Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 26-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 3-mayda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning maqsadi davlat-xususiy sheriklik, shu jumladan konsessiyalar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
(1-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Ushbu Qonunning amal qilishi mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarga va davlat xaridlari sohasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunlari.
Oldingi tahrirga qarang.
Konsessiya loyihalarini roʻyobga chiqarish, shuningdek konsessiya shartnomalarini tuzish ushbu Qonunda davlat-xususiy sheriklik loyihalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
davlat-xususiy sheriklik — davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun oʻz resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilgʻor boshqaruv tajribasini joriy etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi — davlat sherigi va (yoki) xususiy tashabbuskor tomonidan tayyorlangan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun tanlovni asoslab beradigan, loyihaning qiymatini, loyihani moliyalashtirish manbaini hamda rentabelligini belgilaydigan, uni amalga oshirishning samaradorligi va dolzarbligi asoslarini oʻz ichiga olgan hujjat;
davlat-xususiy sheriklik obyekti — loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, yetkazib berilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, modernizatsiyalashtirilishi, ekspluatatsiya qilinishi va xizmat koʻrsatilishi davlat-xususiy sheriklik loyihasini roʻyobga chiqarish doirasida amalga oshiriladigan mol-mulk, mulkiy komplekslar, ijtimoiy infratuzilma, yer uchastkalari, shuningdek davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida joriy etilishi lozim boʻlgan ishlar (xizmatlar) va innovatsiyalar;
davlat-xususiy sheriklik obyektidan erkin foydalanilishi uchun toʻlov — davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq davlat-xususiy sheriklik obyektidan foydalanish (uni ekspluatatsiya qilish) va (yoki) ushbu obyektga xizmat koʻrsatish davrida undan erkin foydalanilishini taʼminlaganlik uchun xususiy sherikka davlat sherigi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar;
davlat sherigi — Oʻzbekiston Respublikasi va (yoki) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan boshqa yuridik shaxslar yoki ularning birlashmalari;
konsessiya — davlat-xususiy sheriklikning shakllaridan biri boʻlib, bunda davlat xususiy sherikka konsessiya shartnomasida nazarda tutilgan xoʻjalik faoliyatining muayyan turini amalga oshirish uchun ruxsatnoma bergan holda mol-mulkni va yer uchastkalarini taqdim etadi;
maxsus loyihalashtirish kompaniyasi — tender gʻolibi, zaxiradagi gʻolib, xususiy tashabbuskor yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar ishtirokchisi tomonidan faqat davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik shaxs;
talabgor — davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan va tenderda ishtirok etishdan manfaatdor boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki yuridik shaxslarning birlashmasi;
foydalanganlik uchun toʻlov — tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) isteʼmol qiluvchilardan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish doirasida xususiy sherik tomonidan yigʻib olinadigan toʻlovlar;
xususiy sherik — Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq roʻyxatdan oʻtkazilgan, davlat sherigi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki yuridik shaxslarning birlashmasi.
(3-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
4-modda. Davlat-xususiy sheriklikning asosiy prinsiplari
Davlat-xususiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
davlat sherigining va xususiy sherikning qonun oldida tengligi;
davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishdagi qoidalar va tartib-taomillarning shaffofligi;
xususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va xolislik;
kamsitishga yoʻl qoʻymaslik;
korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik.
5-modda. Davlat sherigining va xususiy sherikning qonun oldida tengligi prinsipi
Davlat sherigi va xususiy sherik teng taraflardir.
6-modda. Davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishdagi qoidalar va tartib-taomillarning shaffofligi prinsipi
Davlat-xususiy sheriklikning qoidalari va tartib-taomillari manfaatdor shaxslar uchun ochiq, shaffof va tushunarli boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sherigi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan davlat-xususiy sheriklikning qoidalari va tartib-taomillari toʻgʻrisidagi axborotdan erkin foydalanilishini taʼminlashi shart.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Xususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va xolislik prinsipi
Xususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va xolislik tanlovga koʻra saralab olish mexanizmlaridan foydalanish, davlat-xususiy sheriklik qoidalari hamda tartib-taomillarini amalga oshirishdagi va xolis hamda asoslantirilgan mezonlar asosida maqbul variant foydasiga qarorlar qabul qilishdagi halollik va shaffoflik hisobiga taʼminlanadi.
8-modda. Kamsitishga yoʻl qoʻymaslik prinsipi
Kamsitishga yoʻl qoʻymaslik quyidagilarni taʼminlash orqali kafolatlanadi:
tender tartib-taomillari ishtirokchilari huquqlarining tengligi;
xususiy sherikni tanlashdagi xolislik;
xususiy sherikni tanlashdagi ochiqlik.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy tashabbuskorlarga, talabgorlarga, xususiy sheriklarga, shu jumladan chet ellik xususiy tashabbuskorlarga, talabgorlarga, xususiy sheriklarga Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan teng huquqlar, faoliyatning kamsitish xususiyatiga ega choralar qoʻllanilishini istisno etuvchi huquqiy rejimi kafolatlanadi.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9-modda. Korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik prinsipi
Davlat-xususiy sheriklik qoidalari va tartib-taomillariga doir talablar korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymasligi hamda korrupsiyaning va korrupsiyaga sabab boʻluvchi omillarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni taʼminlashi kerak.
2-bob. Davlat-xususiy sheriklik sohasini davlat tomonidan tartibga solish
10-modda. Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantirish va Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishini taʼminlash;
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish;
mavjud ijtimoiy infratuzilmani shakllantirishga, tiklashga, undan foydalanishga, uni saqlashga koʻmaklashish;
ijtimoiy infratuzilmadan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish;
davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va ulardan erkin foydalanishni kengaytirish;
xususiy sektorning moliyaviy mablagʻlarini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etishni taʼminlaydigan shart-sharoitlar yaratish;
davlat-xususiy sheriklikning institutsional-huquqiy asoslarini rivojlantirish va takomillashtirish uchun ilmiy tadqiqotlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy uslublar va texnologiyalarni joriy etish.
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
davlat-xususiy sheriklik sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha davlat sherigini tayinlashda noaniqlik yuzaga kelgan hollarda, davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatli organning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisining bayonnomasiga binoan davlat sherigini belgilaydi.
