Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-sonli “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2018-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 28-fevraldagi PQ-294-son qarori talablarini bajarish va Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash tartibini, shu jumladan yoʻlovchi tashishda qatnashuvchi haydovchilar tarkibini tayyorlash va oʻqitish qoidalarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni oʻtkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Respublika mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining markaziy kengashi, Oʻzbekiston avtomotohavaskorlar jamiyati, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi tarkibidagi hamda mulkchilikning barcha shakllaridagi haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻquv yurtlari oʻz faoliyatini mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlar talablariga muvofiqlashtirsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
4. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda:
haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi barcha oʻquv yurtlari faoliyatini oʻrnatilgan yagona talab va tartiblar asosida muvofiqlashtirib borsin;
ikki oy muddatda haydovchilikka nomzodlar oʻquv yurtini tugatganligini tasdiqlovchi guvohnomaning yagona namunasini ishlab chiqib tasdiqlasin va barcha oʻquv yurtlarini buyurtmalar asosida taʼminlasin;
uch oy muddatda oʻquv yurtlari oʻquv va moddiy negizining namunaviy normativlarini hamda ularga doir uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda haydovchi va haydovchilikka nomzodlarni transport vositalarini boshqarishga yaroqliligini tekshirish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi va muddatini mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqsin va takomillashtirish choralarini amalga oshirsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
uch oy muddatda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasining xalqaro talablarga mos boʻlgan takomillashtirilgan yangi namunasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin;
haydovchilik guvohnomalari toʻgʻrisidagi yagona elektron maʼlumotlar bankini yuritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash (malakasini oshirish), imtihondan oʻtkazish va ularga milliy haydovchilik guvohnomalari berish tartibi toʻgʻrisida” 1998-yil 19-oktabrdagi 445-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, shuningdek qarorga 1- va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov va Ichki ishlar vaziri B.A. Matlyubov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 2-avgust,
156-son
Oʻzbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish va ularni oʻtkazish, haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish, shuningdek Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda DYHXX deb ataladi) boʻlinmalarida imtihonlarni oʻtkazish hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
2. Barcha transport vositalari oʻz turi, vazifasi va boshqarilish xususiyatlariga koʻra “A”, “V”, “S”, “D” va “E” toifalariga hamda tramvay va trolleybuslarga boʻlinadi. Ularni boshqarish uchun berilgan haydovchilik guvohnomasining tegishli katagida ruxsat beruvchi yoki transport vositasining toifasi yozilgan belgi qoʻyiladi.
3. Haydovchilik guvohnomasining “A”, “V”, “S”, “D” va “E” katagida ruxsat beruvchi belgisi boʻlgan shaxslar quyidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega:
“A” — mototsikl, motoroller, motochana va boshqa mototransport vositalarini;
“V” — ruxsat etilgan toʻla vazni 3500 kilogrammdan yoki haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan ortiq boʻlmagan, shuningdek ular bazasida ishlab chiqarilgan qoʻl bilan boshqariladigan avtomobillarni;
“S” — ruxsat etilgan toʻla vazni 3500 kilogrammdan ortiq boʻlgan yuk avtomobillarini;
“D” — yoʻlovchi tashishga moʻljallangan, haydovchi oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan ortiq boʻlgan avtomobillarni;
“E” — “V”, “S”, “D” toifali tirkamali avtomobillarni.
Tramvay haydovchisiga faqat tramvay, trolleybus haydovchisiga faqat trolleybus boshqarishga ruxsat etiladi.
Yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan avtomobillarga avtobuslar, tegishli oʻrindiqlarga ega boʻlgan mikroavtobuslar, ishlab chiqaruvchi zavodda seriyali tayyorlangan yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan yuk avtomobillarining shassisidagi avtofurgonlar, shuningdek, yoʻlovchilar tashish uchun jihozlangan yuk avtomobillari kiradi.
4. Haydovchilar “V”, “S” va “D” toifasidagi transport vositalarini ruxsat etilgan toʻla vazni 750 kilogrammdan koʻp boʻlmagan tirkama bilan ham boshqarishlari mumkin.
5. Haydovchilar “V”, “S” va “D” toifasidagi transport vositalarini toʻla vazni 750 kilogrammdan ortiq boʻlgan tirkama bilan, shuningdek boʻgʻimli avtobuslarni boshqarishlari uchun haydovchilik guvohnomasida “E” toifasini boshqarishga ruxsati boʻlishi shart.
Agar tirkamaning ruxsat berilgan eng koʻp massasi “V” toifaga tegishli boʻlgan jihozlangan avtomobilning massasidan ortiq boʻlmasa, transport vositalari bunday tarkibining ruxsat berilgan eng koʻp massasi esa 3500 kilogrammdan ortiq boʻlmasa, u holda bunday vositani boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasida “V” ustunida ruxsat beruvchi belgi qayd etilishi yetarlidir.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
II. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalariga qoʻyiladigan talablar va ushbu muassasalarni hisobga olish
(II boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
6. Davlat taʼlim muassasasi haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha oʻz faoliyati boshlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda YHXBB deb ataladi)ning xulosasini oladi. Davlat taʼlim muassasasi YHXBBga oʻzi qarashli boʻlgan davlat organi orqali belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Xulosa chiqarilgunga qadar YHXBB qarori asosida tekshiruv komissiyasi tomonidan haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasasining moddiy-texnika va oʻquv-metodik bazasi har tomonlama koʻrikdan oʻtkaziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
7. Tekshiruv komissiyasi tarkibi hududiy Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda YHXB), hokimliklar, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari qoshidagi harakat xavfsizligi komissiyasi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining hududiy boʻlinmalari vakillaridan iborat boʻladi.
Komissiya ishiga haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi boshqa mutaxassislar, shu jumladan boshqa taʼlim muassasalarining oʻqituvchilari, shuningdek tasarrufida taʼlim muassasasi boʻlgan vazirliklar va idoralar vakillari ham jalb qilinishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
8. Komissiya tomonidan tekshirilayotgan taʼlim muassasasining quyidagi talablarga javob berishi oʻrganib chiqiladi:
kamida 48 kv.m. maydonga ega boʻlgan oʻquv xonalari mavjudligi, qishda isitilishi va yoritilganligi;
oʻquv transport vositalarini saqlash uchun maydoncha va ularni tuzatish uchun alohida usti yopiq joy mavjudligi;
oʻquv xonalari moddiy-texnika bazasining Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq taʼminlanganligi;
taʼlim muassasasining ish rejasiga kiritilgan avtomobilni boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni toʻliq oʻtkazish uchun yetarli darajada yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlanganligi;
muhandis-pedagoglar, instruktorlar hamda ishlab chiqarish ustalarining maʼlumoti va bilim darajasi, shuningdek oʻquv xonalarining haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash darslarini oʻtkazishga tayyorligi;
haydovchilikka nomzodlarga amaliy boshqarishni oʻrgatish uchun belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan yopiq maydoncha, avtodrom mavjudligi yoki undan foydalanish toʻgʻrisida shartnoma borligi;
oʻquv transport vositalarining texnik holati, ularning qoʻshimcha tepki (pedal)lari hamda taniqlik belgilari bilan jihozlanganligi va boshqa masalalar.
