1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasiga muvofiq, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-oktabr,
563-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktabrdagi 563-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarorida:
2. Vazirlar Mahkamasining “Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarorida:
a) 1-ilovaning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Bozor faoliyati aksiyadorlik jamiyati shaklida yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi”;
b) 2-ilovaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Savdo kompleksi faoliyati yuridik shaxs tomonidan unga doimiy foydalanish, ijara yoki mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi. Savdo kompleksi faoliyat koʻrsatishi sharti bilan tegishli boʻlgan yer uchastkasidan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi. Koʻrsatib oʻtilgan yuridik shaxs aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hududida lazerli nur tarqatgichlarni ishlatishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 20-fevraldagi 50-son qarorida:
a) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagilar taqiqlansin:
a) xalqaro standartlar boʻyicha xavflilik darajasi 3R, 3B va 4-klassga (sinfga) mansub boʻlgan lazer nurli koʻrsatkichlar sifatida foydalaniladigan portativ lazerli nur tarqatgichlarni (TIF TN kodi 9013200000) ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, oʻtkazish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda ulardan foydalanish;
b) jismoniy shaxslar tomonidan foydalanishi mumkin boʻlgan lazerli koʻrsatkichlar nurini:
koʻchalarda, xiyobonlarda, istirohat bogʻlarida, jamoat transportida, boshqa jamoat joylarida odamlar va hayvonlarning yuziga (koʻziga) yoʻnaltirish;
ommaviy tadbirlar, jumladan, konsert-tomosha tadbirlari, sport musobaqalari oʻtkazilayotgan maydonlar va inshootlarda ularning ishtirokchilari, tomoshabinlar yoki boshqa shaxslarning yuziga (koʻziga) qaratish;
turar va noturar joylarning derazalariga, har qanday turdagi transport vositalariga (havo kemasi, temir yoʻl transporti, avtomototransport va boshqalar) va ularni boshqarayotgan shaxslarga yoʻnaltirish;
videokuzatuv kameralari va xavfsizlik tizimlariga yoʻnaltirish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari hamda Ichki ishlar vazirligi lazerli koʻrsatkichlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, foydalanish, saqlash, tashish, joʻnatish, Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish, oʻtkazish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish hamda sotish holatlarini aniqlash va bartaraf etish, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar”;
b) 4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“mazkur partiyaga birlashish xohishini bildirgan, kamida sakkizta hududiy subyektlarda (viloyatlarda), shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan kamida yigirma ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining oʻzlari imzo qoʻygan izchil ketma-ketlikda raqamlangan roʻyxati va saylab qoʻyiladigan organlarning aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (roʻyxat va maʼlumotlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjati, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi, turar joyi va ish joyi, telefon raqami koʻrsatiladi), rahbar organ aʼzolariga vakolatlar, shu jumladan, roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida yoxud munozaralar kelib chiqqan taqdirda sudda partiya nomidan ishtirok etish huquqi berilganligi toʻgʻrisidagi partiya oliy organining qarori”;
b) 27-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“NNTni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning asl nusxalari ariza beruvchilarga qaytarilmaydi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarorida:
“Issiqlik taʼminoti shartnomasini tuzish uchun Isteʼmolchilar yuridik shaxslar uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini (STIR), jismoniy shaxslar uchun — biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari yoki (JSHSHIR)ni yoxud kadastr raqamini taqdim etadi.
Shartnomani tuzish uchun zarur boʻlgan quyidagi maʼlumotlar Yetkazib beruvchi tomonidan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi:
koʻp kvartirali uyda xonaning mulkdori (foydalanish) huquqini tasdiqlovchi hujjat va ushbu huquq vujudga kelgan sana;
tadbirkorlik subyekti boʻlmagan yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma (noturar xonaning mulkdori uchun)”;
109-bandning birinchi xatboshisidagi “yangi egasi esa noturar joy xonasidan foydalanish boshlangunga qadar issiqlik taʼminoti xizmatlaridan foydalanish yuzasidan yangi shartnoma tuzadi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“I guruh isteʼmolchisi shartnoma tuzish maqsadida ISKX tashkilotiga ulanish uchun yangi qurilgan turar joyning loyiha (texnik) hujjatini taqdim etishi shart.
Shartnoma tuzish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar, shuningdek, hisobga olish asboblari bilan taʼminlanmagan isteʼmolchilar tomonidan sarflangan suv hajmini aniqlash maqsadida zarur boʻlgan doimiy va vaqtinchalik istiqomat qiluvchilar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ISKX tashkiloti tomonidan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali yoki isteʼmolchining yashash joyi boʻyicha ichki ishlar organlaridan mustaqil ravishda soʻrab olinadi.
“Shartnomani tuzish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar ISKX tashkiloti tomonidan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi”;
“Shartnomani tuzish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar ISKX tashkiloti tomonidan “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-maydagi 132-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
b) quyidagi mazmundagi 201 va 202-bandlar bilan toʻldirilsin:
“201. Oshxonani ijaraga olishda taklif etilayotgan narx talabgor tomonidan ixtiyoriy ravishda belgilanadi.
Bunda talabgor tomonidan taklif etilayotgan narx belgilangan boshlangʻich narxdan kam boʻlmasligi hamda taklif etilayotgan narxning 25 foizi miqdorida zakalat puli toʻlangan boʻlishi lozim.
202. Oshxona tanlovda eng yuqori narx taklifini bildirgan talabgorga ijaraga beriladi”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻsimliklar karantini ostidagi mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi beshinchi va oltinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorida:
21-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining oʻquv tashkilotlariga taqdim etadigan talabnomalari asosida xorijiy hamkorlar bilan fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirayotgan loyihalari doirasida tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolar uchun kamida uch yillik haydovchilik stajiga egaligi boʻyicha talab qoʻllanilmaydi hamda imtihonlarni topshirishlariga ruxsat beriladi. Bunda talabnomalar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan oʻquv tashkilotlariga talabgorlarning toʻliq roʻyxati koʻrsatilgan holda taqdim etiladi”;
29-band quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Nizomning 21-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan holatlar bundan mustasno”;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi talabnomalari asosida xorijiy hamkorlar bilan fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolar uchun mazkur bandning ikkinchi xatboshisida belgilangan kamida uch yillik haydovchilik staji mavjudligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etish boʻyicha talab qoʻllanilmaydi”;
“113. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining oʻquv tashkilotlariga taqdim etadigan talabnomalari asosida oʻquv tashkilotlarida “D” toifali avtotransport vositalari haydovchilari mutaxassisligi boʻyicha tayyorlanadigan va faqat xorijiy hamkorlar bilan fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida tanlovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan fuqarolardan tashkil topgan oʻquv guruhlari uchun oʻquv yuklamasining hajmi haftasiga 48 soatgacha, oʻquv yuklamasining bajarilishidan kelib chiqqan holda, auditoriyada oʻtkaziladigan nazariy va amaliy mashgʻulotlarning kundalik hajmi 8 soatgacha rejalashtiriladi.
Bunda oʻqish muddati 5 haftadan kam boʻlmasligi va auditoriyadagi dars yuklamasi — 200 soatdan, “D” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 60 soatdan kam boʻlmasligi lozim”.
9. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-noyabrdagi 948-son qarori bilan tasdiqlangan Idoralararo kollegial organlar toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilib, tegishli elektron reyestrga kiritilgan shaxslarni kollegial organlarning aʼzosi sifatida kiritish”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 21-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xizmat turar joyi ijaraga oluvchiga tekin foydalanishga beriladi”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandida:
“v) hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan:
mahalladagi maydoni 5 000 metr kvadratgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda, tegishli mahallalarning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmalariga;
mahalladagi maydoni 5 000 metr kvadrat va undan katta boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning boshlangʻich narxidan oshgan qismining 10 foizi hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga hamda obyekt joylashgan mahallaning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasiga teng ulushlarda”;
b) quyidagi mazmundagi “v1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v1) Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari arizasi asosida sotilgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning boshlangʻich narxidan oshgan qismining 10 foizi Savdo-sanoat palatasiga”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-maydagi 451-son qarori bilan tasdiqlangan Loyihalash va qurilish sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 15-band “uch ish kuni mobaynida” soʻzlaridan keyin “uzrsiz sabablarga koʻra” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 23-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
13. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-iyundagi 461-son qarori bilan tasdiqlangan “Business city” zamonaviy ishbilarmonlik markazlari roʻyxati quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. Atomchilar shaharchasi”.
14. Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 25-iyuldagi 626-son qarorining 5-bandi uchinchi xatboshisidagi “mebelidan foydalanganlik uchun toʻlov nol stavka boʻyicha belgilanadi” soʻzlari “mebeli tekin foydalanish huquqi bilan beriladi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandi “a” kichik bandida:
a) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
16. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida” 2020-yil 20-fevraldagi 104-son qarorida:
a) quyidagi mazmundagi 3-band bilan toʻldirilsin:
“3. Belgilansinki, tadbirkorlik subyekti oʻzi egallab turgan bino yoki inshootning tashqi tomonida joylashtirgan nomi va faoliyat turi (ixtisosligi) toʻgʻrisidagi axborot (peshlavha, axborot vositalari va konstruksiyalari), shu jumladan, firma nomi, tovar yoki xizmat koʻrsatish belgisi soni va oʻlchamidan qatʼi nazar, tashqi reklama obyekti hisoblanmaydi hamda ushbu axborot vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish talab etilmaydi”;
ikkinchi xatboshi “maxsus veb-saytlarga joylashtiradi” soʻzlaridan keyin “va tadbirkor joylashgan manzilga (yuridik manziliga) yozma xabarnoma yuboradi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi “maxsus veb-saytlarga joylashtiradi” soʻzlaridan keyin “va tadbirkor joylashgan manzilga (yuridik manziliga) qarorning yozma koʻchirma nusxasini yuboradi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 98-band bilan toʻldirilsin:
“98. Tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish huquqini beruvchi pasport egasi tomonidan uni ixtiyoriy ravishda bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza yuborilishi mumkin.
Bunda elektron tizimda reklama joyining pasporti avtomatik ravishda bekor qilinadi va tegishli maʼlumotlar soliq organlariga yuboriladi”;
g) quyidagi mazmundagi 99-band bilan toʻldirilsin:
“99. Belgilansinki, qisqa muddatli tashqi reklama obyektlarini joylashtirish muddati qurilish obyektlari uchun qurilish yakunlanguniga qadar, bayram va boshqa tadbirlar uchun esa 30 kalendar kundan oshmagan muddatga reklama joyining pasportida belgilanadi”;
d) quyidagi mazmundagi 910 va 911-bandlar bilan toʻldirilsin:
“910. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq reklama munosabatlarini tartibga soladigan hududiy “dizayn-kod”larni ishlab chiqish va ularga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qarorlar keng jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilgan holda, shu jumladan, Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida joylashtirish orqali belgilangan tartibda qabul qilinadi va ushbu qarorlar rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi. Bunda “dizayn-kod”larni ishlab chiqish va ularga oʻzgartirish kiritish yuzasidan qabul qilingan qarorlarda rasmiy roʻyxatdan oʻtgan tovar (xizmat koʻrsatish) belgisidan foydalanish imkoniyati nazarda tutiladi.
911. Toshkent shahri hokimligi Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2026-yil 10-dekabrga qadar Toshkent shahrining “dizayn-kodi” qoidalarining tadbirkorlik subyektlari va ommaviy axborot vositalari ishtirokida keng muhokama qilinishini taʼminlasin va bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda, Toshkent shahrining “dizayn-kodi” qoidalariga oʻzgartirish kiritish boʻyicha takliflarni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga kiritsin”;
e) 1-ilovaning 6-bobi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
j) 7-ilova quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
“91. Yuridik shaxslarning mulk yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan avtotransport vositalariga oʻziga tegishli tovar belgisi, faoliyat turiga tegishli yozuvlar va ishlab chiqaradigan mahsulotlari (koʻrsatadigan xizmatlari) haqidagi reklama maʼlumotlari soddalashtirilgan tartibda joylashtiriladi.
Bunda yuridik shaxslar avtotransport vositalariga oʻziga tegishli boʻlgan tovar belgisini, faoliyat turiga tegishli yozuvlar va ishlab chiqaradigan mahsulotlari (koʻrsatadigan xizmatlari) haqidagi reklama maʼlumotlarini joylashtirish uchun xabarnomani YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi. Xabarnoma YIDXPda qabul qilingan vaqtdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departament xabardor qilingan hisoblanadi va elektron tizim tomonidan reklama joyining pasporti avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Xabarnomada notoʻgʻri maʼlumotlar, shuningdek, oʻzgalarga tegishli tovar belgilari taqdim etilganligi aniqlangan taqdirda, shakllantirilgan reklama joyining pasporti avtomatik ravishda bekor qilinadi va bu haqida yuridik shaxsga asoslantirilgan xat yuboriladi.
Yuridik shaxslar avtotransport vositalariga oʻziga tegishli boʻlgan tovar belgisini, faoliyat turiga tegishli yozuvlar va ishlab chiqaradigan mahsulotlari (koʻrsatadigan xizmatlari) haqidagi reklama maʼlumotlarini joylashtirish huquqini beruvchi reklama joyi pasportini rasmiylashtirish uchun yigʻim undirilmaydi”;
“Tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ushbu Nizomda koʻrsatilgan xollarda majburiy demontaj qilinishidan oldin, demontaj qilish kuni va vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ularning veb-saytlarida demontaj qilish kunidan ikki kun oldin (ushbu Nizomning 9-bandi bundan mustasno) joylashtiriladi va demontaj qilinadigan tashqi reklama va obyektlarning mulkdorlari (egalari, foydalanuvchilari) tegishli tartibda yozma xabardor qilinadi”;
4-bandning birinchi xatboshisi “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimida” soʻzlaridan keyin “shuningdek, mulkdori nomaʼlum boʻlgan tashqi reklama va axborot obyektlarining (konstruksiyalarining) oʻzida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari noqonuniy oʻrnatilgan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) majburiy tartibda demontaj qilish uchun ochiq tanlovlar asosida maxsus tashkilotlarni yollash huquqiga ega.
Tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) majburiy tartibda demontaj qilish ishlari haftaning ish kunlarida soat 09.00 dan 18.00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida amalga oshirilishi mumkin.
Tashqi reklama va axborot obyekti (konstruksiyasi) majburiy tartibda demontaj qilinganida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki maxsus tashkilot tomonidan tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) mulkdori ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiriladi va “Tashqi reklama” raqamli monitoring elektron tizimida ushbu haqida maʼlumot joylashtiriladi.
Mulkdori nomaʼlum boʻlgan tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) majburiy tartibda demontaj qilishda yoki tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) mulkdori dalolatnomaga imzo qoʻyishdan bosh tortganda, mahalla fuqarolar yigʻini raisi dalolatnomaga bu haqida imzo qoʻyadi.
Dalolatnomada tashqi reklama va axborot obyektining (konstruksiyasining) majburiy tartibda demontaj qilingan sanasi, vaqti, demontaj qilish sababi, holat boʻyicha qisqacha maʼlumot, foto suratlar hamda saqlash uchun yuborilgan joy manzili koʻrsatilishi shart.
Mulkdori nomaʼlum boʻlgan tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) majburiy tartibda demontaj qilish va undan keyingi holati boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki maxsus tashkilot javobgar boʻlmaydi”.
12-band “tashqi reklama va axborot obyektlari (konstruksiyalari) oʻrnatganligi,” soʻzlaridan keyin “shuningdek, demontaj qilganligi va (yoki) demontaj qilishga koʻrsatma (buyruq) berganligi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandi ikkinchi xatboshisidagi “belgilangan tartibda” soʻzlari “roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2020-yilda 9-noyabrdagi 699-son qarori bilan tasdiqlangan Loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlari reytingini hisoblash va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 3-ilovaning “Ishlab chiqarish samaradorligi” pozitsiyasi “Koʻrsatkichlar” ustunidagi “Bino va inshootlar maydoni” va “Nusxa olish va koʻchirish texnikalari mavjudligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 4-ilovaning “Ish tajribasi” pozitsiyasining “Koʻrsatkichlar” ustunidagi “Qurilish-montaj ishlari yuzasidan jinoiy javobgarlikka tortilganlik holati (har bir holat uchun minus 5 jarima ball)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
19. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 829-son qarori bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“korrupsiyaga oid jinoyatlar — Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi uchinchi qismining “d” bandida, 168-moddasi toʻrtinchi qismining “g” bandida, 1929, 19210-moddalarida, 19211-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida, 205-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida, 206-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida, 208-moddasining ikkinchi qismida, 209-moddasi ikkinchi qismining “v” bandida, 210, 211, 212, 213, 214, 2141, 2142-moddalarida va 301-moddasi ikkinchi qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ushbu Kodeksning 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat, agar mazkur jinoyat korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish natijasida olingan daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq holda sodir etilgan boʻlsa”.
20. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq toʻlovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va ularni soliq xavfi darajasi boʻyicha toifalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “avtomatlashtirilgan dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur)” soʻzlari “avtomatlashtirilgan tizimi (keyingi oʻrinlarda — Tizim)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“4. Soliq xavfini boshqarish tizimini joriy etish va takomillashtirish, uning strategiya va taktikasini ishlab chiqish, axborotni toʻplash va qayta ishlash, soliq xavfini tahlil qilish va baholash, soliq xavfini boshqarishga doir chora-tadbirlarni, soliq xavfi mezonlarini va tekshiruvchi xodimlar yuklamasini ishlab chiqish, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 140-moddasi beshinchi qismi boʻyicha soliq toʻlovchilarni aniqlashga doir shartlarni belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Soliq qoʻmitasi) tomonidan amalga oshiriladi”;
v) 5-banddagi “dasturiy mahsulotni qoʻllash” soʻzlari “Tizim” soʻzi bilan almashtirilsin;
“9. Soliq xavfi darajasi mezonlari Soliq qoʻmitasi tomonidan quyidagilarni inobatga olgan holda belgilanadi va soliq xavfidan kelib chiqib doimiy ravishda takomillashtirib boriladi”;
“11. Soliq xavfi darajasi oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan koʻrsatkichlar va mezonlarga tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligi “ball” tizimida baholanadi.
Avtomatlashtirilgan tizim orqali soliq toʻlovchilarning soliq xavflari tadbirkorlik subyektlari toifasi boʻyicha segmentlangan holda aniqlanadi.
Soliq xavfi mezonlari kelib chiqish sabablariga qarab, huquqbuzarlik alomatlari haqida xabar beruvchi 4 ta asosiy, yaʼni roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritish, soliq hisobotlarini topshirmaslik, soliqlarni toʻlamaslik yoki soliq bazasini yashirish xavf guruhlari tarkibiga kiritiladi.
Har bir xavf guruhi, oʻz navbatida, kichik xavf guruhlaridan, kichik xavf guruhlari esa xavflar reyestridan, xavflar reyestri soliq xavfi mezonlaridan tarkib topadi.
Soliq xavfi mezonlari soliq xavfini aniqlash natijalariga koʻra “summali” va “summasiz” turlarga ajratiladi.
Soliq xavfi mezonlari turlari boʻyicha ajratilgan ballar avtomatik ravishda ular tarkibiga kiruvchi xavf guruhlari oʻrtasida, har bir xavf guruhi uchun ajratilgan ballar esa ushbu guruh tarkibidagi soliq xavfi mezonlari oʻrtasida aniqlangan umumiy soliq xavfi summasiga (subyektlar soniga) mutanosib tarzda taqsimlanadi”;
e) 12-banddagi “Dastur” soʻzi “Tizim” soʻzi bilan almashtirilsin;
“13. Tadbirkorlik subyektlari soliq xavfi darajasini baholashda toifalarga ajratiladi.
Avtomatlashtirilgan tizimda soliq toʻlovchilar tomonidan toʻplangan ballar inson omilisiz umumlashtirilib, tadbirkorlik subyektlari toifasi boʻyicha (ballar miqdori teng boʻlganda toʻlanmagan soliq summasi boʻyicha) yuqoridan kamayish tartibida saralanadi.
Amalga oshirilgan baholash natijasida aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida soliq toʻlovchi tomonidan huquqbuzarlik sodir etish xavfi quyidagi uch xil toifaga tasniflanadi:
xavfi yuqori — Tizim orqali soliq toʻlovchilarni segmentlashda tadbirkorlik subyektlari toifasi boʻyicha baholangan tadbirkorlik subyekti ballari umumiy yigʻindisining 10 foiz qismini tashkil etuvchi eng yuqori xavf darajasi ballariga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
xavfi oʻrtacha — Tizim orqali soliq toʻlovchilarni segmentlashda tadbirkorlik subyektlari toifasi boʻyicha baholangan tadbirkorlik subyekti ballari umumiy yigʻindisining xavfi yuqori boʻlgan 10 foiz qismini istisno etgan holda, 40 foiz qismini tashkil etuvchi eng yuqori xavf darajasi ballariga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari;
xavfi past — baholangan tadbirkorlik subyektining xavf darajasi ballari past boʻlgan tadbirkorlik subyektlari”;
z) 14-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Tizim maʼlumotlari asosida joriy soliq davri uchun har bir tekshirish turi boʻyicha tekshiruvlarning chegaraviy soni va soliq tekshiruvlari rejasi Soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi hamda shu asosda soliq tekshiruvlari tayinlanadi.
Soliq xavfi oʻrta boʻlgan soliq toʻlovchilarga aniqlangan xavflar toʻgʻrisida xabarnoma ularning shaxsiy kabinetiga yuboriladi. Bunda kamchiliklar bir oy ichida bartaraf etilsa, soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi”;
“15. Soliq toʻlovchining soliq xavfi darajasi soliq xavfini boshqarish tizimi asosida bir yilda kamida bir marotaba aniqlanadi”.
21. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-yanvardagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan Madaniyat va sanʼat sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan davlat mulki obyektlarining roʻyxatining 156-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 30-martdagi 170-son qarorining 7-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilari “aksiyadorlik jamiyati” soʻzlaridan keyin “va “Navoiyuran” DK” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining “Respublika mulki obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 8-iyundagi 355-son qarorida:
“2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat tashkilotiga, shuningdek, xoʻjalik jamiyati yoki nodavlat notijorat tashkilotiga (keyingi oʻrinlarda — tashkilot) davlat mulki sifatida biriktirilgan respublika mulki obyektlarini bir tashkilotdan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
respublika mulki obyektlarini bir tashkilotdan boshqa bir davlat tashkilotiga berish boʻyicha hujjatlarni tayyorlash tartibi;
respublika mulki obyektlarini bir tashkilotdan boshqa bir davlat tashkilotiga berish boʻyicha qaror qabul qilish tartibi”;
v) 3-banddagi “bir davlat tashkilotidan” soʻzlari “bir tashkilotdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“1. Mazkur Nizom davlat tashkilotiga tegishli respublika mulki obyekt(lar)ini, shuningdek, xoʻjalik jamiyati yoki nodavlat notijorat tashkilotiga biriktirilgan respublika mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini bir tashkilotdan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
respublika mulki obyekt(lar)i — davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi bilan tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari (mulkiy kompleks (korxona), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar va ularning qismlari), avtomototransport vositalari hamda boshqa asosiy vositalar, shuningdek, xoʻjalik jamiyati yoki nodavlat notijorat tashkilotga davlat mulki sifatida biriktirilgan respublika mulki boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari;
tashkilot — davlat organlari, davlat muassasalari, nodavlat notijorat tashkilot va xoʻjalik jamiyati;
davlat tashkiloti — davlat organlari, davlat muassasalari va boshqa davlat tashkilotlari”;
4-bandning birinchi xatboshisidagi “koʻchmas mulk obyektlari va avtomototransport vositalari bir davlat tashkilotidan” soʻzlari “mulki obyektlari bir tashkilotdan” soʻzi bilan almashtirilsin;
5-banddagi “Qurilishi tugallanmagan obyektlar bir davlat tashkilotidan” soʻzlari “Respublika mulki boʻlgan qurilishi tugallanmagan obyektlar bir tashkilotdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “koʻchmas mulk obyektlari va avtomototransport vositalari bir davlat tashkilotidan” soʻzlari “mulki obyektlari bir tashkilotdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “davlat tashkilotining” va “davlat tashkilotidan” soʻzlari tegishlicha “tashkilotning” va “tashkilotdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“13. Respublika mulki obyekti tegishli boʻlgan tashkilotning yuqori turuvchi tashkiloti (xoʻjalik jamiyati va nodavlat notijorat tashkiloti uchun tegishlicha boshqaruv yoki rahbar organi) yoki qabul qiluvchi davlat tashkilotining yuqori turuvchi tashkiloti tomonidan operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berilishi belgilangan obyekt toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Agentlikka taqdim etiladi”;
“14. Agentlik ushbu Nizomning 11-bandida qayd etilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan kundan keyin uch kun ichida respublika mulki obyekt(lar)ini bir tashkilotdan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish boʻyicha tegishli qaror qabul qilish maqsadida xulosa olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻlar nazarda tutilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboradi, bunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida davlat mulki obyektlarini bir tashkilotdan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi bilan begʻaraz berish nazarda tutilgan hollarda xulosa talab etilmaydi”;
nomidagi “obyektlari bir davlat tashkilotidan” soʻzlari “obyektlarini bir tashkilotdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“1-bosqich” pozitsiyasida:
“Subyektlar” ustunidagi “Davlat tashkiloti” soʻzlari “Tashkilot” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar” ustunidagi “davlat tashkilotiga” soʻzlari “tashkilotga” soʻzi bilan almashtirilsin”;
“2-bosqich” pozitsiyasining “Subyektlar” va “Tadbirlar” ustunlaridagi tegishli kelishikdagi “Moliya vazirligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“3-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustunidagi “Moliya vazirligining” va “davlat tashkilotiga” soʻzlari tegishlicha “Iqtisodiyot va moliya vazirligining” va “tashkilotga” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
“4-bosqich” pozitsiyasining “Subyektlar” ustunidagi “Davlat tashkiloti” soʻzlari “Tashkilot” soʻzi bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchma savdoni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
25. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-band quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan har olti oyda operatorga taqdim etiladigan rieltorlar, rieltorlik tashkilotlari, koʻchmas mulk boʻyicha agentlar va rieltorlik faoliyati sohasidagi professional jamoat birlashmalarining yagona reyestridan kelib chiqib shakllantiriladigan roʻyxatga muvofiq rieltorlik tashkilotlari savdo platformasida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi. Roʻyxat savdo platformasida ochiq maʼlumotlar sifatida eʼlon qilinadi. Operator vakolatli davlat organi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatdagi maʼlumotlar yuzasidan javobgar hisoblanmaydi”;
b) 20-bandning birinchi xatboshisi “eʼlon qiladi” soʻzlaridan keyin “davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holatlar bundan mustasno” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 16-bandida:
a) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan mahalladagi maydoni 5 000 metr kvadrat va undan yuqori boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlarning boshlangʻich narxidan oshgan qismining 5 foizi”;
27. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
a) 3-ilovaning 9-pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “e” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“I toifadagi litsenziya uchun — oliy maʼlumot yoki litsenziyalovchi organ tomonidan ustaning malakasini tasdiqlovchi maʼlumotga ega boʻlgan va sohada soʻnggi 10 yil davomida kamida ikki yil ish stajiga ega boʻlgan 2 nafar mutaxassis (sanʼat asarlari va meʼmoriy yodgorliklarni taʼmirlash, tasviriy va amaliy sanʼat bezagi, arxitektura yodgorliklarini rekonstruksiya va restavratsiya qilish, arxitektura nazariyasi, tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash, arxeolog, tarixshunos, tasviriy va amaliy sanʼati (monumental va haykaltaroshlik bezagi) asosiy ish joyi boʻyicha ishlashi”;
b) 9-ilovaning 10-pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha taklif qilinayotgan quvvatlarni ishga tushirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi (5 ish kuni ichida)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 15-ilovaning 9-pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “j” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
28. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisida yagona nizomda:
a) 30-ilovaning 10-pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Mavjud emas” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 31-ilovaning 10-pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Mavjud emas” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 39-ilovada:
5-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi “d” kichik bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
9-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
10-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi “d” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 59-ilovaning 8-pozitsiyasi uchinchi ustuni “v” kichik bandidagi “18” raqami “9” raqami bilan almashtirilsin;
d) 63-ilovaning 8-pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “12” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
a) 7-ilova 9-pozitsiyasining uchinchi ustunidagi “v” kichik bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 18-ilova 9-pozitsiyasining uchinchi ustuni “v” kichik bandidagi “kanselyariya stoli; stul;” soʻzlari chiqarib tashlansin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 9-bandi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorati tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq (buyruq toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali real vaqt rejimida tekshiriladi) yoki shartnoma nusxalari;
buyurtmachining texnik nazorati, loyiha tashkilotining mualliflik nazorati va pudrat tashkilotining ichki nazorat mutaxassislarining sertifikatlari (bunda sertifikat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali real vaqt rejimida tekshiriladi, maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda hujjatlar ilova qilinadi)”.
31. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-son qarori bilan tasdiqlangan Sotib olingan tovarlar (xizmatlar) qiymatining bir qismini jismoniy shaxslarga qaytarishning maʼmuriy reglamentida:
a) 16-band quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda jismoniy shaxsning ixtiyoriga koʻra mablagʻlarini daraxt koʻchatlarini ekishga yoʻnaltirish maqsadida Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Yashil xayriya jamgʻarmasiga oʻtkazishi mumkin”;
b) ilovaning “7-bosqich” pozitsiyasi “Chora-tadbirlar” ustuni quyidagi mazmundagi ikkinchi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda jismoniy shaxsning ixtiyoriga koʻra mablagʻlarini daraxt koʻchatlarini ekishga yoʻnaltirish maqsadida Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Yashil xayriya jamgʻarmasiga oʻtkazishi mumkin”.
32. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-avgustdagi 484-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi boʻylab amalga oshirilgan ichki sayohatlar xarajatlarining bir qismini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 16-bandning birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Jismoniy shaxs oʻz ixtiyoriga koʻra mablagʻlarini daraxt koʻchatlarini ekishga yoʻnaltirish maqsadida Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Yashil xayriya jamgʻarmasiga oʻtkazishi mumkin”;
b) ilovaning “6-bosqich” pozitsiyasi “Chora-tadbirlar” ustuni quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda jismoniy shaxsning ixtiyoriga koʻra mablagʻlarini daraxt koʻchatlarini ekishga yoʻnaltirish maqsadida Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi huzuridagi Yashil xayriya jamgʻarmasiga oʻtkazishi mumkin”.
33. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar eksporti, importi va tranziti uchun ruxsatnomani hamda veterinariya sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 58-bandi uchinchi xatboshisidagi “oʻn sakkiz” soʻzlari “toʻqqiz” soʻzi bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama va ijtimoiy axborotning aylanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarorida:
a) 8-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“elektron tizim “E-auksion” elektron savdo platformasi, YIDXP axborot tizimi, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining elektron tizimi, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hamda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi maʼlumotlar bazalariga integratsiya qilinadi”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tashqi reklama obyektlarining joylashtirilishi boʻyicha jamoatchilik nazorati “Xalq nazorati” elektron portali orqali yoʻlga qoʻyiladi”;
oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 10-bandning toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin;
“101. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) tadbirkorlik subyekti oʻzi egallab turgan bino yoki inshootning tashqi tomonida joylashtirgan nomi va faoliyat turi (ixtisosligi) toʻgʻrisidagi axborot (peshlavha, axborot vositalari va konstruksiyalari), shu jumladan, firma nomi, tovar yoki xizmat koʻrsatish belgisi soni va oʻlchamidan qatʼi nazar, tashqi reklama obyekti hisoblanmaydi hamda ushbu axborot vositasi uchun reklama joyining pasportini rasmiylashtirish talab etilmaydi.
b) yuridik shaxslarning mulk yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan avtotransport vositalariga oʻziga tegishli tovar belgisi, faoliyat turiga tegishli yozuvlar va ishlab chiqaradigan mahsulotlari (koʻrsatadigan xizmatlari) haqidagi reklama maʼlumotlari soddalashtirilgan tartibda joylashtiriladi.
Bunda yuridik shaxslar avtotransport vositalariga oʻziga tegishli boʻlgan tovar belgisini, faoliyat turiga tegishli yozuvlar va ishlab chiqaradigan mahsulotlari (koʻrsatadigan xizmatlari) haqidagi reklama maʼlumotlarini joylashtirish uchun xabarnomani YIDXP axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboradi. Xabarnoma YIDXP axborot tizimida qabul qilingan vaqtdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahrida Departamenti xabardor qilingan hisoblanadi va tizim tomonidan reklama joyining pasporti avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Xabarnomada notoʻgʻri maʼlumotlar, shuningdek, oʻzgalarga tegishli tovar belgilari taqdim etilganligi aniqlangan taqdirda, shakllantirilgan reklama joyining pasporti avtomatik ravishda bekor qilinadi va bu haqida yuridik shaxsga asoslantirilgan xat yuboriladi.
Yuridik shaxslar avtotransport vositalariga oʻziga tegishli boʻlgan tovar belgisini, faoliyat turiga tegishli yozuvlar va ishlab chiqaradigan mahsulotlari (koʻrsatadigan xizmatlari) haqidagi reklama maʼlumotlarini joylashtirish huquqini beruvchi reklama joyi pasportini rasmiylashtirish uchun yigʻim undirilmaydi”.
35. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-iyundagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Talabgor advokatlik tuzilmasiga qabul qilingandan soʻng advokatlik guvohnomasini olish uchun arizani “Yuridik yordam” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi) yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda adliya organiga yuboradi”;
b) 5-bandda:
birinchi xatboshi “axborot tizimi” soʻzlaridan keyin “yoxud YIDXP” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “axborot tizimi” soʻzlaridan keyin “yoxud YIDXP” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 8-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Talabgor oʻz elektron raqamli imzosidan (keyingi oʻrinlarda — ERI) yoki One-ID tizimidan foydalangan holda, advokatlik guvohnomasini olish uchun axborot tizimidan yoxud YIDXPdan roʻyxatdan oʻtadi hamda elektron shaklda ariza toʻldiradi”;
g) 10-bandning ikkinchi xatboshisi “axborot tizimi” soʻzlaridan keyin “yoxud YIDXP” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
d) 15-bandning birinchi xatboshisi “axborot tizimi” soʻzlaridan keyin “yoxud YIDXP” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
e) 21-bandda:
birinchi xatboshi “axborot tizimi” soʻzlaridan keyin “yoxud YIDXP” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “axborot tizimiga” soʻzlaridan keyin “yoxud YIDXPga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
j) 23-bandning oltinchi xatboshisi “axborot tizimi” soʻzlaridan keyin “yoxud YIDXP” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
z) 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Advokatlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorda yigʻim undiriladi (advokatlik guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda qayta rasmiylashtirish hollari bundan mustasno) va quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) axborot tizimi orqali murojaat etilganda:
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasining elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish boʻyicha maxsus hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — adliya organining hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
qolgan mablagʻlar — adliya organining hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
Yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi”;
i) 26-band “axborot tizimiga” soʻzlaridan keyin “yoxud YIDXPga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
y) 1-ilovada:
“1-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni “(keyingi oʻrinlarda — axborot tizimi)” soʻzlaridan keyin “yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“2-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi 3-band “axborot tizimi” soʻzlaridan keyin “yoxud YIDXP” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“3-bosqich” pozitsiyasi “Tadbirlar” ustunidagi 2-band “axborot tizimi” soʻzlaridan keyin “yoxud YIDXP” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
36. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-oktabrdagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Nodavlat notijorat tashkilotining bank hisobvaragʻiga tashqi manbalardan pul mablagʻlari kelib tushganda unga xizmat koʻrsatuvchi bank uch ish kuni ichida bu haqda tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organni mazkur Nizomga 5-ilovada keltirilgan shaklda elektron tarzda xabardor qiladi”;
b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Nodavlat notijorat tashkiloti tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk kelib tushish sanasidan kamida yigirma kun oldin roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portali (keyingi oʻrinlarda — portal) orqali mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan elektron shaklda murojaatnoma (keyingi oʻrinlarda — murojaatnoma) taqdim etadi”;
v) 9-banddagi “yozma yoki” soʻzlari “portal orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 10-bandda:
toʻqqizinchi xatboshidagi “yozma yoki” soʻzlari “portal orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xabarnoma va unga ilova qilingan hujjatlarda oʻzgarishlar boʻlgan taqdirda, nodavlat notijorat tashkiloti bu haqda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga bir ish kuni ichida ushbu oʻzgarishlar bilan bogʻliq maʼlumotlarni ilova qilgan holda elektron shaklda xabar beradi”;
oʻn birinchi xatboshi oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
d) 11-banddagi “Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portalida” soʻzlari “portalda” soʻzi bilan almashtirilsin;
e) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Murojaatnomani koʻrib chiqish jarayonida hujjatlarda oʻzgarishlar boʻlgan taqdirda, nodavlat notijorat tashkiloti bu haqda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga bir ish kuni ichida ushbu oʻzgarishlar bilan bogʻliq maʼlumotlarni ilova qilgan holda elektron shaklda xabar beradi”;
j) 15-bandning ikkinchi xatboshisidagi “yozma yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
z) 17-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “yozma yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
i) 30-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portalida” soʻzlari “portalda” soʻzi bilan almashtirilsin;
y) quyidagi mazmundagi 311-band bilan toʻldirilsin:
“311. Tashqi manbalardan olingan pul mablagʻlari va mol-mulkdan foydalanish toʻgʻrisidagi axborot har chorakda nodavlat notijorat tashkilotining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida yoki portalda eʼlon qilib boriladi”;
k) Nizomga 1-ilovada:
“1-bosqich” pozitsiyasining “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni 1 va 2-bandlaridagi “yozma yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“2-bosqich” pozitsiyasining “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni ikkinchi va oltinchi xatboshilaridagi “yozma yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
l) quyidagi mazmundagi 5-ilova bilan toʻldirilsin:
“Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashqi manbalardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish hamda tashqi manbalardan moliyalashtiriladigan loyihalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Nodavlat notijorat tashkilotining bank hisobvaragʻiga tashqi manbalardan pul mablagʻlari kelib tushganligi toʻgʻrisida
XABARNOMA
T/r
Bank nomi
Nodavlat notijorat tashkilotini roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ nomi
Nodavlat notijorat tashkiloti (oluvchi) nomi
Nodavlat notijorat tashkiloti STIRi
Tashqi manba (joʻnatuvchi) nomi / davlati
Pul mablagʻi kelib tushgan bank hisobvaragʻi
Pul mablagʻi miqdori / valyuta nomi
Pul mablagʻi kelib tushish sanasi
Izoh. Agar pul mablagʻlarini olish maqsadi va vazifalari mavjud boʻlsa, xabarnomada koʻrsatiladi.”.
37. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Oilaviy mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlar yagona reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
a) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 8-bandda:
birinchi — uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi birinchi xatboshi deb hisoblansin.
38. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-bandda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“suv fondi yer uchastkalarini ijaraga berishga”;
sakkizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishlicha toʻqqizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 18-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Ijaraga oluvchi ketma-ket uch va undan ortiq marotaba ijara shartnoma shartlarini, shu jumladan, ijara toʻlovlarini bajarmaganda — u bir yil muddatga davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha oʻtkaziladigan auksion savdolarida ishtirok etishdan chetlatiladi.
Bunda:
savdolardan chetlatilgan ijarachilar reyestri “online-ijara.uz” axborot tizimida yuritiladi va “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya orqali taqdim etiladi, operator ushbu ijarachilarni davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha oʻtkaziladigan auksion savdolarida ishtirokini cheklaydi;
ijaraga oluvchi reyestrga kirgan sanadan boshlab 12 oy oʻtgandan soʻng ijaraga oluvchi avtomatik ravishda reyestrdan chiqariladi”;
ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi 31-bob bilan toʻldirilsin:
“31-bob. Davlat mulkini yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlik subyektlariga tekin foydalanishga berish tartibi
301. Maydoni 10 ming metr kvadratgacha boʻlgan davlat mulki obyektlarini yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga toʻgʻridan-toʻgʻri tekin foydalanishga berish hamda shartnoma shartlari bajarilgan taqdirda, ushbu tadbirkorlik subyektlariga baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotishga ruxsat etiladi.
302. Innovatsion rivojlanish agentligi har chorak yakuni bilan keyingi oyning 5-sanasiga qadar ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining yuqori intensivligini talab qiladigan texnologik mahsulotlar, shu jumladan, elektronika va aloqa uskunalari, shuningdek, baʼzi farmatsevtika preparatlari, kimyoviy mahsulotlar va mashinalarni ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan tadbirkorlik subyektlarini (keyingi oʻrinlarda — yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlik subyektlar) aniqlab, reyestrini shakllantiradi va Markazga taqdim etib boradi.
303. Markaz 10 ming metr kvadratgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat mulki obyektlari roʻyxatini shakllantiradi va doimiy ravishda yangilab boradi.
304. Markaz Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlik subyektlari reyestri taqdim etilgandan soʻng har oy yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar:
yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlik subyektlari roʻyxatini Sanoatni jadal rivojlantirish boʻyicha loyiha ofislariga;
davlat mulkida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining yuqori intensivligini talab qiladigan texnologik mahsulotlar, shu jumladan, elektronika va aloqa uskunalari, shuningdek, baʼzi farmatsevtika preparatlari, kimyoviy mahsulotlar va mashinalarni ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish sharti bilan 5 yil muddatga tekin foydalanish huquqi asosida ajratib berish toʻgʻrisidagi taklifini yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlik subyektlariga yuboradi.
305. Yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlik subyektlari murojaati hamda Sanoatni jadal rivojlantirish boʻyicha loyiha ofislarining tavsiyasiga asosan Markaz uch ish kuni ichida yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlik subyektlariga davlat mulkini 5 yil muddatga tekin foydalanish huquqi asosida berish haqidagi tekin foydalanish shartnomasini “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali rasmiylashtirib beradi.
Bunda yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan bir nechta tadbirkorlik subyektlari bitta binoni (bino qismini) tanlagan taqdirda, birinchi murojaat qilgan tadbirkorlik subyektiga ustunlik beriladi.
Yuqori texnologiyali mahsulot yaratadigan tadbirkorlik subyektlari tomonidan shartnoma shartlari toʻliq bajarilganligi toʻgʻrisidagi Markazning xulosasiga asosan ularga ushbu davlat mulkini ustuvor ravishda baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish boʻyicha taklif beriladi”;
g) 38-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ts2 = (Es2/Es1)*(Ay/Im)”;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ay — avvalgi yildagi tuzilgan shartnomasidagi belgilangan yillik ijara miqdori”.
39. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-yanvardagi 23-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 10-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuqori turuvchi manfaatdor davlat organlari, shuningdek, Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻlar nazarda tutilgan hollarda, Iqtisodiyot va moliya vazirligining roziligiga muvofiq idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, davlat koʻchmas mulk obyektlarini, avtomototransport vositalarini hamda boshqa asosiy vositalarni bir tashkilot tasarrufidan boshqa bir davlat tashkiloti tasarrufiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish toʻgʻrisida Davaktiv agentligi direktori qarorini qabul qiladi (qonunchilik hujjatlariga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno)”;
b) 15-bandda:
10-kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10) yuqori turuvchi manfaatdor davlat organlari, shuningdek, Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻlar nazarda tutilgan hollarda Iqtisodiyot va moliya vazirligining roziligiga muvofiq idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, davlat koʻchmas mulk obyektlarini, avtomototransport vositalarini hamda boshqa asosiy vositalarini bir tashkilot tasarrufidan boshqa bir davlat tashkiloti tasarrufiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish toʻgʻrisida Davaktiv agentligi direktori qarorini qabul qilish (qonunchilik hujjatlariga muvofiq xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno)”;
quyidagi mazmundagi 29-kichik band bilan toʻldirilsin:
“29) davlat mulkini xususiylashtirish dasturlariga kiritilgan aktivlar (koʻchmas mulk, ulush, aksiya paketlari) qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda Davaktiv agentligiga topshirilmagan aktivlarni bir tomonlama topshirish-qabul qilish dalolatnomasi (Depo topshiriqnoma) asosida Davaktiv agentligiga rasmiylashtirish boʻyicha tegishli roʻyxatga oluvchi organlarga buyurtmalar berish”.
40. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 80-bandning birinchi xatboshisi “tuman (shahar) hokimligi” soʻzlaridan keyin “(Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” davlat muassasasi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 104-band “tuman (shahar) hokimligi” soʻzlaridan keyin “(Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” davlat muassasasi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 105-band quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Ushbu Nizom kuchga kirgunga qadar qogʻoz shaklida berilgan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi yoʻqolganda, uning dublikati mulkdor yoki uning huquqiy vorisining (merosxoʻrining) tegishli arizasiga asosan mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda ikki hafta ichida beriladi.
Dublikat olish toʻgʻrisidagi arizaga davlat xizmatlari markazidan hujjat topilmaganligi haqida maʼlumotnoma ilova qilinadi”;
g) 7-ilovaning 5-bosqich pozitsiyasi “Subyektlar” ustuni “Tuman (shahar) hokimligi” soʻzlaridan keyin “(Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” davlat muassasasi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
d) 9-ilova “Tuman (shahar) hokimi” soʻzlaridan keyin “(Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” davlat muassasasi direktori)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
41. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralarda hammom-kirxona xizmatlarini autsorsing shartlari asosida koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 39-bandidagi “nol” qiymat boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin.
42. Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 18-apreldagi 218-son qarorida:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash yoki mehmonxona hududida qoʻshimcha xizmatlarni joriy etish uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomlarni tasdiqlash haqida”;
b) 1-bandning ikkinchi xatboshisi “(rekonstruksiya qilish bundan mustasno)” soʻzlaridan keyin “yoki 2026-yil 15-oktabrdan 2027-yil 31-dekabrga qadar mehmonxona hududida qoʻshimcha xizmatlar joriy etish” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 21 va 22-bandlar bilan toʻldirilsin:
“21. 2026-yil 15-oktabrdan boshlab 2027-yil 31-dekabrga qadar mehmonxona hududida qoʻshimcha xizmatlar tashkil etilgani uchun quyidagi miqdorlarda subsidiyalar ajratiladi:
yopiq turdagi suzish havzasini qurish va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha, lekin 1 milliard soʻmdan oshmagan qismi;
ochiq turdagi suzish havzasini qurish va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha, lekin 200 million soʻmdan oshmagan qismi;
konferensiya zalini tashkil etish hamda jihozlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha, lekin 150 million soʻmdan oshmagan qismi;
trenajyor (fitnes) zali va/yoki individual muolajalar uchun SPA hududni tashkil etish hamda jihozlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha, lekin 100 million soʻmdan oshmagan qismi.
22. Ushbu qarorning 1-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan muddatlarda investorlarning yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash yoki mehmonxona hududida qoʻshimcha xizmatlarni joriy etish xarajatlarining har biri boʻyicha mazkur qarorning 2 va 21-bandlarida belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan bir martalik subsidiya ajratiladi”;
d) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Quyidagilar:
Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
Surxondaryo viloyatida joylashgan mehmonxona hududida ochiq yoki yopiq suzish havzalarini qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 2-ilovaga muvofiq;
Surxondaryo viloyatida joylashgan mehmonxonada konferensiya zali va/yoki sogʻlomlashtirish xizmatlarini tashkil etish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
e) 1-ilovaning ilova belgisidagi “ilova” soʻzi “1-ilova” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) quyidagi mazmundagi 2 va 3-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 218-son qaroriga 2-ILOVA
Surxondaryo viloyatida joylashgan mehmonxona hududida ochiq yoki yopiq suzish havzalarini qurish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Surxondaryo viloyatida 2026-yil 15-oktabrdan 2027-yil 31-dekabrga qadar investorlar tomonidan mehmonxona hududida ochiq yoki yopiq suzish havzasini qurish va uni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti) subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
investor — mehmonxona hududida ochiq yoki yopiq suzish havzasini qurish va uni jihozlash maqsadida investitsiya faoliyati obyektlariga oʻz mablagʻlari, qarz yoki jalb qilingan boshqa investitsiya resurslarini investitsiya qiluvchi investitsiya faoliyati subyekti;
yopiq suzish havzasi — bino ichida joylashgan, ob-havodan qatʼi nazar yil davomida foydalanish imkonini beradigan sunʼiy suv havzasi (yopiq basseyn);
ochiq suzish havzasi — ochiq havoda joylashgan sunʼiy suv havzasi (ochiq basseyn);
subsidiya — investorlarga ochiq yoki yopiq suzish havzasini qurish va uni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan bir marta ajratiladigan mablagʻlar.
3. Subsidiya muvofiqlik sertifikatiga ega toifasiz, 1 yulduzli yoki 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonalar hududida 2026-yil 15-oktabrdan 2026-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan muddatda tashkil etilgan ochiq yoki yopiq turdagi suzish havzasini qurish va uni jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladi.
4. Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
yopiq turdagi suzish havzasini qurish va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha, lekin 1 milliard soʻmdan oshmagan qismi;
ochiq turdagi suzish havzasini qurish va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha, lekin 200 million soʻmdan oshmagan qismini qoplash.
5. Investor subsidiya olish uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yigʻimlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlmasligi;
bankrotlik yoki tugatish jarayonida boʻlmasligi;
ochiq yoki yopiq suzish havzasini (basseyn) tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlari avval qoplanmagan boʻlishi.
6. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza taqdim etish va uni koʻrib chiqish tartibi
7. Investor subsidiya olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — qoʻmita) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza hamda ochiq yoki yopiq turdagi suzish havzalarini qurish va jihozlar uchun sarflangan xarajatlar elektron hisob-fakturalarini ilova qilgan holda murojaat qiladi.
8. Investorga tegishli koʻchmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlar qoʻmita tomonidan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinib, oʻrganiladi.
9. Qoʻmita ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida uning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini, joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqadi va natijasi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiradi.
10. Arizani koʻrib chiqishda qoʻshimcha oʻrganishlar oʻtkazish talab etilsa, qoʻmita ariza beruvchini yozma shaklda yoki elektron axborot tizimi orqali xabardor qilgan holda, arizani koʻrib chiqish muddatini oʻn ish kunigacha uzaytirishi mumkin.
11. Qoʻmita arizani oʻrganib chiqib, bir ish kunida subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida (rad etish asoslari aniq koʻrsatilgan holda) qaror qabul qiladi hamda qarorning elektron nusxasini qaror qabul qilingan kundan soʻng, bir ish kunida ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Subsidiya berish toʻgʻrisidagi qarorda subsidiya miqdori, mehmonxona nomi, yulduz toifasi (mavjud boʻlsa) va joylashgan joyi (pochta manzili) va uning kadastr raqami, subsidiya olayotgan investor (yuridik shaxs) nomi va STIRi hamda tijorat bankidagi hisobvaragʻi koʻrsatiladi.
Subsidiya berish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi qaror qabul qilingan kundan soʻng bir ish kunida qoʻmita tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboriladi.
12. Subsidiya berish quyidagi asoslarga koʻra rad etiladi:
arizada ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmagani;
ariza beruvchi ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan talablarga javob bermasligi;
mehmonxona Surxondaryo viloyati hududidan tashqarida joylashgani;
suzish havzasi mehmonxona hududidan tashqarida joylashgani.
Subsidiya berishni ushbu bandda koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Ariza beruvchi subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini olgan kundan boshlab koʻpi bilan ikki oy davomida qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi hamda ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, qoʻmitaga takroran ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
14. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunida qayta koʻrib chiqiladi. Bunda subsidiya berishni yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
15. Ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng taqdim etilgan ariza yangi berilgan deb hisoblanadi.
3-bob. Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi
16. Subsidiya Davlat budjeti parametrlarida mazkur tadbirlar uchun koʻzda tutiladigan mablagʻlar doirasida ajratiladi.
17. Subsidiya ajratish uchun qoʻmita Iqtisodiyot va moliya vazirligiga investorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlarning hisob-kitobi koʻrsatilgan buyurtmanomani taqdim etadi.
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi buyurtmanomani uch ish kunida koʻrib chiqadi hamda mablagʻlar qoʻmitaning tegishli gʻazna hisobvaraqlariga ajratilishini taʼminlaydi.
19. Mablagʻlar kelib tushganidan soʻng besh ish kunida qoʻmita ularni investorning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi.
20. Yil yakunida qoʻmitaning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari tegishli moliya yili yakuniga qadar Davlat budjetiga qaytariladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Subsidiya berish uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratilgan investorlar roʻyxati qoʻmitaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumot har oy yakuni boʻyicha yangilab boriladi hamda oylar va investorlar kesimida aks ettiriladi.
22. Investor subsidiya olish uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi.
23. Qoʻmita subsidiya berish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring qilish va Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning investorga yetkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
24. Mehmonxona va suzish havzasi subsidiya ajratilgan davrdan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddatda faoliyat yuritishi lozim.
Qoʻmita mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan talablarga rioya etilishi hamda subsidiyadan maqsadli foydalanilishi yuzasidan monitoring yuritadi. Ushbu talabga rioya etilmagan taqdirda, qoʻmita Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga taqdimnoma kiritadi hamda subsidiya sifatida ajratilgan mablagʻlarning belgilangan tartibda investordan Davlat budjetiga qaytarish choralarini koʻradi.
25. Investorlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Surxondaryo viloyatida joylashgan mehmonxona hududida ochiq yoki yopiq suzish havzalarini qurish va jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
Surxondaryo viloyatida joylashgan mehmonxona hududida ochiq yoki yopiq suzish havzalarini qurish va jihozlash uchun investorlarga Davlat budjetidan subsidiya ajratish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Investor
Turizm qoʻmitasiga subsidiya olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ariza taqdim etadi.
Ariza beruvchining xohishiga koʻra
2-bosqich
Turizm qoʻmitasi
1. Arizani oʻrganib chiqadi.
Oʻn ish kunida
2. Subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Bir ish kunida
3-bosqich
Investor
Subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni olganda, qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi va ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni (maʼlumotlarni) ilova qilgan holda, Turizm qoʻmitasiga takroran YIDXP orqali murojaat qiladi.
Ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatda
4-bosqich
Turizm qoʻmitasi
1. Ariza takroran taqdim etilganda, uni qayta koʻrib chiqadi.
Besh ish kunida
2. Subsidiya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida buyurtmanoma yuboradi.
Bir ish kunida
5-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Buyurtmanomani koʻrib chiqadi va subsidiya mablagʻlarini Turizm qoʻmitasining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Uch ish kunida
6-bosqich
Turizm qoʻmitasi
Investorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Besh ish kunida
Surxondaryo viloyatida joylashgan mehmonxona hududida ochiq yoki yopiq suzish havzalarini qurish va jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
(roʻyxatdan oʻtish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi)
_____________________________________________________________________ manzilida joylashgan
(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami)
mehmonxona hududida ochiq yoki yopiq turdagi suzish havzalarini qurish va uni jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratishingizni soʻrayman.
Muvofiqlik sertifikati olingan sana va raqami: _____________________________________________
Yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili): ___________________________________________
Elektron pochta manzili: ___________________________________________________________________
Bank hisobvaragʻi: _________________________________________________________________________
Ilova: ______ varaqda
___________________________________
_______
(ariza beruvchining lavozimi, F.I.O.)
(imzo)
20___ yil _______________
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 218-sonli qaroriga 3-ILOVA
Surxondaryo viloyatida joylashgan mehmonxonada konferensiya zali va/yoki sogʻlomlashtirish xizmatlarini tashkil etish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisida
VAQTINCHALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Surxondaryo viloyatida 2026-yil 15-oktabrdan 2027-yil 31-dekabrga qadar investorlar tomonidan mehmonxonada konferensiya zali va/yoki sogʻlomlashtirish xizmatlarini tashkil etish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan (keyingi oʻrinlarda — Davlat budjeti) subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
investor — mehmonxonada konferensiya zali va/yoki sogʻlomlashtirish xizmatlarini tashkil etish va jihozlash maqsadida investitsiya faoliyati obyektlariga oʻz mablagʻlari, qarz yoki jalb qilingan boshqa investitsiya resurslarini investitsiya qiluvchi investitsiya faoliyati subyekti;
konferensiya zali — biznes va ishbilarmonlik, ilmiy yoki rasmiy tadbirlarni oʻtkazish uchun maxsus jihozlangan xona;
sogʻlomlashtirish xizmatlari — trenajyor (fitnes) zali va/yoki individual muolajalar uchun SPA hudud;
subsidiya — investorlarga konferensiya zali va/yoki sogʻlomlashtirish xizmatlarini tashkil etish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida Davlat budjetidan bir marta ajratiladigan mablagʻlar.
3. Subsidiya muvofiqlik sertifikatiga ega toifasiz, 1 yulduzli yoki 2 yulduzli toifaga ega mehmonxonalar hududida 2026-yil 15-oktabrdan 2027-yil 31-dekabrga qadar boʻlgan muddatda tashkil etilgan konferensiya zali va/yoki sogʻlomlashtirish xizmatlarini tashkil etish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladi.
4. Subsidiya quyidagi miqdorlarda ajratiladi:
konferensiya zali tashkil etish hamda jihozlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha, lekin 150 million soʻmdan oshmagan qismini;
trenajyor (fitnes) zali va/yoki individual muolajalar uchun SPA hududni tashkil etish hamda jihozlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizigacha, lekin 100 million soʻmdan oshmagan qismini qoplash.
5. Investor subsidiya olish uchun quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan soliq va yigʻimlar boʻyicha qarzdorligi boʻlmasligi;
bankrotlik yoki tugatish jarayonida boʻlmasligi;
ushbu mehmonxonada konferensiya zali va/yoki sogʻlomlashtirish xizmatlarini tashkil etish va jihozlash bilan bogʻliq xarajatlari avval qoplanmagan boʻlishi.
6. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza taqdim etish va uni koʻrib chiqish tartibi
7. Investor subsidiya olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — qoʻmita) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza hamda konferensiya zali va/yoki sogʻlomlashtirish xizmatlarini tashkil etish hamda jihozlash uchun sarflangan xarajatlar elektron hisob-fakturalarini ilova qilgan holda murojaat qiladi.
8. Investorga tegishli koʻchmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlar qoʻmita tomonidan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinib, oʻrganiladi.
9. Qoʻmita ariza kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida uning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini joyiga chiqqan holda oʻrganib chiqadi va natijasi boʻyicha dalolatnoma rasmiylashtiradi.
10. Arizani koʻrib chiqishda qoʻshimcha oʻrganishlar oʻtkazish talab etilsa, qoʻmita ariza beruvchini yozma shaklda yoki elektron axborot tizimi orqali xabardor qilgan holda, arizani koʻrib chiqish muddatini oʻn ish kunigacha uzaytirishi mumkin.
11. Qoʻmita arizani oʻrganib chiqib, bir ish kunida subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida (rad etish asoslari aniq koʻrsatilgan holda) qaror qabul qiladi hamda qarorning elektron nusxasini qaror qabul qilingan kundan soʻng, bir ish kunida ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Subsidiya berish toʻgʻrisidagi qarorda subsidiya miqdori, mehmonxona nomi, yulduz toifasi (mavjud boʻlsa) va joylashgan joyi (pochta manzili) va uning kadastr raqami, subsidiya olayotgan investor (yuridik shaxs) nomi va STIRi hamda tijorat bankidagi hisobvaragʻi koʻrsatiladi.
Subsidiya berish toʻgʻrisidagi qaror nusxasi qaror qabul qilingan kundan soʻng bir ish kunida qoʻmita tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboriladi.
12. Subsidiya berish quyidagi asoslarga koʻra rad etiladi:
arizada ushbu Nizomga 2-ilovada koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻliq koʻrsatilmagani;
ariza beruvchi ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan talablarga javob bermasligi;
mehmonxona Surxondaryo viloyati hududidan tashqarida joylashgani;
konferensiya zali va/yoki sogʻlomlashtirish xizmatlari mehmonxona hududidan tashqarida joylashgani.
Subsidiya berishni ushbu bandda koʻrsatilmagan asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
13. Ariza beruvchi subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini olgan kundan boshlab koʻpi bilan ikki oy davomida qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etishi hamda ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda, qoʻmitaga takroran ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
14. Ariza takroran taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kunida qayta koʻrib chiqiladi. Bunda subsidiya berishni yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
15. Ushbu Nizomning 13-bandida koʻrsatilgan muddat tugagandan soʻng taqdim etilgan ariza yangi berilgan deb hisoblanadi.
3-bob. Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi
16. Subsidiya Davlat budjeti parametrlarida mazkur tadbirlar uchun koʻzda tutiladigan mablagʻlar doirasida ajratiladi.
17. Subsidiya ajratish uchun qoʻmita Iqtisodiyot va moliya vazirligiga investorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻlarning hisob-kitobi koʻrsatilgan buyurtmanomani taqdim etadi.
18. Iqtisodiyot va moliya vazirligi buyurtmanomani uch ish kunida koʻrib chiqadi hamda mablagʻlarni qoʻmitaning tegishli gʻazna hisobvaraqlariga ajratilishini taʼminlaydi.
19. Mablagʻlar kelib tushganidan soʻng besh ish kunida qoʻmita ularni investorning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga oʻtkazib beradi.
20. Yil yakunida qoʻmitaning shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida foydalanilmay qolgan budjet mablagʻlari tegishli moliya yili yakuniga qadar Davlat budjetiga qaytariladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
21. Subsidiya berish uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratilgan investorlar roʻyxati qoʻmitaning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumot har oy yakuni boʻyicha yangilab boriladi hamda oylar va investorlar kesimida aks ettiriladi.
22. Investor subsidiya olish uchun taqdim etilgan maʼlumotlar va hujjatlarning toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi.
23. Qoʻmita subsidiya berish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring qilish va Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning investorga yetkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
24. Mehmonxona, konferensiya zali va/yoki sogʻlomlashtirish xizmatlari subsidiya ajratilgan davrdan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddatda faoliyat yuritishi lozim.
Qoʻmita mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan talablarga rioya etilishi hamda subsidiyadan maqsadli foydalanilishi yuzasidan monitoring yuritadi. Ushbu talabga rioya etilmagan taqdirda, qoʻmita Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga taqdimnoma kiritadi hamda subsidiya sifatida ajratilgan mablagʻlarning belgilangan tartibda investordan Davlat budjetiga qaytarish choralarini koʻradi.
25. Investorlar davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Surxondaryo viloyatida joylashgan mehmonxonada konferensiya zali va/yoki sogʻlomlashtirish xizmatlarini tashkil etish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 1-ILOVA
Surxondaryo viloyatida joylashgan mehmonxonada konferensiya zali va/yoki sogʻlomlashtirish xizmatlarini tashkil etish va jihozlash uchun investorlarga Davlat budjetidan subsidiya ajratish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Investor
Turizm qoʻmitasiga subsidiya olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali ariza taqdim etadi.
Ariza beruvchining xohishiga koʻra
2-bosqich
Turizm qoʻmitasi
1. Arizani oʻrganib chiqadi.
Oʻn ish kunida
2. Subsidiya berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Bir ish kunida
3-bosqich
Investor
Subsidiya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni olganda, qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni (maʼlumotlarni) ilova qilgan holda, Turizm qoʻmitasiga takroran YIDXP orqali murojaat qiladi.
Ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatda
4-bosqich
Turizm qoʻmitasi
1. Ariza takroran taqdim etilganda, uni qayta koʻrib chiqadi.
Besh ish kunida
2. Subsidiya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga subsidiya ajratish toʻgʻrisida buyurtmanoma yuboradi.
Bir ish kunida
5-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Buyurtmanomani koʻrib chiqadi va subsidiya mablagʻlarini Turizm qoʻmitasining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Uch ish kunida
6-bosqich
Turizm qoʻmitasi
Investorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazib beradi.
Besh ish kunida
Surxondaryo viloyatida joylashgan mehmonxonada konferensiya zali va/yoki sogʻlomlashtirish xizmatlarini tashkil etish va uni jihozlash uchun investorlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomga 2-ILOVA
(roʻyxatdan oʻtish raqami, sanasi, guvohnoma bergan organ nomi)
_____________________________________________________________________ manzilida joylashgan
(viloyat, tuman, shahar, koʻcha, bino raqami)
mehmonxonada konferensiya va/yoki sogʻlomlashtirish xizmatlarini tashkil etish va jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya ajratishingizni soʻrayman.
Muvofiqlik sertifikati olingan sana va raqami: _____________________________________________
Yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili): __________________________________________
Elektron pochta manzili: __________________________________________________________________
Bank hisobvaragʻi: ________________________________________________________________________
Ilova: ______ varaqda.
___________________________________
_______
(ariza beruvchining lavozimi, FIO)
(imzo)
20___ yil _______________
”.
43.Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida:
a) 2-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisidagi “va axborot obyektlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 60-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻzi egallab turgan bino yoki inshootning tashqi tomonida joylashtirilgan, uning nomi va faoliyat turini (ixtisosligini) aks ettiruvchi axborot vositalari va konstruksiyalari (peshlavhalar) uchun alohida hisoblagich oʻrnatish talab etilmaydi”;
v) 81-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“81. Tashqi reklama konstruksiyalari (konstruksiyasi, videoekranlar, elektron displeylar, media fasad va boshqa texnik vositalar), illyuminatsiyalar va lampalar shodasi uchun foydalanilgan elektr energiyasi II tarif guruhiga asosan belgilangan tarifga uch baravar oshirilgan koeffitsiyentga muvofiq Tashqi reklama konstruksiyalari oʻrnatilgan quvvati miqdorini 24 soat foydalanishi hisobidan yoki alohida hisoblagich oʻrnatish orqali hisob-kitob amalga oshiriladi (budjet va budjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektining nomi va faoliyat turini (ixtisosligini) aks ettiruvchi axborot vositalari va konstruksiyalari (peshlavhalar) bundan mustasno)”;
g) 171-banddagi “va axborot obyektlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
46. Vazirlar Mahkamasining “Majburiy raqamli markirovkalash lozim boʻlgan tovarlarning chakana savdosini tartibga solish toʻgʻrisida” 2024-yil 3-avgustdagi 478-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
47. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ish koʻrib chiqilayotgan hudud — davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxsga tegishli fuqarolik, maʼmuriy, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik yoki muayyan ishda sud tomonidan qoʻllanilgan qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotgan yoki koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan hudud (respublika, viloyat, tuman yoki shahar)”;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kam taʼminlangan shaxslar, agar ular muayyan ishda sud tomonidan oʻziga nisbatan qoʻllanilgan qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudiga murojaat etsa, fuqarolik ishlari boʻyicha daʼvogarlar yoki javobgarlar, maʼmuriy ishlar boʻyicha ariza beruvchilar, maʼmuriy qamoq tarzidagi maʼmuriy jazo nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar hamda jinoyat ishlari boʻyicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek, mahkumlar boʻlsa”;
v) 4-bandda:
birinchi xatboshi “jismoniy shaxslarga” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“muayyan ishda sud tomonidan oʻziga nisbatan qoʻllanilgan qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash”;
ikkinchi — yigirma uchinchi xatboshilar tegishlicha uchinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) 43-band “maʼmuriy, jinoiy va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarda,” soʻzlaridan keyin “muayyan ishda sud tomonidan qoʻllanilgan qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarda,” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
d) 1-ilovaning 10-pozitsiyasi uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar”.
49. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 37-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“37. Autsorserga davlat MTTlarining ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebel tekin foydalanishga beriladi”.
50. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-fevraldagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-ilova 5-pozitsiyasining uchinchi ustunidagi “m” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 2-ilova 5-pozitsiyasining uchinchi ustunidagi “z” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 3-ilova 5-pozitsiyasining uchinchi ustunidagi “z” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 4-ilova 5-pozitsiyasining uchinchi ustunidagi “k” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) 8-ilova 8-pozitsiyasining uchinchi ustunidagi “15” raqami “10” raqami bilan almashtirilsin.
51. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 8-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Turar joy mulkdori yoki ijaraga oluvchi tomonidan yoxud ularning oʻzaro kelishuvi asosida soliq organlarida hisobga qoʻyilgan ijara shartnomasi bekor qilinishi natijasida fuqaroning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish maʼmuriy reglamentida belgilangan tartibda bekor qilinadi;
b) 9-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Taʼlim muassasasi tomonidan talabalar turar joyida yashash shartnomasi bekor qilinishi natijasida fuqaroning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi kompozit tarzda bekor qilinadi”;
v) quyidagi mazmundagi 541-band bilan toʻldirilsin:
“541. Fuqaroning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi quyidagi hollarda davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali bekor qilinadi:
a) fuqaroning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish haqidagi murojaatiga asosan;
b) turar joy mulkdorining fuqaroning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish haqidagi murojaatiga asosan”;
g) 56-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“56. Oʻn olti yoshga toʻlmagan fuqarolarning yashash joyi va turar joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish ularning ota-onasining (yolgʻiz otasining yoki onasining), tutingan ota-onasining yoki vasiylarining (homiylarining) yashash joyi va turar joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi”;
d) quyidagi mazmundagi 641 — 644-bandlar bilan toʻldirilsin:
“641. Fuqaroning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish yuzasidan ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq sxema asosida murojaat qilinadi.
642. Turar joy mulkdori fuqaroning yoki fuqaro oʻzining turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish uchun davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilganda, ushbu Nizomning 57 yoki 58-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Hujjatlarni qabul qilgan davlat xizmatlari markazi masʼul xodimi hujjatlarning haqiqiyligini tekshiradi va fuqaroni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisida ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq elektron soʻrovnomani (arizani) shakllantiradi, elektron soʻrovnomaga (arizaga) taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar kiritiladi.
Turar joy mulkdori fuqaroning yoki fuqaro oʻzining turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish uchun YIDXP orqali murojaat qilganda mustaqil ravishda ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq fuqaroning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish toʻgʻrisidagi elektron soʻrovnoma toʻldiriladi. Bunda soʻrovnoma toʻldirish jarayonida ariza beruvchi va/yoki roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor boʻlayotgan fuqaro toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron platforma orqali avtomatik tarzda shakllanadi.
Murojaat qiluvchi elektron soʻrovnomani (arizani) identifikatsiya va verifikatsiya qilish vositalari (“Face-ID” tizimi) orqali tasdiqlaydi.
Murojaat qiluvchi elektron soʻrovnomani (arizani) har qanday bosqichda qaytarib olish huquqiga ega. Murojaat (soʻrovnoma) qaytarib olinganda koʻrib chiqilmasdan qoldiriladi.
643. Fuqaroning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan murojaat (soʻrovnoma) tizim orqali real vaqt rejimida fuqaroning turgan joyi manzili yoki mulkdorning koʻchmas mulki joylashgan hududga xizmat koʻrsatuvchi vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
Arizani rad etishga asos boʻluvchi holatlar aniqlanmaganda, vakolatli organ tomonidan ushbu Nizomga 12-ilovaga muvofiq shakldagi QR-kod bilan himoyalangan, fuqaroni turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinganligi toʻgʻrisida qayd varagʻi rasmiylashtiradi.
644. Turar joy mulkdorining murojaatiga asosan turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilingan fuqaro YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali xabardor qilinadi.
Vakolatli organ yoki davlat xizmatlari markazi masʼul xodimi ushbu Nizomga 12 va 13-ilovalarga muvofiq qayd varagʻi va/yoki maʼlumotnomani murojaat qiluvchiga elektron yoki uning xohishiga koʻra qogʻoz shaklida taqdim etadi.
YIDXP orqali turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish boʻyicha murojaat qilgan fuqaroning shaxsiy kabinetiga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan qayd varagʻi va/yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma avtomatik tarzda yuboriladi”;
e) quyidagi mazmundagi 10 — 13-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish
SXEMASi
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish uchun:
vakolatli organga yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali soʻrovnoma toʻldiradi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Kadastr agentligi
Adliya vazirligi
Soʻrovnoma vakolatli organga kelib tushganda:
koʻrsatilgan turar joyning kadastr maʼlumotlari mavjudligini;
oʻn olti yoshga toʻlmagan bola arizada koʻrsatilgan taqdirda, uning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi maʼlumot va qarindoshlik darajasini oʻrganadi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Vakolatli organ
Soʻrovnoma kelib tushganda:
Ichki ishlar vazirligining “E-xabar berish” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlar toʻgʻriligini, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugatilganligini tekshiradi;
rad etish uchun asoslar aniqlanganda, soʻrovnomani rad qiladi;
soʻrovnomani rad etish uchun asoslar aniqlanmaganda, “E-xabar berish” avtomatlashtirilgan axborot tizimida fuqaroning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qiladi;
turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinganligiga oid qayd varagʻi va/yoki maʼlumotnomani QR-kodni (matrik shtrixli kod) qoʻygan holda tasdiqlaydi.
Bir ish kunida
4-bosqich
Vakolatli organ,
Davlat xizmatlari markazi
1. Qayd varagʻi va/yoki maʼlumotnomani ariza beruvchiga (uning xohishiga koʻra) qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etadi.
Real vaqt rejimida
Ariza beruvchi
2. YIDXP orqali murojaat qilinganda, shaxsiy kabinetga yuborilgan QR-kod qoʻyilgan qayd varagʻi va/yoki maʼlumotnomani mustaqil ravishda oladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish
SOʻROVNOMASI
Fuqaroning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligini elektron shaklda bekor qilish
I. Murojaat qiluvchi (jismoniy shaxs) toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi
4. Tugʻilgan sanasi
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
6. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinayotgan manzil
7. Elektron pochta manzili va/yoki telefon raqami
II. Murojaat qiluvchi (yuridik shaxs) toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Nomi:
2. STIRi:
3. Turar joy joylashgan manzil va kadastr raqami:
III. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinayotgan fuqaro (jismoniy shaxs) toʻgʻrisida maʼlumot:
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi
4. Tugʻilgan sanasi
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
6. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinayotgan manzil
7. Elektron pochta manzili va/yoki telefon raqami
IV. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinayotgan oʻn olti yoshga toʻlmagan bola (bolalar) toʻgʻrisida maʼlumot
1. Familiyasi
2. Ismi
3. Otasining ismi
4. Tugʻilgan sanasi
5. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
6. Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinayotgan manzil
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilingani toʻgʻrisida
QAYD VARAGʻI
Oʻzbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi
Migratsiya va personallashtirish departamenti
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining turgan joyi boʻyicha
roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinganligi toʻgʻrisida
QAYD VARAGʻI
JSHSHIR___________________________
Qayd varagʻi raqami ________________
F.I.O. _____________________________
Tugʻilgan sanasi ___________________
___________________________________
_________________________________
___________________________________
Bekor qilish sababi: _______________
_________________________________
Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan
Roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor
oʻtkazilganligi bekor qilingan
qilingan manzili _________________
sana _______________________________
_________________________________
___________________________________
_________________________________
Hujjat raqami _____________________
_________________________________
___________________________________
_________________________________
(pasport, ID-karta, tugʻilganlik toʻgʻrisida
guvohnoma, harbiy hujjatlar)
Qayd varagʻi bergan organ ________________________________________________________
1. Qayd varagʻi fuqaroning turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi bekor qilinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, ID-karta yoki tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxslar uchun) koʻrsatilgan taqdirda haqiqiydir.
2. Fuqaro ushbu varaqa rasmiylashtirilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni muddati ichida yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini yashash va turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganligini bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlar toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA
Oʻzbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi
Migratsiya va personallashtirish departamenti
T/r
Hujjat yaratilgan sana:
Ariza raqami:
Hujjat berilgan:
JSHSHIR:
Turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganlar toʻgʻrisida
____-son MAʼLUMOTNOMA
20__ yil “___” ________ holatiga koʻra
Ushbu manzil boʻyicha: _________________________________________________________________
Roʻyxatdan oʻtgan shaxslar soni: ________________________________________________________
Roʻyxatdan oʻtgan shaxslar: _____________________________________________________________
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan sana
Roʻyxatga qoʻyilgan sana
JSHSHIR
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
”.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-oktabrdagi 563-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-apreldagi 127-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 1-fevraldagi PQ-2750-son qarori)” 2017-yil 1-maydagi 252-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining ayrim aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi 981-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PQ-3430-son qarori)” 2018-yil 22-yanvardagi 40-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining ayrim aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishni tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi 981-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2020-yil 19-noyabrdagi 731-son qarori.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.10.2026-y., 09/26/563/1041-son)