1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.02 Ayrim tarmoq va obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish;
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan samarali foydalanishni tashkil etishda ularni xatlovdan o‘tkazish hamda xatlov ishlarini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunining 22-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Davlat aktivlari agentligi):
davlat mulkini boshqarish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishi;
davlat muassasalarining, shu jumladan davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat mulkini boshqarish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishi;
davlat muassasalariga operativ boshqaruv huquqi asosida berilgan davlat mulkining ortiqcha qismini, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki lozim darajada foydalanilmayotgan davlat mulkini olib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishi;
b) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ma’muriy binolarida xodimlarni joylashtirish me’yorlari tasdiqlanganligi;
v) ma’muriy binolarda xodimlarni joylashtirish me’yorlaridan kelib chiqqan holda, Davlat aktivlari agentligiga respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini samarali joylashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish vakolati berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
xatlovni o‘tkazishning birlamchi ma’lumotlarini shakllantirish uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlaridan onlayn axborot almashinuvi orqali real vaqt rejimida ma’lumotlarni olgan holda tahlil qilish;
tahlil natijasida shakllangan davlat ko‘chmas mulk obyektlari asosida Davlat aktivlari agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi tomonidan obyektni joyiga chiqqan holda xatlovdan o‘tkazish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari (keyingi o‘rinlarda — bo‘sh turgan bino) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Inventarizatsiya” mobil ilovasi orqali real vaqt rejimida “Davlat mulki” axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — “Davlat mulki” AT) kiritish;
“Davlat mulki” AT orqali bo‘sh turgan binolarning hisobini yuritish;
bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish mezonlarini belgilash.
3. Belgilansinki:
bo‘sh turgan binolar birinchi navbatda ommaviy savdolarga chiqarilishi uchun xususiylashtirish dasturiga kiritiladi. Bunda davlat tashkilotlari bo‘sh turgan binoni o‘zida “sot yoki tushuntir” tamoyili bo‘yicha saqlab qoladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.02 Ayrim tarmoq va obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.05.00.00 Birja faoliyati / 09.05.03.00 Birja (auksion) savdolarini o‘tkazish va bitimlarni rasmiylashtirish tartibi]
uch oydan ortiq bo‘sh turgan binolar balansda saqlovchilar bilan kelishilmagan holda (ijtimoiy soha obyektlari ushbu yo‘nalish bo‘yicha) ijaraga berish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi, maxfiylikning alohida tartibi tatbiq etiladigan davlat mulkining, shu jumladan, harbiy va maxsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan alohida tartibga va alohida muhim, muayyan tartibga bo‘ysunuvchi hamda davlat siri bilan bog‘liq, shuningdek, foydalanishga yaroqsiz hisoblangan, davlat-xususiy sheriklik asosida berilishi belgilangan hamda qurilishi tugallanmagan obyektlar bundan mustasno;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining xodimlari ma’muriy binolarda xodimlarni joylashtirish me’yorlariga asosan joylashtiriladi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
davlat ko‘chmas mulk obyektlarini tekin foydalanishga berish bo‘yicha shartnomalar, shuningdek, ularni ijaraga yoki tekin foydalanishga berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki ularni bekor qilish faqatgina “online-ijara.uz” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi, bunda tuzilgan tekin foydalanish shartnomalari “online-ijara.uz” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-apreldagi 150-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish ma’muriy reglamenti.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
4. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
bir oy muddatda davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan tekin foydalanish bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalar “online-ijara.uz” axborot tizimida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishini;
ma’muriy binolarga xodimlarni joylashtirish me’yorlaridan kelib chiqqan holda, tizimidagi tashkilotlarning ma’muriy binolarini o‘rganish, tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish choralari ko‘rilishini ta’minlasin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
5. Nodavlat notijorat tashkilotlariga bir oy muddatda davlat mulkidan tekin foydalanish bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalarni “online-ijara.uz” axborot tizimida qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tavsiya etilsin.
6. Davlat aktivlari agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
“online-ijara.uz” axborot tizimini “property.davaktiv.uz” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin;
qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha savdolarni oshkora va shaffof mexanizmlar orqali tashkil etishni yanada takomillashtirish;
elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etish uchun davlat mulkining boshlang‘ich narxlariga bog‘liq ravishda zakalat miqdorini belgilash;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga bo‘lgan huquqlarning paydo bo‘lishi]
elektron onlayn-auksion savdolarida turgan maydoni kichik bo‘lgan yonma-yon turgan yer uchastkalari shaharsozlik normalaridan kelib chiqqan holda birlashtirilib qo‘shimcha kelishuvlarsiz qayta auksion savdolariga chiqarish;
xususiylashtirish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-aprel,
247-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-son qaroriga 1-ILOVA
Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom noturar bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini aniqlash va xatlovdan o‘tkazish, xatlov natijalarini rasmiylashtirish, bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan samarali foydalanish mezonlari va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat ko‘chmas mulk obyektlariga, o‘ta muhim va toifalangan obyektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ijtimoiy soha obyekti — davlat maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional va oliy ta’lim, teatr va konsert-tomosha muassasalarining ommaviy-madaniy hamda konsert-tomosha tadbirlari o‘tkaziladigan obyektlari, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va kinolashtirish muassasalarining davlat ko‘chmas mulk obyektlari (ushbu sohadagi davlat tashkilotlarining ma’muriy binolari bundan mustasno);
davlat tashkiloti — davlat organi yoki davlat muassasasi.
3. Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxemaga asosan tashkil etiladi.
