O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JANUBIY-G‘ARBIY HISOR VA USTYuRT MINTAQASI HUDUDLARIDAGI KONLAR BO‘YIChA 2007-YIL 23-YaNVARDAGI MAHSULOT TAQSIMOTIGA OID BITIM DOIRASIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASI ORQALI OLIB O‘TILADIGAN TOVARLARNING BOJXONA RASMIYLAShTIRUVI QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 14-aprelda 1674-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2010-yil 5-apreldagi 01-02/12-32, EG-01/10-240, 92, 06-282-son “Qandim kon guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek, Qo‘ng‘irot uchastkalariga oid mahsulotni taqsimlash haqidagi 2004-yil 16-iyundagi bitim doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar bo‘yicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2097, 19.04.2010-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi qaror qiladi:
1. Ilova qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasi Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar bo‘yicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi Qoidalari tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan boshlab “UzPEK Limited” kompaniyasi va uning yordamchi pudratchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror (2001-yil 30-iyul, ro‘yxat raqami 1057 — Normativ hujjatlarining axborotnomasi, 2001-y., 14-son) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2007-yil 16-mart,
01-02/20-9-son
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. G‘ANIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 16-mart,
EG-01/10-1447-son
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori R. BURIYEV
Toshkent sh.,
2007-yil 16-mart,
P-2-son
Davlat bojxona qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining
2007-yil 16-martdagi 01-02/20-9, EG-01/10-1447, P-2-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2007-yil 16-martdagi 01-02/20-9, EG-01/10-1447, P-2-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
O‘zbekiston Respublikasi Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar bo‘yicha 2007-yil 23-yanvardagi mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1998-y., 2-son, 36-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2002-y., 1-son, 20-modda; 9-son, 165-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; 5-son, 67-modda; 2005-y., 1-son, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari Axborotnomasi, 2006-y., 4-son, 154-modda; 10-son, 536-modda), “Er osti boyliklari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi 1994-y., 10-son, 252-modda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 1997-y., 2-son, 56-modda; 1998-y., 9-son, 181-modda; 2000-y., 7-8-son, 217-modda) Qonuni, “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 2002-y., 1-son, 13-modda) Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-son qarori bilan ma’qullangan 2007-yil 23-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar bo‘yicha mahsulot taqsimotiga oid bitimga asosan ushbu Bitim doirasida bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalarni qo‘llash maqsadida quyidagi asosiy tushunchalar ishlatiladi:
MTB — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-son qarori bilan ma’qullangan 2007-yil 23-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi va “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar bo‘yicha mahsulot taqsimotiga oid bitim, shuningdek unga ilovalar hamda o‘zgartish va qo‘shimchalar;
Investor — Gernsi oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo‘shma Qirolligi) qonun hujjatlari bo‘yicha yuridik shaxs hisoblangan “Soyuzneftegaz Vostok Limited” kompaniyasi (“Soyuzneftegaz Vostok Limited”), shuningdek uning huquqiy vorislari va yo‘l qo‘yiladigan tsessionarlari;
Operator — O‘zbekiston Respublikasida MTB bo‘yicha ishlarni bajarishni tashkil etish uchun tuzilgan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan “SNG Gissar Opereyting” MChJ kompaniyasi (“SNG Gissar Orerating” MShJ), shuningdek uning huquqiy vorislari va yo‘l qo‘yiladigan tsessionarlari;
Marketing kompaniyasi — Investor va Vakolatli organga tegishli Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotini birgalikda sotish maqsadida Investor tomonidan tashkil etilgan va Gernsi oroli (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qo‘shma Qirolligi) qonun hujjatlari bo‘yicha yuridik shaxs hisoblangan “SNG Vostok Marketing Limited” kompaniyasi (“SNG Vostok Marketing Limited”), shuningdek uning huquqiy vorislari va yo‘l qo‘yiladigan tsessionarlari;
Vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ-567-son qarorining 3-bandiga muvofiq, “O‘zbekneftegaz” Milliy xolding kompaniyasi;
Investorning vakolatli shaxsi — O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarida Investor manfaatlarini MTB doirasida himoya qiluvchi Investor tomonidan tegishli tartibda vakolat berilgan yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan Operator va Marketing kompaniyasi;
Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi — O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan, Marketing kompaniyasi manfaatlarini MTB doirasida O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarida himoya qiluvchi, Marketing kompaniyasi tomonidan tegishli tartibda vakolat berilgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
O‘zR DBQ — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi;
DBQB — Investor va Pudratchilar tomonidan olib kiritilayotgan tovarlarni, shuningdek MTBga muvofiq olib chiqilayotgan Uglevodorodlar, tabiiy gaz va Neftgaz mahsuloti ustidan bojxona nazoratini amalga oshiruvchi O‘zR DBQning tegishli hududiy bojxona boshqarmasi;
Pudratchi — Investor va/yoki Operator, va/yoki Marketing kompaniyasi MTB bo‘yicha neftgaz operatsiyalari bilan bog‘liq tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs. Ushbu atama MTB bo‘yicha neftgaz operatsiyalari bilan bog‘liq tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha Pudratchi yoki uning ikkilamchi pudratchilari bilan shartnoma tuzgan ikkilamchi pudratchilar ham kiradi;
tovarlar — MTB va neftgaz konlarini qidiruv va ochish, infratuzilmalarni qurish bo‘yicha kompleks ishlarni bajarish uchun Investor va/yoki Operator va Pudratchilar o‘rtasida tuzilgan kontraktlar asosida Investor va/yoki Operator va Pudratchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan har qanday ko‘char mulk, shu jumladan xarajat qilinadigan tovarlar va qaytariladigan tovarlar va O‘zbekiston Respublikasi Janubiy-G‘arbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlar bilan bog‘liq boshqa ishlar, shuningdek, MTB doirasida eksport qilish maqsadida Marketing kompaniyasi va/yoki Investor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan Uglevodorodlar, tabiiy gaz va Neftgaz mahsuloti;
xarajat qilinadigan tovarlar — O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi, shu jumladan erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga olib kiriladigan materiallar, uskunalar, asboblar, jihozlar va qismlar, YoMM (yoqilg‘i-moylash materiallari), transport vositalari va boshqa ko‘char mulk, shuningdek MTB bo‘yicha ishlarni olib borish jarayonida ishlatiladigan texnik-material resurslar, loyiha va texnik hujjatlar;
qaytariladigan tovarlar — keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimi ostida olib o‘tilayotgan materiallar, uskunalar, asboblar, jihozlar va qismlar, transport vositalari va boshqa ko‘char mulk, loyiha va texnik hujjatlar;
Uglevodorodlar — neft, tabiiy gaz, gaz kondensati, shuningdek boshqa uglevodorod mahsulotlari va/yoki yuqorida ko‘rsatilgan moddalardan har birining kontekstga ko‘ra alohida umumlashtirilgan nomi;
Neftgaz mahsuloti — MTBni bajarish jarayonida neft, tabiiy gaz, gaz kondesati, shuningdek boshqa uglevodorod mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va saqlash natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar, jumladan:
benzin;
dizel yoqilg‘isi;
sanoat moylari;
mazut;
suyultirilgan gaz;
texnik kerosin;
gazni chuqur qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar;
Uglevodorodlarni qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan boshqa mahsulotlar.
Boshqaruv qo‘mitasi — MTB doirasida ishlarni bajarish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiruvchi va MTBda sanab o‘tilgan funksiyalarga muvofiq MTBni bajarish bilan bog‘liq majburiy qarorlarni qabul qiluvchi, Investor va Vakolatli organ vakillaridan iborat tarkibda doimiy ish yurituvchi organ. Boshqaruv qo‘mitasi har kalendar chorak mobaynida kamida 1 (bir) marta o‘z yig‘ilishini o‘tkazadi;
boshqaruv qo‘mitasining hujjatlari — ushbu Qoidalar maqsadida Investor va Vakolatli organ tomonidan MTBni bajarish jarayonida olingan va Boshqaruv qo‘mitasi yig‘ilishlarida uning a’zolari tomonidan tasdiqlangan Uglevodorodlar, tabiiy gaz va Neftgaz mahsulotining taqsimoti bilan bog‘liq hujjatlar tushuniladi;
uglevodorodlarni qazib olish dalolatnomasi — ushbu Qoidalar maqsadida, qazib olish hajmlarini tasdiqlash maqsadida Investor va Vakolatli organ tomonidan imzolanadigan Uglevodorodlarni qazib olish dalolatnomasi tushuniladi. Uglevodorodlarni qazib olish dalolatnomasi Boshqaruv qo‘mitasi tomonidan Boshqaruv qo‘mitasi yig‘ilishlarida tasdiqlanadi va Boshqaruv qo‘mitasining hujjatlari tarkibiga kiritiladi;
uglevodorodlarni qayta ishlash dalolatnomasi — ushbu Qoidalar maqsadida Investor, Vakolatli organ va neftni qayta ishlash yoki gazni qayta ishlash korxonasi vakolatli vakili tomonidan imzolanadigan Uglevodorodlarni qayta ishlash dalolatnomasi tushuniladi. Uglevodorodlarni qayta ishlash dalolatnomasi Boshqaruv qo‘mitasi tomonidan Boshqaruv qo‘mitasi yig‘ilishlarida tasdiqlanadi va Boshqaruv qo‘mitasining hujjatlari tarkibiga kiritiladi.
