Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.02.2019
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-sonli “Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Respublika shaharlari va aholi punktlarining zamonaviy qiyofasini shakllantirish, ularni zamonaviy shaharsozlik normalariga muvofiqlashtirish hamda sanitariya-ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida respublikada aholi yashashi uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, yangi qulay uy-joylar qurish, yo‘l-transport hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, aholini ichimlik suv bilan ta’minlash, aholi punktlarini, ayniqsa qishloq joylarda obodonlashtirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, respublika shaharlari va tumanlarida aholining qattiq maishiy chiqindilarini tashib ketishni tashkil etish ishlari qoniqarsiz holatdadir, deyarli barcha shaharlarda aholining qattiq maishiy chiqindilarini tashib ketish tizimli asosda amalga oshirilmayapti, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning moddiy-texnika bazasi maxsus texnika bilan zarur miqdorda ta’minlanmagan, mavjud poligonlar sanitariya qoidalari va normalariga javob bermaydi, bir qator joylarda tartibsiz tashkil etilgan axlatxonalardan foydalanilmoqda.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularga qattiq maishiy chiqindilarni yo‘qotish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish hamda qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tashkilotlarini barpo etishga ko‘maklashish bo‘yicha “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq berilgan vakolatlar to‘liq darajada ro‘yobga chiqarilmayapti.
Aholi turmush darajasi va sifatini oshirish chora-tadbirlari kompleksini bajarish, joylarda sanitariya va ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, aholining qattiq maishiy chiqindilarini tashib ketish va joylashtirish bo‘yicha sanitariya jihatidan tozalash borasida o‘z vaqtida va sifatli xizmatlarni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar respublika mintaqalarida aholining qattiq maishiy chiqindilarini tashib ketish bo‘yicha sanitariya jihatidan tozalashni tashkil qilishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
shaharlar va aholi punktlarining tashqi qiyofasiga bo‘lgan zamonaviy shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va ularni sanitariya qoidalari va normalariga qat’iy muvofiq holda joylashtirish ishlarining tashkil etilishini ta’minlash;
barcha bosqichlarda, shu jumladan poligonlarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, sortlarga ajratish, tashish, poligonlarda ko‘mib tashlashda sanitariya jihatidan tozalash obyektlaridan foydalanish va saqlash hamda ularni sanitariya va ekologiya talablariga muvofiq holda utilizatsiya qilish ishlarini tashkil etish;
aholi bandligini oshirish, sanitariya jihatidan tozalash sohasidagi ishlarni samarali tashkil etish uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari va shart-sharoitlar yaratish;
qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash obyektlarining sanitariya va ekologik holati yuzasidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash.
2. Quyidagilar:
2014-2015-yillarda respublika shaharlarida sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 1-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda tumanlarning obodonlashtirish boshqarmalarini maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 2-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda respublika aholi punktlarida axlatlarni to‘plash shoxobchalarini qurish va ularni konteynerlar bilan jihozlash dasturi 3-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda obodonlashtirish boshqarmalarining faoliyat ko‘rsatayotgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini tartibga solish va ularni maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 4-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatayotgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini tartibga solish va ularni maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 5-ilovaga* muvofiq;
2014-2015-yillarda respublika mintaqalarida obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilar yangi poligonlarini qurish va ularni maxsus texnika bilan jihozlash dasturi 6-ilovaga* muvofiq;
ushbu qaror bilan tasdiqlangan dasturlarni moliyalashtirish manbalari 7-ilovaga* muvofiq;