2-bob. Davlat ko‘chmas mulk obyektini xatlovdan o‘tkazish
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) xatlovni o‘tkazishning birlamchi ma’lumotlarini shakllantirish uchun onlayn axborot almashinuvi orqali real vaqt rejimida quyidagi davlat organlarining axborot tizimlaridan ma’lumotlarni oladi:
[OKOZ:
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.03.00 Adliya organlari faoliyatiga doir boshqa masalalar]
Adliya vazirligidan — davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslarning hamda tugatilgan davlat tashkilotlarning nomi va rasmiy yuridik manzili;
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan — davlat tashkilotlarining lavozim bo‘yicha shtat jadvali hamda ularning amaldagi ma’muriy-boshqaruv xodimlari va texnik xodimlari soni;
Iqtisodiyot va moliya vazirligidan — budjetdan moliyalashtiriladigan davlat tashkilotlarining lavozim bo‘yicha shtat jadvali, hududlarni rivojlantirish hamda davlat-xususiy sheriklik dasturlariga kiritilgan obyektlar nomi, manzili va balansda saqlovchilari;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr ma’lumoti]
Kadastr agentligidan — davlat ko‘chmas mulk obyektlarining o‘lchamlari, toifasi, turi (liter) va geolokatsiyasi;
Madaniy meros agentligidan — davlat ko‘chmas mulk obyekti hisoblangan moddiy madaniy meros obyektlarining nomi, manzili va balansda saqlovchilari;
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligidan — qurilish ishlari tugallanmagan davlat obyektlarining nomi, manzili hamda qurilishga ruxsat berilgan sanasi va yakunlash muddati;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
Soliq qo‘mitasidan — ijara shartnomasiga asosan ijaraga berilgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari nomi, manzili va balansda saqlovchilari;
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasidan — davlat mulkida bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish ko‘chmas mulk obyektlarining nomi, manzili va balansda saqlovchilari;
Favqulodda vaziyatlar vazirligidan — davlat mulkida bo‘lgan fuqaro muhofazasi obyektlarining nomi, manzili va balansda saqlovchilari;
Majburiy ijro byurosidan — davlat ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning (cheklov)ning mavjudligi.
5. Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini tahlil qilish jarayonida tegishli davlat tashkilotlari Markazga ma’lumotlarni real vaqt rejimida bepul taqdim etadi.
Markaz bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini tahlil qilish jarayonida tegishli davlat tashkilotlaridan qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rab olishi mumkin, bunda davlat tashkilotlari so‘ralgan ma’lumotlarni real vaqt rejimida taqdim etishi shart.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
6. Markaz va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Davlat aktivlari agentligi) “property.davaktiv.uz” axborot tizimiga (keyingi o‘rinlarda — “property.davaktiv.uz” AT) kiritilgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha mas’uliyatlar ushbu Nizomning 4-bandida keltirilgan tashkilotlardan olingan ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
7. Tahlil natijasida Markaz va uning hududiy boshqarmalari Davlat aktivlari agentligining “Davlat mulki” axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — “Davlat mulki” AT) quyidagilarni aniqlaydi:
xodimlarning belgilangan me’yorlarga muvofiq joylashtirilganligi va me’yorga asosan ortiqcha maydonlarning o‘lchamini;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.08.00 Bepul foydalanish]
davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishda ijara yoki tekin foydalanish shartnomalarining mavjudligi hamda ularning belgilangan tartibda tuzilganligini;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 732 –– 743-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.
obyektning toifasi va turlari (literlari)ning nomma-nom tahlilini;
ijtimoiy soha, o‘ta muhim va toifalangan obyektlar jumlasiga kirishini;
bitta manzilda davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuridik shaxslarning mavjudligini.
8. Davlat ko‘chmas mulk obyektlari Markaz va uning hududiy boshqarmalari tomonidan xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha ro‘yxat shakllantirilgandan so‘ng bir oy muddatda ushbu ro‘yxat asosida joyiga chiqqan holda “Davlat mulki” ATga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali xatlovdan o‘tkaziladi.
Bunda mazkur Nizomning 4-bandi bo‘yicha qo‘shimcha davlat ko‘chmas mulk obyektlari aniqlanib, xatlovdan o‘tkazish zarurati mavjud bo‘lganda, obyekt joyiga chiqqan holda xatlovdan o‘tkaziladi.
9. Markaz va uning hududiy boshqarmalari xatlov natijasida aniqlangan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni “Inventarizatsiya” mobil ilovasi orqali “Davlat mulki” ATga real vaqt rejimida kiritadi:
a) obyekt bo‘yicha:
balansda saqlovchi;
kadastr raqami;
manzili;
umumiy yer maydoni;
obyektning umumiy (qurilish osti) maydoni, shundan bo‘sh turgan maydoni;
bo‘sh turgan obyektning nomi (literlari);
ijtimoiy soha obyekti toifasiga kirishi yoki kirmasligi;
fotosuratlari;
geolokatsiyasi;
servitut mavjudligi;
bo‘sh turganligi bo‘yicha onlayn dalolatnoma, bunda balansda saqlovchi kelishishdan bosh tortganda, bosh tortganligi to‘g‘risida belgi kiritiladi;
b) obyektdan samarali foydalanish bo‘yicha:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
4.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang)]
bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan tasdiqlangan hududlarni yoki tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha dastur yoki qarorlarda (tarmoq jadvalida), davlat-xususiy sheriklik dasturida mavjud yoki mavjud emasligi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hamda Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish yoki kelgusida ulardan samarali foydalanish bo‘yicha qarorlarida mavjud yoki mavjud emasligi;
bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyekti xususiylashtirilmaydigan obyektlar toifasiga kirishi yoki kirmasligi;
bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektiga nisbatan taqiq (cheklov)ning mavjud yoki mavjud emasligi.
