1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.06.00 Turli toifadagi fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi. Bepul tibbiy yordam;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.02.00 Sudlanganlar va qamoqdagi shaxslarning huquqiy holati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sogʻliqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirIning
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 20-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3159]
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi va “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2002-yil 3-sentabrdagi 231-son “Oʻzbekiston Respublikasi IIV tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar tibbiy taʼminoti boʻyicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1182, 2002-yil 24-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 20-son);
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 29-dekabrdagi 193-son “Oʻzbekiston Respublikasi IIV tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar tibbiy taʼminoti boʻyicha qoidalarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1182-1, 2012-yil 20-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 8-9-son, 88-modda).
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-mart,
67-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 23-martdagi 67-son buyrugʻiga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha
QOIDALAR
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi hamda “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari (bundan buyon matnda TH deb yuritiladi) va jazoni ijro etish muassasalarida (bundan buyon matnda JIEM deb yuritiladi) saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminotini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Asosiy tushunchalar
1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
bolalar uyi — mahkuma ayollarning bolalarini saqlash va tarbiyalashga moʻljallangan bolalar muassasasi;
davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi — TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish uchun moʻljallangan boʻlim;
mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxona (bundan buyon matnda ixtisoslashgan kasalxona deb yuritiladi) — mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarga malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan kasalxona;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 18-apreldagi 190-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-2, 16.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 10/25/3159-2/0442-son)
profilaktik tibbiy koʻrik — tibbiy tekshiruvlar yigʻindisini tashkil etib, mahkumlarning individual xususiyatlarini aniqlash uchun aniq bir maqsadga qaratilgan tibbiy tekshiruv, kasalliklarni ilk davrida aniqlash, samarali davolash turini tanlash va kasallikning prognozini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi;
sanitariya-gigiyena tadbirlari — yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlishini hamda tarqalishini oldini olishga va ularni bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy, tibbiy-sanitariya chora-tadbirlari.
2-§. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminotini tashkil etish
2. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarga TH va JIEMda, shuningdek ixtisoslashgan kasalxonada tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, ularga davlat sogʻliqni saqlash tizimining tegishli davolash-profilaktika muassasalarida malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatiladi.
3. Manzil-koloniyalarda jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarga JIEM joylashgan hududdagi davlat sogʻliqni saqlash tizimining barcha davolash-profilaktika muassasalari tomonidan tibbiy yordam koʻrsatiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi “Jinoyat ishini yuritish chogʻida qamoqda saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasiga asosan ushlab turilganlar va qamoqqa olinganlarga tibbiy xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 87-moddasiga muvofiq ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti respublika budjeti hisobidan amalga oshiriladi.
5. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarda turli tibbiy va boshqa tajriba va sinovlar oʻtkazish qatʼiyan taqiqlanadi.
6. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarga shaxsning tibbiy yordamga muhtojligi haqidagi murojaati yoki boshqa shaxslarning murojaatlari, shuningdek nazoratchi yoki muassasa xodimining shaxsga tibbiy yordam koʻrsatilishi zarurligi haqidagi xabariga asosan tibbiy yordam koʻrsatilishi shart. Bunda JIEM rahbari yoki boshqa masʼul xodimlar tibbiy yordamga muhtoj shaxsning oldiga tibbiyot xodimlarining zudlik bilan kirishini taʼminlashi kerak.
7. TH va JIEMning tibbiyot xodimlariga davolash-profilaktika ishlariga aloqador boʻlmagan ishlarni yuklash, shuningdek boshqa tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi.
THda majburiy hamda JIEMda birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 24-noyabrdagi 676-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-3, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 10/25/3159-3/1132-son)
kasallikka chalinganlarni, shuningdek ulardagi kasalliklarni erta aniqlash va ularni davolash-profilaktik tadbirlarini oʻtkazish maqsadida profilaktik tibbiy koʻriklardan oʻtkazish;
kasallik belgilari aniqlangan shaxslarga ambulator yoki statsionar sharoitda tibbiy yordam koʻrsatish;
hayot faoliyati cheklangan (shaxs tomonidan oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish, mustaqil harakatlanish, moʻljal olish, muloqot qilish, oʻz xulq-atvorini nazorat qilish, oʻqish yoki mehnat faoliyati bilan shugʻullanish layoqati yoki imkoniyatining toʻliq yoki qisman yoʻqolgan) (bundan buyon matnda hayot faoliyati cheklangan deb yuritiladi) va nogironligi boʻlgan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (bundan buyon matnda TIEK deb yuritiladi) tavsiyalariga rioya etilishini taʼminlash;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 18-apreldagi 190-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-2, 16.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 10/25/3159-2/0442-son)
surunkali kasallikka chalingan shaxslarning davolanishi va sogʻlomlashtirilishi boʻyicha tavsiyalarga rioya etilishini taʼminlash.
9. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarga tibbiy-sanitariya taʼminotini amalga oshirish maqsadida davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimlari tashkil etiladi. Ushbu boʻlimlarda bemorlar statsionar sharoitda davolanishi uchun moʻljallangan xonalar, shifokor xonalari, ovqatlanish xonasi, yuvinish xonasi, hojatxona hamda yuqumli va ruhiy holati buzilgan shaxslarni alohida saqlash uchun moʻljallangan xonalar bilan jihozlanadi.
Ixtisoslashtirilgan kasalxonada tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyati boʻlmaganda yoki shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlgan hollarda, TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslar sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga joylashtirilishi mumkin.
11. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxs ogʻir kasallikka chalingan yoxud u vafot etgan taqdirda, muassasa maʼmuriyati bu haqda uning yaqin qarindoshlariga, qonuniy vakiliga, jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga va prokurorga darhol xabar qiladi.
12. JIEMda yuqumli kasallikka chalingan mahkumlarga yaqin qarindoshlari bilan uzoq muddatli uchrashuv berish shifokor xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs ogʻir kasallikka chalingan taqdirda, telefon orqali qoʻshimcha soʻzlashishga, shuningdek shifokorning ruxsati bilan qoʻshimcha uchrashuvga ruxsat beriladi.
13. THga keltirilgan shaxslar (tranzit tariqasida olib kelinayotganlar ham) THga olib kelingan paytdan eʼtiboran ikki soat ichida majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Ushbu koʻrik tibbiyot xodimi tomonidan shaxsning atrofdagilarga epidemiologik xavf tugʻdirishi ehtimolini aniqlash, shoshilinch yoki kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordamga muhtojligini belgilash, tana koʻrigi, antropometriya va termometriya tekshiruvlarini oʻtkazish, shuningdek tan jarohatlari va shikastlanish belgilari, yaralar hamda ularning darajasini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
THga keltirilgan shaxsni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish davomida THning u bilan bir jinsda boʻlgan xodimi ishtirok etadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 24-noyabrdagi 676-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-3, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 10/25/3159-3/1132-son)
14. Majburiy tibbiy koʻrik natijasida aniqlangan kasalliklar yoki shikastlanishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq tibbiyot xodimi tomonidan jurnalga qayd etiladi hamda ushbu Qoidalarning 11-ilovasida koʻrsatilgan namunadagi tibbiy maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
Tibbiy maʼlumotnomaning bir nusxasi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan shaxsga imzo qoʻydirib tanishtirilganidan keyin uning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi, ikkinchi nusxasi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan shaxsni THga olib kelgan xodimlarga topshiriladi.
Tibbiy maʼlumotnomaning koʻchirma nusxasi THga olib kelingan shaxsning yoki uning advokatining talabiga asosan tegishincha THga olib kelingan shaxsga yoki uning advokatiga taqdim etiladi.
THga olib kelingan shaxslar boshqa THga oʻtkazilganda yoki protsessual harakatlar oʻtkazish uchun olib chiqilib, THga qaytarilganda ular ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 24-noyabrdagi 676-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-3, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 10/25/3159-3/1132-son)
15. THga olib kelingan shaxslar orasida, tibbiy koʻrsatmalarga asosan, oʻtkir kasalliklarga chalingan yoki shikastlanish oqibatida shoshilinch yoxud statsionar tibbiy yordamga muhtoj bemorlar aniqlanganda, ularga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatilib zarur boʻlgan hollarda, ular davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga joylashtiriladi. THga keltirilgan shaxsga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlganda ularni davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga olib chiqish TH boshligʻining ruxsati bilan amalga oshirilib, bu haqda 24 soat ichida jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ yozma ravishda xabardor qilinadi.
16. THga olib kelingan shaxs majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish vaqtida uning tanasida jarohatlar, shikastlanishlar va yaralar aniqlangan taqdirda, mazkur Qoidalarning 12-ilovasiga muvofiq uch nusxada dalolatnoma tuzilib, dalolatnoma tergov hibsxonasi boshligʻining yordamchisi — tezkor navbatchi va shaxsni olib kelgan qorovul boshligʻi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi qorovul boshligʻiga, ikkinchi nusxasi tergov hibsxonasi boshligʻining yordamchisi — tezkor navbatchiga, uchinchi nusxasi davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimiga beriladi hamda tibbiyot xodimi tomonidan bildirgi orqali muassasa rahbariyatiga axborot beriladi.
Mazkur holat yuzasidan TH tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tekshiruv oʻtkazilib, natijalari tegishli hududiy prokuraturaga yuboriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 24-noyabrdagi 676-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-3, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 10/25/3159-3/1132-son)
17. THga keltirilgan shaxslarning har biriga ambulator tibbiy karta yuritilib, shifokor tomonidan majburiy tibbiy koʻrik natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd etiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 24-noyabrdagi 676-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-3, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 10/25/3159-3/1132-son)
18. Oʻtkir yuqumli kasallikka chalinganlar yoki gumon qilingan shaxslar koʻrikdan soʻng darhol sogʻlom kishilardan ajratiladi. Bu shaxslarda birlamchi sanitariya ishlovi oxirgi navbatda oʻtkaziladi, ularning kiyimlari va shaxsiy buyumlari albatta zararsizlantiriladi, soʻngra bu shaxslar davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi izolyatoriga joylashtirilib, ularga qoʻshimcha tekshiruv va davolash-profilaktika muolajalari tayinlanadi.
19. THga keltirilganlar orasida ruhiy holati buzilgan, oʻziga yoki atrofidagilarga tajovuzkor shaxslar aniqlanganda, ularni shifokor psixiatr yoki psixolog koʻrigidan soʻng kameralarga joylashtirishga ruxsat etiladi. THda shifokor psixiatr yoki psixolog boʻlmagan taqdirda, bu shaxslar davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimiga joylashtirilib, 72 soat ichida shifokor psixiatr jalb qilgan holda koʻrikdan oʻtkazilishi tashkillashtiriladi.
20. THga keltirilgan shaxslar (tranzitdan tashqari) uch kun ichida davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimida mavjud shifokorlar tomonidan profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Profilaktik tibbiy koʻrik davomida ularda sil kasalligi, OIV-infeksiyasi, teri-tanosil va boshqa kasalliklarni aniqlash maqsadida flyuorografiya (rentgen) tekshiruvi va qoʻshimcha laborator tekshiruvlari oʻtkaziladi. Mahkum yoki qamoqqa olingan shaxsga flyuorografiya (rentgen) tekshiruvi oʻtkazilganligi toʻgʻrisida mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma tuzilib uning ambulator tibbiy kartasiga biriktiriladi. Tibbiy koʻrsatmalarga binoan, ularga qoʻshimcha tekshiruvlar va mutaxassis shifokorlar koʻrigi tavsiya etilishi mumkin.
21. THda saqlanayotgan shaxslarning sogʻligʻini muntazam nazorat qilish maqsadida har olti oyda bir marotaba flyuorografiya (rentgen) tekshiruvi, laboratoriya tekshiruvi (umumiy qon, siydik tahlili), antropometriya va shifokor terapevt koʻrigi oʻtkaziladi. Tibbiy koʻrsatmalarga koʻra boshqa tekshiruvlar va mutaxassis shifokor koʻrigi tavsiya etilishi mumkin.
22. THda saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya yordamini toʻliq amalga oshirish, shuningdek, kasallik rivojlanishining oldini olish maqsadida tergov hibsxonasida saqlanayotgan har bir shaxs kunning istalgan vaqtida nazoratchi (navbatchilik qismi)ga murojaat qilishi mumkin va ularga davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi xodimlari tomonidan zarur tibbiy yordam koʻrsatiladi.
23. THda saqlanayotgan shaxslarga davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimida tibbiy yordam koʻrsatish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, ular hududiy davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga joylashtiriladi. Tergov hibsxonasida saqlanayotgan shaxsni hududiy davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga olib chiqilganligi ushbu Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq jurnalga qayd etiladi.
24. THda saqlanayotgan shaxslarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlganda, tibbiy koʻrsatmalarga binoan tez tibbiy yordam xizmati xodimlari chaqiriladi.
25. THda saqlanayotgan shaxslar tan jarohati olganda tibbiyot xodimlari tomonidan kechiktirmasdan tibbiy guvohlantirish oʻtkaziladi. Tibbiy guvohlantirish tergov hibsxonasi boshligʻining yoxud jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsning yoki organning shaxsiy tashabbusiga yoxud qamoqqa olinganning yoki uning himoyachisining iltimosiga koʻra chiqarilgan qaror asosida davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiy guvohlantirishni oʻtkazishning rad etilishi ustidan prokurorga shikoyat qilinishi mumkin.
26. THda bemorlarni ambulator qabul qilish shifokor (feldsher) tomonidan maxsus jihozlangan xonada olib boriladi. Tibbiy koʻrsatmalarga koʻra statsionar sharoitda davolanishga muhtoj bemorlar davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimining maxsus kameralariga joylashtiriladi.
27. THda saqlanayotgan shaxslar tomonidan dori vositalarining qabul qilinishi tibbiyot xodimi nazorati ostida amalga oshiriladi. Dori vositalari bemorlar qoʻliga faqat bir kunlik isteʼmol uchun tibbiyot xodimining ruxsati bilan beriladi. Davolanishi uzluksiz davom etadigan (yurak qon-tomir, arterial qon bosimining koʻtarilishi bilan kechadigan gipertonik kasalliklar, qandli diabet, tutqanoq va boshqa shu kabi kasalliklarga chalingan) bemorlarga tibbiyot xodimi tomonidan tayinlangan dori vositalari berib qoʻyilishi mumkin. Giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop moddalar hamda prekursorlarni bemorlarning qoʻliga berish qatʼiyan taqiqlanadi.
