O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Davlat ta’lim muassasalari hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek, imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 21-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi-yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan 2021-yil 2-sentabrdan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
3. 2018-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i U.N. Tashkenbayev va ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 31-may,
408-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi
nizom
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish uchun yuridik shaxslarga litsenziya berish, litsenziya amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Ichki ishlar vazirligi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qaroriga asosan 2023-yil 19-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son)
3-bob. Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
7. Litsenziya olish uchun litsenziya da’vogari quyidagi hujjatlarni davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi yoki elektron shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “Litsenziya” axborot tizimi orqali yuboradi:
mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash pasportining 4-pozitsiyasida ko‘rsatilgan hujjatlar;
ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazishda foydalaniladigan obyektlarning jihozlanishiga qo‘yiladigan talablarning bajarilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar;
litsenziya da’vogari tomonidan arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizada litsenziya da’vogarining elektron manzili ko‘rsatilgani uning arizasi bo‘yicha qabul qilingan qaror haqidagi elektron shaklda xabarnoma olishga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
Litsenziya olishga da’vogar yuridik shaxs mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash pasportida belgilangan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishi lozim.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
8. Ishonchsiz yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya da’vogari qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 165-moddasi.
4-bob. Arizalarni ko‘rib chiqish, litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
9. Litsenziya da’vogarining arizasini ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Litsenziya olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Yig‘im summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
0,5 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda litsenziyalovchi organ hisobvarag‘iga o‘tkaziladi;
b) YIDXP yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,75 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan, 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
qolgan mablag‘lar to‘liq miqdorda litsenziyalovchi organ hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Litsenziya da’vogari berilgan arizadan voz kechgan taqdirda, to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati ushbu Nizomga 3-ilovadagi sxemaga muvofiq litsenziyalanadi.
Ariza davlat xizmatlari markazlari orqali topshirilganda, mas’ul xodim litsenziya berish uchun ariza va boshqa zarur hujjatlarni ro‘yxat asosida qabul qiladi. Davlat xizmatlari markazlarining mas’ul xodimi litsenziya da’vogarining arizasini zarur hujjatlar bilan birga Ichki ishlar vazirligiga ariza qabul qilingan kuni yuboradi.
Ariza Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali yuborilganda, litsenziya da’vogarining arizasi qabul qilinganligi haqidagi elektron xabar Ichki ishlar vazirligining mas’ul xodimi tomonidan litsenziya da’vogarining elektron manziliga yuboriladi.
Ichki ishlar vazirligi ariza qabul qilgandan so‘ng 15 ish kuni ichida hujjatlarning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini o‘rganadi.
Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Transport vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi yoki ularning hududiy bo‘linmalaridan malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, litsenziya da’vogarining davlat ta’lim talablarida nazarda tutilgan moddiy-texnik va o‘quv-metodik bazaga ega ekanligi to‘g‘risidagi ekspertiza xulosalarini tayyorlash jarayonini tashkil etadi.
Tayyorlangan ekspertiza xulosalari o‘rganish jarayonida ishtirok etgan davlat organlarining mas’ul mutaxassislari tomonidan imzolanadi.
Ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, elektron litsenziya rasmiylashtiriladi, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi hamda davlat boji to‘langandan keyin davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “Litsenziya” axborot tizimi orqali litsenziya da’vogariga yuboriladi.
Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, 1 ish kuni mobaynida litsenziya da’vogariga rad etish sabablari va litsenziya da’vogari ularni bartaraf etgan holda qayta ko‘rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan bildirishnoma davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari yoxud “Litsenziya” axborot tizimi portali orqali yuboriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziya da’vogarining arizasi olingan kundan boshlab 15 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
11. Litsenziyalar qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Berilgan, to‘xtatib turilgan, yangilangan, qayta rasmiylashtirilgan va bekor qilingan litsenziyalar “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi reyestriga kiritiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Litsenziya berish “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan sabablar bo‘yicha rad etilishi mumkin.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya da’vogari litsenziya berishning rad etilishi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.
13. Litsenziya berishning rad etilishiga asos bo‘lgan sabablar litsenziya da’vogari tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish litsenziya da’vogarining arizasi olingan kundan boshlab 10 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Litsenziya da’vogarining arizasini qayta ko‘rib chiqishda litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida avvalgi bildirishnomada ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Litsenziya da’vogarlarining arizalarini takroran ko‘rib chiqish uchun yig‘im undirilmaydi.
Litsenziya berish rad etilgani to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
5-bob. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish tartibi
14. Litsenziat qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza berishi shart.
15. Litsenziat ta’lim faoliyatini olib borish manzili o‘zgarsa, qo‘shimcha manzilda faoliyat olib borsa, qo‘shimcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat olib bormoqchi bo‘lsa, qayta ro‘yxatdan o‘tganidan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga, ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berishi shart.
16. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda ko‘rsatilgan faoliyatni avval berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Litsenziya Ichki ishlar vazirligi tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda, litsenziyani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza olingan kundan boshlab 5 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qayta rasmiylashtiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘imning 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
Yig‘im summasi ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan tartibda taqsimlanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 548-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Litsenziat litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingani haqida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab ikki oy mobaynida, litsenziyalovchi organga litsenziya berilgani uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa, Ichki ishlar vazirligi litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
6-bob. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish tartibi
20. Litsenziya da’vogarining nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish maqsadida litsenziya olish uchun ariza topshirgani litsenziya shartlari va talablariga rioya etishiga bo‘lgan roziligi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — YHXX), ta’limni boshqarish tizimi organlari va boshqa vakolatli organlar litsenziya shartlari va talablariga litsenziat tomonidan rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
YHXX avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida davriy ravishda o‘quv hamda nazariy va amaliy imtihonlar jarayonining monitoringini olib boradi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
22. Litsenziyalovchi organ litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishini rejali tekshirish;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud bo‘lgan taqdirda, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chog‘ida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha zarur axborotni litsenziatdan so‘rash va olish;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziya talablari va shartlarining litsenziat tomonidan buzilishlarini aniq ko‘rsatgan holda dalolatnomalar (ma’lumotnomalar) rasmiylashtirish;
litsenziatga litsenziya talablari va shartlarining buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, ularni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, litsenziatlarni attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish;
qonun buzilishining qo‘pol holatlari aniqlanganda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va to‘xtatish yoxud litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish faoliyati uchun litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishini tekshirish ta’limni boshqarish tizimi organlari va boshqa vakolatli organlarning tajribali vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organ xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi Ichki ishlar vazirligida qoladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
7-bob. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
25. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish, litsenziyani bekor qilish O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Ichki ishlar vazirligining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
26. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
8-bob. Litsenziyalar reyestrini yuritish tartibi
27. Litsenziyalovchi organ ta’lim turlari bo‘yicha “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksida litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Litsenziyalar reyestrida quyidagilar ko‘rsatilishi zarur:
litsenziatlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, shu jumladan, yuridik shaxsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, pochta manzili, telefon, faks;
nodavlat ta’lim faoliyatining turi, litsenziyalanayotgan ta’lim yo‘nalishi, faoliyat amalga oshiriladigan manzil, xizmat telefoni, faks;
litsenziyaning berilgan sana va tartib raqami;
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish va qayta tiklash asoslari va sanalari;
(27-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)
litsenziyaning amal qilishini to‘xtatish asosi va sanasi;
litsenziyani bekor qilishning asosi va sanasi.
28. Litsenziyalar reyestridagi ma’lumotlar “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksidagi veb-saytda joylashtiriladi va tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
9-bob. Davlat bojini undirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatini ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Litsenziya olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan davlat bojining 90 foizi undiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Davlat boji summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etganda:
18 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
0,5 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
20 foizi — axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun litsenziyalovchi organning maxsus hisobvarag‘iga;
davlat boji summasining qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi;
b) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali murojaat etilganda:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamg‘armasining shaxsiy hisobvarag‘iga;
11,75 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasidagi maxsus hisobvarag‘iga (shu jumladan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
28,125 foizi — axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun litsenziyalovchi organning maxsus hisobvarag‘iga;
davlat boji summasining qolgan qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘tkaziladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
10-bob. Yakunlovchi qoida
31. Mazkur Nizom qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 165-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash
PASPORTI
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Litsenziya nomi:

Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash

2.

Ariza beruvchilar toifasi:

Yuridik shaxs

3.

Litsenziyalovchi organ:

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

4.

Litsenziyani olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar:

a) ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, elektron pochtasi (mavjud bo‘lsa), ta’lim faoliyatini amalga oshirish manzili, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya da’vogarining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;

litsenziya olmoqchi bo‘lgan da’vogarlar arizada litsenziyalanadigan faoliyat bilan birga avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lsa, bu haqida alohida ko‘rsatib o‘tadi;

b) yong‘in va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi organlarining mavjud binolar va xonalarning yongin xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari;

v) pedagog kadrlar (haydovchi-yo‘riqchilar) haqida ma’lumot;

g) o‘quv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari.

Litsenziyalovchi organ quyidagi ma’lumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali avtomatik ravishda mustaqil tarzda tekshiradi:

oliy pedagogik ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi guvohnoma (haydovchi-yo‘riqchilar uchun talab qilinadigan ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat) nusxasi;

pedagog kadrlar (haydovchi-yo‘riqchilar) ish stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma;

d) o‘zlashtirishni ko‘tarishga yo‘naltirilgan, o‘qitishni monitoring qilish va rejalashtirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimini mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan yuridik shaxsga tegishliligi haqidagi hujjat;

e) butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan davlat ta’lim talablariga muvofiq uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash uchun ishlab chiqilgan elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan akkreditatsiya muddatiga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan ta’minlanganligi haqidagi hujjat;

j) haydovchilikka nomzodlarni nazariy imtihondan o‘tkazish uchun o‘quv dasturini qamrab olgan elektron (animatsion) test savollari to‘plamining mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan yuridik shaxsga tegishliligi haqidagi hujjat (avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar uchun);

z) nazariy imtihonlarni o‘tkazish uchun texnik va texnologik vositalar bilan maxsus jihozlangan zal (xonalar), avtomototransport vositalarining barcha toifalari bo‘yicha amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun avtomatlashtirilgan avtodrom va maxsus jihozlangan avtomototransport vositalarining mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan yuridik shaxsga tegishliligi haqidagi hujjat (avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar uchun);

i) avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazishda foydalaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlarning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi o‘rinlarda — YHXX) ekspertiza xulosasi nusxasi (avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar uchun).

5.

Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari

6.

Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

Bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari

7.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

15 ish kunida

8.

Litsenziya talablari va shartlari:

I. Umumiy litsenziya talablari va shartlari:

a) O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonunchilik hujjatlariga majburiy rioya qilish;

b) ta’lim-tarbiya faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi (oldi-sotdi shartnomasi yoki ko‘chmas mulk ijarasi shartnomasi (agar bino ijaraga olingan bo‘lsa), ko‘chmas mulk obyekti kadastr pasporti, ko‘chmas mulk obyektiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar)*;

v) ta’lim-tarbiya jarayonini davlat ta’lim standartlariga (davlat ta’lim talablariga), o‘quv rejasi va dasturlariga, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablariga, o‘quv rejalariga va fanlarning o‘quv dasturlariga, shuningdek, ta’lim tashkilotlari tomonidan mustaqil ishlab chiqilib, litsenziya olish paytida taqdim etilgan o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etish;

g) ta’limning majburiy ravishda dunyoviy xarakterda bo‘lishi, ta’lim jarayonida urushni, zo‘ravonlikni targ‘ib qilishdan foydalanishga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinligi kamsitilishiga, mamlakatdagi xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, jamiyatning huquqiy va ma’naviy asoslariga, fuqarolar osoyishtaligiga, millatlararo va dinlararo totuvlikka raxna solinishiga, O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘risida ishonchsiz ma’lumotlar tarqatilishiga va xalqning tarixiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlari buzib ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

d) ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, o‘qitishning innovatsion shakllari, usullari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish asosida ta’lim sohasida faoliyat samaradorligi va natijadorligini oshirish;

e) ta’lim tashkiloti, ta’lim oluvchilar va pedagog kadrlar (haydovchi-yo‘riqchilar) to‘g‘risidagi to‘g‘ri, to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni “Uzluksiz ta’lim” axborot tizimiga kiritish va har chorakda yangilab borish*;

j) har bir auditoriyada videoproyektor yoki diagonali 50 duymdan kam bo‘lmagan interaktiv monitor (televizor), kompyuter, audio va videokuzatuv tizimi, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar, shuningdek, o‘quv jarayoni va yakuniy test sinovlarining oshkoraligini ta’minlash uchun yozib olish tizimining mavjud bo‘lishi;

z) o‘quv guruhlari faoliyatini samarali tashkil etish hamda yakuniy imtihonlarning shaffof o‘tkazilishi va natijalarining xolisligini nazorat qilish bo‘yicha ma’lumotlarni YHXXning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga real vaqt rejimida kiritib borish imkoniyatining yaratilganligi;

i) litsenziya da’vogarida litsenziyalanayotgan faoliyatni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan, unga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan tegishli bo‘lgan, belgilangan tartibda qayta jihozlangan va ro‘yxatga olingan o‘quv avtomototransport vositalari yoki shahar elektr transporti vositalarining mavjudligi;

k) avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat ta’lim talablariga muvofiq o‘qituvchilar va instruktorlar tarkibining mavjud bo‘lishi;

l) ta’lim jarayonini qonunchilik hujjatlari bilan davlat ta’lim muassasalari uchun belgilangan kiyinish talablariga hamda ta’lim tashkilotining ichki tartib-qoidalariga va odob-axloq qoidalariga rioya qilgan holda tashkil qilish;

m) bitiruvchilarga belgilangan tartibda ta’lim to‘g‘risida hujjat berish.

II. Avtotransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan alohida litsenziya talablari va shartlari:

T/r

Litsenziya talablari va shartlari

Bajarilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar

1.

Ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun qayta jihozlangan va ro‘yxatga olingan o‘quv avtomototransport vositalari yoki shahar elektr transporti vositalarining mavjudligi:*

oldi-sotdi shartnomasi;

avtomototransport ijarasi shartnomasi (agar avtomototransport vositasi ijaraga olingan bo‘lsa);

avtomototransport vositalarini qayd etish guvohnomalari va qayta jihozlanganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar. Bunda “V” toifa uchun ishlab chiqarilganligiga 10 yildan ortiq bo‘lmagan, boshqa toifalar uchun ishlab chiqarilganligiga 20 yildan ortiq bo‘lmagan avtomototransport vositalari bo‘lishi lozim**;

avtomototransport vositasiga egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.