10. Markaz va uning hududiy boshqarmalari “Davlat mulki” ATda bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarining hisobini yuritish sohasida quyidagilarni amalga oshiradi:
a) toifalarga ajratish bo‘yicha:
bo‘sh turgan;
me’yorga asosan ortiqcha maydon aniqlangan;
qurilishi tugallanmagan (bir yildan ortiq muddatda);
b) samarali foydalanish choralari ko‘rilganligi bo‘yicha:
rivojlantirish dasturlariga kiritilgan;
ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
davlat-xususiy sheriklik dasturiga kiritilgan;
ijaraga berish uchun ommaviy savdolarga chiqarilishi belgilangan.
11. Markaz aniqlangan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari (obyekt nomi, manzili, maydoni va balansda saqlovchisi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xatlov yakunlangandan so‘ng o‘n kun muddatda o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi.
3-bob. Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektidan samarali foydalanishni tashkil etish mezonlari
12. Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan samarali foydalanish quyidagi tartibda tashkil etiladi:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
a) birinchi navbatda obyekt ommaviy savdolarga chiqarilishi uchun xususiylashtirish dasturiga kiritiladi. Bunda:
davlat tashkilotlari bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini “sot yoki tushuntir” tamoyili bo‘yicha saqlab qoladi;
quyidagi talablarning biriga yoki bir nechtasiga mos kelganda bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari xususiylashtirish dasturlariga kiritilmasligi mumkin:
davlat mulkini boshqarish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirilmaydigan davlat ko‘chmas mulki obyekti bo‘lganda;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi.
obyektni yaxlit holda ajratib olish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda;
hududlarni yoki tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha dastur yoki qarorlarga kiritilgan taqdirda;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari]
b) quyidagi holatlarda obyektlar balansda saqlovchilar bilan kelishilmagan holda, ijaraga berish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auksion savdolariga (ushbu kichik bandning to‘rtinchi-beshinchi xatboshilaridagi holatlarda ijtimoiy soha obyektlari bo‘lganda ushbu yo‘nalish bo‘yicha) chiqariladi:
amalda xususiylashtirish dasturlariga kiritilib, uch oydan ortiq muddatda sotilmasdan turganda;
hududlarni yoki tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha dastur yoki qarorlarga kiritilgan taqdirda;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining yordamchilari hamda jismoniy shaxslarning obyektni ijaraga berish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari berilganda;
balansda saqlovchi bo‘sh turganligi aniqlangan obyektdan uch oy muddatda samarali foydalanish choralarini ko‘rmagan taqdirda.
Bunda:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
Markaz va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ushbu kichik bandning ikkinchi va uchinchi xatboshisidagi holatlarda xususiylashtirilgunga yoki ta’mirlash boshlangunga qadar ijaraga berish muddatlari belgilanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
qolgan holatlarda ijaraga berish muddatlari balansda saqlovchining taklifiga asosan Markaz va uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi, Markazning so‘roviga asosan besh kun ichida javob berilmagan taqdirda, Markaz va uning hududiy boshqarmalari uch yil muddatgacha ijaraga berish muddatini mustaqil belgilaydi;
mazkur kichik bandning beshinchi xatboshisidagi holatda davlat ko‘chmas mulk obyekti bo‘sh turganligi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirilgan bo‘lishi hamda bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyekti to‘g‘risidagi ma’lumot Markazning veb-saytida e’lon qilingan kundan boshlab, balansda saqlovchi tomonidan uch oy ichida obyektdan samarali foydalanilgani to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjatlarni fotosuratlari bilan birga Markaz va (yoki) uning hududiy boshqarmalariga taqdim etmagan bo‘lishi lozim.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.03 Binolar va inshootlar, korxonalar ijarasi]
13. Quyidagi hollarda bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari ijaraga berish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilmaydi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
davlat-xususiy sheriklik asosida berilishi belgilanganda, davlat sherigi tomonidan ijaraga berish tashabbusini bildirgan hollar bundan mustasno;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]
maxfiylikning alohida tartibi tatbiq etiladigan davlat mulkining, shu jumladan, harbiy va maxsus maqsadlar uchun mo‘ljallangan alohida tartibga va alohida muhim, muayyan tartibga bo‘ysunuvchi hamda davlat siri bilan bog‘liq davlat ko‘chmas mulk obyektlari bo‘lganda;
Markaz va uning hududiy boshqarmalari tomonidan vizual ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida obyekt foydalanishga yaroqsiz holatda bo‘lganda, bunda Markazning hududiy boshqarmalari bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektining foydalanishga yaroqsizligi to‘g‘risidagi vakolatli organning xulosasi belgilangan tartibda olinadi;
qurilishi tugallanmagan obyekt bo‘lganda.
14. Davlat tashkilotlarining xodimlari ma’muriy binolarga xodimlarni joylashtirish me’yorlariga asosan joylashtiriladi, sud, Qurolli Kuchlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ularning tizimidagi tashkilotlar va ijtimoiy soha tashkilotlarining binolari bundan mustasno.
Davlat aktivlari agentligi tomonidan belgilangan me’yorlardan ortiqcha maydonga ega bo‘lgan davlat tashkilotlariga o‘n kun muddatda xodimlarni belgilangan me’yorlar bo‘yicha joylashtirish hamda bo‘shagan maydonlarni (literlar yoki xonalar kesimida ro‘yxat) taqdim etish bo‘yicha ogohlantirish yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 17, 20-moddalari.
Belgilangan muddatda ogohlantirish ijrosi to‘liq ta’minlanmagan taqdirda, Davlat aktivlari agentligi davlat tashkilotlarining ma’muriy binolariga xodimlarni joylashtirish me’yorlariga asosan samarali joylashtirish bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Tegishli davlat tashkilotlari Davlat aktivlari agentligi tomonidan qabul qilingan qaror ijrosini o‘n ish kuni ichida ta’minlashi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
15. Jismoniy va nodavlat yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyekti qonunchilikda belgilangan tartibda ishonchli boshqaruvga yoki davlat-xususiy sheriklikka berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi va “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonun.
