Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ChEGARASI ORQALI MAGISTRAL GAZ OʻTKAZISh QUVURLARIDA OLIB OʻTILAYOTGAN TABIIY GAZNI BOJXONA NAZORATI VA BOJXONA RASMIYLAShTIRUVIDAN OʻTKAZISh TARTIBI HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 10-avgustda 1609-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 6-martdagi 01-02/12-02-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali magistral gaz oʻtkazish quvurlarida olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1609-3, 10.04.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali magistral gaz oʻtkazish quvurlarida olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali magistral gaz oʻtkazish quvurlarida olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi haqida”gi Nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olinganidan soʻng oʻn kun muddat oʻtgach kuchga kiritilsin.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NASIROV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-iyul,
01-02/12-12-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 31-32-son, 327-modda; 2013-y., 10-son, 137-modda)