28. Shifokor tomonidan bemorga tayinlangan tibbiy muolajalar hamshira tomonidan (yoki feldsher) bajariladi va ishlatilgan dori vositalari toʻgʻrisida mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq jurnalga qayd qilib boriladi. Kundalik ishlatish uchun zarur boʻlgan dori vositalari maxsus shkaflarda qulflangan holda saqlanadi.
29. THning davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi tibbiyot xodimlari tomonidan tavsiya etilgan va amalga oshirilgan har bir tibbiy muolaja va koʻriklar haqidagi maʼlumotlar mahkumning yoki qamoqqa olingan shaxsning ambulator tibbiy kartasiga qayd etib boriladi.
30. THda saqlanayotgan shaxslarni karser yoki bir kishilik kameraga joylashtirishdan avval ular tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, koʻrsatib oʻtilgan joylarda saqlanishi mumkin yoki mumkin emasligi haqida mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma tuziladi.
31. THdan chiqarilayotgan yoki boshqa muassasaga oʻtkazilayotgan shaxslar qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Boshqa muassasaga oʻtkazilayotgan har bir shaxsning umumiy sogʻligʻi va koʻrik natijalari haqidagi maʼlumot koʻrikni oʻtkazgan tibbiyot xodimi tomonidan uning ambulator tibbiy kartasiga qayd qilinadi.
32. Transportda olib yurish mumkin boʻlmagan bemorlarni bir muassasadan boshqasiga koʻchirishga ruxsat etilmaydi, ixtisoslashgan kasalxona yoki davolash-profilaktika muassasalariga oʻtkazilayotganlar bundan mustasno.
4-§. Jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning tibbiy-sanitariya taʼminotini tashkillashtirish
33. JIEMga keltirilgan barcha mahkumlar ularda mavjud kasalliklarni aniqlash, jismoniy holatiga baho berish va mehnatga vaqtincha layoqatsizligini aniqlash maqsadida birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Tibbiy koʻrik natijalari ularning ambulator tibbiy kartasiga qayd etiladi hamda zaruratga koʻra qoʻshimcha tekshiruvlar tavsiya etiladi.
34. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs bilan jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilingan paytdan eʼtiboran oʻn besh kun ichida suhbat oʻtkaziladi hamda jazoni ijro etish muassasasining karantin xonalarida tibbiy koʻrikdan va sanitariya — gigiyena tadbirlaridan oʻtadi. Mahkum joriy mavsumda flyuorografiya (rentgen) tekshiruvidan oʻtkazilmagan taqdirda flyuorografiya (rentgen) tekshiruvidan oʻtkazilishi shart. Flyuorografiya (rentgen) tekshiruvi oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq mahkumning ambulator tibbiy kartasiga qayd qilib boriladi.
35. Mahkumlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish jazoni ijro etish muassasasiga qabul qilish chogʻida, jazoni oʻtash paytida vaqti-vaqti bilan, biroq olti oyda kamida bir marotaba, shuningdek murojaatlarga asosan oʻtkaziladi. Tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish maxfiylik shartlari asosida amalga oshiriladi.
36. Mahkumlarni profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkazish muassasa davolash-profilaktik yordam koʻrsatish boʻlimi tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Zarur hollarda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining (bundan buyon matnda IIV huzuridagi JIED deb yuritiladi) Tibbiyot boʻlimi, ixtisoslashgan kasalxona yoki ichki ishlar boshqarmasining tibbiyot boʻlimlaridan zarur boʻlgan mutaxassislarni jalb etgan holda oʻtkaziladi. Profilaktik tibbiy koʻrikka hududiy sogʻliqni saqlash tizimidagi mutaxassis shifokorlar ham jalb etilishi mumkin.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 11-avgustdagi 256-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-1, 18.08.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 10/21/3159-1/0805-son)
37. Profilaktik tibbiy koʻrik davomida amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar:
antropometriya (boʻy, tana vazni oʻlchanadi);
ayollarni ginekologik koʻrikdan oʻtkazish va sitologik tekshirish uchun surtma olish (tibbiy koʻrsatma boʻlganda);
teri-tanosil kasalliklariga tekshirish;
eshituv va koʻrish holatini tekshirish;
umumiy qon tahlilini oʻtkazish;
umumiy siydik tahlilini oʻtkazish;
EKG tekshiruvidan oʻtkazish;
koʻkrak qafasini flyuorografiya (rentgen) tekshiruvi har olti oyda bir marta;
shifokor terapevt, psixiatr, stomatolog koʻrigidan oʻtkazish va lozim topilganda boshqa mutaxassis shifokorlar koʻrigidan oʻtkazish.
38. Profilaktik tibbiy koʻrik natijalari haqidagi maʼlumotlar mahkumning ambulator tibbiy kartasiga qayd etiladi.
39. Mahkumlarga ambulator yoki statsionar tibbiy yordam koʻrsatish jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
40. Mahkumlarning davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimida ambulator qabul qilinishi muassasalarda qabul qilingan ichki tartib qoidalar asosida oʻtkaziladi. JIEMda har bir turkum uchun ambulator qabul qilish vaqti belgilanadi.
41. Mahkumlarga tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlganda nazoratchi tomonidan davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimiga olib boriladi. Tibbiy yordam davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi navbatchi shifokori tomonidan koʻrsatiladi. Koʻrsatilgan tibbiy yordam toʻgʻrisidagi maʼlumot mahkumning ambulator tibbiy kartasiga qayd etiladi.
Shoshilinch yordamga muhtoj bemorlar haqida davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimiga turkum boshligʻi yoki nazoratchi xabar qiladi va navbatchi shifokor tomonidan zarur tibbiy yordam koʻrsatiladi.
42. JIEM ish tartibi boʻyicha tibbiyot xodimlari muassasada boʻlmaydigan vaqtlarda, tibbiy yordam koʻrsatish uchun tibbiyot xodimlarini va tez tibbiy yordam xizmati transportini chaqirish hamda bemorni zudlik bilan evakuatsiya qilish uchun transport va konvoy bilan taʼminlashga muassasa boshligʻining yordamchisi — tezkor navbatchi javobgar hisoblanadi.
43. JIEM davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatishga kunning istalgan vaqtida tayyor boʻlishi lozim. Davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimida shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun kerakli dori-darmonlar toʻplami solingan sumka yoki jamlanma doimiy ravishda tayyor boʻlishi kerak.
44. Ambulator tibbiy karta qatʼiy turdagi hisobot hujjati boʻlib, mahkumlar qoʻliga berilmaydi. Ular alfavit boʻyicha yoki turkumlar boʻyicha davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimining qulflanadigan xonasidagi shkaflarda saqlanadi. Ularning hisobi va saqlanishiga davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi boshligʻi tomonidan tayinlangan masʼul xodim javobgar boʻladi.
45. Mahkumlar tomonidan dori vositalarining qabul qilinishi tibbiyot xodimi nazorati ostida amalga oshiriladi. Davolanishi uzluksiz davom etadigan (yurak qon-tomir, arterial qon bosimining koʻtarilishi bilan kechadigan kasalliklar, qandli diabet, tutqanoq va boshqa shu kabi chalingan) bemorlarga tibbiyot xodimining ruxsati bilan bir kunlik isteʼmol uchun dori vositalari berib qoʻyilishi mumkin.
46. JIEMda shifokor tomonidan bemorga tayinlangan tibbiy muolajalarni feldsher (yoki hamshira) bajaradi va ishlatilgan dori vositalari toʻgʻrisida, mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq, jurnalga qayd etib boriladi.
Kundalik ishlatish uchun zarur dori-darmonlar maxsus shkaflarda qulflangan holda saqlanadi.
47. Mahkumlar intizomiy boʻlimlarga, kamera tipidagi xonalarga, karserga yoki bir kishilik kameralarga joylashtirilishidan avval tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, koʻrsatib oʻtilgan joylarda saqlanishi mumkin yoki mumkin emasligi toʻgʻrisida mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq maʼlumotnoma tuziladi.
48. JIEM davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi statsionariga bemorlar shifokorning tavsiyasiga asosan qabul qilinadi.
Statsionarga yotqizilgan bemorlarga oʻrnatilgan tartibdagi tibbiy hujjatlar rasmiylashtiriladi. Statsionarga bemor reja asosida yoki shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish uchun yotqizilganda, bu haqda turkum boshligʻi va muassasa boshligʻining yordamchisi — tezkor navbatchi xabardor qilinadi.
49. Statsionarda bemorlar kasallikning turiga qarab alohida saqlanadilar. Statsionarda davolanayotgan bemorlarning qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuvi uning kasalligini va sogʻligʻini hisobga olgan holda shifokor ruxsati bilan amalga oshiriladi.
50. Intizomiy boʻlinmada saqlanayotgan mahkumlarga tibbiy yordam koʻrsatish tibbiyot xodimlari tomonidan har kungi koʻrik vaqtida amalga oshiriladi. Intizomiy boʻlinmada saqlanayotgan mahkumlarga tibbiyot xodimi tomonidan koʻrsatilgan har bir tibbiy yordam toʻgʻrisida mazkur Qoidalarning 6-ilovasiga muvofiq jurnalga qayd etib boriladi.
Yuqorida qayd etilgan joylarda saqlanayotgan mahkumlarning hayotiga xavf soladigan kasallik aniqlansa, tibbiyot xodimi ularni nazoratchi kuzatuvi ostida darhol muassasa davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi statsionariga oʻtkazish chorasini koʻradi.
51. Shifokor yoki oʻrta tibbiyot xodimining yolgʻiz oʻzi turma, maxsus tartibdagi JIEM kameralariga va intizomiy boʻlinma kameralariga nazoratchisiz kirishi taqiqlanadi.
52. Mahkumlar JIEMdan chiqarilayotganida yoki boshqa muassasaga koʻchirilayotganda yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Mahkum bemorlar, ruhiy kasallar, homilador ayollar va bolasi bor ayollar tibbiyot xodimi kuzatuvida koʻchiriladi.
5-§. Ixtisoslashgan kasalxonada statsionar yordamni tashkillashtirish
53. Ixtisoslashgan kasalxona mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarni saqlash va davolashga xizmat qiladigan davolash-profilaktika muassasasi hisoblanib, unda bemorlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatiladi.
54. Qamoqqa olingan shaxslarga ixtisoslashtirilgan yoki shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilishi zarur boʻlgan hollarda, ular davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga joylashtiriladi. Qamoqqa olingan shaxslarni ixtisoslashgan kasalxonaga yuborish jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organ bilan kelishilgandan soʻng qamoqda saqlash joyi boshligʻining ruxsati bilan amalga oshiriladi. Tarbiya koloniyalarida jazo muddatini oʻtayotgan voyaga yetmagan mahkumlar ham ixtisoslashgan kasalxonaga yuborilishi mumkin.
55. Ixtisoslashgan kasalxonada sil, ruhiy, teri-tanosil va yuqumli kasalliklar bilan kasallangan mahkumlarni alohida saqlash va davolash uchun boʻlinmalar (palatalar) tashkil etiladi.
56. Oʻtkir kasalliklar bilan ogʻrigan yoki surunkali kechuvchi kasalligi xuruj qilgan, davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi sharoitida davolash imkoniyati boʻlmagan va davolash samarasiz yoki bu yerda davolash hayotiga xavf solishi mumkin boʻlgan, davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi statsionarida davolash davrida ahvolida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmagan, chuqur diagnostik tekshiruv va klinik kuzatuvlarni talab qiladigan hollarda bemor-mahkumlar muassasa shifokorining yoʻllanmasi asosida ixtisoslashgan kasalxonaga joylashtiriladi.
57. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishda (ariza, shikoyat va boshqalar) qoʻshimcha tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazilishi yoki davolanishi lozim deb topilganlar, TIEKlariga birlamchi va qayta koʻrikdan oʻtishi lozim deb tavsiya etilganlarga hamda rejali ravishda jarrohlik muolajalarini oʻtkazish zarur boʻlgan holatlarda mahkumlar kasalxonaga IIV huzuridagi JIED Tibbiyot boʻlimi bilan kelishilgandan soʻng yuboriladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 18-apreldagi 190-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-2, 16.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 10/25/3159-2/0442-son)
58. Shoshilinch holatlarda bemorlar shifokorning yoʻllanmasi asosida qamoqda saqlash joyi boshligʻining ruxsati bilan ixtisoslashgan kasalxonaga yuboriladi va qabul qilinadi.
Ixtisoslashgan kasalxona mavjud qoidalar asosida yuqumli kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni qabul qilish, saqlash va davolashni taʼminlaydi.
59. Oʻta xavfli yuqumli kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlar davlat sogʻliqni saqlash tizimining ixtisoslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalariga joylashtiriladi.
60. Ixtisoslashgan kasalxonada tibbiy yordam koʻrsatish yoki tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazish imkoniyati boʻlmagan taqdirda bemorlar davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga olib chiqilishi va joylashtirilishi mumkin.
61. Mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarga ixtisoslashgan kasalxona sharoitida davolash yakunlanganidan soʻng, ular davolanish uchun yuborilgan TH yoki JIEMga qaytarib yuboriladi. Faol sil kasalligi, teri-tanosil kasalligiga chalingan hamda surunkali narkologik kasallik bilan majburiy davolanishi belgilangan mahkumlar mazkur Qoidalarning 7-ilovasiga muvofiq bunday bemorlarni saqlash va davolashga moʻljallangan muassasalarga yuboriladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 11-avgustdagi 256-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-1, 18.08.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 10/21/3159-1/0805-son)
62. Bemorlarni ixtisoslashgan kasalxona hisobidan chiqarish kasalxona bosh shifokori yoki uning oʻrinbosari ruxsati va mutaxassis-shifokorning xulosasi asosida amalga oshiriladi.
