Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-noyabrdagi “Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish uchun toʻlovlarni toʻlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-5580-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibini;
maishiy chiqindilarni toʻplash, saqlash va olib chiqib ketishga, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga doir talablarni;
Oldingi tahrirga qarang.
koʻrsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitob qilish — qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni toʻlovchilarni, shuningdek, majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorliklarni hisobga olish tartibini;
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimini shakllantirish va yuritish tartibini;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
isteʼmolchilarning, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning huquq va majburiyatlarini nazarda tutuvchi Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 11-ilovaga muvofiq;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashgan nodavlat tashkilotlariga ushbu qarorning 2-ilovasida nazarda tutilgan xodimlar mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tizimini tatbiq qilish tavsiya etilsin.
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzuridagi Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi “Toza hudud” davlat unitar korxonalarining abonentlar, ularni xatlovdan oʻtkazish maʼlumotlari, toʻlovlar va maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari boʻyicha boshqa aylanmalar hisobini yuritish tizimi (Clean City billing tizimi)dan foydalanish yuzasidan shartnomalari, huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarni sanitariya jihatidan tozalash ishlarining tasdiqlangan Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qoidalariga muvofiq tashkil etilishini taʼminlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 6-fevral,
95-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qaroriga
1-ILOVA
Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni (keyingi oʻrinlarda maishiy chiqindilar deb ataladi) toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalar radioaktiv va biologik chiqindilar, davolash-profilaktika muassasalari chiqindilari, zararli moddalarni atmosferaga chiqarib tashlash va zararli moddalarni suv obyektlariga oqizib yuborish bilan bogʻliq ishlar sohasidagi qonun hujjatlari bilan tartibga keltiriladigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda Hisobga olishning yagona elektron tizimi deb ataladi) — qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni toʻlovchilar, ularning qarzdorliklari, shuningdek, toʻlangan va undirilgan majburiy toʻlovlar hisobini yuritish uchun moʻljallangan maʼlumotni kiritish, saqlash va qayta ishlashning yagona elektron tizimi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
suyuq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oqova suvlar, chiqindi toʻkiladigan oʻralar va septiklarda yigʻilgan turli xil suyuq chiqindilar, ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻladigan yuvindi chiqindilari, markazlashmagan kanalizatsiyaning najas chiqindilari);
Oldingi tahrirga qarang.
xizmat koʻrsatish zonasi — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish uchun tegishli xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga biriktirilgan tuman (shahar) hududi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
yirik gabaritli maishiy chiqindilar — jismoniy va maʼnaviy jihatdan eskirgan mebellar, maishiy texnikalar (sovutkichlar, kir yuvish mashinalari, televizorlar va shu kabilar), tashkiliy texnikalar (kompyuterlar, printerlar va shu kabilar), texnik uskunalar, avtotransport vositalarini almashtirish natijasida hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilar, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va oʻlchamlari boʻyicha 0,75 kub. metr hajmli konteynerlarga joylashtirishning imkoni boʻlmagan qurilish chiqindilari;
xizmat koʻrsatuvchi tashkilot — oʻziga biriktirilgan hududda isteʼmolchilarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilot;
Oldingi tahrirga qarang.
isteʼmolchi — xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga biriktirilgan hududda yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan va unga ommaviy shartnoma asosida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatiladigan jismoniy shaxs, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi tashkilot bilan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga shartnoma tuzgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
(3-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
chiqindilarni qayta ishlash — chiqindilarni ekologik jihatdan bexatar saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini oʻzgartirish bilan bogʻliq texnologik operatsiyalarni amalga oshirish;
qurilish chiqindilari — turar joy uylari, maʼmuriy bino, koʻp kvartirali uy kvartiralarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va buzish ishlarini amalga oshirishda hosil boʻladigan chiqindilar;
smyot — yoʻl qoplamalarining yemirilish va yedirilish mahsuli, chang, tuproq, toʻkilgan xazonlar, chiqindi qutilari ichidagi chiqindilar, suv oqib tushadigan quduqlardagi choʻkindilar;
“signal” usuli — chiqindi tashish texnikasi bilan aholi yashash punktlarini aylanib chiqib, signal berish yoʻli bilan isteʼmolchilarni xabardor qilish orqali yakka tartibdagi turar joy sektoridagi qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish;
qattiq maishiy chiqindilar — jismoniy shaxslarning hayoti va faoliyati hamda yuridik shaxslarning faoliyati natijasida hosil boʻluvchi organik va noorganik chiqindilar, shuningdek, ularning hududida va obodonlashtirish obyektlaridagi tabiiy jarayonlar natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar (oziq-ovqat va oʻsimlik chiqindilari, toʻqimachilik mahsulotlari, oʻrash-joylash (qadoqlash) materiallari, shisha, rezina, qogʻoz, plastmassa, yogʻoch chiqindilari, oʻzining foydalanish xususiyatlarini yoʻqotgan uy-roʻzgʻor buyumlari, supurindi, shuningdek, qattiq yoqilgʻida ishlovchi maishiy pechkalar va isitish bugʻqozonlaridan foydalanish natijasida hosil boʻluvchi chiqindilar);
chiqindilarni utilizatsiya qilish — chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki chiqindilarni ikkilamchi xom ashyo, yoqilgʻi, oʻgʻit sifatida va boshqa maqsadlarda ishlatish;
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat — sanitariya va ekologik talablarga muvofiq qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish, joylashtirish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish va tashishni oʻz ichiga oladigan ishlar majmui.
4. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarning sifati ushbu Qoidalar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik va qonunchilikda belgilangan boshqa majburiy talablarga javob berishi lozim.
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish ushbu Qoidalarga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
2-bob. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan biriktirilgan tuman (shahar) hududlarida amalga oshiriladi.
Tuman (shahar) hududlarini xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga biriktirib berish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hududiy boʻlinmalari bilan xususiy sherik oʻrtasida tuziladigan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish haqidagi davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq amalga oshiriladi.
Hududlar davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan aniq konsepsiya hamda tender natijalariga koʻra xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga biriktirib beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatish haqidagi shartnoma (bitim) tomonlar kelishuvi yoki sud qarori asosida bekor qilingan, uning amal qilish muddati tugagan, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning toʻlovga qobiliyatsizligi yoki faoliyati toʻxtatilgan hollarda, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga biriktirib berilgan hudud davlat-xususiy sheriklik asosida boshqa xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga biriktirilgunga qadar Agentlikning taklifiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan vaqtincha xizmat koʻrsatish shartnomasi orqali xizmat koʻrsatuvchi xususiy tashkilotga yoki nomuayyan muddatga xizmat koʻrsatuvchi davlat tashkilotiga toʻgʻridan-toʻgʻri biriktirib berilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bunda:
(51-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
shartnoma (bitim)larga qoʻshimcha kelishuv muddati mazkur hudud ushbu Qoidalarning 5-bandi talablariga muvofiq belgilangan tartibda boshqa xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga biriktirib berilguniga qadar amal qiladi;
xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning mazkur hududlarga yaqin joylashuvi, zarur miqdordagi soz chiqindi tashish mashinalarining mavjudligi, shartnoma (bitim) shartlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilish holatiga ustuvorlik qaratiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot oʻzgargan hududlardagi mavjud debitor va kreditor qarzdorliklarni bartaraf etish shartlari tegishli shartnoma (bitim)larga qoʻshimcha kelishuvlarda nazarda tutiladi. Bunda faoliyati tugatilgan xizmat koʻrsatuvchi tashkilot va hudud biriktirilayotgan yangi xizmat koʻrsatuvchi tashkilot kelishuvi asosida debitor va kreditor qarzdorliklar boʻyicha Hisobga olishning yagona elektron tizimida shakllangan maʼlumotlar asosida solishtirma dalolatnoma tuziladi. Mazkur dalolatnomada undiruv (hisob-kitob) miqdori, muddatlari, shuningdek, undiruv bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash shartlari belgilanadi.
(51-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma (bitim)larning amal qilish muddati tugagan yoki muddatidan oldin bekor qilingan hollarda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga biriktirilgan Agentlikning maxsus bank tranzit hisobvaragʻi yangi shartnoma (bitim) yoki qoʻshimcha kelishuv belgilangan tartibda rasmiylashtirilgunga qadar muzlatib turiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
6. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish ushbu Qoidalar va shartnoma (bitim)larga muvofiq amalga oshiriladi.
Bunda, aholiga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida tuziladigan shartnoma (bitim), shuningdek, jismoniy shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish uchun xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ommaviy shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Faoliyati davomida alohida koʻchmas mulkdan foydalanadigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mazkur koʻchmas mulk joylashgan hududga biriktirilgan xizmat koʻrsatuvchi tashkilot bilan ushbu Qoidalarning 21-bobida belgilangan tartibda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha shartnoma tuzadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Koʻchmas mulk egasi yoki mulkdori (yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor)ning maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish uchun moʻljallangan maxsus avtotransport vositasi mavjud boʻlgan taqdirda, koʻchmas mulk egasi yoki mulkdori qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish va koʻmish uchun ixtisoslashtirilgan qattiq maishiy chiqindi poligoniga ega boʻlgan xizmat koʻrsatuvchi tashkilot bilan shartnoma tuzadi.
Hududga toʻliq xizmat koʻrsatish uchun yuk tashish quvvatini taʼminlab beradigan, talab etiladigan miqdordagi texnik jihatidan soz chiqindi tashish mashinalarining yetishmovchiligi bilan bogʻliq zarur holatlarda, shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanishda hosil boʻlgan chiqindi va smyotni olib chiqib ketish uchun xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan alohida shartnomalar tuzishlari mumkin. Agar shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalarining chiqindi va smyotni olib chiqib ketish uchun moʻljallangan maxsus avtotransport vositasi mavjud boʻlsa, shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari chiqindilarni ixtisoslashtirilgan poligonlarga joylashtirish va koʻmish uchun shartnoma tuzadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha yuridik va jismoniy shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarga koʻrsatayotgan xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar Agentlikning maxsus bank hisobvaragʻida ushbu Qoidalarning 5-bobiga muvofiq keyinchalik xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning xizmatlari haqini markazlashgan tartibda toʻlash uchun jamlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
8. Quyidagi chiqindilarni olib chiqib ketish xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan kelishilgan narxlarda alohida toʻlov evaziga amalga oshiriladi:
suyuq maishiy chiqindilar;
yirik gabaritli maishiy chiqindilar;
chorvachilik chiqindilari;
qurilish chiqindilari va tuproq;
daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari, barglar va boshqalar) va smyot.
Bunda, mazkur bandda koʻrsatilgan chiqindilarni olib chiqib ketish xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan oʻzining xizmat koʻrsatish zonasidan tashqarida amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
21-bob. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar hamda yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasida ommaviy oferta asosida shartnoma tuzish tartibi
81. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar ommaviy oferta asosida tuziladigan shartnomaga muvofiq yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarga koʻrsatiladi. Bunda shartnoma faqatgina faoliyati davomida alohida koʻchmas mulkdan foydalanadigan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan mazkur koʻchmas mulk joylashgan hududga biriktirilgan xizmat koʻrsatuvchi tashkilot oʻrtasida tuziladi.
82. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish yuzasidan ommaviy oferta Elektron soliq xizmatlari portali orqali (keyingi oʻrinlarda — portal) yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning portaldagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
83. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish yuzasidan ommaviy oferta quyidagi holatlarda yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarga yuborilmaydi:
yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat olib boradigan hududda xizmat koʻrsatuvchi tashkilot faoliyati yoʻlga qoʻyilmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
(83-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorda qatiq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun moʻljallangan maxsus avtotransport vositasi mavjud boʻlganda hamda u bilan chiqindi poligoni oʻrtasida qattiq maishiy chiqindilarni joylashtirish va utilizatsiya qilish boʻyicha shartnomalar tuzilganda.
84. Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor portal orqali yuborilgan ommaviy ofertani oʻn besh kun ichida akseptlaydi yoki sababini koʻrsatgan holda akseptlashni rad etadi.
85. Yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar va xizmat koʻrsatuvchi tashkilot oʻrtasida ommaviy oferta asosidagi shartnomalarni tuzish bilan bogʻliq nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(21-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qaroriga asosan kiritilgan — 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
3-bob. Maishiy chiqindilarni toʻplash, saqlash va olib chiqib ketishga doir talablar
9. Maishiy chiqindilarni joylashtirish va saqlash ushbu Qoidalar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik talablarga muvofiq hamda chiqindilardan oqilona foydalanishni taʼminlovchi usullarda yoki ularni boshqa shaxslarga topshirish (sotish) orqali amalga oshiriladi.
10. Tarkibida simob boʻlgan lampalardan yoritish uchun foydalanuvchi isteʼmolchilar tarkibida simob boʻlgan lampalarning ishlatib boʻlingan resurslarini maxsus ajratilgan joyda toʻplashni amalga oshiradilar.
Tarkibida simob boʻlgan lampalarni toʻplash, lampalarga shikast yetkazilishiga imkon bermaydigan va undagi simobli moddalarning havo muhitiga, suv taʼminoti manbalariga, tuproq va oziq-ovqat mahsulotlariga tegib ketishidan saqlovchi maxsus taralarda amalga oshiriladi, soʻngra xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning chiqindi toʻplash shoxobchasida buning uchun maxsus oʻrnatilgan konteynerlarga joylashtiriladi. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan maishiy chiqindilarni “signal” usulida olib chiqib ketish, tarkibida simob boʻlgan lampalarni toʻplash ularni avtotransportga alohida va xavfsiz joylashtirishni taʼminlagan holda bajariladi.
Chiqindi toʻplash shoxobchalarida toʻplangan, tarkibida simob boʻlgan lampalarning ishlatib boʻlingan resurslarini utilizatsiya qilishgacha tashish xizmat koʻrsatuvchi va utilizatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
11. Ushbu Qoidalarning 8-bandi uchinchi — beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan chiqindilar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan belgilangan, vaqtinchalik maxsus ajratilgan joylarga yigʻib turilishi kerak.
Toʻkilgan barglarni yoqish qatʼiyan taqiqlanadi, ular maxsus ajratilgan joylardan koʻchadagi, uylar oldidagi smyot bilan birga olib chiqib ketiladi.
12. Chiqindi toʻplash shoxobchalarini tashkil etish, joylashtirish va ulardan foydalanish, ularni konteynerlar bilan jihozlash, maxsus maydonchalar (ajratilgan joylar), qattiq maishiy chiqindilarni saralab yigʻish uchun moʻljallangan konteynerlar soni va turiga doir talablar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalari bilan tartibga solinadi.
4-bob. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishni tashkil etishga doir talablar
13. Olib chiqib ketiladigan qattiq maishiy chiqindilar hajmi qattiq maishiy chiqindilar vujudga kelishining tasdiqlangan meʼyorlari (keyingi oʻrinlarda toʻplanish meʼyorlari deb ataladi) boʻyicha aniqlanadi.
14. Toʻplanish meʼyori oʻzgaruvchan kattalik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarga, xizmat koʻrsatilayotgan obyektlar demografik xususiyatlarining hamda obodlik darajasi oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan holatlarda vaqti-vaqti bilan, kamida besh yilda bir marotaba qayta koʻrib chiqilishi kerak.
Qattiq maishiy chiqindilarning toʻplanish meʼyori koʻp kvartirali va yakka tartibdagi turar joy uylari boʻyicha — uyning obodlik darajasiga (issiqlik, gaz taʼminoti, issiq va sovuq suv taʼminoti, kanalizatsiya mavjudligiga) qarab bir kecha-kunduzda bir kishi hisobiga belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qattiq maishiy chiqindilarning toʻplanish meʼyori Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning davriyligi aholi yashash punktlari, shaharning sanitariya holati taʼminlanishini va kasallik paydo qiluvchi bakteriyalar rivojlanishining oldini olish sharoitlarini hisobga olgan holda, joylardagi iqlim sharoitlardan kelib chiqib, tuman va shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi, bunda belgilangan davriylik qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligidan oʻtib ketmasligi lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar maʼmuriy markazlarida, shaharlar va shaharchalar, shuningdek, Toshkent shahrida chiqindi toʻplash shoxobchalaridan — bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida — uch kunda bir marotabani;
respublikaning qolgan hududlarida chiqindi toʻplash shoxobchalaridan — ikki kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida — bir haftada bir marotabani tashkil qiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishilgan holda xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan belgilanadi, bunda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali tuman va shahar hokimliklari tomonidan belgilangan davriylikdan oʻtib ketmasligi lozim.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan holatlarda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki boshqa shaxslar operativ tartibda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish choralarini koʻrish uchun xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning dispetcherlik xizmatiga buyurtmanoma berishga, shuningdek, Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq tegishli choralar koʻrish va koʻrsatilgan xizmatlar natijadorligini baholash uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy organlari va Agentlikning hududiy boʻlinmalariga murojaat qilishga haqli.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Agentlikning hududiy boʻlinmalari xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinishi yuzasidan monitoring (shu jumladan chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)dan foydalangan holda) yuritadilar hamda hisobini olib boradilar.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
5-bob. Koʻrsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitob qilish
Oldingi tahrirga qarang.
20. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga koʻrsatayotgan xizmatlari uchun toʻlov (ushbu Qoidalarning 8-bandida nazarda tutilgan chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari bundan mustasno) Agentlikning maxsus bank hisobvaragʻida jismoniy va yuridik shaxslarning, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarning qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlari hisobiga jamlangan mablagʻlardan markazlashgan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlov amalga oshirilayotgan, oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechikmay Agentlikning maxsus tranzit bank hisobvaraqlariga toʻlanadi va uning maxsus bank hisobvaragʻida jamlanadi.
Toʻlovni hisoblash tegishli davrlarda amalda boʻlgan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.
Jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan ushbu Qoidalarning 8-bandida nazarda tutilgan chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari uchun toʻlovlar bevosita xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning bank hisob raqamiga 100 foiz oldindan toʻlov asosida amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 025 yil 16-oktabrdagi 648-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga koʻrsatilgan xizmatlar haqi ulardan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarning kelib tushishiga koʻra markazlashgan tartibda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga toʻlanadi. Bunda Agentlikning maxsus bank hisobvaragʻida jamlangan mablagʻlar:
Oldingi tahrirga qarang.
Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholidan undirilgan toʻlovlarning 1 foizi avtomatik ravishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bank hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qolgan mablagʻlar Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.
(23-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Bunda banklar va banklararo hamda boshqa toʻlov tizimlaridan, shuningdek, Hisobga olishning yagona elektron tizimidan foydalanganlik uchun hamda jismoniy va yuridik shaxslarga yuborilgan SMS xabarnomalar uchun haq miqdori, Agentlik tomonidan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga koʻrsatilgan lizing xizmati toʻlovlari, davlat-xususiy sheriklik bitimlari asosida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga topshirilgan texnikalar boʻyicha muddati kelgan toʻlovlar va debitor qarzdorliklar, agar Agentlik va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida tuzilgan tegishli shartnomada (bitimda) ushbu toʻlovlarni akseptsiz tarzda ushlab qolish nazarda tutilgan boʻlsa, fuqarolik qonunchiligida belgilangan navbat boʻyicha Agentlikning maxsus tranzit hisobvaraqlarida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning jamlangan mablagʻlaridan akseptsiz tarzda bir yoʻla ushlab qolinishi mumkin.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6-bob. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni toʻlovchilarni, shuningdek, majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorliklarni hisobga olish tartibi
(6-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni toʻlovchilarni (keyingi oʻrinlarda abonentlar deb ataladi), shuningdek, ularning qarzdorliklarini hisobga olish Hisobga olishning yagona elektron tizimida, ushbu bobda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
25. Hisobga olishning yagona elektron tizimida quyidagi maʼlumotlar onlayn tarzida shakllantiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
abonentlar toʻgʻrisida (familiyasi, ismi va otasining ismi) unikal shaxsiy hisobvaraqlarni bergan holda, shuningdek, ularning manzillarini va pasport maʼlumotlarini (seriyasi, nomeri, berilgan sanasi va pasportni bergan organni) koʻrsatgan holda. Bunda, Hisobga olishning yagona elektron tizimiga faqat xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning xizmat koʻrsatish zonasida yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan abonentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
abonent xizmat koʻrsatish zonasiga taalluqli boʻlgan xizmat koʻrsatuvchi tashkilot toʻgʻrisida;
Oldingi tahrirga qarang.
abonent bilan birga yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan shaxslar soni toʻgʻrisida;
(25-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
har oy uchun va ortib boruvchi yakun bilan hisoblangan majburiy toʻlovlar summasi toʻgʻrisida. Bunda, majburiy toʻlovlar summasining miqdori abonent bilan birga yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan shaxslar sonini hisobga olgan holda, xizmat koʻrsatish davridagi bir oyda bir kishi uchun belgilangan tarifdan kelib chiqib, Hisobga olishning yagona elektron tizimida avtomatik ravishda hisoblanadi.
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisida, bunda har oy uchun va ortib boruvchi yakun bilan hisoblanadigan majburiy toʻlovlar miqdori xizmatlar koʻrsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni hisobga olgan holda, Hisobga olishning yagona elektron tizimida avtomatik ravishda hisoblanadi;
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarning amalda toʻlanganligi, qarzdorlik summasi va ortiqcha toʻlanganligi toʻgʻrisida;
Hisobga olishning yagona elektron tizimi ishlashi uchun texnik talablarga muvofiq boshqa koʻrsatkichlar toʻgʻrisida.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobga olishning yagona elektron tizimi bir vaqtning oʻzida toʻlov toʻgʻrisidagi maʼlumotni Hisobga olishning yagona elektron tizimida aks ettirgan holda toʻlovni amalga oshirish imkonini beruvchi banklar va banklararo hamda boshqa toʻlov tizimlari bilan integratsiya qilinadi.
(25-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Agentlik Hisobga olishning yagona elektron tizimining boshqarilishi va uzluksiz faoliyat yuritishini taʼminlash uchun javobgardir.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar Hisobga olishning yagona elektron tizimiga maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishi va haqqoniyligi uchun javobgardir.
(26-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov, isteʼmolchilarning ixtiyoriga koʻra, cheklanmagan holda, tijorat banklari va toʻlovlarni qabul qilish kassalari, elektron toʻlov tizimi va boshqa toʻlov turlari orqali, naqd va naqdsiz shaklda amalga oshiriladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar uchastkalari nazoratchilari (keyingi oʻrinlarda — nazoratchilar) tomonidan joriy majburiy toʻlovlar va ular boʻyicha qarzdorliklarni yigʻish (undirish) Hisobga olishning yagona elektron tizimida aks ettirilgan, hisoblangan summalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻyicha amalga oshiriladi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, isteʼmolchilardan toʻlovlarni qabul qilish nazoratchilar tomonidan Hisobga olishning yagona elektron tizimida aks etgan holda, qoida tariqasida elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlarida aks ettiriladigan yuridik va jismoniy shaxslarning hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning qarzdorligi va toʻlovlari toʻgʻrisidagi, shuningdek, shakllangan QQS toʻlovlari boʻyicha maʼlumotlar Hisobga olishning yagona elektron tizimidagi maʼlumotlar asosida shakllantiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Toʻlovlar nazoratchilar va tijorat banklari tomonidan qabul qilingan sana toʻlov amalga oshirilgan vaqt hisoblanadi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Toʻlov elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirilgan taqdirda, pul mablagʻlari isteʼmolchining shaxsiy hisob raqamiga oʻtkazilgan (tranzaksiya) sana toʻlov amalga oshirilgan vaqt deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻlov ish beruvchi tomonidan xodimlarining arizalari asosida ish haqidan chegirib qolish yoʻli bilan amalga oshirilganda, har bir isteʼmolchi uchun pul mablagʻlari oʻtkazilgandan keyin pul toʻlagan xodimlarning nomi qayd etilgan reyestr xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga taqdim etilgan sana toʻlov amalga oshirilgan vaqt deb hisoblanadi.
