Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
Qarori
QANDIM KON GURUHI UChASTKASI, XAUZAK VA ShODI UChASTKALARI, ShUNINGDEK, QOʻNGʻIROT UChASTKALARIGA OID MAHSULOTNI TAQSIMLASh HAQIDAGI 2004 YIL 16 IYuNDAGI BITIM DOIRASIDA VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JANUBIY-GʻARBIY HISOR VA USTYuRT MINTAQASI HUDUDLARIDAGI KONLAR BOʻYIChA 2007-YIL 23 YaNVARDAGI MAHSULOT TAQSIMOTIGA OID BITIM DOIRASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASI ORQALI OLIB OʻTILADIGAN TOVARLARNING BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 19-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2097]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 13-avgustdagi 332-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2097-3, 15.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda), Oʻzbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda), “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 12-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi “Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida Oʻzbekiston Respublikasining Qandim guruhi, Xauzak, Shodi konlarini ochish va Ustyurt mintaqasida geologiya qidiruv ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 276-sonli va 2004-yil 14-sentabrdagi “Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi Bitimni joriy etish choralari toʻgʻrisida”gi 428-sonli qarorlari bilan maʼqullangan Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi Bitimga (2008-yil 5-martdagi 1-sonli Qoʻshimcha bitim va 2009-yil 21-yanvardagi 2-sonli Qoʻshimcha bitimni hisobga olgan holda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 16-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–567-son qarori bilan maʼqullangan 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha mahsulot taqsimotiga oid bitimga (2009-yil 21-yanvardagi 1-sonli Qoʻshimcha bitimni hisobga olgan holda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:
1. Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi Bitim doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi Qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi va Iqtisodiyot vazirligining 2005-yil 25-martdagi 01-02/12-7, NN-V-01/10-1289, 0-2/8-sonli qarori (2005-yil 14-aprel, roʻyxat raqami 1468) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 15-16-son, 118-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2007-yil 16-martdagi 01-02/20-9, EG-01/10-1447, P-2-sonli qarori (2007-yil 14-aprel, roʻyxat raqami 1674) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 16-son, 166-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2008-yil 17-apreldagi 01-02/12-21, EG-01/10-1497, 45-sonli qarori (2008-yil 5-may, roʻyxat raqami 1805 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 19-son, 168-modda).
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2010-yil 5-aprel,
01-02/12-32-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 5-aprel,
EG-01/10-240-son
Iqtisodiyot vaziri S. BEKENOV
Toshkent sh.,
2010-yil 5-aprel,
92-son
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 5-aprel,
06-282-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzstandart” agentligining 2010-yil 5-apreldagi 01-02/12-32, EG-01/10-240, 92, 06-282-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi Bitim doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid Bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda), Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda), Oʻzbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda), “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 12-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 16-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ−567-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 23-martdagi “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd.” kompaniyasi bilan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirib borishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ−1078-son Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi “Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida Oʻzbekiston Respublikasining Qandim guruhi, Xauzak, Shodi konlarini ochish va Ustyurt mintaqasida geologiya qidiruv ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 276-sonli va 2004-yil 14-sentabrdagi “Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi Bitimni joriy etish choralari toʻgʻrisida”gi 428-sonli qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi va investorlar konsorsiumiga kiruvchi “Neftyanaya kompaniya “Lukoyl” ochiq aksiyadorlar jamiyati hamda “Oʻzbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi oʻrtasidagi Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi Bitimga (2008-yil 5-martdagi 1-sonli Qoʻshimcha bitim va 2009-yil 21-yanvardagi 2-sonli Qoʻshimcha bitimni hisobga olgan holda) va 2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida Oʻzbekiston R�spublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha mahsulot taqsimotiga oid bitimga (2009-yil 21-yanvardagi 1-sonli Qoʻshimcha bitimni hisobga olgan holda) asosan ushbu Bitimlar doirasida bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:
boshqa uglevodorod mahsulotlari — MTB doirasida qazib olinadigan va suyuq holatda bosim ostida saqlanadigan, tarkibida propan, butan va pentanlar boʻlgan yengil uglevodorodlarning keng fraksiyasi;
boshqaruv qoʻmitasi — MTB doirasida ishlarni bajarish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiruvchi va MTBda sanab oʻtilgan funksiyalarga muvofiq MTBni bajarish bilan bogʻliq majburiy qarorlarni qabul qiluvchi, Investor va Vakolatli organ vakillaridan iborat tarkibda doimiy ish yurituvchi organ.
Vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi;
Investor — Britaniya Virginiya Orollari qonun hujjatlari boʻyicha yuridik shaxs hisoblangan “LUKOYL Oversiz Uzbekistan Ltd.” kompaniyasi, shuningdek uning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionarlari (keyinchalik alohida qoʻllanilganda “Xauzak-Shodi-Qandim-Qoʻngʻirotga oid MTB boʻyicha Investor” deb yuritiladi),
va (yoki)
Gernsi oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligi) qonun hujjatlari boʻyicha yuridik shaxs hisoblangan “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi (“Soyuzneftegaz Vostok Limited”), shuningdek uning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionarlari (keyinchalik alohida qoʻllanilganda “Janubiy-Gʻarbiy Hisorga oid MTB boʻyicha Investor” deb yuritiladi);
Investorning vakolatli shaxsi — Investor tomonidan tegishli tartibda vakolat berilgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarida MTB doirasida Investor manfaatlarini ifoda etuvchi Operator va Marketing kompaniyasi;
qaytariladigan tovarlar — “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimiga joylashtiriladigan materiallar, uskunalar, asboblar, jihozlar va qismlar, transport vositalari va boshqa koʻchar mulk, loyiha va texnik hujjatlar;
qayta ishlash mahsulotlari — MTBni bajarish davomida neft, tabiiy gaz, gaz kondesati, shuningdek boshqa uglevodorod mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash jarayonida hosil boʻlgan mahsulotlar, jumladan:
benzin;
dizel yoqilgʻisi;
moylar;
mazut;
yengil uglevodorodlarning keng fraksiyasi;
kerosin;
gazni chuqur qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan mahsulotlar;
oltingugurt;
uglevodorodlarni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan boshqa mahsulotlar;
Marketing kompaniyasi — Britaniya Virginiya Orollari qonun hujjatlari boʻyicha yuridik shaxs hisoblangan, MTBni amalga oshirish davomida qazib olingan (ishlab chiqarilgan) mahsulotni birgalikda sotish maqsadida tashkil etilgan “LUKOYL Oversiz Sapplay end Treyding Ltd.” (LUKOIL Overseas Supply and Trading Ltd.), shuningdek uning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionarlari;
MTB — “LUKOYL Oversiz Uzbekistan Ltd.” kompaniyasiga oʻz huquqini topshirgan shaxs hisoblanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi va investorlar konsorsiumiga kiruvchi “Neftyanaya kompaniya LUKOYL” ochiq aksiyadorlar jamiyati hamda “Oʻzbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi oʻrtasidagi Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi bitim (keyinchalik alohida qoʻllanilganda “Xauzak-Shodi-Qandim-Qoʻngʻirotga oid MTB” deb yuritiladi),
va (yoki)
2007-yil 23-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha mahsulot taqsimotiga oid bitim (keyinchalik alohida qoʻllanilganda “Janubiy-Gʻarbiy Hisorga oid MTB” deb yuritiladi);
Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi — Marketing kompaniyasi tomonidan tegishli tartibda vakolat berilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan va Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarida MTB doirasida Marketing kompaniyasining manfaatlarini ifoda etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
neft-gaz operatsiyalari — MTBda belgilangan shartnoma maydoni va shartnomadan tashqari maydon bilan bogʻliq razvedka qilish, oxirigacha razvedka qilish, baholash, loyihalashtirish, konlarni joylashtirish va ularni qazish, qazib chiqarish, qazib olish, barqarorlashtirish, tayyorlash (tabiiy gazni tayyorlashni qoʻshgan holda), qoʻzgʻatish, dam berib haydash, yigʻish, saqlash, ortish, yuklab joʻnatish, shartnoma maydonida qazib olingan uglevodorodlarni yetkaziladigan punktga yetkazib berish (shu bilan birga magistral quvurdan foydalangan holda), shartnoma maydoni bilan bogʻliq vaqtinchalik konservatsiya qilish operatsiyalari boʻyicha barcha faoliyat, shuningdek mazkur operatsiyalar bilan bevosita bogʻliq boʻlgan va MTBni bajarish doirasida hamda maqsadlarida amalga oshiriladigan boshqa faoliyat;
Operator — Oʻzbekiston Respublikasida MTB boʻyicha ishlarni bajarishni tashkil etish uchun tuzilgan va 2004-yil 9-iyulda roʻyxatdan oʻtgan MChJ “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani”;
pudratchi — Investor va (yoki) Operator bilan MTB boʻyicha neft-gaz operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnoma (kontrakt) tuzgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs. Ushbu tushuncha, pudratchi bilan MTB boʻyicha neft-gaz operatsiyalari bilan bogʻliq boʻlgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida shartnomalar (kontraktlar) tuzgan yordamchi pudratchilarni ham oʻz ichiga oladi;
tovarlar — MTBga asosan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlar va qaytariladigan tovarlar, shuningdek, eksport qilish maqsadida MTB doirasida Marketing kompaniyasi va (yoki) Investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tabiiy gaz, qayta ishlash mahsulotlari va boshqa uglevodorod mahsulotlari;