(11-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
davlat-xususiy sheriklik sohasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, “Davlat-xususiy sheriklik asosida markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi tashkil etish toʻgʻrisida”gi, “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik shakllarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, “Sogʻliqni saqlash sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, “Aholi punktlari qismlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqishni moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari.
umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini tasdiqlaydi;
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestrini yuritish tartibini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibidan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar ishtirokchisidan undiriladigan bir martalik toʻlov miqdorini belgilaydi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
12-modda. Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatli davlat organi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Vakolatli davlat organi:
davlat-xususiy sheriklik sohasida davlat siyosatini amalga oshiradi;
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sheriklik sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda, shuningdek davlat-xususiy sheriklik loyihalarining konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirliklarga, idoralarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻmaklashadi;
(12-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
investorlar, xalqaro moliya va donorlik tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek davlat-xususiy sheriklikning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etadi;
davlat-xususiy sheriklik sohasida uslubiy hujjatlarni, qoʻllanmalar va yoʻriqnomalarni tayyorlaydi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining texnik-iqtisodiy parametrlariga doir sharhlarni koʻrib chiqadi va taqdim etadi;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi namunaviy bitimlar loyihalarini ishlab chiqadi;
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestrini yuritadi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlashga va amalga oshirishga koʻmaklashadi;
umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini maʼqullaydi, rad etadi yoki maromiga yetkazish uchun qaytaradi;
umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarining tender hujjatlarini va davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarning loyihalarini kelishib oladi;
(12-modda ikkinchi qismining oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
davlat-xususiy sheriklik sohasida kadrlarni tayyorlashni, qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etadi;
davlat-xususiy sheriklik masalalari yuzasidan tushuntirishlar beradi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalari bajarilishining borishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash uchun maslahatchilarni jalb etadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-son “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish doirasida xalqaro moliya institutlari, xalqaro va mahalliy konsalting hamda loyihalashtirish tashkilotlari bilan konsalting va auditorlik xizmatlari koʻrsatish toʻgʻrisida muzokaralar olib boradi, shuningdek belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muvaffaqiyatli rasmiylashtirilganligi uchun tender gʻolibidan yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar ishtirokchisidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda bir martalik toʻlov undirish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuniga asosan oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
121-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat-xususiy sheriklik sohasidagi vakolatlari
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzilishi mumkin boʻlgan oʻz tasarrufidagi obyektlarni aniqlaydi;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim asosida amalga oshirilishi moʻljallanayotgan istiqbolli loyihalarni, yer uchastkalarini tegishli hududning ehtiyojlarini hamda salohiyatini inobatga olgan holda oʻrganadi va belgilaydi;
tegishli hududdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini oʻz vaqtida va samarali amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan omillarni aniqlaydi, ularni bartaraf etish choralarini koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq yer uchastkalari davlat sherigiga auksion oʻtkazmasdan doimiy foydalanishga ajratilishini taʼminlaydi.
(121-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
3-bob. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning taraflari, ularning huquq va majburiyatlari
13-modda. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning taraflari
Davlat sherigi va xususiy sherik davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning taraflaridir.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sherigi tomonidan vakolat berilgan yuridik shaxslar yoki yuridik shaxslarning birlashmalari davlat sherigi tomonidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq davlat sherigining majburiyatlarini oʻz zimmasiga olgan holda harakat qilishi mumkin. Bunda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi uchun davlat sherigi toʻliq javobgar boʻladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Xususiy sherik davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini bir yoki bir necha tashkilotga topshirishi mumkin. Bunda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi uchun xususiy sherik toʻliq javobgar boʻladi.
14-modda. Davlat-xususiy sheriklik taraflarining huquq va majburiyatlari
Davlat sherigi:
xususiy sherikdan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim shartlari bajarilishining borishi toʻgʻrisida hisobot soʻrash va olishga;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim shartlarining bajarilishini nazorat qilishga va davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi natijalarini baholashni amalga oshirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka va davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish doirasida aniqlangan huquqbuzarliklar bartaraf etilishini talab qilishga;
(14-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha xususiy sherik aybi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim doirasida yuzaga kelgan zararlarning oʻrnini qoplashni talab qilishga;
(14-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash uchun maslahatchilarni jalb qilishga haqli.
Davlat sherigi:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik va bitim talablariga rioya etishi;
(14-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tender ishtirokchilariga tender hujjatlarini berishi, ularga tender hujjatlari qoidalarini tushuntirishi;
tender ishtirokchilariga davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun moʻljallanilayotgan joy va obyekt bilan tanishib chiqish uchun zarur sharoitlarni taʼminlashi;
faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan mol-mulkni xususiy sherikka egalik qilish va (yoki) foydalanishga berishi;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan litsenziyalar va ruxsatnomalarni olishda xususiy sherikka koʻmaklashishi;
vakolatli davlat organiga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida tuzilgan bitimlarning koʻchirma nusxalarini, shu jumladan bitimlarga doir ilovalarni, oʻzgartishlarni yoki qoʻshimchalarni davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoxud tegishli oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar imzolangan sanadan eʼtiboran yigirma kalendar kun ichida taqdim etishi;
xususiy sherikning davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan oʻz investitsiyalari va daromadlarini erkin boshqarish hamda tasarruf etish yoki aktivlarini va amalga oshirayotgan faoliyatini boshqarish hamda nazorat qilishga doir huquqlarini cheklamasligi;
xususiy sherik yoki xususiy sherik jalb etgan uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatga aralashmasligi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilikda va bitimda nazarda tutilgan javobgarlikni zimmasiga olishi shart.
(14-modda ikkinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Xususiy sherik:
davlat sherigidan davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan va erkin foydalaniladigan axborotni olishga;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida takliflar kiritishga;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat sherigining aybi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim doirasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha yuzaga kelgan zararlarning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli.
(14-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Xususiy sherik:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik va bitim talablariga rioya etishi;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilikda va bitimda nazarda tutilgan javobgarlikni zimmasiga olishi shart.
