moliya boshqarmasi, viloyat gʻaznachilik boshqarmasi, viloyat Markaziy bank Bosh boshqarmasi bilan birgalikda 2014-yilning yanvar oyida oʻtkazilgan operatsiyalarni 2013-yilgi mahalliy budjetning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2013-yilgi mahalliy budjet ijrosi boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalarni oʻtkazsinlar.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son qarorining 34-ilovasiga muvofiq. tovarlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va xizmatlar sohasini rivojlantirishni yanada ragʻbatlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida ilgari berilgan imtiyozlar muddati uzaytirilganligi, 35-ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari 2014-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotganligi, 36-ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatgichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-sonli qarori 24-bandining amal qilishi 2015-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
11. Viloyat hokimining 2014-yil 10-yanvardagi X-7/01-sonli qarori bekor qilingan hisoblansin.
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining oʻrinbosari Gʻ. Djavliyev zimmasiga yuklatilsin.
13. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim Z. ROʻZIYEV
Qarshi sh.,
2014-yil 30-yanvar,
X-23/01-son
Viloyat hokimining 2014-yil 30-yanvardagi X-23/01-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Qashqadaryo viloyatining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi
| T/r | Koʻrsatgichlar nomi | Yillik (foiz) |
| 1. | Yalpi hududiy mahsulot | 105,3 |
| 2. | Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish | 105,6 |
| 2.1 | Hududiy sanoat mahsulotlari | 115,0 |
| 3. | Qishloq xoʻjaligi yalpi mahsuloti | 106,0 |
| 4. | Pudrat ishlari | 108,7 |
| 5. | Chakana savdo aylanmasi | 115,6 |
| 6. | Pullik xizmat | 116,9 |
Viloyat hokimining 2014-yil 30-yanvardagi X-23/01-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Qashqadaryo viloyati mahalliy budjetining 2014-yilgi
ASOSIY KOʻRSATKIChLARI
|
I. Daromad turlari |
mln soʻmda | |
| 1. | Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi | 54 175,7 |
| 2. | Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar | 50 547,4 |
| 3. | Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha | 37 377,2 |
| 4. | Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi | 245 784,4 |
| 5. | Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan qatʼiy belgilangan daromad soligʻi | 31 121,3 |
| 6. | Qoʻshilgan qiymat soligʻi | 387 189,2 |
| 7. | Aksiz soligʻi, jami | 19 175,3 |
| | shu jumladan: | |
| | aroq | 4 883,5 |
| | boshqa vinolar | 225,1 |
| | pivo | 389,8 |
| | oʻsimlik (paxta) yogʻi | 13 676,9 |
| 8. | Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan so�iq | 254 316,0 |
| 9. | Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq | 19 435,0 |
| 10. | Yer soligʻi (yagona yer soligʻidan tashqari) | 33 978,0 |
| 11. | Yagona yer soligʻi | 11 420,9 |
| 12. | Yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq | 0,0 |
| 13. | Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq | 14 285,9 |
| 14. | Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi | 165 734,7 |
| 15. | Davlat boji | 24 189,0 |
| 16. | Jarimalar | 16 523,0 |
| 17. | OʻzR IIV Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan undiriladigan yigʻimlar |
15 353,9 |
| 18. | Bozorlar daromadidan tushum | 5 911,2 |
| 19. | Mahalliy yigʻimlar | 2 419,5 |
| 20. | Jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz isteʼmol qilganlik uchun soliq | 52 522,7 |
| 21. | Boshqa tushumlar | 1 438,7 |
| | Jami | 1 442 899,0 |
| Koʻrsatkichlar |
mln soʻmda | |
| |
II. Xarajatlar — jami |
