O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Oldingi tahrirga qarang.
KOOPERATSIYA TO‘G‘RISIDA
(Qonunning nomi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan bir qatorda kooperatsiya faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini belgilaydi.
(Muqaddimaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
U yuridik va jismoniy shaxslarga kooperativga ixtiyoriy ravishda kirish va undan erkin chiqish, kooperativni boshqarishda ishtirok etish huquqini, kooperativlarni mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar bilan teng huquqlilik asosida rivojlantirish, jamoa bo‘lib xo‘jalik yuritish mustaqillikni hamda ustavda belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan qaror qabul qilishda kooperativning mustaqilligini kafolatlaydi.
1-modda. Kooperatsiya va uning turlari
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasida kooperatsiya jismoniy va yuridik shaxslarning iqtisodiy hamda ijtimoiy faoliyatning turli sohalarida umumiy maqsadlarga erishish uchun tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan, mulkning shirkat (jamoa) shakliga asoslangan ixtiyoriy birlashmalaridan (kooperativlaridan) iboratdir.
(1-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasida aholining mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun, shuningdek foyda (daromad) olish maqsadida tuziladigan matlubot, ishlab chiqarish va aralash ishlab chiqarish-matlubot kooperativlari amal qiladi.
(1-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Kooperatsiya, shuningdek o‘z a’zolarining uy-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan kooperativlarni,(uy-joy-qurish uy joy kooperativlarini, garaj qurish, chorbog‘ qurish va shu kabi kooperativlarni) ham o‘z ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Kooperatsiya to‘g‘risida qonunchilik
Barcha turdagi kooperativlar va ularning xo‘jalik uyushmalarini tuzishning, ular faoliyatining, ularni qayta tuzish va tugatishning umumiy huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslari ushbu Qonun, “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Kooperativ — kooperatsiyaning birlamchi bo‘g‘ini
1. Yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan, jamoa mulki huquqi asosida o‘ziga qarashli mulkka egalik qiladigan, undan foydalanadigan va uni tasarruf etadigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt kooperativ hisoblanadi. Yer va boshqa tabiiy boyliklar kooperativlarga foydalanish uchun beriladi.
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish-matlubot kooperativlarining faoliyati, o‘z a’zolarining, shuningdek mehnat shartnomalari (kontraktlar, bitimlar) bo‘yicha ishlayotgan kishilarning o‘z mehnatlari bilan shaxsan ishtirok etishiga asoslanadi
Matlubot kooperativlari hamda o‘z a’zolarining o‘y-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan kooperativlar faoliyati o‘z mehnati bilan shaxsan ishtirok etish bilan bo‘lmasligi ham mumkin.
2. Kooperativlar tarmoq hududiy va boshqa belgilar bo‘yicha xo‘jalik uyushmalariga ixtiyoriylik asosida birlashmalari va yakkahokimlikka qarshi qonunlarning talablarini hisobga olgan holda ish olib borishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Kooperativ, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanganlaridan tashqari, faoliyatning har qanday turi bilan shug‘ullanishga haqlidir. Bunda kooperativlar va ularning xo‘jalik uyushmalari (shu jumladan barcha turdagi aralash davlat-kooperativ uyushmalari) davlat boshqaruvi, kontroli va nazorati, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, tergov va odil sudlov idoralarining vazifalarini bajarishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
(3-modda 3-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kooperativlar, kooperativlarning xo‘jalik uyushmalari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalarga muvofiq respublika va xalqaro bozorlarda xo‘jalik faoliyatini erkin yuritish huquqiga egadirlar.
(3-modda 3-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Kooperativning mulkdorlari va mol-mulki
Oldingi tahrirga qarang.
1. Kooperativning mustaqil balansida o‘z ifodasini topadigan asosiy fondlar, oborot mablag‘lari, pay badallari, shuningdek boshqa boyliklar kooperativ mulki hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Kooperativning mol-mulki o‘z a’zolarining pul va moddiy badallari, banklarning kreditlari, o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlar, bu mahsulotlarni sotishdan, kooperativ ustavida nazarda tutilgan o‘zga xil faoliyatdan kelgan daromadlar hamda qonun hujjatlarida man etilmagan boshqa manbalar hisobiga hosil bo‘ladi. Kooperativning mol-mulkini shakllantirishda, mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalar (tashkilotlar), shuningdek mazkur kooperativga a’zo bo‘lmagan, ammo unda mehnat shartnomasiga (kontraktiga), bitimiga muvofiq ishlayotgan jismoniy shaxslar shartnoma asoslarida pul va moddiy badallar to‘lash yo‘li bilan ishtirok etishlari mumkin.