Taʼlim muassasasining unga mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan oʻquv xonalari, ulardagi jihozlar va mashq avtomobillaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
9. Taʼlim muassasasining ushbu Nizom talablariga muvofiqligi oʻrganib chiqilishi yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi va hududiy YHXB boshligʻi tomonidan tasdiqlanib, YHXBBga taqdim etiladi.
Dalolatnoma toʻrt nusxada tuziladi va hududiy YHXBda, roʻyxatdan oʻtkazish-imtihon boʻlimida (keyingi oʻrinlarda RIB deb ataladi) yoki YHXBBning tumanlararo RIBlarida (keyingi oʻrinlarda TRIB deb ataladi), Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalarida hamda taʼlim muassasasining oʻzida saqlanadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
10. Komissiya qarori natijalari boʻyicha YHXBB xulosa chiqaradi. Ushbu xulosa ikki nusxada tuziladi.
YHXBB tomonidan davlat taʼlim muassasasiga berilgan hujjatning birinchi nusxasi hisobga qoʻyish uchun hududiy YHXBga yuboriladi. Ikkinchi nusxasi tasarrufida taʼlim muassasasi boʻlgan davlat organiga yuboriladi.
Taʼlim muassasalarini hududiy YHXBlarda hisobga qoʻyish taʼlim muassasasining nomi, manzili, bank rekvizitlari, ustavni tasdiqlash (roʻyxatdan oʻtkazish) toʻgʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori raqami, tayyorlanadigan haydovchilarning toifalari koʻrsatilgan holda alohida jurnalda yuritiladi.
Taʼlim muassasalarini hisobga olish jurnali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi va belgilangan muddatlar mobaynida hududiy YHXBda saqlanishi kerak.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
11. Taʼlim muassasalari rahbarlari hududiy YHXB bilan oʻquv guruhlarining sonini, nazariy va amaliy mashgʻulotlarning boshlanishini va oʻqish muddatini kelishib oladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
12. Transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash guruhlarida nomzodlar soni 25 kishidan ziyod boʻlmasligi kerak.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
13. Oʻquv guruhlarining roʻyxati mashgʻulotlar boshlanishidan avval hududiy YHXBga taqdim etiladi. Roʻyxat RIB (TRIB) tomonidan oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish kitobida qayd etiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
14. Hududiy YHXBga belgilangan tartibda hisobga olingan taʼlim muassasalarining oʻquv moddiy-texnika bazasi va faoliyati har yili kamida bir marta atroflicha, har bir oʻquv guruhlarining oʻquv jarayoni esa har oyda kamida bir marta tekshiriladi. Tekshiruv natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzilib, ish faoliyatida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan kelayotgan taʼlim muassasalariga taqdimnoma yuboriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
15. Agar taʼlim muassasasi koʻrsatmada koʻrsatilgan muddat mobaynida kamchiliklarni bartaraf etmasa, ushbu taʼlim muassasalarining yangi oʻquv guruhlarini YHXB RIB (TRIB)da roʻyxatdan oʻtkazish toʻxtatiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
16. Yangi oʻquv guruhlarini roʻyxatdan oʻtkazish koʻrsatmada koʻrsatilgan kamchiliklar taʼlim muassasasi tomonidan bartaraf etilgandan keyin tiklanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda).
17. Hududiy YHXB RIB (TRIB)larida haydovchilar tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalari boʻyicha nazorat-kuzatuv jildi yuritiladi. Unga taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasi, oʻquv avtomobillarining roʻyxati, amaliy mashgʻulot oʻtkaziladigan yoʻnalishli xaritasining nusxasi, oʻquv guruhlarini tekshirish haqidagi maʼlumotlar, tekshirish dalolatnomalari, yil davomida amalga oshirilgan ishlarning tahlili va boshqalar tikib boriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
III. Davlat harakati xavfsizligi xizmatida imtihonlarga va
transport vositalarini boshqarishga ruxsat berish tartibi
transport vositalarini boshqarishga ruxsat berish tartibi
18. “A”, “V” va “S” toifalardagi avtomototransport vositalarini, shuningdek tramvaylar va trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olishni istagan shaxslar tayyorgarlikdan oʻtishlari kerak, “D” va “E” toifali avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olishni istagan shaxslar esa YHXBB bilan kelishilgan hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlovchi taʼlim muassasalarida qayta tayyorgarlikdan oʻtishlari shart.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
19. Haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqarolar doimiy yoki vaqtinchalik turar joylaridagi, majburiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilar esa xizmat joylaridagi hududiy YHXB RIB (TRIB)larida topshiradilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
20. Alohida holatlarda (favqulodda holatlar yuz bergan vaqtda, taʼlim muassasalari olish joylaridan uzoq masofada joylashgan hududlarda va hokazo), istisno tariqasida, qabul qilish joyi yoki muddati YHXB rahbariyati tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
21. “A”, “V”, “S” va “D” toifalaridagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalari hududiy YHXB RIB (TRIB)larida nazariy va amaliy imtihonlarni, tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalari esa nazariy imtihonlarni topshirgan shaxslarga beriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
22. “V” yoki “VD” toifali transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan shaxslardan “S” toifali haydovchilarni qayta tayyorlashda, “V”, “S”, “VS” toifali transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlgan shaxslardan “D” toifasiga haydovchilarni qayta tayyorlashda nazariy va amaliy imtihonlar topshiriladi. Haydovchilarni “E” toifasiga qayta tayyorlashda faqat amaliy imtihon topshiriladi.
Shaxs, agar transport vositasini oxirgi uch yil mobaynida boshqargan boʻlsa, “D” toifasiga qayta tayyorlashga va imtihonlar topshirishga qoʻyiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
23. Nazariy imtihonda imtihon topshiruvchining yoʻl harakati qoidalari va oʻquv dasturida nazarda tutilgan fanlar boʻyicha bilimi tekshiriladi.
24. Amaliy imtihonda qaysi toifali transport vositasini boshqarish huquqini berish uchun olinayotgan boʻlsa, topshiruvchining faqat shu toifadagi transport vositasini boshqarish boʻyicha malakasi tekshiriladi.
25. Amaliy imtihonlar taʼlim muassasasi tomonidan taqdim etilgan tegishli toifadagi transport vositasida olinadi. Bunda “D” toifali transport vositasida imtihon olish oʻrta (uzunligi 8,0-9,5 m.) yoki katta sigʻimli (uzunligi 10,5-12,0 m.) avtobuslarda oʻtkaziladi.
Amaliy olinadigan transport vositalarining texnik holati hududiy YHXB ning oluvchi xodimi tomonidan koʻzdan kechirilib, belgilangan talabga javob berishi tekshirilishi kerak.
