Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
QarorI
TOShKENT ShAHAR HOKIMINING 2011 YIL 31 DEKABRDAGI “TOShKENT ShAHRIDAGI DAVLAT KOʻChMAS MULKIDAN FOYDALANGANLIK UChUN 2012 YILDA QOʻLLANILADIGAN IJARA TOʻLOVINING ENG KAM STAVKALARI HAQIDA”GI 851-SONLI QARORINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimining 2011-yil 31-dekabrdagi “Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun 2012-yilda qoʻllaniladigan ijara toʻlovining eng kam stavkalari haqida”gi 851-sonli qarori tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R. USMONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 18-aprel,
151/4-18-son