OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRINING
buyrugʻi
Sport turi boʻyicha sportchi, trener va hakam kasblariga qoʻyiladigan malaka talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Sport turi boʻyicha sportchi, trener va hakam kasblariga qoʻyiladigan malaka talablari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir M. XODJIMATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 26-may,
1-son
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2014-yil 26-maydagi 1-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Sport turi boʻyicha sportchi, trener va hakam kasblariga qoʻyiladigan
MALAKA TALABLARI
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, sport turi boʻyicha sportchi, trener va hakam kasblariga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur malaka talablarida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
sportchi — tanlangan sport turi bilan muntazam shugʻullanadigan, oʻz sport mahoratini doimiy ravishda oshirib boradigan hamda tanlangan sport turi boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalarda va oʻquv-trenirovka yigʻinlarida muntazam qatnashadigan jismoniy shaxs;
trener — tegishli maʼlumotga ega boʻlgan, oʻquv-mashq va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni oʻtkazuvchi, shuningdek sport natijalariga erishish uchun musobaqalashish faoliyatiga rahbarlik qiluvchi jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
hakam — sport musobaqasi tashkilotchisi tomonidan vakil qilingan, sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi toʻgʻrisidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini taʼminlaydigan, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxs.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur malaka talablari sportchi, trener va hakam kasblarida ishlashga talabgor yoki ishlayotgan shaxslarga nisbatan tatbiq qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Sport turi boʻyicha sportchi (terma jamoa aʼzosi boʻlgan sportchi va sportchi-instruktor), trener (trener-oʻqituvchi, trener-instruktor, terma jamoa treneri, terma jamoa katta treneri, terma jamoa bosh treneri) va hakam (musobaqa bosh kotibi va uning oʻrinbosari, musobaqa bosh hakami va uning oʻrinbosari) hamda ushbu lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlar quyidagilarni bilishi kerak:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro hujjatlarni;
jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini;
sport mashgʻuloti va faoliyati uslubiyotini;
pedagogika, psixologiya, sport tibbiyoti, mehnatni muhofaza qilish, tegishli sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalarini.
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Sport turi boʻyicha sportchi kasbiga qoʻyiladigan malaka talablari
4. Sport turi boʻyicha terma jamoa aʼzosi boʻlgan sportchi va sportchi-instruktor Oʻzbekiston Respublikasi yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2323, 2012-yil 6-fevral) muvofiq beriladigan “Sport ustaligiga nomzod” toifasi yoki “Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi” yoxud “Oʻzbekiston sport ustasi” sport unvoniga ega boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Sport turi boʻyicha sportchiga malaka talablari qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. Sport turi boʻyicha trener kasbiga qoʻyiladigan malaka talablari
6. Quyidagilar sport turi boʻyicha terma jamoa bosh treneriga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
jismoniy tarbiya boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
“Oliy toifali trener-oʻqituvchi” malaka toifasiga ega boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
sport turi boʻyicha trener-oʻqituvchi lavozimida kamida 3 yillik yoki terma jamoaning katta treneri lavozimida kamida 2 yillik ish stajiga ega boʻlishi.
7. Quyidagilar sport turi boʻyicha terma jamoa katta treneriga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
jismoniy tarbiya boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
“Oliy toifali trener-oʻqituvchi” malaka toifasiga ega boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
sport turi boʻyicha trener-oʻqituvchi yoki terma jamoaning treneri lavozimida kamida 2 yillik ish stajiga ega boʻlishi.
8. Quyidagilar sport turi boʻyicha terma jamoa treneriga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
jismoniy tarbiya boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
“Birinchi toifali trener-oʻqituvchi” malaka toifasiga ega boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
sport turi boʻyicha trener-oʻqituvchi lavozimida kamida 2 yillik ish stajiga ega boʻlishi.
9. Sport turi boʻyicha trener, trener-oʻqituvchi hamda trener-instruktor jismoniy tarbiya boʻyicha oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotiga ega boʻlishi lozim, Trener va trener-oʻqituvchilarning jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlishlari talab etilmaydigan sport turlari roʻyxatida (roʻyxat raqami 2559, 2014-yil 5-fevral) belgilangan sport turlari boʻyicha trener va trener-oʻqituvchilar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Sport turi boʻyicha trener-oʻqituvchi hamda trener-instruktorlik lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga ish stajiga ega boʻlish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4-bob. Sport turi boʻyicha hakam kasbiga qoʻyiladigan malaka talablari
11. Quyidagilar sport turi boʻyicha musobaqa bosh hakamiga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
sport turi boʻyicha professional mahoratga ega boʻlishi;
“Xalqaro toifali sport boʻyicha hakam” yoki “Milliy toifali sport boʻyicha hakam” yoxud “Oliy toifali sport boʻyicha hakam” yoki “I toifali sport boʻyicha hakam” malaka toifasiga ega boʻlishi;
kamida 5 ta musobaqada hakam sifatida ishtirok etgan boʻlishi.
12. Quyidagilar sport turi boʻyicha musobaqa bosh hakami oʻrinbosariga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
sport turi boʻyicha professional mahoratga ega boʻlishi;
“Xalqaro toifali sport boʻyicha hakam” yoki “Milliy toifali sport boʻyicha hakam” yoxud “Oliy toifali sport boʻyicha hakam” yoki “I toifali sport boʻyicha hakam” malaka toifasiga ega boʻlishi;
kamida 5 ta musobaqada hakam sifatida ishtirok etgan boʻlishi.
13. Quyidagilar sport turi boʻyicha musobaqa bosh kotibiga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
sport turi boʻyicha professional mahoratga ega boʻlishi;
“Xalqaro toifali sport boʻyicha hakam” yoki “Milliy toifali sport boʻyicha hakam” yoxud “Oliy toifali sport boʻyicha hakam” yoki “I toifali sport boʻyicha hakam” malaka toifasiga ega boʻlishi;
kamida 3 ta musobaqada hakam sifatida ishtirok etgan boʻlishi.
14. Quyidagilar sport turi boʻyicha musobaqa bosh kotibi oʻrinbosariga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
sport turi boʻyicha professional mahoratga ega boʻlishi;
“Xalqaro toifali sport boʻyicha hakam” yoki “Milliy toifali sport boʻyicha hakam” yoxud “Oliy toifali sport boʻyicha hakam” yoki “I toifali sport boʻyicha hakam” malaka toifasiga ega boʻlishi;
kamida 2 ta musobaqada hakam sifatida ishtirok etgan boʻlishi.
15. Quyidagilar sport turi boʻyicha hakamga qoʻyiladigan malaka talablari hisoblanadi:
sport turi boʻyicha professional mahoratga ega boʻlishi;
Sport hakamlari va sport hakami toifalari toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2324, 2012-yil 6-fevral) muvofiq sport turlari boʻyicha hakamlarga beriladigan malaka toifalaridan biriga ega boʻlishi lozim.
16. Sport turi boʻyicha hakam lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzodlarga ish stajiga ega boʻlish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5-bob. Yakuniy qoidalar
17. Mazkur malaka talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Mazkur malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2014-yil 23-may
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2014-yil 23-may
Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2014-yil 23-may