*1 — 7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2014-2015-yillarda respublika shaharlarida, tumanlar markazlarida, shahar posyolkalarida va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etishga doir kompleks tadbirlar (keyingi o‘rinlarda Kompleks tadbirlar deb ataladi) 8-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari darajasida Kompleks tadbirlarni bajarish bo‘yicha ishchi guruhlar tarkiblari 9 va 10-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi quyidagilarni belgilangan tartibda ta’minlasinlar:
uch oy muddatda — axlatlarni to‘plash shoxobchalari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari qurish uchun shaharlar, tumanlar va qishloq aholi punktlarida yer uchastkalarini tanlash va ajratish;
axlatlarni to‘plash shoxobchalari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari qurishning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash;
har yili 1-yanvargacha — tanlov savdolari o‘tkazish, pudrat shartnomalarini belgilangan tartibda tuzish hamda axlatlarni to‘plash shoxobchalari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari qurishning yakuniy manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlash;
tasdiqlangan dasturlarning, Kompleks tadbirlarning va ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanishning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;
kelgusida tashib ketish xarajatlarini kamaytirish maqsadida, chiqitsiz qayta ishlashni hisobga olgan holda, qattiq maishiy chiqindilarni sortlarga ajratish va utilizatsiya qilishni tashkil etishga doir tadbirlar kompleksini ishlab chiqish;
ular o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini o‘rnatgan holda qattiq maishiy chiqindilarni sortlarga ajratish va qayta ishlash bo‘yicha tijorat tashkilotlari tashkil etish.
4. Belgilansinki, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari ko‘rsatish:
shaharlarda — sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan;
tumanlar markazlarida, shahar posyolkalarida va qishloq aholi punktlarida — obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
5. Belgilab qo‘yilsinki, shaharlarda axlatlarni to‘plash shoxobchalari qurilishi tugallangach va ular konteynerlar bilan jihozlangach axlatlarni to‘plash shoxobchalari, kelgusida ulardan foydalanish uchun, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan tekin foydalanish uchun beriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qattiq maishiy chiqindilarni ko‘mib tashlash bo‘yicha yangidan tashkil etilayotgan poligonlarni davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazishni hamda qattiq maishiy chiqindilarni ko‘mib tashlash va utilizatsiya qilish joylarining davlat kadastrini yuritishni ta’minlasin.
7. “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishuv bo‘yicha, yetkazib berish jadvallarini tasdiqlagan holda, 1, 2, 4, 5 va 6-ilovalarga muvofiq maxsus avtotransport (axlat tashigichlar, ag‘darma mashinalar)ning o‘z vaqtida ishlab chiqarilishini va yetkazib berilishini ta’minlasin.
Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar hamda obodonlashtirish boshqarmalari maxsus avtotransportni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘im to‘lashdan ozod qilinsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 26-martdagi 68-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 12-son, 138-modda)
8. Tijorat banklariga, maxsus texnika sotib olish, qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini tartibga solish va jihozlash uchun sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga 1 va 5-ilovalarga muvofiq imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi amalga oshirilgan ishlarning yakunlari bo‘yicha, bajarilgan ishlarning hajmlari, sifati va obyektlarni ishga tushirish muddatlarining tasdiqlangan dasturlarga, manzilli ro‘yxatlarga hamda loyiha-smeta hujjatlarga muvofiqligini tekshiruvdan o‘tkazsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 1-son, 2-modda) 11-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 3-dekabr,
315-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son qaroriga
8-ILOVA
2014-2015-yillarda respublika shaharlari, tumanlar markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etishga doir
kompleks tadbirlar
T/r Tadbirlar nomi Bajarish muddati Mas’ul bajaruvchilar
I. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va ko‘mishni tashkil etish uchun maxsus texnika bilan jihozlash
1.‎

