11.06.2003 yildagi 261-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Markazlashtirilgan kapital quyilmalar hisobiga ro‘yobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda shartnomaviy joriy narxlarga o‘tish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida” 2003-yil 6-maydagi PF-3240-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda bozor munosabatlarini rivojlantirish, qurilishda narxlarni shakllantirish mexanizmini takomillashtirish, investitsiya jarayoni barcha qatnashchilarining pirovard natijalar, investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligi uchun javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi 2003-yil yakunlari bo‘yicha mazkur nizomlarga zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi markazlashtirilgan kapital qo‘yilmalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishida narxlarning sun’iy ravishda oshib ketishiga yo‘l qo‘ymagan holda ularning shakllantirilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, qurilishning titul ro‘yxati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi moliyaviy yilda kapital qo‘yilmalar hajmlari va ularni sarflash yo‘nalishlari ko‘rsatilgan, qurilishning ikkinchi va keyingi yillari uchun ular aniqlashtirilgan holda qurilishning barcha davriga tuziladi hamda investitsiya loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aks ettiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishlarning O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan aniq ro‘yxati, o‘tkazilgan tanlov savdolari (tenderlar) va tuzilgan shartnomalar shartlari asosida qurilishning har bir yakka tartibdagi obyekti bo‘yicha investor (buyurtmachi) tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt qurilishining unda tasdiqlangan qiymati doirasida kreditlash uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Obyektlar qurilishi uchun joriy narxlarni asoslangan holda belgilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Narxlarni shakllantirish mintaqaviy markazlariga ularning so‘rovlariga ko‘ra mintaqalar bo‘yicha “qurilish” tarmog‘ida o‘rtacha ish haqining vujudga kelgan miqdorlari to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etsinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi kapital qurilishda narxlarni shakllantirishning smeta-normativ bazasini takomillashtirish va yangilashga doir chora-tadbirlar dasturini uch oy muddatda ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin hamda ayrimlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261-son

Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 11-iyundagi
261-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni qurish qiymatini shartnomaviy joriy narxlarda belgilash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM

1. Mazkur Nizom markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qo‘yilmalari) hisobiga qurilayotgan qurilish obyektlarining shartnomaviy joriy narxlardagi qiymatini aniqlash tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Obyekt qurilishi bo‘yicha ishlar va xizmatlarning joriy narxlardagi shartnomaviy qiymati tanlov savdolari (tender) natijalari bo‘yicha shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tanlov savdolari (tender)ni tashkil etish va o‘tkazish maqsadida obyekt qurilishi qiymati resurslarga xarajatlarni prognozlashtirilayotgan joriy narxlar va tariflarda kalkulyatsiya qilishga asoslangan resurs usuli bo‘yicha hisoblab chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yangidan qurilayotgan, markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital mablag‘lari) hisobiga moliyalashtirilayotgan obyektlar bo‘yicha bazaviy narxlardagi smeta hujjatlari tuzilmaydi, resurslar smetalari chiqarish tartibi saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Obyekt qurilishining mazkur Nizomga muvofiq buyurtmachi tomonidan aniqlangan boshlang‘ich qiymati tanlov savdolari (tenderlar) o‘tkazishda yo‘nalish hisoblanadi va pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tanlov savdolari boshlang‘ich qiymatni oshkor qilmasdan o‘tkazilgan taqdirda u tanlov savdolari (tender)ning ikkinchi bosqichigacha maxfiy axborot hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tanlov savdolari (tender)da ishtirok etayotgan pudratchi tashkilotlar tanlov taklifi narxini mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan tartibda va pudrat ishlari bozori konyunkturasidan, shu jumladan ish haqiga xarajatlarni aniqlash imkoniyatidan, korxonada shakllangan mehnatga haq to‘lash shartlari va shaklidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda aniqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Talabgorning tanlov taklifi (oferta)da ko‘rsatilgan narxi maxfiy axborot hisoblanadi va tanlov savdolari (tender)ning ikkinchi bosqichigacha oshkor qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Obyekt qurilishi boshlang‘ich qiymatini va talabgor narxini belgilangan davrgacha oshkor etishda aybdor bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Obyekt qurilishining shartnomaviy joriy narxi talabgorlarning tanlovdagi narx bo‘yicha takliflaridan maqbul narxni tanlash asosida, buyurtmachining boshlang‘ich narxini va tanlov hujjatlari shartlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. “Resurs usuli”ni qo‘llashda fizik ko‘rsatkichlardagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asbob-uskunalar nomlari va miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ mehnat sarfi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalar nomlari va miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa xarajatlar va sarflar aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Resurs usuli” bo‘yicha obyektning joriy narxlardagi qiymati quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S=(So+Sm+Szp+Sem+Pp+Pz+Sr) x KR, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So — asbob-uskunalarga, mebel va inventarga xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sm — qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarga xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Szp — ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar hisobga olingan holda asosiy ish haqiga xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sem — mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pp — boshqa xarajatlar va pudratchining xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pz — boshqa xarajatlar va buyurtmachining xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sr — obyektlar qurilishini sug‘urta qilish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kr — navbatdagi yilda qurilishda narx o‘sishining prognozlashtirilayotgan indeksidan kelib chiqib aniqlanadigan tavakkalchilik koeffitsiyenti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Asbob-uskunalar, mebel va inventarga xarajatlar transport xarajatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqaruvchi korxonalar (yetkazib beruvchilar)ning narxlari qo‘llanilgan holda spetsifikatsiyalar asosida yoki narxlar monitoringi asosida shakllantiriladigan ma’lumotlar banki bo‘yicha aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qurilish materiallari, buyumlar va konstruksiyalarga xarajatlar mazkur mintaqada shakllangan birlikka o‘rtacha narxlar qo‘llanilgan holda tender hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladigan Yig‘ma resurs hisob-kitobiga muvofiq amaldagi ko‘rsatkichlar asosida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sm=Sm1+Sm2+Sm3+...+ Smn, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sm1, Sm2, Sm3, Smn — qurilish materiallari va konstruksiyalarning ayrim turlari qiymati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Cmp = N x Ssr, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N — obyekt qurilishi uchun talab qilinadigan qurilish materiali (buyum, konstruksiya)ning alohida turi miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ssr – qurilish materiali (buyum, konstruksiya) birligiga o‘rtacha narx.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har xil qurilish materiallari (buyumlar, konstruksiyalar)ning o‘rtacha qiymati tayyorlovchi zavodlarning ulgurji sotish narxlari, qurilish materiallari birjalari va yarmarkalaridagi narxlar, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan chiqariladigan kataloglar, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining narx belgilash bo‘yicha mintaqaviy markazlari ma’lumotlari asosida aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik normalariga muvofiq belgilangan qurilish materiallari (buyumlar, konstruksiyalar) narxlari tayyorlovchi zavodlarning ulgurji narxlarini, idishlarga xarajatlarni, transport xarajatlarini, ta’minot-sotish tashkilotlarining ustama narxlarini o‘z ichiga oladi.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport xarajatlarini “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan Yuklarni qurilish uchun tashishga hisob-kitob joriy narxlarini aniqlash bo‘yicha metodik tavsiyalar asosida hisoblab chiqish tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ish haqi xarajatlari obyektning normativ mehnat sarfini bir kishi-soatning joriy qiymatiga (so‘mlarda) va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar miqdorini hisobga oluvchi koeffitsiyentga ko‘paytirish yo‘li bilan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Szp=T x Sch Kss, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T – tender hujjatlari tarkibida yoki ishga tushirilgan obyektlarga o‘xshash kishi-soatlarda aniqlanadigan obyekt qurilishining normativ mehnat sarfi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sch — ishchilarning o‘rtacha soatlik ish haqi, obyekt qurilishi qiymatini hisoblab chiqishda mintaqa bo‘yicha quruvchilarning o‘rtacha statistik oylik ish haqi darajasidan kelib chiqib hisoblab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kss — ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar miqdorini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘rtacha soatlik ish haqi quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sch = Zms: F, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zms — oldingi 12 oy uchun statistika ma’lumotlari asosida bir oy uchun hisoblab chiqilgan mintaqa bo‘yicha quruvchilarning o‘rtacha yillik ish haqi, oyiga so‘m;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
F — O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha soatlarda ish vaqtining o‘rtacha oylik fondi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Obyekt qurilishi qiymatini aniqlashda mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari qiymati joriy narxlarda quyidagi formula bo‘yicha qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sem = EM x Spr, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EM — mashina va mexanizmlardan foydalanishning soatlardagi hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spr — mashina va mexanizmlardan foydalanishning soat/so‘mlardagi joriy narxlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashina va mexanizmlardan foydalanishning joriy narxlarini “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining metodik tavsiyalari asosida aniqlash tavsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Pudratchining boshqa xarajatlari (Pp) zarur foydadan, shu jumladan pudrat ishlari (xizmatlar) bozori konyunkturasidan kelib chiqib shakllantiriladigan majburiy to‘lovlar va ajratmalardan iborat bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-maydagi 226-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 19-son, 222-modda; )
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Buyurtmachining boshqa xarajatlari va sarflari (Pz) loyiha-qidiruv ishlari, ekspertiza, tanlov savdolari (tender) o‘tkazish, texnik nazorat xarajatlaridan, obyekt qurilishi bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Buyurtmachi obyekt qurilishi qiymati tarkibida obyekt qurilishini tashkil etish, unga xizmat ko‘rsatish, kuzatib borish, qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilib olish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni ham hisobga olishi kerak.
