Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.03.1998 yildagi 120-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998 — 2000-YILLARDAGI DAVRDA QIShLOQ XOʻJALIGIDAGI IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh DASTURINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998 — 2000-yillardagi davrda qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturi amalga oshirilishini taʼminlash, qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, mulkiy paylar va oila pudrati joriy etish asosida qishloq xoʻjaligi shirkatlari tashkil etish, tuproq unumdorligini oshirish, seleksiya va urugʻchilik tizimini yaxshilash, qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish hajmlarini koʻpaytirish va agrar sektorda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 18-martdagi PF-1978-son Farmoniga muvofiq tuzilgan Dastur bajarilishini nazorat qiluvchi Respublika komissiyasi tomonidan tayyorlangan 1998 — 2000-yillardagi davrda qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturini amalga oshirish boʻyicha ilova qilinayotgan chora-tadbirlar tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ushbu chora-tadbirlar dasturini bajarish boʻyicha bir oy muddatda tadbirlar tayyorlasinlar va tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirlarni tayyorlashda va amalga oshirishda quyidagi asosiy vazifalar hal etilishiga alohida eʼtibor qaratilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda amalga oshiriladigan islohotlarning asosiy yoʻnalishi sifatida xususiy mulkchilik va mulk egasi munosabatlarini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonalarining huquqlari va iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, dehqonlarda yer egasi tuygʻusini qaror toptirish, dehqonning oʻz mehnati natijalaridan foydalanishga boʻlgan huquqini toʻliq taʼminlash, mulkiy paylarni joriy etish asosida qishloqda mulkiy munosabatlarni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetishtirilgan hosil uchun oʻz vaqtida hisob-kitob qilish, mulkiy paylar boʻyicha foyda va dividendlarni asoslangan ravishda taqsimlash yoʻli bilan dehqonning oʻz mehnati natijalaridan manfaatdorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta, gʻalla va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi muammosini hal etish, mahalliy tuproq-iqlim sharoitlariga tatbiqan navlarni toʻgʻri tanlash va joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yuritishning asosiy mezoni sifatida hosildorlik koʻpayishini taʼminlaydigan agrotexnika qoidalari va talablariga rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish, dehqonchilik madaniyatini oshirish, tuproq unumdorligini yaxshilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralarni jalb qilgan holda 1998-yil 15-aprelgacha Qishloq xoʻjaligi shirkatining namunaviy ustavi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va xizmatlar koʻrsatish yuzasidan oila (jamoa) pudratining shartnomasi, shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi korxonasini qishloq xoʻjaligi shirkatiga aylantirish boʻyicha komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi shirkati ustav jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi shirkati pay jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi shirkati boʻlinmas fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkiy paylarni shakllantirish va taqsimlash hamda ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar loyihalarini ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi yerlarining iqtisodiy va qiymat jihatdan bahosini sifatli aniqlash boʻyicha zamonaviy talablarga javob beruvchi uslubiy koʻrsatmalarni 1998-yil 15-maygacha ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmasi bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini va qishloq xoʻjaligi korxonalari, fermer va dehqon xoʻjaliklari mol-mulkini sugʻurtalash tizimini, shuningdek tayyorlovchilar bilan qishloq tovar ishlab chiqaruvchilari oʻrtasidagi hisob-kitoblarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1998-yil mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, servis xizmati koʻrsatish, moddiy-texnika taʼminoti, dehqon va fermer xoʻjaliklari uchun omixta yem ishlab chiqarish boʻyicha xususiy va shirkat korxonalarning keng tarmogʻi tashkil etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq tumanlarida qishloq tovar ishlab chiqaruvchilari uchun huquqiy, iqtisodiy va marketing axborotini toʻplash va tarqatish boʻyicha axborot xizmatlari yaratilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi institutlari va kollejlarida fermyerlar va ommaviy kasblar xodimlarini qayta tayyorlash dasturini shu yil 15-maygacha ishlab chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish faoliyatidagi, dehqonchilik tizimidagi oʻzgarishlarni, koʻp ukladli bozor iqtisodiyoti sharoitlarida marketing