Toshkent shahar hokimining
Qarori
TOShKENT ShAHRIDAGI DAVLAT KOʻChMAS MULKIDAN FOYDALANGANLIK UChUN 2012 YILDA QOʻLLANILADIGAN IJARA TOʻLOVINING ENG KAM STAVKALARI HAQIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari bilan kelishilgan 2011-yil 14-dekabrdagi 01/16-703, SG-2-1/7-4029 va TG/08-01 -32-14/791 -sonli ijara toʻlovining eng kam stavkalari Toshkent shahar hokimligining kapital qurilish, kommunal xoʻjaligi, obodonlashtirish sanoat va tadbirkorlik masalalari boʻyicha majmuasi tomonidan oʻrganib chiqilganligini inobatga olib, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 102-sonli qarorining 3-bandi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq qaror qilaman:
1. Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2012-yilning 1-yanvaridan qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1 -ilovaga, ijara haqini hisoblash tartibi 2-ilovaga, ijara haqini hisoblashda davlat obyektlariga qoʻshimcha koeffitsiyent qoʻllaniladigan Toshkent shahrining markaziy qatnov koʻchalari roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
3-ilova berilmaydi.
2. “Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasi (Sh.M.Sobirov): Ijara haqi qiymatini belgilashda 1-ilovada koʻrsatilgan koʻchmas mulk uchun qoʻllaniladigan eng kam stavkalaridan tayanch sifatida foydalanilsin.
2.1 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi “Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2009-yil 8-apreldagi 102-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar” toʻgʻrisidagi 315-sonli qarorining 1-bandi “v”moddasiga muvofiq davlat mulki boʻlgan binolar va xonalarda joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining nol stavkasi qoʻllanilishi belgilanganligi inobatga olinsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Davlat mulkini balansida saqlovchilarning mansabdor shaxslari ularning tasarrufida boʻlgan foydalanilmayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Toshkent shahar davlat mulkini ijaraga berish markazi” davlat korxonasiga oʻz vaktida, toʻliq va ishonchli berilishi uchun shaxsan javob beradilar.
4. Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tasdiqlash uchun kiritilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B.S.Raxmonov zimmasiga yuklatilsin.
Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi R. USMONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 31-dekabr,
851-son
Toshkent shahar hokimining 2011-yil 31-dekabrdagi 851-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2012-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari
| t/r | Faoliyat turi kodi (XTUT) | Ijarachilarning faoliyat turi | Bir yillik eng kam stavkasi 1 kv.m/sum |
| Sanoat | |||
| 1. | 13 100 | Kimyo sanoati | 2 200 |
| 2. | 13 300 | Neftkimyo sanoati | 2 200 |
| 3. | 14 100 | Mashinasozlik | 2 200 |
| 4. | 14 200 | Stanoklar yasash va asbobsozlik sanoati | 2 200 |
| 5. | 14 300 | Hisoblash texnika vositalari sanoati | 2 200 |
| 6. | 14 400 | Traktor va qishloq xoʻjalik mashinasozligi | 1 600 |
| 7. | 14 500 | Qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozligi | 1 600 |
| 8. | 14 600 | Yengil, oziq-ovqat sanoati uchun va maishiy asboblar mashinasozligi | 1 600 |
| 9. | 14 710 | Sanitar-texnik va gaz jihozlarini va mahsulotlarini ishlab chiqarish | 2 200 |
| 10. | 14 800 | Metall konstruksiyalarini va jihozlarini ishlab chiqarish | 2 200 |
| 11. | 14 900 | Mashina va jihozlarni taʼmirlash | 2 200 |
| 12. | 14 780 | Mashinasozlikning boshqa tarmoqlari | 2 200 |
| Oʻrmonchilik, yogʻochni qayta ishlash va sellyuloza-qogʻoz sanoati | |||
| 13. | 15 100 | Yogʻoch tayyorlash sanoati | 2 200 |
| 14. | 15 200 | Yogʻochni qayta ishlash sanoati | 2 200 |
| 15. | 15 300 | Sellyuloza-qogʻoz sanoati | 2 200 |
| 16. | 16 100 | Qurilish materiallari sanoati | 2 200 |
| Yengil sanoat | |||
| 17. | 17 100 | Toʻqimachilik sanoati | 2 200 |
| 18. | 17 200 | Tikuvchilik sanoati | 2 200 |
| 19. | 17 300 | Teri, moʻyna va po�abzal sanoati | 2 200 |