tabiiy gaz — MTBni amalga oshirish davomida harorat va bosimning normal sharoitida (20°S va 101,325 kPa) gaz xususiyati holatida qazib olinadigan uglevodorodlar, shuningdek, jumladan, uglevodorod konlarining plastik qorishmalaridan iborat boʻlgan suyuq uglevodorodlarni ekstraksiya va separatsiya qilishdan keyin qolgan yoʻlakay gaz va quruq gaz, boshqa uglevodorod mahsulotlari bundan mustasno;
topshiriq shartnomasi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekneftegaz”MXK, “LUKOIL Overseas Uzbekistan Ltd.” kompaniyasi va “LUKOIL Overseas Supply and Trading Ltd.” Kompaniyasi oʻrtasidagi 2007-yil 14-sentabrda raqamsiz tuzilgan topshiriq shartnomasini,
va (yoki)
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi va “LUKOIL Overseas Supply and Trading Ltd.” Kompaniyasi oʻrtasidagi 2009-yil 18-maydagi UZ-09-8302-0007-sonli topshiriq shartnomasini bildiradi;
erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlar — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan materiallar, uskunalar, asboblar, jihozlar va qismlar, YoMM (yoqilgʻi-moylash materiallari), transport vositalari va boshqa koʻchar mulk, shuningdek MTB boʻyicha ishlarni olib borish jarayonida ishlatiladigan texnik-material resurslar, loyiha va texnik hujjatlar;
uglevodorodlar — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, shuningdek boshqa uglevodorod mahsulotlari va (yoki) yuqorida koʻrsatilgan moddalardan har birining kontekstga koʻra alohida nomi;
2. Operator tomonidan tuzilgan tovarlarni yetkazib berish (olib kirish) shartnomalari (kontraktlari) belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli bankida va bojxona organlarida hisobga qoʻyilishi lozim.
Investor bilan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan tuzilgan tovarlarni yetkazib berish (olib kirish) shartnomalari (kontraktlari) Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli bankida va bojxona organlarida hisobga qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Davlat tomonidan tartibga solinadigan va olib kirishda maxsus ruxsatnomalar talab etuvchi tovarlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda olib kiriladi.
4. Investor va (yoki) Operator va ularning pudratchisi tomonidan olib kirilayotgan hamda olib chiqilayotgan qaytariladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi Xauzak — Shodi — Qandim — Qoʻngʻirotga oid MTBning 20-moddasi va Janubiy-Gʻarbiy Hisorga oid MTBning 19-moddasiga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda, bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun olinadigan yigʻimdan tashqari) undirilmagan holda amalga oshiriladi:
a) Xauzak — Shodi — Qandim — Qoʻngʻirotga oid MTB boʻyicha Investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning hisobi bojxona organlari tomonidan Xauzak — Shodi — Qandim — Qoʻngʻirotga oid MTB boʻyicha Investorga berilgan 00000020 kodiga asosan yuritiladi;
b) Janubiy-Gʻarbiy Hisorga oid MTB boʻyicha Investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning hisobi bojxona organlari tomonidan Janubiy-Gʻarbiy Hisorga oid MTB boʻyicha Investorga berilgan 00000014 kodiga asosan yuritiladi;
v) Operator, pudratchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning hisobi qonun hujjatlariga muvofiq Operatorga berilgan Operatorning KTUT kodiga asosan yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Investorning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionarlariga alohida kod beriladi.
Investor va (yoki) Operator tomonidan olib kirilayotgan tovarlarning, shuningdek qaytariladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi chogʻida berilgan imtiyozlar hisobini yuritish uchun, BYuD bojxona toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Operator neft-gaz operatsiyalarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori va “Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom”ga (2004-yil 27-fevral, roʻyxat raqami 1318) (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 103-modda) muvofiq bojxona omborini tashkil etishga haqli.
6. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga Investor va Vakolatli organga tegishli boʻlgan tabiiy gazni, qayta ishlash mahsulotlarini va boshqa uglevodorod mahsulotlarini birgalikda eksport qilish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan boshqa tartib koʻzda tutilmagan boʻlsa, Marketing kompaniyasi tomonidan Vakolatli organ va Investorning nomidan va uning topshirigʻiga asosan MTB qoidalariga muvofiq eksport shartnomalarini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida roʻyxatga olmagan hamda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli bankida va bojxona organlarida hisobga qoʻymagan holda “eksport” bojxona rejimida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka asosan tabiiy gaz eksporti “Oʻzbekneftegaz” MXK yagona operatori tomonidan amalga oshirilsa, eksport qilinayotgan tabiiy gazning bojxona rasmiylashtiruvi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali magistral gaz oʻtkazish quvurlarida olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi haqida” (2006-yil 10-avgust,roʻyxat raqami 1609) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2006-y., 31-32-son, 327-modda) Nizomi asosida amalga oshiriladi.