16. Balansda saqlovchi va uning yuqori turuvchi tashkiloti Markaz va uning hududiy boshqarmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektini buzish to‘g‘risida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi, qurilish sohasidagi loyihalashtirish tashkiloti, maxsus litsenziyaga ega bo‘lgan tashkilot yoki ilmiy-tadqiqot muassasasining bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyekti foydalanish uchun yaroqsizligi to‘g‘risidagi xulosasi ilova qilingan holda murojaat qilishlari mumkin.
Bunda obyekt buzilishi natijasida aniqlangan foydalanish uchun yaroqli qurilish va boshqa materiallar balansda saqlovchi tomonidan tuziladigan komissiyaning dalolatnomasiga asosan elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishi mumkin.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 1601, 2156, 2158-moddalari.
18. Ushbu Nizom qoidalari qo‘llanilishi bilan bog‘liq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish
SXEMASI
Bosqich
Subyektlar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Davlat tashkiloti, davlat mulkidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanib kelayotgan yuridik shaxslar
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “property.davaktiv.uz” axborot tizimiga davlat mulki obyektlari bo‘yicha ma’lumotlarni kiritish.
Har chorakda, hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasiga qadar, yil yakuni bo‘yicha 25-fevralga qadar
2-bosqich
Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi
Tegishli idoralardan xatlovni o‘tkazishning birlamchi ma’lumotlarini axborot almashinuvi asosida olish.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari
Davlat ko‘chmas mulk obyektlarida me’yorlarga asosan xodimlar joylashtirilganligi, ijara va tekin foydalanish shartnomalarining mavjudligi, obyektning toifasi, turi, ijtimoiy soha va toifalangan obyektlarga kirishi kabi masalalarni tahlil qilish.
Doimiy
4-bosqich
Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari
Xatlovdan o‘tkaziladigan davlat ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxatini shakllantirish.
Tahlil yakunlangandan so‘ng o‘n kun ichida
5-bosqich
Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari
Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini joyiga chiqqan holda xatlovdan o‘tkazish.
Xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha ro‘yxat shakllantirilgandan so‘ng bir oy muddatda
6-bosqich
Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari
Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarining hisobini yuritish.
Real vaqt rejimida
7-bosqich
Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi
Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilish.
Xatlov ishlari yakunlangandan so‘ng o‘n kun muddatda
8-bosqich
Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boshqarmalari
Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan samarali foydalanishini tashkil etish.
Doimiy
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Tashgorplodoovoshchprom” birlashmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 29-yanvardagi 37-son qarorining 3-bandi to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“paydo bo‘layotgan erkin narxlarda keng assortimentda yil davomida kartoshka va meva-sabzavot mahsulotlarini sotishni tashkil etish”.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish to‘g‘risida” 1993-yil 1-martdagi 114-son qarorining 5 va 6-bandlari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni o‘tkazish uchun mas’uliyat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklatilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni o‘tkazish bo‘yicha aniq tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqsin, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun darhol chora-tadbirlar ko‘rsin hamda huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda o‘z xizmat mavqeyini suiiste’mol qilayotgan va davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslarni qattiq javobgarlikka tortsin”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 13-martdagi 124-son qarorida:
a) 6-banddagi “Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasiga” so‘zlari “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “davlat mulkini xususiylashtirishdan va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati daromadlari (foydasi) kompaniya aksiyalarini sotish, mol-mulki kompaniyaning ustav fondiga to‘liq kirgan tashkilotlarning ajratmalari (ular sof foydasining 50 foizigacha miqdorda), shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa daromadlardan shakllantiriladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorida:
“tanlov — tanlov hujjatlari mezonlari va shartlariga muvofiq (har qanday nodavlat yuridik va jismoniy shaxs qatnashishi mumkin bo‘lgan) qatnashchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xaridorni aniqlash bo‘yicha savdo shakli”;
“auksion — musobaqalashish asosida (har qanday nodavlat yuridik va jismoniy shaxs qatnashishi mumkin bo‘lgan) xaridorni aniqlash shakli, bunda eng katta narxni taklif qilgan qatnashchi oldi-sotdi shartnomasini tuzish huquqiga ega bo‘ladi”;
“o‘zining rasmiy veb-saytida auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani (bundan buyon matnda auksion to‘g‘risidagi xabarnoma deb yuritiladi) chop etadi (tanlov asosidagi auksionlar o‘tkazish hollaridan tashqari)”;
“auksion o‘tkazilishidan kamida o‘ttiz kun oldin o‘zining va sotuvchining rasmiy veb-saytida auksion to‘g‘risidagi xabarnomani e’lon qiladi, bunda bayram va dam olish kunlarida savdolar o‘tkazilmaydi, savdo bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan taqdirda, navbatdagi ish kunida o‘tkaziladi”;
“tanlov asosidagi auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomalarni (bundan buyon matnda tanlov asosidagi auksion to‘g‘risidagi xabarnoma deb yuritiladi) yuboradi va mazkur xabarnomada ko‘rsatilgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslardan buyurtmanomalar oladi”;