2. Investor va Vakolatli organga tegishli bo‘lgan Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining eksporti MTBning 13-moddasi qoidalariga muvofiq Marketing kompaniyasi tomonidan eksport bitimlarini vakolatli organlarda ro‘yxatdan o‘tkazmagan va vakolatli bank tomonidan beriladigan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni taqdim qilmagan holda amalga oshiriladi. Eksport qilish uchun asos bo‘lib MTB, Boshqaruv qo‘mitasining hujjatlari, Uglevodorodlarni qazib olish dalolatnomasi va zarur bo‘lgan hollarda, Uglevodorodlarni qayta ishlash dalolatnomasi hisoblanadi.
Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotini eksportga mo‘ljallanayotgan jo‘natish to‘g‘risida Marketing kompaniyasi tegishli hujjatlarni (MTB, Boshqaruv qo‘mitasining hujjatlari, Uglevodorodlarni qazib olish dalolatnomasi va zarur bo‘lgan hollarda Uglevodorodlarni qayta ishlash dalolatnomasi) taqdim qilgan holda, hududida bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladigan DBQBni yozma ravishda xabardor qiladi.
3. Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining Investorga tegishli bo‘lgan ulushining eksporti MTBda nazarda tutilgan hollarda, Investor tomonidan, MTB qoidalariga muvofiq Marketing kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan Investor va Vakolatli organning Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining birgalikdagi eksporti uchun belgilagan shartlar asosida amalga oshiriladi.
Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining Vakolatli organga tegishli bo‘lgan ulushining eksporti MTBda nazarda tutilgan hollarda Vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Belgilangan tartibda Operator tomonidan tuzilgan tovarlarni yetkazib berish kontraktlari, vakolatli bankda va O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.
5. Investor bilan O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan tuzilgan tovarlarni yetkazib berish kontraktlari vakolatli bankda va O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarida hisobga qo‘yilmaydi.
6. Davlat tomonidan tartibga solinadigan va olib kirishda davlat organlari ruxsatnomalarini talab etuvchi tovarlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va MTB qoidalarida belgilangan tartibda va shartlarda olib kiriladi.
7. Investor va/yoki Operator va ularning Pudratchilari tomonidan olib kirilayotgan tovarlar, shuningdek olib chiqilayotgan qaytariladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi MTBning 19.1 va 19.5-moddalariga muvofiq quyidagi xususiyatlardan kelib chiqib, bojlar, soliq va yig‘imlar (bojxona rasmiylashtiruvi uchun olinadigan yig‘imdan tashqari) undirilmagan holda amalga oshiriladi:
a) Investor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning hisobi O‘zR DBQ tomonidan Investorga berilgan 00000014 kodiga asosan yuritiladi;
b) Operator tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning hisobi qonun hujjatlariga muvofiq Operatorga berilgan Operatorning KTUT kodiga asosan yuritiladi;
v) Pudratchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning hisobi Investor va/yoki Operator va Pudratchi o‘rtasida tuzilgan kontraktlarga muvofiq O‘zR DBQ tomonidan Pudratchiga berilgan kodga asosan yuritiladi.
Investor va/yoki Operator va ularning Pudratchilari tomonidan olib kirilayotgan tovarlarning, shuningdek qaytariladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi chog‘ida berilgan imtiyozlar hisobini yuritish uchun, BYuD bojxona to‘lovlari hisobga olingan holda to‘ldiriladi.
8. Operator tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun Investor va/yoki Operator javobgar bo‘ladi.
9. Pudratchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun Investor va/yoki Operator va Pudratchi o‘rtasida tuzilgan kontraktlar shartlariga muvofiq, Pudratchi javobgar bo‘ladi.
10. Olib chiqilayotgan Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining bojxona rasmiylashtiruvi bojxona to‘lovlari olinmagan holda amalga oshiriladi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno). Eksport qilinayotgan Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun Investor va/yoki Marketing kompaniyasi javobgar bo‘ladi.
11. Operator neftgaz operatsiyalarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori va “Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizom”ga (2004-yil 27-fevral, ro‘yxat raqami 1318 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 8-son, 103-modda) muvofiq bojxona omborini tashkil etishga haqli.
12. Operator tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida olingan va ushbu hududdan tashqariga olib chiqilmasdan foydalanishga mo‘ljallangan tovarlarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilmaydi.
13. Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining muvofiqlik sertifikatlari, shuningdek kelib chiqish sertifikatlari, o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotga sertifikatlar va Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotini eksport qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa har qanday sertifikatlar, sertifikatlash bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
14. Investor, Operator va Marketing kompaniyasi MTBda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari va preferensiyalaridan foydalanadi.
II. Qaytariladigan tovarlarni olib kirish va ularni tasarruf etish
15. Qaytariladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-avgustdagi 399-son qarori va “Vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizom” (2004-yil 14-oktabr, ro‘yxat raqami 1418 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 40-41-son, 444-modda) asosida Investor va/yoki Operator yoki Pudratchining arizasiga muvofiq vaqtincha olib kirish bojxona rejimida amalga oshiriladi.
16. Qaytariladigan tovarlar vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimi ostiga Investor va/yoki Operator yoxud Pudratchi tomonidan olib kirish maqsadlariga ko‘ra ko‘rsatilgan muddatga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda BYuD to‘ldirilib joylashtiriladi:
a) 24-ustunning chap kichik bo‘limida bitimning kodi “79” ko‘rsatiladi;
b) 44-ustunning 3-bandida — MTBning raqami va sanasi, Investor va/yoki Operator tomonidan olib kirilayotgan qaytariladigan tovarlarga nisbatan Investor va/yoki Operator xatining raqami va sanasi, yoxud Pudratchilar tomonidan olib kirilayotgan qaytariladigan tovarlarga nisbatan Pudratchilarning xatlari va tegishli kontraktlarining raqamlari va sanalari;
v) 37-ustundagi oxirgi ikkita raqami — deklaratsiya qilinadigan tovarlarni olib o‘tish xususiyatining kodi, “44” qo‘yiladi.
17. Investor va/yoki Operator yoxud Pudratchi vaqtinchalik olib kirish oxirgi muddati tugaguniga qadar qaytariladigan tovarlarni quyidagi usullar orqali tasarruf etishi kerak:
a) O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan reeksport rejimida olib chiqishi;
b) belgilangan vaqtinchalik olib kirish muddati tugashidan kamida o‘ttiz (30) kun oldin tegishli DBQBga yozma murojaatnoma asosida ularni vaqtinchalik olib kirish muddatlarini uzaytirishi;
v) qonun hujjatlari va MTBda belgilangan tartibda erkin muomalaga chiqarish rejimiga yoki boshqa rejimga joylashtirish to‘g‘risida murojaat qilishi.
18. MTBning to‘liq amal qilish muddati davomida qaytariladigan tovarlarning vaqtinchalik olib kirish muddatini BYuDda ko‘rsatilgan dastlabki muddatidan ko‘proq muddatga uzaytirish O‘zR DBQ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-avgustdagi 399-son qarori va “Vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizom”ga (2004-yil 14-oktabr, ro‘yxat raqami 1418 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 40-41-son, 444-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
19. Qaytariladigan tovarlar qayta olib chiqilishining bojxona rasmiylashtiruvi, rasmiylashtiruv vaqtida ular joylashgan hududdagi tegishli DBQB tomonidan, qaytariladigan tovarlar olib kirilayotganida nazoratga qo‘ygan DBQB bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi mumkin.
III. Xarajat qilinadigan tovarlarni olib kirish va ularni tasarruf qilish
20. Xarajat qilinadigan tovarlar BYuD to‘ldirgan holda, erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga quyidagi xususiyatlarni inobatga olib joylashtiriladi:
a) 24-ustunning chap kichik bo‘limida bitimning kodi “79” ko‘rsatiladi;
b) 37-ustunda oxirgi ikkita raqam — deklaratsiya qilinadigan olib o‘tilayotgan tovarlarning kodi, “44” qo‘yilsin;
v) 44-ustunning 3-bandida — MTBning raqami va sanasi, Investor va/yoki Operator tomonidan olib kirilayotgan xarajat qilinadigan tovarlarga nisbatan Investor va/yoki Operator xatining raqami va sanasi, yoxud Pudratchilar tomonidan olib kirilayotgan xarajat qilinadigan tovarlarga nisbatan Pudratchilarning xatlar va tegishli kontraktlarining raqamlari va sanalari;
g) “S” ustunining 1-bandida — MTBning ro‘yxat raqami va uning O‘zR DBQda hisobga olingan sanasi.
21. Investor va/yoki Operator yoxud Pudratchining xatiga asosan tegishli DBQBning ruxsati bilan, xarajat qilinadigan tovarlar, ular Investor va/yoki Operator yoxud Pudratchining omborlarida va Investor va/yoki Operator yoxud Pudratchi tomonidan belgilangan boshqa joylarda saqlanilgan holda, vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin. Tegishli DBQBsi vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimida turgan xarajat qilinadigan tovarlar ustidan nazoratni amalga oshiradi.