7. Tabiiy gaz, qayta ishlash mahsulotlari va boshqa uglevodorod mahsulotlarining Investorga tegishli boʻlgan ulushining eksporti MTBda nazarda tutilgan hollarda, Investor tomonidan, MTB qoidalariga muvofiq Marketing kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan Investor va Vakolatli organning tabiiy gaz, qayta ishlash mahsulotlari va boshqa uglevodorod mahsulotlarining birgalikdagi eksporti uchun belgilangan shartlar asosida amalga oshiriladi.
Tabiiy gaz, qayta ishlash mahsulotlari va boshqa uglevodorod mahsulotlarining Vakolatli organga tegishli boʻlgan ulushining eksporti MTBda nazarda tutilgan hollarda, Vakolatli organ tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali Marketing kompaniyasi tomonidan oʻtkaziladigan tabiiy gaz, qayta ishlash mahsulotlari va boshqa uglevodorod mahsulotlarining hisobi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Marketing kompaniyasiga berilgan 00000016 kod asosida olib boriladi.
Marketing kompaniyasining huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionarlariga alohida kod beriladi.
9. Ekspertiza oʻtkazish va eksport qilinayotgan tabiiy gaz, qayta ishlash mahsulotlari va boshqa uglevodorod mahsulotlari uchun mahsulot kelib chiqish davlat sertifikatining berilishi “Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq (2000-yil 13-iyul, roʻyxat raqami 945) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-yil, 13-son) Marketing kompaniyasi yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. ERKIN MUOMALAGA ChIQARISh UChUN MOʻLJALLANGAN TOVARLARNI OLIB KIRISh VA ULARNI TASARRUF QILISh
10. Tovarlar “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga BYuD toʻldirgan holda quyidagi xususiyatlarni inobatga olib joylashtiriladi:
a) 24-ustunning chap kichik boʻlimida bitimning kodi “79” koʻrsatiladi;
b) 37-ustundagi oxirgi ikkita raqam — deklaratsiya qilinadigan tovarlarni olib oʻtish xususiyatining kodi, “44” qoʻyilsin;
v) 44-ustunning 3-bandida — MTBning raqami va sanasi, Investor va (yoki) Operator tomonidan olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan Investor va (yoki) Operator xatining raqami va sanasi, yoxud pudratchi tomonidan olib kirilayotgan tovarlarga nisbatan pudratchining tegishli shartnomalari (kontraktlari) va xatlarining raqamlari va sanalari;
g) “S” ustunining 1-bandida — MTBning roʻyxat raqami va uning bojxona organida hisobga olingan sanasi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Bojxona rasmiylashtiruvi maqsadida sertifikatsiyalanishi majburiy boʻlgan erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlarni sertifikatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 315-modda) va “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sertifikatsiyalanishi majburiy boʻlgan tovarlarni (mahsulotlarni) olib kirish va uning hududidan olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”da (2000-yil 26-fevral, roʻyxat raqami 901) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 33-son, 376-modda) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar, Investor va (yoki) Operator yoxud pudratchining arizasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga “eksport” bojxona rejimida qonun hujjatlarda belgilangan tartib va shartlarga amal qilgan holda olib chiqilishi mumkin.
13. Investor, Operator yoki pudratchining erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlari “bojxona ombori” rejimiga joylashtirilishi mumkin.
III. QAYTARILADIGAN TOVARLARNI OLIB KIRISh VA ULARNI TASARRUF ETISh
14. Qaytariladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-avgustdagi 399-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtinchalik olib kelish shartlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 372-modda) qarori va “Vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom” (2004-yil 14-oktabr, roʻyxat raqami 1418) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 444-modda) asosida Investor va (yoki) Operator yoki pudratchining arizasiga muvofiq “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Qaytariladigan tovarlar “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimi ostiga Investor va (yoki) Operator yoxud pudratchi tomonidan olib kirish maqsadlariga koʻra koʻrsatilgan muddatga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda BYuD toʻldirilib joylashtiriladi:
a) 24-ustunning chap kichik boʻlimida bitimning kodi “79” koʻrsatiladi;
b) 44-ustunning 3-bandida — MTBning raqami va sanasi, Investor va (yoki) Operator tomonidan olib kirilayotgan qaytariladigan tovarlarga nisbatan Investor va (yoki) Operator xatining raqami va sanasi, yoxud pudratchi tomonidan olib kirilayotgan qaytariladigan tovarlarga nisbatan pudratchining tegishli shartnomalari (kontraktlari) va xatlarining raqamlari va sanalari;
v) 37-ustundagi oxirgi ikkita raqam — deklaratsiya qilinadigan tovarlarni olib oʻtish xususiyatining kodi, “44” qoʻyilsin.