va tadbirkorlikni rivojlantirishni hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlari uchun oʻquv dasturlarini shu yil 15-maygacha qayta koʻrib chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Teleradio kompaniyasi, Davlat matbuot qoʻmitasi qishloqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi amalga oshirilishini, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning jahon tajribasini, qishloqda iqtisodiy va agrar munosabatlarni rivojlantirishni, dehqonchilik va chorvachilikning zamonaviy texnologiyalarini, urugʻchilik, seleksiya va naslchilik ishlari sohasidagi yutuqlarni keng yoritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-martdagi 120-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998 — 2000-yillardagi davrda qishloq xoʻjaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r Tadbirlir nomi‎ Bajarish muddati‎ Hujjatning turi ‎ Bajarish uchun masʼullar‎
I. QIShLOQ XOʻJALIGIDAGI TARKIBIY OʻZGARIShLAR
ERGA, MULKKA, YETIShTIRILGAN MAHSULOTGA VA DAROMADLARGA EGALIK QILIShNING HUQUQIY ASOSLARINI TAKOMILLAShTIRISh
1. Soliq kodeksiga, “Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni tayyorlash 1998-yil, may-iyun Takliflar Adliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Mehnat vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi
2. Yer kodeksi va quyidagi qonunlar loyihalarini tayyorlash: “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”; “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”; “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida” 1998-yil, mart Umumxalq muhokamasi yakunlari boʻyicha puxta ishlash Ishchi guruh
3. Qishloq xoʻjaligini va uning ayrim tarmoqlarini rivojlantirishga davlatning iqtisodiy taʼsir koʻrsatishi prinsiplari va mexanizmlarini ishlab chiqish (davlat xaridlari tizimi, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va boshqa chora-tadbirlar) 1998-yil, iyul Vazirlar Mahkamasining qarori Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi
MULKIY PAYLAR A�OSIDA QIShLOQ XOʻJALIGI ShIRKATLARINI TAShKIL ETISh VA ULARNING FAOLIYAT KOʻRSATIShIGA OID ChORA-TADBIRLAR
4. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati)ning Namunaviy ustavini ishlab chiqish 1998-yil, mart Namunaviy ustav loyihasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi
5. Quyidagilarni tayyorlash:
— qishloq xoʻjaligi korxonasini qishloq xoʻjaligi shirkatiga aylantirish boʻyicha komissiya toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 1998-yil, mart Namunaviy nizom Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi
— qishloq xoʻjaligi shirkati ustav jamgʻarmasini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 1998-yil, mart Namunaviy nizom Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi
— qishloq xoʻjaligi shirkati boʻlinmasi fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom 1998-yil, mart Namunaviy nizom Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi
— mulkiy paylarni shakllantirish va taqsimlash hamda ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizom Namunaviy nizom Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi
6. Qishloq xoʻjaligi yerlarining iqtisodiy va qiymat jihatdan bahosini sifatli aniqlash usulini takomillashtirish 1998-yil, may Uslubiy koʻrsatmalar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi, FTDQ, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi
7. Agroservis xizmati koʻrsatish, tayyorlov, qayta ishlash va tayyor mahsulotni sotish korxonalarini oʻz ichiga oluvchi qishloq xoʻjaligi shirkatlarini shakllantirishga oid tavsiyalarni tayyorlash 1998-yil, mart Uslubiy tavsiyalar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzagrokimyotaʼminot” birlashmasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Oʻzulgurjibirjasavdo” uyushmasi
XOʻJALIK IChKI MUNOSABATLARI MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh
8. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun oila va jamoa pudrati shartnomalari tuzish asosida oilalarga yoki bir guruh shaxslarga yer berish tartibi toʻgʻrisida tavsiyalar ishlab chiqish 1998-yil, mart Tavsiya Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi
9. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va xizmatlar koʻrsatish uchun oila (jamoa) pudrati namunaviy shartnomasini ishlab chiqish 1998-yil, mart Namunaviy shartnoma Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Mehnat vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi
10. Qishloq xoʻjaligi korxonasida moliya-hisob-kitob markazi va hisobga olishning chek tizimi toʻgʻrisidagi nizo�ni ishlab chiqish 1998-yil, mart Nizom Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi
QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINING ULGURJI BOZORLARINI RIVOJLANTIRIShGA OID ChORA-TADBIRLAR
