1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son Farmoni hamda “Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-136-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi negizida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Sport vazirligi) maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
Sport vazirligining huquqlari va javobgarligi, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibi;
Sport vazirligi rahbariyatining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
Sport vazirligi faoliyatini moliyalashtirish, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
21. O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Apellyatsiya bo‘yicha komissiya to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
4. Sportni rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga yuklansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-avgust,
465-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi to‘g‘risida
NIZOM
(nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berishi tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalarini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
2. Vazirlik sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Vazirlik o‘z faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
4. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Vazirlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Vazirlik, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) sport bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar) va uning tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
7. Vazirlikning rasmiy nomlanishi:
a) davlat tilida:
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi,
Sport vazirligi;
b) rus tilida:
to‘liq nomi — Ministerstvo razvitiya sporta Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani — Ministerstvo sporta;
v) ingliz tilida:
to‘liq nomi — Ministry of Sports Development of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani — Ministry of Sports.
8. Vazirlikning joylashgan joyi (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, A. Qodiriy ko‘chasi, 2-uy.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) sport bo‘limlari;
(9-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
“Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish direksiyasi” davlat unitar korxonasi;
“Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi;
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Farg‘ona filiallari;
“Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat budjeti oliy ta’lim muassasasining Samarqand filiali;
Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning Nukus, Samarqand va Farg‘ona filiallari;
Olimpiya va paralimpiya zaxiralari kollejlari;
sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari;
sport-ta’lim tashkilotlari;
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi.
3-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
1-§. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirish, ommaviy sport turlari va sog‘lom turmush tarzini yuritishga keng jalb etish borasida keng ko‘lamli ishlarni tashkil etish, ularni sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga jalb etish, sport ta’limi tizimini takomillashtirish va raqamlashtirish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarga ega sportchilar zaxirasini yaratish;
sport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, qishloq va chekka hududlarda sport obyektlarini ko‘paytirish, sport marketingini rivojlantirish, sport obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda sohani bosqichma-bosqich to‘liq raqamlashtirish, nodavlat sport obyektlari va muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash;
mamlakatimizda professional sportni, shu jumladan, jamoaviy, qishki va ekstremal sport turlarini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalar tashkil etish, nosog‘lom sportga qarshi tizimli choralar ko‘rishni ta’minlash;
Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya), tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning, ular orasidan mamlakat terma jamoalarining sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan hamkorlik qilish;
paralimpiya harakatini rivojlantirish, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish, infratuzilma yaratish, iqtidorli sportchilarni saralab olish (seleksiya ishlarini amalga oshirish) va professional sportga yo‘naltirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash.
11. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar o‘rtasida sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirish, ommaviy sport turlari va sog‘lom turmush tarzini yuritishga keng jalb etish borasida keng ko‘lamli ishlarni tashkil etish, ularni sport bilan muntazam ravishda shug‘ullanishga jalb etish, sport ta’limi tizimini takomillashtirish va raqamlashtirish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarga ega sportchilar zaxirasini yaratish sohasida:
davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni ommalashtirish ishlarini tashkil etadi;
aholining keng qatlamlari, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar tashkil etilishi hamda o‘tkazilishiga ko‘maklashadi;
tumanlarda va shaharlarda sport-ommaviy va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari, shu jumladan, sportning milliy turlari bo‘yicha xalq o‘yinlari va musobaqalar aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar va qishloq aholisi o‘rtasida o‘tkazilishini muntazam tashkil etadi;
O‘zbekistonda milliy sport turlarini va xalq o‘yinlarini rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashadi, milliy sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, xalq o‘yinlari bo‘yicha ommaviy tadbirlar mamlakatda va chet elda tashkil etilishi hamda o‘tkazilishini moliyalash, shuningdek, milliy sport turlari xalqaro sport maydonida keng targ‘ib qilinishi va rivojlantirilishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;
jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sib kelayotgan avlodni kamol toptirishning muhim sharti sifatida bolalarning o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishning ommaviyligini, ularda sog‘lom turmush tarziga intilishni va sportga muhabbatni singdirishni ta’minlaydi;
o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishning muhim sharti sifatida bolalar ommaviy sportini rivojlantirish hamda yosh avlodga sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga bo‘lgan muhabbat singdirilishini ta’minlaydi;
aholining keng qatlamlarini sport mashg‘ulotlariga jalb qilishga va sog‘lom turmush tarziga rioya etishga, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshiradi;
har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallalar, tuman (shahar)larning nufuzli sport-ommaviy tadbirlardagi sport yutuqlarini ommalashtiradi va keng miqyosda e’tirof etadi;
O‘zbekiston Respublikasi sportchilarini va sport terma jamoalari a’zolarini sport inventarlari, uskunalari hamda kiyim-bosh, anjomlar bilan ta’minlaydi;
ommaviy, bolalar va professional sport yo‘nalishlari bo‘yicha obyektlar va inshootlar faoliyatini takomillashtirish va yangilarini qurish bo‘yicha takliflar kiritadi, ulardan eng ko‘p darajada va samarali foydalanishni ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tovarlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashadi;
vazirlik tizimiga kiruvchi idoraviy mansub tashkilotlarga ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va axborot ta’minotini tashkil etish, kadrlarni tayyorlash va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha maslahatlar beradi va boshqa masalalarda ko‘maklashadi;
bolalar sportining moddiy-texnik va resurs bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
iqtidorli yoshlar va sport namoyandalarining xalqaro va respublika darajasida jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘tkaziladigan ko‘riklar, tanlovlar, festivallarga, boshqa anjumanlarga borishi va ishtirok etishini ta’minlaydi;
davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalarining uch bosqichli tizimi o‘yinlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini tashkil etishda ishtirok etadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning ishini muvofiqlashtiradi;
qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
o‘z vakolatlari doirasida jismoniy tarbiya va sport sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, sport normativlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
respublikada jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari ijro etilishi monitoringini olib boradi, shuningdek, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning holatini tahlil qiladi, ularni mamlakatda yanada rivojlantirish bo‘yicha har yillik prognozlarni shakllantiradi;
davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport namoyandalarini, shu jumladan, sportchilar, trenerlar, sport faxriylarini va boshqa mutaxassislarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalarini hal etadi;
mamlakatda sport turlarini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini belgilaydi;
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) reyestrini yuritadi va yuritish tartibini belgilaydi;
sport turlari bo‘yicha Yagona sport tasnifini, shuningdek, Yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomni, sport turlari va sport fanlarini e’tirof etish, ular reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
xalqaro va respublika darajalaridagi sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantiradi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularning moliyalashtirilishini va o‘tkazilishini ta’minlaydi;
sportchilarning sport pasporti belgilangan tartibda berilishini tashkil etadi hamda ularni hisobga olishning yagona tizimi ishlashini ta’minlaydi;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoni.
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni, dasturiy-metodik hujjatlarni hamda jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha boshqa texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, ularning ijrosini ta’minlaydi;
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport, shuningdek, aholini jismoniy tarbiyalash sohasida ilmiy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko‘maklashadi, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga joriy etadi va ushbu ishlar amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
sport ta’limi tizimini takomillashtirish orqali bolalar sport ta’limi sifatini oshirish, barcha hududlarda, ayniqsa, qishloq va chekka hududlarda sport obyektlari tarmog‘ini yanada kengaytirish orqali bolalar sportini yanada rivojlantiradi;
mutaxassislik bo‘yicha va sport ta’limini boshqarish sohasida rahbarlar va mutaxassislarning bilimlarini, shuningdek, davlat sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifatli tarkibini, xususan, oliy ma’lumotga (bakalavr, magistr) ega bo‘lgan xodimlar sonini bosqichma-bosqich oshirib boradi;
bolalar-o‘smirlar sport maktablari va sport ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularni moliyaviy ta’minlash samaradorligini oshiradi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko‘rsatish jozibadorligini oshirish maqsadida sport ta’limi muassasalarining mutaxassis va xodimlari mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib boradi;
xorijiy yetakchi sport markazlarida ta’lim olish uchun hududlardan iqtidorli bolalarni tanlash maqsadida sportning ommaviy turlari bo‘yicha sport ta’limi muassasalari o‘rtasida muntazam ravishda hududiy sport musobaqalarini o‘tkazadi;
sport ta’limi muassasalarini boshqarish va samaradorligini tahlil qilishda jamoatchilikning ishtirokini ta’minlash, barcha turdagi sport ta’limi muassasalarida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun jismoniy tarbiya ta’lim dasturlarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasini raqamlashtiradi hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida zarur ma’lumotlarni yagona tizim orqali yig‘ish maqsadida manfaatdor idoralarning tizim va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish, shuningdek, ushbu tizim to‘liq ishlashini ta’minlash uchun ma’lumotlarni raqamlashtirish choralarini ko‘radi;
hududiy sport musobaqalarida qatnashish uchun iqtidorli yoshlarni tanlash (seleksiya) va bolalar-o‘smirlar sport maktablari zaxirasini shakllantirish maqsadida umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini jalb qilgan holda, darsdan tashqari to‘garaklar va seksiya mashg‘ulotlarini tashkil etadi;
keyinchalik hududiy va respublika sport musobaqalarida ishtirok etish uchun iqtidorli yoshlarni tanlash (seleksiya) va ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari zaxirasini shakllantirish maqsadida akademik litseylar, professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport turlari bo‘yicha trenerlarni jalb qilgan holda darsdan tashqari olimpiya, paralimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha sport to‘garaklari va seksiya mashg‘ulotlarini tashkil etadi;
respublika va xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish uchun iqtidorli yoshlarni tanlash (seleksiya) va milliy terma jamoalar sport zaxirasini hamda sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktablari zaxirasini shakllantirish maqsadida oliy ta’lim tashkilotlarida olimpiya, paralimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha talabalar sport klublari hamda jamoalarini tashkil etadi;
mamlakatda yuksak madaniyatli, har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni saralab olish (seleksiya ishlarini amalga oshirish) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etadi;
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
b) sport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan qishloq va chekka hududlarda sport obyektlarini ko‘paytirish, sport marketingini rivojlantirish, sport obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish hamda sohani bosqichma-bosqich to‘liq raqamlashtirish, nodavlat sport obyektlari va muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasida:
manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatda sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan, innovatsion qurilish texnologiyalarini faol joriy etish va ulardan foydalanish asosida sport muassasalari infratuzilmasi binolari va obyektlarini bosqichma-bosqich quradi, rekonstruksiya qiladi va kapital ta’mirlash choralarini ko‘radi;
respublikada sportning jamoaviy o‘yin turlarini yanada rivojlantiradi va zamonaviy infratuzilmani yaratadi;
sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantiradi, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida erishgan sport yutuqlarini ommalashtirish va keng e’tirof etishga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshiradi;
qishki Olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish, ushbu sport turlarini ommaviylashtirish orqali professional sportchilarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yadi;
mamlakatning sport marketingini rivojlantirish samaradorligini oshirish maqsadida marketing tadqiqotlarini tashkil etadi;
ijobiy sinovdan o‘tgan tajribani o‘rgangan holda, sport obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida samarali boshqarish tizimini joriy etadi, shu jumladan, yangi, istiqbolli loyihalarni shakllantirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
ilg‘or innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini rag‘batlantirishga qaratilgan kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
sport sohasidagi subyektlarning faoliyatini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
mamlakat terma jamoalarining sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