63. Ixtisoslashgan kasalxonada yuritilgan kasallik tarixi arxivga topshirishdan oldin toʻliq rasmiylashtiriladi. Chiqaruv epikrizida kasallik anamnezi, kasallikning rivojlanishi, asoratlari, oʻtkazilgan davo muolajalari va uning samarasi hamda tibbiy tavsiyalar haqida qisqacha maʼlumotlar beriladi. Chiqaruv epikrizi davolovchi shifokor, boʻlinma boshligʻi va kasalxona bosh shifokori (yoki uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi va sana qoʻyiladi. Kasalxonadan chiqaruv epikriz nusxasi ambulator tibbiy kartaga biriktirib qoʻyiladi va tibbiy statistika xonasiga topshiriladi.
64. Bemor ixtisoslashgan kasalxonada boʻlgan davrda jazo muddati tugagan boʻlsa, uning sogʻligʻi holatiga koʻra doimiy parvarishga muhtojligidan kelib chiqib qarindoshlari yoki boshqa shaxslar yoxud kasalxona maʼmuriyati vakilining kuzatuvi ostida yashash joyi yoki hududiy sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga yuboriladi.
65. Bemorni ixtisoslashgan kasalxonadagi oʻlim holati davolovchi shifokor tomonidan, u boʻlmaganda navbatchi shifokor tomonidan tasdiqlanadi. Ixtisoslashgan kasalxonada vafot etganlarning jasadini yorib koʻrish patalogoanatom tomonidan amalga oshiriladi.
Ixtisoslashgan kasalxonada shifokor patalogoanatom yoʻqligida jasadni yorib koʻrish davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalaridan birining mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi.
66. Ixtisoslashgan kasalxonada mahkum yoki qamoqqa olingan shaxs qasddan oʻldirilgan boʻlsa, yetkazilgan jarohat tufayli, zaharlanish yoki uning asoratidan vafot etgan boʻlsa va tiriklik vaqtida kasallik belgilari boʻlmagan boʻlsa jasadni sud-tibbiy eksperti yorib koʻradi.
67. Manzil-koloniyalariga keltirilgan mahkumlar sogʻliqni saqlash shifokorlik punktida birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazish shifokor tomonidan amalga oshirilib, ularga albatta tana koʻrigi, antropometriya va termometriya oʻtkaziladi. Birlamchi tibbiy koʻrik natijalari mahkumning ambulator tibbiy kartasiga qayd qilinadi.
68. Manzil-koloniyalarida saqlanayotgan mahkumlar olti oyda kamida bir marotaba, shuningdek murojaatlarga koʻra profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Manzil-koloniyasida saqlanayotgan mahkumlarga malakali va ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish hududiy davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalarida amalga oshiriladi.
Manzil-koloniyasida saqlanayotgan mahkumni hududiy davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga olib chiqilganligi mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq jurnalga qayd etiladi.
69. Manzil-koloniyalarida saqlanayotgan mahkumlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlganda, tibbiy koʻrsatmalarga binoan, tez tibbiy yordam xizmati xodimlari chaqiriladi.
70. Manzil-koloniyalarida bemorlarni ambulator qabul qilish shifokor tomonidan maxsus jihozlangan xonada olib boriladi. Tibbiy koʻrsatmalarga koʻra, statsionar sharoitda davolanishga muhtoj bemorlar hududiy davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga oʻrnatilgan tartibda olib chiqiladi.
2-bob. Ayrim kasalliklarda davolash-profilaktik tadbirlarni tashkillashtirish
1-§. Ruhiy va xulq — atvor buzilishlarida davolash-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish
71. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslar orasida ruhiy va xulq — atvor oʻzgarishlari boʻlgan shaxslarni oʻz vaqtida aniqlash, ularni davolash va oʻzgarishlarning qaytalanmasligi tadbirlarini koʻrish (psixoprofilaktika) bu shaxslarning ruhiy salomatligini asrashga, ularni tarbiyaviy va mehnat tadbirlari jarayoniga samarali kirishishlari uchun hamda ruhiy holati buzilgan shaxslar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olishga imkoniyat yaratadi.
72. TH va JIEMda ruhiy holati buzilgan shaxslarni aniqlash boʻyicha quyidagi tadbirlar olib boriladi:
shifokor mahkum yoki qamoqqa olingan shaxsni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishdan avval, bu shaxs ozodlikdan mahrum qilinishi va qamoqqa olinishiga qadar ruhiy-asab kasalliklari dispanseri hisobida turgan-turmaganligini, sud-psixiatriya ekspertizasiga yuborilayotganlarni yoki shunday tekshiruvdan oʻtgan shaxslarni aniqlash uchun yigʻma jild va tibbiy hujjatlarni oʻrganib chiqadi;
zarur hollarda ruhiy-asab kasalliklari dispanserlarida dispanser hisobida turgan bemorlar ambulator tibbiy kartasidan koʻchirma va sud-psixiatriya ekspertizasini oʻtkazgan muassasadan ekspertiza xulosalari nusxasi soʻrab olinadi.
73. Ruhiy holati buzilganlik tashxisini belgilash, gʻayriixtiyoriy tartibda psixiatriya yordami koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qilish yoki bu masalani koʻrib chiqish uchun xulosa berish shifokor psixiatr yoki shifokor psixiatrlar komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Muassasa davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimida shifokor psixiatr boʻlmaganda, bu maqsadlar uchun ichki ishlar organlarining yoki hududiy davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalaridan psixiatr shifokor jalb etiladi.
74. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslar orasidagi ruhiy holati buzilgan shaxslar davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimida ambulator yoki statsionar sharoitga oʻtkazilgan holda davolanadi.
75. Bemor kasalxonadan (boʻlimdan) chiqarilayotganda toʻliq umumlashtirilgan epikriz, oʻtkaziladigan ambulator kuzatuvi, davolash va kasalligiga qarab ishga joylashtirish boʻyicha tibbiy tavsiyalar beriladi.
76. Ruhiy holati buzilganligi tufayli jazo muddatini oʻtashdan ozod qilinishi mumkin boʻlgan bemorni statsionar sharoitda chuqur va har tomonlama tekshirilishi majburiy hisoblanadi.
Bemor statsionar sharoitda chuqur tibbiy tekshiruvdan oʻtganidan soʻng kamida ikkita psixiatr shifokor ishtirokida psixiatrik koʻrik dalolatnomasi tuzilgan holda IIV Maxsus tibbiy komissiyasi koʻrigiga taqdim qilinadi. Tibbiy koʻrik natijalari boʻyicha IIV Maxsus tibbiy komissiyasi mahkumni kasalligi tufayli muddatidan ilgari jazoni oʻtashdan ozod qilishga taqdim etish mumkinligi haqida tibbiy xulosa chiqarsa, ushbu bemor avval saqlanayotgan joyiga qaytarilmaydi hamda muassasa taqdimnomasiga binoan maxsus tibbiy komissiyaning xulosasiga asosan mahkumni oʻtalmay qolgan jazoni oʻtashdan ozod qilish toʻgʻrisida sudning ajrimi chiqarilgunga qadar kasalxonada (boʻlimda) saqlanadi.
77. Ruhiy holati buzilgan shaxsga sudning ajrimiga binoan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilganda, u kuzatuvi kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tibbiyot xodimi kuzatuvida yuboriladi.
2-§. Narkologik kasallik boʻyicha davolash-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish
(2-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 11-avgustdagi 256-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-1, 18.08.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 10/21/3159-1/0805-son)
78. IIV TH va JIEMda narkologik kasallikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash qonunchilik hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 11-avgustdagi 256-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-1, 18.08.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 10/21/3159-1/0805-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2014-yil 3-maydagi 65-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan, narkologik kasallikka (surunkali alkogolizm, giyohvandlik, zaharvandlik) yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2591, 03.06.2014-y.).
79. Mahkumlarga tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash davomiyligi qonunchiligida belgilangan muddatlarga muvofiq hamda guvohlantirish va tibbiy tekshiruvlar natijasiga asosan JIEM tibbiy komissiyasi tomonidan hal etiladi. Aniq davolash uslubi bemorning individual belgilariga, kasallikning turi, darajasiga va unda qoʻshimcha kasalliklar bor yoki yoʻqligiga koʻra shifokor narkolog yoki shifokor psixiatr tomonidan belgilanadi.
3-§. Teri-tanosil kasalliklari boʻyicha davolash-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish
80. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslar orasida teri-tanosil kasalligiga chalingan bemorlarni aniqlash, tekshirish va davolash-profilaktik tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan klinik protokollar va davolash standartlariga asosan amalga oshiriladi.
81. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslar jinsiy yoʻl orqali yuquvchi kasalliklar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash maqsadida tibbiy koʻrikdan va laborator tekshiruvlardan oʻtkaziladi.
82. Mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarda teri-tanosil kasalligi tashxisi ilk bor aniqlanganda, davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi tomonidan uch kun muddat ichida bemor qamoqqa olingunga qadar yashagan joyidagi teri-tanosil kasalliklari dispanseriga bu haqida xabarnoma yuboriladi.
83. Teri-tanosil kasalligiga chalingan bemorni davolanishdan soʻng nazoratdan chiqarish ixtisoslashgan kasalxonaning teri-tanosil kasalliklari boʻlinmasida amalga oshiriladi.
84. JIEMda zaxmning yuqumli shakllari va boshqa jinsiy yoʻl orqali yuquvchi kasalliklar aniqlanganda, bemorlar toʻliq tekshirish va davolanish uchun ixtisoslashgan kasalxonaga yuboriladi.
85. Yuqumli teri-tanosil kasalligi tufayli davolanayotgan va kasalligi hali yuqumli hisoblangan mahkumlar manzil-koloniyaga yuborilmaydi.
86. Teri-tanosil kasalligiga chalingan mahkum jazoni oʻtashdan ozod qilinayotganda davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi uning yashash joyidagi teri-tanosil kasalliklari dispanseriga unga nisbatan oʻtkazilgan tekshirish va davolash natijalari, tashxisi va nazoratda boʻlganligi haqida xabarnoma yuboradi.
(86-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 1-oktabrdagi 569-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3690, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3690/0925-son)
4-§. OIV infeksiyasi boʻyicha davolash-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish
87. TH va JIEMga keltirilgan shaxslarni OIV infeksiyasiga tekshirish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. OIV infeksiyasi aniqlangan shaxslar doimiy dispanser nazoratiga olinib, ularga hisob kartochkasi yuritiladi.
88. TH va JIEMda mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar OIV infeksiyasini yuqtirgan-yuqtirmaganligidan qatʼiy nazar umumiy asosda saqlanadilar.
89. JIEMda OIV infeksiyasi boʻyicha retrovirusga qarshi davolashni ozodlikdan mahrum etish joyiga tushgunga qadar olib turgan shaxslarga davolanishni davom ettirish imkoni beriladi va ozodlikka chiqgandan soʻng davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalarida uzluksiz davolanishi taʼminlanadi.
OIV infeksiyasi boʻyicha retrovirusga qarshi davolash muolajalari oʻtkazilayotgan shaxslar TH va JIEMdan chiqarilayotganda yoki boshqa muassasaga oʻtkazilayotganda ularga yoʻl davomida qabul qilish uchun retrovirusga qarshi dori vositalari beriladi.
90. OIV infeksiyasi bilan roʻyxatga olingan shaxs ozod etilganda yoki vafot etganda uning hisob kartochkasi yashash joyi boʻyicha OITSga qarshi kurash markaziga yuboriladi. OIV infeksiyasi bilan roʻyxatga olingan shaxs bir muassasadan boshqasiga koʻchirilganida hisob kartochkasi u yuborilayotgan muassasaga joʻnatiladi.
5-§. Sil kasalligi boʻyicha davolash-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish
91. Sil kasalligiga qarshi kurashishni tashkillashtirishda muassasa tibbiy xizmatining asosiy maqsadi sil kasalligini erta aniqlash, oldini olish va davolash choralarini koʻrish hisoblanadi. Buning uchun quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
soʻrab — surishtirish, balgʻamni laborator usulda tekshirish va flyuorografiya (rentgen) tekshiruvi orqali sil kasalligiga chalingan bemorlarni erta aniqlash;
faol sil kasalligiga chalingan bemorlarni boshqa shaxslardan ajratish;
sil kasalligiga chalingan bemorlarni statsionar va ambulator davolash;
sil kasalligi bilan roʻyxatga olingan bemorlarning dispanser kuzatuvini olib borish;
sil kasalligi bilan kasallanish va sil kasalligini tarqalishining oldini olish boʻyicha profilaktik chora-tadbirlar oʻtkazish;
mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar orasida sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar oʻtkazish.
92. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslar orasida faol sil kasalligi aniqlangan yoki gumon qilinganlar sogʻlom shaxslardan zudlik bilan ajratiladi. Qoʻshimcha tekshiruvdan soʻng shifokor ftiziatr jalb etilishi bilan dastlabki yoki klinik tashxis qoʻyiladi. Har bir faol sil kasalligi aniqlangan bemorlar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasiga oʻrnatilgan tartibda xabarnoma beriladi. Sogʻlom shaxslar orasida faol sil kasalligiga chalingan bemorlarni saqlash qatʼiyan man etiladi.
(92-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 18-apreldagi 190-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-2, 16.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 10/25/3159-2/0442-son)
93. TH va JIEMda aniqlangan faol sil kasalligiga chalingan shaxslar alohida ajratib, qisqa vaqt ichida malakali tibbiy yordam koʻrsatish uchun ixtisoslashgan kasalxonaning sil kasalliklari boʻlinmasiga yuboriladi. Ambulator sharoitda davolanishga muhtoj boʻlgan bemorlar sil kasalligiga chalingan bemorlarni davolash va saqlab turish uchun moʻljallangan koloniyalarga yuboriladi. Sil kasalligiga chalingan bemorlarni davolash va saqlab turish uchun davolash huquqiga ega boʻlgan JIEMda bemorlarni saqlash muddati sil kasalligi jarayonining kechish dinamikasiga bogʻliq boʻladi.
94. TH, JIEM va ixtisoslashgan kasalxonada sil kasalligiga chalingan bemorlarni davolash va ularning dispanser nazorati qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
(94-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
95. Sil kasalligiga chalingan bemorlarni klinik tashxisini oʻzgartirish va davolashni keyingi bosqichiga oʻtkazish ixtisoslashgan kasalxona bosh shifokorining oʻrinbosari yoki davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi boshligʻi, boʻlinma boshligʻi va shifokor ftiziatr ishtirokidagi komissiya tomonidan hal qilinadi.
96. Davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi xodimlari TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarning turar joylaridagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasalarini quyidagilardan xabardor qilishlari shart:
mazkur shaxslar sil kasalligiga chalinganligi ilk bor aniqlangan har bir holat haqida;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan sil kasalligiga chalingan bemorlar haqida;
mazkur shaxslarning sil kasalligidan vafot etganligi holatlari haqida.
6-§. Shikastlanish va zaharlanishlarda davolash-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish
97. JIEMga keltirilgan barcha shaxslar birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularda tan jarohati va shikastlanish belgilari va yaralar bor yoki yoʻqligi tekshiriladi. Har bir aniqlangan tan jarohati, shikastlanish va yaralar boʻyicha dalolatnoma tuzilib, bu haqda muassasa boshligʻining yordamchisi — tezkor navbatchi xabardor qilinadi va tibbiyot xodimi tomonidan bildirgi orqali muassasa rahbariyatiga axborot beriladi.
Mazkur holat yuzasidan JIEM tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tekshiruv oʻtkazilib, natijalari tegishli hududiy prokuraturaga yuboriladi.
(97-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 24-noyabrdagi 676-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-3, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 10/25/3159-3/1132-son)
98. Mahkum yoki qamoqqa olingan shaxs TH yoki JIEMda shikastlanish yoki tan jarohatlari olganda davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi xodimlari tomonidan tibbiy yordam koʻrsatiladi va kechiktirmasdan tibbiy guvohlantirish oʻtkaziladi. Tibbiy guvohlantirish natijalari qayd etiladi va jabrlanuvchiga maʼlum qilinadi. Tibbiy guvohlantirish qamoqda saqlash joyi boshligʻining yoxud jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning shaxsiy tashabbusiga yoxud uning himoyachisining iltimosiga koʻra chiqarilgan qarori asosida davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
99. TH va JIEMda sodir boʻlgan har bir shikastlanish va jarohatlanish haqidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq roʻyxatga olish kitobiga qayd etib boriladi.
100. Mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar oʻrtasida shikastlanish va zaharlanishlarning oldini olish chora-tadbirlari TH va JIEMning barcha boʻlimlari tomonidan tashkil etiladi.
101. Shikastlanish va zaharlanishni oldini olishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
qonunchilik hujjatlari asosida mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarning toʻgʻri saqlanishi, ish bilan taʼminlanishi, shikastlanishlar va turli baxtsiz hodisalardan himoya qilinishi ustidan doimiy nazorat olib borish;
(101-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
xizmat boshliqlari tomonidan qoʻl ostidagilar bilan buyruq va yoʻriqnomalar talablarini bajarish yuzasidan mashgʻulotlar oʻtkazish;
mahkumlarni sogʻligʻi va malakasiga qarab ish bilan taʼminlash;
mahkumlar bilan texnika xavfsizligi, jarohat olganda va zaharlanishda shaxsiy profilaktika hamda birinchi tibbiy yordam koʻrsatishga oid mashgʻulotlar oʻtkazish;
texnik yoʻriqnoma va maʼlum bir ishga oʻtkazishga ruxsat berish;
turli ishlarga texnik yoʻriqnoma va ruxsat berishni rasmiylashtirish;
sanitariya-targʻibot ishlarini oʻtkazish;
jismonan zaif, surunkali kasalligi mavjud shaxslarni nazorat qilish, ularni mehnatga jalb qilishda sogʻligʻini inobatga olgan holda tavsiyalar berish;
shikastlanish va zaharlanishlarning asosiy sabablarini doimiy ravishda oʻrganib tahlil qilib borish va ularning oldini olish borasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish.
102. JIEMning ishlab chiqarish joylarida sanitariya-gigiyena qoidalarining qoʻpol buzilishi aniqlansa, ularni tezkor bartaraf qilish uchun bevosita muassasa rahbariyatiga axborot beriladi. Kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmagan taqdirda davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi boshligʻi oʻzidan yuqori turgan tibbiy boshliqqa axborot beradi.
103. JIEMning ishlab chiqarish joylarida mahkumlar tibbiy yordam bilan quyidagi tartibda taʼminlanadi:
muassasalarning ishlab chiqarish sexlarida tibbiy punktlar tashkil etiladi, ularni zarur tibbiy buyumlar va dori vositalari bilan taʼminlash muassasani tibbiy-taʼminot uchun ajratilgan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
barcha sexlar, mustaqil uchastkalar, ustaxonalar va boshqa inshootlar birinchi tibbiy yordam aptechkalari bilan taʼminlanadi. Aptechkalarning saqlanishi va vaqtida toʻldirilishiga sex va uchastka boshliqlari hamda ustalar masʼul hisoblanadi;
ish vaqtida shikastlangan mahkumlarga birlamchi yordam koʻrsatilib, malakali tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlganda ularni davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimiga yoki hududiy sogʻliqni saqlash tizimining davolash muassasalariga olib borilishi tashkillashtiriladi.
104. Ishlab chiqarishda mehnatga jalb qilingan mahkumlar maxsus kiyim — bosh, poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul taʼminlanadi.
105. Ishlab chiqarishdagi shikastlanish natijasida mehnat qobiliyati bir kundan koʻproqqa yoʻqotilgan yoki asosiy ishdan boshqa ishga oʻtishga olib kelsa, bu haqida dalolatnoma tuziladi. Ishlab chiqarishdagi shikastlanish yoki zaharlanish haqidagi dalolatnoma bilan tekshiruv materiallari shaxsiy hujjatga biriktirib qoʻyiladi. Shikastlanish, zaharlanish va kasbga oid kasallanish holatlari oʻrnatilgan tartibda tekshiriladi.
Oʻtkazilgan tekshiruv davomida mahkumning oʻlishi yoki mehnat qobiliyatini yoʻqotishi mushtlashish, oʻzi tomonidan tana aʼzolariga zarar yetkazish, qotillik yoxud ataylab har xil texnik suyuqliklarni ichib zaharlanishi natijasida boʻlsa, bunda baxtsiz hodisa uchun tuziladigan belgilangan shakldagi dalolatnoma tuzilmaydi.
106. TH, JIEM va ixtisoslashgan kasalxonada sodir boʻlgan har qanday favqulodda holatlar, baxtsiz hodisalar va har bir oʻlim holatlari toʻgʻrisida IIV huzuridagi JIED hamda IIV Tibbiyot boshqarmasi xabardor qilinadi. TH va JIEM hamda ixtisoslashgan kasalxonada sodir boʻlgan har bir oʻlim holatlari haqidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarning 9-ilovasiga muvofiq roʻyxatga olish kitobiga qayd etiladi.
(106-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 11-avgustdagi 256-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-1, 18.08.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 10/21/3159-1/0805-son)
3-bob. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan bemorlarning dispanser nazorati
107. Dispanserizatsiyaning asosiy vazifasi mahkumlarning salomatligini muhofaza qilish, salomatligini toʻliq oʻrganish, kasalliklarni boshlangʻich davrida aniqlash, mehnatga layoqatsizlikning oldini olish, jismoniy va ruhiy holati ustidan shifokorlar nazoratini olib borishdan iborat.
108. Dispanserizatsiya quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
mahkumlarni har yili rejali profilaktik tibbiy koʻrik va tibbiy tekshirishlardan oʻtkazishni;
kasalliklarni erta aniqlash, shuningdek muntazam koʻrik va tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazish orqali kasalliklarga olib keluvchi xavfli omillarni (ortiqcha tana vazni, ozgʻinlik, arterial gipertenziya va boshqalar) aniqlash hamda doimiy tibbiy nazorat olib borishni;
mahkumlarning yashash tarzi va ish sharoitini oʻrganish orqali ularning sogʻligʻiga salbiy taʼsir qiluvchi xavfli omillarni aniqlashni, yashash tarzini va ish sharoitini yaxshilashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqishni;
dispanser nazoratiga olingan mahkumlarning umumiy holatini dinamik kuzatish, ish qobiliyatini va sogʻligʻini tiklash uchun profilaktik chora-tadbirlar hamda ambulator va statsionar davolanishlarni oʻz vaqtida oʻtkazishni;
tibbiy hujjatlarni oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirishni;
sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan targʻibot — tashviqot ishlarini olib borishni;
dispanserizatsiya samaradorligi va sifatini, mahkumlarning salomatlik holatini muntazam tahlil qilish va uni takomillashtirishga qaratilgan reja ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq qilishni.
109. Dispanserizatsiya tadbirlari ikki boʻlimdan tashkil topgan boʻlib, sogʻlom kontingent va surunkali kasalliklari mavjud boʻlgan shaxslar bilan ish olib borishdan iborat. Dispanserizatsiyaning asosiy chora-tadbirlaridan biri bu sogʻlom kontingentni profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda surunkali kasalliklari mavjud shaxslarga dispanser nazorat koʻrigini tashkil etishdan iboratdir.
110. Har yili profilaktik tibbiy koʻrik rejasini ishlab chiqish va uyushgan holda oʻtkazishga, tashkillashtirishga, tibbiy koʻrik sifati, qamrovi va samaradorligiga jazoni ijro etish muassasalari davolash-profilaktik yordam koʻrsatish boʻlimining boshligʻi javobgardir.
111. Profilaktik tibbiy koʻrik davomida quyidagilar oʻtkaziladi:
antropometriya (tana vazni, boʻyi, qorin va koʻkrak qafasi aylanasi)ni oʻlchash;
tana vazni indeksini aniqlash;
yoshi va jinsini inobatga olgan holda laborator va instrumental tekshiruvdan oʻtish uchun yoʻllanmalar berish;
umumiy qon va siydik tahlillari oʻtkazish;
45 yoshdan oshganlarda va ortiqcha tana vazni boʻlganlarda yoshidan qatʼi nazar qon tarkibidagi qand miqdori aniqlanadi;
30 yoshgacha boʻlganlarga uch yilda bir marotaba EKG tekshiruvi oʻtkaziladi. 30 yoshdan oshgan mahkumlarga va qamoqqa olingan shaxslarga har yili bir marotaba EKG tekshiruvi oʻtkaziladi. Tibbiy koʻrsatmalarga koʻra qoʻshimcha ravishda EKG tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
112. Mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar sogʻligʻi holatiga qarab quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
I guruh (A) — “Sogʻlom”. Ish qobiliyatiga taʼsir qiluvchi patologik oʻzgarishlar boʻlmagan va kasalliklarga ega boʻlmagan shaxslar. Yaʼni sogʻlom shaxslar yoki sogʻligʻida ish faoliyatiga taʼsir qilmaydigan va muayyan bir rivojlanishga ega boʻlmagan oʻzgarishlar mavjud shaxslar;
II guruh (B) — “Amaliy sogʻlom”. Surunkali xarakterdagi kasalliklarga ega organ va tizim funksiyasi buzilmagan yoki qisman buzilgan, yosh bilan bogʻliq boʻlgan oʻzgarishlarga ega, ish qobiliyatining pasayishiga sabab boʻlmaydigan yoki ish qobiliyatini saqlash uchun profilaktik tadbirlar (maʼlum muddatga ishdan ozod qilish, dam olish) yoki sogʻlomlashtirish (ambulator davolash) choralariga muhtoj shaxslar;
III guruh (V) — “muntazam shifokorlar nazoratiga muhtoj”. Surunkali xarakterdagi kasalliklarga ega, salomatlik holatida yoshi bilan bogʻliq oʻzgarishlar mavjud, vaqti-vaqti bilan xuruj qilib turadigan kasalliklari mavjud va ish qobiliyati pasaygan shaxslar. Bunday shaxslar muntazam shifokor nazoratida boʻlishi lozim va ularga oʻz vaqtida profilaktik va davolash (ambulator yoki statsionar davolash, kasallik tufayli qisqa muddatga ishdan ozod qilish va boshqa) choralarini oʻtkazish talab etiladi.
113. Turli xil kasalliklari boʻlgan bemorlarning dinamik kuzatuvi quyidagilarga boʻlinadi:
surunkali kasalliklari boʻlgan bemorlarning dinamik kuzatuvi;
tugʻma kasalliklari va oʻsishdagi yetishmovchiliklari (nuqsonlari) boʻlgan bemorlarning dispanser kuzatuvi.
114. Dinamik kuzatuv uchun hisobga olingan shaxslarga tibbiy tekshiruv, mutaxassis shifokor maslahati oʻtkazilish muddatlari, laboratoriya va asboblar bilan tekshiruv hajmi belgilanadi hamda davolash-profilaktika va reabilitatsiya tadbirlari aniq koʻrsatiladi. Har bir dinamik kuzatuvga olingan shaxsga nisbatan davolash profilaktika va sogʻlomlashtirish tadbirlarining alohida rejalari tuzib chiqiladi.
115. Terapevtik ixtisoslik kasalliklari, sil, OIV-infeksiyasi, narkologik, teri-tanosil va ruhiy kasalliklarga chalingan bemorlarning dispanser hisobi va dinamik kuzatuvi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, IIV Tibbiyot boshqarmasi koʻrsatmalari, yoʻriqnomalari va tavsiyalari asosida IIVning Tibbiyot boshqarmasi bosh mutaxassislari nazorati ostida oʻtkaziladi.
(115-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 11-avgustdagi 256-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-1, 18.08.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 10/21/3159-1/0805-son)
116. IIV JIEMda saqlanayotgan shaxsning ambulator tibbiy kartasiga birlamchi va davriy tibbiy koʻrik natijalari, dispanser kuzatuvidagi shaxsni sogʻligʻida boʻlgan oʻzgarishlar kiritiladi. Epikriz yilning toʻliq davri uchun kuzatuv natijalari asosida tuziladi. Epikrizda toʻliq tashxis, davolash-profilaktika tadbirlari rejasi, mehnatga layoqatliligi, yil davomida qaytadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tekshirishlar soni va muddatlari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
117. Har bir dinamik kuzatuvga olingan bemorlarni nazorat qilish uchun nazorat varaqasi tuziladi, u shifokor koʻrsatmalari bajarilishini nazorat qilish uchun tezkor hujjat hisoblanadi. Bemorlarni dispanser kuzatuvi varaqasini, kasalliklar turiga qarab belgilash tavsiya etiladi va shifokor belgilagan qatnash muddatiga qarab alohida, har oyga boʻlingan holda saqlanadi. Shifokor haftada bir marta shu varaqalarni koʻrib chiqadi va tekshirish yoki belgilangan muolajalarni bajarish uchun bemorni davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimiga oʻz vaqtida chaqirish choralarini koʻradi.