“29. Tanlov asosidagi auksionni o‘tkazishda sotuvchi uning talablariga mos keladigan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar ro‘yxatini oldindan aniqlaydi, ixtisoslashtirilgan tashkilot ularga tanlov asosidagi auksion to‘g‘risidagi xabarnomani auksion boshlanishidan kamida o‘ttiz kun oldin yuboradi. Tanlov asosidagi auksion to‘g‘risidagi xabarnoma ommaviy axborot vositalarida chop etilmaydi va auksion taklif etilgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida o‘tkaziladi”;
“o‘zining rasmiy veb-saytida tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani (bundan buyon matnda tanlov to‘g‘risidagi xabarnoma deb yuritiladi) chop etadi”;
“ilgari tanlov to‘g‘risidagi xabarnoma chop etilgan aynan o‘sha ommaviy axborot vositalarida tanlov yakunlari haqidagi axborotni tanlov o‘tkazilgan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida chop etadi”;
“tanlov — tanlov hujjatlari mezonlari va shartlariga muvofiq (har qanday nodavlat yuridik va jismoniy shaxs qatnashishi mumkin bo‘lgan) qatnashchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xaridorni aniqlash bo‘yicha savdo shakli;
tanlov shartlari — tanlovni o‘tkazish tartibi, o‘tkazish joyi, taklifning narxi, davlat ko‘chmas mulk obyektlarining soni va miqdori, qo‘shimcha yuklamalar, qatnashchilarga qo‘yiladigan investitsiyaviy majburiyatlar va ijtimoiy majburiyatlar va talablar bo‘yicha sotuvchi tomonidan belgilanadigan shartlar;
tanlov hujjatlari — davlat ko‘chmas mulk obyektining texnik, tijorat, tashkiliy va boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi, shuningdek tanlov shartlari va tartib-taomili to‘g‘risidagi dastlabki axborotdan iborat tanlov tashkilotchisi tomonidan talabgorlarga taqdim etiladigan tanlov o‘tkazish qoidalari, tanlov takliflari shakllarini o‘z ichiga oluvchi hujjatlar to‘plami;
tanlov taklifi — tanlov hujjatlarida belgilanadigan shartlarda shartnoma tuzish taklifi;
savdolarni o‘tkazish sanasi — auksion o‘tkazish yoki tanlov yakunlari yuzasidan xulosa chiqarish sanasi va vaqti;
sotib olish to‘lovi — sotib olinayotgan davlat ko‘chmas mulk obyekti uchun xaridor tomonidan milliy va (yoki) erkin ayirboshlanadigan valyutada (keyingi o‘rinlarda EAV deb ataladi) Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan pul mablag‘lari;
investitsiyaviy majburiyatlar — davlat ko‘chmas mulk obyektini sotib olishda xaridor tomonidan davlat ko‘chmas mulk obyektiga investitsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilinadigan pul bahosiga ega bo‘lgan va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;
ijtimoiy majburiyatlar — davlat ko‘chmas mulk obyektini sotishda xaridor tomonidan qabul qilinadigan pul bahosiga ega bo‘lmagan va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;
auksion — musobaqalashish asosida (har qanday nodavlat yuridik va jismoniy shaxs qatnashishi mumkin bo‘lgan) xaridorni aniqlash bo‘yicha savdo shakli, bunda eng katta narxni taklif qilgan qatnashchi davlat ko‘chmas mulk obyektining oldi-sotdi shartnomasini tuzish huquqiga ega bo‘ladi;
tanlov asosidagi auksion — auksionning sotuvchi tomonidan belgilangan mezonlar bo‘yicha oldindan tanlangan maxsus taklif qilingan shaxslar qatnashishi mumkin bo‘lgan turi;
balansda saqlovchi — sotilayotgan davlat ko‘chmas mulk obyekti biriktirilgan yuridik shaxs;
boshlang‘ich narx — davlat ko‘chmas mulk obyektini savdolarga qo‘yish uchun sotuvchi tomonidan belgilangan narx”;
“o‘zining rasmiy veb-saytida auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani (bundan buyon matnda auksion to‘g‘risidagi xabarnoma deb yuritiladi) e’lon qiladi, tanlov asosidagi auksionlar o‘tkazish hollari bundan mustasno”;
“auksion o‘tkazilishidan kamida o‘ttiz kun oldin o‘zining va sotuvchining rasmiy veb-saytida auksion to‘g‘risidagi xabarnomani chop etadi, bunda bayram va dam olish kunlarida savdolar o‘tkazilmaydi, savdo bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan taqdirda, navbatdagi ish kunida o‘tkaziladi”;
“tanlov asosidagi auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani (bundan buyon matnda tanlov asosidagi auksion to‘g‘risidagi xabarnoma deb yuritiladi) yuboradi va mazkur xabarnomada ko‘rsatilgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslardan buyurtmanomalar oladi”;
“33. Tanlov asosidagi auksionni o‘tkazishda sotuvchi uning talablariga mos keladigan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar ro‘yxatini oldindan aniqlaydi, savdolar tashkilotchisi ularga yopiq auksion to‘g‘risidagi xabarnomani auksion boshlanishidan kamida o‘ttiz kun oldin yuboradi. Tanlov asosidagi auksion to‘g‘risidagi xabarnoma ommaviy axborot vositalarida chop etilmaydi hamda auksion taklif etilgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida o‘tkaziladi”;
“35. Auksionda qatnashish uchun buyurtmanomalar ochiq auksion (tanlov asosidagi auksion) to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddatlarda qabul qilinadi”;
“36. Auksionda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili savdolar tashkilotchisiga shaxsan yoki pochta orqali auksion (tanlov asosidagi auksion) to‘g‘risidagi xabarnomada belgilangan muddatlarda quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda auksionda qatnashish uchun buyurtmanomani ikki nusxada taqdim etadi”;
“auksion (tanlov asosidagi auksion) to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga zakalat to‘langanligini tasdiqlaydigan to‘lov hujjatining nusxasi”;
38-bandning birinchi xatboshisidagi “Ochiq tanlov (yopiq tanlov)” so‘zlari “Tanlov” so‘zi bilan almashtirilsin;
“o‘zining rasmiy veb-saytida tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani (bundan buyon matnda tanlov to‘g‘risidagi xabarnoma deb yuritiladi) e’lon qiladi”;
“tanlov takliflari solingan konvertlarni ochish belgilangan sanadan kamida o‘ttiz kun oldin o‘zining va sotuvchining rasmiy veb-saytida tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarnomani (bundan buyon matnda tanlov to‘g‘risidagi xabarnoma deb yuritiladi) e’lon qiladi, bunda bayram va dam olish kunlarida savdolar o‘tkazilmaydi, savdo bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan taqdirda, navbatdagi ish kunida o‘tkaziladi”
“talabgorlarni taqdim etiladigan hujjatlarning namunalari bilan ta’minlaydi va ularni rasmiylashtirishda yordam beradi;
tanlov yakunlari to‘g‘risidagi axborotni chop etadi, u tanlov o‘tkazilgan kundan boshlab o‘ttiz kun ichida ilgari tanlov to‘g‘risidagi xabarnoma chop etilgan aynan o‘sha ommaviy axborot vositalarida chop etiladi;