(4-moddaning ikkinchi bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3. Kooperativ tomonidan tashkil etilayotgan korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki, shuningdek qo‘shgan ulushlariga muvofiq xo‘jaliklararo korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki kooperativ mulki hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarkibiga kooperativlar, turli mulk shaklidagi boshqa korxonalar va tashkilotlar kirgan xo‘jalik uyushmalarining mol-mulki ularning shirkat (jamoa) mulkidir. Tarkibiga faqatgina kooperativlar kirgan uyushmalarning (ittifoqlarning) mol-mulki, basharti mazkur uyushmalarning (ittifoqlarning) ta’sis hujjatlarida yoki O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida o‘zga hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, ana shu kooperativlarga shirkat (jamoa) mulki huquqida qarashli bo‘ladi.
(4-modda 3-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5-modda. Kooperativ tuzish va uning Ustavi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Kooperativ fuqarolar istagi bilan yoki yuridik shaxslarning tashabbusi bilan mutlaqo ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi. Kooperativ a’zolari bo‘lgan fuqarolarning soni uch kishidan kam bo‘lmasligi, matlubot kooperativida (jamiyatida) hamda qishloq xo‘jaligi kooperativida esa yetti kishidan kam bo‘lmasligi kerak.
(5-modda 1-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Kooperativ mustaqil tarzda ham, mulkning har qanday shakliga mansub korxonalar, muassasalar, tashkilotlar huzurida ham tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Mulkchilikning har qanday turdagi korxonaning, muassasaning, tashkilotning qaroriga ko‘ra tuziladigan kooperativ yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lishi, joriy va hisob-kitob schyotlari ochishi mumkin. Korxona, muassasa, tashkilot shunday turdagi kooperativning ustavini tasdiqlaydi, uning ishlab chiqarish va xo‘jalik faoliyatini nazorat qiladi hamda uning faoliyat natijalari uchun to‘la javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Kooperativning ustavi kooperativ ta’sis etishni istagan fuqarolarning umumiy yig‘ilishida yoki yuridik shaxslar muxtor vakillarining yig‘ilishida qabul qilinadi va davlat xizmatlari markazlarida ro‘yxatga olinadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 2-fevraldagi O‘RQ-749-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son)
Ustavi ro‘yxatga olingan va davlat reyestriga kiritilgan paytdan e’tiboran kooperativ tashkil topgan deb hisoblanadi.
Matlubot, ishlab chiqarish kooperativlari, aralash shaklidagi kooperativlarning ustavida kooperativ a’zolarining kooperativ qarzlari bo‘yicha mulkiy javobgarligi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Bu qoida kooperativ ustavida o‘z aksini topmasa, uni davlat ro‘yxatiga olish man etiladi.
(5-modda 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Soxta kooperativ aniqlangan taqdirda qaytarilmagan ssudalar va kreditlar uning a’zolaridan amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq undirib olinadi.
(5-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Kooperativga a’zolik
Oldingi tahrirga qarang.
1. 16 yoshga to‘lgan, kooperativning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda ishtirok etish istagini bildirgan va bunga qodir bo‘lgan har bir jismoniy shaxs, basharti O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘zga hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, kooperativ a’zosi bo‘lishi mumkin.
(6-modda 1-bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va tashkilotlar, shuningdek boshqa kooperativlar va shirkatlar kooperativning jamoa a’zolari bo‘lishi mumkin. Kooperativlar va ularning jamoa a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma asoslarida quriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Kooperativning a’zosi mehnat shartnomasi bo‘yicha bir nechta ishlab chiqarish kooperativida ishlashi yoki ayni bir vaqtning o‘zida uy-joy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan shug‘ullanuvchi bir necha kooperativning a’zosi bo‘lishi haqli.
