Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2021 15.03.2012 yildagi X-291/3-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati Nishon tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni 17- va 22-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Nizomi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-sonli qaroriga asosan ishga joylashishga muhtoj, kasbga ega boʻlmagan yoshlarni, shuningdek ish bilan band boʻlmagan va ishsiz aholini haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining ishga joylashishga muhtoj ish bilan band boʻlmagan aholining (kasbga ega boʻlmagan yoshlarni) bandligini taʼminlash hamda tumanning qishloq xoʻjaligi, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga koʻmaklashishni tashkil etish yuzasidan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida 2012-yil mobaynida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarni korxona, tashkilot va muassasalarda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish va jamoat ishlariga yoʻnaltiriladigan ishsizlar soni 1-ilovaga, jamoat ishlarini tashkil etish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Haq toʻlanadigan ishlarni bajarish uchun yuborilgan shaxslarga korxonalarda amalda boʻlgan stavkalar va lavozim maoshlaridan (ishbay narxlar)dan kelib chiqqan holda, amalda bajarilgan ish uchun, ammo amalda ishlagan vaqt uchun ishsizlik boʻyicha nafaqa miqdorining 15 foizga koʻpaytirilganidan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi toʻlanadi agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari davlat hokimiyati organlariga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — ellik foizni ish beruvchilar mablagʻlari va ellik foizi mahalliy budjet hamda Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlar boʻyicha — yetmish besh foizni ish beruvchilar mablagʻlari va yigirma besh foizi Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Nizomning 25-bandiga muvofiq aholini ish bilan taʼminlashda noqulay vaziyatlar bilan bogʻliq istisno xollarda, shuningdek haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga quyidagi miqdorlarda qoplanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi davlat hokimiyati mulki boʻlgan korxonalarda, xoʻjalik hisobidagi korxonalardan tashqari mehnatga haq toʻlash xarajatlarining yetmish besh foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa korxonalarda — mehnatga haq toʻlash uchun xarajatlarni koʻpi bilan ellik foizi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar, pensionyerlar va nogironlarning uyiga borib ijtimoiy xizmat koʻrsatish boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etilgan, tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida roʻyxatga olingan ishsiz fuqarolarga ish haqi toʻlash xarajatlari toʻliq Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarning kasb mahorati, tajribasi, yoshi, jinsi va boshqa xususiyatlarini hamda jamoat ishlarini tashkil etayotgan tegishli korxona, tashkilot va muassasalardagi ishning turli, zaruriy mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori M. Azizov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini taʼminlash xokimning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Z. Baratovga yuklatilib, umumiy nazorat oʻz zimmamda qoldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi v. b. PINNAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nishon t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X-291/3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nishon tuman hokimining 2012-yil 15-martdagi X-291/3-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nishon tumanida 2012-yilda haq toʻlanadigan jamoat ishlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎ Korxona va tashkilot nomi‎ Jalb qilinadiganlar soni (kishi)‎ Ish turlari‎ Ish mazmuni‎ Tashkil qilish davri‎
1.‎ Nishon‎ tuman Obodonlashtirish boshqarmasi 20‎ Shahar, posyolkalar, qishloq xoʻjaligi kooperativ (shirkat) xoʻjaligi va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari, dam olish zonalari, korxonalarni obodonlashtirish Irrigatsiya tarmoqlarini yotqizish va tozalash, hududlarni tozalash, qish‎ki yigʻishtirishlar: supurish yoki qor kurash, yaxmalakni yoʻq qilish, qorni va qor-muzni koʻchirish, yozgi yigʻishtirish: hududlarni supurish va axlatlarni toʻplash; hovli-joy hududini qoʻl bilan yigʻishtirish: namlab supurish va zinapoya atrofini yuvish, derazalarni yuvish, dahlizga chiqishdagi maydonchani supurish va yuvish, ishlab chiqarish hududlarini, yoʻllarni, aylanma koʻprik va quvrlarni tozalash va qurish; hududlarni koʻkalamzorlashtirish; oʻtkazilgan daraxtlarni parvarish qilish
‎(sugʻorish, shakl berish, organik va maʼdanli oʻgʻitlar bilan qoʻshimcha oziqlantirish); elektr taʼminoti obyektlari bilan bogʻliq boʻlgan ishlar (elektr taʼminoti obyektlari (suv quvurlarini qurish va ulardan foydalanish); dam olish zonalarini obodonlashtirish (park zonalarini koʻkalamzorlashtirish)
Yil
‎davomida‎
2.‎ Tolimarjon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi 20‎
3.‎ Tumandagi fermer xoʻjaliklarida‎ 128‎ Agrosanoat kompleksidagi mavsumiy ishlar‎ Mavsumiy qishloq xoʻjaligi ishlari (meva-sabzavot mahsulotlarini yigʻishtirish, paxta terish, oʻtash, ozuqa tayyorlash, mol boqish va boshqalar) Yil
‎davomida‎
4.‎ Tumandagi MMTP, MChJ, kichik va xususiy korxonalarda 35‎ Toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzib ishlaydigan ishlar, ikkilamchi xomashyolarni tayyorlash va topshirish boʻyicha ishlar, qurilish-montaj ishlari, yuk ortish-tushirish ishlari, xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar. Aholidan shisha idishlar qabul qilish, tashib va koʻtarib yuriladigan savdo, sport va tomosha tadbirlariga xizmat koʻrsatish (chiptalar) bukletlar, salqin ichimliklar, muzqaymoq va shu kabilar)ni tarqatish, makulatura, ishlatilgan shinalar, ikkilamchi polimyerlar, ikkilamchi metall buyumlarini toʻplash va shu kabilar, bolalar maydonchalari va sport obyektlar, choʻmilish hovuzlari, maktablar, kasalxonalar va boshqa obyektlar qurilishi. Yil
‎davomida‎‏ ‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nishon tuman hokimining 2012-yil 15-martdagi X-291/3-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan va ishsiz deb eʼtirof etilgan fuqarolarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish boʻyicha ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.‎ I. M. Pinnayev‎ Tuman hokimi vazifasini vaqtincha ‎bajaruvchi, ishchi guruhi rahbari ‎
‎ ‎ ‎
2.‎ Z. Z. Baratov‎ Tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish
‎masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
‎ ‎ ‎
‎

‎Ishchi guruhi aʼzolari‎‎‎ ‎ ‎

‎
‎ ‎ ‎
3.‎ O. B. Joʻrayeva‎ Tuman hokimining oʻrinbosari, tuman ‎xotin-qizlar qoʻmitasi raisi‎
‎ ‎ ‎
4.‎ M. M. Hamrayev‎ Tuman hokimligi tashkiliy nazorat ‎guruhi rahbari‎
‎ ‎ ‎
5.‎ O. S. Boymirov‎ Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi‎ boshligʻi‎
‎ ‎ ‎
6.‎ M. Azizov‎ Tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy
‎muhofaza qilish markazi direktori
‎ ‎ ‎
7.‎ B. Qurbonov‎ Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi‎ boshligʻi‎
‎ ‎ ‎
8.‎ I. Karimov‎ Tolimarjon shahar obodonlashtirish ‎boshqarmasi boshligʻi‎
‎ ‎ ‎
9.‎ A. Qobilov “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman ‎boʻlinmasi raisi
‎ ‎ ‎
10.‎ Q. Bozorov‎ “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ‎Nishon tuman boʻlimi
‎Kengashi raisi
‎ ‎ ‎
‎ ‎ Tumandagi qishloq va mahalla fuqarolar ‎yigʻini raislari. ‎‎