118. Ixtisoslashgan kasalxona mutaxassis shifokorlari tomonidan TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarni profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda, dispanser nazorat guruhida hisobda turganlarga dispanser kuzatuvini tashkillashtirishda hamda davolash-profilaktik tadbirlarni oʻtkazilishida amaliy yordam koʻrsatiladi.
4-bob. Ayollar va voyaga yetmagan mahkumlarning tibbiy-sanitariya taʼminoti
1-§. Ayollarga tibbiy yordam koʻrsatishning oʻziga xos tomonlari
120. Barcha homilador ayollar dispanser kuzatuvida boʻladi. Akusherlik patologiyasi va ekstragenital kasalliklari bor boʻlgan ayollar alohida “xavfli” guruhga ajratiladi.
121. Homilador ayol birlamchi koʻrikdan oʻtayotgan paytda:
hayoti va kasallik tarixi maʼlumotlari toʻplanadi, ichki sekretsiya bezlari faoliyati, hayz koʻrish, uning kechishi va avvalgi homiladorligi, tugʻish va ularni kechishi haqida maʼlumotlar yigʻiladi;
ultratovush tekshiruvlari oʻtkaziladi, vazni va arterial qon bosimi oʻlchanadi;
laboratoriya tekshiruvlari (qonning umumiy taxlili, siydikning umumiy tahlili, Vasserman tekshiruvi homiladorlikning birinchi va ikkinchi davrida oʻtkaziladi, qon guruhi, rezusning qaysi guruhga mansubligi, OIV infeksiyasiga tekshiruvlar) oʻtkaziladi;
shifokor terapevt va stomatolog koʻrigi oʻtkaziladi.
122. Akusherlik anamnezi ogʻir kechgan boʻlsa, homilador ayollar toksoplazmozga tekshiriladi va umumiy holatiga koʻra mutaxassis shifokorga koʻrsatiladi.
Akusher-ginekolog koʻrigidan oʻtish muddatlari quyidagicha belgilanadi:
homiladorlikning 1 — davrida — 1 oyda 1-marta;
homiladorlikning 2 — davrida — 1 oyda 2-marta;
homiladorlikning 32 haftasida — har haftada;
akusherlik anamnezi ogʻir kechgan hollarda, homilador ayol kasal hollarda yoki shu homiladorlik patologik kechayotgan (statsionar davolanish zarur boʻlmagan) hollarda necha kunda koʻrik oʻtkazish alohida hal qilinadi, zarur boʻlsa kerakli hajmda laboratoriya tekshiruvlari oʻtkaziladi.
123. Homiladorlik aniqlangan vaqtdan boshlab ayollar yengil ishga koʻchiriladi va ularda quyidagilar oʻtkaziladi:
shaxsiy gigiyena qoidalariga, ish va dam olish tartibini saqlash haqida sanitariya-targʻibot ishlari oʻtkaziladi;
nosogʻlom boʻlgan homilador ayollar (yurak kasalliklari, homiladorlik toksikozi va boshqalar) bilan jismoniy tarbiya mashgʻulotlari alohida tartibda maxsus mashqlar yordamida oʻtkaziladi;
har haftada bir marta tugʻish uchun ayolni ruhiy jihatdan tayyorlash mashqlari oʻtkaziladi;
homiladorlikning 14 — 16 haftasidan boshlab “onalar maktabi” darsi oʻtkaziladi.
124. Statsionar sharoitda tekshirish va davolashga quyidagi ayollar yuboriladi:
homiladorlik patologik kechgan (toksikozni ogʻir koʻrinishlari, bola tashlash xavfi boʻlganda, nefropatiya, preeklampsiya, jinsiy aʼzolar yoʻlidan qon oqqanda, homila ota-onasining qon rezusi qarama-qarshi boʻlgan homiladorlikda, muddatidan oldin tugʻib qoʻyish xavfi boʻlgan va boshqa) hollarda;
ekstragenital kasalliklar (yurak nuqsoni, qon bosim kasalligi, giperterioz, diabet, anemiya, leykoz, sistit va boshqa) qayd etilgan hollarda;
sogʻlom boʻlgan ayollarda tugʻish jarayonida qiyinchiliklar boʻlishi mumkin boʻlgan hollarda (bachadondagi chandiq, homila koʻndalang yoki yonlama joylashganda, bachadonda bir necha homila boʻlganda, homila ona qornida nobud boʻlganda, bachadon miomasi va boshqalar);
ambulatoriya sharoitida tashxis qoʻyish, kasallik asoratini aniqlash imkoni boʻlmagan hollarda.
125. Akusherlik statsionaridan chiqarilgan ayollarda qayta koʻrik quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
7 — 10 kundan keyin — 1-koʻrik;
1 oydan keyin — 2-koʻrik;
2 oydan keyin — 3-koʻrik.
126. Birinchi koʻrik paytida akusherlik statsionari maʼlumotlari oʻrganiladi, shikoyatlar aniqlanadi, tibbiy koʻrsatmalarga koʻra qoʻshimcha tekshiruvlar oʻtkaziladi. Shaxsiy gigiyena talablarini bajarish haqida suhbatlar oʻtkaziladi. Zarurat boʻlgan hollarda mutaxassis shifokorlar tomonidan maslahat koʻriklari oʻtkaziladi.
Ikkinchi koʻrik paytida ayolning shikoyatlari oʻrganiladi, tibbiy koʻrsatmalarga koʻra laborator tekshiruvlar oʻtkaziladi.
127. Tugʻishdan keyingi davrni kechishi fiziologik holatda boʻlsa, uchinchi koʻrikdan soʻng ayol dispanser hisobidan oʻchiriladi. Tuqqan ayolning sogʻligi ahvolini shifokor akusher-ginekolog, tugʻilgan chaqaloqning ahvoli va oʻsishini shifokor pediatr kuzatadi.
128. TH va JIEMda saqlanayotgan barcha ayollar profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi. Ular shifokor ginekolog tomonidan har yili kamida bir marotaba koʻriladi. Kasallik belgilari aniqlanganda shifokor quyidagilarni oʻtkazadi:
kasallik tarixi yigʻiladi;
bemorlar umumiy va ginekologik koʻrikdan oʻtkaziladi;
bakteriologik va sitologik tekshiruvlar oʻtkaziladi;
rejali ravishda statsionarga yotqiziladigan bemorlar avval tibbiy tekshiruvlardan oʻtkaziladi.
129. Ayollardagi bor boʻlgan kasallikni davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi sharoitida davolashni imkoni boʻlmasa, ular oʻrnatilgan tartibda ixtisoslashgan kasalxonaga yoki hududiy davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga (jumladan, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga) yuboriladi.
(129-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 18-apreldagi 190-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-2, 16.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 10/25/3159-2/0442-son)
2-§. Voyaga yetmagan mahkumlarga davolash-profilaktika ishlarini oʻtkazishning oʻziga xos tomonlari
130. Barcha voyaga yetmagan mahkumlar JIEMga keltirilganda, ular boʻgʻma (difteriya) kasalligi boʻyicha, zaxm kasalligi boʻyicha (Vasserman reaksiyasi), OIV infeksiyasi, oʻtkir yuqumli ichak va gijja kasalliklari bor-yoʻqligiga tekshiruvlardan oʻtkaziladi. Bu tekshiruvlar musbat natija bersa, ularga nisbatan davolash-profilaktika va epidemiyaga qarshi choralar oʻtkaziladi.
131. JIEMda voyaga yetmagan mahkumlarni qabul qilib olish guruhi tarkibiga kiruvchi davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi boshligʻi muassasaga yangi keltirilgan shaxslarning salomatligi holatini hamda yoshini eʼtiborga olgan holda ishlab chiqarish korxonalarida mehnatga jalb qilish boʻyicha oʻz tavsiyalarini beradi. Bir vaqtning oʻzida ruhiy profilaktika va davolanishga muhtojlar hamda psixolog va tarbiyachi tomonidan tarbiyaviy-psixologik taʼsirga muhtojlar aniqlanadi.
132. JIEMda voyaga yetmagan mahkumlarga nisbatan tibbiy-sanitariya taʼminotini taʼminlash maqsadida quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
voyaga yetmagan mahkumlar bir yilda ikki marotaba profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi;
IIV huzuridagi JIED Tibbiyot boʻlimi tomonidan ixtisoslashgan kasalxonaning mutaxassis shifokorlarini jalb etgan holda profilaktik tibbiy koʻrik tashkillashtiriladi. Profilaktik tibbiy koʻrikda otolaringolog, nevropatolog, okulist, jarroh, stomatolog, psixiatr, infeksionist, dermatovenerolog va terapevt ishtirok etadi;
(132-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 11-avgustdagi 256-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-1, 18.08.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 10/21/3159-1/0805-son)
profilaktik tibbiy koʻrik davomida voyaga yetmagan mahkumlarga antropometriya, tibbiy koʻrsatmaga koʻra laboratoriya tahlillari, flyuorografiya tekshiruvi, ultratovush tekshiruvi, elektrokardiografiya, endoskopiya tekshiruvlari oʻtkaziladi;
profilaktik tibbiy koʻrik natijasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga hamda qoʻshimcha tekshiruvlarga muhtoj boʻlgan mahkumlar oʻrnatilgan tartibda hududiy davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga yoki ixtisoslashgan kasalxonaga yuborilishi taʼminlanadi.
133. JIEMda saqlanayotgan barcha voyaga yetmagan mahkumlar shifokor psixiatr koʻrigidan oʻtkaziladi. Narkologik kasallikka yoʻliqqan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari shifokor psixiatr tomonidan tarbiyachi va psixolog bilan hamkorlikda olib boriladi. Shuningdek, voyaga yetmagan mahkumlar bilan sogʻlom turmush tarziga amal qilish, shaxsiy-gigiyena talablariga rioya qilish, spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop hamda zaharvandlik moddalarining zararlari haqida muntazam ravishda tashviqot tadbirlari oʻtkazib boriladi.
(133-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 11-avgustdagi 256-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-1, 18.08.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 10/21/3159-1/0805-son)
5-bob. Bolalar uyi xizmatini tashkillashtirish
134. Bolalar uyi ayollar uchun moʻljallangan JIEMda tashkillashtiriladi. Bolalar uyi muassasa hududidan tashqarida yoki mahkumlar umumiy yashash joyidan ajratilgan holda joylashadi, bolalar sayr qilishi va dam olishlari uchun moʻljallab, alohida jihozlanadi.
135. Bolalar uyida bolalar tugʻilganidan uch yoshga toʻlguniga qadar tarbiyalanadi. Mazkur muddat qonunda nazarda tutilgan hollarda bir yilgacha uzaytirilishi mumkin. Bolalar uyidagi bola uch yoshga toʻlganidan keyin onasining roziligi bilan uning qarindoshlariga yoki homiylik va vasiylik organi qaroriga koʻra boshqa shaxslarga berilishi mumkin yoki boshqa tegishli idoralarga qarashli bolalar muassasalariga oʻtkaziladilar.
136. Barcha chaqaloqlar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (bundan buyon matnda FXDYO deb yuritiladi) organlaridan oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazilib, tugʻilganligi haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilishi shart. Bola oʻlik tugʻilsa yoki chaqaloq tugʻilganidan keyingi yetti kun ichida vafot etsa, bunday holatlar uch kun muddat ichida FXDYO idoralarida qayd etish roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. Tugʻilishdan oldin nobud boʻlgan har bir bola (homila) haqida tegishli maʼlumotnoma toʻldiriladi.
137. Bolalar uyi faoliyatini uning boshligʻi-shifokor pediatr boshqaradi, u bolalar uyining tibbiy, tarbiyaviy va boshqaruv-xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida ish yuritadi. Bolalar uyi joylashgan muassasa boshligʻi va shu muassasa kasalxonasi boshligʻi bolalar uyi faoliyatini tashkillashtirishga javobgar hisoblanadi.
(137-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
138. Bolalarni profilaktik emlash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartiblar asosida oʻtkaziladi.
Buning uchun quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
emlash tadbirlari yil, chorak, oyni moʻljallab rejalashtiriladi;
emlash oʻtkazilgan kuni shifokor koʻrigi oʻtkazilib, tana harorati oʻlchanadi;
sanitariya-gigiyena qoidalariga, aseptika qoidalariga (emlash oʻtkazadigan alohida xona, tibbiy jihozlarni sterilizatsiya qilish) amal qilish;
oʻtkazilgan profilaktik emlashni va uning natijasida boʻlgan oʻzgarishlarni aniq qayd etish;
emlashni boshqa muddatga qoldirilish sababini asoslab, uni qachon oʻtkazish mumkinligini belgilash.
139. Bolalar uyiga keltirilgan barcha bolalar shifokor tomonidan zudlik bilan va chuqur tekshiruvdan oʻtkaziladi. Bolalarni shifokor tomonidan koʻrigi quyidagi muddatlarda oʻtkaziladi:
1 oylik boʻlgunicha — har kunda;
1 oydan 6 oylik boʻlgunicha — besh kunda bir marta;
6 oydan 9 oylik boʻlgunicha — oʻn kunda bir marta;
9 oydan 1 yoshga toʻlguncha — ikki haftada bir marta;
1 yoshdan 3 yoshga toʻlgunicha — bir oyda bir marta.
140. Bolalarni koʻrik natijalari va ruhiy jismoniy oʻsishi haqidagi maʼlumotlar bolaning rivojlanish tarixi daftariga qayd etiladi. Nimjon va salomatlik holatida jiddiy oʻzgarish boʻlgan bolalar IIV va hududiy sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari shifokor mutaxassislari jalb etilib koʻrikdan oʻtkaziladi.
