|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.05.2019
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRINING
buyrug‘i
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IIV TERGOV HIBSXONALARI VA JAZONI IJRO ETISh MUASSASALARIDA SAQLANAYOTGAN ShAXSLAR TIBBIY TA’MINOTI BO‘YIChA QOIDALARGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 20-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1182-1]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 23-martdagi 67-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslarning tibbiy-sanitariya ta’minoti bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3159, 20.05.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 40-son, 409-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2002-yil 3-sentabrdagi 231-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1182, 2002-yil 24-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 20-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi IIV tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar tibbiy ta’minoti bo‘yicha qoidalarga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-dekabr,
193-son
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2011-yil 29-dekabrdagi 193-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi IIV tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar tibbiy ta’minoti bo‘yicha qoidalarga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 3-banddagi “muassasa boshlig‘i bu haqida IIV Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasi (bundan keyin JIEBB deb yuritiladi), Tibbiyot boshqarmasi va nazorat etuvchi prokurorga xabar beradi” degan so‘zlar “qamoqda saqlash joyining ma’muriyati bu haqida IIV Jazoni ijro etish Bosh boshqarmasiga (bundan keyin JIEBB deb yuritiladi), Tibbiyot boshqarmasiga, uning yaqin qarindoshlariga, qonuniy vakiliga, jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxsga yoki organga va prokurorga darhol xabar qiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 249-bandning “g” kichik bandidan “Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligiga qarashli” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
5. 370-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“370. Qamoqda saqlanayotgan shaxs qamoqda saqlash joylarida tan jarohatlari olganda qamoqda saqlash joylarining tibbiy xodimlari tomonidan yordam ko‘rsatiladi va kechiktirmasdan tibbiy guvohlantirish o‘tkaziladi. Tibbiy guvohlantirish natijalari belgilangan tartibda qayd etiladi va jabrlanuvchiga ma’lum qilinadi. Tibbiy guvohlantirish qamoqda saqlash joyi boshlig‘ining yoxud jinoyat ishini yuritayotgan mansabdor shaxs yoki organning shaxsiy tashabbusiga yoxud uning himoyachisining iltimosiga ko‘ra chiqarilgan qarori asosida davlat sog‘liqni saqlash tizimining tibbiy muassasalari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi”.
6. 446-banddagi “Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligini tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK)” degan so‘zlar “TMEK” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
7. 4-ilovaning 2-bandi oltinchi xatboshisidan “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
9. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Kelishilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 26-dekabr,
O‘zbekiston Respublikasi IIV tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar tibbiy ta’minoti bo‘yicha qoidalarga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“O‘zbekiston Respublikasi IIV tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar tibbiy ta’minoti bo‘yicha qoidalarga
7-ILOVA
7-ILOVA
Surunkali alkogolizm, giyohvandlik, sil, tanosil kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga maxsus davo muolajalarini o‘tkazish va saqlash uchun mo‘ljallangan jazoni ijro etish tizimidagi muassasalarning
RO‘YXATI
|
№ |
Kasalliklar turlari |
Tartib turi |
Muassasalar |
Joylashish hududi |
|
|
|
Hamma turi | UYa-64/1 | Bog‘zor qo‘rg‘oni |
| Hamma turi | UYa-64/21 | Bekobod sh. | ||
| Umumiy | UYa-64/47 | Qizil-tepa sh. | ||
| Umumiy | UYa-64/49 | Qarshi sh. | ||
| Umumiy | UYa-64/61 | Qarshi sh. | ||
| Qattiq | UYa-64/6 | Chirchiq sh. | ||
| Qattiq | UYa-64/45 | Olmaliq sh. | ||
| Qattiq | UYa-64/46 | Navoiy sh. | ||
| Qattiq | UYa-64/51 | Koson sh. | ||
| Maxsus | UYa-64/25 | Qorovulbozor sh. | ||
| | UYa-64/ZTM | Bog‘zor qo‘rg‘oni | ||
|
|
|
Hamma turi | UYa-64/1 | Bog‘zor qo‘rg‘oni |
| Hamma turi | UYa-64/21 | Bekobod sh. | ||
| Hamma turi | UYa-64/36 | Navoiy sh. | ||
| Hamma turi | UYa-64/62 | Kogon sh. | ||
| Umumiy | UYa-64/71 | Yoshlik qo‘rg‘oni | ||
| Maxsus | UYa-64/25 | Qorovulbozor sh. | ||
|
|
|
Hamma turi | UYa-64/1� | Bog‘zor qo‘rg‘oni |
| Hamma turi | UYa-64/21 | Bekobod sh. | ||
| Umumiy | UYa-64/3 | Tovoqsoy qo‘rg‘oni | ||
| Umumiy | UYa-64/29 | Navoiy sh. | ||
| Umumiy | UYa-64/49 | Qarshi sh. | ||
| Qattiq | UYa-64/33 | Qarshi sh. | ||
| Qattiq | UYa-64/48 | Zarafshon sh. | ||
| Maxsus | UYa-64/25 | Qorovulbozor sh. | ||
| | UYa-64/ZTM | Bog‘zor qo‘rg‘oni |
Izoh: odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) bilan kasallangan mahkumlar tartib turiga qarab, umumiy asosda muassasalarda saqlanadi.” .
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 8-9-son, 88-modda)