tuzilgan shartnomaga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi”;
“56. Tanlovda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili savdolar tashkilotchisiga tanlov to‘g‘risidagi xabarnomada belgilangan muddatlarda shaxsan yoki pochta orqali quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanomani ikki nusxada taqdim etadi”;
58-banddagi “Ochiq tanlov (yopiq tanlov)” so‘zlari “Tanlov” so‘zi bilan almashtirilsin;
“62. Tanlovda qatnashishga buyurtmanomalarni qabul qilish tanlov to‘g‘risidagi xabarnoma chop etilgan kundan boshlanadi va xabarnomada belgilangan konvertlarni ochish sanasidan uch soat oldin to‘xtatiladi”;
“tanlov o‘tkazish sanasini, ilgari tanlov to‘g‘risidagi xabarnoma chop etilgan aynan o‘sha ommaviy axborot vositalarida tegishli axborotni chop etish orqali yozma ravishda xabardor qilgan holda, tanlov to‘g‘risidagi xabarnomada belgilangan muddatdan ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga ko‘chirish;
auksion o‘tkazish sanasini ilgari auksion (tanlov asosidagi auksion) to‘g‘risidagi xabarnoma chop etilgan aynan o‘sha ommaviy axborot vositalarida tegishli axborotni chop etish orqali (ilgari tanlov asosidagi auksion to‘g‘risidagi xabarnoma yuborilgan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli axborotni yuborgan holda) yozma ravishda xabardor qilgan holda, auksion (tanlov asosidagi auksion) to‘g‘risidagi xabarnomada belgilangan muddatdan ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga ko‘chirish”;
1-ilovaning 4-bosqichi “Tadbirlar” ustunining ikkinchi xatboshisidagi “ochiq” so‘zi chiqarib tashlansin;
“tanlov — tanlov hujjatlari mezonlari va shartlariga muvofiq (har qanday nodavlat yuridik va jismoniy shaxs qatnashishi mumkin bo‘lgan) qatnashchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali davlat mulki xaridorini aniqlash bo‘yicha savdolar shakli”;
“6. Tanlovni o‘tkazishda tanlov takliflari solingan konvertlar ochiladigan sanadan kamida o‘ttiz kun oldin o‘zining rasmiy veb-saytida ishchi organ tomonidan ochiq tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida xabarnomani (keyingi o‘rinlarda tanlov to‘g‘risidagi xabarnoma deb ataladi) e’lon qilinadi, bunda, bayram va dam olish kunlarida savdolar o‘tkazilmaydi, savdo bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri kelgan taqdirda, navbatdagi ish kunida o‘tkaziladi”;
“8. Tanlovda qatnashish uchun sotuvchiga talabgor yoki uning vakolatli vakili tanlov to‘g‘risidagi xabarnomada belgilangan tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomaning muddatlarini ikki nusxada quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda, belgilangan muddatlarda shaxsan yoki pochta orqali taqdim etadi”;
“10. Tanlov to‘g‘risidagi xabarnomada sotuvchi tomonidan belgilangan muddatdan keyin tushgan tanlov takliflari qabul qilinmaydi. Pochta orqali jo‘natilgan hujjatlarning tushgan sanasi sotuvchining ro‘yxatdan o‘tkazishi bo‘yicha belgilanadi”;
“14. Tanlovda qatnashish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish tanlov to‘g‘risidagi xabarnoma e’lon qilingan kunda boshlanadi va konvertlarni ochishning e’londa ko‘rsatilgan sanasidan uch soat oldin to‘xtatiladi”;
“16. Davlat komissiyasi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra ishchi organ tanlov o‘tkaziladigan sanani tanlov to‘g‘risidagi xabarnomada belgilangan muddatni kechiktirishi mumkin, bu holda ilgari tanlov to‘g‘risidagi xabarnoma e’lon qilingan aynan o‘sha ommaviy axborot vositalarida tegishli axborot chop etiladi hamda qatnashchilar mavjud bo‘lganda ular yozma ravishda xabardor qilinadi”;
“17. Agar konvertlarni ochishning tanlov to‘g‘risidagi xabarnomada belgilangan sanasigacha birorta ham buyurtmanoma tushmasa yoki faqat bitta buyurtmanoma tushsa, tanlov o‘tmagan deb e’tirof etiladi”;
ilovaning 1-bosqichi “Bajarish muddatlari” ustunining ikkinchi xatboshisidagi “Ochiq savdo” so‘zlari “Savdo” so‘zi bilan almashtirilsin;
“tanlov — tanlov hujjatlari mezonlari va shartlariga muvofiq (har qanday nodavlat yuridik va jismoniy shaxs qatnashishi mumkin bo‘lgan) qatnashchilar tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash orqali xaridorni aniqlash bo‘yicha savdolar shakli”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Birja va ko‘rgazma-yarmarka savdolarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 17-yanvardagi 33-son qarorining 3-bandidagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va ma’muriy huquqbuzarlik yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi to‘g‘risida nizomga 8-ilovada
a) 340-satri quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
340
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalari
”;
b) quyidagi tahrirdagi 3401-satri bilan to‘ldirilsin:
“
3401
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi
”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-sentabrdagi 733-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilgan turar joyni boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomasini notarial tasdiqlashda xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar haqida ma’lumotlar olishning ma’muriy reglamenti 1-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi” davlat unitar korxonasi)” so‘zlari “tuman (shahar) hokimliklari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining Olmazor tumani mahallalarida “Tadbirkorlik markazlari”ni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 18-sentabrdagi 740-son qarorida:
a) 4-bandning beshinchi xatboshisidagi “mulki obyektlarini “nol” qiymatida xarid qilish” so‘zlari “mulkini xususiylashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 5-banddagi “Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda” so‘zlari “Savdo-sanoat palatasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 11-bandining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi aksiyalarni (ulushlarni, paylarni), shuningdek, boshqa aktivlarni davlat manfaatlarini ko‘zlab sotib olish hamda xo‘jalik jamiyati tomonidan aloqa mavjud bo‘lmagan aksiyadorlar (ishtirokchilar)ning ulushi qiymatini notarial idoraning depozitiga qo‘yish natijasida ularga o‘tgan aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar”.