(18-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 12-maydagi 226-sonli qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 19-son, 222-modda; )
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Buyurtmachining boshqa xarajatlari obyekt qurilishi qiymatini shakllantirishda belgilangan miqdorlarda obyektning shartnomaviy qiymatiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qo‘yilmalari) hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishining boshlang‘ich narxlari shakllantirilishi bo‘yicha doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Obyekt qurilishi muddati bir kalendar yildan ortiq bo‘lganda ikkinchi yilga va keyingi yillarga shartnomaviy narx Obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 11-iyundagi
261-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlar qurilishining ikkinchi va keyingi yillarida shartnomaviy joriy narxlarda qurilish shartnomaviy qiymatini aniqlashtirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom tanlov savdolari (tender) natijasida joriy narxlarda tuzilgan pudrat shartnomalari (kontrakt) bo‘yicha markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qo‘yilmalari) hisobiga qurilayotgan qurilish obyektlarining ikkinchi va keyingi yillar uchun shartnomaviy joriy narxlarini aniqlashtirish tartibini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tanlov savdolari (tender) natijalari bo‘yicha tuzilgan obyektning qurilishini amalga oshirish pudrat shartnomasiga (kontraktga), ish hajmlari bosqichlar va bajarish muddatlari bo‘yicha bo‘lingan holda, ishlarni amalga oshirish jadvali ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har yili hisobot yili tugashi bilan buyurtmachi tomonidan pudratchi tashkilot bilan birgalikda prognoz qilinayotgan yil va keyingi yillar uchun bajarilayotgan ishlarning (xizmatlarning) kontrakt bo‘yicha qoldiq qiymati aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishning titul ro‘yxatini shakllantirish va kapital qo‘yilmalarning obyektlar bo‘yicha limitlarini aniqlash mazkur Nizomga muvofiq shartnomalarda belgilangan obyekt qurilishining davom etish muddatlari va qiymatiga qat’iy muvofiq bo‘lishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi va keyingi yillar uchun qurilishning titul ro‘yxatlariga o‘zgartirishlar pudrat shartnomasi (kontrakt) asosida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Narx omillari bo‘yicha indeksatsiya qilinishi lozim bo‘lgan ikkinchi yil uchun pudrat ishlari (xizmatlar) qiymati buyurtmachilar va pudratchi tashkilotlar tomonidan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O2 = (C — O1 — Pp — H1) x K1 bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O2 – ikkinchi yil uchun pudrat ishlari qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
C – tanlov savdolari (tender) natijasida aniqlangan obyektning joriy narxlardagi qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O1 – ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq qurilishning birinchi yilidagi pudrat ishlari hajmining joriy narxlardagi qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pp – ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq keyingi yillar uchun ishlar qiymati;

N1 – buyurtmachining oldindan berilgan avansi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K1 – pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan vaqtda belgilangan obyekt qiymatiga nisbatan hisoblab chiqiladigan obyekt qurilishining ikkinchi yili uchun shartnomaviy narx o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narx omillari bo‘yicha indeksatsiya qilinishi lozim bo‘lgan uchinchi yil uchun pudrat ishlari (xizmatlar) qiymati buyurtmachilar va pudratchi tashkilotlar tomonidan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O3 = (S — O1 — O2 — Pp — N2) x K2 bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O3 – uchinchi yil uchun pudrat ishlari qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
C – obyektning tanlov savdolari (tender) natijalari bo‘yicha aniqlangan joriy narxlardagi qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O1 va O2 – ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq qurilishning birinchi va ikkinchi yillari uchun pudrat ishlari hajmining joriy narxlardagi qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pp – ishlarni bajarish jadvaliga muvofiq keyingi yillar uchun ishlar qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