22. Bojxona rasmiylashtiruvi maqsadida sertifikatsiyalanishi majburiy bo‘lgan xarajat qilinadigan tovarlarni sertifikatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 315-modda) va “O‘zbekiston Respublikasi hududiga sertifikatsiyalanishi majburiy bo‘lgan tovarlarni (mahsulotlarni) olib kirish va uning hududidan olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”da (2000-yil 26-fevral, ro‘yxat raqami 901 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 33-son, 376-modda) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
23. Erkin muomalaga chiqarish rejimiga joylashtirilgan xarajat qilinadigan tovarlar, Investor va/yoki Operator yoxud Pudratchining arizasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga reeksport rejimida “Bojxona reeksport rejimi to‘g‘risidagi nizom”ning (2002-yil 12-may, ro‘yxat raqami 1134) tartib va shartlariga amal qilgan holda olib chiqilishi mumkin.
IV. Uglevodorodlarning olib chiqilishi
24. Uglevodorodlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilishi Investor va Vakolatli organning nomidan va uning topshirig‘i bo‘yicha Marketing kompaniyasi tomonidan eksport bojxona rejimida amalga oshiriladi.
25. Eksport qilinayotgan Uglevodorodlarning bojxona rasmiylashtiruvi Marketing kompaniyasi yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi tomonidan, franko-tashuvchi FSA (Inkoterms-2000) shartlari bo‘yicha aniqlanadigan hajm va narxda amalga oshiriladi.
26. Jarquduq quyma terminalining ekspluatatsiyaga tushirilishiga qadar, MTB doirasida qazib olish va tayyorlash jarayonida olingan va eksport maqsadlari uchun mo‘ljallangan, tabiiy gazdan tashqari Uglevodorodlarning bojxona rasmiylashtiruvi, O‘zbekiston temir yo‘llarining Sho‘rtan temiryo‘l bekati FSA shartlari asosida amalga oshiriladi.
27. Jarquduq quyma terminali ekspluatatsiyaga tushirilganidan so‘ng, MTB doirasida qazib olish va tayyorlash jarayonida olingan va eksport maqsadlari uchun mo‘ljallangan, tabiiy gazdan tashqari Uglevodorodlarning bojxona rasmiylashtiruvi O‘zbekiston temir yo‘llarining Dehqonobod temiryo‘l bekati FSA shartlari asosida amalga oshiriladi.
Bunda BYuDda quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) 2, 9 va 28-ustunlarda — Investorning yoki Investorning vakolatli shaxsining tegishli rekvizitlari;
b) 8-ustunda — Investor tomonidan ko‘rsatilgan, qabul qiluvchining rekvizitlari;
v) 24-ustunda — bitimning kodi “79”;
g) 37-ustunning uchinchi qismida — tovarlar olib o‘tilishi xususiyatining kodi “33”;
d) 44-ustunning 3-bandida olib chiqish uchun asos sifatida, MTB va Uglevodorodlarni qazib olish dalolatnomasi ko‘rsatiladi.
28. Eksport qilinayotgan tabiiy gazning bojxona rasmiylashtiruvi Marketing kompaniyasi yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi tomonidan amalga oshiriladi. Eksport qilinayotgan tabiiy gazning hajmi va narxi MTB qoidalariga muvofiq DAF — O‘zbekiston Respublikasi chegarasi shartlari (Inkoterms-2000) asosida, MTB doirasida yetkazib berilayotgan tabiiy gaz O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘iston Respublikasi bilan chegarani kesib o‘tadigan O‘rta Osiyo — Markaz yoki Buxoro — Ural gaz quvurlari tizimining gazni hisobga olish tijorat o‘lchov tarmog‘ida belgilanadi.
29. Mazkur Qoidalarning 26—28-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan Uglevodorodlarning bojxona rasmiylashtiruvi shartlari Marketing kompaniyasi tomonidan tuzilgan kontraktlariga muvofiq aniqlashtirilishi mumkin.
30. Eksport qilinayotgan tabiiy gazga, Investorning vakolatli shaxsining arizasiga ko‘ra, tegishli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda “O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga (2000-yil 13-iyul, ro‘yxat raqami 945 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2000-y. 13-son) muvofiq tovarlarning kelib chiqishi sertifikatlari beriladi.
31. Quvur tarmoqlari transporti orqali olib o‘tiladigan tabiiy gazning bojxona deklaratsiyalanishi va rasmiylashtiruvi ikki bosqichda amalga oshiriladi.