Bolalar uyiga barcha yangi kelgan bolalarda antropometrik oʻlchovlar oʻtkaziladi. Sogʻlom bolalarni toʻrt oylik boʻlguniga qadar ikki kunda bir marotaba, toʻrt oylikdan bir yoshga toʻlguniga qadar 5 kunda bir marotaba, bir yoshdan bir yoshu olti oylik boʻlguniga qadar 10 kunda bir marotaba, bir yoshu olti oyligidan uch yoshga toʻlguniga qadar har oyda bir marotaba vazni oʻlchanadi. Nimjon bolalar ovqatlanishdan oldin va undan keyin 3-4 oylik boʻlguniga qadar kunda bir marotaba vazni oʻlchab turiladi.
141. Yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida bolalar uyiga yangi kelgan yoshi ikki oydan oshgan bolalar 21 kun davomida karantinda boʻladilar. Yoshi ikki oygacha boʻlgan bolalar 3 — 5 kunga karantin binosida alohida xonaga yotqiziladilar. Tez rivojlanuvchi ogʻir kasallikka va yuqumli kasalliklarga chalingan bolalar karantin binosiga yotqizilmay sogʻliqni saqlash idoralari kasalxonalariga joʻnatiladilar va ular kasalxonaga joʻnatilgunga qadar tibbiy izolyatorda boʻladilar. Bolalar karantin oʻtishi uchun alohida xona tashkillashtiriladi, undagi oʻrinlar soni bolalar uyining shtat boʻyicha umumiy oʻrinlar sonining 10 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
142. Karantin vaqtida bolalar va onalar boʻgʻma, ichak infeksiyalari guruhi (mikrob tashuvchilar) bor-yoʻqligiga tekshiriladi. Boshqa qoʻshimcha tekshiruvlar klinik va epidemiologik asoslar boʻlganda oʻtkaziladi.
143. Izolyator bolalar uyi umumiy oʻrinlar sonining 10 foiz miqdorida oʻrinlar bilan jihozlanadi, u sogʻlom guruhlardan ajratilgan boʻlib, kirib-chiqishi alohida boʻlishi lozim. Izolyatorda qabul xonasi, bemorlar uchun 1-2 xona, hojatxona, yuvinish xonasi va bemor bola uchun alohida xonadan iborat boʻladi. Karantin boʻlinmasi va izolyator zarur asbob-anjomlar va bemorlarni parvarish qilish uchun buyumlar bilan jihozlanadi.
144. Guruhlarda kun tartibi bolalarning yoshi va oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib tuziladi. Har bir guruhda bolalarning yoshiga muvofiq, ularning normal oʻsishini taʼminlovchi sogʻlomlashtirish va tarbiya tadbirlari oʻtkaziladi.
145. Bolalar uyi boshligʻi har bir yuqumli kasallik aniqlanganda zudlik bilan muassasa kasalxonasi boshligʻiga xabar beradi. Yuqumli bemorlar bilan muloqotda boʻlgan bolalarga epidemiyaga qarshi barcha zarur tadbirlar oʻtkaziladi. Ular alohida guruhga ajratilib, boshqa xonalarga joylashtiriladi. Yuqumli kasallik aniqlangan guruhda joriy dezinfeksiya, yakuniy tashxis qoʻyilgandan soʻng yakuniy dezinfeksiya oʻtkaziladi. Oʻtkir ichak infeksiyasi aniqlanganda, guruhdagi bolalar, ularga xizmat koʻrsatayotgan xodimlar va oshxona ishchilari tekshiruvdan oʻtkaziladi.
146. Surunkali kechadigan kasalligi boʻlgan bolalar dinamik kuzatuv guruhiga olinadi. Kasalligi kechishi va xususiyatlariga qarab qaytalanishiga qarshi, maxsus va umumiy quvvatlovchi davolash oʻtkaziladi. Sogʻliqni saqlash vazirligining bolalarga dispanserizatsiya oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalariga asoslanib, bolalar vaqti-vaqti bilan mutaxassis shifokorlar jalb etilgan holda chuqur tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
147. Muassasa maʼmuriyati emizikli bolasi bor boʻlgan onalarga kuniga har uch soat oraligʻida 30 minutli muddatga bolasini borib koʻrishi uchun sharoitni yaratadi, ikki yoki undan ortiq chaqalogʻi boʻlsa, bir soatdan kam boʻlmagan muddat beriladi. Onalar bolalari oldiga qatnab turish vaqti shifokor pediatr tomonidan belgilanadi va muassasa maʼmuriyati bilan kelishiladi. Muassasa maʼmuriyati bolasini koʻkrak suti bilan boqmaydigan onalarga har kuni bir soat mobaynida kelib bolasini koʻrishi uchun sharoit yaratadi.
148. Bolalar uyi boshligʻi mahkuma ayollardan soʻrov yoʻli bilan, zarur hollarda ularning yaqin qarindoshlariga xat yozishib, ularning bolani oʻz tarbiyalariga olish xohishlarini aniqlaydi. Agarda qarindosh-urugʻlari maʼlum sabablarga koʻra kela olmasalar, bola ularning turar joyiga tibbiyot xodimi kuzatuvida yuboriladi. Bolani oʻz tarbiyasiga qabul qilgan qarindoshiga bolani tarbiyaga topshirilganligi haqidagi dalolatnoma nusxasi, tugʻilganligi haqidagi guvohnoma, bolani oʻsishi tarixi daftaridan koʻchirma taqdim etiladi.
149. Bolani qarindoshlari tarbiyasiga olish iloji boʻlmagan hollarda, bolalar uyi boshligʻi 2-3 oy oldindan sogʻliqni saqlash idoralariga, bolani ularning muassasalariga oʻtkazish kerakligi haqida xabar beradi. Onaning roziligi bilan vasiylik va homiylik idoralari qarori asosida bola boshqa shaxslarga ham berilishi mumkin. Markaziy nerv tizimi organik jarohatlari, tugʻma mayiblik va boshqa ogʻir kasalliklari bor bolalar umumiy turdagi bolalar uyiga yuborilmasdan maxsus turdagi bolalar uyiga yoki sogʻliqni saqlash idoralarining davolash muassasalariga yuboriladi.
150. Qarindoshlariga yoki bolalar uylariga oʻtkazilayotgan bolalar muassasa tomonidan kiyim, ichki kiyimlar va poyabzallar bilan taʼminlanadi. Yoʻlda bolalarga alohida joy (oʻrin) olinadi, yotish jihozlari va toʻla sifatli ovqatlanish muassasa tomonidan taʼminlanadi. Kuzatib boruvchi tibbiyot xodimi bolani parvarishi uchun kerakli jihozlar, ovqatlanishi uchun idishlar va dori-darmonlar bilan taʼminlanadi.
151. Jazo oʻtashdan ozod boʻlayotgan ayolning bolasi bolalar uyida boʻlsa, bolaning tugʻilganligi haqidagi guvohnomasi va bolaning sogʻligʻi haqida oʻtkazilgan emlashlarni va bola oʻtkazgan kasalliklar maʼlumoti yozilgan bolaning oʻsishi tarixi daftaridan koʻchirmani onasiga topshiriladi. Mahkuma ayol jazoni oʻtashdan ozod boʻlayotgan vaqtida bolasi betob boʻlib, kasalxonada davolanishga muhtoj boʻlsa, onasining roziligi bilan hududiy sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasasiga oʻrnatilgan tartibda joylashtiriladi.
6-bob. Vaqtincha va uzoq muddatga mehnat qobiliyati yoʻqotilganligi ekspertizasi
152. JIEMda mehnatga layoqatsizlikni ekspertiza qilishning asosiy vazifasi mahkumlar mehnat qobiliyatini uzoq muddatga yoki doimiy yoʻqotganlik belgilarini aniqlash, TIEK koʻrigini tashkil qilish, sogʻligʻi tufayli yengil sharoitlarda ishlashga muhtoj boʻlganlarga ularga mos mehnat sharoitiga oʻtishini tavsiya qilish kabilardan iborat.
(152-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 18-apreldagi 190-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-2, 16.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 10/25/3159-2/0442-son)
153. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik aniqlangan hollarda va ambulatoriya sharoitida davolanish uchun ishdan ozod etilganda bemorning ambulator tibbiy kartasida va ambulator kasallarni qayd etish daftarida kasallik haqida barcha maʼlumotlar toʻliq yozib chiqiladi hamda mehnatga vaqtincha layoqatsizlik varaqasi (taloni) toʻldiriladi.
154. Shifokor tomonidan bemorni kasalligi tufayli ishdan ozod qilish muddati besh kungacha boʻlishi mumkin. Ishdan ozod qilish muddatini besh kundan ortiq uzaytirish davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimining boshligʻi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan bemorni shaxsan koʻrikdan oʻtkazib, oʻz qarorini ambulator tibbiy kartaga yozish va imzo qoʻyish orqali amalga oshiriladi.
155. Davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi statsionarida yoki ixtisoslashgan kasalxonada davolanish yoki tekshiruvdan oʻtish ishdan ozod etishga asos boʻladi.
156. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik kasallikning kechish xususiyatlariga bogʻliq boʻladi. Oʻtkir kechadigan kasalliklarda bemorning mehnat qobiliyati tiklanguniga qadar ishdan ozod qilinadi. Surunkali kasalliklarning xuruji davrida, kasallik qaytalanganda va tutqanoqlarda mahkumning mehnat qobiliyati tiklangunga qadar ishdan ozod qilinadi.
157. Kasallikning kechishi asoratli yoki ogʻir boʻlsa, bemor shifokorlar tomonidan TIEK koʻrigiga tavsiya etiladi. Bemorda nogironlik belgilari aniqlanmasa, lekin sogʻligʻi boʻyicha mehnat qobiliyatida cheklanishlar boʻlsa, shifokor xulosasi asosida boshqa ishga oʻtkaziladi.
(157-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 18-apreldagi 190-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-2, 16.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 10/25/3159-2/0442-son)
158. Hayot faoliyatining cheklangan bemorlarga TIEKlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda nogironlik belgilanadi.
(158-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 18-apreldagi 190-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-2, 16.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 10/25/3159-2/0442-son)
7-bob. Nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy va moddiy yordam koʻrsatish
159. TH va JIEMda saqlanayotganlarni nogironligi boʻlgan shaxs deb topish uchun tibbiy koʻrikdan oʻtkazish TIEKlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
(159-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 18-apreldagi 190-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-2, 16.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 10/25/3159-2/0442-son)
160. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarni TIEKlari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning maqsadlari:
hayot faoliyati cheklanganligi holatini, nogironlikning guruhlari, sabablari, boshlangan vaqti va muddatlarini aniqlash;
mehnat faoliyatini bajarish bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlgan yoki salomatligini boshqacha tarzda shikastlangan ishlovchilarning kasbiy mehnatga layoqati yoʻqotganligi darajasini, shuningdek ularning yordamni qoʻshimcha turlariga muhtojligini aniqlash;
nogironligi boʻlgan shaxslarning salomatligi va hayot faoliyati cheklanganligi holatini hisobga olgan holda ularni tibbiy va ijtimoiy-mehnat boʻyicha reabilitatsiya qilish tadbirlarini belgilash.
(160-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 18-apreldagi 190-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-2, 16.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 10/25/3159-2/0442-son)
161. TH va JIEMda nogironligi boʻlgan shaxslar TIEK va vrachlik-maslahat komissiyalarining xulosalari asosida zarur vositalar, shu jumladan oʻrindiqli aravacha, qoʻltiqtayoq, hassa bilan taʼminlanadi. Nogironligi boʻlgan shaxslarga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, sogʻliqni saqlash, maktabgacha va maktab taʼlimi, boshqa davlat organlari tomonidan ijtimoiy va moddiy yordam koʻrsatilishi mumkin.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2026-yil 2-fevraldagi 51-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-4, 13.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2026-y., 10/26/3159-4/0138-son)
8-bob. Tish protezlash va ortopedik-protez mahsulotlar taʼminoti
1-§. Tish protezlash yordamini tashkil qilish
162. Mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarga tish protezlash ixtisoslashgan kasalxonada yoki TH va JIEM joylashgan hududdagi davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalarida amalga oshiriladi.
163. Tish protezlash yordami mahkumning arizasiga binoan oʻz hisob varaqasida boʻlgan pul mablagʻlari yoki uning qarindoshlari, qonuniy vakili va boshqalar hisobidan shifokor mutaxassis xulosasidan soʻng amalga oshiriladi.
164. Mahkumlarga TH yoki JIEM hisobidan tishni protezlash yordamini koʻrsatish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
jazoni oʻtash vaqtida, maʼmuriyatning aybi bilan ishlab chiqarishda jarohat olganda;
protezlashga koʻrsatma boʻlgan birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar;
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar;
yuqori va pastki jagʻlarda oʻsmalar va boshqa kasalliklar natijasida jarrohlik muolajasi oʻtkazilgan boʻlsa, shuni natijasida chaynov funksiyasini buzilishi, koʻp qism suyakni yoʻqolishiga olib kelgan boʻlsa.
Bunda protezlashga ketadigan xarajatlar JIEM smeta mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
165. Tish protezlash, JIEM boshligʻi ruxsati bilan agar protezlash mahkumni boshqa muassasa (boʻlinma)ga koʻchirish bilan bogʻliq boʻlsa, IIV huzuridagi JIED rahbariyati ruxsati bilan amalga oshiriladi.
(165-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 11-avgustdagi 256-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-1, 18.08.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 10/21/3159-1/0805-son)
2-§. Ortopedik oyoq kiyim va protez-ortopedik mahsulotlar bilan taʼminlashni tashkillashtirish
166. Mahkumlar protez-ortopedik mahsulotlar, ortopedik oyoq kiyim va ortopedik apparatlar uchun oyoq kiyim, protezlar uchun oyoq kiyim, bandaj mahsulotlari, eshituv va ovoz hosil qiluvchi apparatlar, koʻzoynaklar bilan taʼminlanish huquqiga ega. Mahkumlarga kosmetik protezlash jarrohlik muolajasi oʻtkazilmaydi.
167. Mahkumlarga JIEM hisobidan protez yasash va taʼmirlash quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
jazoni oʻtash vaqtida, maʼmuriyatning aybi bilan jarohat olganda;
protezlashga koʻrsatma boʻlsa, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar;
1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar.