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
29. Isteʼmolchilar avans tariqasida toʻlangan toʻlovlar uchun, ushbu davrda tegishli tariflar oshgan taqdirda, toʻlov amalga oshirilgan sanadan oʻn ikki oydan oshmaydigan davrga qayta hisob-kitob qilishdan ozod etiladilar.
30. Mablagʻlar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan taqdirda muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun yuridik shaxslardan qarzdorlik summasining 0,4 foizi va jismoniy shaxslardan 0,1 foizi miqdorida, biroq qarzdorlik umumiy summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya undiriladi.
Penyani hisoblash isteʼmolchining aniqlashtirilgan qarzdorlik (toʻlanmangan qarz) summasidan, shuningdek belgilangan tartibda kiritilgan oldindan toʻlov hisobga olingan holda, hisob-kitob davridan keyingi oyning 11-kunidan boshlab amalga oshiriladi.
Penyani hisoblash uchun qarzdorlik hosil boʻlgan oy aniqlanadi va qarz toʻlangan har bir oy boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun penya shu oydan boshlab hisoblanadi.
31. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlarning qayta hisob-kitobi quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
hisoblashda ushbu Qoidalarning 32-bandida nazarda tutilgan xatolarga yoʻl qoʻyilganda;
isteʼmolchiga xizmat koʻrsatilmagan yoki tegishli sifatda boʻlmagan xizmatlar koʻrsatilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan shaxslar soniga ushbu Qoidalarning 37 va 38-bandlarida belgilangan tartibda tuzatishlar kiritilganda;
(31-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Sud qarori boʻyicha.
(31-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni qayta hisob-kitob qilish xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
(31-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
32. Hisoblashda quyidagi xatolarga yoʻl qoʻyilganda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlarni qayta hisob-kitob qilish amalga oshiriladi:
amalda toʻlangan summa va Hisobga olishning yagona elektron tizimidagi toʻlov toʻgʻrisidagi maʼlumot oʻrtasida tafovutlar mavjud boʻlganda;
toʻlov summasi notoʻgʻri hisoblanganda yoki tarif notoʻgʻri qoʻllanilganda;
penya notoʻgʻri hisoblab chiqarilganda;
Hisobga olishning yagona elektron tizimida yoki toʻlov hujjatlarida arifmetik xatoga yoʻl qoʻyilganda;
Hisobga olishning yagona elektron tizimi, toʻlov va buxgalteriya hujjatlaridagi boshqa xatoliklarda.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisoblashda xatoliklar aniqlanganda xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari boʻyicha toʻlovlarni qayta hisob-kitob qilish va Hisobga olishning yagona elektron tizimiga tegishli maʼlumotni kiritish uchun asos hisoblanuvchi dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaga hisoblashdagi xatoliklarga yoʻl qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilot boshligʻi tomonidan imzolanadi.
(32-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisoblashdagi yoʻl qoʻyilgan xatoliklar xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlari tomonidan ularning aniqlanishiga koʻra, daʼvo muddati mobaynida hisobga olinadi.
(32-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Oldingi tahrirga qarang.
321. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlarni hisoblashning haqqoniyligi va toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi hamda ushbu talablar buzilgan hollarda isteʼmolchiga yetkazilgan zararni qoplab beradi.
322. Isteʼmolchi 32-bandda nazarda tutilgan xatoliklar oqibatida, xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlarni hisoblashda yoʻl qoʻyilgan kamchilik va xatoliklar oqibatida elektr energiyasi uchun toʻlovlarni qabul qilishda vaqtinchalik cheklov amaliyoti qoʻllanilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplab berish toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga yozma, elektron yoki ogʻzaki shaklda ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning aybi bilan chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlarni hisoblashda kamchilik va xatoliklar fakti aniqlangan holatlarda, xizmat koʻrsatuvchi tashkilot isteʼmolchiga yetkazilgan zararni u aniqlangan kundan boshlab besh kun ichida ixtiyoriy ravishda isteʼmolchiga qoplab beradi.
323. Isteʼmolchi 32-bandda nazarda tutilgan xatoliklar oqibatida, xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan qattiq maishiy chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlarni hisoblashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar oqibatida elektr energiyasi uchun toʻlovlarini qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti qoʻllanishi natijasida yetkazilgan zararni sud tartibida undirib olishi mumkin.
(321, 322 va 323-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
33. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha tegishli boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganda yoki xizmat koʻrsatilmagan taqdirda isteʼmolchi tegishli davr uchun toʻlovlardan ozod etiladi.
34. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilmagan yoki tegishli boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi fakti aniqlangan holatlarda, isteʼmolchi, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning vakili, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakili tomonidan imzolanadigan, xizmatlar koʻrsatilmaganligi yoki tegishlicha boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi holatini tasdiqlovchi dalolatnoma tuziladi.
Xizmatlar koʻrsatilmaganligi yoki tegishlicha boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi toʻgʻrisida tuzilgan dalolatnoma maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar miqdorini qayta hisob-kitob qilish uchun asos hisoblanadi, shuningdek, Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq baholashda inobatga olinadi.
Dalolatnoma isteʼmolchi, xizmat koʻrsatuvchi tashkilot, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakillarining imzolari boʻlgandagina haqiqiy hisoblanadi.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning vakili kelmagan taqdirda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yoki xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati vakilining imzosi yetarli hisoblanadi.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning vakili dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda u ushbu dalolatnomaga imzo qoʻyishdan bosh tortganlik sabablarini dalolatnoma tuzilgan kunning oʻzida yozma ravishda asoslashi shart. Aks holda isteʼmolchi maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlarni sud qarori qabul qilinguniga qadar toʻxtatishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Isteʼmolchiga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha aslida koʻrsatilmagan xizmatlar boʻyicha majburiy toʻlovlar hisoblanganligi fakti aniqlangan holatlarda “mahalla yettiligi” tomonidan ushbu hisoblangan majburiy toʻlovlarni hisobga olmaslik toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilib, xizmat koʻrsatuvchi tashkilot va Agentlikning tegishli hududiy boʻlinmasiga yuboriladi.
“Mahalla yettiligi” tomonidan tuzilgan dalolatnomaga muvofiq xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan Hisobga olishning yagona elektron tizimida aslida koʻrsatilmagan xizmatlar boʻyicha hisoblangan majburiy toʻlovlar miqdori qayta hisob-kitob qilinadi, bunda xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan oʻziga biriktirilgan hududdagi isteʼmolchilarga xizmat koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyilgunga qadar Agentlikning tegishli hududiy boʻlinmasi tomonidan majburiy toʻlovlarni hisoblash toʻxtatib turiladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-dekabrdagi 916-sonli qaroriga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 11-aprel)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
37. Abonentlar boʻyicha oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga kiritilmagan va ular haqida xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga taqdim etilmagan yangi abonentlar yoki birga yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlmagan shaxslar aniqlanganda, Hisobga olishning yagona elektron tizimida abonentlar va birga doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan shaxslar soniga tuzatishlar kiritiladi.
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bir vaqtning oʻzida, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki xizmat koʻrsatuvchi tashkilot xodimi tomonidan tuzilgan dalolatnoma, ichki ishlar organlari tomonidan yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligining tasdigʻi, chegara (migratsiya) qaydlari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi (FHDY)ning tugʻilganlikni qayd etish toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlar), qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik, haqiqatda yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan shaxslar soni ortgan yoki kamaygan (koʻchib kirish, koʻchib ketish, tugʻilish va shu kabilar) vaqtdan boshlab toʻliq qayta hisoblab chiqiladi, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan holatlarda esa — oʻtgan uch oy uchun hisob-kitob qilinadi.
(37-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan ushbu Qoidalar talablariga zid ravishda Hisobga olishning yagona elektron tizimiga oʻzgartirish kiritilganligi yoki qayta hisob-kitob qilinganligi aniqlangan hollarda Agentlikning hududiy boʻlinmalari tomonidan Hisobga olishning yagona elektron tizimiga notoʻgʻri kiritilgan maʼlumotlar shu kunning oʻzida tizimdan oʻchiriladi.
(37-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(37-bandning toʻrtinch i xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Agentlikning hududiy boʻlinmalari abonentlar va ular tomonidan amalga oshirilgan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlar hisobini yuritish, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar va davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish sohasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) hokimliklari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda abonentlarning haqqoniy hisobi yuritilishini, shuningdek, Hisobga olishning yagona elektron tizimiga ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oʻz vaqtida kiritilishini tashkil etadi;
(39-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
abonentlardan pul mablagʻlari tushumining operativ hisobini yuritadi;
abonentlarning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
kelgusida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarning toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash uchun nazoratchilarni abonentlar hisobi, abonentlardan pul mablagʻlari tushumi va abonentlarning qarzdorliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan taʼminlaydi;
(39-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan Hisobga olishning yagona elektron tizimiga maʼlumotlarni toʻgʻri kiritilishini nazorat qiladi;
(39-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun tariflarni shakllantirish (shu jumladan oʻzgartirish kiritish) boʻyicha belgilangan tartibda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga takliflar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(39-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(39-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlovlar olti oydan ortiq toʻlanmagan taqdirda, talabnoma-daʼvo ishlarini, shu jumladan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha abonentlardan muddati oʻtgan qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi arizalarni sudlarga tayyorlashni amalga oshiradi. Bunda, muddati oʻtgan qarzdorliklarni sud orqali undirish uchun talab etiladigan hujjatlar xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan taqdim etiladi hamda undiruv bilan bogʻliq xarajatlar xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan qoplanadi;
(39-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
isteʼmolchilarning maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq murojaatlarini koʻrib chiqadi, shuningdek, ularning ijrosi hisobini olib boradi;
xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim va Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga tuzilgan shartnomalar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan nazorat olib boradi;
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim va Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq koʻrsatilgan xizmatlar natijadorligini baholash ishlarini bajaradi;
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda hududlarni sanitariya jihatidan tozalash va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
7-bob. Isteʼmolchining huquq va majburiyatlari
41. Isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega:
shartnomaga muvofiq zarur koʻlamda, belgilangan sifatda, uning hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlgan, mulkiga zarar yetkazmaydigan xizmatlardan foydalanish;
xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligiga rioya etilishini talab qilish;
oʻn ikki oydan ortiq boʻlmagan davr uchun oldindan haq toʻlash, keyinchalik tegishli tariflar oshganda qaytadan hisob-kitob qilmaslik;
xizmat koʻrsatuvchi tashkilotdan xizmat koʻrsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi, shuningdek, maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar tariflari toʻgʻrisida maʼlumot olish;
xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan holatlarda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning operativ tartibda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish choralarini koʻrishi lozim boʻlgan dispetcherlik xizmatiga buyurtmanoma berish;
Oldingi tahrirga qarang.
xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan shartnoma majburiyatlari sifatsiz bajarilgan holatlarda hamda chiqindi xizmatlari uchun toʻlovlarni hisoblashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar oqibatida elektr energiyasi uchun toʻlovlarni qabul qilishni vaqtinchalik cheklash amaliyoti qoʻllanishi natijasida yetkazilgan zararni qoplab berish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga yozma, elektron yoki ogʻzaki shaklda murojaat qilish va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotdan xizmatlar toʻliq koʻrsatilmaganligi yoki tegishlicha boʻlmagan sifatdagi xizmatlar koʻrsatilganligi holatini tasdiqlovchi dalolatnomani tuzishni, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarning belgilangan muddatlarda bartaraf etilishini talab qilish;
(41-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
xizmatlar koʻrsatilayotganda xizmat koʻrsatuvchi tashkilot aybi bilan yuzaga kelgan kamchiliklarning bepul bartaraf etilishini talab qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan toʻlovlarni hisoblashda yoʻl qoʻyilgan kamchilik va xatoliklar natijasida yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish;
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yashash joyi yoki vaqtincha turar joyida vaqtincha boʻlmaganligi yoki yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan chiqarilganligi, yuridik shaxs faoliyatini vaqtincha yoki butunlay toʻxtatganligining hujjatlar bilan tasdiqlangan davr yoki shartnomada belgilangan tartibda xizmatlar koʻrsatilmagan davr uchun maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash majburiyatlaridan toʻliq ozod boʻlish;
(41-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
shartnoma tuzilayotganda (yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor), maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida chiqarib yuborish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida belgilangan cheklangan muddatlardan oshmaydigan xizmat koʻrsatish muddatlarini belgilash;
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha sifatsiz xizmat koʻrsatilganligi sababli, agar xizmat koʻrsatuvchi tashkilot oʻz vaqtida shartnomani bajarishga kirishmasa yoki sifatsiz xizmat koʻrsatsa, zararlar undirilishini talab etib sudga murojaat qilish.
Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
42. Isteʼmolchi quyidagilarga majbur:
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq miqdorda toʻlash;
konteynerda toʻplash tizimida — chiqindi toʻplash shoxobchalarida chiqindilarni joylashtirishda chiqindilarni konteynerlarga tashlash;
Oldingi tahrirga qarang.
toʻplashning “signal” usulida qattiq maishiy chiqindilarni oʻz uylarida, yoki hududlarida saqlash va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvali boʻyicha yetib kelgan maxsus avtotransport vositasiga joylashtirish;
(42-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga va obyektlarga tashlamaslik hamda joylashtirmaslik (koʻchalarga, suv yoʻllariga, ariq va qattiq hamda suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va koʻmish uchun belgilanmagan boshqa joylarga, shu jumladan, avtotransport vositalaridan ularning toʻxtashi, toʻxtab turishi yoki harakatlanishi vaqtida);
qattiq maishiy chiqindilarni ularni joylashtirish obyektlarida (yer oʻralari, idishlar va hokazolar), tashkilot hududida, dalalarda va aholi yashash punktlarida maxsus texnik qurilmalarsiz yoqmaslik;
koʻp kvartirali uyning umumiy foydalanishdagi joylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va saqlash joylari tashkil etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni maxsus avtotransport vositasiga ortish uchun xizmat koʻrsatuvchi tashkilotga ortish joyiga bemalol oʻtishini taʼminlash;
chiqindi toʻplash konteynerlari, chiqindi toʻplash shoxobchalari, chiqindi toʻplash kameralari va boshqa uskunalarning nosozliklari aniqlanganda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotni darhol xabardor qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(42-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-sonli Farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son)
yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilarini xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan belgilangan, vaqtinchalik maxsus ajratilgan joylarga joylashtirish va ularning chiqindi toʻplash shoxobchalaridagi konteynerlarga tashlanishiga yoʻl qoʻymaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻin kelib chiqishiga sabab boʻluvchi, choʻgʻ, choʻgʻlanib turgan kul yoki oʻchmagan boshqa qattiq yoqilgʻi chiqindilarini chiqindi toʻplash shoxobchalari, chiqindi toʻplash konteynerlari, shuningdek, maxsus avtotransport vositasiga joylashtirmaslik;
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qaroriga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslar egallab turgan yer uchastkasida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun gʻildirakli va zich yopiladigan qopqoqli hamda maxsus avtotransport vositasining manipulyatori bilan ishlashi uchun moslamaga ega boʻlgan konteynerlarni oʻrnatgan holda, qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik toʻplash va saqlash joylarini tashkillashtiradilar (agar ijara shartnomalarida boshqalar nazarda tutilmagan boʻlsa).
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Isteʼmolchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
8-bob. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning huquq va majburiyatlari
43. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun qonun hujjatlariga va ushbu Qoidalarga muvofiq toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda olish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobga olishning yagona elektron tizimida isteʼmolchilarning maʼlumotlar bazasini muntazam ravishda yangilab borish hamda ularga qarzdorlik toʻgʻrisida ogohlantirish xati yuborish;
(43-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Oldingi tahrirga qarang.
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni undirish boʻyicha sudga daʼvolar taqdim qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda penya undirish;
(43-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 261-moddasi.
yirik gabaritli maishiy chiqindilar, qurilish chiqindilari, chorvachilik chiqindilari, suyuq maishiy chiqindilar va boshqa chiqindilarni alohida toʻlov evaziga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻliq utilizatsiya qilish, sotish yoki shartnoma asosida maishiy chiqindilarni toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, koʻmish va sotish bilan shugʻullanuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga topshirish uchun kompleks choralarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
yongʻin kelib chiqishiga sabab boʻluvchi, choʻgʻ, choʻgʻlanib turgan kul yoki oʻchmagan boshqa qattiq yoqilgʻi chiqindilarini maxsus avtotransport vositasiga ortmaslik.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
44. Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlari va ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda unga tuman (shahar) hududlari biriktirilganidan keyin, besh ish kuni mobaynida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaxslarga xizmatlar koʻrsatish uchun ommaviy shartnoma havolasini qisqa xabar (SMS) orqali yuborish, tashkilotning rasmiy veb-sayti hamda ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilish;
(44-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
ommaviy shartnoma nusxasini xizmat koʻrsatiladigan hududdagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlariga yuborish (shaxsan imzo qoʻydirilgan holda yoki taqdim etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta orqali);
Oldingi tahrirga qarang.
shartnomalarni ommaviy oferta uchun maxsus platformaga joylashtirib borish va maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ommaviy oferta asosida shartnomalar tuzish;
(44-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
oʻziga biriktirilgan hududda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan belgilangan tartibda kelishilgan jadvalga muvofiq, qattiq maishiy chiqindilarning muntazam olib chiqib ketilishini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketishning minimal davriyligiga rioya etish, shuningdek, maxsus avtotransport vositalari va texnikalari harakati hamda chiqindi poligonlarini Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)dan foydalangan holda nazorat qilish imkonini yaratish;
(44-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
isteʼmolchilarga maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha qonun hujjatlari, ushbu Qoidalar va shartnoma talablariga muvofiq zarur sifatdagi xizmatlar koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
xizmat koʻrsatuvchi tashkilot tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan holatlarda isteʼmolchilarning xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning dispetcherlik xizmatiga tushgan buyurtmanomalarini operativ tartibda (buyurtmanoma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay) bajarish va bu haqida isteʼmolchilarni qisqa xabar (SMS) va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifa/kanallari orqali xabardor qilish;
(44-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
koʻrsatilayotgan qoʻshimcha xizmatlar uchun elektron toʻlov tizimini joriy etish;
Oldingi tahrirga qarang.
isteʼmolchilarning maʼlumotlar bazasini muntazam ravishda yangilab borish;
(44-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarning birlamchi hisobini olib borish;
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning rejimi va sifati boʻyicha isteʼmolchilarning murojaatlari, shuningdek, ularning ijrosi hisobini yuritish;
oʻziga biriktirilgan hududda aholining toʻliq qamrab olinishini taʼminlovchi va Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim hamda Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, zarur miqdordagi chiqindi toʻplash shoxobchalarining qurilishini amalga oshirish;
chiqindi toʻplash shoxobchalari va konteynerlarining holatini nazorat qilib borish hamda ularning tegishli holatda saqlanishini taʼminlash;
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq, chiqindi toʻplash shoxobchalarini qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun zarur miqdordagi konteynerlar bilan jihozlanishini taʼminlash;
chiqindi toʻplash shoxobchalari va transport vositalarining zarur tarzdagi sanitariya holatini taʼminlash;
chiqindi toʻplash shoxobchalarini saqlash va kommunal toʻlovlarning toʻlanishini taʼminlash;
qattiq maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni amalga oshirishni taʼminlash;
chiqindi toʻplash shoxobchalarini joriy va mukammal taʼmirlash;
fuqarolarning hayoti va salomatligi, atrof muhit uchun xavfli boʻlgan bakteriyalarning va boshqa zararli moddalarning rivojlanishiga, chiqindilarning koʻplab toʻplanib qolishiga qarshi rejali ishlarni olib borish (konteyner va chiqindi toʻplash shoxobchalarini dezinfeksiyalash yoki yuvib turish yoʻli bilan va shu kabilar);
oʻzlariga tegishli boʻlgan maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etish choralarini koʻrish;
qattiq maishiy chiqindilarni saqlash, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va koʻmish ishlarining ushbu faoliyat uchun moʻljallangan, maxsus ajratilgan joylarda va obyektlarda amalga oshirilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning tartibi va tariflarining oʻzgarganligi toʻgʻrisida ushbu tariflar kuchga kirishidan oʻn besh kun avval xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning stendida, mahalla fuqarolari yigʻinlari binolarida, eʼlonlar taxtasida eʼlonlar osish yoʻli bilan, shuningdek, rasmiy veb-sayti, qisqa xabar (SMS), ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifa/kanallari va ommaviy axborot vositalari orqali isteʼmolchini xabardor qilish;
(44-bandning yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
isteʼmolchilarga ularning soʻroviga asosan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va xizmatlar koʻrsatish tartibining, shuningdek, tariflarining oʻzgarganligi toʻgʻrisida bepul maʼlum qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
isteʼmolchiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi kamchiliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, ommaviy shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmaganligi, toʻlovlarni hisoblashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun isteʼmolchiga yetkazilgan zararni qoplash;
(44-bandning yigirma beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda buzilgan yer uchastkalarini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning rasmiy veb-saytida, stendida, mahalla fuqarolari yigʻinlari binolarida, eʼlonlar taxtasida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifa/kanallari orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar, ularning amaldagi tariflari, toʻlov shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvali, maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaxslarga xizmatlar koʻrsatish uchun ommaviy shartnomani joylashtirish;
(44-bandning yigirma yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq maʼlumotlar va buxgalteriya hujjatlarining besh yil mobaynida but holatda saqlanishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobga olishning yagona elektron tizimiga ulangan holda yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 211-sonli qaroriga asosan yigirma toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son)
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
9-bob. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar yuzasidan nazorat
Oldingi tahrirga qarang.
45. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha faoliyatning olib borilishi yuzasidan doimiy tarzda davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 937-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/937/4054-son)
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
47. Tomonlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklar boʻyicha nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
48. Ushbu Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish qoidalariga
1-ILOVA
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Jarayonlar