32. Birinchi bosqichda: har oy, tabiiy gazning O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan oydan oldingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, Marketing kompaniyasi va/yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi bojxona organiga hisobot oyida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi rejalashtirilayotgan tabiiy gazning hajmiga vaqtinchalik (to‘liqsiz) bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan keyin matnda VBYuD deb yuritiladi) va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) MTBning nusxasi (faqat birinchi marta rasmiylashtirilayotganda taqdim etiladi);
b) tabiiy gazni yetkazib berish kontrakti;
v) bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
g) O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi rejalashtirilayotgan tabiiy gaz hajmiga invoys (hisob-faktura);
d) hisobot oyida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi rejalashtirilayotgan tabiiy gazning borish mamlakati, og‘irligi, miqdori va bahosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan Investorning hisob-kitob hujjati.
33. Tabiiy gazning eksporti uchun VBYuD “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga (1999-yil 3-noyabr, ro‘yxat raqami 834 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 12-son) muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
a) 2, 9 va 28-ustunlarda — Investorning yoki Investorning vakolatli shaxsi rekvizitlari ko‘rsatiladi;
b) 1-ustunning uchinchi kichik bo‘limida “Deklaratsiya turi”da “VD” — vaqtinchalik (to‘liqsiz) bojxona yuk deklaratsiyasi harfli indeksi ko‘rsatiladi;
v) 29-ustun “Chegaradagi bojxona”da O‘rta Osiyo — Markaz yoki Buxoro — Ural gaz quvurlari tizimining gazni hisobga olish o‘lchov tarmog‘ini nazorat qiluvchi bojxona postining nomi va kodi ko‘rsatiladi;
g) 31-ustun “Yuk joylari va tovarlarning bayoni”da:
tabiiy gazning yetkazib berilish kalendar oyi va yili ko‘rsatilib, “____ muddatda yetkazib berish” yozuvi kiritiladi;
tabiiy gazning ko‘rsatilgan muddatda olib chiqilishi mo‘ljallanayotganligidan kelib chiqib, uning taxminiy hajmlari ko‘rsatiladi;
d) 45-ustun “Bojxona bahosi”da tashqi iqtisodiy shartnomaga asosan bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi mo‘ljallanayotgan tabiiy gazning hajmiga muvofiq aniqlanadigan shartli bojxona bahosi ma’lum qilinadi;
e) VBYuDda ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan boshqa ma’lumotlar, tabiiy gazning mo‘ljallanayotgan hajmini hisobga olgan holda taxminiy ko‘rsatiladi.
To‘liq BYuDni rasmiylashtirishda taqdim etiladigan hujjatlarni talab etadigan VBYuDning ustunlari to‘ldirilmaydi.
34. VBYuD va boshqa hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va bojxona rasmiylashtiruvi rasmiylashtiradigan bojxona posti tomonidan, BYuDni taqdim etish orqali deklaratsiya qilinayotgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
35. To‘liq BYuDning taqdim etish muddati VBYuDda ko‘rsatilgan hisob-kitob davri tugashidan ikki oydan oshib ketmasligi lozim. Alohida hollarda (to‘liq BYuDni taqdim etish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning taqdim etilishi asoslangan sabablarga ko‘ra kechikishi), BYuDni taqdim etish muddati rasmiylashtiradigan bojxona posti boshlig‘ining ruxsati bilan 30 kungacha uzaytirilishi mumkin. Bunda Marketing kompaniyasi va/yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi rasmiylashtiradigan bojxona postiga to‘liq BYuDni taqdim etish imkoni mavjud emasligining sabablarini ko‘rsatgan holda, yozma ravishda murojaat qiladi.
36. Ikkinchi bosqichda, bojxona organi tomonidan VBYuD qabul qilinadigan kunida amal qilgan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, to‘liq BYuDning rasmiylashtirilishi amalga oshiriladi.
BYuD bilan bir vaqtda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) VBYuD;
b) Boshqaruv qo‘mitasining hujjati;
v) O‘zbekiston Respublikasining gaz-transport kompaniyasi va Investor va/yoki Investorning vakolatli shaxsi tomonidan imzolangan, tabiiy gazni O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasigacha yetkazib berish uchun magistral quvurga topshirish-qabul qilish tijorat dalolatnomasi;
g) O‘zbekiston Respublikasining gaz-transport kompaniyasi va Qozog‘iston Respublikasining gaz-transport kompaniyasi tomonidan imzolangan, tabiiy gazni O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasida topshirish-qabul qilish texnik dalolatnomasi, yoxud Investor va/yoki Investorning vakolatli shaxsi va sotib oluvchi tomonidan imzolangan, Investor tabiiy gazini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasida topshirish-qabul qilish tijorat dalolatnomasi;
d) hisobot oyida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali amalda olib o‘tilgan tabiiy gazning hajmi invoysi (hisob-faktura);
e) O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali amalda olib o‘tilgan tabiiy gazning tayin etilgan mamlakati, og‘irligi, miqdori va bahosining ma’lumotlari to‘g‘risidagi Investorning hujjati.