Tramvay va trolleybus haydovchiligiga oʻqiyotgan shaxslardan amaliy imtihonlar olishda hududiy YHXB RIB (TRIB)lari xodimi qatnashishi shart.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
26. Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarini kasbiy yoʻnalishi avtomototransport haydovchilarini tayyorlash uchun tasdiqlangan yagona oʻquv dasturiga kiritilgan fanlarni toʻliq oʻqitilishini taqozo etgan ixtisosliklar boʻyicha tugatgan shaxslarga “V” yoki “VS” toifali guvohnomasini olish uchun imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
27. Oʻquv muddati yakunida mototransportni boshqarishni oʻrganuvchi 16 yoshga; yengil va yuk avtomobillarini boshqarishni oʻrganuvchi 18 yoshga; tramvay, trolleybus, avtobuslar va mikroavtobuslarni boshqarishni oʻrganuvchi 21 yoshga toʻlgan shaxslarga hududiy YHXB RIB (TRIB)da topshirishga ruxsat etiladi. Ushbu Nizomning 56-bandida koʻrsatilgan holat bundan mustasno.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
28. Maxsus tovushli va yorugʻlik signallari bilan jihozlangan yoki xavfli yuklarni tashiydigan transport vositalarini boshqarish uchun oxirgi uch yil, shuningdek, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishda qatnaydigan avtobuslarni va mikroavtobuslarni boshqarish uchun oxirgi besh yil mobaynida tegishli toifadagi transport vositalarida haydovchi boʻlib ishlagan shaxslarga ruxsat etiladi.
Tijorat asosida yoʻlovchilarga transport xizmati koʻrsatish uchun yengil avtomobillarni boshqarishga ruxsat transport vositalarini oxirgi uch yil mobaynida uzluksiz boshqargan shaxslarga beriladi. Ularning faoliyati muddatini belgilashda mehnat daftarchasidan koʻchirma, avtotransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma, ijara shartnomasi yoki ishonchnoma asos boʻladi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
29. “S” yoki “D” toifalarga oid transport vositalarini boshqarish uchun boʻlgan ayollarga yuk avtomobillarini yoki avtobuslarni boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tomonidan belgilangan maʼlum cheklashlar (avtomobillarning yuk koʻtarishi 2,5 tonnadan, avtobusda yoʻlovchilarning soni 14 kishidan oshmasligi kerak) asosida ruxsat etiladi.
30. “SE” va “DE” toifalardagi transport vositalari tarkiblarini boshqarish huquqi oxirgi ikki yil mobaynida tegishli toifalardagi transport vositalarini boshqarishning uzluksiz haydovchilik stajiga ega boʻlgan va taʼlim muassasasida qayta tayyorgarlikdan oʻtgan hamda hududiy YHXBning RIB (TRIB)da amaliy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.
“DE” toifasidagi transport vositalari tarkibini boshqarish huquqini olish uchun “D” toifasiga ega boʻlgan haydovchilardan amaliy imtihonlar boʻgʻimli avtobuslarda olinadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
31. “D” toifasidagi transport vositasini boshqarish huquqi oxirgi uch yil mobaynida “V” yoki “S” toifasidagi transport vositalarini boshqarishning uzluksiz haydovchilik stajiga ega boʻlgan, taʼlim muassasalarida qayta tayyorgarlikdan oʻtgan hamda hududiy YHXBning RIB (TRIB)da nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
311. Tijorat asosida yoʻlovchilar tashish boʻyicha transport xizmatlari koʻrsatadigan, haydovchining oʻrnidan tashqari toʻrttadan ortiq oʻtirish oʻrinlariga ega boʻlgan, biroq “D” toifasiga tegishli boʻlmagan yengil avtomobillarni boshqarishga oxirgi besh yil mobaynida tegishli toifali avtotransport vositalarini uzluksiz boshqargan haydovchilar qoʻyiladilar.
Shaharlararo va xalqaro yoʻnalishda yoʻlovchilar tashiydigan avtobuslar va mikroavtobuslarni boshqarishga oxirgi besh yil mobaynida “D” toifali avtotransport vositalarini uzluksiz boshqargan haydovchilar qoʻyiladi.
(311-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
32. Har qanday transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi boʻlgan shaxslar, 12 oydan koʻp vaqt transport vositasini boshqarmagan boʻlsalar, ish beruvchi tomonidan ular hududiy YHXB RIB (TRIB)lariga nazariy va amaliy topshirish uchun yuboriladi. Imtihonlarni ijobiy topshirgan shaxslar tashkilotlarda kamida 30 soatlik amaliy boshqarish boʻyicha koʻnikma (stajirovka)dan oʻtganidan keyin, ularga transport vositalarini mustaqil boshqarishiga ruxsat etiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
33. Agar tramvay yoki trolleybus haydovchilari 12 oydan koʻp vaqt shu toifali transport vositalarida haydovchi sifatida ishlamagan boʻlsalar, DYHXX RIB (TRIB)larda nazariy, tashkilot attestatsiya komissiyasi tomonidan ularning kasbiy bilimi va boshqarish tajribasi tekshirilib, amaliy imtihon olingandan soʻng, belgilangan yoʻnalishlarda (70—140 soatlik) amaliy boshqaruvdan oʻtganlaridan keyingina tramvay yoki trolleybusni mustaqil boshqarishlariga ruxsat etiladi.
34. Avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan haydovchilar yuridik shaxslarda belgilangan muddat va yoʻnalishlarda (“D” toifali transport vositalarida haydovchilik tajribasiga ega boʻlgan haydovchilar uchun — 60 soat, haydovchilik tajribasiga ega boʻlmagan haydovchilar uchun — 224 soat) amaliy boshqaruvdan oʻtganlaridan keyingina tegishli toifadagi avtomobillarni mustaqil boshqarishlariga ruxsat etiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
35. Barcha transport vositalari haydovchilari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan muddatda, tijorat asosida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanuvchi haydovchilar esa bir yilda bir marta majburiy ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart.
36. Agar hududiy YHXB organlari yoki transport tashkilotlaridagi mansabdor shaxslarda haydovchining sogʻligʻiga nisbatan shubha tugʻilgan boʻlsa, unga belgilangan muddatdan oldin kasbiga layoqati boʻyicha tibbiy koʻrikdan qayta oʻtish uchun yoʻllanma berilishi mumkin.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
37. Agar haydovchi kasbiga layoqati boʻyicha tibbiy koʻrikdan qayta oʻtishdan boʻyin tovlasa yoki u tibbiy komissiya tomonidan transport vositalarini boshqarishga noloyiq deb topilsa unga doir hujjatlar hududiy YHXB xodimi tomonidan, belgilangan tartibda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish masalasini koʻrib chiqish uchun sud idoralariga yuboriladi.
Haydovchini tibbiy koʻrikdan qayta oʻtkazish haqida qaror hududiy YHXB boʻlinmalarining boshligʻi yoki guruhlarining katta inspektori, ular boʻlmaganida esa ichki ishlar boʻlimi boshligʻi yoki uning oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
38. Haydovchilarni transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilinadi. Transport vositalarini mast holda boshqarganligi uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilingan shaxslar, haydovchilik guvohnomasini olish uchun mahrum qilish muddatidan qatʼi nazar, majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishlari hamda nazariy va amaliy topshirishlari lozim.