nodavlat sport obyektlari va tashkilotlari tarmog‘ini kengaytiradi, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlaydi;
jismoniy tarbiya va sport klublari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi;
vazirliklar va idoralarning jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hamda klublarining, sport sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim, professional ta’lim hamda oliy ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, trener va instruktorlari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qiladi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida chet el mutaxassislarini jalb qilishga, shu jumladan, moliyaviy tarafdan ko‘maklashadi;
v) mamlakatimizda Olimpiya va Paralimpiya sport turlari bo‘yicha professional sportni, shu jumladan, jamoaviy, qishki va ekstremal sport turlarini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, barcha sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalar tashkil etish, nosog‘lom sportga qarshi tizimli choralar ko‘rishni ta’minlash sohasida;
mamlakatda professional sportni tashkil etish va yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va kiritadi;
yuqori malakali sportchilarni va sport zaxirasini tayyorlash ishlarini olib boradi, idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, sport maktablari, klublar va sport tayyorgarligi markazlarini rivojlantirish va ixtisoslashtirilishni muvofiqlashtiradi;
xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari, ilg‘or tajribani o‘rganadi, ushbu yutuqlar respublikada joriy etilishini ta’minlaydi;
sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchilarning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va muntazam ravishda yuritib borish tizimini joriy qiladi;
sportning alohida turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalari sportchilarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va sport sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan xalqaro sport musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ko‘maklashgan boshqa shaxslarni mukofotlaydi;
sport unvonlari, sport razryadlarini berish tartibini tasdiqlaydi;
sport sohasidagi ulkan yutuqlari uchun mukofotlar ta’sis etish va O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari hamda mutaxassislarini ularning ko‘p yillik va samarali faoliyati, alohida yutuqlari xizmatlari uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim qiladi va tavsiyalar beradi;
g) Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya qilish), tayyorlash va ularning mahoratini oshirish, ular orasidan mamlakat terma jamoalarining sifatli sport zaxirasi va tarkibini shakllantirishning samarali tizimini yaratishda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan hamkorlik qilish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning zaxiralarini tasdiqlaydi, O‘zbekiston sport delegatsiyalarini shakllantiradi, xalqaro sport musobaqalariga va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarga tayyorlaydi;
Ularning Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlari va boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport sohasida sport markazlari va dopingga qarshi markazlar, ta’lim tashkilotlari va ilmiy tashkilotlar tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritadi va ularning faoliyatini tashkil etishni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) bilan hamkorlikda keyinchalik sport zaxirasini shakllantirish uchun iste’dodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimi bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;
xalqaro hamda respublika sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari o‘tkazilishini, sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislar ta’minotini, O‘zbekiston Respublikasi sportchilarini, sport terma jamoalarini Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlariga, kuboklariga va birinchiligiga va boshqa xalqaro sport musobaqalariga tayyorlashni va ishtirok etishini, xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari to‘lanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;
jismoniy imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga jalb etish hamda Surdolimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
d) paralimpiya harakatini rivojlantirish, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish, infratuzilma yaratish, istiqbolli sportchilarni saralash (seleksiya qilish) va professional sportga yo‘naltirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash sohasida:
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sport bilan shug‘ullanish uchun shart-sharoitlarni kengaytirish hamda ular o‘rtasida sport bilan shug‘ullanuvchilar qamrovini yanada oshiradi;
barcha turdagi sport ta’lim tashkilotlarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sport bo‘limlarini bosqichma-bosqich tashkil etadi hamda iqtidorli jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni tanlab olish, ularni sport turlariga yo‘naltirish, tayyorlash hamda oliy sport mahoratiga erishishini ta’minlovchi uzluksiz yagona kompleks tizimni joriy etadi;
rivojlantirilayotgan (mavjud), yangi tashkil etilayotgan va kelajakda yangi tashkil etilishi rejalashtirilgan paralimpiya sport turlarini har tomonlama rivojlantirish va ommalashtirish choralarini ko‘radi;
jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida maxsus ta’lim tashkilotlari va mahallalarda sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazadi;
barcha turdagi sport ta’lim tashkilotlarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarning sport bilan shug‘ullanishlari uchun zamonaviy moddiy-texnik bazani shakllantirish choralarini ko‘radi;
paralimpiya sport turlarini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralab olish (seleksiya ishlarini amalga oshirish) hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Paralimpiya qo‘mitasi bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
paralimpiya sport turlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yaratish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash, tajriba orttirish va attestatsiyadan, shu jumladan, chet elda o‘tkazishni ta’minlaydi;
sport jamoalari, mutaxassislari, shuningdek, sportchilar, trenerlar, shifokorlar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa vakillarni, ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xalqaro tanlovlar, festivallar, sport musobaqalarida va chet eldagi boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun tayyorlash, jo‘natish va qabul qilishni ta’minlaydi.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
12. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishilishini ta’minlash;
Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malaka oshirishini tashkil qilish;
Vazirlik markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil yakunlariga ko‘ra zarur choralar ko‘rish;
Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
tegishli davlat xizmatlarini ko‘rsatishning samaradorligi, sifati va qulayligini ta’minlash;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
Vazirlikning “Xalqaro va respublika darajalaridagi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi”ni shakllantirish, manfaatdor tashkilotlar va idoralar bilan hamkorlikda uning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
sport va sport-sog‘lomlashtirish tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, mahalliy korxonalar tomonidan sport asbob-uskunalari va inventarini ishlab chiqarish kengaytirilishini tashkil qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasida berilgan sport unvonlari, razryadlari hamda malaka toifalarini tasdiqlash;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlar, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid dasturiy-metodik hamda boshqa normativ hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash;
O‘zbekiston sportchilarining Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlanishi va ularda ishtirok etishi bo‘yicha qabul qilingan dasturlarning bajarilishini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi vakillarining xalqaro maydonlarda xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish hamda mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport sohasida xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish bo‘yicha tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan qatnashishini ta’minlash;
Vazirlik Hay’ati qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri (keyingi o‘rinlarda — Vazir) buyruq va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli ijro etilishini ta’minlash;
(12-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
iste’dodli va istiqbolli sportchilarning saralash, o‘qitish hamda ularning malakasini oshirishda muvaffaqiyatli ishtirok etishini, shuningdek, uzluksiz saralash tizimini yaxshilash, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlarida, boshqa xalqaro musobaqa va turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashishini ta’minlash, sport zaxirasi va terma jamoalar tarkibini shakllantirish;
mamlakatda professional sportning rivojlantirilishini rag‘batlantirish, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, ilg‘or texnologiyalarni sport tayyorgarligiga joriy qilish, milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro hamda viloyat musobaqalarini tashkil etish, sportdagi nosog‘lom holatlar, taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullardan foydalanishga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli choralarning amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston sport terma jamoalari va ularning eng yaqin zaxirasi tarkibini shakllantirish, O‘zbekiston sport delegatsiyalarini butlash, ularning xalqaro sport musobaqalariga, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ommaviy tadbirlarga tayyorlanishi hamda qatnashishini ta’minlash;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirishga yordam berish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilg‘or jahon tajribasi hamda ilmiy-texnik yutuqlarni o‘rganishni tashkil etish, bunday tajribani respublikada sportni yanada rivojlantirish uchun joriy qilish;
milliy sport turlarini xalqaro maydonda keng targ‘ib qilish va rivojlantirish;
sportchilar, jismoniy tarbiya va sport sohasining boshqa vakillarini idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xorijdagi xalqaro sport musobaqalari, festivallar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishga tayyorlash, ularning jo‘natilishi hamda kutib olinishini ta’minlash;
konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarning o‘tkazilishini tashkil qilish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan shunday tadbirlarda qatnashishni ta’minlash.
13. Vazirlikning markaziy apparati unga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlaydi;
Vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan hujjatlarning sifatli va o‘z vaqtida ishlab chiqilishini va ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishini tashkil etadi;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, ular faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy ta’minlanishini tashkil etadi;
Vazirlik vakolatiga tegishli operativ, tashkiliy, kadrlar, moliya, ishlab chiqarish-xo‘jalik masalalari va boshqa masalalar bilan shug‘ullanadi;
Vazirlik va uning tarkibiy hamda hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishning so‘zsiz ta’minlanishi bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan o‘zaro aloqalarning yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi;
Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi va sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) bilan hamkorlikda O‘zbekiston sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlanishi hamda ularda ishtirok etishi bo‘yicha qabul qilingan dasturlarning bajarilishini tashkil qiladi;
ilg‘or xorijiy tajribani e’tiborga olgan holda, respublikada professional sportni rivojlantirishga, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga ko‘maklashish, sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va qit’a miqyosidagi musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha tizimli choralarning qabul qilinishini, nosog‘lom sport raqobati hamda taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullardan foydalanishga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilishini ta’minlaydi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda, sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, mahalliy korxonalar tomonidan sport asbob-uskunalari va inventarini ishlab chiqarish kengaytirilishini tashkil etish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;
sport federatsiyalari va assotsiatsiyalarining murojaatlari asosida Yagona sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarning kalendar rejasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan sport turlari bo‘yicha xalqaro sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirok etishni aniqlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
respublika sportchilari tomonidan sport turlari bo‘yicha o‘rnatilgan jahon rekordlarini tasdiqlash uchun xalqaro sport tashkilotlariga yuboriladigan tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Vazirlikning samarali faoliyatini tashkil etish va takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) faoliyati monitoringini amalga oshiradi va uni rivojlantirishga yordam beradi;
respublikada jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish monitoringini amalga oshiradi, respublikada jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha har yilgi prognozlarni shakllantiradi;
iste’dodli va istiqbolli sportchilarning tanlash, o‘qitish hamda malaka oshirishda muvaffaqiyatli ishtirok etishini, shuningdek, uzluksiz saralash tizimini yaxshilash, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlarida, boshqa xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli qatnashishni ta’minlaydi, sport zaxirasi va terma jamoalar tarkibini shakllantiradi;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
xalqaro sport aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi;
xalqaro sport tashkilotlariga va boshqa tashkilotlarga a’zolik badallari belgilangan tartibda to‘lanishini ta’minlaydi;
yuqori malakali sportchilar va sport zaxirasi tayyorlanishini, oshirish, sport-ta’lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish hamda respublika sport tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish chora-tadbirlarini tashkil qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining sport turlari bo‘yicha terma jamoalari va ularning zaxirasi tarkibini tasdiqlaydi, O‘zbekiston sport delegatsiyalarini butlaydi, ularning xalqaro sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorlanishini hamda ishtirok etishini ta’minlaydi;
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalari trenerlarini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va federatsiyalar (assotsiatsiyalar)ning mablag‘lari hisobiga xalqaro musobaqalar va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalarining ishtirokini ta’minlash bo‘yicha sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning iltimoslarini ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston hududida va uning tashqarisida jismoniy tarbiya va sport sohasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;
umumta’lim maktablari va akademik litseylar, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari hamda turnirlarning ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda va keng yoritilishi bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.
