Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.02.2016 06.02.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2324
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.02.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT IShLARI VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SPORT HAKAMLARI VA SPORT HAKAMI TOIFALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 6-fevralda 2324-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2016-yil 6-yanvardagi 27-sonli “Sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2761, 05.02.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 147-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-son “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 104-modda) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sport hakamlari va sport hakami toifalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir T. QOʻZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1165-son

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining 2011-yil 23-dekabrdagi 1165-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport hakamlari va sport hakami toifalari toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 147-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-apreldagi 96-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 104-modda) muvofiq, sport hakamlik faoliyati va hakamlarga toifalarni berish tartibini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan tashkilotlar hamda sport hakamlik faoliyatini olib borayotgan jismoniy shaxslar uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sport turlari boʻyicha faoliyatni olib borish faqat tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan hakamlarga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi va uning hududiy boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport hakami — sport musobaqasi tashkilotchisi tomonidan vakil qilingan, sport turi qoidalariga hamda sport musobaqasi toʻgʻrisidagi nizomga (reglamentga) rioya etilishini taʼminlaydigan, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va tegishli malaka toifasini olgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik toifasi — sport turi boʻyicha hakamning malakaviy darajasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Hakamlik faoliyatining vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sport turlari boʻyicha hakamlar faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro sport tashkilotlari qoidalari, musobaqa nizomlari (reglament) va boshqa hujjatlari asosida yuqori darajada musobaqalarni tashkil qilish va ularda hakamlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aholisining keng qatlamlari oʻrtasida sportni ommalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turlari boʻyicha hakamlar malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik faoliyatiga yosh mutaxassislarni jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Sport turlari boʻyicha hakamlar toifasini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sport turlari boʻyicha hakamlarga quyidagi toifalar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqaro toifali sport boʻyicha hakam”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Milliy toifali sport boʻyicha hakam”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oliy toifali sport boʻyicha hakam”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“I toifali sport boʻyicha hakam”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sport boʻyicha hakam”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Xalqaro toifali sport boʻyicha hakam” toifasi sport turlari boʻyicha tegishli xalqaro sport tashkilotlari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Milliy toifadagi sport boʻyicha hakam” toifasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan beriladi. Texnik va amaliy sport turlari boʻyicha “Milliy toifadagi sport boʻyicha hakam” toifasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oliy toifali sport boʻyicha hakam” toifasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan beriladi. Texnik va amaliy sport turlari boʻyicha “I toifali sport boʻyicha hakam” toifasi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “I toifali sport boʻyicha hakam” va “Sport boʻyicha hakam” toifalarini berish huquqiga ega boʻlgan sport tashkilotlari roʻyxati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Madaniyat va sport ishlari boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sport turlari boʻyicha toifalarni olish uchun daʼvogarlar hujjatlari vakolatli organning malaka komissiyalarida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Sport boʻyicha hakamlarga toifalar berish talablarini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sport boʻyicha hakamlarga toifalar berish talablari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarining oʻtkazilish davriyligini inobatga olgan holda tuziladi va uning hayʼat yigʻilishida toʻrt yilga tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sport boʻyicha hakamlarga toifalar berish talablari sport turlari guruhlari boʻyicha alfavit tartibda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talablar va ularni bajarish shartlari quyidagi tashkilotlar taqdimnomasiga asosan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (olimpiya rezervi kollejlari, oliy sport mahorati maktablari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi, jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari, sport turlari boʻyicha federatsiyalar, uyushmalar, jamgʻarmalar, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish, sport klublari va asosiy maqsadi jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishdan iborat boʻlgan boshqa jamoat birlashmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy sport klubi, “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi (oliy sport mahorati maktabi tarkibiga kiritilgan sport turlari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sport boʻyicha hakamlarga toifalar berish talablariga oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar mazkur Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan tashkilotlar taqdimnomasiga asosan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Sport boʻyicha hakamning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sport boʻyicha hakam quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musobaqalarda hakamlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik toifasiga oʻrnatilgan koʻkrak nishonini taqib yurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh hakamlarning malaka va bilimini oshirishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik toifasini oshirishga