Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2010 05.05.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1805
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining qarori, 05.05.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1805
Кучга кириш санаси
15.05.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2010
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR, INVESTITSIYaLAR VA SAVDO VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QANDIM KON GURUHI UChASTKASI, XAUZAK VA ShODI UChASTKALARI, ShUNINGDEK, QOʻNGʻIROT UChASTKALARIGA OID MAHSULOTNI TAQSIMLASh HAQIDAGI 2004 YIL 16 IYuNDAGI BITIMNI BAJARISh DOIRASIDA QAZIB OLINGAN NEFT VA GAZ XOM AShYoSINI OLIB ChIQIShNI BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 5-mayda 1805-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2010-yil 5-apreldagi 01-02/12-32, EG-01/10-240, 92, 06-282-son “Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi bitim doirasida va Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar boʻyicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2097, 19.04.2010-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 276-sonli “Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida Oʻzbekiston Respublikasining Qandim guruhi, Xauzak, Shodi konlarini ochish va Ustyurt mintaqasida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi, 2004-yil 14-sentabrdagi 428-sonli “Qandim guruhi konlari uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek Qoʻngʻirot uchastkasi boʻyicha mahsulot taqsimotiga oid bitimni bajarish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi Bitimni bajarish doirasida qazib olingan neft va gaz xomashyosini olib chiqishni bojxona rasmiylashtiruvi qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan keyingi oʻn kunlik muddat tugaganidan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/12-21-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EG-01/10-1497-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasining, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining 2008-yil 17-apreldagi 01-02/12-21, EG-01/10-1497, 45-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi Bitimni bajarish doirasida qazib olingan neft va gaz xomashyosini olib chiqishni bojxona rasmiylashtiruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat Bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi, “Mahsulotni taqsimlash haqidagi bitimlari toʻgʻrisida”gi qonunlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlarida Oʻzbekiston Respublikasining Qandim guruhi, Xauzak, Shodi konlarini ochish va Ustyurt mintaqasida geologiya qidiruv ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 2004-yil 11-iyundagi 276-sonli, “Qandim kon guruh uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi Bitimni joriy etish choralari toʻgʻrisida”gi 2004-yil 14-sentabrdagi 428-sonli qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi va investorlar konsorsiumiga kiruvchi “Neftyanaya kompaniya Lukoyl” ochiq aksiyadorlar jamiyati hamda “Oʻzbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi oʻrtasidagi Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi Bitimga muvofiq, koʻrsatilgan bitim doirasida kesib oʻtadigan neft va gaz xomashyosining bojxona rasmiylashtiruvi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MTB — Oʻzbekiston Respublikasi va investorlar konsorsiumiga kiruvchi “Neftyanaya kompaniya Lukoyl” ochiq aksiyadorlar jamiyati hamda “Oʻzbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi oʻrtasidagi Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qoʻngʻirot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi bitim va ilova, shuningdek unga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Lukoyl — Britaniya Virginiya Orollari qonunchiligiga koʻra yuridik shaxs hisoblanuvchi “LUKOYL Oversiz Uzbekistan Ltd.” kompaniyasi, shuningdek uning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionarlari. “Neftyanaya kompaniya “Lukoyl”ning huquq va majburiyatlarni MTB boʻyicha huquq va majburiyatlarni topshirish dalolatnomasiga muvofiq, mazkur kompaniyasiga berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Operator — Oʻzbekiston Respublikasida MTB boʻyicha ishlarni bajarishni tashkil etish uchun tuzilgan va 2004-yil 9-iyulda roʻyxatdan oʻtgan MChJ “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani”. Operator MTBga muvofiq belgilangan bojxona imtiyozlari va preferensiyalaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor — “LUKOYL Oversiz Uzbekistan Ltd” kompaniyasi va “Oʻzbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda, shuningdek ularning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan tsessionarlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marketing kompaniyasi — Britaniya Virginiya Orollari qonun hujjatlari boʻyicha yuridik shaxs hisoblangan Neft va gaz xomashyosini birgalikda sotishni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan “LUKOYL Oversiz Sapplay end Treyding Ltd.” (LUKOIL Overseas Supply and Trading Ltd.