OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT ISHLARI VAZIRINING
buyrugʻi
Trener va trener-oʻqituvchilarning jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlishlari talab etilmaydigan sport turlari roʻyxatini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 5-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2559]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-sentabrdagi 211-sonli “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 38-son, 331-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Trener va trener-oʻqituvchilarning jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlishlari talab etilmaydigan sport turlari roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir M. XODJIMATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-fevral,
91-son
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2014-yil 3-fevraldagi 91-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Trener va trener-oʻqituvchilarning jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlishlari talab etilmaydigan sport turlari
1. Avtomobil sport turlari (avtoralli, avtokross, shosse-aylanma poygalar, karting)
2. Alpinizm
3. Amaliy sport turlari (triatlon (duatlon), biatlon (yozgi, qishki), yongʻin-amaliy sporti, pnevmatik quroldan oʻq otish)
4. Armrestling
5. Ashixara karate
6. Badminton
7. Bouling
8. Djit Kun Do
9. Kamondan oʻq otish
10. Kyorling
11. Kikboksing
12. Kombat aykido
13. Qoyani zabt etish
14. Qoʻl jangi
15. Model sport turlari (aviamodel, raketomodel, kemamodel, avtomodel)
16. Mototsiklet sporti (motokross)
17. Muay-tay
18. Ot sporti
19. Pauerlifting
20. Penchak silat
21. Radiosport
22. Sambo
23. Snoubord
24. Sport turlari boʻyicha xoreograf
25. Sport Ushu
26. Stendda otish
27. Suv polosi
28. Suvga sakrash
29. Taekvondo
30. Togʻ changʻisi sporti
31. Oʻzbek jang sanʼati
32. Uloq koʻpkari
33. Universal jang
34. Figurali uchish
35. Fudokan karate
36. Xapkido
37. Xokkey
38. Shaxmat
39. Shashka
40. Short-trek
41. Shotokan karate-do
Oldingi tahrirga qarang.
42. Anʼanaviy karate
43. Karate (WKF)
44. Kyokusinkay karate
45. Oyama kiokushinkay
46. Regbi
(42—46-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2015-yil 6-apreldagi 9-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2559-1, 09.04.2015-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2015-y., 14-son, 177-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 6-son, 72-modda; 2015-y., 14-son, 177-modda)