Kooperativga kirish yoki unda mehnat shartnomasi (kontrakt, bitim) bo‘yicha ishlash uchun asosiy ish joyidagi korxona mulkdorining, ma’muriyatning (boshqaruv idorasining) roziligi talab qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilikka muvofiq yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra muayyan faoliyat bilan shug‘ullanishi yoxud muayyan lavozimni egallashi man etilgan shaxslarning kooperativga a’zo bo‘lishi yoki mehnat shartnomasi (kontrakti) asosida unda ishlashga jalb etilishi mumkin emas.
(6-modda 2-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. A’zolik munosabatlaridan kelib chiqqan nizoli ishlar kooperativ ustavida belgilangan tartibda kooperativ boshqaruv idoralari tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda esa — sud tomonidan hal etiladi.
(6-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4. Kooperativ a’zosi ustavda nazarda tutilgan hollarda kooperativning umumiy yig‘ilishi qaroriga binoan kooperativdan chiqarilishi mumkin.
Kooperativ a’zoligidan chiqarilganlik ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
7-modda. Kooperativ a’zolarining huquqlari va majburiyatlari
1. Barcha turdagi kooperativlarning a’zolari:
kooperativ faoliyatda va uning ishlarini boshqarishda qatnashish kooperativning boshqaruv va nazorat idoralariga saylash hamda saylanish, kooperativ faoliyatini yaxshilash, uning idoralari va mansabdor shaxslarining ishidagi nuqsonlarni bartaraf etish haqida takliflar kiritish:
foydali (daromaddan) ulush olish, kooperativ tugatilgan taqdirda esa — ustavda nazarda tutilgan tartibda qo‘shgan mehnat va mulkiy hissasiga yarasha kooperativ a’zolari o‘rtasida taqsimlanishi lozim bo‘lgan mulk ulushini olish;
Oldingi tahrirga qarang.
pay badalining butun summasini qaytarib olgan holda, shuningdek o‘z mehnat va mulkiy hissasiga mutanosib ravishda kooperativ foydasidan (daromadidan) ulush olgan holda kooperativdan ixtiyoriy tarzda chiqish;
(7-modda 1-bandining to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
kooperativ mulkidan, ustavda kooperativ a’zolari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar va afzalliklardan foydalanish;
kooperativning mansabdor shaxslaridan kooperativning faoliyatiga doir har qanday masala yuzasidan axborot olish;
kooperativ mulkidagi o‘ziga qarashli ulushni meros qilib qoldirish huquqiga egadir.
Bundan tashqari ishlab chiqarish va matlubot kooperativlarining a’zolari:
ishlab chiqarish ehtiyojlarini va kasbiy tayyorgarlikni hisobga olgan holda kooperativdan ish olish;
ishlamaydigan kunlar berish orqali ta’minlanadigan dam olish, shuningdek ishchi va xizmatchilarning tegishli toifalari uchun qonunda belgilanganidan kam bo‘lmagan muddatga har yili haq to‘lanadigan otpuska olish;
xavfsiz mehnat sharoiti bilan ta’minlanish;
o‘zini ijtimoiy va majburiy tibbiy sug‘urta qildirish hamda ijtimoiy ta’minlanish;
madaniy-maishiy xizmatdan foydalanish va kooperativ a’zolarining umumiy yig‘ilishi belgilagan tartibda boshqa ehtiyojlarni qondirish huquqiga ham egadirlar.
2. Barcha turdagi kooperativlarning a’zolari:
kooperativ ustaviga rioya etishlari hamda kooperativning umumiy yig‘ilishi, saylab qo‘yiladigan boshqaruv va nazorat idoralari qabul qilgan qarorlarni bajarishlari;
kooperativ faoliyatda mehnat qilib yoki mulk qo‘shib ishtirok etish bilan bog‘liq kooperativ oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarishlari;
kooperativga xo‘jalik faoliyati yuritish uchun berib qo‘yilgan tabiat resurslaridan oqilona foydalanishlari, ularni asrab-avaylashlari hamda atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Kooperativ a’zolari kooperativ ustavida va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘ladilar hamda ularning zimmasiga mas’uliyatlar ham yuklatiladi.