2.

O‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar hamda axborot-resurs bazasi bilan ta’minlanganligi: *

kamida 5 ta kompyuter texnikasi, skaner va nusxa ko‘chirish apparati bilan jihozlangan axborot-resurs markazi;

ta’lim oluvchilar uchun elektron o‘quv-metodik qo‘llanma;

har bir o‘qituvchiga o‘quv qo‘llanmasi va qo‘shimcha adabiyotlar.

3.

Ta’lim oluvchilarning maksimal soni:*

guruhda — 24 nafar.

4.

Ta’lim oluvchilar soniga to‘g‘ri keladigan o‘qituvchilar va haydovchi-yo‘riqchilar shtat birliklari:*

o‘qituvchi — 24 nafargacha ta’lim oluvchiga 1 shtat birligi;

haydovchi-yo‘riqchi — 12 nafargacha ta’lim oluvchiga 1 shtat birligi.

5.

O‘qituvchilarning minimal soni:*

avtotransport mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega o‘qituvchilar soni — 1 nafar;

shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish yoki tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga ega yo‘riqchilar (paramediklar) soni — 1 nafar;

avtotransport vositasini boshqarish bo‘yicha uch yil (“D” toifasi uchun besh yil) stajga ega haydovchi-yo‘riqchilar soni — 1 nafar.

6.

Haydovchilarni tayyorlash ta’lim tashkiloti va uning hududiga qo‘yiladigan talablar:*

tungi yoritgichlar o‘rnatilganligi;

ichimlik suv va kanalizatsiya bilan ta’minlanganligi;

hojatxona bilan ta’minlanganligi;

har biri kamida 40 m2 maydonga ega bo‘lgan va bitta hududda joylashgan kamida ikkita xonaning (auditoriya) mavjudligi;

yo‘l harakati qoidalari, yo‘l harakati xavfsizligi asoslari va birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv auditoriyasini avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablarida belgilangan mezonlarga muvofiq jihozlanganligi;

avtomototrasport vositalarining tuzilishi, ishlatilish asoslari, ularga texnik (servis) xizmat ko‘rsatish va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quv auditoriyasining mavjudligi;

o‘quv avtodromining hajmi, haydovchilikka nomzodlarning soni hamda ushbu o‘quv avtodromidan foydalanuvchi boshqa shaxslar sonidan kelib chiqib, unumdorligi (sig‘imi) amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yetarli bo‘lgan hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda jihozlangan, o‘ziga mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan (ijara, foydalanish yoki boshqa huquq asosida) tegishli bo‘lgan o‘quv avtodromining mavjudligi**;

ta’lim oluvchilarning bilimlarini yakuniy test sinovlaridan o‘tkazish uchun kamida 10 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida xonaning mavjudligi.

7.

Axborot texnologiyalari bilan ta’minlanganlik darajasi:*

kamida 75 foiz kompyuter texnikalari 10 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanganligi;

kamida 30 foiz hududda Wi-Fi zonalar tashkil etilishi.

turniket hamda audio va videokuzatuv tizimi;

o‘quv jarayoniga o‘zlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etilganligi;

har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi)ni butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan davlat ta’lim talablariga muvofiq uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanganligi;

ta’lim oluvchi (tinglovchi)larning bilimlarini yakuniy test sinovlaridan o‘tkazish uchun ularni identifikatsiya qilish, ulardan nazariy imtihonni inson omilisiz, avtomatlashtirilgan holda qabul qilish, natijalarini baholash, elektron bayonnomalarni shakllantirish va uzatish tizimlariga ega bo‘lgan dasturiy ta’minot o‘rnatilgan kompyuterlar bilan jihozlangan alohida auditoriyaning mavjudligi.

8.

O‘quv auditoriyalarida ta’lim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qo‘yiladigan minimal talablar:*

o‘lchami 1500x1000, 1500x2000 yoki 2500x2000 bo‘lgan elektron yoki oddiy doska — 1 ta;

videoproyektor yoki ekran o‘lchami kamida 50 duym bo‘lgan interaktiv monitor (televizor) — 1 ta;

videokuzatuv tizimi videokameralari — 4 ta;

auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 lyuks.

III. Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga qo‘yiladigan litsenziya talablari va shartlari:

T/r

Litsenziya talablari va shartlari

Bajarilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar

1.

Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun o‘quv avtomototransport vositalarining mavjudligi:*

8 nafar ta’lim oluvchiga — tegishli “V” toifadagi 1 ta avtomototransport vositasi;

12 nafar ta’lim oluvchiga — tegishli “S” toifadagi 1 ta avtomototransport vositasi;

24 nafar ta’lim oluvchiga — tegishli “D” toifadagi 1 ta avtomototransport vositasi.

2.

Avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha ta’lim tashkilotiga qo‘yiladigan talablar (ushbu talablar avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun tatbiq etiladi):*

Haydovchilikka nomzodlarni imtihondan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish uchun elektron buyurtma (murojaat)larni qabul qilish tizimining mavjudligi;

haydovchilikka nomzodlarning elektron ro‘yxatini shakllantirish, imtihonlarni o‘tkazish muddatlarini belgilash va haydovchilikka nomzodlarni hamda YHXX mas’ul xodimini oldindan xabardor qilish tizimining shakllantirilganligi;

haydovchilikka nomzodlarni nazariy imtihondan o‘tkazish uchun o‘quv dasturini qamrab olgan elektron (animatsion) test savollari to‘plamining shakllantirilganligi;

imtihonlarni o‘tkazish tizimlari unumdorligining xizmat ko‘rsatish hududi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri)da imtihon topshiruvchilar soniga muvofiqligi;

Respublikaning barcha hududlarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida) filiallarning mavjudligi;

dispetcherlik (nazorat) punkti haydovchilikka nomzodlarning harakatlarini ko‘rsatib turadigan kompyuter va monitorlar, avtomatlashtirilgan avtodrom tizimining elementi sifatida ishlaydigan axborotni doimiy qabul qilish, uzatish va qayta ishlash uskunalari, ovozli aloqa vositalari bilan to‘liq jihozlangan bo‘lishi;

haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish, ulardan nazariy va amaliy imtihonlarni inson omilisiz, avtomatlashtirilgan holda qabul qilish, natijalarini baholash, elektron bayonnomalarni shakllantirish va uzatish bo‘yicha axborot tizimining mavjudligi;

nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan maxsus himoyalangan sertifikatlarni shakllantirish, sertifikatlar rekvizitlarini davlat xizmatlari markazi hamda ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etish imkoniyatining mavjudligi;

o‘tkazilgan imtihon natijalari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, ularning tahlillarini YHXXga muntazam taqdim etib borish;

imtihonlar jarayonini YHXX va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan onlayn rejimda nazorat qilish hamda jamoatchilik e’tiboriga videotranslyatsiya qilish imkoniyatining mavjudligi;

imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga doir tartib-taomillar (murojaatlarni qabul qilish, qayd etish, ko‘rib chiqish, imtihonlarni tashkil etish, o‘tkazish, baholash mezonlari, axborot almashinuvi, ish yuritish va boshqa ma’muriy tartib-taomillar) YHXX bilan 15 ish kuni mobaynida kelishilgan holda tasdiqlanganligi.

3.

Haydovchilarni tayyorlash ta’lim tashkilotining hududiga qo‘yiladigan talablar:*

tungi yoritgichlar o‘rnatilganligi;

ichimlik suv va kanalizatsiya bilan ta’minlanganligi;

hojatxona bilan ta’minlanganligi;

avtomototransport vositalarining toifa(lar) yo‘nalishi bo‘yicha amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun kamida 18000 m2 yer maydoniga ega bo‘lgan, avtomatlashtirilgan avtodrom va maxsus jihozlangan avtomototransport vositalarining mavjudligi, ularning belgilangan talablarga muvofiqligi.

4.

Axborot texnologiyalari bilan ta’minlanganlik darajasi:*

audio va videokuzatuv tizimi mavjudligi;

nazariy imtihonlarni o‘tkazishning oshkoraligini ta’minlash uchun video yozib olish tizimi mavjudligi;

imtihonlar jarayonini YHXX va uning bo‘linmalari tomonidan onlayn rejimda nazorat qilish hamda jamoatchilik e’tiboriga videotranslyatsiya qilish imkoniyatining mavjudligi;

haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish, ulardan nazariy va amaliy imtihonlarni inson omilisiz, avtomatlashtirilgan holda qabul qilish, natijalarini baholash, elektron bayonnomalarni shakllantirish va uzatish tizimlarining mavjudligi;

nazariy imtihonlarni o‘tkazish uchun 20 mbit/sek tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘iga ulangan kamida 25 ta kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida kabinalarga ajratilgan (operator va nomzodlar maxsus oyna bilan ajratilgan), shuningdek, texnik vositalar (kameralar) bilan maxsus jihozlangan zal (xonalar)ning mavjudligi.

5.

Imtihon topshiruvchilarning maksimal soni:*

Guruhda — 24 nafar

 6.

 Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazuvchi ta’lim muassasasi rahbariga qo‘yiladigan talablar:

 korrupsiyaviy huquqbuzarliklar uchun sudlanganlik holati bo‘lmasligi (sudlanganligi tugallanmagan yoki olib tashlanmagan bo‘lmasligi);

7.

 Ta’lim muassasasining ustav jamg‘armasi minimal miqdoriga qo‘yiladigan talablar:*

 BHMning 150 000 baravaridan kam bo‘lmasligi.

9.

Litsenziya berishda kelishiladigan organlar:

a) davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan mavjud binolar va xonalarning yongin xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa (5 ish kuni ichida);

b) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi organlari tomonidan sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa (5 ish kuni ichida).

10.

Litsenziyaning amal qilish muddati:

Cheklanmagan

11.

Izoh.

* Qo‘pol ravishda buzish deb hisoblanadigan talab va shartlar.

** Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazlarida 2029-yil 1-yanvarga qadar bosqichma-bosqich yangi avtotransport vositalari sotib olinishi hamda o‘quv avtodromlari qayta jihozlanishini inobatga olgan holda ushbu ko‘rsatkichlar talab etilmaydi