Tashkiliy tadbirlar

1-bosqich

Tuman (shahar) hududini xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga biriktirish

Xizmat koʻrsatuvchi xususiy tashkilotlari

Xizmat koʻrsatuvchi davlat tashkilotlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida — qonunchilik hujjatlariga muvofiq xususiy sherik aniqlangan taqdirda, Agentlikning hududiy boʻlinmalari va xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzadilar.

Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga DXSH toʻgʻrisida bitim yoki shartnoma tuzish

Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatishga shartnoma tuzish

2-bosqich

Majburiy toʻlovlarni toʻlovchi (abonent)larni hisobga olish

Hisobga olishning yagona elektron tizimini shakllantirish va yuritish

Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari hamda xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar abonentlar hisobini yuritadilar.

3-bosqich

Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish

Jismoniy shaxslarga — ommaviy shartnoma asosida

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga — ommaviy oferta asosida tuziladigan shartnoma asosida

Xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar:

ularga hudud biriktirilganidan keyin, besh ish kuni mobaynida oʻzining rasmiy veb-saytida, stendida, mahalla fuqarolari yigʻinlari binolarida, eʼlonlar taxtasida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifa/kanallari orqali ommaviy shartnomani eʼlon qiladilar;

yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatishga shartnoma tuzish uchun ommaviy oferta portal orqali yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning portaldagi shaxsiy kabinetiga yuboradi va shartnoma tuzadilar.

4-bosqich

Koʻrsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitob qilish

Jismoniy shaxslar — yagona tranzit bank hisobvaraqlariga

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar — yagona tranzit bank hisobvaraqlariga

1. Isteʼmolchilar qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni har oyning 10-sanasidan kechikmay toʻlab boradilar.

2. Agentlik jamlangan mablagʻlarni:

Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda;

elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulangan hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun aholidan undirilgan toʻlovlarning 1 foizi avtomatik ravishda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bank hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.

Qolgan mablagʻlar Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi.

Pul mablagʻlarini Agentlikning maxsus bank hisobvaragʻida jamlash

5-bosqich

Nazoratni amalga oshirish

Monitoring yuritish

Choralar koʻrish

1. Ekologiya vazirligi davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.

2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, NNT va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qaroriga
11-ILOVA
Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq toʻlash tartibini belgilaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) har yili 1-noyabrga qadar quyidagi xizmatlar uchun tariflar ishlab chiqadi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hududiy boʻlinmalarining xulosasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga koʻrib chiqish uchun kiritadi:
1 tonna qattiq maishiy chiqindini yuridik va jismoniy shaxslardan olib chiqib ketganlik hamda uni chiqindilarni qayta yuklash stansiyasi, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari, ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda — qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlari) yetkazib berganlik uchun sanitar tozalash korxonalariga toʻlov tarifi, soʻmda (Ttarif);
1 tonna qattiq maishiy chiqindini qabul qilib olganlik, qayta yuklaganlik uchun chiqindilarni qayta yuklash stansiyalariga toʻlov tarifi, soʻmda (Tquk);
1 tonna qattiq maishiy chiqindini qabul qilib olganlik, rekultivatsiya qilganlik va koʻmganlik uchun chiqindi poligonlariga toʻlov tarifi, soʻmda (Tp);
qattiq maishiy chiqindini olib chiqib ketganlik uchun jismoniy shaxslardan — 1 kishidan undiriladigan toʻlov tarifi, soʻmda (Tj);
1 tonna qattiq maishiy chiqindini olib chiqib ketganlik uchun yuridik shaxslardan undiriladigan toʻlov tarifi, soʻmda (Tu).
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har yili 1-noyabrdan 20-noyabrga qadar ushbu toʻlov tariflarini koʻrib chiqib, tasdiqlash uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga kiritadi.
2-bob. Qattiq maishiy chiqindilarning hisobini yuritish tartibi
4. Qattiq maishiy chiqindilar sanitar tozalash korxonalari tomonidan maxsus transport vositalari orqali qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish, saralash va utilizatsiya qilish uchun qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga yetkazib beriladi.
5. Hududlarda belgilangan tarif asosida qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga yetkazib berish, qabul qilish, saralash, utilizatsiya qilish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha sanitar tozalash korxonalari, qabul qilish punktlari va Agentlik oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
6. Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga kirish vaqtida maxsus transport vositasining umumiy (brutto) vazni, chiqish paytida esa boʻshatilgandan keyingi (netto) vazni qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimiga (keyingi oʻrinlarda — hisobga olishning yagona elektron tizimi) ulangan avtomatlashtirilgan tarozilar orqali aniqlanadi.
Bunda:
maxsus transport vositasining umumiy (brutto) va boʻshatilgandan keyingi (netto) vazni oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib, yetkazib berilgan qattiq maishiy chiqindilarning miqdori aniqlanadi;
qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib bergan transport vositasi kuzovining texnik koʻrsatkichlari inobatga olinadi.
Qattiq maishiy chiqindilarni yetkazib berishda ularning hajmini sunʼiy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda, ushbu holat yuzasidan shu kunning oʻzida sanitar tozalash korxonasi vakili (haydovchi) hamda qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punkti vakillari ishtirokida haqiqatda topshirilgan qattiq maishiy chiqindi miqdori boʻyicha mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shaklda ikki nusxada dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) rasmiylashtiriladi.
Dalolatnoma yuzasidan sanitar tozalash korxonasi vakilining eʼtirozlari mavjud boʻlganda, ular dalolatnomada qayd etiladi.
7. Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlarida hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali quyidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi:
qattiq maishiy chiqindilar qabul qilingan sana (vaqt);
sanitar tozalash korxonasining nomi, STIR;
transport vositasining davlat raqami va rusumi;
qabul qilingan qattiq maishiy chiqindining miqdori (brutto-netto farqi);
qattiq maishiy chiqindining haqiqiy miqdori haqidagi maʼlumotlar.
Sanitar tozalash korxonasi tomonidan qattiq maishiy chiqindilar yollanma transport vositasida olib kelingan taqdirda, hisobga olishning yagona elektron tizimida bu haqida qayd etiladi.
3-bob. Sanitar tozalash korxonalari, qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga haq toʻlash tartibi
8. Hisobga olishning yagona elektron tizimidagi maʼlumotlar asosida yetkazib berilgan qattiq maishiy chiqindilar boʻyicha elektron hisobvaraq-faktura avtomatik tarzda shakllantiriladi.
9. Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari tomonidan qabul qilingan qattiq maishiy chiqindilar saralangandan soʻng ikkilamchi xom ashyo sifatida ishlatilmaydigan qismi chiqindilarni yoqish zavodi, ekosanoat zonasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga yoki chiqindi poligoniga topshiriladi.
Chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari tomonidan topshirilgan qattiq maishiy chiqindilar boʻyicha hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali ikki tomonlama hisobvaraq-faktura shakllantiriladi va bunda toʻlovchi qayta yuklash stansiyalari hisoblanadi.
10. Qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish, qayta yuklash va utilizatsiya qilish, koʻmish, rekultivatsiya qilish toʻlov evaziga amalga oshiriladi. Toʻlovlar Agentlik tomonidan hisobga olishning yagona elektron tizimi orqali taqdim etilgan hisobvaraq-faktura asosida sanitar tozalash korxonalariga hamda qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga toʻlab beriladi.
Bunda toʻlovlar quyidagi formulalar asosida hisobga olishning yagona elektron tizimida avtomatik hisoblanadi:
1) N = Ttarif x Mf x k
bunda N — qattiq maishiy chiqindini yuridik va jismoniy shaxslardan olib chiqib ketish va qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga topshirganlik uchun sanitar tozalash korxonalariga toʻlov miqdori, soʻm;
Ttarif1 tonna qattiq maishiy chiqindini yuridik va jismoniy shaxslardan olib chiqib ketish va qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga topshirganlik uchun sanitar tozalash korxonalariga toʻlov tarifi, soʻm;
Mfqattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlariga topshirilgan qattiq maishiy chiqindi ogʻirligi, tonna;
k — koeffitsiyent (k1=1,02 — “yashil”; k2=0,95 — “sariq”; k3=0,85 — “qizil”).
Bunda ushbu koeffitsiyent sanitar tozalash korxonalarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni taʼminlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-son Farmoniga 1-ilovaga muvofiq “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratgan holda qoʻllanadi;
2) Nquk = Tquk x Mf
bunda Nqukqattiq maishiy chiqindini qabul qilib olganlik uchun chiqindini qayta yuklash stansiyalariga toʻlov miqdori, soʻm;
Tquk1 tonna qattiq maishiy chiqindini qabul qilib olganlik uchun chiqindini qayta yuklash stansiyalariga toʻlov tarifi, soʻm;
Mfqabul qilingan qattiq maishiy chiqindi ogʻirligi, tonna;
3) Np = Tp x Mf
bunda Npchiqindi poligonlariga topshirilgan qattiq maishiy chiqindilar uchun toʻlov miqdori, soʻm;
Tp1 tonna qattiq maishiy chiqindini qabul qilib olganlik, rekultivatsiya qilganlik va koʻmganlik uchun qattiq maishiy chiqindi poligonlariga toʻlov tarifi, soʻm;
Mfqabul qilingan qattiq maishiy chiqindi ogʻirligi, tonna.
11. Chiqindilarni yoqish zavodlariga haq toʻlash hisobi ular bilan Agentlik oʻrtasida tuzilgan chiqindilarni yetkazib berish boʻyicha shartnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
12. Ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq toʻlash ushbu bandning 2-kichik bandida belgilangan formula asosida hisobga olishning yagona elektron tizimida avtomatik hisoblanadi (ekosanoat zonalarida faoliyat koʻrsatuvchi chiqindilarni yoqish zavodlari bundan mustasno).
13. Sanitar tozalash korxonasi va qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning uzluksizligi hamda ularning moliyaviy holatining barqarorligini taʼminlash maqsadida xizmat haqlari oy davomida kunlik, haftalik va oʻn kunlik toʻlab beriladi, shuningdek, har oy yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar yakuniy hisob-kitob qilinadi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
15. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun undirilgan toʻlovlar hisobidan sanitar tozalash korxonalari, chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari, chiqindi poligonlari, chiqindilarni yoqish zavodlari hamda ekosanoat zonalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA

NAMUNA

“TASDIQLAYMAN”

Qattiq maishiy chiqindilarni

qabul qilish punkti rahbari

__________ __________________

(imzo) _____ (lavozimi, F.I.O.)

_____yil “___” ________

           (sana, oy)

Haqiqatda topshirilgan qattiq maishiy chiqindi miqdori boʻyicha
DALOLATNOMA

20__ yil “___” ________.

_______ tumani (shahri)

Ushbu dalolatnoma qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punkti vakillari ____________________________________________________________________, sanitar tozalash korxonasi

_________________________ (lavozimi, F.I.O.)

vakili ________________________________________________________________ ishtirokida tuzildi.

(lavozimi, F.I.O.)

Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish jarayonida quyidagilar aniqlandi:

1. Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punkti: ________________.

2. Maxsus transport vositasining brutto vazni: ____________________.

3. Maxsus transport vositasining netto vazni: ______________________.

4. Qabul qilingan qattiq maishiy chiqindining miqdori (brutto-netto farqi): ________________________________________________________.

5. Chegirma miqdori: __________________________________________.

6. Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish jarayonida aniqlangan boshqa holatlar: _____________________________________________________

Dalolatnoma yuzasidan taklif va eʼtirozlar besh ish kuni ichida qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlari tomonidan qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.