Bu holda imtihon komissiyasining qaroriga muvofiq haydovchilikdan mahrum qilingan boshqarish huquqiga oid biror toifa boʻyicha, “D” toifasi mavjud boʻlgan holatlarda aynan “D” toifa boʻyicha amaliy imtihon olinadi.
39. Birinchi marotaba haydovchilik guvohnomalarini olish uchun murojaat qilgan barcha xorijiy fuqarolarga haydovchilik guvohnomalarini berish ushbu Nizomda nazarda tutilgan umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi.
IV. Imtihonlarni oʻtkazish, haydovchilik guvohnomasi va uning talonini berish tartibi
40. Imtihonlarni qabul qilish va “A”, “V”, “S”, “D”, “E” toifalaridagi transport vositalarini, shuningdek, tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalarni berish hududiy YHXB RIB (TRIB)lari tomonidan amalga oshiriladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
41. Barcha toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni (tramvay, trolleybusdan tashqari) hududiy YHXB RIB (TRIB)larining komissiyalari qabul qiladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
42. Hududiy YHXBning RIB (TRIB) komissiyasi tarkibi kamida uch kishidan iborat boʻlishi kerak.
Komissiya tarkibiga:
hududiy YHXBning RIB (TRIB) boshligʻi (komissiya raisi);
taʼlim muassasalarining haydovchilar tayyorlash bilan shugʻullanuvchi oʻqituvchilari (imtihon topshirayotgan oʻquv guruhi oʻqituvchisi, shuningdek taʼlim muassasasidan bir nafardan ortiq oʻqituvchi jalb etilmasligi kerak), avtotransport korxonasi, mudofaa ishlari boʻlimi va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
43. Imtihon komissiyasi aʼzolari Yoʻl harakati qoidalarini va imtihon olish uslubini bilishi, amaliy va nazariy olayotganlar esa, bundan tashqari, boshqarish boʻyicha malakasi tekshirilayotgan toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlishi shart.
44. Oʻquv guruhlari mashgʻulotlari tugagandan soʻng haydovchilikka nomzodlarning oʻquv jarayonida dasturda koʻrsatilgan barcha fanlarni oʻzlashtirganliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hududiy YHXB RIB (TRIB) xodimi tomonidan tekshiriladi va ularning roʻyxati oldin taqdim etilgan roʻyxat bilan solishtiriladi, shundan keyin oʻsha xodimning imzosi bilan tasdiqlanadi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
45. Haydovchilik guvohnomasi va uning talonini olish uchun haydovchilikka nomzodlar hududiy YHXB RIB (TRIB)larga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
(45-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda) II.
a) tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish uchun dasturlar boʻyicha oʻqishni tugatganligi haqidagi guvohnomani (ushbu Nizom 26-bandida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari);
(45-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
b) diplom va oʻquv dasturidagi fanlarni oʻtganligi toʻgʻrisidagi diplom varaqasidan koʻchirmaning nusxalari (ushbu Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan shaxslar uchun);
(45-bandining “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
v) 3 x 4 sm (haydovchilikka nomzod fuqaro kiyimida suratga tushirilgan boʻlishi kerak) boʻlgan 2 dona fotosurat;
(45-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
g) sogʻligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
d) bank muassasalariga topshirish va haydovchilik guvohnomasini olish uchun toʻlovlar toʻlanganligi haqidagi toʻlov qogʻozi (toʻlovlar miqdori Oʻzbekiston Respublikasi IIV tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi);
e) taʼlim muassasasi tomonidan toʻldirib tasdiqlangan haydovchining imtihon varaqasi va fuqaroning pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat.
(45-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
46. Imtihonlar quyidagi tartibda oʻtkaziladi: avval — nazariy, keyin — amaliy.
Nazariy imtihon topshira olmagan shaxslar amaliy imtihonlarga qoʻyilmaydi.
47. Haydovchilikka nomzodlar, shuningdek haydovchilik guvohnomasini almashtirish va avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati tamom boʻlgandan keyin haydovchilik guvohnomasi dublikatini olish uchun imtihonlarga yuborilgan haydovchilar uchun takroriy imtihonlar oldingi imtihondan soʻng kamida oʻn kun oʻtgandan keyin oʻtkaziladi.
Ikkinchi marta imtihon sinovlaridan oʻtmagan shaxslar kamida besh soatdan iborat qoʻshimcha mashgʻulotlardan oʻtganlaridan soʻng (bu haqda taʼlim muassasasi tomonidan tegishli maʼlumotnoma beriladi) imtihon topshirishga qoʻyiladilar.
Olti oy mobaynida imtihon sinovlaridan oʻtmagan shaxslar belgilangan tartibda yana taʼlim muassasalarida tayyorlash va qayta tayyorlashdan oʻtishlari kerak, haydovchilik guvohnomasini almashtirish va avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati tamom boʻlgandan keyin haydovchilik guvohnomasi dublikatini olish uchun imtihonlarga yuborilgan haydovchilar bundan mustasno.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
48. Nazariy imtihonlarda olingan ijobiy baho 2 oy davomida haqiqiy deb hisoblanadi. Agar haydovchilikka nomzod ushbu muddatda amaliy imtihonlarni topshira olmasa, u yana qayta nazariy imtihonga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
50. Yoʻl harakati qoidalari va amaliy boshqarish boʻyicha natijalari haydovchining imtihon varaqasiga yoziladi hamda imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imtihonda qatnashgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va hududiy YHXB RIB (TRIB)lari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
51. Nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan shaxslarga mazkur bayonnoma asosida haydovchilik guvohnomasi va uning taloni yozib beriladi.
Haydovchilik guvohnomasi va uning taloni qayd etish kitobiga seriyasi va tartib raqamini oʻsishi boʻyicha yoziladi hamda imtihon varaqasiga qayd etiladi.
Haydovchilik guvohnomasi va uning talonidagi yozuvlar maxsus siyoh bilan yoki boshqa texnik vositalar bilan yoziladi.
52. Haydovchilik guvohnomasi va uning taloni berilishining asosliligi va toʻgʻri toʻldirilganligi imtihon komissiyasi raisi (RIB (TRIB)lar boshligʻi) tomonidan tekshirilib, imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Haydovchilik guvohnomasi va uning taloni berilganida shaxsning taʼlim muassasasini tamomlaganligi haqidagi guvohnomasiga haydovchilik guvohnomasi va talonining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi yozib qoʻyiladi.
(52-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
53. Haydovchilik guvohnomasidagi boshqarilishi ruxsat etilgan transport vositalari toifasi kataklariga lotin grafikasida “RUXSAT” va ingliz tilida “ENABLE” belgilari qoʻyiladi. Haydovchilik guvohnomasi va uning talonidagi boshqarilishiga ruxsat berilmagan transport vositalari toifasining kataklariga diagonali boʻyicha chiziq tortiladi.