3-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
(3-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
14. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlik hududiy bo‘linmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (keyingi o‘rinlarda — kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektori) bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
hududda aholining keng qatlamlarini sport mashg‘ulotlariga jalb qilishga va sog‘lom turmush tarziga rioya etishga, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashga, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga, mamlakat va mintaqaning xalqaro sport maydonlarida erishgan sport yutuqlarini ommalashtirish va keng e’tirof etishga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirish;
hududda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, ta’lim tashkilotlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar, qishloq aholisi o‘rtasida shaharlar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlari, xalq o‘yinlari va milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalarni muntazam o‘tkazish orqali sport hamda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni ommalashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni tashkil etish;
hududda bolalar, ayniqsa, qizlarni sportga keng jalb qilish, bolalar sport ta’limi sifatini oshirish, butun hududda, shu jumladan, qishloq tumanlarida hamda chekka tumanlarda bolalar sport obyektlari tarmog‘ini yanada kengaytirish, uch bosqichli musobaqalar tizimi — “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” o‘yinlarining o‘tkazilishini tashkil etish orqali bolalar sportini yanada rivojlantirish, shu asosda bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularning uyg‘un jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) vakillari bilan hamkorlikda sifatli sport zaxirasini va Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlarida hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash uchun mamlakat terma jamoalari tarkibini shakllantirish maqsadida iqtidorli va istiqbolli sportchilarni saralash, tayyorlash hamda mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
hududda professional sportni rivojlantirishni, xalqaro ilg‘or tajribani inobatga olgan holda sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalar joriy qilinishini rag‘batlantirish, sport turlari bo‘yicha mintaqaviy, tuman (shahar) chempionatlari, xalqaro va hududiy musobaqalarni tashkil etish darajasi va sifatini oshirish, sportda nosog‘lom raqobatga va taqiqlangan preparatlar qo‘llanishiga qarshi tizimli chora ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalarini shakllantirish uchun sportchilarni saralash bo‘yicha vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlashni tashkil etish;
hudud kalendar rejasini shakllantirish va iqtidorli sportchilarni saralab olish (seleksiya) ishlarini amalga oshirish maqsadida sport musobaqalarining hududiy bosqichlarini o‘tkazish;
sport turlari bo‘yicha hududiy terma jamoalarni shakllantirish, sport musobaqalari g‘oliblari va sovrindorlarini respublika bosqichlarida ishtirok etishga yo‘naltirish;
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tashkilotlari, ommaviy, bolalar hamda professional sport yo‘nalishlari bo‘yicha hudud obyektlari va inshootlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal va samarali foydalanishni ta’minlash;
hududda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi holati monitoringini olib borish, ularning hududda rivojlanishi bo‘yicha yillik prognozlarni shakllantirish;
o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishning muhim sharti sifatida ommaviy bolalar sportini hududda rivojlantirishni ta’minlash hamda bolalarga sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga bo‘lgan muhabbatni singdirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, hududning jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport ta’lim-muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa mutaxassislar bilan ta’minlashda ishtirok etish.
15. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash va sport inshootlarini zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlash, shuningdek, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun tegishli sport infratuzilmasini yaratish ishlarini amalga oshiradi;
aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ular o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish orqali yoshlarning ommaviy sportdagi ulushini oshiradi;
ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi oilalarga mahallalar va istirohat bog‘larida sharoit yaratish va oilaviy sportni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etadi;
ommaviy sport tadbirlari davomida o‘quvchilari g‘olib va sovrindor bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va sport-ta’lim tashkilotlarining trenerlari mehnatini munosib rag‘batlantirish va ularning faoliyat olib borishi uchun sharoitlar yaratadi;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishi holati monitoringini olib boradi, ularni hududda yanada rivojlantirish bo‘yicha har yillik prognozlarni shakllantiradi;
hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlar, jismoniy tarbiya va sport sohasiga taalluqli bo‘lgan dasturiy-metodik hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini ta’minlaydi;
hududda sport turlarini rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi;
hudud miqyosidagi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantiradi va tasdiqlash uchun kiritadi, manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda ular moliyalashtirilishi va o‘tkazilishini ta’minlaydi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini ommalashtirish ishlarini tashkil qiladi;
nogironligi bo‘lgan va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning maxsus olimpiadalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida o‘tkaziladigan boshqa sport tadbirlarida ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
sport turlari bo‘yicha Yagona sport tasnifi, shuningdek, Yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomning bajarilishini ta’minlaydi;
sport maktablarida sport razryadlarini berish tartibini nazorat qiladi;
hududda sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning zaxirasi tarkibini tasdiqlaydi, hududning sport delegatsiyalarini butlaydi, ularning hudud, respublika sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishini va ishtirokini ta’minlaydi;
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishga, jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashadi;
aholi keng qatlamlari orasida sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishga yordam beradi;
tumanlar va shaharlarda aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar hamda qishloq aholisi o‘rtasida ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirishni, shu jumladan, xalq o‘yinlari va milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilishini muntazam ravishda tashkil qiladi;
milliy sport turlari va O‘zbekiston xalq o‘yinlarini rivojlantirishga har tomonlama yordam beradi, belgilangan tartibda hududda milliy sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, xalq o‘yinlari bo‘yicha jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish ishlari moliyalashtirilishini ta’minlaydi, shuningdek, xalqaro sport maydonlarida milliy sport turlarini keng targ‘ib qilish va rivojlantirishga yordam beradi;
o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishning muhim sharti sifatida hududda bolalar ommaviy sporti rivojlanishini hamda bolalarga sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga bo‘lgan muhabbat singdirilishini ta’minlaydi;
hududda bolalar sportining moddiy-texnik va resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
hududning iqtidorli yoshlari va sport faxriylarining xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovlar, festivallar, boshqa forumlar, sport tadbirlariga borishlari va ishtirok etishlarini tashkil etishni ta’minlaydi;
ularning mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shu jumladan, ularning qishloq tumanlari va chekka tumanlardagi organlari bilan hamkorlikda uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” musobaqalar tizimi o‘yinlarida ishtirok etishga tayyorlash hamda ishtirok etishni tashkil qiladi;
sport turlari bo‘yicha hudud terma jamoalari va ularning zaxirasi tarkiblarini tasdiqlaydi, hudud sport delegatsiyasini butlaydi, ularning respublika sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishlarini hamda ularda ishtirok etishlarini ta’minlaydi;
hududda konferensiyalar, ko‘rgazmalar va sport tadbirlarini o‘tkazadi;
hududda sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyati rivojlanishiga yordam beradi;
hududdagi iste’dodli va istiqbolli sportchilarni saralab olish tayyorlash hamda ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini joriy etish chora-tadbirlari kompleksini tashkil etadi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va assotsiatsiyalarning hududiy vakillari bilan hamkorlikda hududda professional sportni tashkil etish hamda to‘la shakllantirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari, ilg‘or tajriba umumlashtirilishini hamda bu yutuqlarning hududda joriy qilinishini ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni hamda hududida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ko‘maklashgan boshqa shaxslarni idoraviy ko‘krak belgilari bilan mukofotlash haqida takliflar tayyorlaydi va belgilangan tartibda taqdim etadi;
hudud vakillarining jismoniy tarbiya va sport sohasida erishgan ulkan yutuqlari uchun sport unvonlari, sport razryadlari va malaka toifalari berish hamda mukofotlash va O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
hududda yangi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlarining qurilishini tashkil etish va faoliyat yuritayotganlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha Vazirlikka asoslangan takliflar kiritadi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda hududdagi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilinishini ta’minlaydi;
hududda jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlash, tajriba orttirishga yuborishni ta’minlaydi.
4-§. Tumanlar (shaharlar) sport bo‘limlarining vazifalari va funksiyalari
(4-paragraf nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
16. Quyidagilar tumanlar (shaharlar) sport bo‘limlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlik hamda tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalarining tuman (shahar) tuzilmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
aholining keng qatlamlarini sport bilan shug‘ullanishga jalb etish va sog‘lom turmush tarziga rioya etish, jismonan sog‘lom yosh avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, tuman (shahar)ning nufuzli sport-ommaviy tadbirlardagi sport yutuqlarini ommalashtirish va keng miqyosda e’tirof etish bo‘yicha vazifalarni amalga oshirish;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, ta’lim tashkilotlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda shaharlar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlarini, xalq o‘yinlari va milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalarni muntazam ravishda o‘tkazgan holda aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar, qishloq aholisi o‘rtasida sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni ommalashtirish bo‘yicha keng qamrovli ishlarni tashkil etish;
tumanda (shaharda) bolalarni, ayniqsa, qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish, bolalar sporti ta’limi sifatini oshirish, tumanda (shaharda) bolalar sporti obyektlari tarmog‘ini yanada kengaytirish, uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport musobaqalari tizimining boshlang‘ich bosqichlarini o‘tkazishni tashkil etish orqali bolalar sportini har tomonlama rivojlantirish, shu asosida bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularning uyg‘un jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar)ning hududiy vakillari bilan hamkorlikda tuman (shahar)ning iste’dodli va istiqbolli sportchilarni saralab olish, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish, turli musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash uchun ulardan sifatli sport zaxirasi va terma jamoalar tarkibini shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
tuman (shahar) chempionatlari, xalqaro va hududiy musobaqalarni tashkil etish darajasi va sifatini oshirish, sportda nosog‘lom raqobatga va taqiqlangan preparatlar qo‘llanishiga qarshi tizimli choralar ko‘rish;
O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalarini shakllantirish uchun sportchilarni saralab olish bo‘yicha vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlashni tashkil etish;
tuman (shahar) darajasida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantirish va tasdiqlash uchun kiritish, manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ularni moliyalashtirish va o‘tkazishni ta’minlash, shuningdek, iqtidorli sportchilarni saralab olish (seleksiya ishlarini amalga oshirish) maqsadida sport musobaqalarining hududiy bosqichlarini o‘tkazish;
sport turlari bo‘yicha hududiy terma jamoalarni shakllantirish, sport musobaqalarining tuman (shahar) bosqichi g‘olib va sovrindorlarini sport musobaqalarining hududiy bosqichlarida ishtirok etishga yo‘naltirish;
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tashkilotlari, ommaviy, bolalar hamda professional sport yo‘nalishlari bo‘yicha tuman (shahar)lardagi sport obyektlari va inshootlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda mustahkamlash, ulardan maksimal va samarali foydalanishni ta’minlash;
tumanda (shaharda) jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi holati monitoringini amalga oshirish, ularni tumanda (shaharda) rivojlantirish bo‘yicha yillik prognozlarni shakllantirish;
o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishning muhim sharti sifatida ommaviy bolalar sportini tuman (shahar)da rivojlantirishni ta’minlash hamda bolalarga sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga bo‘lgan muhabbatni singdirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, hududning jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport ta’lim-muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa mutaxassislar bilan ta’minlashda ishtirok etish.
17. Tumanlar (shaharlar) sport bo‘limlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
mahallalarda yoshlarning ommaviy sport bilan shug‘ullanishlari uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash va tuman (shahar)larda imkoniyati cheklangan yoshlar uchun tegishli sport infratuzilmasini yaratish ishlarini amalga oshiradi;
aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ular o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarini tuman (shahar)larda tashkil etish orqali yoshlarning ommaviy sportdagi ulushini oshiradi;
ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi oilalarga mahallalar va istirohat bog‘larida sharoit yaratish va oilaviy sportni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etadi;
ommaviy sport tadbirlari davomida o‘quvchilari g‘olib va sovrindor bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari va sport-ta’lim tashkilotlarining trenerlari mehnatini munosib rag‘batlantirish va ularning faoliyat olib borishi uchun sharoitlar yaratadi;
tuman (shahar)larda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish holati monitoringini amalga oshiradi, ularni tuman (shahar)da yanada rivojlantirish bo‘yicha har yillik prognozlarni shakllantiradi;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni, tuman (shahar)da jismoniy tarbiya va sportga tegishli dasturiy-metodik va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda tasdiqlaydi va ularning bajarilishini ta’minlaydi;
tuman (shahar)da sport turlarini rivojlantirish istiqbollarini belgilaydi, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishni tahlil qiladi, hamda sportchilarning sport tadbirlarida ishtirok etishini ta’minlaydi;
tuman (shahar) miqyosidagi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasini shakllantiradi va tasdiqlash uchun kiritadi, manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda ular moliyalashtirilishi va o‘tkazilishini ta’minlaydi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini ommalashtirish ishlarini tashkil qiladi;
nogironligi bo‘lgan va jismoniy imkoniyatlari cheklangan boshqa shaxslarning maxsus olimpiadalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida o‘tkaziladigan boshqa sport tadbirlarida ishtirok etishiga ko‘maklashadi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
sport turlari bo‘yicha Yagona sport tasnifi, shuningdek, Yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomning bajarilishini ta’minlaydi;
sport maktablarida sport razryadlarini berish tartibini nazorat qiladi;
tuman (shahar) sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning zaxirasi tarkibini tasdiqlaydi, tuman (shahar) sport delegatsiyalarini butlaydi, ularning viloyat, respublika sport musobaqalari va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishini va ishtirokini ta’minlaydi;
sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishga, jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ko‘maklashadi.