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazishda foydalaniladigan obyektlarning jihozlanishiga qo‘yiladigan talablar
I. Avtomatlashtirilgan avtodromga qo‘yiladigan talablar
1. Avtomatlashtirilgan avtodrom quyidagi asosiy elementlardan iborat bo‘lishi kerak:
haydovchilikka nomzodning avtotransport vositasini amaliy boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalarini avtomatlashtirilgan holda sinovdan o‘tkazishga mo‘ljallangan, yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalari bilan jihozlangan, umumiy foydalanishdagi yo‘llardan ajratilgan yopiq hududdagi maxsus maydoncha;
dispetcherlik (nazorat) punkti;
maxsus jihozlangan avtomototransport vositalari hamda yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o‘zaro bog‘lovchi markaziy dasturiy majmua;
haydovchilikka nomzodlar tomonidan amalga oshirilgan har bir sinov mashqlari natijalarini inson omilisiz baholash uchun avtomatlashtirilgan nazorat tizimi.
2. Avtomatlashtirilgan avtodrom maxsus maydonchasining loyiha parametrlari va elementlari vakolatli davlat organlari tomonidan belgilanadigan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Bunda avtomatlashtirilgan avtodrom maxsus maydonchasida:
Oldingi tahrirga qarang.
a) “A1” va “A” toifalari uchun “Harakatni boshlash (start)”, “Ilon izi”, “Tor yo‘lak”, “Tezlashish-sekinlashish”, “Gabaritli yarim aylana”, “Gabaritli koridor”, “Past tezlikda harakatlanish”, “Gabaritli sakkiz”, “Harakatni yakunlash (Finish);
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
b) “B”, “C”, “D” toifalari uchun “Harakatni boshlash (Start)”, “Piyodalar o‘tish joyi”, “To‘xtash va tik balandlikka ko‘tarilish (estakada)”, “90 gradus burchak ostida burilishlar”, “Tor joyda qayrilib olish uchun boksga kirish”, “Harakat tartibga solingan chorraha”, “Ilon izi”, “Orqaga harakatlanib parallel to‘xtash (parkovka)”, “Temir yo‘l kesishmasi” (tartibga solinmagan), “Tezlashish bo‘lagi”, “Avariya holatda to‘xtash”, “Harakatni yakunlash (Finish)”;
v) “BE”, “CE”, “DE” toifalari uchun “Harakatni boshlash (Start)”, “Orqa bortni platformaga qo‘yish”, “Platformadan yo‘lga chiqish”, “Gabaritli koridorda orqa tomonga to‘g‘ri chiziqda harakatlanish”, “Harakatni yakunlash (Finish)” elementlarining mavjudligi majburiydir.
3. Avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi orqali nazorat qilinadigan sinov mashqlarining joylari va elementlarini belgilash uchun maxsus yo‘l chiziqlaridan foydalanilishi mumkin.
4. Avtomatlashtirilgan avtodrom undagi yo‘l-ko‘cha tarmog‘i elementlarining avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi elementi sifatida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun qo‘shimcha ravishda sezgir datchiklar (uzatgichlar), elektr ta’minoti va aloqa liniyalariga ega bo‘lishi kerak.
5. Datchiklar (uzatgichlar) statsionar o‘rnatilgan bo‘lishi, mexanik yoki ob-havo omillari ta’sirida o‘z joyini yoki texnik xususiyatini o‘zgartirmasligi va transport vositalari harakatiga xalaqit bermasligi kerak.
6. Dispetcherlik (nazorat) punktining joylashuvi avtomatlashtirilgan avtodromdagi vaziyatni bevosita kuzatish imkonini berishi lozim.
7. Dispetcherlik (nazorat) punkti haydovchilikka nomzodlarning harakatlarini ko‘rsatib turadigan kompyuter va monitorlar, avtomatlashtirilgan avtodrom tizimining elementi sifatida ishlaydigan axborotni doimiy qabul qilish, uzatish va qayta ishlash uskunalari, ovozli aloqa vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
8. Dispetcherlik (nazorat) punktining elektr ta’minoti uskunalari himoyalangan va barqaror ishlashini ta’minlovchi tizim bilan jihozlanadi.
9. Avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
haydovchilikka nomzodning amaliy boshqarish ko‘nikmalarini inson omilisiz baholash;
o‘tkazilgan amaliy imtihon natijalarini avtomatik tarzda shakllantirish;
o‘rnatilgan dasturiy ta’minot va ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalanish;
imtihon jarayonida olingan ma’lumotlarga hamda imtihon natijalariga o‘zgartirish kiritish imkoniyatini cheklash;
o‘tkazilgan amaliy imtihon natijalarini avtomatlashtirilgan imtihon tizimiga avtomatik tarzda uzatish uchun integratsiyalash;
avtomatlashtirilgan avtodrom va uning tarkibiy tizimlarining sozligini avtomatik tarzda uzluksiz nazorat qilish, nosozliklar yuzaga kelganda bu haqidagi ma’lumot (axborot, ishora)ni avtodrom dispetcherlik punktidagi monitorga chiqarish, amaliy imtihonlarni nosozlik bartaraf etilgunga qadar to‘xtatish, yakunlanmagan sinov mashqlari natijalarini bekor qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Avtomatlashtirilgan avtodromda o‘tkaziladigan amaliy imtihonlar jarayonida avtomototransport vositalarining harakatlanish sxemasi (sinov mashqlarining bajarilish ketma-ketligi) haqidagi ma’lumotlar tadbirkorlik subyektining veb-saytida va bevosita obyekt hududidagi axborot stendlarida joylashtiriladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
II. Amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun foydalaniladigan avtomototransport vositalariga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
11. Avtomatlashtirilgan avtodromda amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun yetarli miqdorda “A1”, “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va “DE” toifadagi maxsus transport vositalari mavjud bo‘lishi kerak.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Amaliy imtihonlar transmissiyasi (uzatmalar qutisi) mexanik uzatmali bo‘lgan transport vositalarida (“A1” va “A” toifalar bundan mustasno) o‘tkaziladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
12. Amaliy imtihonlar:
Oldingi tahrirga qarang.
“A1” toifa uchun — ikki g‘ildirakli moped yoki skuterlarda;
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“A” toifa uchun — ikki g‘ildirakli mototsikl yoki elektromototsiklda;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
“B” toifa uchun ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan oshmaydigan hamda haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo‘lmagan, uzunligi 3,8 m dan, kengligi 1,6 m dan, g‘ildiraklar bazasi 2,2 m dan, burilish radiusi 4,2 m dan kam bo‘lmagan avtomobillarda;
“C” toifa uchun — ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan ortiq bo‘lgan, uzunligi 6,0 m dan, kengligi 2,0 m dan, g‘ildiraklar bazasi 3,3 m dan va minimal burilish radiusi 5,8 m dan kam bo‘lmagan yuk avtomobillarida;
“D” toifa uchun — o‘rindiqlar soni yoki yo‘lovchilar sig‘imi 28 tadan, uzunligi 6,9 m dan, kengligi 2,0 m dan, g‘ildiraklar bazasi 3,5 m dan, minimal burilish radiusi 7,8 m kam bo‘lmagan avtobuslarda;
“BE” toifa uchun — tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan “B” toifadagi avtotransport vositalarida;
“CE” toifa uchun — tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan “C” toifadagi avtotransport vositalarida;
“DE” — tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan “D” toifadagi avtotransport vositalari yoki bo‘g‘imli avtobuslarda o‘tkaziladi.
13. Nogironligi bo‘lgan shaxslardan amaliy imtihonlarni qabul qilish tibbiy jihatdan tegishli toifadagi transport vositalarini cheklovlar bilan boshqarishga ruxsat berilganlar uchun maxsus jihozlanishi mazkur tibbiy talablarga javob beradigan tegishli toifadagi transport vositalarida amalga oshiriladi.
14. Amaliy imtihonlarni o‘tkazishda foydalaniladigan maxsus transport vositalari:
a) Yo‘l harakati qoidalari talablari asosida taniqli belgilar hamda qo‘shimcha uskunalar bilan jihozlanadi;
b) avtomatlashtirilgan avtodrom tizimining tarkibiy elementi sifatida qo‘llanilishini ta’minlaydigan quyidagi uskunalar bilan jihozlanadi:
axborotlarni qabul qilish-uzatish tizimlari;
yorug‘lik va/yoki ovozli avariya to‘xtash ishorasi datchiklari;
haydovchilikka nomzod tomonidan bajariladigan sinov mashqlarini qayd etish vositalari;
har bir mashqning hamda imtihonning yakuniy natijasi bo‘yicha axborot beruvchi displey.
15. Amaliy imtihon o‘tkazishda foydalaniladigan maxsus transport vositalarining konstruksiyalariga qo‘shimcha uskunalarni o‘rnatish bilan bog‘liq o‘zgartirishlarning kiritilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
16. Amaliy imtihon o‘tkazishda foydalaniladigan maxsus transport vositasining saloni imtihon olish jarayonida 360 gradus ko‘rinishda uzluksiz ishlaydigan, ma’lumotlarni dispetcherlik (nazorat) punktiga uzatib turadigan va saqlash imkonini beradigan videokuzatuv tizimi moslamasi bilan jihozlanadi.
III. Avtomatlashtirilgan imtihon tizimiga qo‘yiladigan talablar
17. Avtomatlashtirilgan imtihon tizimi (keyingi o‘rinlarda — AIT) kompyuter jamlanmasi (klaviatura va monitor), markaziy boshqaruv pulti (keyingi o‘rinlarda — MBP), maxsus uskunalar va integratsiyalashgan dasturiy ta’minotdan iborat.
18. AIT quyidagi funksional talablarga javob berishi kerak:
haydovchilikka nomzodlarni imtihondan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish uchun elektron buyurtma (murojaat)larni qabul qilish tizimining mavjudligi;
haydovchilikka nomzodlarning elektron ro‘yxatini shakllantirish, imtihonlarni o‘tkazish muddatlarini belgilash va haydovchilikka nomzodlarni oldindan xabardor qilish tizimining shakllantirilganligi;
haydovchilikka nomzodlarni nazariy imtihondan o‘tkazish uchun o‘quv dasturini qamrab olgan elektron (animatsion) test savollari to‘plamining shakllantirilganligi;
haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish, nazariy va amaliy imtihonlarni avtomatlashtirilgan holda qabul qilish, imtihon natijalarini inson omilisiz baholash, o‘tkazilgan imtihon natijalari bo‘yicha elektron bayonnomalarni shakllantirish va uzatish tizimlarining mavjudligi;
imtihonlar jarayonini DYHXX organlari tomonidan onlayn rejimida nazorat qilish hamda jamoatchilik e’tiboriga videotranslyatsiya qilish imkoniyatining mavjudligi;
nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos bo‘ladigan maxsus himoyalangan sertifikatlarni shakllantirish, sertifikatlar rekvizitlarini davlat xizmatlari markazi hamda DYHXX organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etish imkoniyatlarining mavjudligi;
amaliy imtihon o‘tkazishda foydalaniladigan avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari dasturi natijalarining avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi bilan integratsiya qilinganligi;
onlayn to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilinganligi;
o‘rnatilgan dasturiy ta’minot va ma’lumotlarning himoyalanganligi;
imtihonlar jarayonida olingan ma’lumotlarga hamda imtihon natijalariga o‘zgartirish kiritish imkoniyatining cheklanganligi;
o‘tkazilgan imtihon natijalari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, saqlash, ularning tahlillariga ko‘ra o‘quv muassasalari reytingini yuritish mexanizmining yaratilganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur bandda nazarda tutilgan tizimlarning DYHXX avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga integratsiya va nazorat qilinishi uchun imkoniyat yaratilganligi.
(18-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
19. AIT murojaat qabul qilingan kundan boshlab yetti ish kuni davomida talabgorlarga xizmat ko‘rsatilishini ta’minlashi lozim.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Litsenziya da’vogari

(yuridik shaxs)

Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasida litsenziya olish uchun hujjatlarni davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “Litsenziya” axborot tizimi orqali yuborish.

Litsenziya da’vogarining xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “Litsenziya” axborot tizimiga kiritish uchun mas’ul xodim

1. Litsenziya berish uchun ariza va ro‘yxatda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni qabul qilish.

2. Litsenziya da’vogariga ariza qabul qilingan sana qayd etilgan ro‘yxatga olish nusxasini berish yoki da’vogarning elektron pochta manziliga yuborish.

3. Litsenziya da’vogaridan qabul qilingan barcha hujjatlarni Ichki ishlar vazirligining elektron pochta manziliga yuborish.

Ariza qabul qilingan kun

3-bosqich

Ichki ishlar vazirligi

1. Ichki ishlar vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Transport vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi yoki ularning hududiy bo‘linmalari malakali mutaxassislaridan iborat ekspertlar guruhining xulosasini tayyorlash.

Ariza qabul qilingan vaqtdan boshlab 15 ish kuni ichida

2. Litsenziya da’vogari litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini o‘rganish.

3. Elektron litsenziyani raqamli imzo bilan tasdiqlab, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “Litsenziya” axborot tizimiga yuborish.

4. Litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganida, litsenziya da’vogariga rad etish sabablari va litsenziya da’vogari ularni bartaraf etgan holda qayta ko‘rib chiqish uchun ariza berishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan bildirishnomani yuborish.

Hujjatlar o‘rganilgandan so‘ng 1 ish kuni ichida

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “Litsenziya” axborot tizimiga kiritish uchun mas’ul xodim