54. Tramvay va trolleybuslarni boshqarish huquqiga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasini olishda “Alohida belgilar uchun” katagiga transport vositalarining tegishli toifasi koʻrsatilgan yozuvli tamgʻa qoʻyiladi.
55. Tibbiy komissiya tomonidan qayta tekshiruvdan oʻtish muddati belgilangan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini berishda “Alohida belgilar uchun” katagiga “Tibbiy maʼlumotnoma majburiy” degan muhr qoʻyiladi.
56. Mudofaa vazirligi tomonidan transport vositalari haydovchilari mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga jalb etilgan chaqiriluvchilar oʻqishni tugatganlaridan soʻng, 18 yoshga toʻlmagan boʻlsalarda, hududiy YHXB imtihonlariga kiritiladilar.
(56-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Ularga, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan soʻng, tegishli toifadagi (“V”, “S” yoki “VS”) transport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni beriladi.
Bunda “Alohida belgilar uchun” katagida uning egasi qaysi muddatdan (18 yoshga toʻlganidan keyin) avtomobil boshqarish huquqiga ega ekanligi koʻrsatiladi.
57. Haydovchilik guvohnomasi faqat uning egasiga beriladi. Mazkur shaxs pasportini yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni koʻrsatib, haydovchilik guvohnomasi va taloni beriladigan kitobga shaxsan imzo qoʻyadi.
Haydovchilik guvohnomasi vakolatnoma (ishonchnoma) bilan berilmaydi.
58. Ozodlikdan mahrum qilinib jazo muddatini oʻtayotgan, lekin transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinmagan shaxslarning haydovchilik guvohnomasi jazoni ijro etish muassasasi rahbariyatining iltimosnomasiga asosan (haydovchilik guvohnomasi saqlanayotgan) hududiy YHXB RIB (TRIB) tomonidan ushbu muassasaga yuborilishi mumkin.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
V. Haydovchilik guvohnomasi va uning talonini almashtirish
hamda yoʻqolganlari oʻrniga boshqasini berish tartibi
hamda yoʻqolganlari oʻrniga boshqasini berish tartibi
59. Haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni belgilangan tartibda ariza, eski haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni haydovchining imtihon varaqasi yoki haydovchilik guvohnomasini bergan hududiy YHXB tasdiqnomasi, tibbiy maʼlumotnoma hamda fuqaroning pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilganidan soʻng almashtiriladi.
Haydovchilik guvohnomasi almashtirilganida uning taloni almashtirilishi shart.
60. Transport vositalarini oxirgi 12 oy davomida boshqargan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari tegishli imtihonlarsiz almashtiriladi.
61. Quyidagilar transport vositalarini 12 oy mobaynida boshqarganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlib hisoblanishi mumkin:
a) ishlayotgan haydovchilar uchun mehnat daftarchasidan koʻchirma yoki ishlayotgan joyida unga biriktirilgan avtotransport turi koʻrsatilgan maʼlumotnoma (buyruqdan koʻchirma);
b) shaxsiy transport haydovchilari uchun ularga tegishli boʻlgan transport vositasining roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi qayd etish guvohnomasi;
v) ishonchnoma yoki ijara shartnomasi bilan avtomobil boshqargan shaxslar uchun avtomobil roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi qayd etish guvohnomasi va uni boshqarish uchun notarial idora tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma yoki ijara shartnomasi.
62. Transport vositasini oxirgi 12 oy davomida boshqarmagan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari nazariy va amaliy imtihon topshirganlaridan soʻng almashtiriladi.
Bunda bir necha toifadagi transport vositalarini boshqarishga ruxsati boʻlgan shaxslardan imtihon komissiyasining qaroriga koʻra “V” yoki “C” toifali transport vositasida, “D” toifali avtotransport vositasini boshqarish huquqi boʻlgan shaxslardan esa faqat “D” toifasidagi transport vositasida amaliy imtihon olinadi.
63. “C”, “VS”, “D”, “CD”, “CDE”, “CE”, “DE” toifalariga tegishli haydovchilik guvohnomalariga ega boʻlgan va oxirgi 12 oy mobaynida transport vositasini boshqarmagan, qoʻshimcha “A” yoki “V” toifalarini olish uchun murojaat qilgan shaxslarning haydovchilik guvohnomasini almashtirishda, ulardan nazariy imtihon hamda guvohnomada mavjud toifalardan bittasi boʻyicha (“D” toifali avtotransport vositasini boshqarish huquqi boʻlgan shaxslardan esa aynan “D” toifasidagi transport vositasi boʻyicha), shuningdek soʻralayotgan “A” yoki “V” toifadagi transport vositasi boʻyicha amaliy imtihon olinadi. Olingan barcha imtihonlar natijasi imtihon komissiyasi bayonnomasiga kiritiladi.
64. Eski namunadagi “V” “Yollanib ishlash huquqiga ega emas” toifali haydovchilik guvohnomasi “V” toifali haydovchilik guvohnomasiga nazariy va amaliy imtihon topshirilganidan soʻng almashtiriladi.
65. Bir necha toifali transport vositalarini boshqarishga ruxsati boʻlgan shaxs haydovchilik guvohnomasini almashtirishda oʻz xohishiga koʻra mavjud toifalardan birortasini yoki tibbiy koʻrik xulosasiga koʻra belgilangan toifalardan ruxsat etilganini olishi mumkin.
Bunda amaliy imtihon oʻz xohishi bilan qoldirgan (yoki tibbiy koʻrik xulosasiga koʻra ruxsat etilgan) transport vositasi toifasi boʻyicha olinadi va berilayotgan haydovchilik guvohnomasida faqat ushbu toifaga ruxsat belgisi qoʻyiladi. Haydovchining avval ega boʻlgan toifalarini qayta tiklash ushbu Nizomning 59-62-bandlaridagi talablarga muvofiq, uning arizasi asosida amalga oshiriladi.
66. Yaroqsiz holga kelgan haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni ushbu Nizomning 59-64-bandlariga muvofiq almashtiriladi.
67. Haydovchilik guvohnomasi almashtirilganda yangi berilayotgan guvohnomaning “Alohida belgilar uchun” ajratilgan katagiga birinchi marotaba olgan eski guvohnomaning seriyasi, tartib raqami va berilgan kuni yozib qoʻyiladi.
68. Tibbiy koʻrik maʼlumotnomasi va haydovchining imtihon varaqasi barcha rekvizitlar toʻldirilganidan soʻng yangi haydovchilik guvohnomasi bilan birga egasiga qaytarib beriladi.