(14-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy sherik davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oʻziga berilgan yer uchastkasiga ijara huquqini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga oʻtkazishga haqli emas, bundan ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(14-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
4-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini tashabbus qilish va tayyorlash
15-modda. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini tashabbus qilish
Davlat-xususiy sheriklik loyihasi davlat organi (tashkiloti) (bundan buyon matnda davlat tashabbuskori deb yuritiladi) va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor yoxud yuridik shaxs (bundan buyon matnda xususiy tashabbuskor deb yuritiladi) tomonidan tashabbus qilinishi mumkin.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasini tashabbus qilish:
davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqishni;
davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini baholash, kelishish va tasdiqlash uchun tegishli davlat organiga yuborishni;
vakolatli davlat organi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini koʻrib chiqishni;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini vakolatli davlat organi tomonidan maʼqullashni, rad etishni yoki maromiga yetkazish uchun qaytarishni;
davlat-xususiy sheriklik loyihasining kelishib olingan konsepsiyasining davlat sherigi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishini;
davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini vakolatli davlat organi tomonidan Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestriga kiritishni oʻz ichiga oladi.
16-modda. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini davlat tashabbuskori tomonidan tayyorlash
Davlat tashabbuskori davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini, qoida tariqasida, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning oʻz vakolati sohasiga kiruvchi ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha ishlab chiqadi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasini tayyorlash davlat-xususiy sheriklik loyihasining oqilonaligi va samaradorligini hamda bu loyihani amalga oshirish maqsadida uning maqbul shaklini aniqlashni taʼminlovchi dastlabki moliyaviy hisob-kitoblar asosida, xususan:
davlat-xususiy sheriklik loyihasining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi koʻrsatkichlari;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq xususiy sherik tomonidan loyihalashtirilayotgan, barpo etilayotgan, moliyalashtirilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, foydalanilayotgan yoki xizmat koʻrsatilayotgan davlat-xususiy sheriklik obyektining tarkibi va parametrlari;
xususiy sherikning kutilayotgan investitsiyalari hajmi va Oʻzbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlaridan taxmin qilinayotgan moliyalashtirish hajmi;
davlat sherigining va xususiy sherikning majburiyatlari;
xususiy sherikka koʻrsatiladigan davlat koʻmagining turlari;
muzokaralar oʻtkazish muddatlari;
davlat-xususiy sheriklik obyektidan foydalangan holda taqdim etiladigan tovarlardan (ishlardan, xizmatlardan) foydalanish shartlari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Aholining, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) isteʼmol qiluvchilarning, ulardan foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olish maqsadida davlat-xususiy sheriklik loyihasini tayyorlash jamoatchilik muhokamalari bilan birga olib borilishi kerak.
17-modda. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini xususiy tashabbuskor tomonidan tayyorlash
Xususiy tashabbuskor davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqishga va potensial davlat sherigiga taqdim etishga haqli. Davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi mavjud muammolarni hal qilishga doir innovatsion yondashuvni oʻz ichiga olishi va taraflar uchun maqbul boʻlgan mutanosib nafni taʼminlashi kerak.
Xususiy tashabbuskor davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini taqdim etishdan oldin dastlabki muhokama oʻtkazishi, shuningdek potensial davlat sherigi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida axborot almashishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy tashabbuskor ushbu Qonunning 23-moddasiga muvofiq dastlabki malakalashdan oʻtgan taqdirda, davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini olgan potensial davlat sherigi uning amalga oshirilishini maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida oʻttiz kalendar kun ichida qaror qabul qiladi.
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Xususiy tashabbuskorning umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi maʼqullangan taqdirda, potensial davlat sherigi ushbu konsepsiyani vakolatli davlat organiga kelishish uchun yuboradi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Oldingi tahrirga qarang.
xususiy tashabbuskorning ushbu Qonunda belgilangan talablarga javob bermasligi;
(17-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
potensial davlat sherigida davlat-xususiy sheriklik obyektiga nisbatan operativ boshqaruv huquqining mavjud emasligi;
(17-modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
davlat-xususiy sheriklik obyektini loyihalashtirish, qurish, barpo etish, moliyalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish zaruriyatining mavjud emasligi;
loyihani amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi va (yoki) bunga ijtimoiy ehtiyojning mavjud emasligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi tasdiqlangan taqdirda, potensial davlat sherigi davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini hamda boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi toʻgʻrisida maʼlum qilish taklifini, shuningdek ushbu Qonunning 23-moddasiga muvofiq dastlabki malaka hujjatlari toʻplamini taqdim etishga doir soʻrovni oʻzining rasmiy veb-saytida, vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida va boshqa maxsus veb-saytlarda besh kalendar kun ichida eʼlon qiladi.
(17-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran qirq besh kalendar kun ichida potensial davlat sherigiga biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oʻzining manfaatdorligini maʼlum qilmasa, potensial davlat sherigi davlat-xususiy sheriklik loyihasini xususiy tashabbuskor bilan amalga oshirish haqida qaror qabul qiladi va xususiy tashabbuskor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazishga kirishadi, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim loyihasini vakolatli davlat organi bilan kelishib oladi hamda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim loyihasi vakolatli davlat organi bilan kelishib olingan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida xususiy tashabbuskor yoki maxsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan tender oʻtkazmagan holda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzadi.
(17-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Agar biror-bir yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oʻzining manfaatdorligini maʼlum qilsa, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherikni aniqlash tender asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda davlat-xususiy sheriklik loyihasining qiymatidan qatʼi nazar, bir bosqichli tender oʻtkaziladi va tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlon ommaviy axborot vositalariga hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlariga takroran joylashtirilmasdan, ushbu Qonunning 23-moddasida nazarda tutilgan tenderga oid mezonlarga javob beradigan talabgorlarga davlat sherigi tomonidan tender hujjatlari toʻplami oʻttiz kun ichida taqdim etiladi. Talabgorlar tomonidan talabnomalarni berish uchun soʻnggi muddat tender takliflarini taqdim etishga doir soʻrovda koʻrsatiladi va bu muddat talabgorlarga ushbu soʻrov yuborilgan sanadan eʼtiboran qirq besh kundan kam boʻlmasligi kerak. Tender komissiyasi tender gʻolibini va tenderning zaxiradagi gʻolibini ularning tender takliflarini baholash orqali aniqlaydi.