Bunda protezlashga ketadigan xarajatlar JIEM smeta mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Bundan boshqa hollarda protezlash, mahkum protezni belgilangan toʻliq narxini toʻlaganidan keyin amalga oshiriladi.
168. Protezlash TH yoki JIEM boshligʻi ruxsati bilan, agar bu hodisa mahkumni boshqa muassasa (boʻlinma)ga koʻchirish bilan bogʻliq boʻlsa, IIV huzuridagi JIED rahbariyati ruxsati bilan amalga oshiriladi.
(168-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 11-avgustdagi 256-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-1, 18.08.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 10/21/3159-1/0805-son)
Muassasa hisobidan protezlash, quyidagi hujjatlar boʻlganda amalga oshiriladi: mahkumning arizasi, ishlab chiqarishda olgan jarohati haqidagi dalolatnoma, TIEKning mahkumning nogironligi boʻlganligi va protezlashga muhtojligi haqidagi mutaxassis shifokor xulosasi.
(168-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 18-apreldagi 190-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-2, 16.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 10/25/3159-2/0442-son)
169. Mahkumni oʻz hisobidan protezlash, mutaxassis shifokor xulosasidan soʻng va TIEK qarori boʻyicha mahkumning arizasi asosida amalga oshiriladi.
(169-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 18-apreldagi 190-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-2, 16.05.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2025-y., 10/25/3159-2/0442-son)
170. Protez-ortopedik mahsulotlar, ortopedik oyoq kiyimlar, protezlar uchun oyoq kiyimlar va bandajlarni yasash protez-ortopedik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
171. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarga koʻzoynak shifokor okulist tomonidan buyuriladi. Mahkum yoki qamoqqa olingan shaxslarni koʻzoynak bilan taʼminlash ularning oʻz hisobidan yoki qarindoshlari yoxud boshqa shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
9-bob. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarni bir muassasadan boshqasiga koʻchirishda tibbiy yordam koʻrsatish
172. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslar bir muassasadan boshqasiga koʻchirishdan avval shifokor tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi va tibbiy koʻrik natijalari ambulator tibbiy kartaga qayd etiladi. Ogʻir kasalligi tufayli joyidan qoʻzgʻatib boʻlmaydigan va transportda olib yurish mumkin boʻlmagan bemorlar bir muassasadan boshqasiga koʻchirilmaydi.
173. Yuqumli kasallikka chalingan, ruhiy holati buzilgan, ovqatdan bosh tortgan shaxslar, homilasi yigirma toʻrt haftalikdan oshgan yoki uch yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar va umumiy ahvoli ogʻir bemorlar boshqalardan ajratilgan holda tibbiyot xodimi kuzatuvida bir muassasadan boshqasiga koʻchiriladi.
Mahkumlarni va qamoqqa olinganlarni kuzatib borish uchun ajratilgan tibbiyot xodimi koʻchirish vaqtida bemorlarning sogʻligʻini nazorat qiladi va zarur holatlarda ularga tibbiy yordam koʻrsatadi.
174. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish chogʻida, kuzatuvda boʻlgan tibbiyot xodimi shoshilinch yordam koʻrsatishda zarur boʻladigan dori vositalari hamda tibbiyot anjomlari va uskunalari bilan taʼminlanadi. Bemorlarni bir muassasadan boshqasiga koʻchirishda kuzatuvda boʻlgan tibbiyot xodimi uchun maxsus vagonda dam olish joyi ajratiladi.
175. Bir vaqtning oʻzida bir transport vositasida yuqumli va parazitar kasallikka chalingan bemorlarni yuqumli boʻlmagan bemorlardan maxsus tarzda ajratilmagan holda birga tashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yuqumli va parazitar kasalliklarga chalingan bemorlarni tashish maxsus jihozlangan transportlarda amalga oshiriladi, ayrim shoshilinch holatlarda ixtisoslashgan yordam koʻrsatish uchun tez tibbiy yordam transportlarida ham tashishga yoʻl qoʻyiladi.
176. Oʻta xavfli yuqumli kasallikka chalingan bemorlar hududiy sogʻliqni saqlash tizimining maxsus avtotransportida bir muassasadan boshqasiga koʻchiriladi.
177. Bemorlarni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish chogʻida ularning sogʻligʻi ogʻirlashib ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish zarurati yuzaga kelganida bemor hujjatlari hamda shaxsiy buyumlari bilan birgalikda eng yaqin almashuv punktida qorovul (konvoy) xodimlariga topshirilib, oʻrnatilgan tartibda hududiy sogʻliqni saqlash tizimi muassasasiga joylashtiriladi va uning qoʻriqlanishi taʼminlanadi.
TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslar bir muassasadan boshqasiga koʻchirish chogʻida vafot etganida oʻlim holati tibbiyot xodimi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng jasad hududiy ichki ishlar organiga oʻrnatilgan tartibda topshiriladi.
178. Bir muassasadan boshqasiga koʻchirilayotgan bemorlarga oʻrnatilgan norma boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlari va buyumlar beriladi. Bemorlarning oʻzida dori vositalari va bogʻlov ashyolarining saqlanishiga shifokor ruxsatisiz yoʻl qoʻyilmaydi.
179. Yuqumli va parazitar kasallikka chalingan bemorlar bir muassasadan boshqasiga koʻchirilishida tibbiyot xodimi tomonidan infeksion nazorat talablari asosida shaxsiy va umumiy gigiyena qoidalariga rioya etilishi haqida tushuntirish oʻtkaziladi.
Yuqumli va parazitar kasallikka chalingan bemorlarni bir muassasadan boshqasiga koʻchirish chogʻida harbiy xizmatchilar va tibbiyot xodimi shaxsiy himoya vositalaridan foydalanishi lozim.
180. Mahkumlarni va qamoqqa olingan shaxslarni bir muassasadan boshqasiga koʻchirishda IIV Qorovul qoʻshinlari bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibini shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash shuningdek, maxsus avtotransportlarga sanitariya ishlov berish va dezinfeksiya qilish davomida qoʻllaniladigan dezinfeksiyalovchi vositalar bilan taʼminlash IIV Tibbiyot boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
181. TH, JIEM va ixtisoslashgan kasalxonadan jazo muddatini oʻtashdan ozod etilgan doimiy parvarishga muhtoj shaxslar qarindoshlari yoki boshqa shaxslar yoxud muassasa maʼmuriyati vakilining kuzatuvida yashash joyiga yoki sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga yuboriladi.
10-bob. Dori vositalari va tibbiyotga oid mahsulotlar taʼminoti
182. TH, JIEM va ixtisoslashgan kasalxonada dori vositalari saqlanadigan xona, dorixona yoki dorixona ombori tashkillashtiriladi. Dori vositalari saqlanadigan xona yoki dorixona ombori konditsioner, sovutgich bilan taʼminlanadi hamda xonaga havo harorati va namligini oʻlchash asboblari (termometr, gigrometr va psixrometr) oʻrnatiladi. Ushbu oʻlchov asboblari poldan 1,5 — 1,7 metr balandlikda, kirish eshiklari va isitish asboblaridan kamida uch metr masofada oʻrnatiladi va kundalik koʻrsatkichlar maxsus daftarda qayd etib boriladi.
183. Ixtisoslashgan kasalxona tomonidan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy anjomlar markazlashgan holda xarid qilib olinishi mumkin. Xarid qilib olish tender shartlariga amal qilgan holda, ehtiyoj va xarid qilib olinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatiga eʼtibor qilgan holda amalga oshiriladi.
184. TH yoki JIEM shtat birliklarida provizor (farmatsevt) lavozimlari boʻlmasa, davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi boshligʻi bu vazifani biron bir maxsus farmatsevtik tayyorgarlikni oʻtgan oʻrta tibbiyot xodimiga yuklaydi.
185. Dorixona, dorixona ombori va dori vositalari saqlanadigan xonalarga mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarning kirishi taqiqlanadi. Dorixona, dorixona ombori va dori vositalari saqlanadigan xonalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga javob berishi kerak.
186. Dorixonalarga qabul qilingan dori vositalari va tibbiyotga oid mahsulotlar moddiy boyliklar hisob-kitob daftariga yozib qoʻyiladi.
Moddiy boyliklar hisobi yuritiladigan kitobning varaqlari raqamlangan, tikilgan, muassasa muhri bilan muhrlangan va rahbar imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Kitobdagi yozuvlar aniq va tushunarli boʻlishi kerak, oʻzgartirishlar qizil siyoh bilan yoziladi va imzo bilan tasdiqlanadi. Ushbu kitob dorixonalarda talabnomalar bilan birga saqlanadi.
187. Giyohvandlik vositalari va ularning analoglari — kimyoviy tuzilishi va xossalariga koʻra giyohvandlik vositalariga oʻxshash boʻlgan, ular singari ruhiyatga faol taʼsir etadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, psixotrop moddalar hamda prekursorlarlarining hisobi alohida kitobda yuritiladi.
188. Sotib olingan dori vositalari va tibbiyotga oid mahsulotlar kirim qilinadi va ularni fizik — kimyoviy xossalariga koʻra mavjud sanitariya meʼyorlari hamda farmatsiya sohasiga oid meʼyoriy hujjatlar talablariga asosan saqlanadi va hisobdan chiqariladi.
Dori vositalari va tibbiyotga oid mahsulotlarning hisobi, saqlanishi, tarqatilishi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash taqiqlanadi.
(188-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli ““Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2016-yil 4-yanvardagi OʻRQ-399-son Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
189. Dori vositalari, tibbiy buyumlar, bogʻlov materiallari hamda bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan buyumlar, dezinfeksiya vositalari va boshqalar davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi yoki ixtisoslashgan kasalxona boʻlinmalari tomonidan berilgan talabnomaga asosan tayyor holda beriladi.
190. Ixtisoslashgan kasalxonada talabnomalar, kasalxona boʻlinmasi katta hamshirasi tomonidan yozilib, boʻlinma boshligʻi tomonidan imzolanadi. Davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimida talabnomalar hamshira yoki feldsher tomonidan yozilib, davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi boshligʻi tomonidan imzolanadi.
191. Giyohvandlik vositalari va ularning analoglari, psixotrop moddalar hamda prekursorlar, shuningdek, tibbiyot etil spirti uchun alohida talabnoma yoziladi va davolash profilaktik yordam koʻrsatish boʻlimi boshligʻi yoki kasalxona boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
192. Dori vositalarining yoki boshqa tibbiy vositalarning xarajati summasi haqida hisobot, dorixona xodimi tomonidan muassasa buxgalteriyasiga beriladi.
193. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarning qarindoshlari yoki boshqa shaxslar tomonidan yoʻqlovlar orqali yuborilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi xodimi tomonidan mahkum yoki qamoqqa olingan shaxs tanishtirilib, imzo qoʻyiladi va bu haqda “Yaqin qarindoshlari tomonidan qabul qilib olingan dori vositalarini roʻyxatga olish jurnali”ga qayd qilinadi.
194. TH va JIEM davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimlarida statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarning qarindoshlari va boshqa shaxslardan dori vositalari va tibbiy buyumlar davolovchi shifokor tomonidan berilgan retsept asosida qabul qilib olinishi mumkin.
Retsept Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan retsept blankasiga muvofiq toʻldiriladi.
195. Retsept davolovchi shifokorning imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Retsept tasdiqlangan kundan boshlab bir oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
196. Bemorning qarindoshlari yoki boshqa shaxslardan dori vositalari qabul qilib olinayotganda ushbu dori vositalari retseptning yirtma koreshogida koʻrsatilgan dori vositalari bilan oʻzaro muvofiqligi, shu jumladan dori vositasining yaroqlilik muddati, birlamchi va ikkilamchi oʻramning butunligi va tashqi koʻrinishi tekshiriladi va retseptning yirtma koreshogi bemorning tibbiy hujjatlariga tikiladi.
197. Ixtisoslashgan kasalxona yoki JIEM tarkibidagi kasalxonada statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlarning qarindoshlari va boshqa shaxslardan dori vositalari va tibbiy buyumlar davolovchi shifokor tomonidan berilgan retsept asosida qabul qilib olinishi mumkin.
198. TH va JIEMda Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini qabul qilish, saqlash va qoʻllash taqiqlanadi.
199. Bemorning qarindoshlari yoki boshqa shaxslardan dori vositalari qabul qilib olinayotganda ushbu dori vositalari retseptning yirtma koreshogida koʻrsatilgan dori vositalari bilan oʻzaro muvofiqligi, shu jumladan dori vositasining yaroqlilik muddati, birlamchi va ikkilamchi oʻramning butunligi va tashqi koʻrinishi tekshiriladi va retseptning yirtma koreshogi bemorning kasallik tarixiga tikiladi.
11-bob. Tibbiy hisobni yuritish va tibbiy hisobotni tuzish
200. Tibbiy hisobni yuritish va uni tuzish TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarning salomatlik holati, tibbiyot xizmati faoliyatini xususiyati, hajmi va natijalari haqidagi aniq maʼlumotlar manbaidir. Tibbiy hisobni yuritishdan koʻzlangan maqsad quyidagilardan iborat:
muassasada tibbiy taʼminotni tashkillashtirish va davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi jihozlaridan toʻla foydalana bilish;
oʻtkazilayotgan davolash-profilaktika, epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyena tadbirlarini samaradorligi va oʻz vaqtida oʻtkazilayotganligini nazorat qilish;
muassasa boshligʻiga va yuqori turuvchi tibbiy boshliqlarga oʻz vaqtida tibbiy taʼminot ahvoli haqida axborot berish;
davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi faoliyatini tahlil qilish va baholash;
davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi faoliyatini rejalashtirish;
statistik maʼlumotlarni umumlashtirish.
201. Tibbiy hisob yuritish va hisobot tuzish tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha statistik hisobot shakllari asosida amalga oshiriladi. Tibbiy hisob yuritish va hisobot tuzish quyidagilarni oʻz ichiga oladi: qamoqqa olinganlar va mahkumlarni sogʻligʻi ahvoli hisobini yuritish, kasallanishni, oʻlim holatlarini, kasallik tufayli mehnatdan ozod qilish holatlari hisobini yuritish, ambulator va statsionar tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimining ish hisoboti, hamda boshqa davolash-profilaktika, epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyena tadbirlari hisoboti.