Qattiq maishiy chiqindilarni qabul qilish punkti vakillari:

__________________________

___________

(lavozimi, F.I.O.)

(imzo)

Sanitar tozalash korxonasi vakili:

__________________________

___________.

(lavozimi, F.I.O.)

(imzo)

(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qaroriga
2-ILOVA
Sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tizimidagi “Maroqand Obod” davlat muassasasi, “Maxsustrans” davlat muassasasi, “Toza hudud” davlat muassasalari va ularning tuman (shahar) filiallari (keyingi oʻrinlarda — sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari) xodimlari mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
2. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy yordam koʻrsatish yuridik va jismoniy shaxslarga chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatish boʻyicha xoʻjalik faoliyatidan olinadigan mablagʻlar, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
3. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlarining yuridik va tibbiyot xizmatlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash, ularni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy yordam koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, mazkur Nizom, boshqa qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari, shuningdek, boshqa lokal hujjatlar va ish beruvchi hamda xodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tarif stavkalari (lavozim maoshlari);
qonun hujjatlariga muvofiq tarif stavkalariga (lavozim maoshlariga) belgilanadigan qoʻshimcha haq va ustamalar;
hisobot davridagi ishlarning yakuniy natijalari boʻyicha, bayram va yubileylarda, shuningdek, alohida ajralib turuvchi xodimlarga toʻlanadigan mukofotlar;
moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovlari.
Oldingi tahrirga qarang.
yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar uchastkalari nazoratchilarining (keyingi oʻrinlarda — nazoratchilar) mehnatiga qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun jismoniy shaxslardan (aholidan) undirilgan toʻlovlarning foiz nisbatidagi toʻlovlari.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
5. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarining tarif stavkalariga (lavozim maoshlariga) qoʻshimcha haq va ustamalar, mukofotlar va moddiy yordam mazkur tashkilotlarning rahbarlari tomonidan, belgilangan tartibda, moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
6. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlangan shtatlar jadvaliga muvofiq belgilangan tarif stavkalari (lavozim maoshlari) boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Mehnatga haq toʻlash tartibi
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarining tarif stavkalari (lavozim maoshlari) ushbu Nizomga 1 — 5-ilovalarga muvofiq sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning tarmoq tarif setkasi (keyingi oʻrinlarda tarif setkasi deb ataladi) asosida belgilanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son)
8. Shtatlar jadvalini shakllantirishda ishchi kasblari (mutaxassisliklar) boʻyicha malaka razryadlari va tarif koeffitsiyentlari ishlarni sifatli bajarish uchun talab qilinadigan malakadan (kasb boʻyicha oʻrtacha razryaddan) kelib chiqqan holda belgilanadi.
9. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarining tarmoq tarif koeffitsiyenti:
Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilangan tarif koeffitsiyentlari;
ishlarning texnologik turlari, ishlab chiqarishlar va xalq xoʻjaligi tarmoqlari boʻyicha ishchilar tarif stavkalarini oshirishning tarmoq koeffitsiyentlari hisobga olingan holda aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Xodimning tarif stavkasi (lavozim maoshi) xodimning tegishli lavozimi, kasbi va malakasi uchun belgilangan tarif koeffitsiyentini qonun hujjatlari bilan belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgust PF-108-son “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Soatbay tarif stavkasi miqdori xodimning tarif stavkasini (lavozim maoshini) 6 kunlik ish haftasi asosida ish vaqti normal davom etganda ish soatlarining oʻrtacha oylik soniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
101. Nazoratchilarning mehnatiga haq toʻlash qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun jismoniy shaxslarga (aholiga) hisoblangan pul mablagʻlari yigʻimining foizi nisbatida amalga oshiriladi.
Nazoratchilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan pul mablagʻlarining foiz nisbati, jismoniy shaxslarga (aholiga) hisoblangan toʻlovlarni yigʻish darajasiga bogʻliq ravishda, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun isteʼmolchilarga (jismoniy shaxslarga) hisoblangan pul mablagʻlari yigʻimi boʻyicha belgilangan rejaning bajarilishi:
100 foizgacha taʼminlanganda — 15 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda;
100 foizdan ortiq taʼminlanganda — 20 foizdan ortiq boʻlmagan miqdorda sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Toʻlovlar yigʻimi (tushumlar) prognozi har oyda sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti tomonidan belgilanadi hamda jismoniy shaxslarga (aholiga) koʻrsatiladigan xizmatlar uchun hisob-kitob oyida amaldagi tarif boʻyicha hisoblangan toʻlovlarni oʻz ichiga oladi.
Toʻlovlar yigʻimi prognozi nazoratchining xizmat koʻrsatish hududi, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarga tariflar oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(101-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi 646-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son)
3-bob. Qoʻshimcha haq va ustamalar
11. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarining tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) quyidagi qoʻshimcha haq va ustamalar toʻlanadi:
ish vaqtidan tashqari va dam olish, bayram kunlarida ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda ikki barobar miqdorda;
tungi vaqtda ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda bir yarim barobar miqdorda;
bir yoʻla bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik va xizmat koʻrsatish hududini kengaytirganlik uchun — xodim uchun asosiy kasbi (lavozimi) boʻyicha belgilangan mehnat normasidan ortiq amalda bajarilgan ishlar uchun;
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda sanitariya jihatidan tozalash sohasidagi ish stajining uzluksizligini hisobga olgan holda, tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) foizlarda, har oyda belgilangan xizmat muddati uchun quyidagi miqdorlarda (toʻlash shartlari va tartibi mahalliy hujjatlar bilan belgilanadi):

Ish staji

Ustamalar miqdorlari (foiz hisobida)

