07.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2178
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining qarori, 07.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2178
Кучга кириш санаси
17.01.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 5-son, 57-modda), 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 5-son, 57-modda) va 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda) qarorlariga muvofiq birja savdolariga qo‘yiladigan, shu jumladan takroran qo‘yiladigan mahsulotlarning hajmlarini hisobga olish tartibini belgilaydi.
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi qarorining 1 va 2-ilovalariga kiritilgan, hamda 2008-yil 4-martdagi 36-son “Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (bundan keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb yuritiladi) qarori bilan aniqlangan strategik va monopol mahsulotlarni, xomashyo va materiallarni birja savdolariga qo‘yish tasdiqlangan grafiklarga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Agar mazkur Nizomning 6-bandiga muvofiq birja savdosiga takroran qo‘yilgan mahsulot sotilmasa, sotuvchi uni o‘tgan haftadagi savdolar natijasida yuzaga kelgan birja kotirovkalarini o‘rtacha narxlari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotishga yoki yangidan birja savdolariga qo‘yishga haqli.