16. Investor va (yoki) Operator yoxud pudratchi vaqtinchalik olib kirish oxirgi muddati tugaguniga qadar qaytariladigan tovarlarni quyidagi usullardan biri orqali tasarruf etishi kerak:
a) Oʻzbekiston Respublikasi “bojxona hududidan reeksport” rejimida olib chiqishi;
b) belgilangan vaqtinchalik olib kirish muddati tugashidan kamida oʻttiz kun oldin tegishli bojxona organiga yozma murojaatnoma asosida ularning vaqtinchalik olib kirish muddatlarini uzaytirishi;
v) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “erkin muomalaga chiqarish” rejimiga yoki boshqa rejimga joylashtirish toʻgʻrisida murojaat qilishi.
17. MTBning toʻliq amal qilish muddati davomida qaytariladigan tovarlarning vaqtinchalik olib kirish muddatini BYuDda koʻrsatilgan dastlabki muddatidan koʻproq muddatga uzaytirish bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-avgustdagi 399-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar va transport vositalarini chetdan vaqtinchalik olib kelish shartlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 33-son, 372-modda) qarori va “Vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) bojxona rejimi toʻgʻrisida”gi nizomga (2004-yil 14-oktabr, roʻyxat raqami 1418) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 40-41-son, 444-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Qayta olib chiqilayotgan qaytariladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi, rasmiylashtiruv vaqtida ular joylashgan hududdagi tegishli bojxona organi tomonidan, qaytariladigan tovarlar olib kirilayotganida nazoratga qoʻygan bojxona organi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
IV. TABIIY GAZNING OLIB ChIQILIShI
19. Eksport qilinayotgan tabiiy gazning bojxona rasmiylashtiruvi Marketing kompaniyasi yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. Eksport qilinayotgan tabiiy gaz hajmi va narxi MTB qoidalariga hamda Qozogʻiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi chegarasini kesib oʻtayotgan MTB doirasidagi tabiiy gaz berilayotgan Oʻrta Osiyo — Markaz yoki Buxoro — Ural gaz quvurlari tizimlaridagi gaz hisoblash tijorat oʻlchov bogʻlamasida Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi — DAF (Inkoterms-2000 keyingi oʻzgartishlar bilan) shartlarida Marketing kompaniyasi tomonidan tuzilgan tabiiy gazni sotish boʻyicha eksport shartnomalarining shartlariga muvofiq belgilanadi. Boshqaruv qoʻmitasining qaroriga muvofiq boshqa yetkazish joyi tasdiqlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Quvur tarmoqlari transporti orqali olib oʻtiladigan tabiiy gazning deklaratsiyalanishi va bojxona rasmiylashtiruvi ikki bosqichda amalga oshiriladi.
21. Birinchi bosqichda: har oyda, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tabiiy gaz oʻtkazilgan oydan avvalgi oyning 20 sanasidan kech boʻlmagan muddatda, Marketing kompaniyasi yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazishga moʻljallangan hisobot oyidagi tabiiy gaz hajmi boʻyicha vaqtinchalik (toʻliqsiz) bojxona yuk deklaratsiyasini (keyingi oʻrinlarda — VBYuD) va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) tegishli MTB nusxasi (faqat dastlabki rasmiylashtiruvda taqdim etiladi);
b) tegishli topshiriq shartnomasining nusxasi;
v) tabiiy gazni sotish boʻyicha eksport shartnomasi;
g) bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojlar toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati;
d) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazishga moʻljallangan tabiiy gaz hajmi boʻyicha invoys (hisob-faktura);
e) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan hisobot oyida oʻtkazishga moʻljallangan tabiiy gazning yetkazish davlati, ogʻirligi, hajmi, miqdori va narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan Marketing kompaniyasining hisob-kitob hujjati.
