1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.04.00 Turar joy binolarini noturar joy binolariga oʻzgartirish. Noturar joy binosini tura joy binosiga oʻzgartirish.;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.07.00 Kapital qurilish;
6.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti tizimini shakllantirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmonini bajarish yuzasidan, normativ-huquqiy bazani turkumlashtirish, qurilish jarayoni barcha bosqichlarining oʻzaro bogʻliqligini taʼminlash, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bir-birini takrorlashining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti tizimini shakllantirish va monitoringini olib borish boʻyicha 1-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamentini bosqichma-bosqich shakllantirish va uni amalda qoʻllash natijalari monitoringini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsatnomalar berish, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va Shaharsozlik kodeksiga muvofiq yer uchastkalari ajratish, shuningdek qurilishga ruxsatnoma berish tartibotlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish tartibini, shuningdek shaharsozlik sohasidagi vakolatli organlarning faoliyati tashkil etilishini hamda qurilish jarayoni subyektlari oʻrtasidagi xoʻjalik-shartnoma munosabatlarining ahvolini batafsil va tanqidiy oʻrganib chiqish, keyinchalik ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlar qurilishi jarayonini texnik jihatdan tartibga solish doirasida joriy etiladigan normativ-huquqiy hujjatlarni, ularni texnik standartlarning xalqaro tizimiga integratsiyalashni taʼminlagan holda, ishlab chiqish va yangilash yuzasidan takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi guruh (Zakirov) 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tuzilmaga va tadbirlarga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti bosqichma-bosqich shakllantirilishini va yangilab borilishini, shu jumladan obyektlar qurilishiga majburiy normativ va texnik talablarni, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berish tartibi takomillashtirilishini, shuningdek vakolatli organlar va hamda qurilish jarayoni boshqa subyektlarining samarali oʻzaro hamkorligini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamentining ruxsat berish va roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlarini turkumlashni nazarda tutuvchi birinchi qismi 3-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda shaharsozlik sohasidagi texnik jihatdan tartibga solishga doir amaldagi normativ hujjatlarni oʻzining Internet tarmogʻidagi rasmiy saytiga joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 20-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 229-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamenti tizimini shakllantirish va monitoringini olib borish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

Zakirov B.I.
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari
Shodiyev M.I.
—
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
Mirzaboyev M.K.
—
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining oʻrinbosari
lavozimi boʻyicha
—
Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi
Alimov A.
—
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi boshqarmasi boshligʻi
Joʻrayev N.S.
—
Adliya vazirligining bosh boshqarmasi boshligʻi
Toʻrayev M.O.
—
Iqtisodiyot vazirligi boʻlimi boshligʻi
Meliyev D.S.
—
Moliya vazirligi boʻlimi boshligʻi
Sodiqov B.S.
—
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi “OʻzGAShKLITI” DUK markazining boshligʻi, ishchi guruh kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda guruh tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 229-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 229-son qaroriga 2a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona qurilish reglamentini ishlab chiqish va shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona qurilish reglamentining tarkibi
Ishlab chiqish muddatlari
Kelishish uchun Ishchi guruhga kiritish muddati
Masʼul bajaruvchilar
II qism. “Shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ baza”
Tashkiliy-metodik normalar, shu jumladan loyihalash va qurish uchun muhandislik-texnik qidiruvlarni bajarish, shuningdek shaharsozlik hujjatlarini va texnologik hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash.
2013-yil avgust
2014-yil 1-yanvar
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, loyihalash tashkilotlari
Zamin va poydevorlarni, binolar va inshootlarning qurilish konstruksiyalarini, shuningdek muhandislik uskunalari tarmoqlari va tizimlarini loyihalashning texnik normalari.
2013-yil sentyabr
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, loyihalash tashkilotlari
Qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish qoidalari va texnologiyasi, qurilish yoʻnalishlari va turlari boʻyicha ajratgan holda.
2013-yil oktyabr
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, loyihalash tashkilotlari
Smeta normativlari, shu jumladan qurilishda va qurilish mashinalari, mexanizmlari va asbob-uskunalaridan foydalanishda smeta normalarining resurs elementlari.
2013-yil noyabr
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiy islohotlar va narxlarni shakllantirish markazi
Qurilishda ishlarni amalga oshirishda texnik xavfsizlik qoidalari. Qurilishni tashkil etish va ishlarni amalga oshirish loyihalarini ishlab chiqish qoidalari.
