Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2021 05.05.2012 yildagi 498-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati Termiz shahar hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2003 YIL 31 YaNVARDAGI 54-SONLI QARORIGA ASOSAN TUMAN HUDUDIDAGI BARChA YuRIDIK VA JISMONIY ShAXSLARGA TEGIShLI BOʻLGAN AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI 2012 YILDA MAJBURIY TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining 2021-yil 6-iyuldagi VI-29-26-8-0-K/21-sonli “Surxondaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2021-yil 8-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Nizomiga hamda viloyat hokimligining 2012-yil 10-fevraldagi 03-05/004-sonli yigʻilish bayoniga asosan, shahar hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtomototransport vositalarini 2012-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asoslanib qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shahar hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan xorijiy yuridik na jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (DYXXX) organlaridan roʻyxatdan oʻtkazilgan avtomototransport vositalari 2012-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shahardagi avtobuslar, mikroavtobuslar, avtomobillar, mototsikllar va tirkama ulamalarni davlat texnik koʻrigidan oʻtkazish shahar Ichki ishlar boʻlimi (S. Ishanqulov) va shahar Mudofaa ishlar boʻlimi (N. Niyozov)lar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur texnik koʻrikdan oʻtkazishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mulkchilik shakli va sigʻimidan qatʼi nazar, yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi transport vositalarining majburiy texnik koʻrigi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi marta 1-martdan 31-iyungacha ikkinchi marta 1-sentabrdan 31-oktabrgacha oʻtkazilishi tashkillashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalar, muassasalar, xususiy korxonalardagi mavjud avtobuslar, mikroavtobuslar, avtomashinalar, mototsikllar va tegishli ulov vositalari 1-martdan 30-iyungacha texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar fuqarolariga tegishli boʻlgan barcha turdagi, shaxsiy transport vositalari 1-yanvardan 31-avgustga qadar texnik koʻrikdan oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan transport vositalari texnik koʻrikdan oʻtish uchun muddatidan oldin belgilangan tartibda rioya qilingan holda taqdim qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Texnik koʻrikdan oʻtkazishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha transport vositalarining texnik holatini tekshirishda ularni tayyorlagan zavod koʻrsatmalariga asosan ishlatish qoida qoʻllanmalariga har bir harakatlanish qismini talabga javob berilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona va tashkilot rahbarlaridan yoʻl harakati qoidalarida koʻrsatilganidek transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlarga asosan texnik soz holda taʼminlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus mashinalar harakatlanuvchi taʼmirlash va tuzatish ustaxonalarining jihozlanganligiga alohida eʼtibor qaratish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2012-yilda texnik koʻrikni uyushqoqlik bilan sifatli oʻtkazish maqsadida, shahar hokimining yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash komissiyasi tuzilsin. Komissiya aʼzolarining tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shahar Ichki ishlar boʻlimi (S. Ishonqulov)ga har bir korxona tashkilot va muassasalarda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazilishi boʻyicha 2-ilovaga* asosan tasdiqlangan reja jadvalini tashkilot rahbarlariga yetkazish hamda oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1, 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shahar “Avtomotohavaskor” jamiyat (A. Jumayev) Oʻzbekiston Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilot (Xoliyorov) shahar Ichki ishlar boʻlimining yoʻl harakat xavfsizligi boʻlinmasi (X. Xudoynazarov) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi avtomototransport vositalarini va shahar elektr transport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan yoʻlovchilar tashish bilan shugʻullanuvchi transport vositalari haydovchilarini bir yilda bir marta yoʻl harakati qoidalari va yoʻl harakati xavfsizligi fanidan 30 soatlik dastur asosida mashgʻulot oʻtishlari uchun shart-sharoitlar yaratilgan holda toʻliq jalb etishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shahardagi har bir tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari hamda shaxsiy avtomashina egalari zimmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtoulovlarni texnik pasporti bilan birgalikda texnik koʻrikdan oʻtkazilishini, ularning texnik jihatdan sozligini va oʻz vaqtida reja jadval asosida koʻrikdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona, tashkilot va muassasa rahbarlariga alohida tartib oʻrnatish va xalq xoʻjaligi hisobida boʻlgan ishga yaroqsiz tiklanmaydigan mashinalarni hisobdan chiqarish choralarini texnik koʻrikka qadar koʻrib chiqish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-sonli “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorining 3-bandi talablaridan kelib chiqib, shahar Mudofaa ishlar boʻlimi, Ichki ishlar boʻlimi transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻz yuqori tashkilotlarining qarori va ish reja asosida amalga oshirishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Shahar Ichki ishlar boʻlimi (S. Ishanqulov)ga texnik koʻrikdan oʻtkazish sharti boʻyicha tegishli tartibda shahar hokimligi yigʻilish muhokamasiga kiritish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shaharda mototsikllar, tirkama-ulamalar, hamda shaxsiy transport vositalaridan tushadigan majburiy sugʻurta badalini undirish sugʻurta tashkilotlari rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shahar hokimining 2012-yil 20-fevraldagi 208-sonli qarori bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʻrinbosari (R. Ishbayev) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim N. SOATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
498-son