22. Tabiiy gazning eksporti uchun VBYuD “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga (1999-yil 3-noyabr, roʻyxat raqami 834) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 12-son) muvofiq, quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
a) “Deklaratsiya turi” 1-ustunining uchinchi kichik boʻlimida “VD” — vaqtinchalik (toʻliqsiz) bojxona yuk deklaratsiyasi harfli indeksi koʻrsatiladi;
b) “Joʻnatuvchi-eksporter” 2-ustunida tegishli topshiriq shartnomasiga muvofiq Marketing kompaniyasi koʻrsatiladi;
v) 9 va 28-ustunlarida — Oʻzbekiston Respublikasidagi Marketing kompaniyaning tegishli rekvizitlari koʻrsatiladi;
g) “Bitim xususiyati” 24-ustunning chap kichik boʻlimida bitimning kodi “79” koʻrsatiladi;
d) “Chegaradagi bojxona” 29-ustunda Oʻrta Osiyo — Markaz yoki Buxoro — Ural gaz quvurlari tizimining gazni hisobga olish oʻlchov tarmogʻini nazorat qiluvchi bojxona organining nomi va kodi koʻrsatiladi;
e) “Yuk joylari va tovarlarning bayoni” 31-ustunda:
tabiiy gazning yetkazib berilish kalendar oyi va yili koʻrsatilib, “_________ muddatda yetkazib berish” yozuvi kiritiladi;
tabiiy gazning koʻrsatilgan muddatda olib chiqilishi moʻljallanayotganligidan kelib chiqib, uning taxminiy hajmlari koʻrsatiladi;
j) “Qoʻshimcha maʼlumot, taqdim etilayotgan hujjatlar” 44 ustunda:
3-raqam ostida — olib chiqish asosi sifatida MTB, tabiiy gazni sotish boʻyicha eksport shartnomasining raqami, sanasi va summasi koʻrsatiladi;
8-raqam ostida — tegishli topshiriq shartnomasining raqami va sanasi koʻrsatiladi;
z) “Bojxona qiymati” 45-ustunida tabiiy gazni sotish boʻyicha eksport shartnomasining shartlari asosida bojxona chegarasidan oʻtkazish uchun rejalashtirilayotgan tabiiy gaz hajmi boʻyicha belgilanadigan shartli bojxona qiymati bayon etiladi;
i) VBYuDda bayon etilishi lozim boʻlgan boshqa maʼlumotlar tabiiy gazning rejalashtirilayotgan hajmiga moʻljallanib belgilanadi.
Toʻliq bojxona yuk deklaratsiyasini (keyingi oʻrinlarda matnda — BYuD) rasmiylashtirishda toʻldirish uchun taqdim etiladigan hujjatlarning boʻlishini talab etadigan VBYuD ustunlari toʻldirilmaydi.
23. VBYuD va boshqa hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organi tomonidan, BYuDni taqdim etish orqali deklaratsiya qilinayotgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. VBYuDni roʻyxatdan oʻtkazish BYuDni roʻyxatdan oʻtkazish jurnalida amalga oshiriladi.
24. Toʻliq BYuDning taqdim etish muddati VBYuDda koʻrsatilgan hisob-kitob davri tugashidan ikki oydan oshib ketmasligi lozim. Alohida hollarda (toʻliq BYuDni taqdim etish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning taqdim etilishi asoslangan sabablarga koʻra kechikishi), BYuDni taqdim etish muddati hududiy bojxona boshqarmasi boshligʻining ruxsati bilan oʻttiz kungacha uzaytirilishi mumkin. Bunda Marketing kompaniyasi va (yoki) Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi bojxona organiga toʻliq BYuDni taqdim etish imkoni mavjud emasligining sabablarini koʻrsatgan holda yozma ravishda murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Ikkinchi bosqichda, bojxona organi tomonidan VBYuD qabul qilinadigan kunida amal qilgan qonun hujjatlariga muvofiq, toʻliq BYuDning bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.
BYuD bilan bir vaqtda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) VBYuD;
b) Oʻzbekiston Respublikasi gaz transport kompaniyasi va Operator tomonidan imzolangan, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasida tabiiy gazni qabul qilish dalolatnomasi;
v) Marketing kompaniyasi va xaridor tomonidan imzolangan, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasida Investor va Vakolatli organning tabiiy gazini qabul qilish tijorat dalolatnomasi;
g) tegishli topshiriq shartnomasining nusxasi;
d) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan hisobot oyida oʻtkazilgan tabiiy gazning amaldagi hajmiga invoys (hisob-faktura);
e) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan amalda oʻtkazilgan tabiiy gazni yetkazib berish davlati, ogʻirligi, miqdori va narxi toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi hududi tashqarisida joylashgan xorijiy bankda Marketing kompaniyasi tomonidan ochilayotgan hamda uchinchi shaxslarga tabiiy gazni sotishdan kelib tushgan barcha mablagʻlarni bevosita oʻtkazish uchun moʻljallangan hisob raqami toʻgʻrisidagi, Marketing kompaniyasi tomonidan xorijiy bankdagi Birgalikdagi hisob raqamidan barcha mablagʻlarni oʻtkazish uchun ochiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan bankdagi Birgalikdagi hisob raqamiga keyinchalik bunday mablagʻlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan hisob raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan Marketing kompaniyasining hisobot oyidagi tabiiy gazni yetkazib berish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi;
j) muvofiqlik sertifikati;
z) vakolatli bank tomonidan Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (2002-yil 14-may, roʻyxat raqami 1137) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 9-son) 3-ilovasiga muvofiq shaklda beriladigan hisob-kitoblar maʼlumotnomasi (mahsulot taqsimotiga oid Bitimlarni amalga oshirish doirasida).