Manfaatdor boʻlgan talabgorlardan hech biri dastlabki malaka hujjatlari toʻplamini taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrov boʻyicha malaka hujjatlarini belgilangan muddatda taqdim etmagan taqdirda (xususiy tashabbuskordan tashqari), tender takroran oʻtkazilishi mumkin emas va potensial davlat sherigi xususiy tashabbuskor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazishga kirishadi.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi va oʻninchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy tashabbuskor tender gʻolibi boʻlmagan taqdirda, xususiy tashabbuskorga davlat-xususiy sheriklik loyihasini tayyorlash bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarning oʻrni davlat-xususiy sheriklik loyihasi umumiy qiymatining bir foizidan oshmaydigan miqdorda tender gʻolibining yoki zaxiradagi gʻolibi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
(17-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18-modda. Davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini tasdiqlash, unga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish
Umumiy qiymati bir million AQSH dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini tasdiqlash, unga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish tegishli davlat organi (tashkiloti) tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq va oʻn million AQSH dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini tasdiqlash, unga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish tegishli davlat organi (tashkiloti) tomonidan vakolatli davlat organi bilan kelishuvga koʻra amalga oshiriladi.
Umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini tasdiqlash, unga oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi tasdiqlanganidan keyin davlat sherigi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning keyingi bosqichlariga oʻtadi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasiga xususiy tashabbuskorning, toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar ishtirokchisining, davlat sherigining, vakolatli davlat organining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan belgilangan tartibda oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
19-modda. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestri
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestri amalga oshirilayotgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va axborotni oʻz ichiga olgan yagona axborot tizimidir.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestri Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtiriladigan, hamma foydalanishi mumkin boʻlgan axborot resursidir.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestri vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-son “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
20-modda. Davlat-xususiy sheriklik loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Davlat-xususiy sheriklik loyihalari toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlariga joylashtiriladi, bundan davlat siri bilan bogʻliq boʻlgan hollar mustasno:
loyiha taraflarining nomi;
loyihaning faoliyat yoʻnalishi;
loyihaning joylashgan yeri;
loyihani amalga oshirish muddati;
isteʼmolchilarga realizatsiya qilinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) tariflari (mavjud boʻlgan taqdirda);
loyihaning umumiy qiymati;
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hajmi va turlari (mavjud boʻlgan taqdirda).
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
5-bob. Xususiy sherikni tanlash
21-modda. Davlat xususiy-sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzish huquqi uchun tender
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sherigi tender yoki toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijalari boʻyicha aniqlanadigan xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzadi.
Tenderlar bir bosqichli yoki ikki bosqichli boʻlishi mumkin.
Umumiy qiymati bir million AQSH dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha bir bosqichli tender oʻtkaziladi.
Bir bosqichli tenderni oʻtkazish chogʻida tender ishtirokchilarining tender hujjatlarida koʻrsatilgan konseptual qaror va shartlar asosida ishlab chiqilgan batafsil texnikaviy hamda tijoratga oid (moliyaviy) takliflari koʻrib chiqiladi va baholanadi. Tenderni tashkil etish jarayonida talabgorlar bilan tender predmetining parametrlari boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
Bir bosqichli tenderni oʻtkazish tartib-taomili quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni ommaviy axborot vositalarida hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish;
tenderda ishtirok etish uchun talabgorlardan tender takliflarini olish;
tenderda ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlarga dastlabki malaka hujjatlarini va tender hujjatlari toʻplamini berish uchun soʻrov taqdim etish;
talabgorlarning tender takliflari solingan konvertlarni ochish;
tender takliflarini baholash;
tenderning gʻolibini va zaxiradagi gʻolibini aniqlash;
tender gʻolibi yoki maxsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan muzokaralar oʻtkazish;
tender gʻolibi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish.
Tenderda ishtirok etish uchun tender takliflarini berish muddati tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon berilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak.
Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha ikki bosqichli tender oʻtkaziladi, bundan ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ikki bosqichli tender dastlabki malakalash va tender gʻolibini saralash bosqichlarini oʻz ichiga oladi.
Ikki bosqichli tender quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
birinchi bosqichda talabgorlarning malaka hujjatlari koʻrib chiqiladi va ularning tender hujjatlarida koʻrsatilgan malaka mezonlariga mosligi baholanadi. Talabgorlar bilan tender predmetining parametrlari boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi;
ikkinchi bosqichda kiritilgan texnikaviy va tijoratga oid (moliyaviy) takliflar tender predmetining aniqlashtirilgan parametrlari hisobga olingan, baho (tarif) albatta koʻrsatilgan holda koʻrib chiqiladi hamda baholanadi.
Ikki bosqichli tenderni oʻtkazish tartib-taomili quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tender oʻtkazish toʻgʻrisidagi eʼlonni va dastlabki malaka hujjatlarini berishga doir soʻrovni ommaviy axborot vositalarida hamda davlat sherigining va vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilish;
talabgorlarning malakasini tasdiqlovchi dastlabki malaka buyurtmalarini yigʻish va baholash;
dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarning roʻyxatini shakllantirish;
dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarga davlat sherigi tomonidan tender hujjatlari toʻplamini yuborish;
dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlar tomonidan tender takliflarini taqdim etish;
dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarning tender takliflari solingan konvertlarni ochish;
tender takliflarini baholash;
tenderning gʻolibini va zaxiradagi gʻolibini aniqlash;
tender gʻolibi bilan muzokaralar oʻtkazish;
tender gʻolibi yoki maxsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish.
Dastlabki malakalashda ishtirok etish uchun buyurtmalar yigʻish muddati tender oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi eʼlon berilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak.
Dastlabki malakalashni oʻtkazish natijasida kamida ikkita talabgor malaka talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Tender gʻolibini tanlab olish bosqichida davlat sherigi dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarga tender takliflarini taqdim etishga doir soʻrovni va davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim loyihasini yuboradi.
Tender takliflarini berish uchun oxirgi muddat tender takliflarini taqdim etishga doir soʻrovda koʻrsatiladi va u dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarga ushbu soʻrov yuborilgan sanadan eʼtiboran qirq besh kalendar kundan kam boʻlmasligi kerak.
Talabgorlardan hech biri bittadan ortiq tender taklifini taqdim etishga haqli emas. Talabgor tender komissiyasiga tender takliflarini taqdim etish muddati tugaguniga qadar istalgan vaqtda tender taklifini oʻzgartirishi yoki qaytarib olishi mumkin.