Maxsus avtotransport (axlat tashigichlar, ag‘darma mashinalar)ni o‘z vaqtida ishlab chiqarish va yetkazib berishni ta’minlash, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda yetkazib berish jadvallarini tasdiqlash.

2014-2015-yillar “O‘zavtosanoat” AK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
2.‎

Sanitariya jihatidan tozalashning ixtisoslashtirilgan korxonalariga maxsus texnika sotib olish uchun qaytarish muddati kamida 5 yil bo‘lgan imtiyozli kreditlar ajratilishini tijorat banklari tomonidan ta’minlash.

2014-2015-yillar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, tijorat banklari
3.‎

Tumanlar va shaharlarda maxsus avtotransport vositalari (axlat tashigichlar, buldozerlar, yuk ortgichlar, ag‘darma mashinalar) va asbob-uskunalar (avtotarozilar) xarid qilinishini ta’minlash.

2014-2015-yillar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, tijorat banklari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
II. Respublika shaharlarida — tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash infratuzilmasini tashkil etish‎‎
4.‎

2014-2015-yillarda axlat to‘plash shoxobchalari, qattiq maishiy chiqindilarning yangi poligonlarini tashkil etish va ularni tegishli ravishda jihozlash dasturlariga muvofiq qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi sxemalarini ishlab chiqish:
‎1) axlat to‘plash maydonchalari va konteynerlarni joylashtirish;
‎2) yangidan tashkil etiladigan poligonlarni joylashtirish;
‎3) quyidagilarda:
‎tuman markazlarida, tuman markazidan 25 kilometrgacha radiusda joylashgan shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida, bir haftada kamida ikki marta;
‎tuman markazidan 25 kilometrdan 80 kilometrgacha masofadagi qishloq aholi punktlarida — bir haftada kamida bir marta aholi punktlari hududlarini izchil qamrab olish va maxsus avtotransport harakatlanishi yo‘nalishlari hisobga olingan holda shaharlarda sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan va tumanlarda obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan tuzilgan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishning kundalik reja- jadvalini tuzish.
‎Yaqin joylashgan qishloq aholi punktlarida, biroq tuman markazidan 80 kilometrdan ortiq uzoqlikda yashaydigan aholiga xizmat ko‘rsatish uchun ayrim tumanlarda (asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlarida) tuman obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilar filiallarga biriktirilgan hududlarga tashib ketilishini ta’minlaydigan filiallari tashkil etiladi.

2014-yil 1-yanvar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy boshqarmalari
5.‎

Quyidagilarni ta’minlash:
‎axlat to‘plash maydonchalari va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari uchun yer ajratish;
‎poligonlar uchun tegishli sanitariya-ekologiya xulosalarini va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
‎tegishli texnik talablarga javob beradigan maxsus avtotransport vositalarini saqlash joylarini (garajlarni) tashkil etish (transport vositalari uchun yopiq to‘xtash joylari, haydovchilarni har kuni ko‘rikdan o‘tkazish uchun tibbiyot punktlari, transportni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, qo‘riqlash joylari, ta’mirlash ustaxonalari);
‎sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarining sanitariya jihatidan tozalash xizmati va obodonlashtirish boshqarmalarining xodimlarini maxsus kiyim-bosh (rasmiy kiyim) bilan ta’minlash.

2014-yil 1-yanvar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy boshqarmalari
6.‎

Quyidagi hisob-kitoblardan kelib chiqib qo‘shimcha axlat to‘plash shoxobchalari qurish:
‎shaharlarda — 5 ta ko‘p kvartirali uy uchun 1 ta axlat to‘plash shoxobchasi, har bir punktni 4 ta konteyner bilan jihozlagan holda (hisoblab chiqilgani bo‘yicha 1480 ta axlat to‘plash shoxobchasi, 8389 ta konteyner);
‎tuman markazlarida — 5 ta ko‘p kvartirali uy uchun bitta axlat to‘plash shoxobchasi, har bir punktni 2 ta konteyner bilan jihozlagan holda (hisoblab chiqilgani bo‘yicha 2044 ta axlat to‘plash shoxobchasi, 4088 ta konteyner);
‎shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida — 100 ta uy xo‘jaligiga bitta axlat to‘plash shoxobchasi (hisoblab chiqilgani bo‘yicha 49268 ta axlat to‘plash shoxobchasi).

2014-2015-yillar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalari
7.‎

Ishlab turgan qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini:
‎145,5 ming p.m uzunlikdagi perimetr bo‘yicha atrofini o‘rash;
‎ularni buldozerlar, avtoyuklagichlar, ag‘darma mashinalar (469 ta) va avtotarozilar (175 ta) bilan jihozlash.

