Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.11.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi PQ-360-sonli “Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
So‘nggi yillarda respublikada davlat obyektlari, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni samarali qo‘riqlashni tashkil etish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini ishonchli himoya qilish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Ilg‘or xorijiy tajriba asosida qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlari joriy qilinishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmati tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning qo‘riqlashga olingan obyektlari soni so‘nggi ikki yilda 15 foizga oshdi.
Shu bilan birga, qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy qo‘riqlash texnologiyalarini keng joriy etish orqali qo‘riqlash xizmatining qamrovini yanada kengaytirish, xodimlarning kasbiy mahorati, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, sohada boshqaruv faoliyati samaradorligini ta’minlash bilan bog‘lik tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash bo‘linmalarining yaxlit tizimini shakllantirish, qo‘riqlash xizmatlarini ko‘rsatish sohasida samarali boshqaruvni amalga oshirish xamda bu boradagi faoliyatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘riqlash xizmatini O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘riqlash bosh boshqarmasi) etib qayta tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Qo‘riqlash bosh boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
shartnoma asosida davlat obyektlari, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalarini qo‘riqlash;
qo‘riqlanayotgan obyektlarda ichki, ruxsat berish rejimlarini xamda jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish;
qo‘riqlash vositalari va tizimlarini ko‘llash sohasida yagona texnik siyosatni va ulardan foydalanish ustidan samarali nazoratni ta’minlash, shuningdek, qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng miqyosda joriy etish;
shartnoma asosida qo‘riqlashning texnik vositalarini o‘rnatish (sozlash), ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya qilish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
davlat tashkilotlari, shuningdek, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga tegishli qo‘riqlash bo‘linmalarida inspektorlik nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish (huquq-tartibot organlari va harbiylashtirilgan tuzilmalardan tashqari), obyektlarda ichki, ruxsat berish rejimlariga rioya etilishiga doir tadbirlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
ommaviy tadbirlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish, aholi gavjum joylarda jamoat tartibini saqlashda huquq-tartibot organlariga ko‘maklashish.
3. Belgilansinki, Qo‘riqlash bosh boshqarmasi mustaqil tarkibiy bo‘linma hisoblanadi hamda o‘z vakolatlari doirasida davlat obyektlari, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qo‘riqlash bo‘yicha vazifalar va funksiyalarni ko‘rsatilayotgan qo‘riqlash xizmatlari uchun tushadigan mablag‘lar hisobiga, o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash, xarajatlarni qoplash va mustaqil xo‘jalik yuritish tamoyili asosida amalga oshiradi.
4. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmalarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Tuman (shahar) qo‘riqlash bo‘limlarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi ishchi va xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha lavozim tarif razryadlarining ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Shunday tartib belgilansinki, unga ko‘ra:
a) Qo‘riqlash bosh boshqarmasining shahodatlangan tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xodimlari hisoblanadi, huquqiy maqomi bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlariga tenglashtiriladi;
b) 2021-yil 1-iyuldan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-oktabrdagi PQ-349-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 07/23/349/0810-son)
Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra Qo‘riqlash bosh boshqarmasi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlari o‘rtacha ikki baravargacha oshirilgan miqdorda qo‘llaniladi.
6. Belgilansinki, 2021-yil 1-maydan boshlab:
a) obyektlarni qo‘riqlash tizimi “Yuqori sifat va qulay narx” tamoyili asosida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali bosqichma-bosqich takomillashtiriladi:
shahodatlangan tarkib tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlarni bosqichma-bosqich idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalariga o‘tkazish;
(6-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
maqbullashtirilgan aralash qo‘riqlash turlarini joriy qilish;
zamonaviy qo‘riqlashning texnik vositalarini joriy etish orqali jismoniy qo‘riqlashni uzluksiz qisqartirib borish.
(6-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
Bunda ushbu chora-tadbirlar uch bosqichda, kuyidagi obyektlarga nisbatan amalga oshiriladi:
2022-yil 1-yanvarga qadar — vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, hokimliklarning ma’muriy binolari, o‘quv va madaniy muassasalar, chakana amaliyot kassalari, bank xizmatlari markazlari;
2022-yil 1-iyulga qadar — ishlab chiqarish obyektlari, bozorlar, savdo markazlari, teleradiouzatuv obyektlari, suv inshootlari;
2023-yil 1-yanvarga qadar — bank binolari va boshqa obyektlar;
b) Qo‘riqlash bosh boshqarmasi kuch va vositalarini boshqarish tizimi quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali takomillashtiriladi:
ortiqcha xarajatlarni qisqartirish hamda kuch va vositalarni boshqarish samaradorligini oshirish uchun hududiy bo‘linmalar sonini maqbullashtirish;
saf bo‘linmalarini tuman (shahar) qo‘riqlash bo‘limlari sifatida qayta tashkil etish;
qo‘riqlash xizmati ko‘rsatilayotgan obyektlar joylashishi va shaxsiy tarkib sonini inobatga olgan holda tumanlararo qo‘riqlash bo‘limlarini tashkil etish;
v) O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchi va xodimlari lavozimlarini (bundan tor doiradagi mutaxassislikka ega bo‘lgan nomzodlar mustasno) jamlash ustuvor tarzda Qo‘riqlash bosh boshqarmasining idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalarining tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega, tayyorgarlik mashg‘ulotlari va tanlov bosqichlaridan o‘tgan ishchi va xizmatchilari orasidan tanlab olish orqali amalga oshiriladi.
(6-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoniga:
jismoniy va yuridik shaxslar bilan qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish borasida tuzilgan shartnomalar asosida Qo‘riqlash bosh boshqarmasining tashkiliy-shtat tuzilmasiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish;
Milliy gvardiya tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘riqlash xizmatlarining tariflarini (narxlarini) O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun — mustaqil belgilash huquqi berilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi:
a) 2021-yil 1-mayga qadar obyektlar xavfsizligini ta’minlash tizimiga zamonaviy qo‘riqlash vositalarini joriy etish va xalqaro tajribani inobatga olgan holda uni modernizatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
b) 2021-yil 1-iyunga qadar:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tariflarini qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasining harbiylashtirilgan soqchilik va qorovullik bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
v) qo‘riqlash bo‘linmalarini texnika, qurol-aslaha, maxsus vositalar va boshqa zarur mol-mulkning yangi namunalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin;
g) O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, Milliy gvardiya, Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari mintaqaviy o‘quv markazlari bazasida Qo‘riqlash bosh boshqarmasining idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan harbiylashtirilgan qo‘riqlash bo‘linmalari ishchi va xizmatchilarini boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etsin;
(8-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
d) Qo‘riqlash bosh boshqarmasi mablag‘lari hisobidan Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari mintaqaviy o‘quv markazlarini rekonstruksiya qilish, joriy ta’mirlash va moddiy ta’minlashni amalga oshirsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko‘rsatilayotgan qo‘riqlash xizmatlari takomillashtirilishini inobatga olib, tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa budjet tashkilotlarining hisob-kitoblariga asosan ularning xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritsin.
10. Tasarrufida Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanayotgan obyektlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar rahbarlari qo‘riqlashning yangi mexanizmini joriy etish bosqichlaridan kelib chiqqan holda:
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va jismoniy qo‘riqlashni qisqartirish hisobiga tasarrufidagi obyektlarning qo‘riqlash tizimlari qaytadan ko‘rib chiqilishini;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan birga yangidan tasdiqlangan tariflar asosida qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish borasidagi shartnomalarning qaytadan tuzilishini ta’minlasin.
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, hududlardagi krimenogen vaziyatni e’tiborga olgan holda, texnik qo‘riqlash markazlarini ochish, ularning tezkor harakatlanuvchi guruhlarini tashkil etish, bino va inshootlar bilan ta’minlash, aholi va mulkdorlar o‘rtasida qo‘riqlash xizmatini targ‘ib etishda Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga har tomonlama ko‘maklashsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
2021-yil 1-mayga qadar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin;
2021-yil 1-iyunga qadar mamlakat hududida integrallashgan texnik qo‘riqlash vositalarini ishlab chiqilishini (mahalliylashtirishni) nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi tayyorlansin va taqdim etilsin.
13. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslarning Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xizmatlaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish tadbirlarini muntazam ravishda amalga oshirib borsin.
14. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 20-fevral,
PQ-4997-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qaroriga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining tashkiliy tuzilmasi
Izoh: * — generallar tarkibi lavozimi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘riqlash bosh boshqarmasi) o‘z vakolati doirasida davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qo‘riqlashga doir O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining (keyingi o‘rinlarda — Milliy gvardiya) vazifalari va funksiyalarini, shuningdek, davlat organlari, idoraviy qo‘riqlash tashkilotlari tomonidan qo‘riqlash faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradigan Milliy gvardiyaning mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
2. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini shartnoma asosida qo‘riqlash bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasidagi vazifalar va funksiyalarni ko‘rsatilayotgan qo‘riqlash xizmatlari uchun tushadigan mablag‘lar hisobiga o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash, xarajatlarni qoplash va mustaqil xo‘jalik yuritish tamoyili asosida amalga oshiradi.
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tarkibida davlat budjetidan moliyalashtiriladigan bo‘linmalar ham faoliyat ko‘rsatadi.
3. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Milliy gvardiya qo‘mondonining buyruqlari va farmoyishlari, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
4. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Boshqaruv apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmalari, tuman (shahar) qo‘riqlash bo‘limlari;
Davlat organlari obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarma;
Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlash bo‘yicha alohida batalyon;
“Qo‘riqlash Servis” davlat unitar korxonasi.
5. Ko‘rsatilgan xizmat uchun tushadigan mablag‘lar hisobiga Qo‘riqlash bosh boshqarmasida boshqarma, bo‘lim, bo‘linma va guruhlar, shuningdek, qo‘riqlash faoliyati sohasida ko‘p tarmoqli rejalashtirish va tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy markazlar, kengashlar va laboratoriyalar tashkil etilishi mumkin.
6. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning tarkibiga kiruvchi qo‘riqlash bo‘linmalari shaxsiy tarkibi:
xizmatni o‘tash tartibi va huquqiy maqomiga ko‘ra ichki ishlar organlari xodimlariga tenglashtiriladigan (maxsus unvon beriladigan) xodimlardan;
mehnat munosabatlari mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan ishchi va xizmatchilardan iborat bo‘ladi.
Qo‘riqlash bo‘linmalarida xizmatni o‘tash masalalarining maxsus normativ-huquqiy hujjatlarda tartibga solinmagan qismiga mehnat qonunchiligi normalari tatbiq etiladi.
7. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘z nomi yozilgan va O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, o‘zining mustaqil balansiga (smetasiga) ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida milliy va xorijiy valyutadagi bank hisob varaqalari ochish, shuningdek, bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish va ulardan daromad olish huquqiga egadir.
2-bob. Qo‘riqlash bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Qo‘riqlash bosh boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
shartnoma asosida davlat obyektlarini, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalari obyektlarini qo‘riqlash;
qo‘riqlanayotgan obyektlarda ichki, ruxsat berish rejimlarini hamda jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish;
qo‘riqlash vositalari va tizimlarini qo‘llash sohasida yagona texnik siyosatni va ulardan foydalanish ustidan samarali nazoratni ta’minlash, shuningdek, qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng miqyosda joriy etish;
shartnoma asosida qo‘riqlashning texnik vositalarini o‘rnatish (sozlash), ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya qilish;
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
davlat tashkilotlari, shuningdek, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga tegishli qo‘riqlash bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish (huquq-tartibot organlari va harbiylashtirilgan tuzilmalardan tashqari), obyektlarda ichki, ruxsat berish rejimlariga rioya etilishiga doir tadbirlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
ommaviy tadbirlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish, aholi gavjum joylarda jamoat tartibini saqlashda huquq-tartibot organlariga ko‘maklashish.
9. Yuklangan vazifalariga muvofiq Qo‘riqlash bosh boshqarmasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) shartnoma asosida davlat, o‘ta muhim, toifalangan va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalari obyektlarini qo‘riqlash sohasida:
yuridik va jismoniy shaxslarning obyektlari, mol-mulki, moddiy va boshqa boyliklarini samarali qo‘riqlash-kuzatish borasidagi faoliyatning shakl va usullarini shakllantiradi va amalga oshiradi;
o‘ta muhim, toifalangan obyektlar, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, shuningdek, kuchaytirilgan tartibda qo‘riqlanishi talab etiladigan davlat ahamiyatiga molik boshqa obyektlarning qo‘riqlanishi va mudofaasini tashkil etadi va ta’minlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga asosan mol-mulk, moddiy va boshqa boyliklarni qo‘riqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi, shuningdek, ularning obyektlarini qo‘riqlashning texnik vositalari bilan jihozlash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va kiritadi;
(9-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
obyektlarni qo‘riqlashga jalb etilgan harbiy, idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan harbiylashtirilgan qo‘riqlash va idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan qorovullik bo‘linmalarining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha kompleks choralar ko‘radi;
(9-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan, agar qonun hujjatlarida boshqacha holat nazarda tutilmagan bo‘lsa, transportda tashish jarayonida qo‘riqlanishi belgilangan yuklar, tovar-moddiy boyliklar, xavfli yuklarni qo‘riqlash (kuzatish)ni amalga oshiradi;
shaxsiy tarkib bilan reallikka yaqinlashtirilgan sharoitlarda hamkorlikdagi harakatlarni ishlab chiqish, shuningdek, har tomonlama ta’minlash va boshqarish bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab, maxsus-taktik va tezkor-taktik o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etadi hamda o‘tkazadi;
aholining Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xizmatlaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan axborot-tushuntirish mazmunidagi chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘riqlash faoliyatining yagona tartib-qoidalari va me’yorlarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
b) qo‘riqlanayotgan obyektlarda ichki, ruxsat berish rejimlarini hamda jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish sohasida:
qo‘riqlanayotgan obyektlarda ichki, ruxsat berish rejimlariga rioya etilishi bo‘yicha ishlarni nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
obyektlarni qo‘riqlash tizimiga va qo‘riqlash bo‘linmalari faoliyatiga qo‘riqlashning zamonaviy muhandislik va texnik vositalarini joriy etadi;
(9-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
ichki ishlar organlari va Milliy gvardiyaning boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda o‘z vakolatlari doirasida qo‘riqlanayotgan obyektlarda g‘ayriqonuniy tajovuzlarni profilaktika qilish, oldini olish, bartaraf etish samaradorligini oshirish choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
qo‘riqlanayotgan obyekt va unga tutash hududlarda jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarni aniqlash, bartaraf etish choralarini ko‘radi;
v) qo‘riqlash vositalari va tizimlarini qo‘llash sohasida yagona texnik siyosatni va ulardan foydalanish ustidan samarali nazoratni ta’minlash, shuningdek, qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng miqyosda joriy etish sohasida:
xorijiy davlatlarning ilg‘or ish tajribasini o‘rganadi va tahlil qiladi, qo‘riqlash xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish imkonini beruvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini tashkil etadi;
qo‘riqlashning texnik vositalaridan foydalangan holda obyektlar xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimlarini ishlab chiqadi va Qo‘riqlash bosh boshqarmasi faoliyatiga joriy etadi;
(9-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
qo‘riqlash faoliyatiga zamonaviy qo‘riqlashning texnik vositalarini keng joriy etish masalalari bo‘yicha maslahat-texnik kengashlar, amaliy uchrashuvlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar tashkil etadi;
(9-band “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
qo‘riqlanayotgan obyektlarda foydalanishga tavsiya etiladigan qo‘riqlashning texnik vositalari ro‘yxatini shakllantiradi;
(9-band “v” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
qo‘riqlashning texnik vositalarining ishlash holati va ehtimol tutilgan g‘ayriqonuniy tajovuzlardan ishonchli himoyasi ta’minlanganligi ustidan monitoring olib boradi;
(9-band “v” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
O‘zbekiston Respublikasining o‘ta muhim, toifalangan obyektlarida qo‘riqlashning texnik vositalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlashga va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarishga ruxsatnomalar beradi;
qo‘riqlashning texnik vositalari va tizimlarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun Milliy gvardiyani xabardor qilgan yuridik shaxslarning hisobini yuritish va ular tomonidan qonun hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
g) shartnoma asosida qo‘riqlashning texnik vositalarini o‘rnatish (sozlash), ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ekspluatatsiya qilish sohasida:
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan obyektlarga qo‘riqlashning texnik vositalarini o‘rnatish (sozlash), ulardan foydalanish borasida xizmatlar ko‘rsatadi;
qo‘riqlanayotgan obyektlarda o‘rnatilgan qo‘riqlashning texnik vositalarini profilaktika qilish borasidagi texnik reglament ishlarini bajaradi;
(9-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
d) davlat tashkilotlari, shuningdek, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga tegishli qo‘riqlash bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish (huquq-tartibot organlari va harbiylashtirilgan tuzilmalardan tashqari), obyektlarda ichki, ruxsat berish rejimlariga rioya etilishiga doir tadbirlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish sohasida:
idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalarida nazorat tekshiruvlarini o‘tkazadi, qo‘riqlashning tashkil etilishi, xodimlarning xizmatni o‘tashi, ularning kasbiy tayyorgarligi, obyektlarning texnik mustahkamligi va qo‘riqlashning texnik vositalari bilan jihozlanishini o‘rganadi;
(9-band “d” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlovidagi obyektlarning ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari faoliyatini takomillashtirish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritadi;
davlat tashkilotlari, shuningdek, ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga qo‘riqlash faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar beradi;
e) ommaviy tadbirlarda jamoat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etish, aholi gavjum joylarida jamoat tartibini saqlashda huquq-tartibot organlariga ko‘maklashish sohasida:
shartnoma asosida dam olish va jamoat ovqatlanish joylari, turizm obyektlari va savdo-ko‘ngilochar muassasalarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish tadbirlarida ishtirok etadi;
fuqarolarning ommaviy to‘planish joylarida jamoat tartibini saqlash ishlarida huquq-tartibot organlariga ko‘maklashadi, shuningdek, ommaviy tadbirlar jarayonida jamoat xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etadi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlarda xavfsizlikni ta’minlash va ularga tutash hududlarda jamoat tartibini saqlashda Milliy gvardiya va boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qiladi.
10. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishda boshqa vazirliklar va idoralar bilan, shuningdek, Milliy gvardiyaning tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
11. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
3-bob. Qo‘riqlash bosh boshqarmasining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
12. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi o‘z vakolati doirasida quyidagi huquqlarga ega:
qo‘riqlanayotgan obyektlar mansabdor shaxslari, ishchi-xizmatchilari va obyekt hududidagi boshqa shaxslardan ichki, ruxsat berish rejimlariga rioya qilishni hamda jamoat tartibini saqlashni talab qilish;
qo‘riqlanayotgan obyektlardagi mol-mulkni saqlash shart-sharoitlari, qo‘riqlashning muhandislik va texnik vositalari holatini tekshirish;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
qo‘riqlanayotgan obyekt ma’muriyatiga, mansabdor shaxsiga, shartnoma shartlariga muvofiq obyektni muhandislik va texnik mustahkamligini ta’minlash, signalizatsiya tizimlari va videokuzatuv bilan jihozlash bo‘yicha taqdimnoma kiritish;
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
davlat organlari, boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslariga tuzilgan shartnomaga muvofiq bajarilishi majburiy bo‘lgan, qo‘riqlash faoliyatini tashkil etish, muhandislik va texnik mustahkamlik, shuningdek, obyektlarning ichki, ruxsat berish rejimlaridagi kamchiliklar va xatolarni bartaraf etish borasida taqdimnomalar kiritish;
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
qo‘riqlanayotgan obyektdan mol-mulk, moddiy boyliklar va turli yuklarni noqonuniy olib chiqishga yoki olib kirishga urinayotgan shaxslarni ushlash;
qo‘riqlanayotgan obyektlarga noqonuniy kirganlar yoki huquqbuzarlik qilganlarning shaxsini aniqlash va ma’muriy bayonnoma tuzish maqsadida ushlash va qo‘riqlash xizmati xonalariga olib kelish, ushlab turish, zarur hollarda esa — tegishli qaror qabul qilish uchun ularni hududiy ichki ishlar organlariga topshirish;
qonun hujjatlari talablariga muvofiq qo‘riqlash posti hududida fuqarolarning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarini tekshirish, agar ularda qurol hamda uning o‘q-dorilari, qurolning asosiy qismlari, portlovchi, radioaktiv yoki zaharli moddalar, portlatish qurilmalari, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari yoxud muomalada bo‘lishi taqiqlangan yoki cheklangan boshqa narsalar, qo‘riqlanayotgan obyekt hududiga olib kirilishi va undan olib chiqib ketilishi taqiqlangan ashyolar, buyumlar, vositalar bor deb hisoblashga asoslar mavjud bo‘lsa, fuqarolarni shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularning ashyolarini, qo‘l yukini, bagajini ko‘rikdan o‘tkazish hamda mazkur narsalar, vositalarni va moddalarni olib yurish hamda saqlash uchun qonuniy asoslar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ularni olib qo‘yish, transport vositalarini ko‘zdan kechirish va tashib o‘tilayotgan yuklarning tovar-transport hujjatlarga muvofiqligini aniqlash;
sodir etilayotgan jinoyatlarni to‘xtatish, shuningdek, ularni sodir etgan shaxslarni ta’qib etish va ushlash, bir vaqtning o‘zida bir necha obyektda “tashvish” signalizatsiyasi ishlab ketgan hollarda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya patrul guruhlarini chaqirish;
o‘z vakolati doirasida mansabdor shaxslardan tushuntirishlar, ma’lumotlar va hujjatlar olish;
fuqarolar va mansabdor shaxslardan xizmat vazifalari bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi huquqbuzarliklar va xatti-harakatlarni to‘xtatishni talab qilish, ushbu talablar bajarilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tegishli choralarni qo‘llash;
qo‘riqlanayotgan obyektlar nazorat-o‘tkazish joylari va hududlarida noqonuniy olib chiqilayotgan (olib kirilayotgan) mol-mulkni aniqlash va olib qo‘yish, shuningdek, g‘ayriqonuniy harakatlarni aniqlash uchun fuqarolarning hayoti va sog‘ligiga, tekshirilayotgan mol-mulk va atrof muhitga ziyon yetkazmaydigan zamonaviy texnik vositalardan foydalanish;
qo‘riqlanadigan obyektlarga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan yoki kirishga uringan shaxslarni aniqlash, bunday xatti-harakatlarning oldini olishda xizmat itlaridan foydalanish;
qonun hujjatlariga muvofiq qo‘riqlanayotgan obyektlarda huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etishga ko‘maklashish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va belgilangan tartibga muvofiq jismoniy kuch ishlatish, o‘qotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish va ulardan foydalanish;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi to‘g‘risida”gi Qonunining 5-bobi.
o‘z vakolati doirasida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha bayonnomalar tuzish;
yuridik shaxslardan o‘z vakolati doirasida idoraviy qo‘riqlash faoliyatini tashkil qilish yuzasidan yozma va og‘zaki ma’lumotlarni so‘rab olish;
jamoat xavfsizligini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini qo‘riqlashni to‘laqonli ta’minlash uchun hududlarda patrullikni tashkil etish bilan bog‘liq holda texnik vositalarning butun kompleksidan foydalanish;
maxsus yorug‘lik signallariga va tovushli signallarga, bo‘yoqli rangli grafika sxemasiga ega maxsus avtotransport vositalariga ega bo‘lish.
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
13. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi:
jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini o‘z vakolatlari doirasida himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish;
obyekt ma’muriyati tomonidan Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmasi rahbarlari bilan kelishgan holda tasdiqlagan kirib-chiqish yo‘riqnomasiga asosan obyektda ichki va ruxsat berish rejimiga rioya etilishini ta’minlash;
qo‘riqlanayotgan mol-mulkning o‘g‘irlanishi yoki buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xo‘jasizlik va beparvolikning har qanday ko‘rinishiga o‘z vaqtida munosabat bildirish;
xizmatni o‘tash joylarida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
qo‘riqlanayotgan obyektda jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik izlarining saqlanishini ta’minlash;
qo‘riqlanayotgan obyektda huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, ularni sodir etishga olib keluvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
qo‘riqlanayotgan obyektda huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda jabrlangan, shuningdek, nochor holatdagi fuqarolarga birinchi tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish borasidagi choralarni ko‘rish;
qo‘riqlanadigan obyektlarda tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda hodisa va holatlarning oldini olish, ularni bartaraf etishda ishtirok etish;
ishonib topshirilgan tabel qurollar, maxsus va texnik vositalar, shaxsiy himoya vositalari, xizmat kiyim-boshlari, mol-mulkni ehtiyot qilish va ularning soz holda saqlanishini ta’minlash;
bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini ta’minlash, shuningdek, xizmat-jangovar, ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy-psixologik va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha tegishli dasturlarda belgilangan mashg‘ulotlarning shaxsiy tarkib bilan o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishini ta’minlash;
bo‘linmalarda belgilangan tartibda safarbarlik tayyorgarligini tashkil etish va ta’minlash.
Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
14. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
4-bob. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish
15. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bevosita Milliy gvardiya qo‘mondoniga bo‘ysunadi.
Qo‘riqlash bosh boshqarmasini Milliy gvardiya qo‘mondoni tavsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Milliy gvardiya qo‘mondonining o‘rinbosari — Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda — Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i) boshqaradi.
16. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i:
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi faoliyatini va bevosita boshqaruvini tashkil etadi va yuklatilgan vazifalar, majburiyatlarni samarali va sifatli amalga oshirish uchun shaxsan javob beradi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va tashkilotlarda Milliy gvardiya nomidan vakillik qiladi;
o‘z vakolatlari doirasida belgilangan tartibda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va Qo‘riqlash bosh boshqarmasi barcha xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
tinchlik va favqulodda holat davri, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar yuzasidan maxsus rejalashtirish va harbiy safarbarlik masalalarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
tasdiqlangan smeta doirasida pul mablag‘lari sarflanishini boshqaradi, belgilangan tartibda banklarda va ularning filiallarida joriy va boshqa hisob varaqlari ochadi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi depozit hisob varaqlarini ochadi va bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklariga joylashtiradi;
kamomaddan, rastratadan, o‘g‘irlikdan ko‘rilgan va sud tomonidan undirib olish rad etilgan zararlarni, qaytarib olishning iloji yo‘q deb hisoblangan boshqa qarzlarni, aniq aybdorlarni aniqlash mumkin bo‘lmagan holatlarda boyliklarning me’yordan ortiqcha miqdorda tabiiy buzilishi tufayli ko‘rilgan zarar va yo‘qotishlar tufayli yetishmagan boyliklarni, shuningdek, asosiy fondlar hisobida bo‘lgan ma’naviy eskirgan va kelgusida foydalanishga yaroqsiz asbob-uskunalarni qonun hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqarishni amalga oshiradi;
ishlab chiqilayotgan qo‘riqlash signalizatsiyasi asbob-uskunalari, texnik qo‘riqlash markaz (punkt)lari qurilishining namunaviy loyihalari texnik shartlarini kelishadi, texnik topshiriqlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi faoliyatining barcha masalalari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qo‘rib chiqadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko‘radi, ushbu ishlar tashkil etilishini nazorat qiladi;
shaxsiy tarkibni tanlash, tanlov asosida saralash, joy-joyiga quyish, o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha ishlarni tashkil etadi, Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning joylardagi bo‘linmalarida shtat-moliya intizomiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning bo‘linmalari xizmatiga nomzodlarni tanlov asosida saralab olish bo‘yicha komissiyani belgilangan tartibda tuzadi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasining idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan harbiylashtirilgan qo‘riqlash, idoraviy jihatdan tegishli bo‘lmagan qorovullik bo‘linmalari shtatlarini kiritish (qisqartirish) va qayta tashkil etish bo‘yicha buyruqlar chiqaradi, ishchi, xizmatchilar, xususan “Qo‘riqlash Servis” davlat unitar korxonasi va uning hududiy bo‘linmalari shtatlarini tasdiqlaydi va o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritadi;
(16-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari xodimlari, ishchi-xizmatchilarini belgilangan tartibda rag‘batlantiradi va ularga intizomiy jazo beradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-apreldagi PQ-5089-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari intizom ustavining 4-bobi.
lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
o‘z vakolati doirasida Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalarida yo‘l qo‘yilgan qonun, xizmat va mehnat intizomi buzilishi holatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilishini tayinlaydi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlari, ishchi va xizmatchilarini belgilangan tartibda xizmat safarlariga yuboradi;
ofitserlar, serjantlar va safdorlar tarkibi xodimlarini xizmatga qabul qiladi;
lavozimlar nomenklaturasiga muvofiq safdor, serjant va ofitserlar tarkibi xodimlarining xizmatni o‘tash chegara yoshi muddatini uzaytiradi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshqarmalarining nizomlarini, boshqaruv apparati rejalarini va mansabdor shaxslarining funksional vazifalarini tasdiqlaydi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari tashkiliy tuzilmasi va shtatlarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari, boshqaruv apparati boshqarma, bo‘lim boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri qo‘riqlash boshqarmalari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, Davlat organlari obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarma boshlig‘i va uning o‘rinbosarlarini, Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlash bo‘yicha alohida batalyon komandiri, uning o‘rinbosarlarini, O‘z xavfsizligi xizmati va Nazorat-taftish bo‘limi rahbarlari va xodimlarini lavozimga tayinlash va egallab turgan lavozimidan ozod etish bo‘yicha Milliy gvardiya qo‘mondoniga taqdimnoma kiritadi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi ofitserlar tarkibiga birinchi va “podpolkovnik”, “polkovnik” maxsus unvonlari berish bo‘yicha Milliy gvardiya qo‘mondoniga taqdimnoma kiritadi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasida xizmat qilayotgan “polkovnik” unvonidagi xodimlarni xizmatdan bo‘shatish bo‘yicha Milliy gvardiya qo‘mondoniga taqdimnoma kiritadi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlarini davlat mukofotiga tavsiya etish va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlash bo‘yicha belgilangan tartibda taklif kiritadi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi safdor va serjantlar tarkibiga — maxsus unvonlar, shuningdek, yangidan xizmatga qabul qilinayotgan, ofitserlik lavozimiga tayinlanayotgan xodimlarga “katta serjant” maxsus unvonini, ofitserlar tarkibiga “mayor” va ungacha bo‘lgan maxsus unvonlarni beradi;
boshqaruv apparati, Davlat organlari obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarma, Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlash bo‘yicha alohida batalyon xodimlariga va Qo‘riqlash bosh boshqarmasining ofitserlar tarkibiga mutaxassislik toifalarini, safdor va serjantlar tarkibiga — “birinchi toifali mutaxassis” va “usta” mutaxassislik toifalarini beradi;
boshqaruv apparati, Davlat organlari obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarma va Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlash bo‘yicha alohida batalyonning safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibini, ishchi va xizmatchilarini (Milliy gvardiya qo‘mondoni nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlardan tashqari) lavozimga tayinlaydi, lavozimidan ozod etadi, ixtiyoriga oladi va xizmatdan bo‘shatadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri qo‘riqlash boshqarmalari bo‘lim boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, bo‘linma boshliqlari, harbiy safarbarlik guruhi mutaxassislarini, alohida batalyonlar komandirlari, shahar-tuman qo‘riqlash bo‘limlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlarini, “Qo‘riqlash Servis” davlat unitar korxonasi direktori va uning o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlaydi, lavozimidan ozod etadi, ixtiyoriga oladi va xizmatdan bo‘shatadi;
qonun hujjatlari va Milliy gvardiya qo‘mondonining buyruqlariga muvofiq Qo‘riqlash bosh boshqarmasi vakolatiga tegishli bo‘lgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
17. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘z tavsiyasiga muvofiq Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan o‘rinbosarlariga ega bo‘ladi.
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lmagan paytlarda, uning vazifalarini Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘iga asosan Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari amalga oshiradi.
18. Boshqaruv apparati:
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari faoliyatini tashkil etadi, boshqaradi va muvofiqlashtiradi;
o‘z vakolatlari doirasida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini himoya qilish choralarini ko‘radi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari faoliyati bo‘yicha statistik ma’lumotlarni, axborot va boshqa materiallarni umumlashtiradi, tahlil qiladi, qo‘riqlash xizmati bo‘linmalarining xizmat faoliyati masalalari bo‘yicha ma’lumotlar bankini yaratadi;
bo‘ysunuvchi bo‘linmalarining faoliyatini tashkil etish, monitoring, nazorat qilishni, boshqarishni, joriy va istiqbolli rejalashtirishni amalga oshiradi, ularga yuklatilgan vazifalarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatadi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalarining yagona axborot va kommunikatsiya tizimini joriy etadi va tezkor axborot almashinuvini ta’minlash borasida kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi vakolatlari doirasidagi masalalar yuzasidan Milliy gvardiyaga takliflarni, jumladan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
davlat tomonidan majburiy qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan obyektlar ro‘yxati hamda idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlashni tashkil etish huquqiga ega bo‘lgan respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
(18-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlar ro‘yxatlarini ishlab chiqadi;
qonun hujjatlariga muvofiq xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
obyektlarni signalizatsiya vositalari bilan jihozlash bo‘yicha montaj-sozlash ishlari, qo‘riqlashning texnik vositalari bo‘yicha tadqiqotlarni va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarini tashkil qiladi hamda mulkdorlarga boshqa xizmatlar ko‘rsatadi;
(18-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
Qo‘riqlash bosh boshqarmasining moliya-xo‘jalik faoliyatini tashkil etadi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasining tashkiliy-shtatlar va kadrlar ishlarini amalga oshiradi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi vakolati doirasiga kiruvchi masalalarda turli tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
belgilangan tartibda qo‘riqlash-yong‘indan ogohlantirish signalizatsiyasi apparatlari, boshqa texnik vositalar va materiallarni realizatsiya qiladi;
qo‘riqlash faoliyati sohasida qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborot va boshqa materiallarni vazirliklar va idoralardan belgilangan tartibda so‘rab oladi;
tegishli vazirliklar va idoralarning maxsus ta’lim muassasalari ma’lumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanadi;
komissiyalar, kengashlar va boshqa maslahat organlarini, shu jumladan manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning tegishli tuzilmalari vakillari ishtirokida tashkil etadi;
byulleten, normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlari, konferensiyalar materiallarini nashr etadi;
qo‘riqlash sohasi faoliyatidagi muammolarni o‘rganadi va konsultatsiyalar oladi, shu sohada normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash uchun shartnoma asosida tashkilotlar va mutaxassislarni jalb etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
19. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmalari Qo‘riqlash bosh boshqarmasining hududiy bo‘linmalari hisoblanib, vakolatlari doirasida Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga yuklatilgan vazifalar va majburiyatlarni amalga oshiradi.
20. Davlat organlari obyektlarini qo‘riqlash bo‘yicha boshqarma Qo‘riqlash bosh boshqarmasining tashkiliy bo‘linmasi hisoblanadi, vakolatlari doirasida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan davlat ahamiyatidagi obyektlarni qo‘riqlashni amalga oshiradi, shuningdek, tutash hududlarda jamoat tartibini ta’minlaydi.
21. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalarini qo‘riqlash bo‘yicha alohida batalyon Qo‘riqlash bosh boshqarmasining tashkiliy bo‘linmasi hisoblanadi, vakolatlari doirasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalari obyektlarini qo‘riqlashni amalga oshiradi.
22. Qo‘riqlash bo‘linmalari boshqaruv apparatlari shtatlari soni qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq kiritilgan shtat birliklari umumiy sonining to‘rt foizigacha miqdorda belgilanadi.
Qo‘riqlash xizmati saf bo‘linmalarida qo‘mondonlik tarkibi va ta’minot xizmati shtat birliklari soni qo‘riqlash xizmati ko‘rsatish uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq kiritilgan shtat birliklari umumiy sonining yigirma foizidan oshmasligi kerak.
Qo‘riqlash xizmati ko‘rsatishni ta’minlash uchun qo‘riqlash bo‘linmalariga shtat birliklarini kiritish me’yori shartnomalarda ko‘rsatilgan qo‘riqlash vaqti va postlar (yo‘nalish) sonini hisobga olgan holda Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi.
23. Qo‘riqlash xizmatini ko‘rsatish faoliyatidan tushadigan mablag‘lar maqsadli ravishda — faqat Qo‘riqlash bosh boshqarmasini ta’minlash va rivojlantirish, shuningdek, Milliy gvardiya bo‘linmalarining moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash uchun sarflanadi.
Ko‘rsatilayotgan qo‘riqlash xizmati uchun tushadigan mablag‘lar hisobidan qo‘riqlash xizmatining tashkiliy tuzilmasiga kirmaydigan shtatlarni joriy etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
24. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning tariflari (narxi) Qo‘riqlash bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda, boshqa tashkilotlar uchun — Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan mustaqil tarzda tasdiqlanadi.
25. Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalarida xizmatni o‘tash tartibi va xodimlarining formali kiyim-boshi namunalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-apreldagi PQ-5089-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
26. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimiga Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan tasdiqlangan namunadagi xizmat guvohnomasi va jeton beriladi.
27. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning tarkibiy bo‘linmalarida buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish, xo‘jalik operatsiyalarini hisobga olish (buxgalteriya axborotini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirish), shuningdek, uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotni tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni.
28. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi va uning tarkibiy bo‘linmalari shtatlari, xarajatlar smetalari moliya organlarida qayd etilmaydi.
5-bob. Obyektlarni qo‘riqlash faoliyatini tashkil etish
29. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan obyektlarni hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga ko‘ra mol-mulkni shartnoma asosida qo‘riqlashni amalga oshiriladi.
30. Qo‘riqlash xizmati ko‘rsatilishi qo‘riqlash naryadlari faoliyatini tashkil etish hamda qo‘riqlashning texnik vositalari orqali amalga oshiriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
31. Obyektni qo‘riqlashni tashkil etishda uning joylashuvi va xususiyati, qo‘riqlashning muhandislik va texnik vositalari bilan jihozlanganlik darajasi, nazorat-o‘tkazish punktlarining turlari, soni, hududdagi kriminogen vaziyat va boshqa holatlar e’tiborga olinadi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
O‘rganish natijalariga ko‘ra qo‘riqlash usullari, postlar (yo‘nalishlar) soni, ularning joylashuvi, qo‘riqlash vaqti, shuningdek, qo‘riqlashning texnik vositalarini ko‘llash orqali qo‘riqlash tizimini takomillashtirish ko‘zda tutiladi.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
Obyektning qo‘riqlash tizimi obyektlar ma’muriyati va qo‘riqlash xizmati vakillarining hamkorligida belgilanadi.
32. Obyektlarni qo‘riqlash uchun postlar, yo‘nalishlarni qo‘yish hamda qo‘riqlash naryadlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishning qoidalari va shartlari, tartibi, usul va uslublari Milliy gvardiya tomonidan, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda belgilanadi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
33. O‘ta muhim va toifalangan obyektlarni qo‘riqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq tashkil etiladi.
34. Texnik qo‘riqlash tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatning hammabopligini ta’minlash maqsadida Qo‘riqlash bosh boshqarmasiga amaldagi tariflarni foiz hisobida kamaytirgan holda xizmat ko‘rsatishga ruxsat etiladi. Bunda obyektlar alohida guruhlarga (ijtimoiy ahamiyati, saqlanayotgan moddiy-tovar boyliklar miqdori, soni va boshqalarga asosan) tasniflanadi. Obyektlarni guruhlarga tasniflash tartibi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i tomonidan belgilanadi.
35. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalarining faoliyati quyidagi asosiy normativlar va mezonlar bilan baholanadi:
obyektlarni qo‘riqlash bo‘yicha faoliyatning samaradorligi, jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, shartnomaviy majburiyatlarga rioya etilishi;
zamonaviy qo‘riqlash axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (vositalarini) joriy etish va ko‘rsatilayotgan texnik xizmatning sifati;
ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish, qo‘riqlanayotgan obyekt va fuqarolar xonadonlari sonining oshishi;
idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalarining nazorat tekshiruvini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish;
bo‘linmalarning jangovar tayyorgarlik holati, o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarining sifati;
shaxsiy tarkibning kasbiy tayyorgarligi sifati va axloqiy-ruhiy holati, Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalarida intizom va qonun hujjatlariga rioya etilishining darajasi.
36. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimi, ishchi va xizmatchisi davlat organi vakili hisoblanadi va davlatning himoyasi ostida bo‘ladi.
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimi, ishchi va xizmatchisi xizmat vazifasini bajarish jarayonida faqat bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshlig‘iga (komandiriga) bo‘ysunadi. Faqat ushbu shaxslar uni naryaddan ozod qilish yoki almashtirish huquqiga ega.
Qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimining (xizmatchisining) qonuniy faoliyatiga aralashish, qonun hujjatlariga asosan Qo‘riqlash bosh boshqarmasi zimmasiga yuklatilmagan vazifalarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas.
37. Xizmatni o‘tayotgan xodim (xizmatchi) qonunga zid bo‘lgan buyruq yoki farmoyish olganda, uni bajarishni rad etish huquqiga ega va belgilangan tartibda bu haqda boshlig‘iga (komandiriga) axborot berishi shart.
38. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibidan faqat qo‘riqlash faoliyati bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda (shartnoma asosida) foydalaniladi. Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘iga muvofiq Qo‘riqlash bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi jamoat xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlashga jalb etilishi mumkin.
39. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek, jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va o‘qotar qurol qo‘llanilishi bilan bog‘liq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini tekshirish uchun yiliga bir marotaba tekshiruvdan o‘tadilar.
40. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi mansabdor shaxslarga obyektlarning muhandislik va texnik mustahkamligidagi kamchiliklarni bartaraf etish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga, shartnomaviy majburiyatlarni bajarishga, moddiy boyliklar saqlanishini ta’minlashga va qo‘riqlash xizmati xodimlari, ishchi-xizmatchilarining mehnat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan taqdimnomalar kiritish huquqiga ega. Belgilangan tartibda rasmiy ogohlantirish, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarga ogohlantirish xati kiritadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
41. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlari, ishchi va xizmatchilari g‘ayriqonuniy harakat yoki harakatsizlik, shuningdek, o‘z xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganlik uchun Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlari, ishchi va xizmatchilari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Jinoyat kodeksi maxsus qismining XV bobi.
42. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xo‘jalik yuritishda (operativ boshqaruvda) o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi, majburiyatlarni bajarish yuzasidan sudda da’vogar va javobgar bo‘ladi.
6-bob. Yuridik shaxslarning idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalarida inspektorlik nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish va muvofiqlashtirish
43. Inspektorlik nazorat tekshiruvlari yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini himoya qilish va daxlsizligini ta’minlashda yagona siyosat yuritilishini ta’minlash hamda idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari tomonidan qo‘riqlanayotgan obyektlarda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘tkaziladi.
44. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar obyektlarining (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va ularga bo‘ysunuvchi yuridik shaxslar va ular tomonidan qo‘riqlanadigan obyektlar bundan mustasno) inspektorlik nazorat tekshiruvlari reja asosida, har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
(44-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Jismoniy va yuridik shaxslarning tashabbusi bilan ularga tegishli obyektlarda ham shartnoma asosida inspektorlik nazorat tekshiruvlari o‘tkazilishi mumkin.
45. Inspektorlik nazorat tekshiruvlari obyektni qo‘riqlash bo‘linmasi rahbarlari va obyekt ma’muriyati vakillari ishtirokida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda ichki ishlar organlarining vakillari va boshqa mutaxassislar jalb qilingan holda amalga oshiriladi.
46. Inspektorlik nazorat tekshiruvi jarayonida idoraviy qo‘riqlashning tashkil etilganlik holati, idoraviy qo‘riqlash xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, obyektning qo‘riqlash-yongin signalizatsiyasi va videokuzatuv tizimlari holati o‘rganiladi.
Idoraviy qo‘riqlash bo‘linmalari faoliyatining nazorat tekshiruvi va muvofiqlashtirish jarayonida obyektning qo‘riqlanishini tashkil etish, xavfsizligini ta’minlashga doir boshqa masalalar ham o‘rganiladi.
47. Inspektorlik nazorat tekshiruvi natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va u ishtirok etgan vakillar tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma obyekt ma’muriyati va Qo‘riqlash bosh boshqarmasi vakili tomonidan tasdiqlanadi.
48. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi belgilangan vaqtda nazorat tariqasida inspektorlik tekshiruvini tashkil etadi.
O‘tkazilgan inspektorlik nazorat tekshiruvlari natijalari bo‘yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar tegishli tavsiyalar bilan birgalikda tekshiruv o‘tkazilgan vazirliklar va idoralarga taqdim etiladi.
(48-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
49. Inspektorlik nazorat tekshiruvini rejalashtirish, o‘tkazish tartibi Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘i bilan belgilanadi.
7-bob. Qo‘riqlash bosh boshqarmasining moliyaviy, moddiy-texnik ta’minoti, xodimlarning ijtimoiy himoyasi
50. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlariga, ularning oila a’zolariga va zaxiraga yoki iste’foga bo‘shatilganlarga ichki ishlar organlarining tibbiy muassasalari, shuningdek, qo‘riqlanayotgan obyektlarning poliklinikalari, kasalxonalari, sanatoriylari, dam olish uylari, maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
51. Uy-joy olish va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uy-joy maydonini olish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi o‘zining uy-joy fondiga ega bo‘lishiga haqli.
52. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlariga xizmatni o‘tash davri davomida uy-joy quyidagilar hisobidan berilishi mumkin:
mahalliy davlat hokimiyati organlari hisobidan;
obyektlari va mol-mulki qo‘riqlanayotgan tashkilotlar tomonidan ularning xodimlari va xizmatchilari bilan umumiy asoslarda;
Milliy gvardiya hisobidan;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasining o‘z mablag‘lariga qurilgan uy-joy fondi hisobidan.
Yotoqxonaga ega bo‘lgan tashkilotlar shartnoma asosida ulardan Qo‘riqlash bosh boshqarmasi bo‘linmalari xodimlariga turar-joy beradilar.
53. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi o‘z mablag‘lari hisobiga xizmat binolarini loyihalashtirishi va qurishi hamda xizmat binolarini qurishda ulush hisobida ishtirok etishi mumkin.
54. Qo‘riqlanayotgan obyektlar ma’muriyatlari tomonidan obyektning bevosita ko‘rigini ta’minlash uchun moddiy-texnika vositalari, qurollar va xizmat xonalari ajratiladi.
55. Mehnat sharoitlari sog‘liq uchun zararli bo‘lgan obyektlarda xizmat qiluvchi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlari, ishchi va xizmatchilari shu obyektlarning ishchi va xizmatchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyoz va qulayliklardan foydalanadilar.
Qo‘riqlanayotgan obyektlar ma’muriyati o‘z xizmat vazifasini vijdonan bajarayotgan Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlari, ishchi va xizmatchilarini taqdirlashi, shuningdek, qo‘riqlash bo‘linmalarining bino va inshootlari, avtotransport vositalarini ta’mirlashi va boshqa moddiy xarajatlarni amalga oshirishi mumkin.
56. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlari, ishchi va xizmatchilari bepul formali kiyim-bosh bilan ta’minlanadi. Ashyoviy ta’minot normalari, shuningdek, formali kiyim-boshni kiyish qoidalari Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadi.
57. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlari oziq-ovqat, pul, kiyim-kechak, pensiya va tibbiy ta’minot bilan ta’minlanadilar, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa ijtimoiy kafolat va imtiyozlardan foydalanadilar.
Qo‘riqlash bosh boshqarmasining xodimlari va ularning oila a’zolarini sanatoriylardagi sanatoriy-kurort davolanishini ta’minlash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari harbiy xizmatchilari (xodimlari) va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 4-bobi.
58. Qo‘riqlash bosh boshqarmasining shakllanadigan pul ta’minoti jamg‘armasi doirasida:
Qo‘riqlash bosh boshqarmasi xodimlari lavozim va maxsus unvon maoshidan hisoblangan ikki oylik maoshi miqdoridagi mablag‘larni, ishchi va xizmatchilar ikki oylik lavozim maoshi miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirgan holda rag‘batlantiriladi;
Qo‘riqlash bosh boshqarmasining xodimlariga lavozim va maxsus unvon maoshidan hisoblangan bir oylik maoshi miqdoridagi, ishchi va xizmatchilariga bir oylik lavozim maoshi miqdoridagi mablag‘lar yo‘naltirilgan holda moddiy yordam ko‘rsatiladi.
59. Qo‘riqlash bosh boshqarmasining xodimlari hamda ishchi va xizmatchilariga budjet hisobidan ta’minlanuvchi muassasa va tashkilotlar xodimlariga belgilangan moddiy rag‘batlantirish (shaxsiy ustama o‘rnatish va mukofotlashni amalga oshirish) maxsus jamg‘armasini shakllantirish va sarflash tartibi joriy etiladi.
60. Qo‘riqlash bosh boshqarmasining axborot xizmati xodimlariga, boshqa to‘lovlardan qat’i nazar mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda oylik ustama to‘lanishi mumkin.
Qo‘riqlash bosh boshqarmasining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari xodimlariga, yil yakunlari bo‘yicha zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirgan ish natijalari belgilangan mezonlar orqali baholangan holda lavozim maoshining kamida 100 foizi miqdorida oylik ustama to‘lanadi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
61. Qo‘riqlash bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etishning ushbu Nizom bilan tartibga solinmagan qismi boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi mumkin.
62. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar qo‘riqlash boshqarmalarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qaroriga
4-ILOVA
Tuman(shahar) qo‘riqlash bo‘limlarining namunaviy tashkiliy tuzilmasi
Izoh: * — shtat lavozimlari kelgusida qo‘riqlash xizmatini rivojlanishi, iqtisodiy samaradorligi, qo‘riqlash vositalarining foydalanilayotgan sig‘imlari va umumiy shtat birliklarining soni hisobga olinib kiritiladi;
** — tuman (shahar) qo‘riqlash bo‘limi binosida qurol va maxsus vositalarni saqlash tashkil etilganda navbatchilik qismi shtatlari kiritiladi.
*** — yirik ishlab chiqarish korxonalari mavjud bo‘lgan tuman (shahar)larga kiritiladi.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-11-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-fevraldagi PQ-4997-son qaroriga
6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasi ishchi va xizmatchilari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha lavozim tarif razryadlarining
RO‘YXATI

T/r

Lavozimlar nomi

YTS bo‘yicha tarif razryadi

YTS bo‘yicha belgilangan mehnatga haq to‘lash tarif razryadlariga ko‘ra lavozim maoshlariga koeffitsiyent qo‘llanilishi

1.

Yetakchi mutaxassis

9

-

2.

“Call-center” operatori

9

-

3.

Muhandis, inspektor, buxgalter, kadrlar bo‘yicha inspektor

1-toifa

2-toifa

6

8

7

-

4.

Tasvirga olish operatori

1-toifa

2-toifa

4

6

5

-

5.

Ombor mudiri

6

-

6.

Muhandis

1-toifa

2-toifa

4

6

5

-

7.

Boshqaruv pulti navbatchisi, dispetcher

5

-

8.

Otryad boshlig‘i

I-guruh

II-guruh

III-guruh

9

8

7

2 baravar

9.

Otryad boshlig‘i o‘rinbosari

I-guruh

II-guruh

III-guruh

8

7

6

2 baravar

10.

Alohida komanda boshlig‘i:

I-guruh

II-guruh

III-guruh

7

7

6

2 baravar

11.

Otryad tarkibidagi komanda boshlig‘i:

I-guruh

II-guruh

III-guruh

7

6

6

2 baravar

12.

Guruh (qorovul) boshlig‘i

6

2 baravar

13.

Obyektni qo‘riqlash bo‘linmasi boshlig‘i:

I-sinf

II-sinf

5

4

2 baravar

14.

Starshina

6

2 baravar

15.

Ruxsatnomalar byurosi boshlig‘i

6

2 baravar

16.

Ruxsatnomalar byurosi navbatchisi

3

2 baravar

17.

Kinolog

6

1,5 baravar

18.

Nazorat o‘tish punkti nazoratchisi

4

2 baravar

19.

Elektromontyor, qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi elektromontyori

6

2 baravar

20.

O‘qchi

3

2 baravar

21.

Qorovul

3

1,5 baravar

22.

Hudud farroshi

3

-

23.

Xizmat xonalari farroshi

2

-

24.

Bog‘bon

3

-

25.

Chilangar-santexnik

6

-

26.

Avtomobillar ta’mirlash bo‘yicha chilangar

6

-

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2021-y., 07/21/4997/0131-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son; 21.01.2023-y., 07/23/11/0045-son; 31.10.2023-y., 07/23/349/0810-son)