2013-yil dekabr
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qurilish xodimlari kasaba uyushmasi
III qism. “Xoʻjalik-huquqiy munosabatlar va qurilish sohasida davlat tomonidan tartibga solish”
Qurilish jarayoni subyektlarining tadbirkorlik munosabatlari, tadbirkorlik, investitsiya faoliyati va iqtisodiy faoliyat boshqa turlari erkinligining qonun hujjatlarida berilgan kafolatlarini hisobga olgan holda.
2014-yil fevral
2014-yil 1-iyul
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi
Soliq maʼmuriyatchiligi, narxlarni shakllantirish, raqobatni rivojlantirish, qurilish mahsuloti sifati talablariga rioya qilish, loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish va qurilish ishlarini amalga oshirishda davlat-texnika nazorati sohasida davlat tomonidan tartibga solish.
2014-yil mart
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzstandart” agentligi, Savdo-sanoat palatasi
Mehnatga oid oʻzaro munosabatlar: ish beruvchilar bilan yollangan mehnat resurslari oʻrtasidagi munosabatlar, mehnatga haq toʻlash, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, shu jumladan yollangan ishchilarni sugʻurta qilish.
2014-yil aprel
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
Tadbirkorlik subyektlari bilan bozor infratuzilmasi subyektlari, shu jumladan tovar-xomashyo, fond birjalari, koʻchmas mulk birjasi, sugʻurta kompaniyalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar.
2014-yil may
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi, Oʻzbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi, Fond birjasi, Adliya vazirligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: muddatlar monitoring natijalari boʻyicha hamda normativ-huquqiy hujjatlarni yangilash va turkumlashni hisobga olgan holda Ishchi guruh qaroriga koʻra aniqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 229-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona qurilish REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(I qism)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament shaharsozlik faoliyatini, xususan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasi berish, vakolatli organlarning oʻzaro hamkorligi, dastlabki ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish va tayyorlash, loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish, kelishish va tasdiqlash, obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish tartibini, shuningdek tartibotlarni amalga oshirish muddatlari va qiymatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamini ifodalaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda nazarda tutilmagan normalar va qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi deb ataladi) tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan shaharsozlik sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Reglament amalga kiritilgan paytdan boshlab shaharsozlik sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir ilgari qabul qilingan normativ hujjatlarning ushbu Reglamentga zid boʻlmagan qismi qoʻllanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Er]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasi berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasi berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksida va Shaharsozlik kodeksida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 23-moddasiga muvofiq yer uchastkalarini egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) ajratish tartibida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasiga egalik qilishni va foydalanishni boshlash yer uchastkasiga huquqni tasdiqlovchi hujjatlar berilgungacha taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkasi berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlari tashqarisidan, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar va viloyatlar hududida joylashtiriladigan obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalari berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan ehtiyojlar, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar (shaharlar) yoki viloyatlar hududida joylashtiriladigan obyektlar qurilishi uchun aholi punktlari tashqarisidan yer uchastkasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent shahrida yer uchastkalari berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan maqsadli foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 22-avgustdagi 189-son qarori bilan tashkil etilgan Komissiya bilan kelishgan holda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 31-dekabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent shahrida shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari berish amaliyotini oʻrganish boʻyicha Komissiya tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent viloyati Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʻstonliq va Parkent tumanlari hududlarida yer uchastkalari berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan maqsadli foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 20-yanvardagi 16-son qarori bilan tashkil etilgan Komissiya bilan kelishgan holda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-fevraldagi 45-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer uchastkalari berish amaliyotini oʻrganish boʻyicha Komissiya tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/20/0551-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuridik va jismoniy shaxslarga Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi 277-son qarori bilan tashkil etilgan Komissiya bilan kelishgan holda Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari ajratish boʻyicha nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-oktabrdagi 285-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2015-y., 40-son, 520-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Jismoniy shaxslarga yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibda uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yer uchastkalarini tanlash va ajratish materiallari davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish sohasidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelishilishi va ekologik ekspertizadan oʻtkazilishi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 