3 yildan 5 yilgacha

50

5 yildan 10 yilgacha

75

10 yildan ortiq

100

12. Uzluksiz ish staji sanitariya jihatidan tozalash tashkilotiga ishga kirganda quyidagi holatlarda saqlab qolinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
tashkilotlar tugatilgani (qayta tashkil etilgani) yoki shtat qisqargani yoxud yashash joyi oʻzgargani sababli, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda sanitariya jihatidan tozalash tashkilotidan ishdan boʻshagan kundan boshlab uch oydan kechikmay ishga kirganda;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 5-maydagi 224-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)
oʻz xohishiga koʻra (uzrli sabab boʻyicha), shu jumladan eri yoki xotini boshqa yashash joyiga oʻtganda (oʻtish vaqti bir oylik muddatga kiritilmaydi) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda sanitariya jihatidan tozalash tashkilotidan ishdan boʻshagan kundan boshlab bir oydan kechikmay ishga kirganda.
13. Maxsus chiqindi tashish avtomashinalari, yuk avtomobillari (samosvallar, benzovozlar va assenizatsiya mashinalari) haydovchilariga ularning tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) quyidagi miqdorlarda ustamalar toʻlanadi:
klassligi uchun haydovchilarga: tarif stavkasining (lavozim maoshining) 1-klass — 25 foiz; 2-klass — 10 foiz;
Toshkent shahri va viloyatlar markazlaridagi jadal shahar harakati sharoitlarida ishlaganlik uchun — tarif stavkasining (lavozim maoshining) 10 foizi;
gaz ballonli yoqilgʻi tizimlari bilan jihozlangan avtomobillarda, zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun — tarif stavkasining (lavozim maoshining) 12 foizi.
14. Oʻziga xos mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun maxsus chiqindi tashish avtomashinalari haydovchilari va yukchilariga, maxsus texnika mexanizatorlari, taʼmirlash ishchilari, press-kompakterlar va yuklashning pastki hududlari operatorlari va chiqindilarni qayta yuklash stansiyalari yukchilari, poligonlardagi yukchilar, chiqindi toʻplash shoxobchasi operatorlariga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 12 foizi miqdorida, assenizatsiya avtomashinalari haydovchilariga — tarif stavkasining (lavozim maoshining) 30 foizi miqdorida ustama belgilanadi.
15. Barcha holatlarda belgilangan qoʻshimcha haq va ustamalar tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) nisbatan qoʻllaniladi.
4-bob. Xodimlarni mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish tartibi
16. Xodimlarni mukofotlash sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti boʻyicha belgilangan asosiy koʻrsatkichlar bajarilganda, shuningdek, faoliyat samaradorligini oshirishga, xarajatlarni kamaytirishga va ichki rezervlardan foydalanishga yoʻnaltirilgan tadbirlar oʻz vaqtida bajarilganda hamda kutilayotgan samaraga erishilganda hisobot davridagi ishlarning natijalari boʻyicha amalga oshiriladi.
Oʻz funksional vazifalarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish hamda tashkilot faoliyati natijalaridagi qoʻshilgan shaxsiy hissa xodimlarga mukofot hisoblash uchun asosiy koʻrsatkichlar hisoblanadi. Sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti va uning xodimlarining har bir toifasi boʻyicha mukofotlashning aniq koʻrsatkichlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuv boʻyicha rahbar tomonidan belgilanadi.
17. Mukofotlarning aniq miqdorlari mukofotlashga mablagʻlarning mavjudligi hisobga olingan holda har bir sanitariya jihatidan tozalash tashkilotida tuzilgan maxsus komissiya tomonidan belgilanadi.
Maxsus komissiya tarkibiga: rahbar, bosh buxgalter, asosiy ishlab chiqarish xizmatlari rahbarlari, mehnat jamoasi va sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi vakillari kiradi. Maxsus komissiya qarori koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ushbu Nizomning 19-bandida koʻrsatilganlardan tashqari sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlarining boshqa xodimlarini mukofotlash oylik hisobot maʼlumotlari asosida yuk tashish prognoz koʻrsatkichlari bajarilganligi uchun — tarif stavkasining (lavozim maoshining) 200 foizigacha amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-oktabrdagi 648-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son)
19. Maxsus chiqindi tashish avtomashinalari haydovchilari va yukchilarini mukofotlash quyidagi koʻrsatkichlar bajarilganda har oyda amalga oshiriladi:
yuk tashish prognoz koʻrsatkichlari bajarilganligi uchun — tarif stavkasining (lavozim maoshining) 50 foizigacha;
yuk tashish jadvaliga rioya qilinganligi uchun — tarif stavkasining (lavozim maoshining) 30 foizigacha;
transport vositasini zarur holatda saqlaganligi uchun — tarif stavkasining (lavozim maoshining) 20 foizigacha.
Yuk tashish boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar bajarilmaganda, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish boʻyicha xizmatlar isteʼmolchilari (jismoniy va yuridik shaxslar) tomonidan tegishli xodimga nisbatan berilgan ikki va undan ortiq asoslangan shikoyat mavjud boʻlganda mukofot toʻlanmaydi.
20. Xizmat koʻrsatiladigan uchastkaning tozaligi taʼminlangan va moliyaviy imkoniyatlar mavjud boʻlganda maxsus chiqindi tashish avtomashinalarining yukchilariga tarif stavkasining (lavozim maoshining) 100 foizigacha boʻlgan miqdorda mukofot toʻlanadi.
Bunda toʻlovlarning aniq miqdori jamoa shartnomasida nazarda tutilgan tartibda kasaba uyushmasi qoʻmitasining tashabbusi yoki xodimning arizasi boʻyicha maxsus komissiya qarori bilan tayinlanadi.
21. Mablagʻlar mavjud boʻlganda xodimlarga quyidagilar toʻlanishi mumkin:
bayram kunlari va yubileylarga toʻlanadigan mukofot, shuningdek, alohida ajralib turuvchi xodimlarga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga erishilgan ratsionalizatorlik takliflar uchun bir yoʻla beriladigan mukofot;
Oldingi tahrirga qarang.
yoʻlkira va ovqatlanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida har oylik kompensatsiya;
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
tarif stavkasining (lavozim maoshining) bir baravari miqdorigacha bir yoʻla beriladigan moddiy yordam;
ayrim holatlar bilan bogʻliq ravishda (uzoq davom etgan kasallik, oila aʼzosining vafot etishi, nikohga kirish) tarif stavkasining (lavozim maoshining) bir baravari miqdorigacha bir yoʻla beriladigan moddiy yordam.
5-bob. Sanitariya jihatidan tozalash tashkiloti xodimlari mehnatiga haq toʻlashning belgilangan tartibini taʼminlash uchun javobgarlik
22. Sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari rahbarlari va bosh buxgalterlari xodimlar mehnatining normalanishini va hisobga olinishining tashkillashtirilishi, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tarif stavkalarining (lavozim maoshlarining) toʻgʻri belgilanishi, qoʻshimcha haqlar, ustamalar, mukofotlar va boshqa toʻlovlar toʻgʻri hisoblanganligi uchun shaxsan javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 59-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish qoidalarining 40-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“40. Shaharlar, tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda ekologik talablarga muvofiq, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, olib chiqib ketish, joylashtirish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish va tashishni oʻz ichiga olgan tadbirlar majmuini nazarda tutuvchi hududlarni tozalash, chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 21-sentabrdagi 266-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 9-son, 79-modda) bilan tasdiqlangan Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini toʻplash va ularni utilizatsiya qilishni tashkil etish toʻgʻrisida nizomning 17-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish tashkilotlarigacha transportda yetkazib berish simobli lampalardan foydalanuvchi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Maishiy chiqindilarni toʻplash punktlarida yigʻilgan simobli lampalarning ishlatilib boʻlgan resurslarini utilizatsiya qilish tashkilotlarigacha transportda yetkazib berish chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 2-modda):
a) qarorning 2-bandi oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 1-ilovaning 5-bandida:
oʻn toʻqqizinchi xatboshi oʻn yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Viloyatlarga (Qoraqalpogʻiston Respublikasida — respublikaga) boʻysunuvchi shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Xodimlarning cheklangan soni:
boshqaruv xodimlari (BX — 9 kishi;
muhandis-texnik xodimlar (MTX) — 2 kishi;
yordamchi xodimlar — 6 kishi.
Izoh: ishlab chiqarish xodimlari soni bajariladigan ishlar hajmiga koʻra belgilanadi”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Energiya resurslarini isteʼmol qilish, suv taʼminoti va suv chiqarish xizmatlari koʻrsatish, shuningdek, ijro ishini yuritish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 21-maydagi 379-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi, toʻrtinchi va yettinchi xatboshilaridagi “suv chiqarish xizmatlari” soʻzlaridan keyin “qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “suv chiqarish xizmatlari” soʻzlaridan keyin “qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 2-ilovadagi “suv chiqarish xizmatlari,” soʻzlaridan keyin “qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar” soʻzlari qoʻshilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Sanitariya jihatidan tozalash sohasida xizmatlar koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun hududlarni biriktirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-sentabrdagi 765-son qarorida:
6-banddagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
7-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari huzuridagi Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazi (keyingi oʻrinlarda Sanitar tozalash markazi deb ataladi) buyurtmachining ishchi organi hisoblanadi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
a) quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi tanlov hujjatlarini tayyorlaydi:
hududlar roʻyxati (ikki va undan ortiq hudud mavjud boʻlganda);
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha elektron tanlovga qoʻyilayotgan har bir hududning pasporti;
elektron tanlovlar gʻoliblarining chiqindi toʻplash shoxobchalarida va tutash hududda lozim darajadagi tozalikni taʼminlash, shuningdek, maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni amalga oshirish, sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasini yaratish yoki yaxshilashni (chiqindi toʻplash shoxobchalarini taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va qurish, konteynerlar bilan jihozlash) nazarda tutuvchi majburiyatlari;
b) biriktirilayotgan hududda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarning bazaviy qiymatini hisoblab chiqaradi.
Bunda, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaxslar (aholi)ga koʻrsatiladigan xizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati biriktirilayotgan hududda istiqomat qiluvchi aholi soni, belgilangan tarif, majburiy toʻlovlarning oʻrtacha undirish darajasi, shuningdek, Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasiga ajratmalar va Sanitar tozalash markazini saqlash xarajatlaridan kelib chiqib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:
V = N x S x K x 0,95-R
bunda:
V — jismoniy shaxslar (aholi)ga QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati;
N — biriktirilayotgan hududda istiqomat qiluvchi va qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimiga kiritilgan jismoniy shaxslar (aholi)ning umumiy soni;
S — qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha jismoniy shaxslar (aholi)ga koʻrsatiladigan xizmatlar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan tarif miqdori;
K — qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarning oʻrtacha undirish darajasi (Toshkent shahrida — 100 % (K=1), viloyatlar markazlarida — 90 % dan ortiq boʻlmagan (K≤0,9), boshqa hududlarda — 80 % dan ortiq boʻlmagan (K≤0,8));
0,95 — baravarlik koeffitsiyenti (Sanitar tozalash boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasining bank hisob raqamiga 5 % miqdoridagi ajratmalar hisobi bilan);
R — Sanitar tozalash markazini saqlash uchun ajratmalar summasi.
v) hududlarni elektron tanlovga qoʻyish uchun buyurtmachi nomidan avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali operatorga elektron buyurtmanoma yuboradi.
Ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.”;
20-bandning oltinchi — oʻn birinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy qilish va unga xizmat koʻrsatish yuzasidan shartnoma nusxasi;
ishlab chiqarish bazasi (avtopark, garaj)ning ijara shartnomasi nusxasi (agar xususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud boʻlmasa);
Zakalat puli ariza beruvchi tomonidan muayyan bir (tanlangan) lot boʻyicha buyurtmanoma berayotganda uning shaxsiy hisobvaragʻidan chiqarib olinadi.
Agar ariza beruvchining shaxsiy hisobvaragʻidagi mavjud pul mablagʻlari zakalat pulini toʻlashga yetarli boʻlmasa, elektron tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanoma qabul qilinmaydi”;
36-bandning beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“buyurtmachi va elektron tanlov gʻolibi oʻrtasida maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnomani tuzish muddati toʻgʻrisida”;
37 — 39-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“37. Elektron tanlov gʻolibi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida, bayonnomani taqdim etgan holda, maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatishga davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnomani tuzish uchun buyurtmachiga murojaat qiladi.
Buyurtmachi elektron tanlov gʻolibi bilan tuzilgan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnomaning elektron (skaner qilingan) nusxasini u imzolanganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay operatorga yuborishi shart.
Agar elektron tanlov gʻolibi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida buyurtmachini maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnomani tuzishni rad etish toʻgʻrisida xabardor qilsa (yozma) yoki murojaat qilmasa, u rad etgan deb hisoblanadi va buyurtmachi keyingi ish kunidan kechiktirmay bu haqda operatorga elektron tizim yordamida maʼlum qiladi.
38. Operator, oʻz navbatida, elektron tanlov gʻolibining maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnoma tuzishni rad etganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni olganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay buyurtmachi bilan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnoma tuzish toʻgʻrisidagi taklif bilan tanlov ishtirokchilari orasida tanlov gʻolibidan keyin yuqori ball toʻplagan navbatdagi ishtirokchiga (agar ballar teng boʻlsa — arizani oldinroq berganga) (keyingi oʻrinlarda tanlovning ikkinchi ishtirokchisi deb ataladi) elektron xat yuboradi.
Bunda, agar tanlovning ikkinchi ishtirokchisi besh ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakldagi va elektron raqamli imzo bilan imzolangan bildirishnomani operatorga yuborish orqali taklifni qabul qilganligini tasdiqlasa, u elektron tanlov gʻolibi deb eʼtirof etiladi va unga ushbu Nizomning 35 va 36-bandlarida nazarda tutilgan tartibda elektron tanlov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Tanlovning ikkinchi ishtirokchisi bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida bayonnomaning asl nusxasini taqdim etgan holda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnomani tuzish uchun buyurtmachiga murojaat qiladi.
39. Buyurtmachi elektron tanlov gʻolibi bilan tuzilgan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnomaning elektron (skaner qilingan) nusxasini u imzolanganidan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay operatorga yuborishi shart.
Agar tanlovning ikkinchi ishtirokchisi taklif yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida buyurtmachini maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnomani tuzishni rad etish toʻgʻrisida xabardor qilsa (yozma) yoki murojaat qilmasa, u rad etgan deb hisoblanadi va buyurtmachi keyingi ish kunidan kechiktirmay bu haqda operatorga elektron tizim orqali maʼlum qiladi. Bunda elektron tanlov oʻtkazilmagan deb eʼtirof etiladi”;
41-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “buyurtmachining hududni elektron tanlov gʻolibiga biriktirish toʻgʻrisidagi qarorining” soʻzlari “maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnomaning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
43 — 45-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“43. Buyurtmachi elektron tanlov gʻolibi murojaat qilganidan soʻng uch ish kuni mobaynida va bayonnomaga asosan u bilan 5 yildan kam boʻlmagan muddatga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim yoki shartnoma tuzadi.
44. Agar elektron tanlov ushbu Nizomning 32-bandida nazarda tutilgan holatlarga asosan oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilsa, buyurtmachi elektron tanlov oʻtkazmasdan, tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Toza hudud” yoki Toshkent shahar “Maxsustrans” davlat unitar korxonalari bilan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuzishga haqli.
45. Elektron tanlov gʻoliblari maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnoma tuzilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga kirishadilar.”;
Nizomga 1-ilovada:
1-bosqichning “Subyektlar” ustunidagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bosqichning “Tadbirlar” ustunidagi “jismoniy va yuridik shaxslarga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnoma tuzish hamda unga hududni biriktirish toʻgʻrisidagi tegishli qarorni rasmiylashtirish” soʻzlari “maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim yoki shartnoma tuzish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bosqich quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

6-bosqich

Buyurtmachi

Tanlov gʻolibi bilan maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari koʻrsatish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim yoki shartnoma tuzish.

Elektron tanlov gʻolibi murojaat qilgan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida

”;

Nizomga 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Nizomga 3-ilovada:
I boʻlimning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarning bazaviy qiymati:
jismoniy shaxslar (aholi)ga QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarning bazaviy qiymati bir oyga _________ soʻm;
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat koʻrsatishda bazaviy tarif ____________ soʻm (1 m3 QMCHlarni olib chiqish uchun) ***”;
II boʻlim quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“II. Tanlov takliflarini baholash mezonlari

T/r

Mezonlar nomi

1.

Ishlab chiqarish bazasining (avtopark, garaj) mavjudligi

2.

Xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqqan holda chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati

3.

Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan yiliga koʻra ulardan necha yil foydalanilganligi

4.

Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ning mavjudligi

5.

QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarning bazaviy qiymatidan jismoniy shaxslar (aholi)ga QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha bir oylik xizmatlarning past qiymati boʻyicha taklif

6.

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga QMCHlarni toʻplash
va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga bazaviy tarifdan past tarif boʻyicha taklif

”;

izohlarning oxirgi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“***) chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan davlat korxonalari uchun maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarga tasdiqlangan tarif miqdori.”;
Nizomga 4-ilovaning 7-bandidagi toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ni joriy qilish va unga xizmat koʻrsatish yuzasidan shartnoma nusxasi;
ishlab chiqarish bazasi (avtopark, garaj)ning ijara shartnomasi nusxasi (agar xususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud boʻlmasa).”;
Nizomga 5-ilovaning VI boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“VI. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha taklif etilayotgan xizmatlar qiymati toʻgʻrisida maʼlumotlar

T/r

Tarif

Tarif miqdori

1.

QMCHlarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha jismoniy shaxslar (aholi)ga koʻrsatiladigan xizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati

______________ soʻm.

2.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat koʻrsatishda 1 m3 QMCHlarni olib chiqish uchun

______________ soʻm.

”;

Nizomga 7-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Tanlov takliflarini baholash mezonlari

T/r

Mezonlar nomi

Ballar

Jami

100

shu jumladan:

1.

Ishlab chiqarish bazasining (avtopark, garaj) mavjudligi*

20

2.

Xizmat koʻrsatiladigan aholi sonidan kelib chiqqan holda chiqindi tashish mashinalarining yuk tashish quvvati:

20

5000 kishiga qadar

5

5 001 kishidan 10 000 kishiga qadar

10

10 001 kishidan 20 000 kishiga qadar

15

20 000 kishidan ortiq

20

3.

Chiqindi tashish mashinalarining ishlab chiqarilgan yiliga bogʻliq ravishda ulardan necha yil foydalanilganligi**

30

3 yilgacha (3 yil ham qoʻshilgan holda

30

3 yildan 5 yilgacha

25

5 yildan 10 yilgacha

15

10 yildan ortiq

10

4.

Chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi (GPS)ning mavjudligi

5

5.

QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlarning bazaviy qiymatidan jismoniy shaxslar (aholi)ga QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha bir oylik xizmatlarning past qiymat taklifi

15

5 % gacha (5% ham qoʻshilgan holda)

7

5% dan 10 % gacha

10

10% dan 15 % gacha

12

15% dan ortiq

15

6.

Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga QMCHlarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga bazaviy tarifdan past tarif boʻyicha taklif:

10

5 % gacha (5% ham qoʻshilgan holda)

2

5% dan 10 % gacha

4

10% dan 15 % gacha

8

15% dan ortiq

10

Izohlar:
* Xususiy ishlab chiqarish bazasi mavjud boʻlmagan taqdirda ishlab chiqarish bazasining ijara shartnomasi nusxasi taqdim etiladi;
** Ishlab chiqarilgan yiliga bogʻliq ravishda har bir chiqindi tashish mashinasi boʻyicha aniqlangan ballar jamlanadi, soʻngra elektron tanlov ishtirokchisi tomonidan taklif etilgan chiqindi tashish mashinalari soniga boʻlinadi”;
Nizomga 8-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga buyurtmachi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim yoki shartnoma tuzish haqidagi taklif qabul qilinganligini tasdiqlash toʻgʻrisida BILDIRISHNOMA

‎‎________________________________________________________________________________________________
‎(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

‎‎STIR _____________________
‎‎Davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami: ________________________________________________
‎‎Joylashgan joyi (pochta manzili): ____________________________________________________________________
‎‎Elektron pochta manzili: ____________________________________________________________________________
‎‎Telefon va faks raqami (agar mavjud boʻlsa): ___________________________________________________________,

‎‎(mamlakat va shahar kodini koʻrsatgan holda)

ushbu bildirishnoma bilan ____________ (elektron tanlov oʻtkazish sanasi) kuni oʻtkazilishi belgilangan elektron tanlovga qoʻyilgan, _____-son lot boʻyicha maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishga buyurtmachi bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim yoki shartnoma tuzish haqidagi taklif qabul qilinganligini tasdiqlaydi.

Sana‎ ‎‎__________________________________________________________________
‎‎Ariza beruvchining ERIsi ‎‎‎‎_________________________________________________________________”;
Nizomga 9-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
3-bandida:
sakkizinchi xatboshidan “va penya toʻlanishini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi xatboshidan “va suyuq” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-bandida:
ruscha matnning ikkinchi xatboshidagi “Ispolnitelyu” soʻzi chiqarib tashlansin;
oʻninchi xatboshidagi “Ijrochini” soʻzlari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining hududiy organlari huzuridagi Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazi (keyingi oʻrinlarda Sanitar tozalash markazi deb ataladi) yoki uning tuman (shahar)ga biriktirilgan vakillari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5- va 6-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega:
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha Isteʼmolchilarga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, oʻz vaqtida va toʻliq hajmda olish;
yirik gabaritli, qurilish chiqindilari, suyuq maishiy va boshqa chiqindilarni alohida toʻlov evaziga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish.
Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
6. Ijrochi quyidagilarga majbur:
oʻziga biriktirilgan hududda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan kelishilgan jadvalga muvofiq belgilangan tartibda qattiq maishiy chiqindilarning muntazam olib chiqib ketilishini amalga oshirish;
qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqishning minimal davriyligiga rioya etish: chiqindi toʻplash shoxobchalaridan — bir kunda bir marotaba va yakka tartibdagi turar joy sektoridan “signal” usulida — uch kunda bir marotaba;
Isteʼmolchilarga qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish boʻyicha qonun hujjatlari va ushbu shartnoma talablariga muvofiq zarur sifatdagi xizmatlar koʻrsatish;
Ijrochi tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish jadvaliga rioya qilinmagan hollarda Ijrochining dispetcherlik xizmatiga tushgan Isteʼmolchilarning buyurtmanomalarini operativ tartibda (buyurtmanoma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay) bajarish;
koʻrsatilayotgan qoʻshimcha xizmatlar uchun elektron toʻlov tizimini joriy etish;
Isteʼmolchilarning maʼlumotlar bazasini yuritish va muntazam ravishda yangilab borish (koʻrsatilgan qoʻshimcha xizmatlar boʻyicha);
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning rejimi va sifati boʻyicha Isteʼmolchilarning murojaatlari, shuningdek, ularning ijrosi hisobini olib borish;
aholining toʻliq qamrab olinishini taʼminlovchi va qonun hujjatlari talablariga muvofiq zarur miqdordagi chiqindi toʻplash shoxobchalarining qurilishini amalga oshirish;
chiqindi toʻplash shoxobchalari va konteynerlarning holatini nazorat qilib borish hamda ularning tegishli holatda saqlanishini taʼminlash;
chiqindi toʻplash shoxobchalarining qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash uchun zarur miqdordagi konteynerlar bilan jihozlanishini taʼminlash;
chiqindi toʻplash shoxobchalari va transport vositalarining zarur tarzdagi sanitariya holatini taʼminlash;
maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni amalga oshirishni taʼminlash;
chiqindi toʻplash shoxobchalarini joriy va mukammal taʼmirlashni amalga oshirish;
fuqarolarning hayoti va salomatligi, atrof muhit uchun xavfli boʻlgan bakteriyalarning va boshqa zararli moddalarning rivojlanishiga, chiqindilarning koʻplab toʻplanib qolishiga qarshi rejali ishlarni olib borish (konteyner va chiqindi toʻplash shoxobchalarini dezinfeksiyalash yoki yuvib turish yoʻli bilan va shu kabilar);
qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning tartibi va tariflarining oʻzgarganligi toʻgʻrisida ushbu tariflar kuchga kirishidan oʻn besh kun avval Ijrochining stendida, eʼlonlar taxtasida eʼlonlar osish yoʻli bilan, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali Isteʼmolchini xabardor qilish;
Isteʼmolchilarga ularning soʻroviga asosan qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning amaldagi tartibi, talablari, qoidalari va xizmatlar koʻrsatish tartibining, shuningdek, tariflarining oʻzgarganligi toʻgʻrisida bepul maʼlum qilish;
qattiq va suyuq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda buzilgan yer uchastkalarini qayta tiklash ishlarini amalga oshirish;
Ijrochining stendida, eʼlonlar taxtasida koʻrsatilayotgan xizmatlar, ularning amaldagi tariflari, toʻlov shartlari, shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish jadvalini va mazkur shartnomani joylashtirish;
Isteʼmolchiga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va yangi kamchiliklarning oldini olish choralarini koʻrish;
maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq maʼlumotlar va buxgalteriya hujjatlari besh yil mobaynida but holatda saqlanishini taʼminlash.
Ijrochi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.”;
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar Isteʼmolchilar tomonidan toʻlov amalga oshirilayotgan, oʻtgan oydan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechikmay yagona tranzit bank hisobvaraqlariga toʻlanadi va keyinchalik mahalliy davlat hokimiyati organlarining maxsus gʻazna hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, suyuq maishiy chiqindilar, chorvachilik, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishdan hosil boʻladigan chiqindilarni olib chiqish boʻyicha alohida xizmatlar uchun toʻlovlar bevosita Ijrochining bank hisob raqamiga 100 foiz oldindan toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov jismoniy shaxslarning ixtiyoriga koʻra cheklanmagan holda tijorat banklari va toʻlovlarni qabul qilish kassalari, elektron toʻlov tizimi va boshqa toʻlov shakllarida amalga oshiriladi.”;
9-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. Toʻlovni hisoblash tegishli davrlarda amalda boʻlgan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha xizmatlar uchun tariflar boʻyicha amalga oshiriladi.”;
11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlarning qayta hisob-kitobi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
13-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “shuningdek oʻz majburiyatlarini buzganligi uchun Ijrochining penya toʻlashi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
yettinchi xatboshidagi “Ijrochiga” soʻzi “Sanitar tozalash markaziga yoki uning tuman (shahar)ga biriktirilgan vakillariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Abonentlar boʻyicha oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga kiritilmagan va ular haqida Sanitar tozalash markaziga taqdim etilmagan yangi abonentlar yoki birga istiqomat qiluvchi shaxslar aniqlanganda, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan majburiy toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritishning yagona elektron tizimida abonentlar va birga istiqomat qiluvchi shaxslar soniga tuzatishlar kiritiladi.
Bir vaqtning oʻzida, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda (fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki Sanitar tozalash markazi xodimi tomonidan tuzilgan dalolatnoma, ichki ishlar organlari tomonidan propiska qilinganligi (shu jumladan, vaqtincha propiska qilinganligi)ning tasdigʻi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi (FHDY)ning tugʻilganlikni qayd etish toʻgʻrisidagi va boshqa maʼlumotlar), qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlik, haqiqatda istiqomat qiluvchi shaxslar soni ortgan (koʻchib kirish, tugʻilish va shu kabilar) vaqtdan boshlab toʻliq qayta hisoblab chiqiladi, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan holatlarda esa — oʻtgan uch oy uchun hisob-kitob qilinadi”;
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Xizmat koʻrsatilmagan yoki tegishli sifatda boʻlmagan xizmatlar koʻrsatilgan taqdirda Ijrochi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima toʻlaydi.”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish qoidalarining 6-bandi ikkinchi xatboshidagi ““signal” usulida” soʻzlari “chiqindi toʻplash shoxobchalaridan yoki “signal” usulida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2013-y., 49-son, 632-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar koʻrsatish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori 1-bandining toʻrtinchi xatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 72-modda), shuningdek, qarorga 3-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “Respublikaning sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish mexanizmini yanada takomillashtirish, ularda talab yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 26-martdagi 68-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 3-son, 18-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 3-maydagi 321-son qaroriga 1-ilovaning 18-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/95/2583-son, 22.11.2019-y., 09/19/937/4054-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; 22.02.2021-y., 09/21/88/0135-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 11.08.2022-y., 06/22/189/0734-son; 05.11.2022-y., 09/22/646/0995-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 10.01.2025-y., 09/25/916/0017-son; 10.04.2025-y., 09/25/211/0323-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 17.10.2025-y., 09/25/648/0943-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 06.05.2026-y., 09/26/224/0457-son)