O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
ONLINE TRANSLATE

“LexUZ oflayn” kompyuter dasturi

“LexUZ oflayn” – bu Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi (Lex.uz) asosida yaratilgan kompyuter dasturi bo‘lib, foydalanuvchilarga Internet tarmog‘iga ulanmagan holda (oflayn rejimda) Milliy bazaga joylashtirilgan normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanish imkonini beradi.

Dastur hujjatlar bilan istalgan vaqtda oflayn rejimda ishlash, hujjatlar matni bilan tanishishda zarur funksiyalardan (qidiruv, saqlash, chop etish va boshqalar) foydalanish imkoniyatini beradi.

Dasturdan demo sifatida (sinov tariqasida) foydalanish muddati dastlabki o‘rnatilgan kundan boshlab 2 oyni tashkil etadi.

Ushbu muddat tugagach, foydalanishni davom ettirish uchun tegishli litsenziya kalitini kiritish talab etiladi.

Har bir kompyuter uchun litsenziya kaliti Markaz tomonidan individual tarzda beriladi.

Hujjatlar bazasini yangilab borish uchun Markaz tomonidan taqdim etilgan havola orqali so‘nggi kun holatiga mos yangilash faylini yuklab olib, o‘rnatish zarur.

Aloqa uchun: (55) 510 47 87

  • Dasturdan foydalanishni davom ettirish masalalari bo‘yicha ichki raqam: 1867
  • Dasturiy-texnik masalalari bo‘yicha ichki raqam: 1880, 1863

Demo versiyasini yuklab olish (4,67 Gb)