69. Yoʻqolgan (oʻgʻirlangan, yongʻin, tabiiy ofat oqibatida va boshqa hollarda) haydovchilik guvohnomasi (yoki uning taloni) dublikati haydovchining arizasi, imtihon varaqasi, tibbiy maʼlumotnoma, zarur hollarda, oʻqishni tamomlaganligi haqidagi taʼlim muassasasining guvohnomasi yoki hududiy YHXB RIB (TRIB)larining tasdiqnomasi asosida beriladi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
70. Haydovchilik guvohnomasining dublikatini rasmiylashtirish davomida bir oy muddat bilan vaqtinchalik ruxsatnoma beriladi. Tasdiqlovchi hujjatlar olingunga qadar vaqtinchalik ruxsatnoma muddatini yana bir oygacha uzaytirish mumkin.
71. Istisno tariqasida, hududiy YHXB boshligʻining ruxsati bilan, yashash joyi oʻzgarishi, xizmat safari, davolanish va boshqa sabablarga koʻra Oʻzbekiston hududidan tashqariga chiqib ketayotgan fuqarolarga haydovchilik guvohnomalarining dublikatlari, hududiy YHXBning RIB (TRIB)lari kartotekalari boʻyicha qayta tekshiruvdan soʻng, mazkur Nizomning 70-bandida koʻrsatilgan muddatdan oldin yozib berilishi ham mumkin.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
72. Yoʻqolgan haydovchilik guvohnomasining dublikati nazariy va amaliy imtihonlar topshirilganidan hamda transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan haydovchilik guvohnomalari kartotekasi boʻyicha tekshirilganidan soʻng beriladi.
Oʻgʻirlangan, yongʻin, tabiiy ofat oqibatida va boshqa shu kabi sabablarga koʻra yoʻqolgan hamda daxldor vakolatli idoralarning hujjatlari bilan tasdiqlangan holatlar bundan mustasno.
73. Guvohnomaning dublikati rasmiylashtirilayotgan vaqtda berilgan vaqtinchalik ruxsatnoma alohida daftarga qayd etiladi va guvohnoma nusxasi berilgandan keyin ushbu ruxsatnoma asos boʻlgan hujjatlarga tikiladi.
74. Haydovchilik guvohnomasi oʻrniga dublikat guvohnoma berilganidan keyin, yoʻqolgan guvohnoma topilgan taqdirda, u haqiqiy emas deb hisoblanadi va hududiy YHXB RIB (TRIB)larga yoʻq qilib yuborish uchun topshirilishi kerak.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
75. Eski nusxadagi haydovchilik guvohnomalari yangi nusxadagi haydovchilik guvohnomalariga umumiy asoslarda almashtiriladi.
76. Uzluksiz haydovchilik mehnat faoliyati 10 yildan ortiq boʻlgan “VS” toifali haydovchilik guvohnomasi boʻlgan shaxslarning haydovchilik guvohnomasini “VSE” toifaga almashtirish “E” toifaga 10 soat tirkamali avtomobilda qoʻshimcha amaliy boshqarishni oʻtganliklari haqida taʼlim muassasalaridan berilgan maʼlumotnoma va haydovchining mehnat daftarchasidan koʻchirma asosida nazariy va amaliy imtihon topshirganlaridan soʻng amalga oshiriladi.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
77. Xalqaro haydovchilik guvohnomalari va Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/35/0606-son)
78. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar vakolatxonalari va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari boshliqlari va boshqa xodimlarining (diplomatik va maʼmuriy-texnik xodimlarning), shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob bermaydigan milliy haydovchilik guvohnomalari belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining YHXBBga murojaat qilish sharti bilan almashtiriladi. Xorijiy fuqarolarning ushbu toifasi haydovchilik guvohnomalari imtihonlar topshirilmasdan almashtiriladi.
Tegishli bitim mavjud boʻlgan taqdirda nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy xodimlariga milliy haydovchilik guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining YHXBBga murojaat qilish va tibbiy koʻrikdan oʻtish sharti bilan Oʻzbekiston Respublikasining haydovchilik guvohnomalariga almashtirilishi mumkin. Xorijiy fuqarolarning ushbu toifasi haydovchilik guvohnomalarini almashtirish imtihonlar topshirilgandan keyin amalga oshiriladi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
79. Boshqa xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalarini almashtirishdan oldin ular YHXBB orqali Tashqi ishlar vazirligida tekshiriladi. Tekshirish natijasida tasdiq olingan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari, ular tibbiy koʻrikdan oʻtib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtiriladi.
VI. Haydovchilik guvohnomalari va ularning talonlarini hamda boshqa
blankalarni tayyorlash, taʼminlash va hujjatlarni saqlash tartibi
blankalarni tayyorlash, taʼminlash va hujjatlarni saqlash tartibi
80. Haydovchilik guvohnomalari va talonlari blankalari YHXBB buyurtmasiga asosan tayyorlanadi. Buyurtma 1,5 yillik doimiy zaxirani boʻlishini inobatga olib beriladi.
81. Haydovchilik guvohnomalari va uning talonlari blankalari joylardan tushgan buyurtmalarga asosan YHXBB tomonidan tarqatiladi.
82. Haydovchilik guvohnomalari va uning talonlari hamda qatʼiy hisobot blankalari va raqam belgilarining kirim va chiqimlari hisobot daftarida qayd etiladi.
83. Haydovchilik guvohnomalari hamda talonlarning blankalari qatʼiy hisobot hujjatlari tariqasida saqlanadi.
84. Toʻldirish jarayonida buzilgan haydovchilik guvohnomalari va talonlarni qayta ishlatmaslik uchun ularning seriyasi va raqami qirqib olinib, navbatdagi taftishda yoqish yoʻli bilan yoʻq qilinadi va ushbu haqda tuzilgan dalolatnomaga haydovchilik guvohnomasi va talonining qirqib olingan seriya va raqami yopishtirib qoʻyiladi.
85. Tibbiy koʻrik xulosasi asosida transport vositalarini boshqarish huquqidan chetlatilgan, yoʻqolgani oʻrniga dublikati berilgandan soʻng topib olingan, mahrum etilgan muddatdan keyin ikki yil davomida talab qilib olinmagan, vafot etgan fuqarolarning haydovchilik guvohnomalari va (yoki) talonlari navbatdagi taftishda belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
86. Mazkur Nizomda nazariy va amaliy imtihonlar oʻtkazish tartibi uchun koʻzda tutilgan blankalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIBlarining YHXBlari tomonidan tayyorlanadi.
87. Haydovchilik guvohnomasini (talonini) berish uchun asos boʻlgan hujjatlar (ariza, eski haydovchilik guvohnomasi (taloni), toʻlov qogʻozlari va boshqalar) hamda oʻquv guruhlaridagi oʻquvchilarning roʻyxati alohida ish hujjatlari sifatida tikiladi va belgilangan tartibda ikki yil saqlanadi.
Haydovchilik guvohnomasi (taloni)ning oʻrniga yangisi berilganida eski haydovchilik guvohnomasiga “Bekor qilinadi” shtampi qoʻyilib, boshqa asos boʻluvchi hujjatlar bilan birga tikiladi.
Imtihon komissiyasi bayonnomalari — 10 yil, haydovchilik guvohnomalarini berish kitobi — 60 yil hududiy YHXB RIB (TRIB)larida belgilangan tartibda saqlanadi.
