Ўзбекистон Республикаси Қонунчилик маълумотлари миллий базаси

 MAXFIYLIK SIYOSATI

Shaxsiy maʼlumotlarning maxfiylik siyosati (bundan keyin matnda Siyosat, deb yuritiladi) Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi (Lex.uz) (bundan keyin matnda Milliy baza, deb yuritiladi) yoki shu tizimga aloqador boshqa mobil ilovalardan foydalanish chog‘ida foydalanuvchi haqida olinadigan maʼlumotlarga nisbatan qo‘llaniladi. Milliy baza O‘zbekiston Respublikasi qonunchiliga ko‘ra rasman ro‘yxatdan o‘tgan tizim hisoblanadi.
 
Milliy bazaning har qanday resurslaridan foydalanish foydalanuvchi tomonidan mazkur Siyosat va unda ko‘rsatilgan shartlarga so‘zsiz rozi ekanligini anglatadi. Agar foydalanuvchi mazkur Siyosat shartlariga rozi bo‘lmagan taqdirda u Milliy baza resurslaridan foydalanmasligi kerak.
 
1. TERMINLAR
 
1. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi – bu kontentning serverdagi joylashuv o‘rnidir.
2. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi – qonunchilik hujjatlaridan yuridik va jismoniy shaxslarning keng foydalanish imkoniyatini beruvchi tizim.
3. Shaxsiy maʼlumotlar – muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga (shaxsiy maʼlumot subyekti) bevosita yoki bilvosita aloqador bo‘lgan har qanday maʼlumot  hisoblanadi.
4. Shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligi – jismoniy yoki yuridik shaxslarning maʼlumotlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarning, boshqalarga taalluqli maʼlumotlardan ularning roziligisiz yoki qonuniy asoslarsiz foydalanmasligi va tarqatmasligi uchun majburiy talab hisoblanadi.
2. FOYDALANUVCHINING MILLIY BAZA TOMONIDAN YIG‘ILADIGAN VA QAYTA ISHLANADIGAN SHAXSIY MAʼLUMOTI
5. Ushbu Siyosat foydalanuvchining tizimdan ro‘yxatdan o‘tish, huquqiy hujjatlardan foydalanish chog‘ida tizim tomonidan so‘ralgan maʼlumotlar kiritilganda ushbu maʼlumotlarning maxfiyligini muhofaza qilish va oshkor etmaslik tartibini taʼminlashga qaratilgan Milliy baza maʼmuriyatining (bundan keyin matnda Maʼmuriyat deb yuritiladi) majburiyatlarini belgilaydi.
6. Ushbu Maxfiylik siyosati doirasida qayta ishlashga ruxsat berilgan shaxsiy maʼlumotlar Milliy bazada ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida jadvalni to‘ldirish orqali foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda taqdim etiladi va u quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
FIO;
foydalanuvchining telefon raqami;
elektron pochta manzili (e-mail).
 
SHAXSIY MAʼLUMOTLAR XAVFSIZLIGI
 
7. Shaxsiy maʼlumotlarni noqonuniy xatti-harakatlardan, yo‘qolish, yo‘q qilish va uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz kirishdan himoya qilish uchun maʼmuriyat zamonaviy dasturiy taʼminot va apparatni himoya qilish vositalaridan hamda tashkiliy xavfsizlik choralaridan foydalanadi.
Maʼmuriyat maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni o‘z zimmasiga oladi.
Maʼmuriyat foydalanuvchining iltimosi yoki uchinchi shaxslarning daʼvolari bo‘yicha sud yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarning so‘roviga asosan, maʼmuriyatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash yuzasidan, shuningdek qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda foydalanuvchining shaxsiy maʼlumotlariga kirish huquqiga ega.
 
MAXFIYLIK SIYOSATINI O‘ZGARTIRISH
 
8. Maʼmuriyat ushbu Siyosatga mustaqil ravishda o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. Siyosatning o‘zgartirilgan versiyasi Milliy bazada eʼlon qilingan paytdan boshlab darhol kuchga kiradi. Foydalanuvchilarga Siyosat o‘zgarishi to‘g‘risida maxsus xabar berilishi mumkin. Siyosatdagi o‘zgarishlarga rozi bo‘lmagan taqdirda, foydalanuvchi Milliy bazadan foydalanishni to‘xtatishi shart.