1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Oʻzbekiston Respublikasiiqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ni tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 27-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3593]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
3. Mazkur buyruq 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 14-noyabr,
191-son
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-noyabrdagi 191-son buyrugʻiga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”
1. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (bundan buyon matnda BHMS deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot]
2. Mazkur BHMS xoʻjalik yurituvchi subyektlar (bundan budjet tashkilotlari va nobank kredit tashkilotlari mustasno) (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) tomonidan buxgalteriya hisobini tashkil etish tartibini belgilaydi.
3. Mazkur BHMSda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
buxgalteriya hisobvaragʻi (bundan buyon matnda hisobvaraq deb yuritiladi) — iqtisodiy resurslarning holati va harakati haqidagi buxgalteriya axborotini qayd etish hamda saqlash uslubi va ularga boʻlgan talablar;
doimiy hisobvaraqlar — buxgalteriya balansida aks ettiriladigan va hisobot davri oxiriga saldoga ega boʻlgan hisobvaraqlar. Doimiy hisobvaraqlar aktiv, passiv, kontr-aktiv va kontr-passivlarga boʻlinadi;
aktiv hisobvaraqlar (A) — aktivlarni aks ettirishga moʻljallangan hisobvaraqlar boʻlib, unda iqtisodiy resurslarning qoldigʻi va koʻpayishi hisobvaraqning debetida, kamayishi esa krediti boʻyicha aks ettiriladi;
passiv hisobvaraqlar (P) — majburiyat va xususiy kapitalni aks ettirishga moʻljallangan hisobvaraqlar boʻlib, unda majburiyat va xususiy kapitalning qoldigʻi va koʻpayishi hisobvaraqning krediti boʻyicha, kamayishi esa debeti boʻyicha aks ettiriladi;
kontr-aktiv hisobvaraqlar (KA) — mazkur hisobvaraq bilan bogʻliq boʻlgan aktiv hisobvaraqning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda aktivning sof qiymatini aks ettiruvchi hisobvaraqdir;
kontr-passiv hisobvaraqlar (KP) — mazkur hisobvaraq bilan bogʻliq boʻlgan passiv hisobvaraqning saldosidan chegiriladigan moliyaviy hisobotda majburiyat yoki xususiy kapitalning sof qiymatini aks ettiruvchi hisobvaraqdir;
tranzit hisobvaraqlar (T) — hisobot davrida foydalaniladigan va hisobot davri oxiriga saldoga ega boʻlmaydigan daromadlar va xarajatlarning vaqtinchalik hisobvaraqlari;
balansdan tashqari hisobvaraqlar (BT) — tashkilotga qarashli boʻlmagan, lekin vaqtinchalik tasarrufida boʻlgan, aktivlarning mavjudligi va harakati, shartli huquqlar va majburiyatlar haqidagi axborotni umumlashtirishga moʻljallangan hisobvaraqlar.
4. Tashkilotlar mazkur BHMSning 1-ilovasidagi buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi asosida moliyaviy-xoʻjalik operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobining ishchi hisobvaraqlar rejasini tuzadi. Ishchi hisobvaraqlar rejasi tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi moliyaviy hisobotning aktiv, majburiyat, xususiy kapital, daromad va xarajat kabi guruhlashtirilgan elementlari hamda balansdan tashqari hisobvaraqlardan iborat.
6. Tashkilotlar mazkur BHMSning 2-ilovasidagi yoʻriqnomaga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga 1-ILOVA
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining
Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar
6230
Boshqa kechiktirilgan daromadlar
6240
Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar
6250
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi majburiyatlari
6290
Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar
6300
Olingan boʻnaklarning joriy qismi
P
6310
Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — joriy qismi
6320
Aksiyaga obunachilardan olingan boʻnaklar
6390
Boshqa olingan boʻnaklar
6400
Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar
P
6410
Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)
6500
Sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha joriy qarzlar
P
6510
Sugʻurta boʻyicha toʻlovlar
6520
Davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar
6600
Taʼsischilarga boʻlgan joriy qarzlar
P
6610
Toʻlanadigan dividendlar
6620
Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarz
6630
Taʼsischilarning ustav kapitalini oshirish boʻyicha ulushlari
6700
Ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar
P
6710
Ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar
6720
Deponentlangan ish haqi
6800
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar
P
6810
Qisqa muddatli kreditlar
6820
Qisqa muddatli qarzlar
6830
Toʻlanadigan obligatsiyalar
6840
Toʻlanadigan veksellar
6900
Boshqa joriy kreditorlik qarzlar
P
6910
Toʻlanadigan operativ ijara
6920
Hisoblangan foizlar
6930
Royalti boʻyicha qarzlar
6940
Kafolatlar boʻyicha qarzlar
6950
Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi
6960
Daʼvolar boʻyicha toʻlovlar
6970
Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar
6990
Boshqa majburiyatlar
2-§. Uzoq muddatli majburiyatlar
7000
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli toʻlovlar
P
7010
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatlitoʻlovlar
7020
Berilgan uzoq muddatliveksellar
7100
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar
P
7110
Ajratilgan boʻlinmalarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar
7120
Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar
7200
Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlar
P
7210
Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar
7220
Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar
7230
Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar
7240
Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar
7250
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi uzoq muddatli majburiyatlari
7290
Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar
7300
Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — uzoq muddatli qismi
P
7310
Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — uzoq muddatli qismi
7400
7500
7600
7700
7800
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlar
P
7810
Uzoq muddatli kreditlar
7820
Uzoq muddatli qarzlar
7830
Toʻlanadigan uzoq muddatli obligatsiyalar
7840
Toʻlanadigan uzoq muddatli veksellar
7900
Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlar
P
7910
Toʻlanadigan moliyaviy ijara
7920
Kreditorlarga boʻlgan boshqa uzoq muddatli qarzlar
3-BOB. XUSUSIY KAPITAL
8000
8100
8200
8300
Ustav kapitali
P
8310
Oddiy aksiyalar
8320
Imtiyozli aksiyalar
8330
Pay va ulushlar
8400
Qoʻshilgan kapital
P
8410
Emissiya daromadi
8420
Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi
8500
Rezerv kapitali
P
8510
Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar
8520
Rezerv kapitali (fondi)
8530
Tekinga olingan mulk
8600
Sotib olingan xususiy aksiyalar
KP
8610
Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy
8620
Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli
8700
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)
P
8710
Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)
8720
Jamgʻarilgan foyda (qoplanmagan zarar)
8800
Maqsadli tushumlar
P
8810
Grantlar
8820
Subsidiyalar
8830
Aʼzolik badallari
8840
Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari
8890
Boshqa maqsadli tushumlar
8900
Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari
P
8910
Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari
4-BOB. DAROMADLAR VA XARAJATLAR
9000
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlari
T
9010
Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar
9020
Tovarlarni sotishdan daromadlar
9030
Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar
9040
Sotilgan tovarlar (mahsulotlar)ning qaytishi
9050
Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar
9100
Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxi
T
9110
Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi
9120
Sotilgan tovarlarning tannarxi
9130
Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi
9140
Davriy hisobda tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish/xarid qilish
9150
Davriy hisobda tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha tuzatishlar
9200
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi
T
9210
Asosiy vositalarning chiqib ketishi
9220
Boshqa aktivlarning chiqib ketishi
9300
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari
T
9310
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda
9320
Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda
9330
Undirilgan jarima, penya va ustamalar
9340
Oʻtgan yillar foydalari
9350
Operativ ijaradan daromadlar
9360
Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar
9370
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar daromadlari
9380
Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam
9390
Boshqa operatsion daromadlar
9400
Davr xarajatlari
T
9410
Sotish xarajatlari
9420
Maʼmuriy xarajatlar
9430
Boshqa operatsion xarajatlar
9500
Moliyaviy faoliyat boʻyicha daromadlar
T
9510
Royalti koʻrinishidagi daromadlar
9520
Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar
9530
Foizlar koʻrinishidagi daromadlar
9540
Valyutalar kurslari farqidan daromadlar
9550
Moliyaviy ijaradan daromadlar
9560
Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar
9590
Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari
9600
Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar
T
9610
Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar
9620
Valyutalar kurslari farqidan zararlar
9630
Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlar
9690
Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar
9700
Favqulodda vaziyatlardan olingan foyda (zarar)
T
9710
Favqulodda vaziyatlardan olingan foydalar
9720
Favqulodda vaziyatlardan koʻrilgan zararlar
9800
Soliq majburiyatlarinitoʻlash uchun foydaning ishlatilishi
T
9810
Foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar
9820
Foydadan hisoblangan boshqa soliq majburiyatlari boʻyicha xarajatlar
9900
Yakuniy moliyaviy natija
T
9910
Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)
5-BOB. BALANSDAN TASHQARI HISOBVARAQLAR
001
Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar
BT
002
Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy zaxiralar
BT
003
Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar
BT
004
Vositachilik shartnomasi boʻyicha qabul qilingan tovarlar
BT
005
Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar
BT
006
Qatʼiy hisobdagi blankalar
BT
007
Toʻlovga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi
BT
008
Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — olingan
BT
009
Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — berilgan
BT
010
Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar
BT
011
Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk
BT
012
Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chegiriladigan xarajatlar
BT
013
Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)
BT
014
Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari
BT
015
Oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat) boʻyicha olingan mulk
BT
016
Foydalanish huquqi boʻyicha olingan nomoddiy aktivlar
BT
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3593-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga 2-ILOVA
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini qoʻllash boʻyicha
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma xoʻjalik yurituvchi subyektlarda (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasini qoʻllash tartibini belgilaydi.
1-bob. Aktivlar
1-§. Uzoq muddatli aktivlar
1. Ushbu paragrafning hisobvaraqlari asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar, kapital qoʻyilmalar, uzoq muddatli debitor qarzlar va boshqa uzoq muddatli aktivlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
2. Ushbu paragrafning hisobvaraqlari quyidagilar toʻgʻrisidagi axborotlarni yoritadi:
a) tashkilotga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan va moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning mavjudligi, harakati va eskirishi;
b) tashkilotga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan nomoddiy aktivlarning mavjudligi, harakati va eskirishi;
v) qimmatli qogʻozlarga, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga, chet el kapitali ishtirokidagi va boshqalarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar;
g) Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va xorijdan keltirilgan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning mavjudligi va harakati;
d) barcha turdagi kapital qoʻyilmalar;
e) olingan veksellar boʻyicha hisob-kitoblarning uzoq muddatli qismi, moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar, xodimlarning uzoq muddatli qarzlari, boshqa uzoq muddatli debitor qarzlar, vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi, boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar.
Asosiy vositalar (0100)
3. Tashkilotga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati, foydalanilayotgan, konservatsiya qilingan yoki operativ ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
0110 “Yer”;
0111 “Yerni obodonlashtirish”;
0112 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish”;
0120 “Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar”;
0130 “Mashina va asbob-uskunalar”;
0140 “Mebel va ofis jihozlari”;
0150 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi”;
0160 “Transport vositalari”;
0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar”;
0180 “Koʻp yillik oʻsimliklar”;
0190 “Boshqa asosiy vositalar”;
0199 “Konservatsiya qilingan asosiy vositalar”.
4. Analitik hisobning tashkil qilinishi respublika hududi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va ularning harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
5. Aktivni asosiy vositalar tarkibiga kiritish tartibi tashkilotning hisob siyosatida Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ga (roʻyxat raqami 3546, 2024-yil 9-avgust) muvofiq belgilanadi.
6. Taʼsischilar tomonidan tashkilotning ustav kapitaliga ulush hisobidan kiritilgan asosiy vositalarni kirim qilish asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (0100) debeti va 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
7. Tashkilotning oʻzi tomonidan qurilgan, shuningdek pudrat shartnomasiga asosan qurilgan obyektlar tegishli asosiy vositalar hisobvaraqlarining (0100) debeti, 0810 “Tugallanmagan qurilish” hisobvaragʻining krediti boʻyicha kirim qilinadi.
8. Mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa shaxslardan sotib olingan obyektlar asosiy vositalar hisobvaraqlarining (0100) debeti va 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish” hisobvaragʻining krediti boʻyicha kirim qilinadi.
9. Tekinga olingan asosiy vositalarning kirim qilinishi asosiy vositalar hisobvaraqlarining (0100) debeti va 8530 “Tekinga olingan mulklar” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
10. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda ularning boshlangʻich qiymati tegishli (0100) asosiy vositalar hisobvaraqlaridan 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining debetiga hisobdan chiqariladi.
11. 0110 “Yer” hisobvaragʻida qonunchilik hujjatlariga muvofiq mulk huquqi asosida berilgan yer maydonlarining hisobi olib boriladi. 0110 “Yer” hisobvaragʻining debetida yer maydonlarini xarid qilishda toʻlanadigan qoʻshimcha xarajatlar, koʻchmas mulk agentlarining komission mukofoti, advokatlarning xizmat haqi, sotib olish bilan bogʻliq soliqlar, zovurlar qiymati, yerlarni tozalash va tekislash xarajatlari hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 4-bobi.
Yerlarni foydalanishga tayyorlash, jumladan suv olib kelish, oqova suvlarni chiqarish inshootlari, geodeziya ishlari boʻyicha umumiy xarajatlar 0110 “Yer” hisobvaragʻida jamgʻarib boriladi. Chunki ushbu xarajatlar yerdan kelgusida foydalanish va uning qiymatini oshirish uchun zarur.
Yer maydoni bino va inshootlarni rekonstruksiya qilish yoki qurish uchun sotib olinganda, mavjud konstruksiyalar va boshqa toʻsiqlarni bartaraf etish qiymati 0110 “Yer” hisobvaragʻining debetida jamgʻarib boriladi. Bunda konstruksiyani tugatishdan olingan materiallarni sotishdan tushgan tushum ushbu xarajatlarni kamaytiradi.
Agar yer maydoni oldindan tasarrufda boʻlsa va mavjud konstruksiyalar yangi qurilish obyektiga joy berish uchun buzib tashlansa, buzish boʻyicha xarajatlar 0110 “Yer” hisobvaragʻida jamgʻarib borilmaydi, balki eski konstruksiyalarni hisobdan chiqarish bilan bogʻliq xarajat sifatida aks ettiriladi.
12. 0111 “Yerni obodonlashtirish” hisobvaragʻida yer maydonlari tuzilishini oʻzgartirish, kelish yoʻllari, avtomobillar va boshqa transport vositalarining toʻxtash maydonlari, devorlar va boshqa inshootlarning holatini yaxshilash xarajatlari hisobga olinadi.
13. 0112 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” hisobvaragʻida moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish bilan bogʻliq kapital xarajatlar hisobga olinadi.
Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish boʻyicha kapital xarajatlarga rekonstruksiya va modernizatsiya qilish xarajatlari ham qoʻshiladi.
14. 0120 “Binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar” hisobvaragʻida quyidagilar hisobga olinadi:
a) bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi (mustaqil xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan, alohida turgan bino yoki qoʻshimcha qurilishlar). Bino va qoʻshimcha qurilishlar tarkibiga bir meʼyorda foydalanish uchun sharoit yaratib beradigan barcha kommunikatsiya tizimi (isitish, yoritish, shamollatish, suv-gaz taʼminoti tizimlari, ichki telefon va kompyuter tarmoqlari, lift xoʻjaligi, yongʻindan saqlash va qoʻriqlash signalizatsiya tizimi) kiradi;
b) inshootlar — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi (masalan, avtomobil yoʻllari, koʻpriklar, osma yoʻllar, suv ombori, neft va gaz quduqlari, shaxta quduqlari va boshqalar);
v) uzatuvchi moslamalar — elektr quvvatini uzatish tizimlari, truba yoʻllari, issiqlik va gaz tarmoqlari, transmissiyalar va boshqalar.
15. 0130 “Mashina va asbob-uskunalar” hisobvaragʻida quyidagilar hisobga olinadi:
a) kuchlantiruvchi mashina va uskunalar — atom reaktorlari, qozonlar, bugʻ dvigatellari, turbinalar, kuchlantiruvchi transformatorlar, ichki yonuv dvigatellari va boshqalar;
b) ishchi mashinalar va uskunalar — mehnat buyumlariga mexanik, issiqlik, kimyoviy va boshqa texnologik taʼsir koʻrsatuvchi stanoklar, apparatlar, agregatlar;
v) oʻlchov va boshqaruv moslamalari va laboratoriya uskunalari hamda jihozlari — tarozilar, manometrlar, termostatlar, dispetcher nazorati uskunalari, signalizatsiya, ilmiy-tekshirish laboratoriyasi, seysmologik stansiya uskunalari va boshqalar;
g) boshqa mashinalar va uskunalar — telefon stansiyasi uskunalari va boshqa oldingi guruhlarda hisobga olinmaydigan mashina va uskunalar.
16. 0140 “Mebel va ofis jihozlari” hisobvaragʻida ishlab chiqarish va boshqaruv uchun moʻljallangan mebel va jihozlar (stollar, shkaflar, mebel yigʻimlari, kreslo, temir seyflar va boshqalar), shuningdek ofis jihozlari (telefaks apparati, qogʻoz qirqadigan va yoʻq qiladigan mashinalar va boshqalar) hisobga olinadi.
17. 0150 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi” hisobvaragʻida kompyuterlar, printerlar, skanerlar, modem va boshqa kompyuter jihozlari hamda hisoblash texnikalari hisobga olinadi.
18. 0160 “Transport vositalari” hisobvaragʻida temir yoʻl, suv, havo, avtomobil, ishlab chiqarish va kommunal transport vositalarining harakatlanuvchi tarkibi, shuningdek magistral quvur tarmoqlari (truboprovodlar) hisobga olinadi.
19. 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” hisobvaragʻida ishchi kuchi sifatida foydalaniladigan ishchi hayvonlar — otlar, hoʻkizlar, tuyalar, xachir va eshaklar hamda boshqa ishchi hayvonlar (yuk transport vositasi sifatida foydalaniladigan hayvonlar) hamda mahsulot (nasl, sut, jun va boshqalar) beradigan hayvonlar — sigirlar, biyalar, qoʻylar, echkilar va boshqalar hisobga olinadi.
20. 0180 “Koʻp yillik oʻsimliklar” hisobvaragʻida koʻkalamzorlashtirish, dekoratsiya, meva-rezavor daraxtlar va oʻsimliklar, yashil devorlar hamda boshqalar hisobga olinadi.
21. 0190 “Boshqa asosiy vositalar” hisobvaragʻida yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarda sanab oʻtilmagan asosiy vositalar hisobga olinadi.
22. 0199 “Konservatsiya qilingan asosiy vositalar” hisobvaragʻida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalangan asosiy vositalar hisobi yuritiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-sentabrdagi 401-son “Foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
23. Asosiy vositalar hisobvaraqlarining (0100) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Qurib bitkazilgan va foydalanishga topshirilgan obyektlarning asosiy vositalar tarkibiga oʻtkazilishi
0110-0190
0810
2.
Oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha olingan obyektlarning asosiy vositalar tarkibiga kiritilishi
0110-0190
0820
3.
Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan obyektlarning moliyaviy ijara shartnomasi tugaganidan keyin asosiy vositalar tarkibiga qabul qilinishi
0110-0190
0310
4.
Taʼsischilarning ustav kapitaliga ulush (pay) sifatida kiritilgan yoki aksiyalarga toʻlov sifatida kelib tushgan asosiy vositalarning kirim qilinishi
0110-0190
4610
5.
Asosiy vositalarning tekinga kelib tushishi
0110-0190
8530
6.
Asosiy vositalarning ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan kelib tushishi
0110-0190
6110, 6120
7.
Qoʻshimcha qurish, uskunalar oʻrnatish, modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va boshqa sifat jihatidan yaxshilash natijasida asosiy vositalar boshlangʻich qiymatining koʻpayishi
0110-0190
0890
8.
Yerni obodonlashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish
0111
0850
9.
Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish bilan bogʻliq xarajatlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritish
0112
0860
10.
Ishchi va mahsuldor hayvonlarning asosiy vositalar tarkibiga kirim qilinishi
0170
0840
11.
Asosiy vositalarni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi;
0110-0199
8510
b) qiymatining kamaytirilishi.
8510
0110-0199
12.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan asosiy vositalar kirimi
0100
9390
13.
Tugatish, sotish, ayirboshlash, tekinga berish, ulush sifatida ustav kapitaliga berish, nodavlat notijorat tashkilot mulkini shakllantirishda mulkiy badal sifatida berish, moliyaviy ijara, aniqlangan kamomad yoki yoʻqotish, ishtirokchining yuridik shaxs ishtirokchilari tarkibidan chiqishida asosiy vositalar bilan hisob-kitob qilish
9210
0110-0190
14.
Ajratilgan boʻlinmalarga asosiy vositalarning berilishi
4110
0110-0190
15.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilingan asosiy vositalar
0199
0110-0190
Asosiy vositalarning eskirishi (0200)
24. Tashkilotning mulki hisoblangan yoki moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
0211 “Yerni obodonlashtirishning eskirishi”;
0212 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi”;
0220 “Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi”;
0230 “Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi”;
0240 “Mebel va ofis jihozlarining eskirishi”;
0250 “Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi”;
0260 “Transport vositalarining eskirishi”;
0270 “Ishchi hayvonlarning eskirishi”;
0280 “Koʻp yillik oʻsimliklarning eskirishi”;
0290 “Boshqa asosiy vositalarning eskirishi”;
0299 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi”.
Analitik hisobning tashkil qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va xorijdagi asosiy vositalarning mavjudligi va eskirishining harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
25. Asosiy vositalar boʻyicha eskirishni hisoblash usullari tashkilotning hisob siyosatida belgilanadi.
26. Quyidagi asosiy vositalarga eskirish hisoblanmaydi:
a) yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obyektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar);
b) mahsuldor chorva mollari;
v) axborot-kutubxona fondi;
g) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga oʻtkazilgan asosiy vositalar;
j) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari, yoʻlaklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tasarrufida boʻlgan obodonlashtirish inshootlari;
(26-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 4-martdagi 336-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3593-2, 13.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3593-2/0238-son)
z) toʻliq amortizatsiyalangan asosiy vositalar.
27. 0211 — 0290 hisobvaraqlarida tashkilotga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan asosiy vositalarning eskirishi hisobga olinadi.
28. 0299 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi” hisobvaragʻida moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning eskirishi hisobga olinadi.
29. Asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (0200) kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda olib boriladi.
30. Ijaraga beruvchi operativ ijaraga berilgan asosiy vositalar boʻyicha hisoblangan eskirish summasini tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (0200) krediti va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻining debetida aks ettiradi.
31. Asosiy vositalarning qiymatini balansdan chiqarishda ularga hisoblangan eskirish summasi tegishli asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (0200) debetidan 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining kreditiga hisobdan chiqariladi.
32. Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (0200) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash
2010, 2310, 2710
0211-0299
2.
Umumiy ishlab chiqarish maqsadida foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash
2510
0211-0299
3.
Savdo tashkilotlarida foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash
9410
0211-0299
4.
Maʼmuriy maqsadlar uchun foydalanilayotgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash
9420
0211-0299
5.
Quyidagi maqsadlarda foydalaniladigan asosiy vositalarga eskirish hisoblash:
a) yangi turdagi buyumlarni ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ishga tushirish ishlarida;
b) seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarishga moʻljallanmagan yangi texnologik jarayonlarni oʻzlashtirishda xizmat koʻrsatishda
9430
0211-0299
6.
Ishchi hayvonlar boʻyicha eskirishni hisoblash
xarajatlarni hisobga oluvchi
hisobvaraqlar
0270
7.
Koʻp yillik oʻsimliklar eskirishini hisoblash
xarajatlarni hisobga oluvchi
hisobvaraqlar
0280
8.
Operativ ijaraga berilgan asosiy vositalar eskirishini hisoblash
9430
0220-0299
9.
Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning xususiy asosiy vositalar tarkibiga oʻtishi natijasida ularga hisoblangan eskirish summasini oʻtkazish
0299
0211-0290
10.
Moliyaviy ijara shartnomasining muddati tugagandan keyin ijaraga beruvchiga qaytariladigan asosiy vositalarning eskirishini hisobdan chiqarish
0299
0310
11.
Asosiy vositalarning eskirishini qayta baholash:
a) qiymati oshirilganda;
8510
0211-0299
b) qiymati kamaytirilganda.
0211-0299
8510
12.
Asosiy vositalarning qiymatini balansdan chiqarish
0211-0290
9210
Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalar (0300)
33. Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 0310 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalar” hisobvaragʻida amalga oshiriladi. Ushbu hisobvaraq ijarachida qoʻllaniladi.
34. Moliyaviy ijara asosida kelib tushgan va kapital qoʻyilmalarni talab etmaydigan obyektlar 0310 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalar” hisobvaragʻining debeti va 7910 “Toʻlanadigan moliyaviy ijara” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3593-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)
35. Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalardan foydalanganlik uchun ijaraga beruvchiga toʻlanadigan joriy toʻlovlar 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” hisobvaragʻining debeti va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi.
36. Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha hisoblangan foizlar summasi:
37. Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan obyektni ijarachining mulkiga oʻtishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) ijaraga olingan obyektning qiymati asosiy vositalar tarkibiga oʻtkazilishi:
debet 0100 asosiy vositalarning turlari boʻyicha;
kredit 0310 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalar”;
kredit 0112 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” hisobvaraqlari;
b) eskirish summalarini oʻtkazilishi:
debet 0299 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi”;
debet 0212 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi”;
kredit 0200 asosiy vositalarning turlari boʻyicha eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlari.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3593-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)
38. Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan obyektlar ijaraga beruvchiga qaytarilganda buxgalteriya hisobida quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
a) boshlangʻich qiymatiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”;
kredit 0310 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalar”;
kredit 0112 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish” hisobvaraqlari;
b) eskirish summasiga:
debet 0299 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi”;
debet 0212 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi”;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaraqlari;
d) ijaraga beruvchi tomonidan moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha obodonlashtirish qiymatining qoplanadigan summasiga:
debet 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari”;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaraqlari;
e) obodonlashtirish boʻyicha xarajatlarni qoplash uchun ijaraga beruvchidan pul mablagʻlari kelib tushgan summasiga:
debet pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlari;
kredit 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” hisobvaragʻi;
f) ijara (lizing) toʻlovlari jadvali (tartibi) boʻyicha asosiy qarzning qoplanmagan qoldigʻi summasiga:
debet 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi”;
debet 7910 “Toʻlanadigan moliyaviy ijara” hisobvaragʻi — uzoq muddatli qismi (moliyaviy ijara shartnomasi muddati tugagunga qadar qaytarilish amalga oshirilgan hollarda qoʻllaniladi);
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaraqlari;
g) ijarachi tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni qaytarish boʻyicha xarajatlar (buzish, tashish va boshqalar) summasiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”;
kredit materiallarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1000), mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6700), sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6500) va boshqa tegishli hisobvaraqlari;
h) moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni qaytarish natijasida:
olingan foyda summasiga:
debet 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”;
kredit 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” hisobvaraqlari;
koʻrilgan zarar summasiga:
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaraqlari.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3593-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)
39. Analitik hisob 0310 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalar” hisobvaragʻi boʻyicha asosiy vositalarning turlari va alohida inventar obyektlari boʻyicha yuritiladi.
40. Moliyaviy ijara (Lizing) shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (0300) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Moliyaviy ijara obyektini aktiv (kapital qoʻyilmalar talab etilganda) va majburiyat sifatida tan olinishi
0890
7910
2.
Moliyaviy ijara obyektini maqsadli foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar summasi
0890
majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar va boshqa tegishli hisobvaraqlar
3.
Moliyaviy ijara obyektini boshlangʻich qiymat boʻyicha foydalanishga topshirish
0310
0890
4.
Moliyaviy ijaraga olingan obyektga eskirish hisoblanganda
xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
0299
5.
Moliyaviy ijaraga olingan obyektni ishchi holatda saqlab turish bilan bogʻliq joriy xarajatlar summasi
xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar va boshqa tegishli hisobvaraqlar
6.
Moliyaviy ijaraga olingan obyektni yaxshilash va obodonlashtirish boʻyicha xarajatlari summasi
0860
majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar va boshqa tegishli hisobvaraqlar
7.
Moliyaviy ijaraga olingan obyektni obodonlashtirish bilan bogʻliq kapital xarajatlar summasi
0112
0860
8.
Moliyaviy ijaraga olingan obyektni obodonlashtirish boʻyicha eskirish hisoblanganda
xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
0212
9.
Moliyaviy ijara toʻlovlari jadvaliga muvofiq moliyaviy ijara boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi oʻtkazilganda
7910
6950
10.
Moliyaviy ijara toʻlovlari jadvaliga muvofiq moliyaviy ijara boʻyicha hisoblangan foizlar summasi
9610
6920
11.
Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha toʻlangan summasi
6950
6920
pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3593-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)
Nomoddiy aktivlar (0400)
41. Tashkilotga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
0410 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xau”;
0420 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari”;
0430 “Dasturiy taʼminot”;
0440 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlari”;
0460 “Franshizing”;
0470 “Mualliflik huquqlari”;
0480 “Gudvill”;
0490 “Boshqa nomoddiy aktivlar”.
42. Obyektlarni nomoddiy aktivlarga kiritish tartibi va ularning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ga (roʻyxat raqami 3547, 2024-yil 9-avgust) muvofiq hisob siyosatida belgilanadi.
43. Taʼsischilar tomonidan ustav kapitaliga ularning ulushlari hisobiga kiritilgan nomoddiy aktivlarni kirim qilish (0400) nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida va 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
Boshqa xarid qilingan nomoddiy aktivlar nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti va 0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish” hisobvaragʻining kreditiga kirim qilinadi.
44. Boshqa tekinga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida 8530 “Tekinga olingan mulk” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
45. Agar nomoddiy aktiv tashkilotning oʻzi tomonidan yaratilsa va uni yaratish xarajatlarining aniq summasini aniqlash imkoni mavjud boʻlsa, nomoddiy aktiv haqiqiy tannarxi boʻyicha aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkoniyati mavjud boʻlmaganda, ushbu xarajatlar ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari sifatida aks ettiriladi.
46. Nomoddiy aktivlar chiqib ketganda (sotilganda, tekinga berilganda, inventarizatsiya jarayonida kamomad aniqlanganda va boshqalarda) ularning boshlangʻich qiymati nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlarning (0400) kreditidan 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining debetiga hisobdan chiqariladi.
47. Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (0400) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Xarid qilingan nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati (haqiqiy tannarxi) boʻyicha kirim qilinishi
0410-0490
0830
2.
Oʻzida yaratilgan nomoddiy aktivlarning haqiqiy tannarxi boʻyicha kirim qilinishi
0410-0490
0830
3.
Ustav kapitaliga ulush sifatida yoki aksiyaga obuna boʻlishga haq toʻlash hisobiga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi
0410-0490
4610
4.
Tekinga olingan nomoddiy aktivlarning kirim qilinishi
0410-0490
8530
5.
Sotib olishda aktivlarning haqiqiy bahosi va sotib olish bahosi oʻrtasidagi farq sifatida vujudga keladigan gudvillni aks ettirish
0480
majburiyatlarni hisobga olish hisobvaraqlari
6.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan hisobga olinmagan nomoddiy aktivlarni aks ettirish
0410-0490
9390
7.
Gudvill summasining har oy foydali xizmat muddati davomida hisobdan chiqarilishi
Xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
0480
8.
Nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati boʻyicha sotilishi, hisobdan chiqarilishi, xarid qilingan qimmatli qogʻozlar haqining toʻlovi uchun berilishi, boshqa tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida, shuningdek tekinga berilganda va boshqalar natijasida chiqib ketishi
9220
0410-0490
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (0500)
48. Tashkilotga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan nomoddiy aktivlar obyektlari boʻyicha jamlangan amortizatsiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar quyidagi hisobvaraqlarda umumlashtiriladi:
0510 “Patentlar, litsenziyalar va nou-xauning amortizatsiyasi”;
0520 “Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining amortizatsiyasi”;
0530 “Dasturiy taʼminotning amortizatsiyasi”;
0540 “Yer va tabiat resurslaridan foydalanish huquqlarining amortizatsiyasi”;
49. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi hisob siyosatida belgilangan usullarga muvofiq, tashkilot tomonidan hisoblab chiqilgan meʼyorlar boʻyicha oyma-oy tegishliligiga qarab tannarxga va davr xarajatlariga kiritiladi.
50. Nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya summasi xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti va (0500) nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditiga olib boriladi.
51. Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishida (sotilishi, tekinga berilishi va boshqalar) ular boʻyicha hisoblangan eskirish summasi (0500) nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetidan 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0500) boʻyicha analitik hisob nomoddiy aktivlarning turlari va alohida obyektlari boʻyicha yuritiladi.
52. Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (0500) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarishda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblash
2010, 2310
0510-0590
2.
Umumiy ishlab chiqarish maqsadida va xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblash
2510, 2710
0510-0590
3.
Savdo tashkilotlarida foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblanganda
9410
0510-0590
4.
Boshqaruv maqsadida foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblanganda
9420
0510-0590
5.
Quyidagi maqsadlarda foydalaniladigan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblash:
a) yangi turdagi buyumlarni ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ishga tushirish ishlarida;
b) seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarishga moʻljallanmagan yangi texnologik jarayonlarni oʻzlashtirishda xizmat koʻrsatish uchun.
9430
0510-0590
6.
Kapital qoʻyilmalarda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya hisoblanganda
0810-0890
0510-0590
7.
Nomoddiy aktivlar qiymatini balansdan chiqarish natijasida yigʻilgan amortizatsiya summasini hisobdan chiqarish
0510-0590
9220
Uzoq muddatli investitsiyalar (0600)
53. Boshqa tashkilotlarning qimmatli qogʻozlariga, mamlakat hududida va xorijda tuzilgan shuʼba hamda qaram xoʻjalik jamiyatlari va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati, shuningdek boshqa tashkilotlarga taqdim etilgan, berilgan uzoq muddatli qarzlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
0610 “Qimmatli qogʻozlar”;
0620 “Shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”;
0630 “Qaram xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”;
0640 “Chet el kapitali ishtirokidagi tashkilotlarga investitsiyalar”;
55. 0610 “Qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻida obligatsiyalar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
56. 0620 “Shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”, 0630 “Qaram xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar”, 0640 “Chet el kapitali ishtirokidagi tashkilotlarga investitsiyalar” hisobvaraqlarida shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari hamda chet el kapitali ishtirokidagi tashkilotlarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
57. 0690 “Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar” hisobvaragʻida yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarda nazarda tutilmagan boshqa uzoq muddatli investitsiyalar hisobga olinadi.
58. Aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar sotib olish bahosida 0610 “Qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻining debetida ushbu investitsiyalar hisobiga berilgan qiymatliklar hisobga olinadigan hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
59. Agar xarid qilingan obligatsiyalar va qarz qimmatli qogʻozlarining xarid qiymati ularning nominal qiymatidan past boʻlsa, xarid qilingan vaqtdan boshlab qoplash vaqtigacha boʻlgan davrda xarid qiymati va nominal qiymati oʻrtasidagi farq qismi qoʻshimcha hisoblanadi. Bunda 0610 “Qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻining debeti va 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” hisobvaragʻining krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Yuqorida koʻrsatilgan har ikkala holatda ham qimmatli qogʻozlarni qoplash muddati kelganda, 0610 “Qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻida hisobga olingan qiymat nominal qiymatga toʻgʻri kelishi lozim.
Qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizlar (dividendlar) hisoblanganda, 4830 “Olinadigan foizlar” yoki 4840 “Olinadigan dividendlar” hisobvaraqlarining debeti va 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” yoki 9520 “Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar” hisobvaraqlarining krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar boʻyicha analitik hisob uzoq muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu investitsiyalar amalga oshirilgan obyektlar boʻyicha yuritiladi. Bunda analitik hisobning tashkil qilinishi Oʻzbekiston Respublikasi hududi va xorijdagi obyektlarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
60. Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (0600) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Asosiy vositalarni berish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarni xarid qilish
0610
9210
2.
Nomoddiy aktivlar va materiallar berish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarni xarid qilish
0610
9220
3.
Mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni berish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarni xarid qilish
0610
9010, 9020, 9030
4.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni berish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarni xarid qilish
0610
9220
5.
Qimmatli qogʻozlar uzoq muddatli investitsiyalar sifatida tekinga olinganda
0610
8530
6.
Qimmatli qogʻozlar xarid qilinganda
0610
5010-5530
7.
Debitorlik qarzlari hisobiga qimmatli qogʻozlarning xarid qilinishi
0610
Olinadigan hisobvaraqlar
8.
Qisqa muddatli investitsiyalar tarkibi oʻzgartirilganda (restrukturizatsiya)
0610
5810-5890
9.
Taʼsischilarning ustav kapitaliga ularning ulushi sifatida berilgan qimmatli qogʻozlarning qiymati
0610
4610
10.
Qimmatli qogʻozlarga tegishli huquqlar unga oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnomaning olinishi
0610
6990, 7920
11.
Obligatsiyalar va boshqa qarz qimmatli qogʻozlarning xarid va nominal qiymatlari oʻrtasidagi farq:
a) nominal qiymati xarid qiymatidan yuqori;
0610
9590
b) xarid qiymati nominal qiymatidan yuqori.
9690
0610
12.
Chet el valyutasidagi uzoq muddatli investitsiyalar bilan bogʻliq operatsiyalar boʻyicha kurs farqlari:
ijobiy
0610
9540
salbiy
9620
0610
13.
Uzoq muddatli investitsiyalarni:
9010-9030, 9210-9220
a) shuʼba xoʻjalik jamiyatlarida;
0620
b) qaram xoʻjalik jamiyatlarida;
0630
v) chet el kapitali ishtirokidagi tashkilotlarda aks ettirish.
0640
14.
Uzoq muddatli investitsiyalar sifatida hisobga olingan qimmatli qogʻozlarning qoplanishi (sotib olinishi)
5110-5530
0610
15.
Uzoq muddatli investitsiyalar sifatida hisobga olingan qimmatli qogʻozlarning sotilishi
9220
0610
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar (0700)
61. Qurilayotgan (taʼmirlanayotgan) kapital qoʻyilma obyektlarida oʻrnatish uchun moʻljallangan va montajni talab qiluvchi texnologik, energetik va ishlab chiqarish asbob-uskunalarining (shuningdek laboratoriya, tajriba moslamalari va ustaxonalar uchun moʻljallangan asbob-uskunalar) mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
0710 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — mahalliy”;
0720 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — xorijiy”.
62. Montajni talab qiluvchi asbob-uskunalarga ularning qismlari yigʻilganidan soʻng va fundamentga yoki tayanchga, polga, qavatlar oʻrtasidagi ustunlarga hamda boshqa bino va inshootlarning konstruksiyalariga mustahkamlangandan soʻng ishga tushiriladigan koʻtarma asbob-uskunalar, shuningdek shu kabi asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari kiradi. Bunday asbob-uskunalar tarkibiga nazorat-oʻlchov apparatlari yoki oʻrnatiladigan asbob-uskuna tarkibida yigʻish-oʻrnatish uchun moʻljallangan boshqa asboblar kiradi.
63. Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (0700) montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalar (transport vositalari, mustaqil turuvchi stanoklar, qurilish mexanizmlari, qishloq xoʻjaligi mashinalari, ishlab chiqarish vositalari, inventarlar, oʻlchov asboblari va boshqalar) hisobga olinmaydi. Montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalarni xarid qilish xarajatlari bevosita 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish” hisobvaragʻida aks ettiriladi.
64. Asbob-uskunalar oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (0700) tashkilot omborlariga ushbu qiymatliklarni yetkazib berish va tayyorlash xarajatlari hamda xarid qilish (tayyorlash) qiymatidan tashkil topadigan haqiqiy xarid qilish tannarxi boʻyicha hisobga olinadi.
Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari hisobiga kiritilgan asbob-uskunalarni kirim qilish 0710 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — mahalliy”, 0720 “Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar — xorijiy” hisobvaraqlarining debeti va 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” hisobvaragʻining krediti boʻyicha aks ettiriladi.
65. Quruvchi (buyurtmachi) tomonidan qurilish maydoniga keltirilgan montaj va oʻrnatishni talab qiluvchi asbob-uskunalar pudratchi tomonidan balansdan tashqari 005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar” hisobvaragʻiga qabul qilinadi. Ushbu montajga berilgan asbob-uskunalar yoki ularning qismlari qiymatini pudratchi balansdan tashqari 005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar” hisobvaragʻidan hisobdan chiqaradi. Pudratchiga berilgan, biroq doimiy foydalanish joyiga oʻrnatish va montaj qilish hali boshlanmagan asbob-uskunalar qiymati quruvchida hisobdan chiqarilmaydi.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0700) boʻyicha analitik hisob asbob-uskunalarning turlari va saqlanish joylari boʻyicha yuritiladi.
66. Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (0700) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Kelib tushgan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning kirim qilinishi
0710-0720
6010-6020, 6110-6120
2.
Kelib tushgan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning kirim qilinishi (1510-hisobvaraqdan foydalanilganda)
0710-0720
1510
3.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning qiymatiga yordamchi ishlab chiqarishning turli xizmatlarining (transport, ehtiyot qismlar, shtamplarni tayyorlash va boshqalar) kiritilishi
0710-0720
2310
4.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni yetkazib berish va saqlash bilan bogʻliq ishlarga ish haqi hisoblanishi
0710-0720
6710
5.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni xarid qilish va saqlashda hisoblangan ish haqi boʻyicha davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar qilinishi
0710-0720
6520
6.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni xarid qilish, yetkazib berish va saqlash bilan bogʻliq turli xarajatlar hisobdor shaxslar tomonidan toʻlanishi
0710-0720
4220-4290, 6970
7.
Aksiyaning toʻlovi evaziga oʻrnatiladigan asbob-uskunalar kelib tushishi
0710-0720
4610
8.
Turli shaxslardan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning sotib olinishi
0710-0720
6990
9.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha asbob-uskunalar summasi
0710-0720
9390
10.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi
0710-0720
8510
b) qiymatining kamaytirilishi
8510
0710-0720
11.
Banklar tomonidan ularning uzoq va qisqa muddatli kreditlari hisobidan toʻlangan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar kirim qilinishi
0710-0720
6810, 7810
12.
Qarz beruvchilar tomonidan ularning uzoq va qisqa muddatli qarzlari hisobidan toʻlangan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar kirim qilinishi
0710-0720
6820-6840
7820-7840
13.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning sotilishi, xarid qilingan qimmatli qogʻozlar haqining toʻlanishi, boshqa tashkilotlarning ustav kapitaliga ulush sifatida, tekinga berilishi va boshqalar natijasida hisobdan chiqarilishi
9210
0710-0720
14.
Montajga berilgan asbob-uskunalar qiymatining hisobdan chiqarilishi
0810
0710-0720
15.
Mol yetkazib beruvchilarga yoki transport tashkilotlariga oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning kamomadi uchun daʼvo qilinishi
4860
0710-0720
16.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan asbob-uskunalarning kamomadi
9220
0710-0720
17.
Tabiiy ofatdan keyin oʻtkazilgan inventarizatsiya natijasida aniqlangan asbob-uskunalarning kamomadi
9720
0710-0720
Kapital qoʻyilmalar (0800)
67 Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga investitsiyalar, shuningdek mahsuldor va ishchi hayvonlarning (qiymatidan qatʼi nazar, aylanma mablagʻlarga kiruvchi parrandalar, quyonlar, asalarilar, qoʻriqlovchi itlar, tajriba uchun moʻljallangan hayvonlardan tashqari) asosiy podasini tashkil qilish boʻyicha xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
0870 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar”;
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3593-1, 24.09.2025-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)
0890 “Boshqa kapital qoʻyilmalar”.
68. 0810 “Tugallanmagan qurilish” hisobvaragʻida (qurilish pudrat yoki xoʻjalik usulida amalga oshirilishidan qatʼi nazar) kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha hisob-kitoblari va titul roʻyxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni barpo etish, uskunalar, asboblar, inventarlar va boshqa jihozlarni sotib olish boʻyicha xarajatlar hisobga olinadi.
69. 0820 “Asosiy vositalarni xarid qilish” hisobvaragʻida asosiy vositalarni xarid qilish, oʻrnatish va yigʻish bilan bogʻliq barcha xarajatlar hisobga olinadi.
70. 0830 “Nomoddiy aktivlarni xarid qilish” hisobvaragʻida nomoddiy aktivlarni xarid qilish yoki tashkilotning oʻzida yaratilishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar hisobga olinadi.
71. 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” hisobvaragʻida asosiy podaga oʻtkaziladigan xoʻjalikdagi yosh mahsuldor va ishchi hayvonlarni oʻstirish boʻyicha xarajatlar, asosiy poda uchun xarid qilingan katta yoshdagi mahsuldor va ishchi hayvonlarning qiymati, shuningdek ularni yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlar, tekinga olingan katta yoshdagi hayvonlarni xoʻjalikka yetkazib berish bilan bogʻliq xarajatlar hisobga olinadi.
Asosiy podaga oʻtkaziladigan yosh hayvonlar haqiqiy tannarx boʻyicha baholanadi. Asosiy podaga oʻtkaziladigan yosh mahsuldor va ishchi hayvonlarning barcha turlarining qiymati yil davomida 1110 “Oʻstirishdagi hayvonlar” hisobvaragʻidan 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” hisobvaragʻining debetiga yil boshida hisobda turgan balans qiymatiga, yil boshidan boshlab hayvonlarni asosiy podaga oʻtkazish vaqtigacha boʻlgan davrda ortgan vazni yoki oʻsgan vaznining reja tannarxini qoʻshgan holda hisobdan chiqariladi. Bir vaqtning oʻzida yosh hayvonlarni asosiy podaga oʻtkazishda 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” hisobvaragʻi debetlanadi va 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” hisobvaragʻi kreditlanadi. Yil oxirida hisobot kalkulyatsiyasi tuzilgandan keyin yil davomida oʻtkazilgan yosh hayvonlarning koʻrsatilgan qiymati bilan uning haqiqiy tannarxi oʻrtasidagi farq 1110 “Oʻstirishdagi hayvonlar” hisobvaragʻidan 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” hisobvaragʻiga hamda hayvonning bahosini aniqlab, qoʻshimcha 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” hisobvaraqlariga hisobdan chiqariladi.
Xarid qilingan katta yoshdagi ishchi va mahsuldor hayvonlarning qiymati 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” hisobvaragʻining debetiga uni yetkazib berish xarajatlari bilan birgalikda xarid qilishning haqiqiy tannarxi boʻyicha kirim qilinadi.
Asosiy podani tashkil etishning tugallangan operatsiyalari boʻyicha xarajatlar 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” hisobvaragʻidan 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” hisobvaragʻining debetiga hisobdan chiqariladi.
72. 0850 “Yerni obodonlashtirishga kapital qoʻyilmalar” hisobvaragʻida yer maydonini obodonlashtirish boʻyicha xarajatlar, shuningdek kirish yoʻllari, avtomobil va boshqa transport vositalarining toʻxtash maydonlari, devorlar va koʻkalamzorlashtirishning boshqa turlari qiymati hisobga olinadi.
Yer maydonlari, oʻrmon va suv havzalari hamda koʻp yillik oʻsimliklarga qilingan inventar xususiyatiga ega boʻlgan kapital qoʻyilmalar, asosiy vositalar tarkibiga, kompleks ishlar tugashidan qatʼi nazar foydalanishga qabul qilingan maydonlarga tegishli xarajatlar summasi boʻyicha kiritiladi.
73. 0860 “Moliyaviy ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar” hisobvaragʻida moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish hamda uning taʼmirlanishi va modernizatsiyasiga qilinadigan kapital qoʻyilmalar hisobga olinadi.
731. 0870 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar” hisobvaragʻida operativ ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish hamda uning taʼmirlanishi va modernizatsiyasiga qilinadigan kapital qoʻyilmalar hisobga olinadi.
Operativ ijara shartnomasi boʻyicha olingan mulk qaytarilganda, kapital qoʻyilmalar summasining hisobdan chiqarilishi hisobvaraqlarning 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” debetida va 0870 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalarga kapital qoʻyilmalar” kreditida aks ettiriladi.
Operativ ijara shartnomasi boʻyicha olingan mulkni yaxshilash boʻyicha kapital qoʻyilmalar qiymatining ijaraga beruvchi tomonidan qoplanadigan summasi hisobvaraqlarning 4890 “Boshqa debitorlar qarzlari” debetida va 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” kreditida aks ettiriladi.
(731-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3593-1, 24.09.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)
74. Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida asosiy vositalar obyektlarining boshlangʻich qiymatiga oʻrnatilgan tartibda qoʻshiladigan quruvchining barcha haqiqiy xarajatlari, shuningdek asosiy vositalarni va nomoddiy aktivlarni xarid qilish, asosiy podani tashkil etish va boshqa kapital qoʻyilmalar bilan bogʻliq xarajatlari aks ettiriladi.
Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar boʻyicha saldo tugallanmagan qurilish, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarni xarid qilish, yerni va moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishga qilingan kapital qoʻyilmalar miqdori, shuningdek asosiy podani tashkil etish boʻyicha tugallanmagan xarajatlar summasini aks ettiradi.
Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (0800) boʻyicha analitik hisob kapital qoʻyilmalarning har bir yoʻnalishi boʻyicha yuritiladi. Bunda analitik hisobning tashkil etilishi quyidagi xarajatlar haqida maʼlumot olish imkonini berishi lozim:
a) qurilish va rekonstruksiya ishlari xarajatlari (burgʻulash ishlari, asbob-uskunalarni yigʻish, oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni xarid qilish, montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalarni xarid qilish, shuningdek kapital qoʻyilmalarning smetalarida nazarda tutilgan asboblar va inventarlarni xarid qilish loyiha-qidiruv ishlariga oid va boshqa kapital qoʻyilmalar boʻyicha);
b) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni xarid qilish xarajatlari (asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning turlari va nomlari boʻyicha);
v) yer va moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish xarajatlari (obyektlarning turi va nomi boʻyicha);
g) asosiy podani tashkil etish xarajatlari (hayvonlarning turlari (yirik shoxli hayvonlar, qoʻylar, otlar va boshqalar) boʻyicha).
75. Kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (0800) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Obyektlarni qurishda foydalanilayotgan asosiy vositalarning eskirishi kapital qoʻyilmalar xarajatiga kiritilishi
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar montajga topshirilishi (montajga tayyorgarlik boshlangan paytdan)
0810
0710-0720
4.
Sarflangan qurilish va boshqa materiallar qiymati kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlarga kiritilishi
0810
1010-1090
5.
Yordamchi ishlab chiqarishning kapital qoʻyilmalarga koʻrsatgan xizmatlari hisobdan chiqarilishi
0810
2310
6.
Kapital qoʻyilmalarda foydalanilgan bank kreditlari va boshqa qarz majburiyatlari boʻyicha foizlar hisoblanishi
0810
6920
7.
Tugallanmagan qurilishni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi;
0810
8510
b) qiymatining kamaytirilishi.
8510
0810
8.
Kapital qurilishda bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzlar
0810
6010, 7010
9.
Kapital qoʻyilmalar bilan bogʻliq qondirilmagan daʼvolar boʻyicha summa hisobdan chiqarilishi
0810
4860
10.
Inventarizatsiya natijasida tugallanmagan qurilishda kamomad summasi aniqlanishi
5910
0810
11.
Yosh hayvonning asosiy podaga oʻtkazilishi
0840
1110
12.
Asosiy podaning tashkil qilinishi
0170
0840
13.
Kelgusi davr xarajatlari tegishli qismining kapital qoʻyilmalariga olib borilishi
0810-0890
3110-3190
14.
Kapital qoʻyilmalar tannarxiga kiritiladigan sugʻurta boʻyicha qarzlar
0810-0890
6510
15.
Kapital qoʻyilmalar tannarxiga kiritiladigan davlat maqsadli jamgʻarmalari boʻyicha qarzlar
0810-0890
6520
16.
Taʼsischilar tomonidan ustav kapitaliga ulush (pay) sifatida kiritilgan tugallanmagan kapital qoʻyilmalar
0810-0890
4610
17.
Kapital qoʻyilmalar tannarxiga kiritiladigan budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz
0810-0890
6410
18.
Kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirishda band boʻlgan xodimlarga ish haqi boʻyicha turli summalar hisoblanishi
0810-0890
6710
19.
Hisobdor shaxslarning kapital qoʻyilmalarga ularning qilgan xarajatlari boʻyicha qarzlari hisobdan chiqarilishi
0810-0890
4220-4290, 6970
20.
Asosiy vositalarni xarid qilish va qurish jarayonida vujudga kelgan turli kreditorlar oldidagi qarzlar
0810-0890
6990
21.
Kapital qoʻyilmalar boʻyicha ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining koʻrsatgan xizmatlari uchun qarzlar
0810-0890
6110-6120
22.
Asosiy vositalar obyektlarini qurish yoki xarid qilish natijasida ularni boshlangʻich qiymati boʻyicha foydalanishga berish
0110-0190
0810-0890
23.
Asosiy vositalarni qurish va xarid qilish bilan bogʻliq, ammo obyektlarning boshlangʻich qiymatiga qoʻshilmaydigan xarajatlar
9430
0810-0820
24.
Agar aybdor shaxsni aniqlash imkoni boʻlmasa, kamomad va buzilgan qiymatliklarning summasi kapital qoʻyilmalar boʻyicha xarajatlarga olib borilishi
0810-0890
5910
25.
Asosiy vositalar obyektlarining ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirish jarayonida materiallardan foydalanish
0810-0890
1010-1090
26
Aktivning maqsadi boʻyicha foydalanilishi uchun lozim darajada ishlashini tekshirish jarayonida (asosiy vositalar ishga tushirilgunga qadar) olingan mahsulotni kirim qilish
1000-2800
0810-0890
Uzoq muddatli debitorlik qarzlar va kechiktirilgan xarajatlar (0900)
76. Hisob-kitoblarning uzoq muddatli qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
0910 “Olingan veksellar”;
0920 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar”;
0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari”;
0940 “Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari”;
0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi”;
0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar”;
0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar”.
77. 0910 “Olingan veksellar” hisobvaragʻida xaridorlar va buyurtmachilardan ular sotib olgan tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlar, ular uchun bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan toʻlov hujjati sifatida veksel taqdim qilishi natijasida ulardan olinishi kerak boʻlgan toʻlov summasi hisobga olinadi. Bunda shunday hisob-kitoblar sodir boʻlganda, olinadigan hisobvaraqlarning uzoq muddatli qismi 0910 “Olingan veksellar” hisobvaragʻining debeti va 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar”, 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”, 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaraqlarining kreditida aks ettiriladi.
78. 0920 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi ijaraga beruvchida mulkning moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha operatsiyalarni hisobga olishda foydalaniladi.
Asosiy vosita obyektlarini moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berishda ijaraga beruvchi obyektlarning qiymatini umumiy tartibda hisobdan chiqaradi. Bunda moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlarning uzoq muddatli qismi 0920 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻining debetiga, joriy qismi 4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” hisobvaragʻining debetiga va debitorlik qarzining jami summasi 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining kreditiga oʻtkaziladi.
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi boʻyicha kreditdagi saldo (ijaraga berilgan asosiy vosita obyektlarining ijarachi va ijaraga beruvchi tomonidan kelishilgan bahodagi qiymati bilan bu obyektlarning qoldiq qiymati oʻrtasidagi farq) kechiktirilgan foyda sifatida 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻiga uzoq muddatli qismi va 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻiga joriy qismi hisobdan chiqariladi.
Ijaraga berilgan asosiy vosita obyektlarining ijarachi va ijaraga beruvchi kelishgan bahodagi qiymati bilan ushbu obyektlarning qoldiq qiymati oʻrtasidagi farqning tegishli qismi ijara haqi kelib tushganda 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻidan 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar” hisobvaragʻining kreditiga hisobdan chiqariladi.
Hisobot davrining oxirida ijaraga beruvchi 12 oy davomida kelib tushadigan summalarni 0920 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻining kreditidan 4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” hisobvaragʻining debetiga oʻtkazadi. Ijara haqining kelib tushishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti va 4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
Agar asosiy vositalar obyekti ijara muddatining tugashiga qadar ijarachining mulkiga oʻtsa, sotib olish bahosi toʻlangan ijara haqini chegirib tashlagan holda ijara haqining kelib tushishini aks ettirish tartibida sotib olish vaqtida aks ettiriladi.
0920 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir ijara shartnomasi boʻyicha yuritiladi.
79. 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” hisobvaragʻida xodimlarga kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha hisob-kitoblar, berilgan qarzlar boʻyicha ularning qarzdorligi, xodimlarning pul mablagʻlari, tovar-moddiy zaxiralarning kamomadi va oʻgʻirlanishi, yaroqsizligi natijasida yetkazilgan moddiy zararlarning qoplanishi, shuningdek boshqa turdagi zararlarning qoplanishi hisobga olinadi.
Xodimlarga berilgan qarzlar summasi 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” hisobvaragʻining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi schyotlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Kreditga sotilgan tovarlar, berilgan qarzlar, moddiy va boshqa zararlarning qoplanishi boʻyicha qarzlarning uzoq muddatli qismining joriy debitorlik qarzlari qismiga oʻtkazilishida 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi”, 4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi”, 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi”, 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari” hisobvaraqlarining debeti, 0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” hisobvaragʻining krediti boʻyicha yozuv amalga oshiriladi.
0930 “Xodimlarning uzoq muddatli qarzlari” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir xodim boʻyicha yuritiladi.
80. 0940 “Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari” hisobvaragʻida xaridorlar va buyurtmachilardan daʼvolar hamda boshqalar boʻyicha olinadigan toʻlovlarning uzoq muddatli qismi hisobga olinadi. Analitik hisob xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan har bir hisobvaraq boʻyicha yuritiladi.
81. 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” hisobvaragʻida vaqtinchalik farqlarga oid xarajatlar boʻyicha soliqni hisoblash 0930 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” hisobvaragʻining debeti va 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi. Keyinchalik soliqning tegishli qismi uzoq muddatli qismidan joriy qismga oʻtkaziladi hamda 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” hisobvaragʻining debeti va 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda (daromad) soligʻi” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi. Tegishli muddatda toʻlanadigan foyda (daromad) soligʻini hisoblashda ushbu summa hisobga olinadi.
Vaqtinchalik farqlar — bu hisobot davridagi soliq solinishi lozim boʻlgan foyda summasi va buxgalteriya hisobidagi foyda summasi oʻrtasidagi farqlar.
Xarajatlarning tegishli summasiga soliqlar kamaytirilishi yuz berganda, soliqlar summasi 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻining debeti va 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi. 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” hisobvaragʻining debetidagi saldo kelgusi davrlarda budjetga toʻlanadigan umumiy soliq summasidan kamaytirish zarur boʻlgan soliq summasining uzoq muddatli qismini koʻrsatadi.
82. 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaragʻida xarajatlarga qoplash muddati davomida taqsimlanib boradigan obligatsiya diskont (chegirma)lari boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraq faqat obligatsiyalarni sotuvchi (emitent)lar tomonidan foydalaniladi. Obligatsiyalarning chegirma bilan sotilishi 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaragʻi va olingan summaga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida va 7830 “Toʻlanadigan uzoq muddatli obligatsiyalar” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi. Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi hisobdan chiqarilganda, 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaragʻi 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
83. 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaragʻida 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” va 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” hisobvaraqlarida koʻrsatilmagan boshqa kechiktirilgan xarajatlar aks ettiriladi. Ushbu xarajatlarni ishlab chiqarish, davr xarajatlari, moliyaviy faoliyat xarajatlariga hisobdan chiqarish muddati qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. Bunda boshqa kechiktirilgan xarajatlarning uzoq muddatli qismi 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaragʻida, joriy qismi esa 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaragʻida aks ettiriladi.
0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir berilgan boʻnak boʻyicha mol yetkazib beruvchi yoki pudratchi boʻyicha yuritiladi.
84. Uzoq muddatli debitorlik qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (0900) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Bank tomonidan toʻlovi kafolatlangan xaridorlar va buyurtmachilardan olingan veksellarning uzoq muddatli qismi
0910
4010
2.
Olingan veksellarning uzoq muddatli qismini joriy qismiga oʻtkazish
4020
0910
3.
Ijarachi bilan kelishilgan bahoda asosiy vositalarning moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilishi:
uzoq muddatli qismiga;
0920
9210
joriy qismiga.
4810
9210
4.
Olinadigan moliyaviy ijaraning uzoq muddatli qismining joriy qismiga oʻtkazilishi
4810
0920
5.
Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlar qarzlarining uzoq muddatli qismi
0930
7810
6.
Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha qarzlarning uzoq muddatli qismining joriy qismiga oʻtkazilishi
4710
0930
7.
Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlar qarzlarining uzoq muddatli qismi
0930
5110-5530
8.
Berilgan qarzlar boʻyicha qarzlar summasining uzoq muddatli qismining joriy qismiga oʻtkazilishi
4720
0930
9.
Moddiy zararlarni qoplash boʻyicha qarzlarning uzoq muddatli qismi
0930
1010-2990, 5010-5530, 9210
10.
Moddiy zararlarni qoplash boʻyicha qarzlar summasining uzoq muddatli qismining joriy qismiga oʻtkazilishi
4730
0930
11.
Berilgan boʻnaklarning uzoq muddatli qismi
0940
5110-5530
12.
Berilgan boʻnaklarning uzoq muddatli qismidan joriy qismiga oʻtkazilishi
4310-4330
0940
13.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan hisobvaraqlarning uzoq muddatli qismini joriy qismiga oʻtkazish
4110-4120
0940
14.
Boshqa shaxslar qarzlari summasining uzoq muddatli qismini joriy qismiga oʻtkazish
4890
0940
15.
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi
0950
6410
16.
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi summasining uzoq muddatli qismini joriy qismiga oʻtkazish
3210
0950
17.
Obligatsiyalarni chegirma (diskont) bilan sotish
0960
7830
18.
Diskont boʻyicha kechiktirilgan xarajatlarning uzoq muddatli qismini joriy qismiga oʻtkazish
3220
0960
19.
Kelgusi davrlar (uzoq muddatli) uchun toʻlangan ijara toʻlovlari
0990
5110-5530
20.
Kelgusi davrlar (uzoq muddatli) uchun toʻlangan abonent toʻlovlari
0990
5110-5530
21.
Kechiktirilgan xarajatlarning uzoq muddatli qismini joriy qismiga oʻtkazish
3290
0990
2-§. Joriy aktivlar
85. Ushbu paragrafning hisobvaraqlari quyidagilarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi:
mahsulot ishlab chiqarish yoki ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish jarayonida foydalanish uchun moʻljallangan xom ashyo zaxiralari, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilgʻi, taralar, ehtiyot qismlar, inventar va xoʻjalik jihozlari, boshqa materiallar;
tugallanmagan ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish;
tayyor mahsulotlar;
sotish uchun moʻljallangan tovarlar;
kelgusi davr va kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi;
joriy debitorlik qarzlari;
budjetga boʻnak toʻlovlari;
pul mablagʻlari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy aktivlar.
Materiallar (1000)
86. Xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, konstruksiyalar, detallar, taralar, inventarlar, xoʻjalik jihozlari va boshqa qiymatliklarning mavjudligi hamda harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
1010 “Xom ashyo va materiallar”;
1020 “Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar”;
1030 “Yoqilgʻilar”;
1040 “Ehtiyot qismlar”;
1050 “Qurilish materiallari”;
1060 “Tara”;
1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar”;
1080 “Inventar va xoʻjalik jihozlari”;
1090 “Boshqa materiallar”.
87. Materiallar quyidagilarning eng past qiymati boʻyicha hisobga olinadi:
haqiqiy tannarxi (sotib olish bahosi yoki ishlab chiqarish tannarxi);
bozor bahosi (sotishning sof qiymati).
88. Zarur hollarda (ishlatiladigan materiallarning nomenklaturasi katta boʻlganda, materiallarning ichki harakati intensiv boʻlganda, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishi va boshqa hollarda) materiallar hisobi hisob bahosi boʻyicha yuritilishi mumkin. Hisob bahosi sifatida reja tannarxi, oʻrtacha sotib olish narxlari, ulgurji narxlar va boshqalar qabul qilinishi mumkin.
89. Materiallarni hisob bahosi boʻyicha hisobga olishda har oy haqiqiy tannarxi koʻrsatilgan bahosining qiymatidan farqlanish summasi va foizlari hisoblab chiqiladi. Farqlar 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” hisobvaragʻida hisobga olinadi.
90. 1010 “Xom ashyo va materiallar” hisobvaragʻida quyidagilarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi:
a) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tarkibiga kiradigan, uning asosini tashkil etadigan yoki uni tayyorlashda (ishlab chiqarishda) zarur tarkibiy qismlar hisoblanadigan xom ashyo va asosiy materiallar;
b) mahsulot ishlab chiqarishda yoki xoʻjalik ehtiyojlari uchun sarflanadigan, texnik maqsadlar va ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashishda ishtirok etadigan yordamchi materiallar;
v) qayta ishlash uchun tayyorlangan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va boshqalar.;
g) yem-xashak va toʻshamalar. Tashkilotda ishlab chiqarilgan yem-xashak va toʻshamalar yil oxirida haqiqiy tannarxiga tuzatish bilan yil davomida reja tannarxi boʻyicha aks ettiriladi.
91. 1020 “Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar” hisobvaragʻida yigʻishda va qayta ishlov berishda xarajat talab qiladigan ishlab chiqarilayotgan (qurilish) mahsulotni butlash uchun ishlab chiqarish kooperatsiyasi tartibida xarid qilingan, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar, tayyor butlovchi buyumlar, qurilish detallari va konstruksiyalarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
92. Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik tashkilotlari tomonidan ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik mavzulari boʻyicha ilmiy va eksperimental ishlarni oʻtkazish uchun chetdan sotib olinadigan butlovchi buyumlar, maxsus uskunalar, asboblar, moslamalar va boshqa qiymatliklar 1020 “Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar” hisobvaragʻida hisobga olinadi.
93. 1030 “Yoqilgʻilar” hisobvaragʻida neft mahsulotlari, yoqilgʻi-moylash materiallari (YOMM) (neft, benzin, kerosin, dizel yoqilgʻisi, yogʻ va boshqalar), qattiq yoqilgʻi (koʻmir, oʻtin va boshqalar) va gazsimon yoqilgʻi (gaz, gazolin va boshqalar), shuningdek ishlab chiqarish chiqindilari va qattiq yoqilgʻi sifatida ishlatiladigan ikkilamchi material qiymatliklarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Yoqilgʻi-moylash materiallari (YOMM) uchun talonlardan foydalanilganda ham ularning hisobi 1030 “Yoqilgʻilar” hisobvaragʻida yuritiladi.
94. 1040 “Ehtiyot qismlar” hisobvaragʻida mashina, uskuna, transport vositalari va boshqalarni taʼmirlash, eskirgan qismini almashtirish uchun xarid qilingan yoki tayyorlangan ehtiyot qismlarining mavjudligi va harakati hamda zaxiradagi avtomobil shinalari hisobga olinadi. Mazkur hisobvaraqda taʼmirlash zavodlarida va texnik servis punktlarida taʼmirlash boʻlimlarida qilingan (yaratilgan) agregatlar, dvigatellar, uskunalar, mashinalarning almashadigan qismlari harakati ham hisobga olinadi.
95. 1050 “Qurilish materiallari” hisobvaragʻida qurilish konstruksiyalari va detallari, bino va inshootlarning qismlari, konstruksiya va detallarni qurish va pardoz qilish, qurilish detallarini tayyorlash, qurilish va montaj ishlarida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlatiladigan, shuningdek boshqa ehtiyojlar uchun chetdan sotib olingan va oʻzida ishlab chiqilgan qurilish materiallarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
96. 1060 “Tara” hisobvaragʻida taralarning barcha turlari (xoʻjalik inventari sifatida foydalaniladigan taralardan tashqari), shuningdek taralar tayyorlash va taʼmirlash uchun moʻljallangan materiallar va detallarning (yashiklarni yigʻish uchun detallar, bochka taxtasi, temir gardish va boshqalar) mavjudligi va harakati yuritiladi. Yuklanadigan mahsulotlarning butligi va saqlanishini taʼminlash maqsadida vagonlar, barjalar, samolyotlar, kemalarni qoʻshimcha jihozlash uchun moʻljallangan buyumlar 1010 “Xom ashyo va materiallar” hisobvaragʻida hisobga olinadi.
97. 1070 “Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar” hisobvaragʻida chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bunda materiallarga qayta ishlov berish bilan bogʻliq chetdagi tashkilotlarga toʻlangan xarajatlar bevosita qayta ishlashdan olingan buyumlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetiga olib boriladi.
98. 1080 “Inventar va xoʻjalik jihozlari” hisobvaragʻida aylanma mablagʻlari tarkibiga kiradigan inventarlar, asboblar, xoʻjalik jihozlari va boshqa mehnat vositalarining ( kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar) mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Inventar va xoʻjalik jihozlarining qiymati ular foydalanishga berilgan vaqtda ishlab chiqarish yoki davr xarajatlariga toʻliq qoʻshilishi mumkin. Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlarining saqlanishini taʼminlash maqsadida ularning hisobi balansdan tashqari 014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari”hisobvaragʻida sex, ombor va alohida foydalanuvchilar boʻyicha yuritiladi.
99. Inventar va xoʻjalik jihozlari keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holga kelgan hollarda ularni balansdan tashqari hisobvaraqdan hisobdan chiqarish belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasiga asosan amalga oshiriladi.
100. 1090 “Boshqa materiallar” hisobvaragʻida yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarda nazarda tutilmagan materiallarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Bu hisobvaraqda ishlab chiqarish chiqindilari (qirqimlar, qirindi va boshqalar), tuzatib boʻlmaydigan yaroqsiz mahsulotlar, asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan moddiy qiymatliklar (metallolom, yaroqsiz xom ashyo, eskirgan shinalar, kameralar, yaroqsiz rezina, ishlatilgan moy va boshqalar) hisobga olinadi.
101. Qishloq xoʻjaligi tashkilotlari urugʻliklar, ekish materiallari (sotib olingan va oʻzida ishlab chiqarilgan), mineral oʻgʻitlar, qishloq xoʻjaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan, biologik preparatlar, zaharli kimyoviy moddalar, dorilar hamda kimyoviy moddalarni (oʻsimlikchilikda, chorvachilikda va yordamchi xoʻjalikda) hisobga olish va boshqalar uchun qoʻshimcha hisobvaraqlarni ochishlari mumkin.
102. Materiallarning kelib tushishi 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” va 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” hisobvaraqlaridan foydalanilgan holda (agar bu tashkilotning hisob siyosatida belgilangan boʻlsa) yoki ushbu hisobvaraqlardan foydalanilmagan holda aks ettirilishi mumkin.
103. Materiallarning ishlab chiqarishga yoki boshqa xoʻjalik maqsadlariga sarflanishi materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (1000) kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Materiallarni chetga sotish materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (1000) krediti va 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining debetida aks ettiriladi.
Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (1000) analitik hisobi materiallaring saqlanish joylari va ularning alohida nomlari (turlari, navlari, hajmlari va boshqalar) boʻyicha yuritiladi.
104. Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (1000) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Mol yetkazib beruvchilardan materiallar olinishi
1010-1090
6010
2.
Asosiy vositalarni tugatish natijasida kelib tushgan materiallarning qiymati
1090
9210
3.
Taʼsischilardan ularning ulushi hisobidan turli xil materiallarning kelib tushishi
1010-1090
4610
4.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan materiallarning kelib tushishi
1010-1090
6110, 6120
5.
Boshqa shaxslardan materiallarning tekinga olinishi
1010-1090
8530
6.
Materiallar kirim qilingandan keyin aniqlangan yaroqsizlik (defekt) boʻyicha mol yetkazib beruvchiga bildirilgan daʼvo
4860
1010-1090
7.
Transport-tayyorlov xarajatlarining materiallar tannarxiga kiritilishi
1010-1090
1510
8.
Yaroqsiz mahsulotdan qolgan materiallarning kirim qilinishi
1090
2610
9.
Materiallarning haqiqiy tannarxi boʻyicha kirim qilinishi (1500 hisobvaraq qoʻllanilganda)
1010-1090
1510
10.
Oʻzida ishlab chiqarilgan materiallarning kirim qilinishi
1010-1090
2310
11.
Toʻlovi inkor etilgan oldin bildirilgan daʼvo summasining hisobdan chiqarilishi
1010-1090
4860
12.
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga materiallarning chiqarilishi
2010, 2310, 2510, 2710
1010-1090
13.
Maʼmuriy ehtiyojlar uchun materiallarning berilishi
9420
1010-1090
14.
Yaroqsiz mahsulotni tuzatish uchun materiallarning sarflanishi
2610
1010-1090
15.
Mahsulotlarni sotish uchun taralarning sarflanishi
9410
1060
16.
Chetga chiqib ketayotgan materiallarning qiymatini hisobdan chiqarilishi
9220
1010-1090
17.
Tabiiy ofat natijasida yoʻqotilgan materiallarning hisobdan chiqarilishi
9720
1010-1090
18.
Inventarizatsiya natijasida materiallarning kamomadi aniqlanishi
5910
1010-1090
19.
Togʻ-kon tayyorgarlik ishlarida foydalanilgan qurilish materiallarining hisobdan chiqarilishi
2010, 0800
1050
Oʻstirishdagi va boʻrdoqidagi hayvonlar (1100)
105. Yosh hayvonlar, boʻrdoqidagi va yaylovdagi katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, yovvoyi hayvonlar, quyonlar, asalari oilalari hamda qoramollarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
1110 “Oʻstirishdagi hayvonlar”;
1120 “Boʻrdoqidagi hayvonlar”.
Yuqorida koʻrsatilgan hayvonlarni oʻstirish va boʻrdoqiga boqish xarajatlari 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” (agar chorvachilik asosiy faoliyat turi boʻlsa) yoki 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” hisobvaraqlarida hisobga olinadi.
106. Asosiy podadan yaroqsiz sifatida ajratilgan hayvonlar 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining kreditidan (mahsuldor hayvonlar boshlangʻich qiymat boʻyicha, ishchi hayvonlar yaroqsizga chiqarish natijasida olingan haqiqiy miqdori boʻyicha) 1120 “Boʻrdoqidagi hayvonlar” hisobvaragʻining debetiga kirim qilinadi.
107. Nasl sifatida olingan yosh hayvonlar nasl beradigan hayvonlarni saqlash xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqning kreditidan 1110 “Oʻstirishdagi hayvonlar” hisobvaragʻining debetiga kirim qilinadi.
108. Yosh yirik shoxli qoramollar va boquvdagi (yaylovdagi) hayvonlarning ortgan vaznining qiymati, shuningdek, yosh hayvonlar (toylar va boshqalar)ning oʻsish qiymati har oyda ushbu hayvonlarni parvarishlash xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditidan 1110 “Oʻstirishdagi hayvonlar” va 1120 “Boʻrdoqidagi hayvonlar” hisobvaraqlarining debetiga parvarishlash reja tannarxi boʻyicha olib boriladi. Yil oxirida koʻrsatilgan hisobvaraqlar boʻyicha yil davomida parvarishlash reja tannarxi boʻyicha hisobga olingan hayvonlarning qoʻshilgan vazni yoki oʻsish qiymatini, parvarishlashning haqiqiy tannarxigacha tuzatish oʻtkazmalari amalga oshiriladi.
109. Asosiy podaga oʻtkaziladigan yosh hayvonlar 1110 “Oʻstirishdagi hayvonlar” hisobvaragʻidan 0840 “Asosiy podani tashkil etish” hisobvaragʻining debetiga hisobdan chiqariladi. Bir vaqtning oʻzida yosh hayvonlarning asosiy podaga oʻtkazilishida 0170 “Ishchi va mahsuldor hayvonlar” hisobvaragʻi debetlanadi va 0840 “Asosiy podani tashkil qilish” hisobvaragʻi kreditlanadi. Qiymati 1110 “Oʻstirishdagi hayvonlar” hisobvaragʻida yuritiladigan hayvonlarning chetga chiqib ketishi, shu jumladan, asosiy podadan yaroqsiz qilingan hayvonlarni tayyorlash tashkilotlariga topshirilishi 1110 “Oʻstirishdagi hayvonlar”, 1120 “Boʻrdoqidagi hayvonlar” hisobvaraqlarining krediti va 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” hisobvaragʻining debetida aks ettiriladi va bir vaqtning oʻzida ushbu hayvonlar uchun sotib oluvchidan olinadigan summaga 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” hisobvaragʻining krediti bilan bogʻlangan holda 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻining debetida aks ettiriladi.
110. Nobud boʻlgan va noilojlikdan soʻyilgan (epizootiya yoki tabiiy ofatdan nobud boʻlganlaridan tashqari) hayvonlarning qiymati moddiy qiymatliklarning yoʻqotilishi sifatida 1110 “Oʻstirishdagi hayvonlar” va 1120 “Boʻrdoqidagi hayvonlar” hisobvaraqlarining krediti va 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” hisobvaragʻining debetida aks ettiriladi. Nobud boʻlgan va noilojlikdan soʻyilgan hayvonlardan olingan terilar, shoxlar, tuyoqlar, texnik yogʻlar va shu kabilar foydalanish yoki sotish mumkin boʻlgan narxlar boʻyicha baholanib, qoʻshimcha mahsulot sifatida hayvonlarni parvarishlash xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditidan kirim qilinadi. Epizootiya yoki tabiiy ofatdan nobud boʻlgan yoki soʻyilgan hayvonlarning qiymati 1110 “Oʻstirishdagi hayvonlar” va 1120 “Boʻrdoqidagi hayvonlar” hisobvaraqlarining kreditidan bevosita 9720 “Favqulodda vaziyatlardan koʻrilgan zararlar” hisobvaragʻining debetiga hisobdan chiqariladi.
1110 “Oʻstirishdagi hayvonlar” va 1120 “Boʻrdoqidagi hayvonlar” hisobvaraqlari boʻyicha analitik hisoblar hayvonlarni oʻstirish va boqish xarajatlarini hisobga olish uchun belgilangan hayvonlarni saqlash joylari, turlari, yoshlarining guruhlari va boshqalar boʻyicha yuritiladi.
111. Oʻstirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (1100) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Boshqa shaxslardan va aholidan xarid qilingan hayvonlar kirim qilinishi
1110, 1120
6990
2.
Boshqa shaxslardan va aholidan xarid qilingan hayvonlar kirim qilinishi (1500-hisobvaraqdan foydalanilganda)
1510
6990
3.
Hayvonlarning ortgan vazni va oʻsishining kirim qilinishi
1110, 1120
2010, 2710
4.
Mol yetkazib beruvchilardan xarid qilingan yosh hayvonlar kirim qilinishi
1110
6010
5.
Undirilmaydigan daʼvolar summasining hisobdan chiqarilishi
1110, 1120
4860
6.
Hayvonlarni yetkazib kelish boʻyicha hisobdor shaxslarning xarajatlari
1110, 1120
6970
7.
Taʼsischilardan ulush sifatida olingan yosh hayvonlarning kirim qilinishi
1110
4610
8.
Yirik shoxli qoramollar nasllarining kirim qilinishi
1110
2010, 2710
9.
Ishchi otlar nasllarining (toychoqlar) kirim qilinishi
1110
2310
10.
Boshqa shaxslardan tekinga kelib tushgan yosh hayvonlarning kirim qilinishi
1110
8530
11.
Yosh hayvonlarning asosiy podaga oʻtkazilishi
0840
1110
12.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan chetga sotilgan va berilgan yosh hayvonlar
9110 yoki 9220
1110
13.
Yosh hayvonlarning shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga berilishi
9220
1110
14.
Epizootiya natijasida nobud boʻlgan yosh hayvonlarning hisobdan chiqarilishi
9720
1110
Materiallarni tayyorlash va xarid qilish (1500)
112. Aylanma mablagʻlarga taalluqli boʻlgan moddiy qiymatliklarni tayyorlash va sotib olish toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
113. Moddiy qiymatliklarning hisob bahosi 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” hisobvaragʻining debetiga olib boriladi. Bunda, qiymatliklar qayerdan kelib tushganligi va materiallarni tayyorlash va olib kelish xarajatlarining xususiyatiga koʻra 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar” va shu kabi boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
Xarid qilingan qiymatliklarni xarid qilish (tayyorlash)ning haqiqiy tannarxi boʻyicha hisoblangan qiymati moddiy qiymatliklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” hisobvaragʻining kreditiga olib boriladi.
Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob bahosi boʻyicha qiymati orasidagi farq summasi 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” hisobvaragʻidan 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” hisobvaragʻiga hisobdan chiqariladi.
Oy oxirida 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” hisobvaragʻidagi saldo tayyorlangan va xarid qilingan, shuningdek, yoʻldagi yoki mol yetkazib beruvchilarning omborlaridan (ushbu qiymatliklar omborga kirim qilinmasdan) olib kelinmagan materiallarning mavjudligini koʻrsatadi.
114. Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (1500) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va yetkazib berish jarayonida yordamchi ishlab chiqarish tomonidan koʻrsatilgan xizmatlarning hisobdan chiqarilishi
1510
2310
2.
Mol yetkazib beruvchilardan materiallar olinishi
1510
6010
3.
Mol yetkazib beruvchilarga materiallarning kamomad summasi boʻyicha daʼvo bildirilishi
4860
1510
4.
Undirilmagan daʼvo summalarining materiallar tannarxiga kiritilishi
1510
4860
5.
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilishda hisobdor shaxslar tomonidan toʻlangan summalar
1510
6970
6.
Materiallarni xarid qilishdagi turli tashkilotlarning xizmatlari summasi
1510
6990
7.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan kelib tushgan materiallar
1510
6110, 6120
8.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar kirim qilinishi
0710
1510
9.
Omborga kelib tushgan moddiy qiymatliklarning kirim qilinishi
1010-1090, 2910-2990
1510
10.
Oʻstirishga va boquvga kelib tushgan hayvonlarning kirim qilinishi
1110, 1120
1510
11.
Farq summasining hisobdan chiqarilishi:
a) kelib tushgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi hisob bahosidan past boʻlganda;
1510
1610
b) kelib tushgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi hisob baholaridan yuqori boʻlganda.
1610
1510
Materiallar qiymatidagi farqlar (1600)
115. Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob bahosi orasidagi farq toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
Moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob baholari orasidagi farq summasi 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” hisobvaragʻining debeti yoki kreditiga 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” hisobvaragʻidan hisobdan chiqariladi.
1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” hisobvaragʻida yigʻilgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi va hisob baholari orasidagi farq summalari sarflangan materiallarning hisob bahosiga mutanosib ravishda ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari va boshqa tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetiga hisobdan chiqariladi.
1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob moddiy qiymatliklarning guruhlari boʻyicha yuritiladi.
116. Materiallar qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (1600) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Farq summasining hisobdan chiqarilishi:
a) kelib tushgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi hisob baholaridan past boʻlganda;
1510
1610
b) kelib tushgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi hisob baholaridan yuqori boʻlganda.
1610
1510
2.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olingan materiallar boʻyicha farqlar summasi
1610
4110, 4120
3.
Materiallar qiymatidagi farqlar (hisoblangan ulushda) tegishli hisobvaraqlarga hisobdan chiqarilishi
Xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
1610
4.
Ajratilgan boʻlinmalarga berilgan materiallar boʻyicha materiallar qiymatidagi farqning hisobdan chiqarilishi
4110
1610
Asosiy ishlab chiqarish (2000)
117. Asosiy faoliyat turi hisoblangan mahsulot (ish, xizmat)lar, asosiy ishlab chiqarish xarajatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
118. Tashkilotning xarajatlari ularning toʻlangan paytidan (oldindan toʻlash (ijara, abonent toʻlovi va boshqalar) yoki keyinchalik toʻlash (hisobdor summasining ortiqcha xarajatlari uchun toʻlovlar va boshqalar)) qatʼi nazar qaysi davrga taalluqli boʻlsa, oʻsha hisobot davrida mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga kiritiladi.
119. 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻining debeti boʻyicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar, shuningdek, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat koʻrsatish bilan bilvosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar hamda yaroqsiz mahsulot hisobiga yoʻqotishlar aks ettiriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar ishlab chiqarish zaxiralari, ish haqi toʻlash boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditidan 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻi debetiga hisobdan chiqariladi.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvaragʻining kreditidan 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻi debetiga hisobdan chiqariladi.
Asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat koʻrsatish bilan bilvosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar 2510 “Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari” hisobvaragʻi kreditidan 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻi debetiga hisobdan chiqariladi.
Yaroqsiz mahsulot hisobiga yoʻqotishlar 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar” hisobvaragʻidan 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻiga hisobdan chiqariladi.
2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻining kreditida tugallangan mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarishning haqiqiy tannarxi summalari aks ettiriladi. Ushbu summalar 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻidan 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”, 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” hisobvaraqlarining debetiga hisobdan chiqarilishi mumkin.
2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻi boʻyicha oy oxiridagi saldo tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini koʻrsatadi.
Analitik hisob xarajatlarning turlari va chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari boʻyicha yuritiladi. Xarajatlarning yuzaga kelish joylari va boshqa belgilari boʻyicha guruhlanishi, shuningdek, kalkulyatsion hisob alohida hisobvaraqlar tizimida amalga oshiriladi. Ushbu hisobvaraqlarning tarkibi va foydalanish uslubiyati tashkilot tomonidan har bir ishlab chiqarish faoliyatining oʻziga xosliklari, tuzilishi, boshqarishni tashkil etish xususiyatlariga qarab belgilanadi. Agar xarajatlarning vujudga kelish joyi va boshqa belgilari boʻyicha guruhlanishi hamda kalkulyatsion hisob alohida hisobvaraqlar tizimida hisobga olinmasa, 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻining analitik hisobi tashkilotning alohida boʻlinmalari boʻyicha yuritiladi.
120. Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (2000) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Bevosita mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat koʻrsatish)da qatnashadigan asosiy vositalarning eskirishi
2010
0211-0299
2.
Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat koʻrsatishga taalluqli boʻlgan nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi
2010
0510-0590
3.
Bevosita material xarajatlarining mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat koʻrsatishga hisobdan chiqarilishi
2010
1010-1090
4.
Chorvachilik mahsulotini olish uchun hayvonlarni soʻyish (hayvonlar qiymati)
2010
1110, 1120
5.
Materiallar qiymatidagi farq tegishli ulushlarda asosiy ishlab chiqarishga hisobdan chiqarilishi
2010
1610
6.
Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlash uchun asosiy ishlab chiqarish sexlariga chiqarish
2010
2110
7.
Yordamchi sexlarning xarajatlarini asosiy ishlab chiqarishning mahsuloti va xizmatlari tannarxiga kiritish
2010
2310
8.
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy ishlab chiqarish mahsuloti va xizmatlarining tannarxiga kiritilishi
2010
2510
9.
Yaroqsiz mahsulotlar hisobiga yoʻqotishlar asosiy ishlab chiqarish mahsuloti va xizmatlari tannarxiga kiritilishi
2010
2610
10.
Oldin kelgusi davr xarajatlari sifatida aks ettirilgan xarajatlarning tegishli ulushi mahsulot tannarxiga olib borilishi
2010
3110-3190
11.
Kirim qilingan tayyor mahsulotning ombordan sexlarga qayta ishlash va boshqalar uchun qaytarilishi
2010
2810
12.
Tovarlar qayta ishlashga berilishi
2010
2910-2990
13.
Ishlab chiqarish uchun bevosita sexlarga kelib tushadigan moddiy qiymatliklar va xizmatlarning olinishi
2010
6010
14.
Qondirilmagan daʼvolar summasi asosiy ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va xizmatlarining tannarxiga kiritilishi
2010
4860
15.
Asosiy ishlab chiqarishdagi sugʻurta xarajatlari
2010
6510
16.
Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari boʻyicha davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar
2010
6520
17.
Asosiy ishlab chiqarish xodimlariga ish haqi toʻlash boʻyicha summalar hisoblanishi
2010
6710
18.
Hisobdor shaxslar tomonidan amalga oshirilgan asosiy ishlab chiqarish xarajatlari
2010
4220-4290, 6970
19.
Asosiy ishlab chiqarish tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun qarzlar
2010
6990
20.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining asosiy ishlab chiqarish ehtiyojlariga qilgan xarajatlari
2010
6110, 6120
21.
Asosiy sexlarda aniqlangan tugallanmagan ishlab chiqarishning ortiqchalari kirim qilinishi
2010
9390
22.
Materiallarning asosiy ishlab chiqarishdan qaytarilishi; oʻzida ishlab chiqarilgan materiallar, shuningdek, qaytariladigan chiqindilarning kirim qilinishi
1010-1090
2010
23.
Hayvonlarni oʻstirish va boʻrdoqiga boqish boʻyicha joriy xarajatlarning hayvonlar tannarxiga (oʻsish va ortgan vaznning) kiritilishi; hayvonlar naslining aks ettirilishi
1110, 1120
2010
24.
Tugallanmagan mahsulotni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi;
2010
6230
b) qiymatining kamaytirilishi.
3290
2010
25.
Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar operatsiyalararo omborlarga kirim qilinishi (yarim tayyor mahsulot holida)
2110
2010
26.
Asosiy ishlab chiqarishda aniqlangan toʻgʻrilanmaydigan yaroqsiz mahsulotdan yoʻqotishlar hisobdan chiqarilishi
2610
2010
27.
Mahsulotni haqiqiy tannarx boʻyicha ishlab chiqarish
2810
2010
28.
Asosiy sexlarda bajarilgan ish yoki koʻrsatilgan xizmatlarning sotilishi; tugallangan va buyurtmachi tomonidan qabul qilingan ishlarning bosqichlari boʻyicha xarajatlar summasining hisobdan chiqarilishi
9130
2010
29.
Boshqa chiqib ketgan (tekinga berish va boshqalar) mahsulot tannarxining hisobdan chiqarilishi
9110
2010
30.
Tabiiy ofatlar, yongʻin va shu kabilar natijasida tugallanmagan ishlab chiqarishdagi yoʻqotishlarning hisobdan chiqarilishi
9720
2010
31.
Asosiy ishlab chiqarishda aniqlangan moddiy qiymatliklarning kamomadi
5910
2010
Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar (2100)
121. 2110 “Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻida quyidagilar kabi tashkilotning oʻzida ishlab chiqarilgan (ishlab chiqarishning toʻliq siklida) yarim tayyor mahsulotlar aks ettirilishi mumkin:
qora metallurgiyada qayta ishlanuvchi choʻyan, texnik rezina sanoatida xom rezina va yelim, kimyo sanoatining azotli oʻgʻit kombinatlaridagi sulfat kislota, toʻqimachilik sanoatida yigirilgan ip, xom surp va boshqalar.
2110 “Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻining debetida 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq xarajatlar aks ettiriladi. Qayta ishlashga berilgan yarim tayyor mahsulotlarning tannarxi 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻi bilan va sotilgan yarim tayyor mahsulotlarning tannarxi 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda 2110 “Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
2110 “Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob yarim tayyor mahsulotlarning saqlanish joylari va alohida nomlari (turlari, navlari, miqdorlari va shu kabilar) boʻyicha yuritiladi.
122. Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (2100) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar omboriga kirim qilinishi
2110
2010, 2310
2.
Yarim tayyor mahsulotlarning ortiqcha qismi kirim qilinishi
2110
9390
3.
Ajratilgan boʻlinmalardan olingan yarim tayyor mahsulotlar kirim qilinishi
2110
6110
4.
Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni qayta baholash
a) qiymatining oshirilishi;
2110
6230
b) qiymatining kamaytirilishi.
3290
2110
5.
Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar asosiy va yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun berilishi
2010, 2310
2110
6.
Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni tuzatishga sarflanishi hamda yarim tayyor mahsulotlarning yaroqsizligi tufayli yoʻqotishlarning aks ettirilishi
2610
2110
7.
Sotish uchun moʻljallangan oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning tayyor mahsulot sifatida aks ettirilishi
2810
2110
8.
Oʻzida ishlab chiqarilib yarim tayyor mahsulotlar sotilganda, ularning tannarxini hisobdan chiqarish
9110
2110
9.
Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni tekinga berilishi
9430
2110
10.
Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning ajratilgan boʻlinmalarga berilishi
4110
2110
11.
Tabiiy ofatlar natijasida oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar boʻyicha koʻrilgan zararlarni hisobdan chiqarish
9720
2110
12.
Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar kamomadi aniqlanishi
5910
2110
Yordamchi ishlab chiqarish (2300)
123. Tashkilotning asosiy ishlab chiqarishiga yoki asosiy faoliyatiga yordamchi va xizmat koʻrsatuvchi hisoblangan ishlab chiqarish xarajatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
124. Mazkur hisobvaraq quyidagilarni taʼminlaydigan ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun qoʻllaniladi:
a) energiyaning turli xillari (elektr energiyasi, bugʻ va boshqalar) bilan xizmat koʻrsatish;
b) transport xizmatini koʻrsatish;
v) asosiy vositalarni taʼmirlash;
g) asboblar, toʻrtburchak muhrlar, ehtiyot qismlar, qurilish detallari va konstruksiyalarini tayyorlash yoki qurilish materiallarini boyitish;
d) tosh, shagʻal, qum va boshqa ruda boʻlmagan materiallarni qazib olish;
e) yogʻoch materiallarni tayyorlash va taxta qilish;
j) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tuzlash, quritish va konserva qilish.
Bundan tashqari ushbu hisobvaraqlarda tashkilot buxgalteriya balansida turuvchi ilmiy tekshirish va tajriba konstruktorlik boʻlinmalarining xarajatlari aks ettirilishi mumkin.
125. 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvaragʻining debetida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar, shuningdek, yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat koʻrsatish bilan bilvosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar va yaroqsiz mahsulot hisobiga yoʻqotishlar aks ettiriladi.
Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish bilan bevosita bogʻliq xarajatlar ishlab chiqarish zaxiralari, ish haqi toʻlash boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar, asosiy vositalarga eskirish va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditidan 2310 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvaragʻining debetiga hisobdan chiqariladi.
Yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat koʻrsatish bilan bilvosita bogʻliq boʻlgan xarajatlar 2510 “Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari” hisobvaragʻidan 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvaragʻiga hisobdan chiqariladi. Yordamchi ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar ayrim hollarda bevosita 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvaragʻida hisobga olinishi mumkin.
Yaroqsiz mahsulot hisobiga yoʻqotishlar 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar” hisobvaragʻidan 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvaragʻiga hisobdan chiqariladi.
2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvaragʻining kreditida ishlab chiqarish tugallangan mahsulotlar, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar haqiqiy tannarxining summalari aks ettiriladi. Ushbu summalar 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvaragʻining kreditidan 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”, 2510 “Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari”, 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”, 9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi”, 9420 “Maʼmuriy xarajatlar” hisobvaraqlariga va boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi.
2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob xarajat elementlari va moddalari hamda mahsulot turlari boʻyicha yuritiladi.
2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvaragʻi boʻyicha oy oxiridagi saldo tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini koʻrsatadi.
126. Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (2300) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Yordamchi ishlab chiqarish sexlarida foydalanilayotgan asosiy vositalarning eskirishi
2310
0211-0299
2.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlariga taalluqli nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblanishi
2310
0510-0590
3.
Yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun materiallar sarflanishi
2310
1010-1090
4.
Mahsulot olish uchun hayvonlarning soʻyilishi
2310
1110, 1120
5.
Tugallanmagan mahsulotni qayta baholash
a) qiymatining oshirilishi;
2310
6230
b) qiymatining kamaytirilishi.
3290
2310
6.
Materiallar qiymatidagi farqlarni hisoblangan ulushlarda yordamchi ishlab chiqarish hisobvaraqlariga hisobdan chiqarish
2310
1610
7.
Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflanishi
2310
2110
8.
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli ulushi yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va xizmatlari tannarxiga kiritilishi
2310
2510
9.
Yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlarini tayyorlashdagi yaroqsiz mahsulotdan koʻrilgan yoʻqotishlar ularning tannarxiga kiritilishi
2310
2610
10.
Kelgusi davrlar xarajatlarining ulushi yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlari, ish va xizmatlar tannarxiga kiritilishi
2310
3110-3190 3210-3290
11.
Asosiy sexlarning mahsulotlari yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun ishlatilishi
2310
2810
12.
Mol yetkazib beruvchilardan yordamchi ishlab chiqarishga moddiy qiymatliklar va xizmatlar (suv, bugʻ, energiya va boshqalar) kelib tushishi
2310
6010, 6990
13.
Qondirilmagan daʼvolar summasining yordamchi sexlarga tegishli boʻlgan qismi ularning mahsuloti, ish va xizmatlari tannarxiga hisobdan chiqarilishi
2310
4860
14.
Yordamchi ishlab chiqarishdagi sugʻurta xarajatlari
2310
6510
15.
Yordamchi ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha xarajatlarning hisoblanishi
2310
6520
16.
Yordamchi ishlab chiqarish xodimlariga ish haqi toʻlash boʻyicha summalarning hisoblanishi
2310
6710
17.
Yordamchi ishlab chiqarishga koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha qarzlar
2310
6990
18.
Olingan summadan ortiqcha xarajat qilganliklari uchun hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar
2310
6970
19.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining yordamchi ishlab chiqarish sexlariga koʻrsatgan xizmatlari
2310
6110, 6120
20.
Yordamchi ishlab chiqarishdagi tugallanmagan ishlab chiqarishning ortiqchasi kirim qilinishi
2310
9390
21.
Yordamchi ishlab chiqarish tomonidan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni xarid qilishda qilingan xarajatlar asbob-uskunalar qiymatiga qoʻshilishi
0710-0720
2310
22.
Kapital qoʻyilmalarda amalga oshirilgan yordamchi sexlarning xarajatlari va xizmatlari hisobdan chiqarilishi
0810-0890
2310
23.
Oldin yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun hisobdan chiqarilgan materiallarning qaytarilishi
1010-1090
2310
24.
Yordamchi ishlab chiqarishda ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlarning kirim qilinishi
1040
2310
25.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining oʻstirishdagi va boquvdagi hayvonlar tannarxiga kiritilishi
1110, 1120
2310
26.
Materiallarni tayyorlash va xarid qilishda yordamchi ishlab chiqarishning koʻrsatgan xizmatlari va xarajatlari summasi
1510
2310
27.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlari tashkilotning oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning tannarxiga kiritilishi
2110
2310
28.
Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish boʻyicha yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari
2610
2310
29.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga oʻtkazilishi
2710
2310
30.
Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarining (mavsumiy tarmoqlarda) kelgusi davr xarajatlariga olib borilishi
3190-3290
2310
31.
Yordamchi ishlab chiqarishda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning kirim qilinishi
2810
2310
32.
Mahsulotlarni sotish va yetkazib berishda yordamchi ishlab chiqarishning koʻrsatgan xizmatlari hisobdan chiqarilishi
9410
2310
33.
Yordamchi ishlab chiqarishning sotilgan mahsulotlari va bajarilgan ishlari, koʻrsatgan xizmatlarining haqiqiy tannarxini hisobdan chiqarish
9110, 9130
2310
34.
Quyidagilarni sotish va boshqa chiqib ketishidagi yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarining hisobdan chiqarilishi:
asosiy vositalar;
9210
2310
nomoddiy aktivlar.
9220
2310
35.
Boshqa tashkilotlarga investitsiya tariqasida yordamchi ishlab chiqarishning mahsulotlari berilishi va xizmatlari koʻrsatilishi
9110, 9130
2310
36.
Ajratilgan boʻlinmalarga yordamchi ishlab chiqarishning xarajatlari hisobdan chiqarilishi yoki mahsulotlari berilishi
4110
2310
37.
Tabiiy ofat, yongʻin va shu kabilar natijasida koʻrilgan yordamchi sexlarning zararlari hisobdan chiqarilishi
9720
2310
38.
Yordamchi ishlab chiqarishdagi aniqlangan moddiy qiymatliklarning kamomadi va yoʻqotishlari
5910
2310
39.
Qaytariladigan va koʻp marta ishlatiladigan taralar boʻyicha xarajatlar va yoʻqotishlar
9430
2310
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlar (2500)
127. Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2510 “Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari” hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
128. Mazkur hisobvaraqda umumiy ishlab chiqarish xarakteriga ega boʻlgan, shu jumladan quyidagilar boʻyicha xarajatlar aks ettiriladi:
a) mashina va uskunalarni saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha;
b) ishlab chiqarishga taalluqli boʻlgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari boʻyicha;
v) ishlab chiqarishga taalluqli boʻlgan asosiy vositalarni taʼmirlash xarajatlari;
g) ishlab chiqarishdagi mol-mulkning sugʻurta xarajatlari;
d) ishlab chiqarish binolarini isitish, yoritish va saqlash xarajatlari;
e) ishlab chiqarishda foydalaniladigan ishlab chiqarish binolari, mashina va uskunalar, boshqa ijaraga olingan vositalar uchun ijara toʻlovlari;
j) ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi;
z) ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar.
129. Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish zaxiralari, xodimlar bilan ish haqi boʻyicha hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi. Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarda hisobga olingan xarajatlar 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”, 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” hisobvaraqlarining debetiga hisobdan chiqariladi.
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini alohida hisob obyektlari orasida taqsimlash tartibi tashkilotning hisob siyosatida belgilanadi.
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar boʻyicha analitik hisob tashkilotning alohida boʻlinmalari va xarajatlar moddalari boʻyicha yuritiladi.
130. Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (2500) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Umumiy ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan asosiy vositalarning eskirishi
2510
0220-0299
2.
Umumiy ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi
2510
0510-0590
3.
Umumiy ishlab chiqarish maqsadlariga materiallarning sarflanishi
2510
1010-1090
4.
Umumiy ishlab chiqarish maqsadlariga sarflangan materiallar qiymatidagi farq hisobdan chiqarilishi
2510
1610
5.
Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar umumiy ishlab chiqarish maqsadlari uchun (sinovlar, tajribalar oʻtkazishga) berilishi
2510
2110
6.
Yordamchi ishlab chiqarish xizmatlari umumiy ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarilishi
2510
2310
7.
Kelgusi davr xarajatlari umumiy ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarilishi
2510
3110-3190
8.
Oʻzida tayyorlangan mahsulotlardan umumiy ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan ehtiyojlar uchun foydalanilishi
2510
2810
9.
Ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish (energiya, suv, gaz, aloqa va hokazo) boʻyicha mol yetkazib beruvchilarning xizmatlari
2510
6010
10.
Oldin taqdim etilgan, lekin qondirilmagan daʼvolar summasining umumiy ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarilishi
2510
4860
11.
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari bilan bogʻliq sugʻurta xarajatlari
2510
6510
12.
Umumiy ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha xarajatlar
2510
6520
13.
Ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatishda band boʻlgan xodimlarning ish haqi xarajatlarining hisoblanishi
2510
6710
14.
Ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish boʻyicha ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar
2510
6110, 6120
15.
Oldin ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish uchun berilgan materiallarning ortiqchasi va qaytarilishi
1010
2510
16.
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining mahsulot tannarxiga kiritilishi
2010
2510
17.
Yordamchi sexlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar ularning ish va xizmatlari tannarxiga kiritilishi
2310
2510
18.
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish xarajatlarga qoʻshilishi
2610
2510
19.
Ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish xarajatlari kelgusi davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi
3110-3190
2510
20.
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining (bekor turib qolishlar va boshqalar) bir qismi javobgar shaxslar zimmasiga yuklanishi
4730
2510
21.
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi (tabiiy ofat, yongʻin va boshqalar sababli) zararlarga hisobdan chiqarilishi
9430, 9720
2510
Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar (2600)
131. Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot hisobiga yoʻqotishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar” hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar” hisobvaragʻining debetida aniqlangan yaroqsiz mahsulotlar boʻyicha xarajatlar, shuningdek, kafolatli taʼmirlash xarajatlari yigʻiladi.
2600 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar” hisobvaragʻining kreditida yaroqsiz mahsulotdan koʻrilgan yoʻqotishlarning kamayishiga olib boriladigan summalar (yaroqsiz mahsulotning foydalanish mumkin boʻlgan bahosi boʻyicha qiymati, yaroqsiz mahsulotning aybdorlaridan ushlanadigan summalar, mol yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib berilgan sifatsiz materiallar va yarim tayyor mahsulotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelgan yaroqsiz mahsulot va boshqalar uchun undiriladigan summalar), shuningdek, yaroqsiz mahsulotlardan koʻrilgan yoʻqotish sifatida ishlab chiqarish xarajatlariga hisobdan chiqarilgan summalar aks ettiriladi.
Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar boʻyicha analitik hisob tashkilotning alohida sexlari, mahsulot turlari, xarajat moddalari va yaroqsiz mahsulotlarning vujudga kelish sabablari boʻyicha yuritiladi.
132. Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (2600) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish boʻyicha materiallar sarflanishi
2610
1010-1090
2.
Asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda aniqlangan tuzatib boʻlmaydigan yaroqsiz mahsulotdan koʻrilgan yoʻqotishlarning hisobdan chiqarilishi
2610
2010, 2310
3.
Oʻzida ishlab chiqarilgan yaroqsiz yarim tayyor mahsulotlar aniqlanishi va hisobdan chiqarilishi
2610
2110
4.
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining ulushi yaroqsiz mahsulotlar tannarxiga kiritilishi
2610
2510
5.
Xaridorga yaroqsiz mahsulot oʻrniga yuborilgan mahsulot tannarxi
2610
2810
6.
Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish va kafolatlangan taʼmirlash boʻyicha mol yetkazib beruvchilardan olingan xizmatlar
2610
6010
7.
Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotga tegishli boʻlgan yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha xarajatlar
2610
6520
8.
Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish boʻyicha ish haqi summasi hisoblanishi
2610
6710
9.
Yaroqsiz mahsulotlarning qaytarilishi va boshqalar bilan bogʻliq summalarning hisobdor shaxslar hisobidan chiqarilishi
2610
4220-4290 6970
10.
Isteʼmolchilar tomonidan olingan yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish boʻyicha qilingan xarajatlari uchun ularga boʻlgan qarz
2610
6990
11.
Yaroqsiz mahsulotni tuzatishdan qolgan va yakuniy yaroqsiz mahsulotlarni hisobdan chiqarishdan olingan moddiy qiymatliklarning (foydalanish mumkin boʻlgan bahosida) kirim qilinishi
1010-1090
2610
12.
Yaroqsiz mahsulotdan koʻrilgan yoʻqotishlar asosiy va yordamchi ishlab chiqarishning mahsulotlari, ish va xizmatlari tannarxiga kiritilishi
2010, 2310
2610
13.
Yaroqsiz mahsulotdan koʻrilgan yoʻqotishlar moddiy zarar yetkazgan aybdor ishchilar hisobiga hisobdan chiqarilishi
4730
2610
14.
Kompensatsiya qilinmaydigan oʻtgan yillarning yaroqsiz mahsulotlaridan yoʻqotishlar zararga hisobdan chiqarilishi
9430
2610
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar (2700)
133. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar bilan bogʻliq xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
Tashkilotning xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklari sifatida tashkilotning asosiy faoliyati boʻlgan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab chiqarish va xoʻjaliklar tushuniladi. Jumladan, mazkur hisobvaraqda tashkilotning balansida boʻlgan sogʻliqni saqlash obyektlari, bolalar bogʻchalari, uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlari, sport va madaniyat, tikuvchilik va boshqa maishiy xizmat koʻrsatish ustaxonalari, oshxona va bufetlar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlikka oid ajratilgan boʻlinmalarni saqlash xarajatlari aks ettiriladi.
134. 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” hisobvaragʻining debetida xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar aks ettiriladi. Bunda, xarajatlar tovar-moddiy zaxiralar, ish haqi toʻlash boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditidan 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” hisobvaragʻining debetiga hisobdan chiqariladi.
2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” hisobvaragʻining kreditida xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Ushbu summalar 2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” hisobvaragʻining kreditida tovar moddiy zaxiralar va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” hisobvaragʻi boʻyicha oy oxiridagi saldo tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini koʻrsatadi.
2710 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar” hisobvaraqlari boʻyicha analitik hisob har bir xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik va xarajat elementlari, moddalari boʻyicha va mahsulot turlari boʻyicha yuritiladi.
135. Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (2700) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda foydalanilayotgan asosiy vositalarning eskirishi
2710
0210-0299
2.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda band boʻlgan xodimlarga ish haqi toʻlash xarajatlari
2710
6710
3.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda foydalanilayotgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi
2710
0510-0590
4.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan yordamchi ishlab chiqarishga koʻrsatilgan va ularning isteʼmol qilgan xizmatlari qiymati
2710
2310
5.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar xarajatlarining sotish va maʼmuriy xarajatlarga taqsimlanishi
9410, 9420
2710
6.
Hisobot davri oxirida xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar zararlarining davr xarajatlariga hisobdan chiqarilishi
9430
2710
7.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar ehtiyojlari uchun materiallarning sarflanishi
2710
1010-1090
8.
Mahsulot olish uchun hayvonlarning soʻyilishi
2710
1110, 1120
9.
Tugallanmagan mahsulotni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi;
2710
6230
b) qiymatining kamaytirilishi.
3290
2710
10.
Materiallar qiymatidagi farqlar hisoblangan ulushda xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar hisobvaragʻiga hisobdan chiqarilishi
2710
1610
11.
Oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar ehtiyojlari uchun sarflanishi
2710
2110
12.
Kelgusi davrlar xarajatlarining ulushi xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning mahsuloti, ish va xizmatlari tannarxiga olib borilishi
2710
3110-3190
13.
Asosiy sexlar mahsulotlarining bir qismi xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning ehtiyojlari uchun ishlatilishi
2710
2810
14.
Mol yetkazib beruvchilardan xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga kelib tushgan moddiy qiymatliklar (suv, bugʻ, energiya va boshqalar) va xizmatlar
2710
6010
15.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda sugʻurta boʻyicha xarajatlar
2710
6510
16.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar xarajatlariga tegishli boʻlgan yagona ijtimoiy toʻlov boʻyicha xarajatlar
2710
6520
17.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga koʻrsatgan xizmatlari uchun boʻlgan qarzlar
2710
6990
18.
Hisobdor shaxslarga qarzlar
2710
6970
19.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarning koʻrsatgan xizmatlari
2710
6110, 6120
20.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarda ortiqcha tugallanmagan ishlab chiqarishning kirim qilinishi
2710
9390
21.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning kapital qoʻyilmalarni amalga oshirishdagi xarajatlari va xizmatlari hisobdan chiqarilishi
0810-0890
2710
22.
Oldin xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar ehtiyojlari uchun hisobdan chiqarilgan materiallarning qaytarilishi
1010-1090
2710
23.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning xarajatlari oʻstirishdagi va boʻrdoqiga boqilayotgan hayvonlarning tannarxiga kiritilishi
1110, 1120
2710
24.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning materiallarni xarid qilishda koʻrsatgan xizmatlari va xarajatlari
1510
2710
25.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning xarajatlari (mavsumiy tarmoqlarda) kelgusi davr xarajatlari tarkibiga kiritilishi
3110-3190
2710
26.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan tayyor mahsulotlar kirim qilinishi
2810
2710
27.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning mahsulotlarni yetkazish va sotishda koʻrsatgan xizmatlari hisobdan chiqarilishi
9410
2710
28.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning sotgan mahsulotlari, bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlarining haqiqiy tannarxining hisobdan chiqarilishi
9110, 9130
2710
29.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan boshqa tashkilotlarga investitsiya tariqasida mahsulotlar berilishi va xizmatlar koʻrsatilishi
9110, 9130
2710
30.
Ajratilgan boʻlinmalarga xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning mahsulotlari berilishi yoki xarajatlari hisobdan chiqarilishi
4110
2710
31.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning tabiiy ofat, yongʻin va shu kabilar natijasida koʻrgan zararlari hisobdan chiqarilishi
9430, 9720
2710
Tayyor mahsulotlar (2800)
136. Tayyor mahsulotlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”;
2820 “Koʻrgazmadagi tayyor mahsulotlar”;
2830 “Vositachilik shartnomasi boʻyicha berilgan tayyor mahsulotlar”.
137. Chetga koʻrsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlarning qiymati tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (2800) aks ettirilmaydi. Ular boʻyicha haqiqiy xarajatlar xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlardan 9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar tannarxi” hisobvaragʻiga hisobdan chiqariladi. Buyurtmachilarga joyida topshiriladigan va qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilmagan mahsulotlar tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibida qoladi.
138. 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻida tayyor mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi boʻyicha hisobga olinadi. Qishloq xoʻjaligi tashkilotlari oʻsimlikchilik mahsulotlari, chorvachilik va qayta ishlangan mahsulotlarining harakatini biznes-rejadan kelib chiqib, yil davomida prognoz tannarxi boʻyicha hisobga oladi. Yil oxirida tayyor mahsulotning haqiqiy va prognoz tannarxi oʻrtasida aniqlangan farq mahsulotlar hisobvaragʻiga hisobot yili oxiridagi keltirilgan mahsulotlarning qoldigʻiga taalluqli boʻlgan ulushlarda oʻtkaziladi. Mazkur hisobvaraqda realizatsiya qilishga moʻljallangan qurilish obyektlarining tannarxi ham hisobga olinadi.
Sotish uchun tayyorlangan (olingan) tayyor mahsulotlar, shu jumladan, qisman tashkilotning oʻz ehtiyojlari uchun moʻljallangan mahsulotlarning kirim qilinishi 2810 “Ombordagi tayyor mahsulot” hisobvaragʻining debetida xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Xaridorlar (buyurtmachilar)ga joʻnatilgan tayyor mahsulotlar va ular uchun ushbu xaridor (buyurtmachi)lar tomonidan hisob-kitob hujjatlarining taqdim etilishi tayyor mahsulotlarning sotilishi tartibida 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻining kreditidan 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” hisobvaragʻining debetiga hisobdan chiqariladi.
2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻida tayyor mahsulotlarni analitik hisobda haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi boʻyicha hisobga olishda, mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxining uning hisob bahosi boʻyicha qiymatidan farqini koʻrsatgan holda ularni hisob bahosida (reja tannarxi, sotish bahosi va boshqalar) aks ettirish mumkin. Bunday farqlar tayyor mahsulotlarning bir xilda guruhlari boʻyicha haqiqiy ishlab chiqarish tannarxining shakllantiriladigan hisob bahosi qiymatidan farqi darajasidan kelib chiqqan holda hisobga olinadi.
Tayyor mahsulotlarni 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻidan hisobdan chiqarishda haqiqiy ishlab chiqarish tannarxining analitik hisobda qabul qilingan bahosi boʻyicha qiymatidan farq summasi hisobot davri boshiga tayyor mahsulotlar qoldigʻidagi farqlar va hisobot oyi mobaynida omborga kelib tushgan tayyor mahsulotlar boʻyicha farqlarning bu mahsulotlarning hisob bahosidagi qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadigan foizlar boʻyicha aniqlanadi. Sotilgan mahsulotga toʻgʻri keladigan tayyor mahsulot haqiqiy ishlab chiqarish tannarxining uning hisob bahosi boʻyicha qiymatidan farq summasi 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻining kreditida va ular ortiqcha xarajat yoki tejalganlikni koʻrsatishidan kelib chiqqan holda qoʻshimcha yozuv orqali tegishli hisobvaraqlarining debetida aks ettiriladi.
139. 2820 “Koʻrgazmadagi tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻida koʻrgazma, yarmarka, reklama va koʻrsatish uchun moʻljallangan tayyor mahsulotlar haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi boʻyicha hisobga olinadi. Bunda, 2820 “Koʻrgazmadagi tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻining debeti va 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻining krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi. Tayyor mahsulotlar uchun javobgarlik vaqtincha bir moddiy javobgar shaxsdan boshqasiga oʻtadi. Agar koʻrgazmaga, yarmarkaga va boshqalarga qoʻyilgan tayyor mahsulotlar sotilsa, 2810 “Ombordagi tayyor mahsulot” hisobvaragʻidagi kabi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
140. 2830 “Vositachilik shartnomasi boʻyicha berilgan tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻida vositachilik shartnomalari boʻyicha joʻnatilgan tayyor mahsulotlar aks ettiriladi.
Boshqa tashkilotlarga vositachilik shartlari asosida sotish uchun berilgan tayyor mahsulotlar 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻidan 2830 “Vositachilik shartnomasi boʻyicha berilgan tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻining debetiga hisobdan chiqariladi. Vositachilik shartlari asosida berilgan tayyor mahsulotlarni sotishda 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar” hisobvaragʻi kabi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”, 2820 “Koʻrgazmadagi tayyor mahsulotlar”, 2830 “Vositachilik shartnomasi boʻyicha berilgan tayyor mahsulotlar” hisobvaraqlari boʻyicha analitik hisob javobgar shaxslar boʻyicha, tayyor mahsulotlarning turlari (sortlar, partiyalar, kiplar) boʻyicha va ularni saqlash joylari boʻyicha yuritiladi.
141. Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (2800) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Asosiy, yordamchi sexlardan, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan tayyor mahsulotlarning kirim qilinishi
2810
2010, 2310, 2710
2.
Tayyor mahsulotlarni hisobning yarim tayyor usulida kirim qilishi
2810
2110
3.
Tayyor mahsulotlarning koʻrgazmadan omborga kirim qilinishi
2810
2820
4.
Tayyor mahsulotni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi;
2810
6230
b) qiymatining kamaytirilishi.
3190
2810
5.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tayyor mahsulotlar
2810
9390
6.
Ichki ehtiyojlar uchun tayyor mahsulotlarning ishlatilishi, tayyor mahsulotlarning sexlarga qayta ishlovga berilishi va boshqalar uchun qaytarilishi
2010, 2310, 2510, 2710 9410-9430
2810
7.
Ombordagi tayyor mahsulotlar yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish uchun berilishi
2610
2810
8.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad, agar aybdor shaxs aniqlanmagan boʻlsa
5910
2810
9.
Kelgusi davr xarajatlari tarkibida yuritiladigan xarajatlarga tayyor mahsulotlarning ishlatilishi
3190
2810
10.
Tayyor mahsulotlarning koʻrgazmaga berilishi
2820
2810
11.
Sotilgan tayyor mahsulotning tannarxini hisobdan chiqarish
9110
2810-2830
12.
Moliyaviy investitsiyalar (shu jumladan, qimmatli qogʻozlar) hisobiga tayyor mahsulotlarning berilishi
0600, 5800
9110
9010
2810
13.
Inventarizatsiya natijasida moddiy javobgar shaxsning aybi boʻyicha kamomadning aniqlanishi
4730
2810
14.
Ajratilgan boʻlinmalardan tayyor mahsulotlarning kelib tushishi
2810
6110
15.
Tayyor mahsulotlarning ajratilgan boʻlinmalarga berilishi
4110
2810-2830
16.
Tayyor mahsulotlarning tekinga berilishi
9430
2810
Tovarlar (2900)
142. Sotishga moʻljallangan tovar va prokat buyumlari sifatida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
2910 “Ombordagi tovarlar”;
2920 “Chakana savdodagi tovarlar”;
2930 “Koʻrgazmadagi tovarlar”;
2940 “Prokatdagi buyumlar”;
2950 “Tovarlar bilan band va boʻsh taralar”;
2960 “Vositachilik shartnomasi boʻyicha berilgan tovarlar”;
2970 “Yoʻldagi tovarlar”;
2980 “Savdo ustamasi”;
2990 “Boshqa tovarlar”.
143. Sanoat va boshqa ishlab chiqarish tashkilotlarida tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar buyumlar, materiallar hamda oziq-ovqat mahsulotlari sotish uchun maxsus xarid qilingan hollarda qoʻllaniladi.
144. Taʼminot, tayyorlov, savdo tashkilotlarida tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda ishlab chiqarish yoki xoʻjalik ehtiyojlari uchun xizmat qiladigan inventarlar hamda asosiy vositalar yoki materiallarni hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlarda hisobga olinadiganlardan tashqari sotib olingan va oʻzida ishlab chiqarilgan taralar hisobga olinadi.
145. 2910 “Ombordagi tovarlar” hisobvaragʻida ulgurji va taqsimot bazalarida, omborlarda, umumiy ovqatlanish tashkilotlarining saqlash joylarida, sabzavotni saqlash joylarida va boshqalarda saqlanayotgan mavjud tovar zaxiralarining mavjudligi va harakati xarid qilish qiymatida hisobga olinadi.
Omborga kelib tushgan tovarlar va taralarning kirim qilinishi 2910 “Ombordagi tovarlar” hisobvaragʻining debetida tovarlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar bilan birgalikda aks ettiriladi.
Tovarlar va taralarning kelib tushishini materiallar bilan bogʻliq operatsiyalarni hisobga olish tartibi bir xil tartibda 1510 “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” hisobvaragʻidan foydalanilgan holda hisobda aks ettirish mumkin.
Xaridorlar (buyurtmachilar)ga sotilgan tovarlar va ular uchun ushbu xaridor (buyurtmachi)larga hisob-kitob hujjatlarining taqdim etilishi yoki xaridor (buyurtmachi)lar tomonidan pul mablagʻlarining toʻlanishi 2910 “Ombordagi tovarlar” hisobvaragʻidan 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻining debetiga sotish tartibida hisobdan chiqariladi.
146. 2920 “Chakana savdodagi tovarlar” hisobvaragʻida chakana savdo tashkilotlari (magazinlar, palatkalar, kiosklar va boshqalar) va umumiy ovqatlanish tashkilotlarining bufetlaridagi tovarlarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi. Chakana savdo tashkilotlari va umumiy ovqatlanish tashkilotlarining bufetlaridagi shisha taralar (shishalar, bankalar va boshqalar)ning mavjudligi va harakati ham ushbu hisobvaraqda hisobga olinadi. Chakana savdodagi tovarlarning sotilishida ham 2910 “Ombordagi tovarlar” hisobvaragʻidagi kabi buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.
147. 2930 “Koʻrgazmadagi tovarlar” hisobvaragʻida koʻrgazmalar, yarmarkalar, reklama va koʻrsatish uchun moʻljallangan tovarlar hisobga olinadi. Bunda 2930 “Koʻrgazmadagi tovarlar” hisobvaragʻining debeti va 2910 “Ombordagi tovarlar” yoki 2920 “Chakana savdodagi tovarlar” hisobvaraqlarining krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi. Tovarlar uchun javobgarlik vaqtincha bir moddiy javobgar shaxsdan boshqasiga oʻtadi. Agar koʻrgazmaga, yarmarkaga va boshqalarga qoʻyilgan tovarlar sotilsa, buxgalteriya yozuvlari 2910 “Ombordagi tovarlar” hisobvaragʻidagi kabi amalga oshiriladi.
148. 2940 “Prokatdagi buyumlar” hisobvaragʻida prokatga (ijaraga) berish uchun moʻljallangan buyumlarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
149. 2950 “Tovarlar bilan band va boʻsh taralar” hisobvaragʻida tovarlar bilan band va boʻsh turgan taralarning (chakana savdo tashkilotlaridagi va umumiy ovqatlanish tashkilotlarining bufetlaridagi shisha taralardan tashqari) mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Savdo tashkilotlari tovarlar bilan band va boʻsh boʻlgan taralarning harakatini ularning tarkibi va bahosidan kelib chiqqan holda taralar guruhi bahosi uchun oʻrnatiladigan oʻrtacha hisob bahosi boʻyicha hisobga olishlari mumkin. Bunda, taralarni xarid qilish bahosi bilan oʻrtacha hisob baholari orasidagi farq 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” hisobvaragʻida yoki 9490 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻida olib boriladi.
150. 2960 “Vositachilik shartnomasi boʻyicha berilgan tovarlar” hisobvaragʻida boshqa tashkilotlarga vositachilik shartnomasi boʻyicha berilgan tovarlar hisobga olinadi.
151. 2970 “Yoʻldagi tovarlar” hisobvaragʻida hisobot davri oxirida yoʻlda qolgan (omborga kelib tushmagan) tovarlar hisobga olinadi.
152. Agar chakana savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlarida tovarlar buxgalteriya hisobida sotish bahosida yuritilsa, tovarlarning savdo ustama (chegirma)lari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish 2980 “Savdo ustamasi” hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
Umumiy ovqatlanish tashkilotlarida ushbu hisobvaraqda omborxonalar, bufetlar va oshxonalardagi mavjud oziq-ovqat mahsulotlari va tovarlarning savdo ustamalari, shuningdek, oshxona va bufet mahsulotlariga sotish bahosida ularning qiymatiga qoʻyiladigan ustama summalari hisobga olinadi.
2980 “Savdo ustamasi” hisobvaragʻi tovarlar kirim qilinganda savdo ustamasi summasiga kreditlanib, sotilgan yoki tabiiy yoʻqolish, yaroqsiz, buzilgan, kamomad va boshqalarda natijasida hisobdan chiqarilgan tovarlar boʻyicha savdo ustamasi summasiga debetlanadi. Savdo ustamasining sotilgan tovarlarga toʻgʻri keladigan qismi 2980 “Savdo ustamasi” hisobvaragʻining debetida va 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi. Savdo ustamasi summasining sotilmay qolgan tovarlar qoldigʻiga toʻgʻri keladigan qismi inventarizatsiya dalolatnomasi asosida oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq sotilmay qolgan tovarlarga tegishli ustamani hisoblash orqali aniqlashtiriladi.
Chakana savdo tashkilotlarida sotilmagan tovarlar qoldigʻiga toʻgʻri keladigan savdo ustamasi summasi oy boshida tovarlar qoldigʻiga toʻgʻri keladigan savdo ustamasi summasi va 2980 “Savdo ustamasi” hisobvaragʻi debeti boʻyicha aylanma summasiga (boshqa hisobdan chiqarishlarga) kamaytirilgan 2980 “Savdo ustamasi” hisobvaragʻi krediti boʻyicha aylanmani bir oyda sotilgan tovarlar summasi (hisob baholari boʻyicha) va oy oxiridagi tovarlar qoldigʻiga (hisob baholari boʻyicha) nisbatidan kelib chiqqan holda hisoblangan foiz boʻyicha aniqlanishi mumkin.
153. 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida 2910 — 2950 hisobvaraqlarida aks ettirilmaydigan boshqa tovarlar hisobga olinadi.
Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (2900) boʻyicha analitik hisob moddiy javobgar shaxslar, tovarlarning nomlari (navi, guruhlari, toylar) va tovarlarning saqlanish joylari boʻyicha yuritiladi.
154. Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (2900) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Tovarlarni hisobdor summa hisobidan sotib olish
2910-2990
6970
2.
Mol yetkazib beruvchilardan tovarlar olinishi
2910-2990
6010, 7010
3.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan tovarlar va prokat buyumlarining kelib tushishi
2910-2990
6110, 6120, 7110, 7120
4.
Ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushgan tovarlarning kirim qilinishi
2910-2990
4610
5.
Tovarlarni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi;
2910-2990
6230
b) qiymatining kamaytirilishi.
3190
2910-2990
6.
Tekinga olingan tovarlarni kirim qilish
2910-2990
8530
7.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha tovarlar va taralar
2910-2990
9390
8.
Ilgari tovar sifatida kirim qilingan moddiy qiymatliklarni materiallar tarkibiga kiritish yoki tovarlarni oʻz ehtiyojlari uchun olingan materiallar sifatida kirim qilish
1010
2910-2990
9.
Yaroqsiz holga kelgan prokat buyumlarini hisobdan chiqarish
9430
2940
10.
Tovarlarning qayta ishlashga berilishi
2010
2910-2990
11.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomad, agar aybdor shaxs aniqlanmagan boʻlsa
5910
2910-2990
12.
Moliyaviy investitsiyalar hisobiga (shu jumladan, qimmatli qogʻozlar uchun toʻlov hisobiga) tovarlarning berilishi
9120
2910-2990
13.
Sotilgan tovarlarning tannarxini hisobdan chiqarish
9120
2910-2990
14.
Inventarizatsiya natijasida moddiy javobgar shaxs aybi bilan aniqlangan kamomad
4730
2910-2990
15.
Ajratilgan boʻlinmalarga tovarlarning berilishi
4110
2910
16.
Tovarlarga savdo ustamasi
2920
2980
17.
Sotilgan savdo ustamasining hisobdan chiqarilishi
2980
9120
Kelgusi davr xarajatlari — joriy qismi (3100)
155. Hisobot davrida amalga oshirilgan, ammo joriy qismi boʻyicha kelgusi hisobot davrlariga taalluqli boʻlgan xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
3110 “Oldindan toʻlangan operativ ijara haqi”;
3120 “Oldindan toʻlangan xizmat haqi”;
3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari”.
156. Mazkur hisobvaraqlarda quyidagilar bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar aks ettirilishi mumkin:
a) matbuotning davriy nashrlariga yillik obunaning jami summasini oldindan toʻlash;
b) mulkning yillik sugʻurtasini oldindan toʻlash;
v) kelgusi davrlar uchun operativ ijara toʻlovi badallari hamda kelgusida xarajatlarga kiritilishi mumkin boʻlgan boshqa xarajatlar.
157. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (3100) hisobga olingan xarajatlar xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetiga hisobdan chiqariladi. Kelgusi davr xarajatlarini joriy xarajatlarga hisobdan chiqarish oʻrnatilgan muddat davomida yoki ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi yoxud miqdoriga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
158. 3110 “Oldindan toʻlangan operativ ijara haqi” hisobvaragʻida joriy hisobot davrida toʻlangan, ammo kelgusi hisobot davriga tegishli operativ ijara haqi hisobga olinadi.
159. 3120 “Oldindan toʻlangan xizmat haqi” hisobvaragʻida ushbu hisobot davrida oldindan haqi toʻlangan, ammo kelgusi hisobot davrlariga taalluqli boʻlgan xizmatlar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqda obuna boʻyicha xarajatlar va boshqalarni aks ettirish mumkin.
160. 3190 “Boshqa kelgusi davr xarajatlari” hisobvaragʻida 3110 “Oldindan toʻlangan operativ ijara haqi” va 3120 “Oldindan toʻlangan xizmat haqi” hisobvaraqlarida hisobga olinmagan boshqa oldindan toʻlangan xarajatlar hisobga olinadi.
Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (3100) boʻyicha analitik hisob hisobvaraqlar, xarajat moddalari va obyektlari (yoʻnalishlari) boʻyicha yuritiladi.
161. Kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (3100) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Kelgusi davr xarajatlarida hisobga olinadigan ishlarni amalga oshirish uchun materiallar, tayyor mahsulotlar chiqarildi
3190
1010-1090, 2810
2.
Kelgusi davr xarajatlariga tegishli boʻlgan ishlarni amalga oshirishda yordamchi ishlab chiqarishning koʻrsatgan xizmatlari
3190
2310
3.
Kelgusi davrlar xarajatlariga taalluqli boʻlgan umumiy ishlab chiqarish xarajatlari ulushi hisobdan chiqarildi
3190
2510
4.
Kelgusi yilga obuna boʻyicha xarajatlar amalga oshirildi
3120
5110
5.
Kelgusi davr xarajatlariga tegishli boʻlgan moddiy qiymatliklar yoki ishlar uchun mol yetkazib beruvchilarga va pudratchilarga boʻlgan qarzlar
3190
6010, 7010
6.
Kelgusi davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadigan boshqa toʻlanadigan hisobvaraqlar
3190
Majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
7.
Kelgusi davr xarajatlarining ulushi navbatdagi hisobot davri kelganda tegishli xarajatlar hisobvaraqlariga oʻtkazildi
Xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
3110-3190
Kechiktirilgan xarajatlar — joriy qismi (3200)
162. Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi va kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi boʻyicha axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi”;
3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar”;
3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar”.
163. 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” hisobvaragʻida vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻining joriy qismi hisobga olinadi.
Vaqtinchalik farqlarga tegishli soliqlarning hisoblanishi umumiy summada 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻining kreditida va joriy qismi 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” hisobvaragʻining debetida aks ettiriladi.
Kechiktirilgan soliqlarning tegishli qismini uzoq muddatli qismdan joriy qismga oʻtkazish 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” hisobvaragʻining debeti va 0950 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
Soliqni kechiktirilgan xarajatlarning tegishli summasiga kamaytirish yuz beradigan davr kelganda soliq summasi 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻining debetida va 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi. Shunga koʻra, 3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi” hisobvaragʻining debetidagi saldo joriy hisobot davrida budjetga toʻlanadigan umumiy soliq summasining kamaytirishi lozim boʻlgan soliq summasining joriy qismini koʻrsatadi.
164. 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaragʻi obligatsiyalarga diskont (chegirma)lar boʻyicha obligatsiyalarni soʻndirish muddati davomida xarajatlarga taqsimlanib boriladigan tashkilotning uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarining joriy qismini aks ettiradi. Ushbu hisobvaraq faqat obligatsiyalarni sotuvchi (emitent)lar tomonidan qoʻllaniladi. Obligatsiyalarni chegirma bilan sotish 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar” yoki 0960 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaraqlari diskont (chegirma)lar summasi va olingan summaga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar debetida va 6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” yoki 7830 “Toʻlanadigan uzoq muddatli obligatsiyalar” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi. Obligatsiyalar boʻyicha joriy diskont (chegirma)lar hisoblanganda 9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar” hisobvaragʻi debetlanadi va 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaragʻi kreditlanadi.
165. Boshqa kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismiga, uzoq muddatli qismi 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaragʻida hisobga olinadigan va kelgusi davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarda (3100) hisobga olish nazarda tutilmagan xarajatlar kiradi. Masalan, sanoatning mavsumiy tarmoqlarida ishlab chiqarishga tayyorgarlik, yerning rekultivatsiyasi va boshqalar bilan bogʻliq xarajatlar.
boshqa kechiktirilgan xarajatlar 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaragʻining debetida 0990 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi. Bu xarajatlarni joriy xarajatlarga oʻtkazish vaqti kelganida ular 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaragʻining kreditidan ushbu xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlarining debetiga oʻtkaziladi.
3210 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi”, 3220 “Diskont (chegirma)lar boʻyicha kechiktirilgan xarajatlar”, 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar” hisobvaraqlari boʻyicha analitik hisob kechiktirilgan xarajatlarning har bir turi, har bir davri va hisobdan chiqarish muddatlari boʻyicha yuritiladi.
166. Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (3200) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Vaqtinchalik farqlarga tegishli boʻlgan xarajatlar boʻyicha hisoblangan soliqlarning joriy qismi
3210
6410
2.
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan soliqni uzoq muddatli qismidan joriy qismiga oʻtkazish
3210
0950
3.
Oʻtgan hisobot davrida hisoblangan kechiktirilgan soliqning tegishli summasiga joriy hisobot davrida budjetga toʻlanadigan soliqlarning kamaytirilishi
6410
3210
4.
Obligatsiyalarni chegirma bilan sotish
3220
7830, 6830
5.
Diskont boʻyicha kechiktirilgan xarajatlarni uzoq muddatli qismidan joriy qismiga oʻtkazish
3220
0960
6.
Joriy obligatsiya chegirmasini hisobdan chiqarish
9610
3220
7.
Boshqa kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi hisoblanishi
3290
Majburiyatlarni
hisobga oluvchi hisobvaraqlar
8.
Boshqa kechiktirilgan xarajatlarni uzoq muddatli qismidan joriy qismiga oʻtkazish
3290
0990
9.
Kechiktirilgan xarajatlarning tegishli qismi joriy xarajatlar tarkibiga kiritilishi
Xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
3290
Olinadigan joriy toʻlovlar (4000)
170. Xaridorlar va buyurtmachilar bilan tovarlar, tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar uchun joriy debitorlik qarzlari boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar”;
4020 “Olingan veksellar”.
171. 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻida sotilgan mahsulot (tovar)lar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun xaridorlar va buyurtmachilarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlari boʻyicha debitorlik qarzlari hisobga olinadi.
172. 4020 “Olingan veksellar” hisobvaragʻida olingan veksellar bilan taʼminlangan xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar boʻyicha debitorlik qarzi hisobga olinadi.
Muddatida toʻlanmagan veksellar boʻyicha daʼvo bildirilganda, veksellar qiymati 4020 “Olingan veksellar” hisobvaragʻining kreditidan 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan hisobvaraqlar” hisobvaragʻining debetiga hisobdan chiqariladi.
173. Olinadigan hisobvaraqlar (4000) asosiy (operatsion) faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9000), asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9200) va asosiy faoliyatning boshqa daromadlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9300) bilan bogʻlangan holda xaridor (buyurtmachi)larga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga debetlanadi.
Olinadigan hisobvaraqlar (4000) kelib tushgan toʻlovlar, olingan boʻnaklarni hisobga olish va boshqalar summasiga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Olinadigan hisobvaraqlar boʻyicha analitik hisob har bir xaridor (buyurtmachi) boʻyicha yuritiladi.
174. Olinadigan hisobvaraqlarning (4000) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Tovar, mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdagi xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari summasi
4010
9010-9030
2.
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotishdagi xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari summasi
4010
9210, 9220
3.
Xaridorlar va buyurtmachilardan toʻlovlar kelib tushishi
5010-5530
4010
4.
Xaridorlar va buyurtmachilarga sotilgan mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlar uchun daʼvo bildirilishi
4860
4010
5.
Xaridorlar va buyurtmachilarga sotilgan tovarlar, mahsulotlar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha hisob-kitob hujjatlarini taqdim etishda olingan boʻnaklarning hisobga olinishi
6310
4010
6.
Xaridorlar va buyurtmachilarning toʻlanmagan qarzlarining zararga hisobdan chiqarilishi
9430
4010
7.
Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari dargumon qarzlar boʻyicha rezervlar hisobiga hisobdan chiqarilishi
4910
4010
8.
Olingan veksellar boʻyicha qarzlarning qoplanishi
5010-5530
4020
9.
Olingan veksellarning uzoq muddatli qismdan joriy qismga oʻtkazilishi
4020
0910
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan joriy toʻlovlar (4100)
175. Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari bilan tovarlar, tayyor mahsulot, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar uchun joriy debitorlik qarzlari boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
4110 “Ajratilgan boʻlinmalardan olinadigan toʻlovlar”;
4120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan toʻlovlar”.
176. 4110 “Ajratilgan boʻlinmalardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻida tashkilotning umumiy balansiga (ichki xoʻjalik yoki ichki balans hisob-kitoblar) qoʻshiladigan ajratilgan boʻlinmalar (filiallar, vakolatxonalar)ning debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Mazkur hisobvaraqda ajratilgan mulklar, moddiy qiymatliklarni oʻzaro hamkorlikda chiqarish, boʻlinmalarning xodimlariga ish haqi toʻlash va boshqa joriy operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Hisob-kitoblarni amalga oshirishda taʼsis shartnomasi, chora-tadbirlar shartnomasi, taʼsischilarning ushbu boʻlinmalarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi qarori, taʼsischilarning mulkni berish toʻgʻrisidagi qarori va boshqalar asosiy hujjatlar boʻlib hisoblanadi.
Ajratilgan boʻlinmalarga berilgan mulk asosiy vositalar (0100), nomoddiy aktivlar (0400), oʻrnatiladigan asbob-uskunalar (0700), materiallar (1000), tayyor mahsulotlar (2800), tovarlar (2900) va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlardan 4110 “Ajratilgan boʻlinmalardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻining debetiga hisobdan chiqariladi.
177. 4120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻida shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining (balanslararo yoki tashkilotlararo hisob-kitoblar) debitorlik qarzlari hisobga olinadi. Mazkur hisobvaraqda tovar, mahsulotlar sotish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish va boshqa joriy operatsiyalar boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
4110 “Ajratilgan boʻlinmalardan olinadigan toʻlovlar” va 4120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan toʻlovlar” hisobvaraqlari boʻyicha analitik hisob har bir ajratilgan boʻlinma, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari boʻyicha yuritiladi.
178. Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan joriy toʻlovlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (4100) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Debitorlik qarzlarini qoplash uchun ajratilgan boʻlinmalardan asosiy vositalar va boshqa aktivlar kelib tushishi
0110-0190 va boshqalar
4110
2.
Ajratilgan boʻlinmalarga mol-mulk (asosiy vositalar va boshqa aktivlar) berilishi
4110
0110-0190 va boshqalar
3.
Ajratilgan boʻlinmalar xodimlariga ish haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari ajratilishi
4110
5010, 5110
4.
Ajratilgan boʻlinmalar tomonidan asosiy vositalar qaytarilishi
0110-0190
4110
5.
Debitorlik qarzlarini qoplash uchun ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan pul mablagʻlari kelib tushishi
5010-5530
4110, 4120
6.
Ajratilgan boʻlinmalarga moddiy qiymatliklar berilishi (1500-hisobvaraqdan foydalanilganda)
4110
1510
7.
Ajratilgan boʻlinmalarga berilgan materiallar boʻyicha materiallar qiymatidagi farqning ajratilgan boʻlinmalarga hisobdan chiqarildi (1610-hisobvaraqni qoʻllaganda)
4110
1610
Xodimlarga berilgan boʻnaklar (4200)
179. Tashkilotning xodimlarga ish haqi, operatsion va maʼmuriy-xoʻjalik xarajatlari uchun hisobdorlik, shuningdek, xizmat safarlari uchun berilgan boʻnaklar boʻyicha joriy hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
4210 “Ish haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar”;
4220 “Xizmat safarlariga berilgan boʻnaklar”;
4230 “Umumxoʻjalik xarajatlari uchun berilgan boʻnaklar”;
4290 “Xodimlarga berilgan boshqa boʻnaklar”.
180. Hisobdorlikka berilgan summaga xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4200) pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan, jumladan 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari”, 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari” hisobvaraqlari bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4200) xarajatlar va xarid qilingan qiymatliklar hisobga olinadigan hisobvaraqlar yoki amalga oshirilgan xarajatlarning turiga qarab boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Toʻliq ishlatilmagan boʻnaklar (masalan, xizmat safarlari uchun) tashkilot kassasiga qaytarilishi hamda xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (4200) kreditida va 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari”, 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari” hisobvaraqlarining debetida aks ettirilishi lozim.
181. 4210 “Ish haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar” hisobvaragʻida tashkilot xodimlariga ish haqi boʻyicha berilgan boʻnaklarning barcha turlari yuzasidan hisob-kitoblar hisobga olinadi. Boʻnaklarning kelgusidagi ish haqi hisobiga berilishi xodimlarning sababi koʻrsatilgan arizasiga asosan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, mazkur hisobvaraqda ish haqi boʻyicha har oylik boʻnaklar hisobga olinadi hamda ular oy oxirida 4210 “Ish haqi boʻyicha berilgan boʻnaklar” hisobvaragʻining kreditidan 6710 “Ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” hisobvaragʻining debetiga hisobdan chiqariladi.
182. 4220 “Xizmat safarlariga berilgan boʻnaklar” hisobvaragʻida tashkilotning xodimlariga xizmat safarlari uchun berilgan boʻnaklar hisobga olinadi.
Xizmat safarlari uchun boʻnaklar xizmat safari toʻgʻrisidagi buyruq, chiptalar qiymati, kunlik yashash xarajatlari va boshqalar koʻrsatilgan holda boʻnak summasini hisoblash asosida beriladi. Xizmat safarlari uchun berilgan va sarflangan chet el valyutasining hisobi alohida yuritiladi, valyuta boʻnak berilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha soʻmga oʻtkaziladi va soʻmda hisobga olinadi.
183. 4230 “Umumxoʻjalik xarajatlari uchun berilgan boʻnaklar” hisobvaragʻida umumxoʻjalik ehtiyojlari uchun turli xildagi kichik inventar va jihozlarni naqd pulga, shuningdek, korporativ bank kartalaridan foydalangan holda sotib olish uchun berilgan boʻnaklar aks ettiriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni baholash va kirim qilish tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
184. 4290 “Xodimga berilgan boshqa boʻnaklar” hisobvaragʻida 4210 — 4230-hisobvaraqlarda aks ettirilmagan tashkilot xodimlariga berilgan boshqa boʻnaklar hisobga olinadi.
Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4200) boʻyicha analitik hisob har bir berilgan boʻnak boʻyicha yuritiladi.
185. Xodimlarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (4200) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Ish haqi hisobidan boʻnak berilishi
4210
5010
2.
Xodimlarga kelgusidagi ish haqi hisobiga berilgan boʻnaklar ushlab qolinishi
6710
4210
3.
Hisobdor shaxslarga bankdagi hisobvaraqlardan boʻnaklar berilishi
Ishlatilmagan hisobdor summalari tashkilotning bankdagi hisobvaragʻiga qaytarilishi
5110-5530
4220-4290
8.
Hisobdor shaxslar sotib olingan turli xildagi pul ekvivalentlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishi
5610
4220-4290
9.
Ishlatilmagan pul ekvivalentlarining qaytarilishi
5610
4220-4290
10.
Hisobdor shaxslar kapital qoʻyilmalar, tovarlar, hayvonlar, materiallar, asbob-uskunalarni sotib olish, yetkazib kelish, tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni amalga oshirishi
0710-0890, 1010-1090, 1110-1120, 2910-2990
4220-4290
11.
Hisobdor shaxslar yaroqsiz mahsulot bilan bogʻliq turli xildagi xarajatlarni toʻlashi
2610
4220-4290
12.
Hisobdor shaxslar asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar, shuningdek, umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini amalga oshirishi
2010, 2310, 2510, 2710
4220-4290
13.
Hisobdor shaxslar davr xarajatlariga tegishli boʻlgan turli xildagi xarajatlarni toʻlashi
9410-9430
4220-4290
14.
Hisobdor shaxslar kelgusi davr xarajatlariga tegishli boʻlgan turli xarajatlarni toʻlashi
3190
4220-4290
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar (4300)
186. Tovar-moddiy zaxiralar va boshqa aktivlarni yetkazib berish, shuningdek, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish uchun berilgan boʻnaklar boʻyicha joriy hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
4310 “Tovar-moddiy zaxiralar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar”;
4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar”;
4330 “Boshqa berilgan boʻnaklar”.
187. Berilgan boʻnaklar summasi, shuningdek, qisman tayyor holdagi tovarlar, ish va xizmatlar uchun toʻlangan summalar 4310 “Tovar-moddiy zaxiralar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar”, 4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar”, 4330 “Boshqa berilgan boʻnaklar” hisobvaraqlarining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻnaklar mol yetkazib beruvchilar va tashkilot oʻrtasida tuzilgan shartnoma yoki kontrakt asosida beriladi. Ayrim hollarda, qisman bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi dalolatnoma boʻlishi mumkin. Bunda, toʻlov topshiriqnomalarida qisman toʻlov miqdori yoki oldindan toʻlov foizi koʻrsatiladi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4300) boʻyicha analitik hisob har bir debitor boʻyicha yuritiladi.
188. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (4300) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash uchun naqd pulda boʻnaklar berilishi
4310
5010
2.
Bankdagi hisobvaraqlardan boʻnaklar oʻtkazilishi
4310-4330
5110-5530
3.
Olingan kreditlar va qarzlar hisobidan boʻnaklar oʻtkazilishi
4310-4330
6810-6820, 7810-7820
4.
Kontraktning bekor qilinishi natijasida avval berilgan boʻnaklar qaytarilishi
5010-5530
4310-4330
5.
Mol yetkazib beruvchilar yoki pudratchilarga boʻlgan qarzlarni qoplashda avval berilgan boʻnaklarning hisobga olinishi
6010, 7010
4310-4330
6.
Mol yetkazib beruvchilarga berilgan boʻnaklarning daʼvo muddati oʻtganlari hisobdan chiqarilishi
9430
4310-4330
7.
Berilgan boʻnakning tegishli summasi uzoq muddatli qismidan joriy qismga oʻtkazilishi
4310-4330
0940
Budjetga boʻnak toʻlovlar (4400)
189. Tashkilot tomonidan soliqlar va yigʻimlar boʻyicha toʻlangan boʻnaklar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 4410 “Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
190. 4410 “Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻida boʻnak sifatida toʻlangan soliq summalari, shu jumladan, xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha hisob-kitob hujjatlarida koʻrsatilgan qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobga olinadi. Soliqlar summasini hisobdan chiqarish 4410 “Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻining kreditida 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Budjetga boʻnak toʻlovlari oʻtkazilganda budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (4400) debeti va pul mablagʻlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditida yozuvlar amalga oshiriladi. Budjetga toʻlovlar boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻining debeti va budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (4400) krediti boʻyicha yozuvlar amalga oshiriladi.
191. Budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (4400) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Xarid qilingan moddiy resurslar, tovarlar, ishlar va xizmatlar boʻyicha QQS summasi
4410
6010, 6120, 6990
2.
Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnaklar oʻtkazildi
4410
5110
3.
Moddiy resurslar, tovarlar, ish va xizmatlarga tegishli boʻlgan QQS hisobga olindi
6410
4410
4.
Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar
6410
4410
Davlat maqsadli jamgʻarmalariga va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlar (4500)
192. Tashkilot tomonidan davlat maqsadli jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha joriy toʻlovlari uchun toʻlangan boʻnaklar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
193. 4510 “Sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari” hisobvaragʻida tashkilot tomonidan sugʻurtalar boʻyicha toʻlangan boʻnak toʻlovlari hisobga olinadi.
194. 4520 “Davlat maqsadli jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlari” hisobvaragʻida tashkilot tomonidan budjetdan tashqari Pensiya, Yoʻl va boshqa davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlangan boʻnak toʻlovlari hisobga olinadi.
Boʻnak toʻlovlarini oʻtkazishda davlat maqsadli jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (4500) debeti, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditida yozuvlar amalga oshiriladi. Majburiy toʻlovlar boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarda 6510 “Sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari”, 6520 “Davlat maqsadli jamgʻarmalariga boʻnak toʻlovlari” hisobvaraqlarining debeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (4500) kreditida yozuvlar amalga oshiriladi.
195. Davlat maqsadli jamgʻarmalariga va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (4500) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari va sugʻurtalar boʻyicha boʻnak toʻlovlari oʻtkazildi
4510-4520
5110-5530
2.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari va sugʻurtalarga toʻlovlar boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar
6510-6520
4510-4520
Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha debitorlik qarzi (4600)
196. Tashkilot taʼsischilari (aksiyadorlik jamiyatining aksiyadorlari, shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma) sheriklari va boshqalar)ning tashkilot ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha joriy qarzlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
197. Tashkilotni tashkil qilishda taʼsischilar yoki aksiyaga obuna boʻlgan shaxslarning qarz summasi 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” hisobvaragʻining debetida ustav kapitalini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (8300) bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
Taʼsischilarning ulush summalari pul mablagʻlari koʻrinishida haqiqatda kelib tushganda, 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” hisobvaragʻining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda yozuv amalga oshiriladi. Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha moddiy va boshqa qiymatliklar (pul mablagʻlaridan tashqari) kelib tushganda, 4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” hisobvaragʻining kreditida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, materiallar va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda oʻtkazmalar amalga oshiriladi.
Aksiyalar uchun toʻlov sifatida tashkilotning mulkiga natura shaklida berilgan mol-mulk taʼsischilar kelishuvi asosida aniqlangan bahoda kirim qilinadi.
4610 “Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzi” hisobvaragʻining analitik hisobi har bir taʼsischi boʻyicha alohida yuritiladi.
198. Ustav kapitaliga taʼsischilarning ulushlari boʻyicha qarzini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (4600) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Ishtirokchilar ulushlari summasida (aksiyaga obuna summasida) ustav kapitalining eʼlon qilingan hajmi (tashkilot roʻyxatdan oʻtganidan keyin)
4610
8310, 8320, 8330
2.
Taʼsischilar tashkilot mulkiga tugallanmagan qurilish, asbob-uskuna, asosiy vositalarni taqdim etishi
0110-0190, 0710-0720, 0810
4610
3.
Taʼsischilar aksiyalarga obuna toʻlovi sifatida nomoddiy aktivlarni taqdim etishi
0410-0490
4610
4.
Taʼsischilar aksiyalarga obuna toʻlovi sifatida uzoq muddatli va qisqa muddatli investitsiyalarni taqdim etishi
0610, 5810
4610
5.
Taʼsischilar tashkilot mulkiga tovar-moddiy zaxiralarni taqdim etishi
1010-2990
4610
6.
Taʼsischilarning ulushlari summasi pul mablagʻlari koʻrinishida kelib tushishi
5010-5530
4610
7.
Tashkilotning ustav kapitaliga ulushlari taʼsischilarning ish haqidan ushlab qolinishi
6710
4610
Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzi (4700)
199. Tashkilot xodimlari bilan ish haqi boʻyicha, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblardan tashqari barcha turdagi joriy hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi”;
4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi”;
4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi”;
4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”.
200. 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi” hisobvaragʻida tashkilot xodimlariga kreditga berilgan tovarlar boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Kreditga tovar sotib olgan shaxslar ishlaydigan tashkilotlar tovarlar qiymati summasini savdo tashkilotlariga bank krediti hisobiga qoplashi mumkin. Bank tomonidan tegishli hisob-kitob hujjatlari toʻlanganda 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi” hisobvaragʻi 6810 “Qisqa muddatli kreditlar” va 7810 “Uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlari bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Tashkilot xodimlaridan navbatdagi toʻlovlarni ushlab qolishda 6710 “Ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” hisobvaragʻi 4710 “Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda debetlanadi, keyinchalik ushlab qolingan summa bank kreditini toʻlash uchun 5110 “Hisob-kitob hisobvaragʻi” hisobvaragʻining kreditidan 6810 “Qisqa muddatli kreditlar” va 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” hisobvaraqlarining debetiga oʻtkaziladi.
Oʻzining xodimlari tomonidan kreditga sotib olingan tovarlar boʻyicha qarzlarini qoplashda bank kreditlaridan foydalanmaydigan tashkilotlar ushbu xodimlar bergan topshiriq-majburiyatlariga asosan xodimlarning ish haqi summasidan navbatdagi toʻlovlarni ushlab qolganda, 6710 “Ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” hisobvaragʻi turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6900) bilan bogʻlangan holda (savdo tashkilotlarining hisob-kitob hisobvaraqlari boʻyicha) debetlanadi. Ushlab qolingan summaning savdo tashkilotlariga oʻtkazib berilganda, turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6900) pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda debetlanadi.
201. 4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi” hisobvaragʻida tashkilot xodimlariga berilgan qarzlar boʻyicha hisob-kitoblar aks ettiriladi (masalan, yakka tartibda uy-joy qurishga va boshqalarga).
4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi” hisobvaragʻining debetida xodimlarga berilgan qarz summasi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Agar mablagʻlar tashkilotga berilgan kredit hisobidan bevosita bank tomonidan (bu mablagʻlarni oldindan tashkilotning hisob-kitob hisobvaragʻiga oʻtkazmasdan) xodimlarga berilsa, bunda 4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi” hisobvaragʻining debetida 6810 “Qisqa muddatli kreditlar” va 7810 “Uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlari bilan bogʻlangan holda yozuvlar amalga oshiriladi.
Qarzdor xodimlardan kelib tushgan toʻlovlar summasiga 4720 “Berilgan qarzlar boʻyicha xodimlarning qarzi” hisobvaragʻi (qabul qilingan toʻlovlar tartibidan kelib chiqqan holda) 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari”, 5110 “Hisob-kitob hisobvaragʻi”, 6710 “Ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” hisobvaraqlari bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Bank kreditlarini qoplash 6810 “Qisqa muddatli kreditlar”, 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” hisobvaraqlarining debetida va bankka oʻtkazilgan pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi.
202. 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” hisobvaragʻida tashkilot xodimi tomonidan pul mablagʻlari va tovar-moddiy zaxiralarning kamomadi va talon-taroj qilinishi, yaroqsizlik natijasida yetkazilgan moddiy zararni qoplash boʻyicha hisob-kitoblar, shuningdek, boshqa turdagi zararlarni qoplash boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Mazkur hisobvaraqning debetida aybdor shaxslardan undirib olinadigan summalar tovar-moddiy zaxiralar va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Mazkur hisobvaraqning kreditida aybdor shaxslardan tomonidan toʻlangan toʻlovlar summasi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar va moddiy zararni qoplash uchun ish haqidan ushlab qolinadigan summa 6710 “Ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
203. Ish beruvchining mulki oʻgʻirlanganda, kam chiqqanda, qasddan yoʻqotish yoki qasddan buzish natijasida hamda boshqa hollarda yetkazilgan zarar hajmi bozor qiymati boʻyicha hisoblanadi.
Bunda, moddiy javobgar shaxs (yoki boshqa xodim) aybdor deb tan olingan hollarda va agar baholash natijasida kam chiqqan aktivning bozor qiymati (undiriladigan summa) kam chiqqan aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan zarardan:
a) yuqori boʻlsa, daromad summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan aktivning bozor qiymatiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” — kam chiqqan aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasiga;
kredit 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”, 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan aktivning bozor qiymati va ularning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasi oʻrtasidagi farqiga.
b) past boʻlsa, zarar summasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan aktivning bozor qiymatiga;
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” — aybdor shaxs yoki moddiy javobgar shaxsdan undirilishi lozim boʻlgan kam chiqqan aktivning bozor qiymati va ularning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasi oʻrtasidagi farqiga;
kredit 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” — kam chiqqan aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasiga.
205. 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari” hisobvaragʻida 4710 — 4730 hisobvaraqlarida aks ettirilmagan tashkilot xodimlari bilan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4700) boʻyicha analitik hisob tashkilotning har bir xodimi kesimida yuritiladi.
206. Xodimlarning boshqa operatsiyalar boʻyicha qarzini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (4700) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Savdo tashkilotlari tomonidan xodimlarga kreditga sotilgan tovarlar uchun oʻtkazib berildi
4710
5110-5530
2.
Kreditga olingan tovarlar boʻyicha xodimlarning qarzi uchun bank kreditlari olindi
4710
6810, 7810
3.
Kreditga olingan tovarlarning toʻlovi uchun xodimlardan kelib tushgan navbatdagi toʻlovlar summasi
5010, 5110
4710
4.
Kreditga olingan tovarlar uchun xodimlarning ish haqidan ushlab qolingan toʻlovlar
6710
4710
5.
Xodimlarga berilgan qarzlar summasi
4720
5010-5530
6.
Yaroqsiz mahsulotdan koʻrilgan yoʻqotishlar moddiy zararni yuzaga keltirgan aybdor shaxslar hisobiga hisobdan chiqarildi
4730
2610
7.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar
4730
9210, 9220
8.
Qimmatli qogʻozlarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar
4730
0610-0690, 5810-5830
9.
Tovar-moddiy zaxiralarning kamomadi uchun aybdor shaxslardan undiriladigan summalar
4730
1010-2990
10.
Inventarizatsiya natijasida kassadagi pul mablagʻlari va pul ekvivalentlarining kamomadi
4730
5010, 5020, 5610
11.
Xodimlarga pul ekvivalentlari berildi
4790
5610
12.
Boshqa operatsiyalar boʻyicha xodimlarning qarzi zararga hisobdan chiqarildi, agar undirilishi sud tomonidan rad etilgan boʻlsa
9430
4790
Boshqa joriy debitorlik qarzlar (4800)
207. 4000 — 4700 hisobvaraqlarida aks ettiriladigan operatsiyalardan boshqa operatsiyalar, jumladan olinadigan foizlar, dividendlar, royalti, moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar, daʼvolar boʻyicha olinadigan hisobvaraqlar va boshqalar boʻyicha debitorlar bilan hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar”;
4820 “Operativ ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar”;
4830 “Olinadigan foizlar”;
4840 “Olinadigan dividendlar”;
4850 “Olinadigan royalti”;
4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan toʻlovlar”;
4890 “Boshqa debitorlik qarzlar”.
208. 4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” hisobvaragʻida shartnomaga muvofiq, moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan ijara toʻlovlarining joriy qismi hisobga olinadi. Ijara toʻlovlari joriy qismining kelib tushishi 4810 “Moliyaviy ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” hisobvaragʻining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
209. 4820 “Operativ ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” hisobvaragʻida shartnomaga muvofiq, operativ ijara boʻyicha olinadigan ijara toʻlovlari hisobga olinadi. Operativ ijara toʻlovlari hisoblanganda 4820 “Operativ ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” hisobvaragʻi 9350 “Operativ ijaradan daromadlar” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Ijara toʻlovlarining kelib tushishi 4820 “Operativ ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” hisobvaragʻining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
210. 4830 “Olinadigan foizlar” hisobvaragʻida foizlarni hisoblash va ular boʻyicha toʻlovlarning olinishi hisobga olinadi. Muddati oʻtgan foizlar alohida hisobga olinadi va ular boʻyicha shartnomaga muvofiq penya hisoblanadi.
211. 4840 “Olinadigan dividendlar” hisobvaragʻida qimmatli qogʻozlar boʻyicha dividendlarni hisoblash boʻyicha hisob-kitoblar hisobga olinadi.
212. 4850 “Olinadigan royalti” hisobvaragʻida royaltini hisoblash va ularning olinishi hisobga olinadi.
213. 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻining debetida daʼvolar boʻyicha hisob-kitoblar, jumladan:
a) mol yetkazib beruvchilarga, pudratchilarga va transport tashkilotlariga ularning hisobvaraqlari tekshirilganda shartnomada kelishilgan va preyskurantda nazarda tutilgan baho va tariflarning bir-biriga muvofiq kelmasligi, shuningdek, arifmetik xatolar aniqlanganda — mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga taqdim etilgan hisobvaraqlardagi baholarning oshib ketishi yoki arifmetik xatolar tovar-moddiy zaxiralar yoki xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda yozuvlar amalga oshirilganidan soʻng aniqlanganda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisobvaraqlar yoki ishlab chiqarish zaxiralari, tovarlar va tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda;
b) mol yetkazib beruvchilarga, transport va boshqa tashkilotlarga yukning kamomadi boʻyicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda;
v) mol yetkazib beruvchilar yoki pudratchilarga ularning aybi bilan yuzaga kelgan, yaroqsiz mahsulotlar va boʻsh turib qolishlar boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda;
g) tashkilotning hisobvaraqlaridan notoʻgʻri hisobdan chiqarilgan (oʻtkazilgan) summalar boʻyicha bank muassasalariga, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda;
d) shartnoma majburiyatlariga rioya etmaganligi uchun mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqalardan, toʻlovchilar tomonidan tan olingan yoki iqtisodiy sud tomonidan belgilangan miqdorda olinadigan jarimalar, penyalar, neustoykalar boʻyicha (toʻlovchilar tomonidan tan olinmagan, bildirilgan daʼvolar summasi hisobda aks ettirilmaydi), 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
214. 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda kelib tushgan toʻlovlar summasiga kreditlanadi. Keyinchalik aniqlangan va olinishi kerak boʻlmagan summalar, qoidaga muvofiq, hisobga olishga qabul qilingan shu hisobvaraqlarga 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻining krediti boʻyicha olib boriladi.
4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob daʼvolar boʻyicha alohida yuritiladi.
215. 4890 “Boshqa debitorlik qarzlar” hisobvaragʻida yuqoridagi hisobvaraqlarda koʻrsatilmagan joriy hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Analitik hisob har bir debitor boʻyicha alohida yuritiladi.
216. Joriy debitorlik qarzlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (4800) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
Moliyaviy ijara boʻyicha toʻlovlarning joriy qismi
4810
0920
2.
Operativ ijara boʻyicha olinadigan summalarni hisoblash
4820
9350
3.
Ijara boʻyicha qarzlarni qoplash uchun ijarachilardan summalar kelib tushishi
5010-5530
4810, 4820
31.
Moliyaviy ijara muddati tugagandan keyin ijaraga oluvchida moliyaviy ijara obyektining qoplanmagan qiymati summasiga
0800
(tegishli hisobvaraqlar)
4810
32.
Moliyaviy ijara muddatidan oldin qaytarishi ijaraga oluvchida toʻxtatilgan sanadagi moliyaviy ijara shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijara obyektining qoplanmagan qiymati summasiga
0800
(tegishli hisobvaraqlar)
4810
(joriy qismi)
0920
(uzoq muddatli qismi)
4.
Olingan veksellar boʻyicha foizlar hisoblanishi
4830
9530
5.
Mijozlardan kelib tushishi lozim boʻlgan quyidagi toʻlovlarning hisoblanishi:
a) foizlar;
4830
9530
b) dividendlar;
4840
9520
v) royalti.
4850
9510
6.
Tashkilotning bankdagi hisobvaragʻiga foizlar va dividendlar kelib tushishi
5110-5530
4830, 4840
7.
Boshqa tashkilotlardan royaltining kelib tushishi
5110-5530
4850
8.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalar hisobvaragʻida aniqlangan baho va tariflarning bir-biriga muvofiq kelmasligi, xatolar boʻyicha mol yetkazuvchilarga daʼvo bildirilishi
4860
0710-0720
9.
Kapital qoʻyilmalar uchun oldin toʻlangan hisoblar boʻyicha hajmning oshib ketishi, baholarning nomutanosibligi va xatolar yuzasidan pudratchilarga daʼvo bildirilishi
4860
0810-0890
10.
Baholarning nomutanosibligi va arifmetik xatolar boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarning kamomadi boʻyicha mol yetkazib beruvchilarga daʼvo bildirilishi
4860
1010-2990
11.
Kamomadlar, hisob-kitoblardagi xatolar hamda sifat boʻyicha daʼvo bildirilishi (1510-hisobvaraqdan foydalanilganda)
4860
1510
12.
Tashkilot hisobvaraqlaridan notoʻgʻri olingan summalar boʻyicha bankka daʼvo bildirilishi
4860
5110-5530
13.
Kelib tushgan moddiy qiymatliklarni kirim qilishda mol yetkazib beruvchilarga daʼvolar bildirilishi
4860
6010
14.
Boshqa tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun tan olingan jarima, penya va neustoykalar summasi
4860
9330
15.
Qoniqtirilmagan daʼvo summasi xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarga olib borilishi
Xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
4860
16.
Ajratilgan boʻlinmalar tomonidan turli tashkilotlarga xizmat koʻrsatilishi
4890
6110
17.
Boshqa tashkilotlar va shaxslar hisobidan xodimlarga tegishli boʻlgan summalar
4890
6710
(216-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3593-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)
Shubhali qarzlar boʻyicha rezerv (4900)
217. Shubhali qarzlar boʻyicha rezervlarning holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 4910 “Shubhali qarzlar boʻyicha rezerv” hisobvaragʻida amalga oshiriladi. Tashkilotning yuridik va jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblari boʻyicha shubhali qarzlari summasiga rezerv tashkil qilinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻiga olib boriladi.
Belgilangan muddatda qoplanmagan va tegishli kafolatlar bilan taʼminlanmagan tashkilotning debitorlik qarzi shubhali qarz sifatida tan olinadi.
Shubhali qarzlar boʻyicha rezerv hisobot yili oxirida tashkilotning debitorlik qarzlarining inventarizatsiyasi natijalari asosida tashkil etiladi.
218. Rezerv hajmi har bir shubhali qarz boʻyicha alohida, qarzdorning moliyaviy ahvoli (toʻlov qobiliyati) va qarz summasini toʻliq yoki qisman toʻlash ehtimolini baholash asosida aniqlanadi.
Agar shubhali qarz boʻyicha rezerv tashkil etilgan yildan keyingi yilning oxirigacha ushbu rezervning maʼlum bir qismi ishlatilmasa, ishlatilmagan summa tegishli yilning foydasiga qoʻshiladi.
219. Oldin tashkilot tomonidan dargumon qarz sifatida tan olingan qarzlarni balansdan chiqarish 4910 “Shubhali qarzlar boʻyicha rezerv” hisobvaragʻining debetida tegishli debitorlar bilan hisob-kitoblar (olinadigan hisobvaraqlar)ni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Ishlatilmagan dargumon qarzlar boʻyicha rezerv summasining foydaga qoʻshilishi 4910 “Shubhali qarzlar boʻyicha rezerv” hisobvaragʻining debetida va 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
220. 4910 “Shubhali qarzlar boʻyicha rezerv” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir dargumon qarz va rezerv tashkil qilingan muddat boʻyicha yuritiladi.
221. Shubhali qarzlar boʻyicha rezervni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (4900) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Dargumon qarzlar boʻyicha rezerv tashkil qilindi
9430
4910
2.
Xaridor va buyurtmachilarning qarzlari dargumon qarzlar boʻyicha rezerv hisobiga hisobdan chiqarildi
4910
4010, 4020
3.
Dargumon qarzlar boʻyicha rezervlar summasining ishlatilmagan qismining ular tashkil etilgan yildan keyingi yilning foydasiga qoʻshilishi
4910
9390
Kassadagi pul mablagʻlari (5000)
222. Tashkilot kassasidagi pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari”;
5020 “Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari”.
Zarur hollarda ayrim (transport, aloqa) tashkilotlarda “Tashkilot kassasi” va “Operatsion kassa” kabi hisobvaraqlar ochilishi mumkin.
Kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (5000) debeti boʻyicha tashkilot kassasiga kelib tushgan pul mablagʻlari aks ettiriladi. Krediti boʻyicha tashkilot kassasidan toʻlanadigan pul mablagʻlari va limitdan ortiqcha pulni bankka topshirish aks ettiriladi.
223. Kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (5000) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Kreditga sotilgan tovarlar boʻyicha foizlar naqd pulda olinishi (savdo tashkilotlarida)
5010, 5020
4830
2.
Mahsulot, ish va xizmatlarning naqd pulga sotilishi
5010, 5020
9010-9030
3.
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotishdan tushumning naqd pulda olinishi
5010, 5020
9210-9220
4.
Bankdagi tegishli hisobvaraqlardan pul mablagʻlari kassaga kelib tushishi (ish haqi, nafaqa, mukofotlar va shu kabilarni berish uchun)
5010, 5020
5110-5530
5.
Hisobdor shaxslar tomonidan ishlatilmagan oldin olingan boʻnaklarning qaytarilishi
5010, 5020
4220-4290
6.
Aksiyani nominal qiymatidan yuqori narxda sotish natijasida olingan emissiya daromadi
5010, 5020
8410
7.
Taʼsischilar oʻzlarining ulushlari hisobidan tashkilotning ustav kapitaliga naqd pul mablagʻlarini kiritishi
5010, 5020
4610
8.
Kvartira ijarachilaridan qarz summasi kelib tushishi
5010, 5020
4890
9.
Kommunal xizmatlar, aloqa xizmatlari va boshqa toʻlovlarning kelib tushishi
5010, 5020
4890
10.
Ishchilarga alohida uy-joy qurishga qarz berish uchun kredit summasi naqd pulda olinishi
5010, 5020
6810, 7810
11.
Pul mablagʻlari kassadan topshirilishi va bankdagi hisob-kitob hisobvaragʻiga oʻtkazilishi
5110-5530
5010, 5020
12.
Aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalar qaytarib sotib olinishi
8610, 8620
5010, 5020
13.
Qimmatli qogʻozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar toʻlandi (brokerlar xizmatiga haq)
0610, 5810
5010, 5020
14.
Hisoblangan ish haqi va boshqa toʻlovlar berilishi (mukofot va shu kabilar)
6710
5010, 5020
15.
Hisobdor summalar berilishi
4220-4290
5010, 5020
16.
Xodimlarga berilgan qarz summasi
4720
5010, 5020
17.
Turli xil summalar berilishi (bajarish varaqalari boʻyicha va boshqalar)
6990
5010, 5020
18.
Tashkilotning ajratilgan boʻlinmalari hisobiga naqd toʻlanishi
4110
5010, 5020
19.
Tabiiy ofatlar bilan bogʻliq turli xil qoplanmaydigan xarajatlar toʻlanishi
9720
5010, 5020
20.
Pul mablagʻlarining kamomadi (inventarizatsiya natijasida)
4730
5010, 5020
21.
Hisoblangan foizlar boʻyicha qarzlarning qoplanishi
6920
5010, 5020
22.
Ijaraga beruvchiga tegishli toʻlovlarning toʻlanishi
6910, 6950
5010, 5020
Hisob-kitob hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari (5100)
224. Tashkilotning bankdagi hisob-kitob hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 5110 “Hisob-kitob hisobvaragʻi”da amalga oshiriladi.
225. 5110 “Hisob-kitob hisobvaragʻi”ning debetida hisob-kitob hisobvaragʻiga pul mablagʻlarining kelib tushishi aks ettiriladi. 5110 “Hisob-kitob hisobvaragʻi”ning kreditida tashkilotning hisob-kitob hisobvaragʻidan pul mablagʻlarining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank koʻchirmasini tekshirish natijasida tashkilotning hisob-kitob hisobvaragʻi debeti yoki kreditiga xatolik bilan olib borilgan summalar 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan toʻlovlar” yoki 6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlovlar” bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida hisob-kitob hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalar bank koʻchirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Hisob-kitob hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (5100) boʻyicha analitik hisob milliy valyutadagi pul mablagʻlarini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir hisobvaraq boʻyicha yuritiladi.
226. Hisob-kitob hisobvaragʻidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (5100) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Ijaraga berilgan asosiy vositalar boʻyicha ijarachidan ijara toʻlovlarining kelib tushishi
5110
4810, 4820
2.
Tovarlarni kreditga sotishdan tushgan pul mablagʻlari
5110
4710
3.
Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar va boshqa aktivlarning sotilishidan tushgan tushumlar
5110
4010
4.
Pul mablagʻlari kassadan hisob-kitob hisobvaragʻiga topshirilishi
5110
5010
5.
Chet el valyutasini sotib olish uchun pul mablagʻlari oʻtkazilishi
5530
5110
6.
Bankka qaytarilgan chek va akkreditivlar boʻyicha summalar hisob-kitob hisobvaragʻiga oʻtkazilishi
5110
5510, 5520
7.
Oldin qisqa muddatli investitsiya tartibida berilgan qarzlarning qaytarilishi
5110
5830
8.
Oldin berilgan boʻnakning qaytarilishi
5110
4310-4390
9.
Qondirilgan daʼvolar summasining kelib tushishi
5110
4860
10.
Olingan boʻnaklar summasi
5110
6310-6390
11.
Ilgari aksiyaga obuna boʻlgan taʼsischilardan ulush summasining kelib tushishi
5110
4610
12.
Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan aksiyalardan emission daromadning kelib tushishi
5110
8410
13.
Bankdan kassaga pul mablagʻlari kelib tushishi (ish haqi, nafaqa, mukofot va shu kabilarni berish uchun)
5010
5110
14.
Xususiy aksiyalarning sotib olinishi
8610, 8620
5110
15.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzlarning qoplanishi
6010
5110
16.
Berilgan boʻnaklar summasi
4310-4330
5110
17.
Ilgari olingan boʻnaklarning qaytarilishi
6300, 7310
5110
18.
Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz summasining oʻtkazilishi
6410
5110
19.
Sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarning qoplanishi
6510-6520
5110
20.
Taʼsischilarga hisoblangan dividendning toʻlanishi
6610
5110
21.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan qarz summasining qoplanishi
6110, 6120
5110
22.
Qisqa muddatli kredit va qarzlarning qoplanishi
6810-6840
5110
23.
Uzoq muddatli kredit va qarzlarning joriy qismining qoplanishi
6950
5110
24.
Hisoblangan foizlar boʻyicha qarzlarning qoplanishi
6920
5110
25.
Ijaraga beruvchiga tegishli boʻlgan toʻlovlarning toʻlanishi
6910, 6950
5110
Chet el valyutasidagi pul mablagʻlari (5200)
227. Oʻzbekiston Respublikasi va chet mamlakatlar hududidagi banklar hisobvaraqlaridagi chet el valyutasidagi pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
5210 “Mamlakat ichidagi chet el valyutasi hisobvaraqlari”;
5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”.
228. 5210 “Mamlakat ichidagi chet el valyutasi hisobvaraqlari” va 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” hisobvaraqlarining debetida valyuta hisobvaraqlariga pul mablagʻlarining kelib tushishi, kreditida esa pul mablagʻlarining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank koʻchirmasini tekshirish natijasida aniqlangan valyuta hisobvaraqning debeti yoki kreditiga xatolik bilan oʻtkazilgan summalar 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan toʻlovlar” yoki 6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlovlar” hisobvaraqlari bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida valyuta hisobvaragʻi boʻyicha operatsiyalar bank koʻchirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Valyuta mablagʻlarining analitik hisobi chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir hisobvaraq boʻyicha yuritiladi.
229. Chet el valyutasidagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (5200) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Ijaraga berilgan asosiy vositalar boʻyicha ijarachidan ijara toʻlovlari uchun chet el valyutasidagi pul mablagʻlari kelib tushishi
5210, 5220
4810, 4820
2.
Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar va boshqa aktivlarning sotilishidan chet el valyutasidagi pul mablagʻlari kelib tushishi
5210, 5220
4010
3.
Kassadan chet el valyutasidagi pul mablagʻlarining valyuta hisobvaragʻiga topshirilishi
5210, 5220
5020
4.
Ishlatilmagan chek va akkreditiv summasining valyuta hisobvaragʻiga oʻtkazilishi
5210, 5220
5510-5520
5.
Oldin qisqa muddatli investitsiyalar tartibida berilgan qarzning qaytarilishi
5210, 5220
5830
6.
Ilgari berilgan boʻnaklarning qaytarilishi
5210, 5220
4310-4330
7.
Qondirilgan daʼvolar summasining kelib tushishi
5210, 5220
4860
8.
Chet el valyutasida olingan boʻnaklarning summasi
5210, 5220
6300, 7310
9.
Ilgari aksiyalarga obuna boʻlgan taʼsischilardan ulush summasining kelib tushishi
5210, 5220
4610
10.
Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan aksiyalardan emission daromadning kelib tushishi
5210, 5220
8410
11.
Investitsiyaga chet el valyutasidagi pul mablagʻlarining qoʻyilishi
0600, 5800
5210, 5220
12.
Bankdan kassaga chet el valyutasidagi pul mablagʻlarining kelib tushishi
5020
5210, 5220
13.
Xususiy aksiyalarning sotib olinishi
8610, 8620
5210, 5220
14.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzlarning toʻlanishi
6010
5210, 5220
15.
Chet el valyutasida berilgan boʻnaklarning summasi
4310-4330
5210, 5220
16.
Ilgari olingan boʻnaklarning qaytarilishi
6300, 7310
5210, 5220
17.
Taʼsischilarga hisoblangan dividendning toʻlanishi
6610
5210, 5220
18.
Hisoblangan foizlar boʻyicha qarzlarning qoplanishi
6920
5210, 5220
19.
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarning qoplanishi
6810-6840
5210, 5220
20.
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarning joriy qismi qoplanishi
6950
5210, 5220
21.
Ijaraga beruvchiga tegishli boʻlgan chet el valyutasidagi toʻlovlarning toʻlanishi
6910, 6950
5210, 5220
Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablagʻlari (5500)
230. Oʻzbekiston Respublikasi hududi va chet mamlakatlardagi akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa toʻlov hujjatlaridagi (veksellardan tashqari) pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisida, shuningdek, maqsadli moliyalashtirish (tushumlar) pul mablagʻlarining alohida saqlanadigan qismining harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
5510 “Akkreditivlar”;
5520 “Chek daftarchalari”;
5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”.
231. 5510 “Akkreditivlar” hisobvaragʻida akkreditivdagi pul mablagʻlari hisobga olinadi. Akkreditivga pul mablagʻlarini oʻtkazish 5510 “Akkreditivlar” hisobvaragʻining debetida va 5110 “Hisob-kitob hisobvaragʻi”, 5210 “Mamlakat ichidagi chet el valyutasi hisobvaraqlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” hamda boshqa hisobvaraqlarining kreditida aks ettiriladi.
5510 “Akkreditivlar” hisobvaragʻi boʻyicha akkreditivga hisobga olingan pul mablagʻlari ularning ishlatilishi boʻyicha (bank koʻchirmalariga asosan) 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar”ning debetiga hisobdan chiqariladi. Akkreditivdagi ishlatilmagan mablagʻlar, bank tomonidan ular qaysi hisobvaraqdan oʻtkazilgan boʻlsa, shu hisobvaraqlarga qayta tiklanganda, 5510 “Akkreditivlar” hisobvaragʻining kreditida 5110 “Hisob-kitob hisobvaragʻi”, 5210 “Mamlakat ichidagi chet el valyutasi hisobvaraqlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” va boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
5510 “Akkreditivlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir akkreditiv boʻyicha alohida yuritiladi.
232. 5520 “Chek daftarchalari” hisobvaragʻida chek daftarchalaridagi pul mablagʻlarining harakati hisobga olinadi. Chek daftarchalarini berishda pul mablagʻlarini deponentlash 5520 “Chek daftarchalari” hisobvaragʻining debeti va 5110 “Hisob-kitob hisobvaragʻi”, 5210 “Mamlakat ichidagi chet el valyutasi hisobvaraqlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari”, 6810 “Qisqa muddatli kreditlar” va boshqa hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi. Berilgan cheklarning toʻlovi doirasidagi summa 5520 “Chek daftarchalari” hisobvaragʻining kreditidan xarajat va qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi. Chek bilan berilgan, lekin bank tomonidan toʻlanmagan (toʻlovga taqdim etilmagan) summa 5520 “Chek daftarchalari” hisobvaragʻida qoladi va ushbu 5520 “Chek daftarchalari” hisobvaragʻining qoldigʻi bank koʻchirmalari bilan mos kelishi lozim. Bankka qaytarilgan cheklarning (foydalanilmay qolgan) summasi 5520 “Chek daftarchalari” hisobvaragʻining kreditida 5110 “Hisob-kitob hisobvaragʻi”, 5210 “Mamlakat ichidagi chet el valyutasi hisobvaraqlari”, 5220 “Chet eldagi valyuta hisobvaraqlari” va boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Kreditor bilan hisob-kitob qilish uchun tashkilot xodimlariga hisobdorlikka berilgan chek daftarchalaridagi mablagʻlarning harakati ustidan nazorat tezkor ravishda yuritiladi.
5520 “Chek daftarchalari” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir olingan chek daftarchalari boʻyicha yuritiladi.
233. 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”da bankda maxsus saqlanadigan maqsadli moliyalashtiriladigan (tushumlar) mablagʻlar, shu jumladan, ijtimoiy muassasalar, obyektlar (bolalar bogʻchasi va boshqalar)ni saqlash uchun ota-onalardan, oʻzga foydalanuvchilar va boshqa manbalardan kelib tushgan pul mablagʻlari, tashkilotning talabiga koʻra alohida hisobvaraqda yigʻiladigan va sarflanadigan kapital qoʻyilmalarni moliyalashtirish mablagʻlari, davlat idoralarining subsidiyalari va shu kabilarning harakati hisobga olinadi.
Ajratilgan boʻlinmalarga bankda joriy xarajatlarni (ish haqi, alohida xoʻjalik xarajatlari, xizmat safarlari va shu kabilar) amalga oshirish uchun ochilgan joriy hisobvaraqlarda ushbu koʻrsatilgan mablagʻlarning harakati alohida hisobvaraqda aks ettiriladi.
5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar” boʻyicha analitik hisob Oʻzbekiston Respublikasi hududi va chet eldagi boshqa maxsus hisobvaraqlardagi pul mablagʻlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
234. Bankdagi maxsus hisobvaraqlardagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (5500) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Akkreditivlarga pul mablagʻlari oʻtkazilishi
5510
5110-5220
2.
Qondirilgan daʼvolar summasining maxsus hisobvaraqqa kelib tushishi
5510-5530
4860
3.
Depozit ishtirokchisi sifatida aksiya obunachilaridan boʻnak summasining olinishi
5530
6320
4.
Qisqa muddatli kreditlar hisobidan akkreditivlarga pul mablagʻlari oʻtkazilishi
5510
6810
5.
Sotish xarajatlarining toʻlovi chek bilan amalga oshirilishi
9410
5520
6.
Ishlatilmagan summaning muddat oxirida qaytarilishi:
a) akkreditivlar;
5110-5220
5510
b) chek daftarchalari.
5110-5220
5520
7.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻlgan qarzni toʻlashda akkreditivdagi summa hisobdan chiqarilishi
6010
5510
8.
Akkreditivdan boʻnakning berilishi
4310-4330
5510
9.
Sugʻurta boʻyicha qarzlarning akkreditiv mablagʻlari hisobiga qoplanishi
6510
5510
10.
Boshqa kreditorlarning xizmatlari uchun toʻlovlarda ishlatilgan cheklar summasini hisobdan chiqarilishi
6990
5520
11.
Maxsus hisobvaraqdan shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan qarzning toʻlanishi
6120
5530
12.
Sotib olingan yoʻllanmalar uchun maxsus hisobvaraqdan toʻlangan summa
5610
5530
13.
Chek daftarchalaridagi ishlatilmagan mablagʻlarning qisqa muddatli kreditlarni qoplash uchun qaytarilishi
6810
5520
14.
Akkreditivdagi ishlatilmagan mablagʻning uzoq muddatli kreditlarni qoplash uchun qaytarilishi
6950, 7810
5510
15.
Hisoblangan foizlar boʻyicha qarzlarning qoplanishi
6920
5510-5530
16.
Ijaraga beruvchiga tegishli boʻlgan toʻlovlarning toʻlanishi
6910, 6950
5530
Pul ekvivalentlari (5600)
235. Tashkilotning kassasidagi pul ekvivalentlarining (pochta markalari va boshqalar) mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 5610 “Pul ekvivalentlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
5610 “Pul ekvivalentlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻida markalar, pattalar va boshqa pul ekvivalentlari nominal qiymati boʻyicha hisobga olinadi. Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi hisobvaraqning debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda pul ekvivalentlarini sotib olish, kreditida esa xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda pul ekvivalentlarining sarflanishi aks ettiriladi.
Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (5600) boʻyicha analitik hisob ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
236. Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (5600) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Pul ekvivalentlarining naqd pulga xarid qilinishi
5610
5010, 5020
2.
Pul ekvivalentlarining hisob-kitob hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini oʻtkazish orqali xarid qilinishi
5610
5110
3.
Hisobdor shaxslar orqali pul ekvivalentlarining xarid qilinishi
5610
4220-4290 6970
4.
Turli shaxslardan pul ekvivalentlarining xarid qilinishi
5610
6990
Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari (5700)
237. Yoʻldagi pul mablagʻlari (naqd pulga va pul oʻtkazish orqali mahsulot sotishdan olingan daromad) toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 5710 “Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari” hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
238. 5710 “Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari” hisobvaragʻida saqlash joyidan chiqib ketgan, ammo moʻljallangan joyiga yetib bormagan pul mablagʻlari (inkassatorga berilgan sotishdan olingan tushumlar, pul oʻtkazmalari) hisobga olinadi.
Ushbu hisobvaraq tranzit hisobvaraq hisoblanadi va pul mablagʻlarining harakati ustidan uzluksiz nazoratni oʻrnatish uchun bogʻlovchi vazifasini bajaradi.
5710 “Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari” hisobvaragʻining debetida pul mablagʻlarini inkassatorlarga topshirish kassadagi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Pul mablagʻlari kirim qilingandan keyin 5710 “Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)lari” hisobvaragʻi kreditlanib, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (5700) analitik hisobi ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
239. Yoʻldagi pul mablagʻ (oʻtkazma)larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (5700) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Kassadagi naqd pullar bankdagi hisob-kitob hisobvaragʻiga oʻtkazish uchun inkassatorga topshirilishi
5710
5010, 5020
2.
Kelib tushgan pul oʻtkazmalari boʻyicha xaridorlarning qarzlari qoplanishi
5710
4010
3.
Bankka hali kelib tushmagan pul mablagʻlarini oʻtkazish orqali boʻnak olish
5710
6300, 7310
4.
Turli debitorlardan pul oʻtkazmalarini olish
5710
4890
5.
Ajratilgan boʻlinmalardan pul oʻtkazmalarini olish
5710
4110
6.
Yoʻldagi pul mablagʻlari kassaga kelib tushishi
5010-5020
5710
7.
Yoʻldagi pul mablagʻlari bankdagi hisob-kitob hisobvaragʻiga kelib tushishi
5110
5710
Qisqa muddatli investitsiyalar (5800)
240. Tashkilotning boshqa tashkilotlar qimmatli qogʻozlariga qilingan qisqa muddatli (bir yil muddatdan koʻp boʻlmagan) investitsiyalari, davlat qarzlarining foizli obligatsiyalari, boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlar va boshqalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
5810 “Qimmatli qogʻozlar”;
5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”;
5890 “Boshqa joriy investitsiyalar”.
241. 5810 “Qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻida aksiyalarga, davlat qarzlarining foizli obligatsiyalariga va boshqa qimmatli qogʻozlariga qoʻyilgan qisqa muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlar 5810 “Qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻiga sotib olish qiymatida kirim qilinadi.
Tashkilotda aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarning sotib olinishi 5810 “Qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻining debetida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar hamda agar qimmatli qogʻozlar uchun toʻlov moddiy yoki boshqa qiymatliklar (pul mablagʻlaridan tashqari) orqali amalga oshirilsa, moddiy va boshqa qiymatliklarning sotilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi.
Agar sotib olingan obligatsiya va boshqa qarz qimmatli qogʻozlarining sotib olish bahosi ularning nominal qiymatidan farq qilsa, ushbu farqning hisobdan chiqarilishi yoki qoʻshimcha hisoblanishida 5810 “Qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻida hisobga olingan qimmatli qogʻozlarning bahosi ularni qoplash davrida nominal qiymatiga muvofiq boʻlishi lozim. Sotib olish va nominal qiymati oʻrtasidagi farq qoplanadigan vaqtgacha boʻlgan davrda 5810 “Qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻining debetida (qoʻshimcha hisoblash) yoki kreditida (hisobdan chiqarish), 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” yoki 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” hisobvaraqlari bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
5810 “Qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻida hisobga olingan obligatsiya va boshqa qimmatli qogʻozlarning qoplanishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti va 5810 “Qimmatli qogʻozlar” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
242. 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” hisobvaragʻida tashkilotning boshqa tashkilotlarga qisqa muddatga pul mablagʻlari va boshqa shaklda bergan qarzlarining harakati hisobga olinadi.
Berilgan qarzlar 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” hisobvaragʻining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Qarzlarning qaytarilishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti va 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
243. 5890 “Boshqa joriy investitsiyalar” hisobvaragʻida bank va boshqa omonatlarga soʻmdagi va chet el valyutasidagi investitsiyalarning harakati hisobga olinadi.
Omonatlarga pul mablagʻlarining oʻtkazilishi 5890 “Boshqa joriy investitsiyalar” hisobvaragʻining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Bank tomonidan omonatlar summasi qaytarilganda hisobda teskari yozuv amalga oshiriladi.
Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (5800) boʻyicha analitik hisob qisqa muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu investitsiyalar amalga oshirilgan obyektlar boʻyicha yuritiladi.
244. Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (5800) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Mahsulotlar, tovarlar, ish, xizmatlarni berish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarning xarid qilinishi
5810
9010-9030
2.
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarni berish yoʻli bilan qimmatli qogʻozlarning xarid qilinishi
5810
9210, 9220
3.
Uzoq muddatli investitsiyalarning tarkibiy oʻzgarishi (restrukturizatsiya) amalga oshirilishi
5810
0610
4.
Qimmatli qogʻozlar naqd pulga xarid qilinishi
5810
5010
5.
Bankdagi hisobvaraqdan toʻlash orqali qimmatli qogʻozlarning xarid qilinishi
Aksiyalar uchun toʻlov sifatida qimmatli qogʻozlarning kelib tushishi
5810
4610
8.
Qimmatli qogʻozlarning sotilishi
5110
5810
9.
Tashkilotning qarzi qimmatli qogʻozlar bilan qoplanishi
6990
5810
10.
Majburiyatlar uchun garov sifatida aksiyalarning berilishi
6010
5810
11.
Xaridorga veksel summasiga daʼvo bildirilishi
4860
5810
12.
Daʼvo muddati tugaganligi tufayli veksel boʻyicha qarzni zarar hisobiga chiqarish
9690
5810
13.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan qimmatli qogʻozlarning kamomadi
4730
5810
14.
Qisqa muddatli qarzlarning asosiy vosita va boshqa aktivlar koʻrinishida berilishi
5830
9210, 9220
15.
Qisqa muddatli qarzlarning tayyor mahsulot, tovar, ish, xizmatlar koʻrinishida berilishi
5830
9010-9030
16.
Boshqa tashkilotlardan qisqa muddatli qarzlarning qaytarilishi
5110
5830
Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar hamda boshqa joriy aktivlar (5900)
245. Qiymatliklarni tayyorlash, saqlash, sotish va inventarizatsiya qilish jarayonlarida aniqlangan kamomad, talon-taroj va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotish summalari, shuningdek, ushbu bobning yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarida hisobga olinmagan, biroq tashkilot mulki hisoblangan boshqa joriy aktivlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar”;
5920 “Boshqa joriy aktivlar”.
246. Tovar-moddiy zaxiralar, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kamomadi va yoʻqotishlari 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” hisobvaragʻining debeti va tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar va asosiy vositalar va boshqa aktivlarning sotilishi hamda turli chiqib ketishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi.
Tashkilotning aktivlari kamomad boʻlgan, qasddan yoʻq qilingan yoki buzilgan taqdirda zararning miqdori zarar aniqlangan kunda ushbu hududda amalda boʻlgan bozor qiymati boʻyicha hisoblab chiqariladi. Bunda, bozor qiymatini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish mumkin:
ishlab chiqaruvchi tashkilotlardan va ularning rasmiy dilerlaridan, tovar-xom ashyo birjalaridan yozma shaklda olingan aynan bir xil yoki analog aktivning narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Markaziy bankning kamomad aniqlangan sanadagi va tegishli mol-mulkni sotib olish sanasidagi kurslarning nisbati shaklida aniqlangan hisob-kitob koeffitsiyentini qoʻllagan holda sotib olish sanasidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda) aktivning chet el valyutasidagi qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
vakolatli davlat organlarida mavjud boʻlgan narxlar toʻgʻrisidagi yoki ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maʼlumotlar;
ommaviy sotiladigan aynan bir xil yoki analog aktivning narxi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq baholovchi tashkilot tomonidan tuzilgan baholash toʻgʻrisidagi hisoboti.
247. 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” hisobvaragʻining kreditida quyidagi:
a) qiymatliklarning tabiiy yoʻqolish meʼyorlaridan ortiq kamomadlari, qiymatliklarning buzilishi, yoʻqolishi va oʻgʻirlanishining aniq aybdorlari aniqlanganda — 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan toʻlovlar”, 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” hisobvaraqlarining debeti;
b) qiymatliklarning tabiiy yoʻqolish meʼyorlaridan ortiq buzilishi va oʻgʻirlanishidan yoʻqotishlar, aniq aybdor shaxsi aniqlanmaganda va daʼvo tasdiqlanmaganligi natijasida sudning eʼtirozi — 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” debetiga hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
248. 5920 “Boshqa joriy aktivlar” hisobvaragʻining debetida ushbu bobning yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarida hisobga olinishi moʻljallanmagan joriy aktivlar aks ettiriladi. 5920 “Boshqa joriy aktivlar” hisobvaragʻining kreditida boshqa joriy aktivlarning sarflanishi aks ettiriladi.
5920 “Boshqa joriy aktivlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob ularning turlari boʻyicha yuritiladi.
249. Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar hamda boshqa joriy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (5900) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Tovar-moddiy zaxiralarning yoʻqolishi va buzilishidan kamomadlar
5910
1010-2990
2.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning yoʻqolishi va buzilishidan yoʻqotishlar
5910
9210, 9220
3.
Aybdor shaxslardan undirilishi lozim boʻlgan summalar
4860, 4730
5910
4.
Undirilmagan summalar hisobdan chiqarildi, shuningdek, kamomadlar zararga olib borildi
9430
5910
5.
Pul oʻtkazish yoʻli bilan boshqa joriy aktivlar sotib olindi
5920
5110
6.
Hisobdor shaxslar orqali boshqa joriy aktivlar sotib olindi
5920
4220-4290 6970
7.
Boshqa joriy aktivlarning sarflanishi
Xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
5920
2-bob. Majburiyatlar
1-§. Joriy majburiyatlar
250. Ushbu paragrafning hisobvaraqlari tashkilotning yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi joriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
251. Ushbu paragrafdagi hisobvaraqlarda chet el valyutasidagi majburiyatlar Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-sonli BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”ga (roʻyxat raqami 3587, 2024-yil 19-dekabr) muvofiq hisobga olinadi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar boʻyicha joriy majburiyatlar (6000)
252. Tovar-moddiy zaxiralar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar, shuningdek, tashish boʻyicha olingan xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻlgan joriy majburiyatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar”;
6020 “Berilgan veksellar”.
253. Pudratchi qurilish va montaj, ilmiy-tadqiqot va shu kabi tashkilotlar bosh pudratchi (bosh tashkilot) hisoblansa, ular oʻz subpudratchilariga boʻlgan majburiyatlarini ushbu hisobvaraqda aks ettiradi.
254. 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar” hisobvaragʻi haqiqatda kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlarning qiymatiga ushbu qiymatliklarni yoki tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
Agar omborga kelib tushgan moddiy qiymatliklarning sifati, miqdori, shuningdek, bahosi shartnomada kelishilgan shartlarga mos kelmasa, 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar” hisobvaragʻi 4860 “Daʼvolar boʻyicha olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda tegishli summaga kreditlanadi.
255. 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir mol yetkazib beruvchi va pudratchi boʻyicha alohida yuritiladi.
256. 6020 “Berilgan veksellar” hisobvaragʻining kreditida sotib olingan tovar-moddiy zaxiralar va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlar uchun veksellar bilan taʼminlangan joriy majburiyatlar hisobga olinadi va ularni qoplash davrigacha hisobda turadi. Veksellar boʻyicha majburiyatlar qoplanishiga qarab ular pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditidan 6020 “Berilgan veksellar” va 6920 “Hisoblangan foizlar” hisobvaraqlarining debetiga hisobdan chiqariladi.
6020 “Berilgan veksellar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob berilgan veksellarning har bir turi boʻyicha alohida yuritiladi.
257. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan hisobvaraqlarning (6000) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Mol yetkazib beruvchilardan oʻrnatiladigan asbob-uskunalar kelib tushishi
0710, 0720
6010
2.
Kapital qoʻyilmalar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlari yuzasidan berilgan hisobvaraqlar toʻlovga qabul qilinishi
0810-0890
6010
3.
Mol yetkazib beruvchilardan materiallar kelib tushishi
1010-1090
6010
4.
Mol yetkazib beruvchilardan oʻstirishga va boʻrdoqiga hayvonlar kelib tushishi
1110, 1120
6010
5.
Mol yetkazib beruvchilardan turli tovar-moddiy zaxiralar kelib tushishi (1510-hisobvaragʻi qoʻllanilganda)
1510
6010
6.
Mol yetkazib beruvchilardan tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilishda QQS summasini hisobga olinishi
4410
6010
7.
Tashkilot tomonidan asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik, umumiy ishlab chiqarish va boshqaruv ehtiyojlari uchun mol yetkazib beruvchilarning bajargan ish va xizmatlari (jumladan: energiya, gaz, bugʻ, suv) qabul qilinishi
2010, 2310, 2510, 2710, 9420
6010
8.
Yaroqsiz mahsulotni tuzatish va kafolatli taʼmirlash boʻyicha mol yetkazib beruvchilarning koʻrsatgan xizmatlarining qabul qilinishi
2610
6010
9.
Mol yetkazib beruvchilardan kelgusi davr xarajatlariga tegishli boʻlgan ish va xizmatlar qabul qilinishi
3190
6010
10.
Mol yetkazib beruvchilardan tovarlar kelib tushishi
2910-2990
6010
11.
Mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarni sotishda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar koʻrsatgan ish va xizmatlar qabul qilinishi
9410
6010
12.
Tabiiy ofatlarni tugatish boʻyicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning xizmatlari qabul qilinishi
9720
6010
13.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻlgan qarzlar bankdagi hisobvaraqlardan toʻlanishi
6010
5110-5530
14.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning hisobvaraqlarini toʻlashda oldindan berilgan boʻnaklarning hisobga olinishi
6010
4310-4330
15.
Daʼvo muddati tugagan kreditorlik qarzlari hisobdan chiqarilishi
6010
9360
16.
Kreditorlik qarzini toʻlash uchun mol yetkazib beruvchiga oddiy veksel berilishi
6010
6020
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlovlar boʻyicha joriy majburiyatlar (6100)
258. Tashkilotning ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan joriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
6110 “Ajratilgan boʻlinmalarga toʻlovlar”;
6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlovlar”.
259. 6110 “Ajratilgan boʻlinmalarga toʻlovlar” hisobvaragʻida tashkilotning umumiy balansiga qoʻshiladigan filiallar va vakolatxonalarning joriy majburiyatlari (xoʻjalik ichidagi yoki balans ichidagi hisob-kitoblar) hisobga olinadi.
6110 “Ajratilgan boʻlinmalarga toʻlovlar” hisobvaragʻining kreditida turli xildagi operatsiyalar boʻyicha ajratilgan boʻlinmalar oldidagi joriy majburiyatlar tovar-moddiy zaxiralar, pul mablagʻlari, xarajat va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
260. 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlovlar” hisobvaragʻida shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga joriy majburiyatlar (balanslararo hisob-kitoblar yoki tashkilotlar orasidagi hisob-kitoblar) hisobga olinadi.
6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlovlar” hisobvaragʻining kreditida turli xildagi operatsiyalar boʻyicha shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari oldidagi joriy majburiyatlar tovar-moddiy zaxiralar, pul mablagʻlari, xarajatlar va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
6110 “Ajratilgan boʻlinmalarga toʻlovlar” va 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlovlar” hisobvaraqlari boʻyicha analitik hisob har bir ajratilgan boʻlinma, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyati boʻyicha alohida yuritiladi.
261. Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan hisobvaraqlarning (6100) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Ajratilgan boʻlinmalardan, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan tovar-moddiy zaxiralar olinishi
0710-0890, 1010-1120, 2810-2990
6110, 6120
2.
Ajratilgan boʻlinmalardan, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan tovar-moddiy zaxiralar olinishi operatsiyasini 1510-hisobvaragʻini qoʻllagan holda hisobga olinishi
1510
6110, 6120
3.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olingan tovar-moddiy zaxiralar qiymatidagi farqlarning hisobga olinishi
1610
6110, 6120
4.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik, umumiy ishlab chiqarish va boshqaruv ehtiyojlari boʻyicha koʻrsatgan xizmatlari qabul qilinishi
2010, 2310, 2510, 2710, 9420
6110, 6120
5.
Ajratilgan boʻlinmalardan olingan yarim tayyor mahsulotlarning qabul qilinishi
2110
6110
6.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari koʻrsatgan xizmatlar kelgusi davr xarajatlari tarkibida hisobga olinishi
3190
6110, 6120
7.
Ajratilgan boʻlinmalardan kassaga naqd pul kelib tushishi (yoʻllanmalar uchun)
5010
6110
8.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan pul mablagʻlari kelib tushishi
5110-5530
6110, 6120
9.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan pul ekvivalentlari kelib tushishi
5610
6110, 6120
Kechiktirilgan joriy majburiyatlar (6200)
262. Vaqtinchalik farqlar natijasida vujudga keladigan kechiktirilgan joriy majburiyatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
6240 “Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar”;
6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi majburiyatlari”;
6290 “Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar”.
263. 6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻida qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalarning diskont (chegirma)lari boʻyicha tashkilotning kechiktirilgan uzoq muddatli daromadlarining joriy qismi aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraq faqat obligatsiyalarni sotib oluvchi tomonidan qoʻllaniladi. Obligatsiyalar diskont bilan sotib olinganda, diskont summasi 6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi kreditida, toʻlangan summa esa pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditida va qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar yoki uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi. Obligatsiyalar diskont (chegirma)larining joriy qismini daromadlarga oʻtkazishda 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” hisobvaragʻi kreditlanadi va 6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi debetlanadi.
6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
264. 6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalar mukofoti (ustamasi) boʻyicha tashkilotning uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarining joriy qismini aks ettiradi. Ushbu hisobvaraq faqat obligatsiya sotuvchilarda qoʻllaniladi. Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda, mukofot (ustama) summasi 6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi, obligatsiyaning nominal qiymati esa 6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” (qisqa muddatli) yoki 7830 “Toʻlanadigan uzoq muddatli obligatsiyalar” hisobvaraqlarining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Obligatsiyalarning mukofot (ustama)lari joriy qismini daromadlarga oʻtkazishda 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” hisobvaragʻi kreditlanadi va 6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi debetlanadi.
6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
265. 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻida hisobot davrida boʻnak sifatida olingan (hisoblangan), ammo kelgusi davrlarga tegishli boʻlgan daromadlar aks ettiriladi. Kechiktirilgan daromadlar ijara toʻlovlari, chiptalarning sotilishi; jurnallarga obuna toʻlovi va boshqa koʻrinishlarda boʻlishi mumkin. Hali yetkazib berilmagan tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilmagan ishlar va koʻrsatilmagan xizmatlar uchun pul mablagʻlari kelib tushganda 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi. Kelgusi hisobot davriga tegishli daromadlar tayyor mahsulotlar, tovarlar sotilganda, ishlar bajarilganda va xizmatlar koʻrsatilganda daromad sifatida tan olinadi va 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻining debetidan 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” va 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” hisobvaraqlarining kreditiga hisobdan chiqariladi.
6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir daromad turi boʻyicha alohida yuritiladi.
266. 6240 “Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar” hisobvaragʻida qonunchilik hujjatlariga muvofiq toʻlanishi kechiktirilishiga ruxsat etilgan soliqlar boʻyicha budjet oldidagi qarzlarning joriy qismi aks ettiriladi. 6240 “Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar” hisobvaragʻining kreditida kechiktirilgan joriy toʻlovlar summasi budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6400), sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6500) bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 11-bobi.
6240 “Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha kechiktirilgan majburiyatlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir kechiktirilgan soliq va yigʻimlar turi boʻyicha alohida yuritiladi.
267. 6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi majburiyatlari” hisobvaragʻida vaqtinchalik farqlar natijasida yuzaga kelgan kechiktirilgan foyda soligʻi summasi aks ettiriladi.
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻiga doir majburiyatlarning tegishli joriy qismi 7250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi uzoq muddatli majburiyatlari” hisobvaragʻidan 6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi majburiyatlari” hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Keyinchalik vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi vujudga kelishiga qarab 6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi majburiyatlari” hisobvaragʻi 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi bilan bogʻlanadi.
268. 6290 “Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar” hisobvaragʻida tashkilotning 6210 — 6250 — hisobvaraqlarida koʻrsatilmagan boshqa kechiktirilgan majburiyatlari aks ettiriladi.
269. Kechiktirilgan joriy majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (6200) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Obligatsiyalar diskont bilan sotib olinganda diskont summasi hisobga olinishi
0600, 5800
6210, 5110-5530
2.
Joriy obligatsiyalar diskonti hisobdan chiqarilishi
6210
9530
3.
Kechiktirilgan diskontning uzoq muddatli qismi joriy qismga oʻtkazilishi
7210
6210
4.
Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda, mukofot summasi hisobga olinishi
5110-5530
6220
5.
Joriy obligatsiyalar mukofotining hisobdan chiqarilishi
6220
9530
6.
Kechiktirilgan mukofotlarning uzoq muddatli qismi joriy qismga oʻtkazilishi
7220
6220
7.
Kelgusida joʻnatiladigan tovar-moddiy zaxiralar, koʻrsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlar uchun pul mablagʻlari kelib tushishi
5110-5530
6230
8.
Kechiktirilgan daromadlarning tayyor mahsulotlar, tovarlar sotilganda, ishlar bajarilganda va xizmatlar koʻrsatilishi bilan daromadga qoʻshilishi
6230
9010, 9020, 9030
9.
Ijara boʻyicha kechiktirilgan daromad summasi tegishli davrda daromadga qoʻshilishi
6230
9350, 9550
10.
Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlarning joriy qismi hisobot davrida budjetga toʻlash uchun hisobdan chiqarilishi
7240
6240
11.
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha foyda soligʻi boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar joriy qismiga oʻtkazilishi
7250
6250
Olingan boʻnaklar (6300)
270. Olingan boʻnaklar boʻyicha joriy majburiyatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — joriy qismi”;
6320 “Aksiyaga obunachilardan olingan boʻnaklar”;
6390 “Boshqa olingan boʻnaklar”.
271. Tashkilot xaridor va buyurtmachilarga mahsulot va tovarlarni yetkazib berish, shuningdek, ish bajarish yoki xizmat koʻrsatish uchun ulardan boʻnak toʻlovini (oldindan toʻlashni) talab qilishi mumkin. Bunday holatda boʻnak tovar-moddiy zaxiralarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha shartnomaning bajarilishi hamda xaridor va buyurtmachilardan kelgusidagi toʻlovlarning kelib tushishiga kafolat sifatida xizmat qiladi.
Bunday boʻnaklar pul mablagʻini olgan tashkilot uchun mahsulot va tovarlarni yetkazib berish hamda ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatish amalga oshirilishiga qadar majburiyat boʻlib hisoblanadi. Olingan boʻnaklarga quyidagilar misol boʻladi: tashkilot tomonidan gaz, suv, yoritish va boshqa maishiy xizmatlar, shuningdek, tovar-moddiy zaxiralarni yetkazib berish uchun oldindan olingan toʻlovlar.
Olingan boʻnak summalari, shuningdek, qisman tayyor holdagi mahsulot (ish, xizmat) uchun qabul qilingan toʻlovlar summasi olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (6300) krediti va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi. Buyurtmachilarga ishlar tugatib topshirilganda va xizmatlar koʻrsatilganda, shuningdek, xaridorlarga mahsulot yuklab joʻnatilganda, olingan boʻnaklar xaridor va buyurtmachilarning majburiyatlarini kamaytiradi va olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (6300) debeti va olinadigan hisobvaraqlar (4000) kreditiga olib boriladi.
Olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6300) boʻyicha analitik hisob har bir olingan boʻnaklar turi boʻyicha alohida yuritiladi.
272. Olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (6300) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Boʻnaklar olinishi
5010-5530
6310-6390
2.
Mahsulotlar, tovarlarni yetkazib berish, ish bajarish va xizmat koʻrsatish, shuningdek, asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotishda ilgari olingan boʻnaklarning hisobga olinishi
6310-6390
4010
3.
Ilgari olingan boʻnaklarning qaytarilishi
6310-6390
5010-5530
4.
Ilgari olingan boʻnaklar bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarzlari hisobidan qaytarilishi
6310-6390
6810-6840, 7810-7840
5.
Daʼvo bildirish muddati davomida foydalanilmagan boʻnak summalari hisobdan chiqarilishi
6310-6390
9390
Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (6400)
273. Budjetga toʻlovlar boʻyicha tashkilotning joriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
274. 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻining kreditida budjetga toʻlanishi kerak boʻlgan majburiyat summasi olinadigan hisobvaraqlar, davr xarajatlari, soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishi, ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Yakuniy hisob-kitobda, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha budjetga ilgari oʻtkazilgan boʻnak toʻlovlari 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻining debetida budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4400) bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Budjetga haqiqatda oʻtkazilgan summalar 6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
6410 “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir soliq turlari boʻyicha alohida yuritiladi.
275. Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (6400) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Davr xarajatlariga taalluqli xar xil ajratmalar, soliqlar va yigʻimlar boʻyicha budjetga qarzlar
9430
6410
2.
Tayyor mahsulotlarni, tovarlarni sotishda, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish, shuningdek, asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotish va turli chiqarishda QQS va aksiz summasi hisoblanishi
4010
6410
3.
Budjetdan mablagʻlar qaytarilishi yoki kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkazilishi (yakuniy hisob-kitoblar va boshqalar)
5110, 5210, 5530, 4410
6410
4.
Jismoniy shaxslarning ish haqidan daromad soligʻi summasi ushlab qolinishi
6710
6410
5.
Hisoblangan dividenddan daromad soligʻi summasi ushlab qolinishi
6610
6410
6.
Foydadan budjetga toʻlovlar hisoblanishi
9810-9890
6410
7.
Budjetga toʻlovlar oʻtkazib berilishi
6410
5010-5530
8.
Moddiy resurslar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga tegishli boʻlgan QQS summasi hisobga olinishi
6410
4410
9.
Olingan kreditlar va qarzlar hisobidan budjetga qarzlar toʻlanishi
6410
6810-6840, 7810-7840
Sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha joriy qarzlar (6500)
276. Tashkilot mulki va xodimlarini sugʻurta qilish, davlat ijtimoiy sugʻurtasi, tashkilot xodimlarining nafaqa taʼminoti va tibbiy sugʻurtasi, davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar, shuningdek, uchinchi shaxslar mulkiy manfaatlariga keltirilgan zararlar uchun fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish boʻyicha qarzlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
6510 “Sugʻurta boʻyicha toʻlovlar”;
6520 “ Davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar”.
277. 6510 “Sugʻurta boʻyicha toʻlovlar” hisobvaragʻi tashkilotning mulki va xodimini sugʻurtalash boʻyicha qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
278. 6520 “Davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar” hisobvaragʻi tashkilotning davlat maqsadli jamgʻarmalari oldidagi ajratmalar boʻyicha qarzlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
279. Sugʻurta toʻlovlari va davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar boʻyicha qarz summalari sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalari boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (6500) kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Sugʻurta toʻlovlari va davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar boʻyicha qarz summalarining toʻlanishi sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalari boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (6500) debetda pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalari boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (6500) boʻyicha analitik hisob sugʻurtachilar va alohida sugʻurta shartnomalari, shuningdek, tashkilot toʻlovchi deb hisoblangan har bir davlat maqsadli jamgʻarmalari boʻyicha alohida yuritiladi.
280. Sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalari boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (6500) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Kapital qoʻyilmalar bilan bogʻliq sugʻurta toʻlovlari boʻyicha qarz summalari
0810-0890
6510
2.
Sugʻurta boʻyicha hisoblangan toʻlovlar tashkilot xarajatlariga oʻtkazilishi
Xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
6510
3.
Hisoblangan sugʻurta toʻlovlari summasi bankdagi hisobvaraqlardan toʻlanishi
6510
5110-5530
4.
Tashkilot xodimi hisobidan davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar qilinishi
6710
6520
5.
Tashkilot xodimi hisobidan davlat maqsadli jamgʻarmalariga ajratmalar qilinishi
Xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
6520
6.
Davlat maqsadli jamgʻarmalariga hisoblangan summalar oʻtkazib berilishi
6520
5110-5530
Taʼsischilarga boʻlgan joriy qarzlar (6600)
281. Tashkilotning taʼsischilar oldida dividendlar boʻyicha va chiqib ketayotgan taʼsischilar oldida ularning ulushlari, shuningdek, taʼsischilarga taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar ular kiritgan ulushlar boʻyicha joriy majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
6610 “Toʻlanadigan dividendlar”;
6620 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarz”;
6630 “Taʼsischilarning ustav kapitalini oshirish boʻyicha ulushlari”.
Tashkilot rahbariyati tomonidan aksiyalarga dividendlar toʻlash toʻgʻrisida qaror eʼlon qilinganidan soʻng, dividend summasi joriy majburiyat sifatida aks ettiriladi. Dividendlar aksiyalar boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqsimlanadi.
282. 6610 “Toʻlanadigan dividendlar” hisobvaragʻi hisoblangan dividend summasiga 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda kreditlanadi.
283. 6620 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarz” hisobvaragʻining kreditida tashkilotning chiqib ketayotgan taʼsischisi ulushlari boʻyicha hisoblangan majburiyatlari summasi 8330 “Pay va ulushlar”, 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy”, 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy” hisobvaraqlari bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Taʼsischi taʼsischilar tarkibidan chiqarilganda asosiy vositalar bilan hisob-kitob qilish taʼsischi (ishtirokchi)lar yigʻilishining qaroriga asosan yoki taʼsis hujjatlariga muvofiq quyidagicha aks ettiriladi:
debet 6620 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarz” — chiqib ketayotgan ishtirokchilarning ulushi boʻyicha tashkilotning qarzi summasiga;
debet boshqa joriy debitorlik qarzlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (4800) — berilayotgan asosiy vositalar qiymati bilan chiqib ketayotgan ishtirokchilarning ulushlari boʻyicha tashkilotning qarzi summasi oʻrtasidagi farq sifatida chiqib ketayotgan ishtirokchilar tomonidan qoplanishi lozim boʻlgan summaga;
kredit 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” — chiqib ketayotgan ishtirokchilarning ulushi boʻyicha tashkilotning qarzini hisob-kitob qilish uchun beriladigan asosiy vositalar qiymati summasiga.
Bunda, berilayotgan asosiy vositalar qiymati chiqib ketayotgan ishtirokchilarning ulushlari boʻyicha qarzlari summasidan oshib ketsa, farq chiqib ketayotgan ishtirokchilar tomonidan qoplanadi.
284. 6630 “Taʼsischilarning ustav kapitalini oshirish boʻyicha ulushlari” hisobvaragʻida taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar ular kiritgan ulushlar boʻyicha tashkilotning taʼsischilar oldidagi majburiyatlari aktivlarni hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
285. 6610 “Toʻlanadigan dividendlar”, 6620 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarz”, “6630 “Taʼsischilarning ustav kapitalini oshirish boʻyicha ulushlari” hisobvaraqlari boʻyicha analitik hisob (koʻrsatuvchiga aksiyalardan tashqari) har bir taʼsischi boʻyicha alohida yuritiladi. Taʼsischilarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (6600) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Aksiyadorlarga dividendlar hisoblanishi
8710, 8720
6610
2.
Dividendlarni toʻlash manbaida ushlab qolinadigan daromad soligʻining hisoblanishi
6610
6410
3.
Hisoblangan dividendlarning toʻlanishi
6610
5010-5530
4.
Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzning hisoblanishi
8330, 8610, 8620
6620
5.
Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarzning toʻlanishi
6620
5010-5530
6.
Taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar taʼsischilardan ulushlarning kelib tushishi
aktivlarni hisobga olish hisobvaraqlari
6630
7.
Taʼsis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oldin olingan qoʻshimcha ulushlar summalarining hisobga olinishi
6630
4610
Ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar (6700)
286. Tashkilotning xodimlarga ish haqi toʻlash (ish haqining barcha turlari, mukofotlar, yordam, ishlaydigan pensiya oluvchilarga hisoblangan pensiya va boshqa toʻlovlar) boʻyicha joriy qarzlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
6710 “Ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar”;
6720 “Deponentlangan ish haqi”.
287. 6710 “Ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” hisobvaragʻining kreditida ish haqi, ijtimoiy sugʻurta boʻyicha nafaqalar, pensiyalar va boshqa shu kabi summalar aks ettiriladi. 6710 “Ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” hisobvaragʻining debetida hisoblangan ish haqini toʻlash va undan ushlanmalar aks ettiriladi.
288. Har yilgi va qoʻshimcha taʼtil boʻyicha summalarni hisoblashda ushbu summalar ish haqi jamgʻarmasiga joriy oyga toʻgʻri keladigan taʼtil kunlari summasi miqdorida kiritiladi. Taʼtilning bir qismi keyingi oyga oʻtgan hollarda, ushbu kunlar uchun xodimlarga toʻlangan summalar joriy oyda berilgan boʻnak summasi kabi aks ettiriladi va 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa boʻnaklar” hisobvaragʻining debetida va 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagʻlari” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
289. 6720 “Deponentlangan ish haqi” hisobvaragʻida xodimlarning olinmagan ish haqi boʻyicha qarzlari aks ettiriladi.
6710 “Ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar” va 6720 “Deponentlangan ish haqi” hisobvaraqlari boʻyicha analitik hisob tashkilotning har bir xodimi boʻyicha alohida yuritiladi.
290. Ish haqi boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (6700) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Kapital qoʻyilmalar sohasida band boʻlgan xodimlarga ish haqi hisoblanishi
0810-0890
6710
2.
Tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va sotib olish operatsiyalari boʻyicha ish haqi hisoblanishi
1010-1120, 2910-2990
6710
3.
Tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va sotib olish operatsiyalari boʻyicha ish haqi hisoblanishi (1510-hisobvaraq qoʻllanilganda)
1510
6710
4.
Asosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, umumiy ishlab chiqarish sexlari, yaroqsiz mahsulotni toʻgʻrilash va xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar ishchilariga ish haqi summalari hisoblanishi
2010, 2310, 2510, 2610, 2710
6710
5.
Mahsulot sotishda, boshqaruv va boshqa operatsiyalarda band boʻlgan xodimlarga ish haqi hisoblanishi
9410-9430
6710
6.
Kelgusi davr xarajatlariga kiritiladigan ishlar uchun ish haqi hisoblanishi (mavsumiy tarmoqlarda va boshqalar)
3190
6710
7.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish jarayonlari boʻyicha hisoblangan ish haqi
9210
6710
8.
Ortiqcha toʻlangan summalar (ish haqi va boshqalar) kassaga qaytarilishi
5010
6710
9.
Tabiiy ofatlar, yongʻinlarni bartaraf qilish bilan bogʻliq boʻlgan ishchilarga ish haqi hisoblanishi
9720
6710
10.
Xodimlarga bir martalik mukofot hisoblanishi
9430
6710
11.
Mahsulot, ish, xizmatlar qiymati tashkilot ishchilaridan ushlab qolinishi
6710
4790
12.
Xodimlarga hisoblangan summalar kassadan toʻlanishi (ish haqi, mukofotlar va boshqalar)
6710
5010
13.
Hisobdor shaxslarning qaytarmagan boʻnak summalari ushlab qolinishi
6710
4220-4290
14.
Aksiyalarga obuna boʻyicha majburiyatlar qoplanishi
6710
4610
15.
Kreditga sotib olingan tovarlar uchun hisob-kitoblar boʻyicha navbatdagi toʻlovlar ishchilardan ushlab qolinishi
6710
4710
16.
Aybdor ishchilarning ish haqi summasidan yetkazilgan moddiy zararlar summasi ushlab qolinishi
6710
4730
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar (6800)
291. Tashkilot tomonidan soʻmda va chet el valyutasida olingan qisqa muddatli (12 oy muddatgacha) kredit va qarzlarning holatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
6810 “Qisqa muddatli kreditlar”;
6820 “Qisqa muddatli qarzlar”;
6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar”;
6840 “Toʻlanadigan veksellar”.
292. 6810 “Qisqa muddatli kreditlar” hisobvaragʻida tashkilotning qonunchilik hujjatlariga muvofiq olgan qisqa muddatli kreditlari hisobga olinadi.
Olingan qisqa muddatli kreditlarning summalari 6810 “Qisqa muddatli kreditlar” hisobvaragʻining kreditida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi.
Qaytarilgan qisqa muddatli kreditlar summasi 6810 “Qisqa muddatli kreditlar” hisobvaragʻining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
6810 “Qisqa muddatli kreditlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir kreditni taqdim etgan bank, kredit summasi, muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
293. 6820 “Qisqa muddatli qarzlar” hisobvaragʻida Oʻzbekiston Respublikasi va chet eldagi qarz beruvchilardan (bankdan tashqari) 12 oydan koʻp boʻlmagan muddatga olingan qarzlar hisobga olinadi.
Qarz beruvchilardan (bankdan tashqari) tushgan mablagʻlar pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti va 6820 “Qisqa muddatli qarzlar” hisobvaragʻining krediti boʻyicha qayd qilib boriladi.
Olingan qarzlarni qaytarish 6820 “Qisqa muddatli qarzlar” hisobvaragʻining debetida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi.
6820 “Qisqa muddatli qarzlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob qarz beruvchilar va qarzlarni qaytarish muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
294. 6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” hisobvaragʻida toʻlov muddati 12 oydan ortiq boʻlmagan obligatsiyalarni muomalaga chiqarish hisobiga tashkilotga jalb etilgan mablagʻlar hisobga olinadi. Agar mablagʻlarni jalb qilish obligatsiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoga sotish yoʻli bilan amalga oshirilsa, obligatsiyalarni sotish bahosi bilan nominal qiymati oʻrtasidagi farq 6220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻining kreditida hisobga olinadi.
6830 “Toʻlanadigan obligatsiyalar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiya turi va uni qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
295. 6840 “Toʻlanadigan veksellar” hisobvaragʻida qoplash muddati 12 oydan ortiq boʻlmagan berilgan veksellar hisobga olinadi.
Tashkilotda berilgan veksellarni hisobga olish operatsiyalari 6840 “Toʻlanadigan veksellar” hisobvaragʻining kreditida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi.
Veksel boʻyicha operatsiyalar natijasida qarz beruvchidan olingan pul mablagʻlarining tashkilot tomonidan qaytarilishi 6840 “Toʻlanadigan veksellar” hisobvaragʻining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
6840 “Toʻlanadigan veksellar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob veksellar hisobini amalga oshiradigan banklar, veksel ushlovchilar va har bir veksel boʻyicha alohida yuritiladi.
296. Qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (6800) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar olinishi
5110-5530
6810-6820
2.
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar hisobiga tovar-moddiy zaxiralarning xarid qilinishi
1010-2910
6810-6820
3.
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar hisobidan mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning qarzi toʻlanishi
6010
6810-6820
4.
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar qaytarilishi
6810-6820
5110-5530
5.
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar ajratilgan boʻlinmalar hisobidan qaytarilishi
6810-6820
6110
6.
Berilgan veksel va obligatsiyalar evaziga qisqa muddatli qarz olinishi
5110-5530
6830-6840
7.
Berilgan veksel va obligatsiyalar qoplanishi
6830-6840
5110-5530
Boshqa joriy kreditorlik qarzlar (6900)
297. Boshqa kreditorlar bilan operatsiyalar boʻyicha joriy qarzlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
6910 “Toʻlanadigan operativ ijara”;
6920 “Hisoblangan foizlar”;
6930 “Royalti boʻyicha qarzlar”;
6940 “Kafolatlar boʻyicha qarzlar”;
6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi”;
6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlovlar”;
6970 “Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar”;
6990 “Boshqa majburiyatlar”.
298. 6910 “Toʻlanadigan operativ ijara” hisobvaragʻida tashkilotning operativ ijara boʻyicha ijaraga beruvchi oldidagi majburiyati aks ettiriladi. Hisoblangan ijara summasi 6910 “Toʻlanadigan operativ ijara” hisobvaragʻining kreditida, ijaraga beruvchiga toʻlangan summa esa ushbu hisobvaraqning debetida aks ettiriladi.
6910 “Toʻlanadigan operativ ijara” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir operativ ijara shartnomasi boʻyicha alohida yuritiladi.
299. 6920 “Hisoblangan foizlar” hisobvaragʻida kreditorlar tomonidan berilgan qarzlar va kreditlar boʻyicha hisoblangan foizlar aks ettiriladi. Toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar boʻyicha hisoblangan summalar 6920 “Hisoblangan foizlar” hisobvaragʻining kreditida, foizlar boʻyicha qarzlarni toʻlash esa ushbu hisobvaraqning debetida aks ettiriladi.
6920 “Hisoblangan foizlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir kreditor boʻyicha alohida yuritiladi.
300. 6930 “Royalti boʻyicha qarzlar” hisobvaragʻida tashkilotning boshqa tashkilotlardan foydalanish uchun aktivlarning olinishi natijasida vujudga kelgan royalti toʻlovlari boʻyicha tashkilotning majburiyatlari hisobga olinadi. Royalti boʻyicha hisoblangan qarzlar 6930 “Royalti boʻyicha qarzlar” hisobvaragʻining kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
6930 “Royalti boʻyicha qarzlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir kreditor boʻyicha alohida yuritiladi.
301. 6940 “Kafolatlar boʻyicha qarzlar” hisobvaragʻida tashkilotning sotilgan mahsulotlarga kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha xaridorlar oldidagi majburiyatlari aks ettiriladi. Agar tashkilot mahsulotini sotish vaqtida xaridorga kafolatli muddat bersa, ushbu majburiyat butun kafolat muddati davomida mavjud boʻladi. Kafolat summasi mahsulot sotish amalga oshirilgan davrda xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi. Tashkilot oʻz tajribasidan kelib chiqqan holda, kelgusi davrlarga beriladigan kafolat summasi qanchaga toʻgʻri kelishi, yaʼni tovar yoki xizmatning bir birligiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha xizmat qiymatini hisoblab chiqishi va ushbu summani 6940 “Kafolatlar boʻyicha qarzlar” hisobvaragʻining kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettirishi mumkin.
6940 “Kafolatlar boʻyicha qarzlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob kafolat bilan sotilgan xar bir mahsulot, ish va xizmatlarning turlari boʻyicha alohida yuritiladi.
302. 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” hisobvaragʻida 12 oy davomida toʻlanishi lozim boʻlgan uzoq muddatli qarz majburiyatlarining joriy qismi aks ettiriladi. Uzoq muddatli majburiyatlar joriy qismga oʻtkazilganda 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” hisobvaragʻi toʻlanadigan summaga uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi va uzoq muddatli majburiyatlarning boshlangʻich summasini kamaytiradi. Shuningdek, ushbu hisobvaraqda moliyaviy ijara boʻyicha ijaraga beruvchi oldidagi uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi ham aks ettiriladi.
6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob uzoq muddatli majburiyatlarning turlari, qaytarilish muddatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va uning tashqarisidagi uzoq muddatli majburiyatlarni ajratgan holda alohida yuritiladi.
303. 6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlovlar” hisobvaragʻi xaridorlar, buyurtmachilar va boshqa tashkilotlar tomonidan bildirilgan daʼvolar, shuningdek, tan olingan (yoki eʼtirof etilgan) jarimalar, penyalar va neustoykalar boʻyicha tashkilotning qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi. Daʼvolar asosan shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlikdan kelib chiqib, 6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlovlar” hisobvaragʻining kreditida xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
304. 6960 “Daʼvolar boʻyicha toʻlovlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir kreditor va daʼvo boʻyicha alohida yuritiladi.
305. 6970 “Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar” hisobvaragʻi tashkilot ishchilariga maʼmuriy-xoʻjalik va operatsion xarajatlar, shuningdek, xizmat safarlari uchun berilgan hisobdorlik summalari bilan haqiqiy sarflangan summalari oʻrtasidagi farq natijasida kelib chiqadigan qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
306. Agar sarflangan summa hisobdorlik boʻyicha berilgan summadan oshsa, tashkilotning hisobdor shaxs oldidagi qarzi vujudga keladi va ushbu summa 6970 “Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar” hisobvaragʻining kreditida koʻrsatiladi.
6970 “Hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob hisobdor shaxslarning har biri boʻyicha alohida yuritiladi.
307. 6990 “Boshqa majburiyatlar” hisobvaragʻi notijorat operatsiyalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslar (oʻquv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va boshqalar) oldidagi sud organlarining ijroiya hujjatlari yoki qarorlari asosida tashkilot ishchilarining ish haqidan turli tashkilot va alohida shaxslar foydasiga ushlab qolingan summalar boʻyicha tashkilotning joriy majburiyatlari aks ettiriladi.
308. 6990 “Boshqa majburiyatlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob boshqa majburiyatlarning har bir turi boʻyicha alohida yuritiladi.
309. Boshqa kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (6900) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
Operativ ijara boʻyicha hisobot davrida toʻlanishi lozim boʻlgan ijara toʻlovlari hisoblanishi
Xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
6910
2.
Operativ ijara boʻyicha qarz toʻlanishi
6910
5010-5530
3.
Moliyaviy ijara boʻyicha foiz hisoblanishi
9610
6920
4.
Qarzlar boʻyicha foizlar hisoblanishi
9610
6920
5.
Qarzlar boʻyicha hisoblangan foizlar toʻlanishi
6920
5110-5530
6.
Royalti hisoblanishi
9690
6930
7.
Hisoblangan royalti toʻlanishi
6930
5110-5530
8.
Kafolatli xizmat boʻyicha qarz hisoblanishi
9430
6940
9.
Kafolatli xizmat boʻyicha haqiqiy xarajatlar hisobdan chiqarilishi
6940
Xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
10.
Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismga oʻtkazilishi
7810-7920
6950
11.
Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi boʻyicha toʻlov amalga oshirilishi
6950
5110-5530
12.
Tan olingan daʼvolar (xatolar, yoʻldagi kamomad, mahsulot sifatining muvofiq kelmasligi va boshqalar) boʻyicha qarzlar hisoblanishi
9430
6960
13.
Tovar-moddiy zaxiralardagi arifmetik xatolardan kelib chiqqan daʼvolar boʻyicha qarzlar (hisob-kitob hujjatlaridagidan haqiqatda kam yetkazib berilganda) hisoblanishi
1010-2990
6960
14.
Shartnoma majburiyatlariga rioya qilmaganlik uchun jarimalar, penyalar, neustoykalar summalari boʻyicha qarzlar (tan olingan yoki arbitraj tomonidan eʼtirof etilgan hajmda) hisoblanishi
9430
6960
15.
Asosiy ishlab chiqarish, yordamchi ishlab chiqarish, umumiy ishlab chiqarish va boshqaruv ehtiyojlari, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarga taalluqli xarajatlarni amalga oshirganligi uchun hisobdor shaxslarga qarzlar hisoblanishi
2010, 2310, 2510, 2710, 9420
6970
16.
Yaroqsiz mahsulot bilan bogʻliq boʻlgan turli xarajatlar (qaytarib olib kelish va boshqa) toʻlovi uchun hisobdor shaxslarga qarzlar hisoblanishi
2610
6970
17.
Sotib olingan tovarlar uchun hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar hisoblanishi
2910-2990
6970
18.
Mahsulotni sotish bilan bogʻliq boʻlgan (transport va boshqa) xarajatlarni amalga oshirganligi uchun hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar hisoblanishi
9410
6970
19.
Tabiiy ofatlarning oldini olish yoki bartaraf qilish bilan bogʻliq boʻlgan turli xarajatlarning toʻlovi uchun hisobdor shaxslarga boʻlgan qarzlar hisoblanishi
9720
6970
20.
Kapital qoʻyilmalarda turli tashkilotlar xizmatlar koʻrsatdi
0810-0890
6990
21.
Turli tashkilot va shaxslardan turli tovar-moddiy zaxiralarni sotib olindi va har xil xizmatlar qabul qilinishi
1510
6990
22.
Turli tashkilotlar asosiy, yordamchi, umumiy ishlab chiqarish sexlari va xizmat koʻrsatish xoʻjaliklariga xizmatlar koʻrsatishdi
2010, 2310, 2510, 2710
6990
23.
Yaroqsiz mahsulotni tuzatish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar boʻyicha isteʼmolchilarga boʻlgan qarz
2610
6990
24.
Boshqa shaxslardan tovarlar kelib tushdi
2910-2990
6990
25.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarishda koʻrsatgan xizmatlari uchun boshqa tashkilotlarga boʻlgan qarz
9210
6990
26.
Boshqa shaxslardan pul ekvivalentlari kelib tushdi
5610
6990
27.
Boshqa shaxslardan oʻtkazmalar kelib tushdi
5710
6990
28.
Boshqa shaxslardan qimmatli qogʻozlar sotib olindi
0610, 5810
6990
29.
Turli tashkilotlarning ijtimoiy soha obyektlarini saqlash boʻyicha koʻrsatgan xizmatlari hisoblandi
2710
6990
30.
Sotib olingan aksiyalarni saqlaganligi uchun depozitariyga boʻlgan qarz hisoblandi
9690
6990
(309-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3593-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)
2-§. Uzoq muddatli majburiyatlar
310. Ushbu paragrafning hisobvaraqlari tashkilotning yuridik va jismoniy shaxslar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
311. Ushbu paragrafdagi hisobvaraqlarda chet el valyutasidagi majburiyatlar Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-sonli BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”ga (roʻyxat raqami 3587, 2024-yil 19-dekabr) muvofiq hisobga olinadi.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli toʻlovlar (7000)
312. Tashkilotning mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qabul qilingan tovar-moddiy zaxiralar, bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar, shuningdek, yuk tashish boʻyicha olingan xizmatlar uchun vujudga kelgan uzoq muddatli majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli toʻlovlar”;
7020 “ Berilgan uzoq muddatli veksellar”.
313. 7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli toʻlovlar” hisobvaragʻining kreditida haqiqatda kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlarning qiymati ushbu qiymatliklar yoki tegishli xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda koʻrsatiladi. Mazkur hisobvaraq boʻyicha analitik hisob har bir mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar boʻyicha alohida yuritiladi.
314. 7020 “Berilgan uzoq muddatliveksellar” hisobvaragʻining kreditida sotib olingan tovar-moddiy zaxiralar va boshqa aktivlar, qabul qilingan ish va xizmatlar uchun veksellar bilan taʼminlangan uzoq muddatli majburiyatlar hisobga olinadi va ular qoplanish davrigacha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
7020 “Berilgan uzoq muddatli veksellar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob berilgan veksellarning har bir turi boʻyicha alohida yuritiladi.
315. Mol yetkazib beruvchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli majburiyatlar joriy qismga oʻtkazilganda 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar”, 6020 “Berilgan veksellar” hisobvaraqlari kreditlanib, 7010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli toʻlovlar”, 7020 “Berilgan uzoq muddatli veksellar” hisobvaraqlari debetlanadi.
316. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan uzoq muddatli hisobvaraqlarning (7000) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Tashkilotga oʻrnatiladigan asbob-uskunalar kelib tushishi
0710, 0720
7010
2.
Kapital qoʻyilmalar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlari yuzasidan berilgan hisobvaraqlar toʻlovga qabul qilinishi
0810-0890
7010
3.
Mol yetkazib beruvchilardan materiallar kelib tushishi
1010-1090
7010
4.
Mol yetkazib beruvchilardan oʻstirishga va boʻrdoqiga boqiladigan hayvonlar kelib tushishi
1110, 1120
7010
5.
Mol yetkazib beruvchilardan turli tovar-moddiy zaxiralar kelib tushishi (1510-hisobvaraq qoʻllanilganda)
1510
7010
6.
Mol yetkazib beruvchilardan tovar-moddiy zaxiralar sotib olinganda toʻlangan QQS summasi hisobga olinishi
4410
7010
7.
Tashkilot tomonidan asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik, umumiy ishlab chiqarish va boshqaruv ehtiyojlari uchun mol yetkazib beruvchilarning bajargan ish va xizmatlari (jumladan: energiya, gaz, bugʻ, suv) qabul qilinishi
2010, 2310, 2510, 2710, 9420-9430
7010
8.
Yaroqsiz mahsulotni tuzatish va kafolatli taʼmirlash boʻyicha mol yetkazib beruvchilarning koʻrsatgan xizmatlari
2610
7010
9.
Kelgusi davr xarajatlariga tegishli boʻlgan mol yetkazib beruvchilardan olingan ish va xizmatlar
3190
7010
10.
Mol yetkazib beruvchilardan tovarlar kelib tushishi
2910-2990
7010
11.
Mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarni sotish jarayonida mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning koʻrsatgan ish va xizmatlari
9410
7010
12.
Tabiiy ofatlarni tugatishda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning xizmatlari
9720
7010
13.
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning qarzlari uzoq muddatli qismdan joriy qismga hisobdan chiqarilishi
7010
6010
14.
Daʼvo muddati tugagan kreditorlik qarzlari hisobdan chiqarilishi
7010
9390
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar (7100)
317. Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
7110 “Ajratilgan boʻlinmalarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar”;
7120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar”.
318. 7110 “Ajratilgan boʻlinmalarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar” hisobvaragʻida tashkilotning umumiy balansga qoʻshiladigan filiallar, vakolatxonalar, boʻlimlar va boshqa ajratilgan boʻlinmalar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlar (xoʻjalik ichidagi yoki balans ichidagi hisob-kitoblar) hisobga olinadi.
7110 Tashkilotning turli xildagi operatsiyalar boʻyicha ajratilgan boʻlinmalar oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari “Ajratilgan boʻlinmalarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar” hisobvaragʻining kreditida tovar-moddiy zaxiralar, pul mablagʻlari, xarajatlar va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
319. 7120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar” hisobvaragʻida tashkilotning shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari oldidagi uzoq muddatli majburiyatlari (balanslararo yoki tashkilotlar orasidagi hisob-kitoblar) hisobga olinadi.
7120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar” hisobvaragʻining kreditida turli xildagi operatsiyalar boʻyicha shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari oldidagi joriy majburiyatlar tovar-moddiy zaxiralar, pul mablagʻlari, xarajat va boshqalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
7110 “Ajratilgan boʻlinmalarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar”, 7120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga boʻlgan uzoq muddatli qarzlar” hisobvaraqlari boʻyicha analitik hisob har bir ajratilgan boʻlinma, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyati boʻyicha alohida yuritiladi.
320. Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlovlar boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (7100) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Ajratilgan boʻlinmalardan, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan tovar-moddiy zaxiralar qabul qilinishi
0710-0890, 1010-1120, 2810-2990
7110, 7120
2.
Ajratilgan boʻlinmalardan, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan tovar-moddiy zaxiralar olinishi operatsiyasini 1510-hisobvaragʻini qoʻllagan holda hisobga olinishi
1510
7110, 7120
3.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olingan tovar-moddiy zaxiralar qiymatidagi farqning hisobga olinishi
1610
7110, 7120
4.
Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik, umumiy ishlab chiqarish va boshqaruv ehtiyojlari uchun ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlari koʻrsatgan xizmatlar hisobga olinishi
2010, 2310, 2510, 2710, 9420-9430
7110, 7120
5.
Ajratilgan boʻlinmalardan olingan yarim tayyor mahsulotlar qabul qilinishi
2110
7110
6.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining kelgusi davr xarajatlari tarkibida hisobga olinadigan xizmatlari
3190
7110, 7120
7.
Ajratilgan boʻlinmalardan kassaga naqd pul kelib tushishi (yoʻllanmalar uchun)
5010
7110
8.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan pul mablagʻlari kelib tushishi
5110-5530
7110, 7120
9.
Ajratilgan boʻlinmalar, shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan pul ekvivalentlari kelib tushishi
5610
7110, 7120
Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlar (7200)
321. Tashkilotning uzoq muddatga kechiktirilgan majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
7210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”;
7220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”;
7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”;
7240 “Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar”;
7250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi uzoq muddatli majburiyatlari”;
7290 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar”.
322. 7210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalarning diskonti (chegirmasi) boʻyicha tashkilotning uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarini aks ettiradi. Ushbu hisobvaraq faqat obligatsiya sotib oluvchilarda qoʻllaniladi. Obligatsiyalar diskont bilan sotib olinganda, diskont summasi 7210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi va toʻlangan summa pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning kreditida uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Obligatsiyalar boʻyicha diskont (chegirma)lar joriy qismga oʻtkazilganda 7210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi debetlanadi va 6210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi kreditlanadi.
7210 “Diskont (chegirma)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
323. 7220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalarning mukofoti (ustamasi) boʻyicha tashkilotning uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarini aks ettiradi. Ushbu hisobvaraq faqat obligatsiya sotuvchilarda qoʻllaniladi. Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda 7220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi va 7830 “Toʻlanadigan uzoq muddatli obligatsiyalar” hisobvaragʻi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda kreditlanadi. Obligatsiyalar boʻyicha mukofot (ustama)lar joriy qismga oʻtkazilganda 7220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi debetlanadi va 6220 “Mukofot (ustama)lar shaklidagi kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi kreditlanadi.
7220 “Mukofot (ustama)lar shaklidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
324. 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun pul mablagʻlarini olish va tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish muddatlari orasidagi farq bilan bogʻliq tashkilot majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi. 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻining kreditida kelgusi davrga tegishli boʻlgan daromadlar summasi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda, debetida esa tegishli davr kelganda 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻiga oʻtkazilgan daromadlar joriy qismining summasi aks ettiriladi.
7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir daromad turi boʻyicha alohida yuritiladi.
325. 7240 “Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” hisobvaragʻida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tegishli hukumat idoralarining qarori boʻyicha bir necha yilga kechiktirib toʻlashga ruxsat etilgan soliq boʻyicha budjet oldidagi uzoq muddatli qarzlar aks ettiriladi. 7240 “Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” hisobvaragʻining kreditida uzoq muddatli kechiktirilgan toʻlovlar summasi budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni (6400), sugʻurta va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni (6500) hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
7240 “Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir kechiktirilgan soliq va toʻlovlar turi boʻyicha va qoplanish muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
326. 7250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi uzoq muddatli majburiyatlari” hisobvaragʻida vaqtinchalik farqlar natijasida yuzaga keladigan kechiktirilgan foyda soligʻi summasi aks ettiriladi.
Foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar hisob daromadidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, toʻlanadigan foyda soligʻi esa soliq solinadigan daromaddan kelib chiqib hisoblanadi. Hisob daromad va soliq solinadigan daromadni aniqlashdagi yondashuvlardagi farq moliyaviy hisobotda aks ettirilishi lozim. Tashkilotning hisob siyosatiga muvofiq hisob maʼlumotlari boʻyicha hisoblangan foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar tashkilot tomonidan daromadni olish davomida amalga oshirilgan deb qaralib, tegishli daromadlar va xarajatlar yuzaga kelgan davrda hisoblanadi va Tashkilotning Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda (2-shakl) aks ettiriladi. Bunda hisob daromadidan kelib chiqib hisoblangan foyda soligʻi va soliqqa tortiladigan daromaddan kelib chiqib hisoblangan toʻlanadigan foyda soligʻi oʻrtasidagi farq vaqtinchalik farq sifatida yuritiladi va 7250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi uzoq muddatli majburiyatlari” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi majburiyatlarining tegishli joriy qismi 7250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi uzoq muddatli majburiyatlari” hisobvaragʻining debetidan 6250 “Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi majburiyatlari” hisobvaragʻining kreditiga oʻtkaziladi.
327. 7290 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar” hisobvaragʻida 6210 — 6250 hisobvaraqlarida koʻrsatilmagan tashkilotning boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlari aks ettiriladi.
328. Kechiktirilgan uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (7200) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Diskont bilan sotilgan obligatsiyalarning diskont summasi
5110-5530
7210
2.
Kechiktirilgan diskontning uzoq muddatli qismi joriy qismga oʻtkazilishi
7210
6210
3.
Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda hisoblangan mukofot summasi
5110-5530
7220
4.
Kechiktirilgan mukofotning uzoq muddatli qismi joriy qismga oʻtkazilishi
7220
6220
5.
Kelgusida joʻnatiladigan tovar-moddiy zaxiralar, koʻrsatiladigan xizmatlar, bajariladigan ishlar uchun oldindan pul mablagʻlari kelib tushishi
5110-5530
7230
6.
Uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning hisobot davriga taalluqli joriy qismi hisobdan chiqarilishi
7230
6230
7.
Soliqlar va yigʻimlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirish berilishi
6410, 6510-6530
7240
8.
Budjetga toʻlovlar uchun hisobot davridagi soliqlar va yigʻimlar boʻyicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlarning joriy qismi hisobdan chiqarilishi
7240
6240
9.
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻi uzoq muddatli majburiyatlari
9810
7250
10.
Vaqtinchalik farqlar boʻyicha kechiktirilgan foyda soligʻining uzoq muddatli qismini joriy qismga oʻtkazilishi
7250
6250
Xaridorlardan va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar-uzoq muddatli qismi (7300)
329. Mahsulot va tovarlarni yetkazib berish, shuningdek, ish bajarish yoki xizmat koʻrsatish uchun olingan boʻnaklar boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar” hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
mahsulot va tovarlarni yetkazib berish, shuningdek, ish bajarish yoki xizmat koʻrsatish boʻyicha olingan boʻnaklar
Tashkilot xaridor va buyurtmachilarga mahsulot va tovarlarni yetkazib berish, shuningdek, ish bajarish yoki xizmat koʻrsatish uchun ulardan boʻnak toʻlovini (oldindan toʻlashni) talab qilishi mumkin. Bunday holatda boʻnak tovar-moddiy zaxiralarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha shartnomaning bajarilishi hamda xaridor va buyurtmachilardan kelgusidagi toʻlovlarning kelib tushishiga kafolat sifatida xizmat qiladi.
Bunday boʻnaklar pul mablagʻini olgan tashkilot uchun mahsulot va tovarlarni yetkazib berish hamda ishlarni bajarish yoki xizmatlarni koʻrsatish amalga oshirilishiga qadar majburiyat boʻlib hisoblanadi. Olingan boʻnaklarga quyidagilar misol boʻladi: tashkilot tomonidan gaz, suv, yoritish va boshqa maishiy xizmatlar, shuningdek, tovar-moddiy zaxiralarni yetkazib berish uchun oldindan olingan toʻlovlar.
Olingan boʻnak summalari, shuningdek, qisman tayyor mahsulot (ish, xizmat) uchun olingan toʻlovlar summasi 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — uzoq muddatli qismi” hisobvaragʻining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan uzoq muddatli boʻnaklar summasining joriy qismga oʻtkazilishi 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — uzoq muddatli qismi” hisobvaragʻining debeti, 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — uzoq muddatli qismi” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob olingan boʻnaklar turi boʻyicha alohida yuritiladi.
330. Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (7300) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Uzoq muddatli boʻnaklar olinishi
5010-5530
7310
2.
Uzoq muddatli boʻnaklar summasi joriy qismga oʻtkazilishi
7310
6310
3.
Ilgari olingan uzoq muddatli boʻnaklar qaytarilishi
7310
5010-5530
4.
Oldin olingan boʻnaklar bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarzi hisobiga qaytarilishi
7310
6110-6190, 7110-7190
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlar (7800)
331. Tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi va chet eldagi banklar va qarz beruvchilardan soʻmda va chet el valyutasida olgan uzoq muddatli (12 oydan uzoq muddatga) kredit va qarzlarining holatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
7810 “Uzoq muddatli kreditlar”;
7820 “Uzoq muddatli qarzlar”;
7830 “Toʻlanadigan uzoq muddatli obligatsiyalar”;
7840 “Toʻlanadigan uzoq muddatli veksellar”.
332. Olingan uzoq muddatli kreditlar summasi 7810 “Uzoq muddatli kreditlar” hisobvaragʻining kreditida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi.
Uzoq muddatli bank kreditini joriy qismga oʻtkazishda, tegishli summaga 7810 “Uzoq muddatli kreditlar” hisobvaragʻi debetlanadi va 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qismi” hisobvaragʻi kreditlanadi bunda uzoq muddatli bank kreditining boshlangʻich qiymati kamaytiriladi.
Uzoq muddatli kreditlarning analitik hisobi ularga berilgan kreditlarning turlari va muddatlari, banklar boʻyicha alohida yuritiladi.
333. 7820 “Uzoq muddatli qarzlar” hisobvaragʻida tashkilotning Oʻzbekiston Respublikasi va chet eldagi qarz beruvchilardan (bankdan tashqari) 12 oydan uzoq muddatga olgan qarzlari hisobga olinadi.
Qarz beruvchilardan (bankdan tashqari) kelib tushgan mablagʻlar pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti va 7820 “Uzoq muddatli qarzlar” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
Uzoq muddatli qarzlar joriy qismga oʻtkazilganda 7820 “Uzoq muddatli qarzlar” hisobvaragʻi debetlanadi va toʻlanadigan summa uzoq muddatli qarzlarning boshlangʻich summasini ushbu miqdorga kamaytirib, 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qism” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
7820 “Uzoq muddatli qarzlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir qarz beruvchi va qarzlarni toʻlash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
334. 7830 “Toʻlanadigan uzoq muddatli obligatsiyalar” hisobvaragʻida toʻlov muddati 12 oydan koʻp boʻlgan obligatsiyalarni sotish hisobiga tashkilotga jalb etilgan mablagʻlar hisobga olinadi. Agar mablagʻlarni jalb qilish obligatsiyalarni nominal qiymatidan yuqori bahoga sotish yoʻli bilan amalga oshirilsa, unda obligatsiyalarni sotish bahosi bilan nominal qiymati oʻrtasidagi farq 7220 “Mukofot (ustama)lar koʻrinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻining kreditida hisobga olinadi.
Uzoq muddatli toʻlanadigan obligatsiyalar joriy qismga oʻtkazilganda, toʻlanadigan summa uzoq muddatli toʻlanadigan obligatsiyalarning boshlangʻich summasini ushbu miqdorga kamaytirib, 7830 “Toʻlanadigan uzoq muddatli obligatsiyalar” hisobvaragʻi debetlanadi va 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qism” hisobvaragʻining kreditlanadi.
7830 “Toʻlanadigan uzoq muddatli obligatsiyalar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir obligatsiya turi va toʻlash muddati boʻyicha alohida yuritiladi.
335. 7840 “Toʻlanadigan uzoq muddatli veksellar” hisobvaragʻida qarz beruvchilarga 12 oydan ortiq muddatda qaytarish uchun berilgan veksellar hisobga olinadi.
Berilgan veksellar tashkilotda 7840 “Toʻlanadigan uzoq muddatli veksellar” hisobvaragʻining kreditida va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida hisobga olinadi.
Uzoq muddatli toʻlanadigan veksellar joriy qismga oʻtkazilganda, toʻlanadigan summa uzoq muddatli toʻlanadigan veksellarning boshlangʻich summasini ushbu miqdorga kamaytirib,7840 “Toʻlanadigan uzoq muddatli veksellar” hisobvaragʻi debetlanadi va 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar — joriy qism” hisobvaragʻining kreditlanadi.
7840 “Toʻlanadigan uzoq muddatli veksellar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob veksellar hisobini amalga oshiradigan banklar, veksel egalari va har bir veksel boʻyicha alohida yuritiladi.
336. Uzoq muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (7800) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlar olinishi
5110-5530
7810-7820
2.
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlar hisobiga olingan tovar-moddiy zaxiralar qabul qilinishi
1010-2910
7810-7820
3.
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlar hisobidan boʻnaklar berilishi
4310-4330, 4410, 4510-4520
7810-7820
4.
Uzoq muddatli kreditlar va qarzlar hisobidan mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga boʻlgan qarz toʻlanishi
6010
7810-7820
5.
Berilgan veksel va obligatsiyalar evaziga uzoq muddatli qarz olinishi
5110-5530
7830-7840
6.
Uzoq muddatli kreditlar, qarzlar, obligatsiyalar va veksellarni joriy qismga oʻtkazilishi
7810-7840
6950
Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlar (7900)
337. Tashkilotning turli jismoniy va yuridik shaxslar oldidagi moliyaviy ijara, notijorat operatsiyalar (oʻquv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va boshqalar), transport tashkilotlarining koʻrsatgan xizmatlari boʻyicha, sud idoralarining qarorlariga va boshqa hujjatlarga asosan turli tashkilotlar va alohida shaxslar manfaati uchun tashkilot ishchilarining ish haqidan ushlangan summalar boʻyicha uzoq muddatli majburiyatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
7910 “Toʻlanadigan moliyaviy ijara”;
7920 “Kreditorlarga boʻlgan boshqa uzoq muddatli qarzlar”.
338. 7910 “Toʻlanadigan moliyaviy ijara” hisobvaragʻida ijaraga olingan uzoq muddatli aktivlar uchun ijaraga beruvchi bilan hisob-kitoblar hisobga olinadi.
Tashkilotga kelib tushgan uzoq muddatli aktivlar uchun ijaraga beruvchi oldidagi qarzlar 0310 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda 7910 “Toʻlanadigan moliyaviy ijara” hisobvaragʻining kreditida hisobga olinadi.
339. Tashkilotning turli kreditorlarga boʻlgan uzoq muddatli qarzlari 7920 “Kreditorlarga boʻlgan boshqa uzoq muddatli qarzlar” hisobvaragʻining kreditida tovar-moddiy zaxiralar va xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
7920 “Kreditorlarga boʻlgan boshqa uzoq muddatli qarzlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir kreditor boʻyicha alohida yuritiladi.
340. Kreditorlarga boʻlgan boshqa uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (7900) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Ijara shartlari asosida moliyaviy ijaraga kelib tushgan asosiy vositalar uchun ijaraga beruvchi oldidagi qarz
0310
7910
2.
Moliyaviy ijara boʻyicha toʻlovlarni joriy qismga oʻtkazilishi
7910
6950
3.
Turli tashkilotlar va shaxslardan tovar-moddiy zaxiralar sotib olinishi
1010-2990
7920
4.
Oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni sotib olishda va kapital qoʻyilmalarda turli tashkilotlarning koʻrsatgan xizmati
0710-0720, 0810-0890
7920
5.
Turli tashkilotlar umumiy ishlab chiqarish va maʼmuriy yoʻnalishdagi asosiy, yordamchi sexlarga xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar boʻyicha yaroqsiz mahsulotni tuzatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishi
2010, 2310, 2510,
2610, 2710, 9420
7920
6.
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishida koʻrsatgan xizmatlari uchun turli tashkilotlar oldidagi qarz
9210, 9220
7920
7.
Turli tashkilot va shaxslardan pul ekvivalentlari kelib tushishi
5610
7920
8.
Boshqa shaxslardan pul oʻtkazmalari kelib tushishi
5710
7920
9.
Boshqa shaxslardan qimmatli qogʻozlar sotib olinishi
0610, 5810
7920
10.
Ijtimoiy soha obyektlarini saqlash uchun turli tashkilotlarning koʻrsatgan xizmatlari
9430
7920
3-bob. Xususiy kapital
341. Ushbu bobning hisobvaraqlari tashkilotning xususiy kapitali holati va harakati, shuningdek, qonunchilik hujjatlari va (yoki) taʼsis hujjatlariga muvofiq, tashkil etilgan rezervlar va fondlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
342. Xususiy kapital tashkilotning aktivlari va majburiyatlari oʻrtasidagi farqdir. Xususiy kapital mulk egasi tomonidan amalga oshirilgan qoʻshimcha investitsiyalar, faoliyat natijalariga bogʻliq holda koʻpayishi yoki kamayishi mumkin.
Ustav kapitali (8300)
343. Tashkilot ustav kapitalining holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
8310 “Oddiy aksiyalar”;
8320 “Imtiyozli aksiyalar”;
8330 “Pay va ulushlar”.
344. Ustav kapitali taʼsis hujjatida belgilangan doiradagi faoliyatni taʼminlash uchun taʼsischilarning (ishtirokchilarning) tashkilot mulkiga qoʻygan mablagʻlari (ulushlari, aksiyalar nominal qiymatida va hokazolar)ning pul ifodasidagi yigʻindisidir. Ustav kapitalini shakllantirish jarayoni tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Ustav kapitali roʻyxatdan oʻtkazilgan hajmda yoki toʻlangan aksiyalarning nominal qiymati yigʻindisi miqdorida aks ettiriladi. Ustav kapitalining hajmi roʻyxatdan oʻtkazilgan taʼsis hujjatlaridagi summadan oshib ketishi mumkin emas. Tashkilot ustav kapitalining koʻpayishi yoki kamayishi faqat taʼsischilarning qarori asosida va taʼsis hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan keyingina amalga oshirilishi mumkin.
Aksiyadorlarga tashkilot ustav kapitalidagi ulushining qaytarilishi ustav kapitali miqdorini kamaytirmaydi va bu operatsiya aynan aksiyadorlik jamiyatining sotib olingan xususiy aksiyalari kabi 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy” va 8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli” hisobvaraqlarining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda hisobga olinadi.
345. 8310 “Oddiy aksiyalar” hisobvaragʻi oddiy aksiyalarni oʻzida mujassamlashtirgan aksiyadorlik kapitalining holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Aksiyadorlik jamiyati davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin uning ustav kapitali emissiya risolasida roʻyxatga olingan summada 8310 “Oddiy aksiyalar” hisobvaragʻining krediti va 4610 “Ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha taʼsischilarning qarzlari” hisobvaragʻining debetida aks ettiriladi. Tashkilotning aksiyadorlik kapitali hisobda roʻyxatdan oʻtgan, lekin emissiyasi tugallanmagan miqdorda hisobga olinishi sababli eʼlon qilingan (chiqarishga ruxsat berilgan), chiqarilgan (aksiyadorlar tomonidan obuna amalga oshirilgan) va muomaladagi oddiy aksiyalarning har bir emissiyasi boʻyicha alohida analitik hisob yuritish talab etiladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari muomalaga qoʻshimcha aksiyalar chiqarish yoki muomaladagi aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yoʻli bilan oʻz ustav kapitalini oshirishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali miqdori aksiyalar nominal qiymatining pasayishi, tashkilotlar tomonidan aksiyalarning bir qismi aksiya egalaridan sotib olinishi natijasida kamayishi mumkin.
Aksiyalar likvidliligini oshirish maqsadida ularni maydalashni amalga oshirish, yaʼni, ularning nominal qiymatini mutanosib ravishda kamaytirib umumiy miqdorini koʻpaytirish usuli qoʻllaniladi. Aksiyalarni maydalash natijalari aksiyadorlar kapitalining hajmiga taʼsir koʻrsatmay, faqatgina yangi muomaladagi aksiyalarning nominal qiymati va miqdorini koʻpaytirishi sababli ushbu operatsiyalar boʻyicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilmaydi. Ushbu operatsiyalarni 8310 “Oddiy aksiyalar” hisobvaragʻiga ochilgan analitik hisob registrlarida qayd qilish zarur.
346. 8320 “Imtiyozli aksiyalar” hisobvaragʻi imtiyozli aksiya koʻrinishida chiqarilgan aksiyadorlik kapitalining holati va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Aksiyalar 8310 “Oddiy aksiyalar” va 8320 “Imtiyozli aksiyalar” hisobvaraqlarida nominal qiymatlari boʻyicha hisobga olinadi.
8310 “Oddiy aksiyalar” va 8320 “Imtiyozli aksiyalar” hisobvaraqlari boʻyicha analitik hisob tashkilotning taʼsischilari va kapitalning shakllanish bosqichi boʻyicha maʼlumotlarning shakllanishini taʼminlashi lozim.
347. 8330 “Pay va ulushlar” hisobvaragʻi tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakllariga asosan qatnashuvchilarning ulushlarini oʻzida mujassamlashtirgan ustav kapitalining holati va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar davlat tomonidan ajratilgan asosiy va aylanma mablagʻlardan tashkil qilingan ustav kapitalini belgilangan tartibda shakllantiradi.
(347-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3593-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)
Tashkilot roʻyxatdan oʻtgandan keyin uning ustav kapitali taʼsischilarning taʼsis hujjatlarida belgilangan pay va ulushlaridan tashkil topadi va 8330 “Pay va ulushlar” hisobvaragʻining kreditida hamda 4610 “Ustav kapitaliga ulushlar boʻyicha taʼsischilarning qarzlari” hisobvaragʻining debetida aks ettiriladi.
8330 “Pay va ulushlar” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob tashkilotning har bir taʼsischisi boʻyicha alohida yuritiladi.
348. Ustav kapitalini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (8300) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Taʼsis hujjatlarida koʻzda tutilgan summada, (tashkilot roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin) ustav kapitali tasdiqlanishi
4610
8310-8330
2.
Foydaning bir qismi ustav kapitalini koʻpaytirishga yoʻnaltirilishi:
a) hisoblangan dividendlar miqdorida;
8710
6610
b) ustav kapitalini koʻpaytirishga yoʻnaltirilgan foyda miqdorida.
6610
8310-8330
3.
Ustav kapitali toʻplangan kapital miqdorigacha kamaytirilishi
8310-8330
4610
4.
Tashkilot taʼsischilariga ulushlari qaytarilishi
8330
6620
5.
Aksiyadorlardan sotib olingan va bekor qilingan xususiy aksiyalar ustav kapitalining kamaytirilishiga hisobdan chiqarilishi:
a) nominal qiymatdan yuqori bahoda sotib olish:
nominal qiymatiga;
8310, 8320, 8410,
8610, 8620
nominal qiymatidan oshgan summaga;
9690
8610, 8620
b) nominal qiymatidan past narxda sotib olish:
sotib olish qiymatiga;
8310, 8320
8610, 8620
nominal qiymatidan past summaga.
8310, 8320
9590
Qoʻshilgan kapital (8400)
349. Oddiy va imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan summalarning aksiyalar nominal qiymatidan oshgan miqdori koʻrinishidagi qoʻshilgan kapital mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
350. 8410 “Emissiya daromadi” hisobvaragʻi aksiyalarni dastlabki sotishda nominal qiymatidan yuqori bahoda olingan mablagʻlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi. Ushbu mablagʻlar kelib tushganda 8410 “Emissiya daromadi” hisobvaragʻi kreditlanib, xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish qiymati va nominal qiymati oʻrtasidagi farq qoplanganda esa ushbu hisobvaraq debetlanadi.
8410 “Emissiya daromadi” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob oddiy va imtiyozli aksiyalardan olingan daromadlar boʻyicha alohida yuritiladi.
351. 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” hisobvaragʻi ustav kapitalini shakllantirish jarayonida vujudga keladigan kurs farqlarini hisobga olish uchun foydalaniladi. Ustav kapitalini shakllantirish uchun berilgan chet el valyutasi mablagʻlarini tan olish ustav kapitaliga ulushlarni kiritish sanasidagi chet el valyutasining soʻmga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi (bundan buyon matnda Markaziy bankning kursi deb yuritiladi) boʻyicha amalga oshiriladi. Chet el valyutasi mablagʻlarini va boshqa mulklarni tan olish qiymati roʻyxatdan oʻtkazish sanasidagi taʼsis hujjatlarida belgilangan baholardan farq qilishi mumkin. Xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav kapitalini shakllantirishda Markaziy bankning kurslarining oʻrtasida taʼsis hujjatlari roʻyxatdan oʻtkazilgan sanada va ustav kapitaliga mablagʻlar haqiqatda kiritilgan sanada vujudga keladigan ijobiy kurs farqi buxgalteriya hisobida qoʻshilgan kapital sifatida 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi” hisobvaragʻida aks ettiriladi. Xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav kapitalini shakllantirishda taʼsis hujjatlari roʻyxatdan oʻtkazilgan sanada va ustav kapitaliga mablagʻlar haqiqatda kiritilgan sanada Markaziy bank kurslarining oʻzgarishi natijasida vujudga keladigan salbiy kurs farqi 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi” hisobvaragʻi debetida ustav kapitalini shakllantirishda oldin vujudga kelgan ijobiy kurs farqi summalari doirasida aks ettiriladi. Ustav kapitalini shakllantirishda ijobiy kurs farqi summasidan oshgan salbiy kurs farqi summasi 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” hisobvaragʻining debetida aks ettiriladi. Kurs farqlarining bu tartibda hisobdan chiqarilishi taʼsis hujjatlarida oldindan kelishilgan, ustav kapitalidagi taʼsischilarning ulushining oʻzgarmasligiga imkon beradi.
8420 “Ustav kapitalini shakllantirishda kurs farqi” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir taʼsischi boʻyicha alohida yuritiladi.
352. Qoʻshilgan kapitalni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (8400) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Birlamchi emissiya aksiyalarning nominal va emissiya qiymatlari oʻrtasidagi farq sifatida qoʻshimcha toʻlangan kapital mablagʻlari kelib tushishi
5010-5530
8410
2.
Qoʻshilgan kapital mablagʻlari xususiy aksiyalarni bekor qilishda sotib olish va nominal qiymatlari oʻrtasidagi farqni qoplashga ishlatilishi
8410
8610, 8620
3.
Ustav kapitalining shakllanish jarayonida vujudga kelgan ijobiy kurs farqi hisobga olinishi
Mol-mulkni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
8420
Rezerv kapitali (8500)
353. Tashkilot taʼsis hujjatlariga asosan foyda hisobidan shakllantiriladigan rezerv kapitali (fondi), mulkni qayta baholashdan yuzaga keladigan rezervlar, pul mablagʻlaridan tashqari tekinga olingan mulklar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar”;
8520 “Rezerv kapitali (fondi)”;
8530 “Tekinga olingan mulk”.
354. 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” hisobvaragʻida mulklarni qayta baholash natijasida vujudga kelgan oʻzgarishlar hisobga olinadi. Mulklarni qayta baholash natijasida rezerv kapitalining shakllanishi va toʻldirilishi 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” hisobvaragʻining kreditida qayta baholash natijasida qiymati oshgan mulklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Agar qayta baholash natijasida mulklarning qiymati kamaysa, kamaygan summa oʻsha mulkning navbatdagi qiymati oshishi hisobiga toʻldiriladi va u 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” hisobvaragʻining debetida aks ettiriladi. Shu mulkning avvalgi qayta baholashdagi qiymatidan oshgan arzonlashtirilgan summa xarajat sifatida tan olinadi va 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻida aks ettiriladi.
355. Mulkni qayta baholash boʻyicha jamlangan summaning taʼsischilar oʻrtasida taqsimlanishi 8510 “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” hisobvaragʻining debetida 6620 “Chiqib ketayotgan taʼsischilarga ulushlari boʻyicha qarz” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
356. 8520 “Rezerv kapitali (fondi) “ hisobvaragʻi tashkilot tomonidan taʼsis hujjatlari va qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan rezerv kapitalining holati va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Rezerv kapitali (fondi) mablagʻlari tashkilot zararlarini qoplash va boshqa qoplash manbalari boʻlmagan boshqa maqsadlarga sarflanishi mumkin.
Rezerv kapitali (fondi)ning shakllanishi 8520 “Rezerv kapitali (fondi)” hisobvaragʻining kreditida 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) “ hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
357. 8530 “Tekinga olingan mulklar” hisobvaragʻi tashkilot tomonidan tekinga olingan mulkni hisobga olish uchun foydalaniladi.
Tekinga olingan mulklar 8530 “Tekinga olingan mulklar” hisobvaragʻining kreditida tashkilot mulklarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Tekinga olingan mulklarni soliqqa tortish tartibi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
358. Rezerv kapitalini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (8500) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Mulk qiymatini qayta baholash natijasida rezerv kapitali hajmining koʻpayishi:
a) asosiy vositalar;
0110-0199
8510
b) moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar;
0310
v) oʻrnatiladigan asbob-uskunalar;
0710-0720
g) tugallanmagan qurilish;
0810
d) uzoq muddatli investitsiyalar.
0610-0690
2.
Mulk qiymatining oʻtgan qayta baholash qiymatining oshirilgan miqdorigacha kamaytirilishi natijasida rezerv kapitalining kamayishi:
a) asosiy vositalar;
8510
0110-0199
b) moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar;
0310
v) oʻrnatiladigan asbob-uskunalar;
0710-0720
g) tugallanmagan qurilish;
0810
d) uzoq muddatli investitsiyalar.
0610-0690
3.
Oʻtgan qayta baholash qiymatidan oshgan summaga:
a) asosiy vositalar;
9430
0110-0199
b) moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar;
0310
v) oʻrnatiladigan asbob-uskunalar;
0710-0720
g) tugallanmagan qurilish;
0810
d) uzoq muddatli investitsiyalar.
0610-0690
4.
Asosiy vositalar eskirishini qayta baholash:
a) qiymati oshirilishi
8510
0211-0299
b) qiymati kamaytirilishi.
0211-0290
8510
5.
Rezerv kapitalida qayd qilingan kam chiqqan oʻrnatiladigan asbob-uskunalarning qayta baholash natijasi (qoldiq) summasi
8510
9220
6.
Taʼsis hujjatlariga muvofiq va joriy yilning taqsimlanmagan foyda summasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻrnatilgan tartibda rezerv kapitaliga (fondiga) yoʻnaltirilishi
8710
8520
7.
Tashkilotni tugatish natijasida rezerv kapitali (fondi) hisobidan taʼsischilarga daromad (dividend)lar hisoblanishi
8530
6610, 6620
8.
Rezerv kapitali (fondi) summasi joriy hisobot yilida foyda olinmaganligi yoki foyda summasi yetarli boʻlmaganligi sababli imtiyozli aksiyalarga daromad (dividend)lar hisoblash uchun yoʻnaltirilishi
8520
6610
9.
Tekinga olingan qimmatli qogʻozlar hisobga olinishi
0610, 5810
8530
10.
Tekinga olingan:
asosiy vositalar;
0110-0190
8530
oʻrnatiladigan asbob-uskunalar hisobga olinishi
0710-0720
Sotib olingan xususiy aksiyalar (8600)
359. Keyinchalik qayta sotish yoki bekor qilish maqsadida sotib olingan xususiy aksiyalarning holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy”;
8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli”.
360. Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (8600) ustav kapitalini hisobga oluvchi hisobvaraqlarga (8300) nisbatan kontr-passiv hisobvaraq hisoblanib, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitali miqdorini kamaytiradi va balansda ustav kapitali summasidan chegiriladigan summa sifatida koʻrsatiladi.
Emitent tomonidan sotib olingan xususiy aksiyalarning qiymati 8610 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy” va 8620 “Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli” hisobvaraqlarining debetida haqiqiy sotib olish bahosida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Sotib olingan xususiy aksiyalar sotib olish bahosidan yuqori bahoda qaytadan sotilganda oʻrtadagi farq summasi 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” hisobvaragʻiga kreditlanadi. Agarda sotib olingan xususiy aksiya sotib olish bahosidan past bahoda qayta sotilsa, oʻrtadagi farq summasi 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻining debetida koʻrsatiladi.
Nominal qiymatidan past bahoda sotib olingan xususiy aksiyalarni bekor qilishda ushbu qiymatlar oʻrtasidagi farq 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
Agar bekor qilingan sotib olingan xususiy aksiyalarning qiymati ularning nominal qiymatidan yuqori boʻlsa, farq 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” hisobvaragʻining debetida aks ettiriladi.
361. Boshqa tashkilotlar (masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, sherikchilik va boshqalar) sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (8600)dan tashkilot tomonidan oʻrnatilgan tartibda boshqa qatnashuvchilarga yoki uchinchi shaxsga berish uchun sotib olingan ustav kapitalidagi ulushni hisobga olish uchun foydalanadi.
362. Sotib olingan xususiy aksiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (8600) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Aksiyadorlardan ularga tegishli aksiyalar (qatnashchi ulushi) sotib olish qiymatida sotib olinishi
8610, 8620
5110-5530, 6620
2.
Sotib olingan xususiy aksiyalar (paylar)ni sotib olish bahosidan yuqori bahoda qayta sotish:
sotib olish qiymatiga;
5010-5530
8610. 8620
sotib olish qiymatidan yuqori farqiga.
5010-5530
9590
3.
Sotib olingan xususiy aksiyalar (paylar)ni sotib olish bahosidan past bahoda qayta sotish:
sotish qiymatiga;
5010-5530
8610, 8620
sotib olish qiymatidan past farqiga.
9690
8610, 8620
4.
Nominal qiymatidan past bahoda sotib olingan xususiy aksiyalar (paylar)ni bekor qilish:
sotib olish qiymatiga;
8310,8320
8610, 8620
nominal qiymatidan past farqiga.
8310,8320
9590
5.
Nominal qiymatidan yuqori bahoda sotib olingan aksiyalar (paylar)ni bekor qilish:
nominal qiymatiga;
8310,8320
8610, 8620
nominal qiymatidan yuqori farqiga.
9690
8610, 8620
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) (8700)
363. Tashkilotning barcha yillar boʻyicha faoliyati va hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasining holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”;
8720 “Jamgʻarilgan foyda (qoplanmagan zarar)”.
364. 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” hisobvaragʻida tashkilotning hisobot davrida faoliyati boʻyicha taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) hisobga olinadi.
Sof foyda summasi hisobot davrining oxirida yakuniy yozuv bilan 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” hisobvaragʻining kreditiga, zarar summasi esa ushbu hisobvaraqning debetiga 9900 “Yakuniy moliyaviy natija” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi.
Taqsimlanmagan foyda summasi dividendlar toʻlash uchun yoʻnaltirilganda 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarar)” hisobvaragʻining debetida va 6610 “Toʻlanadigan dividendlar” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
Taqsimlanmagan foyda summasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rezerv kapitalini (fondini) shakllantirish uchun foydalanish mumkin, bunda 8710 “Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)” hisobvaragʻi debetlanadi va 8520 “Rezerv kapitali (fondi)” hisobvaragʻi kreditlanadi.
Hisobot davridagi taqsimlanmagan foydani taqsimlashdan keyin qolgan summa 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” hisobvaragʻidan 8720 “Jamgʻarilgan foyda (qoplanmagan zarar)lar” hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
365. Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (8700) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Hisobot davrida aniqlangan yakuniy moliyaviy natija taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) hisobvaragʻiga oʻtkazilishi:
foyda summasi;
9910
8710
zarar summasi.
8710
9910
2.
Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi dividend toʻlashga yoʻnaltirilishi
8710
6610
3.
Taqsimlanmagan foyda rezerv kapitalini shakllantirishga yoʻnaltirilishi
8710
8520
4.
Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi qoldigʻi jamgʻarilgan foydaga oʻtkazilishi:
foyda;
8710
8720
zarar.
8720
8710
Maqsadli tushumlar (8800)
366. Maqsadli moliyalashtirish mablagʻlarining holati va harakati, shuningdek, aʼzolik badallari va maqsadli yoʻnalish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan boshqa qaytarilmaydigan mablagʻlarning kelib tushishi va sarflanishi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
8810 “Grantlar”;
8820 “Subsidiyalar”;
8830 “Aʼzolik badallari”;
8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari”
8890 “Boshqa maqsadli tushumlar”.
367. Ushbu maqsadli tushumlarni tashkilotning xususiy kapitali sifatida aks ettirish shartlari quyidagilar hisoblanadi:
a) mablagʻlarning maqsadli yoʻnalish boʻyicha ishlatilishi;
b) mablagʻlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning yoʻqligi;
v) belgilangan shartlar bajarilganda qaytarib berilmasligi.
368. Grant deganda ijtimoiy xususiyatga ega maqsadlar, iqtisodiyotni rivojlantirish, ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni bajarish uchun hukumat, nodavlat, xorijiy hamda xalqaro tashkilotlar va jamgʻarmalar tomonidan tekin, gumanitar yordam sifatida beriladigan pul mablagʻlari va moddiy resurslar tushuniladi. Grant mablagʻlari qatʼiy ravishda belgilangan maqsadlarga ishlatiladi.
369. Ajratilgan grant toʻgʻrisida xabarnoma olinganda ushbu grant summasi 8810 “Grantlar” hisobvaragʻining kreditida 4890 “Boshqa debitorlarning qarzi” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Grant summasidan moliyalashtiriladigan va budjetda koʻzda tutilgan pul mablagʻlari yoki mulkning qabul qilinishi pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (5110 — 5530), kapital qoʻyilma (0800), oʻrnatiladigan uskunalar (0700), tovar-moddiy zaxiralarni va boshqa aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida 4890 “Boshqa debitorlarning qarzi” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Chet el valyutasida olingan grant summasi xoʻjalik operatsiyalari amalga oshirilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha milliy valyutaga oʻtkaziladi.
370. 8820 “Subsidiyalar” hisobvaragʻi ajratilgan subsidiyalar, yaʼni, iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida belgilangan shartlar uchun tashkilotlarga davlat tomonidan pul yoki natura koʻrinishida koʻrsatilgan yordam summasi va harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi. Davlat (hukumat) tomonidan berilgan yordam turli koʻrinishda (qoʻshimcha berish, subvensiya va boshqalar) boʻlishi va har xil shartlarga muvofiq berilishi mumkin.
371. 8830 “Aʼzolik badallari” hisobvaragʻida jamiyat aʼzolarining taʼsis hujjatlarida belgilangan aʼzolik badallari aks ettiriladi.
Aʼzolik badallarining kelib tushishi 8830 “Aʼzolik badallari” hisobvaragʻining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
372. 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” hisobvaragʻida maqsadli vazifalarni bajarish uchun soliq toʻlashdan ozod qilingan summalar aks ettiriladi.
Soliq toʻlashdan ozod qilingan summalar budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
373. 8890 “Boshqa maqsadli tushumlar” hisobvaragʻining kreditida boshqa maqsadlarga moʻljallangan tushumlar pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (8800) boʻyicha analitik hisob maqsadli mablagʻlarning yoʻnalishi va moliyalashtirish manbalari boʻyicha alohida yuritiladi.
374. Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (8800) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Ajratilgan grant va subsidiyalar haqida xabarnoma olinishi
4890
8810, 8820
2.
Grant va subsidiyalar boʻyicha mablagʻlar olinishi
5110-5530
4890
3.
Tegishli tuzilmalarning qaroriga muvofiq berilgan grant va subsidiya summasi tashkilot ustav kapitali hajmini koʻpaytirishga yoʻnaltirilishi
8810, 8820
8310, 8320, 8330, 8420
4.
Tegishli tuzilmalarning qaroriga muvofiq ilgari berilgan grant va subsidiya summasi tashkilot rezerv kapitali hajmining koʻpayishiga yoʻnaltirilishi
8810, 8820
8530
5.
Aʼzolik badallari va boshqa maqsadli tushumlar kelib tushishi
5010-5530
8830
6.
Soliqqa tortishdan ozod qilish natijasida vujudga kelgan boʻsh pul mablagʻlari hisobga olinishi
6410
8840
7.
Soliqqa tortishdan ozod qilish boʻyicha imtiyozli davrning tugashi natijasida vujudga kelgan boʻsh pul mablagʻlari hisobdan chiqarilishi
8840
8530
8.
Boshqa maqsadli tushumlar kelib tushishi
5010-5530
8890
Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari (8900)
375. Xarajatlar va toʻlovlarni xarajatlarga bir maromda olib borish maqsadida oʻrnatilgan tartibda rezerv qilingan summalarning holati va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish 8900 “Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari” hisobvaragʻida amalga oshiriladi.
Rezervlarni hisoblash operatsiyalari 8910 “Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari” hisobvaragʻining kreditida va xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida aks ettiriladi.
Rezerv qilingan summalar hisobidan amalga oshirilgan haqiqiy xarajatlar va toʻlovlar summasi zaxiralar miqdorini kamaytirib, 8910 “Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari” hisobvaragʻining debetida xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi.
U yoki bu rezervning tashkil qilinishi va mablagʻlarning foydalanilishi vaqti-vaqti bilan (yilning oxirida albatta) meʼyor, hisoblar va boshqalarga asosan tekshirilib turiladi, zaruriyat tugʻilganda toʻgʻrilanadi (korrektura).
8910 “Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlari” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob har bir rezerv turlari boʻyicha alohida yuritiladi.
376. Kelgusi xarajatlar va toʻlovlar rezervlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (8900) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Kelgusi xarajatlar va toʻlovlarning rezervlari tashkil qilinishi
Xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar
8910
2.
Tashkilotning ishlab chiqarish sexlari va xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar tomonidan asosiy vositalarni taʼmirlash uchun va boshqa bajarilgan ishlar, xizmatlar qiymati hisobga olinishi
8910
2010, 2310,
2510, 2710
3.
Hisoblangan kelgusi xarajatlar zaxiralarining foydalanilmay qolgan summasi tashkilot daromadiga qoʻshilishi
8910
9390
4-bob. Daromadlar va xarajatlar
377. Ushbu bobning hisobvaraqlari hisobot davridagi tashkilot faoliyati moliyaviy natijalarining shakllanishi va ishlatilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
378. Moliyaviy natijalarni shakllantirish uchun alohida daromadlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar va alohida xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar ishlatiladi. Mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni sotishdagi qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz va boshqa toʻlovlar olinadigan hisobvaraqlar yoki pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida va budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (6400) kreditida aks ettiriladi.
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlar (9000)
379. Tayyor mahsulot, tovar, bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar, shuningdek, sotilgan tovarlarning qaytishi, sotish va baholardan chegirmalar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”;
9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”;
9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar”;
9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”.
380. 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” hisobvaraqlarining kreditida tashkilotning asosiy faoliyati (tayyor mahsulotlar, tovarlarni sotish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish)dan daromadlar olinadigan hisobvaraqlar va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi. Biroq, oldingi hisobot davrlarida olingan, ammo joriy hisobot davriga tegishli boʻlgan daromad summalari 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni sotishda 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” hisobvaraqlarida sotishdan tushgan sof tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” hisobvaraqlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)” hisobvaragʻi bilan yopiladi.
381. 9040 “Sotilgan tovarlar (mahsulotlar)ning qaytishi” hisobvaragʻi sotilgan mahsulot va tovarlarning qaytishini hisobga olish uchun foydalaniladi. Bu hisobvaraq asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9000) guruhiga kontr-passiv hisobvaraq hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar va tovarlar sotishdan daromadni kamaytiradi. 9040 “Sotilgan tovarlar (mahsulotlar)ning qaytishi” hisobvaragʻining debetida qaytarilgan tovarlar (mahsulotlar) qiymati quyidagi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi:
xaridorlar va buyurtmachilar tomonidan qaytarilgan tovarlar (mahsulotlar)ning qiymati pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan;
qaytarilgan tovarlar (mahsulotlar) boʻyicha bekor qilingan debitorlik qarzlari summasi olinadigan hisobvaraqlar bilan;
tovarlar (mahsulotlar) uchun xaridorlar va buyurtmachilardan olingan toʻlovlar va boʻnaklar boʻyicha vujudga kelgan qarz summasi toʻlanadigan hisobvaraqlar bilan.
Bunda, oldin hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi boʻyicha budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlarining debeti va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar, olinadigan hisobvaraqlarning kreditida yozuv amalga oshiriladi. Qaytarilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxi tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlarining debetida va sotilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxini hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlarining kreditida aks ettiriladi.
382. 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” hisobvaragʻi shartnoma shartlariga muvofiq berilgan sotuv chegirmalari, shuningdek, sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larda aniqlangan yaroqsizliklar va boshqalar natijasida berilgan narx chegirmalarni hisobga olish uchun foydalaniladi. Ushbu hisobvaraq asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9000) guruhiga kontr-passiv hisobvaraq hisoblanadi va uning debet aylanmasi mahsulotlar va tovarlarni sotishdan, ish bajarishdan va xizmat koʻrsatishdan daromadlarni kamaytiradi. 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” hisobvaragʻining debetida sotuv va narxlardan berilgan chegirmalarning summasi tegishli olinadigan hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9000) boʻyicha analitik hisob sotilgan mahsulotlar (tovarlar), bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlarning har bir turi boʻyicha alohida yuritiladi. Bundan tashqari, analitik hisobni sotuvning geografik segmentlari (hududlar) va tashkilotni boshqarish uchun zarur boʻlgan boshqa segmentlar boʻyicha yuritish mumkin.
383. Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (9000) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Joʻnatilgan mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar (QQS, aksizlardan tashqari) uchun xaridorlarga taqdim etilgan hisob-kitob hujjatlaridagi summaga
4010, 4020
9010, 9020, 9030
2.
Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni naqd pulga sotish
5010, 5020
9010, 9020, 9030
3.
Tashkilot xodimiga mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar (jumladan maxsus kiyimlar) sotilishi
4790
9010, 9020, 9030
4.
Dividendlar mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan toʻlanishi
6610
9010, 9020, 9030
5.
Vositachilik operatsiyalari boʻyicha vositachilik mukofotlari summasi
4010
9010
6.
Mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga sotilishi
4120
9010, 9020, 9030
7.
Kechiktirilgan daromadlar summasi ular taalluqli boʻlgan hisobot davri kelganda sotish hajmiga kiritilishi
6230
9010, 9020, 9030
8.
Sotilgan tovarlar (mahsulotlar)ning qaytishi
9040
4010
9.
Sotishdan va narxdan chegirmalar berish
9050
4010
10.
Hisobot davrining oxirida 9040 “Sotilgan tovarlar (mahsulotlar)ning qaytishi” hisobvaragʻining yopilishi
9010, 9020
9040
11.
Hisobot davrining oxirida 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” hisobvaragʻining yopilishi
9010, 9020,9030
9050
12.
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi
9010, 9020. 9030
9910
Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxi (9100)
384. Sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”;
9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”;
9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi”;
9140 “Davriy hisobda tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish/xarid qilish”;
9150 “Davriy hisobda tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha tuzatishlar”.
385. Tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlar sotilganda, sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlarning tannarxi 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9110 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” hisobvaraqlarining debetida tayyor mahsulotlarni (2800), tovarlarni (2900) hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
386. Hisobot davrining oxirida 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” hisobvaraqlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)” hisobvaragʻi bilan yopiladi.
387. Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi hisobvaraqlardan (9100) amalda foydalanish tashkilotda qoʻllaniladigan tovar-moddiy zaxiralarning hisob usuliga, yaʼni, tovar-moddiy zaxiralarning uzluksiz yoki davriy hisobiga bogʻliq.
388. Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish usuli qoʻllanilganda har bir mahsulot yoki tovarning tannarxi uning ishlab chiqarish jarayonidagi harakatiga qarab xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda toʻplanadi.
389. Tovar-moddiy zaxiralarni davriy hisobga olish usulidan foydalanilganda, har bir mahsulot (tovar)ning tannarxi hisobot davri davomida vaqtinchalik 9140 “Davriy hisobda tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish/xarid qilish” hisobvaragʻida yigʻiladi, biroq sotilgan mahsulotlar, tovarlarning haqiqiy tannarxini faqat tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiya qilingandan soʻng aniqlash mumkin. 9150 “Davriy hisobda tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha tuzatishlar” hisobvaragʻi hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijasida tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligini aks ettirish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik hisobvaraqdir. Mazkur hisobvaraqning debeti boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarning kamayishi, krediti boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarning oʻsishi tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1000 — 2900) bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
9150 “Davriy hisobda tovar-moddiy zaxiralar boʻyicha tuzatishlar” hisobvaragʻining qoldigʻi 9910 “Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)” hisobvaragʻiga oʻtkazilishi orqali yopiladi.
390. Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (9100) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi
9110
2810 — 2830
2.
Chiqib ketayotgan hayvonlarning tannarxi
9110
1110, 1120
3.
Sotilgan oʻzida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning tannarxi
9110
2110
4.
Sotilgan tovarlarning tannarxi
9120
2910-2990
5.
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatuvchi xoʻjalik sexlarining bajargan ishlari va koʻrsatgan xizmatlarining tannarxi
9130
2010, 2310, 2710
6.
Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish (davriy hisobga olish usulida)
9140
6010
7.
Hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijalari boʻyicha tovar-moddiy zaxiralar hisobvaraqlari boʻyicha saldolarga tuzatishlar qilindi:
a) material zaxiralarning:
oʻsishi;
1010-1090
9150
kamayishi;
9150
1010-1090
b) tugallanmagan ishlab chiqarishning:
oʻsishi;
2010
9150
kamayishi;
9150
2010
v) tayyor mahsulotlarning:
oʻsishi;
2810
9150
kamayishi;
9150
2810
g) tovarlarning:
oʻsishi;
2910-2990
9150
kamayishi.
9150
2910-2990
8.
Hisobot davrining oxirida 9140 hisobvaragʻining yopilishi
9910
9140
9.
Hisobot davri oxirida 9150 hisobvaragʻining yopilishi
9910
(9150)
9150
(9910)
10.
Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (9100) yopilishi
9910
9110, 9120, 9130
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi (9200)
391. Tashkilotga tegishli asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi (tugatish, sotish, ayirboshlash, tekinga berish, ulush sifatida ustav kapitaliga berish, nodavlat notijorat tashkilot mulkini shakllantirishda mulkiy badal sifatida berish, moliyaviy ijara, shu jumladan lizing shartnomasi boʻyicha berish, aniqlangan kamomad yoki yoʻqotish, ishtirokchining yuridik shaxs ishtirokchilari tarkibidan chiqishida asosiy vositalar bilan hisob-kitob qilish hollarda) toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”;
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi:
davlat ishtirokidagi korxonalarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq taʼsischisi (ishtirokchi) bilan kelishgan holda;
(391-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3593-1, 24.09.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)
boshqa tashkilotlarda qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoki taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
(391-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3593-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)
(391-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3593-1, 24.09.2025-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)
392. 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining debeti boʻyicha chiqib ketgan asosiy vosita obyektlarining boshlangʻich qiymati, shuningdek, asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar aks ettiriladi.
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining kreditiga asosiy vositalar obyektlarini sotishdan olingan tushumlar va hisobdan chiqarish natijasida sotish va foydalanish mumkin boʻlgan bahoda kelib tushgan materiallarning qiymati, asosiy vositalarning qayta baholash natijalari summasi (saldo), shuningdek, chiqib ketgan asosiy vositalar obyektlari boʻyicha chiqib ketish vaqtida hisoblangan eskirish summalari olib boriladi.
Asosiy vositalarni sotishdan tushumlar 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining kreditida olinadigan hisobvaraqlar va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Joriy hisobot davrida asosiy vositalarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasi 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻining debeti hamda 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi. Asosiy vositalarning chiqib ketishidan olingan foyda summasi 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining debeti hamda 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
Asosiy vositalar obyektlarini moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berish natijasida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaragʻida yuzaga keladigan va kechiktirilgan daromadlarga tegishli boʻlgan foyda summasi 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” (joriy qismi) yoki 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” (uzoq muddatli qismi) hisobvaragʻiga hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalar obyektlarining kamomadi yoki yoʻqotish hollarida qiymatliklar kamomadi sifatida aks ettiriladigan qoldiq qiymati 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining krediti boʻyicha 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi. Aniq aybdor aniqlangandan keyin kamomad va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar summasi 4730 “Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi” hisobvaragʻining debetiga, aniq aybdorlar aniqlanmagan holda esa 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻining debetiga 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yoʻqotishlar” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda olib boriladi.
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi boʻyicha analitik hisob chiqib ketayotgan asosiy vositalarning inventar obyektlari boʻyicha alohida yuritiladi.
393. 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining debetida chiqib ketayotgan aktivlarning balans qiymati, shuningdek, shu bilan bogʻliq amalga oshirilgan xarajatlar (komission mukofotlar va hokazolar) aks ettiriladi.
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining kreditiga aktivlarni sotishdan tushum, yaʼni sotilgan mulk uchun tashkilotga tegishli boʻlgan summa olib boriladi. Nomoddiy aktivlar obyektlarining sotilishi va turli chiqib ketishida 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining kreditiga, shuningdek, ushbu obyektlar boʻyicha chiqib ketish vaqtigacha hisoblangan eskirish summasi, nomoddiy aktivlarning eskirishini hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlar (0500) bilan bogʻlangan holda hisobdan chiqariladi.
Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan koʻrilgan zarar summasi 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻining debeti hamda 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi. Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan olingan foyda summasi 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻining debeti hamda 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
394. Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (9200) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
Tugatish, sotish, ayirboshlash, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijara, shu jumladan lizing shartnomasi boʻyicha berish, kamomad yoki yoʻqolishining aniqlanishi, ishtirokchining yuridik shaxs ishtirokchilari tarkibidan chiqishida asosiy vositalar bilan hisob-kitob qilish natijasida chiqib ketayotgan asosiy vositalar obyektlarining boshlangʻich qiymatini hisobdan chiqarish
9210
0110-0190
2.
Chiqib ketayotgan asosiy vositalar boʻyicha eskirishning hisobdan chiqarilishi
0210-0290
9210
3.
Asosiy vositalarning berilayotgan obyektining qoldiq qiymati boʻyicha qoʻshimcha toʻlovsiz ayirboshlab olingan asosiy vositalar obyektining kirim qilinishi
0100
9210
4.
Pul mablagʻlari yoki ularning ekvivalentlarini qoʻshimcha toʻlab ayirboshlab olingan asosiy vositalar obyektining kirim qilinishi
0100
6990
9210
(qoldiq qiymatiga)
5.
Pul mablagʻlari yoki ularning ekvivalentlarini olgan holda ayirboshlab olingan asosiy vositalar obyektini kirim qilinishi
0100
4890
9210
(qoldiq qiymatiga)
6.
Taʼsis shartnomasiga yoki qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa hujjatlarga asosan asosiy vositalarni boshqa tashkilotlarning ustav kapitaliga ulush sifatida belgilangan qiymat boʻyicha berilishi
0600
9210
7.
Chiqib ketayotgan asosiy vositalarning qayta baholash natijalari summasini (saldo) hisobdan chiqarilishi
8510
9210
8.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bogʻliq yordamchi ishlab chiqarishning xizmatlari va xarajatlari hisobdan chiqarilishi
9210
2310
9.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi boʻyicha operatsiyalarda ishtirok etayotgan ishchilarga ish haqi hisoblanishi
9210
6710
10.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi boʻyicha operatsiyalarda ishtirok etayotgan ishchilarga hisoblangan ish haqi summasidan ijtimoiy sugʻurta ajratmalari amalga oshirilishi
9210
6520
11.
Asosiy vositalarning chiqib ketishida koʻrsatilgan xizmatlar uchun boshqa tashkilotlarga boʻlgan qarz
9210
6990
12.
Asosiy vositalar obyektlarini moliyaviy ijaraga berish natijasida hosil boʻlgan kelgusi davr daromadlari hisobdan chiqarilishi
9210
6230, 7230
13.
Mavjud asosiy vositalar obyektlari moliyaviy ijarasining toʻliq muddati davomida olinadigan ijara toʻlovlari summasi (ijaraga beruvchida)
0920
9210
14.
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan qolgan materiallarning kirim qilinishi
1010-1090
9210
15.
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan bankka kelib tushgan tushum (naqdsiz hisob-kitoblar boʻyicha)
5110
9210
16.
Asosiy vositalarning sotilgan (realizatsiya) qiymati
4010
9210
17.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi boʻyicha hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga
9210
6410
18.
Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlarining ularga sotilgan asosiy vositalar uchun qarzi
4120
9210
19.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi boʻyicha operatsiyalarning moliyaviy natijalarini aniqlash:
a) foyda;
b) zarar.
9210
9430
9310
9210
20.
Chiqib ketayotgan uzoq va qisqa muddatli investitsiyalar (shu jumladan, inventarizatsiya jarayonida aniqlangan kamomadidan koʻrilgan zarar summasiga)
9220
(5910)
0600,
5800
(9220)
21.
Xaridorlarning ularga sotilgan nomoddiy va boshqa aktivlar uchun qarzi
4010
9220
22.
Nomoddiy va boshqa aktivlar shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga sotilishi
4120
9220
23.
Sotilgan materiallarning tannarxi hisobdan chiqarilishi
9220
1010-1090
24.
Chetga chiqarilgan materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarilishi
9220
1610
25.
Oʻstirishda va boquvda boʻlgan hayvonlarning chetga chiqarilishi
9220
1110, 1120
26.
Qimmatli qogʻozlarni sotish
9220
0610, 5810
27.
Boshqa aktivlarning chiqib ketishi boʻyicha operatsiyalarning moliyaviy natijasini aniqlash:
a) foyda;
9220
9320
b) zarar.
9430
9220
(394-bandning jadvali Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3593-1, 24.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (9300)
395. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”;
9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”;
9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar”;
9340 “Oʻtgan yillar foydalari”;
9350 “Operativ ijaradan daromadlar”;
9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”;
396. Hisobot davrining oxirida asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda summasi 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” hisobvaragʻining kreditida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
397. Hisobot davrining oxirida boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda summasi 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” hisobvaragʻining kreditida 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
398. Xoʻjalik shartnomalarining shartlarini buzganliklari uchun qarzdorlardan undirilgan jarimalar, penya, ustamalar va boshqa jarima turlari, shuningdek, yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha daromadlar 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar” hisobvaragʻining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar yoki olinadigan hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
399. Hisobot davrida aniqlangan oʻtgan yillar foydalari 9340 “Oʻtgan yillar foydalari” hisobvaragʻining kreditida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar yoki tegishli olinadigan hisobvaraqlarining debeti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
400. Mulkni operativ ijaraga berishdan daromadlar 9350 “Operativ ijaradan daromadlar” hisobvaragʻining kreditida 4820 “Operativ ijara boʻyicha olinadigan joriy toʻlovlar” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Mulkni operativ ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan tashkilotlar joriy hisobot davriga tegishli boʻlgan daromad summasi buxgalteriya hisobida 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻining debetida va 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
(400-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3593-1, 24.09.2025-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)
401. Daʼvo muddati oʻtib ketgan kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar” hisobvaragʻining kreditida kreditor va deponent qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
402. 9370 “Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar daromadlari” hisobvaragʻida xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning mahsulot ishlab chiqarishi, ishlar bajarishi va xizmatlar koʻrsatishi bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa daromadlari hisobga olinadi.
403. Pul mablagʻlari va pul ekvivalentlari koʻrinishida tekinga olingan daromadlar 9380 “Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam” hisobvaragʻining kreditida pul mablagʻlari va pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
404. Boshqa operatsion faoliyatdan olingan daromadlar 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” hisobvaragʻining kreditida pul mablagʻlari yoki olinadigan toʻlovlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
405. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (9300) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda
9210
9310
2.
Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda
9220
9320
3.
Shartnoma majburiyatlariga rioya etmaganligi uchun boshqa tashkilotlarga taqdim etilgan jarima, penya va ustamalar summasi
4860
9330
4.
Hisobot davrida aniqlangan oʻtgan yillarning foydalari
4010
9340
5.
Operativ ijara shartnomasi boʻyicha ijara toʻlovlari summasi
4820
9350
6.
Daʼvo muddati oʻtishi bilan kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarilishi
6010
9360
7.
Kreditorlik qarzlar va boshqalarni hisobdan chiqarishdan daromadlar
6910-6990
9360
8.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomadlar boʻyicha baholardagi farqlar moddiy javobgar shaxs hisobiga olib borilishi
4730
9370
9.
Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam
5110-5530
9380
10.
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardagi, umumiy ishlab chiqarish omborlaridagi materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarishning ortiqchalari kirim qilinishi
2010, 2310, 2510, 2710
9390
11.
Oldin hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlaridan olingan daromadlar
Olinadigan hisobvaraqlar
9390
12.
Mulk sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta tashkilotlaridan kelib tushgan sugʻurta toʻlovlari
4510
9390
13.
Shubhali qarzlar boʻyicha sarflanmagan zaxira summasining ushbu zaxira tashkil qilingan yildan keyingi yilning foydasiga qoʻshilishi
4910
9390
14.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha mahsulotlar, tovarlarning kirim qilinishi
2810-2890, 2910-2990
9390
15.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan tugallanmagan qurilishdagi, uzoq va qisqa muddatli investitsiyalardagi ortiqchalar
0810-0890, 0600, 5800
9390
16.
Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan talab qilinmagan boʻnak summalarining hisobdan chiqarilishi
6310-6390
9390
17.
Hisobot davrining oxirida asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi
9310-9390
9910
Davr xarajatlar (9400)
406. Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan sotish xarajatlari, boshqaruv xarajatlari, boshqa operatsion xarajatlar, shuningdek, kelgusida soliq solinadigan bazadan chegiriladigan hisobot davri xarajatlari toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9410 “Sotish xarajatlari”;
9420 “Maʼmuriy xarajatlar”;
9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”.
407. 9410 “Sotish xarajatlari” hisobvaragʻida mahsulotni sotish boʻyicha xarajatlar, yaʼni, mahsulotni isteʼmolchiga yetkazib berish bilan bogʻliq, transport vositalariga ortish, marketing bilan shugʻullanuvchi xodimlar va boʻlimlarning xarajatlari va boshqalar aks ettiriladi.
408. Hisobot davrining oxirida 9410 “Sotish xarajatlari” hisobvaragʻi 9910 “Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda yopiladi.
409. 9420 “Maʼmuriy xarajatlar” hisobvaragʻida tashkilotni boshqarish boʻyicha xarajatlar, boshqaruv xodimlarining ish haqi xarajatlari, umumiy boshqaruv ahamiyatiga molik asosiy vositalarni taʼmirlash xarajatlari, umumxoʻjalik ahamiyatidagi binolarning ijara toʻlovlari va boshqa xarajatlar hisobga olinadi. Hisobot davrining oxirida 9420 “Maʼmuriy xarajatlar” hisobvaragʻi 9910 “Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda yopiladi.
410. 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari, axborot, auditorlik va maslahat xizmatlari uchun toʻlov xarajatlari, ish haqi hisoblashda hisobga olinmaydigan kompensatsiyalash va ragʻbatlantirish ahamiyatiga molik toʻlovlar, bank va depozitariy xizmatlarining toʻlovlari, zararlar, jarimalar, penyalar va boshqa operatsion faoliyat jarayonida vujudga keladigan, ishlab chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat va favqulodda xarajatlar moddalarining belgilari boʻlmagan boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
411. Hisobot davrining oxirida 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvaragʻi 9910 “Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda yopiladi.
412. Davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (9400) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Mahsulotlarni joʻnatish boʻyicha transport xarajatlari
9410
6990
2.
Chetdan reklama va marketing xizmatlari
9410
6010
3.
Savdo jarayonida ishlatilayotgan asosiy vositalarning eskirishi
9410
0210-0299
4.
Savdo jarayonida ishlatilayotgan nomoddiy aktivlarning eskirishi
9410
0510-0590
5.
Boshqaruv xodimlarining ish haqi xarajatlari
9420
6710
6.
Boshqaruv ahamiyatiga molik asosiy vositalarning eskirishi
9420
0210-0299
7.
Boshqaruv binosining ijara toʻlovi
9420
6910
8.
Boshqaruv ehtiyojlari uchun materiallar sarflanishi
9420
1010-1090
9.
Transport tashkilotlarining xizmati
9420
6010
10.
Xizmat safarlari va vakillik xarajatlari
9420
4220, 4230
11.
Yuridik shaxsning yuqori tashkiloti va birlashmalarini saqlashga ajratmalar
9420
6120
12.
Bank va auditorlik xizmatlari uchun toʻlovlar
9430
6990
13.
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan zararlar
9430
9210, 9220
14.
Aybdor shaxsni aniqlash imkoni boʻlmagan holdagi kamomadlar va yoʻqotishlar
9430
5910
15.
Shubhali qarzlar boʻyicha zaxira hisoblanishi
9430
4910
16.
Soliq idoralari qaroriga koʻra jarima hisoblanishi
9430
6410
17.
Tashkilot balansida boʻlgan oliy oʻquv yurtlarini saqlash uchun ajratmalar
9430
6110
18.
Tashkilot xodimlari uchun dam olish uylari va sanatoriylarga yoʻllanmalar toʻlanishi
9430
5110-5530
19.
Bekor qilingan buyurtmalar boʻyicha xarajatlar hisobdan chiqarilishi
9430
2010
20.
Oʻtgan yillar operatsiyalaridan koʻrilgan zararlar
9430
Olinadigan hisobvaraqlar
21.
Xoʻjalik shartnomalarini buzganlik uchun jarimalar
9430
6960
22.
Mahalliy transportdan foydalanish uchun yoʻl hujjatlari toʻlanishi
9430
5110-5530
23.
Tovar-moddiy zaxiralarning sotilishi boʻyicha bahoning kamayish natijalari hisobdan chiqarilishi
9430
3190
24.
Quyidagi ishlarda foydalanilgan asosiy vositalarning eskirishi va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi:
a) yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun moʻljallangan ishga tushirish ishlarida;
9430
0210-0299,
b) seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarishga moʻljallanmagan yangi texnologik jarayonlarni oʻzlashtirishga xizmat koʻrsatishda
0510-0590
25.
Hisobot davri oxirida davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi
9910
9410-9430
Moliyaviy faoliyat boʻyicha daromadlar (9500)
413. Moliyaviy faoliyat boʻyicha daromadlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9510 “Royalti koʻrinishidagi daromadlar”;
9520 “Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar”;
9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar”;
9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”;
9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”;
9560 “Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar”;
9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”.
414. Royalti koʻrinishida olingan daromadlar 9510 “Royalti koʻrinishidagi daromadlar” hisobvaragʻining kreditida 4850 “Olinadigan royalti” yoki pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
415. Oʻzbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa tashkilotlar faoliyatida ulush bilan ishtirok etishdan olingan daromadlar, tashkilotga tegishli boʻlgan aksiyalar boʻyicha dividendlar 9520 “Dividendlar koʻrinishidagi daromadlar” hisobvaragʻining kreditida 4840 “Olinadigan dividendlar” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
416. Uzoq muddatli va joriy investitsiyalar boʻyicha foizlar koʻrinishidagi daromadlar 9530 “Foizlar koʻrinishidagi daromadlar” hisobvaragʻining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
417. 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” hisobvaragʻida balansning monetar moddalari boʻyicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi. Chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha ijobiy kurs farqi, shu jumladan, buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholash farqlari 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
418. Mulkni moliyaviy ijaraga berishdan olingan daromadlar 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar” hisobvaragʻining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”, pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar va boshqa tegishli hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Mulkni moliyaviy ijaraga berish asosiy faoliyati hisoblangan tashkilotlar joriy hisobot davrida hisoblangan daromad summasi buxgalteriya hisobida 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan toʻlovlar” hisobvaragʻining debetida va 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” hisobvaragʻining kreditida aks ettiriladi.
(418-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 26-avgustdagi 282-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3593-1, 24.09.2025-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son)
419. Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar 9560 “Qimmatli qogʻozlarni qayta baholashdan daromadlar” hisobvaragʻining kreditida qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
420. 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” hisobvaragʻida moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari aks ettiriladi.
421. Moliyaviy faoliyat boʻyicha daromadlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (9500) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Royalti boʻyicha olinadigan summalar
4850
9510
2.
Boshqa tashkilotlarda ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, tashkilotga tegishli boʻlgan aksiyalar boʻyicha dividendlar
4840
9520
3.
Qarz majburiyatlari boʻyicha foizlar
4830
9530
4.
Balansning monetar moddalarini qayta hisoblashdan ijobiy kurs farqlari
Pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar, olinadigan hisobvaraqlar, majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar va boshqalar
9540
5.
Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha hisoblangan foizlar summasi
4830
9550
6.
Qimmatli qogʻozlarni qayta baholash (qiymatining oshirilishi)
5810
9560
7.
Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi
9510-9590
9910
Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar (9600)
422. Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlar toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar”;
9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”;
9630 “Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlar”;
9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar”.
423. Banklar, mol yetkazib beruvchilarning kreditlari va qarzlar, moliyaviy ijara boʻyicha foizlar va boshqa foiz toʻlovi xarajatlari 9610 “Foizlar koʻrinishidagi xarajatlar” hisobvaragʻining debetida 6920 “Hisoblangan foizlar” yoki pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
424. 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” hisobvaragʻida salbiy kurs farqi va balansning monetar moddalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar aks ettiriladi. Chet el valyutasi operatsiyalari boʻyicha salbiy kurs farqlari, shu jumladan, buxgalteriya balansini tuzish sanasiga chet el valyutasidagi qarzlarni qayta hisoblashdan farq 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar” hisobvaragʻining debetida pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar, olinadigan hisobvaraqlar va majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
425. Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish bilan bogʻliq xarajatlar 9630 “Qimmatli qogʻozlarni chiqarish va tarqatish boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻining debetida majburiyatlar va pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
426. 9690 “Moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar” hisobvaragʻida moliyaviy faoliyat boʻyicha boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
427. Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (9600) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Kreditlar va qarzlar boʻyicha foizlar hisoblanishi
9610
6920
2.
Asosiy vositalarning moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha foizlar hisoblanishi
9610
6920
3.
Balansning monetar moddalarini qayta baholashdan salbiy kurs tafovutlari
9620
xorijiy valyutadagi pul mablagʻlarining hisobvaraqlari, xorijiy valyutada olish uchun hisobvaraqlar, xorijiy valyutadagi majburiyatlarni hisobga olish hisobvaraqlari va boshqalar
4.
Qimmatli qogʻozlarga investitsiyalarni qayta baholash (qiymatining kamaytirilishi) natijasida koʻrilgan zararlar va boshqalar
9690
5810-5890
5.
Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi
9910
9610-9690
Favqulodda vaziyatlardan olingan foyda (zarar) (9700)
428. Tashkilotning odatiy xoʻjalik faoliyatidan keskin farq qiladigan favquloddagi hodisalar (tasodif, kutilmagan va odatiy boʻlmagan zarar va yoʻqotishlar) natijasida vujudga keladigan foyda va zararlar hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:
429. Favqulodda hodisalardan foyda 9710 “Favqulodda vaziyatlardan olingan foydalar” hisobvaragʻining kreditida tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar, olinadigan hisobvaraqlar yoki pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
430. Favqulodda hodisalardan zarar 9720 “Favqulodda vaziyatlardan koʻrilgan zararlar” hisobvaragʻining debetida uzoq muddatli va joriy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9710 “Favqulodda vaziyatlardan olingan foydalar”, 9720 “Favqulodda vaziyatlardan koʻrilgan zararlar” hisobvaraqlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda yopiladi.
9710 “Favqulodda vaziyatlardan olingan foydalar”, 9720 “Favqulodda vaziyatlardan koʻrilgan zararlar” hisobvaraqlari boʻyicha analitik hisob favqulodda vaziyatlardan olingan foyda va koʻrilgan zararlarning nomlari boʻyicha yuritiladi.
431. Favqulodda vaziyatlardan olingan foyda (zarar)larni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (9700) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Favqulodda hodisa (tabiiy ofat) natijasida uskunalar, materiallar, tovarlar kirim qilinishi
0710-0720, 1010-1090, 2910-2990
9710
2.
Tabiiy ofatdan keyin oʻtkazilgan inventarizatsiya natijasida aniqlangan uskunalarning kamomadi
9720
0710-0720
3.
Tabiiy ofat tufayli yoʻqotilgan turli xil moddiy qiymatliklar hisobdan chiqarilishi
9720
1010-1090, 1110-1120
4.
Tabiiy ofat tufayli tugallanmagan ishlab chiqarishdagi yoʻqotishlar
9720
2010, 2110, 2310
5.
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklarning tabiiy ofatdan koʻrgan zarari hisobdan chiqarilishi
9720
2720
6.
Tabiiy ofatlar natijasida tayyor mahsulot, tovarlarning yoʻqotilishi
9720
2810-2890, 2910-2990
7.
9710 “Favqulodda vaziyatlardan olingan foydalar” hisobvaragʻining yopilishi
Soliq majburiyatlarinitoʻlash uchun foydaning ishlatilishi (9800)
432. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan foyda soligʻi boʻyicha yil davomida hisoblangan boʻnak toʻlovlari va qayta hisoblash boʻyicha haqiqatda foydadan toʻlovlarni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar foydalaniladi:
9810 “Foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar”;
9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliq majburiyatlari boʻyicha xarajatlar”.
433. Yil davomida foydadan soliq va boshqa soliq majburiyatlar boʻyicha hisoblangan toʻlovlar 9810 “Foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan hisoblanadigan boshqa soliq majburiyatlari boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻining debetida budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni (turlari boʻyicha) hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi.
Hisobot davri tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzilganda 9810 “Foyda soligʻi boʻyicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliq majburiyatlari boʻyicha xarajatlar” hisobvaragʻi 9910 “Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda yopiladi.
Soliqlar va boshqa soliq majburiyatlarini toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar boʻyicha analitik hisob soliq majburiyatlari turlari boʻyicha yuritiladi.
434. Soliqlar va boshqa soliq majburiyatlarini toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (9800) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Foydadan budjetga toʻlovlar boʻyicha yil davomida hisoblangan summalar
9810, 9820
6410
2.
Hisobot davrining oxirida soliqlar va boshqa soliq majburiyatlarini toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi
9910
9810, 9820
Yakuniy moliyaviy natija (9900)
435. 9910 “Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)” hisobvaragʻi hisobot yilida tashkilot faoliyati yakuniy moliyaviy natijasining shakllanishi toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi. Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda daromadlarni ushbu faoliyat turlari boʻyicha xarajatlar summasiga kamaytirilishidan yuzaga keladi. 9910 “Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)” hisobvaragʻining debetida tashkilotning xarajat (zarar)lari, kreditida esa foydalari aks ettiriladi. Hisobot davridagi debet va kredit aylanmasi taqqoslanishi hisobot davrining sof foydasi (zarari)ni koʻrsatadi.
Har bir hisobot davri oxirida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)” hisobvaragʻining debeti va krediti boʻyicha aylanmalar yigʻiladi va hisobot davrining yakuniy moliyaviy natijasini ifodalovchi ushbu hisobvaraq boʻyicha saldo summasi hisoblab chiqariladi.
Hisobot davrining tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzishda 9910 “Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar)” hisobvaragʻi 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda yopiladi.
436. Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (9900) boshqa hisobvaraqlar bilan bogʻlanishiga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
T/r
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni
Hisobvaraqlarning bogʻlanishi
Debet
Kredit
1.
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi
9010, 9020, 9030
9910
2.
Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar tannarxini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi
9910
9110-9150
3.
Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi
9310-9390
9910
4.
Davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi
9910
9410-9440
5.
Moliyaviy faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi
9510-9590
9910
6.
Moliyaviy faoliyat boʻyicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi
9910
9610-9690
7.
9710 “Favqulodda vaziyatlardan olingan foydalar” hisobvaragʻining yopilishi
Soliqlar va boshqa soliq majburiyatlarini toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi
9910
9810-9820
10.
Hisobot yilining sof foydasi
9910
8710
11.
Hisobot yilining sof zarari
8710
9910
5-bob. Balansdan tashqari hisobvaraqlar
437. Ushbu bobning hisobvaraqlari tashkilotga tegishli boʻlmagan, lekin vaqtinchalik foydalanayotgan yoki ixtiyorida boʻlgan (operativ ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalar, masʼul saqlashga va qayta ishlovga qabul qilingan moddiy qiymatliklar va boshqa) mavjud qiymatliklar, shartli huquq va majburiyatlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish, shuningdek, alohida xoʻjalik operatsiyalari ustidan nazorat qilish uchun foydalaniladi.
Mazkur hisobvaraqlarda qiymatliklarning buxgalteriya hisobi oddiy tizim boʻyicha yuritiladi.
Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar (001)
438. 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” hisobvaragʻi tashkilot tomonidan operativ ijara shartnomasi boʻyicha olingan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish uchun foydalaniladi. Ijaraga olingan asosiy vositalar 001 “Operativ ijaraga olingan asosiy vositalar” hisobvaragʻida shartnomada koʻrsatilgan bahoda yuritiladi. Mazkur hisobvaraq boʻyicha analitik hisob ijaraga beruvchilar boʻyicha va har bir ijaraga olingan asosiy vositalar obyektlari (ijaraga beruvchining inventar raqamlari) boʻyicha yuritiladi.
Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy zaxiralar (002)
439. 002 “Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy zaxiralar” hisobvaragʻi masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi. Tovar-moddiy zaxiralar 002 “Masʼul saqlashga qabul qilingan tovar-moddiy zaxiralar” hisobvaragʻida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki hisobvaraq-fakturada koʻrsatilgan baholarda hisobga olinadi. Mazkur hisobvaraq boʻyicha analitik hisob tashkilotlar, turlari, navi va saqlash joyi boʻyicha yuritiladi.
Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar (003)
440. 003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” hisobvaragʻi ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan toʻlov amalga oshirilmaydigan va qayta ishlash uchun berilgan buyurtmachining xom ashyo va materiallarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi. Xom ashyo va materiallarni qayta ishlash yoki qoʻshimcha ishlov berish (buyurtmachining xom ashyo va materiallarining qiymatidan tashqari) xarajatlarining hisobi xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda yuritiladi.
Qayta ishlovga qabul qilingan buyurtmachining xom ashyo va materiallari 003 “Qayta ishlovga qabul qilingan materiallar” hisobvaragʻida shartnomada koʻrsatilgan baholarda hisobga olinadi.
Mazkur hisobvaraq boʻyicha analitik hisob buyurtmachilar, xom ashyo va materiallarning turlari, navlari va ularni saqlash joylari boʻyicha yuritiladi.
Vositachilik shartnomasi boʻyicha qabul qilingan tovarlar (004)
441. 004 “Vositachilik shartnomasi boʻyicha qabul qilingan tovarlar” hisobvaragʻi shartnomaga muvofiq vositachilik shartnomasi boʻyicha qabul qilingan tovarlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi. Ushbu hisobvaraqdan komissioner tashkilotlar foydalanadi.
Vositachilik shartnomasi boʻyicha qabul qilingan tovarlar 004 “Vositachilik shartnomasi boʻyicha qabul qilingan tovarlar” hisobvaragʻida qabul qilish-topshirish dalolatnomalarida koʻrsatilgan narxlarda hisobga olinadi.
Mazkur hisobvaraq boʻyicha analitik hisob tovarlarning turlari va tashkilot — komitentlar boʻyicha yuritiladi.
Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar (005)
442. 005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar” hisobvaragʻi pudratchi tashkilotlar tomonidan montaj uchun buyurtmachidan olingan barcha turdagi uskunalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi. Ushbu hisobvaraqdan pudratchi tashkilotlar foydalanadi.
Uskunalar 005 “Oʻrnatish uchun qabul qilingan uskunalar” hisobvaragʻida buyurtmachi tomonidan tegishli hujjatlarda koʻrsatilgan bahoda hisobga olinadi.
Mazkur hisobvaraq boʻyicha analitik hisob alohida obyektlar yoki agregatlar boʻyicha yuritiladi.
Qatʼiy hisobdagi blankalar (006)
443. 006 “Qatʼiy hisobdagi blankalar” hisobvaragʻi saqlanayotgan va hisobdorlik asosida beriladigan qatʼiy hisobdagi blankalar — patta daftarchalari, guvohnoma blanklari, diplomlar, turli abonementlar, talonlar, tovarlarni kuzatib boruvchi hujjatlarning varaqlari va shu kabilarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Qatʼiy hisobdagi blankalarga kiritiladigan hujjatlar roʻyxati, ularni saqlash va foydalanish tartibi tashkilot tomonidan oʻrnatiladi.
Qatʼiy hisobdagi blankalar 006 “Qatʼiy hisobdagi blankalar” hisobvaragʻida shartli baholarda hisobga olinadi.
Mazkur hisobvaraq boʻyicha analitik hisob qatʼiy hisobdagi blankalarning har bir turi va ularni saqlash joylari boʻyicha yuritiladi.
Toʻlovga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarz (007)
444. 007 “Toʻlovga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarzi” hisobvaragʻi qarzdorlarning toʻlovga qobiliyatsizligi tufayli zararga hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlarining holati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi. Bunday qarz hisobdan chiqarilgan paytidan boshlab besh yil davomida qarzdorlarning mulkiy holati oʻzgargan vaqtda qarzni undirib olish imkoniyatini kuzatib borish uchun balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olinishi lozim.
Oldin zararga hisobdan chiqarilgan qarzni undirib olish natijasida kelib tushgan summaga pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” hisobvaragʻi bilan bogʻlangan holda debetlanadi. Bir vaqtning oʻzida koʻrsatilgan summaga 007 “Toʻlovga qobiliyatsiz debitorlarning zararga oʻtkazilib hisobdan chiqarilgan qarz” hisobvaragʻi kreditlanadi.
Mazkur hisobvaraq boʻyicha analitik hisob har bir qarzdor boʻyicha yuritiladi.
Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — olingan (008)
445. 008 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — olingan” hisobvaragʻi majburiyat va toʻlovlarning bajarilishini taʼminlash uchun olingan kafolatlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Agar kafolatda summa koʻrsatilmagan boʻlsa, buxgalteriya hisobida ushbu summa shartnoma shartidan kelib chiqib aniqlanadi. 008 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — olingan” hisobvaragʻida hisobga olingan taʼminot summasi qarzlarning qoplanishi doirasida hisobdan chiqariladi.
Mazkur hisobvaraq boʻyicha analitik hisob har bir olingan taʼminot boʻyicha yuritiladi.
Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — berilgan (009)
446. 009 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — berilgan” hisobvaragʻi majburiyat va toʻlovlarning bajarilishini taʼminlash boʻyicha berilgan kafolatlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Agar kafolatda summa koʻrsatilmagan boʻlsa, buxgalteriya hisobida ushbu summa shartnoma shartlaridan kelib chiqib aniqlanadi. 009 “Majburiyatlar va toʻlovlarni taʼminlash — berilgan” hisobvaragʻida hisobga olingan taʼminot summasi qarzlarning qoplanishi doirasida hisobdan chiqariladi.
Mazkur hisobvaraq boʻyicha analitik hisob har bir berilgan taʼminot boʻyicha yuritiladi.
Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar (010)
447. 010 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar” hisobvaragʻi moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
010 “Moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar” hisobvaragʻidan moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar ijara muddatining tugashida egasiga qaytarilganda yoki boshqa sabablarga koʻra qaytarib olingan yoki shartnoma muddati tugagandan keyin ijarachi sotib olgan vaqtdan boshlab hisobdan chiqariladi.
Mazkur hisobvaraq boʻyicha analitik hisob har bir moliyaviy ijara shartnomasi boʻyicha berilgan asosiy vositalar boʻyicha alohida asosiy vositalarning hisob inventar kartochkalari boʻyicha yuritiladi.
Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk (011)
448. 011 “Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk” hisobvaragʻi ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulklarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
011 “Ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulk” hisobvaragʻidan ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulklar shartnoma muddati tugashi bilan egasiga qaytarilganda hisobdan chiqariladi.
Mazkur hisobvaraq boʻyicha analitik hisob ssuda shartnomasi boʻyicha olingan mulkning har bir obyekti boʻyicha yuritiladi.
Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chegiriladigan xarajatlar (012)
449. 012 “Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chegiriladigan xarajatlar” hisobvaragʻida mazkur hisobot davridagi soliq solinadigan bazaga kiritiladigan, biroq keyingi hisobot davrlaridagi soliq solinadigan foydadan chegiriladigan xarajatlar aks ettiriladi.
Mazkur hisobvaraqdagi analitik hisob soliq solinadigan bazadan chegiriladigan xarajatlar, ularning miqdori va ular chegiriladigan muddat toʻgʻrisidagi axborotni taʼminlashi lozim.
Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha) (013)
450. 013 “Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi vaqtinchalik soliq solishdan ozod etilgan, maqsadli ishlatilishi koʻzda tutilmagan boʻshagan mablagʻlarning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Budjetga toʻlovning har bir turi boʻyicha hisoblangan boʻshagan mablagʻlar summasi 013 “Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻining debetida aks ettiriladi.
013 “Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻida hisobga olingan imtiyozlar boʻyicha hisoblangan summa “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot”da aks ettirilmaydi va mos ravishda moliyaviy natijalarning shakllanishiga taʼsir etmaydi.
Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlar summasi imtiyoz berilgan davr tugashi bilan mazkur hisobvaraqdan hisobdan chiqariladi. Bunda, boʻshagan mablagʻlar toʻgʻrisidagi maʼlumot imtiyoz muddatining tugashi bilan hisobdan chiqarilgandan keyin tashkilotda 5 yil davomida saqlanishi lozim.
Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari (014)
451. 014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” hisobvaragʻi foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlarining mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Inventar va xoʻjalik jihozlarini foydalanishga berish vaqtida ularning qiymati toʻliq ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga olib boriladi va bir vaqtning oʻzida 014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” hisobvaragʻida aks ettiriladi.
Inventar va xoʻjalik jihozlari keyinchalik foydalanish (ishlatish)ga yaroqsiz boʻlgan holda ularning 014 “Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlari” hisobvaragʻidan hisobdan chiqarilishi tegishli tartibda rasmiylashtirilgan hisobdan chiqarish dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Foydalanishdagi inventar va xoʻjalik jihozlarining saqlanishini taʼminlash maqsadida mazkur hisobvaraq boʻyicha analitik hisob yakka tartibda foydalanuvchilar va sexlar omborlari oraligʻida yuritiladi.
Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasi boʻyicha olingan mol-mulk (015)
452. 015 “Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasi boʻyicha olingan mol-mulk” hisobvaragʻi birgalikdagi faoliyat ishonchli vakilida oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasi ishtirokchilariga tegishli boʻlgan va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun olingan, mol-mulkning mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
015 “Oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasi boʻyicha olingan mol-mulk” hisobvaragʻidan mol-mulk oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasi ishtirokchilaridan oddiy shirkat shartnomasi boʻyicha olingan mol-mulk egasiga qaytarilayotganda hisobdan chiqariladi.
Mazkur hisobvaraq boʻyicha analitik hisob oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasi ishtirokchilariga tegishli boʻlgan har bir mulk obyekti boʻyicha yuritiladi.
Foydalanish huquqi boʻyicha olingan nomoddiy aktivlar (016)
453. 016 “Foydalanish huquqi boʻyicha olingan nomoddiy aktivlar” hisobvaragʻi tashkilot tomonidan vaqtincha foydalanishga olingan nomoddiy aktivlar mavjudligi va harakati toʻgʻrisidagi axborotni umumlashtirish uchun foydalaniladi.
Nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini olish bilan bogʻliq operatsiyalar huquq egasi va foydalanuvchi oʻrtasida tuzilgan, tashkilotga nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini beradigan (masalan, huquq egasi tomonidan tashkilotga tovar belgisidan muayyan muddat mobaynida, maʼlum hududda foydalanish huquqi, mahsulotlar ishlab chiqarish avtomatlashtirilgan boshqaruvining texnologik dasturidan foydalanish huquqi, sanoat namunalaridan foydalanish huquqi va boshqa huquqlarning berilishi) litsenziya shartnomalari, mualliflik shartnomalari va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq tuzilgan boshqa shunga oʻxshash shartnomalar asosida nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini olish boʻyicha operatsiyalar 016 “Foydalanish huquqi boʻyicha olingan nomoddiy aktivlar” balansdan tashqari hisobvaragʻining debeti boʻyicha aks ettiriladi.
Foydalanish huquqida olingan nomoddiy aktivlar 016 “Foydalanish huquqi boʻyicha olingan nomoddiy aktivlar” hisobvaragʻida shartnomada qabul qilingan bahoda hisobga olinadi.
Foydalanish huquqida olingan nomoddiy aktivlar qaytarilganda 016 “Foydalanish huquqi boʻyicha olingan nomoddiy aktivlar” balansdan tashqari hisobvaragʻi kreditlanadi.
Mazkur hisobvaraq boʻyicha analitik hisob huquq egalari va foydalanish huquqi boʻyicha olingan nomoddiy aktivlarning har bir obyekti boʻyicha yuritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-noyabrdagi 191-son buyrugʻiga 2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 9-sentabrdagi 103-son “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (21-son BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1181, 2002-yil 23-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 20-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 28-oktabrdagi 122-son “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1181-1, 2003-yil 12-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 21-22-son).
3. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 28-apreldagi 46-son “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1181-2, 2009-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 22-son, 261-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 28-apreldagi 47-son “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1181-3, 2017-yil 30-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-yil, 22-son, 435-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 23-oktabrdagi 146-son “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son BHMS) “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi va uni qoʻllash boʻyicha yoʻriqnoma”ning 2-ilovasi 211-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1181-4, 2017-yil 10-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2017-y., 10/17/1181-4/0239-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3593/1084-son; 24.09.2025-y., 10/25/3593-1/0872-son; 16.03.2026-y., 10/26/3593-2/0238-son)