2014-2015-yillar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalari
8.‎

Qattiq maishiy chiqindilarning yangi poligonlarini qurish:
‎Buxoro shahri ehtiyojlari uchun 10 ga maydonda 1 ta poligon;
‎Andijon, Buloqboshi, Zafarobod, Yangiobod, Muborak, Namangan, Oqoltin, Xovos, Bo‘stonliq, Oqqo‘rg‘on, Ohangaron, Chinoz, Qo‘shtepa, Toshloq, Uchko‘prik va Hazorasp tumanlari ehtiyojlari uchun har birining maydoni 2 ga bo‘lgan 16 ta poligon;
‎tuman markazlaridan (80 kilometrdan 300 kilometrgacha) va qattiq maishiy chiqindilarni ko‘mish poligonlaridan (40 kilometrdan ortiq) ancha yiroq masofada joylashgan qishloq aholi punktlarida sanitariya qoidalari va normalari yo‘l qo‘yadigan minimal masofada (0,5 — 1,0 km) 0,5-1 ga maydonli 107 ta mini-poligon (1-ilova*);
‎tashkil etilayotgan yangi poligonlarning 30,5 ming p.m uzunlikda perimetr bo‘yicha atrofini o‘rash; shaharlar va tumanlar ehtiyojlari uchun tashkil etilayotgan yangi poligonlarni buldozerlar, avtoyuklagichlar va ag‘darma mashinalar (51 ta) va avtotarozilar bilan jihozlash.

2014-2015-yillar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy boshqarmalari
9.‎

Buxoro shahrida (Buxoro viloyati) va Buloqboshi (Andijon viloyati), Bo‘stonliq va Ohangaron (Toshkent viloyati) tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarning to‘lgan poligonlarini to‘liq yopish.

2014-yil 1-iyul Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, davlat sanitariya-epidemiologiya nazoratining hududiy markazlari
10.‎

Qattiq maishiy chiqindilarning egasiz poligonlarini tuman obodonlashtirish boshqarmalariga berish (2-ilova*).

2014-yil 1-yanvar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari
11.‎

Qattiq maishiy chiqindilarni sortlarga ajratish va qayta ishlash bo‘yicha tijorat tuzilmalarini tashkil etishni, ular o‘rtasida kooperatsiya aloqalari o‘rnatilishini nazarda tutuvchi transportda tashish xarajatlarini qisqartirish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni, keyinchalik chiqitsiz qayta ishlashni hisobga olgan holda, sortlarga ajratish va utilizatsiya qilish bo‘yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish.

2014-yil 1-aprel Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari
12.‎

Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalarining xo‘jalik hisobidagi uchastkalari va poligonlar foydalanishga topshirilishiga qarab qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish (boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari: uchastkalar boshliqlari, operatorlar, mexaniklar, chilangar-ta’mirlovchilar, haydovchilar, yuk ortuvchilar va shu kabilar) (hisoblab chiqilgani bo‘yicha 4 853 nafar).

2014-2015-yillar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalari
‎‎III. Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni va obodonlashtirish boshqarmalarini institutsional mustahkamlash
13.

Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni va obodonlashtirish boshqarmalari xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni quyidagi bosqichlarda yalpi xatlovdan o‘tkazish:

‎‏
‎‏
‎‏
‎‏
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Davlat statistika qo‘mitasining hududiy boshqarmalari, Ichki ishlar vazirligi hududiy boshqarmalari, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari

1-bosqich. Qarorga 9-10-ilovalarga muvofiq tegishli mutaxassislar tarkibida viloyat hokimining alohida qarori asosida ishchi guruhlar tashkil etish.

2013-yil 10-dekabr

2-bosqich. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlaridan amalda foydalanuvchi aholi sonini aniqlash.

3-bosqich. Xatlov natijasida aniqlangan aholi sonini shahar va tuman ichki ishlar boshqarmalarining fuqarolarning kirishi-chiqishi va rasmiylashtirish bo‘limlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, statistika boshqarmalari, oilaviy poliklinikalar hamda suv, issiqlik, gaz va elektr ta’minoti bo‘yicha kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarining ma’lumotlari bilan taqqoslash.

2014-yil 10-yanvar

4-bosqich. Shahardagi mavjud yuridik shaxslarni xatlovdan o‘tkazish va xatlov natijasida olingan ma’lumotlarni statistika boshqarmalari va soliq organlarining ma’lumotlari bilan taqqoslash.

2014-yil 20-yanvar

5-bosqich. Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar va obodonlashtirish boshqarmalarining xatlov natijasida aniqlangan iste’molchilar bilan shartnomalar tuzishi.