10. Vazirlar Mahkamasining “Xorazm viloyati hududida bo‘sh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-apreldagi 205-son qarorida:
“1. Xorazm viloyati hokimligining Urganch shahri Amudaryo ko‘chasidagi 1/4-uy manzilida joylashgan umumiy maydoni 2,58 gektar, shundan bino va inshootlar egallagan maydon 4 152,23 kvadrat metr bo‘lgan “Xorazm trolleybus boshqarmasi” davlat korxonasi binosining bir qismida (keyingi o‘rinlarda — obyekt) yillik 15 000 tonna sintetik polipropilen va polietilen tolalar geotekstil materiallari ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun “Khorezm Orient Ceramik” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga (keyingi o‘rinlarda — investor) investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni bajarish sharti bilan sotish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin”;
“2025-yil 31-dekabrga qadar 3,0 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiya kiritish orqali obyekt negizida yillik 15 000 tonna sintetik polipropilen va polietilen tolalardan geotekstil materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 15-maydagi 287-son qarori bilan tasdiqlangan Kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi to‘g‘risidagi nizom 159-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“investitsiya loyihalari va xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish, foydalanilmayotgan xonalar va binolarni ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar olish sharti bilan sotish, shuningdek, davlat mulki obyektlarini ijaraga berish munosabati bilan zarur ish o‘rinlari sonini aniqlash asosida hisoblanadi”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ahamiyatiga ega bo‘lgan loyihalar yoki boshqa vazifalarni amalga oshirish uchun davlatga va ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav fondining 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan mol-mulk, yer uchastkalari hamda ularga tegishli bo‘lgan huquqlar bo‘yicha tanlov asosidagi auksion buyurtmachi tomonidan taqdim etiladigan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin.
Buyurtmachi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning ma’lumotlari (ularning ro‘yxati, shaxsiy ma’lumotlari, yashash hududi va boshqalar) oldindan buyurtmada ko‘rsatiladi yoki operatorga taqdim etiladi.
Ushbu tartibda o‘tkaziladigan tanlov asosidagi auksion to‘g‘risida savdo o‘tkazilishidan besh kalendar kun, takroriy savdoda bir kalendar kun oldin ishtirokchilarning shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboriladi.
Taklif etilgan shaxslar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagani yoxud tanlov asosidagi auksion savdolariga oid ma’lumotlar bilan tanishib chiqmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.
Mazkur tanlov asosidagi auksion ham ushbu Nizomda belgilangan tartib-taomillarga asosan o‘tkaziladi”;
v) 5-bandning oltinchi xatboshisidagi “, yopiq auksion va tanlov bundan mustasno” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 14-band quyidagi mazmundagi o‘n beshinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha auksion savdolarida ishtirok etish uchun davlat mulkining boshlang‘ich narxlariga bog‘liq ravishda zakalat miqdori quyidagicha belgilanadi:
auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 100 baravarigacha bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 15 foizi miqdorida;
auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 100 baravaridan yuqori, lekin BHMning ko‘pi bilan 1000 baravarigacha bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 10 foizi miqdorida;
auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 1000 baravaridan yuqori, lekin BHMning ko‘pi bilan 10 000 baravarigacha bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 5 foizi miqdorida;
auksion obyektining boshlang‘ich narxi BHMning 10 000 baravaridan yuqori bo‘lganda — boshlang‘ich narxning 3 foizi miqdorida”;
o‘n beshinchi — o‘n yettinchi xatboshilar tegishlicha yigirma — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
d) 33-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda, davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan savdolarda auksion g‘olibi oldi-sotdi shartnomasini auksion natijalari bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng o‘n ish kuni ichida imzolashdan bosh tortsa, operator zaxiradagi g‘olibga oldi-sotdi shartnomasini tuzishni taklif qiladi. Agar zaxiradagi g‘olib ham oldi-sotdi shartnomasini o‘n ish kuni ichida imzolashdan bosh tortsa, davlat mulkini sotish bo‘yicha auksion bo‘lib o‘tmagan deb hisoblanadi hamda mazkur davlat mulki takroriy auksionga qo‘yiladi”;
e) 34-banddagi “(ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan holatlar bundan mustasno)” so‘zlari “ijro hujjatlari bo‘yicha takroriy o‘tkaziladigan auksionlar hamda ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan holatlar bundan mustasno” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 41-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “taqdirda” so‘zidan keyin “ijro hujjatlari bo‘yicha o‘tkaziladigan takroriy auksionlar bundan mustasno” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“42. Takroriy auksion alohida shartlarsiz, umumiy tartibda o‘tkaziladi, ijro hujjatlari bo‘yicha o‘tkaziladigan takroriy auksionlar bundan mustasno.