202. Muassasada tibbiy hisobni yuritish va hisobot tuzishni tashkillashtirish uchun davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi boshligʻi (kasalxona bosh shifokori) javobgardir. U oʻz qoʻl ostidagi xodimlarni tibbiy hisob yuritish va hisobot tuzish boʻyicha ishlarini tashkillashtiradi va nazorat qiladi, tibbiy hisobotni yuqori tashkilotlarga oʻz vaqtida yuboradi, mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar salomatlik holati haqidagi maʼlumotlarni va tibbiy faoliyatni doimiy ravishda tahlil qilib boradi, olingan maʼlumot va xulosalar boʻyicha muassasa boshligʻiga axborot beradi, olingan xulosalardan muassasani tibbiy taʼminlashni rejalashtirishda foydalanadi.
203. TH va JIEM davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimida feldsher (hamshira)ga blanklarni saqlash va toʻgʻri ishlatish, hisob-kitob va hisobga olish jurnal va kitoblarini, ambulator tibbiy kartalarni hisobini yuritish, shifokor koʻrsatmasiga koʻra tibbiy hisobga olish hujjatlarini yozib borish va shifokorga hisob-kitobda yordam berish ishlari yuklatiladi. Ixtisoslashgan kasalxonada mazkur ishlarni tibbiy statist olib boradi.
204. Davolash-profilaktika yordam koʻrsatish boʻlimi boshligʻi mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslar salomatligini va muassasa tibbiy xizmati faoliyatini har chorakda tahlil qilib hisobot tuzadi. Bundan tashqari, yil davomida kasallanish dinamikasini, bemorlarni statsionarga asosli va oʻz vaqtida yotqizilishini, bemorlarni statsionarda davolanish davomiyligini, oʻlim sabablarini, davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi faoliyatidagi kamchilik va xatolarni tahlil qiladi.
12-bob. Oʻzbekiston Respublikasi IIV va Sogʻliqni saqlash vazirligining oʻzaro hamkorlikda mahkumlarga va qamoqqa olinganlarga tibbiy yordam koʻrsatishi
205. Oʻzbekiston Respublikasi TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarga ixtisoslashtirilgan yoki shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilishi zarur boʻlgan hollarda ularga davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalarida barcha turdagi tibbiy yordam koʻrsatiladi.
206. Zarur boʻlgan holatlarda mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarga davlat sogʻliqni saqlash tizimi muassasalarining davolash-profilaktika muassasalarida tibbiy tekshiruvlar oʻtkazish, maslahat berish, ambulator va statsionar tibbiy yordam koʻrsatiladi.
207. Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tibbiyot boshqarmasi, IIV huzuridagi JIED, Sogʻliqni saqlash vazirligi davolash-profilaktika yordami bosh boshqarmasi va Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi, joylarda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV tibbiyot boʻlimi, viloyat ichki ishlar boshqarmalari tibbiyot boʻlimlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalari tomonidan TH va JIEM hamda ixtisoslashgan kasalxona joylashgan hududiy sogʻliqni saqlash tizimi muassasalari bilan tibbiy tekshiruvlarni oʻtkazish, maslahat berish va davolash-profilaktika masalalari boʻyicha biriktirib qoʻyiladi.
(207-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 11-avgustdagi 256-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-1, 18.08.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 10/21/3159-1/0805-son)
208. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha statsionar sud-tibbiy yoxud sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan taqdirda, ular davlat sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga joylashtiriladi. Bunda ularni qoʻriqlash va xulq-atvorini nazorat qilish taʼminlanadi.
209. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarga zarur boʻlgan holatlarda sogʻliqni saqlash tizimining mutaxassis shifokorlarini jalb qilgan holda toʻliq tashxis qoʻyish, maslahat berish, ambulator va statsionar tibbiy yordam koʻrsatilishi mumkin. Bunda mutaxassis shifokorlarning xavfsizligi taʼminlanadi.
TH va JIEMga maslahat beruvchi mutaxassis shifokorlarni olib kelish, sogʻliqni saqlash tizimi laboratoriyalariga biologik materiallarni olish va yetkazish TH va JIEMlarning kuch va mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
210. TH va JIEMda saqlanayotgan shaxslarni sogʻliqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalariga olib borish hamda ularni qoʻriqlash jazoni ijro etish muassasalari va IIV qorovul qoʻshinlari harbiy qismlarining kuch va mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatishda va sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga joylashtirilganda tibbiyot xodimlarining xavfsizligi taʼminlanadi.
211. TH va JIEM hamda ixtisoslashgan kasalxonadan ozod etilgan statsionar davolanishga muhtoj bemorlar davolanishni davom ettirish uchun oʻrnatilgan tartibda davlat sogʻliqni saqlash tizimining tibbiy muassasalariga joylashtiriladi.
212. Ogʻir kasalligi tufayli jazoni oʻtashdan ozod etilgan bemorlar tibbiy koʻrsatmalarga koʻra davolanishni davom ettirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan biriktirilgan davolash-profilaktika muassasalariga joylashtiriladi.
13- bob. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
213. TH va JIEM hamda ixtisoslashgan kasalxonasi oliy tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Toshkent farmatsevtika tibbiyot institutida oʻrnatilgan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED tomonidan toʻlov-kontrakti asosida amalga oshiriladi.
(213-band Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 11-avgustdagi 256-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-1, 18.08.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 10/21/3159-1/0805-son)
214. TH va JIEM hamda ixtisoslashgan kasalxonada oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi va uning viloyatlardagi filiallarida amalga oshiriladi.
14-bob. Yakunlovchi qoidalar
215. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
216. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. SHADMANOV
2019-yil 20-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga 1-ILOVA
Tergov hibsxonasiga keltirilgan shaxslarni qabul qilish
JURNALI
Saqlash muddati: 10 yil
T/r
Familiyasi, ismi va otasining ismi
Tugʻilgan yili
Keltirilgan sanasi
Tan jarohatlarini
mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumot
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga 11-ILOVA
____-son tergov hibsxonasiga keltirilgan shaxsni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi ___________________________________________________
8. Antropometrik oʻlchovlar: Boʻyning uzunligi: ______ sm. Tanasining vazni: ________ kg.
9. Tana koʻrigi (tan-jarohatlar, koʻkarish, shilinishlar joylashgan joyi, oʻlchami va boshqalar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi) _________________________
16. Shaxsning shoshilinch ravishda ixtisoslashgan tibbiy yordam va qoʻshimcha tekshiruvlarga muhtoj yoki muhtoj emasligi _______________________________________________________________
18. Shaxsni qabul qilib olish mumkin yoki mumkin emasligi toʻgʻrisida tibbiyot xodimining tavsiyasi: _________________________________________________________________________________
(Tergov hibsxonasiga keltirilgan shaxsning imzosi)
(F.I.O)
20___ yil “____” __________
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 24-noyabrdagi 676-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3159-3, 06.12.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 10/25/3159-3/1132-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga 12-ILOVA
____-son tergov hibsxonasiga keltirilgan shaxsda aniqlangan tan jarohati va shikastlanish belgilari toʻgʻrisida
DALOLATNOMA
Biz quyida imzo chekuvchilar, ____-son tergov hibsxonasi davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi tibbiyot xodimi ___________________________________________________________,
(unvoni, F.I.O toʻliq koʻrsatilsin)
tergov hibsxonasi boshligʻining yordamchisi — tezkor navbatchi __________________________________,
____________________________________________________________ (unvoni, F.I.O toʻliq koʻrsatilsin)
shaxsni olib kelgan qorovul boshligʻi _____________________________________________ ishtirokida
______________________________________________ (unvoni, F.I.O toʻliq koʻrsatilsin)
quyidagilar toʻgʻrisida ushbu dalolatnomani tuzdik, ____-son tergov hibsxonasiga 20___ yil _____ (kun sanasi)
_____ (oy) kuni keltirilgan shaxs ___________________________________________________________
_____-son tergov hibsxonasi davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish boʻlimi shifokori
_________
____________________________
(imzo)
(unvoni, F.I.O toʻliq koʻrsatilsin)
____-son tergov hibsxonasi boshligʻining tezkor navbatchi yordamchisi
_________
____________________________
(imzo)
(unvoni, F.I.O toʻliq koʻrsatilsin)
Qorovul boshligʻi:
_________
____________________________
(imzo)
(unvoni, F.I.O toʻliq koʻrsatilsin)
(12-ilova Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2025-yil 24-noyabrdagi 676-son buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3159-3, 06.12.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 10/25/3159-3/1132-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga 2-ILOVA
Boʻlim boshligʻi ___________________________________________________ ______________________________
(F.I.O.)
(imzo)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga 3-ILOVA
Hududiy davlat sogʻliqni saqlash tizimi tibbiy muassasasiga olib chiqilganligini qayd qilish
JURNALI
Saqlash muddati: 5 yil
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan sanasi
Turkum, kamera
Sanasi va vaqti
Taxminiy tashxisi
Yakuniy tashxis
Koʻrsatilgan tibbiy yordam
Yotqizilganligi (boʻlim)
Muassasaga qaytarilgan sanasi va vaqti
Izoh
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga 4-ILOVA
Foydalanilgan dorilarni hisobga olish
JURNALI
Saqlash muddati: 3 yil
Dori vositasining nomi: _________________________________________________________________________________________________________________________________
Oʻlchov birligi: __________________________________________________________________________________________________________________________________________
Izoh: Dori vositalari kirimi qizil rangda belgilanadi.
* Bemorning ahvoli ogʻir boʻlganda, uning oʻrniga boʻlim boshligʻi, shifokor, hamshira yoki feldsher imzolari bilan tasdiqlanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga 5-ILOVA
Mahkum yoki qamoqqa olingan shaxsning sogʻligʻi toʻgʻrisida
MAʼLUMOTNOMA
Saqlash muddati: 1 yil
Familiyasi, ismi va otasining ismi _______________________________________________________________________
Tugʻilgan sanasi “_____” _______________ ___________yil.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga 6-ILOVA
Intizomiy boʻlinmada saqlanayotgan shaxslarga koʻrsatilgan tibbiy yordamni qayd qilish
JURNALI
Saqlash muddati: 5 yil
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan sanasi
Kamera
Sana va vaqti
Shikoyati
Tashxisi
Tibbiyot xodimi tavsiyasi
Tibbiy muolajalarni olganligi
Shifokor maslahati
Koʻrsatilgan tibbiy yordam
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga 7-ILOVA
Surunkali narkologik, sil, tanosil kasalliklari bilan ogʻrigan bemorlarga maxsus davo muolajalarini oʻtkazish va saqlash uchun moʻljallangan jazoni ijro etish muassasalarining
ROʻYXATI
T/r
Kasalliklar
Tartib turi
Muassasa nomi
Muassasa joylashgan hudud
1.
Surunkali narkologik kasallik
Hamma turi
21-son JIEK
Toshkent viloyati
Hamma turi
22-son JIEK
Toshkent viloyati
Hamma turi
23-son MMIK
Toshkent shahri
Umumiy
2-son JIEK
Qashqadaryo viloyati
Umumiy
3-son JIEK
Qashqadaryo viloyati
Umumiy
4-son JIEK
Navoiy viloyati
Umumiy
5-son JIEK
Navoiy viloyati
Qattiq
10-son JIEK
Qashqadaryo viloyati
Qattiq
11-son JIEK
Navoiy viloyati
Qattiq
13-son JIEK
Toshkent viloyati
Qattiq
14-son JIEK
Toshkent viloyati
Maxsus
17-son JIEK
Buxoro viloyati
24-son TK
Toshkent viloyati
2.
Faol sil kasalligi
Hamma turi
20-son JIEK
Buxoro viloyati
Hamma turi
21-son JIEK
Toshkent viloyati
Hamma turi
22-son JIEK
Toshkent viloyati
Hamma turi
23-son MMIK
Toshkent shahri
Maxsus
17-son JIEK
Buxoro viloyati
Maxsus
19-son JIEK
Qoraqalpogʻiston
Turma
11-son JIEK
Navoiy viloyati
3.
Tanosil kasalliklari
Hamma turi
21-son JIEK
Toshkent viloyati
Hamma turi
22-son JIEK
Toshkent viloyati
Hamma turi
23-son MMIK
Toshkent shahri
Umumiy
1-son JIEK
Buxoro viloyati
Umumiy
2-son JIEK
Qashqadaryo viloyati
Umumiy
4-son JIEK
Navoiy viloyati
Umumiy
7-son JIEK
Toshkent viloyati
Qattiq
12-son JIEK
Navoiy viloyati
Qattiq
13-son JIEK
Toshkent viloyati
Maxsus
17-son JIEK
Buxoro viloyati
Turma
11-son JIEK
Navoiy viloyati
24-son TK
Toshkent viloyati
Izoh: odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV infeksiyasi)ni yuqtirib olgan mahkumlar tartib turiga koʻra, umumiy asosda muassasalarda saqlanadi.
(7-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 11-avgustdagi 256-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3159-1, 18.08.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 10/21/3159-1/0805-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga 8-ILOVA
Shikastlanish va jarohatlanishlarni roʻyxatga olish
JURNALI
Saqlash muddati: 5 yil
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan sanasi
Turkum, kamera
Jarohatlanish sanasi va vaqti
Jarohatlanish holati va joyi
Koʻrsatilgan birlamchi tibbiy yordam
Tashxis
Prokuraturaga yuborilgan xabarnomaning chiqish raqami
Izoh
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya taʼminoti boʻyicha qoidalarga 9-ILOVA
Oʻlim holatlarini qayd qilish
JURNALI
Saqlash muddati: 10 yil
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan sanasi
Turkum, kamera
Oʻlgan sanasi va vaqti
Vafot etgan joyi
Dastlabki tashxisi
Klinik tashxisi
Sud-tibbiyot tashxisi
Xizmat tekshiruvi xulosasi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y., 10/19/3159/3151-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 18.08.2021-y., 10/21/3159-1/0805-son; 16.05.2025-y., 10/25/3159-2/0442-son; 13.10.2025-y., 10/25/3690/0925-son; 09.12.2025-y., 10/25/3159-3/1132-son; 14.02.2026-y., 10/26/3159-4/0138-son)