2014-yil 10-yanvar

6-bosqich. Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha tashkilotlarning abonent bazasini shakllantirish.

2014-yil 1-fevral
14.‎

Shartnomaviy-huquqiy ishlarni takomillashtirish:
‎jismoniy va yuridik shaxslar uchun sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun namunaviy shartnomani ishlab chiqish;
‎mavjud qarzdorlikni fuqarolik sudlari va xo‘jalik sudlari orqali undirib olish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rish.

2014-yil 1-fevral doimo “O‘zkommunxizmat” agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
15.‎

“Billing” kompyuterlashtirilgan dasturini joriy etish yo‘li bilan sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalarining xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini va ularning abonentlarini hisobga olish tizimini avtomatlashtirish.

2014-yil 1-iyul Qoraqalpog‘iston Respublika�i Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Moliya vazirligi, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
16.‎

Maxsus avtotransport vositalarini “GPS” uzoqda turib nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan jihozlash hisobiga ulardan samarali foydalanishni ta’minlash.

2014-yil 1-iyul Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
17.‎

Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalarining xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalari tomonidan qo‘llaniladigan amaldagi tariflarning iqtisodiy asoslanganligini o‘rganish va o‘rganib chiqish yakunlari bo‘yicha tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlariga tariflarning yangi darajalarini tasdiqlash to‘g‘risida takliflar kiritish.

2014-yil 1-yanvar, so‘ngra zaruriyatga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, hududiy moliya organlari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
18.‎

Obodonlashtirish boshqarmalarining xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalari uchun G‘aznachilikning hududiy bo‘linmalarida alohida shaxsiy hisob raqamlari ochish. Obodonlashtirish boshqarmalarining xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalari tomonidan daromad va xarajatning alohida hisobi yuritilishini, yuqori moliya organiga hisobotlar topshirilishini ta’minlash.

2014-yil 1-yanvar Hududiy moliya organlari, G‘aznachilikning hududiy boshqarmalari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari
19.‎

Obodonlashtirish boshqarmalarining sanitariya jihatidan tozalash bo‘linmalari uchun xodimlarning maqbul sonini aniqlash va shtat jadvalini belgilangan tartibda kelishish.

2014-yil 1-yanvar Hududiy moliya organlari, obodonlashtirish boshqarmalari
20.‎

Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va obodonlashtirish boshqarmalarining xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalari tomonidan abonentlar to‘liq qamrab olinishi, daromadlar tushishi to‘liqligi, debitorlik-kreditorlik qarzlarning holati, hisob va hisobot yuritilishi ustidan doimiy ravishda monitoring olib borish.

doimo Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, hududiy moliyaviy organlar, hududiy soliq organlari

IV. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishning tashkil etilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish

21.‎

Quyidagilar yo‘li bilan chiqindilar bilan ishlash masalalarida aholining huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonligini oshirish maqsadida aholi o‘rtasida keng ko‘lamli tushuntirish ishlarini tashkil etish:
‎chiqindilarni to‘g‘ri to‘plash va tashib ketishning sanitariya-ekologik ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish;
‎sanitariya jihatidan tozalash hamma joyda tashkil etilishini ommaviylashtiruvchi radioeshittirishlar va teleko‘rsatuvlarni, respublika matbuotida va mahalliy matbuotda maqolalar e’lon qilinishini muntazam ravishda tashkil etish;
‎sanitariya jihatidan tozalash tashkilotlariga reklama roliklarini joylashtirish uchun imtiyozli efir daqiqalarini belgilangan tartibda berish, qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish xizmatlari ko‘rsatish tartibi va qoidalarini namoy�sh qilish.

2014-yil 1-yanvargacha har kuni, so‘ngra muntazam ravishda har haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, obodonlashtirish boshqarmalari, MTRK
22.‎

Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va ko‘mib tashlashni tashkil etish va nazorat qilish modeliga (3-ilova) muvofiq har bir shahar va tuman bo‘yicha aholi punktlarini sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etish tadbirlari rejasini ishlab chiqish.