| 20. | 17 900 | Yengil sanoatning boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari | 2 200 |
| Oziq-ovqat sanoati | |||
| 21. | 18 100 | Oziq-ovqat taʼmi sanoati (baliq, goʻsht, yogʻ-pishloq va sut sanoatidan tashqari) | 2 200 |
| 22. | 18 200 | Goʻsht va sut sanoati | 2 200 |
| 23. | 18 300 | Baliqchilik sanoati | 2 200 |
| 24. | 19 200 | Un-yorma sanoati | 2 200 |
| 25. | 19 220 | Kombikorm sanoati | 1 600 |
| 26. | 19 700 | Sanoatning boshqa tarmoqlari | 2 200 |
| Sanoatning boshqa tarmoqlari | |||
| 27. | 21 100 | Tibbiyot asboblari sanoati | 2 200 |
| 28. | 21 200 | Poligrafiya sanoati | 7 000 |
| 29. | 19 740 | Kimyoviy tozalash, boʻyash, kirni va boshqa gazlama mahsulotlarini yuvish va qayta ishlash | 2 200 |
| Qishloq xoʻjalik | |||
| 30. | 21 100 | Oʻsimlikshunoslik (jumladan, issiqxona xoʻjaligi) 1 ga | 1 400 000 |
| 31. | 21 200 | Chorvachilik | 1 600 |
| 32. | 21 300 | Baliq yetishtirish | 1 600 |
| 33. | 22 300 | Veterinariya xizmati | 2 200 |
| Transport va aloqa | |||
| 34. | 51 111 | Ommaviy yer usti temir yoʻl transport vositalari | 5 500 |
| 35. | 51 121 | Transport infrastrukturasi avtopark, taksopark, avtomobillar toʻxtash joyi, garajlar, avtomobillar yuvish shoxobchalari) | 5 500 |
| 36. | 52 100 | Pochta aloqasi | 4 500 |
| 37. | 52 200 | Kuryer aloqasi | 5 500 |
| 38. | 52 300 | Elektro -radio- uyali va peyjing aloqasi | 15 000 |
| Qurilish | |||
| 39. | 60 000 | Qurilish | 4 000 |
| 40. | 60 000 | Loyiha, loyiha-qidiruv tashkilotlari | 4 000 |
| Savdo va umumiy ovqatlanish | |||
| 41. | 71 100 | Ulgurji savdo | 8 500 |
| 42. | 71 200 | Chakana savdo | 13 000 |
| 43. | 71 300 | Umumiy ovqatlanish | 8 500 |
| 44. | 71 200 | Kitob doʻkonlari | 1 000 |
| 45. | 71 400 | Madaniy - maishiy maqsadlarda va xoʻjalik maqsadlarida ishlatiladigan buyumlarni ijaraga berish | 8 500 |
| 46. | 71 500 | Xalq isteʼmoli mollari savdosida vositachilik | 13 000 |
| 47. | 80 000 | Moddiy texnik taʼminoti va savdosi | 8 500 |
| 48. | 82 000 | Informatsion- hisoblash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish | 9 500 |
| 49. | 82 100 | Internet va kompyuter tarmogʻi boʻyicha xizmatlar koʻrsatish | 9 500 |
| 50. | 82 100 | Koʻchmas mulk bilan | 9 500 |
| 51. | 84 300 | Reklama, vakillik xizmatlari | 8 500 |
| 52. | 84 400 | Auditorlik faoliyati | 8 500 |
| 53. | 84 500 | Marketing tadqiqot, tijorat, moliya va boshqaruv masalalari boʻyicha maslahat xizmatlari | 8 500 |
| 54. | 87 100 | Tahririyat va nashriyotlar | 4 500 |
| 55. | 87 300 | Metallolom va ikkilamchi hom ashyoni yigʻish va tayyorlash | 4 500 |
| 56. | 90 100 | Uy-joy xoʻjaligi (XUJMSh obyektlari) | 4 500 |
| 57. | 90 220 | Mehmonxona xoʻjaligi | 10 000 |
| 58. | 90 300 | Aholiga maishiy xizmat koʻrsatishning noishlab chiqarish turlari | 5 500 |
| 59. | 90 300 | Sartaroshxona , suratxona, modalar atelyesi, poyafzal tuzatish | 7 000 |
| 60. | 90 300 | Lombardlar | 9 500 |
| 61. | 90 300 | Xammomlar | 15 000 |
| 62. | | Saunalar | 30 000 |
| Sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy taʼminot | |||
| 63. | 91 510 | Sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy taʼminot | 7 000 |
| 64. | 91 600 | Dam olish va turizm | 7 000 |
| 65. | 91 611 | Madaniy koʻngil ochar markazlar | 9 000 |
| 66. | 91 700 | Jismoniy tarbiya va sport | 3 000 |
| 67. | 71 212 | Dorixona muassasalari*, optika va tibbiyot jihozlari savdo doʻkonlari | 7 000 |
| Taʼlim | |||
| 68. | 92 100 | Yuqori va oʻrta taʼlim boʻyicha kadrlarni tayyorlash (oʻquv kurslarini kiritgan holda) | 6 000 |
| 69. | 92 200 | Ishchi va boshqa xizmatchilarni tayyorlash va malakasini oshirish | 6 000 |
| 70. | 92 310 | Umumtaʼlim bolalar maktabi (nodavlat taʼlim muassasalari uchun) | 2 500 |
| 71. | | Taʼlim oʻquv muassasalarida umumiy ovqatlanishni tashkillashtirish (oshxona va yordamchi xonalari bilan birga) | 4 000 |
| 72. | 92 400 | Maktabgacha tarbiya (nodavlat taʼlim muassasalari uchun) | 2 500 |