(87-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ulardan imtihon olish, haydovchilik guvohnomalari va talonlarini berish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ish yuritish hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunalar asosida olib boriladi.
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 2-avgustdagi 156-son qaroriga
2-ILOVA
2006-yil 2-avgustdagi 156-son qaroriga
2-ILOVA
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi
nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha barcha (yangi ochilayotgan) taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasalari deb ataladi) uchun yagona va rioya etilishi majburiy hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
II. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish
(II boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
2. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash quyidagi taʼlim tizimidan iborat:
a) “A”, “V”, “S” toifalaridagi avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish uchun shaxslarni tayyorlash, “S”, “D” va “E” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun shaxslarni qayta tayyorlash oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq olib boriladi.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash:
sogʻligʻining holati boʻyicha maxsus tibbiy talablarga javob beradigan;
maʼlumoti umumiy oʻrta maʼlumotdan kam boʻlmagan;
oʻquv muddati yakunida “A” toifasidagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlish uchun — 16 yoshga, “V” va “S” toifalari uchun — 18 yoshga, “D” toifasi hamda tramvay va trolleybuslarni boshqarish uchun — 21 yoshga toʻlgan shaxslar bilan olib boriladi.
b) “V”, “S”, “VS”, “VD” va “VSD” toifasidagi, boshqa toifadagi avtotransport vositalarini boshqaruvchi haydovchilarni qayta tayyorlash tegishli oʻquv rejasi va dasturiga muvofiq tashkil qilinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
3. Sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan yengil avtomobillarni boshqarishga layoqatli deb topilgan nogiron shaxslarni haydovchilikka tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlari vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda YHXBB) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan maxsus oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi. Kar, kar-soqov shaxslarni haydovchilikka tayyorlash umumiy oʻquv dasturi asosida surdotarjimon bilan amalga oshiriladi.
4. Tramvaylarni, trolleybus va boʻgʻimli trolleybuslarni boshqarish uchun haydovchilarni tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi va YHXBB bilan birgalikda ishlab chiqilib tasdiqlangan yagona oʻquv rejasi va dasturi asosida amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 545-modda)
5. Ayollarni “VS” va “D” toifalariga tayyorlashni tashkil qilishda yuk avtomobillarining yuk koʻtarishi 2,5 tonnadan va avtobuslarning yoʻlovchilar tashish uchun ruxsat etilgan soni 14 kishidan oshmasligi kerak.
6. Taʼlim muassasalarida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan yagona oʻquv rejasi va dasturlariga asosan olib boriladi.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash muddatlari tasdiqlangan rejalar va oʻquv dasturlariga muvofiq belgilanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
7. Avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim muassasalarida olib borilayotgan ishlar ularning rahbarlari tomonidan nazorat qilib boriladi, ular tomonidan nazariy va amaliy mashgʻulot darslari tashkil etiladi, qayta tuziladi va tasdiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
8. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan taʼlim muassasalari hududiy Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda YHXB) RIB (TRIB)larida hisobga olingan boʻlishlari shart.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
9. “A”, “V”, “S” toifalaridagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda “S”, “D” va “E” toifalaridagi avtotransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlash uchun nomzodlarni taʼlim muassasalariga qabul qilish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
a) tashkilotlar yoʻllanmasi (ular tomonidan oʻqishga yuborilgan shaxslar uchun);
b) sogʻligʻi va tegishli toifalardagi transport vositalarini boshqarishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma;
v) 3 x 4 santimetrli 3 dona fotosurat (haydovchilikka nomzod fuqaro kiyimida suratga tushgan boʻlishi kerak);
g) maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi;
d) pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
10. Haydovchilarni “S” yoki “E” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun qayta tayyorlashda, ular tomonidan ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari, tegishli ravishda “V”, “VC”, “VD” yoki “VDE” toifalaridagi haydovchilik guvohnomasi ham taqdim etiladi.
Haydovchilarni “D” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga qayta tayyorlashda 9-bandda koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari, “V”, “VS” yoki “VSE” toifalaridagi haydovchilik guvohnomasi hamda uzluksiz uch yillik staji mavjudligini tasdiqlovchi hujjat ham taqdim etiladi.
Haydovchilikka nomzodlarni oʻqishga qabul qilish, guruhdan guruhga oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarish va oʻqishni tugatganlik taʼlim muassasasi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
11. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim muassasalari guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlar soni 25 kishidan oshmasligi kerak. Taʼlim muassasalarining rahbarlari guruhlarda mashgʻulotlar boshlangungacha oʻquvchilar roʻyxatini tuzishlari va hududiy YHXBga taqdim etishlari lozim.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
12. Oʻquv-tarbiya jarayoni nazariy hamda laboratoriya-tajriba mashgʻulotlaridan, avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish boʻyicha amaliy mashqlardan va ishlab chiqarish tajribalarini oʻrganishdan iborat boʻladi.
Oʻquv-tarbiya jarayonining tuzilishi va mazmuni oʻquv rejasi hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturi bilan belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
13. Oʻquv rejasi va dasturlarida nazarda tutilgan barcha darslar tasdiqlangan dars jadvaliga asosan, avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish mashgʻulotlari esa belgilangan jadval boʻyicha hududiy YHXB bilan kelishilgan yoʻnalishlarda oʻtkaziladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
14. Nazariy tayyorgarlik boʻyicha mashgʻulotlar oʻquv jurnallarida qayd etiladi, avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar esa — yoʻl varaqalarida qayd etiladi. Avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar, avtotrenajyorlarda oʻtkazilgan mashqlar haydovchilikka nomzodning mashgʻulotlarni hisobga olish shaxsiy kitobchasida ham qayd etiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
III. Taʼlim muassasalarining avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha ishlarini tashkil etish va faoliyatini nazorat qilish
(III boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
15. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi barcha taʼlim muassasalarining faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
16. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi barcha taʼlim muassasalari va ularning tegishli muvofiqlashtiruvchi va yuqori tashkilotlari:
haydovchi kadrlarni oʻqitish sifatini yaxshilash va taʼlim-tarbiya tadbirlarini amalga oshiradilar;
taʼlim muassasalarining oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash, avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini tuzatish va texnik qarovini taʼminlash ishlarini nazorat qiladilar;
haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlashni mukammallashtirish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va tavsiyanomalar tayyorlashda ishtirok etadilar;
taʼlim muassasalarida xodimlarni, muhandis-oʻqituvchilar, amaliy boshqaruv ustalari va boshqa mutaxassis xodimlarning malakalarini oshirish, attestatsiyadan oʻtkazish ishlarini amalga oshiradilar;
taʼlim muassasalarining haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlashda erishilgan yutuqlarini oʻrganadilar va targʻib qiladilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
17. Rahbar xodimlar, oʻqituvchi-muhandislar va ishlab chiqarish ustalarining asosiy vazifalari malaka tavsifnomalarida aks ettirilib, tasdiqlangan qoida va yoʻriqnomalarda ifoda etiladi.