Tumanlar (shaharlar) sport bo‘limlari qonunchilik hujjatlariga hamda Vazirlik rahbariyatining qonunchilik doirasidagi topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
(17-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
4-bob. Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalarining huquqlari hamda javobgarligi
1-§. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
18. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va unga idoraviy mansub bo‘lgan tashkilotlar bilan hamkorlikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini ta’minlash;
Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosatlari majlislarida tegishliligi bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarda davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish uchun zarur axborotni davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistika axborotini davlat statistika organlaridan tekin olish;
Vazirlik va unga idoraviy mansub bo‘lgan tuzilmalarning davlat mol-mulkini tashkiliy tuzilma doirasida tekin foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda bir bo‘linmadan ikkinchisiga berish;
Vazirlik va unga idoraviy mansub bo‘lgan tashkilotlar xodimlarini tegishli sohada ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari parametrlari bajarilishini hisobga olgan holda moddiy rag‘batlantirish tartibi, miqdorlari va shartlarini belgilash;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga, davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
jismoniy tarbiya va sportni, jumladan, sport infratuzilmasini rivojlantirish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish doirasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuborish;
jismoniy tarbiya va sportni mamlakatda, shu jumladan, hududlarda rivojlantirish bo‘yicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga oid davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining xarajatlar smetalarini ko‘rib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
maslahatlar berish, ilmiy va ekspertlik ishlarini o‘tkazish, jismoniy tarbiya va sportning dolzarb masalalarini ishlab chiqish uchun shartnoma asosida olimlarni, vazirliklar, idoralar, ta’lim tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini, shuningdek, Vazirlik tizimiga kiruvchi ta’lim tashkilotlarida dars berish va mahorat darslari o‘tkazish uchun xorijiy sport namoyandalarini shartnoma asosida taklif qilish;
ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
Vazirlik tizimiga kiruvchi sport tashkilotlari va ta’lim tashkilotlari, shuningdek, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) uchun zarur texnik uskuna, sport uskunalari, inventar, sport kiyim-boshi va boshqa zarur jihozlarni markazlashtirilgan tartibda xarid qilish;
xalqaro va respublika chempionatlari, kuboklar, turnirlarni, shuningdek, ommaviy-sport tadbirlarini o‘tkazishda g‘olib va sovrindorlarni, nominantlarni mukofotlash uchun zarur miqdorda medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni markazlashtirilgan tartibda xarid qilish;
sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarga, shuningdek, sport muassasalarining sport jamoalariga sport unvonlari va malaka toifalarini berish, ularni kuboklar, medallar, znachoklar, ko‘krak nishonlari, diplomlar, yorliqlar va sovrinlar bilan mukofotlash;
jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarni o‘tkazish, turli tanlovlar, sport musobaqalari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha jismoniy tarbiya va sport namoyandalarini tayyorlash;
o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni hamkorlikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan belgilangan tartibda aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
jismoniy tarbiya va sport sohasini targ‘ib qiluvchi reklama va boshqa tusdagi mahsulotlarni reklama tusidagi audio, video materiallar, risola, xaritalar va boshqa reklama-axborot materiallarini chop etish, nusxasini ko‘paytirish, yaratish uchun buyurtmalarni mustaqil ravishda yoki idoraviy mansub tashkilotlar orqali joylashtirish;
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, Vazirlikning markaziy apparati va idoraviy mansub bo‘linmalarida ishlash uchun jismoniy tarbiya va sport sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni shartnomalar asosda jalb qilish;
o‘z tizimida tashkil etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalarining ustav jamg‘armalarini shakllantirish hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuziladigan shartnomalar asosida ularning ustavlariga muvofiq ular tomonidan yetkazib beriladigan tovarlar, ishlar (xizmatlar) uchun to‘lovlarni amalga oshirish;
alohida fidokorlik, mehnatsevarlikni namoyon qilgan, o‘zining professional faoliyatida yuksak natijalarga erishgan jismoniy tarbiya va sport namoyandalari va xodimlarining nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish.
Vazirlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
19. Vazirlik:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishi;
Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga so‘zsiz erishilishini ta’minlash;
Vazirlar Mahkamasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning ishlab chiqiladigan loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning sifati;
jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va muammoli masalalarni hal qilish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi uchun javob beradi.
2-§. Vazirlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
20. Vazirlikning markaziy apparati o‘ziga yuklangan quyidagi vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
Vazirlikning hududiy bo‘linmalaridan va unga idoraviy mansub tashkilotlardan tahlil qilish va qayta ishlash uchun zarur bo‘lgan masalalar bo‘yicha materiallar va ma’lumotlarni, shuningdek, Vazirlikning markaziy apparatida ko‘rib chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini so‘rash va olish;
Vazirlikda ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, axborot va tahliliy materiallarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun zarur bo‘lganda Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va unga idoraviy mansub bo‘lgan tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini belgilangan tartibda jalb qilish, shu maqsadda ekspert va ishchi guruhlar tashkil etish;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan ular tomonidan kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlashni talab qilish, zarurat bo‘lganda ularni qayta ishlash uchun qaytarish;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlariga tez bilan hal qilinishi talab etiladigan va Vazirlikka yuklangan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan topshiriqlar berish;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari, shuningdek, Vazirlikning buyruqlari Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan bajarilishi yuzasidan ularning faoliyatini belgilangan tartibda o‘rganish va tekshirish;
Vazirlikning har yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika kalendar rejasini shakllantirish;
Vazirlik markaziy apparatining boshqarmalari va xodimlarining faoliyatini tasdiqlangan lavozim yo‘riqnomalariga muvofiq tashkil etish;
Vazirlikning tarkibiy tashkilotlari va muassasalaridagi boshqarmalarning faoliyatiga doir masalalar o‘rganilishini tashkil qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, shuningdek, ularga amaliy yordam ko‘rsatish;
amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga muvofiq Vazirlik tizimida buxgalteriya hisobi yuritilishi tashkil etilishini ta’minlash, shuningdek, zamonaviy texnika vositalari va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, tizimga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi yuritilishini nazorat qilish;
budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar xarajatlar smetasiga kiritilgan aniq vazifalarga maqsadli sarflanishi, shuningdek, mablag‘lar va moddiy boyliklarning saqlanishini muntazam nazorat qilish;
asosiy vositalar va boshqa moddiy boyliklarni ular saqlanadigan joylarda mavjudligini va ulardan foydalanishni muntazam nazorat qilish;
o‘rganilayotgan tuzilmalarga yuklangan vazifalar amalga oshirilishini sifatli o‘rganishni va monitoring olib borishni tashkil etish maqsadida komissiyalar, ishchi va ekspert guruhlar tuzish;
ilmiy va ekspertlik ishlarini amalga oshirish, maslahat berish, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun olimlarni, Vazirliklar, ma’muriy, ta’lim tashkilotlari va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish, shuningdek, Vazirlik tizimiga kiruvchi ta’lim tashkilotlarida dars berish va mahorat darslari o‘tkazish uchun xorijiy sport mutaxassislarini taklif etish;
ommaviy-sport va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
idoraviy mansub sport tashkilotlari uchun zarur sport uskunalari, inventar, sport formasi va boshqa zarur jihozlarni xarid qilish;
chempionatlar, kuboklar, turnirlar, shuningdek, ommaviy musobaqalarning g‘olib va sovrindorlarini mukofotlash uchun zarur miqdorda medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni xarid qilish;
sportchilar, trenerlar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarni mukofotlash, ularga sport unvonlari va malaka toifalarini berish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
sport, sport-sog‘lomlashtirish va ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport vakillarining, jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarda o‘tkaziladigan turli tanlovlar, sport bellashuvlari va boshqa tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rishi va ishtirokini moliyalashtirish huquqiga ega.
Vazirlikning markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
21. Vazirlikning markaziy apparati:
Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari. shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Vazirlik faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash bo‘yicha Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalarining ishini tashkil etish;
Vazirlik tomonidan ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning tayyorlanishi sifati uchun;
jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar tarkibiy va hududiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi.
3-§. Vazirlikning Komplayens nazorat va ichki audit xizmatining maqomi, huquqlari va javobgarligi
22. Vazirlikning Komplayens nazorati va ichki audit xizmatining (keyingi o‘rinlarda — Xizmat) maqomi:
1) Xizmat Vazirlikning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, ichki nazorat tizimini doimiy monitoring qiluvchi qism hisoblanadi hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazirga bo‘ysunadi va uning oldida hisobot beradi;
2) Xizmat komplayens nazorat, ichki audit va qisqa muddatli monitoringlarni o‘tkazish, shuningdek, o‘tkazilgan ichki audit va qisqa muddatli monitoring natijalari to‘g‘risida hisobotlar tayyorlashda mustaqildir;
3) Xizmat Vazirlikning barcha ichki hujjatlari talablariga rioya etadi (vakolati doirasiga kirmaydigan hujjat talablari bundan mustasno).
23. Xizmat o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tizimdagi korxona, tashkilot va muassasa mansabdor shaxslaridan ichki audit obyekti ro‘yxatini shakllantirish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha hujjatlarni (oldingi o‘tkazilgan tekshirish yoki o‘rganish materiallari), ma’lumotlar, maxfiy axborot toifasiga oid ma’lumotlar bundan mustasno, shu jumladan elektron shaklda, og‘zaki va yozma tushuntirishlarni talab qilib olish;
o‘z vakolati doirasida nazorat obyektining mansabdor va javobgar shaxslaridan nazoratni o‘tkazishda yuzaga keladigan savollar bo‘yicha tushuntirishlar hamda nazorat natijalari bo‘yicha hujjatlarni imzolashni talab qilish;
tizimdagi korxona, tashkilot va muassasalarning moliyaviy xarajatlarini rejalashtirish, mablag‘lardan samarali foydalanish, shuningdek, sohaga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlik rahbariyatiga taqdim qilish.
24. Xizmat:
komplayens nazorat, ichki audit va nazorat tadbirlarini qonunchilik hujjatlariga va mazkur Nizom talablariga mos ravishda o‘tkazish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonunchilik hujjatlarini qo‘llashda qonuniylikni ta’minlash va ularga rioya qilinishi bo‘yicha tadbirlarning o‘tkazilishi yuzasidan tekshirishlar va o‘rganishlar o‘tkazish;
o‘tkazilgan tekshirish va o‘rganishlar natijalari bo‘yicha aniqlangan, tizimli ravishda yo‘l qo‘yilayotgan qoidabuzarlik va kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda bunday holatlarga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish yuzasidan takliflar kiritish;
o‘tkazilgan tekshirish (taftish) va o‘rganishlar natijalari bo‘yicha aniqlangan davlat budjetiga yetkazilgan moddiy zararni qaytarish choralarini ko‘rish;
Xizmat xodimlarini o‘qitish va qayta tayyorlash rejasini ishlab chiqish va Vazirlik rahbariyatiga tasdiqlash uchun kiritish hamda ularning ijro etilishini ta’minlash;
davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishda vakolatli idoralar tomonidan kiritilgan taqdimnomalarning bajarilishi monitoringini amalga oshirish;
nazorat tadbirlarini o‘tkazish vaqtida so‘ralgan hujjatlar va materiallarni nazorat obyekti mansabdor shaxslari tomonidan taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik holatlari bo‘yicha dalolatnoma tuzish;
nazorat obyekti mansabdor va mas’ul shaxslarining tushuntirish berish va nazorat natijalari bo‘yicha rasmiylashtiriladigan hujjatlarni imzolashdan bosh tortganliklari to‘g‘risida dalolatnomani tuzish;
nazorat tadbirlari natijalariga doir hujjatlarda bayon etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi, xolisligi va to‘liqligini ta’minlash;
tegishli hujjatlarga asoslangan holda o‘tkazilgan monitoring, tahlil va o‘rganish natijalarini rasmiylashtirish;
taqdim etilgan yoki Xizmat vazifalarini bajarish munosabati bilan ularga ma’lum bo‘lgan sirlarni tashkil etadigan axborotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini ta’minlash;
aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan maqsadsiz va noqonuniy xarajatlarni, mablag‘lar va tovar-moddiy boyliklar kamomadini undirish, javobgarlikka tortish bo‘yicha nazorat obyekti rahbariyatiga tegishli taklif va taqdimnomalar kiritish;
nazorat materiallarini Vazirlikning ma’lumotlar bazasida umumlashtirish;
nazorat tadbirlari natijasida nazorat obyekti mansabdor shaxslarining harakatlarida jinoyat belgilari aniqlangan taqdirda, Vazirlik rahbariyatiga axborot berish va belgilangan tartibda chora ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritish;
nazorat tadbirlari natijasida nazorat obyekti mansabdor shaxslarining harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda, materiallarni Vazirlik rahbariyati orqali ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortish vakolatiga ega bo‘lgan organlarga berish;
korrupsiyaning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha majburiyatlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq o‘z vaqtida va to‘liq bajarish;
manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘ladigan holatlar bo‘yicha Vazirlik rahbariyatiga xabar berish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga qat’i rioya qilish;
Xizmat tomonidan vazifa va funksiyalar bajarilishida korrupsiya holatlarining oldini olish bo‘yicha tegishli choralarni, shu jumladan, manfaatlar to‘qnashuvini hal etish choralarini ko‘rish;
Vazirlikning tarkibiy tuzilmalari va hududiy boshqarmalarida Xizmat tomonidan o‘tkaziladigan tekshirish (taftish) va o‘rganishlar davrida xato va kamchiliklarni haqqoniy, to‘g‘ri va xolisona tarzda aniqlash, aniqlangan holatlar yuzasidan ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda Vazirlik rahbariyatiga taqdim etish;
ish yuritishni belgilangan tartibda olib borish, tekshirish (taftish) va o‘rganish bo‘yicha to‘plangan hujjatlarning nusxasini qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda saqlash hamda hisobini yuritish.
