1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.17.00 Banklarda buxgalteriya hisobi va hisobot]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrug‘i
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-sonli BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”ni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 19-dekabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3587]
O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-sonli BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni e’lon qilish va kuchga kirishi]
3. Mazkur buyruq 2025-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 6-dekabr,
201-son
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 6-dekabrdagi 201-son buyrug‘iga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-sonli BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur buxgalteriya hisobining milliy standarti (bundan buyon matnda BHMS deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.
2. Mazkur BHMS budjet, banklar va nobank kredit tashkilotlaridan tashqari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarning (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) chet el valyutasidagi operatsiyalarini va chet eldagi bo‘linmalarning ma’lumotlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda ularni moliyaviy hisobotda yoritib berish tartibini belgilaydi.
3. Mazkur BHMSda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
chet eldagi bo‘linma — O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyatini amalga oshiradigan hamda moliya-xo‘jalik faoliyatini so‘mdan boshqa valyutada yuritadigan shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari;
chet el valyutasidagi operatsiyani amalga oshirish sanasi — qonunchilik hujjatlari yoki shartnomaga muvofiq tashkilotda chet el valyutasidagi operatsiyaning natijasini buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.01 Chet el valyutasi]
chet el valyutasi — muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhlari) hududida naqd to‘lovning qonuniy vositasi bo‘lgan pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilayotgan yoki muomaladan chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim bo‘lgan pul belgilari, chet davlatlarning (chet davlatlar guruhlarining) pul birliklarida hamda xalqaro pul birliklarida yoki hisob-kitob birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablag‘lar;
monetar moddalar — miqdori qat’iy belgilangan yoki aniqlasa bo‘ladigan, chet el valyutasida olinadigan yoxud to‘lanadigan aktivlar va majburiyatlar;
nomonetar moddalar — moliyaviy hisobotning monetar bo‘lmagan boshqa moddalari;
kurs farqi — chet el valyutasi birliklarini so‘mga o‘tkazishda valyuta kursi o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan so‘mdagi farq.
4. Mazkur BHMS O‘zbekiston Respublikasi valyutasida (bundan buyon matnda so‘m deb yuritiladi) tuzilgan moliyaviy hisobot ko‘rsatkichlarini chet el valyutasiga qayta hisoblashda qo‘llanilmaydi.
5. Agar qonunchilikda boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasidagi barcha tashkilotlar so‘mda buxgalteriya hisobini yuritishi va moliyaviy hisobotni taqdim etishi lozim.
2-bob. Chet el valyutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.02.00 Valyuta boyliklari / 07.27.02.01 Chet el valyutasi]
6. Quyidagi operatsiyalar chet el valyutasidagi operatsiyalar hisoblanadi:
tovarlar, ishlar va xizmatlarni chet el valyutasida xarid yoki realizatsiya qilish;
to‘lanadigan yoki olinadigan summalari chet el valyutasidagi pul mablag‘larini qarzga olish yoki qarzga berish;
chet el valyutasida aktivlarni xarid yoki realizatsiya qilish yoxud chet el valyutasida majburiyatlarni qabul qilish yoki so‘ndirish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.02.00 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob stavkasi]
7. Chet el valyutasidagi operatsiyani tan olishda uni amalga oshirish sanasidagi chet el valyutasining so‘mga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi (bundan buyon matnda Markaziy bank kursi deb yuritiladi) bo‘yicha tan olinadi.
Buxgalteriya hisobi maqsadi uchun chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarni so‘mga o‘tkazish mazkur BHMSning ilovasida keltirilgan sanalarga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Tashkilotlar buxgalteriya hisobida har oyda chet el valyutasidagi monetar moddalarni hisobot oyining oxirgi sanasidagi va operatsiyani amalga oshirish sanasidagi Markaziy bankning kursi bo‘yicha qayta baholashni amalga oshiradi.
9. Monetar moddada chet el valyutasidagi mablag‘larning qat’iy belgilangan yoki aniqlanadigan miqdorini olish huquqi (yoki o‘tkazish majburiyati) mavjud bo‘ladi.
Monetar moddalarga quyidagilar kiradi:
kassadagi va bank hisobvaraqlaridagi chet el valyutasi mablag‘lari;
to‘lanishi yoki olinishi chet el valyutasida belgilangan debitorlik va kreditorlik qarzlar (bundan qaytarish majburiyatsiz olingan va qaytarish huquqisiz berilgan bo‘naklar mustasno);
chet el valyutasidagi kredit va qarzlar;
chet el valyutasida xodimlar bilan hisob-kitoblar;
chet el valyutasidagi pul ekvivalentlari;
chet el valyutasida to‘lanadigan dividendlar va boshqalar.
10. Nomonetar moddada chet el valyutasidagi mablag‘larning qat’iy belgilangan yoki aniqlanadigan miqdorini olish huquqi (yoki o‘tkazish majburiyati) mavjud bo‘lmaydi.
Nomonetar moddalar chet el valyutasidagi operatsiyani amalga oshirish sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha buxgalteriya hisobiga qabul qilingandan so‘ng, Markaziy bank kursi o‘zgarishi bilan qayta hisoblanmaydi.
Quyidagilar nomonetar moddalar hisoblanadi:
chet el valyutasida xarid qilingan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, gudvil, o‘rnatiladigan asbob-uskunalar, kapital qo‘yilmalar, tovar-moddiy zaxiralar;
chet el valyutasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi tashkilot ustav kapitalining mulkdorlari va ta’sischilari (ishtirokchilari) ulushlarining nisbati;
chet el valyutasida ustav kapitaliga va aksiyalarga investitsiyalar;
chet el valyutasida tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun qaytarish majburiyatisiz oldindan olingan va qaytarish huquqisiz berilgan bo‘naklar va boshqalar.
11. Chet el valyutasidagi operatsiyalar qiymatini so‘mda qayta hisoblashdan yuzaga kelgan kurs farqi tashkilotning bevosita moliyaviy natijalarida moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar (xarajatlar) tarkibida hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.02.00 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kreditlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob stavkasi]
12. Aktivlar, ishlar va xizmatlar to‘liq yoki qisman oldindan chet el valyutasida to‘langan bo‘nak hisobiga xarid qilinganda, ularni qiymatining ushbu bo‘nak miqdoriga teng summasi bo‘nak to‘langan sanadagi Markaziy bank kursida tan olinadi.
Aktivlar, ishlar va xizmatlar to‘liq yoki qisman oldindan chet el valyutasida olingan bo‘nak hisobiga realizatsiya qilinganda, ular bo‘yicha daromadning ushbu bo‘nak miqdoriga teng summasi bo‘nak olingan sanadagi Markaziy bank kursida tan olinadi.
13. Buxgalteriya hisobida komitentga bo‘lgan chet el valyutasidagi kreditorlik qarzi vositachilik shartnomasiga asosan olingan tovarlarni sotish sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha vujudga keladi. Qarzning keyingi hisobi mazkur BHMSga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Kurs farqlarini jamg‘arish orqali buxgalteriya hisobida aks ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jamg‘arish orqali avval yig‘ilgan kurs farqlari moliyaviy natijalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki quyidagi tartibda olib borilishi mumkin:
chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlar bo‘yicha — ularning to‘lanishiga (yoki hisobdan chiqarilishiga) muvofiq;
boshqa hollarda — balansning tegishli valyuta moddalari bilan xo‘jalik operatsiyalarining sodir etilishiga muvofiq.
Jamg‘arish orqali avval yig‘ilgan kurs farqlari moliyaviy natijalarga chet el valyutasining bir birligiga to‘g‘ri keladigan kurs farqlarining o‘rtacha miqdori bo‘yicha olib borilishi mumkin.
15. Chet el valyutasidagi operatsiyalar hisobini yuritishda moliyaviy hisobot moddalarining monetar moddadan nomonetar moddaga yoxud nomonetar moddadan monetar moddaga qayta tasniflashda kurs farqlarini hisoblash joriy va kelgusi davrlar uchun (perspektiv tarzda) amalga oshiriladi.
16. Buxgalteriya hisobida ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushini chet el valyutasida kiritishi ulushni kiritish sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
3-bob. Chet elda faoliyat yuritish uchun foydalaniladigan aktivlar va majburiyatlar hisobi
17. Moliyaviy hisobotni tuzishda hisobot beruvchi tashkilotning moliyaviy hisobotiga ushbu tashkilot chet elda faoliyat yuritishi uchun foydalanadigan chet el valyutasidagi aktivlar va majburiyatlar qiymati so‘mda qayta hisoblanishi lozim.
18. Chet elda faoliyat yuritish uchun foydalanadigan monetar moddalarni so‘mda qayta hisoblash hisobot oyining oxirgi sanasidagi va chet el valyutasidagi operatsiya sodir bo‘lgan sanadagi Markaziy bank kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.03.00 Nomoddiy aktivlarning hisobi]
19. Tashkilotning chet elda faoliyat yuritishi uchun foydalanadigan asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o‘rnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qo‘yilmalari va tovar-moddiy zaxiralarining qiymatini so‘mga o‘tkazish ushbu aktivlarni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
20. Tashkilotning asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari, o‘rnatiladigan asbob-uskunalari, kapital qo‘yilmalari va tovar-moddiy zaxiralarining chet el qonunchilik hujjatlariga muvofiq qayta baholangan qiymatini qayta hisoblash ushbu qayta baholash o‘tkazilgan sanadagi Markaziy bank kursi bo‘yicha amalga oshiriladi.
21. Chet elda faoliyat yuritishning moliyaviy natijalarini shakllantiradigan, chet el valyutasida ifodalangan daromadlar va xarajatlarni so‘mda qayta hisoblash hisobot davridagi Markaziy bank kurslari va ular amal qilish kunlari hosilalari summasini hisobot davridagi kunlar miqdoriga bo‘lish natijasida hisoblab chiqilgan kurslarning o‘rtacha miqdoridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
4-bob. Chet eldagi bo‘linmani konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritish
22. Tashkilotning chet eldagi bo‘linmasining moliyaviy hisobotlarini tashkilot tomonidan tuziladigan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritish uchun qayta hisoblashda tashkilot quyidagilarni bajarishi kerak:
chet eldagi bo‘linmaning aktivlari va majburiyatlarini hisobot davrining oxirgi sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta hisoblashi;
chet eldagi bo‘linmaning xususiy kapitali moddalarini hisobot davrining oxirgi sanasidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha qayta hisoblashi, bundan joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari) mustasno;
chet eldagi bo‘linmaning daromadlari va xarajatlari moddalari, shuningdek taqsimlanmagan foydasini (qoplanmagan zarari) hisobot davridagi Markaziy bankning kurslari va ular amal qilish kunlari hosilalari summasini hisobot davridagi kunlar miqdoriga bo‘lish natijasida hisoblab chiqarilgan kurslarning o‘rtacha miqdoridan foydalangan holda qayta hisoblashi.
23. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida faoliyatning tasnifi o‘zgargan hollarda, o‘zgargan tasnifga nisbatan qo‘llanadigan qayta hisoblash tartibi ushbu o‘zgarish sanasidan boshlab foydalanilishi lozim.
5-bob. Ma’lumotlarni yoritib berish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.05.00 Moliyaviy hisobot]
24. Moliyaviy hisobotga izohlarda quyidagilar yoritib berilishi lozim:
tashkilotning moliyaviy natijalariga olib borilgan kurs farqlari summasi;
qo‘shilgan kapital sifatida tasniflanadigan kurs farqlari summasi;
buxgalteriya hisobining boshqa hisobvaraqlariga olib borilgan kurs farqlari summasi;
hisobot sanasidan keyin yuz bergan valyuta kurslari o‘zgarishlarining oqibati, agar ular yuqori ahamiyatga ega bo‘lsa va ularni yoritib bermaslik moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar tomonidan to‘g‘ri baholashga hamda qarorlar qabul qilishga salbiy ta’sir ko‘rsatsa;
Chet el valyutasidagi ayrim operatsiyalarni so‘mga o‘tkazish sanalari
RO‘YXATI
Chet el valyutasidagi operatsiyalar
Chet el valyutasidagi operatsiyalar sanasi
Chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar
Chet el valyutasidagi pul mablag‘larining bankdagi hisobvaraqlarga kelib tushish yoki ularni bankdagi hisobvaraqlardan hisobdan chiqarish sanasi
Chet el valyutasidagi kassa operatsiyalari
Chet el valyutasini kassaga kirim qilish yoki ularni kassadan berish sanasi
Chet el valyutasidagi daromadlar
Chet el valyutasidagi daromadlarni tan olish sanasi
Chet el valyutasidagi xarajatlar
Chet el valyutasidagi xarajatlarni tan olish sanasi
Tovar-moddiy zaxiralar va boshqa aktivlarni baholash (bundan qaytarish majburiyatisiz olingan va qaytarish huquqisiz berilgan bo‘naklar mustasno)
Tovar-moddiy zaxiralar va boshqa aktivlarning xarid qilinganini tasdiqlovchi boshlang‘ich hisob hujjatlari (tovarning kuzatuv hujjatlari yoki bojxona yuk deklaratsiyasi) mavjud bo‘lganda, ularni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasi
Xodimlarning hisobdor summalari bo‘yicha chet el valyutasidagi qarzlarini aks ettirish
Bo‘nak hisobotini tasdiqlash sanasi
Chet el valyutasidagi qarzlarning to‘lanishi
Chet el valyutasidagi qarzlarni to‘lash sanasi
Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlar bo‘yicha qarzdorligining yuzaga kelishi
Yuridik shaxs maqomini olish sanasi
Ustav kapitalining shakllanishi (ko‘payishi)
Ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan ulushlar kiritilishi sanasi
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 6-dekabrdagi 201-son buyrug‘iga 2-ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2004-yil 23-martdagi 51-son “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1364, 2004-yil 21-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 20-son, 246-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 11-apreldagi 37-son “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1364-1, 2013-yil 3-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 18-son, 239-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2017-yil 13-iyundagi 77-son “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1364-2, 2017-yil 16-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 24-son, 518-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 12-iyuldagi 107-son “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son BHMS) “Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1364-3, 2018-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2018-y., 10/18/1364-3/1785-son).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2024-y., 10/24/3587/1040-son)