| 73. | 93 000 | Madaniyat va sanʼat | 13 000 |
| 74. | 93 132 | Koʻrgazmalar | 7 000 |
| 75. | 93 160 | Madaniyat va dam olish bogʻlari | 6 000 |
| 76. | 93 170 | Botanika va hayvonot bogʻlari | 6 000 |
| 77. | 93 620 | Kinostudiyalar va ovoz yozish studiyalari | 22 000 |
| 78. | 95 000 | Ilm-fan va ilm-fan xizmatlari | 4 000 |
| Moliya-kredit faoliyati | |||
| 79. | 96 000 | Moliya, kredit (sugʻurtalash va auditorlik faoliyatidan tashqari) nafaqa taʼminoti | 8 500 |
| 80. | 96 100 | Bank faoliyati | 13 000 |
| Faoliyatning boshq� turlari | |||
| 81. | 96 200 | Sugʻartalash | 8 500 |
| 82. | 97 800 | Sud va adliya muassasalari | 5 500 |
| 83. | 97 820 | Advokatlar kollegiyasi va maslahatxonalari | 5 500 |
| 84. | 98 000 | Jamoat birlashmalari | 2 200 |
| 85. | 80 200 | Omborxonalar | 8 500 |
| 86. | | Davlat mulkini davlat tashkilotlariga ofis uchun ijaraga berish | 4 000 |
| 87. | | Mulkni xususiy tashkilotlariga ofis uchun ijaraga berish | 15 000 |
| 88. | | Avtomobillarga yoqilgʻi quyish shahobchalari | 8 500 |
| 89. | | Yengil avtomobillar va boshqa transport vositalarini taʼmirlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish | 8 500 |
| 90. | | Yer va tuproq xususiyatlari tadqiqot laboratoriyalari | 4 000 |
| 91. | | Non-bulochka mahsulotlarini ishlab chiqarish | 8 500 |
*Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-iyundagi 07/10-41-sonli Yigʻilish bayonnomasining 11-bandiga asosan QTP qoshida faoliyat yuritayotgan barcha egalikdagi dorixona muassasalari uchun davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun nol qiymatdagi ijara haqi qoʻllaniladi.
**Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 02/12-57-sonli topshirigʻiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi savdo boshqarmasining tarkibiy boʻlinmalariga yopiq harbiy shaharchalar va uzoq manzillarda joylashgan garnizonlarda davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.
Toshkent shahar Davlat mulkini, ijaraga berish markazi direktori Sh.M. Sobirov
Toshkent shahar hokimining 2011-yil 31-dekabrdagi 851-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Ijara haqini hisoblash tartibi
Ijara haqi stavkalariga qoʻllaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar:
1. Hududiy zonalar koeffitsiyenti - Kz. (Toshkent shahar hokimining 2010-yil 25-yanvardagi 41-sonli qarorida belgilangan chegaralarga asosan)
| 1-zona -1.0 | 6-zona - 2.66 | 11-zona - 3.73 |
| 2-zona - 1.22 | 7-zona - 2.80 | 12-zona - 3.93 |
| 3-zona - 1.73 | 8-zona -2.95 | 13-zona -4.11 |
| 4-zona -1.88 | 9-zona - 3.24 | 14-zona - 4.37 |
| 5-zona -2.12 | 10-zona - 3.49 | |
2. Binoning joylashuvi va qurilish turiga koʻra qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar:
2.1 .Binoning qurilish turi boʻyicha(Kq):
- alohida turgan bino -1.0
- binoning ichki qismida joylashgan va taqab qurilgan - 0.8
- yarim yertoʻla, yertoʻla - 0.6
- cherdak, bolxona - 0.5
2.2. Tutashgan hududidan foydalanish koeffitsiyenti (Kh):
- yer maydoni mavjud boʻlganda - 0.3
2.3. Tijorat maqsadida foydalanishda qulayligi (Kt):
- metro stansiyasidan 200 metr radius atrofida - 0.7
- asosiy qatnov koʻchalarida joylashgani - 0.6 (3-ilovaga muvofiq)
- ikkinchi darajali qatnov koʻchalarida joylashgani- 0.5
Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovini (ijara toʻlovining tayanch stavkasi) hisoblab chiqish quyidagi tarzda aniqlanadi:
Ts = Es x Kz x (Kq + Kh + Ko)
bunda:
Ts - bir yilga 1 kv.m uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;
Es - 1 -ilovaga muvofiq korxonaning faoliyat turiga koʻra bir yilga 1 kv.m. uchun eng kam stavka.
Toshkent shahar hokimligi Binolardan foydalanish departamenti tasarrufidagi obyektlar boʻyicha Departament va ijarachi oʻrtasida tuziladigan ikki tomonlama shartnomalarda, maʼmuriy binolar fondini taʼmirlash uchun, ijara toʻlovidan qoʻshimcha 30 foiz miqdorida toʻlovlar kiritiladi.
Toshkent shahar Davlat mulkini ijaraga berish markazi direktori Sh.M. Sobirov