(7-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-modda. Kooperativ a’zolarning mas’uliyati
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ishlab chiqarish kooperativlarining va aralash shakldagi kooperativlarning a’zolari tugatilgan kooperativning qarzlari yuzasidan kooperativning mol-mulki bilan javobgar bo‘ladilar, bu mol-mulk yetmay qolgan taqdirda qarz summasi sud tomonidan kooperativ har bir a’zosining yillik daromadi summasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
(8-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
2. Matlubot kooperativining faoliyatida faqat pay badallari qo‘shib ishtirok etayotgan kooperativ a’zosi, shuningdek o‘z a’zolarining uy-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan kooperativ a’zosi bo‘lmish fuqaro o‘zi qo‘shgan pay badali doirasida kooperativning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘ladi.
3. Matlubot, ishlab chiqarish kooperativining jamoa a’zosi xo‘jalik mustaqilligini saqlab qoladi va o‘z faoliyatida o‘zining ustaviga (nizomiga) amal qiladi. U mustaqil mulkiy javobgar bo‘ladi. Matlubot va ishlab chiqarish kooperativi (jamiyati) o‘z tarkibidagi jamoa a’zolarining majburiyatlari uchun javobgar bo‘lmaydi, jamoa a’zolari esa kooperativning (jamiyatning) majburiyatlari bo‘yicha uning ustavida ko‘zda tutilgan tartibda va miqdorlarda javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Kooperatsiya to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar, kooperativlar va ularning xo‘jalik uyushmalari (shu jumladan, matlubot jamiyatlari ittifoqi) a’zolari qonunda belgilangan tartibda mulkiy, ma’muriy, jinoiy va o‘zgacha tarzda javobgar bo‘ladilar.
(8-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9-modda. Kooperativni boshqarish
1. Kooperativning oliy boshqaruv idorasi umumiy yig‘ilish, konferensiya, syezd bo‘lib, ular kooperativ raisini (boshqaruvini), taftish komissiyasini (taftishchini) saylaydi va ularga kooperativni boshqarish bo‘yicha o‘z vakolatlarini topshiradi.
Kooperativning har bir a’zosi, shu jumladan uning har bir jamoa a’zosi, qo‘shgan mulkiy hissasining miqdoridan qat’i nazar, bir ovozga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kooperativda mehnat shartnomasi (kontrakti) bo‘yicha ishlayotgan fuqarolar umumiy yig‘ilishda maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etadilar.
(9-modda 1-bandining uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
2. Umumiy yig‘ilish:
kooperativning ustavini qabul qiladi, unga belgilangan tartibda o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
kooperativ raisini, kooperativ boshqaruvini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylaydi (yollaydi) va ozod etadi, ularning faoliyatlariga doir hisobotlarini eshitadi;
(9-modda 2-bandining uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
kooperativ a’zoligiga qabul qilish, a’zolikdan chiqarish masalalarini, shuningdek, kooperativdan chiqish bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi;
kooperativning ichki tartib qoidalari, kooperativ mulkiga yetkazilgan zarar uchun moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi, mehnatga haq to‘lash haq to‘g‘risidagi qoidalarni hamda kooperativning boshqa ichki hujjatlarini qabul qiladi va ularni o‘zgartiradi;
kooperativga kirish, pay badallarining va boshqa badallarning miqdorini belgilaydi ;
kooperativ faoliyatning rejalarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni tasdiqlaydi;
foydani (daromadni) taqsimlash tartibini, kooperativ fondlari va rezervlarining turlari, miqdori hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilaydi:
kooperativni qayta tashkil etish va uning faoliyatini to‘xtatish, uning xo‘jalik uyushmalariga kirishi va ulardan chiqishi masalalarini hal qiladi.
Mazkur masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish kooperativ umumiy yig‘ilishining mutlaq ixtiyorida bo‘ladi. Kooperativ ustaviga yoki umumiy yig‘ilishning qaroriga muvofiq kooperativ faoliyatining boshqa tashkiliy, xo‘jalik va ijtimoiy masalalari ham kooperativning mutlaq ixtiyoriga berilishi mumkin.
Zarur hollarda kooperativlarda umumiy yig‘ilish ixtiyoridagi masalalarni hal etish uchun vakillar yig‘ilishlari chaqirilishi mumkin.
Kooperativ boshqaruvi (raisi)ning statusi kooperativ ustavi bilan belgilanadi.
3. Taftish komissiyasi (taftishchi) kooperativning (boshqaruvning) moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini tekshiradi va u umumiy yig‘ilish oldida hisobdordir.
Oldingi tahrirga qarang.