Bunda ijro hujjatlari bo‘yicha takroriy auksionlar mazkur Nizomning 2-bobi 5-paragrafida keltirilgan ijro hujjatlari bo‘yicha obyektlarni elektron onlayn-auksionga chiqarish va sotishning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘tkaziladi”;
“Ijro hujjatlari bo‘yicha mol-mulkni sotish uchun o‘tkazilgan elektron onlayn-auksion natijalari haqidagi bayonnoma uni taqiqdan yechish, shuningdek, auksion g‘olibi nomiga mulkni, mulk huquqini va boshqa mulkiy huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (hisobga qo‘yish) uchun asos hisoblanadi. Bunda majburiy tartibda undirish uchun yuborilmagan ma’muriy jarimalarni to‘lash majburiyati mol-mulkning sobiq egasi zimmasida qoladi”.
13. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida nizomda:
a) 3-bandning o‘ninchi xatboshisidagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi” so‘zlari ““Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 16-band quyidagi mazmundagi o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Tuman (shahar) hokimliklari hamda jismoniy va yuridik shaxslarni takliflariga asosan yonma-yon turgan yer uchastkalari maydonini birlashtirgan va/yoki lotlarga bo‘lgan holda auksion savdolariga chiqariladi.
Bunda Kadastr agentligi tomonidan “YERELEKTRON” AATda qo‘shimcha kelishuvlarsiz yer uchastkalari maydonini birlashtirgan va/yoki lotlarga bo‘lgan holda (yer uchastkasining maydoni, boshlang‘ich narxi va faoliyat turlarini muvofiqlashtirgan) holda qayta auksionga chiqarish imkoniyati yaratiladi”.
14. Vazirlar Mahkamasining “Yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalar berish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 25-martdagi 133-son qarorida:
a) 1-ilova bilan tasdiqlangan Strategik turdagi (asosiy) foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun ruxsatnomalarni elektron onlayn-auksion orqali berish sxemasining 3-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi “salohiyatli” so‘zi “zaxiradagi” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 2-ilova bilan tasdiqlangan Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini elektron onlayn-auksion orqali berish sxemasining 3-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi “salohiyatli” so‘zi “zaxiradagi” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 3-ilova bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish uchun berilayotgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi elektron onlayn-auksion orqali berish sxemasining 3-bosqichi “Tadbirlar” ustunidagi “salohiyatli” so‘zi “zaxiradagi” so‘zi bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Davlat daromadiga olingan mol-mulklarni soddalashtirilgan auksion tamoyillari asosida “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish tartibi to‘g‘risida” 2023-yil 4-oktabrdagi 526-son qarorida:
a) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “salohiyatli” so‘zi “zaxiradagi” so‘zi bilan almashtirilsin;
16. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-oktabrdagi 540-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiy mulkdorlar buyurtmasi asosida ularning mulklarini soddalashtirilgan tartib va muddatlarda “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotish va ijaraga berish bo‘yicha savdolar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 35 — 37-bandlari, 39-bandning to‘rtinchi xatboshisi, 42-bandning ikkinchi xatboshisi, 43-bandning birinchi xatboshisi, 47-bandning ikkinchi xatboshisidagi “salohiyatli” so‘zi tegishlicha “zaxiradagi” so‘zi bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma hamda davlat mulki obyektini xususiylashtirish uchun buyurtmanoma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash haqida” 2023-yil 27-noyabrdagi 627-son qarorida:
a) 2-band “tuman (shahar) hokimliklari” so‘zlaridan keyin “(Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va ma’lumotnomalar berish markazi” DUK)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
(17-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
18. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi 674-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning ma’muriy reglamentida:
a) 26-banddagi “salohiyatli” so‘zi “zaxiradagi” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 6-bosqichi “Tadbirlar” va “Muddatlar” ustunlaridagi “salohiyatli” so‘zi “zaxiradagi” so‘zi bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida “Toshkent Invest kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 25-martdagi 149-son qarori 2-bandining:
birinchi xatboshisidagi “hududidagi” so‘zi “hududidagi, shuningdek, bo‘sh turgan yer uchastkasini aniqlash va tanlash materiallari Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tayyorlangan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “xarajatlarni chegirgan holda,” so‘zlaridan keyin “Toshkent shahrining shahar budjetida ochilgan alohida daromad hisobvarag‘iga o‘tkazilgandan so‘ng, to‘liqligicha” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, davlat savdosi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1993-yil 11-avgustdagi 402-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi aholiga avtomobil yonilg‘isini naqd pulga sotuvchi ayrim avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini eksperiment tariqasida xususiylashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 9-iyundagi 290-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 13-sentabrdagi 462-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ba’zi masalalari to‘g‘risida” 1995-yil 4-dekabrdagi 448-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga naqd pulga avtomobil yonilg‘isi sotuvchi respublika avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini xususiylashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 20-martdagi 107-son qarori.
7. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jarayonlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 1996-yil 27-dekabrdagi 460-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamg‘armasidagi davlat ulushi to‘g‘risida” 1998-yil 30-iyundagi 272-son qarorining 4 va 5-bandlari.
9. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarorining 7 va 8-bandlari.
10. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 1998-yil 18-noyabrdagi 477-son qarorining 7-bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Qimmatli qog‘ozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1999-yil 21-maydagi 263-son qarori.
12. Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji va birja savdosini tashkil etish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 1-maydagi 198-son qarori 8-bandining uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari.
13. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va ularning tarkibini o‘zgartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 8-oktabrdagi 347-son qarori.
14. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larni taqsimlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 14-noyabrdagi 512-son qarori.
15. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 29-sentabrdagi 453-son qarorining 1-bandi.
16. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik shaxslar va fuqarolarning binolari hamda inshootlari bilan band bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 24-iyuldagi PF-3780-son Farmonini amalga oshirish haqida” 2006-yil 26-iyuldagi 147-son qarori.
17. Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini ochiq savdolarda sotishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 18-iyuldagi 207-son qarori.
18. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2014-yil 2-iyuldagi 176-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandidagi “b” kichik bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/247/0383-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)