Tender takliflarini baholash tender komissiyasi tomonidan belgilangan muddat ichida oʻtkaziladi. Tender takliflarini baholash tender komissiyasi tomonidan tender hujjatlarida belgilangan tender mezonlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Tender ishtirokchilari yoki ularning vakillari tender takliflarini baholashda hozir boʻlishga haqli emas. Baholash jarayonida tender komissiyasi tushuntirishlar berish, ulardan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olish va taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini tasdiqlash uchun talabgorlarni chaqirish huquqiga ega. Tender yakunlarini chiqarish chogʻida tender ishtirokchilari va (yoki) ularning ishonchli shaxslari hozir boʻlishi mumkin.
Tender komissiyasi barcha talabgorlarning tender takliflarini tender talablariga nomuvofiq deb topgan taqdirda, tenderni boʻlib oʻtmagan deb topadi va takroriy tender oʻtkazishga haqli. Takroriy tender uni oʻtkazish tartib-taomilida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Tender komissiyasi barcha talabgorlarning tender takliflarini tender takliflarining soʻrovi talablariga muvofiq emas deb topgan taqdirda, shuningdek, agar dastlabki malakalashdan oʻtgan talabgorlarning soni ikki nafardan kam boʻlsa, tender boʻlib oʻtmagan deb topiladi va tender komissiyasi takroriy tenderni eʼlon qilishga haqli. Takroriy tender uni oʻtkazish tartib-taomilida belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Malaka buyurtmalarini va tender takliflarini qabul qilish tender hujjatlarida koʻrsatilgan tartibda hamda hollarda elektron tarzda amalga oshirilishi mumkin.
Talabgorlarning tenderda ishtirok etishi munosabati bilan qilgan xarajatlarining oʻrni qoplanmaydi, bundan ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(21-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
22-modda. Tender hujjatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sherigi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzish huquqi uchun tender oʻtkazishni tartibga soluvchi tender hujjatlarini, shuningdek davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim loyihasini tayyorlaydi va tasdiqlaydi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha tender hujjatlari va davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim loyihasi vakolatli davlat organi bilan kelishib olinadi.
(22-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Tender hujjatlarida quyidagilar aks ettirilishi kerak:
talabgorlarning malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarga doir talablar;
davlat-xususiy sheriklik obyektining joylashgan yeri;
Oldingi tahrirga qarang.
texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar samaradorligining umumiy parametrlari va talablari;
(22-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
davlat-xususiy sheriklik obyektini loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, rekonstruksiya qilish, undan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish muddatlari;
davlat-xususiy sheriklik obyekti yoki xususiy sherik tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifatining koʻrsatkichlari yoki unga doir eng kam talablar;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni bajarish maqsadida davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka beriladigan moliyalashtirish hajmi, mol-mulkning yoki mulkiy huquqlarning roʻyxati;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning taraflari oʻz zimmasiga olayotgan xavf-xatarlar;
davlat-xususiy sheriklik loyihasining parametrlari aks ettirilishi kerak boʻlgan valyuta va ularni taqqoslash va baholash maqsadida yagona valyutaga keltirish uchun hisob-kitoblarda foydalaniladigan valyutaning kursi;
tender mezonlarining tavsifi;
Oldingi tahrirga qarang.
tender taklifi beriladigan tilga doir talablar;
tender taklifining mazmuni, tender takliflarini berish va ularning amal qilish usuli, joyi, muddatlari;
tender taklifiga doir taʼminot kiritish shartlari;
tender takliflari solingan konvertlarni ochish tartib-taomillari, joyi, sanasi va vaqti.
(22-modda uchinchi qismining oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim loyihasi tender hujjatlarining ajralmas qismidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat sherigi vakolatli davlat organi bilan kelishuvga koʻra tender hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishga haqlidir. Davlat sherigi tender hujjatlariga oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kalendar kundan kechiktirmay barcha talabgorlarni tender hujjatlariga kiritilgan oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar haqida xabardor qilishi shart. Bunda tender takliflaridagi ushbu oʻzgartishlar va (yoki) qoʻshimchalar talabgorlar tomonidan hisobga olinishi uchun davlat sherigi tender takliflarini taqdim etishning oxirgi muddatini oʻn besh kalendar kundan kam boʻlmagan muddatga uzaytiradi.
(22-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
23-modda. Tender mezonlari
Oldingi tahrirga qarang.
Tender mezonlari aniq boʻlishi va barcha talabgorlarga nisbatan kamsitishsiz qoʻllanilishi kerak.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Talabgor davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini bildirish uchun tenderda ishtirok etganda quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishi kerak:
huquq layoqatiga ega boʻlishi;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga doir majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan moliyaviy va (yoki) moddiy, texnik resurslarga va (yoki) malakali mehnat resurslariga ega boʻlishi;
mavjudligi manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan asoslarga ega boʻlmasligi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qayta tashkil etilish, tugatilish va (yoki) toʻlovga qobiliyatsizlik bosqichida boʻlgan talabgorlarning tenderda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Tender gʻolibini tanlab olish bosqichida foydalaniladigan mezonlarda quyidagilar nazarda tutiladi:
davlat sherigi va xususiy sherik tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlarning hajmi;
eng yuqori narxlar va tariflar;
xususiy sherikning davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni bajarish uchun jalb etiladigan mablagʻlari hajmi;
xususiy sherikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hajmi va turlari;
davlat-xususiy sheriklik obyektini loyihalashtirish va (yoki) qurish, barpo etish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash, undan foydalanish va unga xizmat koʻrsatish muddati;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish muddati;
(23-modda toʻrtinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
davlat-xususiy sheriklik loyihasining texnik va texnologik afzalliklari, funksional va innovatsion tavsiflari.
24-modda. Tender komissiyasi
Davlat sherigi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga koʻra davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzish huquqi boʻyicha tender gʻolibini aniqlash uchun tender komissiyasini shakllantiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tender komissiyasi tarkibiga davlat sherigining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining va vakolatli davlat organining vakillari majburiy tartibda kiritiladi.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 3-iyuldagi OʻRQ-850-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son — 2023-yil 4-oktabrdan kuchga kiradi)
Davlat sherigining vakili tender komissiyasi raisidir. Vakolatli davlat organining vakili tender komissiyasi tarkibida maslahat ovozi bilan ishtirok etadi.
Tender komissiyasi aʼzolarining soni toq boʻlishi kerak.
Tender komissiyasi, agar majlisda uning aʼzolari umumiy sonining kamida yetmish besh foizi hozir boʻlsa, qarorlar qabul qilish huquqiga ega, bunda tender komissiyasining har bir aʼzosi bitta ovozga ega boʻladi.
Tender komissiyasining qarorlari tender komissiyasining ovoz bergan aʼzolari umumiy sonining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng boʻlib qolgan taqdirda tender komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Tender komissiyasi oʻz majlislarining bayonnomalarini yuritadi, bayonnomalar uning majlislarda hozir boʻlgan barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Tender komissiyasi aʼzosida majlisga chiqarilgan masalalar yuzasidan manfaatlar toʻqnashuvi mavjud boʻlgan taqdirda, u oʻz nomzodini qaytarib olishini bildirishi va ushbu masala boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmasligi kerak, bu haqda bayonnomada qayd etiladi.
25-modda. Toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar
Taraflar davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni davlat sherigining qaroriga muvofiq quyidagi hollarda toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish asosida tender oʻtkazmasdan tuzishi mumkin:
davlatning mudofaa qobiliyatini va xavfsizligini taʼminlashda;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishning zaruriy sharti hisoblangan intellektual faoliyat natijalariga doir mutlaq huquqlar, boshqa mutlaq huquqlar, yer uchastkasi, boshqa koʻchmas mol-mulk obyekti va oʻzga mol-mulk muayyan shaxsga tegishli boʻlganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilangan hollarda.
(25-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
6-bob. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim
Oldingi tahrirga qarang.
26-modda. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish
Davlat sherigi tender gʻolibi, toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar ishtirokchisi yoki maxsus loyihalashtirish kompaniyasi bilan ushbu Qonunning 17, 21 va 25-moddalariga muvofiq davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzadi.
Agar tender gʻolibi tender hujjatlarida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzolamasa yoki tender komissiyasi tomonidan tender gʻolibi taqdim etgan axborotning haqiqatga toʻgʻri kelmasligi aniqlangan taqdirda, tender komissiyasi uni diskvalifikatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va tenderning zaxiradagi gʻolibini gʻolib deb topadi hamda unga tender gʻolibini diskvalifikatsiya qilish haqida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻn kalendar kun ichida gʻolib shartlari asosida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzishni taklif etadi.
Zaxiradagi gʻolib tender komissiyasining qaroriga muvofiq tender gʻolibining tender taklifidan soʻng eng yaxshi tender taklifini bergan deb eʼtirof etilgan talabgor hisoblanadi.
Tender komissiyasi tomonidan tenderning zaxiradagi gʻolibiga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzish haqidagi taklif yuborilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida undan ijobiy javob olinmagan taqdirda, tender komissiyasi tenderni boʻlib oʻtmagan deb topadi va takroriy tender eʼlon qiladi.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
27-modda. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning asosiy shartlari
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida tuzilgan hujjatdir.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning taraflari haqidagi;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning predmeti haqidagi;
taraflarning majburiyatlari va javobgarligi toʻgʻrisidagi;
davlat sherigi va xususiy sherik oʻrtasida xavf-xatarlarning taqsimlanishi haqidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sheriklik obyektining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarga oid umumiy parametrlari va samaradorlik boʻyicha talablar, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq oʻtkazilgan yoki loyihalashtirilishi, qurilishi, barpo etilishi, moliyalashtirilishi, rekonstruksiya qilinishi, foydalanilishi va (yoki) xizmat koʻrsatilishi lozim boʻlgan boshqa davlat-xususiy sheriklik obyektlarining tavsifi, ulardan foydalanish maqsadlari va muddatlari toʻgʻrisidagi;
(27-modda ikkinchi qismining olttinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
davlat-xususiy sheriklik loyihasi bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni bajarish (xizmatlar koʻrsatish) muddatlari va tartibi haqidagi;
taraflarning tegishli infratuzilmaga nisbatan va davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha huquqlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi, shuningdek ularni boshqa shaxsga oʻtkazish tartibi haqidagi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun talab etiladigan yer uchastkalarini berish tartibi va tartib-taomili toʻgʻrisidagi, yer uchastkalariga taalluqli boshqa shartlar haqidagi;
xususiy sherik tomonidan beriladigan tovarlarga, bajariladigan ishlarga, koʻrsatiladigan xizmatlarga doir narxlarni, tariflarni belgilash va ularni oʻzgartirish shartlari toʻgʻrisidagi;
taraflarning oʻz majburiyatlari bajarilishini taʼminlash usullari, miqdorlari va muddatlari haqidagi;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning muddati, bu muddatni belgilash tartibi haqidagi;
Oldingi tahrirga qarang.
haq toʻlash, erkin foydalanilish uchun toʻlov, foydalanganlik uchun toʻlov, xususiy sherikning davlat sherigiga toʻlovining va (yoki) boshqa toʻlovlarning shakllari, miqdorlari, muddatlari, shartlari, ularni toʻlash tartibi, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik loyihasi amalga oshirilishi munosabati bilan daromadlarning (foydaning) taqsimlanishi haqidagi;
(27-modda ikkinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish tartibi haqidagi;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tugatish asoslari, tartibi va shartlari, muddatidan oldin tugatilganlik uchun toʻlov miqdori va tartibi haqidagi;
davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi;
sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatlar haqidagi;
loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha majburiyatlar toʻgʻrisidagi;
taraflarning davlat-xususiy sheriklik haqidagi bitimga doir majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarligi toʻgʻrisidagi;
nizolarni hal etish tartibi haqidagi;
Oʻzbekiston Respublikasida xodimlarni ishga olish va mehnatdan foydalanishga nisbatan qoʻllaniladigan shartlar toʻgʻrisidagi;
ishontirishlar va kafolatlar haqidagi;
xususiy sherikning ulushlariga egalik qilishga nisbatan talablar va xususiy sherikning hamda uning affillangan shaxslarining mol-mulkiga nisbatan boshqa mulkiy huquqlar toʻgʻrisidagi;
maxfiylik haqidagi;
atamalar va ularga doir tushuntirishlar toʻgʻrisidagi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga belgilangan tartibda qoʻshimcha maʼlumotlar kiritilishi mumkin.
(27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
28-modda. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati uch yildan kam boʻlmasligi va qirq toʻqqiz yildan oshmasligi kerak.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim taraflari bitimning amal qilish muddatini davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan hollarda va shartlar asosida, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida uzaytirish yoki qisqartirish haqida kelishib olishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
29-modda. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish
Agar qonunchilikda yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim taraflarning kelishuviga koʻra yoxud sudning qaroriga binoan oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki u bekor qilinishi mumkin.
Umumiy qiymati bir million AQSH dollariga qadar boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni oʻzgartish, unga qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan tartibda davlat sherigi va xususiy sherik tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish vakolatli davlat organi bilan kelishuvga koʻra amalga oshiriladi.
Umumiy qiymati oʻn million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi boʻyicha davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish yoki uni bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvga koʻra amalga oshiriladi.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
30-modda. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun jalb qilingan mol-mulk
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim davlat sherigining davlat-xususiy sheriklik obyektini tashkil etuvchi mol-mulkni va (yoki) davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa mol-mulkni xususiy sherikka egalik qilish va undan foydalanish uchun berish majburiyatini nazarda tutishi mumkin. Bunda mol-mulkning berilishini taʼminlash yoki tashkil etish davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim va Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida amalga oshiriladi hamda qoʻshimcha shartnomalar yoki bitimlar tuzish talab qilinmaydi.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning mulk huquqiga ega boʻlgan taraflari bunday huquqlarni, shu jumladan yer uchastkalarining, boshqa koʻchmas, shuningdek koʻchar mol-mulkning va nomoddiy aktivlarning ijarasiga boʻlgan huquqni, ularga egalik qilish, ulardan foydalanish huquqini davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan doirada, boshqa mulkiy huquqlar bilan bir qatorda bir-biriga berishi mumkin.
(30-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31-modda. Yer uchastkalarini berish
Davlat-xususiy sheriklik obyekti joylashgan va (yoki) davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan, davlat sherigiga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalari yoki ularning bir qismi davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan muddatga va shartlar asosida ijaraga beriladi. Davlat sherigining davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan doimiy foydalanishdagi yer uchastkasi mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday yer uchastkasi davlat sherigiga uning murojaatiga koʻra doimiy foydalanish uchun beriladi hamda davlat sherigi uni xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan muddatga va shartlar asosida ijaraga beradi.
Davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun toʻlanadigan ijara haqi yer soligʻiga tenglashtirilgan miqdorda hisoblanadi. Ijara haqini hisoblashda yer soligʻiga doir imtiyozlar inobatga olinadi.
Davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka yer uchastkasini ijaraga berishga doir majburiyatning bajarilmaganligi xususiy sherik tomonidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni bir tomonlama bekor qilish uchun asos boʻladi.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning tugatilishi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun berilgan yer uchastkasining ijarasiga nisbatan shartnomaviy munosabatlarni tugatish uchun asos boʻladi.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
32-modda. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim taraflarining mulkiy javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning taraflari oʻz majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq mulkiy javobgar boʻladi.
Taraflardan biri davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan oʻz majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq boshqa taraf yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi huquqiga ega boʻladi.
(32-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
33-modda. Davlat-xususiy sheriklik obyektiga boʻlgan mulk huquqini oʻtkazish tartibi
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida loyihalashtirilgan, barpo etilgan, moliyalashtirilgan, rekonstruksiya qilingan, foydalanilayotgan va xizmat koʻrsatilayotgan davlat-xususiy sheriklik obyektiga boʻlgan mulk huquqlarini davlat sherigiga yoki Oʻzbekiston Respublikasining davlat aktivlarini boshqarish organiga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq xususiy sherikka oʻtkazish tartibini belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-169-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi qoraoʻzak tumanida quvvati 100 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda davlat-xususiy sheriklik obyektiga boʻlgan mulk huquqlarini oʻtkazish payti, xususan:
davlat-xususiy sheriklik obyekti foydalanishga topshirilgan payt;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning amal qilish muddati tugallangan payt;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan boshqa vaqt koʻrsatilishi kerak.
7-bob. Xususiy sherik va kreditorning manfaatlarini himoya qilish
34-modda. Xususiy sherik huquqlarining kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Agar davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tuzilgan sanada amalda boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligining oʻzgartirilishi toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy sherikning davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasidagi xarajatlari oshishiga yoki uning daromadlari kamayishiga olib kelsa, xususiy sherik, amalga oshirilayotgan loyihadan kelib chiqqan holda, davlat-xususiy sheriklik obyektidan erkin foydalanish uchun toʻlov va (yoki) foydalanganlik uchun toʻlov kompensatsiyalovchi tarzda oshirilishini, shuningdek davlat sherigidan bir martalik kompensatsiya toʻlovini va (yoki) davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga tegishli oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilishini, agar bu davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan boʻlsa, talab qilishga haqli.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlarni qoʻllashga doir tartib, shartlar, cheklovlar va istisnolar davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilanadi.
Ushbu modda birinchi qismining qoidalari davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tuzilganidan keyin soliqlar va yigʻimlar oʻzgartirilishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi oʻzgargan taqdirda qoʻllanilmaydi, bundan muayyan bir davlat-xususiy sheriklik loyihasiga (loyihalariga) nisbatan kamsituvchi oʻzgarishlar mustasno.
(34-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
35-modda. Kreditorning manfaatlarini himoya qilish
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda kreditor huquqlarining kafolatlarini taʼminlovchi qoidalar, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda kreditorlarga toʻlanadigan kompensatsiyaning miqdorlari nazarda tutilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Kreditorlar ishtirokidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida kreditorlar davlat sherigi yoki xususiy sherik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri bitimlar tuzishi mumkin boʻlib, ularda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
xususiy sherik (xususiy sherik rahbariyatining) almashtirilishi yoki chetlashtirilishi munosabati bilan kreditorlarning huquqlari va majburiyatlari;
xususiy sherik almashtirilgan yoki chetlashtirilgan hollarda, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq davlat sherigi tomonidan xususiy sherikka toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlarni kreditorlarga toʻlash majburiyati;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni bekor qilish xavfini kamaytirishga doir shartlar;
davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muddatidan oldin tugatilganda toʻlanadigan toʻlovlar;
davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishi haqidagi, taraflarning huquq va majburiyatlari taʼminlanishi toʻgʻrisidagi axborotni almashish tartibi.
(35-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiy sherik oʻz kreditorlariga taʼminotning har qanday turini yoki shaklini taqdim etishi, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim va ushbu bitimni bajarish uchun tuzilgan bitimlar boʻyicha oʻz huquqlarini, davlat-xususiy sheriklik loyihasi tarkibiga kiruvchi huquqlarni, aktivlarni, aksiyalar garovini, huquqlar garovini yoki huquqlardan oʻzganing foydasiga voz kechishni, mazkur bitim boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan foydani va summalarni berishi mumkin.
(35-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
Kreditor va davlat sherigi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan xususiy sherikni yoki uning rahbariyatini davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq chetlashtirishga hamda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda belgilangan shartlarga muvofiq uni yangi xususiy sherikka almashtirishga yoki uning rahbariyatini almashtirishga haqli.
Yangi xususiy sherik davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq ishlarni yakunlash va (yoki) xizmatlar koʻrsatish uchun zarur boʻlgan talablarga javob berishi kerak. Xususiy sherik yangi xususiy sherikka almashtirilgan taqdirda tender oʻtkazilmaydi.
8-bob. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi sohasida monitoring va hisobdorlik
36-modda. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda bitim taraflarining davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi axborotni almashishga taalluqli majburiyatlari nazarda tutiladi.
Vakolatli davlat organi davlat-xususiy sheriklik loyihalari bajarilishining davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim shartlariga rioya etilishi nuqtai nazaridan monitoringini amalga oshiradi. Xususiy sherik monitoringni amalga oshirish maqsadlari uchun davlat-xususiy sheriklik obyektlariga kirilishini va tegishli hujjatlardan foydalanilishini taʼminlashi shart.
37-modda. Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish boʻyicha hisobdorlik
Davlat sherigi davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotni vakolatli davlat organiga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning taraflari tomonidan imzolangan holda har olti oyda taqdim etadi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotni taqdim etish tartibi va uning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9-bob. Davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari
(9-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38-modda. Davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash turlari
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim doirasida xususiy sherikning va (yoki) kreditorning (kreditorlarning) manfaatlarini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qoʻllab-quvvatlashning quyidagi turlarini taqdim etishi mumkin:
subsidiyalar, shu jumladan xususiy sherikning davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oladigan, kafolatlangan eng kam daromadini taʼminlashga yoʻnaltiriladigan subsidiyalar;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan aktivlar va mol-mulk tarzidagi qoʻyilmalar;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarilgan yoki yetkazib berilgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) muayyan miqdorini yoki bir qismini isteʼmol qilganlik yoki ulardan foydalanganlik uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi budjeti tizimining budjetlar mablagʻlari;
budjet ssudalarini, qarzlarini, grantlarini, kredit liniyalarini va moliyalashtirishning boshqa turlarini berish;
investorlar tomonidan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash maqsadida oʻzaro kelishuvga koʻra qoʻshimcha kafolatlar;
soliq imtiyozlari va preferensiyalari, shuningdek boshqa imtiyozlar;
boshqa kafolatlar va (yoki) kompensatsiyalar.
Qoʻshimcha kafolatlar berish va (yoki) qoʻllab-quvvatlash Oʻzbekiston Respublikasi bilan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida bitim tuzish orqali yoki davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim Oʻzbekiston Respublikasi va xususiy sherik oʻrtasida tuziladigan, xususiy sherik va (yoki) kreditorlarga qoʻshimcha kafolatlar hamda qoʻllab-quvvatlash choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berilishini nazarda tutadigan yozma bitimdir.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan imzolanadi.
Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitim, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu bitimni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga bevosita yoki bilvosita taʼsir etadigan qoʻshimcha kafolatlarning va (yoki) qoʻllab-quvvatlashning har qanday turlari davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi tasdiqlanguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olinishi kerak.
Soliq imtiyozlari va preferensiyalari Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida nazarda tutilgan tartibda belgilanadi.
Alohida hollarda, davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlar doirasida jalb etiladigan chet el investitsiyalari ishtirokida amalga oshiriladigan davlat-xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining chet el valyutalariga va shartli birliklarga bogʻlanishiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida yoʻl qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-169-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi qoraoʻzak tumanida quvvati 100 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va boshqarish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan xususiy sherik davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda va (yoki) davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi bitimda nazarda tutilgan maqsadlarda xorijda bank hisobvaraqlarini ochishga haqli.
(38-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
39-modda. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha toʻlovlar
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda toʻlovlarni amalga oshirish shartlari, shu jumladan mehnatga haq toʻlash, erkin foydalanish uchun toʻlov, foydalanganlik uchun toʻlov, xususiy sherikning davlat sherigiga toʻlovi va (yoki) boshqa toʻlovlar, xususan davlat-xususiy sheriklik loyihasi amalga oshirilishi munosabati bilan daromadlarni (foydani) taqsimlash shartlari nazarda tutilishi mumkin.
(39-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 22-yanvardagi OʻRQ-669-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son)
Erkin foydalanilish uchun toʻlovlarga ajratiladigan budjet mablagʻlari, boshqa toʻlovlar davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimning butun amal qilishi davomida tegishli budjetning xarajatlar qismida har yili nazarda tutiladi.
Xususiy sherik davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq davlat sherigiga toʻlovlarni quyidagicha amalga oshirishi mumkin:
davriy asosda toʻlanadigan, qatʼiy summa tarzida;
bir yoʻla toʻlov tarzida;
xususiy sherikning faoliyatidan keladigan oʻziga tegishli boʻlgan har qanday daromadning muayyan qismi tarzida.
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda toʻlovlarning har xil turlari birgalikda nazarda tutilishi mumkin.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
40-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat-xususiy sheriklik sohasida yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(40-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41-modda. Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(41-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
42-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Vakolatli davlat organi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
43-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(43-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
44-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 10-may,
OʻRQ-537-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/537/3113-son; 23.01.2021-y., 03/21/669/0060-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 03.07.2023-y., 03/23/850/0439-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)