11. Har bir viloyatda mahsulot (paxta va gʻalladan tashqari) xarid qilish va sotish boʻyicha bittadan ulgurji bozor tashkil etish 1998-yil, I chorak Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
12. Ulgurji bozorlarda marketing xizmatini tashkil etish, transport, pochta, bank xizmatlarini va sugʻurta qilishni rivojlantirish 1998-yil oxirigacha Tadbir Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar
QIShLOQ XOʻJALIGI TOVAR IShLAB ChIQARUVChILARINI AXBOROT BILAN TAʼMINLAShNI YaXShILASh
13. Joylarda tijorat asosida huquqiy, iqtisodiy va marketing axborotini toʻplash va tarqatish boʻyicha axborot xizmatlarini tashkil etish 1998-yil oxirigacha Tadbirlar Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar
14. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning jahon tajribasini, zamonaviy texnologiyalarni, yangi yuqori mahsulli navlarni va zotlarni, respublika bozorlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining asosiy turlariga narxlar darajasini davriy matbuotda keng yoritish Muntazam ravishda Tadbirlar Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzteleradio” kompaniyasi, vazirliklar va idoralar
II. FERMER XOʻJALIKLARINI RIVOJLANTIRISh
15. Fermer xoʻjaligini yuritish uchun fuqarolarga yer berish tartibini ishlab chiqish 1998-yil, may Tartib Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi
16. Faoliyat koʻrsatayotgan dehqon xoʻjaliklarini fermer xoʻjaliklariga aylantirishni qayta roʻyxatdan oʻtkazish va yerlarni ijaraga olish shartnomalarini tuzish tartibini ishlab chiqish 1998-yil, iyun Tartib Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi
17. Uzoq muddatli kredit ulushining umumiy hajmini 40 foizgacha koʻpaytirgan holda yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan fermer va dehqon xoʻjaliklariga kredit berish mexanizmini takomillashtirish 1998-yil, mart Taklif Markaziy bank, tijorat banklari, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Biznes-fond
18. Fermer xoʻjaliklari buxgalteriya hisobi va hisobotining soddalashtirilgan shakllarini ishlab chiqish 1998-yil, aprel Takliflar Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi
19. Meva-sabzavot yoʻnalishidagi jamoa qishloq xoʻjaligi korxonalarini mustaqil fermer xoʻjaliklariga aylantirish 1998-yil, aprel Vazirlar Mahkamasining qarori Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi
20. Mah�ulot xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, servis xizmati koʻrsatish, moddiy-texnika taʼminoti, fermer va dehqon xoʻjaliklari uchun omixta yem ishlab chiqarish boʻyicha xususiy va shirkat korxonalar tashkil etish 1998-yil davomida Tadbirlar Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Biznes-fond, tijorat banklari
III. DEHQON XOʻJALIKLARINI RIVOJLANTIRISh
21. Dehqon xoʻjaliklari daromadlaridan Pensiya jamgʻarmasi va Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasiga ajratmalar toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish 1998-yil, may Nizom Mehnat vazirligi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Moliya vazirligi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi
22. Dehqon xoʻjaliklarini tuzish, faoliyatini tashkil etish va qayta tashkil etish tartibini ishlab chiqish 1998-yil, iyun Tartib Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi
IV. DEHQONChILIK TIZIMINI RIVOJLANTIRISh YERDAN OMILKORLIK BILAN FOYDALANIShNI TAʼMINLASh VA TUPROQ UNUMDORLIGINI OShIRISh
23. Dehqonchilik tizimini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish, har yili oʻgʻitlarning optimal meʼyorlarini solish, yerning meliorativ holatini yaxshilash hisobiga tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash 1998-yil, iyun Takliflar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, Moliya vazirligi
24. Davlat yer kadastrini yuritish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish 1998-yil, IV chorak Nizom, Vazirlar Mahkamasining qarori “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyas�, Adliya vazirligi
25. Barcha darajada yerdan foydalanishni tartibga solish boʻyicha tadbirlar tayyorlash, xoʻjaliklar chegaralarini aniqlash, reja-kartografiya hujjatlarini tuzish va ularga tuzatish kiritish 1999-yil Tadbirlar, Vazirlar Mahkamasining qarori “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
26. Mamlakat mintaqalari boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlarini ixtisoslashtirish va oqilona joylashtirishni hisobga olgan holda ekin maydonlari tarkibini maqbullashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash har yili, avgustda Takliflar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi
27. Noanʼanaviy ekinlar (steviya, papayya, maxsar va boshqalar)ni yetishtirish boʻyicha takliflar tayyorlash 1998-yil, may Takliflar FTDQ, Fanlar akademiyasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
SELEKSIYA VA URUGʻChILIK
28. Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligining huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish. “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”, “Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish 1998-yil, sentyabr Taklif Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi
29. Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini boshqarishni takomillashtirish elita-urugʻchilik xoʻjaliklarini, tarkibiga qayta ishlash korxonalarini kiritgan holda super-elita, elita va reproduksiya urugʻligi yetishtirish boʻyicha ixtisoslashtirilgan urugʻchilik korporatsiyalari, firmalari va birlashmalarini tashkil etish boʻyicha takliflar 1998-yil, mart Taklif Qishloq va suv xoʻjaligi vazirlig�, Fanlar akademiyasi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, Paxta loyihasini amalga oshirish agentligi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, Davlat mulki qoʻmitasi, viloyat hokimliklari
30. Urugʻlik paxtani qayta ishlovchi paxta zavodlarini qisqartirish boʻyicha takliflar. Ushbu zavodlarning urugʻlik laboratoriyalarini chigitni sertifikatlash uchun asbob-uskunalar bilan jihozlash 1998-yil, iyun Takliflar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, Paxta loyihasini amalga oshirish agentligi, viloyat hokimliklari
31. Boshqa ekinlarni takomillashtirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish 1998-yil, mart Takliflar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
32. Urugʻchilik korporatsiyalari, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjaliklar foydasining bir qismini ajratish hisobiga seleksiya muassasalari, urugʻlik yetishtiruvchilar faoliyatini, seleksionyerlar va urugʻchilar mehnatini ragʻbatlantirish boʻyicha nizomni ishlab chiqish 1998-yil, oktyabr Nizom, Vazirlar Mahkamasining qarori Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, Adliya vazirligi
PAXTAChILIKNI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI
33. 1998 — 2000-yillarda mintaqalar boʻyicha paxtaning rayonlashtirilgan istiqbolli navlarini joylashtirish boʻyicha takliflar Har yili, avgust Vazirlar Mahkamasining qarori Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari
34. Paxta yetishtirishning, shu jumladan, plyonka ostida chigit ekishning istiqbolli texnologiyalarini joriy etish 1998-yil, mart Takliflar Qishloq va sv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, Moliya vazirligi, viloyat hokimliklari
35. Oʻzbekiston paxta tolasini sertifikatlash markazini tashkil etish 1998-yil, mart Vazirlar Mahkamasining qarori Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, Paxta loyihasini amalga oshirish agentligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdavstandart”
GʻALLAChILIKNI RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI
36. 1998 — 2000-yillarda mamlakat mintaqalari boʻyicha boshoqli don va dukkakli don ekinlarining serhosil va tezpishar navlarini joylashtirish boʻyicha takliflar Har yili, aprel-may Vazirlar Mahkamasining qarori Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi
37. Suvli yerlarda boshoqli don, dukkakli don va takroriy ekinlarni, shuningdek lalmi yerlarda don va noanʼanaviy ekinlarni yetishtirishning ilgʻor texnologiyalarini joriy etish boʻyicha takliflar 1998-yil, aprel Takliflar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
38. Sholini koʻchat qilib ekish texnologiyasini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash 1998-yil, aprel Takliflar, tavsiyalar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
V. ChORVAChILIKNI RIVOJLANTIRISh SOHASIDA KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR
39. Respublikada naslchilik ishlarini takomillashtirish va qoramollar davlat-naslchilik zavodlarini tashkil etish boʻyicha takliflar 1998-yil, aprel Vazirlar Mahkamasining qarori Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” davlat uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbaliq” davlat korporatsiyasi, Moliya vazirligi
40. Naslchilik zavodlariga bir bosh shartli qoramol hisobiga 1 gektardan suvli yer va lalmikor zonalarda 2 gektardan yer ajratish 1998-yil, mart Tadbirlar Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyat hokimliklari
41. Mollari 250 boshgacha boʻlgan chorvachilik fermalarini xususiy mulk qilib sotish (naslchilik fermalaridan tashqari) 1998-yil oxirigacha Tadbirlar Davlat mulki qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari
42. Chorvachilik fermalariga, fermer va dehqon xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish uchun joylarda zooveterinariya shoxobchalarini tashkil etish boʻyicha takliflar 1998-yil oxirigacha Tadbirlar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari
43. Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik uchun omixta yem tayyorlashni koʻpaytirish va uning sifatini yaxshilash boʻyicha takliflar 1998-yil, aprel Vazirlar Mahkamasining qarori Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbaliq” davlat korporatsiyasi