Kooperativ a’zolarining umumiy yig‘ilishi kooperativning (boshqaruvning) moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun belgilangan tartibda auditorni yoki auditorlik tashkilotini jalb etishga haqlidir.
(9-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
10-modda. Kooperativning faoliyatini to‘xtatish va uni qaytadan tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
1. Kooperativni tugatish yoki qaytadan tashkil etish (qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratish, o‘zgartirish) kooperativ mol-mulki egasining yoki u vakolat bergan organning, kooperativ qaysi korxona, muassasa, tashkilot (xo‘jalik uyushmasi) huzurida tashkil etilgan bo‘lsa, shu korxona, muassasa, tashkilot (xo‘jalik uyushmasi)ning qaroriga yoki sudning hal qiluv qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(10-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
2. Kooperativning faoliyati quyidagi hollarda ham to‘xtatilishi mumkin:
agar kooperativ ro‘yxatga olingan paytdan boshlab bir yil davomida ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatiga kirishmagan bo‘lsa yoki amalda to‘xtatib qo‘yilgan faoliyatini daromadlar to‘g‘risidagi oxirgi deklaratsiyani topshirganidan keyin bir yil o‘tgach qaytadan boshlamasa;
kooperativ uzoq vaqt mobaynida (olti oydan ko‘proq) to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
kooperativ o‘z ustavini va amaldagi qonunchilik normalarini buzsa;
(10-modda 2-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
kooperativning tuzilgan muddati tugasa;
(10-modda 2-bandining to‘rtinchi va beshinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni bilan kiritilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan boshqa hollarda.
(10-modda 2-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Kooperativ davlatning ro‘yxatga olish reyestridan chiqarilgan paytdan e’tiboran (ushbu kooperativga xizmat ko‘rsatayotgan bankning yozma ma’lumoti mavjud bo‘lgan taqdirda) qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan deb hisoblanadi.
(10-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Kooperativ tugatilayotganda kooperativ jismoniy shaxsning sog‘lig‘iga yoki hayotiga yetkazgan zarar uchun javobgar ekanligi munosabati bilan bu kooperativdan undirilishi lozim bo‘lgan to‘lovlarga avans beriladi.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuniga muvofiq 4-band bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ishlab chiqarish kooperativi tugatilgan taqdirda qarz beruvchilar va mehnat jamoasi a’zolarining da’volari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulk kooperativ a’zolari o‘rtasida uning ustavida ko‘zda tutilgan tartibda taqsimlanadi.
Matlubot jamiyatlari ittifoqlari ularning oliy organlari (syezd, konferensiya, vakillar yig‘ilishi) qaroriga muvofiq tugatiladi. Ish haqi to‘lash, banklar va boshqa qarz beruvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish yuzasidan hisob-kitob qilib bo‘linganidan keyin ularning qolgan mol-mulki mazkur matlubot jamiyatini o‘z tarkibiga olgan kooperativ ittifoqiga (uyushmasiga) beriladi.
(10-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuniga muvofiq 5-band deb hisoblanib, qayta tahrir qilingan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
11-modda. Matlubot kooperatsiyasining asosiy vazifalari
1. Matlubot kooperatsiyasining asosiy vazifalari:
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq posyolkalar va shaharlarda chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tarmog‘ini vujudga keltirish va rivojlantirish, o‘z a’zolari—paychilar hamda xizmat ko‘rsatilayotgan aholiga o‘zi ishlab chiqargan va korxonalar, tashkilotlar hamda jismoniy shaxslardan sotib olingan oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollarini sotish;
(11-modda 1-bandining ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
aholi va korxonalardan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hamda xom ashyo, yordamchi xo‘jalik mahsulotlari va hunarmandchilik buyumlari, keyinchalik qayta ishlash va sotish uchun yovvoyi o‘simliklar, mevalar dorivor o‘simlik xom ashyosini va dori moddalarini (substansiyalarni) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xarid qilish;
(11-modda 1-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sotib olinayotgan qishloq xo‘jaligi xom ashyosi va boshqa mahalliy xom ashyodan, shuningdek ulgurji savdo tarkibida xarid qiladigan resurslar, xom ashyo va materiallardan oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari ishlab chiqarishni tashkil etish;
aholiga ishlab chiqarishga va maishiy turmushga doir turli xizmatlar ko‘rsatishdan iboratdir.