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neft va gaz xomashyosi — Neft va gaz operatsiyalarini amalga oshirish davrida kontrakt maydonlarida topilgan, qazib yoki boshqa tarzda olingan, tayyorlangan va saqlangan hamda tegishli yetkazish joyiga keltirilgan neft, tabiiy gaz, kondensat, boshqa uglevodorod mahsulotlari, shuningdek yoʻldosh moddalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investorning vakolatli shaxsi — Investor tomonidan tegishli tartibda vakolat berilgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarida MTB doirasida Investor manfaatlarini ifoda etuvchi Operator va Marketing kompaniyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi — Marketing kompaniyasi tomonidan tegishli tartibda vakolat berilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan va Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarida MTB doirasida Marketing kompaniyasining manfaatlarini ifoda etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarisiga tabiiy gazni olib chiqish eksport bojxona tartibida Vakolatli organ va Investorning nomidan va topshirigʻi boʻyicha Marketing kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor va Vakolatli organga tegishli boʻlgan tabiiy gazni olib chiqish Marketing kompaniyasi tomonidan, MTBning 14-moddasining qoidalarga muvofiq, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida eksport shartnomalarni roʻyxatga olmagan hamda ularni vakolatli bank va bojxona organlarida hisobga olmagan holda, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Eksport qilinayotgan tabiiy gazning bojxona rasmiylashtiriluvi Marketing kompaniyasi yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. Eksport qilinayotgan tabiiy gaz hajmi va narxi MTB qoidalariga hamda Qozogʻiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi chegarasini kesib oʻtayotgan MTB doirasidagi tabiiy gaz berilayotgan Oʻrta Osiyo — Markaz yoki Buxoro — Ural gaz quvurlari tizimlaridagi gaz hisoblash tijorat oʻlchov bogʻlamasida Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi — DAF (Inkoterms-2000 keyingi oʻzgartishlar bilan) shartlarida Marketing kompaniyasi tomonidan tuzilgan tabiiy gaz eksporti shartnomalarining shartlariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekspertiza oʻtkazish va eksport qilinayotgan tabiiy gaz uchun mahsulot kelib chiqish davlat sertifikatining berilishi, “Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga muvofiq (2000-yil 13-iyul, roʻyxat raqami 945 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil, 13-son), Marketing kompaniyasi yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quvurlar orqali oʻtadigan tabiiy gazni deklaratsiya qilish va bojxona rasmiylashtiriluvi ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Birinchi bosqich: har oyda, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan tabiiy gaz oʻtkazilgan oydan avvalgi oyning 20 sanasidan kech boʻlmagan muddatda, Marketing kompaniyasi yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazishga moʻljallangan hisobot oyidagi tabiiy gaz hajmi boʻyicha vaqtinchalik (toʻliqsiz) bojxona yuk deklaratsiyasini (keyingi oʻrinlarda matnda — VBYuD) va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) MTB nusxasi (faqat dastlabki rasmiylashtiruvda taqdim etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tabiiy gaz eksporti boʻyicha shartnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazishga moʻljallangan tabiiy gaz hajmi boʻyicha invoys (hisob-faktura);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazishga moʻljallangan tabiiy gazning yetkazish davlati, ogʻirligi, hajmi, miqdori va narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan Marketing kompaniyasining hisob-kitob hujjati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tabiiy gazning eksporti uchun VBYuD “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga (1999-yil 3-noyabr, roʻyxat raqami 834 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 12-son) muvofiq, quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Deklaratsiya turi” 1-ustunining uchinchi kichik boʻlimida “VD” — vaqtinchalik (toʻliqsiz) bojxona yuk deklaratsiyasi harfli indeksi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Joʻnatuvchi-eksporter” 2-ustunida Oʻzbekiston Respublikasida Marketing kompaniyaning joylashgan joyi koʻrsatiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzbekneftegaz” MXK va “LUKOYL Oversiz Uzbekistan Ltd.” (Vakolatli organ va Investor topshirigʻi boʻyicha) topshirigʻi boʻyicha Marketing kompaniyasi deb koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 9 va 28-ustunlarida — Oʻzbekiston Respublikasidagi Marketing kompaniyaning rekvizitlari koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Bitim xususiyati” 24-ustunning chap tomonida “79” bitim kodi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Chegaradagi bojxona” 29-ustunda Oʻrta Osiyo — Markaz yoki Buxoro — Ural gaz quvurlari tizimining gazni hisobga olish oʻlchov tarmogʻini nazorat qiluvchi bojxona postining nomi va kodi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “Yuk joylari va tovarlarning bayoni” 31-ustunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy gazning yetkazib berilish kalendar oyi va yili koʻrsatilib, “_________ muddatda yetkazib berish” yozuvi kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy gazning koʻrsatilgan muddatda olib chiqilishi moʻljallanayotganligidan kelib chiqib, uning taxminiy hajmlari koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “Protsedura” 37-ustunining oxirgi ikki raqamida “33” kodi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) “Qoʻshimcha maʼlumot / taqdim etilayotgan hujjatlar” 44 ustunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-raqam ostida olib chiqish asosi sifatida MTB, tabiiy gaz kontraktining raqami, sanasi va summasi koʻrsatiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-raqam ostida — Marketing kompaniyasi va Vakolatli organ, “Oʻzbekneftegaz” MXK, “LUKOYL Oversiz Uzbekistan Ltd.” oʻrtasidagi topshiriq shartnomasining raqami va sanasi koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “Bojxona narxi” 45-ustunda tabiiy gaz eksporti kontraktining shartlari asosida bojxona chegarasidan oʻtkazish uchun rejalashtirilayotgan tabiiy gaz hajmi boʻyicha belgilanadigan bojxona narxi shartlari bayon etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) VBYuD bayon etilishga lozim boʻlgan boshqa maʼlumotlar tabiiy gazning rejalashtirilayotgan hajmiga moʻljallanib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq Bojxona yuk deklaratsiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda — BYuD) rasmiylashtirishda toʻldirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar boʻlishi lozim VBYuD pogʻonalari toʻldirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. VBYuD va boshqa hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatdan oʻtkazish va bojxona rasmiylashtiruvi rasmiylashtiradigan bojxona posti tomonidan, BYuDni taqdim etish orqali deklaratsiya qilinayotgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Toʻliq BYuDning taqdim etish muddati VBYuDda koʻrsatilgan hisob-kitob davri tugashidan ikki oydan oshib ketmasligi lozim. Alohida hollarda (toʻliq BYuDni taqdim etish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning taqdim etilishi asoslangan sabablarga koʻra kechikishi), BYuDni taqdim etish muddati rasmiylashtiradigan bojxona posti boshligʻining ruxsati bilan 30 kungacha uzaytirilishi mumkin. Bunda Marketing kompaniyasi va/yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi rasmiylashtiradigan bojxona postiga toʻliq BYuDni taqdim etish imkoni mavjud emasligining sabablarini koʻrsatgan holda, yozma ravishda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ikkinchi bosqichda, bojxona organi tomonidan VBYuD qabul qilinadigan kunida amal qilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, toʻliq BYuDning rasmiylashtirilishi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYuD bilan bir vaqtda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) VBYuD;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi gaz transport kompaniyasi va Operator tomonidan imzolangan, Oʻzbekiston Respublikasidagi bojxona chegarasida oʻzbek tabiiy gazini qabul qilish dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Marketing kompaniyasi va xaridor tomonidan imzolangan, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasida Investor va Vakolatli organning tabiiy gazni qabul qilish tijorat dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) hisobot oyida tabiiy gazni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan oʻtkazilgan amaldagi hajmiga invoys (hisob-faktura);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Marketing kompaniyasining hisobot oyidagi tabiiy gazni yetkazib berish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan amalda oʻtkazilgan tabiiy gazni yetkazib berish davlati, ogʻirligi, miqdori va narxi toʻgʻrisidagi axborotlar va xorijiy bankdagi birgalikdagi hisob