2014-yil 1-yanvar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlari hokimliklari
23.‎

Mintaqalarda sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etish masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlari o‘rinbosarlarining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O‘zavtosanoat” AK rahbarlarining hisobotlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumi majlislarida ko‘rib chiqish.

har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi
*1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
2014-2015-yillarda respublika shaharlari, tumanlar markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etishga doir kompleks tadbirlarga
3-ILOVA
Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish va ko‘mib tashlashni tashkil etish va nazorat qilish
modeli

Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishni tashkil etish sxemasi

Mas’ullar

Nazorat

I. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni va tuman obodonlashtirish boshqarmalarini tashkil etish va jihozlash

Shaharlar va tumanlar hokimliklari,

“O‘zavtosanoat” AK,

tijorat banklari,

ixtisoslashtirilgan tashkilotlar,

tuman obodonlashtirish boshqarmalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

“O‘zavtosanoat” AK,

“O‘zkommunxizmat” agentligi

Shaharlarda:

Quyidagilar:

“GPS” uzoqdan turib nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimini o‘rnatgan holda maxsus texnikaning zarur soni;

garaj;

avtoustaxona va avtoyuvish;

tibbiyot punkti;

ma’muriy bino mavjud bo‘lgan holda sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar infratuzilmasini tashkil etish.

Tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida yashovchi aholiga xizmat ko‘rsatish uchun tuman markazlarida:

Tuman obodonlashtirish boshqarmalarida qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha alohida xo‘jalik hisobidagi uchastkani tashkil et ish va uni jihozlash:

maxsus texnikaning zarur soni;

garaj;

avtoustaxona va avtoyuvish;

tibbiyot punkti;

ma’muriy bino.

II. Qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash obyektlarini tashkil etish va joylashtirish

1. Har bir shaharda sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida tuman obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha alohida xo‘jalik hisobidagi uchastkalari tomon�dan xizmat ko‘rsatiladigan hududni aniq taqsimlash.

2. Aholi punktlarida zarur bo‘lgan konteynerlar va axlat to‘plash maydonchalari sonini aniqlash va joylashtirish.

3. Yangi tashkil etiladigan poligonlar uchun yer uchastkalari ajratish va ularni joylashtirish.

4. Aholi punktlari hududlari izchil qamrab olinishi hisobga olingan holda tuzilgan qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketishning kundalik reja-jadvalini ishlab chiqish.

5. Maxsus avtotransport vositalari harakati yo‘nalishini ishlab chiqish.

Shaharlar va tumanlar hokimliklari,

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining;

Sog‘liqni saqlash vazirligining;

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasining hududiy organlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi;

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Davarxitektqurilish” qo‘mitasi

“O‘zkommunxizmat” agentligi

III. Axlatlarni to‘plash shoxobchalari qurish va ularni ilova qilinayotgan maketlarga muvofiq konteynerlar bilan jihozlash

Shaharlar va tumanlar hokimliklari,

ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

IV. Qattiq maishiy chiqindilarning yangi poligonlarini qurish, ishlab turgan va yangi qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini maxsus texnika bilan jihozlash

Shaharlar va tumanlar hokimliklari, “O‘zavtosanoat” AK,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, ixtisoslashtirilgan tashkilotlar hamda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

V. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha xizmatlarga tariflarni tasdiqlash

Hududiy moliya boshqarmalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Moliya vazirligi

VI. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, transportda tashish va ko‘mishni tashkil etish

1. Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha tashkilotlarning xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni xatlovdan o‘tkazish.

2. Sanitariya jihatidan tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalarining qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha xo‘jalik hisobidagi uchastkalari tomonidan xatlov natijasida aniqlangan iste’molchilar bilan shartnomalar tuzish.

3. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha sifatli xizmatlar ko‘rsatish.

Shaharlar va tumanlar hokimliklari, ixtisos-lashtirilgan tashkilotlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining;

Davlat statistika qo‘mitasining;

Sog‘liqni saqlash vazirligining;

Davlat soliq qo‘mitasining;

Ichki ishlar vazirligining hududiy boshqarmalari;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi

VII. Qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun mablag‘larning o‘z vaqtida yig‘ilishini tashkil etish

Shaharlar va tumanlar hokimliklari,

ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari,

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

VIII. Qattiq maishiy chiqindilar bilan ishlash masalalarida huquqiy va sanitariya-ekologik savodxonlikni oshirish bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish

Shaharlar va tumanlar hokimliklari, ixtisos-lashtirilgan tashkilotlar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari,

Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, ommaviy axborot vositalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi,

MTRK

Shaharlarda axlat to‘plash shoxobchasining
NAMUNAVIY MAKETI
Tuman markazlarida axlatlarni to‘plash shoxobchasining
NAMUNAVIY MAKETI
Shahar tipidagi posyolkalarda va qishloq aholi punktlarida axlatlarni to‘plash shoxobchasining
NAMUNAVIY MAKETI
Konteynerning namunasi
Konteynerlar 2 mm qalinlikdagi po‘latdan tayyorlanadi.
Qattiqlik qovurg‘asi mavjudligi konstruksiyaning mustahkamligini oshiradi.
Gabarit o‘lchamlari:
uzunligi — 900 mm;
kengligi — 900 mm;
balandligi — 1005 mm;
sig‘imi — 750 l (0,75 m kub);
yuk ko‘tarishi — ko‘pi bilan 210 kilogramm;
konteyner massasi — ko‘pi bilan 70 kilogramm;
korroziyaga qarshi qoplama tipi — emal;
rangi — yashil.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son qaroriga
9-ILOVA
2014-2015-yillarda respublika shaharlari, tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etish kompleks tadbirlarini bajarish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari darajasidagi ishchi guruh
TARKIBI
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari — Hududiy ishchi guruh rahbarlari.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri, viloyatlar moliya boshqarmalari boshliqlari — ishchi guruh rahbarining o‘rinbosarlari.
3. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari.
4. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati hududiy markazlari boshliqlari.
5. “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari.
6. Davlat raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari.
7. Davlat statistika qo‘mitasi hududiy boshqarmalari boshliqlari.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari.
9. “Mahalla” fondi hududiy organlari raislari.
10. Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmalari raislari.
11. O‘zbekiston MTRK va boshqa ommaviy axborot vositalari hududiy bo‘linmalari rahbarlari.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son qaroriga
10-ILOVA
2014-2015-yillarda respublika shaharlari, tuman markazlari, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarida sanitariya jihatidan tozalashni tashkil etish kompleks tadbirlarini bajarish bo‘yicha shaharlar va tumanlar hokimliklari darajasidagi ishchi guruh
TARKIBI
1. Shahar va tuman hokimlari — Ishchi guruh rahbarlari.
2. Shahar va tuman moliya bo‘limlari mudirlari — Ishchi guruh rahbarining o‘rinbosarlari.
3. Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati shahar va tuman markazlari boshliqlari.
4. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi shahar va tuman inspeksiyalari boshliqlari.
5. Davlat statistika qo‘mitasi shahar va tuman bo‘linmalari boshliqlari.
6. Shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari.
7. “Mahalla” fondi shahar va tuman bo‘linmalari raislari.
8. Shahar va tuman xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmalari raislari hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari raislari.
9. Sanitariya jihatidan tozalash va obodonlashtirish boshqarmasi ixtisoslashtirilgan tashkilotlari rahbarlari.
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 3-dekabrdagi 315-son qaroriga
11-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 10-yanvardagi 4-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish va ko‘mib tashlash”
4-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish va ko‘mib tashlash”.
quyidagi mazmundagi o‘n yettinchi va o‘n sakkizinchi xatboshilar qo‘shilsin:
“jismoniy va yuridik shaxslarga shartnoma asosida qattiq maishiy chiqindilarni tashib ketish bo‘yicha pulli sanitariya-tozalash xizmatlari ko‘rsatish;
obodonlashtirish boshqarmalarining axlatlarni yig‘ish shoxobchalarini va qattiq maishiy chiqindilar poligonlarini sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq saqlash va ulardan foydalanish”;
o‘n yettinchi xatboshi o‘n to‘qqizinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 3-ilova matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Viloyatlarga (Qoraqalpog‘iston Respublikasida — respublikaga) bo‘ysunuvchi shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 49-son, 632-modda; 2015-y., 12-son, 138-modda)