44. Parranda goʻshti va baliq mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish boʻyicha tadbirlar 1998-yil, may Vazirlar Mahkamasining qarori Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbaliq” davlat korporatsiyasi
45. Yuqumli. kasalliklar tarqalishining oldini olish boʻyicha epidemiologiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish Muntazam ravishda Tadbirlar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi
VI. QIShLOQ XOʻJALIGINING MODDIY-TEXNIKA TAʼMINOTI VA SERVIS XIZMATI KOʻRSATISh
46. “Kamminz” (AQSh) firmasi bilan birgalikda 90 — 130 ot kuchiga ega boʻlgan tejamli zamonaviy dizel dvigatellarini ishlab chiqarishni tashkil etish 1998-yil, I yarim yillik Vazirlar Mahkamasining qarori “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
47. “Keys” (AQSh) firmasi bilan birgalikda chopiq (4 gʻildirakli) va paxtachilikka ixtisoslashtirilgan (3 va 4 gʻildirakli) zamonaviy traktorlar ishlab chiqarishni tashkil etish 1998-yil, I yarim yillik Vazirlar Mahkamasining qarori “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
48. “Keys” gorizontal-shpindelli apparati va “TSM” AJ shassisidan foydalanish yoʻli bilan kombinatsiyalangan paxta terish mashinalari ishlab chiqarishni tashkil etish 1998-yil, II yarim yillik Tadbirlar “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
49. “Lemken” (Germaniya) firmasi bilan birgalikda 2 yarusli pluglar va ustuniga prujina qoʻyilgan chizel-kultivator ishlab chiqarishni tashkil etish 1998-yil, II yarim yillik Tadbirlar “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
50. “Deganiya” (Isroil) va “Agrimondo” (Italiya) firmalari bilan birgalikda keng qamrovli pnevmo-shtangali purkagich hamda bogʻ va uzumzorlar uchun changlatgichlar ishlab chiqarishni tashkil etish 1998-yil, I yarim yillik Vazirlar Mahkamasining qarori “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding“, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi
51. “Oʻzqishloqxoʻjalikmashlizing” davlat-aksiyadorlik lizing kompaniyasini tashkil etish 1998-yil mobaynida Taʼsis hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarori “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding”, “Oʻz-qishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish”, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Adliya vazirligi
52. Qishloq xoʻjaligi texnikasini sotish boʻyicha faktoring operatsiyalari toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish 1998-yil, aprel Nizom “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding”, Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Markaziy bank, “Oʻzsanoatqurilishbank”, “Paxta-bank”, Adliya vazirligi
53. Mashina-traktor parklarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash va ularning xizmatlarini kengaytirish chora-tadbirlari 1998-yil, mart Vazirlar Mahkamasining qarori “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish”, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding“
VII. QIShLOQ XOʻJALIGIDA KIMYoLAShTIRISh VA OʻSIMLIKLARNI HIMOYA QILISh
55. Agrokimyo kartogrammalarini ishlab chiqishni tashkil etish va uning muddatlari boʻyicha takliflar tayyorlash 1998-yil, mart Takliflar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi
56. Oʻsimliklarni himoya qilish tizimiini ishlab chiqish 1998-yil, mart Takliflar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi
57. Vatanimizda ishlab chiqarish va chetidan xarid qilish hisobiga qishloq xoʻjaligini mineral oʻgʻitlar, defoliantlar va oʻsimliklarni himoya qilishning boshqa vositalari bilan taʼminlash boʻyicha takliflar Kelgusi yil hosili uchun har yili avgust oyida Vazirlar Mahkamasining qarori Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi
58. Servis xizmatlarini kengaytirish uchun tuman kimyolashtirish xizmatlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash 1998-yil, mart Takliflar “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi
59. Xoʻjaliklarda kimyolashtirish punktlarini tashkil etish va ularni asbob-uskunalar bilan jihozlash boʻyicha takliflar 1998-yil, mart Takliflar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari
VIII. YERLARNING IRRIGATSIYA VA MELIORATIV HOLATINI YaXShILASh ChORA-TADBIRLARI
60. 1998 — 2000-yillarda irrigatsiya-melioratsiya ishlarini oʻtkazish Har yili Vazirlar Mahkamasining qarori Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsuvqurilish” konserni
61. Yomgʻirlatib va tomchilatib sugʻorish usullari bilan suvni tejash texnologiyalarini joriy etish Har yili Vazirlar Mahkamasining qarori Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzsuvqurilish” konserni
IX. QIShLOQ XOʻJALIGIDA MOLIYA-KREDIT MUNOSABATLARINI, HISOB VA HISOBOTNI TAKOMILLAShTIRISh
