Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021 27.09.2013 yildagi 519-q-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati Paxtachi tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil uchun haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2021-yil 7-maydagi 219/30-VI-sonli “Samarqand viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori va viloyat hokimining 1999-yil 27-avgustdagi 222-Q-sonli qarorlari ijrosini taʼminlash hamda mehnat bozoridagi vaziyatni yaxshilash uchun 2014-yil tumanda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish maqsadida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining shu xususidagi 2013-yil 16-sentabrdagi 536-sonli xatini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi xamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi nizomi va 2002-yil 29-martdagi 106-sonli “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarga ijtimoiy yordam koʻrsatishni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi va shu xususidagi viloyat hokimining 2002-yil 3-apreldagi 98-Q-sonli qarorlari talablaridan kelib chiqib, ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman Bandlikka koʻmaklashish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi olishi, ish qidirayotgan davrda moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2014-yil uchun tuman hududidagi korxona, tashkilot, muassasa xamda fermer xoʻjaliklarida haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil qiluvchi korxona, tashkilot, muassasa va xoʻjaliklarda bajariladigan ishlar roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Haq toʻlanadigan jamoat ishlari tashkil qilishda taklif bilan chiqadigan barcha tashkilot,korxona va muassasalar rahbarlari tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi (A. Turabov) bilan shartnomalar tuzsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatishga “Qizil yarim oy” jamiyati orqali jalb etiladigan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlarni mablagʻlar bilan taʼminlash toʻliq Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajariladigan haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etgan ishsiz fuqarolarning ish haqisi davlat hokimiyati organlaridagi korxonalarda 50 foizi mazkur korxona tomonidan, qolgan 50 foizi tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan, boshqa korxonalarda 75 foizi korxona tomonidan qolgan 25 foizi taqdim qilingan hujjatlar boʻyicha tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ish bilan taʼminlashda noqulay vaziyatlar bilan bogʻliq istisno xollarda, davlat hokimiyati organlari korxonalarida ish haqi xarajatining koʻpi bilan 75 foizi, boshqa korxonalarda koʻpi bilan 50 foizi miqdorida qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Usmanov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim v.v.b. H. JOʻRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxtachi t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 27-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
519-q-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2013-yil 27-sentabrdagi 519-q-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qiluvchi korxona, tashkilot, muassasa va xoʻjaliklarda bajariladigan ishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Ish turlari‎ Ish mazmuni‎
1.‎

Tuman qishloq xoʻjalik shirkatlari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalari, dam olish zonalarida korxonalarni obodonlashtirish

Irrigatsiya tarmoqlarini yotqizish va tozalash hududlarini tozalash, qishki yigʻishtirishlar, supurish yoki kurash, yaxmalakni yoʻq qilish, qorni va qor muzni koʻchirish, yozgi yigʻishtirish, hududlarni supurish va axlatlarni toʻplash, hovli-joy hududini qoʻl bilan yigʻishtirish, namlab supurish va zinapoya atrofini yuvish, derazalari yuvish, ishlab chiqarish hududlarini, yoʻllarni, aylanma koʻprik va koʻpriklarni tuzatish va qurish: hududlarni koʻkalamzorlashtirish oʻtkazilgan daraxtlarni parvarish qilish, suv va elektr taʼminoti obyektlari bilan bogʻliq ishlar, dam olish zonalarini obodonlashtirish

2‎. Qurilish-montaj ishlari‎

Bolalar maydonchalari va sport obyektlari, choʻmilish hovuzlari, maktablar, kasalxonalar va boshqa obyektlar qurilishi

3.‎ Yuk ortish-tushirish ishlari‎

Vagonlar, avtomashinalardan yuk tushirish, vagonlarga, avtomashinalarga yuk ortish, omborlarda ishlash

4.‎

“Qizil yarim oy” jamiyati va ijtimoiy taʼminot sohasidagi ishlar‎

Mehribonlik uylaridagi keksalar va nogironlarga qarash ishlari

5‎. Sogʻliqni saqlash tizimidagi ishlar‎

Kasalxonalarda va boshqa tibbiy muassasalardagi bemorlarga qarash ishlari

6.‎ Xalq taʼlimi tizimidagi ishlar‎

Umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilariga xizmat koʻrsatish ishlari. (Farroshlar, qorovullar, oshpazlar, bufetchilar)

7.‎

Maishiy xizmat koʻrsatish, savdo, umumiy ovqatlanish, madaniyat tizimlaridagi va boshqa tarmoqlardagi ishlar‎

Ushbu obyektlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar turlari

8.‎ Meva-sabzavot bazalaridagi ishlar‎

Meva-sabzavot mahsulotlarini saralash va idishlarga joylashtirish, idishlarni tuzatish, ortish, tushirish

9.‎ Agrosanoat kompleksidagi mavsumiy ishlar‎

Mavsumiy qishloq xoʻjalik ishlari (meva-sabzavot mahsulotlarini yigʻishtirish, paxta terish, oʻtash, ozuqa tayyorlash, mol boqish va boshqalar)

10.‎ Toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzib ishlaydigan ishlar‎

Aholidan shisha idishlar qabul qilish, tashib va koʻtarib yuriladigan savdo, sport va tomosha tadbirlariga xizmat koʻrsatish (chiptalar, bukletlar, salqin ichimliklar, muzqaymoq va shu kabilar)ni tarqatish

11.‎ Ikkilamchi xomashyolarni tayyorlash va topshirish boʻyicha ishlar‎

Makulatura, ishlatilgan shinalar, ikkilamchi polimyerlar, ikkilamchi metall buyumlarini toʻplash va shu kabilar