Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.03.2025 30.12.2006 yildagi 272-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.03.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-sonli “Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ipoteka” toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3618-son Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qaroriga muvofiq hamda respublikada yakka tartibda uy-joy qurilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizom talablariga joylarda soʻzsiz rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi mazkur Nizom (keyingi oʻrinlarda “Nizom” deb yuritiladi) “Ipoteka” toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qaroriga muvofiq fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida yakka tartibda uy-joy qurishni tashkil etish tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joy — bir yer uchastkasida joylashgan, doimiy yashash, dam olish va shaxsiy xoʻjalikni yuritishga moʻljallangan yordamchi-xoʻjalik imoratlari va hovlidagi inshootlar tegishli boʻlgan bir yoki bir necha turar joy imorati (keyingi oʻrinlarda “uy-joy” deb yuritiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yordamchi-xoʻjalik imoratlari — uy hayvonlari va parrandalarni saqlash uchun imoratlar, omborxona, garaj, yozgi oshxona, tandirxona, yertoʻla, hammom, hovlidagi hojatxona, dushxona, issiqxona, hovuz, sauna, bugʻ qozonxonasi va odamlarning vaqtincha boʻlishi bilan bogʻliq ishlarning har xil turlarini bajarishga moʻljallangan boshqa funksional imoratlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hovlidagi inshootlar — toʻsiq, darvoza, eshik, quduq, favvora va odamlarning yashashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanishga moʻljallanmagan boshqa yassi yoki liniyali inshootlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyning turar joy maydoni — kishilar yashaydigan xonalarning ichki gabaritlari boʻyicha maydonning jami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyning umumiy maydoni — odamlar yashaydigan barcha xonalar, uyning yordamchi-xoʻjalik imoratlari (oshxona, vannaxona, yoʻlak va boshqalar) maydoni jami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyni rekonstruksiya qilish — meʼmorchilik-rejalashtirish yechimlarini oʻzgartirish, uyning ustiga, yoniga qoʻshimcha qurish, eskirgan va maʼnaviy eskirgan konstruksiyalar va muhandislik inshootlarini, shu jumladan tashqi tarmoqlarni (magistral tarmoqdan tashqari) qismlarga ajratgan, almashtirgan holda oʻzgartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi oʻzining va oilasining ehtiyojlari uchun qonunchilikka va mazkur Nizomga rioya qilgan holda zarur yordamchi-xoʻjalik imoratlari va hovlidagi inshootlar bilan birga xususiy mulk huquqida uy qurish huquqiga egadir.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ajratiladigan uchastka doirasida yakka tartibda uy quruvchilar uchun uyning maydoni chegaralanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Shaharsozlik faoliyati alohida tartibga soladigan hududlarda uyning necha qavat ekanligi aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiq tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish organlari tomonidan belgilanadi va ular bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan fuqarolarning mulki boʻlgan uylar buzilgan taqdirda, kompensatsiya berish “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-fevraldagi 76-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(II bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2019-y., 09/19/63/2541-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(III bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2019-y., 09/19/63/2541-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Uy-joylarning texnik nazorati, ularni qabul qilish, xatlovdan oʻtkazish va ularga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ustidan texnik nazoratni quruvchi amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi buyurtmachi sifatida jalb etilganda yakka tartibda uy-joy qurilishining borishi ustidan texnik nazorat funksiyasini injiniring kompaniyasi amalga oshiradi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 44-son, 464-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish organlari uy-joy qurilishida shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Uy-joy quruvchining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Quruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan yer uchastkasidan va maqsadli ipoteka kreditidan yordamchi-xoʻjalik imoratlari bilan birga faqat uy-joy qurish uchun foydalanishga;
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy va yordamchi-xoʻjalik imoratlarini shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda mazkur Nizomga amal qilgan holda kelishilgan va tasdiqlangan loyihaga muvofiq qurishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan yer uchastkasini berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida oʻzlashtirishni boshlashga, qabul qilish komissiyasining dalolatnomasi tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlangandan keyin bir oy mobaynida uy-joyga boʻlgan mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga murojaat qilishga majburdir.
(32-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Oʻzboshimchalik bilan uy-joy qurganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Uy-joy quruvchilar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu maqsadlar uchun ajratilmagan yer uchastkalarida qurilgan hamda bunga zarur ruxsatnomani olmasdan yoxud shaharsozlik normalari va qoidalari jiddiy ravishda buzilgan holda tiklangan uy-joylar, boshqa imoratlar va inshootlar yoki boshqa koʻchmas mulk oʻzboshimchalik bilan qurilgan deb hisoblanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Oʻzboshimchalik bilan qurish aniqlangan taqdirda tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish organlarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻzboshimchalik bilan qurish holati toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Dalolatnoma tuzilishi bilan bir vaqtda tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish organlarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻzboshimchalik bilan qurilayotgan qurilishni toʻxtatish toʻgʻrisida koʻrsatma beriladi. Koʻrsatmaning nusxasi oʻzboshimchalik bilan tiklangan imorat toʻgʻrisidagi masalani keyinchalik belgilangan tartibda hal etish uchun tuman (shahar) hokimligiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquqi buzilgan shaxsning yoxud tegishli davlat organining daʼvosi boʻyicha oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat sudning qaroriga koʻra uni qurgan shaxs tomonidan yoxud uning hisobiga buzib tashlanishi kerak, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Quruvchi uy-joy qurish yoki rekonstruksiya qilishga toʻsqinlik qilayotgan mansabdor shaxslarning qonunga zid xatti-harakatlari ustidan yuqori turuvchi organga yoki sud tartibida shikoyat qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Jismoniy shaxslar tomonidan oʻzboshimchalik bilan imorat qurish masalalari boʻyicha paydo boʻladigan nizolar qonunchilikka muvofiq koʻrib chiqiladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Mazkur Nizom buzilganligi uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Quruvchi va mahalliy davlat hokimiyati organlari mazkur Nizom buzilganligi uchun qonunchilikka muvofiq javob beradi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yakka tartibda uy-joy qurilishini tartibga solish toʻgʻrisida” 1959-yil 25-dekabrdagi 970-son qarori (OʻzSSR QT, 1959-y., 18-son, 76-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Uy-joy va oddiy qurilish sifatini yaxshilash choralari toʻgʻrisida” KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining 1969-yil 28-may № 392 qarori” 1969-yil 21-avgustdagi 409-son qarori (OʻzSSR QT, 1969-y., 7-son, 64-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “SSSR Ministrlar Sovetining “Uy-joy qurilishiga ajratilayotgan kapital mablagʻlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1981-yil 5-oktabrdagi 972-son qarori” 1981-yil 11-noyabrdagi 877-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRda yakka tartibda uy-joy qurilishini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1988-yil 28-iyuldagi 263-son qarori (OʻzSSR QT, 1988-y., 7-son., 27-modda) va unga ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Hukumatining turar joy masalalariga oid baʼzi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1989-yil 24-yanvardagi 37-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston SSJda mulkchilik toʻgʻrisida” Oʻzbekiston SSJ Qonuni munosabati bilan Oʻzbekiston SSJ Hukumatining qarorlarini oʻzgartish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1991-yil 16-fevraldagi 38-son qaroriga ilovaning 6-bandi (OʻzSSJ QT, 1991-y., 2-son, 4-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlarning 19-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibda uy-joy qurayotgan koʻp bolali va kam daromadli oilalarni ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 411-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 50-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 51-52-son, 518-modda; 2009-y., 44-son, 464-modda; 2010-y., 37-son, 321-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; 2014-y., 23-son, 269-modda; 2017-y., 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son; 29.01.2019-y., 09/19/63/2541-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)