Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarga muvofiq aholining hayot darajasini yanada yuksaltirish, taʼlim sifatini ilgʻor xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, barqaror iqtisodiy oʻsishga erishish hamda kambagʻallikni qisqartirish borasidagi islohotlarimizni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:
1. Jamoatchiligimiz va xalqimiz bilan keng muhokamalarda bildirilgan takliflar asosida ishlab chiqilgan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Davlat dasturi ijrosini samarali, qatʼiy tartib-intizom asosida tashkil etib, 10 kun muddatda har bir tuman, shahar va mahalla kesimida amaliy chora-tadbirlarni belgilasin hamda keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari ishtirokida muntazam ravishda masʼul shaxslarning hisobotini eshitib borsin.
Oliy Majlis palatalari va mahalliy Kengashlarga Davlat dasturining bajarilishini tumanlar, shaharlar va mahallalarga borib oʻrganish, masʼul davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini eshitib borish tavsiya etilsin.
2. Xalqimizning ogʻirini yengil qilish, aholi uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish va ularning xarajatlarini tejash maqsadida, 2023-yil 1-iyuldan boshlab:
a) barcha davlat organlari va tashkilotlarida “Aholi va tadbirkorlarga servis sifatini oshirish” chora-tadbirlari belgilansin.
Vazirlar va boshqa mustaqil ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari 15 kun muddatda oʻz tizimida masofadan turib, shu jumladan mobil ilovalar orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini koʻpaytirish, undiriladigan toʻlovlar miqdorini kamaytirish, talab qilinadigan ortiqcha hujjatlarni bekor qilish, koʻrib chiqish jarayonlari va muddatlarini keskin qisqartirish, shaffoflikni oshirish, aholi va tadbirkorlar bilan doimiy muloqot maydonchalarini tashkil etish, xodimlarning muomala madaniyatini yuksaltirish, tezkor va sifatli xizmat koʻrsatishga oʻqitish boʻyicha tadbirlar dasturini tasdiqlab, aholi va tadbirkorlarga eʼlon qilsin;
b) davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari soni 300 taga, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan xizmatlar soni esa 570 taga yetkazilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
v) aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi boʻlgan shaxslar, ogʻir bemorlar, keksalar va boshqalar)ga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi davlat xizmatlarini yashash yoki turgan joyiga chiqish orqali koʻrsatilgan xizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmagan holda koʻrsatish yoʻlga qoʻyilsin;
(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
g) elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini proaktiv tarzda koʻrsatish (fuqaro murojaatini kutmasdan, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning oʻz tashabbusi bilan) taklifini yuborish yoʻlga qoʻyilsin.
3. 2023-yil 1-sentabrdan boshlab aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish bilan bogʻliq barcha xizmatlar bosqichma-bosqich “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratishning yagona elektron platforma”siga oʻtkazilsin hamda subsidiyalarni ajratishning maqsadga muvofiqligini elektron platforma orqali onlayn tekshirish tizimi yoʻlga qoʻyilsin.
Bunda, subsidiyalar ajratish toʻgʻrisidagi arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki istalgan tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish imkoniyatini yaratish hamda ortiqcha byurokratik toʻsiqlar va boshqa korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish taʼminlansin.
4. Fuqarolarning pensiya taʼminotini yaxshilash va pensionerlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, 2024-yil 1-yanvardan boshlab pensionerga hisoblangan, lekin oʻz vaqtida olinmagan pensiyani toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirilsin.
5. Nogironlikni belgilashda fuqarolarga qoʻshimcha yengilliklar yaratish maqsadida:
a) 2023-yil 1-apreldan boshlab nogironlik idoralararo elektron maʼlumotlar almashinuvi asosida nogironlik belgilari aniq koʻrinib turgan, anatomik nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, noxush klinik prognozga ega kasalliklar va asoratlarda fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi;
b) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) 2023-yil 1-aprelga qadar nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich oʻtish konsepsiyasi loyihasini kiritsin, unda:
fuqarolarning mehnat qobiliyatini yoʻqotganlik darajasidan kelib chiqib nogironlikni belgilash amaliyotidan voz kechib, uning oʻrniga jahon standartlari asosida nogironlikni belgilashga hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning hayotga ijtimoiy moslashuvi va ularning sogʻligʻini qayta tiklashga;
nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay formatlardagi axborot texnologiyalaridan, imo-ishora tilidan hamda muloqotning boshqa muqobil shakllaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratishga eʼtibor qaratilsin.
6. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini rivojlantirish va aholining uy-joyga boʻlgan talabini qondirish maqsadida 2023-yilda:
“Yangi Oʻzbekiston” massivlari va 161 ta boshqa massivlarda, jumladan, xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan yangi uy-joylar qurishning yillik hajmlari 1,6 baravarga oshirilib, 90 mingga yetkazilsin. Bunda, uy-joy hamda ijtimoiy va savdo obyektlarini loyihalashtirish va qurishda avtotransport vositalarining turargohlari, shu jumladan koʻp qavatli va yerosti avtoturargohlar majburiy ravishda barpo etilishi taʼminlansin;
32 ming nafar fuqaroga bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari, shuningdek 11 ming nafar fuqaroga boshlangʻich badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplashga subsidiyalar ajratish uchun Davlat budjetidan yetarli mablagʻlar yoʻnaltirilsin;
aholini bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi doirasida mulk huquqi asosida uy-joyga ega boʻlmagan fuqarolar uchun Toshkent viloyatida tajriba-sinov tariqasida “Mening birinchi uyim” dasturi ishlab chiqilib, amalga oshirilsin;
xalqaro va mahalliy fond birjalarida “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJning ipoteka obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish uchun kompaniyaning ustav fondi 100 mln AQSH dollari ekvivalentiga yetkazilsin. Bunda, ipoteka obligatsiyalarini joylashtirish hisobiga jalb qilingan mablagʻlar ipoteka kreditlari uchun resurs sifatida banklarga joylashtirilsin.
7. Tashabbusli budjet amaliyotini hamda mahallalarning moliyaviy mustaqilligini kengaytirish maqsadida:
2023-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 8 trillion soʻm, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 4 trillion soʻm yoʻnaltirilsin;
2023-yilda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan 4 trillion soʻm ajratilsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) uch oy muddatda loyihalarni jamoatchilik fikri va “Ochiq budjet” portalida toʻplangan ovozlar asosida moliyalashtirishning samarali tizimini yaratsin va amaliyotga kiritsin.
Bunda, ovoz berish jarayonlarini xolis va maʼmuriy aralashuvlarsiz tashkillashtirishning aniq mexanizmlarini joriy qilishga alohida eʼtibor qaratilsin.
8. Taʼlim sifatini oshirish, sohani ilgʻor xorijiy tajriba asosida isloh qilish maqsadida:
a) 2023-yil 1-sentabrdan boshlab har bir tuman (shahar)ning bittadan umumiy oʻrta taʼlim muassasasida oʻquvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga oʻrgatish amaliyoti bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyilsin;
b) 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ koʻnikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, jamoa boʻlib ishlash, tadqiqotchilik kabi koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim dasturlari amaliyotga kiritilsin.
Bunda:
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1 — 4-sinflarida oʻquvchilarni ilgʻor xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar boʻyicha oʻqitish;
5 — 9-sinflarda oʻquvchilarga umumtaʼlim fanlaridan tayanch bilimlar berish;
10-11-sinf oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos boʻlgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish amaliyoti joriy qilinsin;
v) 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab respublikaning barcha viloyatlari va Toshkent shahrida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyilsin.
Bunda, ovqat turlari oʻquvchilarning yoshi va sogʻligʻi holatiga koʻra meʼyorlangan holda yetkazib berilishi hamda sanitariya talablariga javob berishi taʼminlansin;
g) 2023-yil 1-apreldan boshlab maktabgacha taʼlim qamrovini kengaytirish maqsadida:
yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini koʻp kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni taʼmirlash hamda jihozlash orqali tashkil etishga ruxsat etilsin;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida ijaraga berilgan yer uchastkasida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini qurgan xususiy sherik tomonidan ushbu binoning mazkur loyiha uchun bank kreditlari boʻyicha garovga qoʻyilishiga oid cheklovlar bekor qilinsin;
d) professional taʼlim tizimini rivojlantirish, mehnat bozori va ish beruvchilarning talablariga mos boʻlgan malakali oʻrta boʻgʻin kadrlarini tayyorlash maqsadida:
2023/2024 oʻquv yilidan boshlab davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual taʼlim shakli boʻyicha ham ajratilsin;
2023-yil 1-sentabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Yevropa kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish sifatini taʼminlash tizimi talablariga toʻliq javob beradigan 1 tadan namunaviy professional taʼlim muassasalari faoliyati yoʻlga qoʻyilsin;
e) 2023-yil 1-apreldan boshlab:
professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga;
professional taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan, malaka toifasiga ega boʻlmagan oliy maʼlumotli hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy oʻrta taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli oʻqituvchisi hamda oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirilsin.
9. Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish va fuqarolarni sifatli tibbiy xizmatlar bilan taʼminlash, kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, shuningdek, bemorlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida:
a) Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Inoyatov):
2023-yilda 30 ta oilaviy poliklinika, 110 ta oilaviy shifokor punkti va 520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish;
18 — 40 yoshli 12,6 million nafar aholini profilaktik koʻrikdan oʻtkazish, 40 yosh va undan katta yoshdagi surunkali kasalligi boʻlmagan 6,3 million nafar aholini yurak qon-tomir kasalliklari va qandli diabet, 3 million nafar aholini onkologik kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha skrining tekshiruvlaridan oʻtkazish;
spinal mushak atrofiyasi bilan kasallangan 112 nafar bolani dori vositalari bilan taʼminlash;
250 nafardan ortiq zaif eshituvchi bolada koxlear implantatsiya operatsiyalarini oʻtkazish, shuningdek, bunday operatsiyalar oʻtkazilgan 132 nafar bolada nutq protsessorlarini almashtirish choralarini koʻrsin;
b) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalarni berish bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkazilsin. Bunda:
vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalarni berish Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida — 2023-yil 1-iyuldan boshlab, Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida — 2023-yil 1-oktabrdan boshlab, respublikaning boshqa hududlarida — 2024-yil 1-yanvardan boshlab elektron shaklga oʻtkazilsin.
2024-yil 1-yanvardan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalarni qogʻoz shaklda talab qilish taqiqlansin;
v) 2023-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilsin;
g) 2023-yil yakuniga qadar nogironligi boʻlgan shaxslarni ambulator va statsionar sharoitda bepul tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya choralari bilan qamrab olish koʻlami 30 ming nafarga yetkazilsin.
10. Aholi orasida yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” umummilliy harakati yoʻlga qoʻyilsin:
aholiga smartfon va mobil ilovalar yordamida oʻz sogʻligʻi va ovqatlanishini nazorat qilishni oʻrgatish, toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha mobil ilova yaratish;
bolalarga moʻljallangan nosogʻlom oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda energetiklar, dori vositalari, biologik faol moddalar reklamasiga talab va cheklovlarni kuchaytirish;
taʼlim muassasalarida bolalar va yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan tarkibida shakar, tuz, transyogʻlar miqdori yuqori boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, taʼm va rang beruvchi qoʻshimchalar roʻyxatini tasdiqlash va ularning isteʼmolini kamaytirish;
mahalliy mahsulotlar turlaridan kelib chiqib, aholining har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun alohida-alohida sogʻlom ovqatlanishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish;
yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, bolalar, kattalar va keksalar uchun qisqa toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha tavsiyalar, sogʻlomlashtirish mashqlari va gigiyena qoidalari toʻplamini yaratish;
ish joylarida xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishi va sogʻlom ovqatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.
11. 2023-yil 1-apreldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqiga doir tasdiqnoma amal qilish muddati davomida chet el fuqarolari xorijdan olib kelingan shaxsiy avtotransport vositasini olib chiqib ketish muddatini uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborganda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan yigʻimni toʻlashdan ozod etilsin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 31 yanvardagi 55-son “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
12. Tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish maqsadida 2023-yil 1-iyuldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan yangi turdagi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga uch yillik moratoriy oʻrnatilsin.
Adliya vazirligi (A. Tashkulov) Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) bilan birgalikda bir oy muddatda savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikni maʼmuriy yurisdiksiyaga oʻtkazish orqali bekor qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Qishloq xoʻjaligini suv resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida 2023-yilda:
suv resurslarini boshqarishda uzluksiz tizimni yoʻlga qoʻyish hamda suvni tejaydigan raqamli texnologiyalarni joriy qilish hisobiga suvni yetkazib berishdagi tabiiy yoʻqotishlar hajmi 10 foizgacha kamaytirilishi;
qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliq yetishtirish (oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi boʻyicha soliq stavkasini oshirish orqali suv soligʻi boʻyicha tushumlarning bir qismi tumanlarda sugʻorish xizmatlarini rivojlantirish, ariq, zovur va kanallarni betonlashga yoʻnaltirilishi taʼminlansin.
Suv xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) 2023-yil yakuniga qadar:
a) suv resurslarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish, zarur irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini oʻz vaqtida amalga oshirish orqali kamida 7 mlrd metr kub suv iqtisod qilinishini hamda 300 ming gektar maydonda takroriy ekinlarni sugʻorishga yoʻnaltirilishini taʼminlasin;
b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh. Kudbiyev) bilan birgalikda:
suvning hisobini ochiq-oshkora yuritish tizimini joriy etish maqsadida 13 mingta suv xoʻjaligi obyektlarini raqamlashtirish bilan bogʻliq barcha xarajatlarni Davlat budjeti mablagʻlari va xalqaro moliya institutlari grantlari hisobidan moliyalashtirish;
16 ta yirik nasos stansiyalarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun kiritsin.
14. Adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash borasida quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalari belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritilsin:
jinoyatlarni tergov qilish jarayonida “Xabeas korpus” institutini qoʻllash amaliyotini yanada kengaytirish maqsadida tintuv oʻtkazish, telefon soʻzlashuvlarini eshitib turish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolatini prokurorlardan sudlarga oʻtkazish;
jinoyat ishini sudlarga ayblov xulosasi (ayblov dalolatnomasi) va himoyachi fikri bilan birga taqdim etish tartibini joriy etish;
advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlish talabini bekor qilish.
Oliy sud (B. Islamov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) va Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev) mazkur bandda nazarda tutilgan masalalar boʻyicha tegishli qonunlar loyihalarining Davlat dasturida belgilangan muddatlarda ishlab chiqilib, kiritilishini taʼminlasin.
15. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasini “shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun” gʻoyasi asosida isloh qilish maqsadida:
a) 2023-yil 1-apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilsin;
b) 2023-yil 1-dekabrdan boshlab transport vositasining egasiga transport vositasini boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxs bilan birgalikda tegishli huquqni belgilovchi hujjatni (ishonchnoma va boshqalar) taqdim etgan holda, davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarini transport vositasini boshqarish huquqini oʻtkazganligi haqida xabardor qilish huquqi berilsin.
Bunda, xabarnoma olingan kundan boshlab vakolatli organ tomonidan Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlashtirilgan axborot-tahlil tizimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda ushbu transport vositasida sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirish tartibi joriy etilishi belgilansin.
16. Adliya vazirligi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakati:
Davlat dasturi amalga oshirilishining borishini tizimli monitoring qilish, uni sifatli va oʻz vaqtida bajarish uchun qoʻshimcha choralar koʻrish boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqsin;
Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishi hamda kelishilishida amaliy yordam koʻrsatib borsin;
Davlat dasturini amalga oshirish yakunlariga bagʻishlangan axborot-tahliliy sharhlarni tayyorlash, ularni xorijiy tillarda eʼlon qilish va keng tarqatishni taʼminlasin;
monitoring natijalari toʻgʻrisidagi axborotni har oyda 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasiga kiritib borsin.
17. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov) muntazam ravishda Davlat dasturining maqsad va vazifalari, shu jumladan mashhur davlat arboblari, tajribali siyosatshunos, huquqshunos, iqtisodchi va boshqa mutaxassislar ishtirokida keng sharhlab borilishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini taʼminlasin.
18. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib vazirliklar va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish boʻyicha respublika komissiyasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 28-fevral,
PF-27-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoniga
ILOVA
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid
DAVLAT DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Ustuvor yoʻnalishlar, maqsadlar va vazifalar

Amalga oshirish mexanizmlari

Amalga oshirish shakli

Muddati

Amalga oshirish xarajatlari

(moliyalashtirish manbalari)

Nazorat qiluvchilar

Masʼul ijrochilar

I. INSON QADRINI YUKSALTIRISH VA ERKIN FUQAROLIK JAMIYATINI YANADA RIVOJLANTIRISH ORQALI XALQPARVAR DAVLAT BARPO ETISH

1-maqsad: Mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylantirish

1.

Fuqarolarning oʻz mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish hamda davlat organlari va mahallalar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish.

Raqamli mahalla” markazini tashkil etish hamda “Ijtimoiy mahalla” axborot tizimini joriy etish. Bunda:

mahalladagi aholi va tadbirkorlarning mavjud muammo va kamchiliklarini “xonadonbay” oʻrganish boʻyicha soʻrovnomalarni oʻtkazish, natijalarini tegishli davlat organlari va tashkilotlariga yuborish hamda koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish;

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga koʻrsatilgan yordam haqidagi maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritib borish;

mahallalarning hududi, maydoni, infratuzilmasi, chegarasi aks etgan xaritasi, xonadonlarning joylashuvi, raqamlari va koʻcha nomlarining yagona bazasini yuritish;

Ijtimoiy mahallaaxborot tizimi hamda “Elektron hukumattizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali 40 turdagi maʼlumotlarning yagona bazasini yuritish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, yoshlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2.

Joylarda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda mahallalar rolini oshirish.

1. Mahallalarga tegishli hududdagi tuman (shahar) mahalliy Kengashlari sessiyalari kun tartibiga koʻrib chiqish uchun taklif kiritish, tuman (shahar) mahalliy Kengashlarining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish huquqini taqdim etish.

2. Har bir mahallaning “oʻsish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining ehtiyojidan kelib chiqib, mahallaning moliyaviy mustaqilligini kuchaytirish maqsadida mahallalar qoshida tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish.

3. Mahallalarda “Tadbirkorlar kengashlari”ni tashkil etish, ularning maqomi va vazifalarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

-

Oliy Majlis Senati

T. Narbayeva

(kelishuv asosida)

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3.

Mahallalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

1. Mahallalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan manzilli dasturni ishlab chiqish. Bunda:

xizmat binosida muammosi boʻlgan 2 327 ta mahallalar uchun xizmat binolarini qurish, jihozlash, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan taʼminlash;

binolarni qurishda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektorlari uchun alohida xonalar boʻlishiga eʼtibor qaratish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Budjetda mahallalar infratuzilma-sini rivojlantirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida, homiylik, davlat-xususiy sheriklik, “Mahalla” jamgʻarmasi mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov

4.

Mahalla institutini jamiyat hayotida tutgan oʻrnini xalqaro hamjamiyatga yetkazish.

1.Mahalla institutining Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatini qaror topishidagi oʻrni va roli: kecha, bugun va ertaga” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.

2. Mamlakatimizda yuqori darajadagi Xalqaro forumni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov

3. Mamlakatimizda oʻtkazilishi rejalashtirilgan yuqori darajadagi Xalqaro forumga xorijiy ishtirokchilarni jalb qilish maqsadida tadbirning konsepsiyasi va dasturini rus va ingliz tillarida Tashqi ishlar vazirligiga tadbirdan 3 oy oldin taqdim qilish.

4. Xalqaro forumda xorijiy mutaxassislar ishtirokini taʼminlash.

2023-yil may

5. “Mahalla institutini jamiyat hayotida tutgan oʻrni” Xalqaro forumini oʻtkazish.

2023-yil sentabr

2-maqsad: Xalq deputatlari Kengashlarini hududlarda mavjud muammolarni hal qilishdagi asosiy boʻgʻinga aylantirish

5.

Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish boʻyicha doimiy komissiyalar faoliyatini kuchaytirish.

1. Tajriba tariqasida xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining komissiya raislarini doimiy asosda faoliyat olib borishlarini tashkil etish.

2. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda va uni amalga oshirishda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari ishtirokini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

-

Oliy Majlis Senati

T. Narbayeva,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Davletov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Oliy Majlis Senati senatorlari

(kelishuv asosida),

Davlat boshqaruvi akademiyasi

A. Bekmurodov

3-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini zamon talablariga moslashtirish

6.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish orqali ularga yuklatilgan ortiqcha vazifa va funksiyalarni maqbullashtirish, ular faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish.

1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.

2. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining takrorlanadigan vazifa va funksiyalarini qayta koʻrib chiqish va maqbullashtirish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

-

Oliy Majlis Senati

T. Narbayeva,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

N. Ismoilov,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Gʻ. Mirzayev,

R. Davletov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

4-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “fuqarolarga xizmat qilishga yoʻnaltirish” tamoyili asosida transformatsiya qilish

7.

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining institutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.

1. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tashkil etish va tugatish asoslari va mezonlarini ularning vakolatlari hamda javobgarlik sohalarini aniqlashtirgan holda belgilash.

Qonun loyihasi

2023-yil aprel

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Gʻ. Mirzayev,

R. Davletov,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Davlat boshqaruvi akademiyasi

A. Bekmurodov

2. Davlat boshqaruvi organlari xodimlarining maʼmuriy tartib-taomillarni qoʻllash borasidagi malakalarini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Gʻ. Mirzayev

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Davlat boshqaruvi akademiyasi

A. Bekmurodov

5-maqsad: Ixcham, professional, adolatli, yuqori natijadorlikka xizmat qiladigan davlat boshqaruvi tizimini joriy qilish

8.

Vazirlik va idoralarning funksiya va vazifalarini qayta koʻrib chiqish.

1. Vazirlik va idoralarning takrorlanadigan 168 ta vazifa va 301 ta funksiyalarini maqbullashtirish nuqtai nazardan koʻrib chiqish.

2. Faoliyati samarasiz deb topilgan va davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan 40 dan ortiq idoralararo kollegial organlarni maqbullashtirish, zarurat boʻlganda ularning vazifalarini tegishli idoralarga oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktabr

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Davletov,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

vazirlik va idoralar

9.

Davlat boshqaruvi tizimida adliya organlarining huquqiy maqomini qonun hujjati bilan mustahkamlash.

Huquq ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni taʼminlash hamda huquqiy targʻibotni amalga oshirish, shuningdek, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash borasida adliya organlari faoliyatini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2023-yil sentabr

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

6-maqsad: Davlat boshqaruvi tizimida maʼmuriy apparatni ixchamlashtirish va ish jarayonlarini maqbullashtirish

10.

Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarining ikkinchi bosqichi doirasida hududlardagi boshqaruv tizimini isloh qilish.

Mahalliy ijro hokimiyati organlarining faoliyatini chuqur tahlil qilgan holda ularning faoliyatini takomillashtirish va tashkiliy tuzilmasini maqbullashtirish, boʻysunuv tizimini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflarni tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2023-yil aprel

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

11.

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish orqali ish jarayonlarini maqbullashtirish.

Davlat boshqaruvi organlari kesimida davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2023-yil noyabr

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

7-maqsad: Mamlakatimizdagi islohotlarni izchil davom ettirishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish

12.

Parlament palatalari qoʻmitalarini nazorat-tahlil jarayonlariga yanada kengroq jalb etilishini taʼminlash.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga hukumat aʼzolarining, davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan parlament eshituvlarini oʻtkazish tashabbusi huquqini berish boʻyicha takliflar kiritish.

Axborot-tahliliy maʼlumotnoma

2023-yil iyun

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Davletov

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

F. Otaxonov,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida)

8-maqsad: Norma ijodkorligi jarayonini modernizatsiya qilish, qonunchilik hujjatlarining qatʼiy ijrosini taʼminlash

13.

Huquqiy eksperiment oʻtkazish tartibi, asosi va mexanizmini aniq belgilash.

“Huquqiy eksperiment asoslari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

huquqiy eksperimentning asosiy prinsiplari, uni tashkil etish va oʻtkazish tamoyillari (shartlari), davomiylik muddati;

huquqiy eksperiment joriy etish mumkin boʻlmagan sohalar;

huquqiy eksperiment oʻtkazish shakllari va usullari va boshqa masalalar nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2023-yil oktabr

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Davletov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

9-maqsad: “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish

14.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish.

1. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrik natijalarini tibbiyot muassasalari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga real vaqt rejimida joylashtirish tartibini yoʻlga qoʻyish.

2. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq boʻlgan sud qarorlarini ular qonuniy kuchga kirgan kuni ushbu qarorni qabul qilgan sud organi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga elektron tizim orqali yuborish hamda sudda koʻrib chiqilayotgan dalolatnoma yozuvlarini axborot tizimidan yuklab olish orqali, qarorlarni oʻzaro bogʻlash tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyul

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezide?ti Administratsiyasi

D. Kadirov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Oliy sud

B. Islomov

15.

Fuqarolar va davlat idoralari oʻrtasidagi munosabatlarda ortiqcha byurokratiya holatlariga barham berish ishlarini davom ettirish.

1. Davlat xizmatlarini qoʻshimcha toʻlov asosida xizmat koʻrsatuvchi xodimni fuqaroning yashash joyiga chaqirish orqali maxsus texnik qurilmalar yordamida koʻrsatish amaliyotini kengaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

davlat xizmatini koʻrsatuvchi vazirlik va idoralar

2. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalar berilishini bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

3. Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatadigan davlat organlari va tashkilotlarida koʻrsatilgan xizmat sifati, xodimlarning muomala madaniyati va boshqa koʻrsatkichlarni maxsus elektron moslamalar orqali baholash tizimini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil aprel

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Davlat xizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va tashkilotlari,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

4. Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratish bilan bogʻliq barcha xizmatlar bosqichma-bosqich yagona elektron platformaga oʻtkazish hamda subsidiyalarni ajratishning maqsadga muvofiqligini elektron platforma orqali onlayn tekshirish tizimi yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

5. Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sonini 300 taga, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan xizmatlar sonini 570 taga yetkazish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Gulyamov,

D. Kadirov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

6. Ayrim faoliyat turlari boʻyicha litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olmasdan tegishli faoliyatni boshlash hamda uch oylik “oʻtish va moslashish davri”ni belgilaydigan “Biznesga litsenziyasiz kirish” (Zero Licensing) rejimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

7. Kamida 10 ta davlat xizmatlarini ariza beruvchining xohishiga koʻra qoʻshimcha toʻlov evaziga tezlashtirilgan tartibda koʻrsatish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

8. Elektr, gaz va suv sarfi hisoblagichlarini qiyoslashdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini proaktiv tarzda koʻrsatish (xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning oʻz tashabbusi bilan fuqaro murojaatini kutmasdan) yuzasidan taklif berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Gulyamov

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

16.

Elektron davlat xizmatlarining ulushini 55 foizga yetkazish.

1. 2023-yil mobaynida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etiladigan va optimizatsiya qilinadigan 40 ta davlat xizmatlari va servislari roʻyxatini tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra Ijrochilar mablagʻlari loyiha-texnik hujjatlariga muvofiq

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Gulyamov

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Talabalarni yotoqxonaga onlayn joylashish imkoniyatlarini beruvchi, Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan bepul elektron xizmatni joriy etish. Bunda:

yotoqxonalar hisobini yuritish reyestrini ishlab chiqish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni ustuvor ravishda joylashtirish;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza berish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

3. Quyidagi davlat xizmatlarini Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish:

kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza tizimini joriy etish;

sport turlari boʻyicha sport unvonlari va sport razryadlarini berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov

10-maqsad: Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etish

17.

Davlat fuqarolik xizmatini zamonaviy standartlar asosida raqamlashtirish maqsadida “Davlat xizmatchisi” mobil dasturini joriy etish.

1. Davlat fuqarolik xizmatchisining yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan ish faoliyatiga oid munosabatlarini raqamlashtirish yuzasidan tahlil oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

K. Kuranbayev

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

O. Xasanov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev

2. Texnik topshiriq hujjatini shakllantirish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2023-yil may

3. Mobil ilovani ishlab chiqish va “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan ilova oʻrtasida elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2023-yil iyul

4. “Davlat xizmatchisi” mobil dasturini ishga tushirish.

2023-yil avgust

18.

Davlat fuqarolik xizmatchilarining rahbarlik lavozimlariga istiqbolli va salohiyatli boshqaruv kadrlarini saralash va tayyorlash boʻyicha “100 nafar eng ilgʻor yetakchi” dasturini yoʻlga quyish.

1. Ishchi guruh tuzish, dasturni tashkil etish yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasi oʻrganish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

har ikki yilda 100 nafar salohiyatli boshqaruv kadrlari tanlov asosida saralab olinadi;

ular uchun maxsus oʻquv dasturi va xorijda stajirovka tashkil etiladi.

3. “100 nafar ilgʻor yetakchi” dasturini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari, xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

K. Kuranbayev

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

Davlat boshqaruvi akademiyasi

A. Bekmurodov,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev

19.

Fuqarolarning davlat fuqarolik xizmatiga kirish imkoniyatlarini kengaytirish.

Davlat fuqarolik xizmatchilarining vakant lavozimlariga ochiq tanlovni oʻtkazishda shaffoflikni oshirish va inson omilini qisqartirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyun

-

Prezidenti Administratsiyasi

K. Kuranbayev

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov

11-maqsad: Xalq bilan muloqot mexanizmlarini takomillashtirish

20.

Hukumatning hududlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, hududlarda aholi tomonidan koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni tezkor hal etish maqsadida har oyda kamida bir marotaba Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Hukumat aʼzolari ishtirokida “Hukumat kuni”ni oʻtkazib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

1. “Hukumat kuni”ni hududlar kesimida oʻtkazish boʻyicha reja-grafikni va unda ishtirok etuvchi mansabdor shaxslar roʻyxatini tasdiqlash.

2. “Hukumat kuni” doirasida muhokama qilinadigan muammolarni tahlil qilish va uni Hukumat aʼzolariga oʻrganish uchun yetkazish boʻyicha sohalar kesimidagi doimiy ishchi guruhlarni shakllantirish.

3. “Hukumat kuni”ni oʻtkazish tartibini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

-

Vazirlar Mahkamasi

A. Aripov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

12-maqsad: Taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish

21.

Vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan aholi eʼtirozlariga sabab boʻlayotgan tizimli masalalarni aniqlash va ularga yechim topish ishlari sifatini oshirish, aholi muammolari va murojaatlar bilan ishlashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Xalq qabulxonalari huzurida taniqli huquqshunoslar, mahalla raislari, ziyolilar, ijodkorlar, jurnalistlar va blogerlardan tarkib topgan “Xalq ovozi” jamoatchilik kengashlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, bunda:

eng koʻp eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan masalalarni muhokama qilish, ular boʻyicha tegishli davlat idoralari rahbarlarining hisobotini eshitish hamda mazkur muammolarning bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;

joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yaxshilash maqsadida jamoatchilik orasida mamlakatimizda jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan tadbirlar boʻyicha targʻibot ishlarini tashkil etish;

hududlardagi oliy taʼlim muassasalari, yetakchi sotsiolog, psixolog olimlar va boshqa mutaxassislarni jalb qilgan holda jamiyatdagi, aholi kayfiyatidagi oʻzgarish va talablarni oʻrganib borish;

fuqarolar tomonidan koʻtarilayotgan masalalarni tegishli soha mutaxassislari va jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilish, ular bilan tushuntirish ishlari olib borish, eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan holatlar boʻyicha tegishli tashkilotlarga axborot va takliflar kiritish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil may

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

U. Muxammadiyev

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Xalq qabulxonalari

22.

Davlat organlari ustidan jamoatchilik nazorati oʻrnatishning zamonaviy shakllarini joriy etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

mahalla raisi tomonidan aholi eʼtirozlariga eng koʻp sabab boʻlayotgan muammolarni aniqlash maqsadida muntazam ravishda muhokamalar oʻtkazish;

har oyda mahalla kengashida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha axborotlarini eshitish;

Mahalla nazorati” va “mahalla raisi soʻrovi” institutlarini joriy qilish;

davlat organlariga murojaatlar va soʻrovlar berish, davlat organlarining ochiq hayʼat majlislarida ishtirok etish, jamoatchilik muhokamasi, eshituvi, monitoringi, ekspertizasini oʻtkazish, jamoatchilik fikrini oʻrganish tartiblarini joriy etish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil avgust

-

Oliy Majlis Senati Raisi

T. Narbayeva

(kelishuv asosida)

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. MAMLAKATIMIZDA ADOLAT VA QONUN USTUVORLIGI TAMOYILLARINI TARAQQIYOTNING ENG ASOSIY VA ZARUR SHARTIGA AYLANTIRISH

13-maqsad: Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish

23.

Baholash faoliyatida davlat sud ekspertizasi va boshqa tashkilotlar uchun umumiy boʻlgan baholash qoidalari, mezonlari va tartiblarini belgilagan holda baholash obyektlarining, shu jumladan bino va inshootlar qurishning zamonaviy tendensiyalarini hisobga olish tartibini joriy etish.

1. Baholash va baholash yoʻnalishidagi sud ekspertlik faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazgan holda, ilgʻor xalqaro tajribadan kelib chiqib, oʻzaro muvofiqlashtirilishini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Davlat aktivlarni boshqarish agentligi

A. Ortikov

2. Baholashning xalqaro standartlari tamoyillari asosida yagona yondashuvni va bozor konyunkturasini hisobga olishni taʼminlaydigan Yagona milliy baholash standartlarini takomillashtirish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Davlat budjeti mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

(ekspertlarni jalb qilish uchun)

Davlat aktivlarni boshqarish agentligi

A. Ortikov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

14-maqsad: Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni taʼminlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash

24.

Bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik oʻtkazishning oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish.

1. Bolalarni tazyiq va zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda davlat organlarining vakolatlarini aniq belgilash.

2. Bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash, tazyiqlarga chek qoʻyish mexanizmini takomillashtirish.

3. Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan bolalarga kompleks yordam koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

Qonun loyihasi

2023-yil iyul

-

Bola huquqlari boʻyicha vakil

(Bolalar ombudsmani)

A. Yunusova

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Maktabgacha va maktab taʼlimivazirligi

X. Umarova

25.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinoiy javobgarlikni yanada liberallashtirish.

18 yoshga toʻlgunga qadar sodir etgan jinoyati (oʻta ogʻir jinoyatlar bundan mustasno) uchun shaxs jazoni oʻtab boʻlganidan soʻng sudlanmagan hisoblanishiga oid normani qonunchilikka kiritish orqali bunday shaxslarning sudlanganlik tamgʻasidan xalos boʻlishini taʼminlash.

Qonun loyihasi

2023-yil may

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Oliy sud

B. Islamov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

26.

Nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini rivojlantirish orqali fuqarolarning buzilgan huquqlarini soddalashtirilgan tartibda himoya qilish.

1. Mediatsiya qoʻllaniladigan sohalar doirasini kengaytirish.

2. Mediatorga doir talablarni qayta koʻrib chiqish.

3. Hakamlik sudlari faoliyati hamda hakamlik muhokamasini xalqaro standartlarga moslashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi

2023-yil sentabr

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Oliy sud

B. Islamov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlikni liberallashtirish.

1. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, oʻtkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish harakatlarini birinchi marta sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash.

2. Ushbu toifadagi huquqbuzarliklar uchun Jinoyat kodeksida belgilangan sanksiyalarga muqobil jazo choralarini kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil iyul

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Bojxona qoʻmitasi

A. Mavlonov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Davlat xavfsizlik xizmati

A. Azizov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Oliy sud

B. Islamov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

15-maqsad: Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini oʻrnatish hamda fuqaro va tadbirkorlik subyektlarining odil sudlovga erishish darajasini oshirish

28.

Sud-tergov jarayonida ishtirokchilarning huquq va erkinliklarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlaridan foydalangan holda samarali himoya qilishni taʼminlash.

Elektron (raqamli) dalil tushunchasi, elektron dalillarni aniqlash, toʻplash, taqdim qilish, tekshirish, baho berish, qayd etish, saqlash tartiblari va bu jarayonda protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilash.

Qonun loyihasi

2023-yil avgust

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Oliy sud

B. Islamov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

29.

Maʼmuriy sudga murojaat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish.

Fuqarolar oʻzlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, maʼmuriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli boʻlgan boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qaror va harakatlari (harakatsizligi) ustidan maʼmuriy sudlarga murojaat qilganda undiriladigan davlat boji stavkalarini pasaytirish.

Qonun loyihasi

2023-yil iyun

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Oliy sud

B. Islamov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Jinoyatlarni tergov qilish jarayonida “Xabeas korpus” institutini qoʻllash amaliyotini yanada kengaytirish.

1. Tintuv oʻtkazish, telefon soʻzlashuvini eshitish va mulkni xatlash protsessual harakatlarini amalga oshirish uchun sanksiya berish vakolatini prokurorlardan sudlarga oʻtkazish.

2. Jinoyat ishini sudlarga ayblov xulosasi (ayblov dalolatnomasi) va himoyachi fikri bilan birga taqdim etish tartibini joriy etish.

Qonun loyihasi

2023-yil iyul

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Oliy sud

B. Islamov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Davlat xavfsizlik xizmati

A. Azizov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

31.

Fuqarolarning harakatlanish erkinligi bilan bogʻliq huquqlarini cheklashda qonuniylikni taʼminlash ustidan nazoratni kuchaytirish.

Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarni hisobga olish boʻyicha yagona elektron reyestrni shakllantirish, yuritish va undagi maʼlumotlardan foydalanish tartibini quyidagilarni nazarda tutgan holda belgilash:

vakolatli organlar tomonidan Yagona elektron reyestrni shakllantirish, yuritish va undagi maʼlumotlardan foydalanish, jumladan tegishli maʼlumotlarni harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarning qarindoshlari yoki advokatlariga taqdim etish tartibi;

Yagona elektron reyestrni qonunchilikda belgilangan talablar va shartlarda ishlab chiqish, takomillashtirish va keyinchalik texnik qoʻllab-quvvatlash boʻyicha buyurtmachi hamda axborot va kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha vakolatli organni belgilash;

Yagona elektron reyestrni ishlab chiqish va shakllantirish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish tartibi;

Masʼul vazirlik va idoralarning xodimlarini yangi tartibning mazmun-mohiyati va harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar bilan ishlash masalalari boʻyicha oʻqitish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2023-yil may

Masʼul vazirlik va idoralarning budjet hamda budjetdan tashqari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Davlat xavfsizlik xizmati

A. Azizov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

16-maqsad: Jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishiga sabab boʻlgan shart-sharoitlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etishning samarali tizimini yaratish

32.

Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi tashkiliy-boshqaruv faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish.

1. Ichki ishlar organlarining tergov boʻlinmalari faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida yagona boshqaruv tizimini yaratish.

2. Hududiy tergov boʻlinmalari xodimlarini ishga qabul qilish, lavozimga tayinlash va ragʻbatlantirish tartibini takomillashtirish.

3. Jinoyatlarni tergov qilish jarayoniga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish.

Normativ-huquqiy-hujjat loyihasi

2023-yil avgust

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

33.

Transport vositasida yoʻl-harakati qoidalarini buzganlik holatlarini aniqlash tartibini takomillashtirish.

Transport vositasi mulkdorining transport vositasini boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxs bilan birgalikdagi murojaatiga koʻra vakolatli organ tomonidan huquqbuzarliklarni qayd etish tizimiga tegishli oʻzgartirishlar kiritish hamda ushbu transport vositasida sodir etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun boshqarish huquqi oʻtkazilgan shaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Oliy sud

B. Islamov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

34.

Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasini “shahar avtomobillar emas, balki piyodalar uchun” gʻoyasi asosida isloh qilish.

Nukus va Toshkent shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlar markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligini soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

17-maqsad: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yangi qiyofasini shakllantirish va ularning faoliyatini xalq manfaatlari, inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishga yoʻnaltirish

35.

Sudga qadar ish yuritishning barcha bosqichida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirish.

1. Tergovga qadar tekshiruv jarayoniga jalb etilgan shaxslarning protsessual maqomini aniqlashtirish, ushbu shaxslar gumon qilinuvchi, jabrlanuvchi va guvoh huquq va majburiyatlaridan foydalanishini belgilash.

2. Tergovga qadar tekshiruv bosqichida ayrim tergov harakatlarini oʻtkazishga ruxsat berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Bosh prokuror

N. Yoʻldoshev,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

18-maqsad: Sud va boshqa organlar hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻliq ijrosini taʼminlash

36.

Sud hujjatlarining ijrosini taʼminlash maqsadida undiruvni mulkiy huquqlarga qaratish mexanizmlarining samaradorligini oshirish.

Undiruvni uzoq muddatli koʻchmas mulk ijarasi huquqiga, yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarga, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mulkiy huquqlarga qaratish tartibining huquqiy asoslarini mustahkamlash.

Normativ-huquqiy-hujjat loyihasi

2023-yil oktabr

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Bosh prokuror

N. Yoʻldoshev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

37.

Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibini yanada takomillashtirish.

Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibini qarzdor jismoniy shaxslardan kommunal xizmatlar uchun qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlariga nisbatan tatbiq etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktabr

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Bosh prokuror

N. Yoʻldoshev,

manfaatdor vazirlik va idoralar

19-maqsad: Advokatura institutining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdagi salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, aholi va tadbirkorlik subyektlarining malakali huquqiy xizmatlarga boʻlgan talabini toʻliq qondirish

38.

Advokatura instituti jozibadorligini oshirish orqali sohaga yosh kadrlarni jalb etishning samarali tizimini yaratish.

Advokaturaga ishga qabul qilish tartibini yanada soddalashtirish, shu jumladan advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlish talabini bekor qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

20-maqsad: Faol fuqarolik jamiyatini rivojlantirish hamda fuqarolar oʻrtasida qonunga hurmat va itoat qilish hissini shakllantirish

39.

Aholining barcha qatlami uchun moʻljallangan “Yuridik kutubxona” elektron tizimini va uning mobil ilovasini yaratish.

Huquqiy manba sifatida aholi foydalanishi uchun elektron kutubxonada:

yuridik adabiyotlarni sohalar kesimida (fuqarolik, mehnat, jinoyat va boshqa) tizimga joylashtirish;

foydalanuvchilarga kitoblarni bepul koʻchirib olish, foydalanish, nusxa koʻchirish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 300 mln. soʻm

(budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

III. MILLIY IQTISODIYOTNI JADAL RIVOJLANTIRISH VA YUQORI OʻSISH SURʼATLARINI TAʼMINLASH

21-maqsad: Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 barobar (1750 dollardan 2800 dollarga) va 2030-yilga borib aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromadni 4 ming AQSH dollaridan oshirish hamda “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish

40.

Iqtisodiyotning yuqori oʻsish surʼatlarini saqlab qolish, makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash.

1. 2023-yilda iqtisodiy oʻsish surʼatlari 5,3 foizda boʻlishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Gulyamov,

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov,

J. Xodjayev

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

Markaziy bank

M. Nurmuratov,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Yillik inflyatsiya darajasini 9,5-10 foizgacha pasaytirish.

Bunda:

makroprudensial nazorat mexanizmlari va vositalarini takomillashtirish, ularni pul-kredit siyosati chora-tadbirlari bilan muvofiqlashtirish orqali inflyatsiya darajasini pasaytirish va moliyaviy barqarorlikni taʼminlash;

narx shakllanishining bozor mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish va tartibga solinadigan tovarlar narxini qayta koʻrib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Gulyamov,

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Markaziy bank

M. Nurmuratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3. Davlat qarzini boshqarishda yillik yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 mlrd dollardan oshmasligini taʼminlash.

Bunda, davlat tashqi qarzi mablagʻlarini asosan muhim ijtimoiy soha va infratuzilmani rivojlantirishga yoʻnaltirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov,

J. Xodjayev

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

22-maqsad: Milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 barobar oshirish

41.

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va aholiga neft-gaz mahsulotlarining uzluksiz yetkazib berilishini taʼminlash.

1. 2023-yil uchun respublika boʻyicha uglevodorod resurslarini qazib chiqarish prognoz hajmlari bajarilishini taʼminlash.

2. Mahalliy zavodlarda suyultirilgan gaz va neft mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish.

3. 1500 kv.km maydonda 3D seysmik ishlar oʻtkazish, 20 ta yangi maydonni burgʻilashga kiritish, 50 ta quduq burgʻilash, 15 ta yangi konlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, yuqoridagi ishlar natijasida 35,3 mlrd kub metr tabiiy gaz va 1,2 mln tn suyuq uglevodorodlar zaxirasini oʻstirish.

Tashkiliy-huquqiy choralar

2023-yil mart

Qazib chiqarish va ishlab chiqarish korxonalari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

“Oʻzbekneftgaz” AJ

42.

“Yoshlik” mis konini oʻzlashtirishning birinchi bosqichi yakuniga yetkazib, 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3-misni boyitish fabrikasini ishga tushirish.

1. “Yoshlik” mis konini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasi doirasida rejalashtirilgan “Yoshlik I” va 3-misni boyitish fabrikasi uchun asosiy texnologik uskunalarni qurilish maydonchasiga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Hisob-kitoblarga koʻra

(tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari krediti)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

“Olmaliq KMK” AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

2. Rudani qayta ishlash quvvati 60 million tonna boʻlgan 3-misni boyitish fabrikasida qurilish-montaj ishlarini yakunlash va uning 1-liniyasini ishga tushirish.

2023-yil sentabr

43.

Olmaliqda misni boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodi loyihalarini boshlash.

1. “Olmaliq KMK” AJ negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Hisob-kitoblarga koʻra

(tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiyalar)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

“Olmaliq KMK” AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

2. “Olmaliq KMK” AJ tomonidan mis eritish quvvatlarini kengaytirishning asosiy muhandislik-loyihalash (Basic Engineering) ishlarini yakunlash.

2023-yil mart

3. “Olmaliq KMK” AJ mis eritish quvvatlarini kengaytirishning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishni yakunlash.

2023-yil iyun

44.

Navoiydagi Pistali konida 4 million tonna oltin rudasini qayta ishlash majmuasining qurilishini yakunlash.

1. Investitsiya loyihasi doirasida koʻzda tutilgan “Pistali” koni va “6-gidrometallurgiya zavodi” (“6-GMZ”) uchun asosiy togʻ-kon va boyitish texnologik uskunalarini sotib olish ishlarini yakunlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Hisob-kitoblarga koʻra

(tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiyalar)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev,

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

“Navoiy KMK” AJ, Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

2. “Navoiy KMK” AJ tomonidan “Pistali” koni va “6-GMZ” sanoat obyektlarining tashqi elektr taʼminoti qurilishi ishlarini yakunlash.

2023-yil avgust

3. “Navoiy KMK” AJ tomonidan “Pistali” koni va 6-GMZ qurilish ishlarining 1-bosqichini yakunlash va foydalanishga topshirish.

2023-yil sentabr

45.

Kimyo sanoati, elektr texnikasi, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida muhandislik maktablarini tashkil qilish.

Kimyo sanoati va energetika sohasida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan muhandislik maktablari tashkil qilish boʻyicha muzokaralar olib borish hamda kelishuvlarga erishish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 1-avgust

Energetika vazirligi va uning tarkibidagi tashkilotlar, “Oʻzkimyosanoat” AJ hamda investorlar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Gulyamov

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

“Oʻzkimyosanoat” AJ

46.

Umumiy qiymati 8 mlrd dollarlik 300 dan ziyod loyihani ishga tushirish va 40 ta yangi yirik loyihani amalga oshirishni boshlash.

1. Loyihalar kesimida tarmoq jadvallari ishlab chiqilib, har bir ishga tushadigan loyihaga masʼullarni biriktirilishi va tasdiqlanishini taʼminlash hamda ijroga qaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tarmoq jadvallarida belgilangan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilib borish, mavjud muammoli masalalarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrish, Hukumat komissiyasi yigʻilishlarida muhokama qilib borishni tashkil etish.

har oy yakunida

47.

Avtomobilsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligida investitsiya loyihalarini ishga tushirish.

1. Jizzax viloyatida yengil avtomobillar ishlab chiqarishni kengaytirish, elektromobillar va gibrid avtomobillar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

2. Chirchiq shahrida Qishloq xoʻjalik texnikalari klasteri negizida 100 ot kuchiga ega milliy traktorni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

(tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiyalar)

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

“Oʻzavtosanoat” AJ,

Andijon viloyati hokimligi,

Jizzax viloyati hokimligi,

Toshkent viloyati hokimligi

48.

Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish dasturini amalga oshirish.

Oziq-ovqat xomashyo bazasini kengaytirish va mahsulotlar hajmini bosqichma-bosqich oshirish dasturini ishlab chiqish. Bunda:

2023-yil yakuniga qadar 68,5 trln. soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilishini taʼminlash;

qayta ishlash quvvatlarini meva-sabzavot mahsulotlarida 3,2 mln tonnaga, sut mahsulotlarida 3,0 mln tonnaga va goʻsht mahsulotlarida 450 ming tonnaga yetkazish;

25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importini qisqartirish uchun qiymati 7,8 trln. soʻmlik 619 ta loyihalarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

49.

Yangi xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish.

Yengil sanoat, charm-poyabzal, elektrotexnika, qurilish va oziq-ovqat hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga tegishli xalqaro va Yevropa standartlarni amaliyotga joriy etish. Bunda:

1 400 dan ortiq xalqaro va Yevropa standartlari tahlilini oʻtkazish;

dolzarb boʻlgan standartlar roʻyxatini shakllantirish;

roʻyxat asosida standartlar xaridi va davlat tiliga tarjimasi bilan bogʻliq xarajatlarni Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan moliyalashtirish;

xarid qilingan va davlat tiliga tarjima qilingan xalqaro va Yevropa standartlarini Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilish va amaliyotga joriy etishni nazarda tutish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil dekabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov,

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

50.

Elektrotexnika sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 22 trln. soʻmdan oshirish va eksport hajmini 1 mlrd dollarga yetkazish.

Elektrotexnika sanoatidagi tadbirkorlik subyektlari bilan yaqin hamkorlikda ishlab, ularning ishlab chiqarish va eksport hajmlarini 1 mlrd dollarga yetkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

“Yoʻl xaritasi”

2023-yil mart

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi

51.

Qurilish materiallari sanoati mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish.

Qurilish sohasida yangi mahsulotlar turlarini, shu jumladan, zamonaviy uslubda gulqogʻoz, polimer va kompozitli materiallar asosida geotekstil, geomembrana, katta oʻlchamli granit va marmar plitalari, keramogranit, yorugʻlikni qaytaruvchi turli rangdagi qalin va mustahkam oynalar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

52.

Kalava ipni qayta ishlash darajasini oshirish, qayta ishlash zanjirining keyingi bosqichlaridagi mavjud boʻshliqlarni toʻldirish.

Sohadagi qoʻshimcha qiymat zanjiri boʻshliqlarini toʻldirish maqsadida Andijon, Qashqadaryo, Namangan va Toshkent viloyatlarida toʻqimachilik sohasiga ixtisoslashtirilgan zamonaviy ishlab chiqarishlarni yoʻlga qoʻyish.

“Yoʻl xaritasi”

2023-yil may

Loyiha tashabbuskorlari mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

53.

Toʻqimachilik sanoatida mahsulot eksporti hajmini 1,4 barobarga oshirish.

Yuqori qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, eksport geografiyasini kengaytirish, jumladan GSP+ prefrensiyalaridan keng foydalangan holda eksport hajmini 4,5 mlrd. dollarga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

54.

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yogʻ-moy sanoati tarmogʻida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 8 foizga oshirish.

1. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 6,5 trln soʻmga yetkazish.

2. 30 mln dollarlik yogʻ-moy mahsulotlari eksportini amalga oshirish.

3. Investitsiya dasturi doirasida 14 mln dollar oʻzlashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Loyiha tashabbuskorlari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov

55.

Mahalliy ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasida tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi aloqalarini yanada kengaytirish.

Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkalarini va respublika sanoat yarmarkasini yuqori darajada oʻtkazish. Bunda:

hududiy va respublika tarmoqlararo sanoat yarmarkalarida tarmoqlar va yirik sanoat korxonalari tomonidan asosiy faoliyat turi boʻyicha kooperatsiya asosida oʻzlashtirish tavsiya etiladigan tovarlar namunalarini namoyish etish va yirik sanoat korxonalari tomonidan sanoat kooperatsiyasiga qiziqish bildirgan xususiy korxonalarni “shatakka olish”;

yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qurilish materiallari, metallokonstruksiya va uskunalar, elektrotexnika mahsulotlari, tez ishdan chiquvchi va doimiy foydalaniladigan butlovchi qismlarni oʻzlashtirish hamda sotib olish boʻyicha mahalliy korxonalar bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil aprel

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

56.

Ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori boʻlgan yangi turdagi, respublikada ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlarni mahalliylashtirish.

1. Hududlarning salohiyati, geografik joylashuvi hamda tabiiy va mineral resurslarini hisobga olgan holda yangi turdagi yuqori texnologik, zamonaviy, energiya tejamkor, innovatsiya va fan yutuqlariga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish dasturini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov

2. Mahalliylashtirish dasturi doirasida kamida 60 trln soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

57.

Ipak mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 1,5 barobarga, eksportni 1,2 barobarga oshirish va investitsiyalarni keng jalb qilish.

1. 2,8 trln soʻmlik ipak mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish.

2. Sohada 25 mln dollarlik 16 ta loyihani ishga tushirish.

3. Ipak mahsulotlarining eksportini 110 mln dollarga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov

23-maqsad: Geologiya-qidiruv ishlari hajmini keskin oshirish, sohaga xususiy investorlar va ilgʻor xorijiy kompaniyalarni keng jalb qilish

58.

Gaz zaxiralarini koʻpaytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari boʻyicha oʻn yillik dasturni amalga oshirishni boshlash.

Respublikada 2023 — 2033-yillarda uglevodorod xomashyosi zaxiralarini koʻpaytirishga qaratilgan geologiya-qidiruvi ishlari dasturini ishlab chiqish.

Bunda:

yangi texnologiyalarni joriy etib, ilk bor chuqur qatlamlarda gaz qazib chiqarish;

Ustyurtning yuqori istiqbolga ega chuqur qatlamlarida qidiruv ishlariga nufuzli xorijiy investorlarni jalb qilish nazarda tutiladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil may

Yillik dasturda ajratilgan limitlar doirasida

Davlat budjeti mablagʻlari,

tijorat banklari kreditlari, xorijiy investitsiyalar, korxonalarning oʻz mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

“Oʻzbekneftgaz” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

59.

Gaz qazib chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar faoliyatini oʻrganish.

Gaz qazib chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni oʻrganib chiqish va natijalariga asosan ishlayotgan korxonalar boʻyicha tegishli choralar koʻrish yuzasidan takliflar kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

60.

Geologiya-qidiruv sohasiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, mahalliy xomashyolarni sanoat usulida chuqur qayta ishlash texnologiyalarini yaratish.

1. Uglevodorodga istiqbolli maydonlar boʻyicha seysmik maʼlumotlarni yuqori aniqlikdagi zamonaviy “Paradigm” dasturiy taʼminotida qayta ishlash hamda 18 ta maydonning 3D modelini yaratish.

2. Zamonaviy GIS texnologiyalaridan foydalangan holda Oʻzbekiston Respublikasining 1:500 000 miqyosdagi raqamli gidrogeologik xaritasini yaratish.

3. Angren konida kaolin va Gushsoyda alunit maʼdanlaridan aluminiy oksidini ajratib olishning texnologik sxemasini ishlab chiqish.

4. Mahalliy xomashyolar asosida boʻyoq tayyorlashda ishlatiladigan 50 foizli vodorod peroksidi va natriy perekarbonatini ishlab chiqarish texnologiyasini oʻzlashtirish.

5. Plazmatron yordamida reniy metall kukunini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

“Olmaliq KMK” AJ

61.

Iqtisodiyotning drayver tarmoqlari uchun mineral xomashyo bazasi zaxiralarini koʻpaytirish.

Geologiya sohasini istiqbolli rivojlantirish hamda olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlarini yanada jadallashtirishga qaratilgan mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta toʻldirish dasturi doirasida quyidagilarni taʼminlash:

Bukantov, Tomditov, Chotqol-Qurama, Hisor, Kuljuktov, Sultanuvays kabi jami 20 tadan ortiq obyektda tadqiqotlar oʻtkazish hisobiga oltin zaxirasini 136 tonnaga, kumush zaxirasini 175 tonnaga yetkazish;

mis zaxirasini 255 ming tonnaga, qoʻrgʻoshin zaxirasini 42 ming tonnaga, rux zaxirasini 48 ming tonnaga, volfram zaxirasini 8 ming tonnaga koʻpaytirish;

uran zaxirasini 5,5 ming tonnaga koʻpaytirish, uglevodorodlar resurslarini 58 mln tonna shartli yoqilgʻiga oʻstirish;

yer osti suvlarining 143,7 ming m3/sut zaxirasini aniqlash va natijasida 600 mingdan ortiq aholini ichimlik suvi, 40 ming gektar yerlarni sugʻorish uchun suv resurslarini koʻpaytirish.

Ilmiy-texnik kengash va doimiy faoliyatdagi zaxiralar komissiyasi bayoni

2023-yil dekabr

Yillik dasturda ajratilgan limitlar doirasida

(Davlat budjeti mablagʻlari)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

“Navoyuran” DK,

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

24-maqsad: Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash hamda “Yashil iqtisodiyot” texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish va havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 10 foizga qisqartirish

62.

Iqtisodiyot korxonalarida 737,01 mln kVt soat elektr energiyasi, 813,26 mln kub metr tabiiy gaz va 5,4 ming tonna neft mahsulotlarining tejalishiga erishish.

Yirik sanoat korxonalarida energiya resurslarini tejash boʻyicha tashkiliy-texnikaviy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Korxona va tashkilotlarining oʻz mablagʻlari,

Oʻzenergoinspeksiya, Oʻzneftgaz-inspeksiya mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Gulyamov

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Oʻzenergoinspeksiya

63.

Energetika tekshiruvlarini (energetika auditi) amalga oshirish, energiya menejment tizimini joriy etish.

Yillik hajmi ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilgʻi yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilgʻisiga teng energiya resurslarini sarflaydigan 74 ta korxona, muassasa va tashkilotlarni majburiy energetika tekshiruvlaridan (audit) oʻtkazilishini muvofiqlashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Korxona va tashkilotlar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Oʻzenergoinspeksiya

64.

2026-yilga kelib elektr energiyasi ishlab chiqarish koʻrsatkichini qoʻshimcha 30 mlrd kVt soatga oshirib, jami 104 mlrd kVt soatga yetkazish.

1. Buxoro, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida umumiy quvvati 650 MVt boʻlgan quyosh elektr stansiyalarini qurish loyihalari boʻyicha bitimlarni imzolash.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasida quvvati 200 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish loyihasi doirasida tenderni yakunlab, bitim imzolash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Xalqaro moliya institutlari va ijrochilar mablagʻlari,

xorijiy investitsiyalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari hokimliklar

65.

Respublikada oʻsib borayotgan elektr energiyasiga boʻlgan talabni qondirish maqsadida yangi generatsiya quvvatlarini yaratish.

1. Sirdaryo viloyatida “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi bilan hamkorlikda quvvati 1 500 MVtga teng zamonaviy issiqlik elektr stansiyasini yagona energetika tizimiga sinov tariqasida ulash.

2. Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida “Masdar” (BAA) kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy quvvati 670 MVtga teng ikkita quyosh fotoelektr stansiyalarini yagona energetika tizimiga ulash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Xorijiy investitsiyalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

66.

4,5 ming MVt quvvatga ega 11 ta yirik loyihani yakuniga yetkazish. Jumladan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida barpo etiladigan quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobidan qoʻshimcha 14 mlrd kVt elektr ishlab chiqarish orqali xonadonlarga beriladigan elektr energiyasini 50 foizga koʻpaytirish.

1. 4,5 ming MVt quvvatga ega 11 ta yirik loyihani samarali va oʻz vaqtida yakuniga yetkazish (tenderlarni yakunlash, bitimlarni imzolash, moliyalashtirish manbalarini aniqlash ishlari) boʻyicha tarmoq jadvallarini tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil 15-mart

Xorijiy investitsiyalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

2. Tasdiqlangan tarmoq jadvallari ijrosini taʼminlash.

tarmoq jadvaliga asosan

67.

Energiya samaradorligini oshirish Milliy dasturini ishlab chiqish.

Iqtisodiyot energiya isteʼmolini kamaytirish va energiya resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash boʻyicha milliy dasturini ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2023-yil iyul

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

68.

Kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni keskin oshirish.

2023-yilda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy hokimliklar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini oʻrnatish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2023-yil aprel

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

“Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ,

vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25-maqsad: Raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish

69.

2023-yilda axborot texnologiyalari sohasida eksport hajmini oshirish.

1. Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari sonini 300 taga oshirish, shu jumladan xorijiy kapital ishtirokidagi kompaniyalarni 30 taga koʻpaytirish.

2. Kompyuter dasturlash va autsorsing xizmatlari hajmini 5 trln. soʻmga va ularning eksporti hajmini 280 mln. dollarga yetkazish.

3. IT-park rezidentlari tomonidan axborot texnologiyalari sohasida venchur moliyalashtirish, startaplarni qoʻllab-quvvatlash (akselerator) va kibersport sohasida xizmat koʻrsatishga ruxsat berish orqali rezidentlar amalga oshirishi mumkin boʻlgan faoliyat turlarini kengaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Vazirlar Mahkamasi

A. Aripov

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

70.

Respublika aholi yashash punktlarini telekommunikatsiya xizmatlari bilan qamrab olish.

1. Respublika boʻylab 50 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurish orqali ularning umumiy uzunligini 220 ming km ga yetkazish.

2. Mobil aloqa operatorlari tomonidan qoʻshimcha baza stansiyalari oʻrnatish va respublikadagi aholi yashash punktlarida mobil aloqa va keng polosali mobil Internet xizmatlari qamrovini 99 foizga yetkazish.

3. Mobil aloqa operatorlari tomonidan qoʻshimcha baza stansiyalari oʻrnatish orqali xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan avtomobil yoʻllarida mobil aloqa va Internet qamrovini 70 foizga yetkazish.

4. Qoʻshimcha ravishda 700 mingta keng polosali Internet portlar oʻrnatish orqali ularning umumiy sonini 5,3 mln. taga yetkazish.

5. Xalqaro paketli kommutatsiya markazi oʻtkazuvchanlik qobiliyatini 3 600 Gbit/s ga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

A. Aripov

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

71.

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish uchun yanada qulayliklar yaratish va ularni qoʻllab quvvatlash.

1. Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini maqsadli amalga oshirish va yanada qoʻllab-quvvatlash.

Ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi

2023-yil mart

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi birinchi darajali budjet taqsimlovchilarga ajratilgan mablagʻlar doirasida

9,1 mlrd.soʻm

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

R. Gulyamov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov

2. Sunʼiy intellekt sohasini rivojlantirishga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

3. Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish instituti laboratoriyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

4. Oʻzbek tilidagi matnlarni oʻqish jarayonini avtomatlashtirish, matnni ovozga (Text-to-Speech) va ovozli maʼlumotlarni matnga (Speech-to-Text) oʻtkazuvchi dasturiy taʼminotni yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablagʻlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

26-maqsad: Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSH dollari, jumladan 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini koʻrish

72.

Davlat organlari va investorlar oʻrtasida tuzilgan investitsiya shartnomalaridagi investitsiya majburiyatlarini elektron tarzda roʻyxatga olish tizimini ishlab chiqish.

Elektron tarzda roʻyxatga olish dasturini ishlab chiqish va tizim faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil sentabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

73.

Respublikaning sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish orqali hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish.

1. 11 mlrd dollarlik xorijiy investitsiyani oʻzlashtirish.

2. 304 ta yirik ishlab chiqarish obyektlari va quvvatlarini ishga tushirish orqali 48,7 mingta yangi ish oʻrinlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

11 mlrd doll

toʻgʻridan-toʻgʻri investiyatsiyalar

Vazirlar Mahkamasi J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

74.

Iqtisodiyotga xorijiy va mahalliy xususiy investitsiyalarni koʻpaytirish uchun sharoitlarni yaxshilash.

1. Hududlarning investitsiya jozibadorligini har tomonlama baholash va hududlar oʻrtasida investitsiyalarni jalb etishda sogʻlom raqobatni shakllantirish uchun investitsiya standarti tizimi va investitsiya muhiti reytingini amaliyotga joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar rejasi

2023-yil mart

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

2. Toshkent shahrida II Toshkent xalqaro investitsiya Forumini oʻtkazish.

2023-yil noyabr

75.

2023-yildan boshlab har bir hokim oʻz tumaniga 40-50 million dollar xususiy investitsiya olib kelishini tashkil etish.

1. Shahar va tumanlar, investitsiya loyihalari kesimida manzilli loyihalar roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2. Investitsiyalarni oʻzlashtirish boʻyicha oyma-oy grafiklar ishlab chiqish, ularni tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahri hokimliklari

76.

Investitsiya dasturlarini mahalla darajasiga tushirish va mahallalarning moliyaviy vakolatlarini kengaytirish.

Mahalla oʻz muammolarini mustaqil hal etishi uchun “Mahalla budjeti” tizimini soliqlarni undirish koʻrsatkichi past boʻlgan har bir viloyatlardan bittadan tumanda eksperiment tariqasida joriy etish hamda uning samaradorligi, natijadorligi va tizimni barcha tuman (shahar)larda joriy etish yuzasidan taklif kiritish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

27-maqsad: Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni koʻpaytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSH dollaridan 7 milliard AQSH dollariga yetkazish

77.

Xususiylashtirish dasturi doirasida 1 mingga yaqin korxonani savdoga chiqarish.

Davlat ishtirokidagi korxonalar, xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi davlat muassasalari va davlat koʻchmas mulk obyektlarini davlatda saqlab qolish mezonlaridan kelib chiqib “sot yoki tushuntir” tamoyili asosida davlat ishtirokidagi korxonalar sonini keskin qisqartirish hamda kamida mingta davlat aktivlarini ommaviy savdolar orqali xususiylashtirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Davlat aktivlari agentligi

A. Ortikov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

78.

Eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarining aksiyalarini aholi uchun ochiq va shaffof savdoga chiqarish (IPO).

1. Aksiyalarini aholi uchun ochiq va shaffof savdoga chiqarish (IPO) uchun eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarining roʻyxatini shakllantirish.

2. Yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarining “IPO” jarayonidagi harakatlar strategiyasini ishlab chiqish.

3. “IPO”ga tayyorgarlik jarayoni davomida kelib chiqadigan zarur tadbirlarni amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

79.

Iqtisodiyotni, shu jumladan sanoatning yetakchi tarmoqlarini yanada liberallashtirish hamda transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish.

2023 — 2026-yillarda ustav kapitalida davlat ulushi mavjud transformatsiya qilinadigan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga ESG (Environment, Social, Governance)ni joriy etish, bunda atrof-muhit, ijtimoiy omillar va korporativ boshqaruv omillari (ESG omillari), shuningdek, barqaror rivojlanish masalalari bilan bogʻliq omillarni hisobga olish masalalari jamiyatlar boshqaruv organlarida koʻrib chiqilishini tashkillashtirish va tavsiyalar ishlab chiqish.

Xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda quyidagi korxonalarda ESGni joriy etish:

2023-yilda — “Oʻzmetkombinat” AJ;

2024-yilda — “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ;

2025-2026-yillarda — boshqa davlat ishtirokidagi boshqa yirik korxonalar.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil oktabr

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

A. Abduqodirov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

A. Ortikov,

“Oʻzmetkombinat” AJ,

“Navoiy KMK”

AJ, “Olmaliq KMK” AJ

80.

Bank tizimi aktivlarida xususiy sektor ulushini oshirish.

Bank tizimida davlat ulushiga ega tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini amalga oshirish orqali banklardagi davlat ulushini ochiq va shaffof mexanizmlar asosida xususiylashtirish.

Bunda:

davlat ulushi mavjud banklar (Qishloq qurilish bank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Aloqa bank, Agro bank va Milliy bank) aksiyalarini ommaviy ochiq savdolarga (IPO) olib chiqish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni samarali yakunlash;

Oʻzsanoatqurilishbankdagi davlat ulushini strategik investorga sotish va xususiylashtirishga qaratilgan tadbirlarni yakunlash;

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Asaka bankni transformatsiya qilish boʻyicha kelishuvlarni imzolash nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil davomida

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

A. Abduqodirov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Markaziy bank

M. Nurmuratov,

davlat tijorat banklari

81.

Banklardagi omonatlarni himoyalash tizimini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi yangi qonun loyihasini ishlab chiqish:

banklardagi omonatlarni kafolatlash fondining (Fond) tashkiliy tuzilmasini va vakolatlarini belgilash;

kafolatlanadigan omonatlar qamrovi va miqdorini belgilash;

barcha banklarning Fondga aʼzo boʻlishi lozimligini belgilash;

banklarni sanatsiyalashda Fond mablagʻlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;

omonatlarni Fond tomonidan toʻlab berilishi munosabati bilan omonatchilarning bankdan ustuvor ravishda talab qilish huquqini Fondga oʻtkazish;

Fondga toʻlab berilishi lozim boʻlgan mablagʻlardan toʻlangan badallarni chegirish amaliyotini bekor qilish.

Qonun loyihasi

2023-yil oktabr

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Markaziy bank

M. Nurmuratov

82.

Bozorlarda yangi ishtirokchilarning kirib kelishidagi mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish orqali raqobatni rivojlantirish.

1. Raqobatni cheklovchi mutlaq (eksklyuziv) huquqlarni bekor qilish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

2. Kamida 2 ta tovar bozorida raqobatni rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqish.

“Yoʻl xaritasi”

2023-yil oktabr

3. Tarmoqlarni tartibga solishda yuridik shaxslar birlashmalarining bozorlardagi raqobatga salbiy taʼsirini cheklashga qaratilgan qoidalarni ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

28-maqsad: Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026-yilda respublika eksport hajmlarini 30 mlrd AQSH dollariga yetkazish

83.

2023-yilda eksport hajmini 23 mlrd dollardan oshirish, maxsus eksportsiz eksport hajmini 17,7 mlrd dollarga yetkazish. Bunda:

eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ulushini 47 foizdan 54 foizga yoki 9,6 mlrd dollarga yetkazish;

mavjud xomashyo resurslarini qayta ishlash quvvatlarini oshirish hisobiga eksport tarkibidagi ulushini 26 foizdan 20 foizgacha kamaytirish;

xizmatlar eksport hajmlarini 4,6 mlrd dollarga yetkazish.

Ushbu koʻrsatkichlarning ijrosini taʼminlash uchun respublika hududlari va tarmoqlar bilan birgalikda 2023-yilda eksportchi korxonalarni moliyaviy va huquqiy qoʻllab-quvvatlash choralari koʻrish. Xususan:

aylanma mablagʻlar uchun 350 dan ortiq korxonaga Eksportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan qulay shartlarda mablagʻlar ajratish;

580 tadan ortiq korxonaga transport xarajatlarining bir qismi qoplab berish;

260 ta tadbirkorlik subyektining xalqaro tan olingan sertifikat va standartlarni joriy etish xarajatlarini qoplab berish;

yangi xorijiy bozorlarga kirish maqsadida mahalliy meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga Hindiston, Xitoy, Fransiya va Indoneziya davlatlaridan anor, achchiq qalampir, xurmo, tarvuz, uzum, noʻxat, gilos mahsulotlariga karantin ruxsatnomalari olinishini taʼminlash;

xorijiy davlatlarda doimiy ravishda faoliyat yurituvchi “Made in Uzbekistan” brendi ostida “shou-rum”lar tashkil etish choralari koʻrish;

Allbiz, Global pulses, Europages kabi xalqaro elektron savdo portallarida “Oʻzbekistonning milliy mahsulotlari pavilyoni”ni ishga tushirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari

84.

2023-yilda tayyor mahsulotlar eksportini qoʻshimcha 4 milliard dollarga oshirish.

1. Iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlari, tovar va xizmatlar, aniq muddatlar kesimida oyma-oy eksportga yuklash grafiklarini ishlab chiqish, tasdiqlanishini taʼminlash hamda ijroga qaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

Har chorakda

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov, iqtisodiyot tarmoqlari,

tijorat banklari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Eksport prognoz koʻrsatkichlarining ijrosini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilib borish, mavjud muammoli masalalarni aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻrib borish.

Har oyda kamida 1-marta

3. Eksport prognozi ijrosini taʼminlash, korxonalarga taʼsirchan amaliy yordam berish maqsadida respublikadagi yirik eksportchi korxonalarga tarmoqlar, tijorat banklari va hududlardan masʼul rahbarlarni biriktirish.

2023-yil mart

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

4. Mahalliy eksportchi korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish.

2023-yil davomida

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi, iqtisodiyot tarmoqlari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

5. Mahalliy korxonalarning eksport faoliyati uzluksizligini taʼminlash maqsadida eksportoldi moliyalashtirish uchun zarur kredit mablagʻlarini ajratib borish.

2023-yil davomida

6. Xalqaro koʻrgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish orqali oʻzbek brendlari va mahsulotlarini xorijda ilgari surish boʻyicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish.

Tadbirlar grafigiga muvofiq

85.

Yangi Oʻzbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturini davom ettirish.

1. Eksportni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yaratilgan imkoniyatlarni keng targʻib qilish orqali tadbirkorlik subyektlarini eksport faoliyatiga faol jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Tadbirlar grafigiga muvofiq

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

tijorat banklari,

iqtisodiyot tarmoqlari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Investitsiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan yangi korxonalarni eksport faoliyatiga jalb qilish.

3. “Yangi Oʻzbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi doirasida 2023-yilda 100 ta eksportchini qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash va ularni ragʻbatlantirish choralarini koʻrish.

4. Mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga yoʻl ochib berish maqsadida “tadbirkordan — eksportyorgacha” tamoyili asosida chora-tadbirlar dasturiga muvofiq mahalliy korxonalarni tashqi bozorlarga chiqishiga koʻmaklashish.

2023-yil davomida,

har chorak yakuni boʻyicha hisobot kiritgan holda 2023-yil davomida,

har chorak yakuni boʻyicha hisobot kiritgan holda

86.

Yevropa bozorlariga tekstil, elektr texnikasi, charm-poyabzal va boshqa tayyor mahsulotlar eksportini kamida 2 barobarga oshirish.

1. Yevropa bozorining elektrotexnika mahsulotlariga boʻlgan talabini oʻrganish va yirik import qiluvchi kompaniyalar roʻyxatini shakllantirish.

2. Yevropa bozoriga eksport qilinishi mumkin boʻlgan 20 turdagi mahsulotlar roʻyxatini tuzish.

3. Xalqaro sertifikatlar olishni tashkil etuvchi konsalting kompaniyalarni aniqlash va ular bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

4. Eksport qilinishi belgilangan mahsulotlarga Yevropa davlatida tan olingan xalqaro sertifikatlar olinishi boʻyicha zarur choralar koʻrish.

5. Xalqaro sertifikatlarni olish bilan bogʻliq xarajatlarni Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi,

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

6. GSP+ doirasida Yevropaga eksportni (hajmi va nomenklaturasi) kengaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqish va tasdiqlash.

Yoʻl xaritasi

2023-yil mart

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

“Oʻztoʻqimachilik-sanoat” uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

7. Xalqaro standartlash va sertifikatlash tashkilotlari, “Teri ishchi guruhi” (LWG) va “Barqaror terichilikni rivojlantirish tashkiloti” (SLF) bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Sohadagi kamida 200 ta eksportchi korxonada xalqaro sifat va menejment tizimlari standartlarini joriy qilish choralari koʻrish.

Yevropaning brend mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan “autsorsing” va “franchayzing” asosida mahalliy korxonalarda poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish va brend egalarini jalb qilish choralarini koʻrish.

Yevropa davlatlarida tashkil etiladigan yirik koʻrgazma-yarmarkalarda mahalliy poyabzal, charm-attorlik, jun, moʻyna va qorakoʻldan tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning faol ishtirokini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

87.

Eksport qiluvchilarga transport va boshqa xarajatlarni kompensatsiya qilish ishlarini davom ettirish.

1. Eksport qiluvchilarning transport va boshqa xarajatlarini kompensatsiya qilish tizimi toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektlarining xabardorligini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

manfaatdor vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Eksportni ragʻbatlantirish agentligining buyurtmalariga asosan zarur subsidiya mablagʻlarini ajratib borish.

Buyurtmaga asosan

88.

Mahsulotlar eksporti boʻyicha hozirgi 9 ta bosqichdan iborat bojxona rasmiylashtiruvini 3 barobar qisqarish.

“Eksport uch qadamda” — eksport bojxona yuk deklaratsiyalarini shakllantirishdan boshlab, rasmiylashtirishga qadar boʻlgan barcha jarayonlarni oʻz ichiga qamrab olgan tizimni joriy etish.

Bunda, eksport operatsiyalarini quyidagi 3 bosqichda amalga oshirish nazarda tutiladi:

eksport shartnomasini shakllantirish;

tovar va transport hujjatlari asosida eksport deklaratsiyasini avtomatik shakllantirish;

bojxona rasmiylashtiruvi va chegara nazorati.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Sh. Kudbiyev

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

89.

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi orqali moliyaviy yordam koʻrsatish tartibini ixchamlashtirish.

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy yordam xizmatlari boʻyicha yagona normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyun

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

90.

Respublikadagi barcha tuman va shaharlarning eksport boʻyicha masʼul rahbarlari uchun faoliyat samar?dorligini baholash (KPI) tizimini joriy etish.

1. Respublikadagi barcha tuman va shaharlarning eksport boʻyicha masʼul rahbarlarini uchun yangi korxonalarni eksport faoliyatiga jalb etish, yangi turdagi mahsulotlar eksportini yoʻlga qoʻyish va yangi bozorlarni oʻzlashtirish kabi mezonlar asosida baholash metodologiyasini ishlab chiqish.

2. Eksport yoʻnalishida respublikaning eng qoloq va eng namunali tuman va shaharlar roʻyxatini shakllantirib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi

91.

Turizm xizmatlari eksportini 2 mlrd dollarga yetkazish.

1. Mamlakatning diplomatik vakolatxonalari bilan hamkorlikda hududlarning turizm salohiyatini targʻib qilish, jumladan, “Samarqand — Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” targʻibot kampaniyasini oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob kitoblarga koʻra Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

2. Transport-logistika xizmatlarini kengaytirish.

Bunda xorijiy davlat aviatashuvchilari bilan muzokara olib borish va Yevropa, Osiyo, Arab davlatlari hamda qoʻshni mamlakatlardan Oʻzbekiston hududiga amaldagi xalqaro aviaqatnovlar sonini koʻpaytirish va yangi yoʻnalishlarni ochish.

Amaliy chora-tadbirlar

Grafik asosida

Transport vazirligi

I. Maxkamov,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov

3. Samarqand shahrida “Aviation & Logistics Forum” II-xalqaro aviatsiya forumini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Hisob kitoblarga koʻra

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Transport vazirligi

I. Maxkamov

4. Joylashtirish va mehmonxona vositalari, ovqatlanish, transport xizmatlarini kengaytirish va hunarmandchilik ustaxonalari, zargarlik, suvenir mahsulotlari savdosini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Transport vazirligi

I. Maxkamov

29-maqsad: Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish

92.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot” tadbirini oʻtkazish.

20 avgustTadbirkorlar kuni doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “ochiq muloqot” tadbirini oʻtkazish, bunda:

Respublika shtabi hamda hududlarda maxsus shtablar faoliyatini tashkil qilish;

“Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tunu-kun qabul qilishni tashkil qilish;

tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida tizimli muammolarni hal qilish va yechimlari yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

“Ochiq muloqot” davomida bildirilgan takliflarni amalga oshirish yuzasidan “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash;

yangi tashabbuslarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, tadbirkorlar fikr-mulohazalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari farmoyishi loyihasi

2023-yil may

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Biznes-ombudsman

D. Kasimov

93.

Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

korporativ boshqaruv sohasida soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlardan kelib chiqib, qonun loyihasi normalarini takomillashtirish;

jamiyatlar tomonidan yirik va affillangan shaxslar bilan bitimlarni tuzishda aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish;

jamiyat ustav kapitalini oshirish, jumladan qoʻshimcha aksiyalar chiqarishda minoritar aksiyadorlar huquqlarini taʼminlashni kuchaytirish;

jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish mexanizmlarini koʻrib chiqish.

Qonun loyihasi

2023-yil oktabr

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

A. Ortikov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

94.

Yonilgʻi quyish shahobchalari orqali realizatsiya qilingan gaz hajmi hisobini masofadan onlayn yuritish tizimini joriy qilish.

Yonilgʻi quyish shohobchalarida realizatsiya qilingan gaz hajmining aniq hisobini yuritish uchun gaz quyish uskunalariga maxsus dasturlashtirilgan mahsulotni joriy etish va uni Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlumotlar bazasiga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov

95.

2023-yilda nazorat qiluvchi va ruxsat beruvchi idoralar faoliyatini tanqidiy koʻrib chiqish.

1. “Tadbirkorlik subyektlarini soliq tekshiruvlaridan oʻtkazish muddatlarining qisqartirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini kiritish.

Qonun loyihasi

2023-yil aprel

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

96.

Ilgʻor tajribalar asosida soliq va bojxona maʼmurchiligini tubdan isloh qilish.

Soliq maʼmurchiligi boʻyicha:

Maʼlumotlarni qayta ishlash markazi huzurida barcha soliq toʻlovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritishni markazlashtirgan Budjet bilan munosabatlarni boshqarish direksiyasini Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasining amaldagi shtat birliklari doirasida tashkil etish;

soliqlarni oʻz vaqtida toʻlayotgan intizomli soliq toʻlovchilar boʻyicha “Ishonchli soliq toʻlovchisi reytingi”ni yuritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxanov

97.

Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilikni qayta koʻrib chiqish.

Bunda, tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish, investitsiya kiritish faoliyati va davlat-xususiy sheriklik faoliyati oʻrtasidagi aniq chegara va mezonlarni belgilash nazarda tutiladi.

Axborot xati

2023-yil may

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

A. Musayev

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

30-maqsad: Qishloq xoʻjaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xoʻjaligining yillik oʻsishini kamida 5 foizga yetkazish

98.

2023-yilda suv taʼminoti yaxshi boʻlgan 100 ming gektargacha qoʻshimcha ekin maydonlarini dehqonchilik koʻnikmalariga ega boʻlgan, shu jumladan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga ajratish hisobidan qariyb 350 mingta yangi dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish.

1. Dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun fermer xoʻjaliklari va agrosanoat klasterlariga ijaraga berilgan, ular tomonidan samarali foydalanilmayotgan, suv taʼminoti tizimi yaxshi boʻlgan, aholi yashash joylariga yaqin boʻlgan, lotlarga boʻlish natijasida konturlar yaxlitligi buzilmaydigan yerlarni tanlab olish tartibini joriy etish.

2. Dehqon xoʻjaliklariga ajratilgan yer maydonlarida hududlar ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan eksportbop va bozorbop qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilishini taʼminlash.

3. Sabzavot, poliz, dukkakli, moyli va kartoshka ekinlarini intensiv usulda ekish ishlarini tashkil etish.

4. Kooperatsiya tizimi asosida mahsulot yetishtirish va sotishni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Tashabbuskorlar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Sh. Gʻaniyev,

B. Mavlonov

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev

99.

750 mingta yangi dehqon xoʻjaliklarini tadbirkorga, yer egasiga aylantirish, buning hisobiga qishloqlarda ijtimoiy muammolar, avvalo, ishsizlik va kambagʻallik masalasini hal etish ishlarini davom ettirish.

1. Hududlar kesimida mahsulotlarni xomashyo bazasiga nisbatan mavjud saqlash va qayta ishlash quvvatlarini oʻrganish.

2. Oʻrganish natijalariga koʻra infratuzilma (elektr, tabiiy gaz, ichimlik suv, oqova, transport yoʻli) obyektlari bilan taʼminlash choralarini belgilash va loyihalarni shakllantirish.

3. Belgilangan loyihalarni oʻz vaqtida ishga tushirish choralarini koʻrish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Tadbirkorlik subyektlari oʻz mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar budjet mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Adliya vazirligi

A. Tashkulov

100.

Agrar sohada yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish loyihalariga 2023-yilda 1 milliard AQSH dollari ajratish.

1. Agrar sohaning barcha yoʻnalishlarida yuqori qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratish loyihalarining manzilli roʻyxatini hududlar kesimida shakllantirish.

2. Manzilli roʻyxatni masʼullar va tijorat banklari bilan kelishish.

3. Shakllantirilgan dasturni kelishish uchun vazirlikka taqdim etish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Tadbirkorlik subyektlari oʻz mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, xorijiy investitsiyalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov,

Qoraqalpogʻiston respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

101.

Qishloq va suv xoʻjaligi sohasida yangi agrotexnologiyalar, suv tejovchi va hosildorlikni oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish.

1. Moʻynoq tumanida Qoraqalpogʻiston sharoitida “Chlorella vulgaris” oʻsimligini intensiv koʻpaytirish va qishloq xoʻjaligida qoʻllash, yantoq va qamishdan foydalangan holda gidroponika usulida tayyorlanadigan mahsulot asosida chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik xoʻjaliklari uchun innovatsion yem ishlab chiqarish.

2. Marhamat tumanida qishloq xoʻjaligi sohasida xizmat koʻrsatish “Oʻsimliklar klinikasi” innovatsion korxonasini tashkil etish” loyihasini amalga oshirish.

3. Karmana tumanida 13 xil mahalliy qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan quyon, parranda va chorva mollari uchun ozuqa yemi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

4. Nurobod tumanida avtomobillarga va qishloq xoʻjaligi texnikalariga joyiga borib texnik xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.

5. Nishon tumanida chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va oʻsimliklar ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida suyakdan ekstruditsiya yoʻli bilan mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish.

6. Qarshi tumanida takomillashtirilgan suvni shoʻrsizlantirish qurilmasining tajriba nusxasini ishlab chiqarish.

7. Nishon tumanida haroratni moʻtadillashtiruvchi faol nanokompozitsion qoʻshimchali plenka, quyosh konsentratori va gidrogellar yordamida tabiiy noqulay maydonlarda yoqilgʻi va suv sarfisiz ishlaydigan pilot issiqxona tashkil etish.

8. Nurobod tumanida “Grunt va qatlamlar orasida suv zaxiralaridan foydalanish uchun raqamli (GIS) interaktiv gidrogeologik xaritani ishlab chiqish” loyihalarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov,

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari

102.

Qishloq xoʻjaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali 2023-yilda daromadni kamida 25 foizga oshirish.

1. Meva-uzumchilikda yangidan 9 ta “In-vitro” laboratoriyasida 8 mln dona sertifikatlangan koʻchatlarni koʻpaytirish uchun 4 gektar issiqxonalar tashkil etish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov,

Samarqand, Namangan, Surxondaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyat hokimliklari

2. Sabzavot va poliz ekinlari seleksiyasini kuchaytirish hisobiga mahalliy navlarning ulushini oshirish. Bunda:

28,2 ming gektarda sabzavot ekinlarini intensiv usulda yetishtirishni yoʻlga qoʻyish;

intensiv sabzavot koʻchatlari yetishtirish boʻyicha 17 ta koʻchatxona tashkil etilib, 100 mln dona sabzavot koʻchati yetishtirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov

103.

Qishloq xoʻjaligining yillik oʻsish surʼatlarini kamida 5 foizga yetkazish.

2023-yilda dehqonchilikda oʻsish surʼatini oʻrtacha 5,5 foizga oshirish choralarini koʻrish.

Bunda 23,8 mln tonna asosiy turdagi meva-sabzavot, poliz, kartoshka mahsulotlari, jumladan, 12,4 mln tonna sabzavot, 3,7 mln tonna kartoshka, 2,6 mln tonna poliz, 3,2 mln. tonna meva va 1,9 mln. tonna uzum mahsulotlarini yetishtirish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov

104.

Eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva-sabzavotchilikni rivojlantirish, intensiv bogʻlar maydonini 1,5 baravar va issiqxonalarni 1,2 baravar koʻpaytirish.

1. “Tayyor holda topshirish” sharti asosida 1,2 ming gektarda intensiv bogʻ va tokzorlarni barpo etish hamda aholiga boʻlib toʻlash sharti bilan ajratish.

2. Sertifikatlangan 8 mln dona meva koʻchatlari bilan taʼminlash.

3. 2023-yilda 35 ming gektar tokzor va 25 ming gektar yangi bogʻlar barpo etish va buning uchun 20 mln dona koʻchatlar yetkazib berish.

4. 2023-yilda 500 gektarda issiqxonalarni tashkil etish.

5. Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini 2023-yilda 1,5 mlrd dollarga yetkazish choralarini koʻrish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Loyiha tashabbuskorlari va tijorat banklari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

105.

Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish.

Kamida 200 ming gektar maydonda almashlab ekish mexanizmini joriy qilish;

140 ming gektar maydonda siderat ekinlar ekish hamda 110 ming gektar maydonni 10 tonnadan organik moddalar bilan boyitish;

oʻsimliklarni agrokimyoviy tahlillar asosida oziqlantirish tizimini rivojlantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov,

Tabiat resurslari vazirligi

A. Abduxakimov

106.

Ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish.

Ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini tijoratlashtirish. Bunda:

2023-yilda 2 ta ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tijoratlashtirish;

12 ta ilmiy-tadqiqot institutiga tajribali mahalliy yoki xorijiy ekspertlarni biriktirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

1,0 mln AQSH dollari miqdorida xalqaro moliya institutlari mablagʻlari,

Davlat ilmiy dasturlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Sh. Gʻaniyev

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov

107.

Agrologistika markazlarini rivojlantirish.

Mamlakatimiz hududlarida 10 ta agrologistika markazi (quvvati 65 ming tonna) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Chora-tadbir dasturi

2023-yil mart

Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, bank kreditlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklar

108.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirish maqsadida irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda sugʻorish quduqlarini oʻrnatish orqali jami 100 ming gektar yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish.

1. 100 ming gektar yangi yerlarni qayta foydalanishga kiritish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan tashabbuskorlar tomonidan amalga oshiradigan tadbirlar koʻrsatib oʻtilgan hamda qoʻshimcha ravishda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish imkoniyatini yaratish nazarda tutilgan manzilli roʻyxatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi J. Qoʻchqorov,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Sh. Gʻaniyev

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov,

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov

2. Manzilli roʻyxat asosida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining tegishli yigʻilish bayonlarini tasdiqlash.

2023-yil davomida

31-maqsad: Suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish boʻyicha alohida davlat dasturini amalga oshirish

109.

Irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish hisobiga suvdan foydalanish samaradorligini oshirish.

1. 2023-yilda 324,9 km kanal, 78,5 km lotok, 18,4 km quvur va 380,3 km kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish.

2. Irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hisobiga jami 181,6 ming gektar sugʻoriladigan maydonning suv taʼminotini va 94,3 ming gektarning meliorativ holatini yaxshilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Davlat budjeti parametrlari doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Sh. Gʻaniyev

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

3. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish orqali suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish.

Tijorat banki kreditlari

110.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha tushumlarning bir qismini tumanlarda sugʻorish xizmatlarini rivojlantirish, ariq, zovur va kanallarni betonlashga yoʻnaltirish.

1. Har bir viloyat boʻyicha alohida ishchi guruh tuzish hamda tumanlardagi irrigatsiya tizimi kanallari, xoʻjaliklararo (fermerlararo) va ichki sugʻorish tarmoqlari hamda ulardagi suv olish joylari va mavjud suv xoʻjaligi inshootlarini xatlovdan oʻtkazib, dalolatnomalarni rasmiylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Sh. Gʻaniyev

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

2. Tumanlardagi irrigatsiya tizimi kanallari, xoʻjaliklararo (fermerlararo) va ichki sugʻorish tarmoqlarini beton qoplamali qilish, lotok tarmoqlari qurish, ulardagi suv xoʻjaligi inshootlarini taʼmirlash, tiklash, yangilarini qurish, bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv xizmatini rivojlantirish, shuningdek, kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda moliyaviy hisob-kitoblar qilish.

2023-yil aprel

3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bazasi va meʼyorlarini, shuningdek, uni hisoblash va undirish tizimini, shuningdek, xorijiy tajribalarni tahlil qilish.

Tahliliy maʼlumot

2023-yil aprel

4. Tumanlardagi irrigatsiya tizimi kanallari, xoʻjaliklararo (fermerlararo) va ichki sugʻorish tarmoqlarini betonlash hamda ulardagi suv xoʻjaligi inshootlarini taʼmirlash-tiklash, yangilarini qurish, bosh suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv xizmatini rivojlantirish, shuningdek, kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash ishlarini suv xizmatini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish uchun suv soligʻi tizimini takomillashtirish yuzasidan taklif tayyorlash.

2023-yil may

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov

111.

Suv xoʻjaligi obyektlarida elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish.

1. Investitsiya loyihalari doirasida 5 ta nasos stansiyasini modernizatsiya, 324,5 km kanal va 665 ta gidrotexnik inshootlarni rekonstruksiya qilish.

2. Suv xoʻjaligi tizimidagi nasos stansiyalarida xizmat muddatini oʻtab boʻlgan 174 ta nasos va 234 ta elektrodvigatelni almashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Sh. Gʻaniyev

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

112.

Suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqarish.

Suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida nasos stansiyalarini hamda irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini xususiy sheriklar boshqaruviga berish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish.

Tarmoq jadvali

2023-yil mart

Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimlarda koʻzda tutilgan mablagʻlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Sh. Gʻaniyev

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

113.

16 ta yirik nasos stansiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida modernizatsiya qilish va muqobil energiyaga oʻtkazish.

1. 16 ta yirik nasos stansiyasi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida modernizatsiya qilish va muqobil energiyaga oʻtkazish boʻyicha xususiy sheriklar bilan muloqotlar olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Tashabbuskor kompaniyalarning toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Sh. Gʻaniyev

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov

2. 16 ta yirik nasos stansiyasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida modernizatsiya qilish va muqobil energiyaga oʻtkazish boʻyicha texnik-iqtisodiy asoslar loyihalarini ishlab chiqish.

2023-yil noyabr

3. Xususiy sheriklar bilan 16 ta yirik nasos stansiyasini modernizatsiya qilish va muqobil energiyaga oʻtkazish boʻyicha belgilangan tartibda bitim imzolash hamda roʻyxatdan oʻtkazish.

Loyihalarni amalga oshirish jadvali boʻyicha

32-maqsad: Chorvachilik ozuqa bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish hajmini 1,5-2 baravar koʻpaytirish

114.

Chorvachilikda yillik oʻsish surʼatini kamida 3,8 foizga yetkazish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi dastur ishlab chiqish:

chorvachilikda oʻsish surʼatini oʻrtacha 3,8 foizga oshirish;

qoramollar bosh sonini 14,7 mln boshga, shundan sigirlar bosh sonini 5,1 mln boshga, goʻsht ishlab chiqarishni 2,9 mln tonnaga, sut — 12,5 mln tonnaga yetkazish;

8,7 mlrd dona tuxum va 650 ming tonna parranda goʻshti ishlab chiqarish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Sh. Gʻaniyev

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi,

tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

115.

Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish.

1. Chorva mollari bosh sonini koʻpaytirish va mahsuldorligini oshirish boʻyicha yangi loyihalarni amalga oshirish. Bunda:

chorvachilik sohasida 1 ming 900 ta loyihani amalga oshirish boʻyicha moliyalashtirish manbalari aniq koʻrsatilgan manzilli dasturni ishlab chiqish;

sunʼiy urugʻlantirishga jalb etilgan 3 000 nafar texnik oseminatorlardan 15 foizining bosqichma bosqich grafik asosida malakasini oshirish;

250 ta chorvachilik subyektini “Naslchilik toifasi”ga oʻtkazish;

aholi xonadonlaridagi 2,4 mln bosh (62 foiz) sigir va urugʻlantirish yoshidagi tanalarni sunʼiy urugʻlantirish.

2. Parrandachilik yoʻnalishida naslchilik xoʻjaliklari sonini 52 taga yetkazish, bunda:

inkubatsion tuxum ishlab chiqarishni 290 mln donaga yetkazish;

parrandachilik yoʻnalishidagi 281 ta loyihani amalga oshirish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari va tashabbuskorlar oʻz mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Sh. Gʻaniyev

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, “Parrandasanoat” uyushmasi,

tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

3. Baliqchilikni rivojlantirish va baliq yetishtirish hajmini koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash. Bunda:

hududlardagi hosildorligi past boʻlgan sunʼiy suv havzalarini bosqichma-bosqich intensivlashtirish va baliq yetishtirish hosildorligini 4-5 baravarga oshirish;

3 ta baliqlar uchun moʻljallangan yuqori oqsilga boy omuxta yem korxonasini ishga tushirish;

baliq lichinkalarini ishlab chiqarishga moʻljallangan 7 ta zamonaviy inkubatsiya sexi va 300 gektar maydonda reproduktor havzalar barpo etish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Xalqaro moliya institutlari va tijorat banklari kreditlari va tashabbuskorlar oʻz mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Sh. Gʻaniyev

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi,

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

tijorat banklari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

4. Asalari oilalari sonini koʻpaytirish va mahsuldorligini oshirish. Bunda:

2023-yilda asalari oilalari sonini 1,4 mln donaga yetkazish va 31 ming tonna asal yetishtirishni tashkil etish;

asalari paketlari eksportini 350 ming donaga yetkazish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Bank kreditlari va tashabbuskorlar oʻz mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Sh. Gʻaniyev

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi,

“Oʻzbekiston asalarichilari” uyushmasi

116.

Chorvachilik ozuqa bazasi mustahkamlash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish:

chorva ozuqa maydonini 430 ming gektarga yetkazish;

paxta va gʻalla maydonlarining 10 foiziga almashlab (beda va boshqa chorva uchun ozuqabop ekinlar) ekishni tashkil etish;

chorvachilik subyektlari va aholidagi chorva mollarini toʻyimli ozuqa bilan taʼminlash maqsadida “Gidroponika” usulida ozuqa ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklar sonini 328 taga yetkazish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar mablagʻlari,

shu jumladan bank kreditlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Sh. Gʻaniyev

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

33-maqsad: Hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyotni 1,4 — 1,6 baravarga oshirish

117.

Yangi Oʻzbekistonda har tomonlama rivojlangan, obod va farovon Yangi Qoraqalpogʻistonni bunyod etish ishlarini davom ettirish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha qabul qilingan barcha qarorlar ijrosini tashkil etishning samarali mexanizmini joriy etish.

Bunda:

Dasturlar ijrosini Oliy Majlis Senati yalpi majlisi va Kengashi yigʻilishlarida muhokama qilib borish;

Dasturlar ijrosini tashkil etish boʻyicha joyiga chiqqan holda Hukumatning sayyor yigʻilishlarini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil davomida

-

Oliy Majlis Senati

T. Narbayeva

(kelishuv asosida)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tumanlaridagi aholini qiynab kelayotgan muammolarni oʻrgangan holda, har chorakda manzilli dasturlarni tasdiqlab, joyida ijrosini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi yigʻilish bayonlari

Har chorakda

Hisob-kitoblarga koʻra

118.

2023-yilda aholi tomonidan taklif berilgan suv, elektr energiyasi, yoʻl, maktab kabi yoʻnalishlar, shuningdek mahallalar infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish.

Bunda, ajratilgan mablagʻlar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan keng jamoatchilikni xabardor qilish.

“Ochiq budjet” axborot portali orqali 2023-yilda yoʻnaltirilishi nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida “Tashabbusli budjet”, “Mening yoʻlim” hamda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini jamoatchilik fikri asosida shakllantirish.

Aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida, mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturini davom ettirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

12 trln soʻm Davlat budjeti mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

119.

1 424 ta koʻp kvartirali uy-joylarni mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

711 ta koʻp kvartirali uylarning tom qismini joriy va mukammal taʼmirlash, 2 497 ta kirish yoʻlaklari, 843 ta uylarning fasad qismi, 302 ta uylarning ichki muhandislik, 406 ta uylarning yertoʻla qismi hamda 1 450 dona elektr taqsimlovchi shitlarni taʼmirlash, 1 448 ta kodli qulflanadigan temir eshiklar oʻrnatish boʻyicha manzilli roʻyxatni shakllantirish va unda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

A. Ramatov

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

120.

Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmini 1,6 baravarga oshirib, 90 mingga yetkazish va imtiyozli shartlar asosida ipoteka kreditlari berishni davom ettirish.

1. Joylardagi aholining uy-joyga boʻlgan talabidan kelib chiqib, yangi uy-joylar qurishni davom ettirish boʻyicha manzilli dasturlarni shakllantirish va tasdiqlash.

Bunda, qayta tiklanuvchi energiya manbalridan foydalangan holda, elektr va issiqlik energiyasi uchun ehtiyojning bir qismini qoplashni nazarda tutish.

2. 2022-yilda qurish ishlari boshlangan 29 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida uy-joylar qurilishini davom ettirish.

Shuningdek, 2023-yilda yangidan 8 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida uy-joylarni qurish ishlarini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Loyiha-smeta hujjatlari asosida tijorat banklari kreditlari, tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

A. Ramatov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Markaziy bank

M. Nurmuratov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

3. Uy-joy sotib olish uchun boshlangʻich toʻlov va ipoteka kreditining bir qismi qoplashga 1,1 trln soʻm miqdorida subsidiyalar ajratish.

1,1 trln soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

4. Uy-joylar qurilayotgan massivlarning ijtimoiy infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini davlat budjeti hisobidan qurilishini taʼminlash.

697 mlrd soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

122.

Aholining uy-joy sharoitlarini yanada yaxshilash uchun jismoniy shaxslarga ipoteka krediti berishning zamonaviy bozor tizimini rivojlantirish.

Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, “maqsadli ipoteka omonati” mexanizmini joriy qilish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Bunda, aholining uy-joy sotib olish boʻyicha “maqsadli ipoteka omonati”ga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar uchun davlat tomonidan ragʻbatlantiruvchi meʼyorlar nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

Hisob-kitoblarga koʻra Davlat budjeti mablagʻlari

Bosh vazir oʻrinbosari

J. Qoʻchqorov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Markaziy bank

M. Nurmuratov

123.

Samarqand va Namangan shaharlarini alohida maʼmuriy-hududiy birliklar sifatida respublika boʻysunuviga oʻtkazish.

1. Respublika ahamiyatidagi Samarqand va Namangan shaharlarini va ular tarkibidagi tumanlarni tashkil etish, chegaralarini belgilash, shu munosabat bilan Samarqand va Namangan viloyatlarining chegaralarini oʻzgartirish va ularning yangi maʼmuriy markazlarini belgilash toʻgʻrisida Oliy Majlis palatalarining qarorlari loyihalarini Qonunchilik palatasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

-

Vazirlar Mahkamasi

A. Aripov

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Samarqand va Namangan viloyatlari hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

2. Samarqand va Namangan shaharlarini respublika ahamiyatidagi shaharlar sifatida rivojlantirish dasturlarini qabul qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil avgust

Hisob-kitoblarga koʻra

34-maqsad: Hududlarning muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma tizimini hamda xizmat koʻrsatish va servis sohalarini rivojlantirish

124.

Davlat budjetini shakllantirishda, shu jumladan, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturidagi obyektlarni rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli roʻyxatlarni shakllantirishda fuqarolar ishtirokini kengaytirish.

Davlat budjetini shakllantirishda, shu jumladan, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturidagi obyektlarni rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash boʻyicha manzilli dasturlarini shakllantirishda fuqarolarning xabardorligi va faol ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

125.

Iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga barqaror tabiiy gaz yetkazib berilishini taʼminlash.

1. “Oʻztransgaz” AJ tomonidan 47 km magistral gaz quvurlarining nuqsonli qismlarini almashtirish, 2200 km quvurlarning ichki sirtini tozalash, kompressor stansiyalarida 85 ta gaz haydash agregatini taʼmirlash ishlarini olib borish;

2. “Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan 150,5 km gaz tarmoqlari hamda 2 396 ta gaz taqsimlash punktini taʼmirlash va rekonstruksiya qilish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil davomida

“Oʻztransgaz” AJ mablagʻlari,

investitsiyalar va xorijiy kreditlar,

“Hududgaztaʼminot” AJ mablagʻlari

Vazirlar mahkamasi

A. Aripov

Energetika vazirligi

J. Mirzamaxmudov,

“Oʻztransgaz” AJ,

“Hududgaztaʼminot” AJ

126.

Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida turistlar uchun tunu-kun faoliyat yuritadigan “turizm koʻchalari” tashkil qilish.

1. Tashkil etiladigan turizm koʻchalari roʻyxatini shakllantirish.

2. Turizm koʻchalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda tungi vaqtda ishlashini taʼminlash maqsadida ularning atrofini uzluksiz yoritish. Mazkur hududlarni energiya tejamkor texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari bilan jihozlash.

3. Turizm koʻchalarida jamoat xavfsizligi normalari va talablari doirasida “xavfsizlik chaqiruv tugmalari” oʻrnatish hamda Wi-Fi zonalari tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahri hokimligi,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov

127.

Respublikamizdagi barcha shahar va tumanlardagi markaziy koʻchalar, chorrahalar va aholi gavjum joylar atroflarida rivojlangan davlatlar tajribasi asosida zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari tarmogʻini yaratish.

1. Barcha shahar va tumanlardagi markaziy koʻchalar, chorrahalar va aholi gavjum maskanlarda zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari joylashtiriladigan joylarni aniqlash.

2. Zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari tarmogʻini tashkil etish ishlariga mahalliy va xorijiy tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish.

3. Mazkur yer maydonlarini tadbirkorlik subyektlariga ajratish hamda ularning infratuzilma tarmoqlariga (suv, elektr energiyasi, oqova tarmogʻiga) ulanishiga koʻmaklashish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

A. Ramatov

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov

128.

Respublikadagi koʻp kvartirali uylarning markazlashgan issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish, energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish va energiya samaradorligini oshirish.

12 ta qozonxona va 20 km issiqlik tarmoqlarida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini yangidan boshlash. Bunda:

3 ta qozonxona va 5 km issiqlik tarmoqlarini yangidan qurish;

9 ta qozonxona va 15 km issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari amalga oshirish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Davlat ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ajratiladigan mablagʻlar

Vazirlar Mahkamasi

A. Ramatov

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklar

129.

Respublika aholisini markazlashgan ichimlik suv taʼminoti bilan taʼminlash darajasini 77 foizga yetkazish.

Yildan-yilga oʻtuvchi 54 ta va yangidan boshlanuvchi 17 ta obyektlarda — 105 ta inshootlar va 1,4 ming km ichimlik suv va oqova suv tarmoqlarini qurish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

1 trln soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

A. Ramatov,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

M. Olloyorov

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

130.

Yogʻingarchilik suvlarini chiqarish va yogʻingarchilik bilan bogʻliq boʻlgan suv toshqinlarining oldini olish tizimini takomillashtirish.

Kanallar, kollektor-drenaj va yomgʻir suvlarini oqizish tarmoqlari (ariq va lotoklar)ni tiklash va ularning holatini yaxshilash, shu jumladan yogʻingarchilik bilan bogʻliq toshqinlarning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini birinchi bosqichda Toshkent shahrida keyinchalik esa respublikaning boshqa hududlarida amalga oshirish.

Bunda, Toshkent shahri hamda viloyatlar markazlaridagi Obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi drenaj-kollektorlar tizimini oʻrgangan holda aniqlangan nosoz holatdagi drenaj quduqlarini va kollektorlarni taʼmirlash hamda sizot suvlar sathini pasaytirish va drenaj suvlarini oʻz vaqtida chetga chiqarib tashlashni taʼminlash uchun drenaj quduqlari va kollektorlarni tashkil etish boʻyicha dasturni ishlab chiqishni nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

A. Ramatov

Toshkent shahri hokimligi

B. Raxmonov,

Strategik islohotlar agentligi

A. Musayev,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov

35-maqsad: “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qiling” dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 million nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 million nafarga yetkazish

131.

Namangan shahrining turizm salohiyatini yanada oshirish.

1. “Gullar bayrami” xalqaro gullar festivalini oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Mahalliy budjet mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Namangan viloyati hokimligi, Badiiy akademiya, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlari hokimliklari

2. “Madaniyat karvoni” shaklida hududlarda konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish.

2023-yil avgust

3. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi badiiy jamoalarning konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish.

2023-yil iyul — sentabr

4. Yunus Rajabiy nomidagi maqom ansamblining konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish.

2023-yil avgust

5. Oʻzarolik tamoyili asosida Namangan shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrining “madaniyat kunlari” tadbirlarini tashkil etish.

2023-yil aprel — oktabr

132.

Samarqand shahrini dunyo taniydigan megapolisga, xalqaro turizm va biznes markaziga aylantirish.

1. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar elchilari bilan sayyohlarni olib kelish choralarini koʻrish.

Bunda:

Qirgʻizistondan — 176 ming;

Qozogʻistondan — 190 ming;

Pokistondan — 29,4 ming;

Rossiyadan — 88,2 ming;

Tojikistondan — 176 ming;

Hindistondan — 22 ming;

Xitoydan — 15 mingga yaqin;

Erondan — 22 ming nafar sayyohni jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Samarqand viloyati hokimligi,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Transport vazirligi

I. Maxkamov

2. Samarqand shahri Beruniy koʻchasi 1-uyda joylashgan madaniy meros obyektini qayta restavratsiya qilish ishlarini amalga oshirish hamda uning negizida “Ipak yoʻli” sanʼat galereyasini tashkil etish.

2023-yil dekabr

Samarqand viloyati hokimligi,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Qurilish

va uy-joy kommunal xizmat vazirligi

B. Zakirov

3. Samarqand shahri Mahmud Qoshgʻariy koʻchasi 85A-uyda joylashgan madaniy meros obyektida restavratsiya qilish ishlarini amalga oshirish hamda uning negizida “Art rezidensiya”ni tashkil qilish.

133.

Yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 7 mln nafarga yetkazish.

1. Xorijiy turizm bozorlarida mamlakatimiz turizm salohiyatini targʻib qilish, bunda:

marketing tadqiqotlari asosida muayyan xorijiy davlatlarda Oʻzbekistonning turizm salohiyatini keng targʻib qilish;

nufuzli xalqaro turizm koʻrgazma va yarmarkalarida Oʻzbekistonning milliy stendi bilan ishtirok etish;

mamlakatning diplomatik vakolatxonalari va vatandoshlar koʻmagida dunyo miqyosida “Oʻzbekiston kunlari” promo aksiyalarini muntazam tashkil qilish;

xorijiy jurnalist, bloger, vlogerlar hamda inflyuenserlar uchun Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatini targʻib etishga bagʻishlangan info-turlar tashkil qilish;

Oʻzbekistonning turizm sohasiga oid xalqaro reytinglarda oʻrnini yaxshilash nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev

2. Yangi turizm yoʻnalishlari va mahsulotlarini taqdim qilish, bunda ziyorat, eko, agro, “baliq ovi” turizmi, turizm qishlogʻi, turizm va gastronomik koʻchalar, choʻl hududlarida dam olish turizmi xizmatlari hamda marshrutlarini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

(Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov

3. Mahalliy havo transportini rivojlantirish maqsadida “Uzbekistan helicopters” MCHJ bilan birgalikda sayyohlarga moʻljallangan vertolyotlar uchun uchish va qoʻnish maydonchalarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

A. Ramatov,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Transport vazirligi

I. Maxkamov,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Fuqaro aviatsiyasi agentligi,

“Uzbekistan Airways” AJ

4. Turizm transport koridori boʻylab yer maydonlarini realizatsiya qilish va avtomagistral yoʻllari boʻylab zamonaviy karvonsaroylarni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

134.

2026-yilgacha turizm sohasida band boʻlgan aholi sonini 520 ming nafarga yetkazish.

1. 2026-yilga qadar 550 ta joylashtirish vositasini tashkil qilish, shundan, 2023-yilda 170 tasining faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2. 2023-yilda respublika boʻyicha 410 ta oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish.

3. 2023-yilda respublika boʻyicha 80 ta turistik korxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

135.

Navoiy viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. 2023 — 2026-yillarda turizm xizmatlarini kamida 5 baravarga oshirish, bunda yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylari tashkil etib, oʻrinlar sonini 4 mingtaga yetkazish.

2. Xizmat koʻrsatish obyektlarini yoʻlga qoʻyish orqali Navoiy shahri markazida “Turizm koʻchasi”ni tashkil etish.

3. Navoiy shahridagi Nurafshon koʻchasini Gastronomik turizm koʻchasi sifatida tashkil etish orqali aholi bandligini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyun

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Navoiy viloyati hokimligi,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov

136.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrini “Turizm markazi” (Tourism centre) shahriga aylantirish va Kitob tumanida zaruriy infratuzilmani tashkil etish.

1.Tourism centre” shahar majmuasini tashkil qilish, bunda:

milliy koʻrinishdagi turizm qishloq va mahallalar tashkil qilish;

hunarmandchilik ustaxonalari, zargarlik, suvenir mahsulotlari doʻkonlarini yoʻlga qoʻyish;

Shahrisabz tarixiy markazida sayyohlar uchun xizmatlarni yoʻlga qoʻyish.

2. Kitob tumanida “Qashqadaryo turizm darvozasi” tamoyili asosida zarur infratuzilmalarni tashkil etish, bunda:

Taxtiqoracha dovonida sayyohlarga turizm xizmatlari koʻrsatishni rivojlantirish;

dovon hududida oʻrmon xoʻjalik yerlarini tadbirkorlarga ijaraga berishni tashkil etish;

hududda joylashgan ziyoratgohlarda sayyohlar tashrifi uchun sharoit yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Hisob-kitoblarga koʻra

tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Qashqadaryo viloyat hokimligi,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov

137.

Turizm sohasida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish.

1. Toshkent shahri Yunusobod tumanida zamonaviy gullar bogʻini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Tashabbuskorlar oʻz mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

A. Ramatov,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Toshkent shahar hokimligi,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov

2. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Amirsoy” togʻ changʻi kurorti loyihasining 2-bosqichini ishga tushirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Toshkent viloyati hokimligi,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov

3. Namangan viloyatida tashkil etilgan “Afsonalar vodiysi” koʻngilochar bogʻi tajribasi asosida Fargʻona va Andijon viloyatlarida koʻngilochar parklar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Fargʻona va Andijon viloyatlari hokimliklari,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov

138.

Turizm sohasiga oid xalqaro darajadagi tadbirlarni oʻtkazish.

Turizm va madaniy tadbirlar kalendar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Bunda, 2023-yil davomida MICE tadbirlarini Samarqand shahridagi Ipak yoʻli xalqaro turizm markazida oʻtkazilishiga alohida eʼtibor qaratish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

36-maqsad: Barcha transport turlarini uzviy bogʻlagan holda yagona transport tizimini rivojlantirish, yirik shaharlar oʻrtasida kunlik transport qatnovlari asosida manzilga yetib borish va qaytib kelish imkoniyatini yaratish

139.

Shaharlararo va shahar atrofi temir yoʻl qatnovlari jozibadorligini oshirish hamda harakat tarkibini yangilash va modernizatsiya qilish.

1. Zamonaviy 34 ta elektr va 6 ta dizel poyezdlarini xarid qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yildan boshlab

396,0 mln doll XMI/XHMT mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

A. Ramatov

Transport vazirligi

I. Maxkamov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

2. Navoiy-Buxoro elektrlashtirilgan yuqori tezlikdagi temir yoʻl liniyasining ikkinchi yoʻlini qurish ishlarini yakunlash.

3. Yoʻlovchi vagonlar parkini zamonaviy vagonlar bilan taʼminlash maqsadida 10 ta yoʻlovchi vagonini ishlab chiqarish.

4. 70 ta yoʻlovchi vagonini kapital taʼmirlash va modernizatsiya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

33,0 mln doll

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ mablagʻlari

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

“Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ mablagʻlari,

tijorat banklari kreditlari

140.

Poytaxt aholisi va mehmonlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni yoʻnalishlari tarmogʻini kengaytirish.

Yer usti halqa metro liniyasining II bosqichi doirasida:

5 ta bekatni oʻz ichiga oluvchi “Qoʻyliq-Quruvchilar” qismida;

2 ta bekatni oʻz ichiga oluvchi “Quruvchilar-Qipchoq” qismida qurilish-montaj ishlarini yakunlab, foydalanishga topshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart-avgust

32 mln doll “Oʻzmilliybank” AJ kredit mablagʻi,

100 mlrd soʻm Respublika budjeti mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

A. Ramatov

Transport vazirligi

I. Maxkamov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

141.

Tovar-moddiy boyliklarni tashish uchun tovar-transport yuk xatlari va yoʻl varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibini joriy etish.

1. Respublika hududida barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun tovar-transport yuk xatini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimini joriy etish.

2. Yuklarning avtotransport vositalarida tashilishini monitoring qilish boʻyicha yagona tizimni yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil avgust

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Transport vazirligi

I. Maxkamov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov

142.

Aeroportlarda turistik va ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish.

2. Respublika aeroportlarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish. Bunda:

nufuzli xorijiy kompaniya ekspertlarini jalb qilgan holda “Toshkent” xalqaro aeroportini rivojlantirish istiqbolini belgilash;

Buxoro va Urganch aeroportlarini davlat-xususiy sheriklik asosida har bir aeroportni alohida b?shqaruvga berishni jadallashtirish;

Fargʻona vodiysidagi xalqaro aeroportlarni rivojlantirish boʻyicha maqbul yoʻnalishni belgilab olish nazarda tutiladi.

Strategiya loyihasi

2023-yil aprel

-

Vazirlar Mahkamasi

A. Ramatov

Transport vazirligi

I. Maxkamov,

“Uzbekistan Airports” AJ

143.

Xalqaro transport yoʻnalishlarida yuk tashish uchun qulay shart-sharoit yaratish.

1. “Oʻzbekiston — Turkmaniston — Eron — Turkiya” va “Oʻzbekiston-Turkmaniston — Eron — Hindiston” transport koridorlarini rivojlantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Transport vazirligi

I. Maxkamov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

2. Yuk vagonlari parkini yangilash maqsadida 1000 ta yuk vagonini qurish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

“Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

A. Ramatov

“Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ, Transport vazirligi

I. Maxkamov

144.

Xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish va yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish.

1. “Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston” temir yoʻlini qurish loyihasining texnik iqtisodiy asosini ishlab chiqish.

2. “Termiz — Mozori-Sharif — Qobul — Peshovar” temir yoʻlini qurish loyihasining texnik iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun moliyalashtirish manbalarini aniqlash boʻyicha muvofiqlashtirilgan choralar koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

5,7 mln doll

“Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Transport vazirligi

I. Maxkamov,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

IV. ADOLATLI IJTIMOIY SIYOSAT YURITISH, INSON KAPITALINI RIVOJLANTIRISH

37-maqsad: Har bir fuqaroga davlat hisobidan aniq kasb-hunarga oʻqish imkoniyatini yaratish. Kasbga oʻqitish koʻlamini 2 baravar oshirib, jami 1 million nafar ishsiz fuqaroni kasb-hunarlarga oʻqitish va bu jarayonda nodavlat taʼlim muassasalarining ishtirokini 30 foizga yetkazish.

145.

Xalqaro tajriba asosida mehnat bozoridagi kasb va lavozimlar hamda ularning malaka darajalarining muvofiqligini qayta koʻrib chiqish.

Kasb va lavozimlarning malaka darajalarini Milliy malaka tizimi asosida takomillashtirish. Bunda:

tarmoq malaka kengashlari, xalqaro ekspertlar bilan tegishli kasb va lavozimlarning malaka darajalarini qayta koʻrib chiqish;

kasbiy standartlar maketini takomillashtirish va ish joylarning funksional tahlili asosida qayta koʻrib chiqish;

mashgʻulotlarning xalqaro standart klassifikatsiyasi asosida Milliy klassifikatsiyani ishlab chiqish;

malaka darajalariga muvofiq kasb va lavozimlarni kodlashtirishni taʼminlash va klassifikatorni takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2023-yil dekabr

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Tarmoq malaka kengashlari

146.

Ishsiz va ish qidirayotgan shaxslarning 160 ming nafarini talabgor kasblarga oʻqitish hamda ulardan kamida 5 ming nafarining kasbiy malaka darajasi tasdiqlash va ularga malaka pasportlarini taqdim etish.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) granti asosida Milliy texnik malakani baholash va oʻqituvchilar malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etishni nazarda tutuvchi:

“Ishga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga oʻqitish markazlari oʻqituvchilari va muhandis ustalarini maqomi boʻyicha professional taʼlim va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagoglariga tenglashtirish hamda ularga ushbu xodimlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va ijtimoiy himoya kafolatlarini tatbiq etish;

“Ishga marhamat” monomarkazlari huzuridagi Oʻquv-maslahat ofislari faoliyatini transformatsiya qilish;

insonni hayoti, sogʻligi va xavfsizligi bilan bogʻliq kasblarni majburiy sertifikatsiyalash tizimini tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Hisob-kitoblarga koʻra

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov

147.

YUNESKO tavsiyalari asosida Professional taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.

Professional taʼlim tizimini 2030-yilgacha boʻlgan davrda har tomonlama rivojlantirish boʻyicha strategiya loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

professional taʼlim muassasalarining yangi qiyofasini yaratish;

xalqaro tajribalar asosida kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga olib chiqish;

moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;

iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlantirish yoʻnalishlaridan kelib chiqib maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash;

taʼlim sifatini yaxshilash;

dual taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasini xorijiy ekspertlar bilan ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2023-yil oktabr

Hisob-kitoblarga koʻra smetaga muvofiq

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

148.

Yoshlarni professional taʼlim muassasalarida kasbga oʻqitish koʻlamini kengaytirish va taʼlim jozibadorligini oshirish.

Professional taʼlim muassasalariga oʻquvchilarni qabul qilish tizimini takomillashtirish.

Bunda:

kollej va texnikumlarga oʻquvchilarni qabul qilishni bir yilda ikki marta tashkil etish;

texnikumlarda mutaxassislik yoʻnalishidan kelib chiqib davlat granti ajratishni joriy etish orqali umumiy davlat granti ulushini 50 foizga yetkazish;

xususiy sektorning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini aniqlashni tizimli yoʻlga qoʻyish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil avgust

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Savdo-sanoat palatasi

D. Vaxobov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

149.

Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan 75 ming nafar ishsiz xotin-qizlarni davlat hisobidan mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻqitish.

1. Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan 75 ming nafar ishsiz xotin-qizlarning manzilli roʻyxatlarini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

Z. Maxkamova

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev

2. Har bir hududning oʻziga xos drayveridan hamda xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni ichki mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻqitish.

2023-yil davomida

3. Kasb-hunarga oʻqitish markazlarida oʻqitilgan, malakaga ega boʻlgan xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilishi uchun ular faoliyatiga subsidiya va imtiyozli kreditlarni jalb etish.

4. Olis va chekka hududlarda istiqomat qilayotgan ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlaydigan tadbirkorlik subyektlari uchun 50,0 mln. soʻm miqdorida grant loyihalarini eʼlon qilish.

2023-yil oktabr

150.

Yevropa kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish sifatini taʼminlash (EQAVET) tizimi talablariga toʻliq javob beradigan namunaviy professional taʼlim muassasalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2023-yil 1-sentabrga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Yevropa kasbiy taʼlim va kasbga oʻqitish sifatini taʼminlash (EQAVET) tizimi talablariga toʻliq javob beradigan 1 tadan namunaviy professional taʼlim muassasalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

151.

Nodavlat taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish, sohada litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish.

1. Nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda ularning elektron kutubxonasi, axborot-resurs markazlari, oʻqituvchilarning toifalari, bitta sinfda taʼlim oluvchilarning maksimal soniga qoʻyilgan talablarni yengillashtirish.

2. Nodavlat taʼlim tashkilotlariga sport zal va talabalar dam olish joylarini ularga ijara va bepul foydalanish huquqi asosida tegishli boʻlgan binolarda ham tashkil etishga ruxsat etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

38-maqsad: Maktabgacha taʼlimdagi qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan kamida 80 foizga yetkazish.

152.

6 yoshli bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni taʼminlash boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishish ishlarini davom ettirish.

Bolalarni sifatli maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish koʻlamini oshirish orqali qamrov darajasini oshirish.

Bunda:

269 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlari;

94 ta toʻliq kunlik tayyorlov guruhlari;

1 384 ta majburiy bepul tayyorlov guruhlari;

maktabgacha taʼlimning muqobil shakllarini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil yakuniga qadar

60 mlrd soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

153.

Davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish orqali nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish.

1. Yangi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni koʻp kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni rekonstruksiya qilish, taʼmirlash hamda jihozlash orqali amalga oshirishga ruxsat etish.

2. Davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida ijaraga berilgan yer uchastkasida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti binosini qurgan xususiy sherik tomonidan ushbu binoning bank kreditlari boʻyicha garovga qoʻyilishiga oid cheklovlarni bekor qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

3. 1 600 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish hisobiga 40 mingdan ortiq bolalar oʻrnini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil yakuniga qadar

185 mlrd soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

-

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

39-maqsad: Maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish.

154.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish hamda oʻquv dasturlarini takomillashtirish orqali taʼlim sifatini taʼminlash jarayonlari samaradorligini oshirish.

1. Xalqaro loyihalar doirasida xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda maktabgacha taʼlim tashkilotlarining 14 mingdan ziyod xodimlarini (40 soatga moʻljallangan) qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida oʻqitish.

2. Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amaliyotga keng joriy etish.

3. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini 25 nomdagi oʻquv-metodik va didaktik materiallar bilan taʼminlash.

4. Ota-onalar uchun bolalar tarbiyasi va taʼlimiga oid Internet resurslarini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

800 ming doll

Jahon banki mablagʻlari,

budjet mablagʻlari parametrlarida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

155.

Erta yoshdagi bolalar taʼlimi sifati va natijalarini baholash boʻyicha xalqaro MELQO (measuring early learning quality outcomes) baholash tizimi asosida “Bolalarning erta yoshdan rivojlanishi va maktabgacha taʼlim sifatini baholashning milliy tizimi”ni joriy etish.

1. Xalqaro MELQO taʼlim sifatini baholash vositalarini milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda adaptatsiya qilish.

2. MELQO standartlariga muvofiq maktabgacha taʼlim sifatini baholashning milliy tizimini ishlab chiqish.

3. Milliy baholash tizimini tajriba-sinovdan oʻtkazish.

4. Tajriba-sinov natijalari asosida milliy baholash tizimini keng qamrovda joriy etish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

Jahon bankining “Erta bolalikdagi rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida

250 ming doll.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova

40-maqsad: Maktabgacha taʼlim tizimida budjet mablagʻlarining maqsadli va samarali sarflanishini taʼminlash.

156.

Maktabgacha taʼlim tizimida noqonuniy moliyaviy xatti-harakatlar, korrupsiya holatlari va budjet mablagʻlarining maqsadsiz sarflanishini oldini olish.

1. 6 412 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida avtomatlashtirilgan tizimni ishga tushirish uchun texnik vositalarni xarid qilish.

2. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini ishga tushirish.

3. Xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomati hamda bolalarni ovqatlantirish bilan bogʻliq xarajatlarni elektron hisoblanishini yoʻlga qoʻyish.

4. “Yagona mavsumiy taomnoma”ni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Respublika budjetidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

A. Shin,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxanov

41-maqsad: Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq taʼlimi tizimida qoʻshimcha 1,2 million oʻquvchi oʻrni yaratish

157.

Yangi maktablarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish hamda ularda zarur shart-sharoitlarni yaratish.

1. “Namunaviy maktab” loyihalari asosida 237 ta maktabni rekonstruksiya qilish va yangidan barpo etish orqali 76 ming oʻquvchi oʻrnini yaratish.

2. Maktablarni toʻliq zamonaviy mebel, uskunalar bilan jihozlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Davlat budjeti mablagʻlari

(1,7 trln soʻm),

mahalliy budjet mablagʻlari,

homiylar mablagʻlari,

tadbirkorlar mablagʻlari,

xorijiy bank kreditlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

B. Zakirov,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova

3. Umumtaʼlim maktablaridagi 1200 ta maʼnan eskirgan kompyuter sinflarini yangilash.

Amaliy chora-tadbir

2023-yil yakuniga qadar

Respublika budjeti

100 mlrd soʻm,

mahalliy budjet

100 mlrd soʻm

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

4. Respublikadagi 4860 ta (shundan 2509 ta oʻgʻilbolalar va 2351 tasi qiz bolalar xonasi) maktabdagi texnologiya xonalarini jihozlash.

Amaliy chora-tadbir

2023-yil yakuniga qadar

Mahalliy budjet mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova

5. Nodavlat taʼlim tashkilotlari sonini 400 taga yetkazish.

Amaliy chora-tadbir

2023-yil yakuniga qadar

Tadbirkorlar mablagʻlari,

xorijiy bank kreditlari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova

42-maqsad: 2026-yilga qadar oʻquv dasturlari va darsliklarni ilgʻor xorijiy tajriba asosida toʻla qayta koʻrib chiqib, amalda joriy etish

158.

Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ koʻnikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik kabi koʻnikmalarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim dasturlarini amaliyotga kiritish.

1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 1 — 4-sinflarida oʻquvchilarni ilgʻor xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar boʻyicha oʻqitish.

2. 5 — 9-sinflarda oʻquvchilarga umumtaʼlim fanlaridan tayanch bilimlar berish.

3. 10-11-sinf oʻquvchilarining qiziqish va qobiliyatiga mos boʻlgan ixtisoslashgan dasturlar asosida bilim berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabrdan boshlab bosqichma-bosqich

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlari hisobidan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

4. Umumtaʼlim maktablarida darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan hamda chet ellik mutaxassislar ishtirokida ekspertizadan oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari

5. Fransiyaning “Didyer” nashriyotining fransuz tili fani darsligini xarid qilish.

Kembridj nashriyotining Informatika darsligini barcha taʼlim tillari uchun litsenzion huquqini xarid qilish, tarjima qilish va chop etish.

2023-yil yakuniga qadar

43-maqsad: Malakali oʻqituvchilarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSH dollari ekvivalentiga yetkazish.

159.

Professional taʼlim xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yangi tizimini joriy etish.

Quyidagilar:

1. professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalarini mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga;

professional taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan, malaka toifasiga ega boʻlmagan oliy maʼlumotli hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy oʻrta taʼlim muassasalari birinchi va ikkinchi malaka toifali oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli oʻqituvchisi hamda oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish.

2. Professional taʼlim muassasasining yuqori natijalarga erishgan pedagog va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalariga direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har oylik 50 foizgacha ustama toʻlash amaliyotini joriy etish.

3. Professional taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va professional taʼlim muassasalarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish tartibini yanada takomillashtirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

Davlat budjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Iqtisod va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

44-maqsad: Maktablarda taʼlim sifatini oshirish, pedagog-kadrlarning bilimi va malakasini xalqaro darajaga olib chiqish.

160.

Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan oʻquvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish.

1. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun inklyuziv taʼlim tizimini bosqichma-bosqich umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida joriy qilish.

Bunda, ommaviy axborot vositalari orqali inklyuziv taʼlim tizimining ijobiy tomonlarini ota-onalarga keng targʻib qilish.

2. Har bir tuman (shahar)da kamida bittadan inklyuziv maktablar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova

3. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan (eshitishda nuqsoni boʻlgan) 1-sinf oʻquvchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va ularga eshitish moslamalarini taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova

161.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim muassasalarini malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida ularning kasb nufuzini oshirish hamda maqomini yuksaltirish.

1. Buyuk Britaniyaning Cambridge tashkiloti bilan hamkorlikda “PDQ” dasturini Agentlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazida joriy etish.

2. Agentlik tizimidagi taʼlim muassasalarining “PDQ” dasturi asosida kasbiy malakasini oshirgan rahbar va pedagog xodimlarining “Ilgʻor oʻqituvchi”, “Ustoz oʻqituvchi” va “Professional oʻqituvchi” darajalarini berish orqali ragʻbatlantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova

162.

“Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish.

Qonun loyihasida shu jumladan quyidagilar nazarda tutiladi:

pedagoglarni oʻz kasbiy faoliyatiga kirmaydigan ishlarga jalb qilishni taqiqlash hamda ularning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish kafolatlarini mustahkamlash;

pedagog xodim faoliyatining kafolatlari va ularni ijtimoiy himoya qilish choralarini mustahkamlash, shu jumladan ularni yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash va tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, oʻquv qoʻllanmalar bilan taʼminlash;

pedagoglardan hisobotlar va boshqa maʼlumotlarni talab qilish, ularning faoliyatini asossiz ravishda tekshirish, turli tadbirlarda qatnashishga majburlashga yoʻl qoʻymaslik.

Qonun loyihasi

2023-yil aprel

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

163.

Fanlarni oʻqitish samaradorligini oshirish va oʻquv yuklamasini maqbullashtirish.

Quyid?gi masalalar boʻyicha takliflarni ishlab chiqish:

boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining pedagog stavkasini 16 soat etib belgilash;

yuqori sinf oʻquvchilarining fanlarga ixtisoslashuvini kengaytirish;

umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbar xodimlari mehnatiga haq toʻlash sharoitlarini yaxshilash.

Axborot xati

2023-yil may

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

45-maqsad: Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bosqichma-bosqich bepul ovqat bilan taʼminlash.

164.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida umumtaʼlim maktablarida sogʻlom ovqatlanish tizimini amalga oshirish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining har bir shahar, tumanlardagi umumtaʼlim maktablari 1 — 4 sinf oʻquvchilariga oziq-ovqat yetkazib berilishi, sifati va taʼminlanishi yuzasidan doimiy nazorat oʻrnatish.

2. Monitoring natijalari asosida muammolarni hal etish tizimini yaratish.

Amaliy chora-tadbir

2023-yil davomida

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

165.

Respublikaning barcha umumtaʼlim maktablarida sogʻlom ovqatlanish tizimini amalga oshirish.

1. Respublikaning barcha maktablarida 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab birinchi-toʻrtinchi sinf oʻquvchilarini bepul ovqat bilan taʼminlashni tashkil etish.

Bunda, ovqat turlari oʻquvchilarning yoshi va sogʻligʻi holatiga koʻra meʼyorlangan holda yetkazib berilishi hamda sanitariya talablariga javob berishini taʼminlash.

2. Monitoring natijalari asosida muammolarni hal etish tizimini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Davlat budjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Iqtisod va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

46-maqsad: Oliy taʼlim bilan qamrov darajasini 50 foizga yetkazish va taʼlim sifatini oshirish

166.

Oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim talablariga moslashtirish.

1. Xorijiy ekspertlar ishtirokida ichki va tashqi sifatni taʼminlash amaliyotini dastlab 6 ta oliy taʼlim muassasasida joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart-noyabr

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari, xorijiy grantlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

A. Toshqulov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar,

2. Mazkur oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlarini xalqaro tashkilotlar tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2023-yil noyabr

167.

Oliy taʼlim muassasalarida ilgʻor xorijiy tajribalardan foydalanish samaradorligini oshirish.

Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifati va samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Professor-oʻqituvchilarni xorijiy davlatlarda malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish.

2. Respublika oliy taʼlim muassasalarida oʻquv mashgʻulotlarini olib borish uchun xorijdan professor-oʻqituvchilarni jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

A. Toshqulov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

A. Bekmuradov

47-maqsad: 2026-yilga qadar 10 ta salohiyatli oliy taʼlim muassasasini QS va TNE xalqaro reytinglariga kirishga maqsadli tayyorlash.

168.

Respublika oliy taʼlim muassasalarini QS, TNE xalqaro reyting agentliklarining nufuzli oliy taʼlim muassasalari roʻyxatiga kiritish choralarini koʻrish.

1. Tanlab olingan 10 ta oliy taʼlim muassasalari ilmiy-pedagogik faoliyatining QS, TNE xalqaro reyting agentliklari roʻyxatiga kiritish talablariga muvofiqligini tahlil qilish.

2. Tanlab olingan 10 ta oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining “Scopus”, “Web of Science”, “Science Direct” va boshqa nufuzli xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazasida indekslanuvchi ilmiy jurnallarida nashr etilgan maqolalari sonini 1 600 taga yetkazish.

3. Tanlab olingan 10 ta oliy taʼlim muassasalarida “Xirsh” indeksi 5 va undan yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar sonini 300 taga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

A. Toshqulov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

48-maqsad: Qariyb 100 ming oʻrinli talabalar turar joylarini barpo etish.

169.

Talabalarni turar joy bilan taʼminlanish darajasini oshirish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan talabalar turar joylarini qurish uchun yer maydonlarini belgilangan tartibda ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart-sentabr

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

A. Toshqulov

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Davlat-xususiy sheriklik loyihalari, oliygoh va budjet mablagʻlari hamda investitsiya dasturi doirasida talabalar turar joylarini qurish boʻyicha loyiha hujjatlarini rasmiylashtirish.

Tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari,

Davlat budjetida mazkur maqsadlarga ajratilgan mablagʻlar,

Oliy taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. 2023-yil yakuniga qadar oliy taʼlim muassasalarida 18 ming oʻrinli talabalar turar joylarini qurish, ushbu loyihalar doirasida qurilayotgan talabalar turar joylarini foydalanishga topshirish.

2023-yil dekabr

49-maqsad: 2026-yilgacha nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari sonini kamida 50 taga yetkazish.

170.

Oliy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlashda raqobatbardoshlikni oshirish va taʼlim sifatini yaxshilash.

Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.

Bunda:

nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarini litsenziyalash talablarini takomillashtirish;

oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingida nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari ishtiroki uchun imkoniyat yaratish;

nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari rahbar kadrlariga qoʻyiladigan malaka talablarini kuchaytirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

A. Toshqulov

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Biznes-ombudsman

D. Kasimov

50-maqsad: “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga oʻqishga yuborish koʻlamini 2 baravarga oshirish, bunda yoshlarning 50 foizini texnik, aniq fanlar va IT sohalariga yoʻnaltirish.

171.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi taʼlim dasturlari asosida iqtidorli yoshlarning xorijiy davlatlarning eng nufuzli universitetlarida taʼlim olishi uchun ochiq stipendiya tanlovlarini oʻtkazish.

1. Xorijiy oliy taʼlim muassasalarining taʼlim dasturlarida qatnashish maqsadida Jamgʻarma tomonidan ochiq stipendiya tanlovlarini eʼlon qilish va oʻtkazish.

2. “El-yurt umidi” jamgʻarmasining ochiq stipendiya tanlovlari tartibi bilan bogʻliq yangiliklarni vazirlik, idora va tashkilotlar, shuningdek, hududlardagi yoshlar orasida keng targʻib etishga qaratilgan hududiy amaliy-uslubiy seminarlar tashkil etish.

3. Stipendiya tanlovi gʻoliblarini aniqlash va ularga Jamgʻarma stipendiati sertifikatini tantanali topshirish hamda xorijiy davlatlarga taʼlim olishga yuborishni tashkil etish.

4. Stipendiatlarning xorijda taʼlim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida xorijiy nufuzli universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlik memorandumlari tuzishni yanada kengaytirish.

Jamgʻarma Vasiylik kengashi qarori

2023-yil may va noyabr oylarida

Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

K. Kuranbayev

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

A. Bekmurodov,

Yoshlar ishlari agentligi

A. Sadullayev,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

MTRK

A. Xadjayev,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5. “El-yurt umidi” jamgʻarmasining taʼlim dasturlari tarkibini, stipendiatlar mehnat faoliyati monitoringini yuritish mexanizmini, shuningdek, Jamgʻarma faoliyatini yanada takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Hisob-kitoblarga koʻra

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

A. Bekmurodov,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

172.

El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari va xorijda istiqomat qilayotgan qimmatli ilmiy-amaliy tajribaga ega boʻlgan vatandoshlar oʻrtasida muntazam muloqot va hamkorlikni oʻrnatish.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiatlari va vatandoshlar oʻrtasida muloqot maydonini yaratadigan anʼanaviy III Xalqaro Forumni tashkil etish.

Jamgʻarma Vasiylik kengashi qarori

2023-yil avgust

Jamgʻarmaga ajratilgan mablagʻlar doirasida va homiy tashkilotlar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

K. Kuranbayev

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

A. Bekmurodov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

M. Xojimatov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

O. Xasanov,

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev,

Oʻzbekiston MTRK

A. Xadjayev,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov

“Vatandoshlar” jamoat fondi

O. Sattarov

51-maqsad: Iqtisodiyotga innovatsiyalarni keng joriy qilish, sanoat korxonalari va ilm-fan muassasalarining kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish.

173.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tashkil topganligining 80 yilligini keng nishonlash.

Oʻzbekiston akademik fanining yutuqlarini keng xalqaro jamoatchilikka yetkazishga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman va ilmiy ishlanmalar koʻrgazmasini oʻtkazish. Bunda:

anjumanga xorijiy davlatlar vakillarini taklif etish;

anjumanga jahonning nufuzli ilmiy markazlaridan kamida 200 ta yetakchi olimlarni jalb qilish;

anjumanda Nobel mukofoti laureati ishtirokini taʼminlash;

anjuman doirasida ilmiy ishlanma va mahsulotlar koʻrgazmasini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Fanlar akademiyasi

B. Yuldashev,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

174.

Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va buyuk ajdodlarimizning ilmiy-maʼrifiy merosini saqlash, ilmiy muomalaga kiritish, respublika va xalqaro miqyosda yanada ommalashtirish.

1. Oʻzbekiston tarixi, madaniyati va ilmiy-maʼrifiy merosiga oid noyob qoʻlyozma asarlarni tadqiq etish, ilmiy muomalaga kiritish va ommalashtirish boʻyicha 2023 — 2026-yillarga moʻljallangan dastur loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

sohada har yili 10 nafar malakali manbashunos mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va xorijiy mamlakatlarga stajirovkaga yuborish;

taniqli olimlarning noyob qoʻlyozma asarlarini oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tarjimonlik maktablarini yaratish;

sohada “ustoz-shogird” anʼanalarini joriy qilish;

noyob qoʻlyozma asarlarini saqlash, taʼmirlash, tadqiq etish, nashrdan chiqarish va ommalashtirish ishlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish;

xorijiy mamlakatlarda chop etilgan yurtimiz tarixi va ajdodlarimiz ilmiy-maʼrifiy merosiga oid muhim tadqiqotlarni oʻzbek tiliga tarjima qilish va nashr etishni yoʻlga qoʻyish nazarda tutiladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil noyabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Davlat budjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Fanlar akademiyasi

B. Yuldashev,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

G. Rixsiyeva,

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi

M. Komilov,

Islom sivilizatsiyasi markazi

Sh. Minovarov,

Imom Buxoriy xalqaro markazi

Sh. Ziyodov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻzbekiston tarixi, arxeologiyasi va ajdodlar merosiga oid noyob yodgorliklarni muhofaza qilish, taʼmirlash, ilmiy muomalaga kiritish va ommalashtirish ishlari samaradorligini oshirish toʻgʻrisida Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

respublikaning davlat fondlarida saqlanayotgan yozma manbalarning reyestrini tuzish;

noyob qoʻlyozmalardan 40 ming kadr raqamlashtirish va 5 ming varaq taʼmirlanishini taʼminlash;

oʻrta asrlar tarixi, fani, madaniyati va adabiyotiga doir 15 ta manbani ilmiy muomalaga kiritish;

oʻrta va uzoq istiqbolda sohani rivojlantirish boʻyicha aniq reja va chora-tadbirlar dasturlarini shakllantirish nazarda tutiladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil noyabr

52-maqsad: Global innovatsion indeksda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash va 2030-yilga qadar top-50 mamlakatlari qatoriga kirish.

175.

2023-yilda 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS 2023 xalqaro baholash dasturida Oʻzbekiston ishtirokini taʼminlash.

1. Xalqaro dastur haqida targʻibot-tashviqot, seminar va treninglar tashkil etish, maktab direktorlari va oʻqituvchilarning salohiyatini rivojlantirish.

2. Xalqaro tadqiqotda ishtirok etish boʻyicha aʼzolik badal toʻlovlarini amalga oshirish.

3. Xalqaro tashkilotlar tomonidan tanlab olingan 166 ta maktabda moddiy-texnika bazani mustahkamlash, Internet tarmogʻiga ulanish sifatini oshirish hamda tadqiqotlarni tashkil etish.

4. 2024-yilda xalqaro darajada eʼlon qilinadigan tadqiqotlar natijalari asosida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish, maktab taʼlimi, oʻquv dasturlari va oʻqitish metodikalarini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

Jahon bankining “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi mablagʻlari hisobidan

169,6 ming doll

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

A. Toshqulov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

176.

Oʻquvchilar savodxonligini baholash boʻyicha xalqaro PISA 2025 tadqiqot dasturida Oʻzbekistonning ishtirokini taʼminlash.

1. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan shartnomaga muvofiq aʼzolik badallarini toʻlash.

2. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan hamkorlikda tadqiqotning 2024-yildagi tajriba-sinovi hamda 2025-yildagi asosiy sinovlarini tashkil qilish hamda tadqiqotda maktablarning muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

3. Chora-tadbirlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

Amaldagi qonunchilikka muvofiq ajratiladigan mablagʻlar doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

A. Toshqulov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

53-maqsad: Aholi uchun kafolatlangan ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

177.

Reabilitatsiya markazlarida nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya choralari bilan qamrab olish koʻlamini 5 baravarga oshirish.

1. Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlarida nogironligi boʻlgan shaxslarni ambulator sharoitda bepul tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tartibi loyihasini ishlab chiqish.

2. Ambulator sharoitda bepul tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish tizimini 2023 — 2026-yillarda joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Ajratilgan davlat budjeti mablagʻlari doirasida

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

54-maqsad: Pensiya taʼminoti tizimini takomillashtirish.

178.

Fuqarolarning pensiya miqdorlari mamlakatning iqtisodiy koʻrsatkichlariga muvofiq izchil oshib borishini taʼminlash.

Pensionerga hisoblab chiqarib qoʻyilgan, lekin uning tomonidan oʻz vaqtida talab qilib olinmagan pensiyasini toʻlash muddatini 12 oydan 24 oyga uzaytirish.

Qonun loyihasi

2023-yil iyul

15,2 mlrd soʻm

Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Pensiya jamgʻarmasi

A. Xaydarov

55-maqsad: Koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlarni aholiga yanada yaqinlashtirish va qulayligini oshirish maqsadida respublika hududlarida tibbiyot klasterlarini tashkil etish.

179.

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida zamonaviy koʻptarmoqli tibbiyot shaharchasini barpo etish.

1. Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda loyihani amalga oshirish bosqichlari, muddatlari hamda loyiha texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Davlat-xususiy sheriklik asosida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Toshkent viloyati hokimligi

2. “Tibbiyot shaharchasi”da qurilish ishlari yuzasidan davlat-xususiy sheriklik asosida tender eʼlon qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

Grafik asosida

56-maqsad: Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, budjet mablagʻlaridan samarali foydalanish, tibbiy xizmatlarni markazlashtirish va aholini tibbiy sugʻurtalash amaliyotini joriy qilish.

180.

Toshkent shahrida Endokrinologiya markazi va uning 600 oʻrinli koʻptarmoqli klinikasini foydalanishga topshirish choralarini koʻrish.

Qurilish ishlarini yakunlash uchun zarur mablagʻlarni ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

22,8 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Toshkent shahar hokimligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov

181.

Koreya bilan hamkorlikda umumiy qiymati 125 mln dollarlik 4 darajadagi 300 oʻrinli kattalar uchun zamonaviy koʻp tarmoqli tibbiyot markazini barpo etish

1. Loyiha konsultantini yollash va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

1 mln doll

Koreyaning “EDCF” jamgʻarmasi kredit mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi

L. Kudratov,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov

2. Qurilish ishlarini olib borish uchun tender oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Grafikka asosan

3. Qurilish ishlarini boshlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Tender hujjatlariga asosan

182.

Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish ishlarini davom ettirish.

1. Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalariga joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

F. Sharipov

2. Toshkent shahrida joriy etilgan davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi samaradorligini tahlil qilish va qolgan hududlarda bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha taklif kiritish.

2023-yil dekabr

183.

Tibbiyotda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, tibbiy va farmatsevtika taʼlimi hamda ilm-fanini yanada rivojlantirish.

Tibbiy taʼlim, malaka oshirish va qayta tayyorlash yoʻnalishlarini transformatsiya qilish. Bunda:

xalqaro tajribaga asoslangan holda tibbiyot oliygohlarining maqomini qayta koʻrib chiqish;

tibbiyot oliygohlarining oʻquv dasturlarini tibbiyoti rivojlangan davlatlar (AQSH, Koreya, Germaniya, Rossiya va boshqalar) standartlari asosida takomillashtirish;

tibbiyotda yetakchi boʻlgan xorijiy oliygohlar darsliklari va oʻquv materiallari asosida yangi avlod adabiyotlarini yaratish;

talabalarning nazariy va amaliy bilim hamda koʻnikmalarini baholash, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, ularga malaka toifasini berish boʻyicha inson omili aralashmaydigan, shaffof tizimni joriy etish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov

57-maqsad: Tibbiy asbob-uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish.

184.

Respublika ixtisoslashgan Kardiologiya ilmiy-amaliy markazini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

1. Asbob-uskunalarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolash.

2. Asbob-uskunalarni yetkazib berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

5,2 mln doll

Quvayt Arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi kredit mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi

L. Kudratov

185.

Respublika ixtisoslashgan Urologiya ilmiy-amaliy markazini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

1. Tender savdolarini oʻtkazish.

2. Asbob-uskunalarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolash.

3. Asbob-uskunalarni yetkazib berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

10 mln doll

Quvayt Arab iqtisodiy rivojlantirish jamgʻarmasi kredit mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi

L. Kudratov

186.

Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi va uning filiallarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

1. Tender savdolarini oʻtkazish.

2. Asbob-uskunalarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolash.

3. Asbob-uskunalarni yetkazib berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

16,3 mln doll

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi kredit mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi

L. Kudratov

58-maqsad: Dori-darmon va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solish hamda aholiga arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berish tizimini takomillashtirish.

187.

Xalqaro tajriba asosida dori vositalarini retseptsiz va retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibini ishlab chiqish.

1. Retseptsiz va retsept bilan beriladigan dori vositalari toʻgʻrisida xalqaro tajribani oʻrganish.

Tahliliy maʼlumot,

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov

2. Dori vositalarini retseptsiz va retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga kiritish tartibini ishlab chiqish, vazirlik va idoralar bilan kelishish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2023-yil sentabr

3. Bolalar uchun moʻljallangan dori vositalarini reklama qilishni taqiqlash boʻyicha cheklovlarni joriy etish masalasini oʻrgangan holda amaldagi qonunchilikni takomillashtirish.

Tahliliy maʼlumot

2023-yil iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

59-maqsad: Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatida aholiga malakali xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilash, sohaga ajratiladigan mablagʻlarni oshirish.

188.

Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, kasalliklarni erta aniqlash, kasalliklar profilaktikasi va sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish.

1. 18 — 40 yoshli 12,6 mln nafar aholini profilaktik koʻrikdan oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

2. 40 yosh va undan katta yoshdagi surunkali kasalligi boʻlmagan 6,3 mln nafar aholini yurak qon-tomir kasalligi va qandli diabet boʻyicha skrining tekshiruvlardan oʻtkazish.

3. 9 mln nafar maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari va oʻrta maktab oʻquvchilarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.

4. Onkologik kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlash maqsadida yiliga 3 mln nafar aholini skriningdan oʻtkazish.

5. Respublika boʻyicha 6 — 23 oylik boʻlgan jami 1,2 mln nafar bolalar mikronutriyent kukuni bilan bepul taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

59,2 mlrd soʻm Respublika budjeti mablagʻlari

6. 2 — 10 yoshdagi jami 6,3 mln nafar bolalarga gelmintoz profilaktikasi boʻyicha maxsus preparatlar bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

5,3 mlrd soʻm Respublika budjeti mablagʻlari

7. Homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 8,5 mln nafar 3 — 15 yoshdagi bolalarni, yod preparati bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

15,3 mlrd soʻm Respublika budjeti mablagʻlari

8. 5,9 mln nafar 35 yoshgacha tugʻish yoshidagi ayollarni polivitamin, temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

65,3 mlrd soʻm Respublika budjeti mablagʻlari

60-maqsad: Reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish.

189.

46 ta tumanlararo perinatal markazlarni tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash

1. Asbob-uskunalarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalarni imzolash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

5,2 mln doll

Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi kredit mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov

2. Asbob-uskunalarni yetkazib berish.

2023-yil avgust

190.

Onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish.

Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha uch yillik dasturni amalga oshirish orqali barcha tugʻruq komplekslarini toʻliq taʼmirlash va jihozlash hamda oʻrinlar sonini 2023-yilda qoʻshimcha 500 taga koʻpaytirish.

Dastur loyihasi

2023-yil mart

Davlat budjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

191.

Respublikada boshqariluvchi yuqumli kasalliklar boʻyicha epidemiologik barqarorlikni taʼminlash hamda mamlakat qoʻlga kiritgan mavjud elyuminatsiya sertifikatlarini saqlab qolish maqsadida profilaktik emlash tadbirlarini tashkil etish.

1. Respublika boʻyicha 12 mln nafar bolalarda 13 turdagi vaksinalar bilan boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

200 mlrd soʻm Davlat budjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

2. Respublika boʻyicha 4 — 9 oylik 1 mln nafar bolalar oʻrtasida poliomiyelit kasalliklariga qarshi emlash.

3. 7 yoshgacha boʻlgan 3,5 mln nafar bolalar oʻrtasida qizamiq va qizilcha kasalliklariga qarshi emlash.

4,0 mln doll xalqaro tashkilotlar mablagʻlari

192.

Onalar va goʻdaklar oʻlimi holatlarining oldini olish.

1. Onalar oʻlimi konfidensial muhokamasini yoʻlga qoʻyish.

2. OITS bilan kasallangan homiladorlarni davolash va antenatal kuzatuv sifatini yaxshilash borasida oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

134,0 ming doll

xalqaro tashkilotlar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov

3. Spinal mushak atrofiyasi bilan kasallangan 112 nafar bolalarni dori vositalari bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

118 mlrd soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

193.

Ayollar orasida reproduktiv organlar xavfli oʻsma kasalliklarini erta aniqlash.

Bachadon boʻyni saratoni skriningi boʻyicha klinik qoʻllanmani ishlab chiqish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Onkonazorat xona”lari faoliyatini takomillashtirish orqali bachadon boʻyin saratoni kasalligi profilaktikasini kuchaytirish maqsadida Odam papilomasi virusini aniqlash uchun sarflov materiallari bilan taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

237,6 ming doll

xalqaro tashkilotlar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov

61-maqsad: Tibbiy xizmatlardagi xususiy sektorning ulushini 25 foizga yetkazish.

194.

Davlat xususiy sheriklik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan 3 ta Nurli (radio) terapiya markazlari tashkil qilish.

2023-yilda Samarqand, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida Nurli (radio) terapiya markazlarini tashkil qilish ishlarini boshlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023 — 2025-yillar

Tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov

62-maqsad: Mamlakatda ishlab chiqariladigan dori-darmon va tibbiyot vositalarining miqdorini 80 foizga yetkazish.

195.

Import mahsulotlar hajmini va tarkibini optimallashtirish maqsadida 300 turdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqarilishini oʻzlashtirish.

1. Import mahsulotlar hajmini va tarkibini tahlil qilish.

Tahliliy maʼlumot

2023-yil har chorak

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov

2. Tahlil natijalari asosida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarga tavsiya va takliflar ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

3. Yil yakuniga qadar 300 turdan ortiq farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni oʻzlashtirish.

2023-yil dekabr

196.

Farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini takomillashtirish dasturini ishlab chiqish.

1. Farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini tahlil etgan holda takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy maʼlumotlar

2023-yil mart

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Andijon, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyati hokimliklari

2. Farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalarini takomillashtirish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil aprel

3. Oʻrganilgan tahliliy maʼlumotlar asosida Farmatsevtika erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini takomillashtirish dasturini qabul qilish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyun

197.

Mahalliy sharoitda biotexnologik farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

1. Biotexnologik farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.

Tahliliy maʼlumotlar

2023-yil mart

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov

2. Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

3. Mahalliy korxonalar tomonidan biotexnologik farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

63-maqsad: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xalqaro maqomga ega laboratoriyalarni tashkil etish.

198.

Xalqaro maqomga ega laboratoriya majmualarini tashkil etish.

1. “ILAC” va unga aʼzo boʻlgan “Akkreditatsiya” davlat unitar korxonasiga buyurtma berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov

2. Ilgʻor xorijiy davlatlarning xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya komplekslarida 30 nafar mutaxassislarni kasbiy tayyorgarlikdan oʻtkazish.

2023-yil may

3. Respublika boʻyicha 14 ta laboratoriyani xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish.

2023-yil noyabr

199.

Aholi orasida virusli gepatitning “V” va “S” turlarini erta tashxislash va davolash tadbirlarini amalga oshirish.

1. Respublikada 1 mln nafar aholini virusli gepatitlarning “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvidan oʻtkazish.

2. Skrining tekshiruvlarida virusli gepatitning “S” turi tasdiqlangan 30 ming nafar bemorlarda davolash tadbirlarini oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

23,9 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

64-maqsad: Hududlarda birlamchi tibbiy xizmatni “bir qadam” tamoyili asosida tashkil etish.

200.

Hududiy tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.

1. Loyiha konsultantini yollash va tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

20 mln doll

Koreyaning “EDCF” Jamgʻarmasi kredit mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

2. Tibbiy asbob-uskunalar xaridi boʻyicha tender oʻtkazish.

2023-yil iyul

3. Shartnomalar imzolash.

2023-yil dekabr

201.

Bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonun bilan belgilash.

Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxatini shakllantirish tartibini tasdiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2023-yil oktabr

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

202.

Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish.

Hududdagi mavjud ehtiyoj va aholining takliflarini inobatga olgan holda:

30 ta oilaviy poliklinika;

110 ta oilaviy shifokor punkti;

520 tagacha ixcham mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov

203.

Oilaviy poliklinika va oilaviy shifokor punktlarini uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

1. Tender savdolarini oʻtkazish.

2. Asbob-uskunalarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Osiyo taraqqiyot bankining kredit mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

65-maqsad: Malakali shifokorlarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSH dollari ekvivalentiga yetkazish.

204.

Davolash-profilaktika muassasalarida xodimlar uchun ularning ish samaradorlik koʻrsatkichlariga qarab ragʻbatlantirish amaliyotini joriy etish.

Erishilgan ijobiy natijalar boʻyicha eng maqbul boʻlgan baholash tizimini tanlab olib, boshqa tibbiyot muassasalariga joriy etish.

Xodimlarni ularning ish samaradorligi koʻrsatkichlariga qarab ragʻbatlantirish tartibini belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

66-maqsad: Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish.

205.

Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam berish boʻyicha Qashqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlarida reabilitatsiya markazlari faoliyatini tashkil etish.

Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam berishni hududlarga yaqinlashtirish maqsadida Qashqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlarida 10 oʻrinli reabilitatsiya markazi faoliyatini tashkil etish.

Amaliy-chora-tadbirlar

2026-yil dekabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi J. Qoʻchqorov

Qashqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlari hokimliklari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

206.

Hududlarda eshitish zaifligi va karlik mavjud bolalarni erta aniqlash va koxlear implantatsiya amaliyoti bilan qamrab olishni kengaytirish.

1. Sensonevral eshitish pastligining III-IV darajasi tashxisi bilan nazoratda boʻlgan 250 dan ortiq bolalarda koxlear implantatsiya operatsiyalarini oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

31,8 mlrd soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

2. Koxlear implantatsiya operatsiyasi oʻtkazilgan 132 nafar bolalarda nutq protsessorlarini almashtirish.

13,5 mlrd soʻm

Respublika budjeti mablagʻlari

67-maqsad: Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanadigan fuqarolarning sonini oshirish.

207.

Davlat boshqaruvi organlari xodimlari oʻrtasida ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish.

1. Vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, bunda:

vazirlik, idora va tashkilotlar jismoniy tarbiya-sport jamoat birlashmalarini maʼnaviy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, ulardagi sport targʻibotchilari ishini faollashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov,

vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Vazirlik, idora va tashkilotlar xodimlari oʻrtasida jamoaviy sport turlari boʻyicha 100 ga yaqin musobaqalarni tashkil qilish.

2023-yil davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablagʻlar

3. Vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarni ixtiyoriy sport sinovlaridan oʻtkazish.

2023-yil sentabr

4. Umumxalq bayramlari arafasida sport normativlarini topshirish boʻyicha eng yuqori natija koʻrsatgan xodimlarni ragʻbatlantirish va ommaviy axborot vositalarida yoritib borish.

2023-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari, homiylar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari

208.

Aholi oʻrtasida “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” umummilliy harakatini amalga oshirish.

2023 — 2025-yillarga moʻljallangan “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” umummilliy harakatini amalga oshirish boʻyicha dasturi loyihasini ishlab chiqish va kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Vazirlar Mahkamasi

Z. Maxkamova

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov

209.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning sportga jalb etish qamrovini yanada kengaytirish.

1. Respublika hududlarining taʼlim va sport-taʼlim muassasalarida, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlarida xotin-qizlar sport seksiyalarini koʻpaytirish.

2. Hududiy sport turlari boʻyicha xotin-qizlar terma jamoalari aʼzolarini sport musobaqalari va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga yuborishni koʻpaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev,

O. Saliyev

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov,

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

O. Kasimov,

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi

M. Tashxodjayev,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev

3. Olimpiya sport turlari boʻyicha nufuzli xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindor boʻlgan qizlar, ayollarning natijalari hamda ibratli hayotini mahalla va umumtaʼlim maktablarida keng targʻib etish.

2023-yil davomida

-

210.

Respublikada milliy sport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish.

1. Milliy sport turlari boʻyicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini oʻtkazish tizimini joriy qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablagʻlar

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Milliy sport turlari va xalq oʻyinlarini targʻib qilish va yanada ommalashtirish boʻyicha polvonlar va faxriy ustozlar ishtirokida turkum koʻrsatuvlarni tashkil etish.

2023-yil noyabr

3. Respublika hududlarida umumxalq bayramlari arafasida milliy va xalq oʻyinlari boʻyicha 15 ta sport musobaqalari va festivallarini tashkil etish.

2023-yil davomida

4. Yoshlar oʻrtasida milliy sport turlari va xalq oʻyinlarini keng targʻib qilish maqsadida milliy kurash, uloq-koʻpkari boʻyicha sport musobaqalari hamda mindi, qarab tep, arqon tortish, oq terakmi-koʻk terak va oʻrtaga tur kabi tadbirlarini oʻtkazish.

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablagʻlar

5. Xiva shahrining milliy xalq oʻyinlarini qamrab olgan “Ichan qalʼa” majmuasida Xalqaro etnosport festivalini oʻtkazish.

2023-yil sentabr

6. Toshkent shahrida har yili bir marotaba etnosport turlari boʻyicha “Uzbekistan Ethno Games” respublika festivalini oʻtkazish.

2023-yil may

211.

Jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy izlanishlar qoʻllanilishini 2 baravarga oshirish.

1. Sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalari aʼzolarining va yuqori malakali sportchilarning oʻquv mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish davrida kompleks ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish va innovatsion texnologiyalarni keng qoʻllash yuzasidan zarur tavsiyalar ishlab chiqish.

2. Xorijiy ilmiy sport tashkilotlari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishni kengaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov,

Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti,

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

M. Boltabayev

68-maqsad: Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish.

212.

2023-yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan yozgi Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash.

1. Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida ishtirok etuvchi sportchilarning yakuniy roʻyxatini va Oʻzbekiston delegatsiyasi roʻyxatini shakllantirish.

2. Ishtirokchilarni zarur sport jihozlari, ekipirovka va ustki kiyim-bosh bilan taʼminlash.

3. Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirokini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan barcha moliyaviy va tashkiliy masalalarni hal qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil sentabr

Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejalari doirasida ajratilgan mablagʻlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Toʻychiyev

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov,

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi

O. Kasimov,

Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi

M. Tashxodjayev

69-maqsad: Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash.

213.

Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash.

1. Xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish sohasidagi qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish.

2. Monitoring natijalari boʻyicha qonunchilik hujjatlariga oilaviy zoʻravonlik uchun javobgarlikni belgilash va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Hisob-kitoblarga koʻra

(budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

M. Kamilov

Vazirlar Mahkamasi

Z. Maxkamova

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

214.

Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatish, ularni manzilli qoʻllab-quvvatlash.

1. Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan, tazyiq va zoʻravonlikdan, odam savdosidan jabrlanganlar hamda profilaktik va probatsiya hisobida turuvchilarning xonadonlariga borib ijtimoiy holatini oʻrganish.

2. Oʻrganishlar natijalariga koʻra ularning muammolarini hal etish boʻyicha individual yondashuvlar asosida ishlash.

3. Muammosi aniqlangan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda sektorlar, tegishli davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda ijtimoiy, huquqiy, psixologik hamda moddiy yordamlar koʻrsatish.

4. Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida hamda ularning qoshida tumanlar va shaharlarda tashkil etilgan “Ijtimoiy maslahatxonalar” orqali yordam koʻrsatish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra (budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan)

Vazirlar Mahkamasi

Z. Maxkamova

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

215.

15-may — “Xalqaro oila kuni”ni keng nishonlash va “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

1. “Xalqaro oila kuni”ni keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash, shu jumladan koʻrik-tanlov Nizomi, uni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra ijrochilar va homiylik mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

Z. Maxkamova

Kambagʻallikni qisqartirish va

bandlik vazirligi

B. Musayev,

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi

Q. Rafikov,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

M. Hojimatov,

MTRK

A. Xadjayev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Hududlarda “15-may — “Xalqaro oila kuni”ga bagʻishlab oʻtkaziladigan tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish va gʻoliblarni taqdirlash.

2023-yil may

216.

Xotin-qizlarning zamonaviy bilimlar va kasb-hunar egasi boʻlishlariga koʻmaklashish hamda oliy maʼlumotli ayollar safini kengaytirish, ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolliklarini oshirish.

“Ilmli ayol — jamiyat koʻzgusi” shiori ostida “XXI asr ayoli” xotin-qizlar festivalini respublika va hududlar miqyosida oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust — oktabr

Hisob-kitoblarga koʻra ijrochilar mablagʻlari,

xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Vazirlar Mahkamasi

Z. Maxkamova,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Saliyev

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

H. Umarova,

Raqamli texnologiyalar

vazirligi

Sh. Shermatov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

70-maqsad: Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish

217.

Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning isteʼdodini roʻyobga chiqarish.

Madaniyat, sanʼat, sport, intellektual oʻyinlar, kitobxonlik, “Ay-Ti” boʻyicha 5 bosqichli Besh tashabbus olimpiadasini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi bayoni loyihasi

2023-yil iyun

Hisob-kitoblarga koʻra

(ijrochilar mablagʻlari)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov,

Madaniyat va turizm vazirligi,

O. Nazarbekov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

218.

Qomusiy olimlar, buyuk sarkardalar, maʼrifatparvar allomalarning ilmiy va maʼnaviy merosini keng targʻib etish orqali yosh avlodni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ixcham kitoblar toʻplamlarini chop etish.

1. Kitoblar toʻplamiga kiritiladigan qomusiy olimlar, buyuk sarkardalar, maʼrifatparvar allomalar roʻyxatini shakllantirish.

2. Kitoblar toʻplamini tayyorlash boʻyicha manbashunos, sharqshunos olimlar, tarixchilardan iborat mualliflar jamoasini shakllantirish.

3. Turkum kitoblar toʻplamlarini bosqichma-bosqich chop etish.

4. Chop etilgan kitoblarni taʼlim muassasalari, harbiy qismlar, kutubxonalarga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil reja asosida

Hisob-kitoblarga koʻra

(ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev,

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi

B. Yuldashev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

219.

Mahallalardagi yoshlar yetakchilari oʻrtasida “Yilning eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi” tanlovini tashkil etish.

1. Tanlov nizomi va tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2. Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan yetakchilar faoliyati samaradorligini oʻrganib borish.

3. Tanlovning tuman (shahar) bosqichlarini oʻtkazish.

4. Tanlovning hududiy va respublika bosqichlarini oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil dekabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Davlat budjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

K. Kuranbayev

Yoshlar ishlari agentligi

A. Saʼdullayev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

V. MAʼNAVIY TARAQQIYOTNI TAʼMINLASH VA SOHANI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQISH

71-maqsad: Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari” gʻoyasini keng targʻib etish orqali jamiyatda sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish

220.

Targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning taʼsirchan uslublarini ishlab chiqish hamda ularni oʻz vaqtida amalga oshirish choralarini koʻrish.

Maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot ishlarining zamonaviy usullarini joriy etish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish:

milliy qadriyatlar, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar targʻibotiga doir mediamahsulotlar yaratish;

ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda targʻibot ishlarini amalga oshirish;

“Maʼnaviy tarbiya va targʻibotning zamonaviy texnologiyalari va taʼsirchan usullari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil qilish;

davlat organlari va tashkilotlarining maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot-tashviqot mutaxassislari uchun zamonaviy targʻibot texnologiyalari boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish.

Amaliy-chora tadbirlar dasturi

2023-yil aprel

Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi, ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

M. Hojimatov,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abdurahmonov

MTRK

A. Xadjayev,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Milliy media assotsiatsiyasi

Sh. Qudratxoʻja

221.

Mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy gʻoya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda maʼnaviy tarbiyaning uzviyligini taʼminlash koʻnikmasini shakllantirish.

Milliy tarbiya va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar natijadorligini oshirishga doir quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish:

mahallalar, taʼlim muassasalari va boshqa tashkilotlarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish boʻyicha uslubiy qoʻllanmalar tayyorlash;

“Oʻzbek qadriyatlari” maʼrifiy atlasini yaratish;

oʻquv quroli va anjomlari, oʻyinchoqlar, mahsulotlarning qadoqlash buyumlarida milliyligimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni targʻib etuvchi materiallarni aks ettirish;

Yangi Oʻzbekistonni birgalikda barpo etamiz!” shiori ostida ijtimoiy aksiya va fleshmoblar oʻtkazish;

tarmoq va sohalar boʻyicha “Milliy qadriyatlarning eng faol targʻibotchisi” tanlovini oʻtkazish.

Vasiylik kengashi qarori

2023-yil may

Maʼnaviyat va ijodni qoʻllab-quvvatlash maqsadli jamgʻarmasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

M. Hojimatov,

Maktabgacha va makta? taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Yozuvchilar uyushmasi

S. Saidov,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Fanlar akademiyasi

B. Abduhalimov

222.

Jamiyat ijtimoiy-maʼnaviy hayoti va axloqiy tarbiya jarayonlarida ijodiy tashkilotlar faoliyatining taʼsirchanligini oshirish hamda ularning oʻzaro hamkorligini mustahkamlash choralarini belgilash.

1. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzurida adabiyot va sanʼat sohalarining yetakchi ijodkorlaridan iborat Respublika ijodiy jamoatchilik kengashini tashkil etish.

2. Dolzarb mavzulardagi yirik ijodiy loyihalar (filmlar, adabiy-badiiy, sahna va musiqa asarlari)ni hamkorlikda yaratish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

3. Ijodiy asarlarga davlat ijtimoiy buyurtmalarini shakllantirishda Respublika ijodiy jamoatchilik kengashi takliflarini inobatga olish tizimini joriy qilish.

4. Turli ijodiy tashkilotlar qoshidagi badiiy kengashlarning Respublika ijodiy jamoatchilik kengashi bilan oʻzaro hamkorligini kuchaytirish.

Masʼul ijrochilar qoʻshma qarori

2023-yil aprel

Sohaga ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

M. Hojimatov,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Yozuvchilar uyushmasi

S. Saidov,

Kinematografiya agentligi

F. Abduxoliqov,

Badiiy akademiya

A. Nuriddinov,

Teatr arboblari uyushmasi

Yo. Ahmedov,

Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi

R. Abdullayev,

MTRK

A. Xadjayev,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev,

Milliy media assotsiatsiyasi

Sh. Qudratxoʻja

223.

Mahallalarda xotin-qizlarning ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

1. Barcha mahallalarda xotin-qizlar faoli masʼulligida “Oqila ayollar” harakati negizida otinoyilar, koʻchaboshilar, yoshlar yetakchilari, faol xotin-qizlardan iborat tarkibda mahalla targʻibot guruhlari shakllantirish.

2. Targʻibot guruhlari tomonidan:
ushbu yoʻnalishda Toshkent shahrida amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilish hamda uning natijalari asosida mahallalarda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish;

tuman (shahar)lar va viloyatlarda targʻibotchilar guruhlarini shakllantirish, ular uchun oʻquvlarni tashkil etish;

har bir tuman (shahar)ning tadbirlarni oʻtkazish grafiklari ishlab chiqishini tashkillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

S. Toshboyev,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

A. Ikramov

72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummilliy gʻoyasini roʻyobga chiqarish

224.

Hududlarda kitobxonlikni targʻib qilishning taʼsirchan va samarali usullarini joriy qilish.

Kitobxonlik tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Bunda:

hududlarda ushbu yoʻnalishda qulay shart-sharoitlar va infratuzilma yaratish;

kitobxonlik tadbirlarini taniqli ijodkorlar, ziyolilar ishtirokida adabiyot va kitobxonlik bayrami sifatida yuqori saviyada tashkil qilish;

“Kitobsevar millat” oyliklari doirasida maʼrifiy tadbirlar, kitob savdo-yarmarkalari, kitob festivallari va “Kitob karvoni” aksiyalarini uyushtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil may

Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Yozuvchilar uyushmasi

S. Saidov,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

225.

Mumtoz va zamonaviy adabiyotimizni yanada ommalashtirish.

2023 — 2026-yillarda oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining eng yaxshi namunalari asosida “Oʻzbek adabiyoti xazinasidan” toʻplamni nashrga tayyorlash va chop etish dasturini tasdiqlash, bunda:

toʻplamga kiritiladigan mualliflar va ularning asarlari roʻyxatini shakllantirish;

toʻplamga kiritiladigan asarlarni nashrga tayyorlash va chop etish;

loyiha doirasida nashr etilgan asarlar taqdimotlarini oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil iyul

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev,

Yozuvchilar uyushmasi

S. Saidov,

Fanlar akademiyasi

B. Yuldashev

226.

Koʻzi ojiz va koʻrishda nuqsoni bor bolalarni Brayl yozuvidagi badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish.

1. Brayl alifbosida kitob nashr etishga ixtisoslashgan nashriyot va matbaa korxonalarining moddiy-texnika bazasi va ishlab chiqarish quvvatlari holatini oʻrganish.

2. Tahlil natijalari boʻyicha Brayl alifbosida kitob nashr etishga ixtisoslashgan nashriyot, matbaa korxonalarini uskuna va jihozlar bilan taʼminlash.

3. Koʻzi ojizlar kutubxonalarida kitobxonlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, lingafon xonalarini tashkil qilish.

4. Brayl alifbosidagi badiiy adabiyotlarni nashr etish, ularning audio shakllarini yaratish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi, amaliy chora-tadbirlar

2023-yil avgust

Hisob-kitoblarga koʻra

(ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

8,0 mlrd soʻm)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

A. Ortiqov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov

227.

Mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz atoqli namoyandalarining tavallud sanalarini adabiyot va kitobxonlik bayrami sifatida munosib nishonlash, ularning ijodiy merosini keng ommalashtirish.

1. Davlat arbobi va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Ijrochilar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Bobur xalqaro jamoat fondi

Z. Mashrabov,

Fanlar akademiyasi

B. Yuldashev

2. Oʻzbekiston xalq shoiri Gʻafur Gʻulom tavalludining 120 yilligini keng nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2023-yil mart

Yozuvchilar uyushmasi

S. Saidov,

Fanlar akademiyasi

B. Yuldashev,

73-maqsad: Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur oʻrganish va keng targʻib etish

228.

Jahondagi mashhur muzeylarning eng ilgʻor tajribalari asosida mamlakatimizda muzeylar faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy ekspozitsiyalarni bosqichma-bosqich yaratish.

1. Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston davlat tabiat muzeylari binolarini rekonstruksiya qilish, jihozlash, raqamlashtirish va zamonaviy ekspozitsiyalarini yaratish.

2. Badiiy galereya va ART-rezidensiyalarni tashkil qilish.

3. “Restoration Week-2023” tadbirini Oʻzbekistonda oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

Toshkent shahri mahalliy budjetining qoʻshimcha manba mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Toshkent shahar hokimligi, Madaniy meros agentligi

B. Abdikarimov

74-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglik muhitini mustahkamlash

229.

Yurtimizda millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik va xalqlararo doʻstlikni targʻib etuvchi madaniy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish.

1. 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni munosabati bilan “Doʻstlik” festivalini tashkil etish va oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi

2023-yil iyun

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

M. Kamilov

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

R. Kurbanov,

Din ishlari boʻyicha qoʻmitasi

S. Toshboyev,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

“Vatandoshlar” jamoat fondi

O. Sattarov

2. 16-noyabr — Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab respublikaning barcha hududlarida “Bagʻrikenglik” haftaligini oʻtkazish.

2023-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining zaxira jamgʻarmalari

230.

Oʻzbekistonda davlat tomonidan millatlararo munosabatlar sohasiga qaratilayotgan eʼtibor, soʻnggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar haqida maʼlumot beruvchi maxsus hujjatli film yaratish hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.

Hujjatli film qonsepsiyasi va xarajatlar smetasini ishlab chiqish, filmni suratga olish va taqdimotini oʻtkazish.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Davlat budjeti mablagʻlari doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

M. Kamilov

Kinematografiya agentligi

F. Abduxaliqov,

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

R. Kurbanov

231.

Milliy madaniy markazlar qoshida faoliyat yuritayotgan folklor ansambllarini qoʻllab-quvvatlash.

1. Milliy madaniy markazlar qoshidagi 25 ta folklor ansamblining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni sahna liboslari, cholgʻu asboblari, zamonaviy ovoz kuchaytirish va yoritish uskunalari hamda avtobus bilan taʼminlash.

2. Folklor jamoalariga repetitsiya va konsert tomoshalarini oʻtkazishlari uchun madaniyat markazlaridan bepul foydalanish sharoitini yaratish.

3. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasining katta zali bazasida “Doʻstlik” konsert zalini tashkil etish, kapital taʼmirlash hamda zamon talabiga mos ravishda jihozlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil iyun

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

M. Kamilov

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi

R. Kurbanov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

75-maqsad: Tasviriy va amaliy sanʼat hamda dizayn yoʻnalishlarini rivojlantirish, aholining badiiy-estetik didini yuksaltirish

232.

Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini xalqaro darajada ommalashtirish.

1. Badiiy ijodkorlar uyushmasi huzurida tasviriy va amaliy sanʼat asarlari savdosiga ixtisoslashgan “Toshkent auksion uyi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2. Xorijdagi nufuzli auksion uylari bilan hamkorlik oʻrnatish va xalqaro art yarmarkalarini tashkil etish.

3. Tasviriy va amaliy sanʼat asarlari kataloglarini chop etish.

4. Badiiy taʼlim bilan art industriya oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni takomillashtirish.

5. Oʻzbekiston tasviriy va amaliy sanʼatini xorijda targʻib etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Badiiy akademiya

A. Nuridinov,

Toshkent shahar hokimligi,

Madaniy meros agentligi

B. Abdukarimov

76-maqsad: Madaniyat va sanʼat sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat muassasalari va obyektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash

233.

Qoraqalpoq milliy folklor sanʼatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash orqali yanada rivojlantirish va uni respublika va jahon miqyosida ommalashtirish.

Qoraqalpoq milliy folklor sanʼatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash:

“Ayqulash” qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli faoliyatini rivojlantirish maqsadida uning ijodiy anʼanalarini saqlab qolish va rivojlantirish uchun munosib shart-sharoitlar yaratish;

Qoraqalpoq milliy raqs sanʼatining mumtoz va zamonaviy ijro namunalari “oltin fondi”ni yaratish;

ansamblning respublikamiz va xorijiy mamlakatlarga gastrol safarlarini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil aprel

Madaniyat va turizm vazirligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida (7,5 mlrd soʻm), Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

234.

Milliy madaniyatimiz va sanʼatimizni keng targʻib qilishga qaratilgan xalqaro madaniy tadbirlarni oʻtkazish.

1. Guliston shahrida III xalqaro Baxshichilik sanʼati festivalini tashkil etish va oʻtkazish.

2. “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalini tashkil etish va oʻtkazish.

3. Buxoro shahrida II xalqaro maqom sanʼati anjumanini tashkil etish va oʻtkazish.

4. Toshkent viloyatida “Bahor nafasi” xalqaro festivalini tashkil etish va oʻtkazish.

5. Andijon viloyatida “Dunyo sadolari” xalqaro festivalini tashkil etish va oʻtkazish.

6. Toshkent shahrida Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivalini tashkil etish va oʻtkazish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Sirdaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Andijon viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari

235.

Respublikaning barcha hududlarida, ayniqsa, chekka qishloq va mahallalarda istiqomat qiladigan aholiga madaniy dam olish xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish.

2023-yilda respublika miqyosida oʻtkaziladigan ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejasini tasdiqlash, bunda:

hududlarda “Madaniyat karvoni”, “Madaniyat kunlari”, “Milliy kino kunlari”, “Kitob aksiyasi” tadbirlari;

badiiy va sirk jamoalari, davlat teatrlarining hududlarga gastrol safarlari, konsert va maydon tomoshalari, ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish va oʻtkazishni nazarda tutish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra

2023-yilda ijrochilarga ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida

50,0 mlrd soʻm

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Kinematografiya agentligi

F. Abduxalikov,

Yozuvchilar uyushmasi

S. Saidov,

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

M. Hojimatov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

236.

Yoshlarni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, havaskor isteʼdodli yoshlarni izlab topish, ularni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish.

1. Havaskor ijodkor yoshlar teatr-studiyalari koʻrik-festivalini tashkil etish va oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil may

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

MTRK

A. Xadjayev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent sha?ar hokimligi

2. “Yangi Oʻzbekistonning yangi isteʼdodlari” qoʻshiqlar teletanlovini oʻtkazish.

2023-yil iyun

3. Baxshichilik sanʼati yoʻnalishida yosh baxshilar, oqinlar va jirov ijrochilarining respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

2023-yil noyabr

237.

Ijodiy iqtisodiyot sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda ijodiy iqtisodiyot tarmoqlariga eʼtiborni kuchaytirish.

Oʻzbekistonda ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish hamda 2024-yilda ijodiy iqtisodiyot boʻyicha IV Butunjahon anjumanini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish, bunda:

ijodiy iqtisodiyot boʻyicha xorijiy ilgʻor tajribalarni oʻrganish;

2023 — 2026-yillarda Oʻzbekistonda ijodiy iqtisodiyotni rivojlantirish dasturini qabul qilish;

ijodiy iqtisodiyot boʻyicha IV Butunjahon anjumanini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Hisob-kitoblarga koʻra

2023-yilda ijrochilarga ushbu maqsadlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlari doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

G. Umerova,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

77-maqsad: Oʻzbekiston tarixini oʻrganish va targʻib qilishni yanada rivojlantirish

238.

Oʻzbekiston tarixining tarixiy jang sanʼatini ilmiy oʻrganish va namoyish qilish orqali mamlakatning turistik salohiyatini yanada oshirish.

1. Oʻzbekiston tarixining tarixiy jang sanʼatini ilmiy oʻrganish boʻyicha mutaxassislardan iborat tarkibda ishchi guruhni tashkil qilish.

2. Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi harbiy tematik lagerlarini tashkil etish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish.

3. Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi harbiy tematik lagerlarini tashkil qilish hamda turistlar uchun namoyish etish chora-tadbirlarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyun

Tashabbuskorlar va tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

G. Umerova,

Mudofaa vazirligi

B. Qurbonov,

Madaniy meros agentligi

B. Abdikarimov,

Fanlar akademiyasi

B. Yuldashev,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

239.

Jadidchilik harakati davriga oid maʼlumotlar va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash.

1. Oʻzbekistonda jadidchilik harakati davri, jadidlarning hayoti va faoliyatiga oid tarixiy maʼlumotlarni toʻplash.

2. Toʻplangan maʼlumotlar asosida jadidchilik harakatiga bagʻishlangan koʻp jildlik kitob nashr etish hamda hujjatli filmlar yaratish.

Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi

2023-yil sentabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi

G. Umerova,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

“Oʻzarxiv” agentligi

U. Yusupov,

Badiiy akademiya

A. Nuridinov,

Fanlar akademiyasi

B. Yuldashev

78-maqsad: Milliy kino sanʼatini rivojlantirish

240.

Kino sanoatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, shuningdek, xorijiy kinokompaniyalarni mamlakatga jalb qilish va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni rivojlantirish.

1. Badiiy, hujjatli, xronikal, badiiy-publitsistik, ilmiy-ommabop, animatsion, ko-produksiya filmlar va seriallarni ishlab chiqarishni moliyalashtirish boʻyicha tegishli normalarni ishlab chiqish.

2. Ko-produksiya yoʻnalishida filmlarni yaratish shartlari va moliyalashtirish tartibini belgilash.

3. Kinematografiya agentligi huzurida davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan kino mahsulotlarini moliyalashtirish boʻyicha hujjatlar (shartnoma, kelishuv, memorandum)ni ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha Ekspert kengashi hamda xalqaro hamkorlikda ishlab chiqariladigan har bir film boʻyicha ekspertlar kengashlarini ni tuzish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil avgust

Kinematografiya agentligiga Davlat budjetidan davlat buyurtmasi va milliy seriallar ishlab chiqarish uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Kinematografiya agentligi

F. Abduxalikov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

VI. MILLIY MANFAATLARDAN KELIB CHIQQAN HOLDA UMUMBASHARIY MUAMMOLARGA YONDASHISH

79-maqsad: Aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan mavjud ekologik muammolarni bartaraf etish

241.

Orolboʻyi hududini ekologik jihatdan tiklash ishlarini kengaytirish.

1. Qabul qilingan qarorlar va Orolboʻyi hududini ekologik jihatdan tiklash dasturi bajarilishini inventarizatsiya qilish hamda ushbu hududda ekologik vaziyatni yanada yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2. Janubiy Orol dengizi zonasining barqaror suv taʼminotini yaxshilash boʻyicha tegishli takliflar ishlab chiqish.

3. Suv hisob-kitobini takomillashtirish hamda suvni oʻlchash stansiyalarini modernizatsiya qilish va tiklash.

4. Delta boshqaruvi samaradorligini oshirish uchun mutaxassislarni jalb qilish va barqaror moliyalashtirish uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlash.

5. Suv qushlarini nazoratsiz ovlashni cheklash, butalarni kesish va quruq qamishlarni yoʻq qilishni tashkil etish, yaylov akvakulturasini rivojlantirish uchun foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish.

6. Ustyurt platosi va Sudochye qirgʻoq boʻyida ushbu mintaqa tabiatini va tarixini saqlagan holda turizm faoliyatini rivojlantirish.

Amaliy chora-tadbirlar dasturi

2023-yil davomida

Xalqaro va xorijiy hamkorlar grantlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

T. Xudaybergenov

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Tabiat resurslari vazirligi

A. Abduxakimov,

Gidrometeorologiya xizmati agentligi

Sh. Xabibullayev,

Markaziy Osiyo Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasining ilmiy-axborot markazi,

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

242.

Samarqand shahri misolida hududlarni “yashil” shaharga aylantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

1. Dasturni ishlab chiqish boʻyicha xalqaro tashkilotlar, moliya institutlarini jalb qilish.

2. Dasturni ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruh tashkil etish, unga xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

3. Dasturni aholi va tadbirkorlar ishtirokida ishlab ?iqish.

4. Dasturni vazirlik va idoralar bilan kelishish va tasdiqlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil noyabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

A. Ramatov

Samarqand viloyati hokimligi

E. Turdimov,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

243.

Oʻzbekistonning olis hududlaridagi aholini ijtimoiy buyurtma loyihalari asosida toza ichimlik suv bilan taʼminlash.

Ijtimoiy buyurtmalar mexanizmi asosida sifatli suv taʼminotini amalga oshirish boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish, bunda:

aholini sifatli ichimlik suv bilan taʼminlash borasida hamkorlik qilishi mumkin boʻlgan NNTlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish va davlat ijtimoiy buyurtmasi doirasida aholi punktlarini ichimlik suv bilan taʼminlash masalasini muhokama qilish;

hududlar aholisini toza ichimlik suv bilan taʼminlash borasida davlat ijtimoiy buyurtmasini Respublika hududlarida tatbiq etish choralarini koʻrish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil iyul

Jahon banki va Yevropa Ittifoqi grantlari, davlat maqsadli jamgʻarmalar va xususiy fondlar,

Respublika budjeti mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

M. Olloyorov

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov,

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

S. Saifnazarov

244.

Oʻzbekiston Respublikasida radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

1. Radioaktiv chiqindilar tarkibidagi radioaktiv elementlar tarkibini miqdoriy baholashni amalga oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2. Radiatsiyaviy xavfli obyektlarni radioekologik pasportizatsiyadan oʻtkazish.

3. Radiatsiyaviy xavfli obyektlarda ichimlik suvlarni radioekologik holatini baholash va bu boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqish.

4. Oʻzbekiston Respublikasi radiologik atlasini ishlab chiqish.

5. Radioaktiv chiqindilarni utilizatsiya qilgan holda metallolomlarni aniqlash, zararsizlantirish tizimini joriy etish boʻyicha ishlarni tashkil qilish.

6. Mayluu-Suu daryo atrofidagi vaziyatdan kelib chiqqan mavjud transchegaraviy muammolarni hal qilish uchun Qirgʻiziston bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar ishlab chiqish.

7. Radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish boʻyicha faoliyatni kengaytirish dasturini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil avgust

Xalqaro va xorijiy hamkorlar grantlari, davlat budjeti mablagʻi

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

T. Valiyev

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligi nazorat inspeksiyasi

B. Gulyamov,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov,

Fanlar akademiyasi

B. Yuldashev

245.

Maishiy chiqindilarni yigʻishni 100 foizga, uni qayta ishlash darajasini 21 foizdan 50 foizga yetkazish.

1. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida 100 ta maxsus texnika xarid qilish.

Tarmoq jadvali, manzilli dastur

2023-yil davomida

Osiyo Taraqqiyot bankining imtiyozli qarz mablagʻlari,

(8,5 mln doll)

Oʻzbekiston Respublikasining 2023 — 2025-yillarga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma-sini rivojlantirish dasturi doirasida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Tabiat resurslari vazirligi

A. Abduxakimov

2. Tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish tizimini yaratish uchun 4 ta tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish uchastkalarini qurishni boshlash, 18 ta maxsus texnika, 5 ta zararsizlantirish uskunasi (avtoklav), 9 ta utilizatsiya qilish uskunasi (insinirator) bilan taʼminlash uchun shartnoma tuzish.

Tarmoq jadvali, manzilli dastur

2023-yil davomida

246.

Atrof tabiiy muhitni kuzatish, davlat ekologik nazoratini doimiy axborot bilan taʼminlash, ifloslantiruvchi manbalarning holati va atrof-muhitga taʼsiri monitoringini amalga oshirish.

1. Atrof-muhit monitoringi doirasida 685 ta (atmosfera havosi, tuproq va yer usti suv obyektlari) obyektlarning ifloslantiruvchi manbalaridan namunalar olish va ularni tahlil qilish.

2. Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini oʻtkazish va uning natijalarini yagona geoaxborot maʼlumotlar bazasiga kiritib borish.

Atrof-muhit monitoringi dasturi

2023-yil davomida

Tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida (har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, tegishli korxonalar mablagʻlari)

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

A. Kamilov,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Tabiat resurslari vazirligi

A. Abduxakimov

247.

Iqtisodiyot tarmoqlarining havoga chiqariladigan zararli gazlar hajmini 10 foizgacha qisqartirish.

1. Yangi ishga tushirilayotgan ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarida ifloslantiruvchi manbalarida samaradorligi 99,5 foizdan kam boʻlmagan chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatishni tashkil qilish.

2. Xavflilik darajasi yuqori va oʻrta boʻlgan metallurgiya, yogʻ-moy, energetika va qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi 145 ta yirik va oʻrta toifadagi korxonalarda samaradorligi 95 foizdan kam boʻlmagan chang-gaz tozalash uskunalarini oʻrnatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Hisob-kitoblarga koʻra (korxonalarning oʻz mablagʻlari)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Tabiat resurslari vazirligi

A. Abduxakimov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

248.

Orol dengizining gʻarbiy qismidagi hududlarning gidrogeologik potensialini baholash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi yer osti suvlari holati toʻgʻrisida elektron xarita ishlab chiqish.

Orol dengizining Gʻarbiy qismidagi hududlarda gidrogeologik izlanishlar olib borish va uning natijalari asosida yer osti suvlarining elektron xaritasini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Davlat va mahalliy budjet, investitsiya hamda xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi

Sh. Vafayev

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

B. Islamov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi

249.

Orolboʻyi hududi baliqchilik sohasida baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etish.

1. Orolboʻyi mintaqasidagi tabiiy va sunʼiy suv havzalarida baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish.

2. Baliqchilik va baliq ovlash tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish.

3. Baliq mahsulotlarini qayta ishlash boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish.

4. Baliq yetishtirishning ilmiy asoslangan usullari va intensiv texnologiyalarini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil avgust

Hisob-kitoblarga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov,

T. Xudaybergenov

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

A. Voitov,

Suv xoʻjaligi vazirligi

Sh. Xamrayev,

Tabiat resurslari vazirligi

A. Abduxakimov,

“Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi

O. Musayev

250.

Orolboʻyi mintaqasining turli hududlarida turistlarga qulayliklar yaratish uchun maqsadli ekoturizm marshrutlar xaritasini ishlab chiqish va hududning turli nuqtalarida ekolagerlar va ekomarshrutlar tashkil etish.

1. “Quyi Amudaryo” davlat biosfera rezervati, “Saygachiy” majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonasi, “Sudochye-Akpetki” davlat buyurtma qoʻriqxonasi, “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bogʻi va “Orolqum” milliy tabiat bogʻi hamda “Borsakelmas” davlat buyurtma qoʻriqxonasida, Moʻynoq shahridagi dengiz kemalari qabristoni, Sudochye koʻlida ekoturizmni rivojlantirish ishlarini tashkil etish.

2. Ushbu hududlarga turistlarni keng jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda hudud boʻylab harakatlanish xaritasini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Respublika budjeti, investitsiya hamda xalqaro moliya institutlari mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

O. Abduraxmonov

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Tabiat resurslari vazirligi

A. Abduxakimov

80-maqsad: Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish

251.

“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 200 mln tup manzarali, mevali daraxt va butalar koʻchatlari hamda qalamchalarini ekish. Bunda:

koʻkalamzorlashtiriladigan maydonlarni aniqlash, har bir hududning tabiiy tuproq iqlim sharoitiga mos koʻchat va qalamchalarni tanlash, ekish hamda agrotexnika qoidalari asosida sugʻorish, parvarishlash boʻyicha amaliy choralar, moliyalashtirish manbalari va masʼullarni belgilashni qamrab olgan Hukumat farmoyishi loyihasini ishlab chiqish;

farmoyishga asosan koʻkalamzorlashtirish va koʻchat ekish tadbirlarini amalga oshirish hamda 2023-yil bahorda 125 mln tup va kuzda 75 mln tup koʻchat ekishni tashkil etish;

koʻkalamzorlashtiriladigan maydonlarda, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarida koʻchatlarni ekish, sugʻorish tizimlarini joriy etish, parvarishlash va kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash ishlariga alohida eʼtibor qaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, homiylik va grant mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

Sh. Gʻaniyev

Tabiat resurslari vazirligi

A. Abduxakimov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

81-maqsad: Oʻrmonlar maydonini kengaytirish

252.

Orol fojiasining oldini olishga qaratilgan oʻrmon-meliorativ tadbirlarni jadallashtirish.

1. Orol dengizining qurigan tubida “yashil qoplamalar” himoya oʻrmonzorlari barpo etish loyihasi va xaritasini ishlab chiqish.

2. “Yashil qoplama”lar va himoya oʻrmonzorlari barpo etish uchun choʻl oʻsimliklari turlarini tanlash, talab etiladigan urugʻlik va koʻchat ekish materiallari zaxirasini yaratish.

3. Orol dengizining qurigan tubi va Orolboʻyi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Buxoro, Xorazm viloyatlari) hududida jami 200 ming gektar maydonda “yashil qoplama”lar barpo etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

B. Mavlonov

Oʻrmon xoʻjaligi agentligi

N. Bakirov

Tabiat resurslari vazirligi

A. Abduxakimov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

82-maqsad: Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini shakllantirish

253.

BMTning Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi qoshida repatriantlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari boʻyicha Markaziy Osiyo yetakchi ekspertlar Kengashini tashkil qilish.

1. BMTning Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi bilan Markaziy Osiyo yetakchi ekspertlar Kengashining maqsad vazifalari yuzasidan konsultatsiya oʻtkazish, Kengashning konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish.

2. Markaziy Osiyo davlatlari bilan Kengashning konsepsiyasi va dasturini kelishuvdan oʻtkazish. Kengash aʼzoligiga nomzodlarni aniqlash, kelishuvdan oʻtkazish va tasdiqlash.

3. Toshkent shahrida Kengashning birinchi majlisini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Markaziy Osiyo davlatlari mutasaddi idoralari, BMTning tegishli tuzilmalari mablagʻlari

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

A. Kamilov

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

E. Aripov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev

254.

Maktablarda taʼlim olayotgan yoshlarning buzgʻunchi oqimlar taʼsiriga tushishining oldini olish, ularga Oʻzbekiston Respublikasida qonun ustuvorligi masalalarini tushuntirish hamda buyuk ajdodlarimiz merosi bilan tanishtirish.

1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida targʻibot guruhlarini shakllantirish.

2. Targʻibot guruhlari maqsadli ish rejalarini (1 — 4, 5 — 8, 9 — 11-sinflar kesimida), tarbiyaviy ishlar rejasi va tezislarini tayyorlash.

3. Tadbirlarni tizimli ravishda taʼsirchan shakllarda amalga oshirish hamda OAV orqali davriy yoritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Xavfsizlik kengashi kotibi birinchi oʻrinbosari

E. Aripov

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Yozuvchilar uyushmasi

S. Saidov,

MTRK

A. Xadjayev,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

S. Toshboyev,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

M. Hojimatov

255.

“Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishonini taʼsis etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

Loyihada vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish, dinlararo va konfessiyalararo totuvlik va bagʻrikenglikni mustahkamlashga hissa qoʻshgan davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, diniy ulamolar mehnatini munosib ragʻbatlantirish maqsadida “Diniy bagʻrikenglik” koʻkrak nishonini taʼsis etish nazarda tutiladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil iyun

Hisob-kitoblarga koʻra

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

A. Kamilov

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

S. Toshboyev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

256.

Aholi, ayniqsa, yosh avlodda terrorizm va ekstremizmga qarshi qatʼiy va barqaror immunitetni shakllantirish.

1. “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, dinlararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, terrorizm va ekstremizm gʻoyalariga qarshi maʼnaviy-maʼrifiy targʻibotni tashkil etish boʻyicha Dastur ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil aprel

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

Z. Mahkamova

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

S. Toshboyev,

tegishli vazirlik va idoralar

2. Amalga oshirilayotgan ishlarning tizimli monitoringini yuritish, har chorakda Vazirlar Mahkamasi va Prezident Administratsiyasiga maʼlumot kiritib borish.

2023-yil davomida

83-maqsad: Davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish

257.

Davlat organlari va tashkilotlarida halollik standartlari va korrupsiyani oldini olishning samarali mexanizmlarini yaratish

Korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat organlari va tashkilotlarining ichki nazorat tuzilmalari mustaqilligini taʼminlash. Bunda:

davlat organlari va tashkilotlari ichki nazorat tuzilmalari huquqiy maqomini belgilash;

ichki nazorat tuzilmalarining funksiya, vazifa, vakolat va majburiyatlarini aniq belgilash, ularning shtatlar sonini belgilashning aniq mezonlarini ishlab chiqish;

ichki nazorat tuzilmalari xodimlariga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilash;

ichki nazorat tuzilmalari xodimlarini majburiy tartibda malakasini oshirish, attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2023-yil aprel

-

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi

T. Narbayeva

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxanov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Bosh prokuratura

N. Yoʻldoshev

84-maqsad: Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish

258.

Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish maqsadida davlatning yaqin istiqboldagi asosiy yoʻnalishini belgilash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023 — 2027-yillarga moʻljallangan milliy strategiyani ishlab chiqish:

turli korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilish;

korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amaldagi tizimli choralar samaradorligini baholash;

Oʻzbekiston aʼzo boʻlgan konvensiyalar va boshqa xalqaro huquqiy shartnomalarda korrupsiyani oldini olish va u bilan kurashish choralarini inobatga olish;

davlat va jamiyatda korrupsiyaga olib keluvchi asosiy sabab va shart-sharoitlarga barham berish choralarini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

-

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi

T. Narbayeva

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

D. Kadirov

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxanov,

Bosh prokuratura

B. Valiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha 2023-2024-yillarga moʻljallangan davlat dasturini ishlab chiqish.

259.

Ochiq maʼlumotlar sifatida joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʼlumotlar roʻyxatini yanada kengaytirish.

1. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan homiylik tariqasida olgan mablagʻlar (buyum va ashyolar) haqidagi maʼlumotlarni ochiq eʼlon qilish tizimini joriy etish.

2. Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari hamda davlat unitar korxonalari tomonidan homiylik tariqasida berilgan mablagʻlar haqidagi maʼlumotlarni ochiq eʼlon qilish tizimini joriy etish.

3. Har bir davlat organi va tashkiloti oʻz rasmiy veb-sayti hamda ochiq maʼlumotlar Portalida boʻsh ish oʻrinlari (markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida) ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, taqdim qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam kiritib borish tizimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentabr

-

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi

T. Narbayeva

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

A. Burxanov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Statistika agentligi

B. Begalov,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

85-maqsad: Mamlakatda yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va shu orqali 2026-yil yakuniga qadar kambagʻallikni kamida 2 baravarga qisqartirish

260.

Mehnat bozori infratuzilmasi va mehnat organlari faoliyatini raqamlashtirish.

Bandlik xizmatlarini raqamlashtirish, bunda:

ishsizlarning ishga joylashishiga koʻmaklashish;

nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan korxonalarga subsidiya ajratish;

kasanachilik ish oʻrni yaratgan tadbirkorga asbob-uskuna uchun subsidiya ajratish;

olis hududlarda kasanachilik ish oʻrni tashkil etgan tadbirkorga subsidiya ajratish kabi xizmat turlarini onlayn ish tartibiga oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Hisob-kitoblarga koʻra,

ishsizlarning ishga joylashishiga koʻmaklashish

9,0 mlrd soʻm;

nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan korxonalarga subsidiya ajratish

15,0 mlrd soʻm,

kasanachilik ish oʻrni yaratgan tadbirkorga asbob-uskuna uchun

53,5 mlrd soʻm.

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev

261.

Tuman (shahar) bandlik va tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari faoliyatini isloh qilish yaʼni ularni “xizmat koʻrsatishdan” “muammoni yechish” modeliga bosqichma-bosqich oʻtkazish.

Bunda:

mahallalarda mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari tomonidan oʻtkazilgan xatlov natijalari “yagona elektron platforma”ga jamlanadi hamda aholining kambagʻallikdan chiqarish, bandligini koʻmaklashish va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish boʻyicha aholining muammolari hal etilgan muddatga qadar “individual dastur” ishlab chiqish va amalga oshirish;

vazirlik tasarrufiga kiruvchi idoralarning barcha elektron axborot bazalarini, shu jumladan, “Yagona milliy mehnat tizimi” IDAK, Bandlik xizmati AT, “Onlayn mahalla” platformasi, “Ayollar daftari”, “Ijtimoiy xizmat” elektron platformasini va “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimlarini birlashtirib, yagona arxitektura asosida “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikni taʼminlash boʻyicha raqamli ekotizim”ni tashkil etish choralarini koʻrish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart-avgust

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev

262.

Nogironligi boʻlgan shaxslarni kasanachilik va kooperatsiya tashkil etish orqali ishga qabul qilgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish tizimini joriy qilish.

1. Tadbirkorlik subyektlariga har bir xodim uchun asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining qonunchilikda belgilangan miqdorda subsidiya ajratish.

2. Subsidiya ajratishda:

nogironligi boʻlgan shaxs bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Yagona milliy mehnat tizimida roʻyxatdan oʻtkazilganligi asos hisoblanadi;

tadbirkorlik subyekti tomonidan kasanachiga buyurtma berilayotgan ish turiga qarab, subsidiya hisobiga xarid qilingan asbob-uskunalar kasanachiga bepul beriladi;

tuman (shahar) bandlik va tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlari kasanachilarning ish faoliyatini monitoring qiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyul

Hisob-kitoblarga koʻra

Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Moliya va iqtisodiyot vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov

263.

Hokim yordamchilarining kambagʻallikni qisqartirish borasidagi faoliyatini takomillashtirish.

1. Hokim yordamchilari, xotin-qizlar faoli va yoshlar yetakchisining bevosita “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ATda roʻyxatga olingan oilalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.

2. “Onlayn mahalla” platformasini “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT bilan integratsiya qilish.

3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT bilan qoʻshimcha maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil sentabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

264.

Aholining kambagʻallik holatidan chiqishi uchun motivatsiya berish, taqdim etiladigan moliyaviy va nomoliyaviy yordam hamda xizmatlarning natijadorligini oshirish, shuningdek, tomonlarning majburiyatlarini belgilash maqsadida “ijtimoiy shartnoma” mexanizmini amaliyotga joriy etish.

1. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalarga masʼuliyat belgilash uchun “ijtimoiy shartnoma” tizimini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

2. “Ijtimoiy shartnoma” shartlarining bajarilishini monitoring qilib borish.

Doimiy asosda

86-maqsad: Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini taʼminlash hamda samarali migratsiya siyosatini yuritish

265.

Xorijiy davlatlarda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarni kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitishni amalga oshirish.

1. Xorijiy davlatlarning mehnat bozori ehtiyojlarini oʻrganish, eng koʻp talab etiladigan kasbiy mutaxassisliklarni aniqlash va fuqarolarni ushbu mutaxassisliklarga yoʻnaltirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Respublika darajasi va hududlar kesimidagi kasb-hunarga va xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash. Bunda “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari, Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazlari, Qisqa muddatli kasb-hunarga oʻqitish kurslari, kasb-hunarga oʻqitish maskanlari, turli vazirlik va idoralar hamda nodavlat taʼlim muassasalari quvvatlari va imkoniyatlaridan samarali foydalanish choralarini koʻrish.

3. Xorijda ishlash istagida boʻlgan 55 ming nafar fuqaroni kasb-hunarga va xorijiy tillarga oʻqitishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

266.

Xavfsiz, tashkillashtirilgan xorijiy mehnat migratsiyasiga fuqarolarni yuborishni tashkil etish, xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar haq-huquqlarini taʼminlashga manzilli koʻmak koʻrsatish.

1. Xorijiy mamlakatlar mehnat resurslari va ishchi kuchi, aniq mutaxassislarga boʻlgan talabini oʻrganish.

2. Xorijda mehnat qilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat sharoitlarini, ularni qiynayotgan muammolarni oʻrganish, zarurlariga huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordamlar koʻrsatish.

Tahliliy maʼlumotlar, amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan

30 mlrd soʻm,

Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi

10,0 mlrd soʻm

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. 2023-yilda kamida 35 ming nafar fuqarolarni ishga joylashtirishni taʼminlash.

Tashkillashtirilgan holda yuborilgan 2 ming nafar fuqaroga imtiyozli mikrokreditlar ajratish.

Yoʻl xaritasi

2023-yil mart — dekabr

267.

Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar bandligini taʼminlash va reintegratsiya qilish choralarini koʻrish, “Oʻz kelajagimga oʻzim investor” loyihasini samarali amalga oshirish.

1. Xorijdan qaytgan fuqarolar kasb va koʻnikmalari boʻyicha oʻrganishlar olib borish, ularning bandligini taʼminlash, kasb va koʻnikmalarga qayta tayyorlashga ehtiyoj, tadbirkorlikka jalb etish imkoniyatlarini koʻrib chiqib, manzilli dasturlar tayyorlash.

Yoʻl xaritasi

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

B. Musayev

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tasdiqlangan “yoʻl xaritasi” asosida 165 ming nafar xorijdan qaytgan fuqarolarni doimiy va vaqtinchalik ish oʻrinlariga ishga joylashtirish, kasbga oʻqitish hamda tadbirkorlikka jalb qilish. Bunda 127 ming nafar doimiy ishga joylashtirish yoki oʻzini oʻzi band qilishda koʻmaklashish, 7,6 ming nafariga subsidiya ajratish va 10,5 ming nafarini kasbga oʻqitish, qayta tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart — dekabr

87-maqsad: “Vatandoshlar” jamoat fondi orqali xorijiy davlatlardagi yurtdoshlarimiz bilan doimiy va samarali aloqalar oʻrnatish

268.

Xorijda yashayotgan vatandoshlar orasida oʻzbek tilini keng targʻib qilish.

Oʻzbek tili boʻyicha xorijdagi vatandoshlarga moʻljallangan onlayn mashgʻulotlarni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

“Vatandoshlar” jamoat fondi mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

M. Kamilov

“Vatandoshlar” jamoat fondi

O. Sattarov,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmanov

269.

Toshkent shahrida xorijdagi faol vatandoshlar jamoat birlashmalari ishtirokida “Oʻzbekistonliklar butunjahon forumi”ni oʻtkazish.

1. Forum dasturini ishlab chiqish, ishtirokchilar roʻyxatini shakllantirish.

2. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga taklifnomalar yuborish.

3. Forumni oʻtkazish va tadbirda eng faol vatandoshlarni taqdirlash.

4. Tadbirni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda doimiy yoritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr-noyabr

Hisob-kitoblarga koʻra

“Vatandoshlar” jamoat fondi,

Respublika budjeti mablagʻlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

M. Kamilov

“Vatandoshlar” jamoat fondi

O. Sattarov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Toshkent shahar hokimligi

88-maqsad: Pandemiyalarga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini oshirish

270.

Kasalliklarni yengish uchun xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish.

Germaniya, Janubiy Koreya va Rossiya bilan tuzilgan xalqaro shartnomalarga koʻra kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini koʻrish, shu jumladan yuqumli kasalliklar yuzasidan ilmiy tadqiqotlarda hamkorlikni rivojlantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

L. Tuychiyev

Sogʻliqni saqlash vazirligi

A. Inoyatov

VII. MAMLAKATIMIZ XAVFSIZLIGI VA MUDOFAA SALOHIYATINI KUCHAYTIRISH, OCHIQ, PRAGMATIK VA FAOL TASHQI SIYOSAT OLIB BORISH

89-maqsad: Fuqarolarning axborot olish va tarqatish erkinligi borasidagi huquqlarini yanada mustahkamlash

271.

Fuqarolarning axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish madaniyatini oshirish.

1. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida Fakt-cheking axborot platformasini yaratishning tashkiliy-texnik hamda normativ-huquqiy asoslarini ishlab chiqish.

2. Fuqarolarning axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyun

Hisob-kitoblarga koʻra ijrochilar mablagʻlari

Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari

E. Aripov

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

MTRK

A. Xadjayev,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

M. Hojimatov

272.

Kiberjinoyatchilikning oldini olish.

1. Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga “Kiberjinoyatlarning oldini olish faoliyati” taʼlim yoʻnalishi va mutaxassisligini qoʻshish orqali ushbu soha boʻyicha bakalavr va magistr kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

2. Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligining belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida kiberxavfsizlikni taʼminlashga masʼul tarkibiy tuzilmalarida Kiberjinoyatlarning oldini olish masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazlari va ularning ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish orqali ushbu sohani strategik, ilmiy va huquqiy taʼminlashni kuchaytirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2023-yil sentabr

-

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

T. Valiyev

Davlat xavfsizlik xizmati

A. Azizov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov

3. Kiberjinoyatlarning oldini olish metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Idoraviy hujjat

2023-yil sentabr

90-maqsad: Davlatning mudofaa qobiliyatini yanada mustahkamlash, Qurolli Kuchlarning jangovar shayligini, uning imkoniyatlari va qobiliyatini kuchaytirish

273.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yagona avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini yaratish va raqamlashtirishni yanada takomillashtirish.

1. Vazirlik va idoralar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va axborotlar almashinuvi tartibini belgilash.

Qoʻshma qaror

2023-yil aprel

-

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

B. Tashmatov

Mudofaa vazirligi

Sh. Xalmuxamedov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Harbiy maqsaddagi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari texnik tavsiflarini ishlab chiqish.

Ilmiy-tadqiqot ishlari

2023-yil iyul

-

3. Harbiy maqsaddagi avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari sohasida davlat standartlarini ishlab chiqish.

Davlat standartlarini qabul qilish

2023-yil avgust

-

4. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini bosqichma-bosqich kengaytirish imkoniyatiga ega boʻlgan yagona maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil oktabr

Mudofaa vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi mablagʻlari

Mudofaa vazirligi

Sh. Xalmuxamedov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

5. Mudofaa vazirligi avtomatlashtirilgan axborot tizimi va maʼlumotlar bazasining dasturiy taʼminotini bosqichma-bosqich ishlab chiqishni davom ettirish hamda ushbu tizimda qayta ishlanuvchi maʼlumotlarni himoya qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

Dasturiy taʼminotni ishlab chiqish uchun

13,8 mlrd soʻm,

himoyalash qurilmalarini xarid qilishga

14 mlrd soʻm

ajratilgan mablagʻlar

(Mudofaa vazirligi mablagʻlari)

6. Mudofaa vazirligi tizimida yaratilgan aloqa liniyalarini zaxiralash va alternativ aloqa tizimini yaratish uchun sunʼiy yoʻldosh aloqa tizimini qurish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

33 mlrd soʻm

(Mudofaa vazirligi budjet mablagʻlari)

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

B. Tashmatov

Mudofaa vazirligi

Sh. Xalmuxamedov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov

7. Mudofaa vazirligi qoʻshinlari boshqaruvini raqamlashtirish tadbirlari doirasida boʻlinmalarni raqamli radiostansiyalar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Mudofaa vazirligi budjet mablagʻlari

274.

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarining jangovar shayligi va tayyorgarligi hamda oʻquv moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirish.

1. Qoʻshinlar tayyorgarlik tizimida boʻlinmalarning tayyorgarligi va amaliy harakatlar intensivligini oshirish, bunda asosiy eʼtiborni guruh, vzvod va batalyon jipsligida harakatlanishni takomillashtirish.

Idoraviy hujjat

2023-yil avgust

-

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

B. Tashmatov

Mudofaa vazirligi

B. Kurbanov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

2. Qoʻshinlarni zamonaviy kompleks trenajerlar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

30,71 mlrd soʻm (Mudofaa vazirligi mablagʻlari)

3. Qoʻshinlarning taktik tibbiy yordam oʻquv sinflarini robot-manekenlar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash.

13,44 mlrd soʻm

(Mudofaa vazirligi mablagʻlari)

275.

Qoʻshinlarni zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika hamda jihozlar bilan taʼminlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boʻlinmalarini 2022 — 2026-yillar mobaynida zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika, boshqa zarur jihozlar va vositalar bilan taʼminlash, mavjud texnikalarni taʼmirlash va modernizatsiya qilish boʻyicha kompleks dasturining ijrosi yuzasidan 2023-yil uchun rejalashtirilgan tovar (ish, xizmat)larning xaridini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Mudofaa vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan (Kompleks dasturning 2023-yil uchun rejalashtiril-gan pul miqdoridan kelib chiqib)

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

B. Tashmatov

Mudofaa sanoati agentligi

O. Ismoilov,

Ichki ishlar vazirligi

P. Bobojonov,

Milliy gvardiya

R. Djurayev,

DXX chegara qoʻshinlari,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Mudofaa vazirligi

A. Narbayev

91-maqsad: Harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolarining ijtimoiy himoyasini har tomonlama kuchaytirish

276.

Qurolli Kuchlarda axloqiy-ruhiy taʼminotni va harbiy psixologlar institutini yanada takomillashtirish hamda harbiy xizmatchilarning jangovar ruhiyatini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida “Psixologiya (harbiy psixolog)” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha ofitser kadrlarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.

Idoralararo hujjat

2023-yil avgust

-

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

B. Tashmatov

Mudofaa vazirligi

X. Karshiyev

277.

Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbirlari samaradorligini oshirish.

1. Aholi va yoshlar oʻrtasida muddatli harbiy xizmat nufuzi va jozibadorligini yanada oshirish, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar berish tizimini takomillashtirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2023-yil iyul

-

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

B. Tashmatov

Mudofaa vazirligi

X. Karshiyev,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

2. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklari tomonidan chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻquv-moddiy bazasini tashkil etish mexanizmini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, bunda:

umumtaʼlim maktablarida chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlikni tashkillashtirish tartibini belgilash;

fan oʻqituvchilariga zaxiradagi harbiy unvon va malaka toifalarini berish tizimini joriy etish;

fanning oʻquv-moddiy bazasini 2023 — 2026-yillarda bosqichma-bosqich mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil avgust

Mahalliy budjet va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

B. Tashmatov

Mudofaa vazirligi

B. Kurbanov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

X. Umarova,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

I. Abduraxmonov

92-maqsad: Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning mutlaqo yangi tizimini yaratish, kuch va vositalarni mahallaga tushirish

278.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish.

1. Mahallalardagi uy-joy fondida yongʻin xavfsizligi qoidalarining buzilishi oqibatida roʻy bergan yongʻinlar yuzasidan qoidabuzar shaxslarga nisbatan chora koʻrishga oid normalarni liberallashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil avgust

Hisob-kitoblarga koʻra

Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

T. Valiyev

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

A. Qoʻldoshev,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

B. Zakirov

2. Shaharsozlik sohasidagi yongʻin xavfsizligiga oid talablarni maqbullashtirish.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjat loyihasi

2023-yil noyabr

-

3. Favqulodda vaziyatlar vazirligi harbiy xizmatchilari, xizmatchilari, shu jumladan, qutqaruvchilari mehnatiga haq toʻlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash va belgilangan tartibda kiritish.

Axborot xati

2023-yil avgust

-

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

T. Valiyev

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

A. Qoʻldoshev,

manfaatdor vazirlik va idoralar

279.

Seysmik xavfsizlikni taʼminlash va qurilishda nazoratni kuchaytirish choralarini koʻrish.

Seysmik xavfsizlikni taʼminlash, qurilishda nazoratni kuchaytirish, loyiha tashkilotlari masʼuliyatini oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2023-yil mart

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, mahalliy budjet mablagʻlari

Vazirlar Mahkamasi

A. Aripov

Fanlar akademiyasi

S. Mirzayev,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

D. Adilov,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

A. Qoʻldoshev,

Loyiha tashkilotlari

(kelishuv asosida)

280.

Aholiga favqulodda vaziyatlarda xabar berish tizimini takomillashtirish.

1. Favqulodda vaziyatlar xavfi yuqori hududlarda xabar berish tizimining holatini oʻrganish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga

koʻra

xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarning grantlari

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

T. Valiyev

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

A. Qoʻldoshev

2. Tanlangan hududlarda mahalliy darajada teleradiokanallar orqali xabar berish tizimini yaratish boʻyicha tadbirlarni belgilash.

2023-yil iyun

3. Belgilangan tadbirlarni amalga oshirish orqali aholini favqulodda vaziyatlar xavfi yoki roʻy berganligi toʻgʻrisida barvaqt xabar berish mahalliy darajadagi tizimini takomillashtirish.

2023-yil oktabr

281.

Yongʻin-texnik vositalarni ishlab chiqarishga xususiy sektorni jalb etish.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini mahalliy sharoitlarda ishlab chiqarilgan yongʻin-texnik mahsulotlari bilan taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Hisob-kitoblarga koʻra

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

T. Valiyev

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

A. Qoʻldoshev

93-maqsad: Mamlakatning xalqaro munosabatlardagi teng huquqli subyekt sifatidagi rolini oshirish

282.

Hamkor mamlakatlar bilan hamda xalqaro tashkilotlar doirasida mintaqaviy va global masalalar boʻyicha muvozanatli, doimiy muloqot olib borish, ular bilan ikki va koʻp tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda hamda turli darajadagi maslahatlashuvlarni tashkil etish.

Oʻzbekistonning Osiyo, Yevropa, Amerika, Afrika va musulmon olami mamlakatlari bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha 2023-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

Tashqi ishlar vazirining buyrugʻi

2023-yil mart

-

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

A. Kamilov

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

L. Kudratov,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti

E. Aripov

94-maqsad: Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqish

283.

Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikki va koʻp tomonlama proaktiv diplomatiyani amalga oshirish.

1. Markaziy Osiyo davlatlari bilan oliy darajadagi siyosiy muloqotni rivojlantirish.

2. Markaziy Osiyo davlat rahbarlari navbatdagi 5-maslahat uchrashuvida faol ishtirok etish.

3. Ikki tomonlama hukumatlararo hamkorlik komissiyalarining navbatdagi yigʻilishlarini oʻtkazish.

4. Markaziy Osiyo davlatlari bilan TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlar tashkil qilish.

5. Oʻzaro madaniyat, sanʼat, kino sohalarida tadbirlar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

A. Kamilov

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

95-maqsad: Anʼanaviy hamkorlarimiz bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish, tashqi aloqalar geografiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratib, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish

284.

Oʻzbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish boʻyicha faol targʻibot ishlari, tadbirlari va taqdimotlar oʻtkazish.

1. Hukumatlararo komissiyalar yigʻilishlarini oʻtkazish.

2. Ikki tomonlama siyosiy konsultatsiyalarning iqtisodiy qismini kuchaytirish.

3. Xorijiy mamlakatlarda biznes-forum, roud-shou, brifing va taqdimotlar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Xarajatlar smetasiga muvofiq

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

A. Kamilov

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

285.

Chet davlatlarda Oʻzbekiston Respublikasi tovar-hom ashyo birjasining (OʻzRTXB) savdo maydonchalarini tashkil etish, xorijiy ishlab chiqaruvchi va ulgurji savdo korxonalarini mazkur birjaga jalb qilish.

1. Xorijdagi Savdo-sanoat palatalari, birjalar va tegishli tashkilotlar bilan OʻzRTXB oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish.

2. OʻzRTXB salohiyati va imkoniyatlarini targʻib qilish maqsadida xorijda yarmarkalar, roud-shou va taqdimotlar oʻtkazish.

3. Anglashuv memorandumlarini imzolash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Xarajatlar smetasiga muvofiq

Vazirlar Mahkamasi

J. Qoʻchqorov

Respublika tovar-xom ashyo birjasi

Z. Badriddinov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

96-maqsad: Oʻzbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatini kuchaytirish

286.

Oʻzbekistonni BMT tuzilmalari orqali dunyo hamjamiyatiga keng tanitish.

1. BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirokini taʼminlash hamda uning doirasida ikki va koʻp tomonlama uchrashuvlarni tashkil etish.

2. BMTning ixtisoslashgan muassasalari doirasida oʻtkaziladigan yirik xalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirokini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

A. Kamilov,

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

287.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligiga bagʻishlangan xalqaro kampaniyada faol ishtirok etish.

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, bunda:

BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy Komissari Boshqarmasi va uning Markaziy Osiyodagi boʻlimi tomonidan tashkil qilinadigan tadbirlarda BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi, Oliy darajadagi segmenti, shartnomaviy organlar va boshqalarning sessiyalarida Oʻzbekiston vakillarining qatnashishini taʼminlash;

xalqaro tadbirlarda soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda inson huquqlarini taʼminlash boʻyicha erishilgan yutuqlar bilan xalqaro jamoatchilikni tanishtirish;

BMTning inson huquqlari sohasidagi Ixtiyoriy badallar jamgʻarmasiga oʻz hissasini qoʻshish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

Hisob-kitoblarga koʻra

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

A. Saidov

(kelishuv asosida)

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

A. Kamilov

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz

M. Tillaboyev,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Adliya vazirligi

A. Tashkulov,

Inson huquqlari boʻyicha vakil

(Ombudsman)

F. Eshmatova,

Bola huquqlari boʻyicha vakil

(Ombudsman)

A. Yunusova,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sh. Kudbiyev

97-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish

288.

Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzo davlatlar bilan muzokaralar oʻtkazish.

1. Oʻzbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga aʼzo boʻlishi boʻyicha Ishchi guruhning keyingi yigʻilishlarini oʻtkazish choralarini koʻrish.

2. Qishloq xoʻjaligi boʻyicha koʻp tomonlama muzokaralarni tashkil etish.

3. Tashkilotga aʼzo davlatlar bilan tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish boʻyicha ikki tomonlama muzokaralar olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablagʻlari, hisob-kitoblarga koʻra

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

A. Kamilov,

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

289.

Oʻzbekistonlik mutaxassislarning Jahon Savdo Tashkiloti va koʻp tomonlama savdo tizimi sohasida salohiyatini oshirish.

Yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, tovarlar va xizmatlar savdosi, intellektual mulk, qishloq xoʻjaligi, importni litsenziyalash, savdodagi texnik toʻsiqlar, sanitariya va fitosanitariya toʻgʻrisidagi bitimlar boʻyicha seminar va treninglarni tashkillashtirish va tegishli axborot-tahliliy maʼlumotlarni tayyorlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

A. Kamilov,

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov

98-maqsad: Jahon hamjamiyatida mamlakatimiz imijini oshirishga qaratilgan axborotlar yetkazish samaradorligini oshirish

290.

Xorijda keng maqsadli targʻibot tadbirlarini, shu jumladan, “Oʻzbekiston madaniyat kunlari”, davra suhbatlari, koʻrgazmalarni oʻtkazish.

Xorijda keng maqsadli targʻibot tadbirlari dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

Chora-tadbirlar dasturi

2023-yil mart

-

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Madaniyat va turizm vazirligi

O. Nazarbekov,

“Hunarmand” uyushmasi

U. Abdullayev

291.

Oʻzbekiston imijini jahon maydonida ilgari surishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar majmuini tayyorlash va amalga oshirish.

Jahon maydonida Oʻzbekiston Respublikasining brendini xalqaro nufuzli OAV “Mintaqaviy IT-markaz” (IT-NUB) sifatida tizimli targʻib qilishni yoʻlga qoʻyish. Bunda:

1. Xorijiy IT-kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar, seminar va trening tashkil etish, shu jumladan ularning chet eldagi ofislariga Vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlarining rahbarlari va masʼul xodimlarining tashriflarini tashkil etish;

xorijiy IT-kompaniyalar va IT-autsorsing xizmatlarini koʻrsatish borasida mamlakatimizdagi yaratilgan shart-sharoitlar borasida ularning ommaviy axborot vositalarida maqolalar, videolavhalar joylashtirgan holda targʻibot ishlarini olib borishni tashkil etish.

2. Oʻzbekistonda ishlashga qiziqib kelgan xorijiy IT-mutaxassislar uchun yirik shaharlarimizda qulayliklarni oshirish choralarini koʻrish:

mehmonxonalarda IT-mutaxassislarning eng muhim mehnat qurollari boʻlgan yuqori tezlikdagi sifatli Internet xizmatini taqdim etishga minimal talablar belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari

E. Aripov

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

A. Xodjayev,

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

L. Kudratov

99-maqsad: Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish

292.

Chet davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar yoʻnalishlardagi oʻzaro hamkorlikning huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Imzolangan shartnomalarni xatlovdan oʻtkazish hamda yangi xalqaro shartnomalarni ishlab chiqish, imzolash (qoʻshilish).

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

A. Kamilov,

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

L. Kudratov

100-maqsad: Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan Oʻzbekistonning chet ellardagi fuqarolariga xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish

293.

Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan xorijdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga konsullik xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish.

1. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan koʻrsatilayotgan interaktiv konsullik xizmatlari tizimini takomillashtirish.

2. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

-

Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari

A. Kamilov

Vazirlar Mahkamasi

J. Xodjayev

Tashqi ishlar vazirligi

B. Saidov,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Sh. Shermatov,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Izohlar:
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi jarayonida ularning moliyalashtirish manbalari va miqdorlariga aniqlik kiritilishi mumkin.
Davlat budjeti mablagʻlari deganda markazlashgan investitsiyalar, vazirlik, idora va tashkilotlarning xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjet mablagʻlari tushuniladi.
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlar shakli zaruratga qarab oʻzgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mutasaddi vazirlik va idoralarning takliflari asosida Dasturda belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutiladi.
2023-yilda Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirishning jami xarajatlari:

20 trln soʻm va 11,5 mlrd AQSH dollari, shundan:

Davlat budjeti va Davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari

19,9 trln soʻm

Ijrochilar va banklar mablagʻlari

41 mlrd soʻm

38,7 mln AQSH dollari

Tijorat banklarining kreditlari

32 mln AQSH dollari

Xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari mablagʻlari va grantlari

468,8 mln AQSH dollari

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar mablagʻlari

11 mlrd AQSH dollari

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-iyundagi PF-104-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2026-y., 06/26/104/0563-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.03.2023-y., 06/23/27/0121-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 05.06.2026-y., 06/26/104/0563-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)