Xizmat o‘tkazilgan o‘rganish va tekshiruvlardan so‘ng nazorat organlari tomonidan aniqlangan xato-kamchiliklar uchun shaxsan mas’ul va javobgar hisoblanadi.
4-§. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
(4-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
25. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari ularga yuklangan quyidagi vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
boshqaruv organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hududiy bo‘linmalaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni davlat boshqaruv organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun kiritish;
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tuman (shahar) bo‘limlaridan hujjatlar, statistika axboroti, hisobotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotlarni so‘rash va olish;
jismoniy tarbiya va sportni hamda sport infratuzilmasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish doirasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuborish;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalarida, shu jumladan, hududlarni rivojlantirish bo‘yicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirish masalalarida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining xarajatlar smetalarini ko‘rib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun olimlarni, Vazirliklar, ma’muriy, ta’lim va boshqa tashkilotlar yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish, shuningdek, Vazirlik bilan kelishgan holda, idoraviy mansub ta’lim tashkilotlarida dars berish va mahorat darslari o‘tkazish uchun xorijiy sport mutaxassislarini taklif etish;
ommaviy-sport va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari o‘tkazilishini belgilangan tartibda tashkil etish;
tumanlar (shaharlar) miqyosidagi chempionatlar, kuboklar, turnirlar, shuningdek, ommaviy musobaqalarning g‘olib va sovrindorlarini mukofotlash uchun medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni xarid qilish;
o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
hududdagi sportchilar, trenerlar va jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarni mukofotlash, shuningdek, ularga sport unvonlari va malaka toifalarini berish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
sport, sport-sog‘lomlashtirish va ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini, shuningdek, hududning jismoniy tarbiya va sport vakillarining, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan turli tanlovlar, sport musobaqalari va boshqa tadbirlarga tayyorlashni va ishtirok etishni moliyalashtirish;
festivallar, tanlovlar, ommaviy-sport va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari, sport musobaqalarining g‘olib va sovrindorlari, shuningdek, boshqa mutaxassislarni esdalik medallari, diplomlar, kuboklar va qimmatli sovrinlar bilan mukofotlash bo‘yicha Vazirlikka takliflar kiritish;
hududda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni hamkorlikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan belgilangan tartibda hamkorlik qilish;
jismoniy tarbiya va sport sohasini targ‘ib qiluvchi reklama va targ‘ibot mahsulotlarini (hududda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirishga qaratilgan reklama tusidagi audio va video materiallar, risolalar, xaritalar va boshqa reklama materiallarini) tayyorlashga buyurtma berish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida ishlash uchun yetakchi xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosda jalb qilish;
hududning jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari va vakillarini davlat mukofotlariga taqdim etish to‘g‘risida Vazirlikka takliflar kiritish huquqiga ega.
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
26. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari:
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlikning tumanlar (shaharlar)dagi hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi ta’minlanishi;
Vazirlikka kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarning sifati;
tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir takliflar tayyorlanishi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;
hududdagi davlat mulki bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi;
hududda sport tadbirlari, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etilishi uchun javob beradi.
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa javobgarlikka ham ega bo‘lishi mumkin.
5-§. Tumanlar (shaharlar) sport bo‘limlarining huquqlari va javobgarligi
(5-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
27. Tumanlar (shaharlar) sport bo‘limlari ularga yuklangan quyidagi vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun:
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tuman (shahar) bo‘linmalaridan o‘z vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritish;
(27-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tuman (shahar)ning sport maktablari va maktab-internatlaridan hujjatlar, statistika axboroti, hisobotlar, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa axborotlarni so‘rash va olish;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish doirasida yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni vazirliklar va idoralarning tuman (shahar) hududiy bo‘linmalari, tuman (shahar) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuborish;
tumanda (shaharda) jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha ishlar va loyihalarni moliyalashtirishga oid davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining xarajatlar smetalarini ko‘rib chiqish va kelishishda ishtirok etish;
jismoniy tarbiya va sport sohasidagi dolzarb masalalarni ishlab chiqish uchun olimlarni, ta’lim tashkilotlarining yuqori malakali mutaxassislarini taklif etish, bolalar-o‘smirlar sport maktablarida mahorat darslari o‘tkazish uchun sport mutaxassislarini taklif etish;
tumanda (shaharda) ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilishini tashkil etish;
tuman (shahar) chempionatlari, kuboklari, turnirlarini, shuningdek, tumanda (shaharda) sport-ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda g‘olib va sovrindorlarni, nominantlarni mukofotlash uchun zarur miqdorda medallar, diplomlar, kuboklar va sovrinlarni xarid qilish;
o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan tumanda (shaharda) o‘tkaziladigan shu kabi tadbirlarda ishtirok etish;
alohida fidokorlik, mehnatsevarlikni namoyon qilgan, o‘zining professional faoliyatida yuksak natijalarga erishgan tuman (shahar) jismoniy tarbiya va sport namoyandalari va xodimlarining nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish bo‘yicha takliflarni kiritish.
Tumanlar (shaharlar) sport bo‘limlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(27-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalariga kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarning, shuningdek, o‘zlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati;
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
mahallalarda, ovul va guzarlarda sportni rivojlantirish bo‘yicha aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalariga takliflar tayyorlanishi;
(28-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
tumanlarda (shaharlarda) jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlar samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;
tuman (shahar)dagi davlat mulki bo‘lgan jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi;
tumanda (shaharda) sport tadbirlari, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etilishi uchun javob beradi.
Tumanlar (shaharlar) sport bo‘limlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa javobgarlikka ham ega bo‘lishi mumkin.
(28-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
5-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
29. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish;
yakka boshchilik tamoyiliga asoslangan holda Vazirlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada takomillashtirish bo‘yicha tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Vazirlik va uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Vazirlik faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, tegishli Vazirliklar va idoralar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati yig‘ilishlarida masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikaning Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlik va o‘z o‘rinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash;
Vazirlik xodimlarini tizimli qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
faoliyat sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli ishlab chiqilishini, ular “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda o‘z vaqtida kiritilishini tashkil etish, ularning Vazirlar Mahkamasi apparatida puxta ishlanishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ko‘rib chiqilishida ishtirok etish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni, zarurat bo‘lganda, boshqa Vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qilish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari to‘liq va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish;
Vazirlik rahbarlari va xodimlari xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
o‘z o‘rinbosarlari hamda tarkibiy va hududiy bo‘linmalar rahbarlari faoliyati samaradorligini va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Vazirlik xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishining maqsadga muvofiqligiga doir masalalarni ko‘rib chiqish to‘g‘risida takliflar kiritish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga doir tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini ta’minlashni nazorat qilish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
Vazirlik hamda uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari ishini tashkil etishning zamonaviy shakllari joriy etilishini ta’minlash;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qilishda, shu jumladan, “yagona darcha” prinsipini joriy etish orqali davlat xizmatlari sifati va samaradorligini hamda ulardan erkin foydalanishni oshirish hamda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik xodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
Vazirlik markaziy apparati shtat jadvalini xodimlarning tasdiqlangan shtat birliklarining belgilangan soni asosida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan markaziy apparat va idoraviy mansub tashkilotlarning xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari nizomlarini, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
markaziy apparat xodimlarini, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini, shuningdek, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vazirini lavozimiga tayinlash va lavozimdan ozod etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi bilan kelishish;
(29-bandning o‘ttizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlik hay’atiga va markaziy apparat yig‘ilishlariga rahbarlik qilish;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi va sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) bilan hamkorlikda O‘zbekiston sportchilarining Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishi va ishtirok etishi bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosini ta’minlash;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda, respublikada professional sportni rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha muntazam choralar ko‘rilishini ta’minlash, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va qit’a musobaqalarini tashkil etish, nosog‘lom sport raqobatiga va taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullarga qarshi kurashish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish;
sport bazalari va sport-sog‘lomlashtirish tashkilotlarini rivojlantirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mahalliy korxonalar tomonidan sport asbob-uskunalari va inventarlar ishlab chiqarilishi kengaytirilishini tashkil etish bo‘yicha manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
iste’dodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash chora-tadbirlari qabul qilinishini ta’minlash, ularning mahoratini oshirish va seleksiyaning uzluksiz tizimini takomillashtirish, ularning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli musobaqalarda, shuningdek, turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash choralarini ko‘rish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklarning ijro etuvchi organlari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash choralarini ko‘rish, qayta tayyorlash va ularning malaka oshirishni tashkil etish, ta’lim va sport muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa mutaxassislar bilan ta’minlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari va mutaxassislarini ularning ko‘p yillik va samarali faoliyati, alohida o‘rnak ko‘rsatganligi, xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlariga taqdimnomalar belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlash va tavsiyalar berish;
O‘zbekiston sport delegatsiyalarining xalqaro sport musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirokini ta’minlash;
berilgan sport unvonlarini, razryadlar va malaka toifalarini tasdiqlash;
Vazirlar Mahkamasiga vazir maslahatchisini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish uchun taqdimnoma kiritish;
jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro tadbirlarda vakillarning O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirokini ta’minlash.
Vazir qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalarga ham ega bo‘lishi mumkin.