1. Litsenziatning bank hisobvarag‘i rekvizitlari va davlat bojini to‘lash muddati haqida xabardor qilish.

Elektron litsenziya kelib tushgan kun

2. Davlat boji to‘langandan so‘ng litsenziyani taqdim etish.

Davlat boji to‘langandan so‘ng bir ish kuni ichida

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyat bilan shug‘ullanuvchi boshqa yuridik shaxslarning (keyingi o‘rinlarda o‘quv tashkilotlari deb ataladi) o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda DYHXX deb ataladi) va uning hududiy bo‘linmalarida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berishga doir imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berishga doir imtihonlarni o‘tkazishga taalluqli normalari faqat ushbu turdagi faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar mavjud bo‘lmagan hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar)da amal qiladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshisi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Barcha avtomototransport vositalari o‘z turi, vazifasi va boshqarish xususiyatlariga ko‘ra “A1”, “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va “DE” toifalarga hamda tramvay va trolleybuslarga bo‘linadi. Ularni boshqarish uchun berilgan haydovchilik guvohnomasining tegishli pozitsiyasida shu toifali transport vositasini boshqarish uchun ruxsat berilgan sana va muddati ko‘rsatiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Haydovchilik guvohnomasining “A1”, “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va “DE” pozitsiyasining tegishli grafalarida ruxsat beruvchi belgi (sana va muddat ko‘rsatilgan) bo‘lgan shaxslar quyidagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqiga ega:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“A1” — moped va skuterlar, shuningdek, eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan, ish hajmi 25 sm3 gacha bo‘lgan ichki yonuv dvigateliga ega bo‘lgan yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattgacha bo‘lgan kichik hajmdagi mototransport vositalari (individual harakatlanish vositalari bundan mustasno);
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“A” — mototsikllar, elektromototsikllar;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
“B” — ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan oshmaydigan yoki haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo‘lmagan, shuningdek, ular bazasida ishlab chiqarilgan qo‘l bilan boshqariladigan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lmagan “B” toifadagi avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan lekin “B” toifadagi avtotransport vositasining aslahalangan vaznidan ortiq bo‘lmagan va avtotransport vositalari tarkibining ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan ortiq bo‘lmagan tirkamali “B” toifadagi avtotransport vositalari;
“C” — ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lmagan “C” toifadagi avtotransport vositalari;
“D” — yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan, haydovchi o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni sakkiztadan ortiq bo‘lgan avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lmagan “D” toifadagi avtotransport vositalari;
“BE” — tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq yoki tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni aslahalangan avtotransport vositasining vaznidan ortiq bo‘lgan “B” toifadagi avtotransport vositalari, tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq lekin transport vositalari tarkibining ruxsat etilgan to‘la vazni 3 500 kg dan ortiq bo‘lmagan “B” toifadagi avtotransport vositalari;
“CE” — tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan “C” toifadagi avtotransport vositalari;
“DE” — tirkamasining ruxsat etilgan to‘la vazni 750 kg dan ortiq bo‘lgan “D” toifadagi avtotransport vositalari hamda bo‘g‘imli avtobuslar.
Tramvay haydovchisiga faqat tramvay, trolleybus haydovchisiga faqat trolleybus boshqarishga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“A”, “V”, “S”, “D” toifadagi avtomototransport vositalaridan birini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar “A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘ladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
2-bob. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv tashkilotlarini ro‘yxatga olish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat ta’lim muassasalari avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha o‘z faoliyatini boshlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi o‘rinlarda — YHXX) xulosasini oladi. Davlat ta’lim muassasalari YHXXga yuqori turuvchi tashkilot orqali belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Xulosa chiqarilgunga qadar YHXX qarori asosida, tekshiruv komissiyasi tomonidan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi davlat ta’lim muassasasining moddiy-texnika va o‘quv-metodik bazasi har tomonlama ko‘rikdan o‘tkaziladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tekshiruv komissiyasi tarkibiga hududiy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda YHXB deb ataladi), hokimliklar qoshidagi harakat xavfsizligi komissiyasi, Kasb-hunar ta’limi markazi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining hududiy bo‘linmalari vakillari kiradi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Komissiya ishiga haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi mutaxassislar, shu jumladan davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda o‘quv tashkilotlari deb ataladi), shuningdek, tasarrufida davlat ta’lim muassasasi bo‘lgan vazirliklar va idoralar vakillari jalb etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Komissiya davlat ta’lim muassasasida haydovchilarni tayyorlash (qayta tayyorlash, malakasini oshirish) faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarning Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning o‘n oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Davlat budjeti hisobidan ta’minlangan o‘quv xonalari, o‘quv-mashq avtomobillari va o‘quv dasturlarini nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ijaraga va (yoki) subijaraga berish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Davlat ta’lim muassasasining belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiruv komissiyasi (5-bandda ko‘rsatilgan) tomonidan o‘rganib chiqilib, yakunlari bo‘yicha uch nusxada dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma hududiy YHXB boshlig‘i tomonidan tasdiqlanib, xulosa tayyorlash uchun YHXXga yuboriladi, bir nusxasi hududiy YHXBda va bir nusxasi davlat ta’lim muassasasining o‘zida saqlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Komissiya tomonidan taqdim etilgan dalolatnoma YHXX tomonidan o‘rganib chiqilib, natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi va ijro uchun hududiy YHXBlarga tegishli ko‘rsatma beradi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Davlat ta’lim muassasalarini hududiy YHXBlarda hisobga qo‘yish ta’lim muassasasining nomi, manzili, bank rekvizitlari, ustavni tasdiqlash (ro‘yxatdan o‘tkazish) to‘g‘risida ma’lumot, mahalliy davlat organlarining qarori raqami, tayyorlanadigan haydovchilarning toifalari ko‘rsatilgan holda alohida jurnalda yuritiladi.
Davlat ta’lim muassasalarini hisobga olish jurnali O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va hududiy YHXBda saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxsning o‘quv guruhlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun berilgan litsenziya asosida YHXBlar tomonidan ro‘yxatga olinadi.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Belgilangan tartibda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash xizmatlari ko‘rsatish vakolati berilgan davlat ta’lim muassasalari o‘quv guruhlari YHXX ko‘rsatmasiga asosan YHXB tomonidan ro‘yxatga olinadi.
O‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish uchun barcha tegishli hujjatlar faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi.
O‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatga olingan o‘quv guruhlari YHXXning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi. Yagona axborot tizimida haydovchilikka nomzodlarning elektron hisobi (ro‘yxati) yuritiladi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
91. “A” va “V” toifadagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv guruhlari (davlat ta’lim muassasalarining o‘quv guruhlari bundan mustasno) Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida ro‘yxatga olinmaydi.
92. “A” va “V” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun talabgorlar haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha majburiy o‘quv dasturining nazariy qismini mustaqil o‘zlashtirishlari mumkin.
Bunda talabgorlar o‘z ixtiyoriga ko‘ra nazariy bilimlarni olish uchun o‘quv tashkilotlarida (onlayn yoki oflayn shaklda) o‘qiydi yoxud mustaqil ravishda tayyorlanadi.
93. Talabgorlar “A” va “V” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha majburiy o‘quv dasturining amaliy qismini o‘tash yuzasidan o‘quv tashkilotlariga murojaat qilganda, talabgorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va YHXBlarga yuboriladi.
Bunda:
talabgorlar majburiy o‘quv dasturida belgilangan amaliy mashg‘ulotlarga to‘liq qatnashadilar;
talabgorlar majburiy o‘quv dasturida belgilangan amaliy mashg‘ulotlarni to‘liq o‘tagandan keyin, o‘quv tashkilotlari tomonidan transport vositalarini boshqarish ko‘nikmalarini baholashning ijobiy natijalariga asosan yagona namunadagi elektron tasdiqnoma shakllantiriladi va ushbu tasdiqnoma YHXBlarga hamda imtihon markazlariga elektron shaklda yuboriladi;
yagona namunadagi elektron tasdiqnoma haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
(91 — 93-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘quv tashkilotlarining rahbarlari haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlarini ularda o‘qish boshlanishidan oldin YHXBda ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim.
Taqdim etilayotgan o‘quv guruhi ma’lumotlarida o‘qishning boshlanishi va tugashi muddatlari hamda o‘qitiladigan o‘quvchilar ro‘yxati qayd etiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
11. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash guruhlaridagi nomzodlar soni 25 kishidan oshmasligi lozim.
12. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlarining ro‘yxati mashg‘ulotlar boshlanishidan avval hududiy YHXBga taqdim etiladi. O‘quv guruhining ro‘yxati hududiy YHXBning ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda RvaIOB deb ataladi) tomonidan o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish kitobida qayd etiladi.
13. Hududiy YHXBda belgilangan tartibda hisobga olingan barcha o‘quv tashkilotlarining o‘quv moddiy-texnika bazasi va faoliyati har yili kamida bir marotaba atroflicha, har bir o‘quv guruhlarining o‘quv jarayoni esa har oyda kamida bir marotaba hududiy YHXBlar tomonidan o‘rganib boriladi. O‘rganish natijalari yuzasidan dalolatnoma tuzilib, ish faoliyatida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan kelayotgan Davlat ta’lim muassasasining yuqori turuvchi tashkilotiga taqdimnoma yuboriladi.
14. O‘quv tashkilotlari tomonidan belgilangan muddatlarda ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmasa, ushbu o‘quv tashkilotlarining yangi o‘quv guruhlarini hududiy YHXBning RvaIOBlarida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘xtatiladi.
Yangi o‘quv guruhlarini ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘rsatmadagi kamchiliklar o‘quv tashkilotlari tomonidan bartaraf etilgandan keyin tiklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxsning avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyatida litsenziya shartlari va talablariga litsenziat tomonidan rioya etmaslik holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli hududiy YHXBlari tegishli hududiy YHXBlar tomonidan xabardor qilinadi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Aniqlangan holatlar yuzasidan YHXX tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Hududiy YHXBning RvaIOBlarida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi barcha o‘quv tashkilotlari bo‘yicha nazorat-kuzatuv yig‘majildi yuritiladi. Unga o‘quv tashkilotiga avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash uchun berilgan litsenziyadan nusxa, o‘quv avtomototransport vositalarining ro‘yxati, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan yo‘nalishlar xaritasining nusxasi va boshqa ma’lumotlar tikib boriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
3-bob. Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘linmalarida imtihonlarga qo‘yish hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarishga ruxsat berish tartibi
17. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olishni istagan shaxslar maxsus ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlariga muvofiq ta’lim olishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqarolar yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hududidan qat’i nazar, majburiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilar xizmat joylaridagi hududiy YHXBning RvaIOBlarida imtihonlar topshiradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
181. Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berishga doir imtihonlarni o‘tkazish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar faoliyat ko‘rsatuvchi hududlarda imtihonlar faqat tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkaziladi.
Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan imtihonlarni o‘tkazish Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(181-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)
19. Alohida holatlarda (favqulodda holatlar yuz bergan vaqtda, o‘quv tashkilotlari imtihon olish joylaridan uzoq masofada joylashgan hududlarda va hokazo), istisno tariqasida, imtihonlar qabul qilish joyi yoki muddati hududiy YHXB rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
20. “A1”, “A”, “B”, “C” va “D” toifalaridagi avtomototransport vositalarini va tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomalari nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan shaxslarga beriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
21. “B” va (yoki) “D” toifali avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslardan “C” toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlashda, “B” va (yoki) “C” toifali avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslardan “D” toifadagi avtotransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlashda nazariy va amaliy imtihonlar topshiriladi. “BE”, “CE” va “DE” toifalardagi avtotransport vositalari haydovchilarini qayta tayyorlashda faqat amaliy imtihonlar topshiriladi.
Shaxs, agar avtotransport vositasini kamida uch yil mobaynida boshqargan bo‘lsa, “D” toifasiga qayta tayyorlashga va imtihonlar topshirishga qo‘yiladi.
22. Amaliy imtihonlarda qaysi toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish huquqini berish uchun olinayotgan bo‘lsa, topshiruvchining faqat shu toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish bo‘yicha malakasi tekshiriladi.
23. Amaliy imtihonlar o‘quv tashkiloti tomonidan taqdim etilgan tegishli toifadagi boshqarishni o‘rgatish avtomototransport vositasida olinadi. Bunda “D” toifadagi avtotransport vositasini boshqarish bo‘yicha milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar haydovchi o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 16 tadan ortiq bo‘lgan boshqarishni o‘rgatish avtobusida o‘tkaziladi.
Amaliy imtihon olinadigan transport vositalarining texnik holati hududiy YHXBning imtihon oluvchi xodimi tomonidan ko‘zdan kechirilib, belgilangan talabga javob berishi tekshirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarini avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan yagona o‘quv dasturiga kiritilgan fanlar to‘liq o‘zlashtirilishini taqozo etgan ixtisosliklar bo‘yicha tugatgan hamda transport vositalarini amaliy boshqarish darslarini o‘zlashtirgan shaxslarga (mazkur ta’lim muassasalarining talaba, o‘quvchi yoki kursantlar sirasidan bo‘lgan taqdirda) “B” yoki “B” va “C” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni topshirishga ruxsat etiladi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
241. “A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini beradigan milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarga haydovchilarni tayyorlash majburiy o‘quv dasturini o‘tamasdan turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazariy va amaliy imtihonlarni topshirishga ruxsat etiladi.
Bunda:
talabgorlar o‘zlarining ixtiyoriga ko‘ra o‘quv kurslarida (onlayn yoki oflayn shaklda) o‘qishi yoxud mustaqil tayyorlanishi mumkin bo‘ladi;
milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlardan haydovchilarni tayyorlash o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qishni tugatganligi haqidagi yagona namunadagi elektron tasdiqnoma talab etilmaydi.
(241-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. O‘quv muddati yakunida “A” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun 16 yoshga; “B” va (yoki) “C” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun 18 yoshga; “D” toifadagi avtotransport vositalarini, tramvay va trolleybuslarni boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun 21 yoshga to‘lgan shaxslarga imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Ushbu Nizomning 54-bandida ko‘rsatilgan holat bundan mustasno.
26. Maxsus tovushli va yorug‘lik ishoralari bilan jihozlangan yoki xavfli yuklarni tashiydigan avtotransport vositalarini boshqarish uchun oxirgi uch yil, shuningdek, shahar, shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishda qatnaydigan avtobuslarni va mikroavtobuslarni boshqarish uchun oxirgi besh yil mobaynida tegishli toifadagi avtotransport vositalarida haydovchi bo‘lib ishlagan shaxslarga ruxsat etiladi.
Tijorat asosida yo‘lovchilarga avtotransport xizmati ko‘rsatish uchun yengil avtomobillarni boshqarishga ruxsat avtotransport vositalarini oxirgi uch yil mobaynida boshqargan shaxslarga beriladi. Haydovchilik faoliyati muddatini belgilashda mehnat daftarchasidan ko‘chirma, avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnoma, ijara shartnomasi yoki ishonchnoma asos bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 85-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2024-y., 09/24/85/0115-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. “BE”, “CE” va “DE” toifalaridagi avtotransport vositalari tarkiblarini boshqarish huquqi oxirgi o‘n ikki oy mobaynida tegishli toifalardagi avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha haydovchilik stajiga ega bo‘lgan va o‘quv tashkilotida qayta tayyorgarlikdan o‘tgan hamda amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)
“DE” toifasidagi avtotransport vositalari tarkibini boshqarish huquqini olish uchun “D” toifasiga ega bo‘lgan haydovchilardan amaliy imtihonlar bo‘g‘imli avtobuslarda olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. “D” toifadagi avtotransport vositasini boshqarish huquqi kamida uch yil mobaynida “B” yoki “C” toifasidagi avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha haydovchilik stajiga ega bo‘lgan, o‘quv tashkilotida qayta tayyorgarlikdan o‘tgan hamda nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga beriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)
