Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 23.04.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 23-SENTABRDAGI 443-SON QARORIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 1994-yil 15-martdagi Farmonini bajarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 29-martdagi 171-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qaroriga 6-banddan “aholiga maishiy xizmat koʻrsatish” soʻzlari shuningdek, mazkur qarorga 10-ilovadan “aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va tashkilotlari Oʻzbekiston respublika uyushmasi: zargarlik buyumlarini tuzatish va tayyorlash korxonalari va ustaxonalari” soʻzlari chiqarib tashlangan holda oʻzgartirish kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi koʻrsatib oʻtilgan korxonalarni aksiyalarning nazorat paketini davlat ixtiyorida saqlangan holda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishni nazarda tutsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 13-sentabr,
462-son