raqami — Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarisida joylashgan xorijiy bankida Marketing kompaniyasi tomonidan ochilayotgan hisob raqami, uchinchi shaxslarga neft va gaz xomashyosini sotishdan kelib tushgan barcha mablagʻlarni bevosita oʻtkazish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyaga ega vakolatli bankdagi birgalikdagi hisob raqamiga ushbu mablagʻlarni keyinchalik oʻtkazish uchun moʻljallangan hisob raqami hamda Oʻzbekiston bankidagi birgalikdagi hisob raqami — Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan litsenziyaga ega vakolatli bankda Marketing kompaniyasi tomonidan ochilayotgan hisob raqami, xorijiy bankdagi Birgalikdagi hisob raqamidan barcha mablagʻlarni oʻtkazish uchun moʻljallangan hisob raqami toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan birgalikda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) muvofiqlik sertifikati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) vakolatli bank tomonidan hisob-kitoblar maʼlumotnomasi (mahsulot taqsimotiga oid Bitimlarni amalga oshirish doirasida) Hisob-kitoblar maʼlumotnomasini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (2002-yil 14-may, roʻyxat raqami 1137 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 9-son) 3-sonli ilovasiga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. BYuD “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma”ga (1999-yil 3-noyabr, roʻyxat raqami 834 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 12-son) muvofiq, VBYuD toʻldirilishini va quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat” 40-ustunda VBYuDning maʼlumot raqami koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Bojxona nazorati” D-ustunida bojxona organi xodimi qoʻshimcha ravishda tabiiy gazning yetkazib berilgan oyning oxirgi sanasini qoʻyadi, uni imzolaydi, shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlaydi va toʻliq BYuDning elektron nusxasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. BYuDda VBYuDdagidek boʻlgan maʼlumot raqami qoʻyiladi, bunda ular bir-birining ajralmas qismi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. BYuD va VBYuD koʻrsatilgan tabiiy gazning amaldagi hajmlarida farq boʻlganda, tabiiy gazni amaldagi joyidan joyga koʻchish toʻgʻrisidagi deklaratsiya hujjatlarni taqdim qilishda VBYuD qayta rasmiylashtirishi amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, agar BYuD muvofiq bojxona toʻlovlari hisoblangan va toʻlashga majbur boʻlgan summa, VBYuD boʻyicha toʻlangan summadan oshiq boʻlgan holatda, ularga qoʻshimcha haq toʻlanadi. Bojxona toʻlovlarga qoʻshimcha haq Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organi BYuD qabul qilishdan oldin yoki bir vaqtda toʻlovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, BYuD muvofiq bojxona toʻlovlari hisoblangan va toʻlashga majbur boʻlgan summa, VYuBD boʻyicha toʻlangan summadan kam boʻlgan holatda, ortiqcha bojxona boji toʻlovlarini qaytarib olish va kelgusida toʻlov hisoblariga oʻtkazish Bojxona ortiqcha toʻlovlarni qaytarib yoki undirib olish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq (2000-yil 14-iyul, roʻyxat raqami 947 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil, 13-son).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Agar, VBYuD boʻyicha oʻtkazib koʻchirishga bayon etilgan tabiiy gaz eksport yetkazilishi amalga oshirilmagan holatda, VBYuD bekor qilinadi. Bunda bojxona boji toʻlovlarini qaytarib olinishi Bojxona ortiqcha toʻlovlarni qaytarib yoki undirib olish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq (2000-yil 14-iyul, roʻyxat raqami 947 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-yil, 13-son) amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali Marketing kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan tabiiy gaz hisobi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan berilgan 00000016 kod asosida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. MTBning 20.5-bandiga muvofiq neft va gaz xomashyosining boshqa turlarini olib chiqish bojxona rasmiylashtirishni oshirish boʻyicha xususiyatlari mazkur qoidaga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgandan soʻng belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ushbu qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Operator bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 17-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 17-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Lukoyl Uzbekistan Opereyting kompani” MChJ bosh direktori S. NIKIFOROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 17-aprel
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 19-son, 168-modda)