30. Tijorat asosida yo‘lovchilar tashish bo‘yicha avtotransport xizmatlari ko‘rsatadigan, haydovchining o‘rindig‘idan tashqari to‘rttadan ortiq o‘rindiqlarga ega bo‘lgan, biroq “D” toifasiga tegishli bo‘lmagan yengil avtomobillarni boshqarishga kamida besh yil mobaynida tegishli toifadagi avtotransport vositalarini boshqargan haydovchilarga ruxsat etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Har qanday avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan shaxslar, o‘n ikki oydan ko‘p vaqt avtomototransport vositasini boshqarmagan bo‘lsalar, ish beruvchi tomonidan ular nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish uchun yuboriladi. Imtihonlarni ijobiy topshirgan shaxslar tashkilotlarda kamida 30 soatlik amaliy boshqarish bo‘yicha ko‘nikma (stajirovka)dan o‘tganidan keyin, ularga avtomototransport vositalarini mustaqil boshqarishiga ruxsat etiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)
32. Agar tramvay yoki trolleybus haydovchilari o‘n ikki oydan ko‘p vaqt shu toifadagi transport vositalarida haydovchi sifatida ishlamagan bo‘lsalar, hududiy YHXBning RvaIOBlarida nazariy imtihonlar, tashkilot attestatsiya komissiyasi tomonidan ularning kasbiy bilimi va boshqarish tajribasi tekshirilib, amaliy imtihonlar olingandan so‘ng, belgilangan yo‘nalishlarda 70 — 140 soat) amaliy boshqarish bo‘yicha ko‘nikma (stajirovka)dan o‘tganlaridan keyingina tramvay yoki trolleybusni mustaqil boshqarishlariga ruxsat etiladi.
33. Avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan haydovchilar yuridik shaxslarda belgilangan muddat va yo‘nalishlarda (“D” toifadagi avtotransport vositalarida haydovchilik tajribasiga ega bo‘lgan haydovchilar uchun — 60 soat, haydovchilik tajribasiga ega bo‘lmagan haydovchilar uchun — 224 soat) amaliy boshqarish bo‘yicha ko‘nikma (stajirovka)dan o‘tganlaridan keyingina tegishli toifadagi avtomobillarni mustaqil boshqarishlariga ruxsat etiladi.
34. Barcha avtomototransport vositalarining haydovchilari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan muddatda, tijorat asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar esa bir yilda bir marta majburiy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart.
35. Agar DYHXX organlari yoki avtotransport tashkilotlaridagi mansabdor shaxslarda haydovchining sog‘lig‘iga nisbatan shubha tug‘ilgan bo‘lsa, unga belgilangan muddatdan oldin kasbiga layoqati bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tish uchun yo‘llanma berilishi mumkin.
36. Agar haydovchi kasbiga layoqati bo‘yicha tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tishdan bo‘yin tovlasa yoki u tibbiy komissiya tomonidan avtomototransport vositalarini boshqarishga noloyiq deb topilsa unga doir hujjatlar hududiy DYHXX xodimi tomonidan, belgilangan tartibda avtomototransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish masalasini ko‘rib chiqish uchun sud idoralariga yuboriladi.
Haydovchini tibbiy ko‘rikdan qayta o‘tkazish haqidagi qaror hududiy YHXB bo‘linmalarining boshlig‘i yoki guruhlarining katta inspektori, ular bo‘lmaganda esa ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Haydovchilarni avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qaror qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi. Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar, ushbu huquqini tiklash uchun, mahrum qilish muddatidan qat’i nazar, ma’muriy jazo muddati tugagandan keyin:
majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadi;
o‘quv tashkilotlarida tegishli toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash (qayta tayyorlash) o‘quv dasturining (nazariy va amaliy) to‘liq kursi bo‘yicha o‘qiydi;
o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qishni tugatganligi haqidagi yagona namunadagi elektron tasdiqnoma asosida nazariy hamda amaliy imtihonlar topshirishga ruxsat beriladi.
Bu holda imtihon komissiyasining qaroriga muvofiq boshqarish huquqidan mahrum qilingan biror toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish bo‘yicha, “D” toifasi mavjud bo‘lgan holatlarda “D” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish bo‘yicha amaliy imtihonlar olinadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
38. Birinchi marotaba haydovchilik guvohnomasini olish uchun murojaat qilgan barcha xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish ushbu Nizomda nazarda tutilgan umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi.
4-bob. Imtihonlarni o‘tkazish, milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
39. Imtihonlarni qabul qilish va “A1”, “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE”, “DE” toifadagi avtomototransport vositalarini, shuningdek, tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomalarni berish hududiy YHXBning RvaIOBlari tomonidan amalga oshiriladi, mazkur Nizomning 181-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(39-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun nazariy va amaliy (tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini berishdan tashqari) imtihonlarni hududiy YHXBning RvaIOBlarida imtihon olish komissiyalari qabul qiladi. Mazkur Nizomning 181-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)
41. Hududiy YHXBning RvaIOBda imtihon olish komissiyasi tarkibi kamida uch kishidan iborat bo‘lishi kerak.
Imtihon olish komissiyasi tarkibiga:
hududiy YHXBning RvaIOB boshlig‘i (komissiya raisi);
hududiy YHXBning RvaIOB inspektori, o‘quv tashkilotlarining (imtihon topshirayotgan o‘quv guruhi o‘qituvchisi, shuningdek, o‘quv tashkilotidan bir nafardan ortiq o‘qituvchi jalb etilmasligi kerak), avtotransport korxonasi, mudofaa ishlari bo‘limi va boshqa tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
42. Imtihonlar DYHXX bo‘linmalarining lavozim yo‘riqnomalarida imtihonlarni qabul qilish xizmat vazifasiga kiritilgan, vakolatli mas’ul shaxslari tomonidan qabul qilinadi. Imtihon oluvchining lavozim yo‘riqnomasi va unga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. O‘quv guruhidagi mashg‘ulotlar tugagandan so‘ng, o‘quv tashkilotida o‘tkazilgan bitiruv imtihonlarining bayonnomasi va nomzodga berilgan yagona namunadagi elektron tasdiqnoma hududiy YHXBning RvaIOB xodimi tomonidan tekshiriladi va oldin taqdim etilgan ro‘yxatdagi ma’lumotlar bilan solishtiriladi, shundan keyin nomzodning imtihon varaqasi o‘sha xodimning imzosi bilan tasdiqlanadi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
44. Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun haydovchilikka nomzodlar hududiy YHXBning RvaIOBlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
(44-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-oktabrdagi 642-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 09/25/642/0941-son)
b) avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan yagona o‘quv dasturiga kiritilgan fanlarning to‘liq o‘zlashtirilishini taqozo etgan ixtisosliklar bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tugatganligi to‘g‘risidagi diplom va o‘quv dasturidagi fanlarni o‘zlashtirganligi to‘g‘risidagi diplom ilovasining nusxalari (ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan shaxslar uchun);
v) sog‘lig‘i va tegishli toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
g) milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun to‘lovlar to‘langanligi haqidagi bank muassasasining to‘lov qog‘ozi;
(44-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-apreldagi 152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2023-y., 09/23/152/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) o‘quv tashkiloti tomonidan to‘ldirilib tasdiqlangan haydovchining imtihon varaqasi (ushbu Nizomning 24 va 241-bandlarida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari) va fuqaroning pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat.
(44-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
45. Imtihonlar quyidagi tartibda o‘tkaziladi: avval — nazariy, keyin — amaliy.
Nazariy imtihonlarni topshira olmagan shaxslar amaliy imtihonlarga qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Haydovchilikka nomzodlar, shuningdek, milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish va avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati tugagandan so‘ng milliy haydovchilik guvohnomasi dublikatini olish uchun imtihonlarga yuborilgan haydovchilar uchun takroriy amaliy imtihonlar oldingi imtihonlardan so‘ng kamida yetti kun o‘tgandan keyin, nazariy imtihonlar esa keyingi ish kuni o‘tkaziladi.
(46-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Nazariy imtihonlarda imtihon topshiruvchining yo‘l harakati qoidalari va o‘quv dasturida nazarda tutilgan boshqa fanlar bo‘yicha bilimlari tekshiriladi. Nazariy imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan imtihon savollari orqali qabul qilinadi.
Amaliy imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Amaliy boshqaruv imtihonlarini qabul qilish metodikasi” asosida qabul qilinadi.
Eshitish qobiliyati cheklangan haydovchilikka nomzodning xohishiga ko‘ra imtihonlarni o‘tkazishda surdotarjimon ishtirok etishi mumkin.
47. Nazariy imtihonlarda olingan ijobiy baho ikki oy davomida haqiqiy deb hisoblanadi. Agar haydovchilikka nomzod ushbu muddatda amaliy imtihonlarni topshira olmasa, u yana qayta nazariy imtihonlarga yuboriladi.
48. Nazariy va amaliy imtihonlar natijalari haydovchining imtihon varaqasiga kiritiladi hamda imtihon olish komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imtihonda qatnashgan komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi va hududiy YHXBning RvaIOBlari boshliqlari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
49. Nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan shaxslarga mazkur bayonnoma yoki tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan berilgan maxsus sertifikat asosida milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi.
(49-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)
50. Milliy haydovchilik guvohnomasi berilishining asosliligi va to‘g‘ri to‘ldirilganligi imtihon olish komissiyasining raisi tomonidan tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy haydovchilik guvohnomasining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi shaxsning o‘quv tashkilotida o‘qishni tugatganligi to‘g‘risidagi yagona namunadagi elektron tasdiqnomasiga kiritiladi, QR-kod bilan tasdiqlanadi.
(50-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
51. Milliy haydovchilik guvohnomasidagi boshqarilishiga ruxsat berilgan avtomototransport vositalari toifasi ko‘rsatilgan pozitsiyaning (9-grafa) bloklarida ushbu toifadagi transport vositasini boshqarish uchun ruxsat berilgan sanasi (10-grafa) va muddati (11-grafa) ko‘rsatiladi, boshqarilishiga ruxsat berilmagan avtomototransport vositalari toifasi ko‘rsatilgan pozitsiyasidagi bloklar bo‘sh qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“A1” kichik toifadagi transport vositalarini boshqarishga ruxsat berish, milliy haydovchilik guvohnomasining “A” toifasi 12-grafasiga “A1” belgisini qo‘yish orqali amalga oshiriladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
52. Tramvay va trolleybuslarni boshqarish huquqiga ruxsat beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olishda “Alohida belgilar uchun” joyida transport vositalarining tegishli toifasi ko‘rsatilgan yozuv (tegishli ravishda “TRAMVAY” yoki “TROLLEYBUS”) kiritiladi.
53. Tibbiy komissiya tomonidan qayta tekshiruvdan o‘tish muddati belgilangan shaxslarga milliy haydovchilik guvohnomasini berishda “Alohida belgilar uchun” joyida “Tibbiy ma`lumotnoma majburiy” degan yozuv kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
54. “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilariga va Mudofaa vazirligi tomonidan avtomototransport vositalari haydovchilari mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga jalb etilgan chaqiriluvchilarga o‘qishni tugatganlaridan so‘ng, 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsalar-da, imtihonlarni topshirishlariga ruxsat beriladi.
(54-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)
Ularga, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so‘ng, tegishli toifadagi (“B” va (yoki) “C”) avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi.
Bunda “Alohida belgilar uchun” joyida uning egasi qaysi muddatdan (18 yoshga to‘lganidan keyin) avtotransport vositasini boshqarish huquqiga ega ekanligi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
55. Manfaatdor shaxs milliy haydovchilik guvohnomasini o‘zi kelib YHXBning RvaIOB yoki Davlat xizmatlari markazidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida o‘zi olib ketadi yoxud xohishiga ko‘ra milliy haydovchilik guvohnomasini pochta aloqasi orqali olishi mumkin.
(55-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-apreldagi 152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2023-y., 09/23/152/0111-son)
Milliy haydovchilik guvohnomasi vakolatnoma (ishonchnoma) bilan berilmaydi.
56. Ozodlikdan mahrum qilinib jazo muddatini o‘tayotgan, lekin avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinmagan shaxslarning milliy haydovchilik guvohnomasi jazoni ijro etish muassasasi rahbariyatining iltimosnomasiga asosan (milliy haydovchilik guvohnomasi saqlanayotgan) hududiy YHXBning RvaIOB tomonidan ushbu muassasaga yuborilishi mumkin.
5-bob. Milliy haydovchilik guvohnomasini almashtirish va yo‘qolgani o‘rniga yangisini berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
57. Milliy haydovchilik guvohnomasi egasining belgilangan tartibdagi arizasi, uning oldingi haydovchilik guvohnomasi (eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari uchun — uning taloni ham) hamda egasining fuqarolik pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilganidan so‘ng almashtiriladi.
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 319-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/319/0658-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(58-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(581-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 319-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2020-y., 09/20/319/0658-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(62-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63. Yaroqsiz holga kelgan milliy haydovchilik guvohnomasi ushbu Nizomning 57-bandiga muvofiq almashtiriladi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
64. Milliy haydovchilik guvohnomasi almashtirilganda yangi berilayotgan milliy haydovchilik guvohnomasining “Alohida belgilar uchun” joyida birinchi marotaba olgan eski haydovchilik guvohnomasining seriyasi, tartib raqami va berilgan sanasi yozib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
66. Yo‘qolgan (o‘g‘irlangan, yongin, tabiiy ofat oqibatida va boshqa hollarda) milliy haydovchilik guvohnomasining dublikati haydovchining arizasiga muvofiq, mas’ul xodim tomonidan haydovchilik guvohnomasi olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar YHXXning Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshirilgandan so‘ng imtihonlarsiz beriladi.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(68-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(69-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(70-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
71. Milliy haydovchilik guvohnomasi o‘rniga milliy haydovchilik guvohnomasining dublikati berilganidan keyin, yo‘qolgan milliy haydovchilik guvohnomasi topilgan taqdirda, u haqiqiy emas deb hisoblanadi va hududiy YHXBning RvaIOBlariga topshiriladi va belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
72. Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga umumiy asoslarda almashtiriladi.
73. Uzluksiz haydovchilik mehnat faoliyati 10 yildan ortiq bo‘lgan “B” va “C” toifali haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan shaxslarning haydovchilik guvohnomasini “BE” va “CE” toifaga almashtirish haydovchining mehnat daftarchasidan ko‘chirma asosida nazariy va amaliy imtihon topshirganlaridan so‘ng amalga oshiriladi.
74. Xalqaro haydovchilik guvohnomalari va Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida faqat O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalari avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi.
75. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar vakolatxonalari va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari boshliqlari va boshqa xodimlarining (diplomatik va ma’muriy-texnik xodimlarning), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob bermaydigan milliy haydovchilik guvohnomalari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali YHXBBga murojaat qilish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtiriladi. Xorijiy fuqarolarning ushbu toifasi uchun haydovchilik guvohnomalari imtihonlar topshirilmasdan almashtiriladi.
Tegishli bitim mavjud bo‘lgan taqdirda nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy xodimlariga milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi orqali O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining YHXBBga murojaat qilish va tibbiy ko‘rikdan o‘tish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirilishi mumkin. Xorijiy fuqarolarning ushbu toifasi uchun haydovchilik guvohnomalarini almashtirish imtihonlar topshirilgandan keyin amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
76. Boshqa xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalarini O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirishdan oldin ular YHXBB orqali Tashqi ishlar vazirligida tekshiriladi. Tekshirish natijasida haydovchilik guvohnomalari tasdiqlangan shaxslarning haydovchilik guvohnomasi, ular nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtiriladi.
(76-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-yanvardagi 11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning xorijiy davlatlarda olingan haydovchilik guvohnomalari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirib berilganidan so‘ng xorijiy davlatdan olingan haydovchilik guvohnomalari YHXBB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali haydovchilik guvohnomasini bergan xorijiy davlat tashkilotiga (yuridik shaxsga) yuboriladi.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
6-bob. Haydovchilik guvohnomalari va boshqa blankalarni tayyorlash, ular bilan ta’minlash va hujjatlarni saqlash (hisobini yuritish) tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
77. Milliy haydovchilik guvohnomalari blankalari plastik shaklda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaga muvofiq YHXX buyurtmasiga asosan tayyorlanadi. Buyurtma 6 oylik doimiy zaxira bo‘lishini inobatga olib beriladi.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
78. Milliy haydovchilik guvohnomalarining plastik shakldagi kartochkalari joylardan tushgan buyurtmalarga asosan YHXBB tomonidan tarqatiladi.
79. Milliy haydovchilik guvohnomalari hamda qat’iy hisobot blankalarining kirim va chiqimlari hisobot kitobida qayd etiladi.
80. Milliy haydovchilik guvohnomalarining to‘ldirilmagan plastik kartalari qat’iy hisobot hujjatlari tariqasida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
81. To‘ldirish (yoki chop etish) jarayonida buzilgan milliy haydovchilik guvohnomalarining plastik kartalari bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib hududiy YHXBda komission tartibda yo‘q qilinadi. Dalolatnomaning bir nusxasi YHXXga yuboriladi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
82. Tibbiy ko‘rik xulosasi asosida transport vositalarini boshqarish huquqidan chetlatilgan, yo‘qolgani o‘rniga dublikati berilgandan so‘ng topib olingan, mahrum etilgan muddatdan keyin ikki yil davomida talab qilib olinmagan, vafot etgan fuqarolarning milliy haydovchilik guvohnomalari va eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarining talonlari navbatdagi taftishda belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.
83. Mazkur Nizomda nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish tartibi uchun ko‘zda tutilgan blankalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining YHXBlari tomonidan tayyorlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
84. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish uchun asos bo‘lgan hujjatlar (ariza, eski haydovchilik guvohnomasi, tadbirkorlik subyekti tomonidan rasmiylashtirib berilgan maxsus sertifikat to‘lov qog‘ozlari va boshqalar) hamda o‘quv guruhlaridagi o‘quvchilarning ro‘yxati alohida ish hujjatlari sifatida tikiladi va belgilangan tartibda ikki yil saqlanadi.
(84-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Milliy haydovchilik guvohnomasining o‘rniga yangisi berilganda eski milliy haydovchilik guvohnomasi boshqa asos bo‘luvchi hujjatlar bilan birga tikiladi.
Imtihon olish komissiyasi bayonnomalari — o‘n yil, milliy haydovchilik guvohnomalarini berish kitobi — oltmish yil hududiy YHXBning RvaIOBlarida belgilangan tartibda saqlanadi.
Avtomotoransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ulardan imtihon olish, milliy haydovchilik guvohnomalarini berish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ish yuritish hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunalar asosida olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga
21-ILOVA
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar (keyingi o‘rinlarda — imtihonlar) o‘tkazish bilan bog‘liq davlat xizmatlarining tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — tadbirkorlik subyektlari) tomonidan ko‘rsatilishi tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Imtihonlarni o‘tkazish ushbu davlat xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan to‘lov asosida amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tadbirkorlik subyektlarida “A1”, “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va “DE” toifali transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun imtihonlar o‘tkaziladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
4. Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
5. Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini olish istagida bo‘lgan shaxs (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchi shaxs) imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektiga bevosita yoki onlayn murojaat (keyingi o‘rinlarda — ariza) qiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ariza beruvchi shaxs “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 44-moddasida belgilangan yoshga to‘lgan bo‘lishi va quyidagi hujjatlarni qog‘oz yoki elektron shaklda taqdim etishi kerak:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
a) ariza (shakli tadbirkorlik subyekti tomonidan belgilanadi va u axborot stendida yoki veb saytda joylashtiriladi);
b) fuqarolik pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi (shaxsini tasdiqlovchi) boshqa rasmiy hujjat nusxasi;
v) sog‘lig‘i va tegishli toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-oktabrdagi 642-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2025-y., 09/25/642/0941-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha tasdiqlangan yagona o‘quv dasturiga kiritilgan fanlarning to‘liq o‘zlashtirilishini taqozo etgan ixtisosliklar bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tugatganligi to‘g‘risidagi diplom va o‘quv dasturidagi fanlarni o‘zlashtirganligi to‘g‘risidagi diplom ilovasining nusxalari;
(6-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
e) haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar haydovchilik guvohnomasini almashtirish, qo‘shimcha toifa olish va mavjud toifa bo‘yicha malakasini tasdiqlash uchun imtihondan o‘tkazilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda mazkur bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlarida belgilangan hujjatlar bilan birga haydovchilik guvohnomasi nusxasi;
j) transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etiladigan va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda mazkur bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlarida belgilangan hujjatlar bilan birga vakolatli ichki ishlar organining imtihonga yo‘llanmasi nusxasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda ariza beruvchi shaxs “Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 44-moddasida belgilangan yoshga to‘lgan bo‘lishiga doir talabdan chetga chiqilishi mumkin.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
7. Ariza tushgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida (ish kuni bo‘lmagan kunlar bundan mustasno) tadbirkorlik subyektining mas’ul xodimi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ariza beruvchi shaxsning elektron manzili (yoki telefon raqami)ga imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqti, shartlari va to‘lov miqdori to‘g‘risida elektron xabar yuboriladi.
8. Ariza beruvchi shaxs tomonidan imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun belgilangan to‘lovning amalga oshirilishi uning davlat xizmatlarini ko‘rsatish shartlariga roziligini ifodalaydi. To‘lov tasdiqlangach, imtihonlarni topshirish vaqti rezerv qilinadi.
9. Imtihonlar uchun rezerv qilingan vaqtga o‘zgartirish kiritish (faqat boshqa kunga kechiktirish) ariza beruvchi shaxs tomonidan davlat xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektining veb saytida amalga oshirilishi mumkin. Imtihonlar uchun rezerv qilingan vaqtga 24 soatdan kam vaqt qolgan holatlar bundan mustasno.
10. Fors-major holatlarda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining kechiktirilishi haqida ariza beruvchi shaxsga 24 soat ichida elektron xabar beriladi.
Fors-major holatlar bartaraf etilgandan so‘ng ariza beruvchi shaxsga imtihonlar uchun rezerv qilingan vaqt to‘g‘risida ikki ish kuni ichida elektron xabar beriladi.
11. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish rad etilganida ariza beruvchi shaxsga rad etish sabablari asoslangan va qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda elektron xabar beriladi.
3-bob. Imtihonlarni o‘tkazish tartibi
12. Tadbirkorlik subyektining veb sayti orqali murojaat etgan va davlat xizmatini ko‘rsatish shartlari asosida belgilangan to‘lovni amalga oshirgan ariza beruvchilar (keyingi o‘rinlarda — haydovchilikka nomzodlar) imtihonlarga kiritiladi.
13. Imtihon topshirish uchun belgilangan (rezerv qilingan) vaqtda belgilangan manzilga kelgan haydovchilikka nomzodlar mazkur Nizomning 6-bandi “b” — “j” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etadi. Ushbu hujjatlar imtihon o‘tkazishga doir ish yuritish hujjatlaridagi ma’lumotlar bilan taqqoslanib, so‘ngra egasiga qaytariladi.
14. Imtihonlar avtomatlashtirilgan imtihon tizimi (keyingi o‘rinlarda — AIT)da avval nazariy, so‘ng amaliy ketma-ketlikda o‘tkaziladi.
15. Nazariy imtihonda haydovchilikka nomzodning yo‘l harakati qoidalari va o‘quv dasturida nazarda tutilgan boshqa fanlar bo‘yicha bilimlari, amaliy imtihonda esa avtomototransport vositasini boshqarish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi va baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Nazariy imtihonni topshira olmagan shaxs amaliy imtihonga qo‘yilmaydi, nazariy imtihon o‘tkazilishi nazarda tutilmagan holatlar bundan mustasno. Takroriy amaliy imtihonlar oldingi imtihonlardan so‘ng kamida yetti kun o‘tgandan keyin, nazariy imtihonlar esa keyingi ish kunida o‘tkazilishi mumkin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
17. Nazariy imtihonlarda olingan ijobiy baho ikki oy davomida haqiqiy hisoblanadi. Agar haydovchilikka nomzod ushbu muddatda amaliy imtihonlarni topshira olmasa, uning nazariy imtihonda olgan ijobiy bahosi ham bekor qilinadi.
18. Haydovchilikka nomzodning nazariy va amaliy imtihonlari natijalari bo‘yicha haydovchining imtihon varaqasi va imtihon natijalari bayonnomasi avtomatik tarzda elektron ko‘rinishda shakllantiriladi.
Haydovchining imtihon varaqasi va imtihon natijalari bayonnomasi ushbu Nizomga 2-3-ilovalarga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
19. Nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan haydovchilikka nomzodlarga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq maxsus sertifikat rasmiylashtirib beriladi.
Maxsus sertifikatning barcha rekvizitlari ichki ishlar organlari va davlat xizmatlari markazlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etiladi.
Maxsus sertifikat berilgan kundan boshlab bir yil davomida vakolatli davlat organida milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
1-§. Nazariy imtihonni o‘tkazish tartibi
20. Nazariy imtihon AITning nazariy imtihon olish zali (xonasi)da joylashtiriladigan avtomatlashtirilgan ish joyi (imtihon kabinasi)dan foydalangan holda o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
201. Nazariy imtihon savollari Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
21. Nazariy imtihon test shaklida o‘tkaziladi.
22. Nazariy imtihonni o‘tkazishda imtihon topshiruvchi haydovchilikka nomzod AIT tomonidan belgilanadigan avtomatlashtirilgan ish joyi (keyingi o‘rinlarda — AIJ)ni egallaydi.
23. Nazariy imtihon boshlanishidan oldin AIJ monitorida:
ushbu AIJning raqami;
imtihon qaysi toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish huquqini berish uchun topshirilayotganligi;
haydovchilikka nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismi (bor bo‘lsa), tug‘ilgan yili ko‘rsatiladi.
24. Nazariy imtihon 20 ta elektron (animatsion) test savollaridan tuzilgan, har bir savolga 2 — 5 ta javob variantlari keltirilgan, javoblardan 1 tasi to‘g‘ri bo‘lishi kerak.
25. Haydovchilikka nomzodning xohishiga ko‘ra nazariy imtihon o‘zbek, rus va qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida) tillaridan birida topshirilishi mumkin. Agar boshqa xorijiy tilda nazariy imtihon topshirish zarurati paydo bo‘lsa, tarjimon yollashga ruxsat etiladi.
26. Imtihon savollari AITda shakllantiriladi hamda haydovchilikka nomzod tomonidan AIJ klaviaturasidagi tegishli klavish bosilgach, monitor ekraniga chiqadi.
27. Imtihon savollariga javob berish (to‘g‘ri javob variantini tanlash) uchun haydovchilikka nomzodga 25 daqiqa vaqt beriladi. Imtihon xronometraji AIT tomonidan yuritiladi, ushbu vaqt tugagach, imtihon avtomatik tarzda to‘xtatiladi.
28. Imtihon savollariga javob berish ketma-ketligi haydovchilikka nomzod tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
29. Imtihon jarayonida klavishni bexosdan bosib yuborish oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan munozarali holatlarning oldini olish uchun imtihon topshirayotgan haydovchilikka nomzod klavishni takroriy bosish orqali o‘zi tanlagan javob variantlarini tasdiqlaydi.
30. Imtihon topshiruvchi haydovchilikka nomzod tomonidan barcha imtihon savollariga javob berib bo‘linganda yoki imtihonga ajratilgan vaqt yakuniga yetganida nazariy imtihon natijasi, barcha savollarga berilgan javoblarning to‘g‘ri/noto‘g‘riligi va sarflangan vaqtga doir ma’lumot monitor ekraniga chiqariladi. Ekranga, shuningdek, o‘tkazilgan imtihon natijalari bo‘yicha AITda shakllantirilgan imtihon varaqasining elektron shakli ham chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Nazariy imtihon natijalari AIT tomonidan avtomatik tarzda baholanadi. Bunda haydovchilikka nomzod imtihon uchun ajratilgan vaqtda imtihon savollarining:
18 ta (“A1” toifa uchun 16 ta) va undan ko‘piga to‘g‘ri javob bersa — “topshirdi”;
18 tadan (“A1” toifa uchun 16 tadan) kamiga to‘g‘ri javob bersa — “topshirmadi” yakuniy bahosi AIT tomonidan avtomatik tarzda qo‘yiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
311. Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar uchun, ma’muriy jazo muddati tugagandan keyin:
nazariy imtihon savollari 50 ta etib belgilanadi;
imtihon savollariga javob berish (to‘g‘ri javob variantini tanlash) uchun 45 daqiqa vaqt beriladi;
ushbu vaqtda savollarning:
46 ta va undan ko‘piga to‘g‘ri javob bersa — “topshirdi”;
46 tadan kamiga to‘g‘ri javob bersa — “topshirmadi” yakuniy bahosi AIT tomonidan avtomatik tarzda qo‘yiladi.
(311-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
32. Imtihon topshirish jarayonida haydovchilikka nomzodlarga biror-bir adabiyot, mobil aloqa, texnik yoki boshqa axborot vositasidan foydalanishga, imtihon o‘tkazish jarayoniga daxldor bo‘lmagan shaxslar hamda boshqa haydovchilikka nomzodlar bilan muloqotga kirishishga ruxsat etilmaydi.
Bunday holatlar aniqlangan taqdirda, imtihon AIT (DYHXX mas’ul xodimi, kuzatuvchi, operator) tomonidan to‘xtatiladi (agar imtihonlar yakuni bo‘yicha elektron bayonnoma chop etilgan taqdirda, DYHXX mas’ul xodimi tomonidan mazkur bayonnoma haqiqiy emas deb topilib bekor qilinadi), uni sodir etgan imtihon topshiruvchi haydovchilikka nomzod imtihondan chetlashtirilib, “topshirmadi” yakuniy bahosi qo‘yiladi.
33. Nazariy imtihon jarayonida AITda nosozliklar mavjudligi aniqlanganda (yoki yuzaga kelganda) haydovchilikka nomzodlarga qo‘yilgan yakuniy baho bekor qilinib, imtihon nosozlik bartaraf etilgandan so‘ng takroran (yangidan) o‘tkaziladi.
34. Nazariy imtihon natijasi bo‘yicha haydovchining imtihon varaqasi va imtihon natijalari bayonnomasi avtomatik tarzda elektron ko‘rinishda shakllantiriladi, QR kod bilan tasdiqlanadi, haydovchining imtihon varaqasi qog‘ozga chop etilib, imtihon topshirgan haydovchilikka nomzodga taqdim etiladi. Nazariy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan haydovchilikka nomzodlarning amaliy imtihonni topshirish muddati (navbati) va vaqti AITda avtomatik tarzda belgilanadi.
2-§. Amaliy imtihonni o‘tkazish tartibi
35. Amaliy imtihon tegishli (imtihon qaysi toifali avtomototransport vositasini boshqarish huquqini olish uchun topshirilayotgan bo‘lsa) toifaga mansub bo‘lgan hamda bajarilgan amaliy boshqaruv mashqlari natijalarini avtomatik tarzda qayd etib boruvchi qurilmalar bilan jihozlangan maxsus avtomototransport vositasida (keyingi o‘rinlarda — avtomatlashtirilgan maxsus transport vositasi) o‘tkaziladi.
36. Barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqi uchun amaliy imtihon avtomatlashtirilgan avtodrom sharoitida sinovdan o‘tkaziladi va baholanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Amaliy imtihon o‘tkaziladigan transport vositalarining jihozlanishi hamda avtomatlashtirilgan avtodrom Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazishda foydalaniladigan obyektlarning jihozlanishiga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Avtomototransport vositalari toifalari bo‘yicha amaliy imtihonda bajariladigan sinov mashqlari ro‘yxati Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
39. Amaliy imtihon olish jarayonida bajarilgan har bir sinov mashqi hamda yakuniy natijalarning inson omilisiz baholanishi, ularga o‘zgartirish kiritish imkoniyatining to‘liq cheklanganligi AITda avtomatik nazorat qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Amaliy imtihonlar yo‘l harakati qoidalari talablariga muvofiq bo‘lgan, boshqarishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan transmissiyasi (uzatmalar qutisi) mexanik uzatmali bo‘lgan avtotransport vositalarida o‘tkaziladi.
(40-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Amaliy imtihon olinadigan transport vositasining texnik holati imtihon boshlanishidan oldin tadbirkorlik subyektining mas’ul xodimi tomonidan nazoratdan o‘tkaziladi, bu haqida transport vositasining yo‘l varaqasiga tegishli belgi qo‘yiladi.
41. Avtomatlashtirilgan avtodromda yuzaga kelgan texnik nosozliklar sababli uzoq (yetti kundan ko‘p) muddat avtomatlashtirilgan avtodrom tizimida imtihon olish imkoni bo‘lmagan taqdirda, amaliy imtihonlar Davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek, imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risida nizomda belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Bunday imtihonlar tadbirkorlik subyektining obyektlarida (avtodromida) o‘tkazilgan taqdirda, imtihon komissiyasi tarkibiga avtomatlashtirilgan avtodromning xodimi (haydovchi instruktor, usta) kiritiladi.
42. Amaliy imtihonlarni boshlashdan oldin avtomatlashtirilgan avtodromning sozligi, yo‘l harakatini tashkil etish texnik vositalarining to‘liq va to‘g‘ri o‘rnatilganligi, sozligi AITdagi tegishli test dasturlari yordamida tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qaroriga asosan 2023-yil 19-noyabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son)
44. Transport vositasini amaliy boshqarish bo‘yicha ko‘nikmalarni avtomatlashtirilgan avtodrom sharoitida baholash haydovchilikka nomzodning sinov mashqlarini bajarishi natijalariga ko‘ra AIT tomonidan inson omilisiz amalga oshiriladi.
45. Avtomatlashtirilgan avtodrom va tizimlarining sozligi avtomatik tarzda uzluksiz nazorat qilinishi, nosozliklar yuzaga kelganda bu haqidagi ma’lumot (axborot, ishora) avtodrom dispetcherlik punkti ishchi o‘rnidagi monitorga chiqarilishi, amaliy imtihonlar nosozlik bartaraf etilgunga qadar to‘xtatilishi, yakunlanmagan sinov mashqlari natijalari bekor qilinishi kerak.
46. O‘tkazilgan amaliy imtihonlarning yakuniy natijasiga ko‘ra haydovchilikka nomzodning transport vositasini boshqarish ko‘nikmasi AIT tomonidan avtomatik tarzda quyidagicha baholanadi: ijobiy natija bo‘yicha “topshirdi”, salbiy natijaga esa “topshirmadi”.
47. Haydovchilikka nomzodning o‘tkazilgan amaliy imtihon bo‘yicha bahosi AITda bir yil muddat saqlanadi, haydovchining imtihon varaqasi va imtihon natijalari bayonnomasi avtomatik tarzda elektron ko‘rinishda shakllantiriladi, QR kod bilan tasdiqlanadi, haydovchining imtihon varaqasi qog‘ozga chop etilib, imtihon topshirgan haydovchilikka nomzodga taqdim etiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
48. Tadbirkorlik subyekti tomonidan avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar to‘lovlar asosida ko‘rsatiladi.
49. Imtihon o‘tkazish uchun undiriladigan to‘lov miqdori tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
50. Mazkur Nizomning 41-bandiga muvofiq tadbirkorlik subyektining obyektlarida o‘tkaziladigan imtihonlar uchun to‘lov miqdori O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
51. To‘lov har bir imtihon uchun alohida oldindan amalga oshiriladi. Haydovchilikka nomzodning to‘lovni amalga oshirgani axborot tizimlari orqali tekshirilib, tasdiqlangach u imtihonga kiritiladi.
52. O‘tkazilgan imtihon natijalaridan qat’i nazar, to‘lovlar qaytarilmaydi. Haydovchilikka nomzod imtihon uchun belgilangan (rezerv qilingan) vaqtda imtihonga uzrli sabablarsiz (kasallik yoki hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa holatlarda) kelmasa yoki kech qolsa, davlat xizmati ko‘rsatilgan hisoblanadi. Uzrli sabablarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda to‘lov to‘langan hisoblanadi hamda imtihonni qayta topshirishga ruxsat etiladi.
53. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlardan tushgan mablag‘lar to‘liq hajmda tadbirkorlik subyekti ixtiyorida qoladi.
54. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga doir tartib-taomillar (murojaatlarni qabul qilish, qayd etish, ko‘rib chiqish, imtihonlarni tashkil etish, o‘tqazish, baholash mezonlari, axborot almashinuvi, ish yuritish va boshqa ma’muriy taomillar) mustaqil ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Mazkur Nizomning 18, 38 va 43-bandlarida belgilangan normalar vakolatli ichki ishlar organi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kelishiladi.
55. Mazkur Nizom qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining XI bobi.
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Haydovchilik guvohnomasini olish uchun tadbirkorlik subyektiga bevosita yoki onlayn murojaat qiladi.

2. Tegishli hujjatlarni qog‘oz yoki elektron shaklda taqdim etadi.

Zarurat bo‘lganda

2-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

1. Ariza tadbirkorlik subyektining mas’ul xodimi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

2. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ariza beruvchi shaxsning elektron manzili (yoki telefon raqami)ga imtihonlarni o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqti, shartlari va to‘lov miqdori to‘g‘risida elektron xabar yuboradi.

Ariza tushgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida

3-bosqich

Ariza beruvchi

Imtihonlarni topshirish uchun belgilangan miqdordagi to‘lov amalga oshiriladi.

1 kun ichida

4-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

To‘lov tasdiqlangach, imtihonlarni topshirish vaqti rezerv qilinadi va bu haqda tizim orqali xabarnoma yuboradi.

24 soat ichida

5-bosqich

Ariza beruvchi

Xabarnomada ko‘rsatilgan joyga belgilangan sana va vaqtda borib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshiradi.

Xabarnomada belgilangan sana va vaqtda

6-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

1. Imtihonlardan ijobiy o‘tgan taqdirda, milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun maxsus sertifikat beradi.

2. Berilgan sertifikat to‘g‘risida DYHXX va Davlat xizmatlari markaziga elektron tarzda ma’lumot jo‘natadi.

Shu kunning o‘zida

7-bosqich

Ariza beruvchi

1. Maxsus sertifikat va tegishli hujjatlar bilan DYHXX yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi.

2. Belgilangan to‘lovni amalga oshiradi.

Shu kunning o‘zida

8-bosqich

DYHXX yoki Davlat xizmatlari markazi

1. Maxsus sertifikatni va milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun haydovchilikka nomzodlar taqdim etishi belgilangan hujjatlarni qabul qiladi.

2. Taqdim etilgan hujjatlarning haqiqiyligini ma’lumotlar bazasidan tekshiradi.

3. Ariza beruvchini fotosuratga tushiradi.

4. Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirib, ariza beruvchiga taqdim etadi.

Shu kunning o‘zida

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

Imtihon natijalari bayonnomasi

№ _______________

(sana, vaqt)

Imtihon o‘tkazilgan AIT _____________________________________________________________________________

DYHXX mas’ul xodimi _______________________________________________________________________________

AIT videokuzatuvchisi _______________________________________________________________________________

AIT operatori ______________________________________________________________________________________

Avtomatlashtirilgan avtodrom dispetcheri_____________________________________________________________



T/r

Haydovchilikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi

Qaysi toifaga imtihon topshirgan

Haydovchilikka nomzod o‘qigan o‘quv tashkiloti

Nazariy imtihon

Amaliy imtihon

Maxsus sertifikat rekvizitlari

Nechanchi marta

bahosi

Nechanchi marta

bahosi

1.

2.

3.

...

25.


QR kod

(3-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik to‘g‘risida maxsus sertifikat
NAMUNASI
Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik haqida maxsus sertifikatning
tavsifi
Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganligi haqida maxsus sertifikat (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) 148x210 mm (A6) o‘lchamda elektron shaklda tayyorlanib, oddiy qog‘ozda chop etiladi.
Lotin yozuvidagi davlat tilidan hamda rus va ingliz tillaridan foydalaniladi. Seriya va raqami o‘n to‘rt sondan iborat.
Sertifikat maxsus vositalar (dasturlar) yordamida o‘qish mumkin bo‘lgan QR kod bilan himoyalanadi.
Sertifikatning old tomonida “Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik haqida maxsus “SERTIFIKAT” so‘zlari, shuningdek, sertifikat berilgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili/kuni/oyi), imtihon qaysi toifadagi transport vositasini boshqarish uchun topshirilganligi, uni rasmiylashtirgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning nomi, berilgan joyi, vaqti va amal qilish muddati majburiy tartibda ko‘rsatiladi, imtihon topshirgan shaxsning imzosi uchun joy mavjud.
(4-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga
3-ILOVA
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi barcha (yangi ochilayotgan) davlat ta’lim muassasalari va nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda o‘quv tashkilotlari deb ataladi) uchun yagona va rioya etilishi majburiy hisoblanadi.
2-bob. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish
2. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash quyidagi ta’lim tizimidan iborat:
a) o‘quv tashkilotlarida “A”, “B”, “C” toifalaridagi avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish uchun shaxslarni tayyorlash, “C”, “D”, “BE”, “CE”, “DE” toifalardagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun shaxslarni qayta tayyorlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlagan o‘quv rejasiga va fanlarning o‘quv dasturlariga muvofiq olib boriladi.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash:
sog‘lig‘i va tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarishga yaroqli bo‘lgan;
ma’lumoti umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumotdan kam bo‘lmagan;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘quv muddati yakunida “A” toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 16 yoshga; “B”, “C” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 18 yoshga; “D” toifadagi avtotransport vositalarini hamda tramvay va trolleybuslarni boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun — 21 yoshga to‘lgan shaxslar bilan olib boriladi;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
b) o‘quv tashkilotlarida “B” va (yoki) “C” va (yoki) “D” toifasidagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan haydovchilarni boshqa toifadagi transport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun qayta tayyorlash belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlagan o‘quv rejasi va fanlarning o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Belgilangan tartibda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash xizmatlari ko‘rsatish vakolati berilgan davlat ta’lim muassasalarida faqat ushbu ta’lim muassasasida ta’lim oluvchilarni haydovchilikka tayyorlash va qayta tayyorlashga ruxsat etiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan yengil avtomobillarni boshqarishga layoqatli deb topilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni haydovchilikka tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — YHXX) bilan kelishilgan, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar ishtirokida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv rejasi va fanlarning o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi. Kar va kar-soqov shaxslarni haydovchilikka tayyorlash umumiy o‘quv dasturlari asosida surdo tarjimon yordamida amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tramvay, trolleybus va bo‘g‘imli trolleybuslarni boshqarish huquqini berish uchun haydovchilarni tayyorlash YHXX bilan kelishilgan, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan o‘quv reja va fanlarning o‘quv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muddatlari davlat ta’lim talablariga hamda tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlariga muvofiq belgilanadi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 85-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2024-y., 09/24/85/0115-son)
6. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv tashkilotida olib borilayotgan ishlar ushbu tashkilot rahbari tomonidan nazorat qilib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha davlat ta’lim muassasalari va ushbu ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati uchun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan berilgan litsenziyaga ega bo‘lgan nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar hududiy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda YHXB deb ataladi) ro‘yxatlash va imtihon olish bo‘limi yoki bo‘linmalarida (keyingi o‘rinlarda RvaIOB deb ataladi) hisobga olingan bo‘lishlari shart.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
8. “A”, “B”, “C” toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish uchun shaxslarni tayyorlash, “C”, “D”, “BE”, “CE”, “DE” toifalardagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun haydovchilarini qayta tayyorlash uchun nomzodlarni o‘quv tashkilotiga qabul qilish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
a) jismoniy shaxs arizasi yoki buyurtmachi — tashkilot yo‘llanmasi (ular tomonidan o‘qishga yuborilgan shaxslar uchun);
b) sog‘lig‘i va tegishli toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarishga yaroqliligi to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma;
v) 3x4 santimetr hajmdagi 3 dona fotosurat (fuqaro kiyimida);
g) ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
d) pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning “v” va “g” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar barcha davlat ta’lim tashkilotlari tomonidan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
9. Haydovchilarni “C” toifadagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun qayta tayyorlashda, ular tomonidan ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari “B” yoki “D” toifadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, “BE”, “CE” yoki “DE” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini berish uchun qayta tayyorlashda esa tegishli ravishda “B”, “C” yoki “D” toifasidagi milliy haydovchilik guvohnomasi ham taqdim etiladi.
Haydovchilarni “D” toifasidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lish uchun qayta tayyorlashda ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari, “B” va (yoki) “C” toifalaridagi avtotransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasi hamda kamida uch yillik haydovchilik staji mavjudligini tasdiqlovchi hujjat ham taqdim etiladi.
Nomzodlarni o‘qishga qabul qilish, guruhdan guruhga o‘tkazish, ro‘yxatdan chiqarish va o‘qishni tugatganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘quv tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘quv tashkilotidagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha yig‘ilgan o‘quv guruhlaridagi nomzodlar soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv xonalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik Reglament talablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Lekin mazkur yo‘nalish guruhlaridagi nomzodlarning soni 25 kishidan oshmasligi lozim. Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash o‘quv guruhlari ularda o‘qish boshlanishidan oldin DYHXXda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Avtomototransport vositalari haydovchilarini malaka oshirish bo‘yicha yig‘ilgan o‘quv guruhlaridagi nomzodlar soni 30 kishidan oshmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ta’lim jarayoni nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlardan, avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalarini boshqarish hamda birinchi tibbiy yordam bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
Ta’lim jarayonining tuzilishi va mazmuni avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv rejasi va dasturlari bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
111. Mashg‘ulotlarning tashkil etilishi shakllaridan qat’i nazar, avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarida umumiy o‘quv yuklamasining hajmi haftasiga 20 soatgacha, o‘quv yuklamasining bajarilishidan kelib chiqqan holda auditoriyada o‘tkaziladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning kundalik hajmi 4 soatgacha rejalashtiriladi.
Auditoriya mashg‘ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa davom etadigan dars juftligi belgilanadi.
Avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish uchun ajratilgan amaliy mashg‘ulotlarning kundalik hajmi har bir instruktor uchun 8 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi
Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar hamda avtomototransport vositalarini boshqarishni o‘rgatish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv yuklamasining hajmi har bir toifa bo‘yicha alohida tuzilib, belgilangan tartibda tasdiqlangan o‘quv rejasi va fanlarning o‘quv dasturlaridan kelib chiqqan holda quyidagi hajmlarda belgilanadi:
“A” toifali mototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 9 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 180 soatdan, “A” toifali mototransport vositalarini amaliy boshqarish — 20 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
“B” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 18 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 216 soatdan, “B” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 69 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
“C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 22 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 264 soatdan, “C” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 69 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
“B” “C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 24 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 288 soatdan, “B” “C” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 72 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
avtotransport vositalari haydovchilarini “C” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 7 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 140 soatdan, “C” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 20 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
avtotransport vositalari haydovchilarini “D” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 10 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 200 soatdan, “D” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 60 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
“B” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “BE” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 7 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 140 soatdan, “BE” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 20 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
“C” yoki “B” va “C” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “CE” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 7 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 140 soatdan, “CE” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 20 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
“D”, “B” va “D”, “C” va “D” yoki “B”, “C” va “D” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini “DE” toifaga qayta tayyorlash kursining o‘qish muddati 6 haftadan kam bo‘lmasligi va bunda auditoriyadagi dars yuklamasi — 120 soatdan, “DE” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 26 soatdan kam bo‘lmasligi lozim.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
112. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazlarida “S” va “V” “S” toifali avtotransport vositalari haydovchilari mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlanadigan va faqat chaqiriluvchilardan tashkil topgan o‘quv guruhlari uchun o‘quv yuklamasining hajmi haftasiga 30 soatgacha, o‘quv yuklamasining bajarilishidan kelib chiqqan holda, auditoriyada o‘tkaziladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning kundalik hajmi 6 soatgacha rejalashtiriladi. Bunda:
“S” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 12 haftadan kam bo‘lmasligi va auditoriyadagi dars yuklamasi — 264 soatdan, “S” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 69 soatdan kam bo‘lmasligi lozim;
“V” “S” toifali avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kursining o‘qish muddati 12 haftadan kam bo‘lmasligi va auditoriyadagi dars yuklamasi — 288 soatdan, “V” “S” toifali avtotransport vositalarini amaliy boshqarish — 72 soatdan kam bo‘lmasligi lozim.
(112-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-dekabrdagi 859-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son)
12. O‘quv rejasi va dasturlarida nazarda tutilgan barcha mashg‘ulotlar tasdiqlangan dars jadvaliga asosan, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish bo‘yicha mashg‘ulotlari — tasdiqlangan grafik bo‘yicha hududiy YHXB bilan kelishilgan yo‘nalishlarda o‘tkaziladi.
13. Nazariy mashg‘ulotlar o‘quv jurnallari yoki elektron o‘quv jurnallarida qayd etiladi, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar esa — yo‘l varaqalarida qayd etiladi. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish bo‘yicha o‘quv avtomobillarida hamda avtotrenajyorlarda o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar haydovchilikka nomzodning mashg‘ulotlarni hisobga olish shaxsiy kitobchasida ham qayd etiladi.
3-bob. O‘quv tashkilotlarining avtomototransport va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarini tashkil etish va faoliyatini nazorat qilish
14. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi barcha o‘quv tashkilotlarining faoliyatini nazorat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi barcha o‘quv tashkilotlari, ularning tegishli muvofiqlashtiruvchi yoki yuqori tashkilotlari:
haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini yaxshilash va ta’lim-tarbiya tadbirlarini amalga oshirishni ta’minlaydi;
o‘quv tashkilotlarining moddiy-texnika va o‘quv-metodik bazasini mustahkamlash, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini nazorat qiladi;
avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish uchun ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va tavsiyanomalar tayyorlashda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘quv tashkilotlarida xodimlarni, o‘qituvchi, instruktor va boshqa mutaxassis xodimlarning attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshiradi;
(15-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
boshqa o‘quv tashkilotlarining erishgan yutuqlarini o‘rganadi va targ‘ib qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
151. O‘qituvchi va instruktorlarning malakasini oshirish har uch yilda bir marotaba Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan to‘lov — shartnoma asosida amalga oshiriladi va malaka oshirilganligi to‘g‘risida maxsus sertifikat beriladi.
(151-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
16. Rahbar xodimlar, o‘qituvchi va instruktorlarning asosiy vazifalari malaka tavsifnomalarida aks ettirilib, tasdiqlangan qoida va yo‘riqnomalarda bayon etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transporti vositasini boshqarish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar instruktori lavozimiga avtotransport sohasi bo‘yicha o‘rta maxsus yoki oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, tegishli toifadagi avtomototransport vositalari yoki shahar elektr transporti vositasini boshqarish bo‘yicha uzluksiz uch yil (“D” toifasidagi avtotransport vositasi bo‘yicha — uzluksiz besh yil) stajga, shuningdek, avtomototransport vositasi yoki shahar elektr transporti vositasini boshqarishni o‘rgatish uslubi bo‘yicha kurslarni tugatganligi haqidagi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Avtomototransport vositalarining va shahar elektr vositalarining tuzilishi va ularga texnik xizmat ko‘rsatish fanidan dars beruvchilar avtotransport sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Yo‘l harakati qoidalari, avtomototransport vositalarini boshqarish asoslari va yo‘l harakati xavfsizligi fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchilar, qo‘shimcha ravishda, avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishlari shart.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
181. Yo‘l-transport hodisasida birinchi yordam fanidan dars beruvchilar sifatida tibbiyot ixtisosligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotga yoki “Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish” bo‘yicha instruktor (paramedik) malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.
(181-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. O‘quv tashkilotlarining xodimlari, o‘qituvchi, instruktorlari hamda boshqa mutaxassis xodimlari tashkilotning muvofiqlashtiruvchi yoki yuqori tashkilotlari tomonidan kasbiy yaroqliligi bo‘yicha kamida 3 yilda bir marta attestatsiya sinovlaridan o‘tkaziladi. Xususiy mulk asosida tashkil etilgan va muvofiqlashtiruvchi yoki yuqori tashkilotlari mavjud bo‘lmagan o‘quv tashkilotlari tegishli mutaxassis xodimlarining kasbiy yaroqliligi belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan attestatsiyada aniqlanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-avgustdagi 396-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son — 2023-yil 19-noyabrdan kuchga kiradi)
20. Quyidagilar:
yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda qisqa muddatli ijara (prokat) va lizing asosida avtotransport vositalarini boshqarayotgan jismoniy shaxslar bundan mustasno) ikki yilda bir marta;
avtotransport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan shaxslar ma’muriy jazo ijro etilganidan keyin va haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihon topshirishidan oldin malaka oshirishlari shart.
Malaka oshirish yakuni bo‘yicha haydovchiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan shaklda tegishli sertifikat beriladi.
Yuridik shaxslarni avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirishlari ish beruvchining, boshqa shaxslarning esa — o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
4-bob. O‘quv tashkilotlarining moddiy-texnika va o‘quv-metodik bazasi
Oldingi tahrirga qarang.
21. Tegishli toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi o‘quv tashkilotlarining moddiy-texnika va o‘quv-metodik bazasi davlat ta’lim talablariga mos bo‘lishi kerak. O‘quv tashkilotining unga mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan o‘quv xonalari, ulardagi jihozlar va o‘quv avtomototransport vositalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. O‘quv avtomototransport vositalari uning mulkdori bo‘lgan o‘quv tashkiloti yoki undan ijara shartnomasi asosida foydalanayotgan shaxslar tomonidan davlat ta’lim talablariga muvofiq saqlanishi shart.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
22. O‘quv tashkilotining hamda ijara shartnomasi asosida foydalanilayotgan avtomototransport vositalari yonilg‘i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqa asbob-uskunalar bilan tashkilot tomonidan ta’minlanishi shart.
23. O‘quv tashkilotiga qarashli va ijara shartnomasi asosida foydalanilayotgan barcha o‘quv avtomototransport vositalari belgilangan tartibda YHXBning RvaIOBda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
231. O‘quv tashkilotlari o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olishni, hisobini yuritishni, o‘quv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish orqali ularning ta’lim jarayonidagi ishtirokini (davomatini) uzluksiz nazorat qilishni, yakuniy imtihonlarning shaffof o‘tkazilishi va natijalarining xolisonaligini nazorat qilishni, haydovchilikka nomzodlar, ularga haydovchilarni tayyorlash (qayta tayyorlash) o‘quv dasturi bo‘yicha o‘qishni tamomlaganligi haqidagi beriladigan yagona namunadagi elektron tasdiqnoma to‘g‘risida elektron ma’lumotlar bazasini yuritishni ta’minlovchi moddiy-texnik bazaning mavjud bo‘lishi hamda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — DYHXX) avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga ushbu ma’lumotlarni real vaqt rejimida kiritib borish imkoniyati yaratilgan bo‘lishi shart.
(231-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
5-bob. O‘quv tashkilotlarini bitirish imtihonlari
Oldingi tahrirga qarang.
24. O‘quv tashkilotining avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash yakuni bo‘yicha bitirish imtihonlarini ijobiy topshirgan nomzodlar milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar topshiradi.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son)
Haydovchilarning malaka oshirish kurslarida bilimlarni o‘zlashtirishini aniqlash uchun o‘quv tashkilotida yakuniy imtihonlar animatsiya effektlariga ega bo‘lgan test dasturida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘quv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash yakuni bo‘yicha bitiruvchilardan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, bemorni to‘g‘ri transportirovka qilish ko‘nikmalari yuzasidan amaliy imtihonlar qabul qilinadi.
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy imtihonlarning mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 429-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son)
25. Yakuniy nazorat va sinovlarni tashkil qilish va o‘tkazish avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi o‘quv tashkilotlari yoki ularning muvofiqlashtiruvchi va yuqori tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan yo‘riqnomalarda belgilanadi.
O‘quv tashkilotida imtihonlarni qabul qilish uchun rahbar buyrug‘i bilan rais va ikki kishidan iborat imtihon komissiyasi tuziladi. Qo‘shimcha ravishda komissiya a’zolari tarkibiga o‘qituvchilar, instruktorlar, agar haydovchilar tashkilot uchun tayyorlanayotgan bo‘lsa, shu tashkilotning vakili ham kiritilishi mumkin.
26. Imtihonlarga qo‘yiladigan nomzodlar tasdiqlangan o‘quv rejasi va fanlarning o‘quv dasturlarini to‘liq tugatgan va barcha fanlardan ijobiy yakunlovchi baholar olgan bo‘lishlari kerak.
Nomzodlarning nazariy fanlardan olgan bilimi besh ballik baho mezoni bilan, amaliy egallagan mahorati va tajribasi “topshirdi” yoki “topshirmadi” mezoni bilan baholanadi.
27. Barcha toifadagi avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv guruhlarining nazariy imtihonlari tasdiqlangan imtihon savollari asosida o‘tkaziladi.
28. Imtihonlar natijasi haqida imtihon komissiyasi raisi va a’zolari tomonidan bayonnoma tuziladi, o‘quv tashkilotining rahbari tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash imtihon komissiyasi bayonnomalarining saqlanish muddati — 5 yil.
Oldingi tahrirga qarang.
29. O‘quv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga o‘quv tashkiloti tomonidan imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan ta’limni bitirganlik haqidagi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq yagona namunadagi elektron tasdiqnoma shakllantiriladi.
O‘quv tashkilotini avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish dasturi bo‘yicha tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunadagi “Avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirgani to‘g‘risida”gi sertifikat o‘quv tashkiloti tomonidan elektron shaklda beriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
291. Yagona namunadagi elektron guvohnomalar o‘quv tashkilotlari tomonidan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning ma’lumotlari asosida DYHXX Yagona axborot tizimining “e-avtota’lim.uz” moduli (keyingi o‘rinlarda — “e-avtota’lim.uz” moduli) orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Yagona namunadagi elektron guvohnoma avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar o‘tkazish bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga “e-avtota’lim.uz” moduli orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona namunadagi elektron tasdiqnomalar uchun yig‘im undirilmaydi.
(291-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Yagona namunadagi elektron tasdiqnomalar hisobi “e-avtota’lim.uz” moduli orqali DYHXX tomonidan amalga oshiriladi.
(291-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
30. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatganlik haqidagi guvohnoma va avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirgani to‘g‘risidagi sertifikat avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini bermaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. O‘quv guruhlarining hujjatlari va imtihon komissiyasi bayonnomasi belgilangan muddatgacha o‘quv tashkilotida saqlanadi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Yagona namunadagi elektron tasdiqnomaning
NAMUNASI
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Avtotransport vositalari haydovchilarining malaka oshirgani to‘g‘risidagi sertifikatning
NAMUNASI
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-martdagi 125-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan 2021-yil 2-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan 2021-yil 2-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 23-fevraldagi 139-son qarorida:
a) 1-banddagi “1-iyundan” so‘zlari “1-avgustdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
8-banddagi “1-iyundan” so‘zlari “1-avgustdan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga
7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ba’zi qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 31-32-son, 317-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2006-yil 2-avgustdagi 156-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-avgustdagi PQ-1392-son qarori)” 2010-yil 31-dekabrdagi 325-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 76-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 16-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-son Farmoni hamda Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr)” 2018-yil 19-yanvardagi 35-son qaroriga ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2018-y., 4-son, 73-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 09/18/408/1315-son; 27.12.2018-y., 09/18/1053/2403-son; 09.03.2019-y., 09/19/202/2732-son, 02.07.2019-y., 09/19/548/3362-son, 07.12.2019-y., 09/19/973/4123-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.01.2020-y., 09/20/24/0053-son, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son, 23.05.2020-y., 09/20/319/0658-son, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son; 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son; 14.04.2023-y., 09/23/152/0111-son; 18.08.2023-y., 09/23/396/0625-son; 12.02.2024-y., 09/24/85/0115-son; 17.07.2024-y., 09/24/429/0517-son; 23.12.2024-y., 09/24/859/1047-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 15.10.2025-y., 09/25/642/0941-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 21.01.2026-y., 09/26/11/0066-son; 01.04.2026-y., 09/26/125/0297-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)