62. Davlat xaridining tasdiqlangan hajmidan ortiqcha paxta tolasi hamda paxta xomashyosidan ishlab chiqarilgan qoʻshimcha mahsulotlar uchun hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish 1998-yil, may Vazirlar Mahkamasining qarori Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish”, “Yogʻmoytamakisanoat” uyushmalari, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
63. Qishloq xoʻjaligi korxonalarini, fermer va dehqon xoʻjaliklarini hamda xususiy tadbirkorlikni mablagʻ bilan taʼminlash va ularning naqd pulsiz hisob-kitoblarini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash 1998-yil, aprel Normativ-huquqiy hujjatlar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, tijorat banklari, “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi, Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi
64. Qishloq xoʻjaligi korxonalari, dehqon va fermer xoʻjaliklarining qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini va mol-mulkini sugʻurta qilish hamda tayyorlovchilar bilan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari oʻrtasidagi hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish 1998-yil, aprel Takliflar “Oʻzagrosugʻurta” kompaniyasi, “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
X. QIShLOQ INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISh
65. Qishloq ijtimoiy infratuzilmasi ustuvor tarmoqlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari:
2010-yilgacha boʻlgan davrda suv taʼminoti va gazlashtirishni rivojlantirish sxemasini yangi normativ baza va texnologiya asosida aniqlashtirish; 1999-yil, dekabr Sxema Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” korporatsiyasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari
2010-yilgacha boʻlgan davrda qishloq aholisini ichimlik suv va gaz bilan taʼminlashni rivojlantirish milliy dasturini tayyorlash; Dastur loyihasi, Vazirlar Mahkamasi qarori
Vazirlar Mahkamasining “Idoraga qarashli ijtimoiy soha obyektlarini joylardagi davlat hokimiyati organlari balansiga bosqichma-bosqich oʻtkazish toʻgʻrisida” 1997-yil 26-sentabrdagi 453-son qarori qoidalarini, xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni hisobga olgan holda qishloq infratuzilmasini rivojlantirish dasturini investitsiyalash mexanizmi takomillashtirish 1998-yil, aprel Takliflar Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
66. Bozor infratuzilmasini shakllantirish:
1998 — 2000-yillarda qishloq tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor infratuzilmasi xizmatlari prognozini aniqlash; qishloqda bozor infratuzilmasi xizmatlari monitoringini baholash va tashkil etish mezonlari, bozor tuzilmalari va tadbirkorlarning oʻzaro hamkorligi tizimini ishlab chiqish
1998-yil, aprel Prognoz va uslubiy hujjatlar Davlat mulki qoʻmitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi
67. 1998 — 2000-yillarda qishloq aholisini ish bilan taʼminlash darajasini oshirishning milliy, mintaqaviy va tarmoq dasturlarini tayyorlash 1998-yil, aprel Dastur, Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi Makroiqtisodiyot va stat�stika vazirligi, Mehnat vazirligi, vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
XI. QIShLOQ XOʻJALIGINI ILMIY TAʼMINLASh. KADRLARNI TAYYORLASh VA QAYTA TAYYORLASh
68. Gʻoʻzaning tezpishar va serhosil, koʻp va sifatli tola olinadigan navlarini, boshoqli don ekinlarining yuqori sifatli don olinadigan navlarini va boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini yaratish 1998-yilgi tadqiqotlar dasturlari Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi
69. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va mamlakatning barcha viloyatlari uchun dehqonchilikning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish 1998-1999-yillar Dehqonchilikning ilmiy asoslangan tizimi boʻyicha tavsiyalar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
70. Quyidagi qisqa muddatli innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish: 1998-yil, may Gʻoʻza navlarini joylashtirish boʻyicha takliflar, Metodika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
gʻoʻza navlarini joylashtirish boʻyicha; hosil yigʻim-terimini oktyabrda tugallash maqsadida gʻoʻzaning oʻsishi va rivojlanishini jadallashtirish boʻyicha kompleks ishlab chiqarish eksperimenti oʻtkazish boʻyicha
71. Koʻp ukladli bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning faoliyat koʻrsatishini, dehqonchilik tizimidagi oʻzgarishlarni, marketing va tadbirkorlikni rivojlantirishni hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlari uchun oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqish 1998-yil, may Oʻquv dasturi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
72. Institut va kollejlarda fermyerlarni hamda ommaviy kasb xodimlarini qayta tayyorlash dasturlarini tayyorla� 1998-yil aprel Kadrlarni qayta tayyorlash dasturi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi