Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 24-avgustdagi PF-198-son Farmoniga muvofiq davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda sohada davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (keyingi oʻrinlarda — Nizom) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish;
munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish;
davlat uy-joy fondini xususiylashtirish;
davlat organlari uy-joylarining hududlar kesimidagi reyestrini shakllantirish va rasmiy veb-saytlariga joylashtirish.
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladilar.
3. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq davlat xizmatlarini koʻrsatish Davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali joriy etilishini taʼminlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini yaratsin.
4. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish axborot tizimini;
davlat uy-joy fondini xususiylashtirish axborot tizimini;
munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli uy-joy fondining uylarida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish axborot tizimini ishlab chiqsin va joriy etsin.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari axborot tizimlarini joriy etish va maʼlumotlar uzatishning idoralararo tarmoqlarini tashkil etish ishlarini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorga 1 va 2-ilovalar 2024-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 11-mart,
124-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qaroriga

1-ILOVA

Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisida

NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish, jumladan:
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish;
munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish;
davlat uy-joy fondini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish;
davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) tomonidan ular tasarrufida boʻlgan uy-joylarning hududlar kesimidagi reyestrini shakllantirib, oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizom alohida qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solingan davlat organlarining davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir turlari bilan kasallangan fuqarolar — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq boshqalar bilan bir xonada yashashi mumkin boʻlmagan kasalliklarga chalingan shaxslar;
aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan barpo etilgan, shuningdek, xususiy, munitsipal va idoraviy uy-joy fondidan olib mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanishga berish uchun moʻljallangan uy-joy fondi;
davlat uy-joy fondi — tashkilotlarning toʻliq xoʻjalik yurituvida yoki operativ boshqaruvidagi munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondlaridan iborat uy-joy fondi;
davlat uy-joy fondini xususiylashtirish — fuqarolarga ularning ixtiyoriga koʻra davlat uy-joy fondining ular egallab turgan yoki yangi qurilgan kvartiralarini, uylari (uylarining bir qismi)ni sotish, shu jumladan, imtiyozli asosda sotish yoki bepul mulk qilib berish;
idoraviy uy-joy fondi — davlat tashkilotlarining toʻla xoʻjalik yurituvida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan uy-joy fondi;
munitsipal uy-joy fondi — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan uy-joy fondi;
turar joy — fuqarolarning doimiy yashashiga moʻljallangan, belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga moʻljallangan joylar;
xizmat turar joylari — xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida joylashgan, oʻz mehnat munosabatlari xususiyatiga koʻra ish joyiga bevosita yaqin yerda yashashi kerak boʻlgan fuqarolar koʻchib kirishiga moʻljallangan turar joylar;
auksion — “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali jismoniy va yuridik shaxslarga auksion obyektini sotish boʻyicha onlayn oʻtkaziladigan savdo shakli.
Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish boʻyicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali koʻrsatiladi.
2-bob. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi
1-§. Turar joy maydoni normasi
4. Munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar fuqarolarga uy-joy maydoni ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.
Uy-joy maydoni ijtimoiy normasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga 16 kvadrat metrdan kam boʻlmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun esa 23 kvadrat metrdan kam boʻlmagan hajmda belgilanadi.
Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslarni bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy maydoni ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin.
5. Mazkur Nizomning 8-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, shuningdek, bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga koʻra qoʻshimcha maydon zarur boʻlgan fuqarolarga bunday maydon miqdori koʻpaytirilishi mumkin.
2-§. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan hamda aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar
6. Quyidagilar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar hisoblanadi:
a) turar joy maydoniga ega boʻlmagan yoki yashash uchun yaroqsiz uy-joylar (baraklar, vaqtinchalik uylar, avariya holatidagi uylar, yertoʻlalar)da yashovchi fuqarolar;
b) har bir oila aʼzosi 16 kvadrat metrdan, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 23 kvadrat metrdan kam boʻlgan turar joy bilan taʼminlanganlar;
v) yotoqxonalarda, ishlab chiqarish va xizmat xonalarida yashovchilar, bundan mavsumiy va vaqtinchalik xodimlar, shuningdek, oʻqishlari sababli yotoqxonalarga koʻchib oʻtgan fuqarolar mustasno;
g) qarindoshlik aloqalari boʻlmagan ikki va undan koʻp oila boʻlib bir kvartirada yashovchilar;
d) ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir turlari bilan kasallangan fuqarolar;
e) uy-joy ajratilayotgan aholi punktida kamida uch yil yashayotgan va roʻyxatda turgan fuqarolar.
7. Tegishli aholi punktida doimiy yashashidan qatʼi nazar, quyidagilar uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar sifatida hisobga olinadi:
a) dala sharoitlarida kamida yigirma yil ishlagan va shu tufayli doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan geologiya-qidiruv tashkilotlari va topografiya-geodeziya xizmatlari xodimlari;
b) mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan muddatda, ammo boshqa aholi punktlarida yashaydigan, agar ular yashash joyi boʻyicha ish joyi joylashgan aholi punktida amalda boʻlgan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar hisobiga qoʻyish shartlariga javob bergan taqdirda, shu aholi punktida joylashgan tashkilotlarda uzluksiz ishlagan xodimlar.
8. Quyidagilar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar hisoblanadi:
a) 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va baynalmilal jangchilar;
b) shartnoma boʻyicha harbiy xizmatdan zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqqan harbiy xizmatchilar;
v) ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir turlari bilan kasallangan fuqarolar;
g) koʻp bolali oilalar;
d) chin yetim bolalarni vasiylikka olgan oilalar;
e) uch nafar va undan ziyod mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar;
j) ishlamaydigan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
z) keksayib qolgan yolgʻiz pensionerlar — yolgʻiz yashaydigan keksalar, voyaga yetmagan bolalar yoxud qamoqda va jazoni ijro etish muassasalarida, uzoq muddat davolanishda boʻlgan shaxslar bilan birga yashaydigan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan pensiya yoshidagi shaxslar (60 yoshga yetgan erkaklar, 55 yoshga yetgan ayollar);
i) bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxs hisoblangan 18 yoshgacha yoki bolalikdan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs boʻlib qolgan bolalari boʻlgan oilalar.
3-§. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
9. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, turar joy maydonini olish uchun navbatni belgilash, shuningdek, uni taqsimlash va davlat uy-joy fondi uylarida ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolarga taqdim etish tuman (shahar) hokimliklari hamda idoraviy uy-joy fondi boʻlgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
10. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, turar joy maydonini olish uchun navbatni belgilash, shuningdek, uni taqsimlash va davlat uy-joy fondi uylarida ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolarga taqdim etish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) hokimliklarida tibbiyot birlashmalari, kadastr boʻlimi, aholini ijtimoiy muhofaza qiluvchi organ va fuqaroning yashash joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillaridan iborat tarkibda;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
idoraviy uy-joy fondi boʻlgan tashkilotlarda ularning masʼul xodimlari va kasaba uyushmasi vakilidan iborat tarkibda turar joy masalalari boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tuziladi.
11. Komissiyaning tarkibi va ish tartibi tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
12. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqaro yoki uning notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega boʻlgan vakili davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
14. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqaro oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, mustaqil ravishda mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish boʻyicha soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi. Agar soʻrovnomani uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqaroning vakili toʻldirayotgan boʻlsa, soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi ilova qilinadi.
Soʻrovnomada koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni ariza beruvchidan talab qilish taqiqlanadi.
15. Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchilar YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
16. Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
17. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi davlat xizmatlarini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazining xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqa ichida va YIDXP orqali esa avtomatik tarzda ariza beruvchining yashash joyi boʻyicha tuman (shahar) hokimligiga yoki ish joyi boʻyicha uy-joy fondi boʻlgan tashkilotga elektron shaklda yuboriladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Bunda tashkilot uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish axborot tizimiga belgilangan tartibda ulangan boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqaro yashash joylari boʻyicha tuman (shahar) hokimligi tomonidan, ish joyi boʻyicha esa tegishli tashkilot tomonidan hisobga olinadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
20. Fuqaroning soʻrovnomasi komissiya tomonidan oʻn kun ichida koʻrib chiqiladi.
21. Komissiya fuqaroning soʻrovnomasini koʻrib chiqish natijasi boʻyicha uni uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar hisobiga qoʻyish yoki hisobga qoʻyishni rad etish haqida tashkilot rahbariga taklif kiritadi.
22. Komissiyaning taklifi asosida tashkilot bir ish kuni ichida fuqaroni uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga qoʻyish yoki hisobga qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida qaror (buyruq) qabul qiladi.
23. Tashkilot qabul qilingan qarorni (buyruqni) avtomatik tarzda Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali fuqaroga yuboradi.
24. Davlat xizmatlari markazi qarorni (buyruqni) olganidan soʻng oʻn daqiqa ichida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga qaror (buyruq)ni ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi shart.
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritish rad etilgan taqdirda, qarorda (buyruqda) rad etishning aniq sabablari koʻrsatiladi.
Fuqarolarning uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojligi toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganligi, boshqa fuqarolarning uy-joyga boʻlgan huquqlari buzilganligi va uy-joyni taqdim etish boʻyicha masalani hal etishda mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari aniqlanganligi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritishni rad etishga asos boʻladi.
Fuqarolar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritish rad etilganligidan norozi boʻlgan taqdirda, tegishliligi boʻyicha tashkilotlarning yuqori turuvchi organlariga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
25. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritilgan fuqarolarning roʻyxati tashkilot tomonidan bir yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.
26. Hisobda turgan fuqaro vafot etgan yoki boshqa joyga doimiy yashash uchun chiqib ketgan hollarda, agar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar sifatida tan olish uchun asoslar yoʻqolmagan boʻlsa, uning oʻrniga toʻgʻridan-toʻgʻri oila aʼzolaridan biri qabul qilinadi. Bunda oila aʼzosi oʻzining ish joyi boʻyicha uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxs sifatida ushbu tashkilotda ishlagan taqdirdagina kiritiladi.
Hisobda turgan fuqaro ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan taqdirda esa, uning oila aʼzosi ushbu idorada ishlash yoki ishlamasligidan qatʼi nazar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritiladi.
27. Tashkilotning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar sifatida navbatda turganlar quyidagi hollarda yangi ish joyi boʻyicha hisobga kiritiladi:
a) yuqori turuvchi tashkilotning qarori (buyrugʻi) bilan boshqa ishga oʻtkazilganda;
b) tashkilot qayta tashkil etilganda.
28. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobida turgan fuqarolarga uy-joylar hisobga qoʻyish vaqti va ushbu aholi punktida foydalanishga topshirilayotgan va boʻshayotgan uy-joylarning maydonidan kelib chiqqan holda, roʻyxatda belgilangan navbat asosida taqdim etiladi.
Uy-joyni taqdim etish navbatini belgilashda fuqarolarni hisobga qoʻyish vaqti asosiy mezon hisoblansa, fuqarolarning teng sharoitlarida esa, ularning uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi va ushbu idoradagi ish staji hisobga olinadi.
29. Quyidagilar uchun uy-joylar navbat asosida beriladi:
a) tuman (shahar) hokimliklari tomonidan yashash joyi boʻyicha hisobga qoʻyilgan fuqarolar;
b) ish joyi boʻyicha hisobga kiritilgan fuqarolar.
30. Quyidagilar uchun uy-joylar navbatdan tashqari beriladi:
a) uy-joyi tabiiy ofat oqibatida yashash uchun yaroqsiz holga kelgan fuqarolar;
b) noqonuniy javobgarlikka tortilgan va keyinchalik reabilitatsiya qilingan fuqarolar, agar ular avval egallab turgan uy-joyini qaytarib olish imkoniga ega boʻlmasa. Bunda reabilitatsiya qilingan fuqarolar sud hukmi ijro etilgunga qadar yashagan hududdagi tuman (shahar) hokimliklari tomonidan uy-joy bilan taʼminlanadi.
31. Tashkilot ikki ish kuni ichida aholi punktida foydalanishga topshirilgan yoki boʻshagan uy-joylarni navbat asosida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobida turgan fuqarolarga taqdim etish toʻgʻrisida qaror (buyruq) qabul qiladi.
Bunda idoraviy uy-joy fondiga ega boʻlgan tashkilot uy-joyni taqdim etish toʻgʻrisidagi qarorni (buyruqni) qabul qilingan kuning oʻzida tegishli tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Uy-joyni taqdim etish toʻgʻrisidagi qaror (buyruq) asosida tuman (shahar) hokimligi bir ish kunida mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan orderni shakllantiradi va Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Idoraviy turar joylarga berilgan orderga “idoraviy turar joy”, aniq maqsadli kommunal turar joylarga berilgan orderga “aniq maqsadli kommunal turar joy” degan yozuv kiritiladi.
Order faqat alohida boʻsh turgan turar joy uchungina berilishi mumkin.
Orderda turar joy taqdim etilgan fuqaro va oila aʼzolarining familiyasi, ismi va otasining ismi, ularning tugʻilgan yili va qarindoshlik aloqasi koʻrsatiladi.
32. Davlat xizmatlari markazi orderni olgandan soʻng oʻn daqiqa ichida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga orderni ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi shart.
Rasmiylashtirilgan orderda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ariza beruvchi oʻn besh kun ichida yigʻim toʻlamasdan belgilangan tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha QR-kod (matrik shtrix-kod) qoʻyilgan order asliga tenglashtiriladi. Order taqdim etilgan turar joyga kirish uchun yagona asos hisoblanadi.
33. Tuman (shahar) hokimliklari tomonidan quyidagi hollarda turar joy uchun orderning berilishi toʻxtalishi mumkin:
a) fuqarolar oldin egallagan uy-joy boʻyicha ijara shartnomasi shartlarini bajarmagan boʻlsa;
b) uy-joy taqdim etilayotgan oila aʼzolarining haqiqiy tarkibi taqdim etilgan maʼlumotlarga toʻgʻri kelmasa.
34. Fuqaro orderni olgandan soʻng oʻn kun ichida uy-joyni balansda saqlovchi tashkilot yoki uning vakolatli organi bilan ijara shartnomasi tuzadi.
35. Fuqaro va uning oila aʼzolari order berilgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida turar joyga koʻchib kirishi lozim.
36. Turar joy uchun berilgan order fuqarolarning uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojligi toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganligi, orderda koʻrsatilgan turar joyga boʻlgan boshqa fuqaro yoki tashkilotlarning huquqlari buzilganligi yoki turar joyni taqdim etish boʻyicha masalani hal etishda mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari aniqlangan taqdirda, shuningdek, turar joylarni taqdim etishning tartib va shartlari buzilgan boshqa holatlarda sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
37. Order quyidagilarga berilmaydi:
a) ijaraga oluvchini oʻzaro kelishuv boʻyicha almashtirgan oila aʼzolariga;
b) bitta kvartirada yashayotgan alohida ijaraga oluvchilar bitta oilaga birlashgan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
v) ijaraga oluvchi yangi yashash joyiga koʻchib ketgan taqdirda ushbu ijaraga oluvchining oila aʼzolariga.
(37-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
38. Mazkur nizomning 39-bandida koʻrsatib oʻtilgan holatlar vujudga kelganda, fuqarolar tashkilotning qarori (buyrugʻi) asosida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobidan chiqariladi va bu haqida uch kun ichida yozma ravishda xabardor qilinadi.
39. Fuqarolar quyidagi hollarda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobidan chiqariladi:
a) oʻz mablagʻlari hisobidan turar joyda yashash sharoitini yaxshilovchi oʻzgartirishlar qilishi, uy-joyni rekonstruksiya qilishi, kengaytirish ishlarini amalga oshirish yoʻli bilan uy-joy sharoitlarining yaxshilanishi munosabati bilan hisobda turish uchun asoslarning yoʻqolishi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) boshqa aholi punktiga yashash uchun koʻchib ketishi;
(39-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
v) oʻzi ishlayotgan tashkilot bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishi;
g) fuqaro tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojligi toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlarning taqdim etilishi.
40. Davlat uy-joy fondidagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha boʻlmaganida, turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida saqlanib turadi.
Fuqarolarning turar joyi ular vaqtincha boʻlmaganida quyidagi hollarda olti oydan ortiq muddatda ham saqlanib turadi:
a) harbiy xizmatga chaqirilganda, chaqiruv boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashning butun davri mobaynida;
b) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirilganda, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashning butun davri mobaynida;
Oldingi tahrirga qarang.
v) ish sharoitlari va xususiyati boʻyicha (kema ekipaji, geologiya, qidiruv xizmatlari, ekspeditsiyalarining xodimlari va boshqalar), chet elda xizmat safarida boʻlish yoki taʼlim olishi munosabati bilan (talabalar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va boshqalar) yashash joyidan vaqtincha joʻnab ketilganda, ushbu ishni bajarish, xizmat safarida boʻlish yoki taʼlim olishning butun davri mobaynida;
(40-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
g) bolalar tarbiyalash uchun bolalar muassasasiga, qarindoshlarga yoki homiylarga, vasiylarga topshirilganda, ular ushbu muassasada, qarindoshlar yoki homiylar, vasiylar qaramogʻida boʻladigan butun davr mobaynida, agar bolalar chiqib ketgan turar joyda oilaning boshqa aʼzolari yashash uchun qolgan boʻlsa. Bunda bolalar chiqib ketgan turar joyda ularning oila aʼzolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, ushbu xona bolalarning muassasada boʻlish muddati tugaguncha yoki qarindoshlar yoxud homiylar, vasiylar qaramogʻidan qaytib kelgan bolalar voyaga yetguncha, shuningdek, tegishli hollarda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida oʻqish tugaguncha yoxud harbiy xizmat muddati tamom boʻlgunicha, ushbu turar joy ijara shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga berib turilishi mumkin;
d) homiy, vasiy vazifasini bajarish munosabati bilan joʻnab ketganda, ushbu vazifalarni bajarishning butun davri mobaynida;
e) davolanish uchun davolash-profilaktika muassasalariga joʻnab ketilganda, davolanishda boʻlgan butun davr mobaynida;
j) qamoqqa olinganda yoki ushbu turar joyda yashash imkoniyatini istisno etuvchi ozodlikdan mahrum etish yoki boshqa jazo chorasiga mahkum etilganda, qamoqda boʻlishning yoki jazoni oʻtashning butun davri mobaynida, agar turar joyda oilaning boshqa aʼzolari yashash uchun qolgan boʻlsa. Bunda koʻrsatilgan fuqarolar chiqib ketgan turar joyda ularning oila aʼzolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, bunday fuqarolar qamoqdan ozod boʻlgunicha yoki jazoni oʻtab kelgunicha boʻlgan muddatga ushbu xona ijara shartnomasi asosida boshqa shaxslarga berib turilishi mumkin.
Vaqtincha boʻlmaganida shaxsning turar joydan foydalanish huquqi ushbu bandda koʻrsatilgan muddatlar tugagan kundan boshlab olti oy mobaynida saqlanib qoladi.
Agar ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar uzrli sabablarga koʻra turar joyda olti oydan ortiq muddat mobaynida boʻlmasa, ushbu muddat fuqarolarning arizasiga asosan ijaraga beruvchi tomonidan, nizoli hollarda esa, sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.
4-§. Uy-joylarni hisobini yuritish, taqsimlash va taqdim etish tartibi
41. Foydalanishga topshirilgan, yashash uchun yaroqli boʻlgan va ijaraga oluvchilarning chiqib ketishi munosabati bilan boʻshagan davlat uy-joy fondidagi turar joylarning hisobi tegishliligi boʻyicha balansda saqlovchi tashkilot tomonidan yuritiladi.
Bunda boʻsh turgan munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uy-joylar roʻyxati har chorakda tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi. Mazkur maʼlumotlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan hududiyligi boʻyicha tegishli fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga taqdim etiladi.
42. Uy-joy fondiga ega boʻlgan tashkilot kasaba uyushmasi bilan birgalikda uy-joylarni taqsimlaydi.
43. Fuqarolarga yashash uchun taqdim etiladigan uy-joy belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi va texnik talablarga javob berishi zarur.
Fuqarolarni boʻshagan uy-joy sifatida avariya holatidagi va yaroqsiz uylar, yertoʻlalar, baraklar va yashash uchun mos boʻlmagan boshqa binolarga, shuningdek, buzilishi, kapital taʼmirlanishi yoki noturar joy toifasiga kiritilishi lozim boʻlgan turar joylarga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
44. Turar joylarni taqdim etishda er va xotindan tashqari bitta xonaga yoki bir xonali kvartiraga turli jinsdagi shaxslarni joylashtirish taqiqlanadi.
Nogironligi boʻlgan shaxslar, qariyalar, yurak-qon tomir va boshqa ogʻir kasalliklar bilan xastalangan fuqarolarga turar joy ularning istagiga koʻra koʻp qavatli uylarning birinchi qavatidan yoki lift bilan jihozlangan uylardagi kvartiralar beriladi.
Taqdim etiladigan turar joy oʻlchamini belgilashda, oilada homilador ayolning borligi eʼtiborga olinishi lozim.
45. Agar ikki va undan ortiq ijaraga oluvchilar yashayotgan kvartirada boshqa yashash xonasidan ajratilmagan va unga qoʻshni boʻlgan xona boʻshagan taqdirda, ushbu xona qoʻshni xonaning ijaraga oluvchisiga berilishi lozim.
Agar kvartirada alohida ajratilgan xona boʻshagan taqdirda, u belgilangan norma boʻyicha yashash maydoni bilan taʼminlanmagan ijaraga oluvchiga taqdim etiladi. Agar kvartirada belgilangan norma boʻyicha yashash maydoni bilan taʼminlanmagan bir nechta ijaraga oluvchi mavjud boʻlsa, oilasi uy-joy sharoitini yaxshilashga koʻproq muhtoj boʻlgan fuqaro ushbu boʻshagan xonani olishda ustunlik huquqiga ega boʻladi. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar boʻlmagan taqdirda, boʻshagan alohida xona umumiy tartibda taqdim etiladi.
5-§. Turar joylarni almashtirish tartibi
46. Bir yoki bir necha xonadan iborat turar joy turar joyni almashtirish predmeti hisoblanadi.
47. Turar joylarni almashtirish uning ishtirokchilari soni cheklanmagan holda amalga oshiriladi.
Turar joylarni almashtirish aynan bir uydagi yoki turli uylardagi turar joylarda, shu jumladan, turli aholi punktlarida joylashgan turar joylarda yashayotgan fuqarolar oʻrtasida ham amalga oshirilishi mumkin.
Idoraviy uy-joy fondidagi turar joylarni faqat balansda saqlovchi tashkilotning roziligi bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Almashtirishga rozilik berilmaganligi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joyning ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyni faqat shu uy-joy fondining turar joyida yashovchi ijaraga oluvchi bilan almashtirishi mumkin.
48. Bir aholi punkti hududida joylashgan davlat uy-joy fondidagi turar joylarni almashtirish tuman (shahar) hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Agar turar joylar turli aholi punktlarida boʻlsa, turar joylarni almashtirish tomonlarning kelishuviga koʻra turar joylardan biri joylashgan hudud boʻyicha tuman (shahar) hokimligi tomonidan amalga oshiriladi.
49. Fuqarolar turar joylarni almashtirish boʻyicha tegishli tuman (shahar) hokimligi yoki idoraviy uy-joy fondi boʻlgan tashkilotga ariza bilan murojaat qiladi.
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
turar joyga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat yoki turar joy orderi;
almashtirilayotgan turar joylarda yashayotgan oilalardagi barcha voyaga yetgan oila aʼzolari hamda ular bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning yozma roziligi;
homiylik yoki vasiylikka olingan shaxsning foydalanishidagi turar joy almashtirilayotganida, homiylik va vasiylik organining roziligi.
Tuman (shahar) hokimligi yoki idoraviy uy-joy fondi boʻlgan tashkilot arizani oʻn kun ichida koʻrib chiqadi hamda turar joylarni almashtirish yoki almashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror (buyruq) qabul qiladi.
Ariza beruvchi tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi yoki ushbu bandda koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganligi turar joyni almashtirishni rad etishga asos boʻladi.
50. Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisida qaror (buyruq) qabul qilingan kundan boshlab ikki kun ichida tuman (shahar) hokimliklari tomonidan turar joylarni almashtirgan fuqarolarga orderlar beriladi.
Agar fuqarolar bir oilaga birlashish maqsadida almashtirish natijasida bir kvartirada xonalarni olsalar, ularga bitta order beriladi.
51. Fuqarolar turar joylarni almashtirishni rad etish toʻgʻrisidagi qarordan (buyruqdan) norozi boʻlgan taqdirda, sudga shikoyat qilishi mumkin.
6-§. Turar joyni qayta rejalashtirish, mukammal taʼmirlash va buzib qayta qurish tartibi
52. Turar joyni yanada obod qilish maqsadida ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari va ijaraga beruvchining roziligi asosida uni qayta rejalashtirish, mukammal taʼmirlash yoki buzib qayta qurish mumkin.
53. Turar joyni mukammal taʼmirlash yoki buzib qayta qurish davrida ijaraga beruvchi ijaraga oluvchidan oʻzi tomonidan beriladigan boshqa turar joyga vaqtincha koʻchib turishni talab qilishga haqli. Bunda amaldagi ijara shartnomasi bekor qilinmaydi, biroq ijaraga oluvchi ushbu davr mobaynida faqatgina vaqtincha berilgan turar joydan foydalanganligi uchun haq toʻlaydi.
3-bob. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish tartibi
54. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida joylashgan xizmat turar joylari mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifalariga ijara haqini toʻlash majburiyati yuklanmagan holda beriladi.
55. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida joylashgan xizmat turar joylari mazkur Nizomga 5-ilovadagi sxemaga muvofiq foydalanishga beriladi.
56. Xizmat turar joyidan foydalanmoqchi boʻlgan fuqaro davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
57. Xizmat turar joyidan foydalanmoqchi boʻlgan fuqaro oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, mustaqil ravishda mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish boʻyicha soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
58. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
tashkilotning tuman (shahar) hokimligiga xizmat turar joyini fuqaroga ajratish toʻgʻrisida yoʻllagan iltimosnomasi;
xizmat turar joyiga koʻchib oʻtayotgan fuqaro va uning oila aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi va otasining ismi, pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi boʻyicha maʼlumotlar va qarindoshlik aloqasi).
59. Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchilar YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
60. Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.
61. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi davlat xizmatlarini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
62. Soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazining xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqa ichida va YIDXP orqali esa avtomatik tarzda xizmat turar joyi joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimligiga elektron shaklda yuboriladi.
63. Tuman (shahar) hokimligi soʻrovnomani olgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganadi hamda xizmat turar joyini foydalanishga berish yoki bermaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
64. Tuman (shahar) hokimligi munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida joylashgan xizmat turar joyini foydalanishga berish toʻgʻrisida qaror qabul qilgandan soʻng bir ish kuni ichida mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan orderni shakllantiradi va Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
Xizmat turar joylari uchun berilgan orderga “xizmat turar joyi” degan yozuv kiritiladi.
Orderda turar joy taqdim etilgan fuqaro va oila aʼzolarining familiyasi, ismi va otasining ismi, ularning tugʻilgan yili va qarindoshlik aloqasi koʻrsatiladi.
65. Davlat xizmatlari markazi orderni olgandan soʻng oʻn daqiqa ichida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga orderni ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi shart.
Rasmiylashtirilgan orderda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ariza beruvchi oʻn besh kun ichida yigʻim toʻlamasdan belgilangan tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega.
66. Fuqaro orderni olgandan soʻng oʻn kun ichida fuqaro va xizmat turar joyini balansda saqlovchi tashkilot yoki uning vakolatli organi oʻrtasida ijara shartnomasi tuziladi.
67. Fuqaro va uning oila aʼzolari order berilgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida xizmat turar joyiga koʻchib kirishi lozim.
68. Quyidagilar xizmat turar joylari uchun berilgan orderni bekor qilishga asos boʻladi:
xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasining bekor qilinishi;
xodim yoki uning oila aʼzolaridan biri xizmat turar joyi joylashgan hududda mulk huquqi asosida uy-joy olishi.
Ish beruvchi xizmat turar joyidan foydalanib kelayotgan xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, shuningdek, xodim yoki uning oila aʼzolaridan biri xizmat turar joyi joylashgan hududda mulk huquqi asosida uy-joy olganda, bir ish kuni ichida bu haqida tegishli tuman (shahar) hokimligiga orderni bekor qilish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Bunda xodim oʻzi yoki oila aʼzolaridan biri xizmat turar joyi joylashgan hududda mulk huquqi asosida uy-joy olganligi toʻgʻrisida shu kunning oʻzida ish beruvchini xabardor qilishi hamda uzogʻi bilan bir oy ichida xizmat turar joyini boʻshatib qoʻyishi lozim.
69. Fuqaro egallab turgan xizmat turar joyini boʻshatishni rad etgan taqdirda, oʻzi bilan birga yashovchi barcha shaxslar boshqa turar joy berilmasdan, sud tartibida koʻchirib yuboriladi, mazkur Nizomning 70-bandida koʻrsatilgan shaxslar bundan mustasno.
70. Quyidagi shaxslar xizmat turar joylaridan boshqa turar joy berilgan holda koʻchiriladi:
a) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
b) 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va baynalmilal jangchilar;
v) harbiy xizmatni oʻtayotganida halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari;
g) nogironligi boʻlgan farzandlari bor oilalar;
d) tarbiyachi — ota-onalar (oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda);
e) xizmat turar joyi bergan tashkilotlarda kamida oʻn yil ishlagan (xizmat qilgan) shaxslar;
j) egallab turgan lavozimi munosabati bilan turar joy berilgan boʻlib, lavozimidan boʻshagan, lekin turar joyni bergan idora bilan mehnat munosabatlarini uzmagan shaxslar;
z) xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishi yoxud tashkilot tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar, bunda xodimni boshqa turar joyga koʻchirish masalasi tugatilayotgan korxonaning tugatish komissiyasida koʻrib chiqilishi lozim;
i) oʻzi ishlagan tashkilotdan pensiyaga chiqqan xodimlar;
k) xizmat turar joyi berilgan shaxs vafot etganida uning oila aʼzolari;
l) voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolgʻiz shaxslar;
m) shartnoma boʻyicha harbiy xizmatdan zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqqan harbiy xizmatchilar;
n) ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir turlari bilan kasallangan fuqarolar;
o) koʻp bolali oilalar;
p) uch nafar va undan ziyod mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar;
r) ishlamaydigan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
s) keksayib qolgan yolgʻiz pensionerlar — yolgʻiz yashaydigan keksalar, voyaga yetmagan bolalar yoxud qamoqda va jazoni ijro etish muassasalarida, uzoq muddat davolanishda boʻlgan shaxslar bilan birga yashaydigan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan pensiya yoshidagi shaxslar (60 yoshga yetgan erkaklar, 55 yoshga yetgan ayollar);
t) bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxs hisoblangan 18 yoshgacha yoki bolalikdan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs boʻlib qolgan bolalari boʻlgan oilalar.
Koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarga mazkur Nizomning 43 va 44-bandlarida belgilangan talablarga javob beradigan hamda ushbu aholi punkti chegarasi doirasida joylashgan turar joy beriladi.
71. Xizmat turar joylarining toifasi quyidagi hollarda tuman (shahar) hokimligining qarori bilan boshqa toifaga oʻtkaziladi:
a) xizmat turar joyiga boʻlgan zarurat yoʻqolgan boʻlsa;
b) xizmat turar joyi belgilangan tartibda yashash uchun yaroqsiz deb topilgan boʻlsa;
v) xizmat turar joyi biriktirilgan tashkilot tugatilgan boʻlsa va ushbu tashkilotning huquqiy vorisi boʻlmasa.
4-bob. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tartibi
1-§. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish obyekti va subyekti
72. Quyidagilar davlat uy-joy fondini xususiylashtirish obyektlari hisoblanadi:
fuqarolar ijara shartnomasi asosida foydalanilayotgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar va bir kvartirali uylar (uylarning bir qismi);
qayta tiklash, taʼmirlanish ishlari tugallangan, biroq fuqarolar koʻchib kirmagan va boʻshatilgan uylarning kvartiralari, bir kvartirali uylar (uylarning bir qismi);
yangi qurilgan uylardagi kvartiralar.
Yopiq harbiy shaharchalardagi uylardagi kvartiralar, arxitektura, tarixiy va madaniy yodgorlik boʻlgan kvartiralar va uylar, uy-muzeylar, yotoqxonalardagi xonalar, belgilangan tartibda yashash uchun yaroqsiz deb topilgan yoki xizmat kvartiralari (xonalari) hisoblangan kvartiralar, ikki yoki undan ortiq ijarachi yashayotgan kvartiralar undagi barcha yashovchilarning roziligi boʻlmagan hollarda xususiylashtirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
73. Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashab turgan Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar xususiylashtirish subyektlari hisoblanadilar.
(73-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari, yuridik shaxslar oʻz xodimlari va pensionerlarini uy-joy bilan taʼminlash uchun boshqa mulkdordan uy-joy sotib olishi mumkin.
74. Oʻzlari egallab turgan davlat uy-joylarini sotib olishga yoki uy-joyni ijaraga olishga qurbi yetmaydigan mehnatga yaroqsiz yolgʻiz keksa fuqarolar uchun tashkilotlar huzurida uy-joydan ijara shartnomasi asosida foydalaniladigan kommunal uy-joy fondi tashkil etiladi.
75. Tashkilotning ulushli mablagʻlari hisobiga qurilgan kvartiralar va uylarni xususiylashtirishda xususiylashtirish subyektlariga imtiyozlar idoralarga qarashli uy-joy fondi egalari bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.
2-§. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish va uning qiymatini toʻlash tartibi
76. Davlat uy-joy fondi mazkur Nizomga 7-ilovadagi sxemaga muvofiq xususiylashtiriladi.
77. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tuman (shahar) hokimliklari va davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat tashkilotlariga qarashli idoraviy uy-joy fondini xususiylashtirish vakolati shartnoma asosida uy-joy fondi joylashgan joydagi tuman (shahar) hokimligiga berilishi mumkin.
78. Quyidagilarga davlat uy-joy fondidagi uy-joyga nisbatan mulk huquqi beriladi:
pul kompensatsiyasi toʻlanmasdan buzilgan xususiy uy-joylar oʻrniga davlat uy-joy fondidan uy-joy olgan fuqarolarga;
davlat uy-joy fondidagi uy-joyni mazkur Nizomda belgilangan tartibda xususiylashtirgan fuqarolarga;
keyinchalik uy-joyning toʻla qiymatini toʻlash (sotib olish) huquqi bilan uy-joyni ijaraga olgan fuqarolarga.
79. Alohida uyga (uyning bir qismiga), kvartiraga nisbatan mulk huquqi fuqarolar tomonidan uy-joyning toʻla qiymati toʻlangan (sotib olingan) hamda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi olingan kundan boshlanadi.
Agar fuqaro kvartira, uy (uyning bir qismi) uchun toʻlovni toʻliq amalga oshirgan, arizani tuman (shahar) hokimligida roʻyxatdan oʻtkazgan, biroq mulk huquqini beruvchi davlat orderini olmasdan vafot etgan taqdirda, merosxoʻrlar ushbu kvartirani, uyni (uyning bir qismini) meros qilib olishga haqli.
80. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar uy-joy joylashgan tuman (shahar) hokimligi tomonidan arxiv maʼlumotlari asosida beriladi.
Bunda tuman (shahar) hokimliklari tomonidan xususiylashtirilgan uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish hujjatlar bazasini (arxivini) raqamlashtirish hamda idoralararo elektron tizimlarini integratsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
81. Mavjud davlat uy-joy fondidagi uy-joylar quyidagi asoslarga koʻra xususiylashtiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga oʻzlari yashayotgan va hozirgi vaqtda yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan alohida uylarni (uylarning bir qismini), kvartiralarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi lozim boʻlgan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Qonuni kuchga kirguniga qadar berilgan idoraviy hujjat (order) asosida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy maqomini olgan yotoqxonalarda doimiy yashab kelayotgan hamda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan fuqarolarga uy-joyni qonunchilikda belgilangan tartibda baholovchi tashkilot tomonidan qoldiq balans qiymati boʻyicha baholangan narxlar boʻyicha sotish;
(81-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga asosan uy-joyni fuqarolarning ayrim toifalariga bepul berish;
keyinchalik sotib olish sharti bilan davlat uy-joyini ijaraga olish toʻgʻrisida shartnoma tuzish.
82. Yangi qurilgan, qayta qurilgan, kapital taʼmirlangan va boʻshagan davlat uy-joy fondidagi uy-joylar hamda kvartiralar quyidagi tartibda xususiylashtiriladi:
uy-joy olish uchun yashash joyida va ish joyida navbatda turgan fuqarolarga uy-joyni mulk huquqiy asosida sotish;
yangi qurilgan davlat uy-joy fondida 20 foizgacha hamda qayta qurilgan, kapital taʼmirlangan davlat uy-joy fondida 10 foizgacha kvartira (xona)larni va uylarni (uylarning bir qismini) auksion orqali aholiga mulk huquqi asosida sotish.
83. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishda mazkur Nizom qoidalari yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan buziladigan uylar (uylarning bir qismi) yoki kvartiralarning oʻrniga zararlarni qoplash tartibida davlat uy-joy fondidan mulkdorlarga beriladigan uylarga (uylarning bir qismiga) yoki kvartiralarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
84. Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar ham uy-joyni auksion orqali sotib olish huquqiga ega, bunda mazkur uy-joydan xizmat maqsadida (idoralar, ofislar va shu kabilar) hamda ishlab chiqarish binolari (sexlar, ustaxonalar va shu kabilar) maqsadida foydalanish huquqisiz oʻz xodimlariga berish va xususiylashtirish majburiy shart hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi va chet el fuqarolari hamda nodavlat yuridik shaxslarga eski va avariya holatidagi uy-joy fondini undan ofislar, vakolatxonalar va boshqa xizmat binolari sifatida foydalanish uchun auksionlarda sotish huquqiga ega.
85. Fuqarolarning 1992-yilgacha qurilgan uy-joyni sotib olishi kvartira (uy)ning toʻliq qiymatini bir yoʻla toʻlash yoʻli bilan ham, shuningdek, 5 yil davomida toʻlash yoʻli bilan ham amalga oshirilishi mumkin, bunda bir yoʻla toʻlanadigan dastlabki toʻlov kvartira qiymatining 40 foizini tashkil etadi. U xususiylashtiruvchining xohishiga koʻra yarim yilga, imtiyozga ega boʻlganlar uchun esa bir yilga taqsimlanishi mumkin.
86. 1992-yilda va undan keyingi yillarda qurilgan kvartiralarni, uylarni sotib oluvchi fuqarolarga toʻlov muddati 20 yil qilib belgilanadi, bunda bir yoʻla toʻlanadigan toʻlov uy-joy qiymatining 10 foizini tashkil etadi. Bunda fuqarolar ushbu toifadagi uy-joylar uchun toʻlovni bir yoʻla amalga oshirishi mumkin.
87. Xususiylashtirilgan uy-joyning toʻliq qiymatini bir yoʻla toʻlagan fuqarolarga 1992-yilgacha qurilgan uy-joy qiymatining 10 foizi, 1992-yilda va undan keyingi yillarda qurilgan uy-joy qiymatining 20 foizi miqdorida, uy-joy haqini ikki yarim yil davomida toʻlaganlarga esa tegishli ravishda 5 va 10 foiz miqdorida chegirma belgilanadi.
88. Qiymati boʻlib-boʻlib toʻlanadigan kvartira va uy (uyning bir qismi)ni xususiylashtirish boʻyicha qarzdorlik muqarrar ravishda undirib olinadi.
89. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat tashkilotlari tomonidan uy-joylarni xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlardan belgilangan tartibda foydalaniladi hamda uy-joy kommunal xoʻjaligini saqlash va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
90. Xususiylashtirish subyektlariga davlat uy-joy fondini xususiylashtirish huquqi faqat bir marta beriladi.
3-§. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
91. Fuqaro davlat uy-joy fondidagi alohida uyni (uyning bir qismini) yoki kvartirani xususiylashtirish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
92. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, mustaqil ravishda mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakldagi davlat uy-joy fondini xususiylashtirish boʻyicha soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
93. Uy-joyni xususiylashtirish toʻgʻrisidagi soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
fuqaroning imtiyozli xususiylashtirish huquqini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar fuqaroda bunday huquq mavjud boʻlsa);
uy daftarining nusxasi (kvartiralar boʻyicha kartochkaning nusxasi, 17-shakl);
birgalikda yashayotgan barcha voyaga yetgan oila aʼzolarining notarial tasdiqlangan roziligi;
uy (uyning bir qismi) yoki kvartira qiymatini baholash toʻgʻrisidagi baholovchi tashkilotining hisoboti.
94. Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan soʻrovnomani tasdiqlaydi.
Ariza beruvchilar YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda, soʻrovnamani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
95. Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Davlat xizmati koʻrsatilishida YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nisbatan mazkur davlat xizmatini koʻrsatishda belgilangan toʻlovning 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan toʻlovlar boʻyicha 75 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi. Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(95-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun undiriladigan barcha turdagi davlat boji, yigʻim va boshqa turdagi toʻlovlar Yagona billing tizimi orqali amalga oshiriladi va tasdiqlanadi.
96. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foizi toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochiladigan maxsus hisobvaragʻiga;
79,5 foizi tuman (shahar) hokimliklari gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
10 foizi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,25 foizi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochiladigan maxsus hisobvaragʻiga;
0,5 foizi toʻlovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochiladigan maxsus hisobvaragʻiga;
78,25 foizi tuman (shahar) hokimliklari gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
97. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlarning koʻrsatilishi davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
98. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazining xodimi tomonidan toʻldirilib, fuqaro tomonidan tasdiqlangandan soʻng oʻn daqiqa ichida va YIDXP orqali murojaat qilinganda avtomatik tarzda xususiylashtirilayotgan uy-joy joylashgan tuman (shahar) hokimligiga hamda uy-joy fondini balansida saqlovchi tashkilotga elektron shaklda yuboriladi.
99. Tuman (shahar) hokimligi hamda uy-joy fondini balansida saqlovchi tashkilot soʻrovnomani bir oy ichida koʻrib chiqadi va natijasi boʻyicha uy-joyni xususiylashtirish yoki xususiylashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror (buyruq) qabul qiladi. Bunda uy-joy fondiga ega boʻlgan tashkilot qarorni (buyruqni) qabul qilingan kuning oʻzida tegishli tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
100. Tuman (shahar) hokimligi hamda uy-joy fondini balansida saqlovchi tashkilot qabul qilingan qarorni (buyruqni) avtomatik tarzda Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
101. Davlat xizmatlari markazi qarorni (buyruqni) olganidan soʻng oʻn daqiqa ichida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
102. Yagona billing tizimi qarorga (buyruqqa) asosan xususiylashtirilayotgan uy-joyni sotib olish uchun hisobvaraqni shakllantiradi va toʻlangan mablagʻlar hisobini yuritadi.
103. Ariza beruvchi uy-joyni xususiylashtirish uchun hisobvaraqni olgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida qarorda (buyruqda) nazarda tutilgan shartlarda uy-joyni xususiylashtirish uchun toʻlovni toʻliq yoki qisman amalga oshiradi.
104. Ariza beruvchi toʻlovni toʻliq amalga oshirgandan soʻng tuman (shahar) hokimligi bir ish kuni ichida mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakldagi QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan mulk huquqini beruvchi davlat orderini shakllantiradi va Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.
105. Davlat xizmatlari markazi orderni olganidan soʻng oʻn daqiqa ichida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi shaxsan kelib murojaat qilgan taqdirda, unga orderni ariza beruvchining soʻroviga koʻra elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi shart.
Rasmiylashtirilgan orderda notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi aniqlangan taqdirda, ariza beruvchi oʻn besh kun ichida yigʻim toʻlamasdan belgilangan tartibda qayta murojaat qilish huquqiga ega.
5-bob. Tashkilotlar uy-joylarining hududlar kesimidagi reyestrini shakllantirish tartibi
111. Tashkilotlar har yili 25-yanvardan kechiktirmasdan oʻzlariga tegishli boʻlgan uy-joylarni xatlovdan oʻtkazadi.
112. Xatlov natijalariga koʻra tashkilot oʻziga tegishli boʻlgan uy-joylarning hududlar kesimidagi reyestrini mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shakllantiradi.
113. Xatlov natijasida aniqlangan uy-joylarni reyestrga kiritish va undan chiqarish tashkilotlarning tegishli qarori (buyrugʻi) asosida amalga oshiriladi.
114. Shakllantirilgan uy-joylarning reyestri har yili 30-yanvardan kechiktirmasdan tegishli tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida joylashtiriladi, qonunchilik hujjatlari bilan ochiqlanishi taqiqlangan uy-joylar bundan mustasno.
115. Tashkilotlar rahbarlari oʻz tasarrufida boʻlgan uy-joylarning reyestrini oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida belgilangan muddatlarda joylashtirishga va uni muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlashga masʼul hisoblanadi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
116. Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
117. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.

Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish

SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

Uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali soʻrovnoma yuboradi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Soʻrovnomani ariza beruvchining yashash joyi boʻyicha tuman (shahar) hokimligiga yoki fuqaroning ish joyi boʻyicha uy-joy fondi boʻlgan tashkilotga elektron shaklda yuboradi.

Oʻn daqiqa ichida

YIDXP

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Tuman (shahar) hokimligining turar joy masalalari boʻyicha komissiyasi

1. Soʻrovnomani koʻrib chiqadi.

2. Soʻrovnomani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha ariza beruvchini uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar hisobiga qoʻyish yoki hisobga qoʻyishni rad etish haqida tashkilot rahbariga taklif kiritadi.

Oʻn kun ichida

Tashkilotning turar joy masalalari boʻyicha komissiyasi

4-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. Komissiyaning taklifi asosida ariza beruvchini uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga qoʻyish yoki hisobga qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida qaror (buyruq) qabul qiladi.

2. Qarorni (buyruqni) Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

Tashkilot

Avtomatik tarzda

Davlat xizmatlari markazi

Qarorni (buyruqni) ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi.

Oʻn daqiqa ichida

5-bosqich

Tashkilot

Aholi punktida foydalanishga topshirilgan yoki boʻshagan uy-joylarni navbat asosida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobida turgan fuqarolarga taqdim etish toʻgʻrisida qaror (buyruq) qabul qiladi.

Ikki ish kuni ichida

6-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Uy-joyni taqdim etish toʻgʻrisidagi qaror (buyruq) asosida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan orderni shakllantiradi va Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

Davlat xizmatlari markazi

Orderni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Oʻn daqiqa ichida

7-bosqich

Ariza beruvchi

1. Orderni olgandan soʻng ushbu uy-joyni balansda saqlovchi tashkilot yoki uning vakolatli organi bilan ijara shartnomasi tuzadi.

Oʻn kun ichida

2. Oila aʼzolari bilan birga uy-joyga koʻchib kiradi.

Oʻttiz kun ichida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)

Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish boʻyicha
SOʻROVNOMA

I. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqaro toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Tugʻilgan sanasi

5. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi seriyasi va raqami

6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

7. Yashash manzili

8. Telefon raqami

9. Elektron pochta manzili

10. Ish joyi

11. Ariza yuborilayotgan joy

Fuqaro yashab turgan joyi boʻyicha tuman (shahar) hokimligi (tanlanadi)

Uy-joy fondi boʻlgan davlat tashkiloti (aniq koʻrsatiladi)

II. Ilova qilinadigan hujjatlar

Notarial tasdiqlangan ishonchnoma nusxasi (agar soʻrovnomani uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqaroning vakili toʻldirayotgan boʻlsa)

Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

__________________________________________ hokimligi

20_____ y., “_____” _________________

Turar joy uchun order №_____ ______________________________________ Seriya ________

________________________________________________ ga

(familiyasi, ismi, otasining ismi)

_____ nafardan iborat oilasi uchun umumiy maydoni ______ kv. metr boʻlgan _______ xonali turar joyni egallash huquqi berildi.

Uy manzili: _____________________________________________________________________________

(koʻcha, berk koʻcha, proyezd va h.k.)

uy _____ korpus ______ xonadon __________

Turar joy egasi: _________________________________________________________________________

(tuman (shahar) hokimligi / tashkilot)

________________________________________________________________________________________

Order berish uchun asos: ___________________________________________________________________

(turar joy berish toʻgʻrisidagi hujjat)

20_____ y., “_____” _________________ dagi №_______________

Oila tarkibi

T/r

Familiyasi, ismi, otasining ismi

Qarindoshlik aloqalari

Tugʻilgan yili

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

_________ tuman (shahar) hokimining oʻrinbosari

F.I.O.

QR-kodi

Izoh. Ushbu order berilgan turar joyga koʻchib kirish uchun asos hisoblanadi. Fuqaro va uning oila aʼzolari order berilgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida turar joyga koʻchib kirishi lozim.

Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

4-ILOVA

Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar

TOIFALARI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Toifalarning nomi

1.

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish muassasalarining (nogironligi boʻlgan shaxslar, faxriylar, yolgʻiz keksalar uchun internat-uylar) bugʻ qozon qurilmalari operatorlari

2.

Nasos stansiyalari, yirik gidrouzellar va toʻgʻonlarga xizmat koʻrsatuvchi navbatchi texniklar, mashinistlar, elektrotexniklar

3.

Kommunal xizmat koʻrsatishning suv oqizish — oqova suvlarni chiqarib yuborish va gaz xoʻjaligi avariya-dispetcherlik xizmatlari ustalari va chilangarlari

4.

Yoʻl oraliqlari ustalari va tuzatuvchilari

5.

Gaz taʼminoti korxonalari xodimlari

6.

Suv xoʻjaligining foydalanish uchastkalari boshliqlari, gidroinshootlarning tartibga soluvchilari va gidropostlarning kuzatuvchilari, uchastka gidrotexniklari va gidrooʻlchovchilari

7.

Kabelli (radiorele) kuchaytirish punktlariga xizmat koʻrsatuvchi navbatchi texniklar, radio va televizion stansiyalarga, shuningdek, qishloq joylardagi maxsus obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi elektromexaniklar

8.

Elektr tarmoqlari va yordamchi stansiyalarning navbatchi muhandislari, kabelli taqsimlash tarmoqlarining navbatchi muhandislari va texniklari

9.

Sogʻliqni saqlash vazirligining qishloq joylardagi davolash-profilaktika muassasalari uchastka vrach-terapevtlari va pediatrlari.

Nogironligi boʻlgan shaxslar va qariyalar uylarining hamda aqlan zaif bolalar uchun nogironligi boʻlgan bolalar uylari direktorlari, vrach (feldsher), katta tibbiyot hamshirasi, shuningdek, ushbu bolalar uylarining tarbiyachisi, sanatoriylar va dam olish uylarining bosh vrachi, vrach (feldsher), xoʻjalik ishlari bilan shugʻullanuvchi hamshira.

10.

Oilaviy bolalar uyining tarbiyalash uchun ularga berilgan bolalar bilan birga yashovchi ota-ona tarbiyachilari

11.

Oʻrmon, qoʻriqxona, (daxlsiz oʻrmon qoʻriqxonasi), ovchilik xoʻjaliklari direktorlari, oʻrmon xoʻjaligi xodimlari, oʻrmon kesuvchilari va yollangan ovchilari

12.

Boshqa joylardan vaqtinchalik taklif etilgan oliy toifali trenerlar va sport ustalari

13.

Harbiylashtirilgan qoʻriqlash va favqulodda vaziyatlar organlari harbiy xizmatchilari va ishchi-xizmatchilari

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kazarma — uy-joy fondiga hamda kommunal inshootlariga xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq ishchi va xizmatchilari, Qurolli Kuchlarning ofitserlar tarkibidagi shaxslar va belgilangan muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilari

15.

Ichki ishlar organlari xodimlari

16.

Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, viloyatlar va tuman, shahar hamda harbiy sudlar sudyalari

17.

Prokuratura organlarining xodimlari

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari devonlari, Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) kotibiyati, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va ularning hududiy boʻlinmalari apparatlarining boshqa hududlardan ishga taklif etilgan masʼul xodimlari

19.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari, Toshkent shahrida turar joyga ega boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida doimiy asosda ishlovchi senatorlar, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning oʻrinbosari

20.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va uning oʻrinbosari

21.

Qishloq joylardagi aloqa boʻlimlari boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari

22.

Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislar va (yoki) tibbiyot xodimlari

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)

Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

5-ILOVA

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish

SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

Xizmat turar joylarini foydalanishga berish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali soʻrovnoma yuboradi.

Zaruriyatga koʻra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Soʻrovnomani ariza beruvchi tasdiqlagandan soʻng xizmat turar joyi joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimligiga elektron shaklda yuboradi.

Oʻn daqiqa ichida

YIDXP

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganadi hamda xizmat turar joyini foydalanishga berish yoki bermaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Oʻn ish kuni ichida

2. QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan orderni shakllantiradi va Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

Davlat xizmatlari markazi

Orderni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Oʻn daqiqa ichida

4-bosqich

Ariza beruvchi

1. Orderni olgandan soʻng xizmat turar joyini balansda saqlovchi tashkilot yoki uning vakolatli organi bilan ijara shartnomasi tuzadi.

Oʻn kun ichida

2. Oila aʼzolari bilan birga xizmat turar joyiga koʻchib kiradi.

Oʻttiz kun ichida

Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

6-ILOVA

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Xizmat turar joyidan foydalanmoqchi boʻlgan fuqaro toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Tugʻilgan sanasi

5. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi seriyasi va raqami

6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

7. Yashash manzili

8. Telefon raqami

9. Elektron pochta manzili

10. Ish joyi

11. Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxs toifasi

Tanlanadi

12. Ariza yuborilayotgan joy

Xizmat turar joyi joylashgan hududdagi tuman (shahar) hokimligi (tanlanadi)

II. Ilova qilinadigan hujjatlar

1. Xizmat uy-joyni xodimga ajratish toʻgʻrisida tashkilot maʼmuriyatining tuman (shahar) hokimligiga yoʻllangan iltimosnoma nusxasi

2. Xizmat uy-joyiga xodim bilan koʻchib oʻtayotgan oilasi tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotlar (F.I.O., pasport maʼlumotlari va qarindoshlik aloqalari)

Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

7-ILOVA

Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish

SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

Davlat uy-joy fondidagi alohida uyni (uyning bir qismini) yoki kvartirani xususiylashtirish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali soʻrovnoma yuboradi.

Zaruriyatga koʻra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Soʻrovnomani xususiylashtirilayotgan uy-joy joylashgan tuman (shahar) hokimligiga hamda uy-joy fondini balansida saqlovchi tashkilotga elektron shaklda yuboradi.

Oʻn daqiqa ichida

YIDXP

Avtomatik tarzda

3-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. Soʻrovnomani koʻrib chiqadi va natijasi boʻyicha uy-joyni xususiylashtirish yoki xususiylashtirishni rad etish toʻgʻrisida qaror (buyruq) qabul qiladi.

2. Qabul qilingan qarorni (buyruqni) Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.

Bir oy ichida

Tashkilot

Avtomatik tarzda

Davlat xizmatlari markazi

Qarorni (buyruqni) olganidan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Oʻn daqiqa ichida

4-bosqich

Ariza beruvchi

Qarorda (buyruqda) nazarda tutilgan shartlarda uy-joyni xususiylashtirish uchun toʻlovni toʻliq yoki qisman amalga oshiradi.

Oʻn ish kuni ichida

5-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan orderni shakllantiradi va Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga yuboradi.

Bir ish kuni ichida

Davlat xizmatlari markazi

Orderni olganidan soʻng uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

Oʻn daqiqa ichida

Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

8-ILOVA

Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish boʻyicha
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Familiyasi

2. Ismi

3. Otasining ismi

4. Tugʻilgan sanasi

5. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi seriyasi va raqami

6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)

7. Yashash manzili

8. Telefon raqami

9. Elektron pochta manzili

10. Ariza yuborilayotgan joy

Xususiylashtirilayotgan uy-joy joylashgan tuman (shahar) hokimligi (tanlanadi)

Uy-joy fondini balansda saqlovchi davlat organi, korxona, muassasa va tashkilot (aniq koʻrsatiladi)

II. Xususiylashtiriladigan uy-joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Uy-joyning kadastr raqami

2. Uy-joyning maydoni (kv.m.)

3. Uy-joyning manzili

III. Ilova qilinadigan hujjatlar

1. Fuqaroning imtiyozli xususiylashtirish huquqini tasdiqlovchi maʼlumotnoma

2. Uy daftarining nusxasi (kvartiralar boʻyicha kartochkaning nusxasi) (17-shakl)

3. Birgalikda yashayotgan barcha balogʻatga yetgan oila aʼzolarining notarial tasdiqlangan roziligi

4. Uy (uyning bir qismi) yoki kvartira qiymatini qoldiq balans qiymati boʻyicha baholash toʻgʻrisidagi baholovchi tashkilotining hisoboti

Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

9-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi

____________________________

(vakolatli organning nomi)

Mulk huquqini beruvchi davlat orderi

№ ____________________ ___________________________ 20 _____ yil “______” _______________

Ushbu order __________________________________________________________________________

______________________________________________________________________ asosida berilgan.

_____________________ viloyati, ______________ tumani, __________________________ massivi,

__________ koʻchasi, ______ uy manzilida joylashgan, umumiy maydoni __________ kv. m, turar joy

maydoni __________________ kv. m., qiymati _____________________________________________

__________________________________ soʻm boʻlgan _________________________________ kvartira

(summa soʻz bilan yoziladi)

(kvartira, uy (uyning bir qismi)

_________________________________________________________________________________ dan

(tashkilotning toʻliq nomi)

___________________________________________________________________________ tomonidan

(F.I.O., pasportga oid maʼlumotlar)

sotib olinganligini tasdiqlaydi.

Tuman (shahar) hokimi

QR-kodi

F.I.O.

Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

10-ILOVA

Tashkilotga tegishli boʻlgan uy-joylarning hududlar kesimidagi

REYESTRI

T/r

Uy-joyning manzili

(shahar (tuman), koʻcha, qishloq, uy raqami)

Maydoni,

kv. m.

Uy-joyning texnik holati

Uy-joyning jihozlanganlik darajasi

Uy-joyni reyestrga kiritish uchun asos va hujjat maʼlumotlari

Uy-joyni reyestrdan chiqarish uchun asos va hujjat maʼlumotlari

1.

2.

3.

...

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qaroriga

2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish toʻgʻrisida” 1993-yil 1-martdagi 114-son qarorining 3-bandi hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 4-apreldagi 180-son qaroriga 3-ilovaning 1 va 2-bandlari.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga 1-ilovaning 2-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-257-sonli Qonuni)” 2010-yil 9-noyabrdagi 248-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori)” 2012-yil 20-apreldagi 116-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida” 2017-yil 22-iyundagi 413-son qarori.
8. Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berishni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi hamda qarorga 1-ilova.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)” 2020-yil 14-apreldagi 217-son qaroriga 1-ilova 1-bandining “v” kichik bandi.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 19-fevraldagi PF-5666-son Farmoni)” 2020-yil 6-iyuldagi 425-son qaroriga 1-ilovaning 1-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 1-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 31-dekabrdagi 830-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
14. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari koʻrsatishning infratuzilmasi takomillashtirilganligi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 28-oktabrdagi 661-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza xizmati tashkiliy tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qaroriga 12 ilovaning 89-bandi “a” kichik bandining birinchi — sakkizinchi xatboshilari.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 574-bandi “a” kichik bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)