Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 18.03.1998 yildagi PF-1978-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998 — 2000-YILLARDAGI DAVRDA QIShLOQ XO‘JALIGIDAGI IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh DASTURI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agrar sohadagi iqtisodiy islohotlar jarayonini chuqurlashtirishni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar)ni shakllantirish, mulkiy paylar va oilaviy pudrat tizimini joriy etish asosida qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish, tuproq unumdorligini oshirish, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, seleksiya va urug‘chilikni yaxshilash, raqobatbardosh qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 1998 — 2000-yillardagi davrda Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi* ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Dastur berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga oid ushbu Dasturning bajarilishini nazorat qiluvchi Respublika komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi har chorakda Dastur qanday bajarilayotganligi yakunlarini chiqarib, uning natijalari to‘g‘risida respublika hukumatiga ma’lum qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Dasturni amalga oshirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqib, tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida hududlar bo‘yicha Dastur qoidalarini amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1998 — 2000-yillardagi davrda Qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi bajarilishini ta’minlash uchun vazirliklar va idoralarning rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi va viloyatlarning hokimlari shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Dasturning bajarilishi har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida muhokama qilib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 18-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1978-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 4-son, 59-modda)