N2 – qurilishning ikkinchi yilida buyurtmachining oldindan berilgan avansi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K2 – pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan vaqtda belgilangan obyektning qiymatiga nisbatan hisoblab chiqiladigan obyekt qurilishining uchinchi yili uchun shartnomaviy narx o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishning keyingi yillari uchun obyekt qurilish qiymati ham shu tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. K koeffitsiyentni — qurilishning ikkinchi yili (va keyingi yillari) uchun shartnomaviy narx o‘zgarishini aniqlash buyurtmachi va pudratchi bilan birgalikda quyidagi asosiy narx shakllantiruvchi komponentlar asosida aniqlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mehnat xarajatlari (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining o‘zgarishi);
(4-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) elektr energiyasi (“O‘zbekenergo” kompaniyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yonilg‘i-moylash materiallari (“O‘zbekneftgaz” kompaniyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) metall (“O‘zmetkombinat” birlashmasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) sement (sement zavodlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qum (zavod-karyerlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) yig‘ma temir-beton buyumlari (tayyorlovchi zavodlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) yog‘och-taxta materiallar (birja narxlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) g‘isht (tayyorlovchi zavodlar) va boshqa komponentlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda komponentlar va asosiy qurilish materiallarining turlari har bir muayyan obyekt bo‘yicha, pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan paytdagi obyektni qurish qiymatining kamida 70 foizini tashkil etadigan asosiy narx shakllantiruvchi komponentlarni hisobga olgan holda tanlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizomga muvofiq aniqlangan pudrat ishlari (xizmatlar) qiymati ushbu qurilish obyekti bo‘yicha tanlov savdolari (tender) o‘tkazgan tanlov komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi obyektlar markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qo‘yilmalari) hisobiga qurilganda ikkinchi yilga (va keyingi yillarga) qurilishning shartnomaviy joriy narxi aniqlashtirilishi ustidan doimiy monitoringni amalga oshiradilar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Nizomga rioya etilishi va obyekt qurilishining keyingi yillari uchun shartnomaviy narxlar to‘g‘ri aniqlanishi uchun javobgarlik qonunchilikka muvofiq pudrat shartnomasi (kontrakt) tuzgan buyurtmachi bilan pudratchi tashkilotlar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zaro hisob-kitob qilishda narxni shakllantiruvchi asosiy omillar va boshqa hisoblab chiqiladigan ko‘rsatkichlar asossiz qo‘llanilishi natijasida ikkinchi yilga va keyingi yillarga obyektlar qurilishi qiymati oshirib yuborilishi hollari aniqlangan taqdirda oshirib yuborilgan summa qonunchilikda belgilangan tartibda respublika budjetida tiklanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 11-iyundagi
261-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga 8-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 9-modda) “Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar” 1.5-kichik bo‘limiga quyidagi mazmundagi 1.5.10-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1.5.10. Obyektlarni davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga qurishda qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish bilan bog‘liq xarajatlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20-dekabrdagi 532-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarni davlat mablag‘lari va Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi Nizomning (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 12-son, 70-modda) I bo‘limiga quyidagi mazmundagi 6-1-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6-1. Obyektlarni davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug‘urta qilish xarajatlarini obyekt qurilishining umumiy qiymatiga kiritgan holda amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 5-avgustdagi 305-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 8-son, 48-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mazkur band birinchi xatboshining amal qilishi ular bo‘yicha shartnomalar (kontraktlar) tanlov savdolari (tenderlar) natijalariga ko‘ra tuzilgan qurilish obyektlariga tatbiq etilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorga 4-ilova (Obyektlar qurilishini loyihalash hujjatlarini ishlab chiqish bilan ayni bir vaqtda amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom)ning 15-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 11-son, 88-modda; 2010-y., 17-son, 130-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)