1 442 899,0 |
| 1. | Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga xarajatlar — jami | 1 338 250,8 |
| | shu jumladan: | |
| 1.1 | Maorif | 869 208,3 |
| | umumiy taʼlim | 673 758,7 |
| | kadrlar tayyorlash | 195 449,6 |
| 1.2 | Sogʻliqni saqlash | 304 267,7 |
| 1.3 | Madaniyat va sport, ommaviy axborot vositalari | 6 244,7 |
| | madaniyat va ommaviy axborot vositalari | 6 118,2 |
| | sport | 126,5 |
| 1.4 | Fan | 494,6 |
| 1.5 | Ijtimoiy taʼminot | 7 347,4 |
| 1.6 | Bolali oilalarga va kam taʼminlangan oilalarga nafaqalar | 149 875,2 |
| 1.8 | Davlat mukofotlarini toʻlash boʻyicha xarajatlar | 4,8 |
| 1.9 | Ijtimoiy koʻnikma markazlari | 518,9 |
| 1.10 | Isitish qozonxonalari va kommunal xoʻjalikning isitish tizimlarini kapital taʼmirlash | 289,0 |
| 2. | Iqtisodiyotga xarajatlar | 47 606,5 |
| | shu jumladan: | |
| 2.1 | Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari | 6 526,9 |
| 2.3 | Obodonlashtirish | 39 218,7 |
| 2.4 | Drenaj ishlari bilan bogʻliq xarajatlar | 1 861,0 |
| 3. | Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirishga xarajatlar | 17 712,8 |
| 4. | Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini saqlash | 13 393,5 |
| 5. | Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saqlash | 23 074,4 |
| 6. | Zaxira jamgʻarmasi | 1 731,2 |
| 7. | Boshqa xarajatlar | 1 130,0 |
| | shu jumladan: | |
| 7.2 | Qabullar uyini saqlash xarajatlari | 685,9 |
| 7.3 | Boshqa tadbirlarga | 444,2 |
| | Aylanma kassa mablagʻi meʼyori | 8 731,1 |
Viloyat hokimining 2014-yil 30-yanvardagi X-23/01-sonli qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Shahar va tuman mahalliy budjetlarining 2014-yilgi daromad va xarajatlar, viloyat budjetidan beriladigan subvensiyalarni chegaralangan miqdorlari
HAJMI
| | Hududlar nomi | Daromadlar, viloyat budjetidan tuman mahalliy budjetlariga beriladigan daromadlarni hisobga olgan holda |
Xarajatlar | Xalq taʼlimi muassasalari ish haqi va ish haqidan ajratmalar va ijtimoiy nafaqalarni moliyalashtirishga subvensiyalar ** |
Xalq taʼlimi muassasalari ish haqlarini moliyalashtirishga subvensiya foizi |
| A |
1 |
2 | 3 | 4 | 5 |
| 1. | Qarshi shahar | 86444,2 | 86444,2 | | |
| 2. | Gʻuzor tuman | 85096,3 | 85096,3 | | |
| 3. | Dehqonobod tuman * | 66362,4 | 66362,4 | | |
| 4. | Qamashi tuman * | 37822,9 | 84030,1 | 46207,2 | 100,0 |
| 5. | Qarshi tuman * | 46668,6 | 72621,9 | 25953,3 | 77,6 |
| 6. | Koson tuma� * | 82662,2 | 93614,8 | 10952,5 | 24,3 |
| 7. | Kitob tuman * | 36612,6 | 88032,0 | 51419,3 | 81,8 |
| 8. | Muborak tuman | 29874,9 | 29874,9 | | |
| 9. | Nishon tuman | 49164,6 | 49164,6 | | |
| 10. | Kasbi tuman * | 32912,7 | 61515,1 | 28602,4 | 100,0 |
| 11. | Mirishkor tuman * | 24968,1 | 38169,0 | 13200,9 | 79,6 |
| 12. | Chiroqchi tuman * | 33384,0 | 143054,4 | 109670,4 | 98,2 |
| 13. | Shahrisabz tuman * | 96940,7 | 123373,6 | 26432,9 | 55,8 |
| 14. | Yakkabogʻ tuman * | 31854,6 | 91881,1 | 60026,5 | 92,6 |
| | Jami | 740768,7 | 1113234,2 | 372465,5 | X |
*) Daromalar qismiga viloyat budjetidan shu tumanlarda shakllangan oʻtkazilib beriladigan daromadlar ham hisobga olingan.
Viloyat moliya boshqarmasiga daromadlarning tasdiqlangan hajmlariga aniqlik kiritish, viloyat budjetidan tuman budjetlariga oʻtkazib beriladigan daromadlarni shu tumanlarda shakllangan soliq tushumlarini hisobga olgan holda daromadlar va xarajatlar oʻrtasidagi kassa farqlarini oʻzaro hisob-kitob mablagʻlari orqali tartibga solish huquqi beriladi.
**) Xalq taʼlimi muassasalari ish haqi, ish haqidan ajratma va ijtimoiy nafaqalarni moliyalashtirish uchun subvensiya hajmi shu hududlarda hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar prognozi hisobga olingan holda aniqlik kiritilgan.
Viloyat hokimining 2014-yil 30-yanvardagi X-23/01-sonli qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
2014-yilgi Qarshi shahar budjeti va tuman mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar
NORMATIVLARI
| | | | | | | | | |
(foizda) |
| | | Qoʻshilgan qiymat soligʻi | Yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi | Savdo, umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar | Yagona soliq toʻlovidan Davlat budjetiga ajratmalar, shu jumladan kichik korxona va mikrofirmalar boʻyicha | Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi | Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq | Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi | Alkogol mahsulotlarga yaʼni aroq va boshqa vinolardan olinadigan aksiz soligʻi (etil spirti va pivadan tashqari) |
| T/r | Shahar va tuman nomlari | I | II | III | IV | V | VI | VII | VIII |
| 1. | Qarshi shahar | 0 | 0 | 0 | 0 | 20 | 100 | 35 | 50 |
| 2. | Gʻuzor tuman | 0 | 0 | 100 | 100 | 100 | | 61 | 50 |
| 3. | Dehqonobod tuman | 52 | 52 | 100 | 100 | 100 | 100 | 100 | 50 |
| 4. | Qamashi tuman | 52 | 52 | 100 | 100 | 100 | 100 | 100 | 50 |
| 5. | Qarshi tuman | 52 | 52 | 100 | 100 | 100 | 100 | 100 | 50 |
| 6. | Koson tuman | 52 | 52 | 100 | 100 | 100 | 100 | 100 | 50 |
| 7. | Kitob tuman | 52 | 52 | 100 | 100 | 100 | 100 | 100 | 50 |
| 8. | Muborak tuman | 0 | 0 | 100 | 100 | 20 | 0 | 13 | 50 |
| 9. | Nishon tuman | 35 | 52 | 100 | 100 | 100 | 100 | 100 | 50 |
| 10. | Kasbi tuman | 52 | 52 | 100 | 100 | 100 | 100 | 100 | 50 |
| 11. | Mirishkor tuman | 52 | 52 | 100 | 100 | 100 | 100 | 100 | 50 |
| 12. | Chiroqchi tuman | 52 | 52 | 100 | 100 | 100 | 100 | 100 | 50 |
| 13. | Shahrisabz tuman | 52 | 52 | 100 | 100 | 100 | 100 | 100 | 50 |
| 14. | Yakkabogʻ tuman | 52 | 52 | 100 | 100 | 100 | 100 | 100 | 50 |
| 15. | Viloyat budjeti | I | II | III | IV | V | VI | VII | VIII |
| Viloyat boʻyicha jami |
52 |
52 | 100 | 100 | 100 | 100 | 100 | 100 | |
|
Izoh: Umumiy hamjmdan viloyat budjetiga ajratma | |||||||||
| T/r |
Shahar va tuman nomlari |
I | II | III | IV | V | VI | VII | VIII |
| 1. | Qarshi shahar | 52 | 52 | 100 | 100 | 80 | | 65 | |
| 2. | Guzor tuman | 52 | 52 | | | | 100 | 39 | |
| 3. | Dehqonobod tuman | | | | | | | | |
| 4. | Qamashi tuman | | | | | | | | |
| 5. | Qarshi tuman | | | | | | | | |
| 6. | Koson tuman | | | | | | | | |
| 7. | Kitob tuman | | | | | | | | |
| 8. | Mubor�k tuman | 52 | 52 | | | 80 | 100 | 87 | |
| 9. | Nishon tuman | 17 | | | | | | | |
| 10. | Kasbi tuman | | | | | | | | |
| 11. | Mirishkor tuman | | | | | | | | |
| 12. | Chiroqchi tuman | | | | | | | | |
| 13. | Shahrisabz tuman | | | | | | | | |
| 14. | Yakkabogʻ tuman | | | | | | | | |
Viloyat hokimining 2014-yil 30-yanvardagi X-23/01-sonli qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Shahar va tuman mahalliy budjetlarining 2014-yilgi naqd pul kassa aylanmasining yoʻl qoʻyiladigan eng kam
MIQDORLARI
| | |
(mln soʻmda) |
| | | Summasi |
| A |
1 |
2 |
| 1. | Qarshi shahar | 514,5 |
| 2. | Gʻuzor tuman | 541,2 |
| 3. | Dehqonobod tuman | 426,6 |
| 4. | Qamashi tuman | 556,6 |
| 5. | Qarshi tuman | 453,0 |
| 6. | Koson tuman | 594,7 |
| 7. | Kitob tuman | 547,5 |
| 8. | Muborak tuman | 179,1 |
| 9. | Nishon tuman | 307,1 |
| 10. | Kasbi tuman | 383,8 |
| 11. | Mirishkor tuman | 234,4 |
| 12. | Chiroqchi tuman | 943,8 |
| 13. | Shahrisabz tuman | 776,9 |
| 14. | Yakkabogʻ tuman | 592,4 |
| 15. | Viloyat byudjeti | 1679,4 |
| |
Jami |
8731,0 |
Viloyat hokimining 2014-yil 30-yanvardagi X-23/01-sonli qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning
STAVKALARI
| T/r | Soliqlar va yigʻimlarning turlari | Chegaralangan stavkalar |
| 1. | Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi | sof foydaning 8%i |