949-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 23-moddasiga muvofiq egalik qilinayotgan, ijaraga berilgan va mulk boʻlgan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) faqat ushbu yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qoʻyilgandan (sotib olingandan) soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror aholi punktlari hududlarini va aholi punktlari oraligʻi hududlarini rivojlantirish va qurish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlari asosida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslardan yer uchastkalari yoxud ularning bir qismi olib qoʻyilgan taqdirda zararlarni qoplash, shuningdek buzilishi lozim boʻlgan uylar, ishlab chiqarish binolari va boshqa imoratlar, inshootlar va ekinlar uchun hisob-kitob qilish “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash miqdorlarini va qoplash summasining hisob-kitobi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini tanlash va ajratishga doir materiallarni tayyorlash muddatlari, ishlar tarkibi va materiallar toʻplami, shuningdek ularni vakolatli organlar bilan kelishish tartibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlarida yer uchastkalari berishda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari tashqarisidan, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar (shaharlar) yoki viloyatlar hududida joylashtiriladigan obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalari berishda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan ehtiyojlar, shuningdek ikki va undan ortiq tumanlar (shaharlar) yoki viloyatlar hududida joylashtiriladigan obyektlar qurilishi uchun aholi punktlari tashqarisidan yer uchastkalari berish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari berishda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi 277-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun yer uchastkalari ajratish boʻyicha nizomga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)da — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibda uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq;
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-oktabrdagi 285-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 40-son, 520-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yer uchastkalarini tanlash va ajratishga doir materiallarni tayyorlashda ishlar qiymatini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yer uchastkasi chegaralarini naturaga koʻchirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida, Oʻzbekiston milliy avtomagistrali boʻylab yoʻl infratuzilmasi va servisi obyektlari qurish uchun, yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun, shuningdek tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida doimiy foydalanish uchun va uzoq muddatli ijaraga yer uchastkalari berishda — Qurilishda muhandislik qidiruvlari geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish instituti (“OʻzGAShKLITI” DUK) vakillarini jalb etgan holda tuman (shahar) arxitektura va qurilish boʻlimlari (boshqarmalari) tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari tashqarisidan, ikki va undan ortiq tumanlar yoki viloyatlar hududida, shuningdek maxsus industrial zonalar hududida joylashtiriladigan obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalari berishda — “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi xoʻjalik hisobidagi davlat korxonalari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalari chegaralarini naturaga koʻchirishga doir ishlarni bajarish tartibi, muddatlari va qiymati ushbu Reglamentning 14-bandida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va bu haqda guvohnoma berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish, shuningdek obyektlarni qurishga ruxsatnomalar berish tartibini tubdan soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori talablari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va tegishli guvohnoma berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.04.00 Turar joy binolarini noturar joy binolariga oʻzgartirish. Noturar joy binosini tura joy binosiga oʻzgartirish.]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ilgari berilgan yer uchastkasida qoʻshimcha obyekt qurish, mavjud obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shuningdek turar joylarni noturar joy toifasiga, noturar joylarni turar joy toifasiga oʻtkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ilgari berilgan yer uchastkasida qoʻshimcha obyekt qurish, mavjud obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Turar joylarni noturar joy toifasiga, noturar joylarni turar joy toifasiga oʻtkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish va texnik shartlarni olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Obyektning qurilishi (rekonstruksiya qilinishi)ni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini (I va II qism) ishlab chiqish tartibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning yangidan berilgan yer uchastkasida qurilishi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari berilgan yer uchastkasida qoʻshimcha obyekt qurish, mavjud obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shu jumladan turar joylarni noturar joy toifasiga, noturar joylarni turar joy toifasiga oʻtkazish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish muddatlari va ishlar qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan foydalanish tashkilotlari tomonidan beriladigan obyektni muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni olish va taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanish tashkilotlarida obyektni muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarni olishni tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish boʻlimlari (boshqarmalari) “bir oyna” tamoyili boʻyicha amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektni elektr energiyasi, suv, issiqlik va gaz taʼminoti tarmoqlariga ulash, shuningdek kanalizatsiya va telefon tarmogʻiga ulash uchun texnik shartlarni berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli tuman (shahar) foydalanish tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Loyiha-qidiruv ishlarini bajarish, obyektlarni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini kelishish va tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Loyiha-qidiruv ishlarini bajarishda subyektlar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek boshqa qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlari faoliyatning ushbu turini amalga oshirish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxs — loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish boʻyicha faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻpriklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish boʻyicha faoliyatni litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Loyiha va qidiruv ishlariga pudrat shartnomasi, loyihalashtirish topshirigʻi, shuningdek arxitektura va qurilish organi tomonidan obyektni qurish (rekonstruksiya qilish)ni loyihalashtirish uchun berilgan arxitektura-rejalashtirish topshirigʻi (I va II qismlar) loyiha-qidiruv ishlarini bajarish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Muhandislik-texnik izlanishlar tegishli litsenziyalarga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topografik va muhandislik-geodeziya ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qarori bilan tasdiqlangan Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda litsenziyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyihalashtirish va qurish uchun muhandislik-texnik qidiruvlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda litsenziyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Loyihalashtirish va qurish uchun muhandislik-texnik qidiruvlar buyurtmachi (loyiha tashkiloti) tomonidan berilgan texnik topshiriqlar asosida, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Muhandislik-texnik qidiruvlar qiymati “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan baholarga va resurs smeta normalari toʻplamlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tarkibiga kirmaydigan tashkilotlar tomonidan topografik va muhandislik-geodeziya ishlarini bajarishda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan baholardan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish (dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash, dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar, texnik-iqtisodiy asoslash, texnik-iqtisodiy hisob-kitob bosqichlari) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun shaharsozlik hujjatlari (ishchi loyiha, ishchi hujjatlar bosqichlari) binolar va inshootlarni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash)ni loyihalashtirishga texnik normalar va talablarni belgilaydigan shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarga, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Resurs smetalarini tuzish va qurilish qiymatining joriy narxlardagi hisob-kitobi qurilish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda aniqlash qoidalariga va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan resurs smeta normalari toʻplamlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Markazlashtirilgan manbalar mablagʻlari hisobiga qurilayotgan obyektlar qurilishi qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomda belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish bir yildan ortiq davom etgan taqdirda joriy narxlarda tanlov savdolari (tendyerlar) natijalari boʻyicha tuzilgan pudrat shartnomalari (kontraktlar) boʻyicha markazlashtirilgan manbalar mablagʻlari (davlat kapital qoʻyilmalari) hisobiga qurilayotgan obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarini aniqlashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-iyundagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishini, shu jumladan foydalanishga tayyor holda amalga oshiriladigan obyektlar qurilishini tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-sentabrdagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Markazlashtirilgan manbalar hisobiga qurilishni tashkil etish, moliyalashtirish va kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PQ-3437-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida nizomga asosan shakllantiriladi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-martdagi 197-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Hisob-kitob (smeta) qiymati 2,0 mlrd soʻm va undan ortiq boʻlgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishning manzilli roʻyxatlari, moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-fevraldagi 31-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanishi lozim boʻlgan obyektlarning manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash boʻyicha Hukumat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ijtimoiy va xoʻjalik ahamiyatiga molik obyektlarni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash) qiymati dastlabki belgilangan qiymatiga nisbatan ortiq boʻlishi natijasida loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish masalalari Qurilishi va rekonstruksiya qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati darajasida tasdiqlanadigan obyektlarning manzilli roʻyxatlarini tasdiqlash boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha-smeta hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi masalalarning Hukumat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-fevraldagi 32-son qarori bilan tasdiqlangan Hisob-kitob (smeta) qiymati oshirib yuborilgan obyektlar boʻyicha xulosalar tayyorlash va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun shaharsozlik hujjatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxitektura va qurilish davlat qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari huzuridagi Arxitektura-shaharsozlik kengashida kelishilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxitektura-shaharsozlik kengashida obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun shaharsozlik hujjatlarini kelishish tartibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni yangidan berilgan yer uchastkasida qurish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari berilgan yer uchastkasida qoʻshimcha obyektni qurish, mavjud obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, shu jumladan turar joy binolarini noturar joy binolari toifalariga oʻtkazish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Loyihaoldi hujjatlarini tasdiqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Obyektni loyiha hujjatlarini ayni bir vaqtda ishlab chiqish bilan (parallel loyihalashtirish) birga qurishga istisno hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yoʻl qoʻyiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.04.00 Kapital qurilishni loyihalashtirish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Shaharsozlik kodeksining 27-moddasiga muvofiq obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlari davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 7-iyundagi 110-son qarori bilan tasdiqlangan Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) markazlashtirilgan manbalardan resurslar (davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari, ayrim tarmoqlar va korxonalarning maxsus fondlaridan Hukumat qarorlari bilan hosil boʻlgan mablagʻlar, Oʻzbekiston Respublikasi kafolati ostida yoki uning nomidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari) hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari asosida soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha imtiyozlar berish nazarda tutiladigan investitsiya loyihalarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarga muvofiq amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ustav fondida davlatning ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalar tomonidan, markazlashtirilmagan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan, 10 mln AQSh dollaridan ortiq qiymatli investitsiya loyihalarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, 10 mln AQSh dollaridan ortiq qiymatli strategik foydali qazilma boyliklarni qazib olish va qayta ishlashni nazarda tutuvchi investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlari davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar talablari hisobga olingan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan berilgan yer uchastkasida obyektni qurish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari ajratilgan yer uchastkasida qoʻshimcha obyekt qurish, qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha ishlar (xizmatlar) qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun loyihaoldi va shaharsozlik hujjatlari boʻyicha davlat ekspertizasining ijobiy xulosasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning buyurtmachi tomonidan tasdiqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirishning keyingi bosqichlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarida qurilish-montaj ishlariga ruxsatnomani roʻyxatdan oʻtkazish va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyalashtiruvchi organlarda va bank muassasalarida moliyalashtirishni ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni qurish uchun pudrat tashkilotlarini tanlash boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.07.00 Kapital qurilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Kapital qurilishda tanlov savdolari (tender) oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Markazlashtirilgan manbalar, davlat boshqaruvi organlari va davlat korxonalarining mablagʻlari, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha kapital qurilish bilan bogʻliq tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish, shu jumladan pudrat tashkilotini tanlash tanlov savdolari natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandning birinchi xatboshi talablari tavsiyaviy tusga ega boʻlgan moliyalashtirishning boshqa manbalari ushbu qoidalardan istisno hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Kapital qurilishda tanlov savdolari (tender)ni tashkil etish va oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-iyuldagi 302-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi, unda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari qatnashchilari, ularning huquqlari, majburiyati va javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ofert taqdim etish tartibi va talabgorlarga qoʻyiladigan malaka talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov hujjatlarining tarkibi, tuzilishi, ularni ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolarini tayyorlash va oʻtkazish, ularning yakunlarini chiqarish, shuningdek buyurtmachi bilan pudratchi oʻrtasidagi shartnoma majburiyatlari bajarilishi ustidan monitoring olib borish tartibi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish, shu jumladan tanlov hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Qurilayotgan obyektni roʻyxatdan oʻtkazish va qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Shaharsozlik kodeksining 54-moddasiga muvofiq obyektlarni qurishga ruxsatnoma “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining tegishli tarkibiy boʻlinmasida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektni qurishga ruxsatnoma — yer uchastkasining mulkdori, egasi yoki undan foydalanuvchining yer uchastkasida qurilishni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektni qurishga ruxsatnoma qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma shaklida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnomani roʻyxatdan oʻtkazish va berish Davlat arxitektura-qurilish nazoratining hududiy inspeksiyalari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan berilgan yer uchastkasida obyektni qurish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida nizomda belgilangan tartibda va muddatlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari ajratilgan yer uchastkasida qoʻshimcha obyekt qurish, mavjud obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibda uy-joy qurish obyektlariga (Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish dasturiga kiritilgan obyektlardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joylar toifasidan noturar joylar toifasiga oʻtkaziladigan xonalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavsumiy ishlar va uzoq yaylovlardagi chorvachilik uchun vaqtinchalik imoratlar va maishiy xonalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil aloqa stansiyalarini montaj qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi muhandislik tarmoqlarini oʻzgartirishni talab etmaydigan alohida qurilayotgan kichik (300 kub metrdan ortiq boʻlmagan) obyektlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konni