07.02.2012 yildagi 32-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2018
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib o‘rnatish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ–1666-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilganda obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash qiymatini aniqlashtirish mexanizmini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy va fuqaro obyektlarini loyihalash va qurishda tegishli tartib o‘rnatish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 27-dekabrdagi PQ-1666-son qarorini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan va qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) qiymati ilgari belgilangan qiymatdan oshadigan ijtimoiy va fuqaro obyektlari bo‘yicha xulosalarni tayyorlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish tartibini belgilaydi.
j) xarajatlar turlari bo‘yicha taqsimlangan yig‘ma resurs smetasining boblar, obyektlar va moddalar bo‘yicha ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tuzilgan obyektni qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash) qiymatining qiyosiy vedomosti;
Qurish (rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash)ning qiymatini o‘zgartirishlarni tahlil qilish natijalari ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha, obyektning smeta qiymati ko‘payishi sabablari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma tarzida rasmiylashtiriladi.
5. Ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq taqdim etilgan materiallar O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan ular tushgan kundan boshlab 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.