| 2. | Quyidagilarning isteʼmoli uchun undiriladigan soliq*: | |
| | transport vositalari uchun benzin yoqilgʻisi | 1 litr uchun 265 soʻm/ 1 tonnasi uchun 352 000 soʻm** |
| | transport vositalari uchun dizel yoqilgʻisi | 1 litr uchun 265 soʻm/ 1 tonnasi uchun 352 000 soʻm** |
| | transport vositalari uchun suyultirilgan gaz | 1 litr uchun 180 soʻm |
| | transport vositalari uchun siqilgan gaz | 1 kub. metr uchun 220 soʻm |
| 3. | Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yigʻim***: | |
| | alkogolli mahsulotlar, shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarning realizatsiya qilinishi* | 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 5 baravari |
| | qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar | 1 oylik savdo uchun eng kam ish haqining 3,5 baravari |
| 4. | Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash boʻyicha pulli xizmatlarni koʻrsatish huquqi uchun yigʻim*** | har bir oy uchun eng kam ish haqining 8 baravari |
*) Koʻrsatib oʻtilgan stavkalar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagona hisoblanadi.
**) Yuridik va jismoniy shaxslarga avtomobillarga yonilgʻi quyish shohobchalari orqali benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz sotishda transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni sotishda 1 litr hisobida va qolgan holatlarda avtotransport vositalari uchun benzin 1 tonnasi hisobida hisoblanadi.
***) Yigʻim mablagʻlarni kelgusida budjet hamda shahar va tuman hokimliklarining budjetdan tashqari (maxsus) hisobvaraqlari oʻrtasida taqsimlash bilan yagona hisobvaraqqa, Toshkent shahrida esa — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda Savdo, xizmatlar sohasi va xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish departamenti hisob raqamiga tushiriladi.
Viloyat hokimining 2014-yil 30-yanvardagi X-23/01-sonli qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari, shu jumladan, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovining
STAVKALARI
| T/r |
Toʻlovchilar |
Soliq stavkalari, soliq solinadigan bazaga nisbatan foizda |
|
1. |
Umumiy ovqatlanish korxonalari | 10 |
| ulardan: | | |
| umumiy taʼlim maktablari, maktab-internatlar, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy oʻquv yurtlariga xizmat koʻrsatuvchi ixtisoslashgan umumiy ovqatlanish korxonalari |
8 | |
|
2. |
Chakana savdo korxonalari (5-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari), quyidagi joylarda joylashgan: | |
| aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda |
4 | |
| boshqa aholi punktlarida |
2 | |
| borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda |
1 | |
|
3. |
Ulgurji savdo korxonalari (5-bandda koʻrsatilganlaridan tashqari) | 5 |
|
4. |
Chakana va ulgurji tovar oboroti boʻyicha “Sharobsavdo” ixtisoslashgan hududiy bazalari | 5 |
|
5. |
Ulgurji va chakana dorixona tashkilotlari, quyidagi joylarda joylashgan: | |
| aholisi soni 100 ming va undan koʻp kishidan iborat shaharlarda |
3 | |
| boshqa aholi punktlarida |
2 | |
| borish qiyin boʻlgan va togʻli tumanlarda |
1 | |
|
6. |
1 — 5-bandlarda koʻrsatilgan korxonalar uchun plastik kartalar qoʻllanib haq toʻlangan holda koʻrsatilgan xizmatlar hajmi boʻyicha |
belgilangan stavka 5 foizga pasaytiriladi |
Izoh:
Agar chakana savdo korxonalari mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydigan va turli aholi punktlarida joylashgan, ular boʻyicha yagona soliq toʻlovining turli stavkalari belgilangan bir nechta savdo shohobchalariga ega boʻlsa, ular har bir savdo shohobchasi boʻyicha tovar oborotining alohida-alohida hisobini yuritishlari hamda mazkur aholi punktlari uchun belgilangan stavkalar boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlashlari lozim.