1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.04.00 Harbiy xizmatga tayyorgarlik]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni Vatan himoyasiga doimo shay turishga hamda harbiy xizmatni oʻtashga tayyorlash ishlarini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]
2. Quyidagilar:
Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Taʼlim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻquv-moddiy bazasini 2024 — 2028-yillarda bosqichma-bosqich mustahkamlash dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
hududlarda yangi quriladigan taʼlim muassasalarining loyiha oldi hujjatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanining oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash nazarda tutilishini taʼminlasin;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanining oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy taʼlimning harbiy taʼlim muassasalari;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.04.00 Voyaga etmagan fuqarolarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadidagi qoʻshimcha taʼlim dasturlari boʻlgan oʻrta (toʻliq) umumiy taʼlim muassasalari;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.03.00 Harbiy xizmatga chaqiruv]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlariga taʼlim tashkilotlarining boshqa fan oʻqituvchilari uchun belgilangan tartibda malaka toifasi berish hamda ularni Toshkent davlat pedagogika universiteti, Fargʻona davlat universiteti va Buxoro davlat pedagogika instituti harbiy taʼlim fakultetlarida malakasini oshirish ishlarini yoʻlga qoʻysin;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 809-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining harbiy tayyorgarlik oʻquv boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizom.
2024-yil 20-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanining yangi oʻquv dasturi va darsligini ishlab chiqsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqitilishini tashkil etishda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga uslubiy jihatdan koʻmaklashsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
taʼlim muassasalarining chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlari malakasini oshirish, ularga malaka toifasini berish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlari doirasida hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanining oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash, qurol saqlash xonalarini texnik qoʻriqlashni tashkil etish, oʻquvchi yoshlarning harbiy poligonlarda amaliy mashgʻulotlarini oʻtkazish xarajatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplanadi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri B.N. Kurbanov, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 8-noyabr,
591-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qaroriga 1-ILOVA
Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
1. Mazkur Nizom umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim hamda kasbiy taʼlim muassasalarida (keyingi oʻrinlarda — taʼlim muassasalari) chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni (keyingi oʻrinlarda — CHQBT) tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
2. CHQBT chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10-11-sinf oʻquvchilari, oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim muassasalarida tahsil oluvchi oʻquvchi-yoshlar (keyingi oʻrinlarda — oʻquvchilar) bilan oʻtkaziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari) davlat taʼlim muassasalarida CHQBT fani oʻquv-moddiy bazasi barpo etilishi, CHQBT bilan bogʻliq tadbirlar moddiy-texnik taʼminlanishi va moliyalashtirilishi uchun masʼul hisoblanadi.
4. CHQBTni uslubiy jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.01.00.00 Suverenitet. Konstitutsiya / 01.01.02.00 Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy taʼlimning harbiy taʼlim muassasalari;
4.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar;
5.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.01.00 Umumiy qoidalar]
5. CHQBT jarayonida oʻquvchilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni, mamlakat mudofaa va milliy xavfsizligini taʼminlash, fuqaro muhofazasi sohasidagi qonunchilik hujjatlarining asosiy talablarini oʻrganadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining (keyingi oʻrinlarda — Qurolli Kuchlar) asosiy vazifalari hamda Qurolli Kuchlarning harbiy nizomlari talablarini, harbiy xizmat va Vatanga qasamyodning ahamiyatini anglab yetadi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasi.
favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, ommaviy qirgʻin qurolidan himoyalanish koʻnikmalarini amaliy oʻzlashtirib oladi;
mamlakat Qurolli Kuchlarida mavjud qurol-aslaha, harbiy texnikaning asosiy taktik-texnik tavsiflari, harbiy xizmatchilarning kundalik hayoti va xizmat faoliyati, mavjud oliy harbiy taʼlim muassasalari hamda ularda tayyorlanayotgan mutaxassisliklar toʻgʻrisida tushunchaga ega boʻladi;
harbiy xizmatga chaqirilishga ruhan va jismonan, shuningdek, intellektual jihatdan shay boʻladi;
taʼlim muassasalarida oʻtkazilayotgan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarning mazmun-mohiyatini chuqur anglab yetadi va yetkazilgan maʼlumotlarni oʻzlashtiradi.
2-bob. CHQBTni tashkil etish va amalga oshirish boʻyicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralarning asosiy vazifalari
6. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Milliy gvardiyasi, Davlat xavfsizlik xizmati CHQBTni tashkil etish va uni amalga oshirish boʻyicha masʼul organlar hisoblanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
7. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari taʼlim muassasalarida CHQBT tadbirlarini moliyalashtirish, moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, fan oʻquv-moddiy bazasini ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq barpo etish ishlarini mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan yillik ish rejalariga kiritilgan holda muntazam ravishda amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet;
3.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
har yili iyul oyida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmalari tomonidan mudofaa ishlari boshqarmalari bilan kelishilgan holda taqdim etiladigan soʻrovnomalar asosida taʼlim muassasalaridagi CHQBT oʻquv xonalarini oʻquv qurollari bilan jihozlash, ushbu fan oʻquv-moddiy bazasi obyektlarini qurish va taʼmirlash, mudofaa ishlari boʻlimlari va taʼlim muassasalaridagi oʻquv oʻqotar quroli, oʻquv granata va minalari (keyingi oʻrinlarda — oʻquv qurol-aslahalari) saqlanadigan qurol saqlash xonalarini ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazlari tomonidan qoʻriqlanishini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tadbirlari kelgusi yil ish rejalariga kiritilishini tashkil etadi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishidagi harbiy-sport musobaqalarining tuman, viloyat va respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan taʼlim muassasalarining CHQBT fani oʻquv-moddiy bazasini birinchi navbatda mustahkamlash orqali ragʻbatlantirib boradi;
har yili 10-fevralga qadar harbiy okruglar tomonidan taqdim etilgan reja-jadval asosida mart — may oylarida harbiy poligonlarda taʼlim muassasalaridagi bitiruvchi sinf va kurslar oʻquvchilari (oʻgʻil bolalar) bilan amaliy otish mashgʻulotlarini tashkil etish boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi hamda ushbu tadbirlarni amalga oshirish davrida taʼlim muassasalarini transport vositalari (avtobuslar) bilan taʼminlaydi;
mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq oʻquv-moddiy baza obyektlarini barpo etish ishlarini loyihalashtirish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzadi va xarajatlarini qoplaydi;
harbiy poligonlarda oʻtkaziladigan mashgʻulotlarda oʻq-dori va nishonlar uchun sarflanadigan xarajatlarni har yili 20-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan holda mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan qoplab beradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.03 Professional taʼlim;
6.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy taʼlimning harbiy taʼlim muassasalari;
7.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.04.00 Harbiy xizmatga tayyorgarlik;
8.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
masʼul organlarning CHQBTni tashkil etish va rejalashtirishga oid faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi CHQBT rahbarlari faoliyatini tashkil etadi;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda CHQBT fani oʻquv dasturini hamda oʻquv dasturi doirasida darsliklar, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda taʼlim muassasalarini harbiy qism va muassasalarga hududiylik prinsipi asosida biriktirish ishlarini tashkil etadi hamda ularga har yili iyun oyida CHQBT fani oʻquv dasturi doirasida Qurolli Kuchlarning harbiy nizomlari, koʻrgazmali oʻquv qoʻllanmalarini elektron koʻrinishda taqdim etib boradi;
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
oʻquvchilarni harbiy xizmatchilar hamda harbiy taʼlim muassasalari kursantlarining kundalik faoliyati, ijtimoiy va moddiy taʼminoti, shuningdek, qurol-aslaha, harbiy texnika bilan tanishtirib borish yuzasidan taʼlim muassasalari hamda harbiy qism va harbiy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtiradi;
CHQBT fani boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishida taʼlim muassasalariga oʻzlari biriktirilgan harbiy qism, muassasalar, harbiy poligonlarning doimiy joylashuv joyidagi oʻquv-moddiy bazasidan foydalanishlari uchun shart-sharoitlar yaratadi;
har yili mart — may oylarida harbiy poligonlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, harbiy okruglar, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda taʼlim muassasalaridagi bitiruvchi sinf va kurslar oʻquvchilari (oʻgʻil bolalar) bilan amaliy otish mashgʻulotlari oʻtkazilishini nazorat qiladi;
oʻquvchilar bilan harbiy poligonlarda oʻtkaziladigan amaliy otish mashgʻulotlari davomida sarflanadigan xarajatlarni qoplash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasida shartnomalar tuzilishi hamda ushbu shartnomalar bajarilishini tashkil etadi;
harbiy okruglar soʻrovnomasiga asosan ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazlari tomonidan qoʻriqlanishi yoʻlga qoʻyilgan qurol saqlash xonalari mavjud taʼlim muassasalarini ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq oʻquv qurol-aslahalari bilan mudofaa ishlari boshqarmalari orqali taʼminlaydi;
(9-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
qurol saqlash xonalari ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazlari tomonidan qoʻriqlanishi yoʻlga qoʻyilmagan taʼlim muassasalarini oʻquv qurol-aslahalari bilan mudofaa ishlari boshqarmalari orqali faqat mashgʻulotlar vaqtida foydalanish uchun taʼminlaydi;
(9-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
CHQBT fani oʻqitilishida foydalanish uchun mudofaa ishlari boʻlimlari va taʼlim muassasalariga berilgan oʻquv qurol-aslahalari hisobini yuritish, ularni saqlash va foydalanishga oid yoʻriqnomalarni ishlab chiqadi hamda mudofaa ishlari boshqarmalari orqali taʼlim muassasalari rahbarlariga taqdim etadi;
CHQBT rahbarlari malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash masalalarida “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalariga amaliy yordam koʻrsatadi;
(9-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
CHQBTga oid tadbirlarni umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim hamda kasbiy taʼlim muassasalarini qamragan holda amalga oshiradi;
(9-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
harbiy qism va muassasalar tomonidan taʼlim muassasalarida oʻquvchi-yoshlar bilan ofitserlar, serjantlar va Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida vatanparvarlik tarbiyasiga oid davra suhbatlarini tashkil etadi;
tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda har yili oktabr oyida taʼlim muassasalaridagi CHQBT fani oʻquv-moddiy bazasining holati, oʻqituvchilar bilan jamlash sifati, CHQBTga jalb etilgan oʻquvchilar soniga oid maʼlumotlarni ushbu Nizomga 2 — 4-ilovalarga muvofiq umumlashtiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.11.00 Davlat budjetining kassa ijrosi;
4.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy taʼlimning harbiy taʼlim muassasalari;
5.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.04.00 Harbiy xizmatga tayyorgarlik]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
taʼlim muassasalaridagi CHQBT oʻquv xonalarini ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq jihozlar va koʻrgazmali vositalar bilan taʼminlaydi, ularni doimiy ravishda takomillashtirib borish yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qiladi;
har yili iyul oyida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga CHQBT fanining oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash yuzasidan takliflar hududiy boshqarmalar tomonidan mudofaa ishlari boshqarmalari bilan kelishilgan holda taqdim etilishini tashkil etadi;
yangi qurilayotgan taʼlim muassasalarining smeta-loyiha hujjatlarida CHQBT fani oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash masalasi inobatga olinishini taʼminlaydi;
taʼlim muassasalarida CHQBT fani oʻqitilishi va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyaviy ishlarning sifatli tashkil etilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda, budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan CHQBT fani oʻquv dasturini tayyorlaydi, hududiy boshqarmalari orqali taʼlim muassasalarini fanga oid darsliklar, oʻquv-uslubiy va koʻrgazmali qoʻllanmalar, oʻquv filmlari bilan taʼminlaydi;
taʼlim muassasalari ixtiyoriga berilgan oʻquv qurol-aslahalari, pnevmatik miltiqlar, ularning oʻq-dorilari but saqlanishini hamda mudofaa ishlari boʻlimlarida saqlanayotgan oʻquv qurol-aslahalaridan CHQBT fani mashgʻulotlarida foydalanilishini nazorat qilib boradi;
hududiy boshqarmalari tomonidan mudofaa ishlari boshqarmalari bilan hamkorlikda har yili oktabr oyida taʼlim muassasalaridagi CHQBT fani oʻquv-moddiy bazasining holati, CHQBT rahbarlari bilan jamlash sifatini oʻrganish va mazkur Nizomga 2 — 4 ilovalarga muvofiq tegishli maʼlumotlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va umumlashtiradi, shuningdek, CHQBT fani oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga taklif kiritadi;
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
CHQBTning yakuniy bosqichida taʼlim muassasalarining bitiruvchi sinf va kurslarida oʻqiyotgan oʻquvchilar bilan amaliy mashgʻulotlarni, shu jumladan, harbiy poligonlarda oʻqotar quroldan amaliy otish mashgʻulotlari oʻtkazilishini Mudofaa vazirligi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi;
taʼlim muassasalarida CHQBT fani oʻqitilishini doimiy ravishda oʻrganib boradi hamda ilgʻor tajribalarni keng joriy etish boʻyicha choralar koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlikda CHQBT rahbarlarining oʻquv dasturi doirasida tibbiy bilim asoslari, shuningdek, hayot faoliyati xavfsizligi boʻyicha qayta tayyorgarlikdan oʻtishini tashkil etadi;
(10-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
CHQBT rahbarlarining tegishli oliy taʼlim muassasalarida malakasini oshirish hamda ularga malaka toifasi berish tadbirlarini vazirliklarga davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida moliyalashtiradi va amalga oshiradi;
(10-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
mudofaa ishlari boʻlimlari tavsiyanomalariga koʻra taʼlim muassasalari CHQBT rahbari lavozimiga tayinlanadigan nomzodlar bilan suhbatlar tashkil etadi (Qurolli Kuchlar tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralar tizimidagi taʼlim muassasalari bundan mustasno);
(10-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
CHQBT rahbarlarining xizmat faoliyatiga oid masalalar boʻyicha kelib tushgan murojaatlarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda ushbu yoʻnalishda mavjud muammolarni bartaraf etish ishlarini taalluqli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshiradi;
(10-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
eng ilgʻor CHQBT rahbarilarini vazirlik tizimida taʼsis etilgan mukofotlar bilan taqdirlaydi va boshqa mukofotlarga tavsiya etadi.
(10-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.06.00.00 Harbiy kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash / 15.06.02.00 Kasbiy taʼlimning harbiy taʼlim muassasalari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
3.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.01.00 Umumiy qoidalar;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.03.00.00 Davlat xavfsizligi / 16.03.07.00 Davlat xavfsizligining boshqa masalalari]
11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati va Milliy gvardiyasi:
tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda, taʼlim muassasalarini hududiylik prinsipi asosida harbiy qism va muassasalarga biriktirish ishlarini tashkil etadi;
CHQBT fani boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishida taʼlim muassasalariga harbiy qism va muassasalarning oʻquv moddiy-texnik bazasidan foydalanishlari uchun sharoit yaratadi;
harbiy qism va muassasalar tomonidan oʻzlariga biriktirilgan taʼlim muassasalariga CHQBT fanini tashkil etish hamda harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyaviy harbiy-sport musobaqalari va boshqa tadbirlar oʻtkazilishida doimiy ravishda amaliy yordam koʻrsatilishini taʼminlaydi;
oʻquvchilarni muddatli harbiy xizmatchi va kursantlarning kundalik faoliyati, maishiy taʼminoti, shuningdek, qurol-aslaha, harbiy texnika bilan tanishtirib borish yuzasidan taʼlim muassasalari bilan harbiy qism va muassasalar oʻrtasida hamkorlikni muvofiqlashtiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.04.00 Favqulodda vaziyatlar rejimi;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
5.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
12. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
CHQBT fani oʻquv dasturini tayyorlash jarayonida ishtirok etadi, har yili iyun oyida tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarga oʻquv dasturi doirasida fuqaro muhofazasiga oid koʻrgazmali elektron oʻquv qoʻllanmalari va oʻquv-uslubiy filmlarni taqdim etib boradi;
taʼlim muassasalariga qutqaruvchi kasbini targʻib qilish va fuqaro muhofazasiga oid amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazishda soha mutaxassislari, shuningdek, texnik vositalar bilan amaliy yordam koʻrsatadi;
tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar buyurtmasiga koʻra, shuningdek, yillik tinglovchilar bilan jamlash rejalariga muvofiq CHQBT rahbarlarining Hayotiy faoliyat oʻquv markazlarida malaka oshirishini tashkil etadi;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
taʼlim muassasalari oʻquvchilarida amaliy koʻnikmalarni hosil qilish maqsadida har yilgi “Yosh qutqaruvchi” harbiy-sport musobaqasini oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.02.00 Axborotni hujjatlashtirish. Elektron hujjat aylanishi / 12.03.02.01 Elektron hujjat aylanishi;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
4.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.04 Tibbiy koʻrik]
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
CHQBT fani oʻquv dasturini tayyorlash jarayonida ishtirok etadi, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarga har yili iyun oyida oʻquv dasturi doirasida tibbiy bilim asoslariga oid koʻrgazmali elektron oʻquv qoʻllanmalar va oʻquv-uslubiy filmlarni taqdim etadi;
tibbiy bilim asoslari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazadigan hamshiralarni (oʻqituvchilarni) tayyorlash va qayta tayyorlashda taʼlim muassasalariga amaliy yordam koʻrsatadi;
tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda CHQBT rahbarlari bilan oʻquv dasturi doirasida tibbiy bilim asoslari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazilishini tashkil etadi;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
tibbiyot yoʻnalishidagi taʼlim muassasalari oʻquvchilari bilan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish uchun boʻysunuvidagi tegishli davolash-profilaktika muassasalarini taʼlim muassasalariga biriktiradi;
mudofaa ishlari boʻlimi huzuridagi hududiy tibbiy komissiyalarga jalb qilinuvchi shifokor-mutaxassislar tomonidan taʼlim muassasalarining 11-sinf yoki 2-kursda oʻqiyotgan oʻgʻil bolalarni mudofaa ishlari boʻlimlaridagi chaqiruv uchastkalarida qayd etish jarayonida tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishini tashkil etadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
14. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda:
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
taʼlim muassasalari oʻquvchilarida diniy ekstremizm va fundamentalizm gʻoyalariga qarshi immunitet hosil qilish, harbiy burchni ongli ravishda bajarishga tayyorlik, vatanparvarlik, yurt kelajagi va taqdiri uchun javobgarlik kabi yuksak maʼnaviy-ruhiy fazilatlarni shakllantirish hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning aniq maqsadi va mohiyatini anglab yetishga oid targʻibot-tashviqot ishlarini olib boradi;
taʼlim muassasalari oʻquvchilarida yuksak fuqarolik pozitsiyasini, mamlakat Qurolli Kuchlari bilan gʻururlanish tuygʻusini shakllantirish maqsadida katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan urush va mehnat faxriylari ishtirokida uchrashuvlar oʻtkazadi;
doimiy ravishda taʼlim muassasasi oʻquvchilarining muddatli harbiy xizmatni aʼlo darajada oʻtayotgan harbiy xizmatchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, harbiy xizmatchilar uchun joriy etilgan imtiyozlar tizimi toʻgʻrisida taʼlim muassasalari oʻquvchilari va ularning ota-onalari ishtirokida tushuntirish ishlarini olib boradi;
taʼlim muassasalarida ommaviy ravishda tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlarini tashkil etadi va oʻtkazadi;
taʼlim muassasalariga CHQBT tadbirlari doirasida harbiy-sport musobaqalarini oʻtkazishda sport inshootlari moddiy-texnik bazasidan foydalanish masalasida amaliy yordam koʻrsatadi.
3-bob. CHQBTni tashkil etish va amalga oshirish tartibi
15. Tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan CHQBT fani oʻquv dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda taʼlim turlari boʻyicha uzviylik taʼminlangan holda ishlab chiqiladi. CHQBT fani oʻquv dasturi boʻyicha mashgʻulotlar taʼlim muassasalarida ushbu fan uchun ajratilgan bir xil hajmdagi oʻquv soatlari doirasida oʻtkaziladi.
Taʼlim muassasalari oʻquvchilarining oʻquv mashgʻulotlari vaqtida oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va mahoratlari harbiy ish asoslarini oʻrganish toʻgaraklari, sportning harbiy-amaliy turlari boʻyicha seksiyalar va harbiy-sport musobaqalari davomida mustahkamlanadi.
16. CHQBT fani oʻquv-moddiy bazasi toʻliq mustahkamlanmagan taʼlim muassasalari tomonidan mashgʻulotlar va harbiy-sport musobaqalarini oʻtkazishda oʻzlari biriktirilgan (eng yaqin joylashgan) harbiy qism va muassasalar yoki ushbu obyektlar mavjud boʻlgan taʼlim muassasalari oʻquv-moddiy bazasidan foydalaniladi. Ushbu tadbirlar taʼlim muassasasi tomonidan tegishli komandirlar (rahbarlar) bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
17. Taʼlim muassasalarida CHQBT fani oʻquv dasturi boʻyicha mashgʻulotlar oʻgʻil va qiz bolalar bilan birgalikda oʻtkaziladi. Bitiruvchi sinf va kurslardagi oʻgʻil bolalar bilan harbiy poligonlarda bir kunlik amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladigan kunda taʼlim muassasalarida qiz bolalar maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga jalb etiladi.
Harbiy poligonlardagi bir kunlik amaliy mashgʻulotlarga bitiruvchi sinf va kurslardagi qizlar oʻz xohishiga koʻra jalb etilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
18. Taʼlim muassasalarida CHQBT rejasi butun oʻquv yili uchun haftalarga taqsimlangan holda ishlab chiqiladi hamda mashgʻulotlar umumiy dars jadvaliga kiritilgan holda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.07.00 Milliy gvardiya organlari]
19. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan CHQBT fani mashgʻulotlarida foydalanish uchun beriladigan oʻquv qurol-aslahalari, shuningdek, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlanuvchi pnevmatik miltiq va ularning oʻq-dorilari, qurol saqlash xonalari ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazlari qoʻriqloviga olingan mudofaa ishlari boʻlimlari va taʼlim muassasalarida (Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining hisobidan chiqarilmagan holda) doimiy saqlanishiga ruxsat beriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi texnik qoʻriqlash punktlari qoʻriqloviga olinmagan taʼlim muassasalari tomonidan mudofaa ishlari boʻlimlarida saqlanuvchi oʻquv qurol-aslahalaridan ish vaqti davomida CHQBT fani mashgʻulotlarida foydalaniladi. Mudofaa ishlari boʻlimlari va taʼlim muassasalarining oʻquv qurol-aslahalaridan mashgʻulotlar davomida foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
20. Mudofaa ishlari boʻlimlarida saqlanuvchi oʻquv qurol-aslahalaridan CHQBT fani mashgʻulotlarida foydalanish ishlarining toʻgʻri tashkil etilishi uchun taʼlim muassasasi va mudofaa ishlari boʻlimlari rahbarlari masʼul hisoblanadi.
21. Taʼlim muassasalarida oʻq otishni oʻrgatish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar taʼlim muassasasi ixtiyoridagi tirda, sport tashkilotlari, taʼlim muassasasi biriktirilgan harbiy qism va muassasalar tirlarida pnevmatik miltiqlardan foydalangan holda oʻtkaziladi. Bunday mashgʻulotlarda qatnashishga oʻq otish mashqlarining shartlari va xavfsizlik qoidalariga oid sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilarga ruxsat beriladi. Oʻq otish mashqlarining shartlari va xavfsizlik qoidalariga oid sinovdan oʻtolmagan oʻquvchilarga ushbu sinovni navbatdagi ish kunida qayta topshirishga ruxsat beriladi, qayta sinovdan oʻtolmagan oʻquvchilar amaliy otish mashqlariga qoʻyilmaydi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
22. Oʻquvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida CHQBT fanining yakuniy bosqichida ushbu fan uchun ajratilgan oʻquv soatlari hisobidan taʼlim muassasalarining bitiruvchi sinf va kurslarida oʻqiyotgan oʻquvchilar bilan oʻquv dasturiga asosan amaliy mashgʻulotlar oʻtkaziladi.
Bunda taʼlim muassasalari oʻquvchilarining ushbu fan boʻlimlariga oid nazorat meʼyorlarini bajarish boʻyicha koʻnikmalari sinovdan oʻtkaziladi.
CHQBT fani boʻyicha nazorat meʼyorlarini qiz bolalar ommaviy qirgʻin qurolidan individual himoya vositalarini turli usullarda kiyish hamda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha topshiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
23. Oʻquv yilining yakuniy choragida (mart — may oylarida) harbiy okruglarga qarashli poligonlarda taʼlim muassasalarining bitiruvchilari (oʻgʻil bolalar) bilan oʻqotar quroldan amaliy otish mashgʻulotlari mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilgan holda quyidagi tartibda oʻtkaziladi:
har yili 20-dekabrga qadar mudofaa ishlari boshqarmalari tomonidan tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalari bilan kelishilgan holda, bitiruvchi sinf va kurslarda oʻqiyotgan oʻgʻil bolalar soni toʻgʻrisida maʼlumotlar tegishli hokimliklar hamda harbiy okruglarga taqdim etiladi;
har yili 20-yanvarga qadar harbiy okruglarda oʻquvchilar bilan harbiy poligonlarda amaliy otish mashgʻulotlari oʻtkazish boʻyicha reja-jadval va ushbu mashgʻulotlarni tashkil etishga oid harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining buyrugʻi tayyorlanadi;
harbiy okrugda oʻquvchilarni poligonlarga olib chiqishda taʼlim muassasalarining tegishli mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan transport bilan taʼminlanishi, transport kolonnalarining harakatlanish vaqtida yoʻl harakati xavfsizligini tashkil etish hamda mashgʻulotlar davomida sarflanadigan oʻq-dori va nishonlar uchun xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qoplash, oʻquvchilar uchun tushlik tashkil etish yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarori loyihasi ishlab chiqiladi;
har yili 10-fevralga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan oʻquvchilar bilan harbiy poligonlarda amaliy otish mashgʻulotlarini tashkil etish boʻyicha tegishli qaror harbiy okruglar tomonidan taqdim etilgan reja-jadval asosida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
oʻquvchilar bilan harbiy poligonlarda oʻtkaziladigan mashgʻulotlar davomida sarflanadigan oʻq-dori va nishonlar uchun xarajatlarni qoplash yuzasidan 20-fevralga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Taʼminot departamenti bilan belgilangan tartibda shartnoma tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-bobi.
Harbiy poligonlardagi otish maydoni hamda harbiy qism va oliy harbiy taʼlim muassasasi ixtiyoridagi tirlarda oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan amaliy otish mashgʻulotlari harbiy qism komandiri yoki oliy harbiy taʼlim muassasasi boshligʻi tomonidan “Otish kursi” talablari asosida tashkil etiladi. Bunda harbiy okrug tomonidan har bir oʻquvchiga 3 dona oʻq-dori ajratiladi.
Harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonlari taʼlim muassasalari bitiruvchilari bilan harbiy poligonlarda amaliy otish mashgʻulotlari xavfsizlik qoidalariga rioya etilgan holda oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadilar.
Harbiy poligonlarda oʻtkaziladigan mashgʻulotlar vaqtida oʻquvchilar oziq-ovqat bilan mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi.
24. Oʻquvchilarning CHQBT fani boʻyicha egallagan nazariy bilim va amaliy koʻnikmalari boshqa umumtaʼlim fanlari uchun belgilangan meʼyoriy baholash tizimiga muvofiq baholanadi. Oʻquvchining amaliy mashgʻulotlar davomida olgan umumiy bahosi CHQBT fani boʻyicha yakuniy baho chiqarilishida inobatga olinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari]
25. CHQBT oʻquv mashgʻulotlari yakunida taʼlim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan oʻquv yilida CHQBT fanining oʻqitilishiga baho beriladi va oʻquv yiliga yakun yasaladi.
26. Taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari CHQBT fani mashgʻulotlari bilan uygʻunlashtirilgan holda tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.13.00.00 Muqobil xizmat]
27. Taʼlim muassasalari bilan harbiy qismlar, harbiy taʼlim muassasalari oʻrtasida mustahkam aloqa oʻrnatiladi, taʼlim muassasalari oʻquvchilari orasida harbiy kasbni targʻib etishga doir tashviqot ishlari hamkorlikda olib boriladi.
Oʻquvchilarda Vatan himoyasiga shaylik hamda ona yurtga sadoqat tuygʻularini shakllantirish maqsadida taʼlim muassasalarida urush va jangovar harakatlar ishtirokchilari fotosuratlari qoʻyilgan “Jasorat burchagi” tashkil etiladi.
4-bob. CHQBT rahbarlarini tanlash va lavozimga tayinlash
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
28. CHQBT rahbari tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimi tavsiyasiga koʻra taʼlim muassasasi direktori tomonidan ishga qabul qilinadi va ishdan boʻshatiladi, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiradigan vazirlik va idoralar tizimidagi taʼlim muassasalari bundan mustasno. Ishga qabul qilinayotgan nomzodning maʼlumoti, harbiy, jismoniy va pedagogik tayyorgarligining saviyasi, shuningdek, tashkilotchilik qobiliyati hamda uslubiy koʻnikmalari puxta shakllangani hisobga olinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagi CHQBT rahbari lavozimlari qonunchilikda belgilangan tartibda toʻldiriladi.
CHQBT rahbari lavozimiga oliy taʼlim muassasalari harbiy taʼlim fakultetlarining “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” yoʻnalishini tamomlagan yoki Qurolli Kuchlar rezervidagi oliy maʼlumotga ega boʻlgan oddiy askarlar, serjantlar, shuningdek, ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tayinlanadi, Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish taqiqlangan shaxslar, davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomadan mahrum qilingan yoki harbiy xizmatchi nomiga dogʻ tushiruvchi xatti-harakatlar sodir etgani natijasida harbiy xizmatdan boʻshatilganlar bundan mustasno.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.02 Tez tibbiy yordam]
29. Taʼlim muassasalarida CHQBT fani oʻquv dasturidagi tibbiy bilim asoslari boʻyicha mashgʻulotlarni oʻtishga tajribali tibbiyot xodimlari yoki Respublika shoshilinch tibbiy yordam oʻquv markazida tayyorgarlikdan oʻtgan oʻqituvchilarning jalb etilishi tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamkorligida tashkil etiladi.
5-bob. Taʼlim muassasalari CHQBT rahbarlarining malakasini oshirish, ularga malaka toifasini va navbatdagi harbiy unvon berish
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
30. Taʼlim muassasalaridagi CHQBT rahbarlarining malakasini oshirish orqali ularning fanga oid bilim va malakalari mustahkamlanib, sohadagi yangiliklar yetkaziladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
31. CHQBT rahbarlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash oliy taʼlim muassasalarining “Chaqiriqqacha harbiy taʼlim” taʼlim yoʻnalishida mutaxassislar tayyorlovchi harbiy taʼlim fakultetlarida tashkil etiladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Malaka oshirish davomida CHQBT rahbarlari bilan tasdiqlangan dastur asosida umumkasbiy va mutaxassislik boʻyicha fanlardan nazariy hamda uslubiy mashgʻulotlar oʻtkaziladi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
CHQBT rahbarlarini malaka oshirishga boʻlgan ehtiyojlari tizimida taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan aniqlanadi hamda buyurtmalar shakllantiriladi.
(31-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
32. CHQBT rahbarlari har besh yilda kamida bir marta malaka oshirish kurslariga jalb etiladi. Ilgari malaka oshirishdan oʻtmagan va ishga yangi qabul qilingan CHQBT rahbarlariga yoki birinchi bor ishga kirgan CHQBT rahbarlari kasbiy faoliyatiga uch yil toʻlgandan soʻng malaka oshirishga jalb etiladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
33. Malaka oshirishdan oʻtgan CHQBT rahbarlariga tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda malaka toifalari beriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
34. Zaxiradagi va rezervdagi harbiy unvonga ega boʻlgan CHQBT rahbarlariga rezervdagi harbiy unvon Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda beriladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
6-bob. Taʼlim muassasalari mansabdor shaxslarining majburiyatlari
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.05.00 Davlat taʼlim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
35. Taʼlim muassasasi direktori zimmasiga CHQBT sohasida quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
taʼlim muassasasida CHQBT dasturining toʻliq va sifatli bajarilishini taʼminlash;
CHQBT fani uchun alohida xona, amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun joy va maydonlar ajratish, ushbu fanga oid oʻquv-moddiy bazani muntazam ravishda xatlovdan oʻtkazib borish hamda uni mustahkamlash uchun tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari bilan hamkorlikda tegishli hokimliklarga mazkur Nizomda belgilangan tartibda takliflar kiritib borish;
taʼlim muassasasi ixtiyoriga berilgan oʻquv qurol-aslahalar hisobi yuritilishini nazorat qilish;
CHQBT rahbariga oʻquv-uslubiy jihatdan yordam berish, ushbu fanning boshqa fanlar bilan uzviyligini taʼminlash, shuningdek, harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishidagi darsdan tashqari toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
(35-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
CHQBT rahbari tomonidan oʻtkazilayotgan oʻquv mashgʻulotlari va oʻquvchilarning oʻquv materiallarini oʻzlashtirish sifatini muntazam tekshirib borish, ular bilan olib borilayotgan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlar holatini oʻquv yili davomida oʻtkaziladigan pedagoglar kengashlarida muhokama etib borish;
(35-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
harbiy-sport musobaqalarini, shuningdek, amaliy mashgʻulotlarni tashkil etishda CHQBT rahbariga amaliy yordam koʻrsatish;
(35-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
taʼlim muassasasining bitiruvchi sinf va kurslarida tahsil olayotgan oʻgʻil bolalarni mudofaa ishlari boʻlimlarida tashkil etiladigan chaqiruv uchastkalarida qayd etish tadbirlarini tashkil etish;
CHQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlar toʻgʻrisida hisobotlarni tayyorlashda tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari bilan hamkorlik olib borish.
36. CHQBT rahbari taʼlim muassasasi direktoriga boʻysunadi hamda xizmat faoliyatini mazkur Nizom, shuningdek, taʼlim muassasasi boʻysunadigan vazirlikning ichki idoraviy hujjatlari talablari asosida olib boradi.
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
CHQBT rahbari zimmasiga quyidagi majburiyatlar yuklanadi:
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
harbiy ish asoslarini oʻzlashtirish toʻgaragi faoliyatini harbiy-amaliy sport turlariga uzviy bogʻlagan holda yuritish;
ichki ishlar organlarining profilaktik hisobiga hamda maktab ichki roʻyxatiga olingan oʻquvchilarni darsdan keyingi fan toʻgaraklari hamda mashgʻulotlariga jalb qilish choralarini koʻrish;
oʻz kasbiy tayyorgarligini muntazam oshirib borish, pedagogik va uslubiy koʻnikmalarini takomillashtirish;
CHQBT fani oʻquv xonasiga rahbarlik qilish, shuningdek, qurol saqlash va otish tiri xonalarini nazorat qilish;
taʼlim muassasasi ixtiyoriga berilgan oʻquv qurol-aslahalari hisobini belgilangan tartibda yuritish, ularning mavjudligi va texnik holatini doimiy ravishda shaxsan tekshirib borish, zarur hollarda taʼmirlanishi va hisobdan chiqarilishini tashkil etish, fan oʻquv-moddiy bazasining soz holda saqlanishini taʼminlash;
harbiy-vatanparvarlik yoʻnalishidagi darsdan tashqari toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
oʻquvchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlarini taʼlim muassasasi pedagoglar jamoasi bilan hamkorlikda amalga oshirish;
“14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish;
jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi bilan hamkorlikda taʼlim muassasasi miqyosida harbiy-sport musobaqalarini muntazam ravishda tashkil etish hamda oʻtkazish;
taʼlim muassasasi oʻquvchilarini harbiy-sport musobaqalari va fuqaro muhofazasi boʻyicha tuman (shahar) miqyosida oʻtkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishlarini tashkil etish;
CHQBT va harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaviy ishlarning sifatini oshirish maqsadida taʼlim muassasasiga biriktirilgan harbiy qism va muassasalar bilan hamkorlik qilish, oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagini bildirgan oʻquvchilarni tanlash va tayyorlash ishlarida mudofaa ishlari boʻlimiga yaqindan yordam berish;
taʼlim muassasasining bitiruvchi sinf va kurslarida tahsil olayotgan oʻquvchi oʻgʻil bolalarni mudofaa ishlari boʻlimlarida tashkil etiladigan chaqiruv uchastkalarida qayd etilishi tadbirlarini amalga oshirish;
kundalik ish faoliyatini dars jadvali, darsdan tashqari vaqtda amalga oshiriladigan asosiy tadbirlarni taʼlim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejasi asosida oʻtkazish;
taʼlim muassasasidagi “Vatan tayanchi” otryadi faoliyatini tashkil etish hamda ushbu otryadga rahbarlik qilish, “Yoʻl harakati qoidalari yosh targʻibotchisi” klubi faoliyatini tashkil etish va boshqarish;
oʻquv yili yakunida yillik oʻquv dasturi ijrosi yuzasidan taʼlim muassasasi kuzatuv kengashiga hisobot berish.
(7-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
37. Malakaviy attestatsiya xulosasiga koʻra malaka toifasi berilgan CHQBT rahbarlarining bazaviy lavozim maoshlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida — umumtaʼlim muassasasining mos keluvchi malaka toifasiga ega boʻlgan fan oʻqituvchilarining, oʻrta maxsus hamda kasbiy taʼlim muassasalarida — tegishlicha katta (yetakchi, bosh) oʻqituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga tenglashtiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimidagiCHQBT rahbarlariga qonunchilikka muvofiq tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari fuqaro xodimlari uchun belgilangan ish staji uchun foizli ustama hamda moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondidan ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
38. CHQBT rahbarining pedagogik ish stajiga Qurolli Kuchlar tizimlarida oʻtagan haqiqiy harbiy xizmat muddati qoʻshiladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.04.00 Zaxiradagi xizmat;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.07.00 Harbiy forma, farqlovchi belgilar]
39. CHQBT rahbarlariga respublika taʼlim muassasalarida boshqa fan oʻqituvchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar va ijtimoiy kafolatlar tatbiq etiladi.
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Bundan tashqari, rezervdagi (zaxiradagi) ofitser yoki serjant unvoniga ega boʻlgan CHQBT rahbarlariga oʻz harbiy-hisob mutaxassisligi boʻyicha amaldagi harbiy formali kiyim-kechak va farqlovchi nishonlarni taqib yurish huquqi beriladi.
(39-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
8-bob. Taʼlim muassasalarida CHQBT tashkil etilishini oʻrganish
40. Taʼlim muassasasida CHQBTning tashkil etilishini oʻrganish ishlari mudofaa ishlari boʻlimlari tomonidan tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi bilan kelishilgan holda har yili oktabr oyida amalga oshiriladi. Oʻrganish davomida CHQBT dasturining toʻliq bajarilishi, oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasi, shuningdek, fan oʻquv-moddiy bazasi holati oʻrganib chiqiladi.
41. Oʻrganish ishlari yakuni boʻyicha tuzilgan maʼlumotnoma nusxalari mudofaa ishlari boʻlimidan mudofaa ishlari boshqarmasi va tuman (shahar) hokimligiga, mudofaa ishlari boshqarmasidan tizimida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalariga yuboriladi, bir nusxa mudofaa ishlari boʻlimi va taʼlim muassasasida saqlanadi.
9-bob. Yakunlovchi qoida
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.02.00 Maʼmuriy huquqbuzarlik;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.11.00.00 Jinoyat qonunchiligi / 16.11.02.00 Jinoyat va jinoiy javobgarlik]
42. Ushbu Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻquv-moddiy bazasi
ROʻYXATI
I. Oʻquv-moddiy baza obyektlari (tavsiyaviy)
1. Toʻsiqlar yoʻlagi.
2. Gimnastik shaharcha.
3. Saf maydoni.
4. Kichik taktik maydon.
5. Pnevmatik quroldan otish tiri yoki elektron otish trenajyori.
6. Qurol saqlash xonasi.
II. Oʻquv-moddiy baza elementlari
1. Vzvod boʻyicha sutkalik naryadni oʻtash oʻquv joyi;
2. Jasorat burchagi.
III. CHQBT fani oʻquv xonasining oʻquv-moddiy bazasi
20. Piyodalar kichik (sapyor) belkuragi gʻilofi bilan — 5 dona.
21. Gʻilofli bayroqchalar toʻplami (oq/sariq va qizil) — 4 dona.
22. Kurvimetr — 2 dona.
23. Ofitser chizgʻichi — 5 dona.
24. Mina koʻrsatkich maketi — 4 dona.
25. Ekipirovkali askar manekeni — 1 dona.
Fuqaro muhofazasiga oid oʻquv qurollari
26. Filtrlovchi gaz niqobi — 5 dona;
27. Umumqoʻshin himoya komplekti — 5 dona;
28. Sanitar zambili — 2 dona.
Tibbiy bilim asoslariga oid oʻquv qurollari
29. Sanitar sumkasi toʻplami — 1 dona;
30. Qon toʻxtatuvchi rezina jgut — 2 dona;
31. Tibbiy roʻmolcha — 2 dona;
32. Bint — 10 dona;
33. Individual bogʻlov paketi — 5 dona;
34. Shaxsiy tibbiy toʻplam — 1 dona;
35. Shina — 2 dona;
36. Odam ichki aʼzolari tasvirlangan plakat — 1 dona.
Izoh.
* Ushbu belgi bilan koʻrsatilgan CHQBT oʻquv xonasi jihozlari tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar tomonidan taʼminlanadi.
Oʻquv koʻrgazmali plakatlar va metodik qoʻllanmalar Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar, Sogʻliqni saqlash vazirliklari tomonidan Maktabgacha va maktab taʼlimi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklariga elektron koʻrinishda taqdim etiladi hamda ushbu vazirliklarning hududiy boshqarmalarida oʻzbek, rus, qoraqalpoq, tojik, turkman, qirgʻiz va qozoq tillarida nashr etilgan holda taalluqli taʼlim muassasalariga tarqatiladi.
** Ushbu belgi bilan koʻrsatilgan oʻquv qurol-aslahalari faqat tegishli hokimliklar hisobidan ichki ishlar organlari qoʻriqlash boʻlinmalarining texnik qoʻriqlash markazlari tomonidan qoʻriqlanishi yoʻlga qoʻyilgan qurol saqlash xonalari mavjud boʻlgan taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining hisobidan chiqarilmagan holda saqlanadi.
(izohning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Alohida belgi bilan koʻrsatilmagan boshqa oʻquv qurollari va jihozlar bilan taʼlim muassasalari tegishli hokimliklar tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi. Ushbu tartibda olingan oʻquv qurollari va jihozlar taʼlim muassasasi balansiga oʻtkaziladi.
Taʼlim muassasalarida CHQBT fani oʻquv xonasi soni mavjud infratuzilma imkoniyatlari hamda ushbu fan oʻqitiladigan oʻquvchilar sonidan kelib chiqib belgilanadi.
I boʻlimdagi oʻquv-moddiy baza obyektlari tavsiyaviy xususiyatga ega boʻlib, mahalliy budjet imkoniyatlaridan kelib chiqib barpo etiladi. Mazkur oʻquv-moddiy baza obyektlari mavjud boʻlmagan taʼlim muassasalari tomonidan tegishli mashgʻulotlar va harbiy-sport oʻyinlarini oʻtkazishda oʻzlari biriktirilgan (eng yaqin joylashgan) harbiy qism va muassasalar oʻquv-moddiy bazasidan foydalaniladi.
Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va texnikumlarda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻquv-moddiy bazasi holati boʻyicha
MAʼLUMOT
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
_______________ viloyati hududiy boshqarmasi
boshligʻi __________________
_______(imzo, F.I.O.)
KELISHILDI:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
_______________ viloyati hududiy boshqarmasi
boshligʻi_________________
_______(imzo, F.I.O)
gerbli muhr, sana
gerbli muhr, sana
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va texnikumlarda chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbarlari lavozimlarini butlanishi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
_______________ viloyati hududiy boshqarmasi
boshligʻi__________________
_______(imzo, F.I.O.)
KELISHILDI:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
_______________ viloyati hududiy boshqarmasi
boshligʻi_________________
_______(imzo, F.I.O.)
gerbli muhr, sana
gerbli muhr, sana
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik rahbari lavozimida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
(4-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
_______________ viloyati hududiy boshqarmasi
boshligʻi _____________________________________________
(imzo, F.I.O.)
KELISHILDI:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
_______________ viloyati hududiy boshqarmasi
boshligʻi _________________________________
(imzo, F.I.O.)
gerbli muhr, sana
gerbli muhr, sana
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qaroriga 2-ILOVA
Taʼlim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻquv-moddiy bazasini 2024 — 2028-yillarda bosqichma-bosqich taʼminlash
CHQBT fani oʻqitilayotgan taʼlim muassasalari soni
2024 — 2028-yillarda CHQBT sinfi jihozlanadigan taʼlim muassasalari soni
2024-yil
2025-yil
2026-yil
2027-yil
2028-yil
Moliyalashtirish manbalari
Masʼul ijrochilar
1.
Qoraqalpogʻiston
Respublikasi
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
703
140
141
141
141
140
Mahalliy budjet mablagʻlari, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Akademik litsey
3
1
1
1
Texnikum
21
4
4
4
5
4
Jami
727
145
146
146
146
144
2.
Andijon viloyati
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
745
149
149
149
149
149
Akademik litsey
4
1
1
1
1
Texnikum
33
6
6
7
7
7
Jami
782
156
156
157
157
156
3.
Buxoro viloyati
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
517
104
104
103
103
103
Akademik litsey
3
1
1
1
Texnikum
20
4
4
4
4
4
Jami
540
109
109
108
107
107
4.
Jizzax viloyati
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
546
109
109
110
109
109
Akademik litsey
2
2
Texnikum
15
3
3
3
3
3
Jami
563
114
112
113
112
112
5.
Qashqadaryo viloyati
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
1 193
238
238
239
239
239
Akademik litsey
4
1
1
1
1
Texnikum
32
6
6
6
7
7
Jami
1 229
245
245
246
247
246
6.
Navoiy viloyati
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
356
72
71
71
71
71
Akademik litsey
2
2
Texnikum
11
2
2
2
2
3
Jami
369
76
73
73
73
74
7.
Namangan viloyati
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
690
138
138
138
138
138
Akademik litsey
3
1
1
1
Texnikum
27
5
5
5
6
6
Jami
720
240
240
240
240
240
8.
Samarqand viloyati
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
1 245
249
249
249
249
249
Akademik litsey
7
1
1
2
2
1
Texnikum
37
7
7
7
8
8
Jami
1 289
257
257
258
259
258
9.
Surxondaryo viloyati
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
941
188
188
188
188
189
Akademik litsey
3
1
1
1
Texnikum
28
5
5
6
6
6
Jami
972
194
194
195
194
195
10.
Sirdaryo viloyati
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
306
61
61
61
61
62
Akademik litsey
1
1
Texnikum
11
2
2
2
3
2
Jami
318
64
63
63
64
64
11.
Toshkent viloyati
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
852
170
170
171
171
170
Akademik litsey
3
1
1
1
Texnikum
32
6
6
6
7
7
Jami
887
177
177
178
178
177
12.
Fargʻona viloyati
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
942
189
189
188
188
188
Akademik litsey
4
1
1
1
1
Texnikum
32
6
6
6
7
7
Jami
978
196
196
195
196
195
13.
Xorazm viloyati
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
535
107
107
107
107
107
Akademik litsey
2
2
Texnikum
25
5
5
5
5
5
Jami
562
114
112
112
112
112
14.
Toshkent shahri
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
322
64
64
64
65
65
Akademik litsey
24
4
5
5
5
5
Texnikum
6
1
1
2
1
1
Jami
352
69
70
71
71
71
Respublika boʻyicha
Umumiy oʻrta taʼlim maktabi
9 893
1 978
1 978
1 979
1 979
1 979
Akademik litsey
65
20
14
15
10
6
Texnikum
330
62
62
65
71
70
Jami
10 288
2 060
2 054
2 059
2 060
2 055
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-noyabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., 09/25/688/1005-son)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-noyabrdagi 591-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi yoshlarini harbiy xizmatga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 18-dekabrdagi 348-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2779-son qarori)” 2017-yil 16-maydagi 288-son qaroriga ilovaning 27-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyuldagi PF-5106-son Farmoni)” 2017-yil 12-sentabrdagi 712-son qaroriga ilovaning 28-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarori)” 2018-yil 5-iyuldagi 508-son qaroriga 1-ilovaning 30-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (“Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2019-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-564-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori)” 2020-yil 23-martdagi 179-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 353-bandi.