|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.04.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
XUSUSIYLASHTIRISHDAN TUSHADIGAN MABLAGʻLARNI TAQSIMLASH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamgʻarmasi mablagʻlarini, shu jumladan sotib olinadigan davlat aktivlari haqini boʻlib-boʻlib toʻlashni nazarda tutuvchi shartnomalar boʻyicha tushadigan mablagʻlarni taqsimlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan har oyda qonun hujjatlarida belgilangan nisbatlarda amalga oshiriladi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xususiylashtirilayotgan korxonalar Hukumatning qarorlari boʻyicha ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlarni oʻtkazish ushbu korxonalar tomonidan maxsus depozit hisob raqamining bank rekvizitlari koʻrsatilgan holda taqdim etilgan yozma soʻrovlar asosida amalga oshiriladi. Korxona tomonidan soʻrov sotilayotgan davlat aktivlari uchun yakuniy hisob-kitoblar qilingan vaqtdan boshlab bir oy oʻtgungacha taqdim etilmagan taqdirda koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar davlat budjetiga oʻtkaziladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 52-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 14-noyabr,
512-son
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 21-son, 219-modda, 22-son, 223-modda; 2005-y., 52-son, 386-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda; 2015-y., 26-son, 340-modda; 2017-y., 25-son, 543-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)