qazish ishlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular boʻyicha texnologik resurs tamom boʻlgan va obyektni rekonstruksiya qilish yoki yoʻnalishini qayta oʻzgartirish talab etilmaydigan texnologik va muhandislik asbob-uskunalari birligini taʼmirlash va almashtirishga qurilish-montaj ishlarini bajarishga roʻyxatdan oʻtkazish va ruxsatnomani berish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Qurilishi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib borilayotgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini bajarishning sifati va toʻliqligi ustidan nazorat funksiyalari tekshiruvini amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 30-maydagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish sohasida ruxsat beruvchi tusdagi hujjatlarni berish tartibotlarini amalga oshirish muddatlari va qiymatini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibi toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan miqdorlarda bajarilgan (bajariladigan) qurilish-montaj ishlari qiymatidan mablagʻ ajratish tartibida haq toʻlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.05.00 Tugallangan obyektlarni ekspluatatsiyaga qabul qilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) va foydalanishga qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Obyektni qurish u bilan qurilish-pudrat shartnomasi tuzilgan qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan (pudrat usulida) yoxud yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz kuchi bilan (xoʻjalik usulida) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Agar obyektni qurish qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshirilgan taqdirda qurilish-pudrat tashkilotining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish normalari va qoidalariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi tugallangan obyektning belgilangan tartibda qabul qilish komissiyasi tomonidan qabul qilib olinishini tashkil etishni taʼminlash majburiyati yuridik yoki jismoniy shaxslar bilan qurilish-pudrat tashkiloti oʻrtasidagi shartnomaning majburiy sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilish chogʻida aniqlangan kamchiliklar qurilish-pudrat tashkiloti tomonidan uning oʻzining hisobidan bartaraf etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda nazarda tutilgan talablar obyektni oʻz kuchlari bilan quruvchi buyurtmachilar (quruvchilar)ning bajarishi uchun ham majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Buyurtmachi bilan pudrat tashkiloti oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Balandliklarda sanoat alpinizmi usullari bilan qurilish va montaj ishlarini bajarish, koʻpriklar va tonnellar, mudofaa obyektlari, shuningdek yuqori xavfli va potensial xavfli ishlab chiqarish obyektlarini qurish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan nizomlarda belgilangan tartibda litsenziyalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Obyektni qurish (rekonstruksiya qilish) tartibiga qoʻyiladigan texnik talablar shaharsozlik qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir shaharsozlik (loyiha) hujjatlari va normativ hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Pudrat tashkiloti (quruvchi) qurilish ishlarini bajarish jarayonida shaharsozlik qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibda ijro etuvchi hujjatlarni yuritishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Roʻyxatdan oʻtkazilgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini bajarishning barcha bosqichlarida Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksida, “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat funksiyalarini amalga oshirishda Davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasining vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining Davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomda belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Oʻzbekiston Respublikasi shaharsozlik kodeksining 14-moddasiga muvofiq buyurtmachilar (quruvchilar) loyihalashtirish ustidan nazoratni amalga oshirishga va qurilish sifati ustidan texnik nazorat qilishga, shuningdek shaharsozlik qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar bilan belgilangan tartibda obyektni qurish (rekonstruksiya qilish)ga doir shaharsozlik hujjatlarining amalda tatbiq etilishi yuzasidan mualliflik nazoratini taʼminlashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Yuridik va jismoniy shaxslar qurilish tugallangandan keyin yetti kun mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining vakolatli boʻlinmalari tomonidan binolar va inshootlarning, muhandislik yer osti kommunikatsiyalarining raqamli ijroviy topografik xaritaga tushirilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarning, muhandislik yer osti kommunikatsiyalarining raqamli ijroviy topografik xaritaga tushirilishiga qoʻyiladigan texnik talablar shaharsozlik qurilishi sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangidan berilgan yer uchastkasida obyektni qurish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari berilgan yer uchastkasida qoʻshimcha obyekt qurish, mavjud obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish qoidalari shaharsozlik sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan obyektni qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun aholi punktlarida yer uchastkalari berish, qurilish obyektlarini loyihalashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek obyektlarni foydalanishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi xoʻjalik hisobidagi davlat korxonalarining binolari va inshootlariga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarning mansabdor shaxslari, yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir qonun hujjatlari, normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yongʻin xavfsizligi va sanitariya qoidalari talablari bajarilishini taʼminlash uchun javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 34-son, 455-modda; 2015-y., 40-son, 520-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/20/0551-son, 14.03.2018-y., 09/18/197/0892-son, 23.11.2018-y., 09/18/949/2214-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)