37. VBYuDga berilgan ma’lumot raqami BYuDga ham beriladi, bunda ular bir-birining ajralmas qismi hisoblanadi.
38. VBYuDda deklaratsiya qilingan tabiiy gazning hajmi uglevodorodlarni qazib olish dalolatnomasida ko‘rsatilgan hajm o‘rtasida tafovut aniqlansa, tegishli VBYuDga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zgartishlar kiritiladi.
39. BYuD “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”ga (1999-yil 3-noyabr, ro‘yxat raqami 834 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 12-son) muvofiq, VBYuD to‘ldirilishini va quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
a) 40-ustunda “Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat” VBYuDning ma’lumot raqami ko‘rsatiladi;
b) D-ustunida “Bojxona nazorati” bojxona organi xodimi qo‘shimcha ravishda tabiiy gazning yetkazib berilgan oyning oxirgi sanasini qo‘yadi, uni imzolaydi, shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlaydi va to‘liq BYuDning elektron nusxasiga kiritadi.
V. Neftgaz mahsulotini qayta ishlash va olib chiqish
40. Neftgaz operatsiyalarini amalga oshirish davomida olingan Uglevodorodlarni qayta ishlash MTB shartlariga muvofiq, qayta ishlash korxonalarida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqilayotgan Neftgaz mahsuloti Marketing kompaniyasi yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi tomonidan bojxona eksport rejimida Investor va Vakolatli organning nomidan va topshirig‘iga binoan rasmiylashtiriladi.
41. Eksport qilinayotgan Neftgaz mahsulotining bojxona rasmiylashtiruvi Marketing kompaniyasi yoki Marketing kompaniyasining vakolatli shaxsi tomonidan, Marketing kompaniyasi tomonidan franko-tashuvchi FSA (Inkoterms-2000) shartlariga asosan taqdim etiladigan baho va narx to‘g‘risidagi ma’lumotlar va quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi:
a) Sho‘rtan gazkimyo kompleksida tabiiy gazni qayta ishlash jarayonida olingan Neftgaz mahsuloti O‘zbekiston temir yo‘llari Sho‘rtan temiryo‘l bekati FSA shartlari asosida rasmiylashtiriladi;
b) Buxoro neftni qayta ishlash zavodida olingan neftgaz mahsuloti, O‘zbekiston temir yo‘llari Qorovulbozor temir yo‘l bekati FSA shartlari asosida rasmiylashtiriladi;
v) Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida olingan neftgaz mahsuloti O‘zbekiston temir yo‘llari Oxunboboyev temir yo‘l bekati FSA shartlari asosida rasmiylashtiriladi;
g) Investor tomonidan Oltiariq neftni qayta ishlash zavodida olingan Neftgaz mahsuloti, O‘zbekiston temir yo‘llari Oltiariq temir yo‘l bekati FSA shartlari asosida rasmiylashtiriladi.
Bunda BYuDda quyidagilar ko‘rsatiladi:
2, 9 va 28-ustunlarda — Investor yoki Investorning vakolatli shaxsining tegishli rekvizitlari;
8-ustunda — Investor tomonidan ko‘rsatilgan, qabul qiluvchining rekvizitlari;
24-ustunda — bitimning kodi “79”;
37-ustunning uchinchi qismida — tovarlarni olib o‘tish xususiyatining kodi “33”;
44-ustunning 3-bandida Neftgaz mahsulotini olib chiqish uchun asos sifatida MTB va Uglevodorodlarning qazib olinish dalolatnomasi ko‘rsatiladi.
42. Mazkur Qoidalarning 41-bandida ko‘rsatilgan, Neftgaz mahsulotining bojxona rasmiylashtiruvi shartlari Marketing kompaniyasi tomonidan tuzilgan kontraktlarga muvofiq aniqlashtirilishi mumkin.
VI. Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotini O‘zbekistonda sotish
43. Uglevodorodlar va Neftgaz mahsuloti O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy bozorda sotilayotganda, Marketing kompaniyasi Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining bojxona rasmiylashtiruvini mazkur Qoidalarga muvofiq, avval eksport bojxona rejimida Investor nomidan o‘zining nomiga, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarisiga amalda olib chiqmagan holda, keyinchalik bojxona reimport rejimiga Marketing kompaniyasi nomidan O‘zbekistondagi sotib oluvchining nomiga amalga oshiradi. Bunda, transport xarajatlarining mavjud bo‘lmaganligi sababli, BYuDning 20-ustunida EXW (Inkoterms-2000) yetkazib berish shartlari ko‘rsatiladi. Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotini eksport bojxona rejimida bojxona rasmiylashtiruvi uchun asos sifatida MTB va Boshqaruv qo‘mitasining hujjatlari ko‘rsatiladi.
