Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020 04.03.2008 yildagi 36-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.03.2020
Hujjat 19.03.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish mexanizmini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 1 va 2-ilovalarga kiritilgan mahsulotlar turlariga tegishli moddiy balanslarning choraklik va oylik ijrosi jadvallarini tuzish prognozlashtiriladigan mavsumiy talab omillari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, monopol mahsulotga mavsumiy talab oshgan davrlarda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga monopolist korxonalar mahsulotlarining yuqori likvidli turlariga moddiy balanslar parametrlarining choraklik va oylik ijrosi jadvallariga tuzatish kiritishga oid takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopolist korxonalarga yuqori likvidli mahsulotlar turlariga kiritilmagan monopol mahsulotlar turlariga birja savdolariga majburiy qoʻyish hajmini belgilash huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2004-y., 2-son, 10-modda) “yil davomida teng ravishda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 4-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-martdagi 36-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”, “Raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qoʻyish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 1 va 2-ilovalarga kiritilgan mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qoʻyish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi belgilangan tartibga muvofiq mavsumiy talab hisobga olingan holda moddiy balanslar ijrosining oylik va choraklik jadvallarida tasdiqlangan birja savdolariga qoʻyilishi kerak boʻlgan mahsulotlar hajmini Oʻzbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga yetkazadi. Koʻrsatib oʻtilgan jadvallar asosida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va korxonalar belgilangan tartibga muvofiq muddatlar boʻyicha mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish jadvallarini ishlab chiqadilar va Oʻzbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlaydilar, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ularni birjaga yetkazadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kalendar davrlarga yuqori likvidli monopol mahsulotga prognozlashtiriladigan mavsumiy talab oʻtgan yilning shu davrlarida bunday mahsulotning birja savdolariga qoʻyilishi va sotilishini tahlil qilishdan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi birja savdolarida sotiladigan yuqori likvidli monopol mahsulotga talabni doimiy asosda oʻrganadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlangan jadvallarga muvofiq birja savdolariga qoʻyish nazarda tutilgan yuqori likvidli monopol mahsulotlar hajmi aniqlangan mavsumiy talabga mos kelmagan taqdirda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligiga muayyan kalendar davrda birja savdolariga qoʻyiladigan ushbu mahsulotning hajmini koʻpaytirish yuzasidan takliflar kiritadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulot hajmiga tuzatish kiritishga doir takliflar kalendar davrga tuzatish kiritish uchun belgilanadigan oy boshlanishidan bir oydan kechikmay kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muayyan kalendar davrga yuqori likvidli monopol mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish hajmini koʻpaytirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalar bilan qamrab olinmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldingi davrlarda birja savdolarida sotilmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan jadvallarga muvofiq keyingi davrlarda birja savdolariga qoʻyish nazarda tutilgan hajm hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moddiy balanslar parametrlarining choraklik va oylik ijrosining tuzatish kiritilgan jadvallari Iqtisodiyot vazirligi tomonidan monopolist korxonalarga va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga tuzatish kiritiladigan kalendar davr boshlanishidan kamida 20 kun oldin yuboriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kalendar davrga tuzatish kiritilgan jadvallar asosida monopolist korxonalar jadvallar olingan kundan boshlab oʻn kun muddatda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilangan tartibga muvofiq muddatlar boʻyicha birja savdolarga qoʻyish hajmlarini boʻlib chiqqan holda monopol mahsulotlarni ushbu davrning har bir oyi mobaynida birja savdolariga qoʻyish jadvallarini tasdiqlaydilar hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ularni birjaga yetkazadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qarorida nazarda tutilmagan mahsulotlarning monopol turlarini birja savdolariga qoʻyish monopolist korxonalar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan monopolist korxonalarda yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalar bilan qamrab olinmagan monopol mahsulot hajmi mavjudligi va talab mavjud boʻlgan bir sharoitda bunday mahsulotning birja savdolariga qoʻyilmaganligi aniqlangan taqdirda — Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining qarori bilan amalga oshiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja savdolariga qoʻyiladigan monopol mahsulotlarning aniq turlari va hajmini aniqlash uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasida masʼul xodimlardan iborat tarkibda maxsus komissiya tashkil etiladi. Komissiya raisi, tarkibi va ish reglamenti Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopol mahsulotlarning turlari va hajmi, ularni birja savdolariga qoʻyish davrlari ularga boʻlgan mavsumiy talabdan kelib chiqib monopolist korxonalar bilan tuzilgan yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnomalar bilan qamrab olinmagan hajm hisobiga komissiya tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan qabul qilinadigan qaror komissiya raisi va uning aʼzolari tomonidan imzolanadi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining uni ijro etish toʻgʻrisidagi koʻrsatmasi monopolist korxonalarga Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining koʻrsatib oʻtilgan qarori qabul qilingan kundan boshlab uch kun muddatda yetkaziladi.
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopolist korxonalar komissiyaning qarori va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining koʻrsatmasi olingandan keyin 10 kun mobaynida Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan kelishgan holda monopol mahsulotlarni birja savdolari kunlari boʻyicha qoʻyish jadvallarini tasdiqlaydilar. Monopol mahsulotlarni birja savdolariga birinchi qoʻyish monopolist korxonalar tomonidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir oydan kechikmay amalga oshirilishi kerak.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopol mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan deklaratsiyada koʻrsatilgan darajada boshlangʻich narx boʻyicha amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Monopol mahsulotlarning birja savdolariga qoʻyilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Monopol mahsulotlarning birja savdolariga qoʻyilishini nazorat qilish Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nazorat qilish monopolist korxonalar va birjalarning axborotini oʻrganish, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar oʻtkazish vositasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Monopolist korxonalar har oyning 3-kunidan kechikmay Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga oldingi oyda birja savdolariga qoʻyilgan va sotilgan monopol mahsulotlar hajmi toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tasdiqlangan jadvallarda nazarda tutilgan monopol mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish hajmi va muddatlarini xolisona va monopolist korxonaga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bajarish mumkin boʻlmagan taqdirda monopolist korxona bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasini birja savdolari oʻtkazilishidan kamida 1 kun oldin xabardor qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Birjalar har kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga qoʻyilgan monopol mahsulotlarning haqiqiy hajmi, tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek har haftada — birja savdolari natijalari boʻyicha shakllangan oʻrtacha narxlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Monopol mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish tartibi buzilganligi uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Monopol mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyishning ushbu Nizomda nazarda tutilgan jadvallari bajarilmasligi, shuningdek mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish imkoni yoʻqligi toʻgʻrisidagi axborotning taqdim etilmasligi raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi hisoblanadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-maydagi 143-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 21-son, 232-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 10-11-son, 60-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2012-y., 21-son, 232-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2017-y., 33-son, 863-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)