18. Laboratoriya-tajriba mashgʻulotlarini oʻtkazish uchun ishlab chiqarish ustalari lavozimiga oliy va oʻrta maxsus avtomototransport mutaxassisligiga va amaliy ishlab chiqarish tajribasiga ega shaxslar tayinlanadi.
19. Avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar instruktori lavozimiga bilimi oʻrta maʼlumotdan kam boʻlmagan, tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish boʻyicha uzluksiz besh yil (“D” toifasidagi transport vositasi boʻyicha — uzluksiz yetti yil) stajga, shuningdek avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transporti vositasini boshqarishni oʻrgatish uslubi boʻyicha kurslarni tugatganligi haqidagi guvohnomaga ega boʻlgan shaxslar tayinlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
20. Avtomototransport vositalarining va shahar elektr transporti vositalarining tuzilishi va ularni tuzatish, texnik qarovini oʻtkazish fanlaridan dars beruvchilar avtotransport mutaxassisligi boʻyicha oliy yoki oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlishlari kerak. Yoʻl harakati qoidalari, avtotransportni boshqarish asoslari va yoʻl harakati xavfsizligi fanlaridan dars beruvchi oʻqituvchilar, qoʻshimcha ravishda, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlishlari shart.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
21. Taʼlim muassasalarining xodimlari, muhandis-oʻqituvchilari, amaliy boshqaruv ustalari hamda boshqa mutaxassis xodimlari taʼlim muassasalarining muvofiqlashtiruvchi va yuqori tashkilotlari tomonidan kasbiy yaroqliligi boʻyicha kamida 3 yilda bir marta attestatsiya sinovlaridan oʻtkaziladi va natijalari hududiy YHXB RIB(TRIB)larga taqdim etiladi. Xususiy mulk asosida tashkil etilgan va muvofiqlashtiruvchi yoki yuqori tashkilotlari mavjud boʻlmagan taʼlim muassasalarining tegishli mutaxassis xodimlari kasbiy yaroqliligi YHXB RIB(TRIB)lari tomonidan belgilangan tartibda har yili oʻtkaziladigan tekshirishlar davomida aniqlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
22. Quyidagilar:
yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan haydovchilar (yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida avtotransport vositalarini boshqarayotgan jismoniy shaxslar bundan mustasno) ikki yilda bir marta;
avtotransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar maʼmuriy jazo ijro etilganidan keyin va haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihon topshirishdan oldin malaka oshirishlari shart.
Malaka oshirish yakuni boʻyicha haydovchiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan shaklda tegishli sertifikat beriladi.
Yuridik shaxslarning avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirishlari ish beruvchining, boshqa shaxslarning esa — oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-fevraldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)
IV. Taʼlim muassasalarining oʻquv-metodik bazasi
(IV boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
23. Transport vositalari haydovchilarini tayyorlovchi va qayta tayyorlovchi taʼlim muassasalari nazariy va amaliy mashgʻulotlar uchun mulkiy huquq bilan jihozlangan oʻquv kabinetlariga, oʻquv-texnik uskunalarga, koʻrgazmali oʻquv qoʻllanmalariga, transport vositalarini boshqarish mashqlarini oʻtkazish uchun oʻquv avtodromiga yoki yopiq maydonga, oʻquv transport vositalariga ega boʻlishlari kerak. Taʼlim muassasasining unga mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan oʻquv xonalari, ulardagi jihozlar va mashq avtomobillaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
24. Taʼlim muassasalari zamonaviy avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari, yonilgʻi-moylash materiallari, uskunalar, avtomobil ehtiyot qismlari va asboblari bilan taʼminlash ishlarini amalga oshiradilar.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
25. Taʼlim muassasalari moddiy-texnika bazasining namunaviy normativlari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan belgilanadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
26. Taʼlim muassasalariga qarashli barcha avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari belgilangan tartibda YHXB RIB(TRIB)da roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
V. Taʼlim muassasalarini bitirish imtihonlari
(V boʻlim nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
27. Taʼlim muassasalarining ichki sinovlaridan oʻtgan haydovchilikka nomzodlar YHXB RIB (TRIB)larda imtihon topshiradilar. Imtihon olish vaqti YHXB RIB (TRIB) tomonidan oʻquv tashkilotining murojaatiga asosan oldindan belgilanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
28. Taʼlim muassasasida imtihon qabul qilish uchun rahbar buyrugʻi bilan rais va ikki kishidan iborat imtihon komissiyasi tuziladi. Qoʻshimcha ravishda komissiya aʼzolari tarkibiga muhandis-oʻqituvchilar, ishlab chiqarish ustalari, agar haydovchilar tashkilot uchun tayyorlanayotgan boʻlsa, shu tashkilotning vakili ham kiritilishi mumkin.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
29. Imtihonga qoʻyiladigan haydovchilikka nomzodlar tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturini toʻliq oʻqib tugatgan va barcha fanlardan ijobiy yakunlovchi baho olgan boʻlishlari kerak.
Haydovchilikka nomzodlarning nazariy fanlardan olgan bilimi besh ballik baho mezoni bilan, amaliy egallagan mahorati va tajribasi “topshirdi” yoki “topshirmadi” mezoni bilan belgilanadi.
30. Barcha toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv guruhlarining nazariy imtihonlari YHXBB ruxsat bergan va tasdiqlagan imtihon biletlariga asosan oʻtkaziladi.
31. Imtihonlardan oʻta olmagan oʻquvchilar, taʼlim muassasasida qoʻshimcha tayyorgarlik koʻrgach, qaytadan imtihon topshiradilar.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
32. Imtihonlar natijasi haqida imtihon komissiyasi raisi va aʼzolari tomonidan bayonnoma toʻldiriladi, soʻngra taʼlim muassasasi rahbari tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
33. Taʼlim muassasasining imtihon va sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga imtihon komissiyasi protokoliga asosan oʻqishni bitirganlik haqida yagona namunadagi guvohnoma beriladi.
Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yagona namunadagi guvohnoma bosmaxona usulida tayyorlangan boʻlishi, hududiy kodga, seriya va tartib raqamiga ega boʻlishi kerak. Oʻqishni tugatganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar blankalari Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan taʼlim muassasalari buyurtmanomalariga binoan tarqatiladi hamda qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
34. Avtomototransport vositalari hamda shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash dasturi boʻyicha oʻqishni tugatganlik haqidagi guvohnoma avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini bermaydi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
35. Oʻquv guruhlarining hujjatlari va imtihon komissiyasi bayonnomasi belgilangan muddatgacha taʼlim muassasasida saqlanadi. Guvohnoma yoʻqolib qolgan hollarda taʼlim muassasasi ariza va imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan guvohnomaning dublikatini beradi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 31-dekabrdagi 325-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 525-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 317-modda; 2010-y., 52-son, 525-modda; 2013-y., 41-son, 545-modda; 2017-y., 36-son, 958-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447, 23.01.2018-y., 09/18/35/0606-son, 26.02.2018-y., 09/18/139/0818-son)