44. Yuqorida ko‘rsatilgan Neftgaz mahsulotini eksport va reimport qilish bo‘yicha operatsiyalar barcha bojxona to‘lovlaridan (bojxona bojlari, aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i ham kiradi) ozod etilgan holda amalga oshiriladi, bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno.
VII. Vakolatli organ tomonidan Investorga tegishli bo‘lgan Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining qismini sotib olish
45. Vakolatli organ Investorga tegishli Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining qismini kerakli hajmlarda MTBda belgilangan shartlarda AQSh dollarida to‘lovni amalga oshirish orqali sotib olish huquqiga ega.
46. Vakolatli organ tomonidan sotib olinayotgan Uglevodorodlar va Neftgaz mahsulotining hajmi, shuningdek ularning narxi MTB shartlariga muvofiq Vakolatli organ va Investor o‘rtasidagi tashqi savdo kontraktlari (shartnomalari) bilan belgilanadi.
47. Vakolatli organ tomonidan sotib olinayotgan Investorning Uglevodorodlari va Neftgaz mahsulotining bojxona rasmiylashtiruvi mazkur Qoidalarga muvofiq avvalo bojxona eksport rejimida, keyin esa Vakolatli organning nomiga bojxona reimport rejimida amalga oshiriladi. Bunda, transport xarajatlarining mavjud bo‘lmaganligi sababli, BYuDning 20-ustunida EXW (Inkoterms-2000) yetkazib berish shartlari ko‘rsatiladi.
VIII. Investor, Operator va Pudratchilarning majburiyatlari
48. Investor va/yoki Operatorning majburiyatlari:
1) bojxona organiga olib kirilayotgan/olib chiqilayotgan tovarlarni ko‘rsatish va bojxona organiga ularni tegishli bojxona rejimida rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni taqdim etish;
2) bojxona rasmiylashtiruvi uchun qonun hujjatlarida belgilangan yig‘imlarni to‘lash;
3) qaytariladigan tovarlar keyinchalik boshqa shaxslarga beriladigan holda, qaytariladigan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish rejimida rasmiylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona to‘lovlarni to‘lash;
4) vaqtinchalik olib kirish muddatlari tugaganida qaytariladigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa bojxona rejimiga qayta rasmiylashtirish.
49. Tovarlar Pudratchi tomonidan olib kirilayotganda, Pudratchi mazkur Qoidalarning 48-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni Investor va/yoki Operator va Pudratchi o‘rtasida tuzilgan kontraktlar shartlariga muvofiq bajaradi.
50. Mazkur Qoidalarning 48-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar, tuzilgan shartnomalarga muvofiq, Investor, Operator yoki Pudratchilar tomonidan vakolat berilgan shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin.
IX. Yakuniy qoidalar
51. Zarur hollarda Operator Investorning topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga loyiha, texnik, hisobot hujjatlarini, ishlov berish, analiz qilish va o‘rganishni amalga oshirish maqsadida geolog-geofizik materiallarni, geologik zotlar va plastik flyuidlarning namuna va nusxalarini MTB shartlariga muvofiq, tegishli DBQBga yozma murojaat qilish orqali olib chiqadi.
52. Operator, Investorning topshirig‘iga binoan, yozuvlarning asl nusxalari va boshqa ma’lumotlarga ishlov berish, analiz va o‘rganishni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishi mumkin. Investor va/yoki Operator MTB shartlariga muvofiq, ko‘rsatilgan olib chiqilgan yozuvlar va ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelishi kerak.
53. Investor, Operator, Marketing kompaniyasi va Pudratchilarning chet ellik xodimlariga, MTBda ko‘rsatilgan barcha imtiyozlar va preferensiyalar qo‘llaniladi.
54. Olib kirilgan tovarlarning belgilanmagan maqsadda ishlatilishi, shuningdek ularni boshqa shaxslarga berish hollarida, DBQB O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, davlat budjetiga to‘lanishi kerak bo‘lgan barcha bojxona to‘lovlarini belgilangan tartibda undiradi.
55. Mazkur Qoidalar Vakolatli organ va Investor bilan kelishilgan.
“O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi raisi N. AXMEDOV
Toshkent sh.,
2007-yil 10-mart
“Soyuzneftegaz Vostok Limited” Kompaniyasi Prezidenti N. KLINChEV
Toshkent sh.,
2007-yil 10-mart
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 16-son, 166-modda)