30. Quyidagilar vazir birinchi o‘rinbosarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Vazir vaqtincha bo‘lmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
davlat boshqaruvi organi faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan davlat boshqaruvi organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash choralarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ular bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ular keyinchalik Vazirlik rahbari tomonidan ko‘rib chiqilishi, imzolanishi (viza qo‘yilishi) uchun viza qo‘yish, ularning Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirlik rahbari topshirig‘iga binoan ishtirok etish;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar faoliyati sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar ko‘rish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Vazirga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-mart 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalariga asosan tasdiqlangan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan rioya etilishini ta’minlash;
huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) faoliyati monitoringini olib borish va rivojlantirish;
Vazirlikning Xalqaro va respublika darajalaridagi sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarning kalendar rejasini shakllantirishda ishtirok etish, uni manfaatdor tashkilotlar va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirish;
sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislarning kuch-quvvati sarflarini qoplash va jismoniy resurslarini tiklash uchun maqsadli pul mablag‘lari bilan ta’minlash Respublika komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qilish;
respublikada jismoniy tarbiya va sport sohasi rivojlantirilishini monitoringini olib borish, respublikada jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha har yillik prognozlarni shakllantirish;
O‘zbekiston sportchilarini Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga tayyorlash bo‘yicha qabul qilingan dasturlari bajarilishini ta’minlash, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi va federatsiyalar (assotsiatsiyalar) bilan hamkorlikda sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida samarali ishtirok etishi chora-tadbirlarini amalga oshirish;
iste’dodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishda, Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon, Osiyo va Paraosiyo chempionatlarida va boshqa xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash, sport zaxiralari va terma jamoalar tarkibini shakllantirish;
mamlakatda professional sportni rivojlantirishni rag‘batlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy texnologiyalarni sport tayyorgarligi jarayoniga joriy etish, sport turlari bo‘yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosog‘lom sportda nosog‘lom hodisalarga va taqiqlangan substansiyalar va (yoki) taqiqlangan usullardan foydalanishga qarshi kurashish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash;
O‘zbekiston sport terma jamoalari va ularning sport zaxirasi tarkibini shakllantirish, O‘zbekiston sport delegatsiyalarini butlash, ularni xalqaro sport musobaqalariga va jismoniy tarbiya sohasidagi ommaviy tadbirlarga tayyorlashni va ishtirok etishini ta’minlash;
sport sohasidagi xalqaro aloqalarni amalga oshirish va rivojlantirish, xalqaro sport tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash;
yuqori malakali sportchilar va sport zaxirasini tayyorlash, oliy sport mahorati maktablarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
sport hakamlariga malaka toifalari berish bo‘yicha Malaka komissiyaga rahbarlik qilish;
sportchilarga respublika sport unvonlari va toifalar berish bo‘yicha Malaka komissiyasiga rahbarlik qilish;
trener-o‘qituvchilar va instruktor-metodistlarga malaka toifalari berish bo‘yicha Malaka komissiyasiga rahbarlik qilish;
jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro, respublika va milliy sport tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlashni ta’minlash.
31. Quyidagilar Vazir o‘rinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Vazir vaqtincha bo‘lmaganda, tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va ularga bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash;
Vazirlik faoliyatining mutasaddilik qilinadigan yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlangan Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan prognoz ko‘rsatkichlarga erishishni so‘zsiz ta’minlash choralarini ko‘rish, bo‘linmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam eshitish va ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarning choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha Vazirga takliflar taqdim etish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish, mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish va ularni keyinchalik ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish) uchun viza qo‘yish, ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda Vazirning topshirig‘iga binoan ishtirok etish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga to‘liq muvofiq tashkil etish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, Vazirlik hay’ati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
jismoniy tarbiya va sport sohasiga tegishli masalalar bo‘yicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirishga doir amaliy choralar ko‘rish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga kiritish;
mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflarni Vazirga kiritish, funksional vazifalar va yuklangan vazifalar bajarilishi uchun ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etish, mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari va xodimlarining ko‘rsatib o‘tilgan qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirishga doir takliflarni Vazirga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishga doir samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlari o‘z vaqtida va to‘liq ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish.
32. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida muvofiqlashtirish;
prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda tarkibiy va hududiy bo‘linmalar ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Vazirlik rahbarining mutasaddilik qiladigan o‘rinbosarlariga kiritish;
hay’at qarorlari hamda buyruqlar, Vazir va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarning ish rejalari ishlab chiqilishini ta’minlash, ularni tasdiqlash uchun kiritish, ularda ko‘rsatilgan vazifalar va tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish, Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
tarkibiy bo‘linmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Vazirlik rahbariyatiga takliflar taqdim etish, professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasb malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari tarkibiy bo‘linmalar tomonidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida tayyorlangan hujjatlar loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqish, imzolash (viza qo‘yish) uchun ko‘rib chiqish va viza qo‘yish, ularning Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti talablariga qat’iy muvofiq ravishda Vazirlar Mahkamasiga o‘z vaqtida kiritilishini ta’minlash, Vazirlik rahbariyatining topshirig‘i bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasi apparatida ishlab chiqishda ishtirok etish;
Vazirlikka taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini to‘liq va har tomonlama ko‘rib chiqish;
xizmat safarlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risida“ 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida bo‘lishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish, xizmat safarlari asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;
tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy bo‘linmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomda belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
xalqaro hamda respublika miqyosidagi sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha Sport vazirligining har yili tasdiqlanadigan sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarining respublika kalendar rejasini shakllantirishda ishtirok etish;
(32-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
tarkibiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatini tasdiqlangan lavozim majburiyatlariga muvofiq tashkil qilish;
boshqarmalar vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Vazirlik rahbariyatiga tahliliy materiallar tayyorlash;
Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini o‘rganishni tashkil etish va ularga amaliy ko‘maklashish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
33. Quyidagilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazorat qilish, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari va Vazirlikning buyruqlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
(33-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
hududiy bo‘linmalar faoliyati bilan bog‘liq prognoz ko‘rsatkichlariga erishishni so‘zsiz ta’minlash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, buyruqlari, Vazir va uning o‘rinbosarlarining topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
jismoniy tarbiya va sport sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
o‘z o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilash, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy bo‘linmalarning boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Vazirlik hududiy bo‘linmalari faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi darajasini belgilash;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va o‘z o‘rinbosarlarining choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalarida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy bo‘linmalarning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Vazirlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan bo‘sh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, hududiy bo‘linmalarga ishga qabul qilinayotgan boshqa kadrlarning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash;
hududiy bo‘linmalar xodimlarini, o‘z o‘rinbosarlarini rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, shu jumladan, ular egallab turgan lavozimda qolishi maqsadga muvofiqligi doir masalalarni ko‘rib chiqish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hududiy bo‘linmalar xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini ta’minlash;
huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali hududiy bo‘linmalar tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda hududiy bo‘linmalar tomonidan ushbu ko‘rsatkichlarga so‘zsiz erishishni ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha takliflarni Vazirlikka kiritish;
hududiy bo‘linmalar xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli ravishda tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, ularning yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
hududiy bo‘linmalar faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, shuningdek, davlat xizmatlari samaradorligi, sifati va ulardan erkin foydalanishni oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlikka kiritish;
Vazirlikning tumanlar (shaharlar) bo‘linmalari va hududiy bo‘linmalar tarkibiga kiradigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan muddatlarda va tartibda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan tushgan barcha murojaatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli ko‘rib chiqish;
hududiy bo‘linmalar xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash to‘g‘risida qaror qabul qilish, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlikka kiritish;
davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.
34. Quyidagilar tumanlar (shaharlar) sport bo‘limlari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari talablariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya qilish;
tuman (shahar) bo‘linmasiga rahbarlik qilish;
faoliyatning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha xodimlar o‘rtasida funksional vazifalarni taqsimlash va ularning javobgarlik darajasini belgilash;
sport tashkilotlari va muassasalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;
Vazirlik hay’ati qarorlari, Vazir va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari rahbarlarining buyruqlari va topshiriqlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;
(34-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
jismoniy tarbiya va sport sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qilish;
tumanlar (shaharlar) sport bo‘limida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari rahbarlariga, ularning o‘rinbosarlariga takliflar kiritish, ularning professional, o‘z ishini bilishi, amaliy tajribaga, yuksak darajada ishlash xususiyatlariga va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega ekanligi kafolatini ta’minlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini ko‘rish, tuman (shahar) sport bo‘limida kadrlar zaxirasini shakllantirish;
(34-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlik xodimlarining Odob-axloq qoidalari talablariga rioya qilishini, tumanlar (shaharlar) sport bo‘limlari xodimlarining ushbu qoidalarga rioya etishini ta’minlash;
(34-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
huquqni qo‘llash amaliyotini va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali tumanlar (shaharlar) sport bo‘limlarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, ularning sodir etilishiga ko‘maklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
(34-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
tumanlar (shaharlar) sport bo‘limlari xodimlari lavozim maoshiga mukofotlar, ustamalar to‘lash, ularga moddiy yordam berish, ularni taqdirlash, rag‘batlantirish va ularga intizomiy chora qo‘llash, ularni davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash to‘g‘risida takliflar kiritish;
(34-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning himoya qilinishini ta’minlash.
6-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi
35. Vazir:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 26-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
36. Vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari:
Vazirlikning mutasaddilik qilinadigan tarkibiy bo‘linmalarida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning tegishli ravishda 27 va 28-bandlarida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
37. Markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari;
tegishli tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan Vazirlik markaziy apparatining javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 29-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
38. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari rahbarlari:
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
hududiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi;
ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan hududiy bo‘linmalarning javobgarlik sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 30-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
39. Tumanlar (shaharlar)dagi sport bo‘limlari rahbarlari:
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
tuman (shahar) sport bo‘linmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi;
(39-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
ushbu Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan Vazirlikning tuman (shahar) bo‘linmalari javobgarligi sohalari bo‘yicha;
ushbu Nizomning 31-bandida ko‘rsatilgan o‘z funksional vazifalari sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Vazirlik rahbariyati
40. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullagandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Vazir rahbarlik qiladi.
Vazir o‘z maqomiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasining a’zosi hisoblanadi.
41. Vazirning uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
42. Vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
43. Vazir bo‘lmagan vaqtda, uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi.
44. Quyidagilar:
Vazirning maslahatchisi (xorijiy maslahatchilar hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchidan tashqari) vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri Vazir bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan;
(44-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari boshliqlari — viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda Vazir tomonidan;
(44-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(44-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorat maktablari direktorlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari hamda bolalar-o‘smirlar sport maktablari direktorlari Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
tumanlar (shaharlar) sport bo‘limlari boshliqlari Vazirlik bilan kelishilgan holda tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
(44-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
45. Sport vazirining maslahatchisi (xorijiy maslahatchilardan tashqari) maqomi, mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shart-sharoitlariga ko‘ra sport vazirining o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
46. Vazir Vazirlik tizimiga kiradigan idoraviy mansub tashkilotlarning rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi.
47. Vazir Vazirlik markaziy apparatining boshqarmalari va bo‘limlari, hududiy bo‘linmalar to‘g‘risidagi nizomni, idoraviy mansub tashkilotlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibi
48. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining Vazirlik hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.
49. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik qilgan holda:
topshiriqlarni hududiy bo‘linmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalariga va idoraviy mansub tashkilotlariga tarkibiy bo‘linmalarning bevosita faoliyati masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini tekshiradi va o‘rganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobot va axborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar o‘rganilishini tashkil etadi;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir choralar ko‘radi;
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda Vazirlikning hududiy organlari va idoraviy mansub tashkilotlari ishtirokini tashkil etadi, jismoniy tarbiya va sport sohasida qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha ulardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqadi.
50. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Vazirlik rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida axborot beradi;
faoliyatning belgilangan sohasida qonunchilik hujjatlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat natijalari to‘g‘risida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va o‘rganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari to‘g‘risida ma’lumot beradi;
o‘z faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Vazirlikning markaziy apparatiga taqdim etadi;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, aholining mavjud dolzarb muammolarini bartaraf etish yuzasidan Vazirlikning markaziy apparatiga takliflar kiritadi;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan o‘zaro hamkorlik natijalari to‘g‘risida axborot beradi;
vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan o‘z faoliyatini tekshirish natijalari to‘g‘risida xabar beradi.
51. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va uning hududiy bo‘linmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazirning topshirig‘iga binoan uning tegishli o‘rinbosari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar ko‘rsatib o‘tilgan ko‘rib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, bu boradagi qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Vazirlikning davlat boshqaruvining boshqa organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi
52. Vazirlik o‘z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvining boshqa organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
53. Vazirlikning hududiy bo‘linmalari o‘z vakolatlari doirasida boshqa davlat boshqaruvining boshqa organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy bo‘linmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy bo‘linmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda sektorlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik qiladi.