Keyingi tahrirga qarang.
26. BYuD “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga (1999-yil 3-noyabr, roʻyxat raqami 834) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 12-son) muvofiq, VBYuDning toʻldirilishini va quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
a) “Umumiy deklaratsiya, avvalgi hujjat” 40-ustunda VBYuDning maʼlumot raqami koʻrsatiladi;
b) “Bojxona nazorati” D-ustunida bojxona organi xodimi qoʻshimcha ravishda tabiiy gaz yetkazib berilgan oyning oxirgi sanasini qoʻyadi, uni imzolaydi, shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlaydi va toʻliq BYuDning elektron nusxasiga kiritadi.
27. BYuDda VBYuDdagidek boʻlgan maʼlumot raqami qoʻyiladi, bunda ular bir-birining ajralmas qismi deb hisoblanadi.
28. BYuD va VBYuDda koʻrsatilgan tabiiy gazning amaldagi hajmlarida farq boʻlganda, amalda olib oʻtilgan tabiiy gaz toʻgʻrisidagi hujjatlarning deklarant tomonidan taqdim qilinishida VBYuDning qayta rasmiylashtirilishi amalga oshirilmaydi.
Bunda, agar BYuDga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi uchun hisoblangan va toʻlashga majbur boʻlgan yigʻimlar summasi, VBYuD boʻyicha toʻlangan summadan oshiq boʻlgan holatda, ularga qoʻshimcha haq toʻlanadi. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun qoʻshimcha yigʻimlarni toʻlash bojxona organi tomonidan BYuDni qabul qilishdan oldin yoki bir vaqtda amalga oshiriladi.
Agar, BYuDga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi uchun hisoblangan va toʻlashga majbur boʻlgan yigʻimlar summasi, VBYuD boʻyicha toʻlangan summadan kam boʻlgan holatda, bojxona rasmiylashtiruvi uchun ortiqcha toʻlangan yigʻimlarni qaytarib olish yoki kelgusida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar hisobiga oʻtkazish Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarini qaytarish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq (2000-yil 14-iyul, roʻyxat raqami 947) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 13-son) amalga oshiriladi.
29. Agar, VBYuD boʻyicha oʻtkazib koʻchirishga bayon etilgan tabiiy gaz eksport yetkazilishi amalga oshirilmagan holatda, VBYuD bekor qilinadi. Bunda bojxona rasmiylashtiruvi uchun toʻlangan yigʻim summalarining qaytarib olinishi Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarini qaytarish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq (2000-yil 14-iyul, roʻyxat raqami 947) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 13-son) amalga oshiriladi.
V. QAYTA IShLASh MAHSULOTLARI VA BOShQA UGLEVODOROD MAHSULOTLARINING OLIB ChIQILIShI
30. Eksport qilinayotgan qayta ishlash mahsulotlari va boshqa uglevodorod mahsulotlarining bojxona rasmiylashtiruvi Marketing kompaniyasi yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi tomonidan MTB qoidalariga va Marketing kompaniyasi tomonidan tuziladigan eksport shartnomalari shartlariga muvofiq aniqlanadigan hajm va narx asosida amalga oshiriladi.
31. “Eksport” bojxona rejimiga joylashtiriladigan qayta ishlash mahsulotlari va boshqa uglevodorod mahsulotlarining bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda BYuD bilan bir vaqtda bojxona organiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) tegishli MTB nusxasi (faqat dastlabki rasmiylashtiruvda taqdim etiladi);
b) tegishli topshiriq shartnomasi;
v) qayta ishlash mahsulotlari va boshqa uglevodorod mahsulotlarini sotish boʻyicha eksport shartnomasi;
g) vakolatli bank tomonidan Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (2002-yil 14-may, roʻyxat raqami 1137) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 9-son) 3-ilovasiga muvofiq shaklda beriladigan hisob-kitoblar maʼlumotnomasi (mahsulot taqsimotiga oid Bitimlarni amalga oshirish doirasida);
Keyingi tahrirga qarang.
d) transport hujjatlari va tovarga ilova qilingan hujjatlar;
e) bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojlar toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjati;
j) zarur hollarda majburiy tartibda sertifikatlanadigan mahsulot turlari uchun muvofiqlik sertifikati.
32. Qayta ishlash mahsulotlari va boshqa uglevodorod mahsulotlarining eksporti uchun BYuD “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga (1999-yil 3-noyabr, roʻyxat raqami 834) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-yil, 12-son) muvofiq, ushbu Qoidalarning 22-bandi “b”, “v”, “g” va “j” kichik bandlarida nazarda tutilgan xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi.
Bundan tashqari, “Qoʻshimcha maʼlumot, taqdim etilayotgan hujjatlar” 44 ustunda:
3-raqam ostida — olib chiqish asosi sifatida tegishli MTB, qayta ishlash mahsulotlari va boshqa uglevodorod mahsulotlarini sotish boʻyicha eksport shartnomasining raqami, sanasi va summasi koʻrsatiladi;
8-raqam ostida — tegishli topshiriq shartnomasining raqami va sanasi koʻrsatiladi.
VI. INVESTOR, OPERATOR VA PUDRATChILARNING MAJBURIYATLARI
33. Investor va (yoki) Operatorning majburiyatlari:
a) bojxona organiga tovarlarni koʻrsatish va bojxona organiga ularni tegishli bojxona rejimida rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni taqdim etish;
b) bojxona rasmiylashtiruvi uchun qonun hujjatlarida belgilangan yigʻimlarni toʻlash;
v) qaytariladigan tovarlarni “erkin muomalaga chiqarish” rejimiga rasmiylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona toʻlovlarini toʻlash;
g) vaqtinchalik olib kirish muddatlari tugaganida qaytariladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa bojxona rejimiga qayta rasmiylashtirish;
d) MTBning amal qilish muddatlari tugaganidan keyin “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlardan foydalanish toʻgʻrisida bojxona organiga yakuniy hisobot taqdim qilish.
34. Tovarlar olib kirilganda, pudratchi Investor va (yoki) Operator va pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar (kontraktlar) shartlariga muvofiq ushbu Qoidalarning 33-bandi “a” — “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajaradi.
35. Ushbu Qoidalarning 33-bandi “a” — “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan majburiyatlar tuzilgan shartnomalarga muvofiq Investor, Operator yoki pudratchi tomonidan vakolat berilgan shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin.
36. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun:
Xauzak — Shodi — Qandim — Qoʻngʻirotga oid MTB doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali Operator tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan Xauzak — Shodi — Qandim — Qoʻngʻirotga oid MTB boʻyicha Investor va (yoki) Operator javobgar boʻladi;
Janubiy-Gʻarbiy Hisorga oid MTB doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali Operator tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan Janubiy-Gʻarbiy Hisorga oid MTB boʻyicha Investor va (yoki) Operator javobgar boʻladi.
37. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali pudratchi tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarining oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun Investor va (yoki) Operator va pudratchi oʻrtasida tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq, pudratchi javobgar boʻladi.
VII. YAKUNIY QOIDALAR
38. Zarur hollarda Operator Investorning topshirigʻiga binoan va Vakolatli organ bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga loyiha, texnik, hisobot hujjatlarini, ishlov berish, analiz qilish va oʻrganishni amalga oshirish maqsadida geolog-geofizik materiallarni, geologik zotlar va plastik flyuidlarning (kernlarning) namuna va nusxalarini MTB shartlariga muvofiq, tegishli bojxona organiga yozma murojaat qilish orqali olib chiqadi.
39. Operator, Investorning topshirigʻiga binoan va Vakolatli organ bilan kelishgan holda yozuvlarning asl nusxalari va boshqa maʼlumotlarga ishlov berish, analiz qilish va oʻrganishni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishi mumkin. Investor va (yoki) Operator MTB shartlariga muvofiq, koʻrsatilgan olib chiqilgan yozuvlar va maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelishi kerak.
40. Zarur hollarda Marketing kompaniyasi Investor topshirigʻi boʻyicha va Vakolatli organ bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga eksport qilinayotgan tovarning namuna va nusxalarini potensial xaridorlar tomonidan bunday namuna va nusxalarga ishlov berish, tahlil etish va oʻrganish maqsadida tegishli bojxona organiga yozma murojaat qilish orqali olib chiqishi mumkin.
Bunday namuna va nusxalarni olib chiqish BYuD taqdim qilmagan holda tovarga ilova qilingan hujjatlar asosida tegishli bojxona organining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Olib kirilgan tovarlarning belgilanmagan maqsadda ishlatilishi, shuningdek ularni boshqa shaxslarga berish hollarida, tegishli bojxona organi qonun hujjatlariga muvofiq, davlat budjetiga toʻlanishi kerak boʻlgan barcha bojxona toʻlovlarini belgilangan tartibda undiradi.
42. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Operator bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
2010-yil 4-aprel
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
2010-yil 4-aprel
MChJ “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” Bosh direktori E. ChILOYANS
2010-yil 4-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 16-son, 126-modda; 2013-y., 35-son, 476-modda; 2015-y., 36-son, 484-modda)