2. Matlubot kooperativlari (jamiyatlari) ishlab chiqarish vositalari va xalq iste’moli mollari xarid qilishni va sotishni tashkil etish orqali fuqarolarning qishloq xo‘jalik mahsulotlari xom ashyosini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi yordamchi xo‘jaliklarini, shuningdek hunarmandchilikni rivojlantirishni rag‘batlantiradilar.
12-modda. Matlubot kooperatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
1. Matlubot kooperativlari (jamiyatlari) yakkahokimlikka qarshi qonunchilik talablariga muvofiq ixtiyoriy ravishda xo‘jalik uyushmalariga birlashishlari mumkin.
(12-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2. Matlubot kooperativlari (jamiyatlari) xo‘jalik uyushmalari boshqaruvining oliy idoralari — syezd va konferensiyadir.
Matlubot kooperativi (jamiyati) boshqaruvining oliy idorasi — kooperativ (jamiyat) a’zolarining umumiy yig‘ilishidir.
Syezd va konferensiyalar kengashni (boshqaruvni) saylaydilar. Kengash (boshqaruv) syezd va konferensiyalar oralig‘idagi davrda ularning vazifalarini bajaradi hamda ularga hisob beradi.
Syezd va konferensiya o‘ziga hisob beruvchi nazorat idorasi — taftish komissiyasini saylaydi.
3. Xo‘jalik uyushmalari boshqaruvi idoralarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini ijro etish ularning a’zolari uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Matlubot kooperativlari (jamiyatlari), ular uyushmalari bilan davlat boshqa uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar o‘rtasidagi xo‘jalik munosabatlari shartnoma asosida tashkil etiladi, basharti, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘zga hol nazarda tutilmagan bo‘lmasa.
(12-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5. Matlubot kooperativlari (jamiyatlari) narxlar hamda tariflarni mustaqil yoki shartnoma asosida belgilaydilar. Kooperativlar va ularning xo‘jalik uyushmalari bozorda yakkahokimlik qilgan hollarda davlat fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq narx-navoni tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Matlubot kooperativlarining tovarlarni tog‘liq joylar, olis yerlar va ularga tenglashtirilgan joylarga yetkazib berish bilan bog‘liq qo‘shimcha sarf-xarajatlarini qoplash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi matlubot kooperatsiyasi Xalqaro kooperativ alyansida va boshqa xalqaro tashkilotlarda qatnashishi mumkin.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi 1008-XII-son Qonuniga asosan 6 va 7-bandlar bilan to‘ldirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 2-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13-modda. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari
(13-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi kooperativi ishlab chiqarish kooperativining bir shakli sifatida ushbu Qonunda, boshqa qonunchilik hujjatlarida va o‘z ustavida nazarda tutilgan barcha huquqlardan foydalanadi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Qishloq xo‘jaligi kooperativlarining yer to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarligi
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari yer to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 12-fevral)
15-modda. Kooperativlarning o‘z a’zolarining uy-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish sohasidagi faoliyati
Fuqarolar o‘z ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun ixtiyoriylik asosida uy-joy qurish, uy-joy kooperativlari, garaj qurish kooperativlari va boshqa kooperativlar tuzishlari mumkin.
Bunday kooperativlar faoliyatining asosiy yo‘nalishi kooperativ mulki obyektlarini (uy-joylar, garajlar va shu kabilar), ustavda nazarda tutilgan hollarda esa — kooperativ a’zolarining mulki bo‘lgan obyektlarni ham qurish va keyinchalik ulardan foydalanishda pul mablag‘lari yoki shaxsiy mehnat bilan ishtirok etishdan, shuningdek kooperativ a’zolariga kooperativni tuzishdan ko‘zlangan maqsadlarga mos xizmatlarni ko‘rsatishdan iboratdir.
16-modda. Bog‘dorchilik shirkatlari, yakka tartibda qurilish bilan shug‘ullanuvchilar shirkatlari va o‘zga matlubot shirkatlari
Ushbu Qonun bog‘dorchilik shirkatlari, yakka tartibda qurilish bilan shug‘ullanuvchilar shirkatlari va o‘zga matlubot shirkatlariga nisbatan amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1991-yil 14-iyun,
295-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 8-son, 193-modda; 1994-y., 2-son, 52-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 24-son, 487-modda, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son; 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son)