54. Vazirlik Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari kotibiyatiga biriktirilgan tashkilotlar ro‘yxatiga kiradi va (yoki) uning faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari tomonidan mutasaddilik qilinadi.
4-§. Vazirlik hay’ati
55. Vazirlikda Vazir (Hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari, maslahatchilari (shuningdek, xorijiy maslahatchilar lavozimi bo‘yicha), shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari hamda Vazirlik tizimiga kiruvchi tashkilotlar rahbarlaridan iborat tarkibda Hay’at tuziladi.
Hay’at tarkibining soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
56. Hay’at:
Vazirlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
qonunchilik hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rgan holda, hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etadi;
Vazirlik faoliyati sohasidagi hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam ko‘rib chiqadi;
joylarda Vazirlik faoliyatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinishini ta’minlagan holda, Hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli qarorlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;
Vazirlik markaziy apparatiga va uning tizimiga kiradigan lavozimlar nomenklaturasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Vazirlik markaziy apparati nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshiradi.
Hay’at Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqishga haqli.
57. Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
58. Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
59. Vazir va Hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, Hay’at a’zolari ham Vazirlar Mahkamasiga o‘z fikrini ma’lum qilishi mumkin.
60. Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
8-bob. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
61. Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
62. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligiga berilgan baholar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalari va (yoki) Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
63. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoni.
9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va uning moddiy-texnik ta’minlash, xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish
64. Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 15-bobi (Mehnatga haq to‘lash), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi PF-5924-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi
65. Vazirlik markaziy apparatiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan tartibda biriktirilgan avtotransport vositasi limiti ajratilishi nazarda tutiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalariga 1 ta shaxsiy biriktirilgan va 1 ta navbatchi xizmat avtotransport vositasi limiti ajratilishi nazarda tutiladi.
(65-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
66. Vazirlik xodimlarining ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofot pullari, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va rag‘batlantirish to‘lovlaridan tashkil topadi.
67. Mehnatga haq to‘lash fondi, Vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar Vazirlik xodimlarining ish haqlarini to‘lash va moddiy rag‘batlantirish manbai hisoblanadi.
68. Vazirlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalari xodimlarini qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1) Vazirlik markaziy apparati xodimlariga Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda uning hududiy bo‘linmalari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda ko‘p yillik mehnati uchun har oylik ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
20 yildan yuqori — 1,5.
Bunda ko‘p yillik mehnati uchun har oylik ustama to‘lovlari koeffitsiyentini hisoblashda, Vazirlik markaziy apparati hamda uning hududiy bo‘linmalari xodimlarining mulkchilik shaklidan qat’i nazar (yakka tadbirkor va o‘zini o‘zi band qilib ishlagan davridan tashqari), barcha tashkilotlardagi rasmiy mehnat faoliyati davri hisobga olinadi.
2) Vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan:
a) Sport vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari, shuningdek, uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirishga, Vazirlikni saqlash xarajatlari, xizmat safarlari xarajatlari, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, sohani raqamlashtirish, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish va sportni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tadbirlarga;
(68-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
b) tashabbuskorlik va mehnat natijalari bo‘yicha har oyda shaxsiy ustama to‘lovlari lavozim maoshining (ustama va rag‘batlantirish koeffitsiyenti hamda ko‘p yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) — ikki yuz ellik foizigacha bo‘lgan miqdorda;
v) xizmat vazifalarini sidqidildan bajarganligi, ijro intizomiga rioya etilganligi, o‘z xizmat faoliyati samaradorligini oshirish motivatsiyasi va xizmat vazifalarini samarali bajarish tizimini joriy etganligi hamda moddiy javobgarligi yuqori bo‘lgan xodimlarga har chorakda lavozim maoshining (ustama va rag‘batlantirish koeffitsiyenti hamda ko‘p yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) — ikki yuz foizigacha bo‘lgan miqdorda.
g) Vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari alohida muvaffaqiyatlarga erishganligi va muhim topshiriqlarni bajarganligi uchun chorak yakunlari bo‘yicha lavozim maoshining (ustama va rag‘batlantirish koeffitsiyenti hamda ko‘p yillik ishlaganlik uchun ustamani hisobga olgan holda) ikki yuz foizigacha miqdorda mukofotlanadi.
d) jamoa shartnomasiga muvofiq mehnat natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan kompensatsiya to‘lovlari va bir yo‘la beriladigan mukofotlarga yo‘naltiriladi.
Mazkur bandda nazarda tutilgan ustamalar xodim ishga kirgan oyning keyingi oyidan boshlab qo‘llaniladi.
Ustama va rag‘batlantirish choralari joriy qilinadigan xodimlar toifasi, tartibi va ularga beriladigan ustama va rag‘batlantirish miqdori Vazir tomonidan belgilanadi.
Bundan tashqari, Vazir tomonidan maxsus va shaxsiy ustamalar belgilanishi mumkin va ularning miqdori Vazir tomonidan belgilanadi.
Vazirlik huzuridagi budjetdan tashqari Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan xodimlarga qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa to‘lovlar ham to‘lanishi mumkin.
Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan to‘lovlar Jamg‘arma moliyaviy holatidan kelib chiqib to‘lanadi.
69. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari faoliyati (shu jumladan, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjeti, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tumanlar (shaharlar) hokimliklari xodimlari uchun belgilangan tartibda ta’minlanadi va moliyalashtiriladi.
(69-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hududiy bosh boshqarmalar rahbarlari (xodimlari) hamda Vazirlikning tuman (shahar)lar bo‘limlari rahbarlari (xodimlari) uchun daromadlar prognozining oshirib bajarilgan mablag‘lardan va budjetning orttirib bajarilgan qismi hisobidan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish turlarini (ustama haq, qo‘shimcha haq, mukofotlar va ish haqiga boshqa to‘lovlar) belgilash huquqiga ega.
70. Vazirlikning markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar xodimlari mehnatiga haq to‘lash razryadlari ushbu Nizomga 1, 1a va 1b-ilovalarga muvofiq belgilandi.
10-bob. Vazirlikning Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hisobot berishi
71. Vazir Vazirlikning faoliyati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo‘linmalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda hisobot beradi.
72. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Vazirlik rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ularning faoliyati bo‘yicha muntazam monitoring olib boradi, Vazirlik faoliyatining samaradorligiga xolisona baho beradi.
73. Monitoring va baholash yakunlari bo‘yicha Vazirlikning alohida o‘rnak ko‘rsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari rag‘batlantiriladi yoxud yo‘l qo‘yilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
74. Vazirlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi markaziy apparati xodimlari mehnatiga haq to‘lash
RAZRYADLARI
Lavozimlar nomi
Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlar
Vazir
19
Vazirning birinchi o‘rinbosari
18
Vazir o‘rinbosari, maslahatchisi
17
Boshqarma boshlig‘i
16
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari
16
Bo‘lim boshlig‘i, xizmat boshlig‘i, vazir yordamchisi
14
Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, devonxona mudiri
13
Bosh mutaxassis
12
Yetakchi mutaxassis
11
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomga 1a-ILOVA
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash
RAZRYADLARI
Lavozimlar nomi
Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlar hududlarning toifasi asosida shakllantiriladi:
Toifadan tashqari
I toifa
II toifa
III toifa
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar sport bosh boshqarmalari boshlig‘i
19
18
17
16
Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari
16
15
14
13
Bo‘lim boshlig‘i, bosh hisobchi
14
13
12
11
Bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari
14
13
12
11
Bosh mutaxassis, yuriskonsult
12
11
10
9
Yetakchi mutaxassis
11
10
9
8
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomga 1b-ILOVA
Tuman (shahar) sport bo‘limlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash
RAZRYADLARI
Lavozimlar nomi
Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryadlar hududlarning toifasi asosida shakllantiriladi:
I toifa
II toifa
Bo‘lim boshlig‘i
12
11
Bosh mutaxassis
9
8
Yetakchi mutaxassis
8
7
(1b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Apellyatsiya bo‘yicha komissiya to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi huzuridagi Apellyatsiya bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda — Apellyatsiya bo‘yicha komissiya) tomonidan ko‘rib chiqiladigan masalalar turlari, Apellyatsiya bo‘yicha komissiyaning maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya Milliy antidoping agentligining milliy antidoping qoidalariga muvofiq shikoyat qilish huquqiga ega shaxslar tomonidan milliy antidoping qoidalariga muvofiq shikoyat qilinishi mumkin bo‘lgan har qanday qarorlar, shuningdek, bu bilan cheklanmagan holda, sportda antidoping qoidabuzarliklari hamda Milliy antidoping agentligi huzuridagi Axloq va Terapevtik istisnolar bo‘yicha komissiyalar qarorlari yuzasidan kiritilgan apellyatsiya va arizalarni ko‘rib chiqadi.
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya a’zolari o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
3. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya Butunjahon antidoping kodeksida nazarda tutilgan tartibda operatsion va institutsional jihatdan mustaqil bo‘lishi shart hamda qarorlar qabul qilishda va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda O‘zbekiston Respublikasining shu sohaga doir xalqaro shartnomalariga amal qiladi.
4. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya faoliyati qarorlar qabul qilishda teng huquqlilik, xolislik, betaraflik, qonuniylik, kollegiallik prinsiplariga asoslanadi.
2-bob. Apellyatsiya bo‘yicha komissiyaning huquqlari va majburiyatlari
5. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya apellyatsiya yoki arizani ko‘rib chiqishda quyidagi huquqlarga ega:
apellyatsiya yoki ariza bergan shaxslardan, shuningdek, boshqa manfaatdor shaxslardan apellyatsiya yoki arizani ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va ma’lumotlarni so‘rab olish;
qo‘shimcha ekspertiza tayinlash, uni o‘tkazish uchun mustaqil ekspert va maslahatchilarni jalb etish;
zarurat bo‘lganda, apellyatsiya yoki arizalarni ko‘rib chiqishda qatnashish uchun davlat organlari, ilmiy va ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlardan mutaxassislar va ekspertlarni taklif qilish.
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya apellyatsiya yoki arizani ko‘rib chiqishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
6. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya apellyatsiya yoki arizani ko‘rib chiqish jarayonida quyidagilarga majbur:
apellyatsiya yoki arizani ko‘rib chiqish jarayonida Butunjahon antidoping kodeksi, Natijalarni boshqarish bo‘yicha xalqaro standart, qonunchilik hujjatlari, Milliy antidoping agentligining milliy antidoping qoidalari va mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya qilish;
sportchilarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishga, ularning shaxsiy hayotiga aralashuvga yo‘l qo‘ymasligi;
apellyatsiya yoki arizani ko‘rib chiqish yuzasidan qabul qilingan qarorlar haqqoniyligini va asoslanganligini ta’minlash;
davlat organi va uning mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;
davlat organi va uning mansabdor shaxslari faoliyat ko‘rsatishi uchun to‘sqinlik qilmasligi;
apellyatsiya yoki arizani ko‘rib chiqish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan bo‘lsa, sir saqlanishiga rioya qilishi.
Apellyatsiya bo‘yicha komissiyaga apellyatsiya yoki arizani ko‘rib chiqishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
3-bob. Apellyatsiya bo‘yicha komissiyaning faoliyatini tashkil etish tartibi
7. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya 5 kishidan kam bo‘lmagan toq sondagi (komissiya raisi, komissiya raisi o‘rinbosari, kotibi va a’zolari) tarkibda O‘zbekiston Respublikasi sport vazirining buyrug‘i bilan tuziladi.
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya tarkibiga davlat organlari va boshqa tashkilotlarning malakali xodimlari, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida katta amaliy tajribaga yoki ilmiy salohiyatga ega mustaqil olim va ekspertlar kiritiladi.
8. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya faoliyati apellyatsiya yoki ariza kelib tushganda majlislar o‘tkazish yo‘li bilan tashkil etiladi.