daʼvogar boʻlish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sport turi boʻyicha hakamning majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musobaqa qoidalarini bilish va ularning talablariga qatʼiy rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musobaqalarni yuqori darajada oʻtkazishga koʻmaklashish va musobaqa oʻtkazish davrida yuzaga kelgan masalalarga xolisona hamda oʻz vaqtida baho berish va yechimini topish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori madaniyatni va hamjihatlikni namuna boʻlib koʻrsatish hamda qoʻpollik, tartibsizlik, ishtirokchilar (sportchilar, murabbiylar, vakillar, tomoshabinlar) tomonidan musobaqa va axloq etikasi qoidalarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik va ularning oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik toifasini, jismoniy tayyorgarligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa hakamlarning bilim va tajribalarini oshirishda koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport turini targʻibot qilishda faol qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik toifasidan mahrum etilganda yoki u pasaytirilganda, hakamlik guvohnomasi va koʻkrak nishonini ularni bergan tashkilotga oʻz vaqtida qaytarib berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Hakamlik toifalarini berish boʻyicha malaka komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hakamlar toifalarini berish boʻyicha vakolatli organ huzurida malaka komissiyasi tuziladi. Komissiya aʼzolari vakolatli organ qarori bilan bir yil muddatga tayinlanadilar. Komissiya 7 nafar aʼzodan iborat boʻladi va uning tarkibiga vakolatli organning tegishli boshqarmalari, respublika sport federatsiyalari (uyushmalari, markazlari va boshqalar)ning, sport turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktablarining rahbarlari yoki vakillari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Komissiya raisi va aʼzolari oʻz xohishiga koʻra yoki zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda aniqlangan qoidabuzilishlari uchun komissiya tarkibidan muddatidan oldin chiqarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya majlisi unda komissiya aʼzolarining 2/3 qismi qatnashgan taqdirda toʻla huquqli hisoblanadi. Qarorlar ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi. Komissiya qarori uning uchun majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda raislik qiluvchining ovozi hal etuvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya majlislari zaruratga koʻra, lekin har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Komissiyaning navbatdan tashqari majlislari zarurat boʻlgan taqdirda rais tomonidan chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Komissiya qarori bayonnomalashtirilishi, komissiya aʼzolari tomonidan imzolanishi va vakolatli organga taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Taqdirlash va jarimalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Musobaqalarda faol ishtirok etganligi va xolisona hakamlik qilganligi uchun hakamlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musobaqalarni oʻtkazayotgan tashkilotlar tomonidan sertifikatlar, diplomlar va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning eng yaxshi hakamlari roʻyxatiga kiritilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyingi hakamlik toifasini olishga tavsiya etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sport boʻyicha hakam hakamlik majburiyatlarini sifatsiz bajarganda yoki ularga rioya qilmagan hollarda unga nisbatan quyidagi jarimalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
musobaqa hakamligidan chetlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik toifasini pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik toifasidan mahrum etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sport boʻyicha hakam tomonidan hakamlik majburiyatlari sifatsiz bajarilganda yoki ularga rioya qilinmaganda, ushbu holatlar hakamlar hayʼatlarida va sport federatsiyalarida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Jarimalar har bir hakamlar uchun yuritiladigan shaxsiy hakam maʼlumotnomasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sport boʻyicha hakam tegishli toifadan mahrum etilganidan keyin unga toifa qaytadan berilishi mumkin. Bunda, sport boʻyicha hakamlik toifasi oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan sport boʻyicha hakamlarga toifalar berish talablari takroran bajarilganidan soʻng beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Hakamning guvohnomasi va koʻkrak nishoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Barcha hakamlik guvohnomalari va koʻkrak nishonlari namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Koʻkrak nishoni koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Sport turi boʻyicha hakamlarning hisobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari hakamlar toifalarini berish toʻgʻrisidagi buyruqlar va qarorlar asosida hakamlarning maʼlumotnomalarini rasmiylashtiradilar hamda belgilangan tartibda ularni roʻyxatga oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Hakamlar maʼlumotnomasida bajarilgan talablar, berilgan toifalar hamda jarimalar belgilab boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari quyidagi hujjatlarni kamida toʻrt yil mobaynida saqlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik toifalarini berish uchun taqdimnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlik toifalarini berish toʻgʻrisidagi tegishli qaror hamda buyruqlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hakamlarga guvohnomalar va koʻkrak nishonlari topshirilganligi toʻgʻrisidagi qaydlov hujjatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Hakamlarga “Milliy toifadagi sport boʻyicha hakam” toifalarini berish toʻgʻrisidagi tegishli qarorlar hamda buyruqlarning saqlanish muddati besh yilni tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. “Xalqaro toifadagi sport boʻyicha hakam” unvoni yoki toifani olgan hakam Madaniyat va sport ishlari vazirligi roʻyxatidan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizomda koʻrsatilgan talablarning buzilishiga yoʻl qoʻygan shaxslar hamda jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri T. ShIRINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 19-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 20-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 21-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 22-dekabr

Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi v. b. K. MAMEDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 22-dekabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 6-son, 66-modda)