Bunda majlislar zaruriyatga ko‘ra, Apellyatsiya bo‘yicha komissiya raisi tomonidan, u bo‘lmagan taqdirda esa uning o‘rinbosari tomonidan chaqiriladi.
9. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya majlislari, agar ularning ishida komissiya a’zolarining umumiy sonining yarmi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
10. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya majlisida bayonnoma yuritiladi, uni Apellyatsiya bo‘yicha komissiya raisi imzolaydi. Majlisda Komissiya raisi ishtirok etmagan taqdirda, bayonnoma majlisga raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
11. Quyidagi holatlarda Apellyatsiya bo‘yicha komissiyaning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va a’zolari uning tarkibidan chiqarilishi mumkin:
ular tomonidan Apellyatsiya bo‘yicha komissiya tarkibidan chiqish to‘g‘risida ariza berilganda;
asosiy ish joyi bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinganda;
Apellyatsiya bo‘yicha komissiyaning majlislarida muntazam ravishda ishtirok etmaganda;
mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
ularga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
ular tomonidan Butunjahon antidoping kodeksi va milliy antidoping qoidalari buzilganida;
ular tomonidan Butunjahon antidoping kodeksida nazarda tutilgan operatsion va institutsional mustaqil bo‘lish talablariga rioya etilmaganda;
sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida ular muomalaga layoqatsiz, bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb topilganda;
vafot etganda.
12. Quyidagi hollarda Apellyatsiya bo‘yicha komissiya a’zosi komissiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan majlisda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya a’zosi ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lsa, shuningdek uning xolisligi va beg‘arazligiga shubha tug‘diradigan boshqa holatlar mavjud bo‘lsa;
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya a’zosi taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi bo‘lsa yoki ishda ishtirok etuvchi biron bir taraf yoki ishda ishtirok etuvchi tarafga aloqador bo‘lgan biron bir tashkilot bilan shaxsiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita munosabatlarga ega bo‘lsa.
13. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya raisi:
Apellyatsiya bo‘yicha komissiyaning majlislarini chaqiradi va unda raislik qiladi;
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya vakolatiga taalluqli masalalarni uning ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarda Apellyatsiya bo‘yicha komissiya nomidan ish ko‘radi;
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya nomidan xulosalarni, majlislar bayonnomalarini va boshqa hujjatlarni imzolaydi;
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya majlislari kun tartibini belgilaydi;
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya tomonidan qabul qilingan xulosalarning ijrosini monitoring qiladi;
yuklangan vazifalarning bajarilishi bo‘yicha Apellyatsiya bo‘yicha komissiya a’zolari ishini muvofiqlashtiradi;
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqa harakatlarni bajaradi.
14. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya ishlari komissiya kotibi tomonidan yuritiladi. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya kotibi:
apellyatsiya va arizalarni qabul qiladi hamda ro‘yxatdan o‘tkazadi;
kun tartibiga muvofiq Apellyatsiya bo‘yicha komissiya majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi;
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya majlisi o‘tkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan shaxslar ro‘yxatini Apellyatsiya bo‘yicha komissiyaning raisi bilan kelishadi;
Apellyatsiya bo‘yicha komissiyaning a’zolarini va taklif etilgan shaxslarni Apellyatsiya bo‘yicha komissiya majlisi o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi;
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha zarur materiallarni tayyorlaydi;
kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan materiallarni Apellyatsiya bo‘yicha komissiya a’zolariga tarqatadi;
manfaatdor shaxslarga ishni ko‘rish natijalari bo‘yicha Apellyatsiya bo‘yicha komissiya qarorlarini yuborish choralarini ko‘radi;
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya hujjatlari but saqlanishini ta’minlaydi.
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya kotibi komissiyaning samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshirishi mumkin.
15. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya kotibi komissiya tomonidan qarorlar qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega emas.
16. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya apellyatsiyani Butunjahon antidoping kodeksi va Natijalarni boshqarish bo‘yicha xalqaro standart asosida ko‘rib chiqadi.
17. Milliy antidoping agentligining milliy antidoping qoidalariga muvofiq shikoyat qilish huquqiga ega jismoniy va yuridik shaxslar nizoli masalani Apellyatsiya bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqish uchun Apellyatsiya bo‘yicha komissiya kotibiga yozma (elektron) tarzda murojaat qiladi. Barcha apellyatsiya va arizalar ushbu Nizom talablariga muvofiq taqdim etilishi lozim.
18. Apellyatsiya yoki ariza Apellyatsiya bo‘yicha komissiyaga kelib tushgan kundan e’tiboran bir oy ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa uch oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi. Ushbu bandda belgilangan muddatlarga rioya qilmaslik apellyatsiya yoki arizani yoxud Apellyatsiya bo‘yicha komissiyaning ushbu apellyatsiya yoki ariza bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati bekor qilinishiga olib kelmaydi.
19. Nizoli holatni ko‘rib chiqish uchun tekshirish o‘tkazish, qo‘shimcha materiallarni so‘rab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar ko‘rish zarur bo‘lgan hollarda, ularni ko‘rib chiqish muddatlari apellyatsiya bo‘yicha komissiyaning raisi tomonidan, istisno tariqasida, ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga darhol yozma yoki elektron xabar yuboriladi.
20. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya majlislarida apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs yoki uning vakili, boshqa manfaatdor shaxslar qatnashishga haqlidir. Apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs va ko‘rib chiqilayotgan ish bo‘yicha tomonlar hisoblangan boshqa shaxslar majlis bo‘lishidan kamida uch kun oldin majlis o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt to‘g‘risida apellyatsiya bo‘yicha komissiya kotibi tomonidan xabardor qilinishi kerak.
21. Apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs, boshqa manfaatdor shaxslar iltimosnomasiga binoan Apellyatsiya bo‘yicha komissiya majlisi bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga ko‘chirilishi mumkin. Bunda apellyatsiya yoki arizalarni ko‘rib chiqishning belgilangan muddati o‘tishi Apellyatsiya bo‘yicha komissiya majlisining yangi sanasigacha to‘xtatib turiladi.
22. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya raisi tashabbusiga ko‘ra, shuningdek apellyatsiya yoki ariza bergan shaxsning yoki boshqa manfaatdor shaxslar iltimosnomasiga asosan Apellyatsiya bo‘yicha komissiya majlisida audio yoki videoyozuv olib borilishi mumkin.
23. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya majlisida audio yoki videoyozuv vositalaridan foydalanilganda ishda ishtirok etuvchi shaxslar va boshqa ishtirokchilar bu haqda ogohlantiriladi.
24. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya majlisida ishtirok etayotganlar yozma qaydlar qilish huquqiga ega. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya majlisini fototasvirga tushirish, audio- va videoyozuvini amalga oshirishga taraflarning roziligi va Apellyatsiya bo‘yicha komissiya majlisida raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
25. Qo‘shimcha materiallar va ma’lumotlar zarur bo‘lgan taqdirda ular Apellyatsiya bo‘yicha komissiya belgilagan muddatlarda manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilishi kerak.
26. Ishni ko‘rib chiqish quyidagi hollarda Apellyatsiya bo‘yicha komissiyaning navbatdagi majlisi sanasi va vaqti ko‘rsatilgan holda Apellyatsiya bo‘yicha komissiya tomonidan boshqa kunga ko‘chirilishi mumkin:
vakilning majlisda qatnasha olmasligi sababli ishni ko‘rib chiqish boshqa kunga ko‘chirilishi to‘g‘risida apellyatsiya yoki ariza bergan shaxsning asoslangan iltimosnomasi munosabati bilan;
qo‘shimcha dalillar olish zaruriyati munosabati bilan;
ishni ko‘rib chiqish qatnashchilaridan birortasining hozir bo‘lmaganligi yoki tomonning vakilida ishonchnoma yo‘qligi munosabati bilan;
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya fikriga ko‘ra ishni ko‘rib chiqishga ekspertlarni jalb etish yoki boshqa shaxslarning ishtiroki zarurligi munosabati bilan;
ishni ushbu majlisda hal etish mumkin bo‘lmaganda.
27. Ishni ko‘rib chiqish quyidagi hollarda to‘xtatilishi mumkin:
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya tomonidan xulosalari ishni ko‘rib chiqish natijalari uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa ish ko‘rilayotganda;
ekspertizadan o‘tkazish yoki tegishli ekspertning yoki mutaxassisning xulosasi zarur bo‘lganda;
materiallarni qo‘shimcha o‘rganish va so‘rash talab qilinadigan holatlar vujudga kelganda.
Ishni ko‘rib chiqish uni to‘xtatishga sabab bo‘lgan holatlar bartaraf etilgandan keyin davom ettiriladi.
28. Ishni ko‘rib chiqish Apellyatsiya bo‘yicha komissiya tomonidan quyidagi hollarda to‘liq yoki qismlari bo‘yicha tugatilishi mumkin:
apellyatsiya yoki ariza bergan shaxs ishni ko‘rib chiqishni to‘liq yoki qismlari bo‘yicha tugatilishi to‘g‘risida ariza berganda;
tomonlardan biri vafot etganda, yuridik shaxs tugatilganda, agar huquqiy vorislari bilan almashtirish imkoni bo‘lmasa yoki mumkin bo‘lmasa;
Apellyatsiya ishi bo‘yicha sud tomonidan qaror qabul qilinganda.
29. Apellyatsiya yoki arizalarni Apellyatsiya bo‘yicha komissiyaga taqdim qilish hamda ularni Apellyatsiya bo‘yicha komissiya tomonidan ko‘rib chiqish bo‘yicha qo‘shimcha tartib taomillar mazkur Nizomga muvofiq Apellyatsiya bo‘yicha komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
30. Apellyatsiyalarni yoki arizalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Apellyatsiya bo‘yicha komissiya quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
apellyatsiya yoki ariza qanoatlantiriladi va birinchi qaror o‘zgartiriladi;
apellyatsiya yoki ariza qisman qanoatlantiriladi va birinchi qaror o‘zgartiriladi;
apellyatsiya yoki arizani qanoatlantirish rad etiladi.
31. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya qarori apellyatsiya yoki ariza mohiyatini ko‘rib chiqish tugagandan so‘ng komissiya a’zolarining yopiq yig‘ilishi natijasi bo‘yicha ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Apellyatsiya bo‘yicha komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Apellyatsiya bo‘yicha komissiya raisi va a’zolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emas. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya raisi eng oxirida ovoz beradi.
32. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya qarori Apellyatsiya bo‘yicha komissiya raisi va ishni ko‘rib chiqishda qatnashgan Apellyatsiya bo‘yicha komissiyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va manfaatdor shaxslar qaror haqida tegishli tarzda xabardor qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
33. Apellyatsiya bo‘yicha komissiyada apellyatsiya yoki arizalarni ko‘rib chiqish ushbu nizomga ilovada ko‘zda tutilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
34. Apellyatsiya bo‘yicha komissiya qarorlari qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida apellyatsiya yoki ariza bergan shaxslarga va boshqa manfaatdor shaxslarga yuboriladi. Ushbu bandda belgilangan muddatlarga rioya qilmaslik apellyatsiya yoki arizani yoki Apellyatsiya bo‘yicha komissiyaning ushbu apellyatsiya yoki ariza bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati bekor qilinishiga olib kelmaydi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
35. Apellyatsiya bo‘yicha komissiyani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 465-son qaroriga 3-ILOVA
(3-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-fevraldagi 45-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 27-maydagi 271-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 20-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qaroriga ilovaning 13-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 18-maydagi 369-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida “2019-yil 28-fevraldagi 181-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ilovaning 93-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi sport obyektlari infratuzilmasini rivojlantirish injiniring kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 19-noyabrdagi 916-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2020-yil 16-apreldagi 234-son qaroriga ilovaning 12-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2020-yil 26-iyundagi 411-son qaroriga 1-ilovaning 36-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 12-avgustdagi 480-son qaroriga 8-ilovaning 9-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/465/0760-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 06.02.2026-y., 09/26/45/0153-son)